G`AZALLAR

501

Yozarda ishqing o`tin sekrir ohimdin sharar har yon,
Varaqda nuqtalar iynak shararlardin asar har yon.

Raqib ilgi jafo toshi ko`p otsa, bois ohimdur,
Aningdekkim, itik yel shoxidin sochqay samar har yon.

Dam urmassen, labing shirinlig`in vasf aylasam, go`yo
Iki la`lingni bir-birga yopishturdi shakar har yon.

Ko`kargan dog`idur g`am toshlarining xasta jismimda,
Qurug` shox uzra chirmashib ochilg`ay nilufar har yon.

Suda gul barglar oqqon masallik la`li hajrinda,
Oqar ashkim aro har qatra qon bo`lg`an jigar har yon.

Ko`ngulda o`hlaringdin bar yesam bir kun, ajab ermas,
Munungdekkim bu bog` atrofida ekting shajar har yon.

Beling sarrishtasig`a mubtalo bo`lg`on ko`ngul saydi,
Kiyikdekdurki, mahkam aylamish yo`lin kamar har yon.

Ne muhlik vodiy ermish Ka`bai maqsad biyoboni
Ki, adno mo`rdin bor ajdaholarg`a xatar har yon.

Navoiy rishtai zuhdi uzulsa, qilmangiz hayrat.
Munungdekkim ani usruk chekar bir siymbar har yon.

502

Ichimdagi yoshurun g`amki, ayta olmasmen,
Bir o`t solur manga har damki, ayta olmasmen.

G`amiki, o`lsam emas ayta olmag`i mumkin.
Agarchi o`lturur ul hamki, ayta olmasmen.

Desamki, dardini dey, ishqi ilgi bo`g`zumni
Tutar aning kebi mahkamki, ayta olmasmen.

Ne nukta ishqdin aytay desam, meni ul sho`x
Qilur aning kebi mulzamki, ayta olmasmen.

G`aming nihon meni o`lturdi zulm tig`i bila,
Erur bukun manga motamki, ayta olmasmen.

Ketur piyolaki, ish sirrini hakimi azal
Aningdek ayladi mubhamki, ayta olmasmen.

Navoiy aytsun o`z dardiniki, dard meni
Qilibtur ul sifat abkamki, ayta olmasmen.

503

Ko`ngul toshlar qorasin dog`larkim, qo`ydi g`am har yong
Junun ifrotidin devona sochqondek diram har yon.

Men ashk ichra cho`mub, har tun qilib hamsoyalar oshub,
Mening holimg`a yo`q o`tkan uchun uylarga nam har yon.

Erur har sari ushshoq ohidin, mendin emas bukim,
Bo`lur naxli qadig`a jilva aylar chog`da xam har yon.

Bulutqa humrat ermas mehrdin, balkim tutoshibdur,
Momuqdek baski chiqti ohim o`tidin alam har yon.

Bo`lur qon mushki, ishqing mushkini qon ettikim, bo`lmish
Qora shanjarf, holim yozg`ali qo`ysam qalam har yon.

Itibtur telba ko`nglum har taraf, ey ishqu dard, istang,
So`rayin ul parivash ko`yida men xasta ham har yon.

Ne vodiy qat`i qilmoqdur, fano dayrida sokin bo`l
Ki, qay ravzang`a qo`ysang ko`z bo`lur mar`iy haram har yon.

Dame o`ksutmagil, yo rab, xarobot ahli g`avg`osin
Ki, ul undin kudurat qushlarig`a bo`ldi ram har yon.

Navoiydek qadam mayxonada berkit sutun yanglig`,
Desang ollingg`a yuz g`am kelmagay, qo`ysang qadamhar yon.

504

Ahd qildim, ishq lafzin tilga mazkur etmayin,
Til nekim, xomam tilidin dog`i mastur etmayin.

Barcha elga fitna bo`lg`an ko`zga maftun bo`lmayin,
Har kishi nazzora aylar yuzni manzur etmayin.

Ishq kufri birla taqvo xonaqohin buzmayin,
But xayolidnn ko`ngul dayrini ma`mur etmayin.

Har kecha bir lab mayi vaslidin etmay jonni mast,
Har kun aning hajrida ko`nglumni maxmur etmayin.

Gar chiday olmay ko`ngul bersam birovga nogahon,
Bori el ichra chiday olg`ancha mashhur etmayin.

Ishqu may anjomi chun hajr o`ldi, qo`y, ey shayxkim,
O`zni bu iqboldin kuch birla mahjur etmayin.

Zulm ila el jonig`a o`t yoqma, eykim, shohsen,
Gar desang do`zax o`tig`a jonni mahrur etmayin.

Garchi ma`zur o`ldi ma`mur, ey Navoiy, o`zni men
Do`st ma`mur aylagan xidmatda ma`zur etmayin.

505

Muzayyan qilma marmar toshi birla tufrog`im boshin
Ki, ko`nglum dudi Mashhad toshi aylar mashhadim toshin.

Bulut birla yog`in ermaski, ul oy hajrida har dam
Tiya olmon damim dudin, yig`a olmon ko`zum yoshin.

Azal naqqoshikim chekti yangi oy naqshini, go`yo
Qalam sof aylar erdi sizg`ali ul dilrabo qoshin.

Quvondi shayx zikri halqasidin naylasun miskin,
Alolo ichra ko`rmaydur malomat ko`yi avboshin.

Xaloyiq o`lganimni baxtim uyqusi sog`inmishlar,
Nechukkim tonimaslar tav`amonning ko`rsa qardoshin.

Soching fikriga to tushtum, musalsal bo`ldi ul savdo,
Qachon bildim men ul sarrishtaning bu nav` chirmoshin.

Jahonni kuydurur, ey mug`bacha, paymonai la`ling,
Magar ko`nglum o`ti birla qizitmishlar aning doshin.

Ajab mehru shafaq ermasmudurkim, topmadi hargiz
Xirad bu toq me`morin, nazar ul shamsa naqqoshin.

Navoiy, xonaqahda xirqavu sajjodang o`lmish qayd,
Bulardin maxlas istarsen, fano dayri sari yoshin.

  VOV HARFINING VILOYAT AFZOYLARINING
                    VAQOEYI «BADOE`»DIN

506

Sujud etar quyosh ollinda uylakim hindu,
Yuzung qoshinda quyosh lo iloha illohu.

Quyosh yuziga boqardin nazar erur ojiz,
Yuzungdin etti magar aks zohir ul ko`zgu.

Yuzung nishonig`a har zarra gar emas tolib,
Quyosh jamolig`a zarrot nevchun etti g`ulu.

Magar tajalliy husnungg`a mazhar o`ldi quyosh
Ki, zohir ayladi oncha jilo bila yog`du.

Yuzung xijolatidin mehr ila sarg`ormish
Ki, subh aylar aning za`faronidin kulgu.

Yuzungni tushta ko`rar mumkin o`lsa, istarmen
Aningdek uyquki, andin so`ng o`lmag`ay uyqu.

Navoiy, ista visolin, bihisht istamagil,
Kishi bihisht borinda tamug`ni istarmu?

507

Ne ajab, gar qilmasam gul rangu bo`yin orzu
Kim, erur  andin dimog`im ichra o`t, ko`zumda — su.

Sarvni ham istamonkim, ko`zga andin o`qdurur,
Kimsa bir o`qni ko`ziga qayda qilg`ay orzu.

Guljabinlik sarvqad mohim kerak, yo`q sarvu gul,
Ul yuzu qadsiz manga ne ul keraklikdur, ne bu.

Qomatu ruxsori komimdur, yo`q ersa bog` aro
Har taraf ko`p saf tuzatgay sarvu gul qilg`ay g`ulu.

Sarvqadlar birla gul ruxsorini ko`p istadim,
Ul qadu yuzdin yiroq ko`nglumga taskin bo`ldimu?

Azmi dayr etsang, qilib g`usli tariqat, gom qo`y,
Lekin avval din ila islomdin ilgingni yu.

Ey Navoiy, dahr bo`stonida ko`ptur lavnu atr,
Lek yo`q mehru vafodin anda mutlaq rangu bo`.

508

Yuzunga oshufta qoshlar bo`lmasa oshiq nag`u,
Bo`ldilar har qaysi bir devonai jo`lida mo`.

Bo`lmasa devona, bas, ne vajhdin zanjir etib,
Kelturubtursen ayog`i sari zulfi mushkbo`.

Ul araqnok otashin ruxsoringa mayl ettilar,
Telbalar moyil bo`lurlar, ko`rsalar o`t birla su.

Telba ermas, balki ikki hindui sohirdurur,
Bosh qo`shib afsun uchun go`yo qilurlar guftugo`.

Yo tamosho qilg`ali, yo sehr ta`lim olg`ali,
Zulfining hindulari har saridin qilmish g`ulu.

Sho`xlarning qoshlarig`a, ey ko`ngul, mayl etmakim,
Ofiyat ko`yiga hojiblardur ikki ro`baro`.

Qoshig`a tushkan girihlar birla ko`nglung bog`lamish,
Ey Navoiy, ishqini tark ayladim deb bo`ldimu?

509

Ro`zada lab tashnalig`din qildi za`f ul mohro`,
Jon berurmen la`lig`a to bo`lg`usi jonimda su.

La`lig`a su orzu bo`lmish susizlig` tobidin
Kim, ko`rubtur chashmayi hayvon su qilmoq orzu.

Istaram ul gulni serobu bukim beob erur,
Xasta ko`nglum g`unchadek qon bog`lanibdur to`bato`.

Men solay ohim bila olamg`a zulmat, ey Xizr,
Sen su kinicha yugur chashmang sari olib sabu.

Za`fdin har dam quyoshim hushidin g`oyib bo`lur,
Ko`z soling tengri uchun xurshid g`oyib bo`ldimu.

Rindlig`din zohid hushk o`ldi ul oy ro`zada,
Garchi zuhd ahlin xarobat ichra qildi ko`bako`.

Ey Navoiy, har dam ul oy za`fdin behol erur,
Hech bilmon kim ne qilg`aymen ajab hol o`ldi bu.

510

Xating ermas, gul uzra sabzai bog`i Eramdur bu,
Ne sabza, kun yuzida tun savodidin raqamdur bu.

Gar ohim shu`lasi o`tti quyoshtin, tong yo`q, ey mahvash,
Sen ahli husn aro shahlig` uchun chekkan alamdur bu.

Latofat suyidin to`lmish zanaxdoning chahi go`yo,
Tarashshux aylagan kun chashmasidin barcha namdur bu.

Jafo dog`in qo`yibkim jonim olding, asrasam, tong yo`q,
Nihon ko`ksum arokim, jon berib topqan diramdur bu.

Ilojimdin   bo`lub  ojiz  dedilar   hikmat   ahlikim,
G`aribu xasta yo`qkim, oshiqu devona hamdur bu.

Butekim kuch bila chekti boshimni sajdag`a emdi,
Vafodin bosh chekar, ko`rgilki, ne sarkash sanamdur bu.

Olib din naqdi piri dayrkim, qildi meni sarxush,
Ko`rung, oxir ne kamlik o`trusida ne karamdur bu.

Qadah davrini xush tut, charx javrin boqma, ey soqiy
Ki, ul tutqoch vujud, albatta, bilkim kal`adamdur bu.

Navoiy, g`ofil o`lma, ul sanamning qasrin aylansang,
Samad zikrini mazkur aylakim, tavfi haramdur bu.

511

Ko`p qochar yor, ani ko`p qilsam meni zor orzu,
Anda bisyor ijtinobu menda bisyor orzu.

Kufri zulfi orzusidin berurmen naqdi din,
Kim ko`rubtur, ey musulmonlar, bu miqdor orzu.

To ko`zung ayni tanosibdin manga qilg`ay nazar,
Kechayu kunduz qilurmen o`zni bemor orzu.

Chun erur har tori zulfung rishtai jon, bas ne tong,
Jon qushin ul dom aro qilsam giriftor orzu.

Jannat o`lsa  maskanim  ko`yung tilarmen uylakim,
Do`zax ahli aylagay jannatqa izhor orzu.

Bog` tavfidin g`araz andoqki bo`lg`ay sarvu gul,
Bizga ko`yung ichra bor ul qaddu ruxsor orzu.

Soqiyo, aylar xumorim qasdi jon, qilsam ne ayb,
Xasta jonimni muqim ko`yi xammor orzu.

Kundai do`zaxdurur bu ravzada bir bargi shox,
Aylaram savsan kebi o`zni sabukbor orzu.

Andin o`ldum ozimi dayri fano, ey mug`bacha
Kim, qilibmen halqai zulfungni zunnor orzu.

Zohido, boshtin ayog`ing zarq erur, qo`y pandkim,
Besarupolarg`a bo`lmas kafshu dastor orzu.

Orzu aylar Navoiy ko`yung ichra orazing,
Zor bulbul aylagandek bog`u gulzor orzu.

512

Gul sochar yel bog` aro, sarvi ravonim keldimu,
Jon isi guldin kelur, oromi jonim keldimu.

Bexud erdim aytkali ko`nglum, chu keldim holima,
Ayting: ul ovorai bexonumonim keldimu.

Qolmish erdi xasta jon, kirganda men mayxonag`a,
Anglamonkim, ul zaifi notavonim keldimu.

Demangizkim, keldi mahvashlar seni o`lturgali,
Muni dengkim, qotili nomehribonim keldimu.

Hajridin o`ldum demangkim, boshima kelmish
Masih, Ayting, ul osoyishi ruxu ravonim keldimu.

Ko`yunga ushshoq kelgandin xabar tuttung valek
Demading ul zori benomu nishonim keldimu.

Zuhd ko`yiga ko`ngul birla dedingkim, kelmading
Ey Navoiy, necha aytib ul yomonim keldimu.

513

Vah, bu ne husnu, jamolu ne latofatdur bu,
Dema ishq ahliki, din ahlig`a ofatdur bu.

Shisha yanglig` ko`runub boda o`tar bo`g`zingdin,
Xilqating javharida, vah, ne latofatdur bu.

Mehrning orazini buki kusuf etti qora,
Qullug`ung aylamasa, ayni kasofatdur bu.

Manga tig` ursa rizo berdimu ag`yorg`a, yo`q
Men turub o`lturur ani, ne zarofatdur bu.

Ul pariy hoziru ko`zlardin erur g`oyib hur,
Shayx ani vasf qilur, ko`r, ne xurofatdur bu.

Yorning manzili jon ichrayu sen ani tilab,
Azimi Ka`ba, ajab qat`i masofatdur bu.

Demakim, bo`ldi junun dashtida jo`lida soching
Ul quyoshtin boshima soyai rofatdur bu.

514

To tushta yuzin ko`rdumu bo`lmish manga kom uyqu,
Lekin g`amidin bo`lmish ko`zumga harom uyqu.

Ko`nglum ne uchun yetkach zulfungg`a bo`lur bexud,
Ma`hud emas elga chun avvali shom uyqu.

El ko`zlaridin ul ko`z uyquni tamom olmish,
Bu ishtin ekin oxirkim, bo`ldi tamom uyqu.

Yo tushta ko`ray ani, yo g`ayrni ko`rmay deb,
Ko`z ochmayin istarmen hajrinda mudom uyqu.

Bu marhalada solik ko`z yumsa, qolur yo`ldin,
Yo`l ahli qachon aylar aylarda xarom uyqu.

Chun sayli sirishkimdin ko`zning qorasi bormish,
Ne nav` tuta olg`ay ul yerda maqom uyqu.

Uyqusi Navoiyning gar o`chti, ajab ermas,
To dona sirishk o`lmas, bo`lmas anga rom uyqu.

515

Tig` tortib chu kelur qatlima jonon o`tru,
Har dam og`zimg`a yetar chiqmog` uchun jon o`tru.

Ko`ngluma kelsa xayoling, chiqar o`trusig`a jon,
El chiqar, uyga kirar vaqtda mehmon o`tru.

Istabon vasl qachon ko`yiga ozim bo`lsam,
Kelmas ollimg`a bajuz novaki hijron o`tru.

Ul quyosh hajrida otsam kechalar novaki oh,
Holadin charx tutar daf`ig`a qalqon o`tru.

Dasht devonasig`a men qiluram istiqbol,
Chiqsa Majnung`a, ne tong, g`uli biyobon o`tru.

Mayda soqiy yuzi chun jilvagar o`lmish, ne ajab,
Tutsam ul ko`zguni ollimg`a farovon o`tru.

Keladur erdi habibim, meni ko`rgach yondi,
Ey Navoiy, nega chiqtim meni nodon o`tru.

516

Soching rangi anbarmudur, mushki Chinmu,
Labing ta`mi shakkarmudur, angabinmu.

Soching bo`lmadi kufr eligamu zunnor,
Bo`yun tavqig`a qo`ymadi ahli dinmu.

Kuyarga ko`ngul la`ling ermasmu o`tluq,
Gulungni qadah qilmamish otashinmu.

Ko`ngul ganjig`a qufl emasmu boshog`ing,
Yangi dog` emas anda naqshi niginmu.

Deding, mastu oshiqni qatl aylamishmen,
Degil, qoldi bir shayxi xnlvatnishinmu.

Meni bog` gulgashtig`a chekma, dehqon,
Vafolig`, degil, gulmudur yo saminmu.

Navoiy, aning ko`ngliga kor qilmas,
Fig`on tortmon, yo`qsa ohi hazinmu.

517

Ne bilgay ulki qilur xudi uzra jilva yalov,
Mening o`tumniki, boshim uza yonar lov-lov.

Balo aro chu men o`ldum, balo qilichlarini,
Ne tong ititkali lavhi mazorim o`lsa bilov.

Qo`lumda bandi junun tasmasi, ne fikr etkay
Parivasheki, minib dev, qo`lg`a olsa jilov.

Firoq o`tida qorordim, magarki bu o`tni
Yorutg`ali meni davron iligi qildi ko`sov.

Soqoli shayxi riyoiyg`a garchi keldi harom,
Vale kularga eshak bo`iniga kerak g`ujg`ov.

Yuz uzra xay, gul uza shabnamin havas qilma,
Bayozi shayb ila chun yog`di boshing uzra qirov

Navoiy aylab edi garchi raz qizini taloq,
Halola bo`lsa ham ul qizni olg`usi bu kuyov.

518

Jonona tushubtur meni bemordin ayru,
Jon uylaki tushkay badani zordin ayru.

Ko`z olma ko`zumdinki, o`larmen, agar o`lsang
Bir ko`z yumub ochquncha bu bemordin ayru.

Gul rashki pariy ko`yida boshimg`a yog`ar tosh,
Atfoldin ayrudurur devordin ayru.

Jon kimsada qolg`aymu bu yanglig`ki olursen,
Guftordin ayru, qadu raftordin ayru.

Zulmungni kam etkilki, vafo ahli topilmas,
Ul zulfi xamida bu giriftordin ayru.

Matlubdin ayru gila qilma talabingdin,
Matlubni kim ko`rdi talabgordin ayru.

