Ne vo`smavu ne kesmadur ul zulfi sumansoy,
ne g`amzai jodu,
Mashshota sanga zoli falakdur magar, ey oy,
xurshid anga ko`zgu.
Qosh yosi bila kirpik o`qin har sari otsang,
imkoni xato yo`q,
Har kimsaki, bo`lg`ay anga bu nav` o`qu yoy,
tuz bo`lg`usi qobu.
Masjid yo`lin asrab necha din ahli yo`luqsa,
rahzanliq etarsen,
Tengri yo`lini asramoq, ey kofiri xudroy
bu nav` bo`lurmu?
Gar istamadi subhi ummidimni yoshurg`ay
mehnat qora shomi,
Har yon sochilib, bas, ne uchun bo`ldi sumansoy
ul turrai hindu.
Hijron tunining tiyralig`in kavkabi ashkin
daf` aylasa, tong yo`q,
Anjum sipahi ko`prak erur anjumanoroy,
tun bo`lsa qorong`u.
G`am dashtini qat` aylabon ul ko`yg`a yetmon,
ko`rmon ani tush ham.
Kim bo`lsa haram shavqi bila bodiyapaymoy,
ko`zdin o`char uyqu.
Ul sho`x Navoiyni, dedikim, qilayin qatl
bir ko`z uchi birla,
Ey voyki, bir ham anga ko`z solmadi, ey voy,
qatl ushbudur, ushbu.
Powered by OrdaSoft!