401

Chu yopsa na`shim uza mug` palosi idborim,
Belin tongorg`a palos uzra yaxshi zunnorim.

Chekib may ahli xarobotu xirqa chok aylab,
Ko`tarsalar yig`ilib na`sh ila tani zorim.

Mug`ona navha bila dayr sari azm aylab,
Chekib surudi fano yor, balki ag`yorim.

Yasarda dayri fano dargahida qabrimni,
Borisig`a budurur iltimosu zinhorim

Ki, dayr pirining ollida bosh qo`yub, yer o`pub,
Niyozlar bila arz etsalar bu guftorim:

Ki, men xud anglamay ish sirridin xabar o`ttim,
Ish ul dururki, gahi bo`lmasang xabardorim.

Qadam agar lahadim uzra qo`ysang ermas tong
Ki, bo`lsa ravzai jannat bu kulbai torim.

Umidim oxir erur dayr pirining karami,
Gar emdi mug`bachalar birladur saru korim.

Navoiyo, boqibon fazl bahri mavji sari,
Xudoy uchun tilama tavba birla ozorim.

402

Ko`ngluma yor istabon mehnat kelurni bilmadim,
Jong`a yetmay ul hanuz ofat kelurni bilmadim.

Suvratin ko`rmak tamanno aylabon ko`rmay hanuz,
Ollima yuz ming ajab suvrat kelurni bilmadim.

Men yuzin ko`rmay hanuz el vasl etar ermish tama`,
Ko`ngluma mundoq qotiq holat kelurni bilmadim.

Ko`rmay oxir tarkin ettim, vahki, munglug` jonima
Vasl yetmay jovidon furqat kelurni bilmadim.

Ishq ko`yida  balo ko`p ko`rmagin bildim valek,
Yor tarkin tutqucha g`ayrat kelurni bilmadim.

Resh etib ko`nglumni ulkim, dedi: marham kelturay,
Marham andin nishtari hasrat kelurni bilmadim.

Ul rafiqekim anga dedimki, jon aylay tufayl,
Muncha andin jonima vahshat kelurni bilmadim.

Ko`ngluma ashob zulmi janbida, vo hasrato,
Charx neshin marhami rohat kelurni bilmadim.

Ishq shahrohig`a kirmakni xayol etmak bila,
Ollima  yuz vodiyi hayrat kelurni bilmadim.

Ey  Navoiy,  qilmag`uncha  mosivolloh tarkini,
Komim ichra jur`ai vahdat kelurni bilmadim.

403

Zulmati hijron qilur qat`i hayotim dam-badam,
Ey Masihi, Xizr pay boshimg`a yetkur bir qadam.

Novaking ko`nglum aro sing`ay debon payvand uchun,
Ko`z qorasi obno`su qon yoshim bo`lmish baqam.

Boshda tig`ing jon aro novaklaringning sharhini,
Yozaram doimki bor bu ishda hamdardim qalam.

Yor kelmish qabrima, har yon sog`inmang lolakim,
G`ayrini o`rtarga g`ayrat o`tlari urmish alam.

Ruh uchar har yon, vale o`rtar parki hijron o`ti,
Oh, agar ul toiri davlat bu o`ttin qilsa ram.

Eyki, shohid, ko`zu zulfu og`zig`a oshuftasen,
Bir taammul aylakim, bordur bu maqsuding adam.

Gar Navoiy ishqi ortar ohidin sen vahm qil,
Kim o`churur sham`ni garchi yorutur o`tni dam.

404

La`lingki, sog`indim ani jon rozig`a mahram,
Bilmonki nedin xat chiqarur qonima har dam.

Terlab gul uza sabzang o`lubtur taru toza,
Xat garchi hamisha buzulur bo`lsa varaq nam.

Bosh sajdag`a rog`ibdur, ko`z surmag`a tolib,
Yo`lungda ajab ermas agar bo`lsa qadim xam.

El pand berur ko`ngluma, sen novak otarsen,
Netkay edim ul zaxmg`a bo`lmasa bu marham.

Bilgilki, ko`ngul shu`lasin izhor qilibmen,
Ul kunki, tutashqay g`am o`tidin bori olam.

Gar oqibat ahvolig`a men voqif emasmen,
Kimdurkim anga qolmadi bu mas`ala mubham.

Gar itti esa xasta ko`ngul g`am yema, ey aql,
G`am yegali bordur, chu Navoiy, sanga ne g`am.

405

Hajridin ko`ksumni dermen uyla afgor aylasam
Kim, ichim holini toshimdin namudor aylasam.

Chun meni majnun shajar yafrog`idin qildim libos,
Avlo uldurkim giyahdin emdi dastor aylasam.

Istaramkim, ruq`asin g`amgin ko`ngul oromig`a,
Rishtai jonimg`a cheksam, dog`i tumor aylasam.

Har sari mo` bir til o`lmish ishqim iqrorig`a, voy,
Kim inong`ay emdi yuz til birla inkor aylasam.

Telba ko`nglum bexudu yor ul taraf yuzlandi, oh,
Dark qilmas neshlar sanchib xabardor aylasam.

Hajr selobi buzar gar ashku jismim tufrog`in,
Har nechakim sabr uyi tarhig`a devor aylasam.

Hajrdin ko`ksum erur ozurda sog`ar loyidin,
Surtubon marham tilarmen daf`i ozor aylasam.

Ne qazodin kelsa taslim o`lmoq avlo chunki yo`q
Sudi gar qilsam sitez, ar o`zni ko`p zor aylasam.

Ey Navoiy, mayni to tark ettim ortibdur g`amim,
Istaramkim emdi azmi ko`yi hammor aylasam.

406

Bordi yoru to`zmon el bormoqqa ham, turmoqqa ham,
Chin desam, rashk o`lturur tangriga topshurmoqqa ham.

Ko`rsam ul yuz ko`zgusin tag``yir vahmidin emas,
Qattiq oh urmoqqa had, sokin nafas urmoqqa ham.

Ul paridin lutf agar zulm o`lsa andoq telbamen
Kim, shuurim yo`q sevunmaklikka, qayg`urmoqqa ham.

O`lturub yonig`a men kimmen yuzin o`pmoqqakim,
Yo`q hadim ko`yida yer o`pmakka, o`lturmoqqa ham.

Notavon jismimda yuz  novak  firoqing xaylidin
Kim, kuchim yetmas birin tortarg`a, sindurmoqqa ham.

Demagil ishqin nihon tutqil meni uryong`akim,
Tig`i zaxmin yo`q nimam bog`larg`a, yoshurmoqqa ham.

Tut Navoiy, ishqi zulmin xush chu yo`qtur ixtiyor,
Ul ko`ngul olmoqqa ham, sen ko`nglung oldurmoqqa ham.

407

Ul quyosh yuzlukni har tun yod qilmoqdur ishim,
O`z-o`zumga to sahar bedod qilmoqdur ishim.

Baski, faryod aylamaktin har dam o`zdin boribon,
Holima kelgach, yana faryod qilmoqdur ishim.

Telbalardek har dam aytib ul pari afsonasin,
Topmayin maqta` yana  bun`yod qilmoqdur ishim.

Ashk etib sabrim uyin vayronu har dam oh ila,
Ul buzug`ning tufrog`in barbod qilmoqdur ishim.

Naxli qaddin chun xayol aylab qo`yub tufroqqa bosh,
Sajdai ul sarvi hurizod qilmoqdur ishim.

Hajru shavqu charxi muhlik zulmi ichra har nafas,
O`zni yuz bedod ila mu`tod qilmoqdur ishim.

G`amdin o`lmaslikka boisdur  muhol  andishakim,
Vasl umidi birla o`zni shod qilmoqdur ishim.

Vahki, yer tutmas necha har lahza shaydo ko`ngluma,
Sabru toqat shevasin irshod qilmoqdur ishim.

Yig`lasam taskin topar ko`nglum, Navoiy voykim,
Ul buzug`ni sayl ila obod qilmoqdur ishim.

408

Gar aning vaslig`a haddim yo`q, erur xush yodi ham,
Ul meni yod etmasa, basdur aning bedodi ham.

Bog` aro ruxsoru qadding jilvasin to ko`rdilar,
Bo`ldi obu tobsiz gulbargi ham, shamshodi ham.

Layliyu Shirin bo`lub sendin xijil, mendin dog`i,
Ham aning Majnunidur hayron, munung Farhodi ham.

Olloh-olloh, ne balodurkim, labu mujgon bila,
Yolg`uz el tirguzguchi yo`qkim erur, jallodi ham.

Qatl uchun ko`nglumga kirdi qo`rqamkim o`tidin,
Toshdek ko`ngli su bo`lg`oy, xanjari po`lodi ham.

Ne balo berahmdur ul oyki, ko`nglumning anga
Yoshurun ohi asar qilmas, biyik faryodi ham.

Bandayu ozodg`a bedod etar bu bog`ning —
Sunbulining hindusi ham, savsani ozodi ham.

Qilma zohir davlatiyu mehnatig`a e`tibor
Kim, aning dog`i vafosi yo`q, munung bunyodi ham.

Biymi hajridin, Navoiy, gar yo`q emin margdek,
Shukrkim ermas muayyan margdek miodi ham.

409

Kimsani dard ahli deb sirrimg`a mahram ayladim,
O`z-o`zumni kuch bila rasvoi olam ayladim.

Ahli roz el ollida odam desa bo`lmas meni,
Menki o`z rozimg`a mahram jinsi odam ayladim.

Bul`ajab sirrimni maxfiy asramoq dushvor edi,
Barcha gar Farhod ila Majnunni hamdam ayladim.

O`z g`amim ifshosidin olamnikim qildim qora,
Ish o`zumga demakim, olamg`a motam ayladim.

Ayladim jonimg`a yuz bedod, lekin o`lmagi,
Sirrim ifshosi bila erdi, ani ham ayladim.

Elga rasvo bo`lmog`i bo`ldum ne sud emdi, agar
Yuz tuman mismor ila og`zimni muhkam ayladim.

Kofiri ishq o`lmoq ermish fosh qilmoq sirri ishq,
Nomusulmonliqni ko`nglumga musallam ayladim.


Shodmen ahli zamon birla zamondinkim, o`zum
Ayladim o`z qismatim anduh agar g`am ayladim.

Ey Navoiy, dema sirring kimsaga mundoqki, men
Kimsani dard ahli deb, sirrimg`a mahram ayladim.

410

Dam-badam har kun ul oy bedodini yod aylaram,
Kecha turluk-turluk o`z jonimg`a bedod aylaram.

Yuz jafo qilsa manga, bir qatla faryod aylamon,
Elga qilsa bir jafo, yuz qatla faryod aylaram.

Zulfu yuzi hajridin g`am shomi anjum gullarin,
Tund bodi ohdin har lahza barbod aylaram.

O`zni qatl ummidiyu ag`yor qatli biymidin,
Lahzae shod aylasam, yuz lahza noshod aylaram.

Qomatu ruxsoridin bo`e toparmen, ey rafiq,
Buki har dam gulshan ichra mayli shamshod aylaram

So`rmang, ey ushshoq, mendin nukta piri ishq deb,
Negakim kuymak bila o`lmakni irshod aylaram.

Ey Navoiy, har jafo kelsa ul oydin elga ham,
Rashkdin majmu`in o`z jonimg`a isnod aylaram.

411

Eyki avval qomating vasfini shamshod ayladim,
Sarvi jannat bo`lki, emdi seni ozod ayladim.

O`zgalarni davlati vaslingda xush tut, chunki men
Xasta ko`nglumni g`ami hijron bila shod ayladim.

Xoh sen yor o`l manga, xoh o`zgalarning yori bo`l,
Chun men o`z ta`bimni bekaslikka mu`tod ayladim.

Mujda ber, ey shayxkim, tortib nadomat ohini,
Bulhavasliq juzvi avroqini barbod ayladim.

Necha men mahrum o`lub bo`lg`ay anga mahram raqib,
Shukrkim, g`ayrat tariqin oqibat yod ayladim.

Ul vafosiz ishqini tark etmaguncha tinmadim.
Ne yomon soatda bu shum ishni bunyod ayladim.

Ey Navoiy, hech bilmonkim, unog`oymu ko`ngul,
Anga muncha ajnabiy so`zlarki irshod ayladim.

412

Etti so`zi hajru chektim ohi dardolud ham,
Xasta jonim kuydiyu boshimg`a chiqti dud ham.

Kim vafo ahlin sinuqtursa  bilurmen onchakim,
Ko`p ziyon qilmasa bore qilmag`ay ko`p sud ham.

Istagan Majnun mazorin, kelki andin kam emas,
Telba  ko`nglumni  yoshurg`on jismi g`amfarsud ham.

Anjum ermas g`am tunikim, ishrat abvobin sipehr
Mixdo`z aylab, sarosar qildi qiyrandud ham.

