HE HARFINING HARAMIYLARINING HUSNOROYLIG`I «NAVODIR»DIN

101

Bu chamankim, to`kilur shom gul, ochilsa saboh,
Bodasiz shomu sabo o`lmoq emas bizga saloh.

Davri ayyomg`a yo`q chunki vafo, ey soqiy,
Sen vafo aylayu bas, aylama davri aqdoh.

Bekaron ra`fat erur dahrda elga ofat,
Rohati behad agar istar esang topqil roh.

Piri xammor eshigi bog`liq erur, men maxmur,
Rahm etib och bu eshikni yuzuma, yo fattoh.

Qilmag`il qasd kishi qoniyu naqdig`a valek
Aysh naqdini qadah qoni bila angla muboh.

Hasmkush keldi falak zoli  bil, ey shayxu manga
Raz qizi borida ul koloni qilma nikoh.

Ey Navoiy, tilasang g`am tengiziga sohil,
Kashtii  boda  burun topqilu bo`lg`il  malloh.

102

Jonima yetkurdi ul la`li ravonoso farah,
Elga yetkurgan masallik la`lgun sahbo farah.

La`li yoquti mufarrihdur magar bilxosiya
Kim, xayolidin manga yo`qtur nasib illo farah.

Qon yoshimdin demangiz so`z kim mukaddar bo`lmasun,
Bodadin topqan zamon ul sho`xi mahsiymo farah.

La`li hijronida, ey soqiy, yana may tutmakim,
Tortsam kavsar mayi yetmas manga aslo farah.

Boisi g`amdur labi hajrida la`li obdor,
May debon rangin su ichkan aylamas paydo farah.

Gar farah istar esang, mayxona azmi aylakim,
Andin o`zga yerdin olmish gunbadi xazro farah.

Ey Navoiy, dayr piri tutsa, may lojur`a ich,
Fikr qilmakim, sanga yetkay malolat yo farah.

103

Bo`lsa bo`lg`ay sarv qadlar ichra har gulro` malih,
Sarvi gulro`yum mening lekin erur asru malih.

Xol erurmu yo`qsa tuz solg`an siyohiy nuqtasi
Kim, erur vasf aylagandin ortuq ul hindu malih.

Lablaring kulgach, to`kar tuz birla shakkar tung-tung,
Olloh-olloh, bo`lur ermish muncha ham kulgu malih.

Ko`p malohat bobida Shirindin aytur Ko`hkan,
Sabzshirinimcha ul  bor erdi erkinmu malih.

Eyki Yusuf birla so`rmishsen habibim husnidin,
Ul sabih o`ldi latofat ichra, ammo bu malih.

Orazing ko`rgach, ko`zum sho`roba to`kkach, angladim
Kim, erursen sen malohat ahlidin ayru malih.

Ey Navoiy, achchig`-achchig` yig`larimni qilma ayb
Kim, erur ko`nglumni olg`an kofiri badxo` malih.

104

Axtarin ashk ettiyu sovug` nafasni oh subh,
Bo`ldi go`yo shomi hajrim holidin ogoh subh.

G`am tuni muhlik g`amim anglab yoqa chok ayladi,
Tong yelidin har nafas holimg`a tortib oh subh.

Tiyra hijrondin chu yo`qtur farq subhu shomima,
Xoh shom o`lsun qorarg`an ro`zgorim, xoh subh.

Dudi ohimdin qorarg`ay hajr shomidin batar,
Bo`lsa hijron qat`ida bir kun manga hamroh subh.

Tiyra shomim daf` qildi mehr zohir aylabon,
Yaxshi bordi mehribonlig`larda shay`-uloh subh

Xushturur jomi sabuh, ey shayx, sen ham ichkasen,
Tutsa may soqiy bo`lub bir mehr yuzlug moh subh.

G`am tuni ko`h balosidin magar bo`lmish xalos
Kim, meningdek ko`rguzur ruxsore chun koh subh

Subhdam bedoru giryon bo`l, agar fayz  istasang
Kim, sening uyqungg`a xandon bo`lmasun nogoh subh.

Ey Navoiy, ul quyoshning mujdayi vaslin berib,
Qilsa netkay, shomi hajrim mehnatin ko`toh subh.

105

Hajrdin asru hazinmen, soqiyo, tutqil  qadah,
Har necha sog`ar ulug` bo`lsa to`la tutqil qadah.

Gar aning no`sh aylaridin ojiz o`lsa ahli bazm,
Jam` etib borini bir yo`li manga tutqil qadah.

Qoni` erman bir qadah birlaki, dardim sa`b erur,
Har kecha lojur`a no`sh etsam, yana tutqil qadah.

Bir nafas mast o`lmasam hijron g`ami aylar halok,
Jonima rahm aylabon bahri xudo tutqil qadah.

Gar muyassar bo`lsa bazmi vasl, lutf aylar esang,
Quy meni nazzorag`a ko`prak anga tutqil qadah.

Ulu men chun mast bo`lduq ixtiyoring bordur,
Xilvat aylab ber ijozat, elga yo tutqil qadah.

Chun xarobot ichra tushtung chiqmog`ing dushvor erur,
Ixtiyoring yo`q ichib, ey porso, tutqil qadah.

Xirqayi zuhdin Navoiy qildi rahn, ey mayfurush,
Qo`yma hush ilgida ani benavo tutqil qadah.

106

Subh dayr ichra mug`anniy uyla tuzdi shaddi ruh
Kim, unidin bo`ldi ruhullohga ohangi sabuh.

Toza bo`ldi ruhlar ul nav` shaddi ruhdin,
Kim lisoni holi ruhullohg`a qildi toza ruh.

Yo`qki, yolg`uz shaddidin tushti qulub ichra kushod,
Har girifti dog`i arvoh ichra soldi yuz futuh.

Dayr piri oncha tutti elga jomi ruhbaxsh,
Kim yaqindurkim ushatqay tovba bo`lsa yuz nasuh.

Ruhi qudsiy erdi alfozi zuhur etkuncha fajr,
Vahy yuho erdi anfosi tulu` etkuncha yuh.

Yo`qki, may kashtiysi g`am to`fonidin aylar xalos
Kim, topar andin kishi bir qatra ichsa umri Nuh.

Sirri vahdat nuktasidur bas daqiq, ey porso,
May quyoshi lam`asi birla magar topqay vuzuh.

Ey mudarris, ishq sirri daftari bir nuktadur,
Garchi mingdin bir yozilmaydur yozib yuz ming shuruh.

Vaslsiz bo`lmas Navoiy ko`zu ko`ngliga iloj
Kim, juruh uzra juruh o`lmish, quruh uzra quruh.

XE HARFINING XO`BLARINING XIROMI «NAVODIR»DIN

107

Fano tariqida har kimki hosil etti rusux,
Riyovu zuhd aning ollida erur mansux.

Ne nav` o`zlugi mansux bo`lmag`ay qoshida,
Birovki, do`st shuhudig`a hosil etti rusux.

Chu ishqsiz edi zuhd ahli keldi nobolig`,
Erurlar atfol, el garchi der alarni shuyux.

Demakta voqi`a yolg`onu chin taxayyul etib,
Kishi ekanlarin andoqki yod qilsa musux.

Jahoni xokiy erur bir kesak, vale nopok,
Etak yeturmomak avlo mulavvas o`lsa kulux.

Arit sirishk bila botiningda bor esa chirk,
Yu tavba suyi bila bo`lsa botining aro shux.

Navoiy ahli fano ista, qo`y riyo ahlin
Ki, nayshakar borida tuhfa qilmadi kishi lux.

108

Firoq o`tiki, balo og`zidur anga manfax,
Misoli do`zaxu jannatdurur ul do`zax.

Ne tong yoshunsa kecha zulfida quyosh ko`yi
Agar bu nav` esa chavgani zulfu go`yi zanax.

Erur kirarga ko`ngul xayli ul taraf bir-bir,
Tarog` sochingdaki yo`llar yasab turur rax-rax.

Quyosh hamono ko`k atlasin libos etmish
Va yo kiyiptur ul oy nilgun nasij ila nax.

Gaheki ko`rguzasen zahri chashm tong ermas,
Bo`lur chu bodomning donasi birarda talx.

Yuz ochsa aqlim eli to`lg`anur, nedinkim bor
Chinor panjasi shal, oftob panjasi shax.

Navoiy ohini zohid kam etmadi so`z ila,
Nedinki, dud o`lur afzun, qotilsa o`t ila yax.

109

Sho`x ko`p yo`q birisi, uylaki, ayyor ul sho`x,
Sho`xluq birla qilur elni giriftor ul sho`x.

Boqib ag`yorg`a tishlar labini ishva bila
Etkurur qatl uchun jonima ozor ul sho`x.

Gul qizaripturu sunbul qoraripdur, go`yo
Bog` aro qildi ayon zulf ila ruxsor ul sho`x.

Xo`blar butrashibon qo`zg`alishur ishq ahli
Mastu bebok magar bo`ldi padidor ul sho`x.

Kimnikim zor ko`rar o`lturur ul sho`xi balo
Ne balo turfa ish o`lmish buki, men zor ul sho`x.

Dayr aro mug`bachayi sho`x ushatti tavbam,
Mast bo`lman netayin bor chu xammor ul sho`x.

Sho`xliqdin ne desa chun unutur emin eman,
Garchi xud va`dayi vasl aylasa izhor ul sho`x.

Ey ko`ngul, dinu xirad naqlini asraki, erur
Zulf aro xoli kebi shabravu tarror ul sho`x.

Gar Navoiydin erur bexabar ul sho`x, ne tong,
Mastlig`din emas o`zdin chu xabardor ul sho`x.

110

Ey ko`ngul, chunki erur yor mayi furqati talx,
Kimki, bu mayni ichar bo`lsa, ne tong riqqati talx.

Sharbati sabr der ich nosihu yuz voyki bor,
Obi hayvon bila hal aylasa bu sharbati talx.

O`zgalar birla icharsen mayu men zorg`a ul
Bodaedurki, erur ta`mi achig`, lazzati talx.

Soqiyi bazm, yana tutma manga jomi firoq
Kim, bu sog`arning erur choshniyi shiddati talx.

Talxkom o`ldum aning ko`yida bekaslikdin,
Ishq ko`yining erur chun qadahi g`urbati talx.

Xo`blar la`li xayolig`a chu churkanmaki, bor
O`zi har necha chuchuk, hajri aro mehnati talx.

Emdikim vasl arodur qo`yki, Navoiy, o`ldeg,
Ey ko`ngul, chunki erur yor mayi furqati talx.

111

Erur barot ila bayram ul oyg`a zulf ila rux.
Xush ulki tun-kuni bo`lg`ay bu ikkidin farrux.

Birin-birin netayin oyu sarv ila gulni,
Meningki mohim erur sarvqomatu gulrux.

Hadisi o`lturubon tirguzurki, so`z so`rsam,
Agar achig`lanur, ammo chuchuk berur posux.

Malohat o`lsa olur jonni lo`liyu hindu,
Gar o`lmasa qochurur mohi o`qchavu Xallux.

Yozar qalam kebi vodiy hajr aro qalamim.
So`ngakdururki, aning javfida quruptur mux.

Fano tariqida birdek emas bori ma`ruf,
Biriga Qarxdurur jilvagah, biriga kurux.

Navoiyo, erur ul sho`xi turkman bas tund,
Navo tilar esang andin yugurma ordicha cho`x.

112

Meni ishqdin man` etar soda shayx,
Dema soda shayx, aytkim loda shayx.

May ustidagi xascha qilma hisob,
Agar su uza solsa sajjoda shayx.

Yorug`luq emas mumkin andinki, bor
Zalolat tariqida uftoda shayx.

Riyo bahri ichra tama` zavraqin
Soliptur asodin tutub xoda shayx.

Eyar domi tazvir el saydig`a
Qilib subhadnn dona omoda shayx.

G`azabda sabu`, shahvat ichra bahim,
Agarchi erur odamiyzoda shayx.

Kirar odamiy sonig`a qilsa no`sh,
Fano dayrida bir qadah boda shayx.

Irodattin o`lg`ay edim bandasi,
Agar topsam erdi bir ozoda shayx.

Eranlardin o`zni tutar, garchi bor
O`kush zebu ziynat bila moda shayx.

Navoiy tilar soda yuzlug yigit,
Ne g`am gar ani man` etar soda shayx.

113

Xating sipohi chu chiqti nechukki mo`ru malax,
Demaki, qochmasun arbobi ishqu urma zanax.

Qurudi mazra`i shavqum, chu zohir etting xat
Ki, dona ofatidur mazra` ichra mo`ru malax.

Yuzung o`tiki bor erdi ko`zumga ravza guli,
Tutun kebi xating ul o`tni ayladi do`zax.

