G`AZALLAR
 

                                     301

Ko`zungki, kufr ila yuz ding`a soldi vayronlig`,
Xudoy uchun tiy ani — yo`qmudur musulmonlig`.

Qadingki jilva uza jilva ko`rguzur har dam,
Ajab emas manga hayronlig` uzra hayronlig`.

Labingni so`rsam, emas tongki, to`kti qonimni,
So`rarlar aniki, bo`lg`ay birav bila qonlig`.

Demishsen o`lturayin ishq ahlin aylab jam`,
Magar bilibsen alar ichra ko`p parishonlig`.

Ne hukm aylar esang, ayla husn mulkidakim,
Sanga musallam erur xo`blarg`a sultonlig`.

Jununni tark etibon oqil o`l, dedi zohid,
Bo`lur emish bani odamg`a muncha nodonlig`.

Deding, Navoiy agar vasl topsa, o`lturayin,
Firoqing ichra gumon aylading ani jonlig`.

                                     302

Ey labing xosiyati chashmai hayvon yanglig`,
Quyiyu yuqorig`i xoli bila jon yanglig`.

Ayog`imning qalami za`fdin andoqki qalam,
Qotaqolg`an teri davrida qalamdon yanglig`.

Nuni tanvin kebi xam hajrida nobud tanim,
Dog`i pinhonim anga nuqtai pinhon yanglig`.

Qaddi javshan aro ko`nglumda aningdekkim o`q,
Charkasi dulug`a ul o`q uza paykon yanglig`.

Odam o`rnig`a pariy oshiqi bo`ldumkim, ul
Odamisizlig` aro bo`lmag`ay inson yanglig`.

Yuzi nazzorasi hayronlig`i o`lturdi meni,
Bir nazardin kim o`lubtur meni hayron yanglig`.

Qo`yma bu manzilu maskanga ko`ngulkim zinhor,
Angla yo`l o`tkuchidek o`zniyu mehmon yanglig`.

Johning zebig`akim husn tilab, bildikkim,
Ziynati kelmadi joh ahlig`a ehson yanglig`.

Shayx der ishqni tark et, sanga aql o`rgatayin,
Ey Navoiy, kishi bo`lg`aymu bu nodon yanglig`!

FE HARFINING FITNALARINING FUSUNI
                      «BADOE`»DIN

                                  303

Dashti fanoki mo`rcha yo`q sherlarga saf,
Garchi maxuf yo`ldurur, et azmu lotaxaf.

Gar sherdurki, mo`rcha yo`qtur hisob anga,
Kim topmadi ko`zi bu yobon gardidin sharaf.

O`zni ko`ngul sahifasidin mahv qilmag`an
Topmas vuquf nuktai asrori man`araf.

Tab`ingg`a faqr nuktasi gar zoda bo`lmasa,
Bo`lg`an nedur xalifai davron sanga xalaf.

Gar sochsa ul xalifa so`zidin duri samin,
Dur har necha samin esa, beqadrdur sadaf.

Bahri fanoda g`o`ta sadafvor urmasang,
Sendin yetishmagay duri maqsud har taraf.

Soqiy, xarobi jomi xaroboti ishqmen,
Tutqil qadah, mug`anniy etib soz changu daf.

To nash`a yetsa ko`ngluma ul boda zavqidin,
Ganji xayoldin sochayin har taraf tuhaf.

Shoyad Navoiy aylagay ul tuhfalar bila
Tartib nazm manqabati shaxxatun najaf.

                                304

Hajrdin har dam qilur bu xotiri afgor xavf,
Zohir etkandek o`lumdin har zamon bemor xavf.

Eyki, koming do`st vaslidin erur topmoq hayot,
Qatl tig`i sursa dushman, qilmag`il zinhor xavf.

Vasl bo`stonida gar emin emasmen, ey rafiq,
Naylayinkim, xori hijrondin ichimda bor xavf.

Hajr shomidur maxufu qotil, ey mahvash, ne tong,
Uyla muhlik tiyra tunda aylasam izhor xavf.

Nechakim do`zaxdin o`lsa xavf mahshar ahlig`a,
Menda hajring shu`lasidindur yuz ul miqdor xavf.

Solmay o`zluk naqdin o`zdin tutmag`il dashti fano
Kim, og`ir yuklukka bu yo`lda yetar bisyor xavf.

Ey Navoiy, hushung o`lsa, ko`zlaridin xavf erur
Ul sifatkim, mastlardin aylagay hushyor xavf.

                               305

Ohkim, ko`nglum buzuldi topmayin jonon vuquf,
Mulk vayron bo`ldi, hosil qilmayin sulton vuquf.

Jonni komimdur adam kunjida pinhon aylamak,
Og`zi ramzig`aki hosil qilmisham pinhon vuquf.

Vasl aro hijron yoshurdi ishq ko`nglum qatlig`a,
Mezbok zahr ezdi sug`a, topmayin mehmon vuquf.

Telba ko`nglum g`ofil andinkim ulusqa vasl erur,
Layli etti ayshu Majnun topmadi chandon vuquf.

Og`zi ramzig`a agar yo`l topmadim, ermas ajab,
G`ayb sirrig`a ne tong el topmamaq oson vuquf.

Ishqim ahvolig`a mutlaq voqif ermastur xirad,
Qayda topqay ahli ma`ni holidin nodon vuquf.

La`li hushum zoyil etti, topmadi ko`nglum xabar,
Vahki, may ahvolidin usrukka ne imkon vuquf.

Vasl ummidi birla hajrin qilmish erdim ixtiyor,
Qatldin ko`nglumga avval bermadi hijron vuquf.

Ey Navoiy, buki davrondin yuz ofatdur sanga,
Ermas erkin topmayin ul ofati davron vuquf.

                             306

Ishq tobidin o`lubmen meni bemor zaif,
Tob ko`p ko`rsa aningdekki bo`lur tor zaif.

Vaslida evrulubon boshig`a dermenki o`lay,
Vahki, bo`lmishmen annng hajrida bisyor zaif.

Za`f aro zorlig` ozurda qilur ko`nglumni,
Topar ozor, bale, chunki bo`lur zor zaif.

Xastalig` tortsa yillar kishi, ma`lum ermas,
Men kebi ko`rguza olg`aymu namudor zaif.

Bo`lmish o`n yilg`i o`luktin manga za`f afzunroq,
Vahki, jonliq kishi kim ko`rdi bu miqdor zaif.

Za`fdin shayx qutulg`ung dedi, tark etsang ishq,
Piri dayr ollida bu qavli aning bor zaif.

Za`f aro qilma Navoiyg`a sitam, ey oykim,
Buyla aylabtur ani charxi sitamkor zaif.

307

Qotil ko`zung atrofida mujgon chekibdur uyla saf
Kim, qatl etar hangomada qilg`ay hujum el har taraf.

Oy, kun ato birla ano, farzand sen bo`lsang ne tong
Kim, sen samindursen, valek ul ikki andoqkim sadaf.

G`am zulmatida istayu la`li labing o`ldum, valek
Hayvon suyi topsam «e g`am, gar bo`lsa ham umrum talaf.

Vaslingg`a muhlik hajrdin dedim musharraf bo`lg`amen,
Lekin sening ishqing aro o`lsam, erur ul ham sharaf.

Jon naqdini ovuchlabon kelmish edim vasling tilay,
Muhlik firoq ul naqdni oldi, urub ilgimga kaf.

Gar bebasarliq aynidin nargis ko`zungdin lof urar,
Ahli nazar anglarkim, ul ham ko`r erur, ham bad alaf.

Ey mutribi Zuhrajabin, bu nag`makim, chekting hazin
Kamdur jalojil gar nujum o`lsa, sanga xurshid — daf.

Bo`lmas niqob ochsang dog`i chun halli sirri lavkashaf,
Tolibg`a nedur aylamak tahsili ganji man`araf.

Ul  novakafkan  qilmasa  ko`ksin  Navoiyning  nishon,
Tong yo`q, chu aylabtur anga xurshidni gardun hadaf.

308

Gar tanimda zohir o`lmish dog`i hijron har taraf,
Jonda xud yuz oncha bordur dog`i pinhon har taraf.

Ishq sahrosida menmen soyir andoqkim quyun,
Dema sargardon kezar Majnuni hayron har taraf.

Ko`yiga pinhon borib, zaxmim ne yanglig` yoshuray
Kim, qayon borsam yaralardin borur qon har taraf.

Ko`ksum ichra tushti bir xori xasak, ya`ni ko`ngul
Toki andin chiqqali bir no`gi paykon har taraf.

Hinduedur bul-ajab bozigar ul ko`z davrida,
Hind eli ahli tamosho xayli mujgon har taraf.

Toza bo`lsun ul bahori husnkim, onsiz ko`zum
Durfishon o`lmish nachukkim abri nayson har taraf.

Har taraf maydon aro yuz fitna tushti, rahm etib,
Tavsaningni chopmag`il qilg`anda javlon har taraf.

Dayr ichinda netti tirguzsang meni, ey mug`bacha,
Jomi davringdin tomar chun obi hayvon har taraf.

Chun Navoiydek havoiy bo`ldum ul oy hajridin,
Ne ajab, yeldek yuz ursam, tortib afg`on har taraf.

 QOF HARFINING KIYMATLARINING QIRONI
                          «BADOE`»DIN

309

Charx dard ahlig`a har dam yog`durur gardi firoq,
O`t ravonroqkim, xatarliqdur, base, bu eski toq.

Ajdaredur halqa urg`an pesa kavkab xolidin,
Juz ajal zahrini kom andin topa olmas mazoq.

Hazm etar fikrin ham etgil, farz etay noning uchun,
Qildi charx anjumni dona, oyu kunni yorg`uchoq.

Charx bir evdur, ishi bo`lmoq aning har dam nigun,
Tushmagan yaxshi iqomat mundoq uyda ittifoq.

Sun` bahridin hubobe anglag`il ko`k gunbadin,
Siymgun gunbad deb o`lmas aylamak ani visoq.

Istasang besh kun farog`at, garchi kobin umr erur,
Dahr zolin to`rt mazhab birla qilg`il uch taloq.

El nifoqin ko`rmayin desang, Navoiy, foniy bo`l,
Chunki sen chiqsang arodin, kimga qilg`aylar nifoq.

310

Yor kelsa bas mahaldurkim, ichim qon etti shavq,
Sabru oromim berib barbod, tug`yon etti shavq.

Ozu ko`p har ne dedi qosid visoling mujdasin,
Sabrim ozu iztirobimni farovon etti shavq.

Shavq hijrondin batar oshub soldi ko`ngluma,
Ko`nglum oshubini qo`ykim, g`orati jon etti shavq.

Ne ajab kechrak muyassar bo`lsa — o`lsam, ey rafiq,
Buylakim, ummidvori vasli jonon etti shavq.

Hajr bo`lsun yo visol ummidi chun muhlikdurur,
Bas hayotu qatlini ko`ksumga yakson etti shavq.

Gar jununumning hadu poyoni yo`qtur, yo`q ajab
Kim ko`ngul bexudlug`in behaddu poyon etti shavq.

Ey Navoiy, hajr zulmin yod qilsam, qilma ayb
Kim, manga bedodi nomaqduru imkon etti shavq.

311

Har kun o`tkan kechadin oshufta ko`nglum zorroq,
Har tun o`tkan kundin ashkafshon ko`zum xunborroq.

O`lmakimni qilg`il osonroq visolingdinki, bor
Furqatingdin lahza-lahza holatim dushvorroq.

Shiddati holimdur andoqkim, ajaldin jon erur
Har necha boshimg`a botroq kelsa minnatdorroq.

G`am tuni tulu savodin ko`z bila ko`nglum bilur
Kim, alardin yo`q edi muztarroqu bedorroq.

Hajr dashtin sayli ashkim oncha qozdi har taraf
Kim, bu sahro tog`lardin bo`ldi nohamvorroq.

Men aning husnini ko`rsam yuz quyosh miqdoricha,
Zarradin men ollida yuz qatla bemiqdorroq.

Necha laylivashroq ul oy jilva ko`rguzdi manga,
Ko`rdi men shaydoni ham ishqida majnunvorroq.

Ka`ba shayxiyu riyodur, dayr piriyu fano,
Ey Navoiy, dema mundin ani fayzosorroq.

Durdkashlar ichra mendin forig`i gar yo`q, ne tong,
Chun xarobot ichra yo`q mendin kishi xummorroq.

  312

El dardi yordin kam o`lur, menda yor yo`q,
Ko`nglumda yuz tuman g`amu bir g`amgusor yo`q.

Jon rishtasini chirmadim o`qungg`a, voykim,
Tig`ing bag`irni yordiyu tikmakka tor yo`q.

Demang g`amida yig`lama ko`p ixtiyorsiz,
Beixtiyorliqda manga ixtiyor yo`q.

Tutsa qaror bir nafas ollimda, vah, ne sud
Kim, ul nafas ramida ko`ngulga qaror yo`q.

Desamki, tarki ishqing etay butma, ey pariy
Kim, telbalar hadisig`a ko`p e`tibor yo`q.