Muddai ko`p kulma idborig`akim, yor ollida,
Sen kebi maqbul edim bir choq meni mardud ham.

Ko`p toriqma, ey ko`ngul, ul sho`x hijroni aro,
Shoyad ushbu ishda-o`q erdi ekin behbud ham.

Ey Navoiy, bo`lmasa yore firoqingdin malul,
Ayrilurda yaxshiroqkim qilmasang padrud ham.

413

Yana firoq o`tig`a tushti toblig` ko`nglum,
Tarahhmeki qiladur xaroblig` ko`nglum.

Sog`insa g`unchang uchun qong`a evrulur har dam,
Bu yuz jarohat ila pechu toblig` ko`nglum.

Firoqu dard qachon tuzsa bazm kulbam aro,
Berur ko`zum mayi la`lu kaboblig` ko`nglum.

Erur sharoraki xurshid sari borg`ay tez,
Yuzung visolig`a jahdu shitoblig` ko`nglum.

Yuzungni ko`rdum esa su bila balig`dek o`lur,
Qarorsiz tanimu iztiroblig` ko`nglum.

Fano yeli qanikim ochsa chehrai maqsud
Ki, tan g`uborida bo`lmish hijoblig` ko`nglum.

Navoiy g`am yediyu o`ldi dog`i topti visol,
Ne topmasun bu sifat xo`rdu xoblig` ko`nglum.

414

Kecha kuydurdi  falakni  shu`lai tobi tabim,
Kunduz ul oyg`a yeta olg`aymu, yo rab-yo rabim.

Etkurur jonimg`a ofatlar uzori uzra xol,
Rost andoqkim, qorarib sug`a tushkay kavkabim.

Aytdim boshimni fitroqingga cheq, ey shahsuvor,
Dedi: bosh asrardek ermas tezlikdin markabim.

Tufrog` o`ldum, ishq, agar qilsang imorat yaxshidur,
Xisht qo`ymoqqa fano mayxonasida qolabim.

Dahr bozorida umre ishq tavrin kasb etib,
Aqlu din naqdinki oldurdum  bu erdi maksabim.

Mast agar sajdang qilurmen yopma yuz, ey mug`bacha,
Ne uchunkim  dayr   piri  mazhabidur   mashrabim.

Ey Navoiy, toza jon toptim hamono og`zimg`a
Durd jomidin tomizdi soqiyi no`shin labim.

415

Hajri  mundoqki, uzar  bir-biridin payvandim,
Ko`rgay el har itining og`zida bir parkandim.

Tori umrum ajal ilgidin uzulsa g`am emas,
Tori zulfungg`a agar muhkam erur payvandim.

Qomating hojat erur jong`a ravo qil anikim,
Noumid o`lmasun ollingda bu hojatmandim.

Ko`zga desam, nega yoshingni nazardin solding,
Derki, g`ammozdurur garchi erur farzandim.

Soqiyo, o`t kebi bodang bila kulbamni yorut
Kim, xumor ichra ul o`t hasratidin o`rtandim.

Aylayolmon safari dashti fano o`zluk ila,
Ey Navoiy, negakim asru og`irdur bandim.

Nosiho, oshiqu devonamenu masti xarob,
Sanga ne ot qo`yar el, buki degaysen pandim.

416

No`shi labini har necha so`rdum, o`sanmadim,
Ichmak bila hayot zulolini qonmadim.

Zohid dediki, rahn etibon xirqa dayr aro,
Qilmishsen anda butqa dog`i sajda, tonmadim.

Mug` piri may berib, tiladi jonni mug`bacha,
Har neki dedilar qiluridin tojonmadim.

Sarxayl edim bu kecha xarobot ahlig`a,
Ul saltanatni lek o`zumga inonmadim.

Aql etti man` mug`bachayu dayrdin base,
Ko`p o`gdi huru ravzani, lekin beganmadim.

Shukr, ey ko`ngulkn, bo`lmadim aflok javridin,
Oshufta holu johig`a dog`i quvonmadim.

Azm ettim, ey Navoiy, ul oy sari bu kecha,
Mahvashlar ochti shu`lai ruxsoru yonmadim.

417

Baqo dashti nechuk qat` o`lmasun aylab murur ayyom
Ki, har manzil anga bir kunduru, har dam anga bir gom.

Bo`lur manzilda turmoq muddate gom urmamoq ko`p vaqt,
Bu manzil qat`iyu bu gomdin bo`lmas dame orom.

Ajoyib qat`i bir manzilda gomidurki, o`rnidin,
Kishi tebranmayin ham qat` o`lur, ham solilur nokom.

Bu yanglig` manzilu gomi zaruriy chun erur voqi`,
Ham avlo Ka`bai maqsud sari bog`lamoq ehrom.

Suluku sayrkim ko`rmishki gar chillanishin qori
Va yoxud chilla ichra tifl tengdur anda subhu shom.

Erur bu turfakim mundoq suluku sayr aro solik,
Emas o`z ixtiyori birla ne og`ozu ne anjom.

Bu andin turfaroqkim, yetmayin maqsadqa mingdin bir,
Bu yo`l qat`ida tufrog` o`ldilar no`l topmayin itmom.

Musofirkim bu yo`l ollig`a tushkan tarfatul-ayni,
Agar o`z holidin g`ofil bo`lur, bo`lg`ay bag`oyat xom.

Ilohiy, yo`l erur behad qotiq, manzil yiroq asru,
Navoiy birla sen bo`lsang, yetar  manzilg`a  avval gom.

418

Tishlarimdin iki dandonaki charx ayladi kam,
Raxnalar bo`ldi ajal kirgali jon chiqqali ham.

Har bino raxnasini tutsa bo`lur turfa bukim,
Mumkin ermas bu iki raxnani qilmoq muhkam.  

Turfaroq buki necha qilsa rioyat to`kulur,
Bu fano raxnasining ikki yonidin har dam.

Demakim, bo`ldi ajal kirmak uchun raxnavu bas,
Angacha yo`l budurur kirgali ming turluk g`am.

Yuz sitamdur manga tish raxnalaridin, go`yo,
Tishni sinkim dedilar, bor emish ul sini sitam.

Yo`qki tish sini sitam bo`ldiyu bas, ko`zda dog`i
Qolmadi nuri ani dog`i degil ayni adam.

Tish iki raxnasidin hasratu g`am dudi chiqib,
Tutti go`yo ko`z iki ko`zgusini zangi zulam.

Tiyralik birla shikastiki tishu ko`z yo`lidin,
Manga yuzlandi, demak bo`lmas ani ko`rmak ham.

Bo`l, Navoiy, safar ohangiga omodavu chust
Kim, bular barcha ajal peshravidur fafham.

419

Menki har dam, do`stlar, bedod etardin zor esam,
Do`stlar ayb etmasunlar dushmanimg`a yor esam.

Jon fido qilsam, qilurlar do`stlar dushmanlig`im
Ne ajab gar do`stluq oyinidin bezor esam.

Do`stlarg`a qilmangiz taklif, ey dushmanlarim,
Za`fdin og`zimg`a su tomizg`udek bemor esam.

Yog`dururlar tosh qotiq so`zlar bila, vah ne ajab,
Sangsor o`lg`on kebi boshtin ayog` afgor esam.

Dushmanim jon olsa xushtur, do`st minnat qo`ysa yo`q.
Ne ajab dushmandin ar jon birla minnatdor esam.

Forig` aylar bu balolardin dame behushluq,
Bas, tong ermas sokini sarmanzili xammor esam.

Davr ayog`idin meni tirguz damodam, soqiyo
Kim, o`larmen davr zulmidin dame hushyor esam.

Dilbarim Layli sifatdur anglangiz, ey ahli ishq,
Bu sababdindur agar hajrida Majnunvor esam.

Eyki, aytursen Navoiy xalqdin ozurdadur.
Yuz tuman ozor ko`rdum, bor ekin men bor esam.

420

Qayu manzilki anda hosil o`lg`oy lahzae komim,
Bu hasrat o`ltururkim, ne uchun yo`qtur diloromim.

Qachon gul birla sarv andomig`a boqsam chaman ichra,
Buzar ko`nglumni yodimg`a kirib sarvi gulandomim.

Taharruk topqali la`ling bila  g`unchang takallumda,
Ne jonim ichradur taskinu ne ko`nglumda oromim.

Firoqing zulmidekdur shomi hajrim muddati, ya`ni
Davosiz dardim ul yanglig`dururkim, subhi yo`q shomim.

Ko`ngul oldurmasunlar husn bog`i gullarin ko`rgach,
Sabo lutf aylabon ishq ahliga yetkur bu payg`omim.

Xarobot ichra ishqu mastlig`dur holim og`ozi,
Ne bo`lg`ay bilman, ey piri xarobot, anda anjomim.

Riyoyi xonaqahg`a kelmasam, ey shayx, tut ma`zur
Ki, gom urg`on soyi ul yon keyinrak sirilur gomim.

Sizu no`shi visol, ey do`stlarkim, soqiyi davron
Firoqu dard zahridin to`la qilmish mening jomim.

Navoiy, men kimu sofiy tarab manlu tamannosi,
Muqayyad chun emas mundoqqa masti durdiyoshomim.

421

May uchun dayrdadur oromim,
Dayrning eski safoli jomim.

Dayr piri qo`lidin bir sog`ar
Gar yetar, umrdin uldur komim.

Yoqa choku yalang`och boshu ayoq,
Bul`ajab hol ila subhu shomim.

O`ynatib mug`bachalar mastu malang,
Kufr pomoli bo`lub islomim.

Jomi rasvoliq ila har dam o`lub,
Olam ahlig`a saloyi omim.

Menmen o`zluk yukidin emdi xalos,
Negakim qolmadi nangu nomim.

Ey Navoiy, kiringiz dayrg`a deb,
Taqvo ahlig`a yetur payg`omim.

422

Ne yanglig` dey qoshinda arzi holim
Ki, qolmas ani ko`rgach der majolim.

Xayolim vasldur gar topmasam ham,
Tutar hushhol doim bu xayolim.

Ko`ngulni ko`p malul etkanda hijron,
Visoling yodidur daf`i malolim.

Topib jon soya go`yo qolmas andin,
Xirom etkanda ul ra`no niholim.

Qolibmen g`am yuki ostida ul nav`
Ki, tebranmaklik ermas ehtimolim.

Falak zulmin desang ko`rmay, may ichkil
Ki, bas mazlumkushtur charxi zolim.

O`zin gar o`lturur g`amdin Navoiy,
Dema mufritkim, uldur e`tidolim.

423

O`tub sanamlar aro bir-biriga ko`z soldim,
Sening jamolingga yetkach ko`zum, boqib qoldim.

Ne tig` solmoq erur chun yuzungga ko`z solg`och,
Boshimni dag`i burunroq ayog`ingga soldim.

Ne o`tdurur buki yetmish ekoch erib oqti,
Urarg`a ko`ksuma yerdin ne toshkim oldim.

Sarig` uzoru quruq jismima firoq yeli
Etib somonni sovurg`on misoli qo`zg`oldim.

Qadam yana talabingda boshimdin itkumdur,
Nedinki po`ya urarda qadam bila toldim.

Ne bo`ldi qofilasolor o`zlukum yukidin
Xalos qilsaki, bu yo`lda asru tovsholdim.

Navoiyo, dema jismingda muncha zaxm nedur,
Firoq xayli qitolida buyla to`g`roldim.

424

Zihi bihishti jamoling kelib mening chamanim,
Xatu yuzung bu bihisht ichra sabzavu sumanim.

Xating vafosida o`ldum, ne tongki hashr kuni,
Vafo xati bila naqsh o`lsa sarbasar kafanim.

Ne nav` mo`r kebi sudray o`zni ko`yung aro
Ki, mo`r sudragudek bo`ldi za`fdin badanim.

G`aming nechukki ko`ngul kunjini vatan qilmish,
G`amingda go`shai vayronaedurur vatanim.

Gar o`lmasam iting ul zulf tobidin nedurur,
Er uzra sudraladurg`on bo`yundag`i rasanim.

Qadahg`a sadqa bo`lub boda sham`idin kuysam,
Emas g`aribki, parvonamen, erur bu fanim.

Navoiyo, manga vasli mahol erur baskim,
Muyassar o`lsa yiroqtin nazzora anlaganim.

425

Yo`q dema, gar og`zingni desam nuqtai mavhum
Kim, ancha dog`n bo`lmadi aql ollida mafhum.

Ruxsoring uza xatmu ekin yo qalami sun`,
Kun safhasig`a tun raqamin ayladi marqum.

Jonimg`a ko`zung zulmi emas zulm, budur zulm
Kim, men turaturg`och tilagaysen yana mazlum.

Tong yo`q agar ul yuz yoritur tiyra uyumni,
Mehr o`ldi chu mavjud qilur soyani ma`dum.

