ALIF HARFINING OFATLARINING IBTIDOSI
«BADOE`»DIN

1

Ey navbahori orazing subhig`a jonparvar havo,
Andin gulu bulbul topib yuz barg birla ming navo.

To`biyu shohi sidradur ko`yung giyohi, negakim
Ushshoq ashku ohidin har dam topar suyu havo.

Zahri firoqingdin qayu oshiqki bo`ldi talxkom,
No`shi visoling yetmasa, Iso anga topmas davo.

Chun qoziyul hojot sen da`voi mahring qilg`ali,
Dardu firoq anduhidin kelturmisham ikki guvo.

Qilmay qabul ijodning imkoni yo`q, so`ngra yana
Maqbulini rad aylamak lutfungdin o`lg`aymu ravo.

Zohid, ko`ngulning xilvatin matlub g`ayridin orit,
Sen sayr qilsang qil, kerak ko`nglungga bo`lsa inzivo.

Desang Navoiy jon aro mahbub bo`lg`ay jilvagar,
Avval ko`ngul ko`zgusidin mahv ayla naqshi mosivo.
 
2
 
Ne sun`ungdin ajab yuz ming jahon bo`lmoq yana paydo,
Ne mulkungga xalal yuz ming jahondek bo`lsa nopaydo.

Ne poyoni jalolu kibriyodurkim tafovut yo`q,
Agar yuz ming jahondek bo`lsa nopaydo va yo paydo.

Azal ham sen, abad ham sen, ne avval birla oxirkim,
Anga yo`q ibtido paydo, munga yo`q intiho paydo.

Irodang birla taqdiringdin o`lg`ay ikki kavn ichra,
Agar bo`lsa fano zohir vagar bo`lsa baqo paydo.

Falak ham ojiz, axtar ham zabun, sayru sukun ichra
Ki, sendindur, ne bo`lsa anjumu aflok aro paydo.

Bahona ummohot o`ldiyu obo yo`qsa sun`ungdin,
Ato birla anog`a ne atovu ne ano paydo.

Nechakim bahr ila kon bo`lsa, sendin tarbiyat yetmay,
Emastur mumkin o`lmoq durru la`li bebaho paydo.

Chu bahri rahmating mavj ursa, paydo bo`lmag`ay xascha,
 Necha jurm ahlidinkim bo`lsa yuz ko`hi xato paydo.

Navoiyning tilin  shukrungg`a  go`yo  aylakim, bo`lg`ay
Anga hamding gulistonida har dam yuz navo paydo.
 
3
 
Ey, qilib lutfu ato birla ulus komi ravo,
Ey, vujudu adam ikkisi vujudingg`a guvo.

Sen solib nav`i bashar xayli mizoji aro za`f,
Sendin aflok tiboida qavi barcha quvo.

Ofarinish sipahida bir emas yuz mingdin
Mehrkim, chekti falak burjida zarbaft livo.

Etmasa gardi rahing ko`hli bo`lub Ruhulloh
Ojiz aylar chog`i xuffosh amosig`a davo.

Lutfung ollida kirib ravzag`a ahli isyon,
Qahring o`lg`anda tushub vaylg`a ahli taqvo.

Sharqdin g`arbni bir dam borib ahli talabing
Kim, bo`lub himmat ayog`i bila ul qavm ravo.

Gulshani vaslinga har qushki havo ko`rguzdi,
Etmadi lek agar yetti qilib erdi havo.

Zotinga g`ayrni kimsa nachuk etgay tashbih,
Mosivalloh chu savo keldiyu ul zot sivo.

Yo rab, ul barg nasib etki, Navoiy topqay
Bog`i tavhid gulu bulbuldek bargu navo.
 
4
 
Ey, jamoling jilvasi mir`ot insu jon aro,
Lek o`lub ul jilva komil mazhari inson aro.

Topmag`an bo`lsa labingning sharbatidin choshni,
Bas bu ne jonbaxshliqdur chashmai hayvon aro.

Nega olam o`rtadi, husnung o`tidin lam`ae,
Tushmagan bo`lsa jamoli Yusufi Kan`on aro.

Tushmagan bo`lsa quyoshingdin qo`lig`a partave,
Bas ne bayzo erdi jaybi Musai Umron aro.

Esmayin lutfung riyozidin chaman sari nasim,
Gulga bulbul qayda vola bo`ldi bu bo`ston aro.

Fayz agar olmas vujudung gulsitoni atridin,
Shammai naqshi vujud imkon emas imkon aro.

Tortibon solg`il Navoiyni karam daryosig`a
Kim, bo`lubtur g`arqa bahri bodai isyon aro.
 
5
 
Yo rab, o`lg`on chog`da jonim jismi vayrondin judo
Ul bo`lub mundin judo, sen bo`lmag`il andin judo,

Chun judo bo`lsam meni g`amnok yo`qu bordin
Ne g`amim, sen bo`lmasang men zori hayrondin judo.

Naqdi jon chiqqanda imon gavharin ko`nglumga sol,
Aylagil jondin judo, lek etma imondin judo.

Xonumondin oyirib, qilg`anda zindon ichra hibs
Qilma lutfung men aloxonu alomondin judo.

Hashr g`avg`osi aro osiylig`img`a rahm qil,
Lutf ila ilgim tutub, qil ahli isyondin judo.

Garchi o`ldum kofiri ishq ahli islom ichra qot,
Ul zamonkim bo`lg`usi kofir musulmondin judo.

Elga maxlas istasang, yetti tamug`ni ayla kul,
Aylabon bir shu`la bu ohi duraxshondin judo.

Jannat istab aylaganlarni ibodat qilmag`il
Kavsaru to`biyu qasru  huru rizvondin judo.

Barchadin ayru Navoiyg`a qilib vasling nasib,
Qilmag`il, yo rab, ani mundin, muni andin judo,
 
6
 
Ey gulshani ruxsoring o`lub dahrg`a oro,
Ruxsor uza soching gul uza anbari soro.

Gung etti Masihoniyu tor etti quyoshni,
Ul nutqi dilorom ila ul husni diloro.

Gesuvu yuzung sunbuliyu bargi gulidin,
Devona menu shifta laylan va nahoro.

Ul yerdaki raxshing qilibon jilvai parvoz,
Uchmoqqa falak qushlarig`a anda ne yoro.

Zaxm eldin o`lub zohiru sendin bori marham,
El unf ayon aylabu sen barcha madoro.

La`lingg`a yetib xora agarchi ushatibdur,
Chun anda yetib la`l bo`lub qadrda xoro.

Bildi chu hadisingni Sahih emdi Navoiy,
Maskan chu tilar bo`lsa ne Batho, ne Buxoro.
 
7
 
Ey, sanga muqtadoliq iki kavn aro,
Anta xayrul bashar, anta xayrul varo.

Kimki favqus surayyo edi manzili,
Tobe`ing bo`lmag`ach kirdi taxtas-saro.

Zotinga faxr etib yetmish ikki fariq,
Orazing sham`idin yorub ikki saro.

Nafsinga rahmati haq bila iqtiron,
Mu`jiz otingg`a sihru fusun iftiro.

Hashrg`a tegru me`rojing afsonasi,
Xayli xayl maloyik aro mojaro.

Ham raf`atingg`a arshi barinda makon,
Ham Buroqingg`a xuldi barinda charo.

Kim kasofat bila qo`ydi yuz na`tingga,
Gar quyosh erdikim, bo`ldi yuzi qaro.

Yo nabiyallox, ahvolima qil nazar,
Jurmu isyonu ojizlig`im mo taro.

To aning birla bo`lg`ay, Navoiy, sening
Na`tu hamding bayonig`a doston saro.
 
8
 
Ulki ishq ahlini o`lturmak erur odat anga,
Jon kerak bo`lsa ko`ngul aylamagay rag`bat anga.

Hajr muhlik ekanin mundoq agar bilsam edi,
Tutmag`ay erdim agar o`lsam edi ulfat anga.

Ul pariy suvratig`a telba ko`ngul bo`ldi asir,
Ishq aro, voyki, yuzlandi ajab suvrat anga.

Yuzi ko`zni yoritur, lek quyosh xira qilur,
Bilur ulkim ko`zi borkim, munga yo`q nisbat anga.

Tosh urarlar  meni Majnung`aki, qozmish Farhod,
Ishq aro mencha qachon erdi ekin shiddat anga.

Uldi Majnun ko`rubon dilbarinu men ko`rmay,
Mencha yo`q erdi ekin o`lganida hasrat anga.

Diyda pobo`sin ayog`ingg`a magar eltur ashk,
Yo`q esa muncha yugurmakda nedurur sur`at anga.

Meni sargashtada hijron o`qidin ming paykon,
Charxi gardong`a mushobih ko`runur hay`at anga.

Dahrning gulshanidin bo`yi vafo tutma tama`
Kim, sabo mashshotasi sepmadi bu nakhat anga.

Ey xush ul rindki, mug` dayrini qildi maskan,
Etsa ham mug`bachalar ishqida yuz ofat anga.

Ey ko`ngul, qo`yma Navoiyniki, hushyor o`lg`ay,
Ko`p yetardek esa davron elidin mehnat anga.
 
9
 
Kilk erur jismimki, til bo`lmish demakdin lol anga,
Ichda pechu toblig` nolamni angla, nol anga.

Sun` kilkidin yozildi go`yi, ul go`yi zaqan,
Nuqtalar yanglig` zanaxdoningda ikki xol anga.

Kokulung elga jahonni tiyra qilg`on dud erur,
Har sari zulfung iki yonida tushkan dol anga,

Ko`ynda ovora ko`nglum xasta ermish, ey rafiq,
Lutf etib ma`lum qilsangkim, ne bo`lmish hol anga.

Ey musavvir, topmasang Layliyu Majnun chehrasin,
Dilbarimni bil munga o`xshash, meni timsol anga.

Soqiyo, ko`nglumni davron qildi ko`ptin-ko`p malul,
Bo`lg`ali forig` kerak bir jomi molomol anga.

Ey Navoiy, kimki qildi hajr bedodin qabul,
Rahbari sarmanzili vasl o`ldi bu iqbol anga.
 
