201

Shahsuvorim tavsani aylarmu oyo po`ya tez,
Yo quyosh turki falak raxshin qiliptur garmxez.

Ul shihob ermaski maydoni aro go`y o`lg`ali,
Sa`d kavkablar tushar yerga qilib ko`ktin gurez.

Gardlig` chavgon xamida axtar o`lg`an uylakim,
Go`yi g`abg`ab davrida chavgon zulfi mushkbez.

Markabi ter qatrasi birlaki haryon sochilur,
Bir sahobi durfnshondur yer yuziga qatrarez.

Go`yi chavgon zarbidin tutmoq bila har dam havo
Biym erurkim shishayi gardunni qilg`ay rez-rez.

Soqiyo, may berki bu davron aro go`y urdi ul
Kim, falak chavgoni birla qilmadi mardum sitez.

Go`y uchun indi kavokib gardidin yer tutti avj,
Ey Navoiy, voqif o`l go`yoki bo`ldi rustaxez.

202

Qush keturdi nomangu, ko`nglumni qildi shu`laxez,
Ayladi go`yo qanotining yeli bu o`tni tez.

Zor tandin ming tugan solmish qora, o`lsam ne tong,
Gulbuni umrumg`a bu yanglig`ki bo`lmish bargrez.

Sarsari hajringki sovurdi kulumni, yo`qturur —
Ishq ila dard ahlig`a mundoq nasimi mushkbez.

Eyki dersen chiqmamish ul masti kofir qatl uchun,
Bas nedin islom aro bu nav` tushmish rustaxez.

Gar salomat istasang nekim yetar taslim bo`l
Kim, sitez ahlig`adur andin yetar ko`proq sitez.

Istama mendin damodam boda ichmak, ey rafiq
Kim, nashotim sog`arin g`am toshi etmish rez-rez.

Ey Navoiy, chun zaruratdur bu maskandin rahil,
Xoh tutqil go`shae, xohiy jahon mulkini kez.

203

Sovug` ohimdin o`lsang betahammul ko`zga keltur yuz
Ki, anda ablaq etmishmen murattab tegrasi qunduz.

Yurak qoni sirishkim birla ko`zdin chiqti g`am shomi,
Kecha daryoda rahbarlik qilur sohil sari yulduz.

Qachong`a tegru sarvu nargisu gul jilva qilg`aylar
Chaman ichra xiromon qad bila ko`z ochu yuz ko`rguz.

Raqibu vasl no`shi, menu hijron nishi, vah, rahm et,
Ani ham gah-gahe o`ltur, meni ham gah-gahe tirguz.

Qorong`u chahda Yusufsen, yorug` gulshan aro tong yo`q,
Bo`lurlar jilvagar doim qamar aqshom, quyosh kunduz.

Agar sen hamdamim bo`lsang ikovlik yaxshidur, yo`qsa
Abad umri agar topsam o`zumni istaram yolg`uz.

Girih sarrishtayi vaslingg`a har dam istamas bo`lsang,
Taalluq rishtasin ahli jahon birla jahondin uz.

Dame bazmim tuzuk, ayshim zulolin istaram sofiy,
Mug`anniy sen dag`i tuz rudu soqiy, sen dag`i may suz.

Navoiy sevdi bir lo`liyni kezdeg rub`i maskunda,
Agar arlot, agar barlos, agar tarxon, agar sulduz.

204

Chu noma chirmadim yozib yuzung shavqida sho`rangez,
Damimdin o`t tushib bir boshig`a qildi ani gulrez.

O`tum gar lahza-lahza tezdur ermas ajabkim, bor
Samanding tez ayog`idinki sekrir shu`la andin tez.

Och ul gulrang orazniki andoq, hech suvratda,
Qazo naqqoshi ne chehrakushoy o`lmish, ne rangomez.

Chiqib sarxush, chopib abrash kirar maydong`a ul mahvash,
Ajab ermas agar tushsa bori olamg`a rustahez.

Malak xayli bo`lur devona ko`rgach ul pariyvashni,
Meni majnung`a shayxi bexirad talqin qilur parhez.

Erur mazlumu zolim qatli ishq ollida ko`p oson,
Agar Farhod o`ldi, qatl topmay qoldimu Parvez?!

Agar jon pardasi kirpiklaringdin bo`ldi parvezan,
Bu ham xushturki, ruxsoring xayolidin erur gulbez.

Meni xilvatdin, ey zuhd ahli, mug` dayri sari boshlang
Ki, behad xushhavodur kup terilgan gunbadu dahlez.

205

Bas ettim ashkfishonlig` chu zohir etting yuz,
Nechukki mehr ko`ringach, nihon bo`lur yulduz.

Jafog`a qo`ptungu tushti oyog`inga zulfung,
Nechukki, soya zamoneki, mehr turg`ay tuz.

Mug`anniyo, necha ohangi hajr, vah, bir ham
Visol torish birkit, firoq rishtasin uz.

G`arib tiyradurur bazmi aysh, ey soqiy,
Qadah quyoshin olib boda lam`asin ko`rguz.
Falakni sog`ar etib tut, vale bu shart bila
Ki, tomsa to`qqizu oqsa, ichur menga o`ttuz.

Harif bo`lmasa, zinhor mayg`a so`nma ilig
Ki, zahrdur, kishikim  bodani ichar yolg`uz.

Navoiy atlasi gardundin etsa maypolo,
Chu dayr durdkashimen demangki, bodani suz.

206

Chun qo`yarmen ul jahon oroyishi bazmig`a yuz,
Aysh bazmin, soqiyo, bog`i Jahonoroda tuz.

Sarvda yo`q gul kebi ruxsoru gulda ko`zu qosh,
Husn aro, ey gul`uzori, sarvqadsen sen to`kuz.

Tig` agar cheksang surar yerning dag`i yaqini bor,
Yolg`uz ermas iltimosi qatl agar cheksam bo`g`uz.

Telbadur nokas raqibing, qatl erur vojib anga,
Mundin o`zga yo`q iloji itkim, ul bo`lg`ay qutuz.

May uchun zuhdum ridosin ol garav, ey piri dayr,
Dema naylay, chun xarobot ahli ichsa boda suz.

Chun yeti qat yerga kirgung oqibat, holo ne sud,
Gar sipehr ajnosidin olingg`a tortarlar to`quz.

Vahki, to bir ko`rdi ul yuzni Navoiy, ey rafiq,
Sabri yuzdin birga keldi, shavqi bo`ldi birga yuz.

207

Motam o`z holimg`adurkim, o`lturur ul rahmsiz,
Tiyra idborim palosidin ko`rung bo`ynumda kiz.

Ul pariy birla ikov qochsaq xaloyiq topmag`ay
Kim, uchar ul, za`fdin paydo emastur menda iz.

Vahki, yuz ochqach ul otash pora rag`mimg`a mening,
Elga andoq soldi o`tkim, chiqti mendin jizu biz.

Ko`z qorasin yusa ashkim bahrining mavji ne tong,
Charxdin anjumni yur ko`lak urg`ach bu tengiz.

Nukta durriyu kamar la`li erur bas turfakim,
Bel anga ma`lum emas, ma`lum erurkim yo`q og`iz.

Chiqti ko`nglum saydi ollidin agarchi yara yeb,
Qovsa nogah ozmasun, ey ishq, aning qonin tomiz.

Qilma raz farzandini ko`p hamdamu damsozkim,
Pardadardur asru bu shohidvashu makkora qiz.

Jism ayvonida xattu naqsh ila zeb istasang,
Chek fano xattiniyu benaqshliq naqshini siz.

Ey Navoiy, topti bedillar xabar o`z ko`nglidin,
Bu majonin ichra g`oyibdur bizing ovoramiz.

208

Sarvqadlar agar biru gar yuz,
Yuzdin ermas biri bizning bila tuz.

G`arazim ul sanamg`a sajda durur,
Er o`pay deb qoshida qo`ysam yuz.

Yuzidin zulfig`a ko`ngul bormas,
Kimsa shabravlug` aylamas kunduz.

Ne birov bo`lsa hamrahing toqat,
Ne tahammulki, kezgasen yolg`uz.

Har ko`zum ul quyosh firoqi tuni,
Bir falakcha ayon qilur yulduz.

Bormen, ey piri dayr, bas maxmur,
Karam ayla, karomate, ko`rguz.

Qaddi hajrinda tortsang nola,
Rost ohangi, ey Navoiy, tuz.

209

Qilur paykonlaring ko`nglum o`tin tez,
Agarchi qatra bo`lmas shu`laangez.

Tanimg`a ul bahori husnidin o`t
Tushub har dam urarmen barqdek xez.

Erur rul bargi uzra obi hayvon,
Labing ul damki bo`lg`ay bodaomez.

Demang, la`li mayidin ijtinob et,
Ne sud etkay manga o`lguncha parhez.

Osig` yo`q joni shirin bersa, Farhod,
Chu Shirin la`lidin kom oldi Parvez.

Vafosizdur bahori husn, soqiy,
Mayi gulrang uzra uyla gulrez.

Ul oy vaslin tilar bo`lsang Navoiy,
Ham o`l shab zindadoru ham saharxez.

210

Ko`runur otashin la`ling dilafro`z,
Magar ollida chektim ohi jonso`z.

Topilmas nur aro olamda xurshid,
Ko`rungach ul jamoli olamafro`z.

Visol ayyomi tong yo`q ochsa ruxsor
Ki, doim ochilur gul bo`lsa navro`z.

Quyosh ostida gardun sabz xingi —
Ko`runmas, mahvashim chun minsa ko`kbo`z.

Ko`ngulga g`am toshidin berma ramkim,
Hanuz ul sayd erur murg`i navomo`z.

Qadahni davridin tindurma bir dam,
Ko`ngulni dahrdin topsang g`amando`z.

Ko`p otting novaki dildo`z, vahm et,
Navoiy ham chekardin ohi dildo`z.

211

Deman, ey xo`blar, vafo qilingiz,
Javr ham qilsangiz, manga qilingiz.

Hojatim qaddingiz xiromidurur,
Qo`pubon hojatim ravo qilingiz.

Bo`lmasun mendin o`zgaga bore,
Gar vafo aylang, ar jafo qilingiz.

Yuz tuman dardg`a davodur vasl,
Netti bir dardima davo qilingiz.

Jon berib vasl topmag`anlarni —
Desangiz, mendin ibtido qilingiz.

Sanag`anlar visolu kom ahlin
Bizni ul zumradin sivo qilingiz.

Netti jam`eki oshnolarisiz,
Bizga ham ani oshno qilingiz.

Xonaqah shayxidin ochilmas ish,
Dayr piriga iltijo qilingiz.

Telbarabtur Navoiy, ey ushshoq,
Ul edi garchi burno oqilingiz.

212

Do`stlar, ahli zamondin mehr umidi tutmangiz,
Mehri gardun bo`lsalar ko`z nuridin yorutmangiz.

Gar shah o`lsin, gar gadokim, solmangiz yuziga ko`z,
Yodini balkim ko`ngulga har taraf yovutmangiz.

Zulm ila yuz chok qilg`an tang`a gar marham yoqib,
Butqarurbiz, desalar, ul zaxmlarni butmangiz.

El jafosining maloli qilsa har dam qasdi jon,
Ko`nglungizni g`ayri bekaslik bila ovutmangiz.

O`ksudi el mayli mendin, bir yo`li, ey dardu g`am,
Gah-gahe siz bore boshimdin qadam o`ksutmangiz.

Hajr o`tin jonimg`a yoqtim ko`rsangiz usruk meni,
Endi, ey pand ahli, do`zax o`tidin qo`rqutmangiz.

Chun Navoiy dasht tutti emdi zinhor, ey vuhush
Kim, bashar jinsini ul majnun sari yoputmangiz.

213

Do`stlar, olam eliga yoru hamdam bo`lmangiz,
Yor ila hamdam demaykim, oshno ham bo`lmangiz.

Oshnolig` aylabon o`z joningizga har zamon,
Boisi yuz ming balovu mehnatu g`am bo`lmangiz.

Eb pariyvashlar firebin, so`ngra topmay iltifot,
Men kebi devonavu rasvoyi olam bo`lmangiz.

Vaslu aysh obod qilsun xalqni, ey dardu g`am,
Siz buzug` ko`nglumdin o`zga yerga mahram bo`lmangiz,

Ey visol ahli, ul oyning dardi hajridin meni,
Ko`p ko`rub g`amnok siz ham asru xurram bo`lmangiz.

Ey xarobot ahli, yo`q insonda imkoni vafo,
Mastlig`din dev o`lung, zinhor odam bo`lmangiz.