Ranjurdur ul ko`yi firoqida Navoiy,
Bulbul ne ajab g`amzada gulzordin ayru.

519

Pok ishq ahli nechuk vasl aylagaylar orzu,
Nomunosibdur balokashlarg`a bo`lmoq komjo`.

Lolagun ruxsoru mushkin zulfidin kom istagan
Ishq oyinida go`yo bilmadi juz rangu bo`.

Ko`ngli pok el gar malomat rangida qilsa suluk,
Bok emastur, boda bo`lmas rang qilg`on birla su.

Pok oshiq o`rtanib parvonadek dam urmag`an
Bo`lg`anidin yaxshiroq bulbul kebi bisyor go`.

Ishq tavrida ko`ngul birla tilin zabt aylagan,
O`tu suni jam` etar, kimga muyassar bo`ldi bu.

Rutba lekin bo`lsa pok elga bulut yanglig` biyik,
Barq o`tun yomg`ir aro asrar zehn pokiza xo`.

Ey Navoiy, ishq da`vosinda ko`p lof urmakim,
Fannida sohibkamol el bir taraf qilmas g`ulu.

520

Dema yuzkim, Xo`tan gulzoridur bu,
Dema xat — nofai totoridur bu.

Ko`zi o`ltursa, la`li jon bag`ishlar,
Ajoyib muddao izhoridur bu.

Desam zulfungmu ko`nglum ayladi band,
Der, ey miskin, aning bir toridur bu.

So`zi gar asru shirindur, tong ermas,
Hadisi la`li shakkarboridur bu.

O`g`urlar jon zanaxdoning aro xol
Ki, Bobul chohining ayyoridur bu.

Ko`ngul o`zlukni bir sog`arg`a sotti,
Magar dayri fano xammoridur bu.

Navoiyg`a,— desam,— qil, ey yigit, rahm,
Kulub der, ne hayosiz qaridur bu.

 XE HARFINING HUMOYUNVASHLARINING
  HALOQANGEZLIG`LARI «BADOE`»DIN

521

Bu nav` o`ldum jamoling mushafining sirridin ogah,
Ki, fihrastida keldi ikki qoshing ikki bismillah.

Jamoling buki mushafdur, hadising haq kalomi ham,
Dey olur mushafi notiq seni har kim erur ogah.

Hodisi poku nutqi jonfizoingdin topib Iso
Ki, anfosi qilib ibro, agar abras gar akmah.

Gar o`lsa taxti johing arshu farsh uzra rusul xayli,
Tong ermaskim, alar bori mulozim keldilar, sen shah.

Hazizi arz agar bo`ldi makoning, faqr edi bois.
Agarchi lomakon avji edi raxshingg`a javlongah.

Rusuldin hech rahrav hamrahing bo`lmoq emas mumkin,
Maloyiktin chu sayringda ne rahrav keldi, ne hamrah.

Qoshingg`a «qoba qavsayn» oyatidin yo`q nima alyaq,
Sochingg`a yo`q savodi laylatul me`rojdin ashbah.

Zanaxdon chohiyu gesu kamandi gar bu yanglig`dur,
Erur vasfig`a bersam tul Yusuf qissasi ko`tah.

Sening ishqing Navoiyg`a iki olam aro bastur,
Habibullog`a oshiqliq anga garchi had ermas, vah.

522

Yuzun ko`r, qilmag`il mujgonu xattu xolidin nola
Ki, bo`lmas xorsiz gul, dudsiz o`t, dog`siz lola.

Chu men dur tishlaring hajridin o`ldum, ne osig` gar charx
Nujum ashkini yog`dursa boshimg`a uylakim jola.

Emas bir-bir sirishkim qonikim, ko`z mardumi solur
Iting ollida bag`rimni uzub pargola-pargola.

Labing obi hayotin Xizri xatting no`sh etar soat,
Hubob o`lmish ushoq bir-ikki, ani dema tabxola.

Yuzungdur uyla davri chatr aro, ey xo`blar shohi
Ki, bo`lmaydur qamar davrida hargiz uyla bir hola.

Yuziga, ey falak, ne zeb ber, ne husn sotqilkim,
Quyosh husnig`a ne mashshota hojatdur, ne dallola.

Piyola birla may og`zimg`a kuptin quyma, ey soqiy
Ki, ul javharg`a go`yokim munosib kayl erur kola.

Base mushtoqing erduk dayr aro, kech kelding, ey mutrib
Ki, sozing tarkidin bizga yangi oy bo`ldi har tola.

Bu bazm ahlig`a, bilkim, ofiyat juz bevafolig` yo`q,
Navoiy xoh lahni aysh tuz, xoh aylagil nola.

523

Yana shu`laliq ko`ngulni g`aming etti pora-pora,
Buki butrashur, erur poralari, emas sharora.

Ulus ichra orazingdin nazar oncha asradimkim,
Ola olmog`um ko`z, o`lguncha gar aylasam nazzora.

Badalu safar erur chorasi ishqning demishlar,
Badaling yo`qu safardin g`amim ortadur, ne chora.

Meni telba birla Farhod orasida farq ko`ptur,
Anga xora qazmoq ish, vahki, yog`ib boshimg`a xora.

Dema bo`lg`ay o`qlarimdin taning ichra necha paykon,
Qatarotini  yog`inning kim etibdurur shumora.

Bu chaman aro gahi ovla hazor ko`nglin, ey gul
Ki, teshkusi xazon chopquni uylakim hazora.

Buki dayrdin Navoiyni haramg`a shayx istar,
Netayinki, yo`l ko`runmas, necha qilsam istixora.

524

Ko`nglakim qon ila har dog`ki bo`lmish toza,
Toza dog`im bila qonidin erur andoza.

Hajrdin kuymish edim, yana deding hajr so`zin,
Eski dog`imni yangi dog` ila qilding toza.

Derki, ishqimni yoshur, vah, netibon yoshurayin,
Emdikim tutti bari dahrni bu ovoza.

La`li avsofini gul barglari uzra yozay,
Aylayin hifzig`a jon rishtasidin sheroza.

Zeb uchun yuzunga gul bargi emastur hojat,
Hojat ul nav`iki, gul bargiga ermas g`oza.

Oqibat qabr eshiksiz uyiga chun kirgung,
Emdi giryo senga ne sud, ochuq darvoza.

Ul pariy suvratini cheksa Navoiy, ne ajab,
Qalami topsa maloyik yungidin parg`oza.

525

Orazing xoli nedin qildi meni devona,
Qushni sayd etmadi chun suda ko`rungan dona.

Kiribon oq uy aro jon qushini kuydurdung,
Garchi fonusda sham` o`rtamadi parvona.

Tiyri boroni g`aming buzdi ko`ngul maskanini,
Bizing o`y bo`ldi yog`in kasratidin vayrona.

Hajr za`fidin o`lubmen tanimasdek, ne ajab,
Oshnolar manga bo`ldilar esa begona.

Buzdi ul sho`xi qadahno`sh salohim uyini,
Manga mundin nari manzil bas erur mayxona.

Soqiyo, to`lg`ucha paymona yerim maykadadur,
Meni mast etkali ko`p yaxshidurur paymona.

Jurm esa yor boshim uzra yetib o`lmaganim,
Ey Navoiy, meni o`lturmak erur jurmona.

526

But ollida chu sujud aylagum ichib boda,
Diram yo`q ersa, garav xirqa birla sajjoda.

Uchurdi aqlim o`tin, balki yiqti dinim uyin,
Ne angladimki, ne sayli balo emish boda.

Agarchi dayrda usruk yiqildim, ammo shukr
Ki, bore mug`bacha ko`yida bo`ldum aftoda.

Etishmagay mayi vahdat furug`i bo`lmag`ucha,
Zamir shishasi soqiy uzoridek soda.

Chu zuhd keldi riyoyu yo`q odamida vafo,
Ne bo`ldi tutsa manga boda bir pariyzoda.

Qilur mubolag`a ko`p ishqu boda tarkida shayx,
Meni ham istar o`zi yanglig` aylagay loda.

Navoiy, o`lg`il ikki kun maylidin ozod
Ki, do`st g`ayrig`a bo`lmas muqayyad ozoda.

527

Baski qon bordi alamlar yuzlanib har dog`ima,
Za`f ifroti yaqinlashturdi borur chog`ima.

Bazm aro yodim bila tufroqqa gohi may to`kung
Kim, erur ul ham yaqinkim, to`kkasiz tufrog`ima.

Bu maraz hijrondin o`lmish berma sharbat, ey tabib
Kim, zuloli xizr yetsa, zahr o`lur qursog`ima.

Jism za`fidin teri qolmish so`ngak uzra yana,
Hajr o`qi parron o`tar, chun yetsa bu yarg`og`ima.

Belga men zunnor bog`labmen, vale xayli ajal,
Vahki, sudrarlar, iliklar berkitib belbog`ima.

Ma`rifat bog`ida ul qushmenki, hayrat aylagay,
Toiri quds aylasa bir dam nishiman bog`ima.

Ey Navoiy, dard tog`inda sog`ing`ay lolazor,
Boqqan el ham toza qonliq, ham qoralig` dog`ima.

528

Xating savodig`a sun` ilgi yo`ndi chun xoma,
Hamul raqam bila qildi meni siyahnoma.

Yig`ildi, vahki, xating xayli davrasig`ayu bas,
Necha qizitti jamoling quyoshi hangoma.

Ko`zung xayoli ko`ngul maxzanin tasarruf etib,
Magarki hifzi uchun bosti muhri bodoma.

Ko`ngul xarobasida soldi tarxi mehring ishq
Ki, uy havolig` o`lur bo`ldi chun duoshoma.

Mening kebi kechar el ko`ngli komidin nokom,
Biravki, sendek erur yori mastu xudkoma.

Maoli ilmida mendin ham erdi johilroq,
Qayuki tutti o`zin olam ichra alloma.

Navoiy o`lsa kerak piri dayr bazmida xos,
Ne desa desun ani va`z ichindagi oma.

529

Ko`ngulni qildi ming qotilcha yora, .
Jafo tig`idin ul sho`xi hazora.

Samandi o`t chaqilg`ondek chu sekrir,
Ul o`ttin sekretur na`li sharora.

Itingga tu`maliqqa bo`ldi oson,
Bukim bag`rimni qilding pora-pora.

Ko`rungach ko`zga ul yuz, xasta bo`ldum,
O`larmen, yaxshi gar qilsam nazora.

Ne istar chora dardi ishq uchun el,
Chu yo`q bechoralig`din o`zga chora.

Ko`ngul olam uyiga bog`lama ko`p
Ki, baytidur sanga ul istiora.

Fano yo`li, Navoiy, bas qotiqdur,
Magar osonroq o`lg`ay bora-bora.

530

Choklik ko`nglum nishoni g`unchai xandonida,
Munda toza dog` yanglig` xoli aning yonida.

Yo`qturur itlarga son ko`yidayu ko`rgil meni
Kim ul oy ko`yida men ham yo`qmen itlar sonida.

Qon bo`lub bag`rim oqar ko`zdin, tilasang, topilur
Lola ichra sabzadek paykon sirishkim qonida.

Uyladur ra`no g`azolim lojuvardi toq aro
Kim, emas andoq g`azoli zar sipehr ayvonida.

Asru nofarmondur ul gulkim, libosidur binafsh,
Garchi gulruxlar erur bori aning farmonida.

Hajrida barcha azob oyatlari sha`nimdadur,
Barcha rahmat oyatidek nozil aning shonida.

Davr ayog`idin vafo ahlin unutma, soqiyo.
Kim, vafo yo`q juz unutmog`liq falak davronida.

Donish ahli kaffasida kelturur nodonni charx,
Fikri yo`qkim, rost kelmas bu xirad mezonida.

Gar Navoiy bulbule erdi, xush ilhon, ko`rki, hajr
Navha rangi ko`rguzur har dam aning ilhonida.

531

Sen qora par boshing uzra, ko`rguzub men dudi oh,
Bu mening o`tumdin, ul sarkashligingdindur guvoh.

Xo`blar anjum, sen ul xayl ichra mehri anjuman,
Mehrni sulton desam yo`q aybu anjumni — sipoh.

Egma qad birla tutub ko`ksum shikofin kelmisham,
Xanjari ishqing bila darding yukiga uzrxoh.

O`lgum erdi gah-gahi yodingdin o`lsam erdi mahv,
Emdi jon aylab fido, yodingg`a kirmon goh-goh.

Baski brshimg`a yog`ar atfol toshi, ey pariy,
Qilg`ali qasdim junun xayli ul-o`qdur shohroh,

Xonaqahda o`zluk ahvoli yetibdur jonima,
Yo`q ajab, gar istasam dayri fano sari panoh.

Dayr piri soqiyu may birla tirguzdi meni,
Huru kavsar hasratidin o`ldi shayxi xonaqoh.

Bo`ynuma zunnor bog`lab kelmisham, ey mug`bacha,
Gar riyoyi subhadin bo`ynumda bor erdi gunoh.

En Navoiy, hasrat ohi birla o`lgum hajr aro,
Yor vasli yetmasa faryodima, vo hasratoh.

532

Tig`idin zaxm yedim, yetkach ul oy qoshinda,
Har ne boshimda edi, bordim aning boshinda.

La`li serobinga to ko`z o`zini oldurmish,
La`l rangidin asarlardur aning yoshinda.

Uyla qonlig` ko`ngul ichra tugan o`rtabsenkim,
Lolaning g`unchasidek bilguradur toshinda.

Charx toqi girihidin ko`p etar javr, base,
Ulki bedodim uchun soldi girih qoshinda.

Naqshi ul oyning ulus ollida behol aylar,
Vah, ne hol erdi ekan xomai naqqoshinda.

Ne tajarrud uyidur dayrki, o`zluk ham yo`q,
Qilg`ali mayg`a garav zumrai avboshinda.

Gar Navoiy tani chirmashsayu to`lg`onsa, ne tong,
Qoldi chun sunbulining chirmashuv to`lg`oshinda.

533

Rangsiz xoling erur ul orazi diljo` uza,
Zang ul yanglig`ki ko`rguzgay asar ko`zgu uza,

Nash`a yoquti mufarrihdin gar ermas dam-badam,
Durji la`lingda nedin kulgudurur kulgu uza.

Xozini hikmat magarkim xol birla qildi muhr,
La`ldin chun soldi qufl ul huqqaliq inju uza.

Qoshi yosin qurg`ali el qasdig`a bo`lmish kerish,
Fitnalig` chinkim tushar ul nargisi jodu uza.

Anbarin zulfung maloyik shahparidin soyadur
Kim, ayon bo`ldi tajalli aqshomi yog`du uza.

Soqiyo, ishrat mayin bunyod ila sog`arg`a quy,
Ne uchunkim, dahr bunyodin ko`rarmen su uza.

Ko`yi tufrog`ida qon yutsa Navoiy, yaxshiroq
Bodai kavsar chekardin ravzai minu uza.

534

O`zgalar bog`indadur navras niholim bu kecha,
Tongg`a tegru o`zgadur har lahza holim bu kecha,

Hajr dashtida yuz o`tluq vodiyu har dam meni
O`zga vodiyg`a solur, vahkim, xayolim  bu kecha.

So`rma ko`nglum holini, bedod ila o`lturgusi,
O`zin ul devonai bee`tidolim bu kecha.

Barcha bir-birdin sovurmoq biymidur, nekim o`tar,
Anjumu aflok birla qiylu qolim bu kecha.

Yuz quyosh qilsa tulu`, ermas yorug`luq yetkudek,
Andoq etmish tiyra olamni malolim bu kecha.

Buylakim, har dam urarmen jong`a yuz tig`i halok,
Tongg`acha, vah, to qayon yetkay maolim bu kecha.

Ey ajal, jonim fidong o`lsunki, botroq et xalos.
Chun ko`runmaydur tirilmak ehtimolim bu kecha.

To qiyomat subh toli` bo`lmasun emdiki, bor
Hashr subhi sari mayli intiqolim bu kecha.

Ey Navoiy, har ne zulmikim qilib erdi xayol,
Barchani jonimg`a qildi charxi zolim bu kecha.

535

Yoqodek qurb agar topmon sening siymin saqoqingg`a,
Etakdek ham yomon ermas tusha olsam ayoqingg`a.

Chuchukluktinmu yo kuydurganidinmu qabarmishtur,
Labim to yetti la`li otashin yanglig` dudoqingg`a.

Ko`ngul  mujgoning uzra  kirpigimda  qatra  qondektur,
Bu yanglig` dashna yebtur to asir o`lmish firoqingg`a.

Banogo`shingni o`pmak komu,  vahkim, xalq  biymidin,
De olmon oshkoro, gar desang aytay quloqingg`a.

Labing o`pmakka haddim yo`q vale lutf aylasang oncha
Ki, munglug` ko`zlarimni surtsam qoshu qaboqingg`a.

Sanga yondoshmoq istab qomatim yo, ohim o`q bo`ldi,
Hasaddin bir taraf qurboninga, bir yon sadoqingg`a.

Ajab ermas agar, ey mug`bacha, maydin ko`tarman bosh,
O`lubmen, tashna labning boshi bir yetmish ayoqingg`a.

Junundin tog`u sahro ichra ayb etma fig`onimni,
Budur ish, ey pariy, tokim tushubturmen suroqingg`a.

Navoiy ko`ngli qonin to`kkali asrabsen, ey qotil,
Umidim yo`q edi ko`nglumni muncha asramoqingg`a.

536

Tushda yetkandek dururmen sarvi hurizodima,
Ko`r, yomon tole`ki, ul ham yaxshi kelmas yodima.

Sog`inurmenkim, topilmas bir ko`ngul olamda shod,
Shodlig` hargiz chu yetmas xotiri noshodima.

Yo`qki, za`fimdin unum chiqmasda rahm etmas ul oy,
Ko`kka ham yetkanda nolam, yetmadi faryodima.

Aytsam, xushtur ko`ngul bog`i giyohi mehr ila,
Derki, bu javharni tengri bermamish po`lodima.

Dod sultondin toparlar, vahki, ul sultoni husn
Azm yetar har lahza tig`i kin chekib bedodima.

Odat aylar yor hijron shevasin, ey do`stlar,
Voykim, netkaymen onsiz xotiri mu`todima.

Men chu bo`ldum dayr pirining muridi, ne osig`,
Emdi shayxi xonaqah qo`ymoq ko`ngul irshodima.

Bir xarob o`lg`ayki, hargiz topmag`ay obodliq,
Kimki qilsa bir guzar kunji xarobobodima.

Ey Navoiy, telba ko`nglum dardu g`am tog`in qozar,
Ko`rsang, axvolim degil Majnun sifat Farhodima.

537

Xalq mehriga yana, yo rab, meni zor aylama,
Aylasang ham, mehri yo`qlarg`a giriftor aylama.

Mehribonlarg`a dog`i uchratsang, elning mehrini
Nogahon xotirlari ichra padidor aylama.

