QIT`ALAR
 
1

BADOE` UL-VASAT MUQATTAOTINING SARSUHANLARI TENGRINING
XAZONAI
KARAMIN MAMLU BILIB ELDIN TAMA` QILG`AN DAREBORIDA  
XO`Y SUYIDIN
DUR TILAGAN BO`LG`AY

Haq taolo maxzanin anglabki xoli bo`lmamish,
Xalqdin har kimki jam`iyatqa asbob istagay.

Mehr olamni munavvar aylabon ul kulbasin
Yoriturg`a tiyra tundin garm shabtob istagay.

2
 
NABI SHAR`IDIN AYOQ CHIQARG`AN KAJRAV VA QO`ZI ZULMAT BODIYASIDA
HIDOYAT
SHAM`IDIN BEPARTAVDUR

Bu yo`lda kimki nabi shar`idin chiqardi qadam,
Yo`l ozdi chunki mute` o`ldi aqli johilig`a.

Tavakkul  ahliki chiqmas safarda jodadin,
Yaqindururki, yetar gom birla manzilig`a.

3
 
HADIS MAZMUNIKIM ALQOSIB XABIBULLOH HAZRAT XOJAI NAQSHBAND
QADDASA SIRRAHU
MUNDOQ BAYON QILIBDURKIM:

Nukta asnosida Habibulloh
Dedi, alkosibu habibulloh.

Ma`ni aytur bu so`zga piri komil
Ki, so`zi erdi haq sari shomil.

G`araz ermas bu kasbdin dunyo,
Bal erur kasbdin murod fano.

4

HADIS TARJIMASI SAHIYNING O`TDIN NAJOTI BOVUJUDI UBUDIYAT VA
BAXILNING
JANNATDIN HIRMONI BOVUJUDI  SIYODAT

Kirmagay jannat ichra hech baxil,
Garchi ul bo`lsa sayyidi Qurashiy.

Bormag`ay do`zax ichra hech sahiy
Filmasal bo`lsa bandai habashiy.

5

AMIRUL MO``MININ ALI KARRAMALLOHU VAJHAHU SO`ZIGA TARJIMAKIM — UNZUR
LIMOQOLA LOTANZUR LIMANQOLA

Chun g`araz so`zdin erur ma`ni anga,
Noqil o`lsa xoh xotun, xoh er.

So`zchi holin boqma, boq so`z holini
Ko`rma kim der ani, ko`rgilkim ne der.

6

TUZLUK TA`RIFIDAKIM, SHIOR  KILG`ANG`A SA`B ISHLAR OSONDUR VA KULLI UMUR
SUHULAT BILA YAKSON

Tuzlukka moyil o`lki, ishing borg`ay ilgari,
Yuz mushkil o`lsa yo`qsa ming ollingda har zabon.

Yuz safha bir qalam bila kotib qilur raqam,
Ming qo`yni bir aso bila har yon surar shubon.

7

HUSNNING ZOTI  ISTIG`NOSI  SHARHIDAKIM, TO SHAMMAE ANDIN BOQIYDUR, ISHQ   AHLIG`A
AJZ  VA ZABUNLIQ MULOQIYDUR

Tah-tah yuragim qon edi bir-bir sitamidin,
Ko`p-ko`p keluri chog`ida kelsa edi oz-oz.

Kech-kech keluri vaqtida ham rozi o`libmen
Bot-bot keluriga qiladur anda dog`i noz.

8

FANO AHLINI O`Z VAQTINING  PODSHOHI DEBTUR, BALKI VAQT PODSHOHINI  
ANING
GADOYI

Gadolig` yaxshiroq ahli fanodin
Ki, olam ichra qilsang podsholig`.

Jahon ahlig`a, ko`rkim, shah ne aylar,
Jahon tarkini qilg`andin gadolig`.

9

Tirik chu oxir o`lar, bas, ukush g`am muhlik,
Chekib ajal madadig`a bu iztirob nedur.

Chu har kishiki tug`ar, o`lmayin yo`q imkoni,
Ne ishki bo`lmayin imkoni yo`q, shitob nedur.

10

Ajal chun muqarrardur o`lmak uchun, bas tama`din
Nedur yuz g`am o`tig`a kuydurmak o`zni,

Chu tug`moqdur o`lmak uchun, bas ne ya`ni
O`lardin burun har dam o`lturmak o`zni.

