MUXAMMASLAR

1

Sharbati yuhyil izom erni mayi nobindadur,
Surai «vashshams» tafsiri yuzi bobindadur,
Sharhi mozog`ulbasar nargislari xobindadur,
Laylatul me`rojning sharhi sochi tobindadur,
Qoba qavsayn ittihodi qoshi mehrobindadur.

Ul qadi to`bidin ortuq yuzi rizvondin jamil,
Kim berur jon la`li har kim bo`lsa ko`zidin qatil,
La`li rashkidin fig`on aylab, qilib ashkin sabil,
Ko`p yugurdi ravzada aynan tusammo salsabil,
Topmadi ul choshnikim, shakkari nobindadur.

Jon berur erdi Xizr suyi xaloyiqqa sarih,
Iso o`luk tirguzur erdi deb alfozi fasih,
La`lidin tokim-takallum qildi ul sho`xi malih,
Xizrning ayni yoshunmish ko`kdin inmas ham Masih,
Netsun ul, mu`jiz bu dam yoquti serobindadur.

Xattidin bo`ldi xijil sunbul bila mushki tator,
Qomatig`a sarv ila shamshoddin yuz qatla or,
Farrux ermas orazi navro`zidek iydu bahor,
Zulfig`a qadru barot o`xshar vale yuz farqi bor,
So`z aning yonindag`i xurshidu mahtobindadur.

Har gado egnida bo`lsa eski to`n yo choki jayb,
Bilmay asli niyatin qilmoq g`alatdur shakku rayb,
Ey Navoiy, chun sanga ma`lum emastur sirri g`ayb,
Lutfini mayxonada oshufta ko`rsang, qilma ayb
Kim, bu majnun ixtiyori zulfi qullobindadur.

2

Necha, ey oy, mendin ayru aylagay davron seni,
Bo`lmag`ay yillarda ko`rmak bir nafas imkon seni,
Jon tilar, ko`nglum uyinda aylagay mehmon seni,
Kel-kel, ey oromi jonimkim, tilaydur jon seni,
Chehra ochkim, ko`rmak istar diydai giryon seni.

Borg`ali ul sho`xkim jonim surog`in olmadi,
Jism ani istab ne sahrokim qadamni solmadi,
Yo`qturur bir damki, bu vodiyda bag`rim tolmadi,
Ey g`azoli mushkbo`, kelkim, quyundek qolmadi
Vodie axtarmag`an, istab bu sargardon seni.

Furqatingdin, ey pariy, ko`nglum xayoli za`fdin
Forig` ermastur zamone qilu qoli za`fdin,
Demakim, nevchun ko`runmaysen maloli za`fdin,
Sen pariy pinhon uchun men ham kamoli za`fdin,
G`oyib o`ldum el ko`zidin ko`rgali pinhon seni.

Chiqti ul oy huonig`a ziynat berib, zevar taqib
Qatl etarga jonni zor aylab, ko`ngulga o`t yoqib.
Ani ko`rgach, ko`zni daryo qildi qon yoshim oqib
Qon aro gar g`arqasen, ey ko`z, ne tongkim, bir boqib,
Zor ko`nglumni chu qon etting, tutubtur qon seni.

Qani ulkim, sog`ari vaslingni bersang ilgima,
Hazl etib gohi gulu gah nuql tersang ilgima,
Noumid ermon, nechakim kirmas ersang ilgima,
Garchi mumkin yo`q, vale bir qatla kirsang ilgima,
Borsa bosh, eldin chiqarmoq o`zga ne imkon seni.

Garchi dey olmonki netkil, netmagil, ey mug`bacha,
Hajr ila jonimg`a har dam yetmagil, ey mug`bacha,
Rahm etib har dam qoshimdin ketmagil, ey mug`bacha,
Ko`z yuzungdin olmasam, ayb etmagil, ey mug`bacha,
Aylay olmon diydadin g`oyib meni hayron seni.

Gar meni majnuni shaydo po`ya qilsam bahru bar,
Yo`qsa shahru ko`y aro har yon yugursam bexabar,
Demagilkim, har eshikka nevchun aylabsen guzar,
Ey pariy, gar telbarab bo`lmish Navoiy darbadar,
Budurur maqsud angakim, istagay har yon seni.
Powered by OrdaSoft!