Ey pariy, qatlimg`a mayl etsang, fido jonim valek
O`zga sari xotiringning maylin izhor aylama.

La`lidin kim qilsa bir jonbaxsh so`z naql, ey ko`ngul,
Ollida jon javharidin o`zga isor aylama.

Tushda vasli bo`lsa gar xud barcha so`ngg`i uyqudur,
Ey Xizr, hayvon suyi ichmakka bedor aylama.

Halqai kufr ichra chun qo`ydum qadam, ey piri dayr,
Mug`bacha zulfi xamidin o`zga zunnor aylama.

Ey Navoiy, dam-badam afgor ko`nglung sog`inib,
Ittik-ittik un bila el ko`nglin afgor aylama.

538

Tomida ermas kabutar xayli bu jur`at bila
Kim, pariylar keldi oshiqliqqa ul suvrat bila.

Yo maloyik xaylidur tomida parvoz aylabon.
Evrulur boshig`a har kun yuz tuman hayrat bila.

Yo ko`ngullar qushlaridur ko`yini qilg`an vatan
Kim, qo`narlar sa`y etib, qovg`an soyi shiddat bila.

Yo kabutarlar keturmish nomalar ushshoqidin,
Ani ko`rgach ko`yini aylab vatan ulfat bila.

Soqiyo, tortay kabutar dam, ketur bir bodakim,
Bir kabutarboz uchun o`ldum g`amu mehnat bila.

Ey kabutar, netti bir pardek qanotingda nihon
Eltsang nomam angakim, yozmisham hasrat bila.

Gar kabutardek Navoiy o`lsa ul oy ko`yida,
Yuz muallaq urg`ay ul xurramliqu ishrat bila.

539

Isitqon,  nozanin jismingki, terdin tushti tob ichra,
Erur bir otashin gul bargikim, yotqay gulob ichra.

Isitma ranjidin, ey gul, bo`lubsen g`uncha andoqkim,
Hariru hullaliq jisming tushubtur pechu tob ichra.

Isig`lig`din taning o`t bo`ldi, tong yo`q, iecha tolpinsa,
Haroratdin qolibtur shu`la doyim iztirob ichra.

Qizil chodirshabu moviy to`shaklar ichra titrarsen,
Aningdekkim quyosh ko`klar bila gulgun sahob ichra.

Labing yoquti ichra qatra-qatra termudur, yoxud
Tushubtur dona-dona inju ikki la`li nob ichra.

Dedilarkim, xarob o`lmish isitmoq birla jononing,
Ne o`tlarkim bu so`zdin tushmadi joni xarob ichra.

Ne kun bo`lg`ay yangi oydek taning bo`lg`ay to`lun oykim,
To`la sog`ar chekarga bazm tuzsang mohi tob ichra.

O`zumni, soqiyo, sog` istamon, tutqil to`la sog`ar
Ki, charxi munqalib davronni istar inqilob ichra.

Navoiy, yorni topsang salomat, xayrbod etkim,
Yana za`f etsa nogah, qolmag`ay joning azob ichra.

540

Uzdi mendin do`stluq ul sho`xi siymin tan yana,
Onchakim mumkindur, etgil aysh, ey dushman, yana.

Mazra`i jismimda ermastur qorarg`an toza dog`,
Toki, kuymish barqi ishqingdin qayu xirman yana.

Ishqim erdi yoshurun, fosh etti giryon ko`zlarim,
Qildilar g`ammozliq bu ikki tardoman yana.

Sham` yanglig` o`t tutoshib boshima hijron tuni,
Yoshurun holimni elga ayladi ravshan yana.

Qochtilar ahli junun har yondin andoqkim sharar,
Baski to`ldi o`tluq ohim dudidin gulxan yana.

Dahr ra`nosi fanu makri bila topsang firib,
To ne makr etkay ayon bu dallai purfan yana.

Ey Navoiy, chun zamon zulmig`a sud etmas jaza`,
Kasb qil bu shevaniyu qilma ko`p shevan yana.

541

Menki g`am dashtida ittim ohi dard olud ila,
Istagan topqay kecha o`t birla, kunduz dud ila.

Infiolingdin quyosh kirdi qora tufrog` aro,
Qilg`aningda jilva ul ruxsori gardolud ila.

Ul og`iz ma`dumu menda o`pmaki savdosidur,
Sudkim istabdurur sarmoyai nobud ila.

Ne iting bo`lmoqqa tole`, ne itingga tu`mamen,
Tushkali ko`ying aro bu jismi g`am farsud ila.

G`am tuni qilmish qora bosqan kebi muztar meni,
Buylakim, nokormen bu baxti qir andud ila.

Uyla mahvungmenki, kelmas xotirimg`a hajru vasl
Sen murodimsen, ishim yo`qtur ziyonu sud ila.

Ey Navoiy, asru maqbul el bila xo`y etti yor,
Xushlug`i gar yo`qturur, ne ayb, sen mardud ila.

542

G`uncha gul ichra gahe paydo bo`lur gulzorda,
Bo`lmadi hargiz ayon og`zing sening ruxsorda.

Za`fdin kulbamda  qo`pmoq istasam, aylar madad,
Ankabute rishta osqon bo`lsa har devorda.

Kim jununumg`a yozar ta`viz iynak ashku yuz,
Gar kerak shingarf birla za`faron tumorda.

Sayli ashkimdin demakim mulk emas mardumnishin,
Balki mardum qolmadi bu diydai xunborda.

Dayr tufrog`ida butmish sabza der ko`rgan kishi,
Zanglik yuz no`gi paykon bu tani nokorda.

Har birisin angla bir kofir jafosidin hisob,
Bu girihlarkim, tugubmen rishtai zunnorda.

Sinsa ibriqi vuzu, andin manga bas bir safol,
May gadoliq aylamakka kulbai xammorda.

Charx ayvoni munaqqashdur, vale naqqoshi sun`
Chekmadi naqshi vafo bu toqi minokorda.

Ey Navoiy, yer yuzin ag`yor tutsa, g`am yema,
Bir sarimo` gar sening fikring bor ersa yorda.

543

Za`fdin ingrong`onim elning fig`oni zoricha,
Har damim ishq ahlining bir ohi otashboricha.

Mehri ruxsorida ne qoshdur, ne ko`z, ne xat, ne xol,
Vah, desa bo`lg`aymu ani mahvashim ruxsoricha.

Nuqtai mavhumni yuz qism farz etsang  birin,
Desa bo`lmas bor aning yo`q og`zining miqdoricha.

Gul yuzungdin qatra ter har yerda tomsa, ul sudin
Charx ul yerni yasay olur Eram gulzoricha.

Dayr ko`yi sokinimenkim, bu zangori sipehr
Rif`at ichra ermas aning kulbai xammoricha.

Bo`ldi mug` dayrida xirqamning chubulg`on iplari
Har biri kufr ahlig`a bir barhaman zunnoricha.

Dayr piri ne ajab, gardunni sog`ar aylamak,
Va`da chun qilmishki, bergay boda maylim boricha.

Faqr atvorida yo chiqmaq kerak ofoqdin,
Yo kerak tuzlanmak ofoq ahlining atvoricha.

Ey Navoiy, ayladim har ko`y aro sayru suluk,
Kelmadi ollimg`a ishq oyinining dushvoricha.

544

Sarv qad gulruxlar o`tmas xotiri noshodima,
Sarvu gul ko`rsam, alar kirgay magarkim yodima.

Uyla gardun zulmi etmish ro`zgorim tiyrakim,
Yoruta olmas quyosh kirsa xarobobodima.

Nega faryod etmayin, yoxud netay faryod etib,
Buylakim, faryod etib, yetmas kishi faryodima.

Qazmasa ko`nglum yana g`am Bestunin yaxshiroq,
Hech Shirin lab chu qilmas rahm bu Farhodima.

Sho`xlar mujgonidin zuhdum qutulsin, vah, necha
Igna birla naqb teshmak qal`ai po`lodima.

May quyoshin dayr aro har dam chekar bo`lsam, ne g`am,
Gar quyosh tig`in falak har dam chekar bedodima.

Ey Navoiy, ofiyat ko`yi g`animatdur valek
Naylayin, gar kirmasa shaydo ko`ngul irshodima.

545

Bas yomon hole tushubtur, yorlar, men zorg`a
Kim, yomon holimni zohir aylayolmon yorg`a.

Eyki, debsen yer yuzini lolazor etmish bahor,
Go`yiyo ko`z solmading bu diydai xunborg`a.

Toshlaringdin yaxshiroq bo`lmoq tanimda dog`lar,
Sikkai behbud urg`ondek durur dinorg`a.

Subhi vaslim, demasang, qilg`ay nihon shomi firoq,
Nega yopting zulfi shabgun mehrdek ruxsorg`a.

Jonfizo qilmish yuzung bo`stonini har sari xay,
Bu gul ochg`ay bersalar hayvon suyi gulzorg`a.

Qatl mayli qilmasang, nevchun yana minding samand,
Belga rust aylab etak gul sanchibon dastorg`a.

Ey nasihatgo`, ko`zumni tiyra aylabtur xumor,
Rahm etib qil rahnamunluq kulbai xammorg`a.

Jomi may tutqilki, tarixi binosin topmadim,
Nechakim soldim nazar bu toqi minokorg`a.

Dayrdin gar bo`lmasun g`oyib der ersang mug`bacha,
Ey Navoiy, bog`la zunnore uchun zunnorg`a.

546

Har gulki ochibdur may ul orazi diljo`da,
Gullarmu ekin suda, gul aksimu ko`zguda.

Ko`zguda yuzung aksi, gar yaxshi nazar qilsang,
Bor uyla biaynihkim kun aksi tushar suda.

Noz uyqusida ul ko`z oshubi jahon ichra,
Uyg`onsa ko`zung netkay olam buzub uyquda.

Ollimga yuzung kelgach, husn ahlini ko`rmasmen,
Ko`z anglamas ashyoni, bo`lg`ach quyosh o`truda.

Gar shahrni tark aylab, sahrog`a qo`yubmen yuz,
Ma`zur erurmenkim, mohim erur urduda.

Olam ishi sar-tosar g`am yerga kari qilmas,
Soqiy, tutubon jome qo`yma meni qayg`uda.

Vasl istasang, o`l foniy andoqki Navoiykim
Har ishki munung g`ayri bordur, bori behuda.

547

Tiyralik xatting savodidin labi xandon uza
Xizr soldi soya go`yo chashmai hayvon uza.

To hazin ko`nglumni la`ling hasrati qon aylamish,
Anda xoling naqsh o`lturg`an chibindur qon uza.

Jonu ko`nglum nolasidin ikki haqgo` qush kebi,
Kecha ul oy ko`yida afg`on erur afg`on uza.

Toiri  mehnat buzuq ko`nglumda tutmish oshyon,
Chug`z andoqkim nishiman aylagay vayron uza.

Ey musulmonlar, yeting faryodimakim, kofire
Jonu ko`nglum oldi, emdi so`z borur imon uza.

Charx toqidin topar kun chashmasi har kun zavol,
Zarvaraqtin shamsa chekkan ne osig` ayvon uza.

Ey Navoiy, to dedi dardim yukin ko`nglungga qo`y,
Ko`nglum uzra qo`ydum ul yukniyu minnat jon uza.

545

Ne ajab, ushshoq aro bo`lsam meni zor o`zgacha
Kim, erur ma`shuqlardin ul sitamkor o`zgacha.

Boshima ahbob bo`lmish jam`, ya`ni itlaring,
Go`yiyokim za`fdin bo`lmish bu bemor o`zgacha.

Dahr aro oshubdurkim, chiqmish ul bebok mast,
Egnida to`n o`zgacha, boshida dastor o`zgacha.

O`zgacha bo`ldi o`tum paykonlaringdin, uylakim,
Qatra terlardindur ul gulrangi ruxsor o`zgacha.

Holim o`lmish o`zgacha har damkim, ul oy ko`rguzur
Labda guftor o`zgacha, qomatda raftor o`zgacha.

Qil rioyat, soqiyokim, bazmida bir dam bo`lay
Kim, manga har dam bo`lur hole padidor o`zgacha.

Jondin oyirmoq emas mumkin aning zulfinikim
Chirmashibdur rishtai jonimg`a har tor o`zgacha.

Olam ahli ichra odam demak o`lmas anikim,
Joh ila bo`lg`ay anga qonuni atvor o`zgacha.

Ey Navoiy, dahr gulzoridin o`tkim, har guli
Ko`rguzur yuz xoru har xorida ozor o`zgacha.

549

Tanimdur halqai zulfida ne yanglig` dard qofinda,
Yilondek to`lg`anib har lahza bir xoro shikofinda.

Chiqorib qoni birla la`ldek boshimg`a tikkaymen,
Ayog`img`a iting tosh ursa ko`yiniing tavofinda.

Netay oy-kunni onsizkim, emas bir sabzayu gulcha,
Ham oy qolqoni, ham kun nayzasi hijron masofinda.

Ko`rub ko`rmay qoshin ushshoq aro ko`p bahs voqe`dur,
Xirad ahli aro andoqki ru`yat ixtilofinda.

Saloh ahlida garchi qo`ymading satru ifof, ammo
Seni haq asrasin o`z pardai satru ifofinda.

Sabuhi vaqti gul ochilg`anin naylayki, ul yotmish
O`zini g`uncha yanglig` chirmabon gulgun lihofinda.

Ne maykim tutsa piri dayr, olib rindona sipqorkim,
Emastur rind ulkim, so`z der aning durdu sofinda.

Der erdilarki, voiz harza ko`p der, emdikim ko`rdum,
Jununu savt munkir ham muzof ermish gazofinda.

Navoiy mu`tarifdur jurmig`a, yo rab, sen o`tkarkim,
Qaram ahlig`a lozim afvdur jurm e`tirofinda.

550

Ko`yida toshe tilarmen qo`yg`ali bosh ostig`a,
Toki o`lsam, qo`ysalar boshimni ul tosh ostig`a.

Kunduzi xurshidi oltun xishtidin o`tkay boshim,
Ostoning xishtini qo`yg`an kecha bosh ostig`a.

Go`shadin tushmish po`lak chekkanda mushkin yoy aro,
Anbarin xoli savodi ul qora qosh ostig`a.

Su kishisidur biaynih ko`zlarimning mardumi,
Yig`larimdin qolg`ali daryo kebi yosh ostig`a.

Hajr aro baytulhazanda qilmangiz ashkimni man`,
Emrulub vayrona kulbam, qolg`amen kosh ostig`a.

Sof eting may durdi sajjodamdakim, bordur haqir,
Olib egnim ustidin solmoqqa avbosh ostig`a.

Ey Navoiy, ko`k qizib bo`lmish qizil, ermas shafak,
Shu`la o`tlardinki, ohing ayladi fosh ostig`a.

551

Yor agar bazmi aro g`amginlarin shod aylasa,
Rozi o`ldum, kosh men g`amginni ham yod aylasa.

Naxli qaddig`a sabodin yetsa oseb o`zni bor,
Sadqasi yuz sarv yanglig` banda ozod aylasa.

Bog`bon qaddu yuzungni ko`rsa bog` ichra, ne tong,
Sarvini gar o`tg`a yoqsa, gulni barbod aylasa.

Ko`nglum afg`oni anga ermas ajab, gar yetmasa,
O`t uni yetmas quyoshqa, garchi faryod aylasa.

Ey ko`ngul, chun olam ahlig`a vafo yo`qtur, kishi
Avlo ulkim, o`zni bekaslikka mu`tod aylasa.

Shayx ila zuhdi riyoyidin malul o`lsam, qani
Dayr pirikim, fano oyinin irshod aylasa.

Ey Navoiy, odamilig`din yiroqdur sen kebi
Yorliqqa kimki mayli odamizod aylasa.

552

Kishi visol tuni yori birla yotquncha,
Jamoli sham`ig`a qilsun nazar tong otquncha.

Muyassar o`lmadi jon bermaku labin o`pmak,
Nedinki qolmadi jonim ani unatquncha.

Meni yo`q etkan erur hajri sangboroni,
Nedinki yog`di tanim tosh ichiga botquncha.

Maloldin meni bir jur`a birla sotqun, ol
Xurushu arbada birla jahong`a sotquncha.

Ko`ngul jarohatig`a yoq visol marhamini,
Firoq xorasi birla boshim ushatquncha.

Saloh to`nini chok etsa yaxshiroq, ey shayx,
Riyo yuruni bila xirqani yamatquncha.

Navoiy, ahli fano dayri halqasin xush tut,
O`zungni zuhdu riyo majma`ig`a qotquncha.

553

Manga bo`lmag`ay yor begona nogah,
Meni qilmag`ay zoru devona nogah.

Base ashk oqizding, ey ko`z, bas etkim,
Yiqilmasun ustunga vayrona nogah.

Deding chekma ohu fig`on, voy naylay,
Chiqib kelsa ul sho`xi mastona nogah.

Musallo yukin rahn etarga chekarmen,
Agar maskanim bo`lsa mayxona nogah.

Ko`p usrukmen, ey dayr piri, uyatdur,
Qo`lumdin tushub sinsa paymona nogah.

Zamon ahlidin, ey ko`ngul, gar qutulsang,
Alar sari mayl etmagil yona nogah.

Kiyomatqacha yotsa usruk, ajab yo`q,
Navoiyg`a may tutsa jonona nogah.

554

Ne sud gulshan aro ichmaking nihon boda
Ki, yuzda gullar ochardin bo`lur ayon boda.

Ko`zung xayoli kelib qonim ichsa xushdilmen,
Biaynih uylaki dilxohi mehmon boda.

Labig`a boda olib qildi no`shu jon toptim,
Ul ichti, lek manga bo`ldi no`shi jon boda.

Ne munkir o`lmoq erur kecha boda ichkandin,
Chu qo`ydi xullang uza qatradin nishon boda.

Agarchi tavba buyurding manga, bil, ey zohid
Ki, sing`usi, yona chun tutsa dilsiton boda.

Ko`zungki qonim ichar mayli qildi, mast o`ldi
Ki, botroq usruk o`lur, ichsa notavon boda.

Zamona mehnatidin bir zamon desang qutilay,
To`la-to`la quyubon ich zamon-zamon boda.

Biravki yaxshi-yomon ranjidin farog` istar,
Icharda tolg`amadik yaxshi, gar yomon boda.

Navoiy ayladi dorulamone maykadani
Ki, berdi dahr g`amidin anga amon boda.

555

Tongg`a solma va`dai vaslingni bore bu kecha
Kim, meni o`lturgusi tong intizori bu kecha.

Chun yoshurdi ul quyosh o`tluq jamolin, vah, ko`rung
Kim, o`tar gardundin ohimning sharori bu kecha.

Charx uza har yon shihob ermaski, ko`kning holima
Yosh to`kar har lahza chashmi ashkbori bu kecha.

Subh agar urmas nafas, o`lgumdurur yo ul Masih
Bir nafas kelmas meni dilxasta sari bu kecha.