HUKAMO QAVLINING TARJIMASI

Uch kishidin uch ish yomon ko`rinur,
Sanga arz aylay ahli dunyodin:

Shohdin tundlug`, g`anidin buxl,
Molg`a maylu, hirs donodin.

12

O`G`ULG`A ANO HAQQI ATODIN KO`PROQ EKAN  BOBDA ANDAKI, DURG`A   DARYO TARBIYATI
BULUTDIN ORTUG`ROQDUR

Ano o`rnin ato tutmas o`g`ulg`a
Ki, mumkindur o`g`ul bo`lmoq atosiz.

Masiho birla Mar`yamdin qiyos et
Ki, imkon yo`qturur bo`lmoq anosiz.

13

GULSHANDA BIR SARVI GULANDOMDIN AYRU BAHRAMAND BO`LSA BO`LUR KOMDIN DEBTUR,
BALKI NOKOMDIN DEBTUR

Gulshan aro gul xadde agar yo`q,
Gul, bas, kishining tarab fizoyi.

Gar lolarux xitoyi anda
Topilmasa, lolayu xitoyi.

14

YAXSHI XOTUNLAR SAFOYI RO`ZGORI QUYOSh NURIG`A MISOLDUR VA SHAMSNING MUANNAS
EKANI MUNGA DOL

Yaxshi xotunlar safoyi zuhdidin
Olam ichra gar yorug`luq bo`lsa fosh,

Yo`q ajab, chunkim arab alfozida
Istiloh ichra muannasdur quyosh.

15

O`Z MANZURINING KAJ NAZAR TAVOBI`IDIN BADHOL VA BEBASAR LAVOHIQIDIN
XOTIRIDA MALOL IZHORINI QILUR

Bizing g`azolai mushkin tavobi`in ko`rkim,
Qadim nigundurur ul xayl mehnati yukidin.

Agarchi itcha emasturlar odamiylig`da,
Bu turfadurki, qalinrog`dururlar it tukidin.

16

SABZAI XATNING AVVAL ChEKINU ULG`AYA QIYOG` EKANI VA AVVAL ChEKILURIN
VA SO`NGRA KIYODIN DEGANI

Chekilur erdi sabzai xatti,
Ko`nglum ichraki dedim ani chekin,

Bu chekin ko`yi emdi bo`ldi qiyog`
Ki, ko`ngulni qiyar qiyog` bikin.

17

SALOMAT AHLINING MALAKVASHLIQQA MAYLI
VA O`ZIDEK  MALOMATIYLARNI  SHAYTON XAYLI DEBTUR

Malak atbo`idururlar ul xayl
Kim, alar keldi salomat ahli.

Menu shaytong`a tatbig`kim, erur
Mendek ul dog`i malomat ahli.

18

ARZI HOLINI HIMMATI CHARX PAYVANDLARG`A DEMAK VA SAVOLNI ZAMIRI
XURSHID MONANDLARDIN QILMOQ MUNOSIB DEBTUR

Biyik himmatlik elga arzi hol et,
Zamiri nurposh eldin savol et.

Ki bor abri bahore gavharafshon,
Choqin ham olam ahlig`a zarafshon.

19

MUTASAYIDI  NOPOK,  NODON, FOSIQ BOBIDA

Seni sayidi pok, donoyi zohid
Dedim, ey ulusqa so`zung fitna solg`on.

Ajab kimsasenkim, ham avvalg`i misro`,
Sening davlatingdin dedim to`rt yolg`on.

20

BOBOBEK O`G`LI FAVTINI ADO QILIBTUR VA UL O`G`IL BOBOSINI DUO

Agar Bobobek o`g`li ayladi naql,
Haq etsun ravzani ma`vosi aning.

O`g`il gar bordi tengri rahmatig`a,
Yashasun qarilar bobosi aning.

21

MAXFIY ROZNI HUQQA ICHINDAGI MUSHK ISI DEBTURKIM, HUQQA OCHILSA, UL ISINI
NE YIG`ISHTURSA BO`LUR, NE YOSHURSA

Rozni asra, chunki fosh etting,
Yana pinhon bo`lurni qilma havas.

Ko`nglung ichra nafas kebidur roz,
Qaytmas, kimsadin chu chiqti nafas.

22

MAZLUM OHI BARQIDIN XABAR BERURKIM, YASHM BILA DAF` BO`LMAS BALKI LUTF SUYI
BILA O`CHURMAGUNCHA DAF` BO`LMAS

Eyki, istarsen choqin daf`ig`a yashm,
O`zga tekmakka berib imkong`a yo`l,

Bexabar mazlum ohi barqidin
Kim, choqindin dog`i so`zonroqdur ul.