Niqob aro yuzung erdi g`ilof aro ko`zgu,
Ne xatdurki, ani qildi kiyiz ichindagi yax.

Xatiki, xat-xat osilmishtur emdi ul ruxdin,
Ne rux deyin yuzinikim, bo`luptur ul rax-rax.

Tasavvur etmaki, el o`pmak orzu qilg`ay,
Magarki mo`china og`zi labingdin olg`ay max.

Jamoli zohir uchun o`ldung, ey Navoiy, zor,
Chu yopti orazini xat, uyolding erkin, vax.

DOL HARFINING DILOROMLARINING DAVRONI «NAVODIR»DIN

114

Ey jamoling mehridin ravshan azaldin to abad,
Zarra yanglig` ul yorug`luq ichra sargardon xirad.

Kunhi zotingdin xirad gar bo`lsa a`mo ne ajab,
Zarrag`a yuz ming quyosh mohiyatin bilmak ne had.

Ham xirad nuri topib husnung quyoshidin dimog`,
Ham vara` zo`ri olib zikring g`izosidin jasad.

Senga tolib, kimki azmi Ka`ba aylar, yo`qsa dayr,
Sen murodi, kimki dayr ichra sanam der yo samad.

Xalq raddidin ne g`am, topg`ang`a lutfungdin qabul,
El qabulidin ne sud aniki qahring qilsa rad.

Bo`lmag`ay mumkin zalolat chohidin chiqmoq kishi,
Lutfung ilgi rishtayi tavfiq ila qilmay madad.

Quvvatingning ojizi gar piltan, gar sheri zo`r,
Minnatingning shokiri gar guljabin, gar sarvqad.

Ham munojot ahlining ko`nglida biyming behisob,
Ham xarobot ahli joninda umiding beadad.

Jurmu isyon chohidin chiqmoq Navoiy iltimos
Sendin aylar, negakim yo`qtur sanga kufvan ahad.

115

Sitam ermas edikim, aylading ko`nglumni yuz parkand,
Sitam budurki, tikmak birla istarsen anga payvand.

Ham ip kul bo`lg`ayu, ham igna su bo`lg`ay tikar bo`lsang
Nedinkim bor alardin ahgari so`zanda har parkand.

Jamolingg`a quyosh o`xshar valekin oncha ham ko`p yo`q,
Anga bo`lg`ancha oy monand, ul bo`lg`ay sanga monand.

Pariyro`yimdin ayru, ey hakim, och qaydu bandimni
Ki, men dev o`lmisham, devona ermankim, solursan band.

Habibim istayu gulshan aro har dam gul islarmen,
Meni Yusufdin ayru qildi qonlig` ko`nglagi xursand.

Ko`zumning mardumi odamdurur go`yo qora bo`lg`an,
Bu yoshlarkim, bo`lur zoyanda andin barchasi farzand.

Labing no`shi zakotin hojat ahlig`a berur bo`lsang,
O`lubmen hasratidin jong`a yo`q o`lgancha hojatmand.

Deding gulqand, ey tarso hakimi, anglabon za`fim,
Vale daf` o`ldi qilg`ach mug`bacha dayr ichra shakkarxand.

Alam yetkach, Navoiy, dahrdin, may bil  aning daf`i,
Qabul etkan kishiga basdurur olamda bu bir pand.

116

Qayda qilg`ay soyadek men telbayi xokiyni band
Kim, quyosh bo`ynig`a solmish sunbulung pechon kamand.

Qatlim etmaslar g`amu darding vale taxqirdin
Mo`r qatlin ajdahokushlar qachon aylar pisand.

Na`lidin chaqilmas o`t, balkim shararlar ayrilur,
Har taraf maydon arokim o`t kebi sursang samand.

Tong yo`q ohim ul quyoshning burqa`in raf` etmasa
Kim, bulutqa dud yetmas nechakim chiqsun baland.

G`o`tamu urmish ko`zumning mardumi qon yosh aro,
Yo yoshurmish ul qora ko`z orazin gulgun parand.

Istaguncha, ey ko`ngul, har dam davo dard istagil
Kim, davo topmoq emastur mumkin o`lmay dardmand

Bo`lg`ali xunobi hijrondin Navoiy talxkom
Gohe yig`lar achchig`-achchig`, goh aylar zahrxand.

117

Nolonmen ochar bo`lsa yuz ul huri pariyzod,
Bulbulg`a ne tong gul ochilur faslda faryod.

Gulgun to`n aro qomatimu jilvagar o`ldi,
Gul bargidamu bo`ldi nihon savsani ozod?

Ashkim suyining mavjini ko`nglungga kechurkim,
Javhar bila xushroq ko`runur el aro po`lod.

Ko`nglum zaqaning ichra ko`rub yoyding anga zulf,
Choh uzra kabutarg`a yoyar domini sayyod.

Bulbulni g`aming qo`zg`asa shod o`lmag`il, ey gul
Kim, o`t ham o`char, kulni falak aylasa barbod.

G`amzang meni bir tig` bila aylamadi qatl,
Bu fe`l qilur kimga azob aylasa jallod.

Ko`nglini Navoiyning o`qung kasrati buzdi,
Bu kulba yog`in kasratidin qolmadi obod.

118

Bo`ldi ko`nglum shod topqach tig`din ko`ksum kushod,
Yo`q ajab har kimgakim yetkach kushode bo`lsa shod.

Xatting el ko`nglini ko`prak oldi, go`yo xat emas
Yuz uza qilding ko`ngul olmog`liq afsunin savod.

Ul pariy ishqida men devona erman, devmen,
Ishq vodiysinda har ohim erur bir devbod.

Dema qochdim javrdinkim, baski tosh yog`durdi hajr,
Gard o`lub barbod bo`ldi bu tani xokiynihod.

Nomurod o`lsam ne tongkim ixtiyor etkanda ishq,
Ulki avval tarkin ettim, ermas erdi juz murod.

Yordin gar istasangkim ko`rmagaysen g`ayri vasl,
G`ayr vaslin mutlaqo yod aylamakni qilma yod.

Ey Navoiy, mu`taqidsen qayda ko`rsang pok yuz,
Yuz kishida yo`q ekan bir sen kebi pok e`tiqod.

119

Gar ko`ngulni aylasa ul qotili xunxora sayd.
Qatl uchun qoni to`kulmay naylagay bechora sayd.

Ey ko`ngul, ul sho`x zaxm ursa davog`a qilma sa`y,
Rasm bo`lmas istamak marham, chu topti yora sayd.

Zulf aro sayd aylamak istar ko`ngullarni ko`zung,
Shabshikor ul nav`kim qilg`ay kiyibon qora sayd.

Qatl qilmay kesti to`sh-to`shtin ko`ngulni sho`xlar,
Bismil o`lmasdin burunroq bo`ldi pora-pora sayd.

Bilgay ul kofir anga telmurmagimni, bilsakim
Ne tazallum birla qotilni qilur nazzora sayd.

Murshidi jozib tilab topmay gum o`ldum, voykim,
Bo`ldi bu sahroda sayyod istayu ovora sayd.

Telba qushdeqdur Navoiy ko`ngli savdo dashtida,
Ani to sen aylamishsen, ey pariy ruxsora, sayd.

120

Dudi oh ermas ko`ngul uyin qora qilg`anda dard
Chun yiqildi ishq zulmidin havog`a chiqti gard.

Har taraf azm etmaging ko`p dardlar darmonidur,
Kelki asru dardi dil izhor etarlar ahli dard.

Qaydakim tushsa nazar payki sirishkim saylidur,
Kim ko`ruptur su uza bu nav` payki rahnavard.

Lola yanglig` bo`ldi gulgun bodadin ul yuz guli,
Vah, ne rangin ochilur ermish qizil su ichsa vard.

Uyla chiqting sekritib shabrangu tortib tig`kim,
Shahsuvori charx yuz qaytardi bo`lmay hamnabard.

Tez evur davrungda, ey soqiy, sipehroso qadah,
Barham urmasdin burun majlisni charxi tezgard.

Basdurur ul oyni ko`rgandin ko`ngul titratmasi,
Ey Navoiy, chekmagil sen dag`i har dam ohi sard.

121

Ey, yuzung ollida behol xirad,
Vasfin aylarda bo`lub lol xirad.

Chunki sen sekritibon tavsani husn,
Bo`lubon yo`lida pomol xirad.

Vahki, sen tifldin o`ldi mabhut,
Uylakim piri kuhan sol xirad.

Ehtimom etti jununum sari ishq,
Nechakim ayladi ehmol xirad.

Ishq ko`yida mazallat cheksun,
Tilasa davlatu iqbol xirad.

Soqiyo, mayki meni vasvasadin,
Ayladi sheftaahvol xirad.

To fano saylida bo`lg`ay nobud,
Ko`rub ul javhari sayyol xirad.

Dayr piri mangavu mug`bachalar
Necha ursa yuziga zomo xirad.

Yo rab, et ishq Navoiyg`a nasib,
Ko`nglidin lek burun ol xirad.

122

Ko`ngul haroratin anglatdi ohi dardolud,
Uy ichra o`t ekanin elga zohir ayladi dud.

Vujudum etti adam oqibat bu hayratkim,
Adamdek og`zi aro so`z ne nav` topti vujud.

Ko`zung shamoyilini nargis ar ko`ra olmas,
Sanga ne fikr ko`zi chiqsun ulki, bo`ldi hasud.

Dame haram nafasi, dayr  qasdi aylarmen,
Ne yerda yuz qo`yar o`lsam yuzungdurur maqsud.

Ko`ngulni yorg`a bog`lavu raf` qil ag`yor
Ki, bordur ulki aning g`ayridur sarobu namud.

Malul o`lubmen o`zumdin, fano mayi tutqil
Ki, rangu atri vujudumni aylagay nobud.

Vagar sumursa Navoiyg`a yetkay andoq sukr
Ki, farq topmag`ay ollinda shohidu mashhud.

123

Zihe hajringda aylab bizni g`am shod.
Xayoling xotiri g`amginni ham shod.

G`amingni lahza-lahza yetkurursen,
Qilursen xotirimni dam-badam shod.

Qilur munglug` ko`ngulni dog`i ishqing
Gadodekkim, bo`lur topqach diram shod.

Agarchi bog` aro ozodadurlar,
Qadingg`a bandadurlar sarvu shamshod.

Icharmen jomi may hijronda, garchi
Ki, bo`lmas may bila ahli alam shod.

Safoli dayr durdidin sevundum,
Ne tong qilsa gadoni jomi Jam shod.

Navoiy savti ishq ahlin qilur xush,
Tong ermas qilsa dard ahlin nag`am shod.

124

Ishq aro rasvolig`im elga berur Majnunni yod,
Uylakim aylar ani ko`rgan meni mahzunni yod.

G`am tunida mehnati hijroni afzundur manga,
Har qachonkim aylasam ul husni ro`zafzunni yod.

Qatra-qatra qon tomar  ikki  ko`zumdin  shavqida,
Dam-badamkim qilsam ul ikki labi maygunni yod.

Lutfi yo`qtin ko`ngluma bevazn erur shamshodu sarv,
Oh tortib aylasam ul qomati mavzunni yod.

La`li jonbaxshing degan so`zni eshitkan qilmag`ay
Obi hayvon birla bog`lang`an duri maknunni yod.

Har kishi no`shi mayi la`lingdin ichsa jur`ae,
Qayda qilg`ay o`zga neshi gardishi gardunni yod.

Chun azalda sarnavisht o`lg`anni ko`rmay chora yo`q,
Har zamon aylab shikoyat qilma dahri dunni yod.

Azmi Bag`dodu Buxoro aylagan ahbob uchun
Bersa tong yo`q elga ashkim Dajlavu Jayhunni yod.

To Navoiyni junun dashtig`a soldi ul pariy,
Hazl uchun ham qilmadi bir qatla ul majnunni yod.

125

Ko`ngulda yuz bila xatting gar o`t solur, gar dud,
Munavvar o`t tushar ul uydavu muanbar dud.

Firoq kulbasida tortaram damodam oh,
Ne ayb tutsa bu vayronani sarosar dud.

Falak yuzundaki har sari dudi ohimdur,
Firoq ahlig`a bir shomi hajr erur har dud.

Xating quyosh kebi yuz uzra parvarish topti,
Ajab emastur agar bo`lsa shu`laparvar dud.

Ulus qabuliyu raddi bila ishim yo`q, lek
Necha ul oy manga maqbul, men anga mardud.

Zamona bog`i gulu sunbulini islamakim,
Dimog` ofatidur shu`la farz qil, gar dud.

Navoiy ohidin ul oyni yoshurung zinhor
Ki, xo`blar tarafi mayl aylar aksar dud.