Gar Navoiy vasl aro bo`ldi zalil, ey ahli vasl,
Emdi navbat sizgadur, muncha muazzam bo`lmangiz.

214

G`am shomi gar o`tumg`a bo`lur sham` ashkrez,
Parvonalar qanoti yeli aylar ani tez.

Ne shomdurki, mehr anga kofur sepmayin,
Har dam Zuhal uzori bo`lur anda mushkbez.

Mahshar kunidakim jaza`i akbar o`lg`usi,
Hajringda keldi ko`ngluma yuz oncha rustaxez.

Xatting malohati qoshida sabzayi Eram,
Bil sabzai Eram yonida shu`laliq fariz.

Har gomidin jahon yorusa elga tong emas,
Ul solikeki barq kebi bo`lsa garmxez.

Bu ko`hna dayr ichra desang, ranja bo`lmayin,
Bo`lg`il rizo maqomidavu qilmag`il sitez.

Vasl istasang, Navoiy emas shart bodiya,
Bo`l dayr arovu doim aning yodi birla kez.

215

Ne ayb jon manga behol bo`lsa jononsiz,
Ne holi bo`lg`ay o`lug jismi zorning jonsiz.

To`quz falakdin o`tar garchi novaki ohim,
Qilurmen ani ul oyg`a chekarda paykonsiz.

Ko`ngul aro biri o`tmay, biri yetar g`amu ishq,
Bu uyda bir nafas erman aziz mehmonsiz.

Jahonni tutti visolida shodlig` ashkim,
Bahor saylikim, o`lmish jahonda tug`yonsiz.

Ichimda kirpigi gar nola aylasam tong yo`q,
Ko`ngulga nish tikilsa, bo`lurmu afg`onsiz.

Manga qadahni damodam yeturgil, ey soqiy
Ki, g`am halok qilur bor esam dame onsiz.

Navoiy o`lsa demang xo`blarki kimdin edi,
Siz etingiz yuragin choku bag`rini qonsiz.

216

Onsiz o`lmoq, erur o`lmoq jonsiz,
Bo`layin jonsizu bo`lmay onsiz.

Qoshi bu chok ko`nguldin ayru,
Filmasal yoye erur qurbonsiz.

Ohkim, dard yuzidin chiqmas,
O`q emas bo`lsa erur paykonsiz.

Ishq daryosig`a, eykim, kirding,
Bilki, bu bahr erur poyonsiz.

Yorsiz ko`nglum erur oshufta,
Mulk oshub topar sultonsiz.

Suyu o`t ichra siz, ey ko`zu ko`ngul,
To ul oy orazig`a hayronsiz.

Gar Navoiy chekar un hajr tuni
Yo`q ajab tun emas it afg`onsiz.

217

Ey shikibu sabr, bir kun xud manga yor erdingiz,
Yorlig` ham bo`lmasa tegramda xud bor erdingaz.

Kelsa erdi har balo ollimg`a asrab qo`ymayin,
Ohu  afg`on  qilg`ali mendin xabardor erdingiz.

To asiri ishq bo`ldum, qochdingiz ul nav`kim,
Manga to bor erdingiz, go`yoki ag`yor erdingiz.

Pandingizdin emdi ermasmen malul, ey do`stlar,
Doimo men xastag`a mundoq sitamgor erdingiz.

Demang, ey jonu ko`ngulkim, xorbiz yor ollida,
Gar erur ul yor to bor erdingiz, xor erdingiz.

Ey xarobot ahli, demangkim nedin g`amnokbiz,
Mast o`lungkim, g`am edi hargahki hushyor erdingiz.

Bir yo`li qovmang Navoiy ko`nglini, ey sho`xlar
Kim, gahi ul benavoning ko`nglin asrar erdingiz.

218

Dedi: ko`zum qichishur, aytdimki: boda tomuz,
Dedi: ne hojat anga boda, mast erur onsiz.

Butar gul ichra gahe g`uncha, lek ochilmas,
Yuzungda turfadurur kulgusi bila ul og`iz.

Ko`zum yoshin aritib gar tuganmasa tong emas,
Ajabdurur sochibon suyini qurusa tengiz.

Yuzung quyoshmu ekin yo quyosh yuzungmu ekin
Ki, qaysi, qaysi ekan farq emas, nechukkn egiz.

Iting iziga ko`zum surtsam g`arib ermas
Ki, ayn shakli bila naqsh o`lur ayog`din iz.

Halol ona sutidekdur gar o`zbakim tutsa,
Tobuq qilib yukunub to`stag`on ichinda qimiz.

Hamisha mug`bachavu raz qizi fidosi bo`lay
Ki, dayr pirig`a arzir bu nav` o`g`il bila qiz.

Chu davri charx erur boisi g`amu mehnat,
Ko`ngul farog`atini jom davridin olingiz.

Nechuk yiroq bo`lali piri dayru mug`bachadin,
Navoiyo, chu alarning muridu bandasibiz.

219

Bo`ldi shomu jong`a ul oy hajridin qayg`u hanuz,
Etti subhu ko`zlarimga kirmamish uyqu hakuz.

Obi hayvoning g`amidin toki za`fim bo`ldi sa`b,
Bormamish bir qatra bo`g`zum ichra, jono, su hanuz.

Javr o`qin otting, vale, biym erdi hijron tig`idin,
Etti ul ham boshima ko`nglumdin o`tmay bu hanuz.

Novaking umredurur ko`nglumda xandon bo`lg`ali,
Bor aning mufrit jununidin munga kulgu hanuz.

Sehr ila ul ko`z qilib zulfung kamandin ajdaho,
Buzdi olam xalqin, bas aylamas jodu hanuz.

Shohidi maqsud aksi ko`ngluma tushmas deding,
G`ayri naqshidin magar pok ermas ul ko`zgu hanuz.

Dedi: bo`l foniy visolim istasang, bo`ldum fano,
Ey Navoiy, so`rki mundin ortuq istarmu hanuz.

220

Bo`lmas qora ko`z eldin tutmoq kishi vafo ko`z,
Sendin netib vafo ko`z tutqaymen, ey qaro ko`z.

Tushti ko`zum ko`zungga, qoldi ko`ngul balog`a,
Afg`onki, ikki yondin bo`ldi manga balo ko`z.

Gul birla sarv ermas hargiz ko`zumga maqbul,
Ey sarv qaddi gulrux, o`rgangali sango ko`z.

Ey kosh, raxshi gardi olamni tutsa, tokim
Ul ko`zga kirsa har yon solg`ach bu mubtalo ko`z.

Ko`zni o`yub, ko`ngulni o`rtayki, yor istab,
Soldi ko`ngul meni bu darmondaliqqa yo ko`z.

Ul ko`ydin kelur yel ko`zlarni ravshan aylab,
Eldin ne bo`ldi tutsam men dag`i to`tiyo ko`z.

Maydin ko`zumga tomiz bir qatra to ochilsun
Kim, tiyradur bag`oyat hajring aro mango ko`z.

Aylar  nazar tavaqqu` ko`yung gadoyidin shah,
Tutqan kebi biaynih shahdin nazar gado ko`z.

Ko`z olmasa Navoiy ermas ajab yo`lingdin,
Tikmish yo`lungg`a chunkim ul zori benavo ko`z.

221

Yopilmas gar menga qonlig` sudin ko`z,
Senga lekin ochilmas uyqudin ko`z.

Yuzung lavhida vajhulloh ayondur,
Ne tong gar olmasam ul ko`zgudin ko`z.

Boqa olman yuzung ollimg`a kelsa,
Qamashur mehr ko`rgach o`trudin ko`z.

Ko`zung el qoni to`kkandin hasad yeb,
Ne qonlarkim to`kar ul qayg`udin ko`z.

Emassen holima xandonu giryon
Qi, yosharmish senga ko`p kulgudin ko`z.

Qadah charxida may mehrini, soqiy,
Solib yorut manga ul yog`dudin ko`z.

Navoiy mast ko`nglin ashk oqizdi,
Gum etdi oxir aning bexudin ko`z.

222

Ishq yuki ayladi torami a`loni ko`j,
Ne ajab, ar aylasa men kebi shaydoni ko`j.

Tori sirishkim chekib dard qadim qildi xam,
Uylakim, el chillani tortib etar yoni ko`j.

O`lmadim onsiz, o`yot boshim etibdur quyi,
Za`f gumon etmakim, qildi bu rasvoni ko`j.

G`am yukidin za`flig` shaxsim egilsa, ne tong
Kim, bu yuk etmish base jismi tavononi ko`j.

Jismima kirganda dard «dol»i kebi bo`ldi xam,
Kimki erur naqbrav charx qilur oni ko`j.

Egma qaddimg`a boqib rahm qil, ey sarvkim,
Davr base ayladi qomati ra`noni ko`j.

Qildi Navoiy unin egri kebi tori hajr,
Aylagali noladin changdek a`zoni ko`j.

SIN HARFINING SUMANBARLARINING SAVDOSI «NAVODIR»DIN

223

Jud emas ko`p bazl uchun ko`p mol qilmag`lig` havas,
Kim berur ko`ptin ko`p, ozdin oz ani bil judu bas.

Razl taqdim etsa yo`q ahli safog`a hech bok,
Sug`a ne nuqson, gar aning ustida yer tutsa xas.

Yor isidur kom keltursin sabo yoxud shamol,
Do`st, taqririg`a roviy xoh Buzar, xoh Anas.

Tojvarlar oq uyida sokin o`lsa, ahli ishq
Uyladurkim  bulbulu hudhudg`a bo`lg`ay  bir qafas.

Korvoni dard ila qat` et muhabbat dashtini
Kim nidoe mujdayi vasl aylar anda har jaras.

Surma ul shabxez ayog`i gardin, etkim kechalar,
Itcha yo`q ko`yida gar xud shahna bo`lsun, gar asas.

Dayr piri jur`asin gar tutsa bizga mug`bacha,
Naqdi jondin o`zga o`trusida yo`qtur dastras.

Ey Navoiy, ishq sirrin kim havas qilsa, dema
Kim, eshitmakka bu so`z loyiq emas har bulhavas.

224

Bog` aro ne sarv etarmen orzu, ne gul havas,
Dahr bog`idin manga bir sarvi gulruxsor bas.

Ul kechakim yor ila yorutg`amen sham`i visol,
Zinhor, ey subh, agar bo`lsang Masih, urma nafas.

Kuydi ham tan, ham so`ngaklar tushkach ul yuz lam`asi,
Barq o`tig`a naylagay bir tor ila bir necha xas.

Nahli qadding unla oliydurki, termak mevasin,
Bo`lsa dog`i dastras mumkin emastur dastras.

Oncha tig`i ishq chokidur tanim atrofida
Kim, ani ko`nglum qushig`a dard aylaptur qafas.

Ul mahi mahmilnishin havdajda, ko`nglum tashqari
Ne ajab gar tinmay afg`on cheksa andoqkim jaras.

Ey Navoiy, iltimos etma sanamlardin visol.
Gar desang ko`p kuymanin bizdin eshit bu multamas.

225

Jong`a la`ling mayi jomidur multamas,
Ne Xizr suyi, ne jomi Jamdur havas.

Qotilim tig`i ko`zgusi zang o`lmasun,
Ey Masih, o`lg`onim ko`rsang asra nafas.

Ko`z tutarmenki, bu su yo`li berkitgay,
Ko`yidin yel uchirsa nekim xoru xas.

Ko`nglum ul xol asiri chu bo`lmish erur
Ankabuteki, sayd etmish ani magas.

Ne sharaf otingg`a bo`lg`oli poymol,
Ne iting poybo`sig`adur dastras.

Kech topardin talab ahli maqsadg`a yo`l,
Go`yiyo tinmayin nola aylar jaras.

Ey Navoiy, taning ichra jon yo`qsa ajab,
Kim ko`rubtur iki bulbulu bir qafas.

226

Ko`ngul har tun farog` istab balo tog`ini yostanmas,
Agar har dam necha qatla ul oy ko`yini aylanmas.

Vale bu turfadurkim, gar fig`oni charxdin o`tsun,
Ul oy noz uyqusidin chiqmag`uncha mehr uyg`onmas.

Ko`ngulga loyi ishqingdin necha berding o`lum xavfi,
Bu yanglig` va`da birla gar so`rarsen emdi ham tonmas.

Labi la`ling xayoli hajr aro bag`rimni qon qildi,
Jihat budur hamono qon yutardin gar ko`ngul qonmas.

Ajal tig`i ne bo`lg`ay elni maydon ichra qatl etsa
Ki, el g`avg`osidin chobuksuvorim emdi otlanmas.