Turfaroq bukim, sanga maxsus erur,
Gar sanga joning kerak, ogoh bo`l.

23

DONO NUKTASINI NODON ESHITMASA, QOYILG`A NE ZIYON, GAVHAREKI BU SOCHAR,
UL TERMASA, MUNGA NE NUQSON

Biravkim xiradmandning nuktasin
Qulog`ig`a olmas, ne nuqson munga.

Javohirni termak anga sa`b esa,
Erur sochmamag`lig` xud oson munga.

24

SHOHI G`OZIYNING KARAMI DARYOSIN VA RAVSHAN   ZAMIRI   XURSHIDI  OLAMOROSIN
DEBTURKI, UL YEL BILA LOY VA BU GARD BILA TIYRA BO`LMAS

Shohi G`oziy erur karam tengizi,
Poku sofiy zamiru ravshan roy.

Harza ko`p so`zdin o`lmasa tiyra,
Bahr yel kasratidin o`lmas loy.

25

NODONNING HARZASIN ANKAR UL-ASVOT DEBTUR VA MUNING DALIR AYTURIN ANING
SAVTIDA ANGA ADAMI ILTIFOT

Agar nodon mahalsiz harzakim aytur, dalir aytur,
Quloqqa yoqmasa, man`ig`a tanbih aylamak bo`lmas.

Eshak savti kalomulloda keldi ankar ul-asvot,
Aning savtig`a taqribu tahoshi istamak bo`lmas.

26

RAZILI  BEHAVSALA MUKNAT KO`RSA, O`ZIN
AZIZ TUTMOQ NE  G`ARIB VA JOH MAYI NASH`ASIDIN O`ZIN UNUTMOQ NE AJIB

Chu razl havsalasizdur, ne tong, agar nogah
Etishsa muknat anga, arjumand tutqay o`zin.

Chu sukr boisi nisyon erur ajab ermas
Ki, joh ani chu mast aylagay, unutg`ay o`zin.

27

MAYDIN TAVBA QILG`ANG`A NIQUHISH  VA BANGGA BOSH INDURGANGA SARZANISH

Sovuqda qochibon o`t shu`lasidin,
Tezak dudi sari qilmoqdur ohang.

Kishi zuhd ichra maydin tavba aylab,
Nashot andin xayol aylab yemak bang.

28

SHOHI G`OZIY BILA NAVVOBINI ANBIYO
SARAFROZI BILA ASHOBIG`A TASHBIH QILIBDUR

Bizing shoh ul sifatkim bori shahlardin erur mumtoz
Erur noyiblari ham buyla ya`ni davlat arbobi.

O`zi shahlar aro xayli nubuvatda Muhammaddek,
Va lekin beklar aning ollida payg`ambar ashobi.

29

POKDOMAN ZUAFOKIM ETAKLARIDIN YURUNNI ERANLAR SAJJODASI  MEHROBIG`A TIROZ
QILSA SAZODUR VA UL MEHROBDA NAMOZ
QILSA, RAVODUR

Pokdoman zuafodin neki zoyanda bo`lur,
Ruhparvarduru jonbaxsh zihi xilqati pok.

Ko`rki, Mar`yamg`a o`g`il Isoi ruhulloh erur
Ursa bu holg`a nopok ulus ta`n ne bok.

30

ERNI XURUS DEBTUR VA KULAH GO`SHASIN
ANING TOJI, NOMARDNI MOKIYON DEBTUR EMAKTA NAJOSAT MUHTOJI

Er urub la`l toj ila gulbong,
Zangvash el qaysi harzakim demagay,

Vaqtida tortibon xurus nido,
Ne najosatki mokiyon yemagay.

31

O`ZIN FISQ ICHINDAGI QORI KOFIR DEBTUR VA ANI TARJIH HAM QILIBDURKIM, O`ZIDA
BU HOL NIHON VA ANDA OSHKOR ERKANIN BILIBTUR

Ey Navoiy, bir qori kofirni ko`rsang ishq aro,
Ko`rma aning holatin o`z holingdin ko`p yiroq.

Senda bu holat nihoniy keldi, anda oshkor,
Lekin ul yakranglik bobida sendin yaxshiroq.

