TARJI`BAND
 
I

Ey kirpiki neshu ko`zi xunxor,
Jonimni necha qilursen afgor.

La`ling g`amidin ko`ngulda erdi,
Har qonki sirishkim etti izhor.

Hayhotki, hajring ilgidindur
Jonimda alam, tanimda ozor.

Yuzungni ko`rub meni ramida,
Ishq o`tig`a bo`lgali giriftor.

Sen erding majlisim harifi
Kim, yedi hasad sipehri g`addor.

Yuz hasrat ila meni ayirdi
Vaslingdin, ayo, xujasta diydor.

Emdiki firoq aro tushubmen,
Topquncha yana harif, yo yor.

Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay ko`ngulga munis.

II

Jonimg`a qilur esang jafoni,
Gah-goh aroda ko`r xudoni.

Darding bila uyla shodmenkim,
O`lsam dog`i istamon davoni.

Sendin der edimki chora bo`lg`ay,
Hajr etsa hazin bu mubtaloni.

Har lutfki, men tutar edim ko`z,
Yuz voyki, senda ko`rmon oni.

Vasling bila dedim aylayin shod,
Bu shiftai joni benavoni.

Qasdimg`a vale chekibdurur xalq
Yuz xanjaru novaki jafoni.

Men dog`i qachon zarurat o`lsa,
Bir go`shada o`lturub nihoni,

Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay ko`ngulga munis.

III

Gah-goh itim deb aylagil yod
Devona qulungni, ey pariyzod.

Bir lahzada buzdi sayli ashkim
Har tarhki sabr qildi bunyod.

Har ruq`aki yozdi sabr ila hush,
Sovug` nafasimdin bo`ldi barbod.

Ko`p istama ko`nglum iztirobin,
Qush talpinurin nechukki sayyod.

Sen garchi g`amimdin etmading fikr
Yo telbaligimni qilmading yod.

Sultonsenu yo`qturur sanga hukm,
Lekin meni dardmandi noshod.

Bu g`ussag`a topmasam chu tadbir,
Har lahza chekib fig`onu faryod.

Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay ko`ngulga munis.

IV

Bilmonki, yuzung pariydek, ey jon,
Nevchun yana ko`zdin o`ldi pinhon.

To bo`ldi yuzung nihon ko`zumdin,
Ashk o`rnig`a tinmayin oqar qon.

Lutfung bila bir kun etmading yod,
To tushti manga baloi hijron.

Vah, qani burung`i mehru payvand,
Go`yo unutuldi ahdu paymon.

Baxtim kebi dushman o`ldung oxir,
Bu   dardg`a yuz   nafiru   afg`on.

Sendin manga chun g`araz sen-o`q sen,
Bas bo`ldi firoqu vasl yakson.

Tahqiq chu angladimki, emdi
Vaslingg`a yetarga yo`qtur imkon.

Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay ko`ngulga munis.

V

Jismingki emas hayotdin kam,
Ne jismiki, ruh erur mujassam.

Bir-bir sog`inib labing hadisin,
Qon yig`lar iki ko`zum damo-dam.

G`amgin tilasang meni qutilmay,
G`amdin tilasam o`zumni xurram.

To bo`ldi bu zori xasta mahrum
Vaslingdinu g`amg`a bo`ldi mahram.

Chekti ko`ngul andoq o`tlug` ohe
Kim, kuydi sharori birla olam.

Bu nav` sharoralig` o`tumning
Taskini uchun meni hazin ham.

Ranjingni tilay tanimg`a rohat,
Nishingni deyin yaramg`a marham.

Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay ko`ngulga munis.

VI

Ul durji aqiqu la`li serob,
Juz`imdin oqizdilar duri nob.

To jomi muhabbatingni tortib
Ko`nglumga yetishti ishqdin tob.

Ham do`stlar o`ldi manga dushman,
Ham tarki muhabbat etti ahbob.

Sendin ajab erdi bori, ey do`st,
Dushmanlar uchun tuzatmak asbob.

Mahrum qulungni mahram etsa
Vasling haramig`a hayi vahhob,

Ko`yungni qilay o`zumga qibla,
Qoshingni etay ko`zumga mehrob.

Yoxud yetibon xumori hijron,
Vasling mayi bo`ldi ersa noyob,

Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay ko`ngulga munis.

VII

Ey kishvari husn uzra hokim,
Xo`blar bori hazratingda xodim.

Buzdung bu ko`ngulni lojaram mulk —
Vayron bo`lur, o`lsa shoh zolim.

Hijron meni chunki o`lturur zor,
Sen ham madad etmaging ne lozim.

Har nechaki beinoyat o`lub,
Qilding meni begunoh mujrim.

Ummid budurki, yona tengri
Qilsa meni maqdamingg`a azim.

Iqbol kebi turub qoshingda,
Bo`lsam yana xidmatingg`a jozim.

Vaslingda g`azal tafakkur aylab,
Unutg`amen ushbu baytnikim.

Yodingni qilay harifi majlis,
Fikringni etay ko`ngulga munis.
Powered by OrdaSoft!