126

Zikring aylarda chekarmen har dam oh, ey sarvqad,
Uylakim, Qur`ong`a notiq tortg`ay har lahza mad.

Vasli iqbolin xayol etkanda sen qayt, ey ko`ngul
Kim, taxayyul birla qilg`an ishka hojat yo`q madad.

Yor hajru vaslini ne qilsa bo`lg`ay juz qabul,
Tengri bergan aysh yo mehnatni bo`lmas qilsa rad.

Husn gulzorida bir-bir jola yoqqan lutfi bor,
Qatra-qatra dur kebi xo`y birla ul gulfom xad.

Qolmisham zulfu yuzung shavqida subhu shom, lek
Ul biri subhi azaldur, bu biri shomi abad.

Ne xirad, ne hush bizdin istangiz, ey ahli zuhd,
Ishq lol etkan kishida qaysi hushu ne xirad.

Ey Navoiy, vasl aro o`ltursam o`zni, qilma ayb
Kim, emish muhlik kishi ko`rmak o`z-o`zindin hasad.

127

Senu firdavs ichida kavsaru hur, ey zohid,
Menu mayxona aro bodaki tutqay shohid.

Telba kenglum yer o`par yor qoshi ollinda,
Masti mehrob aro ul nav`ki bo`lg`ay sojid.

Ey ko`ngul, har neki ishq ahlini man` aylab eduk,
Ko`rgach ul oyni bori bizga-o`q o`ldi oid.

Menmenu mug`bachalar dayr ichinda vah netkay
Mundin o`zga kishi butxonada bo`lsa obid.

Men gado mastu xarobot aro ilgimda safol,
Boqsa Jamshid bu iqbolima bo`lg`ay hosid.

Bilsa Farhod ila Majnun jaza` etkaylar edi,
Ishq bedodidin ulcha manga bo`ldi vorid.

Ey Navoiy, bu chaman ichra vafo istamakim,
Ul mato` o`ldi bu bozorda behad kosid.

128

Ey, soching zanjirining savdosida majnun xirad,
Dam badam ko`prak pariydek husnungga maftun xirad.

Aqlim uchdi ayladim to kasb ishqing ilmini,
Garchi elga ilm kasbidin bo`lur afzun xirad.

Ey hakim, etma jununum aybkim, ko`rgach ani,
To`xtata olmas dimog`i ichra Aflotun xirad.

Ey xiradmand, anglamassen holatin ushshoqning,
Ne uchunkim ishq tavrida erur Majnun xirad.

Ohkim, yetkach aning ishqi tamomin qildi mahv,
Garchi qildi pand ila ko`nglumni yuz afsun xirad.

Garmrav oshiqqa mardud o`lsa, nosih, qilma ayb
Kim, keliptur ahli ishq ollida doim dun xirad.

Ey Navoiy, ishq ayog`ining nisori aylagum,
Sochsa har soat nasihatdin durri maknun xirad.

ZOL HARFINING ZULHAYOTLARINING ZUFUNUNLIG`I «NAVODIR»DIN

129

Qazo ne hukmki aylar jahongadur nofiz,
Jahonu bas demakim, insu jong`adur nofiz.

Jahon aro baniy Odam netib xalos o`lg`ay
Kim, ul maloyikayi osmong`adur nofiz.

Nafozi hukm shahi komrondin elga bo`lur,
Ne hukm ul etsa, shahi komrong`adur nofiz.

Agar yomonu agar yaxshi kimsa yo`q ozod
Nedinki, buyrug`i yaxshi-yomong`adur nofiz.

Buzug` jahong`a aning hukmi nofiz o`lg`andek,
Habib hukmi meni notavong`adur nofiz.

Bo`yin qo`yubmen agar tig`i qatl surgungdur
Ki, amri dilbarining har qayong`adur nofiz.

Navoiy aylasa har yon azimat andin erur
Ki, buyrug`ung meni bexonumong`adur nofiz.

130

Qo`nglum erur ul g`unchayi serob ila multaz,
Ul nav`ki mast o`lsa mayi nob ila multaz.

Lazzat topar ul sho`x chuchuk jonim olurdin,
Atfoldek o`lg`an kebi jullob ila multaz.

Rangin labing ozurda ko`ngul komidur, archi
Bemor emas sharbati unnob ila multaz.

Ko`nglum yuzu la`lingdin o`zin ayladi behush
Kim, subh bo`lur xalq shakarxob ila multaz.

Sen bazmi nishot ichra mayi nob ich, ey sho`x
Kim, bizni firoq ayladi xunob ila multaz.

Soqiy, qadahe tutqilu, ey turfa mug`anniy,
Bazm ahlini qil bir necha mizrob ila multaz.

Ko`p ravza bila hurni ko`rguzma, yuz ochqil
Kim, xasta Navoiy emas asbob ila multaz.

131

Ey lablaring halovatidin jong`a iltizoz,
Topqay yetishsa chashmayi hayvong`a iltizoz.

Jon chunki lazzat aylar aning la`li yodidin,
Bersa ne tong halovati jonong`a iltizoz.

La`lingni qilsa yaxshi-yomon orzu, ne tong,
Jondin bo`lur chu oqilu nodong`a iltizoz.

Davron eliga lazzat agar bo`lsa, ne ajab,
Maydin chu bor ul ofati davrong`a iltizoz.

Nutqung halovatini ne bilsun raqibkim,
Shirin hadisdin yetar insong`a iltizoz.

La`ling himoyat etmasa ul yuz nazorasi,
Muhlik beripturur meni hayrong`a iltizoz.

Sing`an safol ichinda Navoiyg`a bodadin,
Onchaki jomi Jam bila sultong`a iltizoz.

RE  HARFINING  RA`NOLARINING  RUSTAXEZI «NAVODIR»DIN

132

Zihe mazohir aro mehri orazingdin nur,
Quyoshtin uylaki zarrot xayli ichra zuhur.

Vujudung ayladi kavnu makon vujudin fosh,
Hamul sifatki quyosh qildi zarrani mashhur.

Xirad gar a`mo esa kunhi zoting ichra ne tong,
Quyoshni ko`rmasa xuffosh bordurur ma`zur.

Sening jamolingga gul ko`zgusida bulbul mast,
Sening zuhuring ila gul jamolig`a mag`rur.

Yo`q ersa g`unchag`a hifzing nechukki parda arus,
Arusi pardanishin yanglig` o`lmag`ay mastur.

Seni tnlab tunu kun baski aylabon taku po`y,
Nafaslarini ola olmayin sabovu dabur.

Boqib sujud aro qoshingg`a gabr, agar mu`min,
Tilab qadah aro aksingni mast, agar maxmur.

May ichra aksing aro sofchashg`a ayshu nashot,
Qadahda nash`ang ila durdkashg`a zavqu surur.

Chu sensiz o`ldi haram ichra porso, ne osig`,
Navoiy o`lsa sening birla dayr aro, ne qusur.

133

Sarig` kog`azmudurkim so`zi hajrim  ayladim tahrir
Va yoxud shu`la tushti safhag`a ul so`z etib ta`sir.

Magar havro sochin qildi qalamgun safhasin kog`az,
Qilurda sun` naqqoshi nigorim suvratin tasvir.

Boqib dermen:  shikoyat  aylayin ko`rgach  ani, qolmas
Ko`zumga tobi nazzora, tilimga quvvati taqrir.

Meni hajr ofatidin qutqaru qatlimg`a ta`jil et,
Nedinkim, biymi ofat keldi ishta aylamak ta`xir.

Deding: vasl ichra taqsir etmayin ishqim qabul etsang,
Chu bo`ldum oshiq, etting hajr asiri qilmading taqsir.

Junun xatti muhiti ichra markaz bo`lmag`im ne sud
Ki, bu xat birla bo`lmas ul pariyni aylamak tasxir.

Soching kufri xud imonimni oldi, vah, ne aysh o`lg`ay
Ki, ul zunnorni bo`ynumg`a bog`lab qilsalar takfir.

Meni gar mug`bacha dayri fano ichra asir etti,
Chu taqdir ersa, ey shayx, haramni qilg`amen tag`yir.

Navoiyg`a ne mumkin vaslikim, har tun bu fikr ichra
Ne tadbir etsa oxir ishqdin bori topar tag`yir.

134

Ko`ngul ichra g`am kamligi asru g`amdur,    
Alam yo`qlug`i dag`i qattiq alamdur.

Ema dardu anduhdin g`amki, istab
Topilmas bu davr bo`lsa bu mug`tanamdur.

Xush ul dardkim, yuzlanur lahza-lahza,
Xush ul g`amki, xotir aro dam-badamdur.
Jahon ichra hamdard kam bo`lsa tong yo`q
Ki, bedard ko`p, lek dard ahli kamdur.

Manga ishq dardi emas muhliku bas
Zamon dardi, ahli zamon dardi hamdur.

Xarobot aro, ey xush, ul rindi sarmast
Ki, ollinda olam vujudi adamdur.

Maqom etsa tufroq uza — taxti Jamshid,
Safoliki ul may ichar jomi Jamdur.

Qadah vajhi gar shayxdin hosil ermas,
Ne g`am dayr piri chu sohibkaramdur.

Navoiy ichar boda ul sho`x tutqach,
Necha garchi taqvo bila muttahamdur.

135

Rangsiz xoling jamoling xonida, ey siymbar,
Yo adasdur, yo yopushmish bir adas chog`lig` shakar.

Ko`rgach ohimni, g`azabdinmu qizardi ul uzor,
Yo`qsa ul humrat bu o`tning tobidin bo`ldi asar

Novaking jismimg`a sonchilg`ach yetishti yuz balo,
Shox uza payvand qilg`ach munchakim topmish samar.

Men ul oyg`a mahv qolg`ach, tan aro paykonlarin
Chekkan ermish xalqu hayratdin  manga bo`lmay xabar.

Ikki gavhardur qulog`ingda vayo qilmish sipehr
Oyning atrofida ikki sa`d kavkab jilvagar.

Charx zulmidin ne tong so`gum sabuhiy vaqtikim,
Subh ham bu g`ussadin yirtar yoqasin har sahar.

Ey Navoiy, hajr o`tlug` dashti ichra angladim,
Anikim derlar saqardin qit`ae ermish safar.

136

Sening husnung mening ishqim ajoyib uns tutmishlar,
Magar bu shu`lani ul sham` tobidin yorutmishlar.

Borib erdi iki kofir ko`zung qatlim uchun va`da,
Hamono ayni usruklukdin ul ishni unutmishlar.

Menu dardu balo, ey shodliq, borg`ilki, hajrinda
Meni  g`am  tunlari  bekasligim  vaqti ovutmishlar.

Ko`ngulda yaralarkim butmadi har nav` marhamdin,
Labing no`shi  havosin  istimo` etkanda butmishlar.

Tama` uzmak iki shirin labingdin  mumkin ermaskim
Ki, to ul shahddin totmishmen og`zimni chuchutmishlar.

Sirishkim sayli ichra ishqu dardingdin zaif o`ldi,
Bu su ichra ul o`tlar go`yiyo jismim qurutmishlar.

Chu men bezormen itkan ko`nguldin demangiz, kelmish
Nega ul telbai  rasvoni bu jonib yovutmishlar.

May ichkil, dag`iy tutkil bevafovu mehrlar tarki,
Aningdekkim, alar mehru vafoning tarki tutmishlar.

Navoiy, may bila ko`nglumga o`t solkim, zamon ahli
Sovug`luq oncha  qilmishlarki, ko`nglumni sovutmishlar.

137

Ham ko`zum tortar, hamul mezon bila ko`nglum solur,
Yo rab, ul kelgaymukim ko`z yorutub ko`nglum olur.

Tortsam ko`nglum futuri shiddatidin qattig` oh,
Dahr bog`i sovrulub, aflok dag`i qo`zg`alur.

Vahki, zaxmining isidin mayl ham qilmas iting,
G`ussa tig`idin nechakim zor jismim to`g`ralur.

Toqatim gar qolmadi tortarg`a mehnat tog`ini,
Ne ajab bu yukni gar aflok cheksa tavshalur.

So`zi hajring daf`i ham bo`lsa ko`ngulda dog`i bor,
O`t o`char, lekin asar yong`an makon ichra qolur.

Bas to`ladur joming, ey soqiy, ilig titratmakim,
Men ichay andinki, to`kkungdur ani gar chayqalur.

Ey Navoiy, ishq o`tin ko`z yoshidin past aylaram,
Lek har dam ul quyosh yodi ichimga o`t solur.

138

Tiyra shomim  ichrakim barqi  balolar chaqilur,
Har nafas ishq ajdahosi og`zidin o`t sochilur.

Hajr dashtin, vah, netib qat` aylayinkim, har tikav
Bosh chiqarur orqasidin chun kafimg`a sanchilur.