32

SHAHNING ADOLATI OLAMNI QUYOSHDEK RAVSHAN QILURIDA VA ZULMDIN TIYRALIK
YOYILURIDA AYTIBDUR

Quyoshdek shah adolat pesha qilsa,
Jahon mulkini bir damda yorutg`ay.

Agar zulm etsa aqshom zulmatidek,
Hamul dam tiyralik olamni tutg`ay.

33

XO`BKIM SHAMOYILIDA ONSIZ BO`LG`AY,
ANI SURATQA TASHBIH QILIBDURKI, JONSIZ BO`LG`AY

Xo`bkim, yo`qtur shamoyil birla shirin so`z anga,
Saydi bo`lmas el, nechakim bo`lsa zebo suvrati.

Xil`atin zarbaft debodin gar etsun bil yaqin
Kim, namudor ichradur zarbaft debo suvrati.

34

MUTOYABA RUXSAT BERGAN NAVKAR BOBIDAKIM,
YANA IXTILOTI BEHAMIYATLIG`DUR VA BEHIMMATLIG`

Chu navkarga berding ijozat, yana
Kelib, qilsa xidmatqa qo`ldoshliq,

Bil andoqki, juftunga bersang taloq,
Yana istagay qilmoq o`ynoshliq.

35

MANZURNING HUSNI BAHORI OLU GULIDIN
SAPIDA QILIB, SHAFTOLU GULIDIN GULGUNA QILG`ONI

Ul bahori husnning ruxsorini dehqoni sun`
Arg`uvoni to`n uza aylabdurur olu guli.

Turfa ko`rkim, bir chamandur orazikim, davrida
Ochilur olu guli, o`rtada shaftolu guli.

Husnu ra`noliq bila dastori uzra sonchibon,
Vahki, shaftolu gulidur yo erur solu guli.

Barcha bir saridur, ulkim aylabon qaddimni xam,
Ashkim etti la`l, erur daklay uza dolu guli.

36

TIYRALAR TAQADDUMIN AHLI SAFOG`AKIM
BULUT BILA QUYOSHDIN ZOHIRDUR, DALIL KO`RGAZMAQ

Gar tiyralar taqaddumi ahli safog`a bor,
Bu nuktani muomaladin ko`rma tashqari.

Davron aroki ko`rayi so`zu gudoz erur,
Shu`la erur hamisha quyi, dud yuqori.

37

SHAH LUTFI OM BO`LSA HAM, BARCHAG`A TENG
TARBIYAT BO`LMASQA JIHAT AYTUR VA XURSHIDDIN  RAVSHAN DALIL  KO`RGIZUR

Shah lutfi garchi bo`lsa ko`p qobil, topar nashvu namo,
Bevajhdur, bu nuktaga har kimsakim diqqat tutar.

Garchi quyoshtin parvarish olam yuziga omdir,
Sahroda qumg`og`u tikan, bo`stonda sarvu gul butar.

35

TOJNING TARKIN ISTAB, DARDISARDIN
SHIKOYAT QILUR

Toj ko`p dardisar berur bizga,
Zulmidur aqlu hush toroji.

Boshimizdin bu tojni gum qil,
Barcha gar bo`lsa saltanat toji.

39

O`ZI SO`ZI BOBIDA DERKIM, MUQOBALADA HAR KIM ILIK URG`AY, AMMO QALAM SURA
OLMAG`AY VA ORZU QILG`AY VA LEKIN TILGA
KELTURA OLMAG`AY

Ey Navoiy, so`z ila oncha guhar sochtingkim,
Bahru kon kirdi qora yerga sening kilkingdin.

Biriga, yo o`nig`a, yo yuziga, yo mingiga,
Degay el naylagay ortug` esa ellik mingdin.

40

O`Z NAZMINING RUTBASI POYASIN TI`DOD
QILUR VA HAR BIRIGA MARTABAE ISNOD
QILUR

Navoiy she`ri to`qquz baytu, o`n bir bayt, o`n uch bayt
Ki, lavh uzra qalam ziynat berur ul durri maknundin.

Bukim albatta yetti baytdin o`ksuk emas, ya`ni
Tanazzul aylay olmas rutba ichra yetti gardundin.

41

FALOKATDIN  AYOG`IG`A  KAFSH  BO`LMAG`ANG`A
CHUN KAFSH UCHUN AYOG`I BOR SHUKR VOJIBDUR

Ulki, iflosdin ayog`inda
Kafsh yo`li azmi chog`i yo`qtur aning,

Shukr qildik boqib birav sari
Ki, yururga ayog`i yo`qtur aning.