10
 
La`li labingki, jonim erur  mubtalo anga,
Maxlas demonki, istaram o`lg`ay fido anga.

Hajring balosig`a ne iloj aylagay Masih,
Ranjidur ulki zahr yemakdur davo anga.

Vasling qushiki ashk ila ohimdin etti ram,
Go`yo yarashmadi bu su birla havo anga.

Mar`yam kebi ano edi tuqqonda ul Masih,
Tarso emon desamki, kim erdi ato anga.

Dashnomim etsa shod nechuk bo`lmayinki, men
Andoq haqirmenki, dey olmon duo anga.

Soqiy mayiki yor labu orazi kebi
Bo`lg`ay nazar harimida rangu safo anga.

To ichsam ani ul yuzu lab jilva aylasa,
Jon ko`zgusida raf` bo`lub mosivo anga.

Ulkim zamona ahlidin istar vafovu mehr
Kim, naqshi mehr ko`rdi munga yo vafo anga.

Ayb etmangiz, Navoiy agar bo`lsa benavo,
Qo`ydimu davr charxi muxolif navo anga.
 
11
 
Hajridin har nechakim bo`ldi ko`ngul zor manga,
Hech rahm etmadi ul sho`xi jafokor manga.

G`unchadekdurkim,  ocharlar kuch ila  barglarin,
Bo`lg`ali hajrida qonlig` ko`ngul afgor manga.

Otashin la`ldek axgar to`kadurlar har dam,
Labi hajrida iki diydai xunbor manga.

Zulfidin shiddati kufrum erur ul hadg`achakim,
Sabha toricha erur rishtai zunnor manga.

Yaxshiroq ravza savodidin, agar dast berur
Ul quyosh ko`yida bir soyai devor manga.

Chunki bu qubbai xazro aro juz hodisa yo`q,
Ey ko`ngul, avlo erur kulbai xammor manga.

Ey Navoiy, ne mayu mutribu ne huonu ne ishq
Xonaqah tarki erur, anglaki, nochor manga.
 
12
 
Lablaringdin garchi qon yutmoq damo-damdur manga,
Gar dame jomi visoling yiqsa, ne g`amdur manga?!

Pand eshitmay, ko`rub ani, yuz balog`a uchradim,
Ko`zlarim chiqsunki, yuz muncha sazo kamdur manga?!

Qofi shavqum sharhini tahrir qildim, vah, ne sud
Kim, anga irsol uchun Semurg` mahramdur manga?!

Yorkim, mundoq nihondur ko`zdinu men telbamen
Kim, degaykim, fitna bo`lg`an nasli odamdur manga,

Qora chirmab yosh to`kub, afg`on qilurmen xomadek,
Etkali nolon ko`ngul bu nav` motamdur manga?!

O`zga yuzga boqma deb, bir-bir ko`zumg`a bosti muhr,
Iynak-iynak har qora bir naqshi xotamdur manga?

Dahr aro tushkan havodis o`tidin mone` emas,
Ko`z yoshimdin garchi ko`z tushkuncha bir namdur manga?!

Soqiyo, jomi jahonbin tutki, andin kashf etay
Kim, ko`p ish bu korgah vaz`ida mubhamdur manga?!

Dilbari ollida Majnun naqdi jon sarf etmadi,
Ey Navoiy, ishq atvori musallamdur manga?!
 
13
 
To seningdek qotili xunxorae bordur manga,
Billah, ar o`lmakdin o`zga chorae bordur manga?!

No`shi jon har bodakim ahbob ila no`sh aylading,
Garchi hargiz demading ovorae bordur manga?!

Vasli iqboliyu men, hayhot, basdur bu sharaf
Kim, yiroqdin davlati nazzorae bordur manga?!

Deb emish har kimda bor zaxme, otay marham bir o`q,
Shukr erurkim, har sarimo` yorae bordur manga?!

Bordi ul xurshidu ashkim oqti, vah, tole` ko`rung
Kim, ne yanglig` axtari sayyorae bordur manga?!

Sabr soldim ko`ngluma vasling tilab, vah, bot kelib
Turfa ko`rkim, shisha ichra xorae bordur manga?!

Dema ko`p, ey nafskim, dunyo arusin iqd qil,
Uyda ba`zidek sog`in makkorae bordur manga?!

Dev urub ishqi majoziy ichra majnun aylagan,
Yova der, bukim pariy ruxsorae bordur manga?!

Ey Navoiy, kuymakimni qilmag`aysen man`, agar
Jon aro bilsang ne otashporae bordur manga?!
 
14
 
Labing sari tokim nazardur manga,
Yosh o`rnida xuni jigardur manga.

Dema mendin ayril, dog`i umr sur
Ki, ul umr o`lumdin batardur manga.

Tugonlar diram shaklidur zod uchun,
Adam sari chunkim safardur manga.

Qilur ayb oshiqlig`im barcha xalq,
Ulus aybi, vahkim, hunardur manga.

Tabibo, yana sabrdin dema so`z
Ki, bu sharbatingdin zarardur manga.

Dema mayni tark etki, soqiy yuzi
Bu ko`zgu aro jilvagardur manga.

Navoiy, ul oy hajrida tunu kun
Qotiq shomu tiyra sahardur manga.
 
15
 
Javru zulmung garchi o`lmaklik nishonidur manga,
Chunki sendindur hayoti jovidonidur manga.

Ul parivash ishqidin, nosih, meni man` etmakim,
Telbalik vaqtiyu oshiqliq zamonidur manga.

To o`qubmen ishq harfin darsu takroru sabaq
Vomiqu Farhodu Majnun dostonidur manga.

Muztaribmen charx yanglig`kim, nujumi tiyradin
Tanda har kun yuz tuman dog`i nihonidur manga.

Hech ranje zohir o`lmay men xud o`ldum, ey tabib,
Lek bilkim, qasdi jon etkan falonidur manga.

Eyki, dersen ishq aro o`lmak ziyondur, umr sud,
Har ne sudidur sanga, nekim ziyonidur manga.

Ko`rmisham vojib baqosin ravshan, andoqkim quyosh
Toki imkon soya yanglig` ko`zda fonidur manga.

Bu fano dayrin baqosiz erkanin to angladim,
El surudi ishrati motam fig`onidur manga.

Ey Navoiy, voizu firdavsi a`lo zikrikim,
Bog`i xuld ul huri paykar ostonidur manga.
 
16
 
Qildi yuz pora ko`ngul bo`lg`ali afgor sanga,
Yuz ko`ngul birla meni ishq giriftor sanga.

Yo`q badan birla ko`nguldin manga yuz mehnatu dard
Kim, bo`lubtur badan afgoru ko`ngul zor sanga.

G`am tuni subh tilarsen, ko`ngul uz, zaxming ko`p,
Voqif o`lkim, damidin yetmasun ozor sanga.

Eyki, dersen manga oshiqmusen, ahvolima boq,
Vahki, til birla nechuk qilg`amen izhor sanga.

Eyki, davron g`amidin yo`q senga bir lahza amon,
Bilki, xush ma`man erur kulbai xammor sanga

May ich, ei shayxki, matlub yuzi jilvasidin,
Qilmadi man` bajuz pardai pindor sanga.

Vasl ko`yida, Navoiy, turubon istama yor,
Muddai borida ul ko`yda ne bor sanga.
 
17
 
Bahona qatlimadur ishqdin fasona sanga,
Qilurg`a qatl ne hojatdurur bahona sanga.

O`qi o`tunlari ichra sen o`tsen, ey ko`nglum,
Boshog`lari uchidan har taraf zabona sanga.

Quruq tanim o`q uchidin ko`runmas, ey chobuk,
Yaqin ketur, kerak ersa so`ngak nishona sanga.

Ihota aylading, ey bahri ashk, yer kurrasin,
Ajab emastur, agar yo`qturur karona sanga,

Dam urma mug`bachalar ishvasidin, ey zohid,
Vujud naqshin oqizmay mayi mug`ona sanga.

Zamona tarkini kom aylabon xalos o`lg`il,
Desangki, solmasa nokomlig` zamona sanga.

Navoiyo, g`ami chun jonu ko`nglung oldi, ne sud,
Surudi dilkash ila jonfizo tarona sanga.
 
18
 
Mehnat o`qidin qabaqdek qolmisham afg`on aro
Kim, bukun chobuksuvorim yo`qturur maydon aro.

Tiyralikdin ko`r etibtur ko`zlarim har kungi gard
Kim, bor erdi to`tiyo bu diydai giryon aro.

Senki maydon ichra yo`qsen, paykaredur joni yo`q,
Har pari paykarki markab sekretur javlon aro.

Garchi har sho`xe surar maydong`a o`q yanglig` samand,
Chun sening raxshing emas, billah, o`qidur jon aro.

Ter oqizg`an ablaqingdektur seni kelgaymu deb,
Har sari tushkan ko`zum yuz ming duri g`alton aro.

Onsiz urmish halqa chobuklar, ne yanglig` etmayin
Kim, ko`runmas zarra, xurshid o`lmasa davron aro.

Mehrdek gar tavsani gardunga mingilkim, sipehr
Past etarda farq yo`q xurshid ila Kayvon aro,

Gar quyosh zangin falakraftorlig` raxshingga os
Kim, tuzar ul zang navhang nag`masin afg`on aro.

Ey Navoiy, ket bu maydondin, gar ul hur o`lmasa,
Billah, o`lsam turmag`aymen ravzayu rizvon aro.
 
19
 
Vahki, rasvomen yana devonavu oqil aro,
Bul-ajab holim bo`lub afsona har mahfil aro.

Muztar erdim hajrdin, yor etkan ermish tarki mehr,
Mushkuledur ishqdin har dam manga mushkul aro.

Aqlu sabru hush itib, ko`nglumda qoldi dog`lar,
Korvon ko`chsa, qolur o`tlar yeri manzil aro.

O`qlaring mujgon kebi giryon ko`zum atrofida,
Rost bordur ul qamishliqkim butar sohil aro.

Kirpiking tushkan ko`ngul ichra xayoling, ey pariy,
Go`yiyo Yusuf nuzul etmish chahi Bobil aro.