Ishq aro pand etmakim ne sud, ey ahbobkim,
Har fig`onda band-bandim bir-biridin ayrilur.

Chun ilojim qilg`ali holim so`rarsen, ey tabib,
Bu hikoyatni birovdin so`rki o`z holin bilur.

Tog`u vodiy ichra andoq sa`b holim borkim,
Ko`rsa gar Farhod, agar Majnunki yuz hayrat qilur.

Ne qoradur shomi hajrimkim yorumas shammae,
Muncha o`tkim, charx toqida damimdin chaqilur.

Nomadin mumkin emas, ey sho`x, holim anglamoq,
O`rtanur kog`az, firoqim sharhi chunki yozilur.

Soqiyo, so`zni uzatmay emdi tutkil bodakim,
Dostoni hajr qisqarmas nechakim aytilur.

Ey Navoiy, azmi dayr etkil tilar bo`lsang farog`
Kim, bu yanglig` gavhar andoq kon ichinda topilur.

139

Kechakim zulfung xayoli ko`nglum ichra  aylanur,
Tongg`a tegru za`fliq jismim yilondek to`lg`anur.

Dargahingda bir zaif it birla men har kechakim
Gah tanin boshim, gahi boshi tanimni yastanur.

Ey pariy, majnun ko`ngul so`zidin o`zni asrakim,
Barqi ohidin maloyikning qanoti churkanur.

Men kimu uyquki hijron shomi ohim suridin,
Desa bo`lg`an so`ngg`i uyqu eltkan el uyg`anur.

Gar zabun bo`lsam ajab ermaskn, tushsa ishq aro,
Ajdaholar xoksor o`lmoq tariqin o`rganur.
Otashin ruxsor ila kuydurma elni asrukim,
Sham` yuz parvonani o`rtar, o`zi ham o`rtanur.

Sarvqadlar jilvasi tong yo`q Navoiy ohidin,
Doimo ashjor yel tahriki birla tebranur.

140

Firoq isitmasi andoq tanimdin o`t chiqarur
Ki, gar tabib iligim tutsa, barmog`i qabarur.

Emas bu chashmayi xurshidkim, ul oy g`amida
Ko`rub sipehr yomon holatin ko`zi yosharur.

Sirishk kasratidin gar ko`zum oqarsa ne g`am,
G`aming tunida chu yuz qatla har zamon qorarur.

Chekarmen ohim o`tin hajr dardidin har shom,
Sipehr soriki, muncha nujum sham`i yorur.

Desangki, hajr yukin tortqil, ne choram bor
Ki, Qof tog`ini xas uzra qo`ysalar ko`tarur.

Iqomat istama bu manzil ichrakim, har kun
Musofir anda nechakim kelur yuz oncha borur.

Navoiy ohki, topmas visoldin xabare,
Xayol elchisini garchi yuz sari yuborur.

141

Ko`ngul uyida yuzung naqshin aylaman tasvir
Ki, dudi ohim ila rangi topmag`ay tag`yir.

Bu naz` doirani ishqing orasida xol,
Magarki hindu erurkim, pariy qilur tasxir.

Magar su obi hayot erdi, yel Masih dami,
Chu tiynatingni qazo ilgi ayladi taxmir.

Ne toshki, otsa, yaram chokidin ichimga solib,
Buzug` ko`ngulni tilarmanki, aylasam ta`mir.


Chu keldi muhtasib, ey soqiy, aylagil meni mast
Ki, qilmag`ay asar ul damki, aylagay ta`zir.

Ne kelsa ollinga ko`p qilma daf`ig`a ko`shish
Ki, jiddu jahd ila tag`yir topmadi taqdir.

Navoiy o`pti yuzungni tushida lutf aylab,
Degilki, ne ekin aning bu tushiga ta`bir.

142

Etti jon og`zimakim chiqmas uyidin ul hur,
Chiqmag`an jong`a umid, ushbu masaldur mashhur.

Oy yuzung ayladi burqa` qasabin yuz pora,
Soldi har porasidin yerga yuzung partavi nur.

Nafasing hashr kuni nashr bo`lur olam aro,
Bir nafasda nega yo`qsa tirilur ahli qubur?

Ishqning quvvati birla chekaram hijronni,
Yo`qsa bir mo`rg`a yo`q tog`ni chekmak maqdur.

Chun azal qismatin el komi bila qilmadilar,
Ishqdin tutsa bo`lur bizni xaloyiq ma`zur.

Tuz ko`ngulga basaru nutqi parokanda ne bok,
Tilu ko`z g`aybatidin g`oyib emas ahli huzur.

Bir nafas umrg`a bo`lmas mutaahhid bo`lmoq,
Ey Navoiy, ne balo g`ofil erur ahli g`urur.

143

Junun salosilida bo`ldi jismi zor haqir,
So`ngak xilolki bo`ynig`a taqdilar zanjir.

Fig`oni zorima rahm etti turfa ishdurkim,
Pariyni ayladi majnun fusun bila tasxir.

Ne tong ketursa manga ishq har dam o`zgacha hol
Ki, shu`la vaz`i aro dam-badam erur tag`yir.

Xating savodi aro ojiz o`ldi ahli qalam
Ki, yozdi kilki qazo birla kotibi taqdir.

Gar etsa jonni tama` uldurur hayoti abad
Qabul qilmasa, o`lmaktin o`zga yo`q tadbir.

Sen o`zlugung butin avval ushatqil, ey zohid,
Hamisha dayri fano ahlin etkucha takfir.

Navoiy andoq emish mastkim, xabar yo`q anga
Ki, muhtasib ani ko`y ichra aylamish ta`zir.

144

Chun meni majnun boshin atfol toshi sindurur,
Oh o`ti jo`lida sochimdin anga kiz kundurur.

Ahli dillar chehra ochdi, yor ochmang diydakim,
Har kishi ul yuzga ko`z oldurdi ko`nglin oldurur.

Ko`rgach ul yuzni boshimg`a urdi yuz tig`i balo,
Ko`rki, chiqqur ko`z boshimg`a ne balolar kelturur.

Ko`zda asrabmen bag`ir qonin tilar bo`lsang xino,
Surtsam ko`zni ayog`ingg`a hamul dam bilgurur.

Bul-ajab yig`lar jununum ichra ko`rkim, xalqni
Ishq bir dam yig`latur holimg`a, bir dam kuldurur.

Navbahori husndin topma fireb, ey sho`xkim,
Charx davri navbahor o`tmay xazonin yetkurur.

Ey Navoiy, hajr anduhida mast o`l zinhor
Kim, ko`nguldin g`amni bir dam zoyil etkan maydurur.

145

Qaysi to`biy jilvasi sarvi xiromoningcha bor?
Qaysi kavsarning zuloli obi hayvoningcha bor?

G`unchada gul  bargidek til, joladek tish dog`i yo`q,
Desa bo`lg`aymu anikim la`li xandoningcha bor?

Qayda sunbuldin nasim eskach, kirar jismimg`a ruh
Kim, degaymen anikim zulfi parishoningcha bor?

Aylamas ko`z mardumi hargiz quyosh ichra vatan,
Ani dey olmanki xoli anbarafshoningcha bor.

Novak ochmas gar tushar jon rishtasi ichra girih,
Demak ani bo`lmag`aykim no`gi mujgoningcha bor.

Demakim, ko`nglungga qo`yg`um zulm ila dog`i ajal,
Sen gumon qilma anikim dog`i hijroningcha bor.

Ey ko`ngul, qoningni istarsen tobonig`a xino,
Ko`zlarim xunobi rangi ham sening qoningcha bor.

Urma himmat lofini ollingda bu toqi sipehr,
Faqr ko`yinda agar o`z kunji vayroningcha bor.

Ey Navoiy, istasang davr ahli zulmidin xalos,
Ul fano dashtig`a gomu bora olg`aningcha bor.

146

Suda yuzungmu aksi yo chashma aro pariymudur?
Chashmayi mehr ichinda yo. lam`ayi mushtariymudur?

Ko`yi bihishti jovidon, o`zi bihisht ichinda hur,
Qomatu la`li anglaman, to`biyu kavsariymudur?

Jismim aro yangi tugan har sarimu ko`rindi yo
Har biri ishq avjining muxtariq axtarimudur?

Uyga hanuz kirmayin dinima tushti yuz xalal,
Buki kelur, ko`r, ey ko`ngul, ul buti ozariymudur?

Kuygan ichimda bodadin ishq o`ti bo`ldi shu`lazan,
Poralari bag`irning ul shu`laning axgarimudur?

Jomi jahonnamoyini vasf ko`p etting, ey rafiq,
Mehri munir jomi yo maykada sog`arimudur?

Eyki Navoiy, ulfati ravzag`a  yo`qturur deding,
Asru taajjub aylama, Mirg`aniyn Hirimudur?

147

La`ling oyo ne ajab rangindur,
So`zi aning ne balo shirindur.

Ham qoshing taqvovu toatqa balo,
Ham ko`zung ofati aqlu dindur.

Hulla ichra badaningkim ko`runur,
Go`yo gulbarg aro nasrindur.

Qatlu tirguzmak erur oyining,
Olloh-olloh sanga ne oyindur?!

Soqiyo, hajrida tutqil manga may
Kim, bu sudin o`tuma taskindur.

Mayu vasl ahliki bu davr ichra,
Bizga xunobi jigar ta`yindur.

Hajring ayyomi Navoiy tinmas,
Bir ko`runub anga ko`nglin tindur.

148

Dilbaro, sendin bu g`amkim, menda bordur, kimda bor?
Furqatingdin bu alamkim, menda  bordur, kimda bor?


Mazrayi  ayshim  ko`karmaydur  samumi  ohdin,
Yo`qsa yoshdin muncha namkim, menda bordur, kimda bor?

Qo`yma minnatkim, yuzumdek pok yuz hech kimda yo`q,
Buyla ishqi pok hamkim, menda bordur, kimda bor?

Baxt ul oy qasrig`a qo`ymas, yo`qsa dudi ohdin
Bu kamandi xam-baxamkim, menda bordur, kimda bor?

Qalbi ro`yandud ila bay` etsa vaslin, ey ko`ngul,
Dog`din muncha diramkim, menda bordur, kimda bor?

Bor ekin vobastayi tavfiq yo`qsa, ey rafiq,
Bu qadar shavqi haramkim menda bordur, kimda bor?

Ey Navoiy, garchi jurmum ko`pturur, leknn bu nav`
Xusravi sohibkaramkim, menda bordur, kimda bor?

149

Gul yuzung hajrida chiqsa o`tlug` ohim gohlar,
Ko`kta gulnorin bulutlardek kezar ul ohlar.

Ul buti zarrinkamar ishqida to bel bog`ladim,
Za`f aro mendin qamishlardur nishon, bal kohlar.

Ul yuz ollida quyosh yuzluglar o`lmish husn aro
Uylakim bo`lg`ay quyosh bo`lg`anda toli` mohlar.

Nola tortarmen qachon otlansa ul sultoni husn,
Yo`q ajab chekmak nafir o`lg`anda rokib shohlar.

Ko`yi sori bordi ko`nglum, balki ashku oh ham,
Vahki, qolib men, azimat qildilar hamrohlar.

Istasang uyg`onmoq ul  bedorlar  hamsuhbati
Kim, bu g`aflatni magar daf` aylagay ogohlar.

Ey Navoiy, pora-pora bo`lsa ko`nglung yaxshidur
Kim, taraddudsiz olishqaylar ani dilxohlar.

150

Kufrdin zunnorlar gar turrasi tobinda bor,
Kirpigidin dag`i saflar qoshi mehrobinda bor.

Bir kajakdur tortibon jam` etkali el ko`nglini,
Qaysi purxamkim, parishon zulfi qullobinda bor.

Terda ul yuz tobidin, lol o`lsa tong yo`q bog`bon,
Qayda mundoq o`t aning gulbargi serobinda bor.

Dema la`li o`lturur tirguzmas elni, ey Masih
Kim, bu kayfiyat ham aning bodaiy nobinda bor.

Nechakim jonbaxshliq la`ling shakarxandidadur,
Oncha jon olmoq dag`i ul ko`z shakarxobinda bor.

Ishq mulkida tilarsen naqdi jon zulm aylabon,
Sog`inursenkim magar ul ishq arbobinda bor.

Ey Navoiy, gar lisoni hol eshitmaysen, eshit
Kim, ajab holat bizing sozanda mizrobinda bor.

151

Oshkoro yuz tugan garchi tani zorimda bor,
Oncha yuz dog`i nihoniy joni bemorimda bor.

Istading ko`nglum ilojin aylayin deb, ey tabib,
Menda yo`q ulkim tilarsen, lek dildorimda bor.

Novaki g`amzangg`a paykon istasang, ey qoshi yo,
Kelki, andin benihoyat jismi afgorimda bor.