42

MASX BOBIDAKIM, MASXARAEDUR BETARIQ
TAKALLUM SURMAK

Falon masx agar chin desun, yo`qsa aks,
Aning asl zotig`a ne bokdur

Ki, koyokni aks ham qilsalar,
Vuquf ahli ollinda koyokdur.

43

O`ZI TAMA` VODIYSIN QAT` VA TALAB
BODIYASIN TAY QILG`ANIN AYTUR

Ey Navoiy, olam ahlida tama`siz yo`q kishi,
Har kishida bu sifat yo`qtur, anga bo`lg`ay sharaf.

Sen agar tarki tama` qilsang, ulug` ishdur bukim,
Olam ahli barcha bo`lg`ay bir taraf, sen bir taraf.

44

O`LUMDIN ASHRAF DIN ILMIDUR, ANDIN HAM
G`ARAZ AMAL, YO`Q ERSA DIN VA DUNYODA XALAL

Ilmi din kasb qilki, sud ermas,
Charx mushkillarini hal qilmoq.

Lekin ul ilm dog`i naf` etmas,
Bilibon bo`lmasa amal qilmoq.

45

SHAHNING QUYOShQA MUSHOBAHATINING
DALOYILI VA HAR QAYSINING NAF`
VA ZARAR JIHATIDIN MASOYILI

Shahni donokim quyosh debtur, anga budur dalil
Kim, quyosh yanglig` erur fayzi jahon ahlig`a om.

Oydin ansab yo`q nima xurshiddin fayz olg`ali,
Ko`rki, ul dog`i erur gohi hilolu gah tamom.

Bir kecha-kunduzda davron gah qorong`u, gah yoruq,
Charx aning bir davrasinda goh subhu goh shom.

Chun quyoshqa budurur holat, ajab yo`q, shoh ham
Bo`lsa o`z tobi`laridin gah ramida, goh rom.

46

BIRAV DUNYOLIK NAJOSATIG`A OLUDA BO`LSA,
DUNYO AHLI TAMAVVULI SO`ZIN ORZU BILA
DERLAR, BALKI HASRAT HAM YERLAR

Dunyo ahlidin agar topti tamavvul birisi
O`zgalar hasrat ila moli hadisin derlar.

Biri xud botti najosat ichiga bo`g`zig`acha,
O`zgalar ushbu najosatqa hasad ham yerlar.

47

AMIRUL MO``MININ ALI KARRAMALLOHU
VAJHAHU  KALOMINING  TARJIMASI

Zamona ahli emaslar atolarig`a shabih,
Erur zamong`a mushobih alarg`a har xislat.

Muti` erurlar angakim, zamondin olg`ay kom,
Adu angaki, yetishkay zamonadin shiddat.

48

ROZ GAVHARIN KO`NGUL MAXZANIDA YOSHURA-
OLMAG`ANG`A, YANA BIROV FOSH QILG`ANDIN
SHIKOYAT TEGMASLIKDA

Har kimki ko`ngul maxzanida yoshura olmay,
Sochqay tiliga kelturubon maxzani rozin,

Topshurg`ay eshitkangaki, fosh  aylamagaysen,
Ham nuktai tahqiqinu ham sirri majozin.

Chun ganj iyosi naqdni har yon o`zi sochqay,
Bemuzd ajab yo`qtur, agar soyg`asa xozin.

49

ABNOYI JINSIMDIN XALQ GILAMAND
EDILARKIM, ELDIN NOMAQDUR OLURLAR,
NIMA BERMAS DEB MENDIN HAM SHIKOYAT
QILURLAR

Mening abnoyi jinsimdin shikoyat bu edi elga
Ki, nomaqdur olurlar, bu shikoyat xud ajab ermas,

Ajab budurki, mendin ham shikoyat zohir aylarlar
Ki, nomaqdur olam ahli har nekim tilar, bermas.

50

XATNI TAROSH QILURDIN Yo YARAMASLIG`NI
ISBOT QILUR VA Yo YARAR DEMAKIN UYOT BILUR

Eyki, yuz safhasida xattinga yuzlandi tarosh,
Yana dersenki, bu xat yaxshilig`ida yo`q shak,

Yaxshi ersa, ne uchun bas har ikki-uch kunda
Tig` tortarsenu boshtin ayog` aylarsen haq?