Qullug`ung dog`idin o`lsam, istamon ozodliq
Kim, bu tamg`adur nishoni Mudbiru Muqbil aro.

Maskaning istar Navoiy, nasya jannat ahli zuhd,
Muncha-o`q bo`lur tafovut olimu johil aro.
 
20
 
Ey  alifdek rost qadding hasrati jonlar aro,
Jism ichinda jon kebi sen barcha sultonlar aro.

Qushqa o`xsharkim, tikandur oshiyoni, ey ko`ngul,
Tiyri boroni g`amingdin qoldi paykonlar aro.

G`am topar hajringda ashkim ichra ko`nglum porasin,
Ish kuni topqan kebi el g`oyibin qonlar aro.

Chok ko`nglum xo`blar ko`ngli aro topti shikast,
Vah, butun qolg`aymu yoruq shisha sandonlar aro.

Dog`lar ichra aliflar zor jismim mulkida,
G`am sipohig`a silichlar bo`ldi qolqonlar aro.

Elga ko`yungdur makon, men qulni qavmog`lig` nedur,
Bulbul o`lsa, zog` ham bo`lur gulistonlar aro.

Ista yirtuq janda kiyganlarda ma`ni maxzanin
Kim, bu yanglig` ganj o`lur ul nav` vayronlar aro.

Atlasu zarbaft aro nodon aningdek hashv erur
Kim, xatoyi safhada sabt o`ldi  afshonlar aro.

Bu eshikni chun tilab keldi Navoiy tengridin,
Ul sababdin go`yiyokim qoldi darbonlar aro.
 
21
 
Demaki, kirdi o`si qatl vaqti qonim aro
Kim, ul alif kebi kirdi o`larda jonim aro.

Ulub edim g`ami hajringda, bo`lmasa erdi
Labing taxayyuli jon jismi notavonim aro.

Gar aylasam vatan ul ko`y aro, meni qovmang
Ki, ishq shu`lasi o`t soldi xonumonim aro.

Ko`zu ko`ngul qurumish, ne to`kay ayog`ingg`a
Ki, qolmamish duru la`li ushbu bahru konim aro.

Ajab yo`q, oqsa erib mag`zi ustixonimkim,
O`tun so`ngaklar erur shu`lai nihonim aro.

Sabuhi istayu yetkach sahar ochildi eshik,
Bu fath dayrida o`tmas edi gumonim aro.

Navoiy, istama  juz yig`lamoq, unumdinkim
Nashot zamzamasi yo`qturur fig`onim aro.
 
22
 
Seningdek bute yo`qturur Chin aro,
Buti chin sening bandang oyin aro.

Magar obi hayvong`a kirish Masih,
Kaloming labi la`li shirin aro.

Gulandomlar ichra, ey gul`uzor,
Qizil gul kebisen rayohin aro.

Qadingdek desam sarvni, qilma ayb,
Agar tushmadi rost taxmin aro.

Firoq ichrakim va`da qilding visol,
Ajab lutf qilding ayon kin aro.

Ko`ngulda sen o`lsang, tafovut nedur,
Yo`lum bo`lsa gar kufr, agar din aro.

Navoiy duo aylar ul hur uchun,
Maloyik, madad aylang omin aro.
 
23
 
Bag`ir xunobidin za`f o`ldi g`olib xasta jonimg`a,
Og`ir erdi g`izo, avd etti zahmat notavonimg`a.

Labing hajrida jismim konidin bir pora la`ledur
Ko`ngul zaxmida, yaxshi boqsalar har qatra qonimg`a.

Adam durjiki og`zing huqqasidur, marhame andin
Davodur g`unchadek ko`nglumdagi dog`i nihonimg`a.

Sarig` yuzumdin el yig`lar, magarkim o`lmakim yetti
Ki, mundoq xosiyat bar`aks bo`ldi za`faronimg`a.

Salohim pardasi kuydi ul o`tlug` yuz xayolidin,
Fig`onkim, oyni yod etmak zarar qildi katonimg`a.

Ul oy kulbamg`a keldi, jonduru xunob ila ohim,
Bu tortig`lar murattab aylamishmen mehmonimg`a.

Qaroru aqlu hushum ishqing o`ti birla churkandi,
Samum esdi balo dashtida ozg`an korvonimg`a.

Zamon avroqiyu ishqim edi Farhodu Majnundin,
Falak bir-ikki fasl etti izofat dostonimg`a.

Navoiy, Zuhra udin motamim tutqonda kuydurdi
Falak sari erishib borg`an uchqunlar fig`onimg`a.
 
24
 
O`tg`a solg`il sarvni, ul qaddi mavzun bo`lmasa,
Elga bergil gulni, ul ruxsori gulgun bo`lmasa.

Sarsari ohim esar g`am shomi hijron tog`ig`a,
Yaxshidur tong otqucha bu tog` homun bo`lmasa.

Telbalikdin, vahki, har dam dardim afzundur, agar
Ul pariy ishqida har dam dardim afzun bo`lmasa.

Gar ko`ngul qatl istabon sen va`da qilding tongla deb,
Ushbu dam o`ltur, bu ehson birla mamnun bo`lmasa.

Xirqa jinsin rahn uchun, ey shayx, olmas piri dayr,
Boda bermas, toki o`zluk jinsi marhun bo`lmasa.

Foniy o`l, vasl istar o`lsang, benavolig`din ne g`am,
Bo`lmasun hargiz mato`e dunyoi dun bo`lmasa.

Ey Navoiy, tonma, gar der ul pariy majnun seni,
Oshiq o`lg`aymu pariyg`a, ulki majnun bo`lmasa?!
 
25
 
Xotirim vayronlig`in bilgay birov hijronida,
Ulki har soat birovni yo`qlag`ay vayronida.

Anglag`ay bekasligimni bir quyosh qilg`an gumon,
Tebranurda soya ham tebransa nogah yonida.

Tiyra shomim shiddatin andin so`rungkim, bo`lmag`ay
Nur bir sham`i shabistondin saro bo`stonida.

Kulbam ayvonin falak yiqqonni so`r ul zordin
Kim, anisi yo`q, yiqilg`ur kulbasi ayvonida.

Hajr Kan`onida sha`nimda o`qir sabr oyatin
Ulki, hajr oyatlari nozildur aning shonida.

Eyki, aytursen falak bedodidin ko`rmay sitam,
Davr ayog`in solmag`il qo`ldin falak davronida.

Rahm etib ahbobqa gardun, Navoiy ko`rdi zulm,
Qo`shmadi go`yo ani ahli muhabbat sonida.
 
26
 
Dahrkim, yor yo`q mango anda,
Bor esa dog`i yo`q vafo anda.

Toza dog`edurur ko`zum qondin
Kim, bo`lubtur nihon qoro anda.

Uyla zindon durur firoqki, yo`q
Men kebi kimsa mubtalo anda.

Zaxmi ko`p ko`nglum o`ldi g`am tog`i,
Lolalar har taraf yaro anda.

Dardinga jonu ko`nglum o`ldi vatan,
Istagan topti munda yo anda.

Ka`badin dayr sari chek menikim,
Rind o`lur kirsa porso anda.

Furqat ichra Navoiy ul gulsiz
Bulbuledurki, yo`q navo anda.
 
27
 
Tushta ko`rdum yorni xandon raqibin o`truda,
Rashkdin har lahza tish qirchillaturmen uyquda.

Ul pariy vasli aro yodimg`a kirsa furqati,
Telbalar yanglig` to`karmen ashk ayni kulguda.

Ko`zgu jannat ravzanidurkim, tamosho qilg`ali
Hur kelmish go`yiyo, aksing emastur ko`zguda.

Yulduz itkandek quyosh yog`dusida, itti quyosh
Orazing xurshidi chun qildi tulu` ul yog`duda.

Soqiyo, bir jur`a tut, shoyadki yuzlangay nashot,
Necha bo`lg`ay hajrdin ozurda ko`nglum qayg`uda.

O`zlukumni ashk eltib, o`zdin andoq yotmen
Kim, o`zumni tonimon, aksimni ham ko`rsam suda.

Chun Navoiy yor sari yuzlanur, qayg`u qolur,
Soya qolg`andek keyin, xurshid bo`lg`ach o`truda.
 
28
 
Behi rangidek o`lmish dardi hajringdin manga siymo,
Dimog`im ichra har bir tuxmi yanglig` donai savdo.

Mazallat tufrog`i sarig` yuzumda bordur andoqkim,
Behida gard o`lturg`on masallik tuk bo`lur paydo.

Oqartib ishq boshimni, nnhon bo`ldi sarig` chehram,
Momug` ichra behini chirmag`an yanglig` kishi amdo.

Yuzumda tig`i hajring zaxmi har sari erur bevajh,
Behini tig` ilan chun qat` qilmoq rasm emas qat`o.

Yuzum tufroqdadur har dam qurug`on jism ranjidin,
Behiga sarnigunlik shoxi za`fidin bo`lur go`yo.

Bu gulshan ichra behbud istagan doim behi yanglig`,
Kiyib pashmina, toatqa qadin ham asramoq avlo.

Navoiy gar quyosh noranjidin behrak ko`rar, tong yo`q,
Behikim lutf qilmish mahdi ulyo ismat ud-dunyo.
 
29
 
Jismi bemorimg`a bor ul nargisi shahlo balo,
Joni xunxorimg`a ham ul la`li ruhafzo balo.

Dahr ichinda ofiyat netsunki, ichkach bir qadah,
Yog`durur olamg`a ul sho`xi qadah paymo balo.

Ne balodurkim, qutulmasmen balodin bir nafas
Kim, manga yetmas dame ul sho`xdin illo balo.

Voykim, jonimg`a ko`zu qoshu xattu xolidin,
Yo adamdur, yo malolat, yo suubat, yo balo.

Qasdima azm etti, vah, o`lmaktin o`zga chora ne
Kim, erur ham jilva ofat, ham qadi ra`no balo.

Sevgali ul shahni men munglug`, balo har dam yog`ar,
Bor emish bo`lmoq gadoning dilbari mirzo balo.