Chiq ro`zgor ahlidin osoyish istasang
Kim, munda g`ayri tafriqai ro`zgor yo`q.

O`zni Navoiy aylama usruk bu bazm aro
Kim, dahr ayshi bodasida juz xumor yo`q.

313

O`qlaringdinkim ko`zum ham ravshan o`lmish, ham ochuq,
Mash`aledurkim, bo`lubtur kavlamoq birla yoruq.

Eyki, bo`ynumg`a yozuq deb qatl tig`in surmading,
Sen ne qilsang qil, mening bo`ynumg`a bo`lsun ul yozuq.

Manglayimdin keltururmen ko`zga sajdam gardini,
Ko`rgan ul butni gumon aylarki, aylarmen tobuq.

Da`voi mehrimga mendin ikki tonuq istama,
Xalqdin chun yoshurubmen, yo`q manga juz bir tonuq.

Garmrav ashku sovug` oh ettilar ojiz meni,
Vahki, ishqingdin yuzumga keldi ko`p issiq-sovuq.

Eyki, azm etting haram matlub hamrahdur sanga,
Sen yiroqsen andin, ammo ul sanga behad yovuq.

Dayrg`a kirdi Navoiy kufri ne pinhon, ne fosh,
Tavba chun sindi — icharga ne surohi, ne yotuq.

314

Ey, jamolu nozu ishvang bir-biridan xo`broq,
Qomating marg`ubu andin paykaring marg`ubroq.

Menda bo`lsa ming hunar, chun yorning mardudimen,
Olam ahli ichra yo`q mendin kishi ma`yubroq.

Ishq aro Farhodu Majnun dog`i bexud erdilar,
Kimsa mendin g`olibo bu ishda yo`q mag`lubroq.

Har ne qilsang, notavon ko`nglum sevar jondin seni,
Haq yaratmaydur ekan sendin kishi mahbubroq.

Tolib ersang qatlima, jono, sanga jonim fido,
Ne sanga matlubroq, uldur manga matlubroq.

Kim tilar dayri fano azmini uslub aylagan,
O`zlukidin ish kerakmas ko`ngliga maslubroq.

Gar Navoiy bor edi maqbulung, etkil rahmkim,
Andim emdi yo`qturur ushshoq aro mankubroq.

315

Meni aylapturur bir qotili paymonshikan oshiq
Ki, tig`i zulmidin o`lmish meningdek yuz tuman oshiq

So`rarkim, oshiqim senmu, muqir bo`lsam, halok aylar,
Erur bu turfakim, yolg`on deyolmonkim, eman oshiq.

Agar ishq etti vayron xonumonim, bok emas, nevchun
Ki, chun azmi fano ko`yigadur, naylar vatan oshiq.

Gar o`lsam ishq tog`i tig`i zaxmidin yalang, g`am yo`q
Ki, bas ham lolalardin aylasa qonlig` kafan oshiq.

Qozib g`am tog`i tosh ostida o`lmak ne edi mendek,
Gar ermas erdi bir Shirin sanamg`a Ko`hkan oshiq.

Visol imkon emas to bo`lsa o`zluktin sarimo`e,
Bas o`lg`ay farzkim, qilg`ay fano tavrini fan oshiq.

Navoiy, shodsenkim, o`lturur ushshoqin, ammo ko`r
Ki, sendeklarni dermu bore ul siyminbadan oshiq.

316

Solur dinim uyiga kofire har lahza vayronliq,
Musulmonlar, bu shahr ichra magar yo`qtur musulmonliq.

Jamoli jilva qilg`ach, naylab idrok aylayin husnin,
Chu hayronliq uza ortar manga har lahza hayronliq.

Labi la`ling erur og`ishta qonimdin, ajab ermas,
Ani tutsamkim, ul mayxoradur bu dam manga qonliq.

Ko`ngul to ayladi zulfung savodi a`zamin maskan,
Qorarib  ro`zgori, ko`rdi yuz turluk parishonliq.

Yoshurdum dog`i ishqing, hajr o`ti jismimni kuydurdi,
Ko`ngulni dog`i chok et, qolmadi chun anda pinhonliq.

Labingdur jomi Jamshidu yuzung mir`oti Iskandar,
Musallamdur sanga husnu jamol ahlig`a sultonliq.

Agar yo`q odamiliq mendayu yorimda, tong ermas
Ki, majnunda kishilik yo parida bo`lmas insonliq.

Jahon bazmida mehmonsen, iki-uch sog`ar  ichkach, qo`p
Ki, munjar bo`lmag`ay nogah malolatqa bu mehmonliq.

Bori dushvorliqlarni o`zungga aylasang oson,
Bori dushvorliqlar dog`i bo`lg`ay shoyad osonliq.

Kel, ey soqiy, meni bir jom ila qil masti loyaqil
Ki, dahr ichra erur g`ofil tirilmak mahzi nodonliq.

Navoy, chunki mug` dayrida tutti mug`bacha sog`ar,
Ichib may, kofiri ishq o`lmasang, ko`rgung pushaymonliq.

317

Bog` ichra sanga sochti gul oqu qizil yafroq,
Shah boshig`a andoqkim el oqu qizil yormoq.

Ne yorlig` o`lg`aykim, har kecha tong otquncha
Sen aysh ila uyquda, men ranj bila uyg`oq.

Ko`z mardumi ko`yungning gardin tilabon bordi,
Qoniki oqar, ani qon tortti yo tufroq.

Ko`rgach ani hayratdin ilgimniki tishlabmen,
Barmoqqa botibtur tish, tilni kesibon tirnoq.

Jon naqdin ajal birla hajring iki bo`lmishlar,
Andoqki, topib sude ayirg`ay ikki o`rtoq.

Ko`yung kerak, uchmoq yo`qkim, uchmoqu ko`yungda,
Ul nav` tafovutdurkim, tomug` ila uchmoq.

Ham dahr baqosizdur, ham umr vafosizdur,
Xushtur nafase o`zi ahbob ila xush tutmoq.

Etmaklik erur mushkil maqsadg`a, nedinkim bor
Ko`z xiravu tun tiyra, ot oqsog`u yo`l burtoq.

Debsenki, Navoiyni kelgum dog`i o`lturgum,
Ul o`ldi bu hasratdin, kel tengri uchun botroq.

318

Binafshaning nega bo`lmish dimog`i muncha uluq
Ki, ul sening xatinsa hinduyidurur mayruq.

Malohat og`zinga gar pista sotsa kim olsun
Ki, borg`usiduru sho`ra pushtu og`zi ochuq.

Qading qoshinda nechuk sarf o`zin degay ozod
Ki, sabz rang qulingdur, aning ayog`i yoruq.

Erur chamanda yuzungning gadoyi oq gulkim,
Ko`rundi barcha yamog`liq chaponi uzra momuq.

Taningg`a maskavu qaddingg`a naxl o`xshashmas
Ki, budur asru semiz, lek uldur asru oruq.

Sen abrash uzra vale gul yog`och uza dasta,
Yo`l o`z ayog`i bila borg`ay, ulki mindi suruq.

Xiromi lofida har mokiyonni deyki ne yer,
Ne nav` jilvagar o`lg`ay tazarv birla tovuq.

May ichsang o`lmag`il oqsumki, piri dayr dedi
Ki, bu ish o`ldi bizing dayr aro kamina yozuq.

Xush ulki, bazmda onlar teparda arg`ushtak,
Shah anda tambura cholib, Navoiy desa qo`shuq.

319

Solsa partav tom uza chiqqanda ruxsori ochuq,
Bir quyoshdur, tushsa har uy ichra tunglukdin yoruq.

Sovug` ohekim chekarmen, garm o`lur oqmoqqa ashk,
Chashmalarda su bo`lur issig`, havo bo`lg`ach sovuq.

Tengri ollinda tonuqdemaki o`tkar kimsani,
Mencha sevmassen, bu ishga xud erur tengri tonuq.

Lablaringkim uchuq tutmish hamul hay`at bila,
Og`zing andoq g`unchadurkim, tushmamish andin qobuq.

Dog` o`rtarga chaponim ichu toshi qolmadi,
Bog`ladim marham chapondin, qoldi gar eski momuq.

Gar yozuqsiz o`lturursen, g`am yemon, lekin g`amim
Munchadurkim, bo`lmag`ay nogah sanga andin yozuq.

Yor dilxohin chu topting, tengdurur vaslu firoq,
Haq rizosin chunki qozg`anding, ne uchmoq, ne tomuq.

Soqiyo, may tutqali qo`pmoq base taklif erur,
Qo`y takallufniyu qo`p, lekin manga o`ltur yovuq.

Za`fi ko`pluktin Navoiyning kam o`lmas nolasi,
Ne munofidur fig`on bulbulg`a bo`lmog`liq oruq.

320

Ko`nglum bo`lur g`aming tuni har lahza qayg`uluq,
Chun shom bo`ldi, har nafas ortar qorong`uluq.

Ul ko`zki olam ahlidin olmishdur uyquni,
Baxtim kebi, ne ayb, agar bo`lsa uyquluq.

Sabru qaroru hushni olmog`lig`ing nedur,
Ey jonlar ofati, sanga jonimdur olg`uluq.

Dashti firoq ichra tirik yo`q chu vahshu tayr,
Go`yo yeli samumu giyohidur og`uluq.

Mug` ko`yi azmidin meni man` etma, ey rafiq,
Bu yo`l erur chu ahli malomatqa borg`uluq.

Andin falakni ilmas ekan ko`zgu piri dayr
Kim, bu erur haqiru janobi aning uluq.

To g`amdadur Navoiy, anga dahr tiyradur,
Shod anglamas ulusni, birav bo`lsa qayg`uluq.

321

Har kishikim g`ayri ishqing harfi yozg`ay bir varaq,
Ilgini aylab qalam, boshin qalamdek ayla shaq.

Parda yopqach yuzga, tutti qon yoshim ofoqni,
Mehr uyoqqanda, ufuq sari yoyilg`andek shafaq.

Go`yiyo xurshid har sari yugurtur kavkabe,
Chunki sur`at vaqti ul yuzdin tomar har yon araq.

Vahki, ashkim jolasidin topti ofat bir necha,
Sabr tuxmin mazra`i jon ichrakim qildim nasaq.

Bir-bir ustida qo`yubmen furqatingdin necha dog`
Ishq xoni ichra qo`yg`andek tabaq uzra tabaq.

No`sh etarmen boda to la`ling xayoli birla men
Qon yutarmen, toki bo`lg`ay tanda jonimdin ramaq,

Shayx kavsar sharbati — men talx may madhin dedim,
Ochchig`i kelsa ne tong, nevchunki ochchig` keldi haq.

Boda vasfin dars agar der ersa piri mayfurush,
Jomi xatti davridin olmoq munosibdur sabaq.

Istama kavsar, Navoiy, top farog`at bodadin
Kim, erur ul muxtalif, lekin bu birdur muttafiq.

KOF HARFINING KOFIRLARINING KAMOLI
                    «BADOE`»DIN

322

Desangki, dashti fano ahlig`a bo`lay hamtak,
Ne do`st g`ayri esa, barchasig`a silk etak.

Qil o`zlukung kesagin poymol birla g`ubor,
Yo`q ersa balchig` o`lur fisq suyi birla kesak.

Chu ruh xaylig`a nafs istar o`lsa ortug`luq,
Etur ilojig`a taqvo sipohi birla ko`mak.

Yurakni sol demagil ishq ko`yining itiga,
Muni anga desa bo`lg`ayki, anda bo`lsa yurak.

Xush ulki, ishq gulistonu bog`ida yiqilib,
O`larda ostida xorovu xor bo`lsa to`shak.

Balo g`ubori vafo ahlig`a yog`ar go`yo,
Sipehr chanbari parvez nedin o`ldi elak.

Gadovu xirqada kuymak nachukki parvona,
Yo`q ulki, hulla aro shohid uylakim ko`palak.

Anga bu dayri fano ichra tutti mug`bacha may
Ki, tishni bag`rig`a berkitmakini qildi gazak.

Navoiy o`lsa, ne tong bazm ichinda botroq mast
Ki, g`ussa jominn davron anga tutar ko`prak.

323

Bu kecha ohim erur davronni barham urg`udek,
Charx gulzoridin  anjum gullarin sovurg`udek.

So`rg`ali keldi evurung boshig`a qo`ldob meni
Kim, emastur lahzae boshim uza o`lturg`udek.

Ey ko`ngul, dersenki, yoshu ishqini, ne yoshuray
Kim, erur jismim fano tufrog`ida yoshurg`udek.

Sinsa ko`nglum, ne ajabkim, sangi boroni firoq
Bo`ldi xamliq jism uyin har saridin sindurg`udek.

Hajr zulmig`a chidarmen, o`lgali yo`q, anglasam
Kim, erur qatlimg`a ul jonu jahon qayg`urg`udek.

Aysh vaqtini bil g`animatkim, erur dam ushbu dam,
Charx ermas favt bo`lg`an vaqtni yondurg`udek.

Sen ko`ngul bersang Navoiyg`a gahe ming javr ila,
Ermas ul har dilrabog`a ko`nglini oldurg`udek.