51

ISSIQ XAVODA SOVUG` SO`NI DERKIM DO`ZAX
ARO ZULOLI KAVSARDUR VA ANING ICHINDA
MUZ BILLURI TAR

Xush ko`rarmen dahrni sovug` su birlakim, bu yoz
Bo`ldi issig`din quyosh ko`zlarga chatri sanjari.

Bir ayoq muzluq su jomi Jamdurur, nevchunki bor
Bir ayog` og`zicha muz oyinai Skandariy.

52

TAMA` TUXMIN SOCHMOG`NI MAN` QILURKIM,
ANDIN PUSHAYMONLIG`DIN O`ZGA BAR YO`QTUR
VA MAZALLATDIN O`ZGA SAMAR

Navoiy, tama` tuxmini sochma ko`p,
Riyo ashkidin anga su ochma ko`p,

Amal mazra`in ekkali berma yer,
Havovu havas xirmanin yelga ber.

53

RIYO MAZALLATIDA SO`Z DER AGARCHI
KA`BADUR VA FANO MADHIDA NUQTA
SURARDA GAR XUD BUTKADADUR

Riyoyi Ka`badin dayri fanog`a
Kirib, gar butka zohir qildim imon,

Meni yozg`urma, ey shayxi riyoyi
Ki, gar kofur edim, bo`ldum musulmon.

54

QALAM ADHAMI XUSH XIROMIDIN VARAQ
KOFURI MAYDONIDA SO`RMAKKA TASKIN
TILAR VA OQU QORA MADHI TARKINI
OYIN ISTAR

Kofur uza mushk olib ko`p harza raqam chektim,
Eyki, koshki bu ishdin haq bersa manga tavba.

Oqu qora madhida har neki dedim, yoqmas,
Emdi bu mazallatdin oq tavba, qora tavba.

55

ROYIHA UCHUN GULOB VA OLMA  QAZONINING
KICHIKLIKKA JIHAT AYTUR
VA MUXTASARLIG`IG`A MUNOSABAT

Olmavu gulob qaynaturg`a
Tab`i ermas ulug` qazong`a rog`ib.

Demak bu qazon kichikdur asru,
Ermas munga himmat ahli tolib.

Kim ruh g`izosining qazoni,
Mundin ham ulug` emas munosib.

56

SHOHIDI RA`NODIN LA`B ANDUZLIQ TILA
VA RINDI  FARZONADIN JONGUDOZLIQ
VA DILSO`ZLIQ ISTA

Harzagard o`ldi shohidi ra`no,
Lek jonso`z rindi farzona.

Ul pariy rost uylakim ko`palak
Bu bir, ammo nechukki parvona.

57

O`Z ISYONINING SHIDDAT VA KASRATIN DER VA
HAQ KARAMI OLLINDA ANI AFV QILMOQNING
SUHULATIN

Qilibmen oncha isyonkim, agar do`zax aro kirsam,
Mening behad gunohim birla do`zax sarbasar to`lg`ay.

Xudoyo, afv osonroqdurur, yo`qsa g`azab qilsang,
Magarkim o`zga do`zax, o`zga o`t, o`zga azob o`lg`ay.

58

DO`STDINKI DUSHMAN XO`YI BO`LG`AY,
DUSHMAN YAXSHIROQDURKI, DO`ST RO`YI BO`LG`AY

Nihoniy igna sanchar yorlardin
Aduvvash novakafganlar ko`p ortuq.

Munofiq sheva zolim do`stlardin
Muxolif tab` dushmanlar ko`p ortuq.

59

ASHHABNING TUVOG`I BERKLIGIN TEMURGA
O`XSHATQONDEK O`ZIN HAM BERK EKAN
JIHATDIN  TEMUR  BUZ  DEBTUR

Falonning sarxun otiki gar erur berk,
Qilur ta`vil aqli nuktaomuz

Ki, go`yo g`oyati mahkamlig`idin,
Aning otini debturlar Temur bo`z.

60

BARLOSBEK BILA XOJA MAJID BOBIDA
AYTILIBDUR VA DUO QILIBTUR VA
MUSTAJOB BO`LUBTUR

Tutulmish edi Majid Barlos bekka
Kim, aytur edikim bu yanglig` qutulg`ay.

Qutuldi ulu bu tutuldi, ilohiy,
Tutulg`on qutulg`ay, qutulg`on tutulg`ay.
Powered by OrdaSoft!