Aningdek telba ko`nglum ul pari ko`yiga yuzlanmish
Ki, gar zanjirlar birla chekarlar xalqkim, yonmas.

Nasime lolaro`yim mahmiliga mayl qilmaskim,
Quyundek rashkdin xoki tanim yuz qatla to`lg`onmas.

O`tub ishq ichra umrum, zohido, qo`y zuhd irshodin,
Kishi mundog` ulug` san`atni ulg`oyg`anda o`rganmas.

Gadolar silkidin ko`yi xarobot ichra xorijdur,
Birovkim ilgiga tushsa qurug` non bodag`a monmas.

Hujum etti jahon mehnatlari, tut boda soqiykim,
Qadah chekmay  kishi  bu xaylning daf`ig`a qotlanmas.

Muhabbat o`ti el birlaki yoqding, o`rtanur joni,
Navoiy yo`qsa hijroning o`tidin oncha o`rtanmas.

227

Menga bir sarvi gulrux bo`ldi munis
Ki, hayrondur ko`zi ollinda nargis.

Chu g`am bazmida maydek qon yutarmen,
Erur la`ling hadisi nuqli majlis.

Ko`zu zulfu yuzu qadding g`amidin
Meni bexudqa barbod o`ldi besh his.

Falak toqidek etti qomatim xam,
Qoshing mehrobini tuzgon muhandis.

Daqoyiq ishq ilmi ichra ko`ptur
Ki, tafhimida ojizdur mudarris.

Asarsizdur ko`ngulda shu`layi zarq
Bo`lur uchun qalb ro`kash aylagan mis.

Navoiy erdiyu jon naqdi olding,
Tirik mumkin emas bu nav` muflis.

228

Gulgun may ichib sunbuli chun gulga yopilmas
Ul gulshan aro bizga ne gullarki ochnlmas.

Gulzor jamolidaki paydo emas og`zi,
Ul nav` gul ochildiki, bir g`uncha topilmas.

Anfosi Masiho kebi ul nutq nasimi,
Esmas berikim, jon isi olamg`a yoyilmas.

Ey piri xirad, ko`ngluma ko`p qilma  nasihat,
Nevchunki, junun ahlig`a aql ahli qotilmas.

La`ling mayi to ichti, ko`ngul holini so`rma,
Kim mastdur andin berikim o`zini bilmas.

Hushyor ani bilgil bu fano dayrida ey shayx
Kim, to`lg`ucha paymonasi bir lahza oyilmas.

Ko`yi sari har kechaki azm etsa Navoiy,
Oy sham`in o`chur, charxkim ul uyni yongilmas.

229

Bizga ul mahvash tiliyu ko`ngli birla yor emas,
Ko`ngli ichra har nekim aning tilida bor emas.

Tilga kelmon ko`nglum o`tinkim, menga ul bag`ri tosh,
Til bila g`am yer, ko`ngul birla vale g`amxor emas.

Ko`ngli o`zgadur, tili o`zga ne chora qilg`amen,
Ko`nglida yuz fikru til birla biri izhor emas.

Ne tilim, ne ko`nglum ahvolin bilur ul sho`xkim,
Ko`ngli g`am neshi, tili oh o`tidin afgor emas.

Yor uldurkim, tiliyu ko`ngli aning bo`lsa bir
Kim, tili o`zgayu ko`ngli o`zga, ul yor emas.

Kimki ko`nglin istamas g`amgin tilini asradeg
Kim, tilni tiyg`an kishining ko`nglida ozor emas.

Demakim dardingni sharh et yo ko`ngul, yo til bila,
Ko`nglum ermasturmu bexud yo tilim nokor emas.

Qaysi til birla deyin ko`nglum tilaydur xonaqah
Kim, tilu ko`nglum aro juz kulbai xammor emas.

Shoh madhida  Navoiy  ko`ngli — ganju til — kalid,
Yo`qsa ko`ngliyu tilida nuktavu guftor emas.

230

Jong`a la`lingdin bir o`pmakdur qiyosan iltimos,
La`linga ham jonni kuydurmoq alohozal-qiyos.

Ko`ngluma zarbaft xil`at shu`lasidurkim, erur,
Tosh aro bo`lmoq nihon Farhodqa xoro libos.

Dedi, ko`nglum kecha tong yo`q pos agar tutsa ko`zum,
Vahki, uyqum yo`qturur tundin o`tuntur necha pos.

O`t sochar ishqing haroson bo`lsa ko`nglum, yo`q ajab,
Ajdahodin tong emastur mo`rg`a bo`lmoq haros.

Ko`nglum ichra mazrai sabrim o`rulmay qolmag`ay,
Har so`ngak yonimda chun qat`ig`a aning keldi dos.

Xizmat ettim xonaqah shayxig`a, qadrim bilmadi,
Dayr piri bandasimenkim, erur  bas haqshunos.

Ey Navoiy, kisvati faqru fano sol egninga,
Yo`qsa xirqang tengdurur gar atlas o`lsun, gar palos.

231

Gar meningdur yor lo`li bo`lsa shoh etmon havas,
Naylay ul shahniki, har lo`lig`a bo`lg`ay hamnafas.

Shikva qilman gar jafodin boshima yog`dursa tosh,
Toqatim yo`q elga qilsa bargi gul urmoq havas.

Yordin har necha bedod o`lsa aylarmen qabul,
Lek bo`lsa g`ayr birla multafit maqbul emas.

Jonni qo`ymasmen chibindek la`li uzra rashkdin,
Ul shakar uzra chibin qilsam taxayyul xol bas.

Bu baloni ko`rmasun oshiqki qilg`ay iltimos,
Vaslin aningkim birov bo`lg`oy anga ham multamas.

O`z nigori mahmilidin qilmasun deb ko`z xato,
Ishq dashti ahlig`a har dam nido aylar jaras.

Ey Navoiy, ishq atvorida budur zulmkim,
Gul maqomi bog` o`lub, bulbul yeri bo`lg`ay qafas.

232

Ko`yi toshi boshima hayf aylasam uyqu havas,
It uyur bo`lsa, ayog`, ilgi, boshin qo`ymoqqa bas.

Chun dedim: zulfung kamandin   bo`ynuma  solg`il, dedi:
Itka  bo`lmas Ka`ba qandili tanobidin maras.

Oh o`ti o`rtarga jismimni ne moni` ko`z yoshim,
Barq urg`och o`rtanur gar bo`lsa daryo uzra xas.

Choklar bo`lg`an tanim qon la`liyu ko`z durridin,
Bulbuli ruhumg`adur gavharlar o`tkargan qafas.

Qo`ysa mufrit za`f aro og`zimg`a ul yuz ko`zgusin,
Urmag`aymen tiyra bo`lmoq vahmidin o`lsam nafas.

Dard aro o`lsang davo ahli zamondin istama
Kim, topilmas dahr aro bechoralarg`a choraras.

Iltimos etsam labingdin jon topay deb, qilma ayb
Kim, Navoiyg`a  budur o`lguncha, ey jon, multamas.

233

Manga manzil ko`han dayri fano bas,
Yonim ostida eski bo`ryo bas.

Guli zavq elga bog`i aysh arokim
Menga g`am dashtida xori balo bas.

Azaldan chunki qismim rindliqdur,
Qil emdi pandni, ey porso, bas.

Vafo gar qilmasang jonimg`a bore,
Jafoni qilmag`il, ey dilrabo, bas.

Ko`ngul dog`ig`a qo`yman marham, ey ishq,
Anga nevchunki ham dard-o`q davo bas.

Erur bir nukta ishqu olam ichra.
Deb o`lmas hargiz andin mojaro bas.

Navo ishq ichra sen top, ey Navoiy
Ki, bizga benavoliqlar navo bas.

234

Qilmon ul bebok kesgan na`lni o`pmak havas
Kim, samandi na`lini o`pmak muyassar  bo`lsa bas.

Olam ahlig`a yetar faryodu ohim har kecha,
Ohkim, yo`qtur  manga olamda bir faryodras.

Uyla kuydi hajr aro jismimki, yo`q andin asar,
Qayda topilsun chu tushti do`zax o`ti ichra xas.

Gar sabuh etsam ne tongkim, sofu sodiq xaylidin,
Bodadek bir hamdamim yo`q, subhdek bir hamnafas.

Jam` etar ovoralarni choklig` ko`nglum uni,
Yo`ldin ozg`anlarni ul yanglig`ki afg`oni jaras.

Gulshani vasl istagan  ko`nglum qushig`a  tordur,
Charx yuz ming ravzani birla agar bo`lsa qafas.

Bersa ul guldin xabar xohi sabo, xohi shamol,
Desa payg`ambar hadisin xoh Buzar, xoh Anas.

Xirqa uldurkim, kecha kezsang, chu bo`lg`on torig`a
Bog`lag`aylar o`zni gar xud shahna bo`lsun, gar asas.

Ey Navoiy, olam ichra benavolig` ko`rmadi,
Ulki hargiz qilmadi olam elin ko`rmak havas.

235

Tong emas gar chin yuzinda  qahrdin mavjud emas,
Ko`zguning chunkim ko`runmak javhari ma`hud emas.

Dasht aro ohim sari etkan  musofir yuzlanib,
Fahm  qilmaskim  erur ohim buxori dud emas.

Ko`ksum ochtim har taraf qildi gumon ul tiflkim,
Lolalar birla bezabmen, dog`i xunolud emas.

Ishq bozorida savdo ahlig`a juz naqdi vasl,
Har nafas bir ganj agar uchrar ziyondur, sud emas.

Vasl ichra demakim ushshoqni rad qildi yor,
Hech kim mendekki, hijronida men mardud emas.

Mayda aksindur ko`z andin olmasam, soqin, ne tong,
Toki diydor o`lsa mandin mastliq maqsud emas.

Zarbi ishqidin  muzayyandur yuzumning oltuni,
Ey  Navoiy, demagilkim sikkai behbud emas.

236

Ey, firoqingda hayotimdin menga ozoru bas,
Har dam ul ozordin o`lmak tilab men zoru bas.

Dog`u qon ham bo`ldi ul yuz lolasi hijronidin,
Yo`qki hajring neshidin ko`nglum erur afgoru bas.

To dedim bir qatla kufri zulfini tark aylagum,
Kufr aytqandek hadisim bo`lmish istig`foru bas.

Olamedur xush junun ichra taxayyul, ey ko`ngul
Kim, anisimdur tunu kun ul pari ruxsoru bas.

Qon to`kar yuz nav` ul qotil demangkim boisi,
Xanjari xunrez erur yo g`amzai xunxoru bas.

Mastkim egri xirom aylar ul oy ham qatl etar,
Qotilim yolg`uz emastur charxi kajraftoru bas.

Eyki dersen dayri piri xizmatig`a bog`la bel,
Uyla xizmatqa maras bilkim, erur zunnoru bas.

Charxdin yoqqon  havodis toshlarig`a  har  kishi,
Kim panoh istar, erur ul kulban xammoru bas.

Ishq aro rasvolig`i olamg`a nevchun  bo`ldi fosh,
Chun Navoiy ishqini qildi senga izhoru bas.

237

Dahrdin mehru vafo qilma havas,
Elidin g`ayri jafo qilma havas.

Etsa har dam senga yuz muhlik dard,
O`lsang o`l, lek davo qilma havas.

Ey ko`ngul, vasl havas qilding, o`l
Zorlig`lar bila yo qilma havas.

Aylagan ishq havas kuch birla,
Yuz tuman dardu balo qilma havas.

Ko`yi tufrog`i erur mushki Xito,
Istagan ani xato qilma havas.

Ishq dashtini desang qat` qilay,
Zodi rah g`ayri fano qilma havas.

Benavolig`da, Navoiy, o`lsang,
Bazmi vasl ichra navo qilma havas.

238

Ko`nglum ichra dardu g`am avvalg`ilarg`a o`xshamas
Kim, ul oyning hajri ham avvalg`ilarg`a o`xshamas.

Ne sitamkim, qilsa rahm maxfiy erdi zimnida,
Emdi qilsa har sitam avvalg`ilarg`a o`xshamas.

Demangiz Shirinu Layli oncha bor husn ichrakim,
Xo`blikda ul sanam avvalg`ilarg`a o`xshamas.

Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o`zga yor,
O`lmishamkim, bu alam avvalg`ilarg`a o`xshamas.

Ishq aro Farhod ila Majnung`a o`xshatmang meni
Kim, bu rasvoi dijam avvalg`ilarg`a o`xshamas.

Ko`yining ehromidin ko`nglumni man` etmang yana
Kim, anga azmi haram avvalg`ilarg`a o`xshamas.