324

Falak zarfi to`la may bo`lsayu topsam ani xumdek,
Chekaykim, qatralar ham qolmag`ay javfida anjumdek.

Havoiy ishq barqi garchi muhriqdur, vale ermas
Bu ishda otashin la`ling ayon qilg`an tabassumdek.

Quvonurmen iting eski safoli ichra may ichsam
Ki, Jam` qilg`an emastur jomi birla ul tana`umdek.

Halok o`lg`anda qilg`an navha gar ta`sir etar, lekin
Eshit nolamnikim, muhlik emastur bu tarannumdek.

Masiho nuktasi gar jon berur erdi, vale bilgil
Ki, jon olmoqqa ermas erdi ul shirin takallumdek.

Chiqib qatlimg`a o`zga sari surdi raxshin ul qotil,
Manga yuzlanmamish umrumda vahme ul tavaqhumdek.

Ajal hajringda jonim oldi shafqat aylabon zohir,
Kishi rahm ahlidin ko`rmaydur erkin bu tarahhumdek.

May ichra chunki soqiy aksi muhlikdur, bu sog`arni
Kishikim ichsa, ummidi hayotidin ko`zin yumdek.

Navoiy hajr dashtidin tana`um bistari topqay,
Bu vodiyda irik qum chun yonida bo`ldi qoqumdek.

325

Tig`i ishqingdin ko`ngul har yon og`izdek bo`ldi chok,
Bu og`izlardin ne tong cheksa fig`oni dardnok.

Sharbati hijron bila qatl aylading ahbobni,
Kimsa hargiz do`stlarni zahr ila qilmas halok.

Jon qushi o`rtanmasun deb yopma o`tluq chehrakim,
Sham` o`tin ko`rgach kuyardin aylamas parvona bok.

Mehrdek yor evrulur, boshig`a har sargashtakim,
Zarradek qilsa havoiy ishqi ichra o`zni pok.

Orazingdin, yo`q ajab, tushsa ko`ngul zaxmig`a o`t,
Mehrdin ko`proq bo`lur mahrur, har yerkim mag`ok.

Istasang yetkach fano yeli sanga, bo`lg`ay uruj,
Faqr ko`yida burun qilmoq kerak sen o`zni xok.

Ey Navoiy, yor agar ko`nglumga kirmak istadi,
Zaxmima marhamcha bordur qilg`ani ko`ksumni chok.

326

Og`zikim so`zda Masihodek qilur elni tirik,
Bas ulug` so`zlukdurur, garchi erur asru kichik.

Qaddi qo`pqoch, sarv agar tushsa ayog`in o`pkali,
Yo`q ajabkim, past o`lur soya, quyosh bo`lg`ach biyik.

Ham o`shul tufrog`din sochib qurutung nomani,
Yozsangiz ul oyg`a jismim tufrog` o`lg`andin bitik.

Tig`i zaxmin bog`lasa ahbob, g`am yo`q, ey ko`ngul,
Bir eshik bog`lansa ishq ichra, ochilg`ay yuz eshik.

Hajr toshin boshima, mehnat palosin jismima,
Qayda bilgay ishq anga ko`rguzmagan qotig` irik.

Uchqil, ey bulbul, bu gulshandin, nedinkim har necha
Gul vafoda kund erur, javr ichradur xori itik.

Gar Navoiy qatlig`a kelmaydur ul usruk, nega
Bas etak sanchib, qilich tortib shimolibdur ilik.

327

Xoni vaslingdin agar bo`lmas muyassar bar yemak,
Ham g`animatdur talashmoq itlaring birla so`ngak.

Ne libosi ofiyat kiymak meni majnung`akim,
Anglamon, gar bo`ynuma tushsa yaqo yanglig` etak.

Ishq «aqdi kisasining hifzig`a bodoma muhr
Gar tilar bo`lsang, munosibdur bu chok o`lg`an yurak.

Zulfdur yoxud uzori o`tig`a chirmashti dud,
Yo banogo`shig`a to`sh, bo`rkiga sonchibtur gajak.

Surtkandek ko`zini sarpanjasi naqshig`a yuz,
Ko`z yorutsam ilgidin, panjamda bo`lsa ul bilak.

Ishq agar bo`lsa havoyi nafsdin pok, ey ko`ngul,
Yo`q tafovut, dilbaring gar beka bo`lsun, gar mirak.

Qoshi mehrobida vaslin istab aylarmen duo,
Ey Navoiy, tong yo`q, andoq qiblada mundoq tilak.

328

Baski, ko`ksum choki tikkan ignadin bo`ldi teshuk,
Ko`nglakim chokidek o`lmishdur vale andin churuk.

Jonfizo la`ling bnla qotil  ko`zung hijronida,
Uyla holim borkim, bilmon, tirikmen yo o`luk.

Xotami la`ling agar og`zimg`a yetkach, tishlagum,
Muhr etarda mo`m yopishqon kebi bosqach uzuk.

Furqatingdin loladekdur chok-chok o`lg`an ko`ngul,
Negakim, ham qon aro bo`lmish bo`yog`liq, ham kuyuk.

Otashin la`ling agar jonimni o`rtar, tong emas
Kim, erur asru isig`, nekim erur asru chuchuk.

Dema, dashti ishq aro ming xayli ishq ahli qoni
Itti bu poyoni yo`q sahroda har yon bir suruk.

Ey Navoiy, faqr yo`lida burun o`zlukni sol
Kim, bu yo`lda po`yag`a mone`dur ul ortuqsi yuk.

329

Ey tani xoki xadangingga nishon bo`lg`an kesak,
Ham bu ma`nig`a qurug` boshim kesak uzra so`ngak

Bir yaqoni qo`ymading qilmay etakka tegru chok,
Raxsh to surdung yoqongni sindurub, sanchib etak.

Zohir  aylarda  yadibayzo qilursen elni qatl,
Tig` urarda yeng shimolibkim, ayon etsang bilak.

Gul bila nomardum el andoqki uzgay g`unchani,
Eb iting yuz pora bag`rimni, tama` qildi yurak.

Rishtai jon yanglig` asray tushsa ilgimga dame,
Kim, xilol o`rnig`a shirin la`linga yetkay ipak.

Hajr shomi dardu g`amni boshima yog`durg`ali
Bo`ldi anjum birla charxi chambari go`yo elak.

Ul pariy ishqida chun o`ldi Navoiy anglangiz
Kim, mujannindur Iso, qabrig`a butsa har chechak.

330

O`t urdi jonima, chun ochti la`li otashnok,
Hayot chashmasidin, vahki, jonim o`ldi halok.

Zaif jismim o`tidin jahonni kuydurdung,
Ulug` o`t urmoq uchun o`rtading magar xoshok.

Deding — ko`ngul o`ti dudin chiqarma oh bila,
Agar chin ersa so`zung, nega ko`ksum etting chok!

Nazzora hoilidur dudi ohu qatrai ashk,
Fig`onki, moni` komimdur anjumu aflok.

Ko`ngul shikofi dema, anda sabr dafni uchun
Ki, hajr qotili o`lturdi, qozdi ishqi mag`ok.

Chu mast o`ldum esa, may bila yungiz badanim,
Tonging usholg`an na`shim beliga rishtai tok.

Navoiy istasa lo`livashe, ajab ermas,
Bu vajh ilaki, vafo tarki ettilar atrok.

331

Meniki mug`bacha dayr ichra aylagay usruk,
Ne tong, ko`zumga quyosh bo`lsa zarradin o`ksuk.

So`zumni yor eshitmay yuzumni churkadi oh,
Bu vajhdindur ul oy ollida yuzum churkuk.

Firoqi o`qidin o`lmish teshuk-teshuk bag`rim,
Bu turfaroqki, bir o`qdindurur har ikki teshuk.

G`amida turluk-turluk balog`a uchrabmen
Ki, har birisi meni kuydurur necha turluk.

Tanimda raglar uzuldi firoq shiddatidin,
Nachukki, rishta chubo`lg`ay, ipak to`n o`lsa churuk.

Tutay jahonda Sulaymon seni va yo Jamshid,
Ne munga jom vafo ayladi, ne anga uzuk.

Navoiy, o`rtadi shirin hadising el ko`nglin,
Nachukki kuydurur ichni, chu sharbat o`ldi chuchuk.

332

Gulshan ichra yo`qtur oromim—diloromim kerak,
Sarvu gulni naylayin, sarvi gulandomim kerak.

Gar pariylar qush kebi ram qilsalar men telbadin,
G`am yo`q, ul sho`xi pariy paykar mening romim kerak.

Ofiyat ko`yida mahvashlarg`a yo`qtur nisbatim,
Ul muqammir sheva sho`xi bodaoshomim kerak.

Ka`bada nokom ila din ahlig`a yo`q juz nifoq,
Dayr ichinda kofiri bebok xud komim kerak.

Gul bila savsan kerakmastur manga, ey bog`bon,
Zulfi sunbul atrliq ruxsori gulfomim kerak.

Ey xarobot ahli, rasvo ko`nglum itmish bu taraf,
Kelmisham topib surog` — ul rindi badnomim kerak.

Ey Navoiy, xonaqahda topmadim juz tafriqa,
Xum kebi mayxonaning kunjida oromim kerak.

333

Aytmonkim, la`li jonbaxshing erur jondin chuchuk
Kim, erur har neki yo`q andin chuchuk, andin chuchuk.

Nechakim bo`lsun chuchuk shirin takallumlar so`zi,
Lekin ermas ul kalomi shakkarafshondin chuchuk.

No`shi la`lingdin manga chun zahri hajr o`ldi nasib,
Ne osig`, gar bo`lsa ul ortug`roq imkondin chuchuk.

Nay o`qung behad chuchuktur jong`a, go`yo chiqmamish
Bir qamish mundoq shakar butkan nayistondin chuchuk.

Novaking uzra boshoq go`yo erur habbi nabot,
Kim, ko`nglum komi bo`lur ul shakli paykondin chuchuk.

Soqiyo, jomimda ezgil zahrkim, har necha ul
Bo`lsa ochchig`, bo`lg`usidur zahri hijrondin chuchuk.

Ey Navoiy, jonfizo nazming labi vasfida bor,
Shirai jondin ezilgan obi hayvondin chuchuk.

334

Sarvning soyasida bodai gulfom kerak,
Bo`ldi chun ikkisi bir, sarvi gulandom kerak.

Kimgakim bo`ldi bular kofir erur desa manga,
Huru to`bi bila kavsar mayidin kom kerak.

Garchi ruxsori erur subhi dilafro`z, valek
Vasl ayyomi qora zulfi kebi shom kerak.

Ulki Jamshid degay o`zini xurshid kebi,
Soqiy ilgidin aning bazmi aro jom kerak.

Ko`zlarim donayu suyig`a kelur vasl qushi,
Lek tutmoqqa ul oy turrasidin dom kerak.

Ka`ba tavfida base tafriqadur bilki, o`zin
Jam` istarga fano dayrida orom kerak.

Dayr pirig`a murid o`ldi Navoiy, negakim,
Shayxul-islom degan kimsaga islom kerak.

335

Pili gavharkashdurur har yon sahobi pilrang,
Boshida changak hilolu yonida xurshid zang.

Asru izhori tajammul qildi sultoni bahor
Kim, bu yanglig` pil yuz ming jilva aylar bedarang.

Ayladi nayson zuloli yer yuzin oyinagun,   
Anjumu ko`k aksidur anda rayohinu o`lang.

Daf`a-daf`a bir-biri uzra bulut ofoq uza,
Go`yiyokim tojire terdi ruxutin tang-tang.

Chang uni birla may ich, ko`rguzdi chun qavsi quzah,
Davr ila andomi changu lavn aro avtori chang.

Buyla mavsumda keraktur aysh bazmin tuzgali
Ham zumurrad rang yer, ham bodai yoqut rang.

Bu bori bir yonu ul bir yonki, ichmak boisi,
Soqiyo, bo`lg`ay bu davr ichra bag`oyat sho`xu shang.

Ham nigitlik, ham bahor ayyomini tut mug`tanam,
Bodavu soqiy uchun qilmaqqa tarki nomu nang.

Ey Navoiy, dam bu damdir — tut g`animat, boda ich,
O`zga bir damga yetar-etmaska chun voqif emang.

336

Aylasa mug`bacha dayr ichra meni masti malang,
Ushatay sog`ari nomus bila shishai nang.

Ey xush ulkim, qilibon zuhd tunidin uryon,
Dayr aro tifllar o`ynatsa ani mast yalang.

Ishq bazmig`a netib bormag`amen, chunki meni
Tortadur ul sari yuz tor bila nag`mayu chang.

Manga, zohid, yana may tarkini qil deb taklif
Qilmag`aysen, ko`zunga uchrasa ul soqiyi shang.

Sof may lam`asiyu soqiyi mahvash husni,
Tiyra zohidqa asar qilmadikim, bor edi dang.

Ishqi bebok uza kim zuhd xayolin qilsa,
Erur andoqki, yegay bodai nob ustida bang.

Maykada ahlig`a yuz toqu tarab, ey soqiy,
Xonaqahda bo`la olg`aymu Navoiyg`a darang.