Ul balog`a o`rganibmen, o`ylakim jonim chiqar,
Ko`rmasam boshimda bir soat meni shaydo balo.

Jomi minoyi ilikdin qo`yma, bu davrondakim,
Yog`durur davr ahli uzra gunbadi mino balo.

Ey Navoiy, farq aro qil mosivalloh daf`ikim,
Keldi solik boshig`a dunyovu mofiho balo.
 
30
 
Tig`i zahr oludidin jismimda sar-tosar yara,
Chashmai zahri g`amidin ichmakimga har yara.

Naylay o`lmay, ey ko`zi qotilki, yuz ming yaradii,
Jismi afgorim uza muhlikdurur aksar yara.

Itlaring mehmonim o`lsa, to``ma yaram qonidur,
Qotil o`lg`ach, turfa ko`rkim, bo`ldi jonparvar yara.

Qon borurdin garchi jismim bog`ig`a bo`lmish xazon,
Turfaroqkim, qondin ochmish yuz guli ahmar yara.

Yarag`a qo`yg`an momug`lardin bo`lub boshimg`a toj,
La`lu yoqut aylamish ul tojg`a zevar yara.

Yog`mag`an bo`lsa tanimg`a tiyri boroni firoq,
Bir badanda kimga bo`lg`ay bu qadar bovar yara.

Yara gar mahbubdin yuz muncha yetsa bok emas,
Chun yetar ahbobdin, aylar meni muztar yara.

Desang, ey soqiy, badal bo`lsun, qadah tut behisob,
Kim to`kar qonimni behad, kim erur bemar yara.

Ey Navoiy, qaysi bir yarang o`ng`alg`ay, negakim,
Turg`ani birla erur bu notavon paykar yara.
 
31
 
Gulu gulzor sening bog`i jamolingg`a fido,
Sarvu shamshod dog`i toza niholingg`a fido.

Butubon mehrigiyah donasi ham sochilsa,
Orazing gulshani ichra xatu xolingg`a fido.

Yo`q mening, balki Xizr birla Masiho joni,
Chashmai no`sh aro jonbaxsh zulolingg`a fido.

Yangi oy, balki to`lun oy demayin, balki quyosh,
To`lin oyu quyoshing uzra hilolingg`a fido.

Ey ko`ngul, vasli xayolini qilursen doim
Ki, mening jonu jahonim bu xayolingg`a fido.

Tuttung, ey rindi xarobot, manga sog`arkim,
Ruh bodangg`avu tan eski safolingg`a fido.

Ey Navoiy, labidin nukta so`rarsen, yuz jon
Bo`yla shirin so`zu jonbaxsh maqolingg`a fido.
 
32
 
Majnun boshini sajdadin olmas edi aslo,
Gar Layli itining julidin topsa musallo.

Naylay qora nargisni, boshimg`a urayinmu
Kim, boshima ofat keturur ul ko`zi shahlo.

Yozg`anda yuzung mushafini kotibi taqdir,
Ishq oyatini qildi mening sha`nima imlo.

Ul mug`bacha go`yoki chiqibtur yana usruk,
Yo`qsa ne uchun dayrda bor elga alolo.

Do`zaxni agar ishq o`ti birla qiziturlar,
Dard ahlig`a uchmoqdin erur bas tamug` avlo.

Maqsadni yigitlar g`ami ishqi aro ista,
Yoxud qarilar himmatidin ayla tavallo.

Vaslig`a yetushkung necha sa`b ersa, Navoiy,
Gar qilsa karam tengri taborak va taolo.
 
33
 
Dardi hajrimg`a ul ikki la`li xandondur davo
Kim, o`lar Iso damiyu obi hayvondur davo.

Ne davo Iso damin fahm ayla, ne hayvon suyin,
Hajr jonin olg`on elga vasli jonondur davo.

Ishq aro za`fim davosi sharbat ermas, ey hakim,
Sharbati vasl etmayin hosil, ne imkondur davo.

Hajr aro dardim davosin yor mushkul, deb emish,
Rahm agar qilsa, aning ollida osondur davo.

Darddin g`amgin ko`ngulda xona qilmish yuz mavod,
Ey, qora ko`z, daf`ig`a bir nishi mujgondur davo.

Zulfi zunnorig`a chirmang`an uzorin ochti yor,
Zulmati kufr ichra elga nuri imondur davo.

Gar mening bedillig`im dardi davosin istasang,
Ey Navoiy, bu marazg`a ko`nglum olg`andur davo.
 
34
 
Gulbarg uza qilmishsen to sabzai tar paydo,
Kun ko`zgusida go`yo zang etti asar paydo.

La`ling g`amidin suda gul yafrog`i kelgandek,
Ashkimda kelur har dam parkandi jigar paydo.

Jismimdin oqib qoni, paykoni ayon bo`ldi,
Shox uzra bo`lur doim gul ketsa, samar paydo.

Jon rishtasidek ermas ko`zlarga beling mar`i,
Chobuklik uchun qilding bag`larg`a kamar paydo.

Ul zulf savodida o`ldum yuzini ko`rmay,
Vahkim, yo`q edi muhlik shomimg`a sahar paydo

Davron g`amidin ko`nglum maqbuz erur, ey soqiy,
Basti uchun etkaysen ham boda magar paydo.

Kilkida Navoiyning jon shirasi muzmardur,
Har nayda qachon bo`lg`ay bu nav` shakar paydo.
 
35
 
Qilur ishq yuz ming balo oshkoro,
Vale borin aylar mango oshkoro.

Balo, ko`rki, ag`yorg`a ko`rguzur yor
Nihon mehru bizga jafo oshkoro.

Dedim: ishqni oshkor etmay, ammo
Yoshurdum men, etti qazo oshkoro.

Netib men nihon asrayin, ayting oxir,
Tilar bo`lsa dardim xudo oshkoro.

Jununum bu bo`lsa, g`amim bo`lg`usidur
Nechakim yoshursam yano oshkoro.

Qilur yuz jafo oshkoravu bir ham
Vafo qilmas ul bevafo oshkoro.

Edim tiyr boroni hajringda ming zaxm
Ki, bo`ldi ne o`qu ne yo oshkoro.

Necha boda maxfiy, chu fosh o`ldi ishqim,.
Tut emdi qadah, soqiyo, oshkoro

Ki, to mast o`lub ishq ramzida, tortay
Navoiy kebi bir navo oshkoro.
 
36
 
Ey, sanga qomati diljo` ra`no,
Tavru tarzing dog`i asru ra`no.

Paykaru qaddinga volihmenkim,
Ul biri nozuk erur, bu ra`no.

Ul pariy uchqusi ra`noliqdin,
Odami muncha bo`lurmu ra`no.

Qomating nozuku to`bi nozuk,
Sarv ra`novu tarong`u ra`no.

Ey musulmonlar, o`larmenkim, erur
Asru ul sarvi sumanbo` ra`no.

Bevafodur bu chaman, ko`p bo`lmang,
Ey, sapidor ila nojo` ra`no.

Bil, Navoiyki, g`izolingcha emas,
Chin gulistonida ohu ra`no.
 
37
 
Zihi la`ling mayidin jong`a yag`mo,
Ko`zungnung kufridin imong`a yag`mo.

Buzug` ko`nglumga torojingni bas qil,
Kishi solmaydurur vayrong`a yag`mo.

Yuzung ko`z mardumining nurin oldi,
Pariy solg`an kebi insong`a yag`mo.

Bo`lur har sho`x yag`moyi asiri,
Chu ul chobuk solur maydong`a yag`mo.

Ajab hayron qolibmenkim, ne olg`ay,
Solib ul ko`z meni hayrong`a yag`mo.

Yuzung ko`rguz manga andin burunkim,
Xazondin yetkay ul bo`stong`a yag`mo.

Ko`zidin zulf agar to`lg`ondi, tong yo`q
Ki, solmish turk Hindistong`a yag`mo.

Junun dashtida ne axz aylagay ishq,
Bukim solg`ay meni uryong`a yag`mo.

Navoiy, anda chekti davr ayog`i
Ki, soldi jomi may davrong`a yag`mo.
 
38
 
Yor javlongahidin keldi sabo,
Paykarim tufrog`ini qildi habo.

Yuz samandi ayog`ig`a qo`yarim,
Misli kah bargdurur kahrabo.

Buki ko`ksumni g`aming qildi shikof,
Xilqatim ko`nglakini qildi qabo.

Bo`ldi bag`rim yarasi ila afan
Ki, shamimidin erur biymi vabo.

Boshima yog`sa qilich ishqingda,
Bo`lmasun boshim, agar qilsam ibo.

Vahki, jonim bila o`ynar ul tifl,
Sho`xlug` lozimasi keldi sabo.

Panja pashminag`a urdumki, erur,
Ey Navoiy, panahim oliy abo.
 
39
 
Ey, yuzung gulbargiga oshuftavu hayron sabo,
Telbalardek gulshani ko`yungda sargardon sabo.

Qo`pmog`i mumkin emastur, balki tebranmakligi,
Topmasa jonbaxsh la`ling nuktasidin jon sabo.

Sunbuli zulfin agar oshufta qilmaydur, nedur
Kim, shabistong`a esar har dam abirafshon sabo.

Pora-pora jism aro ohim netib qolg`ay nihon,
Bo`lmog` imkon yo`q xasu xoshok aro pinhon sabo.

Yordin keldi sabo kech kelmakin aylarga fosh,
Ko`nglum ichra tez qildi shu`lai hijron sabo.

Notavonlar ohi ul gul ko`yida har subhidam,
Uyladurkim, gulsiton ichra esar har yon sabo.

Subh chun esti sabo, ichkil qadahkim, bo`lmog`ung
Senu ko`p esturgusi bu bog` aro davron sabo.

Lolaruxlar ahdining mahkamligi mumkin emas,
Sobit o`lmoq lahzae bir yerda ne imkon sabo.

Tong emas, solsa Navoiy ohi ko`yungda g`irev,
Chun guliston sayrida zohir qilur afg`on sabo.
 