Ey Navoiy, qilma Jamshidu Faridun vasfikim,
Shoh G`oziyg`a karam avvalg`ilarg`a o`xshamas.

239

Har necha kuysam ul oy ko`nglumni paydo aylamas,
Aylasa ham o`lsam ani oshkoro aylamas,

Ishvasidin iltifot ahvolima zohir bo`lur,
Zorlig` ko`rguzsam andoq ishva paydo aylamas.

Jong`a bir kuymoqchadur har kimga parvo qilmog`i,
Yana yuz o`lmakchakim qatlimg`a parvo aylamas.

Sho`xlug`lar birla sabrim xirmanig`a o`t solur,
Husn ila yolg`uz meni-bedilni shaydo aylamas.

Qayda yuzlansam junun hangomasidur xalq aro,
Ul chu yetti ko`z uchi birla tamosho aylamas.

Aylamas to husni bir sendekni olam ofati,
Ishq bir mendekni ham olamda rasvo aylamas.

Men ayog`i tufrog`ig`a naqdi jon aylay nisor,
Ne ishimkim, ul qabul aylar ani yo aylamas.

Naqdi islomim olib bir jur`a tut, ey mug`bacha,
Bo`l ravonkim hech kofir buyla savdo aylamas.

Muddatedurkim, Navoiydur ayog`ing tufrog`i,
Poybo`sung gar topar, ortuq tamanno aylamas.

240

Xo`blar ming bo`lsalar, men xastag`a bir yor bas,
Anda mehr atvorining mingdin biri gar bor bas.

Aytmonkim, har vafo qilsam, jafoe qilmasun,
Har vafog`a ming jafo gar aylamas izhor bas.

Har vafog`a ming jafo ham qilsa qilsun, munchakim,
Yor anga mahrumu mahram bo`lmasa ag`yor bas.

Ey visol ahli, sizu izzat saririkim, menga —
Hajr ko`yi itlari ollida bo`lmoq xor bas.

Men kimu no`shi labingdin istamak quti hayot,
Aylasa g`amzang sinoni qatl bu miqdor bas.

Ey ko`ngul, g`amgin esang kup quysa soqiy og`zingga
Zarfni, sipqarmag`uncha qilmag`il zinhor bas.

Yuz balo kelsa boshingg`a sabr qilg`il, ey ko`ngul,
Yo xaloyiq ixtilotin qil Navoiyvor bas.

241

Nigorim dardima nazzora qilmas,
Nazora qilsa dag`i chora qilmas.

Tilab og`zin emas bir damki ko`nglum
O`zini g`unchadek yuz pora qilmas.

Meni g`am dashti ichra ishq iturdi,
O`zin el kuch bnla ovora qilmas.

Ko`ngulni aylagandek zaxm g`amzang
Pichoq, balkim qilich ham yora qilmas.

Meni devona to qilmish ko`ngulga
Nelarkim ul pari ruxsora qilmas.

Ne yersen dahr zolining firibin,
Vafo chun elga ul makkora qilmas.

Navoiydek yuzungga kim solur ko`z
Ki, zulfung ro`zgorin qora qilmas.

SHIN HARFINING SHO`XLARINING SHAMOYILI «NAVODIR»DIN

242

Jamoli nurini chekkan tarozu oyu quyosh,
Magar bu birida nur erdi, ul birisida tosh.

Gar oyda tosh emas erdi, quyoshda nurindin
Kudurat ichra qolib oy, munavvar o`ldi quyosh.

Quyoshqa nurki yuqmish hanuz erur ul nur,
Hanuz oy ichra hamul tosh erurki, bo`lmish fosh.

Uruj aqshomi tegrangda oyu kavkablar,
Masih girdida andoqki, bir necha xaffosh.

Yuzi tubon tushubon markabing izig`a malak,
Er uzra qursni qilg`on kebi gadoy talosh.

Chu qurb qofig`a yetting, yetishmadi Jibril
Ne nav` hudhud Semurg` ila bo`lur yo`ldosh.

Ayog`ig`a chu maloyik boshin qo`ya olmas,
Navoiyo, qo`ya ko`r itlari ayog`ig`a bosh.

243

Qo`ymadi shomi xumorim tiyralikdin aqlu hush,
May quyoshin xum sipehridin chiqar, ey mayfurush.

Istamon hud hush, lekin yo`qki hush olg`ay xumor,
May to`la quyg`ilki, aylay mastlig`din tarki hush.

Jomi no`sho-no`sh xushtur ul sifatkim, dayr aro
Boda olib mug`bacha, no`sh aylabon qildursa no`sh.

Un chekib may tut, deb ersam dayr toqig`a sado,
Demakim ham ushbu ma`nini nido aylar surush.

Arbadamdin  gar toriqting, soqiyo, tut bodakim,
Bo`lmag`ungdur bo`lmag`uncha masti loyaqil xamush.

Muhtasib ta`zir etar vaqti tanim qildi yalang,
Dayr pirining qulidurmenkim, uldur aybpo`sh.

Gar Navoiy bir  ayog`, gohi ichar g`am daf`ig`a,
Zohid andin o`zni g`amgin tutsa ichtek emdi qo`sh.

244

Do`stlar, ko`nglumni vasl ummidi behol aylamish,
Orzu xayli hazin jonimni pomol aylamish.

Shoh lutfi  uzrini  qo`lmoq emas mumkinki, shavq
Hushum etmish zoyilu nutqumni ham lol aylamish.

Bas munosibdur bahori vasl aro ko`z yoshini,
Kisvatin qondin xazoni hajrkim ol aylamish.

Zulfi ichra bo`lg`amen pur pechu xamliq tordek,
Za`fliq jismimnikim, hijron yuki dol aylamish.

Har zamon ul yon qilur ko`nglum havokim qush kebi,
Hajr o`qi paykonlarin har yon paru bol aylamish.

Necha kunluk hajri to`fon aylabon ashkim suyin,
Meni ul daryoda kishtibong`a timsol aylamish.

Hajrida onsiz tiriklikdin uyatlig`men, valek
Menda yo`q taqsir, ajal bu ishda ehmol aylamish.

Ul iki lab hajrida maykim, ilojig`a hakim
La`l ila yoqutni mahlulu sayyol aylamish.

Ey Navoiy, hajr mushkil bo`lsa g`am yo`qturki, haq
Shoh lutfin bo`yla mushkillarga hallol aylamish.

245

Sabzai xat orazing bog`ini xazro aylamish,
Gulshani ruxsoring o`zga rang paydo aylamish.

Har dam o`lmish xattu la`lingdin yuz oncha oshkor,
Har ne ishkim umrida Xizru Masiho aylamish.

Vah, ne shaydovash yigitdurkim chiqib oliftavor,
Yuz tuman oliftani ishqida shaydo aylamish.

Qomatim yo yuz uza ashkimdin etmish novlar,
Ulki aning kirpikin novak, qoshin yo aylamish.

Ne tamoshodurki yuz ming xalq o`lmish har qachon
Kim, ain el, yo`qsa ul elni tamosho aylamish.

Bo`lmamish paydo meningdek zoru sendek rahmsiz,
Tengri to mehru muhabbat rasmi paydo aylamish.

Ey salomat ahli, butrongkim, meni bir mug`bacha
Dayrdin usruk chiqib bu nav` rasvo aylamish.

Fard bo`lkim ul kishi dunyoda bo`lmish ahli tarx
Kim, fano yo`lida tarki ahli dunyo aylamish.

Ko`p Navoiyning musallou ridosin so`rmakim,
Birni rahni boda, birni boda polo aylamish.

246

Shomkim tun pardasinda ayladi ixfo quyosh,
Parda olib yuzdin ul oy ayladi ifsho quyosh.

Yo`qki chun kirdi shabiston ichra zulfi shomidin,
Orazi chun bo`ldi paydo, bo`ldi nopaydo quyosh.

Bazm chun tuzdi jamoli lam`asindin yo`qki sham`,
Balki zohir ayladi bir sog`ari sahbo quyosh.

Subhg`a tegru yuzidin ravshan erdi bazmi aysh,
Uylakim, el xotirig`a kelmadi aslo quyosh.

Lam`ai ruxsoridin qasrida har ayvon aro,
Zarvaraqdin shamsalarmu erdu, bilmon, yo quyosh.

Mast o`lub orazni chun xnlvat aro ildi nihon,
Sarg`arib titrab chiqardi pardadin siymo quyosh.

Ohkim, biz rub`i maskundin chiqib, ko`p bo`lg`usi
Jilvagar to`rtunchi toramdin Masih oso quyosh.

Qilma, ey g`avvos, ko`p ishq ahlining man`ini ko`r
Kim, senu g`alton guhar andishasi ushshoqu yosh.

Bil, Navoiykim, tafovutdur quyoshtin oyg`acha,
Aylasang nazzora ul oy orazidin to quyosh.

247

Husn bog`i ichra qadding sarvi bo`lmog`liqqa tush,
Har havo qilg`an ko`ngul ul qad uza sarv uzra qush.

Umrlarkim bo`lg`an ovorang yetishmish ollinga,
Marhabosig`a ilik sun xud dey olmonkim quchush.

Ko`ksuma g`am tog`ida ishqing balo mismorini
Berkiturda ayladi Farhod metinin cho`kush.

La`li shahdig`a havo qilg`anda, ey jonim qushi,
Gar desangkim topmayin maxlas chibin yanglig` yopush

Ko`yidin bizni chiqarmoqqa, raqibo, yig`ma xayl,
Xasni qavmoqqa nasime bas, emas hojat urush.

Ishrat etkim, charx ollinda tafovut yo`qturur,
Xoh bazm ichra simo` et, xoh kunj ichra tumush.

Dema hajrimdin Navoiy g`amsiz ermas bir zamon,
Istasangkim g`amdin ayrilg`ay aning birla qovush.

248

Ul parivash odamivashlig`lar anlab qildi xash,
Har sarikim bir malakvash bor edi devonavash.

Aytmon jom og`zinga yetkach, mening og`zimg`a quy,
Umri jovid istasam basdurki, bo`lsam jur`agash.

La`li hijronida ko`nglum bexud o`lsa qilma ayb.
Kim, jarohatdin chu qon ayrilsa tong yo`q bo`lsa g`ash.

Yor chun jonimda maxfiydur tafovut io`qturur,
Jilva qilsa zohiran gar ming yog`och, har bir arash.

Chun malohat jon olur husn ichra ani istagil,
Xoh dilbar kishvari bo`lsun Xo`tan, xohi habash.

Soqiyi davron chu oxir to`ldurur paymonamiz,
Emdidin varzishqa o`zni aylali paymonakash.

Ey Navoiy muhtasib dayr ichra kirdi bermasang,
Rahnu maypolog`a bas loyiqtur ul dastoru fash.

249

Mehr emas, gardun yuzung hijronidin dog` o`rtamish,
Oy emas, marham uchun momuq mudavvar aylamish.

Ko`nglum andoq chok-chok o`lmishki, go`yo to``ma deb,
Hajr tig`i itlaringga bir-bir ani to`g`ramish.

Bismil etmish zori ko`nglum saydini qilg`och shikor,
Ul shikor afkan hazin ko`nglum bu yanglig` ovlamish.

Lola ro`yum asramay ko`nglumni gar azm ayladi,
Yodgor  andin tuganlar chok ko`nglum asramish.

Er yuzin tutqan bahor ayyomi ermas lolazor
Kim, yuzung hijronidin giryon ko`zum qon yig`lamish.

Dema, soqiy ilgidin sofiymu xushdur yo`qsa durd?
Har ne andin keldi, ul xushturkim ani tolg`amish.

Gar Navoiy yoridek yo`q olam ichra, ne ajab
Kim, kezib olamni mahvashlardin ani tanlamish.

250

Yuz sihr qilsa kimgaki ellikdin o`tti yosh,
Atfol sahrasi qilur atfoldek maosh.

Ulkim soqol bo`yar havasi tushti boshig`a,
Bo`lmoq soqol qora, ne osig`, chun oqardi bosh?

Go`yoki molu jon chin erur negakim qori,
Chun yetti jon talashqali, ul mol etar talosh.

Hojib netar birovki ko`zi bo`ldi munzaviy,
Ev go`shasida dog`i anga hojib o`ldi kosh.

Yuzdan to`kar su ulki ko`zi, og`zi, burnidin,
El ollida oqar sho`lakay birla suyu yosh.

Eykim, yuzung quyosh edi, sarg`ardi shaybdin,
Bilgilki, sarg`arur uyoqur chog`ida quyosh.

Ollingda bas qattiq yo`lu qat`ig`a yo`q guzir,
Gar shoh, gar gado bo`lu  gar tundu  gar yovosh.