337

Rahmsiz bo`lg`ay ko`ngul kuffori Xaybar ko`nglidek,
Mumkin ermas bo`lmoq ul sho`xi sitamgar ko`nglidek.

Kesti atfol g`aming ko`nglum uza na`l uzra na`l,
Onchakim bo`ldi hazin ko`nglum sanubar ko`nglidek.

Ko`nglum ul xat shavqidin yuz zaxmliq jism ichra bor
O`t ichinda anbar etkan dudi mijmar ko`nglidek.

Necha zaxm etsang qiziq ko`nglumni, o`tdur — qon emas,
Humratikim anda zohir bo`lsa axgar ko`nglidek.

Garchi Layli mahmilidin nola ko`p chekkay daroy,
Savti muhlik bo`lmag`ay Majnuni muztar ko`nglidek

Mujda dayr ahliki, soqiy aksi ermish jilvagar,
Har kishi bersa safo ko`ngliga sog`ar ko`nglidek.

Hajr tig`idin Navoiy qonu zaxmin ko`rki, bor
Ko`ngli mamlu jismidek, jismi sarosar ko`nglidek.

338

Dardu mehnat toshin, ey mahzun ko`ngul, jonimg`a o`k,
Har ne afzun kelsa andin, jismi vayronimg`a o`k.

Chun base ko`pdur chiqib jon, jism uyi yemrulgali
Etsa, xirman-xirman ul toshlarni har yonimg`a o`k,

Ishq o`ti axgarlari taskin berur chun dardima,
Yoqqali marhamdek ani dog`i pinhonimg`a o`k.

Huznu mehnat yuklari ko`nglum uyin qilmish to`la,
Ey falak, emdi alarni baytul-ehzonimg`a o`q.

Yuzu zulfi yodidin majlis tuzarman, ey rafiq,
Bog`din gullar terib, har yon shabistonimg`a o`k.

Xonaqahda tiyramen, dayri fano tufrog`ini
Ham supur kirpik bila, ham chashmi giryonimg`a o`k.

G`am bila anduh g`izosidin bo`lubmen mumtali,
Ey Navoiy, go`shalarda ani zindonimg`a o`k.

339

Subhi iqbolu saodat keldi ul farxunda eng,
Tong boshida muhtariq kavkabdek ul eng uzra meng

Sarvkim, teng tutmas o`z qaddi bila har naxlni,
E`tidol ichra emastur sarvi qadding birla teng.

To meni sargashta chiqtim, dashtdin har yon quyun
Po`ya aylar tinmayin, nevchunki topmish yerni keng.

Ko`nglak o`rpig`a yelak kiyding hamono, ey quyosh
Kim, yadi bayzog`a mone` bo`lmag`ay har sari yeng.

G`orati islomu din yolg`uz qilursen go`yiyo,
Buyla yag`molarda yo`q hojatki, bo`lg`ay kimsa heng.

Boda istab zuhd tarki ayladim, olg`aymusiz,
Xirqavu sajjoda rahn etsam, xarobot ahli deng.

Dog`u qon birla Navoiy ko`ngli bo`ldi lolakim,
Bu taqozo aylar ul mushkin mengu gulrang eng.

340

Ey, jafo peshangu bedod ishing, javr faning,
Har biri marhami rohat kebi ko`nglumga mening.

Ko`pdurur ko`nglum aro nish magar qildi nishon,
Varzish aylarda ani g`amzai novakfikaning.

Xo`blar xatlaridin tiyradurur chehralari,
Sensen ul gulki, yuzung gulshanida yo`q tikaning.

Lutf ko`rkim, suda gul aksi masallik ko`runur,
Hulla nozukligidin har sari nozuk badaning.

Ey ko`ngul, g`am yuzining ko`zgusidursen go`yo,
Ko`zguning ikki yuzi yongg`iyu eski tuganing.

Mendek, ey lola, seni qilmadi gar ishq shahid,
Nega g`am dog`i ayon ayladi qonlig` kafaning.

Davr anduhi meni qildi halok, ey soqiy,
Shisha sofiy yo`q esa, yo`qmu ekan durdining.

Yo`qturur ahli zamon qasrida juz naqshi jafo,
Chiqma, gar xud yiqilur boshinga baytul-hazaning.

Ey, Navoiy, chu falak toqidin ofat yog`adur,
Chiqmakim, bo`lsa kerak maykada bog`u chamaning.

341

Birovki, qo`ndi kecha o`zga yerga yori aning,
Ko`zidin uyqu o`charg`a ne ixtiyori aning.

Kishiki, dilbari ag`yor birla tutti qaror,
Ajab emastur, agar bo`lmasa qarori aning.

Zamona xo`blaridin vafo tama` tutqan,
O`t istagayki, su qilg`ay ayon sharori aning.

Vafog`a chunki jafodur evaz, xush ul forig`
Ki, ishq kishvarig`a tushmamish guzori aning.

Ko`ngul havosi meni buzdi, shukrdur angakim,
Tuzuldi ofiyat avjida ro`zgori aning.

Hayot gulshanidin qayda bar yegay ko`nglum
Ki, g`am hazonig`a bo`lmish badal bahori aning.

Zamona bog`ida naxli vafo emas sarsabz
Ki, javri jolasidin tushti bargu bori aning.

Quvonma davlati husnungg`a, ey parivashkim,
Zamona davlatidek yo`qtur e`tibori aning.

Navoiy etsa fig`on, xo`blar, toriqmangkim,
Ne qolg`usidur o`zi, ne fig`oni zori aning.

342

Oshiq o`ldum, pand bermang — choram asbobin tuzung,
Ishq zor etganga zulm etmang — tarahhum ko`rguzung.

Eyki, dersiz ishq aro sabring uyin obod qil,
Mundoq etguncha hayotim qasri bunyodin buzung.

Sarvinozimkim borur ko`z bog`idin, qilmon qabul,
Gar aning o`rnida to`bi naxlini o`lturg`uzung.

Onsizin, ey do`stlar, ne zahru ne obi hayot
Kim, musovidur manga gar o`lturung, gar tirguzung.

Gar ajal turg`uzmadi jismimni ul oy ko`yida,
Do`stlar, na`shimni bore anda bir dam turg`uzung.  

Durd kelturdung debon yozg`urmangiz, ey ahli ishq,
Bok yo`q, zuhdum ridosi kunjiga solib suzung.

Chun Navoiy ko`nglini qildi girih bir tori zulf,
Do`stlar, sarrishtai ummidni andin uzung.

343

Chun latofat ko`zgusi bo`lmish safo ichra ul eng,
Yo rab, ohim dudi zohir qilmasun ul engda meng.

Ilgim o`tin daf` etar yeng suyi, baskim, elturam
Oh man`ig`a ilik yo ashkning daf`ig`a yeng.

Qomating birla latofatda o`zin teng tutsa sarv,
Bordur ul yanglig`ki, bo`lg`ay sarv birla soya teng.

Men balo chohidavu Majnun farog`at dashtida
Lofi ishq ursa, ajab yo`qkim, topibdur yerni keng.

Sudrabon eltur qazo ilgi meni mayxonag`a,
Mast bo`lmay chora bormu, ey nasihat ahli, deng.

Turktoz aylab ko`ngul olding ajaldin burna jon,
Hissa oyirma anga, nevchunki ermas erdi cheng.

Ey Navoiy, gar ko`ngul ketti, malolat ko`rma ko`p,
Sen chu bedillikka qoyilsen, erur ul telba teng.

344

Quyundek vasl dashtidin gar, ey Layli, meni surdung,
Degach sargashta Majnunum, boshimni ko`kka yetkurdung.

Sotarlar dasht uza men telbani kim tutsa hindu deb,
Tanimni hajr dudu shu`lasig`a baski kuydurdung.

Tegib tufroqqa andin sekregan toshlar halok etti,
Necha boshimg`a qolqon tutqung, ar g`am toshi yog`durdung.

Hazin ko`nglum qushining parlari churkandi, ul kunkim,
Buzug` tan oshyonin shu`lai hajringg`a kuydurdung.

Netib naxli umidimdin guli vasl orzu aylay
Ki, hajring ilgidin ani qo`ng`arding, yo`qki sindurdung.

Boshimg`a keldi g`am tig`i, balo toshi, ajal zaxmi,
Ko`r, ey hijroni zolimkim, nelar boshimg`a kelturdung.

Yasa, ey dayr piri, bodakim, kelgum kaforatg`a,
Eshittimkim, meni aylabturur deb tavba yozg`urdung.

Bu gulshan gullarining chun vafosi no`qtur, ey bulbul,
Ne ochilg`ay tutaykim, sen fig`oning ko`ktin oshurdung.

Navoiy, yo`l yiroq, maqsud nopaydo, qadam urg`il
Ki, qolding korvondin, gar tinarg`a bir nafas turdung.

345

Zihi quti hayotim hajr muhlik dardida yoding,
Agar lutfungg`a loyiq bo`lmasam, yo`qturmu bedoding.

Manga lazzat sening zikring, manga quvvat sening fikring,
Manga ishrat sening vasling, manga toat sening yoding.

Agar xurshidi raxshon orzu qilsam guli ro`yung,
Va gar to`biyu rizvon mayl etsam sarvi ozoding.

Bag`ir qonin labolab aylagan oshom iki la`ling,
Ko`ngul saydin damo-dam bismil etgan ikki sayyoding.

Ulusni tirgizur qatl aylamaktin obi hayvoning
Va lekin o`lturur qatl aylamastin bizni jalloding.

Muhiqdur, ey ko`ngul, bukim ul oy faryodinga yetmas
Ki, yolqibdur, nedinkim, yetti ko`p ul oyg`a faryoding.

Demon devona, balkim dev o`lubmen ul pariruxdin,
Ne tong, ey shayx, aks etsam taxayyul barcha irshoding.

Ulusqa sofiyi ishrat tutub, ey soqiyi davron,
Hamono zahri mehnatni mening jonimg`a asroding.

Navoiy Ka`bai maqsud sari gar qadam qo`ysang,
Tajarrud basdurur hamrohingu beto`shalig` zoding.

346

Rahm etib, ey do`stlar, majruh ko`ksumni yoring,
Qo`l yolang aylab solib, har yon ichimni axtoring.

Uchrasa yuzi qora ko`nglum tutub, tortib, uzub,
O`tqa solib o`rtabon, jonimni andin qutqoring.

Ketgan ersa choklik ko`ksum tikib, voqif bo`lub,
Kelsa bu jonib, sinonlar birla sanchib qaytoring.

Chun   o`larmen — yorni  istang,   boshimg`a   kelmasa,
Bosh yolang aylab, qo`yub tufrog` uza yuz, yolboring.

Kelsa ayturda oshuqmangkim, farahdin o`lmayin,
Nuktadonlig` birla ul so`zni qoshimda o`tkoring.

Boshima yetsa, chu o`lgumdur necha faryod etib,
Bir nafas tengri uchun har qaysingiz bir yon boring.

Gar muyassar bo`lmasa bu ish, Navoiy xastani,
Qo`ldabon yo sudrabon mayxona sari boshqoring.

347

Hajrdin ko`zumga olamni qorong`u aylading,
Umrdin ko`z yumg`anim ul tunda uyqu aylading.

Jonu ko`nglum muddate sargashtadur ko`yung aro,
Boshlarin aylandururg`a buyla jodu aylading.

Holima qolur taajjubdin el og`zi ochilib,
Yo`qsa ahvolim jahon ahlig`a kulgu aylading.

Ashk siymobimudur hajringda, yo ko`z oqini
Hal qilib, ko`zdin ravon ul nav`kim su ayladnng.

Qoldi mahmizingdin oy yuzinda, ey chobuk, nishon,
Go`yiyo javlon kuni ani tepingu aylading.

Shohidi davrong`a go`yo, ey tarab mashshotasi,
Bodadin gulgunavu sog`arni  ko`zgu aylading.

Buki aytursen zamon ahlng`a yo`q ermish vafo,
Ani ma`lum, ey Navoiy, bu zamonmu aylading.

348

Nil tortib, orazing oroyishin fan aylading,
Shu`lai ko`kurd birla sham` ravshan aylading.

Sarvdin zohir yo`q erdi juz niyoz, ey sarvnoz,
To xiromon jilva birla azmi gulshan aylading.

Hazl  birla do`stluq  izhori  aylab, ohkim,
Jumlai olam elin jonimg`a dushman aylading.

Dud solmish boshima hajr, ey balo toshi, magar
Jism unining gunbadi boshini ravzan aylading.

Juz sharar ne dona hosil aylagaymen, chunki sen
Mazrai jonim aro o`t birla hirman anlading.

Chun qadah berding labi xandon bila, ey mug`bacha,
Jong`a la`li otashinni shu`laafkan aylading.

Ey Navoiy, xirqa zaylidin aritting durdi xum,
Bizni bu dayri fanoda pokdoman aylading.

349

Ayril, ey za`f, emdi mohi notavonimdin mening,
Kam qil anduh o`tini ozurda jonimdin mening.

Chok ko`ksumdek tiking og`zimni hamkim, kechalar
Har zamon seskanmagay bexud fig`onimdin mening.