Hush ahli seni bilmasu men telba bilurmen
Kim, keldi pari shevasi devonag`a ma`lum.

May vajhi ber, ey shayx, manga chun diraming bor
Kim, buxl erur barcha milal ollida mazmum.

La`ling mayi yodidin erur mast Navoiy,
Yo`q davrda andoq yana bir fosiqi mahrum.

426

Qarog` ermaski, qilmishmen ko`zum sayli yo`lin muhkam,
Sirishk ermaski, ul yo`l berkimay qilmish tarashshux nam.

Itining gar ayog`i kuydi o`tgan chog`da qabrimdin,
So`ngaklar tufrog`imdin kuydurub aylang anga marham.

Ko`nguldur ul paridin, ishq mulkining Sulaymoni
Ki, ham bor ohidin yel hukmida, ham dog`idin xotam.

Quyoshning qurbidin oykim hilol o`lg`ay erur andoq
Ki, bir mahvash sanga yetkach, yer o`pmaklikka bo`lg`ay xam.

Parivash tifllardin har zamon ortar jununumkim,
Berurlar hushu aqlim qushlarig`a tosh otardin ram.

Ulustin chiqtimu har dam qocharmen soyadin ham, vah
Ki, nogah ul quyosh sirrin desam ul ham emas mahram.

Shikof ermas qalamdakim firoqim sharhi yozg`ondin,
Yoqa chok aylabon chirmab qora bo`lmish anga motam.

Bu ersa mayki kuydurdi vujudum kishvarin atri,
Yaqin bil, soqiyokim, jom sirrin bilmay o`tmish Jam.

May ich dahr ichrakim ish sirridin anglay desang ramze,
Erur har zarraning mohiyati xurshiddin mubham.

Sahar kun ashhabig`a chun keraktur poymol o`lmoq,
Falak maydonig`a har tun qamardek surdi tut adham.

Navoiy dardi holidin dam ochmas bo`lsa, ayb etmang,
Ne dam ochsun birovkim, topmadi olamda bir hamdam.

427

Sarvi ozodimni bog` ichra xiromon istaram,
Sabzasin sarsabzu gulbargini xandon istaram.

Dard jononimda, balkim yuz alam jonimdadur,
Yo`qki, jononimg`a, bal jonimg`a darmon istaram.

Tiyradur vayronim onsiz, vah, yana bir qatla ham
Ul  quyoshni  baytul-ehzonimda mehmon  istaram.

Naf` etar bo`lsa xino yanglig` kafi poyingg`a qon,
Chok etib ko`ksum ani bag`rimda pinhon istaram.

Ey Xizr, hayvon suyi tut dam-badamkim yor uchun,
Sadqa qilmoqliq uchun har lahza bir jon istaram.

Mujdae bergil mizoji sihhatidin, ey tabib
Kim, bu payg`oming uchun jonimni qurbon istaram.

O`q kebi qaddin ko`rub aftoda chun ko`r o`lmading,
Ey Navoiy, ko`zlaringda no`gi paykon istaram.

428

Chu berdim jonni, qilma zulm rasmu qatl oyin ham,
Qatiling bo`ldum, urma novaki g`am, xanjari kin ham.

Labing shavqida  bir devonai  bandiy naboti Misr,
Soching savdosida bir po`stpo`she nofai Chin ham.

Yuzung vasfin deb o`tkan tun duri ashkim to`kar erdim,
Tutub tog` keynin oy kirdi, qaro tufroqqa Parvin ham.

Labing hushum olib qon yosh yuzumga to`ksa, ayb ermas,
Mukayyif la`l maydin mast o`lur el chehra rangin ham.


Chu sen sarxush chiqib ko`nglakcha raxshingg`a berib javlon,
Bo`lub shaydo ko`ngul behol aqli maslahatbin ham.

Ko`ngul so`zin qiliching qildi kam, ne ayb oh ursam,
Su urg`och o`tqa ortar dud topsa shu`la taskin ham

Jamolnngg`a nihoyat yo`qlug`i ishqim kebidurkim,
Emas mumkin demak miqdorin etmak, balki taxmin ham.

Necha nasrinbaru gulrux esang qilg`il vafo mayli
Ki, gul ham bevafolig` ko`rdi bu gulshanda, nasrin ham.

Navoiy mast butqa sajda qilsa ne ajab, ey shayx
Ki, chun dayr ichra kirdi aql uchti boshidin, din ham.

429

Yana ishq aro zordurmen, hazin ham,
Borib ishq torojig`a aqlu din ham.

Badan darddin ranjavu xasta dog`i,
Ko`ngul hajrdin zoru anduhgin ham.

Yuzungdin chamanda su borib o`zidin,
Qizarmish uyatdin guli otashin ham.

G`aming toshidin yo`qki, zaxm o`ldi boshim,
Yo`lung tufrog`idin yopilmish jabin ham.

Ko`zung Chin g`azoliyu ostida xoli,
Aning nofasidin topib mushki Chin ham.

Bo`lub sojid ul butqa shirk ahli yo`q-yo`q,
Demon shirk ahliki ahli yaqin ham.

Navoiy jahondin ne naf` olsa bo`lg`oy
Ki, zindone erur marg aylab kamin ham.

430

Toqibon jon rishtasin ruq`angni tumor ayladim,
Zaxmliq ko`ksumga andnn daf`i ozor ayladim.

Ko`nglakim yopnshti qonlig` tang`a andoqkim teri,
Baski toshlar zaxmidin jismimni afgor ayladim.

Orazing hajrida qonlig` ko`nglum o`ldi loladek,
Dog`idin savdoi ishqingni namudor ayladim.

Joning olg`um deb eding, muhlikdurur dardi firoq,
Qolmasun ko`nglung sening avval xabardor ayladim.


Xirqavu daftarni keltur, mayg`a rahn et, ey rafiq,
Xonaqahdin men chu azmi ko`yi xammor ayladim.


Dazlati faqru fano vobastai tavfiq emish,
Bo`lmadi har necha jiddu jahd izhor ayladim.

Ey Nazoiy, faqr yo`linda uro oldim qadam,
To solib o`zluk yukin, o`zni sabukbor ayladim.

431

Sodavash yorim bag`oyat purfan ermish angladim,
Oshkoro do`st, pinhon dushman ermish angladim.

Men muqayyad hajr zindonidayu ahbob ila
Har kun ul gulruxqa azmi gulshan ermish angladim.

Menki bu hijron tunida o`ldumu bo`lmas sahar,
Sham`i mehr ohim o`tidin ravshan ermish angladim.

Dam-badam ohim o`tikim chiqti ko`nglum zaxmidin,
Uqidin bu kulba ravzan-ravzan ermish angladim.

La`lidin el jon tilab, men jon berib mardudmen,
Xotirig`a qaysi ish mustahsan ermish angladim.

Bu chamanda ko`nglakin gul chok aylardin ishi,
Bulbul ahvolig`a har kun shevan ermish angladim.

Ey Navoiy, buki ko`nglumni birav sayd aylamish,
G`am yema, ul chobuki saydafkan ermish angladim.

432

Yor ma`lum aylamish oshiqlig`u shaydolig`im,
Vahki, zohir bo`ldi rasvoliq uza rasvolig`im.

Ul paridin ayru bas devonalig`din devmen,
Za`fu  qovmog`lig` emas ko`yida  nopaydolig`im.

Tufrog` o`ldum, ul quyosh hajrindavu sud etmadi,
Charxi soyirdek ani istan jahonpaymolig`im.

Garchi tushti sham`dek boshimg`a o`t, bo`ynumg`a tig`,
Bo`lmadi kam shomi hijroningda pobarjolig`im.

Husn aro chun uyla fard o`ldungki, yo`q hamto sanga,
Ishqing ichra xush kelur dahr ahlidin yaktolig`im.

Soqiyo, may berki bu dayri kuhan avzoida
Bo`ldi o`z nodonlig`imni anglamoq donolig`im.

Ey Navoiy, ko`p nihon tutqum va lekin oqibat,
Yor ma`lum aylamish oshiqliqu shaydolig`im.

433

Nega qon yoshim oqizdi dilsitonim bilmadim,
Ne gunoh aylab edimkim, to`kti qonim bilmadim.

Ozdi ko`nglum sayr etib chiqquncha ul oy ko`yini,
Qayda qoldi ul zaifi notavonim bilmadim.

Demadingmu, dema, rashkimniki boqting g`ayrima,
Bilmadim, ey kofiri nomehribonim, bilmadim.

So`rg`ali kelganda za`fimdin o`zumdin bormisham,
Chun so`rub qo`pti, ne yanglig` chiqti jonim bilmadim.

Ul pari to jilva qildi bordi ko`nglum, vah, qayon
Bo`ldi ul ovvorai bexonumonim bilmadim.

Do`stdin bildim nishon, to topmadim o`zdin nishon
Lek o`zdin toki bor erdi nishonim bilmadim.

Ey Navoiy, yor ko`ngli mehrmu qildi ayon
Yo asar qildi anga o`tluq fig`onim, bilmadim.

434

Qon yutub umre jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.

Kimgakim jonim fido aylab, sog`indim, yor erur,
Ermas erdi yorlig`da chun vafodor istadim.

Bilmadim olam elida yo`qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yo`qtur sog`inib bor istadim.

Ulki topilmas bashar jinsida, vah, g`aflat ko`rung
Kim, pari xaylida men devonai zor istadim.

Sirri ishqimni, ko`ngul, ko`z birla fosh etmak ne tong
Qalbi tardomanni chun men sohib asror istadim.

Shayx birla xonaqahdin chun yorug`luq topmadim,
Dayr piri xizmatig`a ko`yi xammor istadim.

Ey Navony, chun rafiqe topmadim, bu g`ussadin,
O`zni  bekaslik balosig`a giriftor istadim.

435

Lola ro`yum bordiyu ishqin nihoniy asradim,
Ko`zda qon ko`nglum aro dog`in nishoniy asradim.

Ayladi bir oh dudi birla elga oshkor,
Ishq o`tin nechaki ko`nglumda nihoniy asradim.

Har zamon ko`nglum halok o`lsa ne g`am, chun jon aro,
Lablari shavqidin obi zindagoniy asradim.

Zoyil ermas ishq bir soat ko`nguldin, voykim,
Ani jonimg`a baloyi jovidoniy asradim.

Bo`lsa mehmonim iti, ko`nglumni qilsa tu`ma ham
Ayb emas nevchunki, mundoq kunga ani asradim.

Naqdi jonimni berib may kelturung, ey do`stlar
Kim, ani ichmak uchun bir do`stgoni asradim.

Xonumonim gar qora bo`ldi, Navoiy, ne ajab,
Men chu bir tun ul ko`zi, qoshi qorani asradim.

436

Chun o`larmen bir nafas ul dilraboni ko`rmasam,
Ne hayot imkoni bo`lg`ay bir kun ani ko`rmasam.

Ko`nglum ichra topilur g`am novakidin yuz nishon.
 O`qidin har kun tanimda yuz nishoni ko`rmasam.

Ko`ngul itti, ko`zni dog`i istaram ashk etsa ko`r
Kim, tilarmen hargiz ul yuzi qoroni ko`rmasam.

Sog`inurmen  kufri zulfi  mojarosidin  base,
Gar dame ul sho`xi kofir mojaroni ko`rmasam.

Kim vafo gul chehralardin ko`rdikim, men ko`rgamen,
Bo`lmas ushbu ayb ila ul dilraboni ko`rmasam.

Har biri yuz minnat aylarlar, erur bu ham jafo,
Olam ahlidin ne kunkim, yuz jafoni ko`rmasam.

Ey Navoiy, ne balodurkim, o`larmen qayg`udin,
Gar dame ollimda ul sho`x baloni ko`rmasam.

437

La`licha emas og`zi qilur vaqt takallum,
Go`yoki qiliptur bu xijolatdin o`zin gum.

Hayvon suyining g`ulg`uliyu rashhasi yanglig`,
La`lingg`a gahi qah-qahadur, goh tabassum.

Ishq ichra nechukkim menga yo`q sabru tahammul,
Husn ahlida yo`q sen kebi bemehru tarahhum.

Qaytarma, inon zulm etib, ey sho`xki, qo`ymish
Yo`lung aro tufrog` uza yuz ahli tazallum.

Maydonda birovni, dedi, o`lturgum urub tig`,
Etkuncha mening boshima o`lturdi tavahhum.

Chun boda yiqor davrda ne sofu ne durdiy,
Chun davr o`tar xoh alamu xoh tana`um.

Bulbullar olur nolani ta`lim, agar etsa
Bog` ichra Navoiy o`z-o`zi birla tarannum.

NUN HARFINING  NOZANINLARINING NOZI «NAVODIR»DIN

438

Ey ko`ngul, aylama dahr eski rabotin maskan
Kim, rabot o`lmadi hargiz safar ahlig`a vatan.