Anglating bazmida, ey sham`u qadah, yig`lab, kuyub,
Buki o`lturdi meni hajr iztirori bu kecha.

Soqiyo, vasling shafaqgun jomidin tirguz meni
Kim, qilibtur qasdi jon hajring xumori bu kecha.

Ey Navoiy, sen agar kunduzga yetsang, beg`am o`l
Kim, g`amidin qolmadi jon bizga bore bu kecha.

556

Sunbuli shomida yuz ayladi gulrez yana,
Bo`ldi har uchqunidin ko`nglum o`ti tez yana,

Gulning atrofida yuz g`uncha degil zohir etar,
Orazing davrida ul zulfi dilovez yana.

Otashin la`lu yuzi sham`in ochar, tong yo`q, agar
Kuysa xoshoku xas, tavbayu parhez yana.

Ne tarovatdurur ul yuzdaki, xo`ydin qilmish
Gulni shabnamzada, shabnamni gulomez yana.

Meni hijronda ukar xalq va lekin onsiz
Zor ko`nglumga erur boda g`amangez yana.

Anglag`an ishq aro Farhod ishi Shirinlig`ini,
Ulsa ham aylamagay hashmati Parvez yana.

Ey Navoiy, kelur ul husn bahori bu taraf,
Barki ohingni bu kun qilma sabukxez yana.

557

Boda tobidin qizil raglar uzoring bog`ida,
Obkashlarning misoli keldi gul yafrog`ida.

Furqatingda dog` ila qonim emastur loladek
Kim, yo`q o`lturmak aning qonida, kuymak dog`ida.

Lutf ko`rkim, bir surohidekkim ul bo`lg`ay,   billur
Bodakim no`sh etti, zohirdur aning qursog`ida.

Ko`r mening holimnikim, ul tog`ning ostidamen,
Ishq aro Farhod agar qolmish baliyat tog`ida.

Topti jon ishq ahlikim, ul ko`y aro dafn ettilar,
Go`yiyo hayvon suyidur ko`yining tufrog`ida.

Qoridim isyon aro, emdi pushaymonlig` ne sud,
Koshki qilsam edi taqvo yigitlik chog`ida.

Bordi tishlab barmog`in, ko`rgoch Navoiy holini,
Ham hayotu ham o`lum ko`rdum aning bormog`ida.

558

Dardlar ko`nglumga yuzlansun, balolar jonima,
Gar ikkisin istamas bo`lsam fido jononima.

Har jihatdin o`rtanurmenkim, bag`ir birla yurak
Ikki o`tdurlarki, tushmishdurlar ikki yonima.

Aksini ko`rgay qizil kisvat aro jalloddek,
Qatl vaqti nogahon nazzora qilsa qonima.

Ko`rmagaylar bir-birin yog`qon mazallat gardidin,
Kirsalar Farhod ila Majnun dame vayronima.

Topqasen charxe nujumi muhtariq, qilsang nazar
Toza yuz ming dog` birla jismi sargardonima.

Siflag`a jon o`ynasang mehnat zamone tonimas,
Dahr eli bu nav` erur, sen ham alarni tonima.

Tiyri boroni balodin chun tanim bo`lmish zirih,
Yo`q, Navoiy, emdi andin g`am, tani uryonima.

559

Xasta ko`nglum qushini boshing uchun shod ayla,
Yo boshingdin evurub tashlabon ozod ayla.

Lutf yo zulmki g`ayrimg`a qilursen, chidamon,
Aylayolg`ancha mening jonima bedod ayla.

Yor o`lturgali ishq ahlig`a yuz ming tuhmat,
Ey raqib, aylama borin manga, isnod ayla.

Ey ko`ngul, xalq jafosin yetkururdin o`lgung,
Emdi temon seni afg`on cheku faryod ayla.

Bu chaman gullarida yo`q chu vafo, ey bulbul,
Zor ko`nglungni jafo xorig`a mu`tod ayla.

Ey ko`ngul, sayli sirishk ani tubidin qo`ngarur,
Nechakim sabr uyining tarhini bunyod ayla.

Hajr ko`p shiddat ila o`lturadur, bir dam anga,
Ey ajal, joning uchun sen dog`i imdod ayla.

Tarki ishq ayla deding, kech bu so`zungdin, ey shayx,
Tengri ishqi manga, o`zga nima irshod ayla.

Soqiyo, mehnatu g`am buzdi Navoiy ko`nglin,
May suyi birla bu vayronani obod ayla.

560

Ko`nglum itti zor husni onining tug`yonida,
Ayladi oshiq meni husnu malohat onida.

Yuz tuman taqvo sipohin raxshi aylar poymol,
Mast aylar chog`da javlon xo`bluq maydonida.

Qasri davlat ichra eldin jon olurning ne g`ami,
Xastadinkim jon talashqay za`fdin vayronida.

Necha ul oy itlari bor ersa sondin tashqari,
Men kimu bo`lmoq aning ko`yida itlar sonida.

Vah, ne kofir erkin ulkim, zulfining zunnoridin
Soldi yuz ming uqda taqvo ahlining imonida.

Ey xush ulkim, garchi tunlar yoni yerga yetmadi,
Ko`rdi o`z sham`i shabistonini bir tun yonida.

To Navoiy telbarabtur sensiz, ey gulrux pariy,
Bir tikan har tuk soyu ko`rgil tani uryonida.

561

Ne haddim yozmoq bitik ul mehri olamtobg`a,
Chun yoza olmon jafosin zarrae ahbobg`a.

Nomasig`a rishta chirmabkim yubordim rashkdin,
Tori jismim rishta yanglig` tushti pechu tobg`a.

Bordi qosid, bo`ldi shomu kelmadi andin javob,
Tongg`acha to nelar o`tkay diydai bexobg`a.

Kim o`qug`ay noma dog`i kelsa chun ko`z bahridin,
Men tushubmen nomaning pechi kebi girdobg`a.

Kimki istar nomae sabru salomat boqmasun
Xo`blar xolu xatdin nuqtau a`robg`a.

Boda mavjining xututidin ko`zum topti jilo,
Soqiyo, jon ham erur moyil bu la`li nobg`a.

Jonda yoshurg`um alifdek, ey Navoiy, nomasin,
Shoyad andin za`f daf o`lg`ay tani betobg`a.

562

Halokingmen, chekib tig`i jafo o`lganni o`lturma
Chu ishqing o`rtadi hajr o`tidin, kuyganni kuydirma.

Meni devona chun tufrog`ing o`ldum, ey pariy paykar,
Jafo toshini majnun deb, bu tufrog` uzra yog`durma.

Ichib qonin tilar ko`nglum shikastin ko`zlaring, deykim,
Chu mayni no`sh qilding, shishasin, ey sho`x, sindurma.

Seni ko`rgachki faryod ayladim, beixtiyor erdim,
Yozuqdin ihtiroz aylab meni bu ishda yozg`urma.

Men ar zulmungdin o`ldum, lutf etarga oshiqing ko`ptur,
Alar birla o`zungni shod tut, holimg`a qayg`urma.

Chu men tufrog` bo`ldum ko`yida, ey sarsari hijron,
Esib ul yon damo-dam tufrog`imni bore sovurma.

Qotiqdur ishq, ul sho`x etsa jilva, boqma, ey oqil,
Ko`ngulni gar desang oldurmay, avval ko`zni oldurma.

Mayi la`lingdin ahli bazm usrukdurlar, ey soqiy,
Chu ichsang boda, mendin o`zgaga sog`arni topshurma.

Navo gar yetkurursen, sen bilursen tindurub elni,
Navoiyni jafoyu javr o`tidin bore tindurma.

563

Kecha el osudadur, ko`nglum birav qayg`usida,
Ulki, men qayg`usida, osuda noz uyqusida.

O`lturub tun, subh tirguzmak meni zohirdurur,
Shomning giryonlig`iyu subhning kulgusida.

Ohkim, bu shomi hijronimg`a yo`q subhi visol,
Garchi yo`q shomeki, yo`q subhi aning o`trusida.

Uyquda orom yo`q tun-kunki, aksin topmadim,
Tun qamar mir`otida, kunduz quyosh ko`zgusida.

Mehr yog`dusida zarra bo`lmag`andek oshkor,
Yuz tuman ming mehr pinhondur yuzung yog`dusida.

Kimsa chun o`tkanga yetmas, holni tut mug`tanam,
Umrni o`tkarma, o`tkan hayf ila afsusda.

Na`l kesmaydur Navoiy qullug`idindur nishon,
Ishq aynidur alomat yorning belgusida.

564

Ey xush ulkim, gohi-gohi yetsa yori qoshig`a,
Ul muyassar bo`lmasa, evrulsa ko`yi boshig`a.

Ishq bemorig`a ham sharbat yasabtur, ham g`izo,
Hajr aro qo`shqan bag`ir pargolasin qon yoshig`a.

Bir sarimo` anda qolmaydur salomatdin nishon,
To sinuq boshim nishon bo`lmish malomat toshig`a.

Bas ajab suvratdurur, qaysig`a jon aylay fido,
Suvrating naqshig`a yo ul naqshning naqqoshig`a.

Men ayog` ko`yida berkittim jafodin qochmayin,
Garchi boshimg`a balo yog`di munung podoshig`a.

Pardadar keldi nujumung, ey falak, yo`q pardador,
Yo`q anga ul holkim, dayri fano xuffoshig`a.

Qo`ldar erdi soqiy ul damkim Navoiy bo`lsa mast,
Lutf etib, davr ahli, ani yetkurung qo`ldoshig`a.

565

Yor hajridin agar za`f erdi jismu jonima,
Za`fidin hajr o`ldi jismu joni sargardonima.

Za`fi to quvvat tutubtur, quvvatimda za`fdur,
Ko`r nelardur ranjdin ham jonu ham jononima.

Gar ko`zi bemordur, ammo base qonlar qilur,
Ko`zidek ul ham biaynih kirgudekdur qonima.

Xastalig`din, vahki, bo`lmishtur to`lun oyim hilol,
To qachon bo`lg`ay yangi oylig` mahi tobonima.

Nola pinhon aylaramkim, sinmag`ay ko`ngli aning,
Yo rab, etkil rahm anga yo nolai pinhonima.

Chun isitti tushti ul dam notavon jonimg`a o`t,
Notavon jon hirqati o`t soldi xonumonima.

Ul pariy chun za`fdin emdi kishini tonimas,
Ey Navoiy, telba bo`l, sen ham kishini tonima.

566

Bir qadah may ichmadim sarvi gulandomim bila,
Bir nafas evrulmadi davron mening komim bila.

Har maekim onsiz ichtim topg`ali g`amdin  amon,
Zahri g`am go`yo ezilmish erdi ul jomim bila.

Tunga yetmas kunni o`tkardim o`lub hijronida,
Kunga yetkaymenmu, vah, bu subhi yo`q shomim bila.

Qayda bo`lsin muztarib ko`nglumga orom, ey rafiq,
Tutmadim orom chun bir dam diloromim bila.

Ey sabo, ul gulga muhlik furqatim payg`omin ayt,
Balki jon naqdin anga yetkur bu payg`omim bila.

Ko`nglum ichra but g`ami, kufr ichra o`lsam yaxshiroq,
Ahli din ollinda borg`uncha bu islomim bila.

Ey Navoiy, o`lsam armon eltkimdur, ichmayin
Bir sabuhi guluzori boda oshomim bila.

567

Ko`ngulni xayli g`aming qildi yo`l ubur bila,
Nechukki mo`r safi yo`l yasar murur bila.

Gar uchmaq itti sening ko`yung ollida, ey hur,
Anga ne nav` ko`rungay o`kush qusur bila.

Quyosh qoshida erur zarradek base maxfiy,
Yuzung qoshida quyosh g`oyati zuhur bila.

Huzuri toat etar shayx vasf, vah, netayin,
Xayoli qo`ymasa toat aro huzur bila.

Shabobu ishqu bahoru firoqdur, ey shayx,
Bo`lurmu zuhd ila tavba bu nav` umur bila.

Yo`lida men kebi yuz xasta o`lsa, qayda g`ami,
Samandi husnki javlon berur g`urur bila.

Bo`lay rafiq junun dashtidayu hush ilakim,
Vafosiz eldin o`lubmen, base, nufur bila.

O`zungni asrama bir lahza mutribu maysiz,
Desang bu g`amkada ichra bo`lay surur bila.

Navoiy, istama nazmingda rabtu jam`iyat
Ki, ko`nglung o`ldi zamondin o`kush futur bila.

568

Biravkim, rashk elturmen kechurmakka xayol ichra,
Ne kechkay ko`ngluma, gar el bila ko`rsam visol ichra.

Bag`irda yuz balo nishi, ko`ngulda ming firoq o`ti,
Kishini solmag`il ishq ahlidin, yo rab, bu hol ichra.

Ko`ngul bir lahza el bedod etardin yuz suubatda,
Zamone yor beparvolig`idin ming malol ichra.

Tanimda kasrati paykoni to tig`ini yondurdi,
Hamul damdin erur tig`i, yuzidin infiol ichra.

Topilmas kom ila ko`nglum labingdin o`ldi andoqkim,
Skandar obi hayvondin tamannoi muhol ichra.

Tun aqshom uylakim bo`lg`ay shafaq ichra quyosh pinhon,
Kirar har shom ul gulchehra shodravoni ol ichra.

Belu og`zing xayolidin agarchi lolmen, lekin
Jadal ahli masallik o`tti umrum qiylu qol ichra.

Xalal yo`l berma ishrat vasfig`ayu tut g`animatkim,
Damo-dam dahr avzoin ko`rarmen ixtilol ichra.

Navoiy topti muhlik noladin ul za`fkim, siqqay,
Qalamda nol andoqkim, sig`ar ul dog`i nol ichra.

569

Ne bir yoreki, vaslim sa`yig`a pomardlig` qilsa,
Ne bir rozeki, hajrim ranjida hamdardliq qilsa.

Qizig`roqdurmen ul oy ishqida, har nechakim nosih
Bu ish tarkida o`zni garm etib damsardliq qilsa.

G`ami birla aningdek juftmenkim, o`lgum ayrilsam,
Nechakim sarvi ozodim qo`lidin fardliq qilsa.

Meningdek aqlu dinin yelga bergan topmag`ay hargiz,
Sabo har nechakim sayr ichra olamgardliq qilsa.

Falak ul oynikim mendin yiroq solg`an bila o`ldum,
Tirilmak mushkil ermas emdi bozovardliq qilsa.

G`amidin topmag`ay mingdin birin, gar ishq yuz ming yil
Balo ahlig`a chohi g`amda g`amparvardliq qilsa.

Agar ko`yungda o`lturmoq topar jonig`a yuz minnat,
Agar yillar Navoiy bu havoda gardliq qilsa.

570

Bas tiyra erdi subhidamim shomi g`amg`acha,
To shomi g`amda naylagamen subhidamg`acha.

Og`zi xayoli buylaki yo`qlug` sari chekar,
Turmaq bo`lurmu kimsaga mulki adamg`acha.

El rashkidin nekim qilur ul, qilmisham qabul,
Mehru vafovu lutfini zulmu sitamg`acha.

Ko`yini ko`rsang erdi, yo`lung qisqarur erdi,
Bir umr, eyki, po`ya ko`tarding haramg`acha.

Bot o`lg`ay, ulki vasl tilab, ming yil ursa gom,
Aylab jahonni qat` qadamdin qadamg`acha.

Bir sarv qomating kebi, bir gul yuzung kebi
Yo`q, kezsa xuldu ravzani bog`i Eramg`acha.

Bo`lmish iting safoli Navoiyg`a jomu bor
Ko`p farq ushbu zarf bila jomi Jamg`acha..

571

Boshimg`a shu`lai hijron tutashqandin emas ogah,
Visol avji uza boshig`a oltun toj qo`yg`an shah.

Biravkim, yuz pariy devonavor etkay anga qulluq,
Ne bilgay holin aningkim, pariy devona etmish, vah.

Balo chohi giriftori halokin, vah, qachon bilsun,
Siyosatgohida tutqunlarig`a ulki qozg`ay chah.

Ne ogah ulki, hashmatdin quyoshni zarracha ko`rmas,
Quyosh hijronidin sargashta bo`lsa zarrae nogah.

Ne voqif vasl Misri ichra manzil aylagan shohe
Gadodinkim, anga vayronai hajr o`ldi manzilgah.

Menikim qatl uchun xos etti furqat qayda mustankir,
Biravkim, qatli om etsa, emas ko`ngliga mustakrah.

Mangadur bir pariy matlubu zohid hurg`a tolib,
Qachon suhbat chiqishqay, chunki menmen telba, ul ablah.

Tut, ey soqiy, fano jomiki, ishq ollinda yaksondur,
Agar fosiq, vagar zohid, vagar bo`lsun gado, gar shah,

Navoiyni ul oykim, ruhi qudsi keldi anfosi,
Desa bismil qilurmen, ne degay ul g`ayri bismillah.

572

Yo`l erur yuz manzil ortiq mendin ul qotilg`acha,
Yuz o`lum vahmi bu manzildin yana manzilg`acha.

Vahki, har mahfilda ishqim qissasidur, yo`lda ham,
Gar kishi azm etsa bu mahfildin ul mahfilg`acha.

Gar meni majnung`a tashbih etsangiz, ey ahli hush,
Ne tafovut bo`ldi, bas, devonadin oqilg`acha.

Vah, ne kofirdurki, nogah tig` tortib chiqsa mast,
Qatlining muhtoji bo`lg`ay shohdin soyilg`acha.

Ulki ashkim bahri to`fonida qoldi, yetmagay,
Nuh umri sursa jismi zavraqin sohilg`acha.

Tosh otib atfolkim, har yon surar men telbani,
Kosh bore qovsalar ul sho`xi sangin dilg`acha.

Xo`blar zulmi ko`ngul mulkin xarob aylar, bale,
Ko`p tafovut keldi zolim shohdin odilg`acha.

Hajr dardi buylakim jondin malul etmish meni,
Farq o`lumdin yo`qturur bu umri behosilg`acha.

LOM-ALIFNING LOLARUXLARINING LOBASI
                        «BADOE`»DIN

573

Ko`nglum olg`ach ul pariy majnunu shaydo qildilo,
Aqlu hushumni junun dashtida yag`mo qildilo.

O`zgacha zulmu taaddilar bila qonim to`kar,
Turfa erdi, turfa ishlar dog`i paydo qildilo.

Hurmati taqvo tutar erdi, vale mast otlanib,
Boshima chopmoq bila olamg`a rasvo qildilo.

Ohkim chektim, ko`rub javlonini beixtiyor,
Yoshurun ishqim ulusqa oshkoro qildilo.

Bir qadah quymoq bila og`zimg`ayu xirqamg`a ham,
Xirqa mayg`a rahn o`zumni boda paymo qildilo.

Dayr aro jomi labolabkim ichurdi, holima
Xonaqah ahli kelib bir-bir tamosho qildilo.