Bilkim, bu yo`lda zod erur a`moli xayru bas,
Yo`q ilmu  fazlu   mansabu   molu  urug`-qayosh.

Yuz biymu oqibat ishi ma`lum emas kishi,
Tug`masa erdi yo tug`ubon o`lsa erdi kosh.

251

Tun ham kechu yo`l dag`i yiroq, sen dag`i sarxash,
O`lturki dame o`lturali, ey buti mahvash.

Yillar chekibon hajr dame vaslingga  yettuk,
Sen dag`i dame zorlaring ko`nglini tut xash.

Manzil dag`i amnu ko`ngul ashobdin emin,
May dag`i erur beg`ashu ruh andin yetib g`ash.

Ma`lum emas tongla kim o`lg`usiyu kim yo`q,
Tinsun qadamingda nafasi necha balokash.

Hayhot bu xilvatda kishi bo`lsa o`larmen,
G`ayr o`tsa xayolimg`a qilur meni mushavvash.

Bir naqsh bu yanglig` menga ko`rguzmadi gardun,
Chehramni qilib qon ila yuz nav` munaqqash.

Qilmadi Navoiyg`a bu iqbolni ro`zi,
Ulkim varaqi qismat uza bo`ldi raqamkash.

252

Donai xoli labing ko`nglum qushin rom aylamish
Kim, ani tutqanda jonim rishtasin dom aylamish

Anbarin xattingg`akim, andin kelur bo`yi vafo,
Jon fido garchi umidim subhini shom aylamish.

Lablaringdin  ruhparvar  nutq zohirdur  magar,
Ruh qudsi obi hayvoi ichra orom aylamish.

Humrat etmish oshkor ul usruku xunxora ko`z,
Qon ila mamzuj may go`yoki oshom aylamish.

Sarvu gulga bog` aro dermenki aylay jon fido,
Toki jonim qasdi bir sarvi gulandom aylamish.

Chiqti, vah, usruk yana ul kofiri bebokkim,
Har qachon chiqqonda qatli ahli islom aylamish.

Dayrni qilmish ko`zumga gulsiton, ey mug`bacha,
Ul mayi gulgunki ruxsoringni gulfom aylamish.

Kom vaqti tarki dunyo aylagan topmish hayot,
Yo`qsa yetkanda ajal xudkomu nokom aylamish.

Qani rasvoe Navoiydek agarchi ani ishq,
Neknom eldindurur deb, buyla badnom aylamish.

253

Go`yiyo bir-biriga oshiq erur ul ikki qosh
Kim, qo`yar bir-birisi bir-birining ollida bosh.

Yuzni bir tifl uchun atfolg`a maydon yasadim,
Yo`qsa ne vajhdururkim yugurur yuz sori yosh.

Ulki bazm ichra sochar boshig`a gul ne bilgay,
Holin aningki falak yog`duradur boshig`a tosh.

Qo`zlaring davrida mujgoningga ul nav`i hulsum,
Nedurur qilmasalar fitnaning ustida talosh.

Istabon xush zamon mehnatidin, ey soqiy,
Jomima dorui behush ezib qotsang kosh.

Faqr dashtida fano yo`lig`a hamrah tilama,
Yo`l chu ma`lum emas, qayda topilsun yo`ldosh.

Ey Navoiy, yuzidin deki ochiq yorug` erur,
Zulfidin demaki ham tiyradurur, ham chirmosh.

254

So`z demay ikki shakardek labikim band o`lmish,
Kula olmastin ishi emdi shakarxand o`lmish.

Ko`ngluma barcha shikoyat yeri yo`q, andinkim
Tig`idin chok esa, o`qi bila payvand o`lmish.

Guldin olman ko`zu islarmen ani nevchunkim,
Rang ila bo`yi mening yorima monand o`lmish.

Butun ermas bu ko`ngul shishasi ahdingdekkim,
Sinmishu har sinuq andin necha parkand o`lmish.


Yuzi birla labini ko`rsa qilur  ko`nglum za`f,
Gar ko`ngul quvvatining mujibi gulqand o`lmish.

Ul pari to meni devonavu rasvo qildi,
Vahki, Majnun mening ollimda xiradmand o`lmish.

Ranja  bo`lma tilab ortuqki erur osuda,
Ulki haq, har ne nasib  ayladi xursand o`lmish.

Xossa ma`nilarim el qilsa tasarruf qildik,
Kishi farzandi qachon kimsaga farzand o`lmish?

Qovma, ey shayx, Navoiyni eshitmas deb pand
Kim, sening panding eshitmaslik anga pand o`lmish.

255

Vafodin cheksa bosh ul sarvi mahvash,
Ajab ermastur o`lmoq sarvi sarkash.

Zamona ablaqi qolg`an ravishdin,
Ul oshubi zamon sekretsa abrash.

Kecha zulfungni tush ko`rdum parishon,
Bu kundur xotirim asru mushavvash.

Jahon qo`zg`oldi ofat sarsaridin,
Yigit joning uchun otlanma sarxash.

Maqomirvash harife ko`nglum olmish
Ki, g`ash qilg`on soyi ko`nglum qilur g`ash.

Ko`ngul vahdat mayining jomi ermish,
Bu sog`ar soda yaxshi, yo`q munaqqash.

Navoiyning jununin ayb qilmang
Kim, ani telbaratmish bir parivash.

256

Necha oh ursam bo`lur ko`zdin bag`ir xunobi fosh,
Esnamak bu ersa ko`zda ne ajab ul nav` yosh.

Ey pariy, atfol toshi dema bu majnung`akim,
Charx zulmi yog`durur boshim uza har lahza tosh.

Suda andoqkim quyosh aksi tushar, go`yo erur,
Obgun charx ichra ul ruxsorning aksi quyosh.

Gar kabutardek emas tutmoq uchun ko`nglum qushin,
Nevchun ochmish qulochin har taraf ul ikki qosh.

Tund erur ul butki, qo`ymishmen boshimni ollig`a,
Qiblag`a bosh indururga menda yo`qtur ikki bosh.

Bo`lma kun qursin tilab aflokdek sargashtakim,
Bir fatiri xom ila oson o`tar har kun maosh.

Olg`ali ko`nglin Navoiyning taloshur xo`blar,
Shohlar andoqki bir mulk uzra qilg`oylar talosh.

257

Ishq ichinda juz o`lum mushkilkn, bo`lg`an bizga ish
Kim, bo`lubtur jon bila g`amzang aro borish-kelish.

Qon oqar har yon tanimdinkim firoq ayyomida,
Qo`ymadim uzmay taabdin har qayon urg`onda tish.

Ko`yida mash`al yurutkandek ko`rindi tongg`acha,
Ul xud o`tlug` zor sargardon mening ko`nglum emish.

Kecha oy davrida ikki sa`d kavkab ko`rmagan,
Ko`r yuzu ikki qulog`i durlarin kiyganda kish.

Za`fliq sargashta jismimdin ajab yo`q chiqsa o`t,
Chunki o`t zohir qilur ko`p davr topqondin qamish.

Dahr issig`-sovug`idin gar farog`at istasang,
Obi otash rangni qo`yma ilikdin yozu qish.

Ey Navoiy, chobukungning istasang pobo`sini,
Bo`ynunga ip toqmoq ummidi bila itdek erish.

258

Zulfig`a har yon girih tushkan erur bas turfa ish,
Necha yerda telba ko`nglum qasdig`a bel bog`lamish.

Ravshan aylar shu`la ustidin ko`rungan dudni,
Mahvashim egnida oltoyi bila boshida  kish.

Yori jonim qasdig`a har damki tishlar la`lini,
Mahkam aylarmen, fig`on qilmay debon, bag`rimg`a tish.

Zori jismimg`a, ne tong, sargashtalikdin tushsa o`t,
O`t ayon aylar ilikda davr ko`p topqon qamish.

La`lidin jon olg`ali bording, kelibsen jon berib,
Ey ko`ngul, mardona bording ul borishqa bu kelish.

G`arrai husn o`ldung, ey gul, bilmading bu bog` aro,
Har bahori kelsa andin so`ng xazoni bor emish.

Qon isi keldi Navoiy nazmidin, ermas ajab
Kim, bag`ir qoni bila ko`nglida topmish parvarish.

259

Kuydumu toptim ko`ngulni o`tg`a solg`ondin bu ish,
Yo ko`nguldindur menga yo ko`nglum olg`ondin bu ish.

Va`dai mehr etting oxir, har ne el qilsa xayol,
Kelgay, ammo kelmagay sen ahdi yolg`ondin bu ish,

Der emish ko`ngli to`la shikvam mayidin bo`lmish oh,
Qayda kelgay men kebi ko`ngli usholg`ondin bu ish.

Andin ayru o`lmayin ko`rganda jon qildim fido,
Qilmangiz tahsinki, qilmishmen uyolg`ondin bu ish.

Telba ko`nglum qochsa savdo dashtig`a ayb etmangiz,
Qildi g`am zindoni ichra ko`p qabolg`ondin bu ish.

Garchi muhlik ishq aro tushtum, ko`zumni ham o`yung
Kim, boshimg`a keldi ko`z ul sori solg`ondin bu ish.

Gar Navoiy hajr aro o`lturdi o`zni yo`q ajab,
Qildi yori naslidin novmid qolg`ondin bu ish.

260

Menmudurmenkim quyosh kulbamni ravshan aylamish,
Obi hayvon zulmatobodimni gulshan aylamish.

Yuz falakcha topsa rif`at bayti vayronim, ne tong,
Yuz quyosh chunkim bu vayronimni maskan aylamish.

Ko`z tegurmang, ey parilarkim, ko`zum sarchashmasin,
Ul pariyu huri rizvon rashki ma`man aylamish.

Mundin o`tmas do`stluq garduni dushman  shevadin
Kim, o`zin dushmanlarim qasdig`a dushman aylamish.

Mehrni bilmas edi nomehribonim, shukr erur,
Gar bu fan ta`lim anga davroni purfan aylamish.

Shevan erdi qismatim hijron tunidin go`yiyo
Kim, qora kiymish mening rashkimga, shevan aylamish,

Ey ko`ngul, faryod ila ram berma, gar vayronima,
Chug`z yanglig` toyiri davlat nishiman aylamish.

Baxti jovid ushbu bo`lg`aykim ko`zum surtarga charx,
Itlarining yo`li tufrog`in  muayyan  aylamish.

Ey Navoiy, yo`q ajab, gar charx o`z davronida
Mehr birla bir qorarg`on ko`zni ravshan aylamish.

261

Labingni so`rg`ali muhri sukut og`zima tushmish
Ki, ul shakkar bila ernim biri biriga yopushmish,

Hayotim  andin ekinkim chiqarg`a quvvati yo`qtur,
Zaif jonki labing hajridin og`izg`a yovushmish.

Yuzung xijolatidin arg`uvong`a tushti tag`ayyur,
Daraxti  rangidin  anglar  kishiki qoni  qurushmish.

Quloq durig`a xaridor edi yuzung ajab ermas,
Nashot el orakim Zuhra Mushtarig`a qovushmish,

Hayot mulkidin etmak safar ne mumkin angakim,
Kelib vatang`a safardin nigori birla quchushmish.

Ne bok pok ko`ngul sari charx solsa kudurat,
Zulol ko`zgusini soya tiyra qilsa ne tushmish.

Navoiyo, dema ishqing so`zin chiqarma og`izdin,
Yoshurmog`im ne osig`, chun xaloyiq og`zig`a tushmish.

262

Mayki la`lidin tomizdi ul nigori bodano`sh,
Go`yiyo, jon topqanidin tushti tufroq ichra jo`sh.

Ishva birla betahammul qilmasa ul mug`bacha,
Nevchun dayr ahlidin bir lahza kam bo`lmas xurush,

Raz qizi beboklikdin qilsa uryon xalqni,
Dayri piri zayli ehson birla keldi pardapo`sh.

Lali mayning javhari ruh o`ldi, chun har qatrasi,
Go`yi e`jozi Masiho zohir aylar mayfurush.

Mastlig`din elga yuz so`z der, vale bir so`z desam,
Ko`z yumub ham mastlig` birla o`zin aylar xamush.

Turmadi shayxi riyoiy, chun yetishti piri dayr,
Qochmayin Iblis netsun, chun nuzul etti surush.

Ey Navoiy, demakim, jonu ko`ngulni naylading,
Ikkisin qildim fido, chun bodano`shim tutti qo`sh.