Navsafarsen senu maqsad yiroqu markab — lang,
Yo`l maxuf, aylama zinhor ora yerda maskan.

Yo`l bilur qofiladin tushmagil ayrukim, bor
Bu biyobon aro ham g`ul ko`pu ham rahzan.

Yo`l erur jodai shar` dog`i to`shau su,
Sanga oyini ubudiyat, anga farzu sunan.

Yo`l bilur qofila ul nav`ki dilbar vaslin,
Tilabon qildi bori o`ziga yo`l qat`ini fan.

Ey xush, ul rohravi garmki, bu yo`l qat`in,
Barqi hotifdek etar dahrni aylab ravshan.

Ishq vodiysi ajab vodiy erurkim, har mo`r
Anda sherafkanu har pashsha erur pilafkan.

Soqiyo, o`zluk ila mushkil erur qat`i aning,
Dermen o`zdin borayin jomima quy durdiydan.

Uyla o`tkim, kishi ichkach boshidin chiqqay dud,
Kuygay andin xiradu donishu bal jon bila tan.

G`ayr naqshidin etib lavhi zamirin sofiy,
Yor qolg`ay dog`i ul balki biri sirru alan.

Ey Navoiy, tilasang faqr yo`lining qat`i,
Urma ul sari qadam foniyi mahz o`lmas ekan.

439

Onchakim Shirinu Laylidin sening husnung fuzun,
Menda ham Farhodu Majnundin fuzun ishqu junun.

G`am emas chun xoki rohidin toparmen jon isi,
Garchi muhlik g`am yuki qaddimni aylabtur nigun.

Zulfung ollida fusungar ko`zlaring har go`shadin,
Go`yi ul mushkin yilon qaydig`a aylarlar fusun.

Yog`durub novak buzug` ko`nglum imorat aylading,
Go`yiyo pilpo`sh etib qo`ydung anga har yon sutun.

Lablaring hajrinda giryon ko`zlarimning qonlari,
Qatrae gar tomsa bir daryoni aylar la`lgun.

Husn ayyomida xush tut zarralarni, ey quyosh
Kim, bu kunlarni bag`oyat qisqa aylar charxi dun.

Boshim uzra furqating toshini ko`rsang bilgasen,
Nuqta zohir aylamish go`yo Navoiy uzra nun.

440

Benavomen ayru xayli hamdamu hamrozdin,
Za`flig` ul tor yanglig`kim, uzulgay sozdin.

Qoldimu noz uyqusinda tunu kun kofir ko`zung,
Yo ochilmas notavonlar sari ayni nozdin.

So`z demay jon baxsh la`lingkim o`lukni tirguzur,
Ko`rsa Ruhullah ani dam urmag`ay e`jozdin.

Hech jonib ko`yidin ko`nglum qila olmas havo,
O`yla qush yanglig`ki qolmish bo`lg`ay ul parvozdin.

Novak andoz o`lg`ali kofir ko`zung, ey qoshi yo,
Kimsaga  jon  qolmag`ay fahm  ayladim  andozdin.

To sirishkim qildi sirrim fosh ko`zdin solmisham,
Ehtiroz, ey do`stlar, vojibdurur g`ammozdin.

Charx o`rtangay quyosh o`tig`a ko`rganni desam,
Ul quyosh bedodiyu charxi jafoparvozdin.

Qo`rqutub elni tamug`, lekin meni qismi azal,
Elga vahm anjomdin, ammo manga og`ozdin.

Dahr  aro ne ko`pka chun topqung baqoni ozg`a,
Ey Navoiy, ozu ko`p so`z dema ko`pu ozdin.

441

Ulcha ko`nglum ko`rdi, ojizmen ani izhordin,
Ul quyosh raftoridin yo charxi kajraftordin.

Sarsari  hijron  esar,  vahkim,  soching savdosida,
Notavon ko`nglum osilg`ondek durur bir tordin.

To`kti zaxmimdin bag`ir qonini hijron nolishi,
Uylakim siqmoq bila el su oqizg`ay nordin.

Rost ul yanglig`ki so`rgan yerdin urg`ay sabza bosh,
Chiqti paykoning uchi har yon tani afgordin.

Menda biymi hajr, derlar naylali chorang degil,
Xalq so`rg`ondek vasiyat naql etar bemordin.

Kofiri maste yo`lum urmishki, dayr o`lmish yerim,
Dayr, aro ham balki chiqmon kulbai hammordin.

Chun men o`ldum kofiri ishq, ey musulmonlar, dengiz
Kim, ne choram bo`lg`ay emdi but bila zunnordin?

Shayx imonin mening kufrum bila teng tutmasun
Kim, yaqindur kufrdin ham kechkamen bu ordin.

Ey Navoiy, bilki bo`lmas chehrai maqsudni
Pardadin ko`rmak, xususan pardai pindordin.

442

Garchi to`kti qon ko`zum sensiz hamon ko`nglum hamon,
Ne ko`nguldin bir zamon chiqting, ne ko`zdin bir zamon.

Chun tanimni hajr o`ti kuydurdi, oh ursam ne tong,
Dud qilmai naylagay ahgar uza tushkan somon.

Hajr o`tining dudi ko`z ochmoqqa qo`ymas, ohkim,
Ko`z yumub ochquncha hijron zulmidin topmon omon.

Dahr aro yaxshi-yomon ichra base qildim nazar,
Dilbarimdin yaxshi yo`q, andoqki yo`q mendin yomon.

Vahshatim dasht uzra zohirdur junundin onchakim,
Vahshkim Majnung`a rom erdi, erur mendin ramon.

Soqiyo, hijrondin o`ldum, aylagil bexud meni.
Quy to`lakim, boda yoxud zahr ekanni tolg`amon.

EY Navoiy, bir zamon gar vasl topsang aysh qil
Kim, zamong`a mumkin ermas hech kim bo`lmoq zimon.

443

La`li shavqindaki bog`landi ko`zum ustida qon,
Angadur suqbai pinhon, mungadur dog`i nihon.

Za`fim andoqki buzuq ichra hanuz o`lmay  mo`r,
Uyiga sudrabu yo`q menda qutilmoq imkon.

Ne ajab ko`nglum uyin buzsa sirishkim yugurub,
G`unchaning gunbazini yoshlar etarlar vayron.

G`ussadin changdek ar nola qilurmen ne ajab,
Egri qadim aro har go`sha erur bir paykon.

Yo`q ajab, yetmasa faryodimakim, ko`yi aro,
Yuz fig`on ichra netib anga yetishkay bu fig`on.

Otashin gul bila bulbul day o`lub ketsa netong,
Buyla ko`p o`t bila kul yod bilur bu bo`ston.

Gar Navoiy dedi hajr o`tida ishqing gilasin,
Aylama aybki, der, muxriq isitqon hazayon.

444

Qomatingdek bog`i husn ichra yo`q sarvi ravon,
Orazingdek xud qoni sarf uzra arg`uvon.

Siymi soid ko`rguzub ko`nglum oldi ul quyosh,
Kuchluk aning panjasiyu men bag`oyat notavon.

G`am yukidin men kebi qaddi xam bo`lmoq ne tong,
Har qorikim dilbari bo`lg`ay aning navjavon.

To qaroqchi ko`zlaring din yo`lini urdilar,
Zuhdu taqvo mulkidin kelmadi bir korvon.

Naqdi jon istab meni qiynasa kofir ko`zung,
Netkamen bermaykim ul turk mastedur avon.

Dahr elidin zinhorkim vafo qilmon tama`
Kim, tama`din kimsaga yuzlanur doim havon.

Ey Navoiy, go`yiyo kelgusidur yorkim,
O`trusig`a ko`z yoshing turmayin bo`ldi ravon.

445

Ko`yi tufrog`ig`a dafn aylang tanim qilmay kafan,
Tokim ul tufrog` birla topsun omizish bu tan.

Choklik ko`nglum aro xatting xayoli ne ajab,
Mo`r xayli yer shikofida qilur ko`prak vatan.

Yuzu zulfi  hajridin gul o`tduru sunbul tutun,
Aytqil, ey bog`bon, ne nav` gasht aylay chaman?

Kofiri ishq o`ldi deb shar` aylasa qatlimg`a hukm,
Dayr dargohida zunnorimni-o`q aylang rasan.

Ishq jurmig`a agar do`zax nasibimdur ne tong,
Hajr o`tig`a kuymak o`lmish chun manga olamda fan.

Xonaqahda taqvi ibriqig`a may soldim nihon,
Ayladim baytul-nashot, uykim edi baytul-hazan.

Ey  Navoiy, may xumig`a sol  meni mayxonada,
To farog`at birla ul xplvatda tortay durddan.

446

Qurug` jismim o`tundekdur balo dashtida qaqshalg`an,
Anga o`tkanda hijron korvoni ahli o`t solg`an.

Emas g`am shomi bu yanglig` qorong`u, bilki subhi g`am
Kulumdur, balki hijron tundbodi birla qo`zg`alg`an.


Ko`ngul birla qaroru sabru hushu aqlim olmishsen,
Chu yetting, jonni taslim aylayinkim budurur qolg`an.

Balo daryosi ermastur jahonni buzg`udek mavji,
Erur ashkim suyi ohim yeli eskanda chayqalg`an.

Firoqing ranjidin bo`lg`ach xalos o`lsam  ajab ermas,
Og`ir uyqug`a borg`ondek qatiq emgakda tavsholg`an.

Ayirma bir-biridin jon bila ko`nglumni rahm aylab,
Berurmen jonni ham olg`il, chu sendursen ko`ngul olg`an.


Fano dayrida gar din naqdi barbod o`ldi, topqum yo`q
Ki, jam` o`lmaydurur hargiz xarobot ichra soyg`olg`an.

Qil o`zluk dashtini tay istasang maqsadda osoyish,
Ne tong tinsa haram ichra biyobon qat`ida tolg`an.

Karomotin dedi shayxu Navoiy tarki ishq etti,
Aning dog`i so`zi ko`p chin emas, gar men dedim yolg`an.

447

Qilmag`ay gardun quyoshqa mujtami` har kavkabin,
Ko`rsa ul oy orazi davrida tavqi g`abg`abin.

Labg`a maydin rangu mayga la`ldin jonbaxshliq,
Bermasa gulrang maydin ne uchun olmas labin.

Uyla maydon ichra kirmish tund ul chobuksuvor
Kim, degaysen charx uza sekretkusidur ashhabin.

Ishqkim yozdi hurufi dard ko`ksum lavhida,
Oshkor etti balo atfoli lavhi maktabin.

Kechalar ul but labolab may ichar g`avg`o bila
Gar eshitmas ne ajab dard ahli yo rab-yo rabin.

Ne tafovut shurb qilsa durd yoxud sofni,
Durdkashkim ishq aro sofi qilibtur  mashrabin.

Boribon jonon  vafosinda  Navoiy bo`ldi gard,
Ruh ayrilg`on zamon tufroq qildi qolabin.

448

Donai xoling terarga qo`yma ko`nglum bulbulin —
Kim tilarkim o`psa bu tazvir ila husnung gulin.

G`ofil ul sayyodkim, ko`nglum qushin sayd aylamish,
Orazu xol uzra yoymish halqa-halqa kokulin.

Demasa sunbul qorarib, gul qizarsun ne uchun,
Tarqatur jannat guli uzra muanbar sunbulin.

Necha kuysam yorur ul yuz, go`yiyokim qildi ishq
Sham`i mir`oti uchun parvona jismining kulin.

Yo`q ajab men qon yutub el ichsa sog`arkim, alar
Mul tilarlar la`lidek bazm ichra men la`ling mulin.

Demakim, dayr ichra ne oshub edi sharhin degil,
Rindlar g`avg`osin aytay yo surohiy g`ulg`ulin.

Umr o`tub, bir dam Navoiy topsa vaslingni ne tong,
Yilda bir oy vasl ila gul xushdil aylar bulbulin.


449

Gul emaskim qon etib aflok baxtim axtarin,
Qildi tig`i zulm ila yuz pora aning paykarin.

Bulbul ermas, chiqti ko`ksum chokidin ko`nglum qushi
Hajr o`qi paykonlari birla yasab bolu parin.

Sabzadin el ravshan aylab ko`zu lekin men ko`rub,
Ko`zda hijron xayli zahrolud qilg`on nishtarin.

Ul sochib sariq, qizil gul yafrog`in bo`ston aro,
Oh ila men yorutub hijron sharoru axgarin.

Ne bahor o`lg`ayki, el gulgun qadahdin mastu men
Bir to`la nargis kebi ko`rmay nishotin sog`arin.

Husnung avroqig`a, ey gulshan, quvonma asrukim,
To xabar topqung sovurmish tong yeli gul daftarin.