Sadqa vojib bo`lsa, ey ko`zu ko`ngul, aylang nisor,
Dur bila la`l ollig`a bu bahru konimdin mening.

Ey falak, jilvang uchun aylay ravonimni fido,
Jilvagar lek olmag`il sarvi ravonimdin mening.

Jism aro har dam harorat fahm qilsang, ey quyosh,
G`ofil o`lma jon dog`i ruhi ravonimdin mening.

Soqiyo, gar la`lgun may tutsa bo`lmas yorg`a,
Itlarin serob qilg`il bori qonimdin mening.

Xurdai jonim nisoring, ey Navoiy, gar desang
Sihhat oyin nukta shohi xurdadonimdin mening.

350

Ne biymi hajrdururkim, nihoyati yo`q aning,
Visol umidi kebi haddu g`oyati yo`q aning.

Ne sud xorani gar qilsa dudi ohim mo`m
Ki, ko`ngli ichra  shararcha siroyati yo`q aning.

Agarchi shahduru ushshoq aning ranyatidur.
Vale ranyati sari rioyati yo`q aning.

Ne zulmdur buki, hajr etsa qasdi jon nogah,
Anga madadduru bizga himoyati yo`q aning.

Jafovu javri damo-damdur, ey ko`ngul, demakim,
Asiru shiftalarg`a inoyati yo`q aning.

Bu dayr aro birav osudadurki, mug`bachadin
Ne kelsa, shukr etar, ammo shikoyati yo`q aning.

Navoiy ilgida ne sabru ne umidi visol,
Kishiki bo`lmasa naqdi, kifoyati yo`q aning.

351

Qilsa ko`ksum chok tig`i zahrparvardi aning,
Qo`ymangiz marhamki, o`ltursun meni dardi aning.

Ko`yi tufrog`i aro o`ldum, dam urma, ey Masih
Kim, hayot istab yuzumdin uchmasun gardi aning.

Gul yuzungdin ayru bog`edur ko`ngulkim, ochilur
Hajr o`ti uchqunlaridin otashin vardi aning.

Ohim andoqdurki, la`ling shavqidin bir qatra qon
To`ksa ko`z, yoqutdek bag`landurur bardi aning.

Buylakim soldi samandin po`yag`a, vah, ne ajab,
Olam ichra solsa o`t barqi jahongardi aning.

Sotma, ey gul, noz ko`p, boqqil xazon bog`ig`akim,
Bor emish gulrang bir kun chehrai zardi aning.

Ber Navoiy komini yo jonin ol, ey umrkim,
Zulmni elga fig`oni haddin o`tkardi aning.

352

Ne ajab, sarvi sihiga inmasa boshing sening
Kim, emastur qaddu ra`noliqda bo`ydoshing sening.

Gar nihoni fitna ta`lim aylamas, bas ne uchun
Boshini chekmish banogo`shungg`acha qoshing sening?

Sangboroni g`amingdin bosh ne yanglig` yoshuray
Kim, saodat gavharidur boshima toshing sening.

Obi hayvon birla go`yo qildi la`li rang hal,
Suvrat ichra chun labingg`a yetti naqqoshing sening.

O`ta olmas xonaqaxi quds eli, ey mug`bacha,
Dayr eshikinda chu tuzgay bazm avboshing sening.

Dema, ey nosihki, qilmaysen so`zum birla amal,
Xotirimda qayda qolmish muncha qolmoshing sening.

Ey  Navoiy, bo`ldi qonlig` dushmaningkim, yoshurur
Yordin sarig` yuzung rangini qon yoshing sening.

353

Yuzung oq, ey g`amki, ashkim rangini ol aylading,
Jon fidong, ey dardkim, jismimni pomol aylading.

Holatim xalq anglamas, yo rab, sen-o`q rahm aylagil,
Chun g`ame berdingki, ayturdin tilim lol aylading.

Sen tarahhum qil, xudoyo, bu qotig` holatdakim,
Meni zoru dilbarimni forig`ulbol aylading.

Safhai ruxsor uza xatkim chiqarding — fitnadur,
Fitna uzra nuqtalardurkim, otin xol aylading.

Sharhi ishqing yozg`ali jismim quruttung xomadek,
Har taraf jon rishtasin ul xomag`a nol aylading.

Vah, ne hol erdiki, majlis ichra la`ling jomidin
Elni xushhol etting, ammo bizni behol aylading.

Elga javlon ichra solding tig`, yuz ming voykim,
Har qachon yetting Navoiy sari, ihmol ayladnng.

354

Ichmading may — to burunroq bizni rasvo qilmading,
Chunki rasvo qilding — andin so`ngra parvo qilmading.

Mayni zahri hajr sog`inding magarkim, totqali
Bir fidoyi men kebi davronda paydo qilmading.

May ichardin qasding ermish bizni rasvo aylamak,
Aysh fikrin mundin o`zga ishga go`yo qilmading.

Shahr badnomi meni aylab, o`zung ishrat aro
Vahki, bu badnomni bir yod qat`o qilmading.

Shoh bazmi ichra chun loyiq emas ermish gado,
Ey xirad, nevchun burunroq bizga imo qilmading?!

Ey ko`ngul, rahmat senga, har nechakim ko`rdung jafo,
Olam ahlidin vafo hargiz tamanno qilmading.

Ey Navoiy, shukrkim, garchi seni shahr ichra yor
 Shuhra qildi, sen aning sirrini ifsho qilmading.

355

Orazing guldur, gul uzra sunbuli tar kokulung,
Olloh-Olloh, gul yuzin qilmish muanbar kokulung.

Qomatingdur sham`u ruxsoringdur aning shu`lasi,
Shu`laning dudidur, ey sho`xi sitamgar, kokulung.

Ochqaningda nega har tori arodur yuz girih,
Gar ko`ngullar band qilmaydur sarosar kokulung.

Ne ajab, husn ahlining sultoni bo`lsang xossakim,
Mushkdin qo`ydi quyosh boshig`a afsar kokulung.

Sunbuledurkim, sarosar chirmashibdur sarv ila,
Naxli qadding birlakim bo`lmish barobar kokulung.

Istasangkim, bo`lmag`ay oshuftayu darham, degil,
Qilmasun bizni parishonholu abtar kokulung.

Gar Navoiyg`a dimog` oshufta bo`lsa, tong emas,
Chun separ har dam yuzung o`tig`a anbar kokulung.

356

Ishq o`tidin qismatim dardu balomu qilmading,
Dudi birla xonumonimni qaromu qilmading.

Kuymakimga barqi ofat qilmadingmu ohni,
O`lmakimga ashkni sayli balomu qilmading.

Zulm tig`idin tanimni qilmadingmu band-band,
Furqatingdin band-bandimni judomu qilmading.

Dema, ey ko`zkim, ne qildim, gar seni ko`r istasam,
Bir boqib, yuz ming balog`a mubtalomu qilmading.

Ey ko`ngul, holimni qilding arzu afzun qildi zulm,
Bilmadingmu yo bilib yaxshi adomu qilmading.

Shikva qilsak sendin, ey gardun, ravo ermas dema,
Bizni bekom aylab, el komin ravomu qilmading.

Bahri ishq ichra, Navoiy, oshnolig` topmading,
To bu bir ko`zni Aras, ul birni Omu qilmading.

357

Ne bo`ldi dardima, ey bevafo, davo qilsang,
Vafog`a va`da qilib, va`dag`a vafo qilsang.

Tanimni qurb fizosida xoki rah etting,
Boshimni vasl eshikiga oshno qilsang.

Sunub qo`lumni yuzungga, murod etib hosil,
Ochib yuzungni, ko`zum hojatin ravo qilsang.

Visol avji biyik, ey ko`ngul qushi, sen past,
Etishmak anda ne mumkin, agar havo qilsang.

Jahon g`amin chu olur, ber qadahni, ey soqiy,
Olurmen, ikki jahon mulkiga baho qilsang.

Zamona ahli jafosin tag`oful aylarsen,
Alar tag`oful etib, kosh sen jafo qilsang.

Agarchi ahli navodur vale ul oy boqmas,
Navoiyo, necha bulbul kebi navo qilsang.

358

Otashin ruxsora ochib, xonumonim o`rtading,
Xonumonim xud ne bo`lg`ay, jismu jonim o`rtading.

Dema, ne qildim, ne qildim, jonu ko`nglungni olib,
O`rtading, ey qotili nomehribonim, o`rtading!

Dilraboliq birla chun yoqting jamoling shu`lasin,
Xasta ko`nglum olg`ach-o`q, ey dilsitonim, o`rtading.

To`lg`anib kuysam, ajab yo`q, o`tqa tushkan rishtadek,
Chun firoq o`tig`a jismi notavonim o`rtading.

O`tqa soldnng sabru aqlu jonu ko`nglum barchasin,
Yo`qu borim kuydurub, yaxshi-yomonim o`rtading.

Sog`aring jonu jahondin ortug` ermish, soqiyo,
Lekin ul o`t birla-o`q jonu jahonim o`rtading.

To Navoiydek belu og`zing xayoli birlamen,
Ushbu yo`q savdoda paydovu nihonim o`rtading.

359

Elga ishqidin g`araz mehru vafosidur aning,
Gar meni o`ltursa, maqsudim rizosidur aning.

Bo`lmas ul begonavash chun oshno, bo`l, ey ko`ngul,
Bir kishiga oshnokim, oshnosidur aning.

Novaki zaxmin ko`zumdin chiqmasun deb, zaxmini
Kiyr ila tuttum, sog`inmangkim, qorasidur aning.

O`qi sufori ko`ngulda gar qizardi, ne ajab
Kim, bag`ir pargolasi har dam g`izosidur aning.

Sabr xaylin ko`nglum o`z girdinda qo`ymas, go`yiyo
Kirpiku qoshing xayoli o`qu yosidur aning.

Dahr bo`stonida bukim chok erur gul ko`nglaki,
Bulbul ahvolig`a go`yokim azosidur aning.

Shod o`lubtur faqr ko`yida Navoiy, uylakim,
Saltanat farshi gadolig` bo`ryosidur aning.

360

Zulfikim, bog`liqdurur har jong`a bir tori aning,
Tandin el jonin, ajab yo`q, cheksa raftori aning.

Tig`i zaxminkim tikarmen, sihhatim ermas g`araz,
Chiqmasun dermen hazin ko`nglumdin ozori aning.

Dona-dona xol ila g`unchangni istab, ko`rki bor
Toza-toza dog` ila ko`nglum namudori aning.

Lablaring shavqida o`lgan xalqdin ko`yungda zog`
To``ma aylabdurki, bo`lmish la`l minqori aning.

Mumkin ermas ul pariy majnunig`a hush, ey hakim
Kim, junun xattidurur bo`ynida tumori aning.

Ey musulmonlar, fig`onkim, kofire ko`nglumdadur
Kim, emas jon rishtasidin o`zga zunnori aning.

Tashnamen, soqiy, shafaqgun may to`la tut sog`are
Kim, falakni nuqta qilg`ay davr pargori aning.

To quyub og`zimg`a andoq sipqaray ul maynikim,
Qolmasun ul nav` sog`ar ichra osori aning.

Ayta olmon, asray olmon ishq sirrin, ohkim,
Sa`b erur ixfosiyu mushkildur izhori aning.

Ey Navoiy, fard bo`l, vasl istasangkim, xalqdin
Har kishikim yorlig` uzgay, xudo yori aning.

Mujda, ey tolibki, yerdin olmag`i mumkin emas,
Bir qadam matlub boshqarmay talabgori aning.

361

Ohimni sarsar aylabon, ashkimni to`fon aylading,
Bu sarsaru to`fon bila olamni vayron aylading.

Bir dam yuzin ko`rgan zamon mahrum etarga vaslidin,
Ey yig`lamoq, zo`r aylabon, ey ashk, tug`yon aylading.

Ey hajr, ashkim qonidin yer go`yin etting la`lgun,
Bu go`y shaklin uylakim bir qatrai qon aylading.

Har qatra ashkim qonidin xirqamni aylab dog`-dog`,
Jismimda har yerdin nishon bir dog`i hijron aylading.

Gardun baliyat o`qlarin otqanda, ey gul, go`yiyo
Purxori hajring dashtidin har birga paykon aylading.

Chun jonu ko`nglum xirmanin kul aylading, ey barqi ishq
Asrarg`a hajr o`tin magar ul kulda pinhon aylading.

Ey mug`, zuloli hajr edi jomi Jam ichra dayr aro,
Sing`an safol ichra solib, durdiga ehson aylading.

Davr ahlidin, eykim, vafo mumkin emas, deding, sanga
Tuttuq musallam, har nechakim man` imkon aylading.

Ey ko`nglum, irshodim bilakim tuttung oyini fano,
Kavnayn ranjidin xalos o`ldung, ne nuqson aylading.

362

Ko`rgan el bedodi hijrondin meni yer birla teng,
Ko`rsangiz ishq ahlini, mendin o`pub yer, ishq deng.

Sarv teng tutsa o`zin qadding bila, ul nav`dur
Kim, giyoh o`lg`ay qad ichra sarvi ra`no birla teng.