263

Surohi to mayi la`ling visolin orzu qilmish,
Ani bu orzu devonai jo`lidamo` qilmish,

Chibinlar shakkari la`lingda yo`q jon qushlaridurkim,
Su ichmaklikka hayvon chashmasi uzra g`ulu qilmish.

Adamdur ul og`izkim xurdabini aql topmaydur,
Vujudin garchi ul qatlim ishida guftugo` qilmish.

G`aming jon pardasin chok aylagach, gardun, ne yanglig`kim
Labing oritting aning rishtasi birla rafu qilmish.

Ko`ngulkim tashnai la`li labingdur, vahki, su etmas,
Anga garchi visoling va`dasi bag`rimni su qilmish.

Labing yetkan qadah taryoqidin yetkurgil, ey soqiy
Ki, hajr achchig`lig`i jomim aro mayni og`u qilmish.

Visoling no`shi birla o`zgalarga no`shi jon bo`lkim,
Navoiy joni muhlik hajr neshi birla ho` qilmish.

264

Shabistonimda jom ichra yuzung aksi charog` o`lmish,
Charog`img`a va lekin jom zarfu boda yog` o`lmish.

Diram uzra diram to`kkan kebi pinhon xirad ahli
Girihlik ko`nglum ichra ishqdin dog` uzra dog` o`lmish.

Iloj aylay desang, qo`y islayin sebi zanahdoning,
Mengakim sunbulung savdosidin za`fi dimog` o`lmish.

Ko`zung nargis, uzoring gul, qading sarvu soching sunbul
Buzug` ko`nglum xayolidin bularning turfa bog` o`lmish.

Ne qilsang emdi qil ko`nglumgakim, toroji ishqingdin,
Shikibu ilmu aqlu zuhdu taqvodin farog` o`lmish.

Ajab Farhod erur shirin labing shavqida ko`nglumkim
Anga paykonlaring metinu ishqing qofi tog` o`lmish.

To`la quy jomi gardunvashqa may, ey soqiyi mahvash
Ki, g`am xaylini g`arq aylar tengsiz bu nav` ayog` o`lmish.

May ichkim, dardu g`am bir lahza sog` o`lmoqqa qo`ymaydur,
Anikim, bu ko`han mayxonada bir lahza sog`, o`lmish.

Navoiy tiyra shomin kavkabi ashki qilur ravshan,
Bu yulduzlar anga go`yoki durri shabcharog` o`lmish.

265

Qaysi vodiykim tanimni ashk sayli surmamish,
Qaysi tog` avjig`akim mavji boshimni urmamish.

Qaysi hijron shomikim har lahza hijron sarsari,
Bir-bir avroqin falakning har taraf sovurmamish.

Qaysi damkim xotirimg`a chun o`tub gulzori vasl,
G`unchadek ko`nglumda hijron yuz tikon sindurmamish.

Qaysi hijron dashtikim qasdimg`a tortib g`am sipoh,
Ul cherikning o`tin ohim shu`lasi yondurmamish.

Qaysi bir majliski, may tobiyu oraz barqidin,
Elga o`tlar solib, ul qotil meni kuydurmamish.

Qaysi birga olam ahlidinki qildim jon fido,
G`ussa  olam-olam o`tlug` jonima yetkurmamish?

Ey ko`ngul, dayri fano azmi muborak azm erur,
Qo`y qadamkim, topqon ul yo`lni vatanda turmamish.

Dayr pirining qulimenkim, xarobot ahlidin
Necha ko`rmish jurm alarning yuziga kelturmamish.

May tutub ko`nglumni tindur bir zamon, ey mug`bacha
Kim, zamon bedodi ani lahzai tindurmamish.

Zulf aro asra Navoiy ko`nglin eldin istama,
Telbani band ichra zoming`a kishi topshurmamish.

266

Telbalik sensiz, ey pari, menga ish,
Ko`ksuma tosh urarmen, egnima tish.

Naxli ayshim qo`ngordi uyla g`aming
Kim, makonida qolmadi qirtish.

Novaking kasrati ko`ngul ichida,
Uylakim naysiton ichinda qamish.

Yo qoshing birla qildi chun da`vi,
Qatl uchun bo`g`zig`a solildi kerish.

Zulfu jismingg`a rangu nozukluk,
Ko`rinur ul sifatki, qoqumu kish.

Ne uchun bo`ldi la`lgun ashkim,
Gar yurak qoni ermas anda qotish.

May ko`p ichsam ajab yo`q, ey soqiy,
Qon yutarlarda qilmisham varzish.

Bargi gulkim sochildi ko`yi aro,
Ul mening pora-pora ko`nglum emish.

267

Orazing hijronidin kelmas manga gulzor xush,
Gulsiz andoqkim emas gulbunda yuz ming xor xush.

Xastadur  ko`nglum  ko`zungdin uylakim  mumkin emas,
Lablaringdin sharbat olmay bo`lg`ay ul bemor xush.


Ko`yida vayronae topib yiqildimkim, kelur
Qasri jannatdin menga ul soyai devor xush.

Ko`yidin man` aylar erdim chun o`larmen, ey ko`ngul,
Emdi berdim ruxsating, har qayda  borsang, bor xush.

Har kishi maqsadg`a bir sarrishta istar, ey faqih,
Subha gar xushtur sanga, bordur manga zunnor xush.

Hirqavu zuhdu riyo ahlig`a xushtur xonaqah,
Lek aning rag`mig`a keldi kulbai xammor xush.

Ey Navoiy, may bila xush tut o`zungnikim, emas
Bu fano dayri aro bo`lmoq dame hushyor xush.

268

Oshiq o`ldum, bilmadim, yor o`zgalarga yor emish,
Olloh-olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish.

Qaddig`a el mayli bo`lg`ondin ko`ngul ozurdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.

Elga novak urdi, men o`ldum, erur bu turfakim,
Jonim etkan resh el bag`rig`a kirgan xor emish.

Rishtakim  muhlik yaram og`zig`a tiktim, angladim
Kim, kafan jinsi qirog`idin suvurg`on tor emish.

Ko`yi devoridin og`riq tang`a tushkon soyadek,
Seli g`amdin emdi soya o`rnig`a devor emish.

Jong`a taxvif ayladim tig`i halokidin aning,
Bilmadim, bu ishtin ul o`lguncha minnatdor emish.

Ey Navoiy, xo`blarni ko`rma osonlig` bila
Kim, birovkim soldi ko`z, uzmak ko`ngul dushvor emish

269

Menga emdi sarv  ila gul muddaosi qolmamish,
Sarv bo`yluq guljabinlarning havosi qolmamish.

Uyla buzmish mehnatu g`am xayli ko`nglum kishvarin
Kim, nashot anda sig`ing`uncha fazosi qolmamish.

Men baliyat ichramen, el shod, go`yo charxning
Emdi dard ahlig`a yetkuncha balosi qolmamish.

Yorkim qilmas jafozu javr ermas rahmdin
Kim, manga ko`rguzmagan javru jafosi qolmamish.

Baski har torin balo atfoli uzdilar chekib,
Vahki, uryon jism uza mehnat palosi qolmamish.

Gul chog`i bog`ingg`akim yo`l bermading, ey bog`bon,
Chinmudur day bo`lg`ali derlar safosi qolmamish.

Ey Navoiy, gar vafosi qolmamish aning sanga,
G`am yemakim, anga ham husni vafosi qolmamish.

270

Ko`ngulni bu kecha bir oy xayoli mubtalo qilmish
Ki, uyqu xaylini ko`zlar savodidin jalo qilmish.

Ko`ngulga toza qo`yg`on dog`lardinmu savod o`lmish,
Yo`q ersa hajr dudidin falak yuzin qaro qilmish.

Vujudim xirmanin o`rtarg`a bir barqi balo urmish.
Ko`zumga hajr ilgi kojidin har o`tki choqilmish.

Vafosizliq muhabbat ahli oridur xusho, ulkim,
Hayoti naqdini bir qotil ollinda fido qilmish.

Ayog`i tufrog`ining qiymatin jonlar degan hayhot,
Hayot iksirini tufrog` birla teng baho qilmish.

Gadolig` aylamish yillar ko`zum ul xo`blar shohi,
Qachon bir ko`rguzub oraz, aning komin ravo qilmish.

Visol istar esang qochma baliyatdinki, ko`rguzmish
Niyoz ahli vafo, har necha noz ahli jafo qilmish.

Tarab jomini tutmas dayr piri bo`lmayin foniy,
Birov bu fayz topmishkim yerin dayri fano qilmish.

Navoiy benavo bo`lkim azal qassomi qilg`onda —
Xaloyiqqa navo taqsim, bizni benavo qilmish.

SOD HARFINING SANAMLARINING SIYTI «NAVODIR»DIN

271

Birovki dayr sori zohir ayladi ixlos,
Burung`i naf`i bukim xonaqahdin o`ldi xalos.

Xalos istasang andin ayon qil ixlosing
Ki, yo`q kishiga xalos etmayin ayon ixlos.

Avom zohiridek qilmag`ang`a zohirini
Muyassar o`lmadi botin ishi nechukki xavos.

Birovga xos inoyat bu yo`lda om o`ldi
Ki, om suvrati birla o`zini ayladi xos.

Simo` vajd ila gar bo`lmasa muassir emas
Ki, kulgu boisidur qilsa fil o`zin raqqos.

Baqo durin tilabon terga g`arqaliq ne osig`,
Budur toparg`a fano bahri ichra bo`l g`avvos.

Navoiy, istasa qatling habib, sen yana o`l
Ki, ishq tig`i shahidig`a buyla keldi qasos.

272

Husn oyatiki keldi yuzung qissasida nas,
Tong yo`q, desamki sha`nidadur ahsan-ul qisas.

Mushafni o`rtadim deding o`tluq uzor ila,
Ko`nglum qabul  qildi kaloming nachukki nas.

Ko`nglum qushini tig`i g`aming qildi chok-chok,
Bilman ko`ngulni qushmudurur emdi yo qafas.

La`ling nigini sharhidadur go`yiyo fusus,
Har juzvida nishonai vaqf ayladi bu fas.

O`ldumki, qatlinga nega ushshoq bo`ldi xos,
Tirguzdi buki yona meni aylading axas.

Taqvii ishq aro chu azimat tilar ko`ngul,
Avval kerakki, bir taraf etsang bori ruxas.

273

Qatl uchun elga chu ta`mim ila berding tanqis,
O`lgum erdi meni gar qilmasang erdi taxsis.

Hirsi ul sho`xning el qatlig`a bordur oncha
Ki, ajal hojat emas aylamak ani tahris.

Hajrdin ishq o`tida topmadi ko`nglum maxlas,
Garchi o`t birla bo`lur qalbg`a bermak taxlis.

Yor hajrig`a davo guldin emaskim, bermas
Kimsaga Yusuf isi qon aro har pora qamis.

Garchi bildimki haris o`ldi jahonda mahrum,
Bo`lmamoq mumkin emas yor visoliga haris.

Qil fano darsi aro o`zni mulaxxaski, emas
Sud kashfida bu ma`nining o`qumoq «talxis».

Yordin ayru Navoiy o`ziga istar o`lum,
Ey ajal, joning uchun berma anga ko`p tanqis.

274

May meni qildi riyoyi porsoliqdin xalos,
Porsoliq yo`qki, ujbu xudnamoliqdin xalos.

Xonaqah ahli yo`luqsa mastlig`din taniman,
Shukrkim, bo`ldum alarg`a oshnolig`din xalos.

Ishq xilvat kunjidin soldi meni mayxonag`a,
Qildi zindon go`shasida mubtalolig`din xalos.

Dayr piri jur`asin topmayki, uldur shohliq,
Dayr aro gar orzu qilsam gadoliqdin xalos.

Ey jafogar, bir vafo qilkim ikovlon bo`lg`abiz,
Men jafo chekmaktinu sen bevafoliqdin xalos.

Soqiyo, hajru xumor ichra yetibmen jonima,
Bir qadah birla meni qil bu oralig`din xalos.

Ey Navoiy, benavo istab seni dildoru sen,
Gar navo istarsen, o`lma benavolig`din xalos.

275

Kishiga bersa g`amu mehnati davron tanqis,
Yaxshiroqkim anga bergay g`ami hijron tanqis.

Bersa tanqis g`ami hajr dog`i oncha emas
Kim, berur rashk bila g`ayrati jonon tanqis.

Istasam o`qini ko`ksumda budur vahmimkim,
Topmag`ay tiyra ko`ngul habsida jonon tanqis.

Men urub po`ya junun dashtida, lekin ne osig`
Kim, erur ko`ngluma g`am chohida pinhon tanqis.

Ko`yidin raxti safar bog`lasa ag`yor ne tong,
Bog`u gulshanda ko`rar g`uli biyobon tanqis.