Ey Navoiy, maydin osoyish erur bu vajh ila
Kim, baho bermak kerak sen aqlu donish gavharin.

450

Ko`zumga hajrda birdek qorong`udur tunu kun,
Manga firoq tuni xoh qisqa, xoh uzun.

Netib ko`ngulda xayolingni yoshurayki, emas
Bu uyni har sorikim aylasam nazora butun.

Unungni bir eshitibmen valek yillardur
Ki, yo`q dameki qulog`img`a kelmagay ul un.

Tamom yuz ochibon furqatimni vasl etting,
Kecha tong otqucha ravshan bo`lur oy o`lsa to`lun.

Yaralarimda  momug`lar emaski, hajr ilgi,
Bu vaslalar bila tan xirqasig`a tikti yurun.

Bu arsada qayu mansuba daf`ini qilayin,
Solur sipehri muloyib chu har dam o`zga o`yun.

Navoiy o`ldi firoqingda ul sifat rasvo
Ki, qayda tursa ulus jam` o`lur nazora uchun.

451

La`li oq uy ug`lari qonlig` mujam bo`lmish yaqin,
Anda mardumluq qilib kir, ey mahi xirgahnishin.

Xirmani husnungda zulfung sunbuli yonida xol,
Mehr tobidin qororg`on lo`liedur xo`shachin.

Chun nigin ichra hamisha xat yozilmoq rasm erur,
Sabzada g`unchang kebi xat ichra kim ko`rmish nigin.

La`lig`a ruhum uchar, lekin o`larmen rashkdin
Kim, aning sari sanga ruhul-amin ermas amin.

Zulfining har chinida yuz fitnadur din ahlig`a,
Arg`adol ichra qaroqchi aylagan yanglig` kamin.

Faqr aro andoq daqoyiqdurki, ishq anglar ani
Kim, aning darkida a`mo keldi aqli xurdabin.

Ey Navoiy, baytul-ahzon keldi, har baytimki bor,
Nazm etarda ham o`zum mahzunu ham nolam hazin.

452

O`yuy olsam eshiking tufrog`ini yostanibon,
Saltanat taxtig`a chiqmoq tilamon uyg`onibon.

It kebi har necha qavsang urubon toshu kesak,
Yona kelgum eshiking tufrog`ini yostanibon,

Vaslinga xo`y berib qovma eshikdin menikim,
Ko`ngul uzmaklik ishi sa`bdurur o`rganibon.

Nomai hajrim anga yetmadikim, eltur qush
Yiqilur yerga havodin qanoti churkanibon.

Vasl ila uyla sabukborki, hajring yukini,
Tortmishmen meni dilxasta base emganibon.

Har ne haq amridurur shukr ila qilkim, qilmoq
Bandadin yaxshi emas xo`ja ishi ko`ngranibon.

Tong qushi tortar esa kecha tong otqucha navo,
Ey Navoiy, qilur ul ishni sanga o`tkanibon.

453

Xatingkim mehr uza chekti savodin,
Hamono mushkdin qilmish midodin.

Sochingda chun girihdin o`zga yo`qtur,
Ne nav` andin tilay ko`nglum kushodin.

Ajaldin yo`q malolim mundin o`zga
Ki, qobil qo`ymag`ay qilmoqqa yodin.

Bo`lur ko`nglum uyidin xayr barbod,
Qachonkim fikr qilsam xayrbodin.

Murodi gar emas dilbar murodi,
Ilohiy bermagil oshiq murodin.

Salohin gar ko`rar zuhd ichra zohid,
Riyovu ujbdinko`rmas fasodin.

Navoiy topmasa yuz qatla o`lgay.
Ising bir qatla har soat sabodin.

454

Qildi ayshim subhini ul sho`x la`bi tiyra tun,
Tifl o`ynab o`t o`churgondin so`ng o`lg`ondek tutun.

Boshin  aylandurg`ay elning qilsalar nazzorasi,
Qo`psa men sargashtaning tufrog`idin nogah quyun.

Zulf aro soldi girih uzra girih o`lmay netay
Kim, hayotin torig`a tushti tugun uzra tugun.

Hajr jismimda so`ngaklarni ushotib kuydurur,
Ya`ni o`t botroq yonar, ko`prak ushotilsa o`tun.

Naxli qadding kiydi sarig` hulla andin so`ng yashil,
Norbundekkim xazon qilg`ay ko`karmastin burun.


Soqiyo, tongla xumor o`lturmog`i imkoni bor,
Ruh topmoq rohdin bore g`animatdur bukun.

Dema ko`nglung mazra`ida ishq tuxmin ek nihon,
Emdikim xirmang`a o`t tushti qolurmu yoshurun.

Har  yurunda  bir diram tikmish muraqqa` ahli zuhd,
Har tugun uzra mening xirqamda tushmish bir yurun.

Ey Navoiy, zulfining ta`rnfig`a tushtung magar
Kim, so`zungnung tori ham bo`ldi parishon, ham uzun.

455

Tamug` o`tig`a unab, hajring o`tig`a unaman,
Boshim borurg`a chidarmen, firoqinga chidaman.

Balo boshimg`a base keldi, qo`ymadim ishqing,
Kes emdi ani, yo`q ersa bular bilan kesaman.

Ayog`nnga buki qilmon nisor jon naqdin,
Haqoratidin uyolurmen, ey begim, ayaman.

Bu vahmdinki, bo`lur zaxm bas latofatdin,
Xayol birla dog`i lablaringg`a tish qadaman.

Ko`rub zaif meni tuhmat etma javrunggakim,
Yodotti hajr meni yo`qsa javrdin yodaman.

Tugandim uyla firoqingdakim chekarga firoq,
Demonki vasl nishotin ko`rarga ham yaraman.

Labing javobidakim, va`da qildi mongsizmen,
Yo`q ersa umri abad mujdasida oldaraman.

Meni kishi demasa el malul nevchun o`lay,
Kishi hisobida men ham o`zumni chun sanaman.

Navoiyo, sanga ko`rmon ravo aning vaslin
Kim, asru yaxshidur ul dilrabo, san asru yoman.

456

Ne tong bo`lsam siyahro`z ul quyoshdin ayru, ey gardun
Ki, hajrim shomi qish aqshomlaridek bo`ldi ro`zafzun.

Sirishkim  qonidin  har  sabzakim  butmish, qizil butmish,
Ulus boshig`a par sanchar masallikkim bo`lur gulgun.

Gadolar zarq uchun bir telba mahbus aylagan yanglig`.
Meni olib yururlar Vomiqu Farhod ila Majnun.

Qizil to`n birla yotmish mastu bir misra` masallikdur
Ki, yozmishlar durur shingarf ila ul qomati mavzun.

Yilon afsun qilurdin band o`lur zulfung, ne voqi`dur
Ki, qilmish yuz ko`ngulni band zohir aylamay afsun.

Yangi oyni qoshing go`yo qulum debtur hilol otliq,
Qadi ta`zim uchun hamdur, bo`lub bu nuktadin mamnun.

Qizil kog`az aro ruq`amki sorig` rishta chirmabmen,
Ne ochmoqdur sirishku za`f sharxi anglag`il mazmun.

Riyoiy shayxdurkim shaytanatdin tavqi la`natdek,
Solur o`z bo`ynig`a tasbihni har lahza ul mal`un.

Zakoti husn uchun, ey mug`bacha, lutf ayla bir sog`ar
Ki, dunyo birla dinim yo`qlug`idin bo`lmisham mahzun.

Fano sholi chubo`lg`on rishtasin tutqil g`animatkim,
Erur o`t rishtai zar birla butkan atlasu o`ksun.

Navoiy xirqasin ta`n etma, ey rindi xarobotiy
Ki,  maxmur o`lsa, uldur vajh mayg`a qilg`oli marhun.

457

Gar o`lsam zarra-zarra ul quyosh tig`i jafosidin,
Tajovuz  qilmag`aymen  zarrae aning vafosidin.

Xadanging toki qonlig` ko`z qorasi ichra yer tutti,
Erur miliki chiqmish lolaning dog`i arosidin.

Yorur xoling xayolidin oqarg`an ko`zlarim go`yo,
Qo`yubtur kilki sun` ul nuqtani ko`zlar qorasidin.

Teshilgay teshadek Farhodning bag`ri, anga yetsa,
Unikim chirmanur tog` ichra afg`onim sadosidin.

Baloedur qora zulfung yoyilg`on dahr aro andoq
Ki, yer ostida el ozod emas aning balosidin.

Qazo oncha quyosh keltursakim, to`lsa falak javfi,
Emas yuzdin biri Yusuf uzorimning bahosidin.

Tanimg`a tiyriboroningni shikoyat aylamon yuz deb,
Nasibim muncha-o`q erkandur aning qoshi yosidin.

Agar tig` ursa ul qotil, bo`yunsunmay netay oxir,
Ne yanglig` kimsa bo`ynin to`lg`ag`ay haqning qazosidin.

Safolim ichra bo`lsa durd, olamni bag`ishlarmen,
Salotin o`rganing shavkat fano dayri gadosidin.

Navony benavoliq birla jon bersa ajab ermas
Kim, ul oromijon ogoh emas bu benavosidin.

Gar ul ogoh emas bo`lsa kerak ogoh shohekim,
Quyosh keldi bir oltun xisht dargohi asosidin.

458

Vahki, vahshu tayr uyumaslar g`amim bedodidin,
Kecha it afg`onidin bnl, subh qush faryodidin.

Chiqsa to`bidin quyosh ko`rguzmagay  bu lutfkim,
Angladim yuz jilva qilg`an qomating shamshodidin.

Garchi har damkim sog`insam. shavqidin jonim chiqar,
Istamon jonimni g`ofil bir dam aning yodidin.


G`am sahobidin yog`ar Majnung`a mehnat yomg`uri,
Dudi ohi chiqti go`yo xotiri noshodidin.

Deb eding, hajrimdin o`lsang tirguzay bir tig` ila,
Orzu o`lturdi, vah, o`tkarmagil miodidin.

Rostliq ozodalar oyinidur fahm aylagil,
Bu chamanning sarvi birla savsani ozodidin.

Shayx agar masjidqa, men mayxonag`a borsam ne tong,
Ey Navoiy, har kishiga chora yo`q mu`todidin.

459

O`tda qil yanglig` tanimni hajr o`tining tobidin,
Bilmasang fahm et gul uzra sunbulung qullobidin.

Qalb erur ko`nglumga  bog`labtur soching zunnorini,
Turfa bukim bir nafas qochmas qoshing mehrobidin.

Xasta ko`nglum gar labing unnobini istar ne tong,
Nega  ayrilg`an jihatsiz xasta o`z unnobidin.

Orazingning mushafi tafsiri bas dushvor edi,
Ravshan o`ldi xolu xatting nuqtavu e`robidin.

Sokin o`ldum dayr aro, to boda ichkan mug`bacha
Jonima o`t soldi otashnok la`li nobidin.

Shomi  hijronim visol  ahlig`a  behad qisqadur,
Ani so`rdiklar Navoiy didai bexobidin.

460

Ko`ngullardin ko`rub zulfung aro o`tluq asar har yon,
Tunu anjum dema bilgil tutun ichra sharar har yon.

G`araz uldurki, ishqingdin g`alatqa solg`amen elni,
Bukim istab sumanbarlarni solurmen nazar har yon.

Pari  ruxsoralar toshi  meni devona davrinda,
Sochilg`ondek durur naxli malomatdin samar har yon.

Dema  ko`yidin el ketsunki band etmish chibin yanglig`.
Ulusni so`zda la`ling no`shidin oqqon shakar har yon.


Ulus qonini tufroqqa to`karni so`rma, ko`z solkim,
Ular qon birla tufrog` ichra bir xunin jigar har yon.

Buzuq qabrimni ko`rgan o`qchi do`konig`a o`xshatqay,
Firoqing o`qidin anda ko`rub paykonu par har yon.

Ul oy husnig`a ishqingni yoshurg`il dema, ey nosix
Ki, tutmish olam ahli ichra shuhrat bu xabar har yon.

Mayu ma`shuq uchun po`yamg`a kulmang, ey saloh ahli,
Yugurmay netkamen, cheksa qazo birla qadar har yon.

Seni istarda mumkin yo`q, Navoiy, multafit bo`lmoq.
Nechakim jilva qilsa noz ila bir siymbar har yon.


461

Vah, ne xushtur shahsuvorim kelsa maydon soridin.
Kirpikim  birla  oritsam  gardni  ruxsoridin.


Uylakim yetmish falak toqig`a qo`ysam toq uza,
Dudi ohimdek qora parni olib dastoridin.

Yoshibon zarrin kamar nozuk belin qilsam xalos,
Tortibon gulgun qabo sarvi sahi raftoridin.