Bexud o`lg`ach, zulfi zunnorig`a din naqdin berib,
Ishq bozorida ko`nglum turfa savdo qildilo.

Menmen emdiyu fano dayrida bo`lmoq mayparast,
Mug`bacha ishqi ulusqa sirrim ifsho qildilo.

Gar vatan dayr ichra toptim, kimsaga yo`q hech ayb,
Dayr piridin Navoiy bu tamanno qildilo.

574

Munisi jon deganim ofati jon bo`ldilo,
Jonima bedodidin sheva fig`on bo`ldilo.

Dedi, ko`zung qonini vaslim ila turg`uzay,
Voyki, bag`rim dog`i hajrida qon bo`ldilo.

Gar yuzi may tobidin gul-gul erur qon yoshim,
Yuz uza tim-tim tomib, lolasiton bo`ldilo.

Ko`zu ko`ngul qonini yoshuray eldin dedim,
Har biridin yuz sari yuzda nishon bo`ldilo.

Zuhd aro har mushkilimkim bor edi, ey faqih,
Jomg`a may quyg`och-o`q, barcha ayon bo`ldilo.

Kimki zamon ahlidin aylamadi ijtinob,
Bir kun ani ham degung ahli zamon bo`ldilo.

Yaxshilar ichra vatan tutsa Navoiy, ne tong,
Kimki yomonlar bila bo`ldi, yomon bo`ldilo.

      Yo XARFINING YAG`MOYILARINING
   YUZ  KO`RGUZMAKLARI «BADOE`»DIN

575

Zulmu bedod aylab andoq buzmamish davron meni
Kim, topa olg`ay o`zi tuzmakka ham imkon meni.

Tuzmakimdin charx ojizdur, nedinkim qilmamish,
Lutfi tutqan chog`da obod etgudek vayron meni.

Kofiri ishq o`lmisham, tong yo`q, siyosatgoh sari,
Bo`ynuma zunnor bog`lab, cheksalar uryon meni.

Ashk mavjida ushalsa paykarim, vah, ne ajab
Kim, urar bir tog` uza har lahza ul to`fon meni.

Istadim ko`nglumga tig`in, g`arqa bo`ldum qonig`a,
Chun men aning qonig`a kirdim, tutubtur qon meni.

Ashk bahri igrimiga tushmamishmen chiqqudek,
Ishq ul daryoda qilmish asru sargardon meni.

Ko`p suubat birla olma xalq jonin, ey ajal,
Chunki men mushtoqmen, o`ltur kelib oson meni.

Toli`imning quvvatin ko`rkim, baliyat toshlari
Kimga ko`ktin insa, aylar yer bila yakson meni.

Ming balo zaxmi bila o`ldi Navoiy, qilsa xalq
Ishq sari mayl, sudrab ko`rguzur har yon meni.

576

Ne may xushtur manga, ne gul kerakliktur, ne gulzore,
Kerak maydin gul ochqon yorning gulzori ruxsore.

Ne may xushtur manga, ne gul kerakliktur, ne gulzore,
Kerak chun ul hayotim gulshanining sarv raftore.

Junun tumorida zangoru shingarf aylama zoe`
Ki, daf` aylar ani ul la`lu xat shingarfu zangore.

Mening xud ro`zgorim tiyra bo`ldi shomi hijrondin,
Qiling subhi visoli shukrin, ey aysh ahli, siz bore.

Ne sud emdi ayog`imdin tikon chekmaklik, ey mushfiq
Ki, toshlar birla ko`ksumga qoqilmish hajr mismore.

Nihoni yuz yaram bor hajr tig`idinki, sharh etsam,
Qilur ozurda bir olam elin har birning ozore.

Aningdek mastlig` uyqusidin ochqay Navoiy ko`z,
Sabohi hashr ul ham yovar o`lsa baxti bedore.

577

Necha ko`yidin chiqarg`a yo`l sari boqib turay,
Chiqsa el yoqin taloshib, men yiroqtin telmuray.

Necha ul sho`xi balo yuz ishva aylab har taraf,
Men fig`ondin boshima har dam balolar kelturay

Necha el raxshi sovurg`an gard ila ko`z yorutub,
Men yiroqtin boshima tufrog`larni sovuray.

Necha ul yuz o`tidin el ravshan aylab sham`i vasl,
Jon qushin ul o`tqa men parvona yanglig` ko`yduray.

Necha bazmi aysh aro har kim bo`lub hamdam anga,
Men yutub qop kulbai hijronda har dam oh uray.

Vasli jomidin xumori hajr chun daf` o`lmadi,
O`zni o`lmastin burun mayxona sari yetkuray.

Ey Navoiy, gar manga topshursa sho`xi mayfurush
La`li may, tutqoch mayi la`lin, evaz jon topshuray.

578

O`lukka jon berur chun nukta aytur la`li guesi,
Masiho mimidin go`yo chiqar jonbaxsh anfosi.

Qadi naxli hayotimdur, magar topmish havovu su,
Dami Iso bila hayvon sunidin sarvi ra`nosi.

Tilar munglug` ko`ngul har lahza ishqing bir yangi dog`in
Gado yanglig`ki, bir eski diram bo`lg`ay tamannosi.

Erur ahbob bazmingda, meni mardud nettimkim,
Yiroqtin ham muyassar bo`lmag`ay hargiz tamoshosi.

Demang jismingda pechu ro`zgoring tiyra nevchundur,
Bu holim bor to tushmish boshimg`a zulfi savdosi.

Xumori hajr ichinda sa`b ahvolimni ul bilgay
Ki, ichkay andin ayru mayni sho`xi bodapaymosi.

Tikonlar hajr nishidin, chechaklar ashk qonidin,
Ajoyib dasht emasmu, Olloh-Olloh, ishq sahrosi,

Sarimo`e emas ogah fano oyinidin ulkim,
Jahon boru yo`qidin bir sarimo` bo`lsa parvosi.

Ko`ngul mulki aro solik ne jam`iyat topa olg`ay,
Agar har dam anga yetsa xavotir xayli yag`mosi.

Menu, mug` dayriyu jomi fano, zohidg`a man`im yo`q,
Yachib kavsar suyidin, bog`i jannat bo`lsa ma`vosi.

Navoiy za`fi g`olib erdi bu ko`y ichra ul aqshom,
Agar o`lmaydurur, ne erdi itlar sho`ru g`avg`osi.

579

Har necha javr qilsa noz ahli,
Tortmay naylagay niyoz ahli.

Og`zi ramziyu nutqi vaqtida
Ajzg`a qoyil o`ldi roz ahli.

Ko`yi davrida benavo ushshoq,
Tavf aro uylakim Hijoz ahli.

Buzdi husn ahli ko`nglum andoqkim,
Yog`i mulkini turktoz ahli.

Rishtai jonim uzdi mutribi bazm,
Uzsa torin nachukki soz ahli.

Menu ishqi majozi, eltur esa
Yo`l haqiqat sari majoz ahli.

Sham` yanglig` Navoiy o`rtansa,
Tong emas, buyladur gudoz ahli.

580

Bog`din keldi nasimu gul isin kelturmadi,
Ne tikonlarkim bu g`am ko`nglum aro sindurmadi.

La`li yodidinki yuttum dam-badam hasrat suyin,
Olloh-Olloh, qaysi qonlarkim bu g`am yutturmadi.

Shomi hajrim tiyradur andoqki, kunduz ham bo`lub,
Har nechakim ehtiyot ettim, quyosh bilgurmadi.

Hajr zulmidin dedim aylay ajalg`a dardi dil,
Oqibat jonimg`a rahm aylab, anga yetkurmadi.

Vasl aro ko`p istadi jonimki bir dam tinmayin,
Hajr to jonimni tandin olmadi, tindurmadi.

Qaysi gul bedodi bir bulbul parin sovurdikim,
Charx zulmi ham aning yafrog`larin sovurmadi.

Ey Navoiy, bevafodur xo`blar, bo`ldi xalos,
Ulki ba`zig`a ko`ngul, ba`zig`a ko`z oldurmadi.

581

Demaki, qatlima ushshoqi notavon yaxshi
Ki, buyla javrunga bir men kebi yomon yaxshi.

Xush ulki, qatlg`a ushshoq aro yomonlardin
Ul oy meni sog`inib dedikim, falon yaxshi.

Kishiki vasl tilar, g`urbat ixtiyor etsun,
Ul orzug`a burun tarki xonumon yaxshi.

Aning visolida jonu ko`ngul emas mahram,
Gar ul muyassar o`lur, g`ayrdin nihon yaxshi.

Qadahni tashlaki, bas tashnalabmen, ey soqiy,
Mening sumurmakima bahri begaron yaxshi.

Ne ayb, mug`bachag`a dayr tomi uzra xirom,
Yoreki qilsa quyosh jilva, osmon yaxshi.

Ajab malohat emasmu yuzungakim, ko`runur
Senga, senga chu boqarmen zamon-zamon yaxshi.

Agarchi kelmadi bemehr yor javri yomon,
Chu yaxshi boqsang, erur yori mehribon yaxshi.

Navoiyo, yomon eltur chu noladin ul gul,
Ne sud, bulbul agar aylasa fig`on yaxshi.

552

Yana hnjron o`ti jonimg`a tushti
Ki, aning tobidin qonim qurushti.

Xumori hajrdin, ey soqiyi bazm,   
Qadahkim, chiqqaln jonim yovushti.

Ilik ber, ko`zga surtay bushmas, ey sho`x,
Qafi poyingnikim o`ptum, ne bushti.

Mening holimg`a afg`on chekti ahbob,
Kecha ko`yungdakim itlar ulushti.

Azalda rind xushhol o`ldi maydin
Vale xilvat aro zohid tumushti.

Safar ranji ko`nguldin chiqtikim, yor
Meni ko`rgach, ravon istab ko`rushti.

Navoiy hajr o`ti urg`anda tug`yon,    
Chu urdum bodadin su, o`lturushti.

583

Qirqib erdi qoshin ul bodaparast xudroy,
Toza chiqmish, ne ajab, gar desam ani yangi oy.

Qirqqandin iki-uch kun o`tubon bo`lmish edi,
Uylakim xangi pay etkaylar iki dilkash yoy.

Yopti qavvosi qazo har biriga mushkin qavs,
Otqali kirpik o`qin jon bila ko`nglum sari, voy

Koshki xattig`a yetkurmagan erdi poki
Kim, bu to`ti bo`lur ul ko`zgu bila bolkushon.

Lo`li o`lmoq tong emas, bor esa shahlarg`a havas,
Gar bu yuz ko`zgusiga ilgi bo`lur oshshasoy.

Ne ajab, bo`lsa yerim kunji qalandarxona
Kim, qalandarvash erur ul sanami beparvoy.

Ey Navoiy, yetilib qoshi aning, shukr deykim,
Husni qasrig`a ayon bo`ldn yana toqi namoy.

584

Muddailar betarahhum, yor beparvo, base,
Ham alar ko`p zulm etarlar, ham bu istig`no, base.

Zulfi zanjirn magar bo`lg`ay ilojim, ey hakim
Kim, dimog`imni parishon aylamish savdo, base.

Men o`lar holatdayu motam edi ahbob aro,
Buki aqshom qildi ko`yung itlari g`avg`o, base.

Turfa menmen ishq dashti ichra, yo`qsa anda bor
Vomiqu Farhod ila Majnun kebi shaydo, base.

Men kishi ermon junun ichra, yo`q ersa ko`rguzur
Odamiliq ul pariy paykar, malaksiymo, base.

Ey sabo, ko`yida itti ko`nglumnikim, aylar emish
Bul-ajabvashliqlar ul oshuftai rasvo, base.

Xastamen davron jafosidin, keturgil bodakim,
Nofi` ermish ul marazg`a sog`ari sahbo, base.

Boda ichkim, charx rif`at ahlini ko`p qildi past,
Pastlarni ko`mdi tufrog` ostig`a dunyo, base.

Ey Navoiy, gar desang ko`p injimay davr ahlidin,
Har ne derlar yo qilurlar, qilmag`il parvo, base.

585

Emas firoq tuni, ey ko`ngul, naqora uni,
Erur zamona uni holima firoq tuni.

Bu tiyra shomim ila Nahsi anjumin har yon
Firoq do`zaxining bil sharoraliq tutuni.

Ne nav` etay meni sargashta vasl yo`lin qat`
Ki, har zamon sovurur hajr dashtining quyuni.

Tanimni za`f qilib subha toridek halqa,
Birin-birin  ko`runub  muhradek bo`g`un-bo`g`uni.

Firoqning o`ti gar bot tutashsa, tong ermas
Ki, ahli dard quruq jismidur aning o`tuni.

Hisob asradi din ahli qatlin ul kofir
Ki, behisobdurur zulfi torining tuguni.

Agarchi sarvg`a gul qildi bog`bon payvand
Va lek sarv qadi gulruxumcha yo`q yo`suni.

Ko`ngulni buzsayu sindursa ishq, bok ermas
Ki, xo`b emasturur aning tuzuklugu butuni.

Chu xirqam o`ldi garav mayg`a, kiyma bodafurush
Ki, dog`i hajr qo`yar har diram kebi yuruni.

Zamona ahlig`a garchi o`yunchiliqdur ish,
Engar ham oxir alarni zamonaning o`yuni.

Navoiy olmadi ko`z anbarin hilolingdin,
Nedinkim ul tilabon ko`kta, yerda topti muni.

586

Olacha hoshiyaliq to`n kiyib ul rashki pari,
Ol etuk birla xirom etsa, erur kabki dari.

Barcha gar umr charog`in o`churur, xushdilmen,
G`am tunidin meni qutqarsa nasimi sahari.

Angla har qaysini ishq ahlig`a bir hajr o`qicha,
Chiqsa hajrim o`tining har sari yuz ming sharari,

Rutab la`likim erur qomati naxlig`a samar,
Ne chuchuk meva emish naxli malohat samari.    

Gul ruxsoriki may suyi bila topti furug`,
Suda gul aksimudur yo yuzida may asari.

Do`stlar, ko`ksi shigofini tikardin ne osig`,
Uyla majruhki, yuz poradur aning jigari.

Yo`l xatarliqdur, ilik chekma tavakkuldinkim,
Yo`q bu yo`l solikinnng mundin ulug`roq hunari.

Ey xush ul rindki, to kelgayu ketgay bir dam,
Bo`lmag`ay dayri fano ichra o`zidin xabari.

587

Oncha ko`nglumdadurur gulshani hijron tikani
Ki, nazar solmas anga g`amzai novak fikani.

Ko`zga sarrishtai tavfiq xati uldurkim,
Sudralib yerga tishon keldi itingning rasani.

Ko`z  qorasin o`yubon tashlag`anim sa`b ermas,
Onchakim  solsa qorasin g`ami ishqing tugani.

G`arqi may ko`nglak erur hushida yo`q mastingda,
Yo shahidingning erur qong`a bo`yalg`an kafani.

Lolazoreki to`kar jola, erur zoringning
Dam-badam tish bila pargolalar etkan badani.

Garm mehr o`lg`an ila zoli falak topma firib
Kim, bu ayyoraning asru ko`p erur makru fani.

Ey Navony, qaddinga soldi shikast uzra shikast,
Chun sanga bo`ldi vatan zulfi shikan barshikani.

588

Kosh bo`lsa har tugan jismimda javshan yafrog`i
Kim, o`qi ko`nglumga yetkach, o`tmasa tandin dog`i.

Ishq abvobin chekar daftarlarinda  ahli dard,
Buylakim, shingarfgun bo`ldi shahidning tufrog`i.

Sunbulungga  bir  xitoe bandadur  mushki Xo`tan,
Gar dalil istar esang, bordur libosi yorg`og`i.

Go`yo ul sho`xning ko`nglin olibtur o`zga sho`x,
Gar emas bedil, nedur eldin ko`ngul oldurmog`i.

Va`da qilding ham vafo, ham qatl, parvo qilmading,
Qil vafo va`dangg`a, yoxud burnag`i, yo so`ngrog`i.

Eyki gul fasli yigitsen, bir nigorning dog`i bor,
Kelsa ilgingdin may ichkilkim, budur ishrat chog`i.

Zulfi savdosida bilmaslar Navoiy nuktasin
Kim, junun  guftoridur  yoxud yilonning arbog`i.

589

Ko`z bila ko`nglumga bo`lmish go`yiyo vasling chog`i
Kim, ko`zumning uchmog`i tez o`ldi ko`nglum solmog`i.

Dema ko`nglung mulki qay chog`din bu nav` o`lmish xarob,
To bu kishvar ahlig`a tushti firoqing bulg`og`i.

Ey ko`ngul, qilma ayog`i tufrog`i haqqin qasam
Kim, ko`zumning haqqidur aning ayog`i tufrog`i.

G`am tuni ko`nglum xaroshia gar istarsen dalil,
Iynak-iynak charx tahrikiyu anjum tirnog`i.

Qatl hangomi shahidingkim ko`tardi barmog`in,
Go`yi aning oti mundindur shahodat barmog`i.

Dahr gulzorig`a, ey ko`nglum qushi, mayl etmakim,
Anda bulbul qonidin rangin erur gul yafrog`i.

Hajr aro qo`ydum diramdek dog`lar ko`ksin yorib,
Vasl erur mumkin, Navoiyning chu ko`ptur yormog`i.

590

Uyqu hamsoyalarimdin ketarur hajr tuni,
Gah boshim yerga urub, gah yurakim solmoq uni.

G`am tuni tiyra dog`i anjumi raxshon demakim,
Er yuzin tutti shararlar bila ohim tutuni.

Meni sargashta emon vodiyi hijrondaki, bor
G`ussa tufrog`iyu anduh yelining quyuni.

Rishtai jonima har yon tugun andoqdurkim,
Tori jismim aro farsuda so`ngaklar bo`g`uni.

Ishq rasvosi deb o`zni tikar egniga tiroz,
Dayr aro tushsa falak engiga xirqam yuruni.

Dahr bog`ida nechuk vasl guli butsunkim,
Hajr o`qidur yog`ini, ashk suyidur juvuni.

Gar Navoiy so`ngakiga tutashur ko`nglidin o`t,
Ne ajab, ishq o`tidur ulu bu aning o`tuni.

591

Ul quyosh oquydayu men muztaribmen har sari,
Uylakim, fonusdin parvona qolg`ay tashqari.

Sadqasi bo`lmoq erur maqsud men sargashtag`a,
Oquyi davrig`a bukim aylanurmen har sari.

Ichkari ul gul tuvurlug`ni ko`tarmaslar, netay,
Ey sabo farroshi, bir lutf aylabon ul yon dari.

Parda ketgach, men zaifi zorg`a oson erur,
Yo`llaridin chig`ning solmoq o`zumni ichkari.

Oquy ichra har nedur, zohirdur ul yuz tobidin,
Sham` bo`lsa uyda, tashqardin bo`lur zohir bari.

Gar falak xirgohi bo`lsa peshxonang, ne osig`,
Umr xayli chunki kundin-kunga kelmas ilgari.