G`uncha ichra jola lof ursa tishing birla ne tong,
Bu adam kunjiga qolib, ul topibdur yerni keng.

Turfadurkim, kufr shomi raf` o`lub, qilg`ay tulu`
Subhi imon zulfin ochib, oshkor etsa ul eng.

Turfaroq bukim, saodat subhida chiqmish degay
Tiyra baxtim axtarikim, ko`rsa ul eng uzra meng.

Aql vasvosi xarob etmish meni hujjat bila,
Soqiyo, bir aysh jomi tut mangavu ani yeng.

Ey Navoiy, yengda pinhon etma ul oy ruq`asin,
Chun sanga uldur hamisha ashk oritmog` birla yeng.

363

Mening firoqimu aning visoli tun bila tong,
Bu nav` dahrda yo`q ehtimole tun bila tong.

G`arib zulfu yuz ermasmukim, jahon eliga
Ko`runmamish bu ikining misoli tun bilan tong.

Tongim yorug`u tunum tiyradurki, chirmashadur
Ko`ngul aro yuzu zulfung xayoli tun bila tong.

Ne tunda aysh nasimi, ne tongda mehr, magar
Ki, bo`ldi zulfu yuzung poymoli tun bila tong.

Tunung xujasta, tonging qutlug` o`lsun, ey mahvash
Ki, ikki banda sanga bo`ldi xoli tun bila tong.

Biravki, tongu tunin boda birla o`tkargay,
Yaqinki, bo`lmag`ay aning maloli tun bila tong.

Navoiy etmadi zulfu yuzung visolin kashf,
Valek erur g`amining ittisoli tun bila tong.

   LOM HARFINING LU`BATLARINING
              LATOYIFI «BADOE`»DIN

364

Ey ko`ngul, bir nav` o`lubmen ahli davrondin malul
Kim, erurmen kimki andii yaxshi yo`q, andin malul.

Hajr agar budur, netay men jonni, jon netsun meni
Kim, erur har lahza mendin jonu men jondin malul.

Tengri xalq etmish meni go`yo malolat chekkali
Kim, dame yo`qkim, emasmen xalqi nodondin malul.

Necha dinim uzra titray dilrabolar ko`yida,
Ey, musulmonlar, bo`lubmen kofiristondin malul.

Istasang maqsad, qadam qo`y, ta`n toshidin ne bok,
Ka`ba topti bo`lmag`ay xori mug`ilondin malul.

Ey ko`ngul, fikringni qilkim, do`stu dushmanlar yuzun
Ko`rmas erdi, bo`lmasa sen zori hayrondin malul.

Ey mug`anniy, tut «Iroq» ohangiyu ko`rguz «Hijoz»
Kim, Navoiy xotiri bo`lmish Xurosondin malul.

365

Ey ko`ngul, men tarki ishq ettim vale fosh etmagil,
Men senga sirrim dedim, sen elni sirdosh etmagil.

Ey ko`z, emdi ayladim har chehradin qat`i nazar,
Qil tahammul dog`i atrofimni qon yosh etmagil.

Soqiyo, qo`ydum ayog`ingg`a sirishkim la`lini,
Lutf etib, bu mayg`a jomi hajr podosh etmagil.

Rishtai mehr uzdum, ey mashshota, zulfi qissasin
Ko`p uzatib, notavon ko`nglumga chirmosh etmagil.

Gar desang qadding bo`lub xam, qolmag`aysan fitnag`a,
Ko`z solib husnig`a, mayli ul ko`zu qosh etmagil.

Hajr toshin yog`durubkim qavdi, o`lsam, ey rafiq,
Qabrim ustida to`kar toshing juz ul tosh etmagil.

Ey Navoiy, faqr yo`linda yer o`pkil har qadam,
Ya`ni ul yo`lda qadam sayr ichra juz bosh egmagil.

366

Qosido, ollinda ahvoli xarobimni degil,
Mufrit anduh birla muhlik iztirobimni degil.

Ishqi ichra za`flig` jismim shikanji sharhin et,
Toru zulfidek o`t uzra pechu tobimni degil.

Ko`yi sayrida ko`rub ani muloyim g`ayr ila,
Ravzai jannat aro do`zax azobimni degil.

Tan tiriklarning hisobi topmag`anni dog`i ayt,
Jonda ham dardu baloyi behisobimni degil.

Hajr dardidin vujud uyida bir dam to`xtamay,
Har zamon mulki adam sari shitobimni degil.

So`rsakim, g`am bazmida mensiz tuzarmu bazmi aysh,
Qon yoshimdin boda, bag`rimdin kabobimni degil.

Ey Navoiy, g`am bila bexudlug`umdin nukta so`r,
Yor hajrinda bu yanglig` xo`rdu xobimni degil.

367

Eyki, ishq oshubida holim so`rarsen, so`rmag`il,
Ko`zlarimda su ko`rub, ko`nglum aro o`t anglag`il.

Ey pariy devona deb ko`nglumni qavma har zamon,
Da`voyi dildorlig` qilsang, ko`ngulni asrag`il.

Ey, bahori husn, barqi vasl ila kul qil meni,
Notavon ko`nglumga lekin dog`i hijron qo`ymag`il.

Sho`xluqtin buki bog` ichra tilarsen o`ynamoq,
Ko`zlarimning bog`i serobinda bir ham o`ynag`il.

Telba ko`nglumni hamisha qilma majruh, ey pariy,
Tig`i kin yuz qatlakim sursang, biror ham aldag`il.

Kirdi ishq ahli fano dashtig`a, ey majnun ko`ngul,
Istasang yo`l ozmag`aysen, korvondin qolmag`il.

Ey Navoiy, dayr aro bo`lsang gadolig` birla mast,
Bosh qo`yar bo`lsang, safolingni boshingg`a yostag`il.

368

Ne atovu ne o`g`ul, sen shah yigit, men qori qul,
Hech ato ko`rmaydur erkin sen kebi badmehr o`g`ul.

Ishqing otashgohig`a har nechakim qildim nazar,
Shu`lasi o`tluq nafasdur,  axgari qonlig` ko`ngul.

Ro`zgorim hajr dashtida qorarg`an, ayb emas
Kim, aning mushkin nasimi dud erur, tufrog`i kul.

Domi ishqingdin gar ozod aylasang ko`nglum qushin,
O`zga yon qilsa havo, sing`an paru bolini yul.

Necha qilg`ay dardi dil har dam sanga jon, ey ajal,
Rahm etib, andin meni qutqar, o`zung dog`i qutul.

Istasang maxlas qora qayg`udek anduh shomidin,
Subhdek ollingg`a davrondin nekim yuz bersa kul.

Ey Navoiy, sa`y ila chun vasl hosil bo`lmadi,
Yor lutfig`a tikil emdiyu g`ayridin to`ngul.

369

Gah-gah, ey sho`x, meni boshing uchun yod etgil,
Yo boshingdin evurub bir yo`li ozod etgil.

Biymi hijroning ila necha qilursen g`amnok,
Netti bir mujdai vasling bila ham shod etgil.

Bordingu uzr bukim tuzmadi bedodimg`a,
Kel dog`i onchaki mumkin esa, bedod etgil.

Noladin ishqki ko`nglumni yitib, yetti firoq,
Emdi, ey telba, fig`on chekkilu faryod etgil.

Bazmdin surdingu ketmakka erur moni` za`f,
Soqiyo, bir-ikki sog`ar bila imdod etgil.

Faqr dashtida desang forig`u ozoda boray,
Kir tavakkal bilayu vahmni barbod etgil.

Ey Navoiy, tilasang ishqda emganmagasen,
O`zni hijron g`amiyu dardi bila mu`tod etgil.

370

Qoshlaringdinkim erur qonlig` ko`ngul ichra xayol,
Ul qizil kog`azda nundur, bu shafaq ichra hilol.

Tutmayin ko`nglumda taskin qaddi vaslin istamon,
Qayda payvand etsalar, tutqay o`zi, tutmay nihol.

Sarvning seni kebi boshinda dastor uzra chin,
Nargis uzra nuqta monandi ko`zung ustida xol.

Za`flig` jismimdadur har yon bo`g`inlardin girih,
Nol torig`a erur garchi tugun tugmak mahol.

Lolagun may tobidin ul oy qizarmish yo magar
Sho`xluqtin lolazor ustida ag`naptur g`izol.

Davr elida gar vafo yo`q, sen vafo qilg`il, valek
Kimni xushhol etsang, andin tut o`zungga yuz malol.

To Navoiy zulfi yanglig` poybo`sin istadi,
Gah parishonhol erur ul zulfdek, gah poymol.

371

Do`stlar, ul sarvqad hajrinda chun bo`ldum qatil,
Sarv eking, gar qo`ymoq istarsiz mazorim uzra mil.

Ko`hi hajr egnimda istarmen ani sur`at bilan,
Shavqdin xasdek tanimg`a ermas andoq yuk saqil.

Za`f aro sunbulni gar zulfung dedim, tong yo`qki, bor
Xastag`a javzo tuni yaldo tuni yanglig` tavil.

 
Rashkdin bir-birga qiymas mehrini jonu ko`ngul,
Rost andoqkim hasud el molig`a bo`lg`ay baxil.

Buki hijron tig`idin ko`ksumni yuz chok aylading,
Yuz dalilim bor, agar har chok bo`lsa bir dalil.

Dayr jannat, huri ayndur xo`bluqtin mug`bacha,
May zuloli birla ko`p aynan tusammo salsabil.

Gar yuzung istab Navoiy ko`zlaringga xordur,
Ne ajab, din ahli kuffor ollida bo`lmoq zalil.

372

Hajring kunin bir yilchavu har soatin bir oycha bil,
Hayrat mahalli bo`lmag`ay o`n ikki oy gar bo`lsa yil.

Ul ishvagar chun ochti yuz — ko`zga nazar yo`q, tilga so`z
Kim, ashkdin bog`landi ko`z, hayratdin ul yanglig`ki til.

Chun shahsuvorim otlanur, andin falak la`b o`rganur,
Ishqida jismim to`lg`anur, ul nav`kim o`t uzra qil.

To chiqmas ul gul bog`din, bo`lmish bu dardu dog`din,
Dardim og`irroq tog`dnn, xoshokdin jismim yengil.

Ey husn aro soxib g`ino, xurshid otangdur, oy ano,
Istar esang nisbat yana, ham sarv og`o, ham gul singil.

Ko`k mehridin ayyorroq, Bahromdin xunxorroq,
Sen yo falak g`addorroq, ey mehri yo`q mohim, degil.

Ko`rdi Navoiy jon  aro g`am shu`lasi hirmon aro,
Ko`z mardumidek qon aro, ko`rgach libosingni qizil.

373

Ul guli ra`nog`a nomam xo`b emas yakson qizil,
Safhasi bo`lsa kerak bir yon sarig`, bir yon qizil.

Hajr o`tidin qoni ko`nglumning qurubtur, gar ul o`t
Zor ko`nglumni qizitmaydur, nedur paykon qizil.

Sarvg`a gulnor bargidin libos etkan kebi,
Chekti gulgun hulla naxli qaddig`a jonon qizil.

Besutun Farhod qabridur qizarg`an loladin,
Yo aning qonidin o`lmish tufrog`i har yon qizil.

Orimas ashkim bila ko`zning qizarg`an raglari,
Bahr mavjidin oqarg`udek emas marjon qizil.

Qon yoshim serob qildi bog`ni, mundin nari
Anda tong ermas ko`karmak sabzavu rayhon qizil.

Gar ko`zung zaxmin ko`ngullar qonin etmaydur g`izo,
Bas, nedin qon to`kkali bo`lmish nachukkim qon qizil.

Charx bahridin bu yanglig` bo`lsa qon yutmoq mudom,
Yo`q ajab, emdi sadaf bermak durri g`alton qizil.

La`li shavqidin sarosar lolagundur ko`z yoshim,
Ey Navoiy, kim ko`rubtur bahri bepoyon qizil.

374

Yor hijronida sarvaqtimg`a yetting, ey ajal,
Jon  fidong etsam hanuz ozdurki,  kelding darmahal.

Jon talashmog`liqqa qo`yma la`li hajridin meni,
Chun erur ta`xir aro ofat, ko`p qilma hayal.

Jonni bot olmoq sanga mushkul esa, jon chekma ko`p,
Qo`yki, bu mushkulni bot aylar aning hijroni hal.

Hajridin o`lmay visoli no`shidin topsam umid,
Aylagumdur sa`y o`lmaktin tirilmak filmasal.

Hajr bemorig`a qotil zahr erur hayvon suyi,
Ey Masih, asra nafas bu nuktada, qilma jadal.

So`ngg`i kundin xalq tarson, men burun kundin vahim,
Elga g`am shomi abad keldi, manga subhi azal.

Ich Navoiy, g`ussa tahlilig`a gulgun bodakim,
Bir piyola la`li mahlul o`lmadi andin badal.

375

Jong`a zulmungni nechakim ko`nglung istar, oncha
Qil, Men cheka olg`ancha demon, sen qila olg`ancha qil.