Har ayog`idin o`tuk tortib, aritsam yuz bila,
Ter gulobin ul xino yoqqan kafi gulnoridin.

Necha sog`ar birla sarxush bo`lsa, lekin jur`ae,
Lutf etib ham hush zoyil aylasa bu zoridin.

Mast o`lub el yotsayu men yuz ayog`ig`a qo`yub,
O`zni qutqarsam zamone Xizr umri oridin.

Dahri foniy, ey Navoiy, tushturur yoxud xayol,
Davlati boqiy umiding bo`lsa kechgil boridin.

462

Mohiyon havzida yoru hajrida men qayg`udin,
Muztaribdurmen yiroq tushkan kebi baliq sudin.

Ko`z yo`lida telmurub ko`nglum sog`inur, kim meni,
Istamoqqa kelgusi har kimki chiqsa o`trudin.

Gar jahonoro emastur jannatu kavsar bu havz,
Bas ushoq toshi nedindur la`l birla injudin.

Turfa  balig`lar su ichra  har taraf chirmashqani,
Mavj  zohir  bo`ldi   po`lod uzra  go`yo  ko`zgudin.

Orig`ida su uni  kulmak sadosidur,  magar
Kim, su o`zidin borur aylab farah ul kulgudin.

Suyi zahru balig`i chun xanjar o`ldi dahrning.
Ne hayot ummidi bu xanjar bila ul og`udin.

Chun Navoiy qildi ko`zdin havzu kirpikdin balig`,
Ko`z tutar ul yon kelib qutqorsang ani qayg`udin.

463

Yo`qturur bir damki o`lmon furqating bedodidin,
Oh agar jon topmasam har lahza vasling yodidin.

Sarv titrab yerga qo`ydi yuzni savsan, go`yiyo,
Bir nasim esdi chaman sari qading shamshodidin.

Ey ko`ngul, ul g`amza ollinda hazin nolang ne sud,
Qush qutilmas dardlig` afg`on chekib sayyodidin.

Qatlni ul ko`z ajaldin o`rganib erdi, valek,
Yuz marotib emdi o`tkarmish ishin ustodidin.

Qayg`uliq bo`lsang to`la ichkil qadahnikim bu sayl,
Dardu g`am qasrin yiqar ichkach ani bunyodidin.

Topmag`ung bu bog` aro yakrang birla yakzabon,
Ne guli ra`nosidin, ne savsani ozodidin.

Gar Navoiy ko`rguzur o`zni takalluf birla shod,
Betakalluf jong`a yetmish xotiri noshodidin.

464

Ul sababdin tiyradur ko`nglum uyi hijronidin
Kim, emas tobon ko`zum sham`i aning tobonidin.

Boshig`a desamki evrulub o`pay tobonini,
Voykim, har dam ayog` tortar bu sargardonidin.

Chun tikondin ayru ermas doyimo gul yafrog`i,
Ne uchun olur kafi poyin ko`zum mujgonidin.

Kirpigimdin zaxm o`lub go`yoki yoqibdur xino,
Yo qizoribtur kafi poyi sirishkim qonidin.

Qilmamish tirnog`larin ranginki paydodur asar,
Ko`z qorasi har biriga sajdalar qilg`onidin.

Chehrai maqsud ko`rdi ulki qildi to`tiyo,
Garmrav sohib nazarlar sohati  maydonidin.

Kelmasa ravshan zulol, albatta, bo`lur chashma ko`r,
Bas ayoq chekma Navoiy didai giryonidin.

465

Aqlu, jonu, ko`nglum ul oy furqati ozoridin,
Bori bir-birdin malul o`lmishlaru men boridin.

Shomi hajrim toru bepoyonlig`in anglay desang,
Fahm o`lur yaldo tuni yanglig` soching har toridin.

Bordur andoqkim buzug` ko`nglumda har yon qonu dog`.
Lolalarkim, chiqti vayron maskanim devoridin.


Ul pari ko`nglum qushi qonin oqizg`an fahm o`lur,
Ochsalar bo`ynumdag`i daf`i junun tumoridin.

G`unchai vaslim ochar sham`i firoqim tindurur,
Har nasimekim kelur gulrux bahorim saridin.

Dahr bog`i lola birla sabzasidin kechki, yo`q —
G`ayri qonu zahr bu shingarf ila zangoridin.

Ey Navoiy, nuqtai aysh istasang mayxonada,
Bosh ko`tarma may tag`ori davrai pargoridin.

466

Menki har soat chekarmen yuz jafo ag`yordin,
Ne ajab gar yuz balo har lahza ko`rsam yordin.

Kimki yor istar, ne tong ag`yordin ko`rmak sitam,
Gulbun ichra gul terar el neshlar yer xordin.

Kimki yuz ming zorlig`lar tortibon topmish visol,
Tufrog` o`p ollida men hijronda o`lgan zordin.

Oshiqi sodiq vafo birla jafoni tolg`amas,
Xush kelur ko`ngliga har nekim kelur dildordin.

Charx davrin uyla pargor urdi me`mori qazo
Kim, qadam chiqmoq emas mumkin xati pargordin.

Gar desang maxmurliq dardisaridin o`lmayin,
To tiriksen bosh chiqarma kulbai xammordin.

Ey Navoiy, gar tilarsen yor vaslin topqasen,
Kech iki olamdinu qo`l tort yo`qu bordin.

467

Mehr emas mash`al yorutqon qal`ai aflokdin
Kim, falakka soldi o`t ruxsori otashnokdin.

Ishqdin kuydi tanimda har churuk bo`lg`on so`ngak,
Kim ko`rubtur mundoq avj olmoq choqin xoshokdin.

Bas munosibdur tikar holatda ko`ksum chokini,
Ip suvurmoq ko`nglakim jaybig`a qilg`an chokdin.

Sargaronmen ishqdin chopsang boshimni bog`la berk
Kim, choparda raxsh uzulub qolmag`ay fitrokdin.

Gar g`azab vaqti qo`lig`a tushtumu tig`i yalang,
Bok emas olmang meni ul qotili bebokdin.

Mast agar mayxonada o`ldum meni, ey do`stlar,
May bila yub bog`langiz na`shim belini tokdin.

Dema poko-pok kech mendin, Navoiy, negakim
Poklikdin bo`lmag`ay kechmak seningdek pokdin.

468

Bir  parivashkim ko`ngul devonadur savdosidin,
Gar erur bandangki ozod o`lmang istig`nosidin.

Oshiq o`lsa shohu ma`shuqi gado, bilkim chekar,
Ishq g`avg`osi ani xaylu sipah g`avg`osidin.

Oshiq o`lg`on ajdaho bo`lsa zabun o`lmoq kerak,
Javr tortib ishq ko`yi mo`rining izosidin.

Ne havoedur havoi ishqkim har pashshasi,
Tu`ma aylar aqlu taqvo Qofining anqosidin.

Ishq aro shohu gado tengdur, gado balkim fuzun,
Gar gadolig` aylar o`lsa ishqning yag`mosidin.

Kimkn ra`noliq bila oshiq bo`lub istar visol,
Tortingiz otig`a xat ishq ahlining asnosidin.

Ishq atvori Navoiyga musallamdur, kim ul,
Yuz balo chekti dog`i o`ldi aning ixfosidin.

469

Men kimmenu qilmoq havas ul sho`x libosin,
It bilsa kerak mug`tanam idbor palosin.

Gul jilva qilib bazm aro bulbul ichi qondur,
O`z holing ila qilma ko`ngul holi qiyosin.

Majnunvashim ilgida qadah, jabhasida xay,
Bu aql uyin buzdiyu ul zuhd asosin.

La`ling g`ami ko`nglumni daler etti kuyarga,
May ayladi zoyil ichidin shu`la hirosin.

G`am mazra`ida ko`nglumu ul qosh xayoli,
Dehqonki mudom asrag`ay o`zi bila dosin.

O`z boshing ila qo`yma qadam faqr yo`lig`a,
Topmag`ucha bu marhalaning rohshunosin.

Shohidni qo`yib, istama zohidni, Navoiy
Kim, bu saridur husn xat, ul sori mahosin.

470

Tirik qolsam gar o`zni bazmi vasling ichra solg`aymen,
Firoqing shiddatin de olmasam xud nig`lay olg`aymen.


Qabo bir qatla vasli xilvatida meni, ey gardun,
Necha hijroni zindonida ul oyning qabalg`aymen.

Junun toshi boshingg`a yog`di deb ta`n etma, ey nosih,
Tasavvur qilmakim, bu sarzanishlardin uyolg`aymen.


Nigoring gar borur, bot kelgusidur, yema g`am dersiz,
Hamono sog`inursizkim, men ul kelguncha qolg`aymen.

Meni davron buzubtur, siz yasay olmassiz, ey ahbob,
Menga ne jurm azalda chun buzuq mundoq yasalg`aymen.

Agar ahbob te`dodin qilursiz bo`lmog`um sonda,
Manga bas bu sharafkim, itlari ichra sanalg`aymen.

Sabuhi vasl aro tut bir qadah, ey soqiyi davron,
Necha hijron tuni maxmurliq birla qinolg`aymen.

Ularmen yo yetarmen maqsadimg`a yonmoq imkon yo`q,
Badan za`fi bila yo`l shiddatidin garchi tolg`aymen.

Ko`ngul uzdum, Navoiy, ko`yi tavfidin ne tong, emdi,
Erishsa itlari ul ko`y aro ko`nglumni solg`aymen.

471

Yor ila ag`yor ozoridin andoq zormen
Kim, tani zorim kebi boshtin ayoq ozormen.

Yor  zulmi tig`idin  ko`nglum  kebi  majruhmen,
El jafosi toshidin bag`rim kebi afgormen.       

Yor holim anglamoq ummididin navmidmen,
Xalqning yuz mehnatu paykoridin nokormen.

G`am yemak bo`lmish ishim, yo`qtur vale g`am yer kishim,
Turfa ishkim, garchi beg`amxormen g`amxormen.

Jon taloshurmen ne dardim bilgurur, ne sihhatim,
Ne o`lukmen, ne tirik, ne sog`, ne bemormen.

Gar boshim olib jahondin chiqsam ermastur ajab
Kim, malul ahli jahondin ulcha dersan bormen.

Ey Navoiy, umr agar budur ajal rahm aylabon,
Kelsa jonim olg`ali jon birla minnatdormen.

472

Tufrog`imdin ahli ishq etsa tanure shodmen
Kim, ichimda ishq o`ti yonmoq bila mu`todmen.

Odamilig`din meni shod istamang, ey do`stlar
Kim,  meni majnun pari hijronidin noshodmen.

Ishq aro qozdim balo tog`ini tirnog`im bila,
Uyla sog`inmangki Shirin oshiqi Farhodmen.

Shomi hajr ul ko`y aro, ey sarsari hajr, esmakim,
Uyla tufrog`menki subh anfosidin barbodmen.

Zulmu bedodingdin elga ohu afg`on solma ko`p,
Zulm agar sen aylagung men qobili bedodmen.

Gar berib qulluqqa xat bir sog`ar ichtim dayr aro,
Qilmangiz aybimki olam fikridin ozodmen.

Ey Navoiy, ishq aro gardung`a sunmasmen bo`yin,
Lekin ul xurshid agar tig` ursa ham munqodmen.

473

Tushta la`lin ko`rdum uyg`onmay debon qayg`udamen,
Urma dam, ey subhkim, bir dam chuchuk uyqudamen.

Ko`zguda to ko`rdum ani qilmag`il aksim gumon
Kim, kirib qilmoqqa vaslin justujo` ko`zgudamen.

Nogah ul qotil nishon aylab bir o`q otqoymu deb,
Ko`yida yillar so`ngakdek jism ila o`trudamen.

Ishq bahrining nahangi desa bo`lg`ay negakim,
Ashk daryosin chekib gardung`a men ul sudamen.

Holima kulmakka har zaxmim bir ochilg`an og`iz,
Turfakim men ham alar kulgusidin kulgudamen.

Har baliyat o`qikim charxi muqavvasdin kelur,
Go`yiyo menmenki olam ahlidin qobudamen.

Ey Navoiy, ul pari ishqida mahram yo`qidin,
Telbalar yanglig` o`z-o`zum birla guftugo`damen.

474

Ul oy firoq ila qismim g`am etsa naylagamen,.
Visoli g`ayri ichin xurram etsa naylagamen.

Mangaki tori vafo sust ayladi, o`ldum,
Raqib birla ani mahkam etsa naylagamen.

Xazinu oshiqu zor etti nayladim oxir
Ki, ishq tig`i qatili ham etsa naylagamen.

Meniki hamdam edim, qovdi, naylay oldimkim,
Raqibni o`ziga hamdam etsa naylagamen.

Chu mahrami men edim, qildi zulm ila mahrum,
Visoli mahrumin mahram etsa naylagamen.