Ey Navoiy, ul mahi xirgahnishin hifzi uchun
Ko`zanak ermaski, har sari tikilmish ko`zlari.

592

Xasta jonim rishtasi ko`rganda hajr ozorini
Gar uzuldi, qil anga payvand zulfung torini.

Dema og`zin g`uncha, qaddin sarvkim, el ko`rmamish,
Sarvning raftorini yo g`unchaning guftorini.

Gulda xolu mehrda xat yo`q, ne yanglig` o`xshatay,
Mehru gulga xol ila xatlig` iki ruxsorini.

Yog`madi hargiz chu shabnam injusi gul bargidin,
Anga tashbih etsa bo`lmas la`li gavharborini.

Ne qilurdin qasdi sunbul, ne etar jon sandi dom,
Aylamon monand alarg`a zulfining zunnorini.

Charx qasrinda quyosh uzra ko`ngul mayl aylamas
Kim, g`animat tutmish aning soyai devorini.

Sayridin  paykonlaring  ko`nglumda topmishdur  sabot,
Ko`zga ilmasmen falakning sobitu sayyorini.

Davr sirri pardasin gar ochmamishsan, soqiyo,
Boda tutkim, dey sanga bu pardaning asrorini.

Ey Navoiy, daxl qilma, gar tilar ersang navo,
Har necha xorij navo ko`rsang sipehr advorini.

593

Zihi naxli qaddingdin xijil sarv bo`stoni,
Xat ichra labingdin munfail rohi rayhoni.

Tushumga yuzung kirdi ham yaxshi toli`din,
Ko`z ochtim, tulu` aylab edi subhi nuroniy.

G`aming dog`i jonimg`a labing xoli yanglig`dur
Ne bo`ldi surushsoq biz muni dog`i, sen oni.

Firoq ichra ruxsoring quyoshig`a ber jilva
Ki, bas tiyra aylabtur meni shomi zulmoni.

Dema, yoshurun dog`im sening ichingda yo`qtur,
Ichim yoru ko`r ulkim, erur naqdi pinhoni.

Baqo chun emas mumkin, mudom o`zni xush tutqil
Ki, qayg`urg`ali qilmas gari olami foniy.

Navoiy, behisht ichra farog`at yo`lin so`rdung,
Namudoridur aning Hirining xiyoboni.

594

Siyosat etti soching mushk chun xato qildi
Ki, borcha jismi qorarib teriga tortildi.

Qadingg`a qullug`i ahdini nayshakar buzmish
Ki, buyla bir-biridin bandi-bandi ayrildi.

Boshinda toj zar o`ldi, ayog`i ostida nat`,
Chu sham` xidmating aylarda poyasin bildi.

Magarki ko`z yumub ochquncha noz o`qin otting
Ki, bir ajab tikoni ko`nglum ichra sonchildi.

Ko`zi xadangi balo yog`dururni fahm ettim      
Ki, raxshi na`lidin o`tlar ko`zumga choqildi.  

Qadah keturgilu dam urma dahr sirridin
Ki, mubham o`ldi bu so`z har nechaki aytildi.

Jigari kabobg`a mayl etmagan esa ul mast,
Navoiyo, nega bag`ringni har taraf tildi.

595

Sayllarkim to`kar ko`zum yoshi,
Soyining toshidur yado toshi.

Da`vo etgaymu erdi qoshing ila,
Bo`lmasa yoyning ikki boshi.

Qahrdin chinki tushti manglayig`a,
Chinning ostida nun erur qoshi.

Rangin ezmakka solmish obi hayot,
Chehrang ochqanda sun` naqqoshi.

Qarig`an chog`da ayladi rasvo
Meni, garchi kichiqdurur yoshi.

Ne rafi` o`ldi dayr toqiki, bor
Mehr anga shamsa, ko`k anga koshi.

Gar Navoiy qochar fano yo`lidin,
Ne ajab, chun yo`q anda yo`ldoshi.

596

Jon  mazraida bo`lsa, ne tong, dard xirmani,
Ohimdin o`ldi chunki falak yel tegirmani.

Xatting xayoli ko`nglum aro qildi yuz teshuk,
Bu nav` o`lur buzug`da qolin mo`r maskani.

Ko`nglum yorur, chu nomasini ko`zdin olmasam,
Uydekki, zeb kog`az ila topsa ravzani.

Zaxmi dog`i fatilag`a o`t tushti, ey rafiq,
Dard uyining magar budurur sham`i ravshani.

Basdur yuzu qadding, gulu savsan, yana nedurur
Gulgun yilakning ustida takband savsani.

Bulbulg`a, ey gul ayla vafo toza-tozakim,
Serobu toza doim emas dahr gulshani.

G`amdin Navoiy o`lgusidur, ko`nglin asrag`il,
Chun sencha kimsa bilmadi dildorliq fani.

597

Intizoridin ul oyning ko`zki soldim har sari,
Ko`z yumub ochquncha o`tti ko`z yoshim andin nari.

Yolinib ul ko`y iti birla borurmen ko`yiga,
Vahki, ul ko`y ichra bormen men keyin, it ilgari.

Dardu g`am turmish yasovuldek ko`ngul choki aro,
Qo`ymamoqqa kelsa hushu sabr xayli ichkari.

Ko`rmasangkim o`tni su tez aylagay, bir-bir turur
Ko`nglum ichra qatra-qatra su kebi paykonlari.

Lab aro og`zing chuchuk til birla go`yo anglasam,
Shahdlig` nishi bila gul bargini teshmish ari.

Zohidu har lahza o`lmak xonaqah fikridakim,
To tirikmen chiqmag`um dayri fanodin men bari.

Ey Navoiy, dema har damkim qadahni quy to`la,
Mayni oxir quysa xud bo`lmas qadahdin tashqari.

598

Ne ishq ediki, adam ayladi vujudumni,
Chu urdi soiqa, gardung`a chekti dudumni.

Ne nukta budu nabudumdin aytayinkim, ul
Nabud qildi fano o`ti birla budumni.

Agar shikof esa ko`ksum yaqo kebi, ne ajab
Ki, hajr bir-biridin uzdi toru pudumni.

Bu yo`lda sudu ziyondin takallum etmangkim,
Tugatti ishqida savdo ziyonu sudumni.

Chu ishq kufri aro belga bog`ladim zunnor,
But ollida yana ayb aylamang sujudumni.

Yuzung mushohadasi qilmish uyla mustag`raq
Ki, hajr salb qila olmas ul shuhudumni.

Navoiy o`zdin asar topmon o`lg`ali oshiq,
Ne ishq ediki, adam ayladi vujudimni.

599

Tilarmen islab-islab g`abg`abingni,
Gah o`psam orazingni, gah labingni.

Erur bu bir tamanno baski topsam,
Yuzum surtarga na`li markabingni.

Yuzu zulfin ko`rarga borg`um, ey charx,
Judo qilg`il qamardin aqrabingni.

Falakdin o`tti gardi anbarolud,
Chu maydon ichra surdung ashhabingni.

Yuzi, ey charx, burqa` ochti terlab,
Bulutqa chirma oyu kavkabingni.

Qadi borinda to`bidin dema so`z,
Qil, ey zohid, biyikrak mashrabingni.

Navoiy, yor rahm etkaymu, yo rab,
Eshitsa muncha «yo rab-yo rab»ingni.

600

Tushta sarvu guldin islab birni, quchtum birini,
Aylagil, ey sarvi gulrux, bu tushum ta`birini.

Angladik o`tluq yuzi, ko`nglum ne yanglig` qildi su,
Mo`m  arokim ko`rmamishtur shu`laning ta`sirini.

Do`stlar, daf`i jununum gar tilarsiz, bog`langiz,
Ul pariy ko`yida bu devonaning zanjirini.

Suvratingdin ojiz ersa Moniy, ermastur ajab,
Qayda naqqosh aylagay kilki qazo tasvirini.

Vasl ila qilg`il buzug` ko`nglum ilojinkim,
Qilur Shoh adl etmak bila vayronalar ta`mirini.

Ishqu may, ey shayx, azaldin sarnavisht ermish manga,
Vah, netib xush ko`rmagaymen tengrining taqdirini.

Ey Navoiy, dersen ul oy ishqini eldin yoshur,
Oti mazkur o`lsa, naylay holatim tag``yirini.

601

Ko`ksumda na`l bo`ldi xadanging nishonasi,
Ko`ksum uyi erur aning omochxonasi.

Paykonlaringki, til kebi ko`nglumdin urdi bosh,
Go`yo bir o`tdur ulki, bulardur zabonasi.

Ko`p so`z yasadi Layliyu Majnun so`zida xalq,
Ermas nachukki husnungu ishqim fasonasi.

Deb erdi bir bahona bila seni o`lturay,
O`lturdi, vahki, har dam aning bir bahonasi.

Mehri ruxungda mehrigiyah sabzai xating,
Go`yoki xoling o`ldi hamul sabza donasi.

Mug` dayri pirining qulimenkim, g`am etsa qasd,
Aylar xalos bir to`la jomi mug`onasi.

Ishqing Navoiy aylar ulustin nihon, valek
Fosh aylar elga zamzamai bexudonasi.

602

Sahar kuyar g`ami hajringda xasta jism xasi,
Magar o`tumni qilur tez subhning nafasi.

Ko`ngulga oncha xadanging tikildi har yondin
Ki, bo`ldi xasta ko`ngul andalibining qafasi.

Ko`ngulki tolpinadur tanda, ko`yung istaydur,
Qafasda sekresa qush, uchmoq o`lg`usi havasi.

Ul oyg`a yetmasa qo`l o`tluq oh ila, ne ajab,
Chinor kuysa, bo`lurmu quyoshqa dastrasi.

Ne rind o`lsa soching kufrida yetar zunnor,
Jahon yuzidagi din ahlig`a aning marasi.

Talab yo`lidag`i ovoralarg`a mujda dengiz
Ki, yo`lg`a hodiy erur do`st mahmili jarasi.

Fig`onki xastalarin ul Masih tirguzubon
Vale Navoiy dilxastani unutti base.

603

Vahki, hajring o`ti jismi notavonim o`rtadi,
Notavon jismimg`a tushkan shu`la jonim o`rtadi.

Qo`zg`abon ko`nglum aloxonu alomon ayladi,
Ne aloxonu alomon, xonumonim o`rtadi.

Barqi ishqing chunki tushti, xonumonim bo`ldi kul,
Turfa o`t erdiki, paydovu nihonim o`rtadi.

Dema, ishqim nayladikim ro`zgoringdur qora,
O`rtadi, ey qotili nomehribonim, o`rtadi.

La`li mahlul aylagandin o`t yoqib xoshok ila,
Hajri jonim kuydurub, jismimda qonim o`rtadi.

Bo`lmasa nomu nishonim, ayb qilmangkim, firoq
Ro`zgor avroqida nomu nishonim o`rtadi.

Shomi hajrida shafaq ko`rsang, Navoiy, bil yaqin
Kim, falakni shu`lai ohu fig`onim o`rtadi.

604

Gul ne bo`lg`aykim, yuzung hajrida ko`rgaymen ani,
Solsalar  kulbamg`a,  xas yanglig` supurgaymen ani.

Bazmidin bo`lsa nasibim bir so`ngak, to umr bor
Islagaymen, yo`qki it yanglig` ko`murgaymen ani.

Jon chiqar holatda keldi yoru taskin topti jon,
Emdi nomahram deb istarmen iturgaymen ani.

Ko`nglum o`tidin yorut mehring charog`in, ey sipehr,
Sarsari ohimdin ul damkim uchurgaymen ani.

Lablaring hajrinda gar xud boda huro la`lidur,
Mumkin ermasturki, og`zimg`a yeturgaymen ani.

Uyla hijrondin tilarmen bexud o`lmoq, ey rafiq
Kim, falak jomin to`la tutsang, sumurgaymen ani.

Ey Navoiy, telba ko`nglum itti, emdi istamon,
Necha tog`u dashtdin istab keturgaymen ani.

605

Yo`qki, yomg`urdin meni holimg`a davron yig`lag`ay,
Ko`rguzub gulgun bulut istar magar qon yig`lag`ay.

Anjum ermaskim, erur aflok ashki donasi,
Har tun ahvolimg`a baskim charxi gardon yig`lag`ay.

Chok bag`rim qonu dog`in ko`z yoshim daf` etmadi,
Lola naf`idur, nechakim abri nayson yig`lag`ay.

Ko`z qurubtur ashkdin ul oy havoiy ishqida,
Bas qilur oxir bulut chun ulcha imkon yig`lag`ay.

Parda ichra yig`lab ashkim, vahki, pinhon qolmadi,
Sham` fonus ichra eldin qayda pinhon yig`lag`ay?

Mu`tabar ermas, agar zarq ahli ko`p to`kkay sirishk
Kim, musha`bid oz diram istab farovon yig`lag`ay.

Hajr tig`idin ne g`am har dam Navoiy yig`lasa,
Kimki bo`ldi pora-pora bag`ri, oson yig`lag`ay.

606

Gar bahor el topsa bo`stondin gulu rayhon isi,
Kelur ul rayhon ila guldin manga hijron isi.

Menki bir guldin jahon bog`ida bo`e topmadim,
Naylayin, qilsa muattar dahrni bo`ston isi.

La`li hajrinda nihon ashkim so`zin ag`yor aro
Desa bo`lmaskim, kelur ul nav` so`zdin qon isi.

Qaydakim jonbaxsh la`lidin Masihoso kalom
Surdi, ul yerdin kelur yuz qaridin so`ng jon isi.

Jon isi tutti jahonni, men borurmen ko`yiga
Kim, tilar el jon isi, men istaram jonon isi.

Ey gado, olam eliga shayalillah demakim,
Bu chamandin kelmadi hargiz guli ehson isi.

Chun Navoiyg`a kelur hijron isi har dam, ne sud,
Gar bahor el topsa bo`stondin gulu rayhon isi.

607

Tan qora tufrog` o`lub, oh o`ti oxir bo`lmadi,
Garchi xas kul bo`lg`ach, andin shu`la zohir bo`lmadi.

Husnunga mehr etti da`vo, zulfdin chiqqach yuzung,
Tun hijobig`a kirib majlisqa hozir bo`lmadi.

Dema ko`ksung chokini yopqilki, ko`p yoptim valek
Choklik ko`nglak aning chokiga sotir bo`lmadi.

Orzu aylarmen o`psam, deb ko`zumni har zamon
Kim, sening yuzungdin o`zga yuzga nozir bo`lmadi.

O`rtamakta furqating shogirdidur do`zax, valek
Pesha aylab kasb ustodicha mohir bo`lmadi.

Vah, ne manzildur fano ko`yikim, anda yetmayin
Kimsa ikki kavndin osuda xotir bo`lmadi.

Ey Navoiy, qayg`u yetsa charxdin, ich bodakim,
Ketmadi davron g`ami, to jomi doir bo`lmadi.

608

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi,
Ko`zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtimu chektim yo`lida intizor,
Keldi jon og`zimg`ayu ul sho`xi badxo` kelmadi.

Orazidek ondin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro`zgorimdek ham o`lg`anda qorang`u kelmadi.

Ul parivash hajridinkim yig`ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko`rganda kulgu kelmadi.

Ko`zlaringdin necha su kelgay, deb o`lturmang meni
Kim, bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo`qsakim qo`ydi qadam
Yo`lg`akim avval qadam, ma`shuqi o`tru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko`nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg`u kelmadi.

609

Nozuk harir agar taningga hoyil o`lmag`ay,
Ko`rsa jamod mumkin emas moyil o`lmag`ay.

Chun toru pudi lutfda jon rishtasidurur,
Tong yo`qturur, agar taningga hoyil o`lmag`ay.

La`ling xayoli jon aro bir naqsh tuttikim,
Obi hayot ila yuvsalar, zoyil o`lmag`ay.

Osori hajr agar budururkim, ko`rar ko`ngul,
Do`zax alomati bu sifat hoyil o`lmag`ay.

Qildim kumush bilaklaridin bo`sai savol,
Mendek jahonda xomtama` soyil o`lmag`ay.

Isboti juzvi loyatajazzo qilib xirad,
Og`zing vujudi nuktasiga qoyil o`lmag`ay.

Yilliq ibodat ermish ayog`ingda sajdae,
Boshin Navoiy olmag`usi to yil o`lmag`ay.

610

Chehra o`ti birla ko`nglum xonumonin o`rtadi,
Otashin gul ishqi bulbul oshyonin o`rtadi.

Ishq ko`nglum bog`in asrab toza, oxir soldi o`t,
Bog`boni mastdekkim, bo`stonin o`rtadi.

Otashin la`lingda xol ermaski, qo`ymish toza dog`,
Har bahona aylabon ushshoq jonin o`rtadi.

Ishq o`tidin zor ko`nglum ichra solding so`zi hajr
Kim, bu yanglig` birta kuygan notavonin o`rtadi.

So`zi ishqim daftarig`a har kishikim soldi ko`z,
O`rtanib Farhodu Majnun dostonin o`rtadi.

Ishq zuhdum xaylig`a o`t solsa, tong yo`qkim, bu barq
Dahr aro ko`p buyla taqvo korvonin o`rtadi.

Xonaqahg`a soldi o`t kirgach Navoiy dayr aro,
Hirfavardek ganjkim topti, do`konin o`rtadi.

611

Ohkim, nomehribonim azmi bedod ayladi,
Bir yo`li mehru vafo rasmini barbod ayladi.

Qo`rqaram, ahli vafo ohi anga qilg`ay jafo,
Bu jafolarkim vafo ahlig`a bunyod ayladi.

Bo`lmadi noshod oxir dam gunah bo`lg`ay debon,
Begunah ahbobni mundoqki noshod ayladi.

Bir dam nchra tund sayle qahr ila qildi xarob,
Har vafo qasriki, yillar ani obod ayladi.

Dam urarg`a topmadi had kimsa to ushshoq uchun,
Shahna aylab g`amzasin, kirpikni jallod ayladi.

Tindi abnoyi zamonning ixtilofi tab`idin,
Kimki o`z tab`ini bekaslikka mu`tod ayladi.

Ko`ngli mulkin istar obod, vah, buzar xayli firoq,
To Navoiy azmi mulki Astrobod ayladi.

612

Gar yana bir qatla o`z vaslingg`a yetkursang meni,
Istasam hajring, bihildurmen gar o`ltursang meni.

Ul eshikdin kirgum uy toshini itdek aylanib,
Bu eshikdin tosh ila yuz qatla gar sursang meni.

Qolg`usi bir dog` ko`yungda kulumdin yodgor,
Yozg`urib hijron gunohi birla kuydursang meni.

Orzudur ostoning tufrog`ida o`lmakim,
Toza jon topqum, gar ul tufroqqa topshursang meni.

Garchi jurmum ko`p, xusho ul jurmkim, tahqiq uchun
So`rg`ali gah-gohi o`z qoshingg`a keltursang meni.