Qo`zg`adi ko`nglumni bedod aylabon xayli g`aming,
Gar rioyat aylasang, ul mulk qo`zg`olg`ancha qil.

Jonima ming dard solding, ayla mingdin birni daf`,
Aytmon anda davo ham dardni solg`ancha qil.

G`am yuki ostida tavshaldurdi hijroning meni,
Iltifot etsang dog`i men zor tavsholg`ancha qil.

Javru bedoding tuganmay qolg`an ersa jonima,
Charxdin ham untuj olsang, ol demon, qolg`ancha qil.

Va`dai mehrin manga yuz qatla yolg`on etti charx,
Sen dog`i bemehrlik qilsang, yuz ul yolg`ancha qil.

Ey Navoiy, navha ohangida ko`p qilding fig`on,
Emdi majlis mutribi bu nag`mani cholg`ancha qil.

376

Bu ne qomat, bu ne raftoru na shaklu na shamoyil
Kim, etar aqlni madhush, dog`i hushni zoyshk

Yuzi kuydurmakima o`t, sochi yig`latmog`ima dud,
Ko`zi torojima soiy, qoshi xunrezima qotil.

Jonfizo husni niqob ichra, dog`i el talashib jon,
Qolmag`ay erdi tirik bir kishi, ul bo`lmasa hoyil.

Tig`in egnimga tushurmakni hamoyil tilayolmon,
Qayda ul baxtki, bo`lg`ay qo`li bo`ynumg`a hamoyil.

Ey habib, etma Masih ollida izhori fasohat,
Chun erur dam ura olmasqa labing ollida qoyil.

Aqlu hushu xiradu jonni aning yo`lida qo`ydum
Topmadim vasl muhayyo qilibon muncha vasoyil.

Chunki ushshoq uni yoqmas emish ul gul qulog`ig`a,
Ey Navoiy, necha bulbul kebi bu na`rai hoyil.

377

Ey musavvir, orazin ko`r, mehri raxshon chekmagil,
Jondin ortiqdur labi, zinhorkim jon chekmagil.

Keldi ul mir`oti husnu uchmoq istar jon qushi,
Ey ko`ngul, bir lahza urma ohu afg`on chekmagil.

Novakidin jon topib erdimki chekting, ey rafiq,
Emdi bore zaxmidin bir lahza paykon chekmagil.

Eyki, bo`ynum bog`lading ko`yida jurmi ishq ila,
Asra gardanbasta qulni, lek har yon chekmagil.

G`amza tig`idinki ko`nglumni qovorsen oshkor,
Chin esa qullob, zulfung birla pinhon chekmagil.

Mumkin ermas qismat o`lg`an rizqning afzunlig`i,
Bas xaloyiq minnatin, to bo`lg`ay imkon, chekmagil.

Ey Navoiy, xonaqah shayxi ko`p etkay zarqu makr,
Yo`qluq asbobini mug` dayridin oson chekmagil.

378

Nachukki dard qirog`i ayog`ing ostida dol,
Uzor nuqtasi yanglig` uzoring ustida xol.

Alif kebi qading ul ikki lomi zulf ichra
Ko`rungach, o`ldum alar vasfin aylamaktin lol.

Taningki moviyi behol hulladin ko`runur,
Tanimni su kebi, tong yo`q, gar aylasa behol.

G`arib holim agar yor so`rmasa, ne ajab
Ki, og`zi yo`qlug`idin yo`qturur mahalli savol.

Malolat etti meni gard, lek qo`rqarmen
Ki, yetkay, ani desam, xotiringg`a gardi malol.

Bu bog` gullari chun bevafodur, ey bulbul,
Xush ul qusheki, taalluqdin o`ldi forig`bol.

Navoiy, istasa dilbar seni firoq ichra,
Murod topma, agar xud muroding o`lsa visol.

379

Iki ko`z manziling, ey mohi mahmil,
Ko`ngulga azm qil manzil-bamanzil.

Ko`zung qotildur, ammo zahr chashming
Erur o`lturmakimga zahri qotil.

Eshikingda yozarmen ohlar, lek
Bo`lur, bir oh cheksam, barcha zoyil.

Meni majnun dedi laylivashim, voy
Ki, bu devonani sog`indi oqil.

Ko`zung chun nimxob erdi, ne tong, gar
Ko`ngul saydini qildi nim bismil.

Erur bir xol birla mabdai fayz,
Sanga gar yetmas, ayla o`zni qobil.

Navoiy, o`zlukung raf` etkim, ul but
Erur maqsud ruxsorig`a hoyil.

380

Yoqing o`t bergali, ey ishq, hayotimg`a xalal,
Dog`i hajr o`rtagucha o`rtasa nodog`i ajal.

Deb emishsenki, firoqimdag`i ushshoq ichra
Nechasin aylagum oxir, meni bori avval.

Nomai hajrim aro safhai taqvim kebi
Ashk qoni bila har sari chekilmish jadval.

Barqi tig`ingki vujudum xasini kuydurdi,
Dudidin tiyra gar o`lsa, kulidin ber sayqal.

Boshima shu`lai hijron tutashibdur, ne osig`
Kim, yorutmas qora hajrim kechasin bu mash`al.

Zohido, boda gunah bo`lsavu lekin ne gunah
Bizga bu ishni nasib etti chu qassomi azal.

Ishqdin ko`p gala nazm etti Navoiy, bilmon,
Naylagay, turfa g`azolig`a yetushsa bu g`azal.

381

Go`yo labu xattingni tarh etkanda naqqoshi azal,
Shingarfu zangor o`rnig`a la`lu zumurrad qildi hal.

Fosh etti gohi riqqati ko`z qoni tomg`an hay`ati
Kim, ko`z qorasin furqati qon birla aylabtur badal.

Dog`i firoq, ey dilrabo, andoq ko`zum qildi qora
Kim, ko`z qorasidek manga matlub erur dog`i ajal.

Sen furqat istab kin ila, men yer o`pub tamkin ila,
Qatl ahliga taskin ila qilmoq namoz erur hiyal.

Hajring o`tidin har zamon andoq kuyar ozurda jon
Kim, sog`inur bog`i jinon do`zaxqa kirsa filmasal.

Yuz yilg`a umr o`lsun qarin bir dam ko`rar ahli yaqin,
Bas nedur, ey xilvatnishin, muncha sanga tuli amal.

Vaslu zamoni bul-ajab, soqiy, qadah tut lab-balab,
Mutrib, tuzat savtu tarab, o`tkar, Navoiy, bir g`azal.

382

Ishqing o`tidin tanim kul bo`ldi, ey badmehr, bil,
Mehr uyi qilsang bino, ul kul bila tarh aylagil.

Gar buzuqta chug`z nolon ko`rmamishsen, zaxmi ko`p
Tan aro afg`on chekar ko`nglum qushin nazzora qil.

Keldi chun ohimdin o`t olmoqqa Majnuni zaif,
To`lg`anib churkandi ul o`t ichra ul yanglig`ki qil.

G`am tuni za`f ettim andoqkim sahar ul ko`ydin
Subh anfosi uchurg`udek tanim bo`lmish yengil.

Ko`nglaki gulgun behol o`ldi chun jismin quchar,
Naylasun behol bo`lmay, en ko`ngul, oxir degil.

Umrg`a hech e`timode yo`qtur, ey g`ofil ko`ngul,
Oyu yilni necha mast o`tkargasen, bir ham oyil.

Necha ul kirpik sinonig`a Navoiy ko`nglini,
Har zamon ilg`aysen, ey badmehr, ani bir ko`zga il.

383

Kim dedi mehringni ul mahvashqa ravshan aylagil,
Kuch bila joningg`a jononingni dushman aylagil.

Ul pariy chun bordi, xohi telbalardek dasht tut,
Xoh zuhdu ofiyat kunjini maskan aylagil.

Chun bo`lur ul turfa qush ko`prak ramida, ne osig`,
Har zamon yuz qatla gar faryodu shevan aylagil.

Ey quyosh, ishqingda gar sargashta bo`ldi zarrae,
Garm o`lub kuydurma, balkim mehr anga fan aylagil.

Bo`lmasa ul sarvi gulrux, ey ko`ngul, do`zaxcha bor,
Xohi azmi dasht qil, gar mayli gulshan aylagil.

Har ne davrondin kelur, taslim xushtur, ey rafiq,
Naf` chun yo`q, o`zni gar yuz qatla tavsan aylagil.

G`am sipohi qatlig`a mayxonadur dorul-omon,
Ey Navoiy, zinhor ul uyni ma`man aylagil.

384

Ey pariy, yuz yoraliq ko`nglum sari nazzora
Qil, Yorasiz har qaydakim topsang, ani ham yora qil.

Pora-pora aylagach bir-bir aning ajzosini,
Yuzlarin borining ohim dudi birla qora qil.

Xayli hindudekki, dushman ilgida bo`lg`ay asir,
Har birisin olam ichra bir taraf ovora qil.

Chun alar ovora bo`ldi, ko`zlarimni ham o`yub,
O`tqa tashlab, uylarin ham tosh bila yuz pora qil.

Ul ikavdin boshima kelgan balovu g`ussani
Aylabon mundoq uqubatlar zamone chora qil.

Ko`zu ko`nglum bo`lmasa netkung agarchi, ey sipehr,
Xo`blarg`a sarvdin qad, mehrdin ruxsora qil.

Ey Navoiy, o`ynag`ung yo`q ishq to yuz ko`rmagung,
Uzr aytib, yer o`pu so`z tarkini yakbora qil.

385

Ey ko`ngul, hijron kunidur, tortib afg`on yig`lag`il,
Vay  ko`z,  ayrulg`ungdur ul gulchehradin, qon yig`lag`il.

Ko`z tutarmen, ey bulutkim, o`tsang ul gulshan sari,
Chun sog`insang bizni, un tortib, farovon yig`lag`il.

Rostliq haqqi uchun, ey sham`, bir tun bazmida
Chiqsa so`z mendin, kuyub behaddu poyon yig`lag`il.

Ey qadah, qon yutmag`imni majlisinda sog`inib,
Cheksa gulgun boda ul gulbargi xandon, yig`lag`il.

Ko`nglum olg`an chog`da, ey ko`z, man`i ashk ettim, valek
Qasdi jon ham qildi chun ul ko`nglum olg`on, yig`lag`il.

Yo`l qotiq, maqsud mubham, ya`s g`olib, ey ko`ngul,
Un chekib bu holinga, to bordur imkon, yig`lag`il.

Ey Navoiy, belu og`zidin sanga yo`qtur nasib,
Xoh paydo nola chekkil, xoh pinhon yig`lag`il.

386

Hajr o`qidin, ey ko`ngul, har  yon  qanotlar soz  qil,
Ul pariy vasli havosin istabon parvoz qil.

Istasang bir qissa, ey roviyki, el ko`p yig`lag`ay,
Ishq aro ko`rganlarimning sharhidin og`oz qil.

Biz niyoz ahliyu sen noz ahlisen, rahm et gahe,
Qo`y niyoz etmakka bizni goh, o`zung ham noz qil.

Gar desang qatlim so`zinkim yo`q degum yo`q, ey Masih,
O`lgum armon birla, bir dam ham meni hamroz qil.

Rahm ozu javr ko`p qilmoq sanamlar da`bidur,
Gar qila olsang ani ko`prak, bu birni oz qil.

Berma, ey zohid, taayundin o`zungga imtiyoz,
O`zni eldin betaayunluq bila mumtoz qil.

Gar begonamassen Navoiyning nihoniy dardini,
Yona, ey ishq, ohi birla ashkini g`ammoz qil.

387

Tig`i hijroning bila ko`nglumni yuz parkand bil,
Har birin yuz yoraliq bag`rimg`a bir payvand bil.

Dema har torida zulfining nedindur yuz girih,
Har birin ul torlardin yuz ko`ngulga band bil.

Oyu kun gar volidayi o`lsa ul afzun husn aro,
Ayb emas, ikki sadafqa dur kebi farzand bil.

Yolg`on ahli ishq yanglig` qatlim etma, chehra och,
Bir ko`rub ishq ichra o`lmakka meni xursand bil.

Husnig`a o`xshatting, ey gardun, quyoshingni, valek
On anga monanddek, ani munga monand bil.

Eyki shahsen, lek qilmaysen ravo el hojatin,
O`zni ham o`zdin ulug`roq shahg`a hojatmand bil.

Ey Navoiy, pand eshitmay telba ko`nglung bo`ldi gum,
Desang andoq bo`lmay, ahvolin o`zungga pand bil.

388

Hullasin ul sarv qildi naxli ra`nodek yashil,
Lek ohim dudidin vahm aylab osrodek yashil.

Evrulur boshig`a bulbullar kebi parvonalar,
Qilg`ali ul sham` kisvat sarvi ra`nodek yashil.

Rangi la`li gar durur qonlig` mujam, tokim erur
Vusma birla qoshi mino tusluq yodek yashil.

Istamas bo`lsa qora el ro`zgorin ul quyosh,
Hullasin bas nevchun etmish charxi xazrodek yashil.

Gar muallim lavhi mino javrin o`rgatmas, nedin
Lavhai ta`limin etti lavhi minodek yashil.