Yuz bo`g`un ermas so`ngakdin rishtayi jonim aro,
Iqdi zulfungdin tuganlardurki, bu torimda bor.

Javrlarkim qildi ul kofir unutmaydur ko`ngul
Kim, hisobidin girihlardurki, zunnorimda bor.

Xirqavu sajjodani may rahni qilsam ne ajab
Kim, asar maxmurlug`din sho`xi xammorimda bor.

Gar Navoiyni qilib rad, nazmin istar shukrkim,
Menda gar yo`qtur qabul, oshufta guftorimda bor.

152

Xattu yuzung hajrida ko`zkim, bulut monandidur,
Chashmayi sabz ul biri bu bir guliston bandidur.

Qildi yuz parkand hajring tig`idin bag`rimni ishq,
Itlaringning har biri og`zida bir parkandidur.

Javr qilsang qil, meni bore eshikdin surmagil
Kim, ko`ngulga vasl had yo`q mehnating xursandidur.

Ishq ila paykonlari ichra balokash ko`ngluma,
Yo`q tafovutkim shararlar shu`laning farzandidur.

O`qlaringg`a yuqti bag`rim qonimu, ey qoshi yo,
Yo`qsa anda zeb uchun har yon baqam payvandidur.

Charxkim, har subh el qatlig`a aylar zahrxand,
Bu aning shirin tabassum birla shakkarxandidur.

Ey Navoiy, demakim ko`nglungga qilmish qasdi jon
Kim, mening ko`nglum aning jon birla hojatmandidur.

153

Ko`ksumni chunki qildi labing hajri yaralar,
Har yara qon kebi oqizur la`lporalar.

Boshtin-oyoq junun ila o`ldum, gar istasang,
Bu yerda xorlar topilur anda xoralar.

Gulrez edi yuzung g`amidin hajr tunlari
Oh o`tidinki, har sori sochtim sharoralar.

Usruk ko`zung qoshida emas kirpik o`qlari,
Bir mast hindu ollida ermish katoralar.

O`ldi yuzung nazorasidin xalq, voykim,
O`lturdi bizni dag`i el etkan nazoralar.

Yozg`urma, ey faqihki, yo`l bermas onchakim,
Chiqmoqqa dayrdin qiluram istixoralar.

Bechoralig` tut emdi Navoiyki bo`lmadi,
Dardimg`a har nechaki tabib etti choralar.

154

Quyosh yuzinda xating sabzasig`a maskandur,
Bu vajhdindur agar rangi sabz ravshandur.

Ko`ngulda oncha o`qungdin ukuldi paykonkim,
Boshoq bila bu balo mazraida xirmandur.

Qilib itobki, dushmanlarimg`a bo`ldung do`st,
Alarki do`stlarim erdi, emdi dushmandur.

Uzun firoq tuni barqidin netib kuymay
Ki, ajdaho xasim ustiga shu`laafkandur.

Ko`ngul ne nav` balo toshidin omon topqay,
Figor jismim uyi ravzan uzra ravzandur.

Ko`ngulni raz qizining suhbati bilan sof et
Ki, dahr zoli ajab hiylasozu purfandur.

Navoiy o`ldi pariyro`ylar havosidakim,
Deduk xiradlig`u ul asru telba erkandur.

155

Qilg`ali azmi safar ulkim manga dilxohdur,
Ogah o`z holimdin ermasmen, xudo ogohdur.

Men chu hajridin chekib yuz mehnat o`ldum, vah, ne sud,
Buki shaydo ko`nglumu jonim anga hamrohdur.

Ey nasimi vasl esib jonimni jonon sari elt
Kim, firoqing za`fidin andoqki bargi kohdur.

Demang, ul oy uzra solmish soya bir mushkin bulut,
Go`yiyo men torthan hajrida dudi ohdur.

Har nafas o`rdu sari ko`nglum qushi aylar havo
Kim, olib ketkan ko`ngulni bir mahi xirgohdur.

Anglag`il ahbob qadrinkim bular bo`lmay ne naf`,
Gar senga aflok avji uzra taxtu johdur.

Ey Navoiy, bejihat yor etsa hijron ixtiyor,
So`z demak bo`lmas nedinkim sen gado, ul shohdur.

156

Sarv uza gul ochtikim, qad uzra ruxsorim budur,
Jong`a nutq o`rgatdikim, la`l ichra guftorim budur.

Yuz jafo, ming sho`xluq ko`rguzsa haddim qayda bor
Kim, desam bir qatlakim sho`xi jafokorim budur.

Sabr ila shovqumni aylay arz, mehmon bo`lsa yor,
Ishq iqbolida naylaykim, yo`qu borim budur.

Garchi men nobud bo`ldum, eyki majnun suvratin
Safhada qilding raqam, bilkim namudorim budur.

Piri dayru xonaqah shanxiki yozdi ruq`alar,
Nomayi iqbolim uldur, xatti idborim budur.

Murshidekim,  maxlasim  kufri tariqatdin tilar,
O`zlugumning rishtasin uzdegki, zunnorim budur.

Ey Navoiy, istasam zulfin parishon, qilma ayb,
Naylayin sarmoyayi baxti siyahkorim budur.

157

Chiqmasa jonon g`amu anduhdin, jonim chiqar,
Zavqdin ul dam kirar jonimki, jononim chiqar.

Maqdamidin bog` o`lur ham dashtu ham ko`y andakim,
Jilva aylab bog`din sarvi xiromonim chiqar.

Titrangiz, ey ahli din, islomingiz boshig`akim,
G`orati din etkali ul nomusulmonim chiqar.

Ko`zda ermas furqatidin ashki gulgun qatrasi,
Balki ko`zdin ham bag`ir zaxmi kebi qonim chiqar.

Zaxm aro qolg`an boshoq jonimg`a yetmish, ey rafiq,
Rahm etib tengri uchun chek dag`i paykonim chiqar.

Charx agar faryodu afg`onimg`a yetmas, ayb emas   
Kim, aning bedodidin faryodu afg`onim chiqar.

Soqiyo, ol bir qadah birla Navoiy ko`nglini
Kim, bukun derlarki, sarxush ko`nglum olg`anim chiqar.

158

Sham` ul oy hajrida tun kuymagim ogohidur,
Dudi ermaskim mening holimg`a o`tluq ohidur.

Chiqti jon roziy eman ko`yungga borg`ay, negakim
Har qayon azm etsa, dardu g`am aning hamrohidur.

Gar samanding gardidin qolman ne tongkim, bordur ul
Kahraboekim, bu xasdek jism bargi kohedur.


Bir mahi xirgahnishin ko`nglumni olmish, ey rafiq,
Yo`q ajab gar xasta ko`nglum nolasi xirgohimdur.

Yor ko`ngli istamish ko`nglumga surmak tig`i kin,
Har ne dilxohi aning men telbaning dilxohidur.

Misri izzat istabon zindoni g`amdin qochmakim,
Mohi Kan`on taxtig`a bois mazallat chohidur.

Ey Navoiy, men xud asrabmen g`ami ishqin nihon,
Aylabon zohir ko`ngulning nolai jonkohidur.

159

Toza sarve bog` aro, derlarki, noz og`oz etar,
Har dam ani ko`rgali ko`nglum qushi parvoz etar.

Nozining ovozasi o`lturdi, oh, ul vaqtdin
Kim, ani ko`z birla ko`rsamkim, ne yanglig` noz etar.

Ko`rmay andoq zormenkim, rashk o`ti aylar halok,
Gar ko`ngul jonimni ishqi sirrida hamroz etar.

Ozu ko`p demay g`idosi ayladim, bilman, hanuz,
Kim jafomu ko`p etar, yoxud vafomu oz etar.

Qilg`amen damsozlig` hajrida ming yil jon bila,
Anglasamkim, vaslida bir dam meni damsoz etar.

Ko`z bila jon pardasin ko`nglum muhayyo ayladi,
Go`yiyo qo`yg`ach qadam kulbamg`a poyandoz etar.

Charx mehru kiynasidin ne aziz o`l, ne zalil,
Nechakim gohe seni izlolu gah e`zoz etar.

Dayr pirining muridimenki, har yon qilsa azm,
Rindlardin may ko`tarmakka meni mumtoz etar.

Ey Navoiy, istiqomat yo`q chu davron tab`ida,
G`am yema gar goh mehru, goh sitam og`oz etar.

160

Ul o`tlug` chehrag`a zarbaft xil`at ne yarashibdur,
Magar xil`atqa ul yuz lam`asidin o`t tutashibdur.

Falakning borgohig`a ko`moch o`lmish quyosh jirmi,
Anga ohim sutundek dudi mundoqkim ulashibdur.

Maloyik qushlari g`am shomi qo`zg`almoq tong ermaskim,
Etibdur ko`kka yuz ohim xadangi, balki oshibdur.

Balo dashti aro yuz ming o`luktur onda qotil ishq,
Xirad mag`lub xayli birla go`yokim savoshibdur.

Labingdin jon topay deb, ko`p talashti hajr aro ko`nglum,
O`lar holatda ul bemordekkim jon talashibdur.

Qadahqa boda taryokini quy toshquncha, ey soqiy
Ki, g`am zahri bila jomim to`luptur, balki toshibdur.

Navoiy gar labi yodi bila qon yutdi, jon tutdi,
Tabibo, bilki, bu sharbat anga behad yarashibdur.

161

Lojuvardiy qoshing uzra zarvaraq tobonmudur?
Yo magar ko`k toqi uzra anjumi raxshonmudur?

Zulfimu ohim yelidin sovurur olamg`a mushk,
Yo sabo tahrikidin sunbul  abirafshonmudur?

Xo`y chakon orazmudur, yo husni bandi zulf aro,
Yuz asir o`lg`an ko`ngullar holig`a giryonmudur?

Zarvaraqdin shu`lalardur har taraf ruxsorig`a,
Yo ul o`tlug` yuzda har yon bir ko`ngul so`zonmudur?

Hajri zolim shomi kavkabdinmu giryondur manga
Yo aning subhi g`arib ahvolima xandonmudur?

Eyki, mayli jannat etmassen mening ko`nglum kebi,
Notavon ko`nglung birov ko`yida  sargardonmudur?

Bo`ldi qaddi yo Navoiyning, yuzi chun zarvaraq,
Lojuvardiy  qoshing uzra zarvaraq tobonmudur?

162

Ul quyoshtin ayru o`rtangan ichimda qayg`udur,
Ko`ngul ichra su kebi qon ko`z aro qondek sudur.

Tishlaringni sog`inib ko`p yig`larimdin ko`z yoshim
Bir-biri  keynicha  andoqkim tizilgan injudur.

Ko`z yoshim ichra yorug` ko`nglum qorong`u bo`lg`ali
Tong emas, nevchunki ul yoshlarg`a tushkan ko`zgudur.

Ul tugankim telbarab itkan ko`ngulga o`rtadim,
Qay sari borsa ul oyning qullug`ig`a bilgurur.

Ko`zuma kelmas ochuq kelganda ul yuz ollima,
Oncha yaxshi anglamas ko`zkim, quyoshqa o`trudur.

Qayg`u o`lturdi meni, tutqil ayoqchi to`stag`on
Kim, chog`ir qayg`uni o`lturmakka achchig` og`udur.

Deb eding, olg`um Navoiy ko`nglin, olg`ach o`rtading,
Yaxshilar olmoq yomonlar ko`nglini mundoqmudur.

163

Dud yanglig` dema, ko`nglum ohi dardoludidur
Kim, ko`ngul uzra tugan qo`yg`an fatilam dudidur.

Abri hasrat yomg`iriyu tiyriboroni fano,
Kisvati mavtu halokim xirqa toru pudidur.

Dard naqshin qildi har dog`im uza sultoni ishq,
Ul diramlarning bu go`yo sikkayi behbudidur.

Ishqning savdosi jonimg`a ziyondur demakim,
Har kishi mundoq ziyon ishq ichra qilsa sudidur.

Xo`blar ko`yida istig`no yelidin har g`ubor
Kim, qo`par bir notavonning jismi g`amfarsudidur.

Javhari jonim olib tut jur`ae, ey mug`bacha
Kim, bu naqd ahli fanoning budiyu nobudidur.

Der Navoiy bo`lsa mug` dayrida mastu jomachok
Kim, tiriglikdin bu sultonlig` aning maqsudidur.

164

Ko`k binafshazorini anjum chu nargiszor etar,
Nargising birla binafshang hajri ko`nglum zor etar.

Chun Zuhal toli` bo`lur xoling xayoli fitnadin,
Jonim ichra yuz ming oshubi balo izhor etar.

Jilva  qilg`ach Mushtariy, ko`zni uzoring yodidin
Yuz saodat axtaridin har zamon durbor etar.