Tarki jon ettim, boshim bo`lg`usiyu ul oston,
Sen bilursen, lutf qilsang, xoh yozg`ursang meni.

Ka`bai ko`yiga yuz qo`ydum, bu yo`ldin yonmag`um,
Ey Navoiy, har nechakim yo`ldin ozg`ursang meni.

613

Chu ul huri parivash jilva aylar vaqt, noz etkay,
Malak xayli ko`rub andoq baloni ihtiroz etkay.

Taolalloh, ne istig`nodur ul husn ichrakim, nozin
Yuz oncha aylagay, oshiq necha arzi niyoz etkay.

Yorutqay el ko`zin barqi jamoling lam`asi har dam,
Vale men xasta ko`nglining ishin so`zu gudoz etkay.

Ko`pu ozim fidosidur aning, ya`niki shavqu sabr,
Agarchi ul sanam ko`p javr qilg`ay, rahm oz etkay.

O`zin pok aylamay oshiqki, yor ollinda qo`yg`ay bosh,
Erur ul nav`, zohidkim tahoratsiz namoz etkay.

Ko`p o`lmish bul-ajabliq ishq aro ul jumladin bir bu
Ki, shohi G`aznaviy mahkum bo`lg`ay, hukm Ayoz etkay.

Chu haq nuri yuzungda zohir o`ldi, bebasar ulkim,
Haqiqat rasmi bor erkanda ishqingni majoz etkay.

Toriqtim xonaqahdin, xushturur mayxonakim, anda
Ayoqchi jomi may tutg`ay, mug`anniy nag`ma soz etkay.

Chu solsam eski xirqamni, xarobot ahli, tong ermas
Ki, har bir-bir yurunni andin egniga tiroz etkay.

Erur hisni hasin matlubu zikri bo`lg`ali emin,
Xavotir xayli solik ko`ngliga chun turktoz etkay.

Navoiy yor ila bo`lsa, haramdur anga dayr ichra,
Agar mayli Ajam qilg`ay, gar ohangi Hijoz etkay.

614

Mening baxtim yuzi g`am kochidin ul kun qora bo`ldi
Ki, ko`nglum ul ko`zi, qoshi qorag`a mubtalo bo`ldi.

Qutulmish erdi oshig`liq balosidin ko`ngul, ketmish
Ul oy ko`yiga, bilmon, yona anga ne balo bo`ldi.

Qoshu kipriklaring ko`nglum uyin qildi kamonxona,
Aliflardin o`qu har na`l anga bir halqa yo bo`ldi.

Buzulg`an xasta ko`nglumdin o`qin zinhor chekmangkim,
Ul uyga bu sutun, ul notavong`a bu aso bo`ldi.

Labingg`a qaysi til birla fido dey xasta jonimni,
Anga jonim fidokim, joni la`lingg`a fido bo`ldi.

Ajab muhlik emasmu ishq dashti, ey musulmonlar
Ki, bir mo`rig`a har kun tu`ma ikki ajdaho bo`ldi.

Fano istar esang, tut dayr piri ilgidin jome,
Nedinkim xonaqah shayxi ishi zarqu riyo bo`ldi.

Vujudum foniy aylab oldi din bir mug`bacha, tong yo`q,
Agar zunnor bog`lab, maskanim dayri fano bo`ldi.

Navoiy, g`ussadin maxlas tilarsen, mastu bexud bo`l
Ki, davron dardu ranjig`a davo bu bo`ldi, to bo`ldi.

615

Bir kun meni ul qotili majnunshior o`lturgusi,
Usruk chiqib, javlon qilib, devonavor o`lturgusi.

Gar za`f ila ojizlig`im ko`ngliga rahme solsa ham,
Boshimg`a yetkach, sekretib beixtiyor o`lturgusi.

Vasli aro gar o`lturur, jonimg`a yuz ming shukr erur,
Chun qolsam andin bir zamon, hijroni zor o`lturgusi.

Oshiq bo`lurda bilmadim, men notavoni xastakim,
Hajr o`lsa, g`am kuydurgusi, vasl o`lsa yor ulturgusi.

Maydon aro, ey ahli din, kirmang tamoshosig`akim,
Yuz ko`rmayin ul kofiri chobuksuvor o`lturgusi.

La`ling zakoti may tutub tirguzmasang, ey mug`bacha,
Dayr ichra men dilxastani ranji xumor o`lturgusi.

Derlar Navoiy qatlig`a gul-gul ochibtur orazin,
Ko`rguncha ani, voykim, bu xor-xor o`lturgusi.

616

Gar alamimg`a chora yo`q, bo`lmasa bo`lmasun, netay,
Var  g`amima shumora  yo`q,  bo`lmasa bo`lmasun, netay.

Ranjima yo`q esa adadi xost bu ersa naylayin,
Dardima gar kanora yo`q, bo`lmasa bo`lmasun, netay.

Jam` emas ersa xotirim, jam` o`lurig`a, zohido,
Hojati istixora  yo`q,  bo`lmasa  bo`lmasun, netay.

Yordin elga komlar, buki mening sari gahi
Ko`z uchidin nazzora yo`q, bo`lmasa bo`lmasun, netay.

Mash`ali vasl ila ulus shomi munavvaru mening,
Baxtima bir sharora yo`q, bo`lmasa bo`lmasun, netay.

Qismi azalg`a shodmen, buki falak rioyati,
Holima oshkora yo`q, bo`lmasa bo`lmasun, netay.

Dedim, erur Navoiy o`z dardig`a chorasiz, dedi,
Gar alamimg`a chora yo`q, bo`lmasa bo`lmasun, netay.

617

Vahsh xaylin dasht aro men telbai mahzun sari,
Om g`avg`osi xayol et shahr aro Majnun sari.

Ham borurda, ham yonarda o`tkudekdur charxdin,
Chiqsa ul oy hajrida ohim o`ti gardun sari.

Sham`ig`a parvona maylidekdurur ko`nglum qushi,
Borsa nogah ul qadu ruxsori otashgun sari.

Turfa ko`rkim, nosihim Farhod ila Majnun erur,
Bul-ajab holimg`a boqib tog` ila homun sari.

Har tun afzun bo`lg`an ohim o`tig`a jonim sipand
Kim, gazande yetmagay ul husni ro`zafzun sari.

Soqiyo, kup kunjidin tut bizga la`li nobkim,
Bu borinda mayl bo`lmas ganji Afridun sari.

Ey Navoiy, majma`ul bahrayn bo`lg`ay oshkor,
Mayl qilsa sayli ashkim nogahon Jayxun sari.

618

Ashk xunobidin o`lmish ko`zlarim ummon kebi,
Qon yosh aritmog`din ilgim panjai marjon kebi.

Ko`nglum o`tidin qizorg`an har  taraf  paykonlaring,
Su bo`lub emdi tomarlar zaxmlardin qon kebi.

Tanni gar do`zax o`ti kuydursa, jonni o`rtamas,
Qilmag`il hech o`tni, yo rab, shu`lai hijron kebi.

Ishq dashtida quyun chekmas fig`on, vah, bo`lmasun,
Xoksori bodpaymoe bu sargardon kebi.

Sabzai xat yopqan og`zing o`psam, ey gul, ne ajab,
Tufrog`imdin g`uncha butsa zaxmliq paykon kebi.

Dahr bog`inda necha kunkim tiriksen, aysh qil
Kim, yana topmoq emas ma`lum bu bo`ston kebi.

Ey Navoiy, ishqimu husni erurlar onchakim,
Men anga hayronmenu ul dog`i men hayron kebi.

619

Bir pariy paykar g`ami oshuftahol etmish meni,
Elga ahvolim demaktin gungu lol etmish meni.

Men havoyini, ne tong, ko`rguzsalar bir-birgakim
Egma qoshing fikri andoqkim hilol etmish meni.

Oshkor etmas edim ishqin, vale o`tkan kecha
Boda zo`r aylab, yig`i bee`tidol etmish meni.

Yor ko`yi ichrakim tufrog` ila teng bo`lmisham,
Ishq g`avg`osi bu yanglig` poymol etmish meni.

To tanimg`a o`t tutashmish, barqdekdur hay`atim,
Furqating to za`fdin andoqki nol etmish meni.

O`t solurmen oh ila olamg`a men kim, zuhd kim,
Zohidi afsurda oyo ne xayol etmish meni.

Dashti vahshig`a anis o`lsam Navoiydek, ne tong,
Ul pariy savdosi chun Majnun misol etmish meni.

620

Hijron kuni har xastaki jonong`a yo`luqti,
Qil uyla tasavvurki, o`luk jong`a yo`luqti.

Zulfung qora qayg`usida jonong`a yo`luqqan,
Zulmat ichida chashmai hayvong`a yo`luqti.

Qochti ko`ngul ashkimdinu ohim aro tushti,
Yomg`ur suyidin qochtiyu to`fong`a yo`luqti.

Majnung`a yo`luqti, manga g`am dashtida itkan
Majnun demakim, g`uli biyobong`a yo`luqti.

Hayronlig`ima hayrati mendin dog`i oshti,
Ishq ahlidin ulkim meni hayrong`a yo`luqti.

Davronda kamol ichra quyoshtin biyik o`ldi,
Har zarraki bir komili davrong`a yo`luqti.

Ishq ahli ishi topti bori vasl ila chora,
Bechora Navoiy g`ami hijrong`a yo`luqti.

621

Kimki bir ko`ngli buzug`ning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka`ba vayron bo`lsa, obod aylagay.

Garchi xalq ozodasimen, yor agar bandam desa,
Andin ortuq anglakim, bir banda ozod aylagay.

Yordin har kimki bir so`z der, tuganmasdin burun,
Istaramkim, avvalidin yona bunyod aylagay.

Yor hijronidin o`lgumdur, bu nav` ermish sazo
Ul kishigakim, biravga o`zni mu`tod aylagay.

Necha sabr avroqi yozg`ay ko`nglumu bir oh ila
Sarsari ishqing yetib, borini barbod aylagay.

Shayxdin zuhdi riyoyi kasb o`lur, yo rab, qani
Dayr pirikim, fano rasmini irshod aylagay.

Odam avlodida kamdur odamiliq shevasi,
Odam ermas, ulki mayli odamizod aylagay.

Ne balodurkim, falak har kimga cheksa tig`i kin,
Yongilib avval mening jonimg`a bedod aylagay.

Besha ichra devlar maqtuli o`lsun, ey pariy,
Gar Navoiy yona azmi Astrobod aylagay.

622

Tig`i hijroning kirib ko`nglumni g`amnok ayladi,
Ichkaridin ko`kragimni sar-basar chok ayladi.

Ayladi men zori mahzunni balovu javrkash,
Ulki dildorimni mundoq mastu bebok ayladi.

Husn aro ulkim nasibing qilmadi juz poklik,
Xotirim lavhini g`ayring naqshidin pok ayladi.

Zor jismim lam`ai husnungdin o`rtanmak ne tong,
Chunki ishq ul birni o`t, bu birni xoshok ayladi.

Dam urub, gardimni yetkur ko`yiga, ey subhi vasl
Kim, tanimni hajr bepoyon tuni xok ayladi.

Ma`rifat naxlidin ul orif hamono topti bar
Kim, tafakkur birla fahmi moarafnok ayladi.

Nosiho, ul husndin qilmas Navoiy man`ini,
Har kishikim ishq atvorini idrok ayladi.

623

Chun ilik bermaski o`psam, ul sitamkor ilgini,
Bir kishi ilgin o`paykim, o`pkay ul yor ilgini.

Chun ayog`i tufrog`in o`pkuncha topmon e`tibor,
So`yasa ham nogah, o`parga ne hadim bor ilgini.

Jon sotarmen xoki poyingg`a, nedinkim, ahli bay`
Tuttururlar sotquchi birla xaridor ilgini.

Zulfidin, tong yo`q, kalimullohdek etsa ajdaho
Kim, yadi bayzodin aylabtur namudor ilgini.

So`rg`ali kelsa Masihim boshima domankashon,
Ul etakdin kim olaolg`ay bu bemor ilgini?

Dog`u qondin bordurur ulkim ochilmish lolazor,
Hajring ayyomida cheksang oshiqi zor ilgini.

Ey Navoiy, bilki, hijron dashtidin bo`lmas xalos,
Sayr aro matlub agar tutmas talabgor ilgini.

624

Biravki ishq bila qildi muttaham bizni,
Ne nav` yo`q deylikim, etti muhtaram bizni.

G`amingda bir-iki dam qoldi, jonni botroq ol,
Hayot vahmidin o`lturma dam-badam bizni.

Ko`ngul ne mujda berursenki, bazm aro tuno-kun
Hariflar aro yod etmish ul sanam bizni.

Demangki, tig` surub, boshimizni soldi quyi
Ki, qildi hajrda sharmanda ul karam bizni.

Firoq muhliku vasl ichra shodlig` muhlik,
Firoqi o`lturur ermish, visoli ham bizni.

Icharda durdi may aylab sinuq safolni jom,
Bo`lur bu joh ila davr ahli desa Jam bizni.

Navoiy ayladi hijronda nolayu faryod,
Xarob qildi ul ohangi zeru bam bizni.

625

Vahki, savdodur dimog`imda, parishonlig` dog`i,
Telba ko`nglum ichra o`z holimg`a hayronlig` dog`i.

Gar meni olam eli bedodi buzdi, bok yo`q,
Olamedur bu buzug` olamda vayronlig` dog`i.

Xonumonim gah balo tog`i, gahe g`am dashtidur,
Buyla kim ko`rdi aloxonlig`, alomonlig` dog`i.

Qatlim aylab qonimakim kirdilar ko`zu ko`ngul,
Ikkisi dushmandururlar jonima, qonlig` dog`i.

Yor kelgumdur debon bordiyu kelmas, vah, yana
Bevafolig` zohir etti, ahdi yolg`onlig` dog`i.

Hajrida o`lturmadim o`zni agar ko`rsam yuzin,
Infiolim dog`i sud etmas, pushaymonlig` dog`i.

Furqati dashtida ham sargashta, ham ovoramen
Kim, quyunlug`dur ishim, g`uli biyobonlig` dog`i.

Dahr elining zulmi gar budurki yetti jonima,
Qilmayin  anda  vatan  billahki, mehmonlig` dog`i.

Ey Navoiy, sen xud itting, kimsa sendek itmasun,
Shohidin hirmonlig`u mohidin armonlig` dog`i.

626

Komi la`lingning xayolidin ko`ngul qozg`onmadi,
Tushta su ichkan bila lab tashna hargiz qonmadi.

Oh sargardon ko`nguldinkim, ul oy ko`yi sari
Borg`ali bir ham bizing sari yana aylonmadi.

Ko`r, ne o`t bo`lg`aykn o`rtandim, qayonkim solding o`t,
Yolg`iz ul o`tdinki men kuydum, ko`ngul o`rtonmadi.

Hajr aro o`lmakni xo`y ettimki, chun toptim visol,
O`lmak etkach orzu ollinda jon emgonmadi.

Hajr o`lturgon qiyomat dog`i qo`pmas, ko`rmadik
Uyqukim, g`avg`oe rustahez ila uyg`onmadi.

O`lmak osondur, ko`ngul uzmak biravdin sa`b erur,
Ey xush ulkim, ko`ngli bir badmehr ila o`rgonmadi.

Gar Navoiy za`fi tebranguncha bor erdi, valek
Hajr o`qi ko`ksigakim tegdi, yana tebronmadi.

627

Ne chog`lig` toshkim Farhod ushotti,
Falak borin yig`ib boshimg`a otti.

Mening afsonam erdi bul-ajabroq,
Necha Majnun so`zin roviy uzotti.

Taharruk qilmadi hajr aqshomi charx,
Sirishkimdin magar bolchiqqa botti.

O`lum sardobasi erdiki, gardun
Manga orom uchun maskan yasotti.

Firoq ollinda erdi shahd yanglig`,
Mazoqimkim o`lum zahrini totti.

Ko`p erdi ishq bozorida savdo,
Meni gardun vale olamg`a sotti.

Navoiy la`li serobing g`amidin
Yurak qonini ko`z yoshig`a qotti.

628

Barcha bazm ahlig`a lu`batboz ishining hayrati,
Kelturub hayrat manga har lahza ul Chin lu`bati.

Chun qarig`on chog`da men lu`batqa bo`ldum shefta,
Vah, ne tong, atfol la`bining boshimg`a mehnati.

Shayx pandidin ne osig`kim qilur lu`batni man`,
Menki, jonimni olur bir sho`x lu`bat hasrati.

Garchi lu`bat birla but bir-birdin ermaslar yiroq,
Vahki, lu`batlar aro ul but erur jon ofati.

Ham ani lu`bat deyin, ham but deyin, nevchunki bor
Zotida but husniyu husnida lu`bat ziynati.

Charx zolikim o`zin lu`batdek oroyish berur,
Qochqil andinkim, emas lu`bat, erur haq la`nati.

To Navoiy bo`ldi lu`bat sari vola, vahki, bor
Barcha lu`batbozlar hangomasig`a ulfati.

629

Ey xush ulkim, bag`rima bir lolaruxdin dog` edi
Kim, havosinda sabodek jilvagohim bog` edi.

O`tqa yog`in gar berur taskin va lekin shavqida
Ko`z yoshimning yog`ini o`tlug` ko`ngulga yog` edi.

Maydek ikki la`lu ul mushaf kebi yuzdin ko`ngul
Usruk erdi ikki soat, gar zamone sog` edi.

To`tiyolardin ko`zum aylab edi qat`i nazar,
Surmasi chun chobukum maydonidin tufrog` edi.

Rindlar, tavbam ne tongkim, umr o`tub isyon bila,
Do`sti oliy dargahig`a azm aylar chog` edi.

Barqi rahmat choqilurda tog` emas xoshokcha,
Tavba vaqti g`am yo`q, ar jurmum nechukkim tog` edi.

Vaqt chun yetti, Navoiy haqqa qildi bozgasht,
Garchi zoli charx ishi yuz lobayu ming log` edi.

630

Dasht aro dermenki Majnunni o`zumga uchratay,
Hush andin o`rganib, devonalig`ni o`rgatay.

Zuhdu taqvo ahli pandimg`a agar jam o`lsalar,
G`am emas, bir oh barqidin borisin butratay.

Bog` gulgashtida beinsoflig`dur, gar desam
Sarvni qaddingg`a, gulni orazingg`a o`xshatay.

Ul gul uyg`onmas quyosh chiqquncha, har tun necha men
Nolai shabgir ila tong qushlarini uyg`otay.

Ul pariyvash tifl maktabdin toriqmish, piri dayr
Qo`yki, bir dam ani majnunlug`lar aylab o`ynatay.

Bo`lsalar Farhodu  Majnun bul-ajab holimni deb,
Goh ani kulduray, gohi bu birni yig`latay.

Deb emishsen bir xadang otqum Navoiy ko`ngliga,
To`qta onchakim, qarori yo`q ko`ngulni to`qtatay.