Revu rang ahli muridi bo`lmag`ilkim, Xizr emas,
Xirqasin har ahmaq etsa baqli hamqodek yashil.

Ey Navoiy, yuz gul ochti joninga ul sarvinoz,
To libos etti bahori olamorodek yashil.

389

Yuziga, anglamadimkim, niqob erur hoyil,
Quyosh jamolig`a yoxud sahob erur hoyil.

Uzori ustida kokilmu bo`ldi oshufta,
Yo`q ersa gul yuziga mushki nob erur hoyil.

O`qung ko`runmas esa pora-pora ko`nglum aro,
Ne tongki, six ko`rarga kabob erur hoyil.

Buzug` ko`ngul aro ul ganji husndur, yuz shukr
Ki, el ko`zidin anga bu xarob erur hoyil.

Fig`onki, turfa mug`anniy uni bila xushmen,
Vale netayki, yuziga kitob erur hoyil.

Ko`rarsen ani, gar o`zluk hijobin etsang raf`,
Agarchi ko`rgali yuz ming hijob erur hoyil.

Navoiy, aylama ko`rmak xayol ul gulni
Ki, bargdin yuziga behisob erur hoyil.

390

Orazingni bog` aro chun ko`rdi, hayron bo`ldi gul,
Bargsiz qoldi, nedinkim, bas parishon bo`ldi gul.

Bodadin gul-gul ko`rub ul yuzni, aning hajridin,
Chok-chok o`lg`an ko`nguldek tah-batah qon bo`ldi gul.

Guluzorim kishvari husn ichra bo`ldi podshoh,
Rost andoqkim, chaman mulkida sulton bo`ldi gul.

Sayri bog` aylarda davron chashmi zaxmi daf`ig`a,
Har taraftin chobukum davrida qalqon bo`ldi gul.

La`li komimdur, qoshimda kelsa ul gul xirmani,
May tilar ko`nglum, chu bazmimda farovon bo`ldi gul.

Kecha-kunduz qilma gulbongingni bas, ey andalib
Kim, sanga besh kun bu gulshan ichra mehmon bo`ldi gul.

Gul chog`i yori safar aylab, Navoiy jonig`a
Har biri bir toza qonlig` dog`i hijron bo`ldi gul.

391

Otashnn gul g`unchasidur o`tlug`u qonliq ko`ngul,
Zor bulbul tumshug`i chokidin afg`onliq ko`ngul.

Bo`stonafro`z erur har yon nihon tuxmi aning,
Hajr xunobi aro yuz dog`i pinhonliq ko`ngul.

Xasta jonning so`gida devonaedur motami,
Ko`kragimning zaxmidin choki giribonliq ko`ngul.

To bo`lub yuz pora, har bir pora zulfung toridin
Birga bog`landi, base topti parishonlig` ko`ngul.

Birki hayron bo`ldi ul orazg`a, ko`rdi xalqdin
Har nafas yuz qatla o`z holig`a hayronlig` ko`ngul.

G`unchalar ermas tikonlar ichrakim, ushshoqdek
Charxdin ko`rguzdi ul ham necha laykonlig` ko`ngul.

Ey Navoiy, ko`nglung oldurma, yo`q ersa sen o`lub,
Ne osig`, yuz qatla gar qilsa pushaymonlig` ko`ngul.

392

Yuzini ko`rdi badan chokidin xarob ko`ngul,
Uzuldi, baski ayon qildi iztirob ko`ngul.

Chu bo`ldi jilvagar ul ganji husn hasratidin,
Xaroblig` qiladur har zamon xarob ko`ngul.

Magar shikanjai zulfungg`a qoldikim, urdi
O`ziga g`uncha kebi muncha pechu tob ko`ngul.

Balodurur g`ami ishqing sening vale yuz voy
Kim, ul balodin eta olmas ijtinob ko`ngul.

Sharori oh masallik ul oy havosida ko`r
Ki, pora-pora qilur ko`k sari shitob ko`ngul.

Rioyat ayla sudek sof xalq ko`nglinikim,
Sinar nafas bila ul nav`kim hubob ko`ngul.

Navoiy oncha labingdin dediki, bo`ldi anga
Teshilmaki bila qon ichra la`li nob ko`ngul.

MIM HARFINING MAHBUBLARINING
MALOHATI «BADOE`»DIN

393

Bormu ul ikki o`rulgon gesuyi anbar shamim,
Yo etak solmish Muhammadda yozilg`an ikki «mim».

Hamd vajhida biri sarchashmai obi hayot,
Haddi lutf ichra biri sarxalqai ahli na`im.

Ul biridin ruhparvar topti anfosi Masih,
Bu birisidin asosin ajdaho ko`rdi kalim.

Jahl aro o`lgan ko`ngullarga dami Iso bo`lub,
Chun esib tanlar quburig`a riyozingdin nasim.

Ko`rmagan bo`lsang ato, ma`ni anga bu bo`ldikim,
Sen kebi chiqmay nubuvvat bahridin durri yatim.

Turfa bukim, bul bashar keldi atolarg`a ato,
Lek Bulqosim dedi farzand ani bevahmu biym.

Qidmat ichra barchadin bo`ldung muqaddamroq, valek
Ulki sendindur muqaddamroq, erur hayyi qadim.

Yo nabiilloh salomatdin bo`lub men munharif,
Bir inoyat birla ahvolimni qilg`il mustaqim.

Tong emastur, gar navo bo`stonida topqay maqom,
Chun Navoiy o`zni na`ting ko`yida qildi muqim.

394

Necha hijrondin buzug` ko`nglumda bo`lg`ay dam-badam
G`am uza g`am, dard uza dardu alam uzra alam.

Yor hijroni, vatan tarkiyu g`urbat shiddati,
Charx bedodiyu davron mehnati, el javri ham.

Sabr ozidin azob, anduh ko`pidin iztirob,
Ashkdin sayli balo, oh o`tidin har dam alam.

Subhu shom emgak ko`pidin ko`ngluma yuz ming balo,
Shom to subh uyqu yo`qtin jonima yuz ming sitam.

Barcha bir sari, mangavu yor za`fi bir sari,
Kosh anga sihhat bo`lub, bo`lg`ay manga yuz muncha g`am.

Sadqa aylarga anga loyiq, manga yo`q tuhfae,
Xasta jonim naqdi bordur elt, ey payki haram.

Ey Navoiy, sharhi holimni dedim irsol etay,
So`zidin ham safhag`a o`t tushti, ham kuydi qalam.

395

Subhidam gul yoqti sham`u lola zohir qildi jom,
Ya`ni yoqib sham`, ol jomi sabuhiy birla kom.

Jomi gulgun xushturur bir sarvqad sho`x ilgidin,
Ul nafaskim, tong yelidin gulga sarv aylar salom.

Subhkim bulbul maqomi «rost» tuzgay sarv uza,
Bazm uchun tut sen dog`i bir sarv ayog`inda maqom.

Subh nevchun umrdin may birla kome topmag`ay,
Kimsakim, umrig`a yo`qtur e`timod o`lg`uncha shom.

Soqie xushtur sabohatlig` sabuhi vaqtida,
Lek andin xushroq uldurkim, bu aysh o`lg`ay mudom.
 
Gul arusig`a berur ziynat chaman mashshotasi,
Su bila har subh to bo`lmish zilol oyinafom.

Sen dog`i bir gul isi birla dimog`ingni qizit,
Vasl savdosin pishur, garchi erur savdoi xom.

Men xud ul sarvi xiromonni dedim, umri aziz,
Vahkim, ul sarvi xiromon bas itik aylar xirom.

Ey Navoiy, umr ishida xud ko`p ihmol aylading,
Qilmasang dunyo ishiga ham bo`lur ko`p ihtimom.

396

Xoli xatting uza, ey turfa sanam,
Aylading nuqta xat ustida raqam.

Tushti ko`z zulf ila og`zingg`a, ne tong,
Aylasa ishq vujudumni adam.

O`t solib boshima ishqu tan aro,
Sham`ning rishtasidek pech ila xam.

O`qi zaxmi uza kuydurdum dog`,
Qorasi zaxm uza bo`ldi marham.

O`ziga qilmag`an o`zlukni harom,
Harami ishq aro bo`lmas mahram,

Soqiyo, oyinagun jom bila
Bir dam etgil meni Iskandaru Jam

Ki, na Jam qoldiyu ne Iskandar,
Itti ul jom ila ul ko`zgu ham.

Shod bo`lkim, ikki olam komi
Arzimaskim, yegasen bir dam g`am.

Ey Navoiy, sanga sa`b o`lsa xirad,
Telbalik silsilasin tut mahkam.

397

Yorg`a yetkach alam, tutti ko`ngul xaylini g`am,
Shahg`a chun ranje yetar, ranjur o`lur mulk ahli ham.

Yor uydin chiqmasa, olam ko`zumga tiyradur,
Chun quyosh chiqmas, jahondin murtafi` bo`lmas zulam.

Ne haroratdur sangakim, kuydi andin olame,
Uylakim o`rtar jahonni mehr o`ti urg`ach alam.

Ne araqdurkim, ichinda g`arqadur nozuk taning,
Bargi guldekkim, gulob ichra cho`mar sar to qadam.

Sarvg`a bog` ichra har yon jilva qilmoq xushturur,
Soyadek nevchun yotibdur sarvi gulzori Eram.

Sensiz ichmak uyladurkim marg jomi ichra zahr,
Obi hayvon birla gar bo`lsa labolab jomi Jam.

Ey Navoiy, sadqasi bo`lg`il alam daf`i uchun,
Men o`lub, gar ul salomat bo`lsa, hech ermas alam.

398

Er uzra tim-tim qon yoshim go`yoki tommas dam-badam
Kim, naqdi vasling bay`ig`a ko`zlar sanar bir-bir
                                                                                     diram.

Ishqingda bo`lg`ach xoki rah, bo`ldum balokashlarg`a shah,
G`am xaylidin tortib sipah, oh o`tidin chektim alam.

Bir qatla ko`rsang ani, bas, ta`n etmagay erding havas,
Ishqig`a, eykim, har  nafas bizni qilursen muttaham.

Ey sarv qaddi mahliqo, tengri qachon ko`rgay ravo
Mendin vafo uzra vafo, sendin sitam uzra sitam.

Yo`q fikri bu devonaning, titrar ichi hamxonaning
Kim, saqfi bu vayronaning ashkim suyidin bo`ldi nam.

Mutrib, navoe kom tut, mug` dayrida orom tut,
Soqiy, labolab jom tutkim, qasdi jonim qildi g`am.

Berganga g`am dahri dani mayxona basdur maskani
Kim, boda daf` aylar ani, yetsa kishiga har alam.

Dayru haramda sar-basar, ul yuzdin istarlar xabar,
Ko`p ham nizo` etma agar ul der samad, bu der sanam.

Deding topib jonon isi, toptim labidin jon isi,
Kelur bu so`zdin qon isi, tinma, Navoiy, asra dam.

399

Tutqali bodai gulgun qadi savsan mohim,
Savsani xonadurur har kecha manzilgohim.

Vahki, vasfida tilim loldurur savsandek,
Savsani to`n ila to jilvagar o`lmish mohim.

Ko`rgali qaddini savsan sari tuz boqmaymen,
Ushbu so`z tuzlugiga tengri erur ogohim.

Manga dilxoh aning qaddu yuzidur, garchi
Savsanu gul sari ko`p mayl qilur dilxohim.

Qomating xijlatidin savsan o`lubtur necha rang,
Yo bu nav` etmish ani shu`lavu dudi ohim.

Bu chaman savsanu sarvig`a baqo chun yo`qtur,
Bo`lsa gul gashtidin aning, ne ajab, ikrohim.

Ey Navoiy, netayin sarv ila savsanki, erur
Savsani to`n bila ul sarvi ravon hamrohim.

400

Qachon ko`rsam ul oyni, kuydurur jonimni afg`onim,
Agar ko`rmak muyassar bo`lmasa, miskin mening jonim.

Ko`zum yoshi tanim zaxmi bila ko`yung yo`lin tuttum
Ki, bir sari borur ashkim, yana sari borur qonim.

Tanimda buki pinhon dog`lardur, aylagay pinhon
Tanimni, har tarafdin bo`lsa paydo dog`i pinhonim.

Quyundek dasht uza sargashtadur xoki tanim, yoxud
Libos etmish quyunning pardasidin jismi uryonim.

Tanimg`a kelmadi ovora ko`nglum ko`yidin, go`yo
Unutmish xonumonin ul aloxonu alomonim.

Yonimg`a keldi ul mahvash, dam urmon, lek naylaykim,
Ko`ngulning iztirobidin teshilgudekdurur yonim.

Ayoqchi mahvashu may dilkashu ahli tarab sarxush,
Qadah kelturki, qilmoq porsoliq yo`qtur imkonim.

Zamon ashobining hajri qoshimda vaslidin xushroq
Ki, xushroqdur visolimdin alar ollida hijronim.

Navoiy ishq aro zunnor bog`lab kirdi dayr ichra,
Mug`ona bir qadah bermas hanuz ul nomusulmonim.
Powered by OrdaSoft!