CHISTON (LUG`AZ)
1
 
QALAM

Ne lo`lidurki, chun hangoma tutsa,
Qadam boshtin qilib tortar navozir.

Boshin keskandin ortib anga tahrik,
Tilin yorg`andin o`lub anga tahrir.

Qora sug`a boshin yuz g`uta bersa,
To`lar og`ziyu bo`lmas lek damgir.

Kiromul kotibin andin qilib sabt,
El etkandin yamon-yaxshini bir-bir.

Vale oshiq bila Majnun ishiga
Qazo yetkurmay andin ranju tashvir.

Bihamdillahki, ollimda azaldin
Jununu ishq yozdi kilki taqdir.

2
 
TANGA

Ne sho`x erurki, ulus ko`ngli ichra savdosi
Aning yuzidagi xatlar kebi muharrardur.

Kumushdurur taniyu qimmati aning lekin
Un ikki o`z tanidek vajh ila muqarrardur.

Ishida ul o`n ikki har birisidur dinor
Ki, adl sikkasidin yuzlarida zevardur.

Magarki angladi xumsul muborak asrorin
Ki, soni bu adad o`lmish, agarchi yuz mardur.

Gadog`a xumsidin ar saltanatdurur, ne ajab,
Qachonki beklik aning rub`idin muyassardur.

3
 
IGNA

Qaysi ayyor erkim ulkim, naqb urar san`atda bor
Bir sinon yanglig` ayog`din, bosh qotiqlig`din tani.

Nozaninlarning libosi nechakim sangin erur,
Toru pudi ko`zlaridin ichkari kirmak fani.

Pardai ismatda har gulruxki ursun lofi zuhd,
Ko`nglakining darz-darzi ichra ko`rmishlar ani.

Bu sifatkim topti ul ayyorliq sarrishtasin,
Tong emasdur, gar otin qo`yg`aylar aning so`zani.

4

MIQROZ

Ne qushlar erkin alarkim, birardurur qanoti,
Qanotining uchida har birisiga minqor.

Biror ayog`lari ham boru turfaroq bukim,
Ayog` uchida biror ko`z ham ettilar izhor.

Qachon ayog`larin olmashtururlar, ul soat
Qanot urarg`a bo`lurlar tuyurdek tayyor.

Qanot ko`p urmoq ila qari ucharlari yo`q,
Ucharda garchi qaridur alarg`a istizhor.

  5

O`Q

Ne qushdururki, uchar uch qanot bila, lekin
Agar qo`nar ham, ochiqdur qanotlari bori,

Qanoti saridur og`zi valek doim ochuq,
Bu turfaroqki, bo`lur quyrug`ida minqori.

Erur aning kebi tuz ko`ngli oshyonida o`q,
Sipehr ja`basidin istasang namudori.

   6

ANOR

Ne majmardur, to`la axgar, vale ul majmar andomi,
Erur sun` ilgidin gohi musaddas, gah musamman ham.

Chiqar ravzandin axgar dudiyu bu turfakim, aning
O`tig`a dud yo`qtur, majmarig`a balki ravzan ham.

O`tu majmar dema, bor ul sadafkim, durlarin aning
Evurdi qong`a davroni mush`abat charxi purfan ham.

Agar bu nav` emas, bas ne uchun bormoq kuchi bnrla
Bo`shar jismi, oqar qoni, anga majruh o`lub tan ham.

Nechakim tab`i noridur va lekin me`da norig`a
Berur taskin, munung naf`in topibmen voqian men ham.

   7

BEL

Ne nav` paykari konidur ul uzun tillik
Ki, og`zig`a qoqilur bir uzun yog`och mahkam.

Munungdek og`zini mahkam qilib emas mumkin
Ki, ul uzun tilidin hech nav` qilg`ay kam.

Teparlar onchaki maqdur erur va lekin ul
Bu tepmak ila qotiq yerni chok etar har dam.

Bu nav` yer yora olmas jahonda ul kishikim,
Yo`q ersa belida kuch gar ani, degil Rustam.

         8

YUMURTQA

Ul huqqai ojkim, qilurlar gulfom
Kim, javfi paniru maskadin to`ldi tamom.

Kim ani urushtirmog`idin istar kom,
Nokom ani ushatg`usidur ani nokom.

      9

POKI

Ne paykardurki, aylar nojihin tez,
O`zi birladurur masofiy.

Magar Bahromi Cho`bin naslidindur
Ki, ahvolida zohirdur xilofi.

Ravondur tig`i el boshida doim,
Vale o`z ko`ksidur aning g`ilofi.

Bu holatqa, tonug`dur el boshining,
Safosi, dog`i o`z ko`ksi shikofi.

Chu men qildim ayon poki nishonin,
Kerakkim, topqay emdi tab`i sofi.

       10

PARVONA

Ul qushki, taashshuqdurur andisha anga,
Bir naxlg`akim shomdadur besha anga.

Shoxi uchidin ayon bo`lub resha anga,
Gul ochmaq o`shul reshasidin pesha anga.
Powered by OrdaSoft!