Chun chiqar Bahromi qotil, ko`zlaring andishasi
Xasta jonimni qatili xanjari ozor etar.

Mehrdin topmay nishone senda ham, gardunda ham,
Bu musibat ko`zuma yorug` jahonni tor etar.

Zuhra holimg`a surudin navhag`a anlab badal,
Changining sochin yonib, durri sirishk izhor etar.

O`lmagim anglab Utorid holima deb marsiya,
Sharhi dardim nazmidin har lahza yuz tumor etar.

Oy halokimga tutub motam, kiyib tundin qaro,
Orazin silli bila ahli azokirdor etar.

Tiyra  aylab benihoyat kecha umrum sham`ini,
Vasl subhi hasrati ranjim yuz ul miqdor etar.

Rostlig` uldurki yetkach ul quyosh rahm aylagay,
Ulcha ahvolimg`a har tun charxi kajraftor etar.

Ey Navoiy, ishq dardidin shikoyat qilmakim,
Joningga javru jafosin har nechakim bor etar.

165

Netib tuz etay qadkim, jismimda shikanlardur,
Naylab tuz uray damkim, bag`rimda tikanlardur.

Tirnog` ila xatlarkim ruxsorim uza chektim,
Yuz  bog`ida  gullardin har  sari  chamanlardur.

Yuz yoptiyu jon oldi, ochqanda ravon oldi,
O`lturgali oshiqni bilman bu ne fanlardur.

Zulfungda tugun ermas, ko`yungda g`ubor ermas,
Aftoda  ko`ngullardur, farsuda badanlardur.

Yuz ahd ila mahvashlar ko`nglumni olib, emdi
Qatl ayladilar asru bad`ahd ekanlardur.

Mayxonada har sari bir mastki, bosh qo`ymish,
Kirpichlari go`yokim jonlarg`a vatanlardur.

Jismida Navoiyning har momuq ila marham,
Bir necha o`qung zaxmi bir necha tuganlardur.

166

Yuzungdek qamar yo`qtur, qadingdek shajar yo`qtur,
Shajar bo`lsa ham anda, labingdek samar yo`qtur.

Ko`zum ashkining rudi oqar tezu tund andoq
Ki, gar uyqu ko`z sari kelur ham guzar yo`qtur.

Otin tutsalar nogoh ketar uyla hushumkim,
Badan ichra ruhumdin, degaysen, asar yo`qtur.

Ko`ngul so`rg`ali keldi, tabibo, muni bilkim,
Ul ovoradin sendek manga ham xabar yo`qtur.

Yo`lungga nisor ashkim, agar oz erur gar ko`p,
Itingg`a g`izo ko`nglum, agar bor, agar yo`qtur.

Bu gulshanda, ey dehqon, necha ozmun ettim,
Vafo naxli ekkanga bajuz g`ussa bar yo`qtur.

Navoiy firoqingdin aningdek zaif o`ldi
Ki, o`rnida el boqsa degaylar magar yo`qtur.

167

Ul savodi xatmudur yo sabzayi jannatmudur?
Yo quyosh uzra yozilg`an oyati rahmatmudur?

Buki sensiz kuydurur jonimni bilman yaxshikim,
Yuz tomug`ning o`timu yo shu`lani furqatmudur?

Eyki dersen lablarimdin hojating nedur, degil
Men — susiz, ul chashmayi hayvon demak hojatmudur?

Demakim ne erkin ul oyning quyoshqa nisbati,
Bir-biriga  ikkisin o`xshatqucha nisbatmudur?

Qaddini ko`rgach ham o`ldum, ham tirildim ollida,
Rost gar dersen qiyomat de ani qomatmudur?

Da`viyi himmat qilib ulkim tilar olamda joh,
Qilmoq oluda najosatqa o`zin himmatmudur?

Gar Navoiy mehnati hijronda o`ldi ayb emas,
Yuz tuman muhlik balo degil ani mehnatmudur?

168

Ko`zung sarfitnayi olam tushuptur,
Qoshingdek bir yangi oy kam tushuptur.

Sepibsenmu gulob ul yuzga yoxud
Guli suriy uza shabnam tushuptur.

Ko`ngullar zaxmidin solib chekarga,
Magar qoshing uchig`a xam tushuptur.

Labing hajrinda bag`rimdin borur qon,
Magar ul zaxmdin marham tushuptur.

Emas yeldinki sayri bog` etarda
Ayog`ingg`a suman gul ham tushuptur.

Iting sing`an safolida may ichsam,
Ne tong ilgimga jomi Jam tushuptur.

Navoiyni qovub istar raqibin,
Gado mahrumu it mahram tushuptur.

169

Yana hamdamim shuьlayi g`am bo`luptur,
G`amim shu`lasi jong`a hamdam bo`luptur.

Ko`ngul pardasi ustida dog`i ishqing,
Bu tug`ro uza naqshi xotam bo`luptur.

Qilib xoki ko`yungni balchiq sirishkim,
Tutashqan yalang tang`a marham bo`luptur.

Netib kuymayinkim g`aming kovkovi
Etibtur, ko`ngul uyi barham bo`luptur.

To`luptur ko`ngul ishqing o`qidin andoq
Ki, ko`p o`q dag`i o`qqa muhkam bo`luptur.

Tutub bir qadah anglat, ey dayr piri
Ki, bu korgah sirri mubham bo`luptur.

Navoiyg`a rahm aylagil, ey pariyvash
Kim, ul telba rasvoyi olam bo`luptur.

170

Furqat ichra sharbati la`ling visoli kam bo`lur,
Garchi derlar: talx daryoda chuchuk su ham bo`lur.

Zulfu ruxsoring g`ami ne tong buzug` ko`nglum aro,
Ajdaho gar bo`lsa vayron ichra, mahzan ham bo`lur.

Ko`ksuma otsang bir o`q, ot yona bir yonindakim,
Ul dag`i ko`nglumni shod aylar, bu ham muhkam bo`lur.

Ul pariy ishqin maloyikdin yoshursam ne ajab,
Dardi yo`qlar dard ahlig`a qachon mahram bo`lur.

Ohu ashkimdin shikoyat ko`p qilur hamsoyakim,
Dud ravzandin kirar uyning binosi nam bo`lur.

Gar egilsa qomatim ishqing yukidin, qilma ayb
Kim, sipehr uzra bu og`ir yukni qo`ysang xam bo`lur.

Olam ahlidinkim, ul oyni Navoiy tanladi,
Bilmadikim ishqidin ovorayi olam bo`lur.

171

O`tlug` yuzidin ul oykim burqain oliptur,
Kofirlig`in  ko`rungkim,  mushafqa o`t soliptur.

G`am yo`qki, ko`yi gardin ko`zlardin oh uchurdi
Kim, ashk balchiq etkan bir go`shada qoliptur.

Sabrim sipohu hayli kirpiklari safidin,
Qo`rgach ko`zi qorasin, har sari qo`zg`aliptur.

Ko`hi g`amini ko`nglum chekkanda ko`rmadi ranj,
Hajring g`ami yukining ostida tavshaliptur.

Islomu, aqlu dinim naqdini so`rmangizkim,
May vajhig`a bu bori dayr ichra sayg`aliptur.

Noyu nafir unidin mag`rur bo`lma, ey shah,
Kim bu navoni tuzgan ko`si fano chaliptur.

Ul gul payomini yel dey olmas, ey Navoiy,
Yo`l po`yasidin aning bag`ri magar toliptur.

172

Qachonkim bodano`shum may icharga iztirob aylar,
Burunroqkim, o`zin mast aylagay, bizni xarob aylar.

Guli ruxsorini may shabnami aylab taru toza,
Latofatda quyoshning chashmasin beobutob aylar.

Meni g`amgin qayon gom urmog`im g`am dashtida so`rmang,
Quyunni kimsa anglarmuki, qay sari shitob aylar.

Tilib bag`rimni ishqing tig`i hajring o`qig`a tevrab,
G`amim bazmi uchun ko`nglum o`ti ichra kabob aylar.

Har ohim dudikim, ko`k sari azm aylar, ani ishqing
Balo selobi kelturmak uchun mushkin sahob aylar.

Degil umrum quyoshi hajri shomida bo`lur g`orat,
Qachonkim orazing xurshidi zulfungdin niqob aylar.

Mazohirdin jamoling mehri gar zohirdurur tong yo`q,
Qachon zarrot xayli man`i nuri oftob aylar.

Qulimen dayr piriningki, pinhon ishqim anglabtur,
Agarchi mug`bacha hamdamlig`imdin ijtinob aylar.

Navoiy, xonaqah do`zaxcha bordur, shayx anga molik,
Ne tong gar andag`i elga nasihatdin azob aylar.

173

Har gahki qadahno`shum mayli mayi nob aylar,
Mujgon o`qig`a shishlab bag`rimni kabob aylar.

Hajrim tuni bedodin anglar kishikim, har tun
To subh birov yodi jonig`a azob aylar.

Kech kelmagidin o`lsam jononning emas tongkim,
Ul umr darang aylar, bu umr shitob aylar.

Betob ko`ngullardin qon oqsa ajab ermas,
Mashshota aning zulfin bu nav`ki tob aylar.

Hay qatralari yuzdin la`lingg`a bo`lub moyil,
Jonim uchun ul mayg`a mamzuj gulob aylar.

Bu dayrda ayb etma, gar masti xarob o`lsam
Kim, har ne imoratdur, dahr ani xarob aylar.

Mast ayla Navoiyni, anglay der esang komin,
Vasling tama`in hushyor aylarga hijob aylar.

174

Jong`a yo`q ko`nglumdinu ko`nglumga yo`q jondin xabar,
Menga ne o`zdin xabar, ne ko`nglum olg`andin xabar.

Uyla masti nozdur ul sho`xkim bilmas o`zin,
Ne ajab gar yo`q anga men zori hayrondin xabar.

Voizo, do`zax o`ti dog`in o`garsen angladim
Kim, senga yo`qtur hamono dog`i hijrondin xabar.

Garchi qosid labzi jonafzo edi, lekin meni
Qildi jondin bexabar, gar qildi jonondin xabar.

Uyla mahvung bo`lg`an ermishmenki, bo`lmaydur manga
Zaxm aro paykonlaringni tortib olg`andin xabar.

Soqiyo, davr ahli javri sa`b erur, mast et meni
Ul sufatkim, bo`lmag`ay o`lguncha davrondin xabar.

Ey  Navoiy, shoh lutfidin  ko`ngulni jam` tut,
Gar parishon kelsa bok ermas Xurosondin xabar.

175

Qosidekim yetkurur ko`nglumga jonondin xabar,
Uyladurkim bergay o`lgan jismg`a jondin xabar.

Dema hajrimdin xabarsizmu ekansenkim, menga
Bor edi o`lmaktin, ammo yo`q edi andin xabar.

Ne ajab ochilsa ko`r o`lg`an ko`zum Ya`qubdek
Kim, nasimi subh berdi mohi Kan`ondin xabar.

Shodmen  go`yo firoq   ayyomi  bo`ldi murtafi`
Kim, habibim  kelmagiga yetti har yondin xabar.

Ohu ashkimdin xabarsiz bo`lmang, ey olam eli
Kim, berurlar ul biri sarsar, bu to`fondin xabar.

Soqiyo, quy davr ayog`in, o`ylakim no`sh aylasam,
To qiyomat topmag`aymen ahli davrondin xabar.

Ey Navoiy, tong yo`q o`lsamkim, o`tuptur necha kun
Kim, menga yo`q ne ko`ngul, ne ko`nglum olg`andin xabar.

176

Quydi ko`ngulki, qolmadi ashkda qonidin asar,
Qon demayinki, ko`zda ham ashki ravonidin asar.

Hush asari yo`q erdi gar elga ko`ngul fig`onidin,
Ohki, qolmamish aning emdi fig`onidin asar.

Boshig`a, ey Masih, yet xastangniki qolmamish
Jonda hayotidin  ramaq, jismda jonidin asar.

Yuz quyosh o`lsa ketmagay yer yuzidin qorong`uluq,
Qirsa jahon aro ko`ngul hajri zamonidin asar.

Bo`lg`ay ulus aro ul o`t birla qiyomat oshkor,
Bo`lsa bu joni zorning ohi nihonidin asar.

Gum bo`l agar visolning tolibisenki, topmag`ay
Kimki fano yo`lidadur nomu nishonidin asar.

Bordi, Navoiyo, aning ko`yiga yaralig` ko`ngul,
Ko`rgil  agar inonmasang yo`l uza qonidin  asar.

177

Bizga jahon bog`idin ul sarvi gulandom yetar,
Ul chu yetar soyayi sarvu mayi gulfom yetar.

Bazm bu nav` o`ldi esa nuqli hadisin demakim,
G`uncha bila nargisidin shakkaru bodom yetar.