BE XARFINING BALOLARINING BIDOYATI
«BADOE`»DIN
 
40
 
Haq o`zin qildi muhib, sen oyni mahbub, ey habib,
Ul muhibqa sen kebi mahbub erur xo`b, ey habib.

Rog`ib erding ul muhib vaslig`a, chun shomi uruj
Topting, ulkim xotiringg`a erdi marg`ub, ey habib.

Bir sarimo` olam ahli bo`g`zidin parvoyi yo`q,
Aylagan o`znn sening hubbungg`a mansub, ey habib.

Bo`lsalar ahli muhabbat har kishining tolibi,
Bizga sendursen iki olamda matlub, ey habib.

Har kishi ahbobing ichrakim o`zin aylar hisob,
Bermayin jon ul muhibqa qayda mahsub, ey habib.

Chun shafoat daftari sendin tutarmen ko`z, ne g`am,
Har qo`lumg`a bersalar mahsharda maktub, ey habib.

Chun muhabbat ahlig`a toat hunardur, rahm qil
Kim, Navoiy keldi ul xayl ichra ma`yub, ey habib.
 
41
 
Yor gulgun to`n yenginmu yuzga aylabtur hijob,
Yo yoshurmishtur quyosh ruxsorini gulgun sahob.

Yo`qki, ishq ahlig`a olamni qorong`u qilg`ali
Ul shafaqdin yopti xurshid uzra gulnori niqob.

To qizil to`n ichra bo`ldi jilvagar mohim mening,
Mehr etar har tun shafaq xunobi ichra iztirob.

Qon yoshim aksimu ol etmish falak mir`otini
Kim, bo`lubtur la`lgun atlasda soyir oftob.

To`n kiyib gulrang, olamni guliston aylading,
Bizga qism aylab xazoni hajr aro xori azob.

Soqiyi gulchehra, gulgun boda beandoza tut
Kim, bu gulshan ichradur xori malolat behisob.

Ikki olamda, Navoiy, surxro`lug` istasang,
Ham nabi, ham oliy hubbig`a durust et intisob.
 
42
 
Vahki, ul mug`bacha, har damki chekar bodai nob,
Qo`zg`alur arbadasidin bu ko`han dayri xarob.

Yoqa choku, o`zi beboku belida zunnor,
Bir ilikida pichoq, bir qo`lida jomi sharob.

Ko`zi islom elining jonin olurg`a qotil,
Zulfi taqvo elining bo`g`zidin osmoqqa tanob.

Yuzida kufr o`tining shu`lasidin yuz ming nur,
Sochida din xalalidin tushubon yuz ming tob.

O`lturub dayr eshiki ollida tufrog` uzra,
Durdi jomiki tomib, ruh topib ahli turob,

Jonlaridin yub ilik barcha xarobot ahli,
O`zni qutqarg`ali har qaysig`a bir sari shitob.

Buyla holatda ko`zi tushti mangavu kulibon
Yuz tuman lutfu karam birla bu nav` etti xitob:

«Kim ayo rindi vafo peshavu mehr andisha,
Kelib ich bir qadahu chekma xumor ichra azob».

Yugurub tushtum ayog`ig`avu tufrog` o`ptum,
Berdi may ilgima hayvon suyi ollida sarob.

Chektimu hush yuzin ko`rmadim, andin so`ngra
Tushmisham ko`yi xarobot ichida masti xarob.

Ey Navoiy, angakim bor esa bu roh nasib,
Ruhullohu taolo valahu husni maob.
 
43
 
Pariydek ulki erur xo`blar aro mahjub,
Hijob sizu men uldur bu telbaga matlub.

Hayosi birla hijobida garchi volamen,
Qilibturur meni ollida noladin majhub.

Muhabbat ahlig`a noz etkuchidin ermish sa`b,
Tariqi hilmu adab zohir etkuchi mahbub.

Chu ishq g`olib erur, ehtiyoj emas Layli
Qilurg`a ishvaki, Majnunni aylagay mag`lub.

Kishiki, da`voi ishq ichra o`zdin oldi hisob,
Bu muddaoda agar o`lmagay, emas mahsub.

Fano yo`lida sabukbor istasang o`zni,
O`zungdin ayla burun o`zlukung yukin maslub.

Navoiy, asru muaddabdur ul mahi maktab,
Adab tariqi bila yozg`asen anga maktub.
 
44
 
Labingdin xasta jonkim bo`ldi betob,
Emas betob, anga erur shakarxob.

Yoshimdin obro`yum bordi, bildim
Ki, ravnaqsiz qilur oltunni siymob.

Qoshing hajrida har na`liki kessam,
Kelur payvasta, jono, shakli mehrob.

Qilich bog`i beling quchqon hasaddin
Ko`zumga ajdaredur shakli qullob.

Ko`zum ollidadur la`ling xayoli,
Emas kirpiklarim ostida xunob.

Firoq ilgi fig`on jon rishtasidin
Chiqarur, tordin andoqki mizrob.

Falak boshingg`a qoplab it terisin,
Sen ani jahldin deb kishu sanjob.

Ajab yo`q, odamilig`ni unutsang,
O`zungni buyla it charmida asrob.

Navoiy, ranj ko`rma, og`zin istab
Kim, ul bir javharedur — asru noyob.
 
45
 
Shahd aro og`ushta gulbargedurur ul ikki lab,
Har so`z andinkim chiqar, shirin esa, yo`qtur ajab.

Jonim ichra kirpigi nishi teshuk qilg`an kebi
Bilgurur og`zi, tabassum aylagach ul ikki lab.

Ishqini jon rishtasi birla muqayyad ayladim,
Ey xirad, ketkim, seni qayd etkali yo`qtur sabab.

Xoksorin ul quyosh yuzlik pariy malshun demish,
Tengri bizga osmondin nozil etmish bu laqab.

Ko`yida maqbul ulus hajrida bilmas kuymakim,
Do`zax ahlidin ne ogah ravzada ahli tarab.

Topti Layli noqasi Majnun fig`onidin hudi,
Mumkin ermas po`yadin taskini aning, ey arab.

Dayr aro har dam yiqilma vajd etib, ey shayxkim,
Piri dayr ollida mustahsan emas har beadab.

Ko`p achig`lanma, agar bo`lsang ulustin talxkom,
Ulcha qismingdur qazodin, kimga aylarsen g`azab.

Ey Navoiy, olma yor ollida yuz tufrog`din
Kim, bu shar` ichra muhabbat sajdasidur mustahab.
 
46
 
Bo`lmayin husn ko`ngul topmadi ishq ichra tarab,
Anga haqdin talabi ishqdurur husn talab.

Dahr bo`stonida bir husn guli ochilmas,
Bulbuli ishq agar bo`lsa navosiz, ne ajab.

Otashin yuzga yetib, qayda ko`ngul o`rtangay,
Bo`lmasa zulf kamandi anga bu ishda sabab.

Talxliq birla berurmu kishi shirin jonin,
Noz ila talx hadis aylamasa shirin lab.

Bir quyosh mash`alidin jonima ur ishq o`ti,
Yo`q esa sham`i hayotimni o`chirgil, yo rab.

Soqiyo, ishq o`ti gar yo`q, may o`tin ravshan qil
Ki, kul o`lsun nafasi xoru xas, ranju taab.

Ko`rgach-o`q axtari husn, o`lsa Navoiy, tong yo`q
Kim, o`tub umr, tulu` etti bu farrux kavkab.
 
47
 
Jamolin ayla ulus ko`zidin nihon, yo rab,
Nihon o`tumni aning ko`nglig`a ayon, yo rab.

Ayog`i chunki yetar ostoni tufrog`ig`a,
Boshimni aylagil ul xoki oston, yo rab.

Agarchi emin emon bir zamon jafosidin,
Chekardin ani manga bermagil amon, yo rab.

Demonki, lutfini, javrini dog`i mendin o`gun
Birov xayolig`a o`tkarma, nogahon, yo rab.

Zamon-zamon chekibon ishq o`ti shu`lasini,
Yorut ko`ngulni ul o`t birla har zamon, yo rab.

Agarchi aylamasang yaxshi, yaxshi ko`rguzgil
Meni anga nechakim bor esam yomon, yo rab.

Navoiy ohini yetkur anga, vale qo`yma
Aning jamolida bu duddin nishon, yo rab.
 
48
 
Ey, jamoling gulshani xo`bu visoling bog`i xo`b,
Elga lutfung xo`b esa, jonimg`a zulmung dog`i xo`b.

Maydin ul ruxsora gul-gul, bas muloyimdurki, bor
Sof su uzraki bir-bir tushsa gul yafrog`i, xo`b.

La`li ko`nglum holini so`rg`och, tirildim hajr aro,
Ne balo bor ermish aning la`lining so`rmog`i xo`b.

Dema bu olamda ul oy xo`b yo jannatda hur,
Ko`rmamishmen andag`in, bori erur mundog`i xo`b.

Mehrig`a ko`kta shafaq xo`b ermas andoqkim manga.
Moviy terlik uzra ul oyning qizil shirdog`i xo`b.

Tut yigitlikni g`animatkim, qarig`ach angladim
Kim, yigitlar ishqi bor ermish, yigitlik chog`i xo`b.

Zohido, sen bo`l riyo avji uza masnadnishin
Kim, Navoiyg`a erur faqru fano tufrog`i xo`b.
 
49
 
Ey, firoqingdin manga g`am ro`ziyu mehnat nasib,
Ohkim, hajringda o`z shahrimda bo`lmishmen g`arib.

To g`arib erdim, nasibim g`am yemak erdiyu bas,
Shahrim ichra dog`i g`am bo`lsa nasibim yo nasib.

G`urbat ichra istar erdim kezibon yoru diyor,
Chunki toptim, istamak g`urbat erur behad g`arib.

O`z diyorimda buzug` ko`nglum ne yanglig` to`qtasun
Kim, erur begona ham ahbob mendin, ham habib.

Kim raqibim bo`lsa, baskim, yor aylar iltifot,
Olam ahlin sog`inurmenkim, menga bo`lmish raqib.

Dahr aro, eykim, deding: aylab vafo, ko`rdum jafo,
Kim vafo ahlidurur, bu so`z anga bordur ajib.