Charxdin za`fim ila bo`lsa malolim ne ajab,
Ko`rar ul Zol bila Rustami doston tanqis.

Ey Navoiy, bas erur telbalik emdi, berma,
Ul parivashqa chekib nolavu afg`on tanqis.

ZOD HARFINING ZAMIRON BUYLARINING ZIYOSI «NAVODIR»DIN

276

Qila olg`oncha riyo ahlidin etkil i`roz,
Yaxshiroq sidq ila osiki, riyoliq murtoz.

Mujrimi sodiq erur uzr bila qobili fayz,
Mu`jibi zuhdqa bo`lmas mutajalli fayyoz.

O`zlukung salbidin axloqi zamimingni ketur
Kim, ketar mushil ila necha muxolif amroz.

Bosh oqardi, ko`z oqardiyu oqarmas ko`nglung,
Tiyrasen har nechakim tutti savodingni bayoz.

Chek riyozat vale ish o`rnida tutma anikim,
Bu riyozatdurur, ulkim evazi keldi riyoz.

Barcha ish vaqtida haq bo`lsa keraktur g`arazing,
Bu g`arazdin chu bo`lur daf` kerakmas ag`roz.

Ikki barmoqqa tutar siymni miqroz kebi,
Faqr torin dog`i qat` etkuchidur ul miqroz.

Har ne ollingg`a kelur haqdin erur chun oriz,
Bas tahammul qilibon aylama har dam i`roz.

Jahl aybini Navoiy netibon yoshurg`ay,
El ko`zi ochiq erur, gar o`zi etkay ig`moz.

277

Istasam bo`se labidin, jon tilar jonon evaz,
Ko`ngli birla desa jonon ozdurur yuz jon evaz.

La`lin og`zimg`a olo olmon, ayog`i tufrog`in,
Topsam etmon maks agar jon istasa jonon evaz.

Poybo`si ham emas haddim ayog`i tufrog`i,
Gar muyassar bo`lsa jon bermak bo`lur oson evaz.

Itlarining xoki poyin ko`rgali ham rozimen,
Gar tilar oldik qaroru hushu xonumon evaz.

Vasli gar bo`lmas muyassar, yuz tuman jonu jahon,
Gar berilsa o`truda bermak emas imkon evaz.

Soqiyo, tut la`lgun may bahridin zavraq bila
Kim, erur bir jur`asig`a naqti bahru kon evaz.

Ey Navoiy, ishq tarkin aylagil, nevchunki, men
Vasl uchun jon berdimu bo`ldi manga hijron evaz.

278

Orazingdur oftobi olamorodin g`araz,
Jonfizo nutqingdur  anfosi  Masihodin g`araz.

Ochmag`aymen ko`z meni devona husnung bo`lmasa,
Har pari paykar jamolig`a tamoshodin g`araz.

Uq tikilsun ko`zlarimga bo`lmasa o`qdek qading,
Bog` aro har dam havoi sarvi ra`nodin g`araz.

Shomi hajrim zulfi mushkiningdin o`lsun tiyraroq,
Gar emas ko`nglumda zulfung mushki sarodin g`araz.

Jon berib la`limni istardim, g`araz nedur dema
Kim, base zohirdurur, jono, bu savdodin g`araz.

Dardu mehnat chekmakimdin  qasdim  aning ko`yidur,
Ka`badur solikka qat`i ko`hu sahrodin g`araz.

Ey Navoiy, yorning mehru vafosin istama,
Qilmag`an bo`lsang ko`ngulga zulmu bedodin g`araz.

279

Gar budur qomati ra`no bila zebo oraz,
Sarv bo`y chekmasu ochmas guli ra`no oraz.

Orazin sabzag`a har gulshan aro surtarmen,
Sanga to sabzai tar ayladi paydo oraz.

Toqatim yo`q iki o`t birla meni o`rtarga,
Otashin la`l manga ayla ayon yo oraz.

Parda yopqilki, xating ayladi behol meni,
Men xud o`ldum qila olmasqa tamosho oraz.

Orazimni bir ayoq birla qizort, ey soqiy,
Necha surtay ayog`ingg`a meni rasvo oraz?!

Oyg`a gulguna magar surtti mashshotai charx
Yo sanga maydin erur gul kebi hamro oraz.

Ey Navoiy, tilasang davlati boqiy topmoq,
Olmag`in dayri fano yo`lidin aslo oraz.

TE HARFINING TANNOZLARINING TAROVATI «NAVODIR»DIN

280

Desangki, faqr tariqini aylayin mazbut,
Kerakki, zuhd riyo birla qilmasang maxlut.

Bu yo`lda shart fanodur agar qadam qo`ysang,
Kerak bajoy ketursang nekim erur mashrut.

Qishiki zohiri oshuftadur zamirig`a boq,
Basoki ma`ni erur poku lafz nomarbut.

Qo`ngul sahifasidin raf` qil xavotirni
Ki, safha zoyi` o`lur chun chibin qilur manqut.

Desang o`zumdin itay g`ayr suvratin isqot,
O`zungdin ayla burun o`zlukungni-o`q masqut.

Fano riyozatida qaddin aylagan chavgon,
Qoshida go`ycha yo`qtur bu gunbadi maxrut.

Navoiyo, der esang tongla bo`lmayin maqbuz,
Bu kun jahon eliga o`zni aylagil mabsut.

281

Qildi botil mehrdin har necha qildi yor shart,
Shart ko`p buzdi nedinkim ayladi bisyor shart.

Sharti mehr aylar bukun andoq unutur tonglakim,
Hargiz etmaydur degaysen ul pari ruxsor shart.

Ko`yida kim poybo`si birla izzat istasa,
Bordur anda aylamak tufrog`dek o`zin xor shart.

Ayladi sharti  vafo, lekin qachon  bor e`tibor,
Mastliqdin har ne qilsa kofiri xunxor shart.

Ishq tarkida qilib ko`p shart buzdung, ey ko`ngul,
Ishki qilmoq mumkin ermas, qilmag`il zinhor shart;

Dayr piri xidmatig`a, ey ko`ngul, bel bog`lading,
Balkim ushbu bog`lamoqqa bor edi zunnor shart.

To tirikmen tarki ishq etmay debon shart ayladim.
Shart qilg`on ayladik bore Navoiyvor shart.

282

Oy yuzung ko`zguvu atrofini tutqan zang xat,
Ne yarashibdur ul oy davrig`a minorang xat.

Sabzai tardekki sudin bosh chiqarg`ay lutfi bor,
Orazingdinkim, chiqarga aylamish ohang xat.

Maydin o`lsa orazing gulgun, bo`lur xattingg`a zeb
Kim, topar chun safha gulgun bo`ldi o`zga rang xat.

Uylakim marg`ulalar ko`rguzdi ul mehrob uza,
To`tiyodur xirmani gul uzra urg`an chang xat.

To qamar davrida ne ofatlar o`lg`ay oshkor,
Buylakim, ul yuzda aylar fitnavu nayrang xat.

Chiqqali xat elni qatl aylar chiqarmish, go`yiyo
Xalqning qonig`a ul xunrez sho`xi shang xat.

Husn mulkida shah ul yuz chatr mushkin bo`ldi qosh,
Ne ajab, bo`lsa zumurraddin anga avrang xat.

En ko`ngul, sof ayla safhangni tilar bo`lsang uruj:
Kim, nabig`a ordur bilmoq savodu nang — xat.

Sabzavu gul sari mayl etmas Navoiy xotiri,
To chiqarmish yuz uza ul sho`xi sabzarang xat.

283

Xollarining nuqtasidin topti zeb ul turfa  xat,
Garchi xat uzra bo`lur bir nuqtavu bo`lmas nuqat.

Yuz uza xattin nazzora aylagil gar ko`rmading,
Ey ko`ngul, kun safhasida tun savodi birla xat.

Hajr shomi oyni ruxsoring sog`insam qilma ayb
Kim, basar hissi qorong`u kechada qildi g`alat.

Sarv chun asru biyik, savsan bag`oyat past edi,
Qomating xayrul-umur oyinidin topti vasat.

Sayli ashkim ro`di ikki bo`ldi olam mulkini,
Go`yiyo olam erur Bag`dodu ashkim sayli Shat.

Tavsani himmat bila qat` aylagil dashti fano,
Yo`qsa bu yo`lda bo`lubtur tavsani gardun saqat.

Ey Navoiy, may bati qonin oqiz bazm ichrakim,
Gar kabob aylar va lekin elni mast aylar bu bat.

ZE HARFINING ZARIFLARINING ZUHURI «NAVODIR»DIN

284

Ne nutqi dilkash erur, vah, ne dilrabo alfoz,
Masih nutqida yo`q buyla jonfizo alfoz.

Erur xujasta so`zung fayz mavjining tengizi,
Tengizda har sarig`i durri bebaho alfoz.

So`zungda lafzin eshitkach arab fasihlari,
Birisi qilmadilar so`zga ibtido alfoz.

So`zungda piri xirad topmayin g`alat ahkom,
Tilingga sahv ila ham o`tmayin xato alfoz.

Sanga nadim o`lubon Jabrail ham keturub,
Bir oshno qoshidin barcha oshno alfoz.

Sipehr javfida daryo vujudung ichra so`zung,
Bu bahr ichinda javohir so`zung aro alfoz.

Navoiy ayladi na`tingni, vird bo`lsa, ne tong,
Anga kalomi ravonbaxshu muntaho alfoz.

285

Labingdin bo`ldi bu mahjur mahzuz,
Aningdekkim, shakardin mo`r mahzuz.

So`zungdin topsa haz ko`nglum ajab yo`q
Ki, sharbatdin bo`lur ranjur mahzuz.

Emas hajring kuyuk ko`ksum iloji
Ki, bo`lmas shu`ladin mahrur mahzuz.

Sochingdin orazing ko`rguzki, elni
Qorong`u tunda aylar nur mahzuz.

Labingg`a jon fidokim, qildi jonni
Bu aqshom asru nomaqdur mahzuz.

Xumor o`lturdi, soqiy, tut qadahkim,
May o`lmay bo`lmadi maxmur mahzuz.

Navoiy ko`nglini buzdung, qil emdi,
Etib vasling bila ma`mur mahzuz.

286

Necha yolg`on so`zu muzhik harakot, ey voiz,
Majlis ahli yuzidin yo`qmu uyot, ey voiz.

Dedilar: pand ila tavsanlig`in elning o`ksut
Kim, dedi: tepkilu minbarni ushot, zy voiz.

Huru jannatni ko`p o`qdung magar ul yon, elni,
Yuborurga qilasen qat`i hayot, ey voiz.

Yoshurun dardima dur ashku emas nutqingning —
Asaridin yuzum uzra qatarot, ey voiz.

Kecha ichmak mayu kunduz demak ichmang ani,
Hikmat ichra bu erur yaxshi sifat, ey voiz.

O`zgacha bo`lmoqu o`zgacha o`zin ko`rsatmoq,
Ko`z tut o`z holinga tafzihni bot, ey voiz.

Dayr piri qulidurmenkim, agarchi may ichar
Bori bor o`z ishida anga sabot, ey voiz.

Elni chun zarq namozi so`ziga jam` etting,
Tortg`il tafriqag`a emdn salot, ey voiz.

287

Chekti bulbul kebi ming lahn ila doston hofiz,
Yo`q aningdek yana bu davrda xushxon hofiz.

Davr o`qir chog`da ajab fitnalar aylar izhor,
Yo`q aningdek yana sarfitnai davron hofiz.

Hofiz etkan kebi haq lutfi ani qur`onda,
Bo`ldik aning dog`i har holida qur`on hofiz.

Jon olur na`masi ul ruh g`izosi birla,
Xalq jonin qilur o`z bazmida mehmon hofiz.

Gar unung jon olur ani desa bo`lg`aymu darig`
Kim, fido boshtin ayog`ingg`a sening jon hofiz.

Sendadur na`mai Dovud ila anfosi Masih,
Bordurur yo`q esa davronda farovon hofiz.

Ey Navoiy, dema lahnig`a nedin bo`ldung sayd,
Halq saydig`a qoni uyla xush alhon hofiz.

AYN HARFINING IYORLARINING ALOMATI «NAVODIR»DIN

288

Izzat tama` kim aylasa tark etmayin tama`,
Ul xorliqqa mujib erur azza man qana`.

Tuxmi tama`ki xorliq o`lmish aning bari,
Sen buyla xor tuxmin ekib qilma gul tama`,

Nafsing halokin istayu topsang ani halok,
Zinhor motam ahli kebi qilmag`il jaza`.