Din ulusi qatli uchun kufr eli hojat emas,
Ey falak, ish gar budur ul ofati islom yetar.

Har nafas, ey ishq, aning dardi o`tin ko`ngluma yoq,
Bo`lsa bu marham chu aning ranjig`a orom yetar.

No`shi visoling bila ahbobni qil komravo
Kim, menga darding mayi xunobasidin kom yetar.

Tog` kebi tort qanoat etagi ichra oyog`,
Davri falakdin senga bir qurs agar shom yetar.

O`tti ko`p ayyomu Navoiyg`a ishing fitna edi,
Muncha-o`q, o`lg`ay  sitam, ey fitnayi ayyom, yetar.

178

Yori birla boda ichkan no`shi jondurkim, ichar,
Yorsiz no`sh ichsa rangin boda qondurkim, ichar.

Har kishikim bazmida soqiy erur no`shinlabe,
Javridin gar qon ichar, la`li ravondurkim, ichar.

Xizr umriyu Skandar mulki topqan yorsiz,
Obi hayvon ichsa, zahr begumondurkim, ichar.

Hajr aro bexud bo`lay deb ko`nglum istar jomi may,
Demangizkim, soqiy ul  nomehribondurkim, ichar.

Ey sabo, g`avg`odurur bog` ichravu mahrummen,
Go`yiyo mahramlari birla falondurkim ichar.

Xonaqahda boda ichkan emin ermas shayxdin
Kim, fano dayridadur dorul-omondurkim, ichar.

Ey Navoiy, har dam ar qon ichsa ko`nglum qilma ayb,
Bodayi la`lidin ul oyning nishondurkim, ichar.

179

Ko`ngluma hajringda jannat gulshani zindon erur,
Ko`zuma sensiz gulafshon bog` xorafshon erur.

Daf`a-daf`a  gul sochilmaydur gulafshon bog`ida
Kim, mening gulgun yoshimdin qatra-qatra qon erur.

Bahru tog` etmang gumonkim, ul biri ko`zumga yosh,
Bu biri ko`nglumga dardu mehnati hijron erur.

Dema bir damda bulut ko`kni ne nav`aylar nihon
Kim, bu mushkil dudi ohim ollida oson erur.

Buki har yon chaqilur barqu g`irev aylar bulut,
Ko`ngluma ul shu`la ohu bu biri afg`on erur.

Yo`qki, turmas bir zamon yomg`urki, bir oy hajridin,
Ashkbor ikki ko`zum selobidin to`fon erur.

Aqlingiz bor esa qilmang yor hajrin ixtiyor
Kim, bu ishni ulki  qildi men kebi  nodon erur.

Kim mayi vasl ichtikim, hijron xumorin chekmadi,
Xorsiz gul dahr bog`i ichra ne imkon erur.

Do`stlar, qilmang Navoiyg`a  nasihatkim bu kun
Hajr dardidin bag`oyat besaru somon erur.

180

To`rt rangi muxtalifdin hullakim, jonon kiyar
To`rt unsur kisvatidur go`yiyokim jon kiyar.

O`zbakiy gulnori to`ndin kuydum, ammo o`lturur,
Lemuyiy terlik aning ostidakim, jonon kiyar.

Ikki yonimni shikof aylapturur bu rashkkim,
Ikki yonidin shikofin bog`lamay qapton kiyar.

Gul bila savsan katon yanglig` bo`lur mahtob aro,
Ko`nglaki gulgun yelak chun savsaniy katton kiyar.

Oraz uzra sho`xluqdinmu yopar sanjobini,
Yo`qsa sanjobi bulutdurkim mahi tobon kiyar.

Har chubulg`an toridur sarrishtayi izzu sharaf,
Eski sholekim, fano ko`yida bir uryon kiyar.

Gar Navoiy jandasin shoh oldi, tong yo`q, chunki ishq,
Poku beg`ashdur  gadoning kisvatin sulton kiyar.

181

Kimki  aning bir malaksiymo pariyvash yori bor,
Odamin bo`lsa, pariy birla malakdin ori bor.

Kecha ulkim chirmanur bir gul bila ne tong, agar
G`unchadek har subh o`lub xandon nashot izhori bor.

Yo`q ajab bulbulg`a gul shavqidin o`lmoq zorkim,
Pardin-o`q jismig`a sanchilg`an adadsiz xori bor.

Belingu la`ling xayoloti bila ko`nglum erur,
Ankabutekim aning jon rishtasidin tori bor.

Sunbuli zulfi agar oshuftadur, ayb etmakim,
Gul yuzida yotqan ikki nozanin bemori bor.

Aylab o`zni mastu bexud chiqmasun mayxonadin,
Kimki, mendek davr elidin ko`nglida ozori bor.

Ey Navoiy, yor uzar bo`lsa muhabbat rishtasin,
Kelmas o`lsa ul sening sari, sen aning sari bor.

182

Yuz olman yo`lidin qatlimg`a chun tashrif yor eltur,
Namoz ichra o`lumluk maks etardin ro`zgor eltur.

Qachonkim  masti loya`qil chiqar, vahkim, anga berman
Ko`ngulni ixtiyorim birla ul beixtiyor eltur.

Itiga tu`ma darboyist bo`lg`ay deb qayon borsa,
Ko`ngul saydini fitrokiga anlab ustuvor eltur.

Mening majnunlug`umni ul pariy ishqida man` etmang
Ki, aqli kulli savdo dashtig`a devonavor eltur.

Shabistoningda  anjum  mahramu kun  bo`lg`ali mahrum,
Bu gul-gul ochilib har kecha ul bir xor-xor eltur.

Nasimi subh xayli sunbuli zulfungni tarqatqach,
Savodi tuncha mushki sudadin har yon g`ubor eltur.

Yuzu zulfung tilab bog` ichra ohim otashin guldin,
Uzar yafrog`lar o`tdin dud andoqkim sharor eltur.

Meni mayxonag`a bording debon yozg`urma, ey zohid
Ki, usruk shahnadek ulyon qazo ilgi tutar eltur.

Qazo narrodi ko`k tosinda oy-kun ka`bataynidin,
Dushash naqshi bila el naqdi umrin beshumor eltur.

Navoiy qatlig`a chun va`da qilding, vafo qilkim,
Yo`lungda telmurub umredururkim intizor eltur.

183

Sarig` libos aro ul no`shlabki, xandondur,
Erur Masihki, xurshid ichinda pinhondur.

Libosu jism ila ul gul`uzor ko`rguzdi,
Xazon ichida bahoreki aql hayrondur.

Libosi o`t kebi asfar, tani hayot suyi,
Ajoyib o`tki, arosinda obi hayvondur.

O`shul dur orzusidinki, zarvaraq kiymish,
Yuzumnung oltunida durri ashk g`altondur.

Firoq dashtidag`i lolalar sarig` butmish,
Magarki dog`lari barcha dog`i hijrondur.

Yuz ul etakdin agar olmasam ne tongki, somon
Chu qahrabog`a yetar, qo`ymog`i ne imkondur.

Sarig` yuzumdek etib subh o`zin sog`indikim,
Sovug` nafas bila mehrin yoshurmoq osondur.

Navoiyg`a berur el pandu ul muni derkim,
Sarig` libosi falon sho`xning ne chaspondur.

184

Xasta  ko`nglumningki, zulfung shomida oromi bor,
Bo`lsa beorom tong ermaski, muhlik shomi bor.

Ro`zgori mendek o`lsa tiyra, subh ermas ajab,
Bir quyosh hijronidin ulkim qarong`u shomi bor.

Ul pariy tong yo`q maloyik qushlarin sayd aylamak,
El havog`a uylakim oshufta qilg`an domi bor.

Qaddu andomim ushaldi jilvasidin, do`stlar,
Vah, ne dilkash qomatu ne dilfireb andomi bor.

Har kishikim nomu benang o`lsa, kirsun dayr aro,
Xonaqah tutsun g`animat, ulki nangu nomi bor.

Og`zig`a olmas tahuro sharbatin, ey mug`bacha,
Har kishikim bodayi la`li labingdin komi bor.

Telba deb qovma yalang ko`rsang Navoiy jismini,
Ne uchunkim Ka`bayi ko`yung sari ehromi bor.

185

Ko`ngul ko`zlar yo`lin tutmoqqa hajringda shitob aylar,
Birin tutquncha birning sayli olamni xarob aylar.

Qazo tashbih etarga orazingg`a charx bog`idin,
Agarchi o`xshamas bir-ikki gulni intixob aylar.

Ul oy hajri shikanjida tanobi zulfi yodidin,
Falak o`z davri hanjori bila jismimni tob aylar.

Ko`karturga muhabbat dashtin ashkim yamg`uri birla,
Har ohim dudidin ko`k bir bahoroyin sahob aylar.

Ko`ngulga hajr zaxmikim urub o`zdin yiroq solding,
Bo`g`uzlab tashlag`an qushdek to`kub qon, iztirob aylar.

Ketur, ey hurvash soqiy, mayi kavsar zulolidek
Ki, do`zaxdek xumori hajr jonimg`a azob aylar.

Qulimen dayr piriningki, jurmum behisob o`lsa,
Hisob etmas, vale ehsonu lutfin behisob aylar.

Erur kosib habibulloh vale qilg`an fano kasbi,
Yo`q ul kosibki, dunyo molu johin iktisob aylar.

May ichra g`arqadurmen to boshimda may havosidur,
Qani rindki may uzra tamoshoyi hubob aylar.

Sanga maqsud agar haqdur, ulustin kechki, bu yo`lda
Topar maqsudin ulkim mosivodin ijtinob aylar.

Navoiy ul ko`zu labning xarobidur, ajab ermas,
Agar mast o`lg`ali har dam havoyi la`li nob aylar.

186

To dayr ichinda mug`bachalardin nishonadur,
Ey piri dayr, boshimu bu ostonadur.

O`zdin borib fig`onim emas tongki, dayr aro,
Har sari boqsa zamzamayi bexudonadur.

Gah piri dayr bois erur, goh mug`bacha,
Yo`q-yo`qki, boda komimu ul-bu bahonadur.

Dayr ichra yo`q safol ila oltun qadahda farq,
Shohu gado teng o`ldi ajab korxonadur.

Asrori vahdat ista xarobot piridin
Kim, shayx va`zu pandi fusunu fasonadur.

Gar ko`nglum ichra soqiyu may o`rt solmamish,
Har lahza ohidin bu ne o`tluq zabonadur.

Ul umr bir zamonlig` erur, istama vafo,
Afg`onki, ul ham uylaki ahli zamonadur.

Ko`zdin sochildi ashku ko`ngul o`ti berdi bar,
Ul nav` o`t chiqardi ajab tavr donadur.

Otashgah etti kufr eli ko`nglum uyini magar
Kim, umr o`tti o`chmay ul o`t anda yonadur.

Istar Navoiy o`zni mayu ishqdin xalos,
Moni` valek soqnyu jomi mug`onadur.

187

To turrasi torinda har sari tugunlardur,
Za`f ichra so`ngaklardin har sari bo`g`unlardur.

Daryovu bulut ermaskim, oh ila ashkimdin,
Ham yer yuzida ko`llar, ham ko`kta tutunlardur.


Shak yo`qki, yorutqaysen kulbamdag`i zulmatni,
Hajringda manga, ey on, bilsangki, ne tunlardur.

Ovoravu sargardon ishq ahlig`a boq har yon
Kim, vodiyi dard ichra ne nav` quyunlardur.

Bo`rk o`rnida bosh eltur, naqd o`rnig`a jon olur,
Atfoli g`aming ichra bas turfa o`yunlardur.

Jismimda tuganlarni ayb aylama, ey zohid
Kim, sabr iligi tikkan xirqamda yurunlardur.

Ichkanda Navoiy may dayr ahlig`a sur o`lmish,
Solg`il quloq, ey nosih, ul yonki ne unlardur.

188

Ko`z qonidin dema, etagim lolavordur
Kim, ko`hi dardning etagi lolazordur.

Har lola bir axgar erur, lek siynaso`z,
Qay ko`hi dard aro bu sifat lola bordur.

Bir gul yuzi firoqida xunobi ashk ila
Yuz za`faroni ichra ko`zum lolakordur.

Ey poymol etarlar uzub dashtu tog` aro,
Baskim, yuzung guli qoshida lola xordur.

Qon ichra g`arq bag`rim aro dog`u dasht uza,
Bekasligim chog`ida manga lola yordur.

Soqiy, ketur surohiy ila lolagun qadah,
Xossa bu damki subh yeli lolabordur.

Tegramda ohdinki erur, ey Navoiy, o`t,
Ko`z qonidin dema, etagim lolavordur.