Ey Navoiy, yor vaslin topmasang, yo`qtur ajab,
No`sh yo`q, lekin ko`rar yuz nish guldin andalib.
 
50
 
Yuzungda qironing erur bas ajoyib
Ki, oy davrida halqa urmish kavokib.

Ajab safhadur orazingkim, esirkab,
Ani xat bila qilmadi tiyra kotib.

Yuzung ollida har nafas tutma ko`zgu,
Quyoshni qamar yopmoq ermas munosib.

Erur suvrating zebi andoqki, bo`lg`ay
Raqam aylagan suvrat o`pmakka rog`ib.

Kishi suhbatidin qoch, ey lo``bati Chin
Ki, lo``batlaring-o`q sanga bas musohib.

Yigitlar ishi pardadarlig`dir, emdi
Bo`ladur ko`ngul pardadarlig`larg`a rog`ib.

Navoiy, yigitlikni qo`y, chun qariding,
Qilib tavba, bo`l zuhdu taqvog`a tolib.
 
51
 
Ishqing ixfosig`a ne yanglig` bo`layin murtakib
Kim, bo`lurmen, har kishi otingni tutg`och muztarib.

Eyki, dersen: bormasun ul yuz sari ko`nglung qushi,
Kim ko`rubtur sham`din parvona bo`lmog` mujtanib.

Ko`rmagan mushkin sahob ichra payopay soiqa,
Dudi ohimdin damo-dam  shu`lalar ko`r multahib.

Gah ko`zidin o`lturur, gohi labidin jon berur,
Sho`xlig`dindur anga har dam burayi munqalib.

Rindlar, iflosdin g`am yo`q, to`kilgan bodadin
Aysh etarsiz, chunki  mug` dayrig`a kirdi  muhtasib.

Itlaringga nisbatimni rost qilsam, qahf iti
Odamilarg`a o`zin qilg`an kebidur muntasib.

Markabing javlonida boshin Navoiy qildi go`y,
Ishq aro bo`ldi ajab sargashtalikka murtakib.
 
52
 
Kuydi ko`nglum, shu`la o`tlug` dostonidin tushub,
Rost ul qushdekki kuygay, o`t fig`onidin tushub.

Boruram uryon tushub tan zaxmidin, nolon ko`ngul
Ul qalandardekki, qolg`ay zang yonidin tushub.

Ko`yidin tushgan yiroq ko`nglum erur ovorae,
Kim erur devona, ayru xonumonidin tushub.

Tig`i bedoding bila borg`on shahidi ishqning,
Rustaxezi dahr aro har qatra qopidin tushub.

G`unchasi rangin bo`lub la`li mayidin, uylakim,
O`t tutashqay oshiqi ko`ngliga jonidin tushub.

Ruhi isyon tufrog`idin avj topmas, uylakim,
Bir malak jurm aylabon oliy makonidin tushub.

Xoli hajridin Navoiy ko`ngli og`rir, negakim,
Og`rig`ay elning qora dog`i nihonidin tushub.
 
53
 
Ishq nobud etti bizni volayu shaydo qilib,
Qatl uchun har lahza muhlik boise paydo qilib.

Ekkali g`am tuxmi xayli dard ashkim saylidin
Aylabon vayron chu ko`nglum kishvarin, yag`mo qilib.

Hushu aqlu nomu nangim shishasin sindurg`ali
Nozanin siyminbarim ko`nglin qazo xoro qilib.

Ishq kimni ko`rmasun deb odamilig`din nishon,
Dilbarin aning pariy paykar, malaksiymo qilib.

Ibtido aylab alifdin, muhr aylab dog`din,
Ishq manshurin chu davron otima insho qilib.

Topibon Farhod ila Majnun tariqi ofiyat,
Ishq bedodi aro yerda meni rasvo qilib.

Soqiyo, tut jomi ruhafzoki, muhlik hajrdin
Kim, bo`lub mahzun ilojin sog`ari sahbo qilib.

Ey, xush ul rindi xarobotiki, mast o`lg`on zamon
Dahrg`a hukmin surub, gardung`a istig`no qilib.

Ishqi kofir, chun Navoiy telbani din mulkidin
Xorij aylab, moyili dayru mug`u tarso qilib.
 
54
 
Vah, ne balo ekinkim, ul chiqti samandin o`ynatib,
Qoshlari yosini chekib, g`amzasi o`qlarin otib.

Fitna qilurg`a otlanib, goh chopib, gahi yonib,
Har tarafekim aylanib, o`zgacha la`b ko`rsatib.

Tizginib, uylakim quyun, aylanib uylakim tutun,
Raxshi solib chu dubdurun, xayli baloni qo`zg`atib.

Elga ochib uzorini, gul kebi yuz bahorini,
Dardu firoq xorini ko`kragim ichra o`rnatib.

Ishqi chu elga o`t yoqib, ikki ko`zum suyi oqib,
Har sarikim kula boqib, dard ila bizni yig`latib.

Mug`bacha ishqida meni tezrak itti piri dayr,
Nechaki mast tashladi, ko`yi boshig`a sudratib.

Itti Navoiy oh ila, nolai umri koh ila,
Chunki shahu sipoh ila sirrini elga anglatib.
 
55
 
Ul meni surmakka har dam xanjari hijron chekib,
Men ayog`idin boshim olmay, yo`linda jon chekib.

Ul ichib el birla ruhafzo qadahlar oshkor,
Men balo jomida zahri g`ussani pinhon chekib.

Vasl ne mumkinki, to oshiqmen, ul qatlim uchun
O`q chekib qosh yoyig`a, men zaxmdin paykon chekib.

Men chekib ko`z qonidin yuz uzra xatlar birga yuz,
Nildin xatkim banogo`shi aro jonon chekib.

Zikrida ohim damo-dam uyladurkim, ahli zuhd
Har zamon bir mad o`qurda oyati Qur`on chekib.

Davr bazmida ne maykim xalq no`sh aylar, meni
Qon yutarg`a ul aroda soqiyi davron chekib.

Ul pariy borg`ach, Navoiy dasht sari qo`ydi yuz,
Telbalar yanglig` yaqosin chok etib, afg`on chekib.
 
56
 
Ishq o`ti ichra har dam kul bo`lurmen o`rtanib,
Gah-gahi ham telba itlardek chiqarmen churkanib.

Toblig` gisusig`a chirmar meni sargashtani,
Ko`rmaduk ikki quyun bir tor birla chirmanib.

Mast bo`lsam, ostoning bas manga bosh qo`yg`ali,
Ne hadimkim, takya qilg`aymen, tizingni yostanib.

Ishqdin ko`p ma`rifat xarj ayladi Majnun manga,
Bo`lmasa majnun, qilurmu xarj, mendin o`rganib.

Men kimu gustox o`pmak ilging, ey sultoni husn,
Itlaringning chun kafi poyin o`parmen iymanib.

Yordin bo`lmas judo, jong`a balo bo`lg`an ko`ngul,
Qush bolosidekki, ayrilmas kichikdin o`rganib.

Hajr aro sargashtamen andoqki, to tutqum qaror:
Ish yiqilmoqdur, bori olam boshimg`a  aylanib.

Bevafodur chun jahon gulzori, ey ko`nglum qushi,
Bo`lma bir gul volehi, bulbulg`a nogoh o`tkanib.

Yorig`a borsa, yuz ish bo`lsa, Navoiy tark etib,
Lek qaytur vaqti har soat bir ishga kuymanib.
 
57
 
Ul pariy ko`nglum qushin sayd etti, zulfin dom etib,
Yuzi birla xoli su donasidin rom etib.

Soldi o`t ko`nglumg`avu orom tutti g`ayr ila,
Shu`la yanglig` so`zlug` ko`nglumni beorom etib.

Kofirekim dinim oldi, dog`i kirdi qasr aro,
Qal`ai Xaybarg`a kirdi, g`orati islom etib.

Bazm aro men o`lsam, ul jon topsa, tong yo`qkim, manga
Tutti zahri hajr, o`zi no`shi tarab oshom etib.

Ey kabutar, chun damim o`rtar malak bolu parim,
Sendin o`lmas ishqim o`tin yorg`a payg`om etib.

Ul quyosh hajrinda, ey soqiy, shafaqgun may manga
Tut labolab, lek davri charx zarfin jom etib.

Yaxshi ot badnomlng` birla chiqarg`il o`lgucha,
Ey Navoiy, o`zni yaxshi ot bila badnom etib.
 
58
 
Ichsangiz may suyidin, ishrat uyin obod etib,
Jur`ae ham quyg`asiz tufroqqa, bizni yod etib.

Soz eting avval g`amimdin nag`makim, bir usl erur
Uy imorat aylamak, xoro bila bunyod etib.

To havoiymen ul oy hajrida andoqkim, bulut
Toqqa har dam yuzlanurmen, yosh to`kub, faryod etib.

Va`dai vasl etsa ul Shirin sanam, g`am tog`ini
Qozg`amen, tirnog`larimni teshai Farhod etib.

Ul quyundurmen fano dashtidakim, bo`ldum adam,
Har ne borimni boshimdin chuyurib, ozod etib.

Har zamon ko`nglum qotig` ermas dema, ey siymbar,
Yoshurun qolmas billur ichra nihon po`lod etib.

Voqif o`lkim, dahr dehqoni sening qasdingdadur,
Ismim aning gul qilib, otin munung shamshod etib.

Mayg`a targ`ib etmaking kofidurur, ey piri dayr,
Mundin o`zga ishni naylarsen manga irshod etib.

Istama la`lin, Navoiykim, marazda emganur,
Tab`ini sihhatliq el sharbat bila mu`tod etib.

59

Vafoni qildi ko`p ozurda ul oy, chun jafo aylab,
Adam dashtida ko`nglumni vatan qilmish, jalo aylab

Vafo andoqki qochti ul jafogardin, agar men ham
Qocha olsam, yana ishqin havas qilmay, xato aylab.

Demon davron aro yo`qtur vafo aylab vafo ko`rgan
Ki, yo`qtur ming jafo tortib, qutulg`an, bir vafo aylab

Yiqilg`an ishq aro, sihhat tama` qilma Masihodin
Ki, bu bemorlig`din kimsa qo`pqon yo`q, davo aylab.