Sipehr mehrin agar mendin etti kam, ne iloj,
Taxayyul uylaki mundin kam etsa naylagamen.

Demangki ista ijozat borurg`a ko`yidin,
Debon, zamini siyah, mulzam etsa naylagamen.

475

Orazingni tush ko`rub to subh tindim uyqudin,
Chun ko`z ochtim uyqudin kun chiqmish erdi o`trudin.

Suda bo`lg`on jilvagar oyo quyosh aksimudur,
Yoxud ul oy zohir aylabtur jamolin ko`zgudin.

Kecha baskim holima gah kuldimu gah yig`ladim,
Tun asardur yig`lamoqdin, subh dog`i kulgudin.

So`rmang, ey vasl ahli, mendin shodlig`kim hajr aro,
O`zni hargiz ko`rmadim bir dam qutulg`an qayg`udin.

Chunki urdung tig` o`q ham yog`dur emdi har necha
Kim, yog`in naf` aylamas, ulkim halok o`lg`ay sudin

Xalqai dars ichra g`avg`odin dimog`im topti za`f,
May tutub soqiy dame qutqor meni bu yorg`udin.

Ey Navoiy, jon olib dedi beray koming valek
Dam ura olmon anga holi bu olg`u bergudin.

476

Zarvaraqtin yo kebi qoshingda zevarmu ekin?
Yo magar mushkin hilol ustida axtarmu ekin?

El uchurg`on parniyon har yon burunchak azmidin,
Ul pari uchmoqqa egni ustida parmu ekin?

Titraguch gavharlari boshingda erkin, yo magar
Oy boshinda hay`ati Parvin musavvarmu ekin?

Ko`zgu ichra orazing aksimu erkin jilvagar,
Yo zulol ichra ko`rungan mehri anvarmu ekin?

Sochbog`ing o`rg`onmudur siymin taning davrida pech,
Yo`qsa husnung ganjig`a chirmashqan ajdarmu ekin?.

Bu chaman gulbunlarida xor ekanmu yo magar,
Zor bulbul jonining qasdig`a nishtarmu ekin?

Ey Navoiy, men xud ul oy vaslidin novmidmen,
Bilmon o`zgalarga bu davlat muyassarmu ekin?

477

Ne bahor o`lg`ayki bir gul hajridin badholmen,
Uylakim bulbul xazon faslida gungu lolmen.

Tifl toshidin yiqilg`on qush kebi hajr ilgida,
Ko`z yumub, boshim solib, og`zim ochib beholmen.

Gul kebi yuz pora xunolud bo`lg`an jism ila,
Dard ila mehnat hujumi bazmida pomolmen.

Ul  mahi  gulgun qabo birla tilab hamranglik,
G`o`ta yeb gulrang ashkim bahri ichra olmen.

Yog`dururlar tosh meni majnunni qavlab ko`bako`y,
Bir parivash hajridin bozichai atfolmen.

Berma pand, ey shayxkim, ishqida foniy bo`lg`ali,
Jurmu toat fikridin ozodu forig`bolmen.

Ey Navoiy, hajrdin ermaski to yor ollida
Muddai ahvoli xushtur, men harob ahvolmen.

478

Moviyi behol ko`nglak, vah, ne farruxfol ekin
Kim, taningg`a surtulur bu vajhdin behol ekin.

Sunbulung oshuftayu savdoyi o`lmish men kebi,
Chun meningdek bosh ayog`ingg`a qo`yar pomol ekin.

Mushki zulfung atridur shamshod boshi uzra sham,
Qadding ostida xami shamshod tarfi dol ekin.

Donae tushmish iki tovus aro ulkim dedim,
Vo`smalik ikki qoshingning o`rtasida xol ekin.

Kaffadur garduni xam hajrim yukini cheksalar,
Arz jirmi ul tarozu ichra bir misqol ekin.

Ulki ma`nidin xabar topti yana dam urmadi,
Anglamon ahli jadal ichra ne qilu qol ekin.

Suvratin Layliyu Majnunning dedi ko`rgach xirad
Kim, Navoiy birla yori shaklidin timsol ekin.

479

Chok-chok etting ko`ngul komini hosil qilmayin,
Keskulotting notavon saydingni bismil qilmayin.


Hajr o`qining manzili bo`lmoq ko`ngul ne sudkim,
Etkach-o`q o`tti hadanging anda manzil qilmayin.

Tushmasun har ko`z yuzungga, elga ham o`t tushmasun,
Chiqma uydin parda o`tlug` yuzga hoyil qilmayin.

Garchi hajri ro`zgorim tiyra qilmish, ey sipehr,
Mahfilim yorutma ani sham`i mahfil qilmayin.


Ul pari majnunidur ko`nglumni zinhor, ey hakim,
Band qilma zulfi qaydidin salosil qilmayin.


Dahr ishi oludalig`dur, ey xusho, ul pokrav
Kim, o`tar bu jifag`a ko`nglini moyil qilmayin.

Ey Navoiy, shart qildimkim qutilsam hajrdin,
Necha ko`nglum desakim ishq orzu qil, qilmayin.

480

Oshiq o`ldum, necha javr ahli zamondin tortayin.
Ulkim oshubi zamondur bori andin tortayin.

Yor ila ag`yor zulmi haddin o`tti, vah, necha
Vasl uchun javru jafo yaxshi yomondin tortayin.

Hajr girdobidadur ko`nglum kamandi vasl ber,
Kim solib ani bu bahri bekarondin tortayin.

Sen tana`um gulbunidin uz farog`at g`unchasi,
Men balo paykoni jismi notavondin tortayin.

Borg`ali ko`yiga engimdin chiqar go`yo qanot,
Javridin desam ayoq ul ostondin tortayin.

Mehmonim bo`lsang ollingda havodis tuhfasi,
Nesh tandin-o`q ko`nguldin, nola jondin tortayin.

Ey Navoiy, necha qilg`aylar etakdek poymol,
Men dog`i emdi etak ahli zamondin tortayin.

481

Chehra yopting xasta jonimni anga zor aylabon,
Zulf yig`ding telba ko`nglumni giriftor aylabon.

Gar muroding qatl esa jon topshuray, olg`il ravon,
Rahm etib o`lturma yillar hajringga zor aylabon.


Dema javrimdin agar ul qochsa kimga javr etay
Kim, qocharda azm qilg`umdur xabardor aylabon.

So`zki la`lingdin eshitsam uylakim obi hayot,
Qonmon, ey jon, to tirikmen ani takror aylabon.

Dema majnun ul pari ishqida menmen dasht uza,
Nola chekkan tosh ila ko`ksumni afgor aylabon.

Faqr ko`yida gadolig` garchi faxrimdur valek,
Saltanat arz etsalar mayl aylamon or aylabon.

Ko`yi azmida Navoiyg`a navo yetsa ne tong
Kim, qilur bulbul navo ohangi gulzor aylabon.

482

Shomi hijron zulmatida obi hayvon istaman,
Ne uchunkim sensiz, ey umrum xushi, jon istaman.

Chun tilar ko`nglum samandingning izidin topsa na`l,
G`ayri ko`nglum sohati raxshingg`a javlon istaman.


Chun o`qungdin har boshoqdur qatra su, ey qoshi yo,
Sendin o`tluq ko`ngluma juz tiyr boron istaman.

Istasam la`ling mayin har dam berur xunob charx,
Men xud o`z komim bila may o`rnig`a qon istaman.

Ul parivash tifl toshi tayada dermen tutsa yer,
Yo`qsa ko`p devonalig`din o`zni uryon istaman.

Yor ko`nglum buzmoq istar, men ham istarmen buzuq,
El yoshursun ganj deb bu uyni vayron istaman.

Ey Navoiy, ko`rgach el hayronlig`in o`lsam, ne tong,
Menki g`ayratdin anga o`zumni hayron istaman.

483

Qoshi yosinmu deyin, ko`zi qorosinmu deyin,
Ko`ngluma har  birining dardu balosinmu deyin?

Ko`zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,
Bu kudurat aro ruxsori safosinmu deyin?

Ishq dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?

Zulfi dominmu deyin, la`li kalominmu deyin,
Birining qaydi, yana birning adosinmu deyin?

Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko`nglak uza gulrang qabosinmu deyin?

Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javru jafosinmu deyin?

Ey Navoiy, dema qoshu ko`zining vasfini et,
Qoshi yosinmu deyin, ko`zi qorosinmu deyin?

484

Ko`z ohim o`ti sori shoyadki solmag`aysen,
Solsang tamug` o`tini og`zingg`a olmag`aysen.

Dashti visol qadrin Majnundek angla, tokim
Zindoni furqat ichra mendek qabalmag`aysen.

Dedi, sahar kelurmen, g`am shomi behud o`ldum,
Chiqquncha mehr, ey ko`z, uyqug`a qolmag`aysen.


Ey tong nasimi, ul yon bormay daming tutuldi,
Holim demakka borsang nogoh tolmag`aysen.

Ey ko`z, sug`oldi ashking sa`y aylagilki nogah,
Sen ham ul oy jamolin ko`rmay sug`olmag`aysen.

Mug` dayri, ey mug`anniy, xushtur valek ichmon,
To nag`mai mug`ona bazm ichra cholmag`aysen.

Gar desang, ey Navoiy, faqr ichra yo`lni ozmay,
Ko`zni tikib yo`lungg`a har sori solmag`aysen.

485

Kimsa mendek ishq aro besabru orom o`lmasun,
Yor anga bir sen kebi badmehru xudkom o`lmasun?

Garchi hijron shomi o`tkach subhi vasl ummidi bor,
Shomi hajrimdek kishiga subhsiz shom o`lmasun.


Dema, ashking nega gulrangu ko`zung gulfom erur,
Hech kimning yori gulro`yu gulandom o`lmasun.

Ishq aro Farhodu Majnunni manga o`xshatmangiz
Kim, alar ham men kebi rasvoi badnom o`lmasun.

Xonaqahdin tashnalab yettim, karam qil piri dayr
Kim, tag`or o`lsun ichar zarfim mening, jom o`lmasun.


Bog`lasam dayr ichra zunnor, ey musulmonlar, ne tong,
Kofir ul yanglig`ki holo ahli islom o`lmasun.


Gar fano bo`stonig`a aylar havo ko`nglung qushi,
Ey Navoiy, olam asbobi anga dom o`lmasun.

486

Lablaring sharbatini chashmai hayvonmu deyin?
Demasam chashmai hayvon, ne deyin, jonmu deyin


Tun kunumkim yorug` ul yuzdin erur, vahki, ani
Mohi anvarmu deyin, mehri duraxshonmu deyin.

Kulubon jilva qilur chog`da qadu og`zin aning,
Sarvi ra`nomu deyin, g`unchai xandonmu deyin?

G`amzai qotil ila kofiri xunrez ko`zin
Dushmani jonmu atay, ofati imonmu deyin?

Ishq dardini desam sa`b meni ayb etmang,
Ishqi ming mushkil erur zimnida osonmu deyin?

Aql agar ishq o`tidin qochsa, nechuk man` qilay,
Shu`ladin sa`i qilib qochsa birov, yonmu deyin?


Ichmagim zohid agar bildi, Navoiy, naylay,
So`rsa so`z uyla kishi ollida yolg`onmu deyin?

487

Necha ul chehrani ko`z lavhida tasvir etayin,
Ani ko`rmakka bu suvrat bila tadbir etayin.

Necha tun tongg`acha  ko`rmakka  quyoshdek yuzini,
Yuz taxayyul qilibon, borig`a tag`yir etayin.

Necha uyqu yo`qu vaslin yasag`on tush ko`rubon,
Boring o`z ko`nglum uchun topqali ta`bir etayin.

Necha yo`q yerda xayolingni taaqqul qilibon,
Furqating sharhi g`amin ollida taqrir etayin.

Necha had sizg`ali yo`q yerda sanga holimni,
Nomalar kilki taxayyul bila tahrir etayin.

May ber, ey barahman, ar mug`bacha ishqida ko`ngul
Bo`lsa badmast firoqi bila ta`zir etayin.


Ey Navoiy, dema jon bergilu ilgin o`pgil,
Mundoq iqbol ilik bersa ne taqsir etayin.

488

Ishq aro men kebi yo`q besarusomon bo`lg`an,
Xonumon buzg`an aloxonu alomon bo`lg`an.

Oh dudi bila ishq o`tini zohir qilg`an,
Lek ul dud aro axgar kebi pinhon bo`lg`an.

Tiyr boroni balo ishq anga yog`durg`an,
Tanida har sari mo`y o`rnida paykon bo`lg`an.

Sarsari ohi bila nahl umidi sing`an,
Sayli ashki bila sabri uyi vayron bo`lg`an.

Pora-pora jigari dard o`tidin o`rtangan,
Qatra-qatra yuragi hajr o`tidin qon bo`lg`an.