189

Harorat jonima ul otashin la`li axgarindindur,
Anga taskin ham ul yuz ravzasining kavsarindindur.

Sochingning tiyra shomidin yuzung subhida yo`l topmoq,
Banogo`shungdag`i durri shabafro`z axtarindindur.


Tahuro bodasi derlar erur jonbaxshu ruhafzo,
Magarkim choshniy ul mayg`a la`ling sog`arindindur.

Shabiston subhi davlatdin yorug`roq bo`lsa tong ermas
Ki, partav anda ul ruxsor sham`i anvarindindur.

Yuzung ochqach shamimi lutf olam ichra butratding,
Magar bu atr ul o`t uzra xoling anbarindindur.

Bahor ayyomini besh kun g`animat angla, ey bulbul
Kim, muncha so`zu tobing otashin gul mijmarindindur,

Navoiy, qilmag`il bas nazm birla durfishonlig`kim,
Maoniy bikrig`a zevar hadising gavharindindur.

190

Ikki ko`zumki dardu balo jo`yboridur,
Ohim buxoriy ustida abri bahoriydur.

Ushshoq tiyra axtari har yon shafaq aro,
Go`yo sipehr sabzasining lolazoridur.

Bilmay deding uzulmish ekan subhayi aqiq,
La`ling g`amida qon kebi ashkim qatoridur.

G`am gulshanida qaddim erur ul yag`ochkim,
Paykonu bori hajring aning bargu boridur.

Har kimki Yusufum g`amidin o`ldi dasht aro,
Har tun magar bo`ri ko`zi sham`i mazoridur.

Bu dasht tufrog`in dema mushkinki, har ovuch
Bir mushkbo` g`izola tani xoksoridur.

Bergil tutub piyola Navoiyg`a ruhkim,
Jonin yeturgan og`zig`a la`ling xumoridur.

191

Jonda ishqing bo`lg`usi, to tanda jon bo`lg`usidur.
Tanda jondek jon aro ishqing nihon bo`lg`usidur.

To tirikturmen ichiga jola tushkan g`unchadek,
Xasta ko`nglum durri ishqingg`a makon bo`lg`usidur

Dardu ishqing dog`i ul soatki o`lsam jon aro
Jonning ikki nuqtasi yanglig` nishon bo`lg`usidur.

Qildi ashkimni shafaqgun hajr bepoyon tuni,
Xullasin chek tongning, ey gardunki, qon bo`lg`usidur.

Ul Masih anfosi jonbaxshu labi hayvon suyi,
Olloh-olloh, necha jonim notavon bo`lg`usidur.

Mehr sham`i dudidin qissamni yoz, ey charxkim,
Ziynati avroqing ushbu doston bo`lg`usidur.

O`qidin ko`nglung qachong`a tegru zaxm o`lg`ay demang,
To bu qush bo`lg`usidur, ul oshyon bo`lg`usidur.

Gul qulog`in chun og`ir qilmish kirib shabnam suyi,
Necha, ey bulbul, ishing doim fig`on bo`lg`usidur.

Ey Navoiy, ko`kka tegru dardi ohimdin shikanj,
Etkali ul oyg`a go`yo nardbon bo`lg`usidur.

192

Donayi ashkimki, yog`mog`lig` bila afsonadur,
Tuxmi mehrin ekmak uchun ham yog`in ham donadur.

Ishq komil  bo`lsa, ma`shuq arg`uvonhad bo`lmasun,
Qahrabo sham`ig`a harkahbarg bir parvonadur.

Shishadek ko`nglumki, to`lmish bodayi hajring bila,
Go`yiyokim o`lmagim uchun to`la paymonadur.

Ishq atfoli ko`rub kog`azda Majnun suvratin,
Qildilar g`avg`o, gumon aylabki bu devonadur.

Dahrning begonavash zolig`a bo`lma oshno
Kim, seni to oshno etti o`zi begonadur.

Ul sanam ko`yida kunduzgum kecha soyir ko`ngul,
Shapparedurkim anga kunduz maqar butxonadur.

Ey Navoiy, mujibi sargashtalik ermish junun,
Ichkali bu mayni har soat boshim aylanadur.

193

Markab ermaskim sabo mandonda gardangiz erur,
Rokib ermas, bargi guldurkim, sabodin tez erur.

Tashladi har yon ulus jonini sargardon qilib,
Girdbodi fitna go`yokim g`uborangiz erur.

Na`l emas ravshan hilole el ko`zin yorutqali,
Po`yada har sari shabrangiga dastovez erur.

Rokibu markab yuzu a`zosidin termu oqar,
Yo bulut durbor o`lub, xurshid anjumrez erur.

Bodayi gulgun keturkim, shomi hijron men kebi,
Yuz tuman Farhodni past aylagan Shabdez erur.

Oshiqib terlab ilojimg`a yetishting, ey Masih,
Ne ajab gar sharbati la`ling gulob omez erur.

Gar yana mast otlanib ko`nglakcha javlon qilmadi,
Bas quloq sol shahr sarikim, ne rustoxez erur?

Hiyla ojizlig`din aylar oshiq, angla, ey ko`ngul
Kim, zabunroq ishq aro Farhoddin Parvez erur.

Ey Navoiy, yor agar mayxoradur yuz qatla shukr
Kim, emassen porsovu xasta ne parhez erur.

194

Ne lo`liyvashdur ul qotilki, qon to`kmakkadur yaksar
Qiyo boqmoqlari poki itik, mujgonlari-nishtar.

Yuzidinkim xijildur gul, parishon har taraf kokul,
Sochib gulbarg uza sunbul, to`kub kofur uza  anbar.

Yugurmaklikda har  gunbadi sekrir ul mahi gulxad,
Guli mehr oldarar  behad uyolur  gunbadi axzar.

Chu la`b asbobini tuzdi, salomat rishtasin uzdi,
Qamardek hola ko`rguzdi, uzori davridin chambar.

Libosi nozi chaspondur, gahe tuz qaddi chavgondur,
Zamone go`yi g`altondur, zihi chobuk, zihe dilbar.

Boshig`a siym o`lub parron, tushub girdig`a anjumson,
Tulu` etkan kebi har yon, qamar atrofida axtar,

To`kub qon nishi g`am birla, ochib maydon sitam birla,
Olib tablu alam birla, ko`ngullar kishvarin yaksar.

Junun  sham`in  qilib ravshan,  ko`ngulga  telbalikdur fan,
Pariydek bo`lg`ali parranda, ul sho`xi pariypaykar.

Navoiy bo`ldi lo`liyvashki, kelmish anga lo`liy xush,
Qani bir jomi lo`liykashki, lo`liy tutsa bir sog`ar.

Tama` qilma  falakdin  komkim, xanjar  qilur oshom
Yangi oy shaklidin har shom ul lo`liyi boziygar.

195

Menda bir o`tdurki, gar dam ursam aflok o`rtanur,
Asrasam ko`nglumda jonu jismi g`amnok o`rtanur.

Mehr emas ohim o`tidnn ko`kka yetmish bir sharar,
Ayb emastur gar desam, dam ursam aflok o`rtanur.

Bas tanim o`rtarga qonlig` novaking, hijronni qo`y,
Barq ne hojat, bir uchqun birla xoshok o`rtanur.

Sham` o`ti mohiyatin anglay degan parvonadek,
Orazing mehrini fahm  aylarda idrok o`rtanur.

Ishq aro ko`nglum necha tolpinsa, ortar shu`lasi,
O`tqa tushkan telba qilg`an soyi topok o`rtanur.

Ashk yub jismim kuduratdin, qurutmish oh o`ti,
Lam`ae tushgach uzoring barqidin pok o`rtanur.

Ey Navoiy, chun rutabdek otashin la`li aro
Xasta ko`nglum tushti, tong yo`q, gar bo`lub xok o`rtanur.

196

Bu toza tugankim g`amidin ko`nglum oradur,
Ko`nglum qushi g`am dashti aro bag`ri qoradur.

Jismim aro paykoning emas har sari, go`yo
Har go`shada yomg`ur suyi g`am tog`i oradur.

To bog`i halokimda ne gullarki ochilg`ay,
Zaxmim dog`i qon su kebi tinmayki boradur.

Jonimni chiqarmoqqa  agar yo`l  yasamas ishq,
G`am tig`i nedin har sari ko`ksumni yoradur.

G`am shomi demang subhki ko`k sham`in o`chirgan,
Ashkim suyidur ulki yiroqtin oqaradur.

Kir vodiyi ishq ichra yengilrakki, bu yo`lda
O`zluk yukini tashlamog`an asru horadur.

Mayxona Navoiyg`ayu zohidg`a iki kavn
Kim, anga g`araz ikki sarodin bu sarodur.

197

Orazing husnin fuzun qilg`an hiloliy qosh erur,
Yoxud ul oy sham`ini yorutqali minqosh erur.

Ko`z yoshim durri yatimin mahrami ishq aylaman,
Har nechakim pok gavhardur valekin yosh erur.

Oncha yog`durdi balo toshin tanimg`a ishqkim,
Yuz ming el ishq ahli gar ko`ksiga ursa tosh erur.

Ho`blar la`li xayolotin pishirmaktur ishim,
Shu`laliq ko`nglum bu sog`arlarg`a go`yo dosh erur.

Qoldi avval tog` aro Farhodu Majnun dasht aro.
Ishq yo`linda manga ikki ajab yo`ldosh erur.

Ul Masih anfosi tarso saydidur ko`nglum qushi
Kim, malak dayri ravoqi kunjida xuffosh erur.

Chun og`iz ochti Navoiy ko`ngli har yon zaxmidin,
Ne ajab gar yoshurun dardi el ichra fosh erur.

198

Telba ko`nglumga xirad ahli maoshi qaydadur,
Telbaga ro`ziy bajuz atfol toshi qaydadur.

Subhu shomim sa`b ekanni bilgay ulkim, bilmagay
Kim, kecha oyi qayon, kunduz quyoshi qaydadur.

Ul ko`zu qoshi qorag`a oyni tashbih aylamang,
Oyning ofatlig` ko`zi, purfitna qoshi qaydadur.

Betahoshiy jon olur deb ko`p meni qo`rqutmangiz,
Jon berurda menda ham bori tahoshiy qaydadur.

Gar quyosh hajrida tun yuzinda anjum ashki bor,
Mendek ul gul hajrida gulrang yoshi qaydadur.

Dahr gulzorida gul ishqig`a bulbulning uni,
Gar biyik bo`lg`ay fig`onimdek xaroshi qaydadur.

Ko`yida itlar uzushtilar Navoiy xastani
Kim, emas zohirki, jismi qayda, boshi qaydadur.

ZE HARFINING ZEBOLARINING ZIYNATI «NAVODIR»DIN

199

Ey jalolu rahmatingdin gar zalilu, gar muazzaz,
Safhayi kavnayn o`lub oting tarozidin mutarraz.

Yuz bu olamcha yaratmoq qudrating ollinda joiz,
Sadyakin ijod qilmoq o`zgalarga yo`q mujavvaz.

Muncha xil`at maxzani in`omu tashrifingdin o`ldi.
Charxu tog`u bahrg`a atlas vagar xoro vagar xaz.

San`ating sabbog`idin ko`k zoli kiygan hullayi moviy,
Hoshiya bo`lg`an shafaqdin zaylig`a rangi gul gaz.

Ofarinishni ihota aylabon andoq vujudung
Kim, muhit ul doira ko`k nuqtadekkim bo`lsa markaz.

Bog`bong`a chun g`ino aylab nasib ehsoning ilgi,
Xo`sha-xo`sha gah zumurad, goh la`li nob osib raz.

Nafs xor etmish Navoiyni, aziz et faqr birla,
Ey jalolu rahmatingdin gar zalilu gar muazzaz.

200

Sarv yanglig` jilva qilsang noz ila, ey sarvinoz,
Jonlar etkaylar ayog`ingg`a fido ahli niyoz.

Tanda har na`l ichra bir til shakli zohir ayladim.
Der uchun jismim g`ami ishqingda har til birla roz.

Nuri ruxsoring ko`ngulni qildi su, vah, ko`rmaduk,
Sham` tobi uylakim andin lagan topqay gudoz.

Ul sanamkim, qasri atrofida el bosh qo`ydilar,
Ka`badekdurkim  qilurlar   barcha   saridin  namoz.

Yo sipand et yuz o`tig`a ko`zlarimning mardumin,
Yo yuzungni yopib ayla el ko`zidin ihtiroz.

Ishq  agar  komildurur  ma`shuqni  mahkum etar,
Bo`lmayin Mahmud, bo`lmoq istama yoring Ayoz.

Gar Navoiy yig`lasa, ishqing majoziydur dema
Kim, nazar pok aylagach, ayni haqiqatdur majoz.
Powered by OrdaSoft!