Safoli faqr ol, jonu jahon naqdin berib, garchi
Kishi Jamshid jomin sotqin olmaydur, baho aylab.

Qutulsang bevafovashlar g`amidin, ey ko`ngul, shukr et,
Yana chekma balo, o`zni birovga oshno aylab.

Bizing afsonamizdin nukta so`rmang, ey xirad ahli,
Nedinkim, bu junun fasli tuganmas, mojaro aylab.

Manga yo`q, o`zgaga bori vafo qilg`anni gar topsam,
Boshig`a evrulay, ollida jonimni fido aylab.

Ko`ngulkim, ro`zgorimni qorartib bo`ldi ovora,
Topilsa, kezduray davron aro, yuzun qora aylab.

Gadolarg`a gahe lutf et, shaho, bu shukr uchunkim, haq
Seni lutf aylabon shoh ayladi, bizni gado aylab.

Navoiy, kimsa yo`qkim, charx zulmidin zabun ermas,
Navo jovid kimga berdi, bizni benavo aylab.

60

Un chekarmen ishq aro, bir nargisi jodu ko`rub,
Bag`lag`an itdekki, faryod aylagay, ohu ko`rub,

Vah, netib mashshotani ollinda ko`rgaymenki, yor
Aksidin g`ayrat qilurmen, ollida ko`zgu ko`rub.

Orazu xoling xayol etkach, yetishti novaking,
Qildi ul qush mayl, go`yo dona birla su ko`rub.

Chekti bosh xatting labu xoling qoshida, vah, ne tong,
Gar muloyim bo`lsa to`ti shakkaru hindu ko`rub.

Lablari xandon bo`lur, ko`rgach ko`zumda yig`lamoq,
Ko`zlarim yig`lar, labi jonbaxshida kulgu ko`rub.

Nosiho, ne nav` mayi jomini og`zimdin olay
Kim, icharmen, mayda soqiy orazin o`tru ko`rub.

Gar Navoiy mufrit afg`on etsa, jono, qilma ayb,
Sen halok etgan ko`ngul so`ngida yig`lar o`kurub.

61

O`rtanurmen, ko`ngliga andin asar bo`lg`aymu deb,
Bo`lsa ta`sir, anga holimdin xabar bo`lg`aymu deb.

Telmururmen mungrayib ul bevafog`a muttasil,
Bir ham andin dardi holimg`a nazar bo`lg`aymu deb.

O`rtanur, ey voiz, ohimning sharoridin sipehr,
Ne so`ray, do`zaxqa mundoq bir sharar bo`lg`aymu deb.

Sursa maydon ichra har chobuk, yugurmoqdur ishim
Keyinicha, ul chobuki zarrin kamar bo`lg`aymu deb.

Telbalik ko`rkim, qucharmen bog` aro har sarvni,
Birisi ul sarv qaddi siymbar bo`lg`aymu deb.

Dahr bo`stoni aro so`r bog`bondin, ey rafiq,
Juz baliyat mehr naxlig`a samar bo`lg`aymu deb.

Ey Navoiy, nechakim qildim gadolig`, so`rmadi,
Yo rab, ul majnuni zor darbadar bo`lg`aymu deb.

62

Ul pariy ishqida yo`qkim meni devona kuyub,
Yasag`anlar ham o`zin, oqilu farzona kuyub.

Ishq o`tidin kishi bir qatla kuyub bo`lsa xalos,
Chun yana qaytibon ul shu`la sari, yona kuyub.

Ishq ko`ksumga chu o`t soldi, ko`ngul ham kuydi,
Chug`z ham o`rtanib, ul o`tqaki vayrona kuyub.

Yuzidin o`rtanibon talpinur ollida ko`ngul,
Sham` ayog`ida urung`an kebi, parvona kuyub.

Eyki so`rdungki, qachon kuydi buzug` ko`nglung uyi,
Orazing barqi chaqilg`onda, bu koshona kuyub.

O`rtanib aqlu ko`ngul, ishq chu aylab tug`yon,
Andakim barq tushub, oqilu farzona kuyub.

Chun Navoiy chekib ul oy g`amidin shu`lai oh,
Oshno kul bo`lub ul o`tdinu begona kuyub.

63

Xorlar bir gul g`amidinkim ko`ngulga butrashib,
Har biri mujgonining bir zaxmi ichra o`rnashib.

Yo rab,   andin   sa`broq   holat   bo`la   olg`aymukim,
Ikki hamdam  bir-biridin  ayrilurda  yig`lashib?

Bu uqubatqa talofiy hajr daf` o`lg`och budur
Kim, quchushqoylar alar bir-birga nogah uchrashib.

Istagaymu huri jannat yonida kavsar suyin,
Kimki yori birla bir kun boda ichti yondashib?

Sarv qaddim ishqidin ko`p to`lg`anib, men ko`rgali
Bog` arokim chiqti sarvu ishqi pechon chirmashib.

O`lsa o`ldummu degay, ulkim sevar yori bila
Qolsalar xilvat aro, ag`yor har yon tarqashib.

Soqiyo, may birla sol jonimg`a andoq shu`lakim,
Ranju mehnat dudi chiqqaylar boshimdin to`lgashib.

G`am xazonida to`karmen ashklar, tortib g`irev,
Navbahor andoqki yog`qaylar bulutlar kukrashib.

Ey Navoiy, bevafo davr ahlig`a indurma bosh
Kim, alar qoshida bosh indurgan el bo`ynin qashib.

64

Kuysalar Farhodu Majnun ishqdin afsona deb,
Zohir etmaslar manga ul nuktani, devona deb.

Ishq ichinda munglarim deb, eyki, yig`latting meni,
Jon fidong aylay, yana bir lahza yig`lat, yona deb.

Bir yo`li ishq ahli orimenki, qo`ymaslar meni
Jam aro bir yo`li, aqlu hushdin begona deb.

So`ngg`i uyqum shiddatin naql etma, rovi, zinhor,
Kelturur bo`lsang anga uyqu kecha afsona deb.

Men hamulmenkim, qovar majnun deb emdi tifllar
Kim, tilar erdi ulug`lar oqilu farzona deb.

Tushti zulfi domig`a ko`nglum qushi mayl aylagach,
Ul taraf ruxsori ko`zgusin su, xolin dona deb.

Tongla barcha yaxshilar bo`lg`usi kavsar davrida,
Men yomonni mahram etmang sokini mayxona deb.

Naylab ul tovus paykarni tilay kulbamg`akim,
Chug`z qo`nmas, dam-badam yemrulgudek vayrona deb.

Shohlig`din or etar, chunkim Navoiy kirsa mast
Dayr ko`yiga, surudu nag`mai mastona deb.

65

May quyoshimu ichimda uyoqib,
Yo falak mehr o`ti ko`nglumda yoqib.

Hajr aro vasli dog`i har ishin
Aytib ahbobu mening ashkim oqib.

Telbalik xushtur, agar sudrasalar
Zulfi zanjirini bo`ynumg`a toqib.

Tushubon yuz tuban el ko`z yoshidek
Ko`z uchi birla chu har sari boqib.

Hajr toshiyu salosil temuri
Telbalik o`tini ko`nglumga choqib.

May bati dayrda uchmoq tilabon,
Mastlar anda ovuch, baski, qoqib.

Debki, marham yoqayin zaxmingg`a,
Ul nekim desa, Navoiyg`a yoqib.

66

Qotil ko`zungki o`lturur elni boqib turub,
Boqmas manga, ko`zum nechakim tursa telmurub.

Har qatla it kebi tusharam o`zga raxnadin,
Har lahza chun meni chiqarur ko`yidin surub.

Sing`on qadah kebiki, oqar har taraf mayi,
Qonlar oqib, chu g`am toshi boshimni sindurub.

Har bir bo`lub bir axtari nahse chu shomi hajr,
Chun dudi ohim uchqunini ko`kka yetkurub.

Ishqing bosh ursa zor tanimdin, emas ajab,
Xoshok ichinda shu`lani bo`lg`aymu yoshurub.

Andoq latifdur tanikim, ichsa jomi may,
Borur tanida qursog`ig`a tegru bilgurub.

Bulbul parin ne gulki sovurdi bu bog` aro,
Day sarsari aning dog`i bargini sovurub.

Davron eliga kimki vafo no`shi arz etib,
Ul ham muqobilida jafo nishi yetkurub.

Bukim qovar jafo bila, ey kosh, ko`yida
Itlarga to``ma qilsa, Navoiyni o`lturub.

PE HARFINING PARIVASHLARINING PARVOZI
«BADOE`»DIN

67

Nechakim ko`nglumda bor ul dilraboning yodi ko`p,
Bor aning yod etmaki ozroq, vale bedodi ko`p.

Layliyu Shirinvashimning ishq dashtu tog`ida
Mencha bir yo`q, garchi bor Majnun ila Farhodi ko`p.

Xo`blar vodiysida topilmas el ko`ngli qushi,
Ne uchunkim, bordurur bu beshaning sayyodi ko`p.

Topmag`ay naxli qadingdek bir niholi xush xirom,
Garchi bo`lg`ay bog`bonning sarv ila shamshodi ko`p.

Telba ko`nglumdin emon roziki, har tun ko`yida
Itlarining og`ritur boshin aning faryodi ko`p.

Kirpigingga qatl ta`limin ajal bermish, valek
O`zidin ustodroq etmish aning ustodi ko`p.

Shayx ila ahli riyovu dayr piri birla rind
Kim, fano ichra keraktur pirning irshodi ko`p.

Umr qasrin necha kun tutqil g`animatkim, darig`
Xush binodur — poydor ermas vale bunyodi ko`p.

Davr ayog`idur iloji, kimki davron ahlining
Javridin ozurda bo`lmish xotiri noshodi ko`p.

Tarqang, ey ushshoqkim, sayd etti bizni mug`bacha,
Dayr aro siz ham kezing, kufr ahlining avlodi ko`p.

Tifllar o`ynar Navoiy birla majnun deb, magar
Tifl ekanda ul dog`i bu qavm ila o`ynodi ko`p.