Ishq daryosi ani mardumi obi etkan,
Hajr sahrosi aro g`uli biyobon bo`lg`an.

Tong yo`q o`ldum esa ishq ichra jahon rasvosi,
Kimdurur oshiq o`lub oqili davron bo`lg`an.

Soqiyo, bodaki yo vasli keraktur, yo may,
Maxlas istar esa pobastai hijron bo`lg`an.

Mizbonlig`da Navoiy ne ajab jon bersa
Kim, o`luk tirguzur ermish anga mehmon bo`lg`an.

489

Bo`ldi ayog`ing qora ziynatu peroyadin,
Uylaki bo`lg`ay qora sham` tubi soyadin.

Zulfunga tovus pari xolinga oltun varaq,
Mushafingga bo`ldi zeb ushr bila oyadin.

Layliyu Shiring`a ham ayla gahi iltifot,
Bekaga chun yo`q guzir uy qizila doyadin.

Ko`zidin el o`rtamak kasb etar ul turfa qosh,
Uylaki o`t olg`ay el yoqqali hamsoyadin.

Vaslg`a yo`l bermasang, ishqni tark et dema,
Sud chu yo`q noumid aylama sarmoyadin.

Izzu sharaf poyasi uzra vnsol istagan,
Topmag`ay o`tkarmayin o`zini bu poyadin.

Vasl tama` aylasang hajr bila biym etar,
Voy Navoiy sanga, o`tmasang ul voyadin.

490

Ko`rguzur  ag`yor yuz tuhmat nihoni naylayin,
Yorkim so`rmay inonur, bu baloni naylayin?

Yuz jafo eldin chekib bukim jafogarlikka ot,
El aro pando qilibmen bu jafoni naylayin?

Kimki dardi bo`lsa yor aylar davo, men yorsiz
Dard aro o`ldum, bu dardi bedavoni naylayin?

Dam-badam qonimg`a tonug`luq berur ko`z, ey ko`ngul,
Bilmon ul tardomani yuzi  qorani naylayin?

Yuz vafo aylab xaloyiqqa, ko`rubmen ming jafo,
Aylamay xoliqqa emdi iltijoni naylayin?

Ey Navoiy, chun vatanda bir dami xush urmog`im
— Mumkin ermas, ixtiyor etmay jaloni naylayin?


491

Balo dashti aro Majnun meningdek ko`rmamish davron,
Quyundek har zamon bir ko`rmagan vodiyda sargardon.


Ne anduhu malolimg`a  baliyat dashtidek g`oyat,
Ne savdoyu jununumg`a malomat bahridek poyon.

Tunum dayjur, o`zum ranjur, ichim g`amnoku bag`rim chok,
Tilim lolu tanim behol, ishim afg`on, sirishkim qon.


Zaifi dardi g`am pesha, nahifi mehnat andisha,
Zalili besaru somon, qatili xanjari hijron.

Fig`onimdin falak g`amgin, sirishkimdin jahon rangin,
Na dardim o`tig`a taskin, na hajrim dardig`a darmon.


Boshim g`am toshidin yora, tanim hajr o`qidin pora,
Ko`ngul bu yorag`a chora toparg`a topmayin imkon.

Ko`zum namliq, bo`yum xamliq, ichim anduhu motamliq,
Ne hamdamliq, ne marhamliq topib bu mehnati pinhon.

Manga ne yoru ne hamdam, manga ne do`st, ne mahram,
Manga ne chora, ne marham, manga ne sabru, ne somon.

Ham ahvoli tabohimdin, ham ohi umr kohimdin,
Ham o`tluq dudi ohimdin qorarib kulbai ahzon.

Falak rahzan, zamon dushman, badan ravzan uza ravzan,
Qolib jon xisravidin tan, chiqib tan kishvaridin jon.


Navoiy bo`lsa mehnat ko`p, ichako`r jomi ishrat ko`p,
Necha bo`lsa suubat ko`p, qilur vahdat mayi oson.

492

Nola nomaqdur tong ermas meni mahjurdin,
Ne uchunkim hajr bedodi o`tar maqdurdin.

Telbalikda ishqning ma`murimen, ey ofiyat,
Barcha rasvoliqni tut ma`zur bu ma`murdin.

Gar desang huru pari vaslig`a ko`z solmay, valek,
Bog`lay olmasmen nazarni sen kebi manzurdin.

O`lsalar ahli niyoz imkoni yo`qtur g`ayri noz,
Zohir o`lmoq shammai ul husnig`a mag`rurdin.

Fosiqu zohid demakim esti ersa g`am yeli,
Sovurur gardi fano vayronayu ma`murdin.

Sarnavishting har ne bo`lsa ko`rmakiga chora yo`q,
Kimsa bosh chekmak ne mumkin ollig`a masturdin.

Ey Navoiy, yorg`a har  kimsakim zokirdurur,
Rozi ermon zikr qilsa g`ayri ul mazkurdin.

493

Yorni derlarki chekmish yuz jafo men zor uchun,
Bo`lsa ming jonim fido aylay jafokash yor uchun.

Yorkim yori uchun cheksa jafo bil ani yor,
Ulsa ozdur kimsa andoq yori mehr osor uchun.

Yorliq ko`rguzdi men jon birla minnatdorliq,
Jonini haq asrasun bu zori minnatdor uchun.

Men ne qilg`aymen anga loyiq magar ming sarvu gul,
Olib ozod etkamen ul sarvi gulruxsor uchun.

Rostliq birla ravishkim anda bordur, kimda bor,
Xo`b ekandur o`lmakim ul qomatu raftor uchun.

O`lmakim  bemorliqdin  sahldur  chun tirguzur
Ani, yo rabkim, salomat asra bu bemor uchun.

Ey Navoiy, yo`q edi olamda oyini vafo,
Haq nasib etti sanga senda bu ma`ni bor uchun.

494

Hamul tog`eki toli` bo`lmish erdi ul quyosh andin,
Quyosh la`licha bordur boshima har pora tosh andin.

Oti tuynog`idin mehrobvash iz qaydakim ko`rsam,
Muhol o`lg`ay agar olsam boshim bor necha bosh andin.

Ko`zumga uyqu g`am shomi netib kirgayki mardumni,
Yaqindurkim oqizg`ay sayl ro`di  birla yosh andin.


Ko`ngul qoni agar tutti ko`zumni ayb ermastur,
Nedinkim bo`ldi olam ichra ko`nglum sirri fosh andin.

Kavokib nargisiyu charxning qavsi ko`ngul hushin,
Ne olsunlar, chu olmishlar ani bir ko`zu qosh andin.

Junun afg`onidin tog` ichradur nolam xaroshida,
Aningdekkim sado faryodig`a tushmish xarosh andin.


Ko`ngul bir oyni istay bordi, jon qoldi o`lum holi,
Bu ham ayrilmag`ay erdi bu qattiq yo`lda kosh andin.

Bag`ir pargolasin aylab g`izo, qonin qilib sharbat,
Tavaqqu` qilma olam ahlidin o`tsa maosh andin.


Navoiy muknati qon yosh ila bir yerga yettikim,
Bo`lubtur la`l farsh ofoq aro har yon tutosh andin.

495

Adab siyosati chekti ko`zumga mujgondin,
Sinonki bahra dalirona olmag`ay andin.

Ne ko`zki tengri bilurkim, kechurmadim hargiz
Ko`ngulda beadabona xayoli jonondin.

Vale ne sudki, ul sho`x beadablig` ila
Malul etar meni yuz qatla har nafas jondin.

G`araz manga chu aning zotidur tafovut yo`q,
Guli visol bila toza dog`i hijrondin.

Parimu yoki malak, yo`qsa ruhi pokmudur
Ki, zohir o`lmadi muncha latofat insondin.

Ne tarki ishq uchun afsona dersan, ey nosih,
Ko`ngulni men uza olmon, chu ko`nglum olg`ondin.

Navoiyo, sanga bastur xayoli oshiq esang,
Kishi visol tama` qilmas obi hayvondin.

496

To muhabbat dashti bepoyonida ovoramen,
Har baliyat kelsa ishq oshubidin bechoramen,

El netib topqay menikim men o`zumni topmanom,
Buylakim ishqu junun sahrosida ovoramen.


Qaysi zaxmimg`a qilursen chora chun men, ey rafiq,
Tiyr boroni baliyatdin sarosar yoramen.

Oh dudi ichra bir uchqun kebi ko`rgan meni,
Bildikim hijron tuniga kavkabi sayyora men.

Kecha o`rtansam, sahar faryod qilsam, ne ajab,
Ishq aro parvonavu bulbulg`a chun hamkoramen.

Ey xarobot ahli, gar siz mast o`lub, men bo`lmasam,
Ayb emas, nevchunki siz mayxora, men xunxoramen.

Ey Navoiy, bordi deb ahbob ta`jil etma ko`p,
It kebi men erishib ul korvonni boramen.

497

Ohu vovayloki ishqingdin jahon shaydosimen,
Ham jahon shaydosi, ham ahli jahon rasvosimen.

Ko`rsa hush ahli yuqar mendin junun holimg`a boq
Kim, xirad ahli ulusning boisi savdosimen.

Kim junun ahli aro nodonroq ul, donoroq ul,
Ishqu dard iqbolidin ul xaylning donosimen.

Olami savdoda tinmay po`ya urmog`liq bila,
Podshohi ishqning payki jahonpaymosimen.

Ko`rmakimdin aqli kulga yuzlanur savdoi ishq,
Ey ko`ngul, shaxsi xiradning moyai vasvosimen.

Dashti savdoda havoi ishqu mehnat gardidin,
Besarupo po`yalar birla quyun hamposimen.

Ey Navoiy, holima el yig`laru ul oy kular,
Shukrkim bir nav` ila aning nashotafzosimen.

498

Labingkim o`luk tirguzur jonmu erkin?
Agar jon emas obi hayvonmu erkin?

Yuzung shu`lasi ustida anbarin dud
Ki, jam` o`ldi zulfi parishonmu erkin?

Balo saylidin ishq dashtida Majnun
Mening telba ko`nglumcha vayronmu erkin?

Qiror kufru din ahlin ul sho`x, bilmon
Ki, kofurmu erkin, musulmonmu erkin?

Qilur telba mardumlig`i elni oyo,
Parimu ekin, yoxud insonmu erkin?

Vafo ahlini ko`p qilur qatl gardun,
Shafaqmu erkin yo qo`li qonmu erkin?

Dedilar, birov soldi davrong`a oshub,
Navoiy ul oshubi davronmu erkin?

499

Chun xayolingda ko`ngul behol edi o`z rashkidin,
To ne hol o`lg`ay visol ichra anga ko`z rashkidin.

Vaslida chun o`zni mahram ko`rmay o`ldum, g`ayrni—
Ko`rsa mahram naylagay ulkim o`lar o`z rashkidin.

So`z degon ermishki bir so`z deb o`lukni tirguzay,
Ey ko`ngul, men xud dami naqd o`ldum ul so`z rashkidin.

Gul qizil, sarig` emas gulshanda sen ko`rgan zamon,
Oq gul erdikim necha rang o`ldi ul yuz rashkidin.

Mehri tobon rashkdin botti ko`rub chehrangda xo`y
Kim, quyoshqa ko`rdi muncha tob yulduz rashkidin.

Lutfu qahri sarbasar muhlikdurur ul sho`xning,
Bo`lmadi o`lmak meni mahzung`a yolg`uz rashkidin.

Ul quyosh chunkim bo`lur kunduz ayon, aqshom nihon,
Kecha hajridin Navoiy o`ldi, kunduz rashkidin.

500

Ey quyosh, yoyding tuman ming zarra bu g`amnokdin,
Baski otting sarnigun tufrog` uza aflokdin

Qushqa o`tdin ram bo`lur, yuz voykim, ko`nglum qushi
O`zni asray olmas ul ruxsori otashnokdin.

Ey musulmonlar, manga chun zulmu javridur murod,
Bok emas ayrilmasam ul kofiri bebokdin.

Pok tengri ishq aro pok aylagan shukronag`a,
Tortaram yuz tuhmatu ming g`ussa har nopokdin.

Ishq kuydurgan zamon oh urmasam ermas ajab,
Barq o`rtar chog`da chiqmas dud ham xoshokdin.

Ulturur chobuksuvorim, men qo`yarmen yerga bosh
Kim, boshimni qilmag`ay mahrum ul fitrokdin.

Ko`nglakimda qon ne tongkim bag`rima yuz chokdur
Kim, tarashshux aylamas bal qon oqar har chokdin.

Boda tafrihini yoquti mufarrih bermadi,
Xo`sha la`lu dur magar yetkurdi dehqon tokdin.

Ey Navoiy, mohvashlardin chu yo`q toli` manga,
Bejihat ne shikva aylay anjumu aflokdin.
Powered by OrdaSoft!