Nevchunki to tirikdurur ul zolimi lain,
Ko`nglunggadur halokatu joningg`adur vaja`.

Ruhungg`a sihhat o`lsa maloyik bo`lur sipoh,
Nafsingg`a quvvat o`lsa shayotin bo`lur taba`.

Tark etma uzru ajzg`a ko`nglungni solsa fisq,
Qo`yg`il riyovu ujbg`a gar bosh chekar vara`.

Joh ahli, faqr ichra Navoiyg`a iqtido —
Aylangki, bu tariqa anga keldn muxtara`.

289

Mehr ila gar keldi charx ayvoni rif`atdin mani`,
Jom qo`yg`on dayr toqin anglag`il andin rafi`.

Dayr jannatdur, ko`r anda jilvagar har mug`bacha,
Shaklikim zohir  qiliptur huru g`ilmondin  badi`.

Soqiyo, chun davr aro solding hiloliy jomni,
Bilkim, ul sayr ichra bor o`zga kavokibdin sari`.

Gar chiqib masjiddin o`ldum but qoshida g`am yemon,
Shoyad ul jurmumg`a ushbu toatim bo`lg`ay shafi`.

Menki dayr o`ldi, manga taqviyu toat buq`asi,
O`lganimda kufr go`ristonin aylarmen baqi`.

Bo`ldi soqiyning gul ruxsori gul-gul bodadin,
Tut g`animatkim  yigitlik faslidur  fasli rabi`.

Xonaqahdin kim Navoiydek borur mayxonag`a,
Anda-o`q qo`ydik riyovu ujbdek fe`li shani`.

290

Qildi uqor o`tog`asin ul qotili shijo`.
Xurshid orazig`a hamono xati shio`.

Ul minmayin hanuz takovarg`a, voykim,
Mendin qaroru sabru ko`ngul qildilar vido`.

Maydong`a chopti tavsanin ul nav`kim, degil
Kim, charx shahsuvori bila qilg`usi nizo`.

Yuz fitna soldi g`ayri mukarrarki, aylamish
Bedodu zulm tavrida yuz nav` ixtiro`.

Jonni oti ayogig`a dedim, nisor etay,
Lek ermas edi ko`zga ko`runguncha bu mato`.

Sarkashlik etma shu`ladek o`rtarga elnikim,
Asru bod inhitot topar andoq irtifo`.

Boshtin, Navoiyo, chiqar o`zluk xayolini,
Gar sarzanish bila der esang ko`rmayin sudo`.

291

Lablaringdin har zamon jonni tilarmen muntafi`
Munqati` bo`lmay nafas,  bo`lmas umidim munqati`.

Ko`z yumub ochquncha, vah, yuz qatl qilmoq yo`q edi,
Buyla san`atlarda mahvashlarg`a sensen muxtari`.

Ko`ktadur ohim quruq tandin itib munglug` ko`ngul,
Shu`la daf` o`lmay o`tundin dud bo`lmas murtafi`.

Ishqu dardu shavq ko`nglum ichradurlar, ohkim,
To ne qilg`aylar bo`lub mundoq balolar mujtami`.

Ishq eli g`avg`osidin dardim desang, ma`lum emas
Xossakim, ulkim anga dermen xud o`lmas mustami`.

Istasang dayri fano sirrig`a topmoq ittilo`,
Mastlig`din bo`lmag`il davron ishiga  muttali`.

Ey Navoiy, qil fano ilmini yaxshi kasbkim,
Aylagaysen daf` agar taqvo buyursa mubtadi`.

292

Ko`rub orazing yig`lasam yo`q badi`,
Kelur sel bo`lg`onda fasli rabi`.

Necha ishq aro bor esang tangdil,
Erur ul uy ikki jahondin vasi`

Gumon qilma ishq ahlini xoksor
Ki, himmatlaridur falakdin rafi`.

Damim o`ti ko`kka chiqar uyla tez
Ki, barq inmagay yerga andoq sari`.

Yuzung ollida gul hadisin demon,
Xush ermas latif elga lafzi shani`.

Agar zuhd edi jurmum, ey piri dayr,
Ne g`am bo`lsa jurmumg`a lutfung shafi`.

Navoiy agar yor erur bazlago`y,
Badi` eldin ermas badoe` badi`.

293

Hajr o`tidin shom agar mendek emas bexob sham`,
Rishtai jonig`a nevchun soldi pechu tob sham`.

Bir quyosh hajrida gar kuymas nedin bas men kebi,
Kavkabi ashkin to`kar andoqki durri nob sham`.

Mahvashimdek demakim, bo`lmish libosi la`lgun,
Men kebi qon yoshdin o`ldi g`arqai xunob sham`.

Kechaikim tiyra kulbamni yorutqay ul quyosh,
Tong emas anjumdek o`lsa ul kecha noyob sham`.

G`am tuni ul oy xayolidin buzug` ko`nglum yorur,
Go`shai  vayrong`a  bastur  partavi  mahtob  sham`.

Tiyra shoming fayz nuridin desangkim, yorug`oy,
Tutqil ul yanglig`ki tutmish go`shai mehrob sham`.

Ey Navoiy, ul quyosh qo`yg`och shabistonimg`a yuz,
Rashkdin siymob ashkidek bo`lur siymob sham`.

294

Torttim ranji xumor aylab mayi ahmar tama`,
Ul kishidekkim, qozar tog` aylabon gavhar taml`.

Lola jomi durdidek ham dast bersa yaxshidur,
Davrdin gar aylay olmon lolagun sog`ar tama`.

Soqiyo, jomi labingdin el tama` qilg`onda no`sh,
Bizga g`amzangdin erur bir jonsiton nishtar tama`.

Qatlima andin qila olmon tama`, ber zahri chashm,
Men kimu la`li labidin aylamak shakkar tama?!

Desangizkim, bo`lmag`aysiz men kebi devonavash,
Odamizod ichra qilmang bir pari paykar tama`.

Piri dayr ollida qo`ydum naqdi jon, ey mug`bacha
Kim, manga bor erdi sendin la`li jonparvar tama`.

Istadim vaslu vafo, dedi: Navoiy qilmag`il —
Bu tama`, qil, gar qilursen mundin o`zga har tama`.

G`AYN HARFINING G`IZOLALARINING G`AVG`OSI «NAVODIR»DIN

295

Zihi buroqing izidin qamar uzorida dog`,
Muayyan ikki qarog`ingg`a surmai mozog`.

Chu yorutub yuzung o`ti falak shabistonin,
Uyotidin o`churub har taraf nujum charog`.

Shamimkim sochibon zulfi anbarafshoning,
Bo`lub savomi` qudsi eliga atri dimog`.

O`tub chu qaddu uzoring sipehri axzardin
Bu nav` sarv ila gul topmayin yana ul bog`.

Ulusqa zulmati kufr ichra iztirob erdi,
Yuzung quyoshi furug`idin o`ldi muncha farog`.

Kitobing o`zga kutubdinki bordurur ablag`,
Balog`atingg`a munosib haq aylamish iblog`.

Bu baski ayni inoyat bila ko`zung tushsa,
Tamug` o`tig`a Navoiyni sudrab eltur chog`.

296

Garchi yo`qtur lolazori ashkima paydo qirog`,
Dudan ohim bila qo`ymoq bo`lur borig`a dog`.

Gullar o`lmish otashin to o`tlug` ohim tortibon,
Aylamishmen orazing hijronidin gulgashti bog`.

Zulf aro ul oraz uzra zarvaraq har yon erur,
Shom andoqkim yoqilg`ay suda har jonib charog`.

Oshiq o`ldum ul malak siymo pari ruxsorig`a,
Uylakim, o`t shu`lasidin elga garm o`lg`an dimog`.

G`amdurur  ko`nglumda ul Shirin sanamni ko`rgali,
Tog` aro Farhod o`lur kim ko`rdi Farhod ichra tog`.

Davr ranjidin desangkim, lahzae sog` o`lg`asen,
Davr ayog`i ichmakidin bo`lmag`il bir lahza sog`.

Ey Navoiy, chun ko`ngul bir dam ochilmas bodasiz,
Istasang ul uyni ravshan dam-badam tutg`il ayog`.

297

Xazon faslida ul oy jismu ruxsorimni ko`rgan chog`,
Degaykim, bir qurug` shox uzra qolmish bir sarig` yafrog`.

Uchamda oy tutulg`an dog`dek qoldi asar, go`yo
Ulug` ermish fatila asru chun ko`ksumga qo`ydum dog`.

Gunahsiz o`lgan el qoni tutubtur shastini, yo`qsa
O`shul qotil xino birla qizil qilmaydurur barmog`.

Guli ra`nodin etti kisvatin sarvi ravon yoxud
Sarig` terlik uza ul sho`xmu kiymish qizil shirdog`.

Yuziga mehrdin yo`qkim, yuzidin mehrga nogah,
Harorat yetmasun derkim, solur har saridin qalpog`.

Qo`zi ul sho`xning chun bo`ldi ham bemoru ham usruk,
To`la tut davr ayog`in, ey ko`ngulkim, men ham o`lmay sog`.

Ko`z och, ashki nadomat soch o`z ahvolingg`akim, bordur
Tunung tiyra, ko`zung xira, yo`lung burtog`, oting oqsog`.

Qadam qo`yma adabsiz bu xazon ko`rgan chaman ichra
Ki, bir gul rang yuzning safhasidur har sarig` yafrog`.

Magarkim ko`yida yolang ayog` ul oy xirom etmish,
Navoiy ko`zlariga surma bo`lmish ul qora tufrog`.

298

Oh o`ti birla yuzung hajrida qilsam gashti bog`,
Lola yanglig` o`rtagay bir-bir sharar gullarga dog`.

Ko`rgach ul orazni yig`larmen tushub mag`zimg`a jo`sh,
Uylakim guldin yosharg`ay ko`z, qiziq bo`lg`och dimog`.

Yuzgakim sanchib binafsha istading husnungg`a zeb,
Go`yi  ul  ko`kurd birla ravshan  aylarsen charog`.

Dog`u qonlig` chok-chok o`lg`on ko`nguldadur g`aming,
Lola tog` ichra bo`lur kim ko`rdi lola ichra tog`.

Ikki gavharkim banogo`shungdadur  anjum kebi,
Husn aro oydek yuzung ollida tutmishlar charog`.

Bodadin bir dam farog`at istama, gar istasang
Davr ahli mehnatidin topqasen bir dam farog`.

Yor ayog`in sug`a chun soldi, ko`zum to`ldi sirishk,
Ey Navoiy, buyla bolig`qa kerak mundoq bulog`.

299

Baski qo`ndung ko`ksuma ko`nglumni olg`on chog` dog`,
Jismim o`lmish xirqam ul yanglig`ki maydin dog`-dog`.

Demakim, ne dog`dur  ko`nglungdakim, o`tlug` ko`zung,
Qo`ydi anda ko`rguzub yuz loba birla log`-dog`.

Dog`lar qo`ydum, chu mastu oshiq o`ldum nechakim,
O`zni asrab qo`ymas erdim bor ekanda sog` dog`.

Arg`uvoni to`n bila to jilva qilding, vahki, bor
Hayratingdin arg`uvon shohig`a har yafrog` dog`.

Solg`ali o`t bag`rimu ko`nglumga hajring bor emish,
Tortmoq ko`nglumdin ohu bag`rima qo`ymog` dog`.

Go`yiyo Farhoddek hamroz uchun barq o`tidin,
Lola ermas bag`rig`a har sari qo`ymish tog` dog`.

Ey Navoiy to`kma o`tlug` ko`nglung uzra ashkkim,
O`rtanur ko`prak kuyar holatda quysang yog` dog`.

300

Zaif jismim aro bir-birining ustiga dog`,
Qurug` yog`och uzadur yafrog` ustiga yafrog`.

Evursa har sari, tong yo`q yuzini ohimdin
Ki, chayqalur yel, agar usruk tund bo`lsa charog`.

Chamang`a g`amzada ko`nglumni chekma, ey bulbul
Ki, keldi chug`zg`a vayrona kunji go`shai bog`.

Yaram fatilasi zaxmimni kuydurur har dam,
Magarki qon anga xosiyat ichra bo`lmish yog`.

Kerakki qo`ymasa bir dam piyolani qo`lidin,
Zamone ulki tilar bu zamona ichra farog`.

Etishti  burnig`a ofatki, tutti burnin el,
Yorug`lug`i bila chun sham` bo`ldi kunddimog`.

Xayoling etti Navoiy boshinda manzilgah,
Nedinki  bir tepada joriy erdi ikki bulog`.
Powered by OrdaSoft!