631

O`qungkim jismi uryonimg`a yetti,
Tanimdin o`tmayin jonimg`a yetti.

Bulut gar zohir etti barq ila ra`d,
Qachon bu o`tlug` afg`onimg`a yetti.

Chamanda jilva aylab naxl hosho
Kim, ul sarvi xiromonimg`a yetti.

Qochib chiqsam, ne tong, g`am tog`i uzra,
Balo sayli chu vayronimg`a yetti.

Dedim, nevchun sabo keldi parishon?
Dedi, zulfi parishonimg`a yetti.

Bir o`qkim elga otti ul qoshi yo,
Yuz o`q bu joni qurbonimg`a yetti.

Navoiy, bag`rimu ko`nglum o`tidin
Tutashti, chunki bir yonimg`a yetti.

632

Havo xushdurur, tut qadah, yor, axi,
Qadahni o`zung burna sipqor, axi.

Chu sipqarding, ani yona qil to`la,
Ulug`roq topib jom zinhor, axi.

O`zung birla teng tutma sog`ar manga,
Sen ozodasen, men giriftor, axi.

Hiloliy qadah birla sen boda ich,
Manga jom tut charxikirdor, axi.

G`amimdin bo`lur charx javfi to`la,
Muni ham qil andin namudor, axi.

Mayi sof ham tutmasang, yaxshidur,
G`amim daf`ig`a durdi xammor, axi.

Zamon javri birla zamon ahlidin
Zamone bu bedilni qutqar, axi.

Manga gar bu nav` aylasang yorliq,
Sanga doim o`lsun xudo yor, axi.

Navoiy jahondin kechib ista yor,
Sanga buyla g`urbatda ne bor, axi.

633

Kelsa yoru bo`lmasa hamrah raqibi tiyra roy,
Qilmasa gard imtizoji obi hayvonimni loy.

Kelsa yoru hamrahi bo`lsa raqib, ozurdamen,
Kelmasa yoru raqibi kelsa sarvaqtimg`a, voy.

Yor chun yolg`uz qoshimg`a kelmaki mumkin emas,
Chorae yo`qtur, agar shabgun bulutdin chiqmas oy.

Gar ikovlon kelsalar ham bok emastur, negakim,
Bu bir etsa g`amfizoliq, ul bir o`lg`ay g`amzudoy.

Dahr bog`ida tikandin ayru chun gul butmadi,
Gar tikan jonkohdur, ammo erur gul jonfizoy.

Vasl sofi gar yo`q, ey soqiy, manga tut jur`ae,
To quyay bir dam baloyi hajring ustiga loy.

Ey Navoiy, yuziga yuz surtmak qilma havas,
Qoni` o`l, bo`lsang eshiki tufrog`ig`a chehrasoy.

634

So`ra kelmadi yor bemorini,
Bu ish qildi bemorroq yorini.

Ko`ngulsizlik anduhidin, vah, ne g`am,
Kishi ko`rsa yonida dildorini.

Aningkim qadin tubiy etti xudoy,
Bihisht etti gulzor ruxsorini.

Ne had ko`nglaking istamaklik, valek
Yaram tikkali bir aning torini.

Musavvirg`a jonim fido aylasa,
Ezib la`l ul lab namudorini.

Yuzung davrida go`yo naqqoshi sun`
Quyosh birla teng tutti pargorini.

Ko`ngulni firoq uyla zor ettikim,
Magar vasl daf` etkay ozorini.

Xumor oldi jon, ey ko`ngul, ishq de,
Chu ko`rsang fano dayri xammorini.

Navoiyg`a javr etma, ko`r lutf ila
Tani zorini, joni afgorini.

635

Poklar ko`nglidur ul orazi mahvash sari,
Rostlar mayli ham ul qomati dilkash sari.

Ko`nglum ul yon chekadur, negaki Majnun ko`ngli
Yo pariy sari chekar, yo`qsa pariyvash sari.

Zulf ochib, bizni mushavvash qilib o`tti, lekin
Iltifot etmadi bir dam bu mushavvash sari.

Xalq maydon aro har sari boqib, vahki ko`zum
Rokibi mahvash ila markabi abrash sari.

Oncha naqsh o`ynadi aflok mening birlankim,
Boqa olmon yana bu saqfi munaqqash sari.

Axtari nahsdurur muhtasib, ar boda to`kar,
Zuzanb der, kishi solsa nazar ul fash sari.

Jonni bir dov ila gar xasta Navoiy o`ynar,
Ul muqammir sifat, albatta, erur g`ash sari.

636

Bizga yetmas erdi bir nomehribon dardu g`ami
Kim, fuzun ham  bo`ldi yori mehribonning motami

Ikki yor erdi manga — nomehribonu mehribon,
Mehribon bordi, qolib nomehribon dardu g`ami.

Bordi ulkim bor edi ham mahramu ham mehribon,
Jon berib bo`lmon bu bir nomehribonning mahrami.

Har jarohatkim urar nomehribonim bag`rima,
Mehribonim bu jarohatlarning erdi marhami.

Vahki, ming zaxm ursa jong`a emdi bu nomehribon,
Yo`q ilojig`a ko`ngulning mehribonu hamdami.

Mug`tanamdur, ul pariy bor ersa ham nomehribon,
Dahr aro chunkim topilmas mehribonvash odami.

Mehribonim chiqsa olamdnn, Navoiy, chora yo`q,
Yordin ham hushturur nomehribonlig` olami.

637

Yor borg`an chog`da bormish bedilin o`lturgali
Keldiyu kelgan emish o`lturganin kuydurgali.

Olloh-Olloh, ey hayotim, ul borishqa bu kelish
Kim, biri kuydurgali bo`lg`ay, biri o`lturgali.

Xoh o`ltur, xoh kuydurkim sanga berdim rizo,
Rozi ermasmen vale, jono eshikdin surgali.

Itlarin aning ayab boshimni qilmon tu`ma ham,
Ishq yuz turluk baliyat boshima kelturgali.

Xoni vaslingdin ulusqa bahra yetkurgilki, men
Yaxshimen soyil kebi hasrat yebon telmurgali.

Dahr elidin ihtiroz et, ey ko`ngulkim, men dog`i
Muhtarizdurmen vafosizlig`lari bilgurgali.

Ey Navoiy, ishq bizni garchi rasvo ayladi,
Ul ne qilsa, pardai kitmong`a ani churkali.

638

Ulus qo`zg`alur, go`yo yorim yetishti,
Ulus ofati, gul uzorim yetishti.

Yana gard ko`zga erur to`tiyo rang,
Hamonoki chobuksuvorim yetishti.

Tomar qatra-qatra ko`zum yoshi gul-gul,
Magar boisi xor-xorim yetishti.

Jahonga agar o`zga zeb o`lsa, tong yo`q,
Jahon zebi birla nigorim yetishti.

Ne tong, nolada qolmasa ixtiyorim
Ki, zulm ichra beixtiyorim yetishti.

Ochilsa nishotim guli, yo`q ajabkim,
Buzug` bog`ima navbahorim yetishti.

Xush ulkim, Navoiy yetishkach, dedi yor
Ki, ovorai beqarorim yetishti.

639

Ohki, ishq ayladi shaydo meni,
Soldi junun ko`yiga savdo meni.

Ishq ila savdo bo`lubon muttafiq,
Ayladilar dahrda rasvo meni.

Dasht aro Majnun demayinkim, vuhush,
Keldilar aylarga tamosho meni.

Kimniki ishq istadi qatl etkali,
Hajr ravon ayladi paydo meni.

Kimki meni o`lturur, ul tirguzur,
Yo`qsa qochar, ko`rsa Masiho meni.

Dayr emas erdi yerim, ozg`urub,
Soldi buyon bir buti tarso meni.

Voyki, o`lturgali qilmas pisand,
Ishq yana kimsani illo meni.

Soqiyi gulchehradin oshuftamen,
Demaki, mast ayladi sahbo meni.

Yor Navoiyni tilab, ey ko`ngul,
Yo seni o`lturgusidur, yo meni.

640

Gulshan ichra jilvai noz etsa jonon qomati,
Tufrog` o`lg`an soyadek sarvi xiromon qomati.

Nozanin qadding tiriklik gulshanining naxlidur,
Sarvu tubi sendek o`lmoqning ne imkon qomati.

Sarvdek uksuni axzar birla Layli qaddidur,
Tokdek yuz xam bila Majnuni uryon qomati.

Garchi qomat cheksalar, elga bo`lur mayli namoz,
Vahki, din qasdi qilur ul nomusulmon qomati.

Vasl shomi ravshan o`ldi partavi ruxsoridin,
Yo`q ajab, desam erur sham`i shabiston qomati.

Dahr elidek egridurlar sho`xlar boshtin ayoq,
Tik nazarda tuz ekin ul ahdi yolg`on qomati.

Ey Navoiy, xo`blar qaddida yo`qtur e`tidol,
Nega o`xshar sarvdin undurrak inson qomati.

641

Vahki bir g`oyib xayolidin parishonmen, base,
Hush mendin g`oyib, o`z holimg`a hayronmen, base.

Ul quyosh bordi buzub ko`nglumni, sen ham, ey sipehr
Bir yo`li buzma meni, nevchunki vayronmen, base.

Ollida jon bermadim vasli zamonin qizg`onib,
Furqatida ul tiriklikdin pushaymonmen, base.

Lahza-lahza buki yig`larmen g`amidin talx-talx,
Ayb emaskim, mubtaloi dardi hijronmen, base.

Tog` ila vodiyda, ey Farhodu Majnun, siz toping
Ofiyatkim, men aloxonu alomonmen, base.

Vasli komin sabru somondin toparlar, vahki men
Hajr oshubi aro besabru somonmen, base.

Yordin qosid kelur derlar, firoqu vasldin
Ne xabar kelturmakin bilmay harosonmen, base.

Dinu donish ahlig`a ber tavba, ey nosihki, men
Mast tun-kun dayr aro beboku nodonmen, base.

Ey Navoiy, dashti vahshi ichra bo`lsam, shod bo`l
Kim, kirib hush ahlig`a bu vaqt insonmen, base.

642

Ne kun o`lg`ayki, nigorim kelgay,
Bog`i umrumda bahorim kelgay.

Umr bog`ida bahor uldurkim,
Sarv qad lola uzorim kelgay.

O`lmagaymen yo`lida, gar boshima
Sekretib shahsuvorim kelgay.

Ul gado jonig`a o`t tushkaykim,
Olg`ali sham`i mazorim kelgay.

Ko`yida itti ko`ngul, vah, qachon ul
Masti devona shiorim kelgay.

Qani maykim, chu ichib mast o`lsam,
Ko`kka tuz boqqali orim kelgay.

Ey Navoiy, tilamon huru pariy,
Shoyad ul bazmda yorim kelgay.

643

Yuzi xurshididin ko`zlar qamoshti
Va lekin tobidin jonlar tutoshti.

Bu xurshid uzra maydin gullar o`lg`on,
Gul uzra qatralar yanglig` yaroshti.

Sochi savdosida oshufta qissam
Tasalsul birla bir-birga uloshti.

Ajalni jon olurda yengdi hajring,
Nechakim ul muning birla o`choshti.

Qo`lini to`lg`adi ishqing xiradning,
Agarchi ul munung birla taloshti.

Falaktin nolani, tong yo`q, oshurmoq,
Falak zulmi chu bizga haddin oshti.

Shafaqdin ko`k yuzi gulgun emaskim,
Firoqingdin Navoiy qoni toshti.

644

Bog` aro go`yo sabo solmish edi jonon isi
Kim, yetishkach gul isi, men toptim andin jon isi.

La`li ko`nglum qatlini qilmoqqa bo`ldi nuktasanj,
Ey ko`ngul, dam asrakim, keldi bu so`zdin qon isi.

Yuzu xattining nasimidin chu toptim toza jon,
Vah, ne jonimg`a kerak emdi gulu rayhon isi.

Bordi ul yon zor ko`nglum, bermagay tashvish anga,
Zaxmi islangan ko`ngulning yetsa nogohon isi.

Og`ziyu dur tishlaridin ruhuma aytur xabar,
Kelsa nogah jola to`lg`an g`unchai xandon isi.

G`uncha atrin xushlamasmen menki, ko`nglum bog`ida
Dark etarga o`rganibmen zanglig` paykon isi.

Xoli savdosin dema ko`nglung nega fosh ayladi
Kim, yoshurg`on birla bo`lmas mushkning pinhon isi.

Muhtasib gar ahli fahm o`lsa, yiqilg`ay mast o`lub,
Ko`p ushatqondaki aylar bodaning tug`yon isi.

Guldin ul gulrux isin topqach Navoiy ochti ko`z,
Uylakim, Ya`qub ko`nglakdin maxi Kan`on isi.

645

Boshni gar yerga qo`ya olmon, boqib mohim sari,
Boshima tufrog` sovurmoqqa boray shohim sari.

Tun aro anjum tutunda uchqun anglar, solsa ko`z
Kimsa, ko`nglum o`tidin bo`lsa ayon, ohim sari.

Men ko`nguldin rashk elturmen, ko`ngul mendin hasad,
Istasa ko`nglumki, qilsam azm dilxohim sari.

Ul quyosh sari borurda soya hamrohimdurur,
Rashkdin boqmon keyin bir qatla hamrohim sari.

Jon labing shavqidin ogah bo`lg`ali aylar Masih,
Jon  berur chog`da tavajjuh joni ogohim sari.

Ey ko`ngul, ul husn ganjidin gadolig`dur ishim,
Garchi yo`q parvoyi aning shayalilohim sari.

Husni bog`idur nazargohim, Navoiy, zinhor
Solmag`il gohi nazar bog`i nazargohim sari.

646

Bu sababdin yorumish go`yo Xuroson kishvari
Kim, chiqibdur boxtardin oftobi xovari.

Boxtarg`a tegru xovardin yoritmoq juz quyosh,
Ravshan ermas barcha gar xud bo`lsa mohu Mushtariy.

Qaysi mohu Mushtariy ulkim quyosh bir lam`adur,
Nuridin, vah, buyla kim ko`rmish saodat axtari.

Ul ne yuzdurkim, yozarda vasfini yuz ming quyosh
Safha gar yetkursa yuz yilda tuganmas daftari.

Husnini aning quyosh tashbihi qilmoq uyladur
Kim, degaylar xo`bliqda devga o`xshar pariy.

Bo`lsa husni yuz quyoshcha, ishqim o`tidin erur,
Bir sharar yuz ming tamug`ning shu`la birla axgari.

Ey Navoiy, sen kebi oshiq magar loyiq ekin,
Har kishikim, dilbaringdek bo`lsa aning dilbari.

647

Istamon ko`nglumni aylarda xayol ul mohni
Kim, taxayyul birla sayr aylar, netar hamrohni.

Ko`nglum istarni  tilarmen boring, ey oyu quyosh,
Sizni ko`ngli istamas, ulkim tilar dilxohni.

O`qi zaxmin tan aro ul yuz xayoli yorutur,
Uylakim, Yusuf jamoli ravshan etkay chohni.

Jonu aqlu hushtin kechkil deding, qildim qabul,
Tark eta olmon, netay nazzorai gah-gohni.

G`arqa bo`ldi notavon jismim sirishkim bahrida,
Garchi su necha terang bo`lsa, cho`murmas kohni.

Oshiq ersang ko`rmagil, ey shah, gadolarni haqir
Kim, balolig` ishq farq etmas gadoyu shohni.

Ey Navoiy, yor eshigi poklarga qibladur,
Qilmag`il ko`z qonidin og`ishta ul dargohni.

648

Za`fliqdur, dedilar, ul buti mah siymoni,
Jon fidoyu tan anga sadqa, ko`ngul qurboni.

Ulki jonimdurur, ul bo`lsa bu yanglig` ranjur,
Qayda bo`lg`ay meni bedilg`a hayot imkoni.

Ko`r nedek hullai gulrang uza yotmish bemor,
Yo erur davrida qatl aylagan elning qoni.

Do`stlar, ollida otimni tuta olmasangiz,
Naqdi jonimni boshig`a evurung pinhoni.

Bargi gul uzra degay shahd yopushmish ko`rgan,
Buki tutmishdur uchuq ul labi shakkarxoni.

Sadaqa, chunki balolarni rad aylar, yo rab,
Jon anga sadqa qilay manga bag`ishla oni.

Ey Navoiy, yana dam urmakim, ul oy der emish
Kim, kecha uyquga qo`ymas meni it afg`oni.

649

Ne diloromeki, so`rg`ay dardi holimdin gahe,
Ne dil afgoreki, qayg`urg`ay malolimdin gahe.

Sarsari ohimg`a o`t tushsin, xusho, mushkin nasim
Kim, berur erdi xabar navras niholimdin gahe.

Ey Xo`tan jayranlari, netkay bu majnun ko`ngluma
Nafxae yetkursangiz mushkin g`azolimdin gahe.

Tiyra nahsiyat durur kulbamda, ani, ey sipehr,
Ravshan etkil axtari farxunda folimdin gahe.

Turfa ko`rgilkim, labi zikrin toparmen jon aro,
Aylasam g`oyib maozalloh xayolimdin gahe.

Telba ko`nglum itti, lekin ul pariyga yod ber,
Ey sabo, devonai bee`tidolimdin gahe.

Fikr etarmen vaslini gohi, vale kirganda hush,
Asru ko`p sharmandamen fikri maholimdin gahe.

Ul quyoshtin mehru, mendin tiyralik, vah, istaram
Er yorilsa, yerga kirsam imfiolimdin gahe.

Ey Navoiy, zulmi ko`p ersa, pushaymonmen yana,
O`zni ozod istasam ul sho`xi zolimdin gahe.

650

Yoyib orazda mushkin xollarni sunbulung domi,
Ko`ngulning qushlari ul domu su donaning romi.

Chamanda sarvu gul bo`lg`ay, ne sarvu qaysi gul vah-vah,
Qachon bo`lg`ay chamanning sen kebi sarvi gulandomi.

Ne yanglig` subhi vaslidin tutay ummidi ravshanlig`,
Sahardin chun erur novmid hajrimning qora shomi.

Dema parvona, de Jibril, agar bir g`am tuni nogah
Kishiga bersa bir sham`i shabiston vasli payg`omi.

Ko`ngul za`fi kam o`lmas furqatingda, vah, o`ngalg`aymu
Marizekim, qilur har dam baliyat zahri oshomi.

Ayog`img`a tikan sinjobu xoro xulla, tong ermas
Bu damkim bog`lamishmen Ka`bai ko`yining ehromi.

Bu yo`lda garmro`larning tong ermas gar choqin yanglig`,
Jahonpaymolig` etsa, yorutub olamni har gomi.

Fano dayri dog`i zunnor ila buttin uyatlig`dur,
Riyoyi shayxning afsurda dini botil islomi.

Navoiy fardu behush o`lg`anin demang qachondindur,
Hamondinkim, ani mast etti vahdat jomidin Jomiy.
Powered by OrdaSoft!