68

Javr o`qin xoki tanimg`a urma ko`p,
Ko`kka bu tufrog`ni sovurma ko`p.

Ishqdin bastur manga o`rtanmakim,
Hajr barqi birla ham kuydurma ko`p.

Yuziga, ey ko`z, chu yo`q tobi nazar,
Bas, aning sari boqib, telmurma ko`p.

No`shi la`lingdin agar jon istadim,
Bu gunoh uchun meni o`lturma ko`p.

Doimo rasmi muhabbat bor emish,
Bizni ushbu jurm chun yozg`urma ko`p.

Vaslg`a chun yo`q nihoyat juz firoq,
Bas, vafo ahlin qoshingdin surma ko`p.

Hech ish o`lmas ayru xoliq amridin,
Iltijo maxluqqa kelturma ko`p.

Ey gado, chun shayalilloh deding, o`t,
Aylabon ibrom boqib turma ko`p.

Tut gadolig`ni, Navoiy, mug`tanam,
Shohlar ollinda bosh indurma ko`p.

TE HARFINING TOROJGARLARINING
TAMOSHOSI «BADOE`»DIN

69

Taxtu johing kishvari mulki Skandar bo`ldi, tut,
Xizr umri ham bu mulk uzra muyassar bo`ldi, tut.

Buyla mulku umrdin so`ng jinu insu vahshu tayr
Hukmu amringg`a Sulaymondek musaxxar bo`ldi, tut.

Muncha hashmat topmog`ingdin so`ngra birovni qulung
Joh ila muknatda Qoruncha tavongar bo`ldi, tut.

Poya yetti zinalig` taxtingg`a, yetti charx o`lub,
Taxtpo`shung zinati tarsi` axtar bo`ldi tut.

Buyla taxt uzra bo`lub boshing uza xurshidi toj,
Mundoq oltun toj uza Birjis gavhar bo`ldi, tut.

Bazmi ishqing bodasin kavsar deyin yo salsabil,
Jomi Jam ul jonfizo sahbog`a sog`ar bo`ldi, tut.

Har nekim zikr o`ldi, oxir chun solib ketkungdurur,
Tengdurur, gar bo`lmadi tut, barchani gar bo`ldi tut.

Umrg`a chun yo`q vafo, tengri necha bu dahrcha
Yona xalq aylab, sanga hukme muqarrar bo`ldi, tut.

Chun borursen, avlo ulkim, yo`l yarog`in aylasang,
Qolibon aksar gunohing, dog`i aksar bo`ldi, tut.

Sust himmatlig` bila uchmog` ne mumkin, ey hakim,
Hikmat avroqi iki egning uza par bo`ldi, tut.

Deb eding, soqiyki, vaqt o`lg`och, tutay bir jomi may,
Davrdin mir`oti avqotim mukaddar bo`ldi, tut.

O`lsa deb erding Navoiy, tirguzay vaslim bila
Biltur o`lganlar bila ani barobar bo`ldi, tut.

70

Tutti ko`k feruzagun jomini shingarfi bulut,
Soqiyo, nilufari jom ichra gulgun boda tut.

Charx davri chun malolat boisidur, necha kun
Charxdek jomu shafaqgun may bila o`zni ovut.

Topsa kunduz kavn shug`lidin zamiring tiyralik,
Kecha bori may quyoshidin zamiringni yorut.

Chun unutqungdur sen elni, el seni, bori chekib
Aysh jomin, bu unutmog`larni bir soat unut.

Nosiho, chun umr o`tar, qo`ykim, bo`lay ishrat bila,
Aysh tarkin kim buyurdung, o`ktadur bu nav` o`gut.

Gar zuloli vasl, ey solik, qilursen orzu,
Xotiringni orzular o`tidin avval sovut.

Ey Navoiy, chiqti chun rangin bulut, rangin may ich
Kim, sen o`lmay qilg`usi ko`p jilva bu rangin bulut.

71

Jon farah topti, labing javhari bo`lg`ach anga qut,
Olloh-Olloh, ne mufarrih bo`lur ermish yoqut.

Nola man`in qilasen, xotami la`l og`zima qo`y,
Bu nigin naqshi bila qo`yg`il anga muhri sukut.

Mayi la`ling ne ajab bodaki, kayfiyatidin
Ruh loya`qilu andin xirad o`lmish mabhut.

Xanjaring tig`ida yuz ko`rdungu ashkim yog`di,
Yomg`ur ermas ajab, o`lg`onda quyosh manzili Hut.

Husn mulki uza, oyo, ne pariy erkinsen
Ki, bo`lur sadqa sanga charx uza xayli malakut.

O`zluki boqiyu zohid uradur lofi vusul,
Foniy o`lmay kishi topqaymu bu da`vog`a subut.

Jon halok o`ldi Navoiyg`avu tan zoru nahif,
Ul o`lukka yasamish ushbu so`ngakdin tobut.

72

Vahki, la`ling qildi bag`rim tah-batah qon oqibat,
Qatra-qatra ko`zdin ul qon bo`ldi g`alton oqibat.

Bordingu og`zimg`a qo`ydung muhr, afg`on chekma deb,
Bu ishingning muhri bo`ldi dog`i hijron oqibat.

Furqating tig`i buzug` ko`nglumni yiqti, ohkim,
Sayli ofat birla yemruldi bu vayron oqibat.

Ko`ngluma qoshing xayoli bo`ldi tanvin nunidek,
Uyla nung`a nukta bo`ldi dog`i pinhon oqibat.

O`lmish erdim g`am tuni, la`ling xayoli berdi jon,
Zulmat ichra bo`ldi paydo obi hayvon oqibat.

Soqiyo, jom ayla doirkim, g`animatdur hayot,
Tutqusidur chun ajal kosini davron oqibat.

Ey Navoiy, yor vasli garchi bas dushvor edi,
Foniy o`lg`ach, buyla dushvor o`ldi oson oqibat.

73

Ko`zdin uchti ul pariy, vahkim, anga yetmakka bot,
Kosh aningdek chiqsa dermen ikki egnimdan qanot.

Novaking ko`nglumda gar itti hamul andoz ila,
Ani topmoq istasang, jono, yana bir novak ot.

Kosh sensiz o`lsam erdi, ey parivash, qilma ta`n
Kim, meni majnung`a ortuqtur o`lumdin bu uyot.

Soqiyo, bexudmen andoqkim, qilurmen kasbi hush,
Imtihong`a doruyi behush agar jomimg`a qot.

Xonaqah shayxi ushatti sog`arin, ey piri dayr,
Sen karomat ko`rguzub, rag`mig`a tavbamni ushot.

Ey tani xoki, ul oy ollida hukmi birdurur,
Garddek chiq ko`kka yo tufrog`dek yo`linda yot.

Bir diramkim qalb bo`lg`ay, arzimassen, ey ko`ngul,
Har necha mehru vafo bozorida o`zungni sot.

Telbalar yuz pora ko`nglidek yasabsen bolu par,
Garchi g`aybatda pariyg`a hojat ermastur qanot.

Chun Navoiy jonig`a ofat erur lo`livashe,
Sog`inur g`uli biyobon, ko`rsa qo`ng`rotu qiyot.


74

Boshim chu gardu ko`zum ko`r sensiz o`lmadi bot,
Qoshingda bosh ko`tarib, ko`z ocharg`a qo`ymas uyot.

Erur maloyikai rahmat o`qlaring jong`a,
Malak tanida, ajab yo`q, agar uch o`lsa qanot.

Xizr suyiki erur zulmat ichra, tengmu bo`lur
Labing bilaki quyoshdin chiqardi obi hayot.

Habib ishqi aro buki o`lmading, ey Xizr,
Ichib hayot suyi, zoye` aylading avqot.

Quyoshqa kimki yuzung borida qilur sajda,
Parastish aylamak angla iloh ollida Lot.

Kirib quyosh kebi qo`yma vujud g`ayrg`a hech
Ki, ko`nglum ichra xavotirdur uylakim zarrot.

Navoiy o`ldi o`qung hasratidin, ey chobuk,
Inoyat ayla bir o`q, sekretib aning sari ot.

75

G`aming qattig`lig`in qilsam hikoyat,
Eshitsa tosh, anga aylar siroyat.

Ko`ngul g`am shomidin chiqmoqqa bo`ldi,
Boshog`lig` novaking sham`i hidoyat.

Ne nav` ollingda shavqumni qilay sharh
Ki, husnungdek anga yo`qtur nahoyat.

Xayoling ko`nglum ichra muztaribdur
Kim, ul vayrona issig`dur bag`oyat.

Ko`zung qonimni ichmakka ne haddim
Erur, ani iting ichsa, kifoyat.

Dema bir yo`ldurur ishq ichra, ey shayx
Ki, munda muxtalif keldi rivoyat.

Navoiy qonin ul ko`z birla to`ktung,
Tirik bo`lkim, budur ayni inoyat.

76

Tanimni qilsa g`amzang yuz jarohat,
Yotar har zaxmdin jonimg`a rohat.

Halovat topmayin jonim labingdin,
Solur zaxmim aro tuz ul malohat.

Jamoling subhi ochib erdi yuz gul,
Quyosh sarg`ardi, ko`rgach ul sabohat.

Supurdum ko`z bila ko`yung fizosin
Ki, jonlar jilvagohidur bu sohat.

Bo`lur zohir labingdin qatl etar chog`,
O`lukni tirguzurdek yuz fasohat.

Chu sendin ayru ermas yor, nedur
Uyin istab jahon qilmoq masohat.

Qabih etti Navoiy haq jahonni,
Elidin tutmag`il ko`z juz qabohat.

77

Boshig`a may chiqibon, bo`ldi ul sitamgar mast,
Yo`q ahli husn aro bir uyla qotili sarmast.

Nachukki sarv niholi nasimdin egilur,
Xirom vaqtida ul nahli mohi paykar mast.

Kabutar o`ynamog`idin ko`ngul qushi behud,
Xuruj etar bo`lubon uylakim kabutar mast.

Ne masti arbada gar senki, chiqsa bazmingdin,
Buzar zamonani badmastlig` bila har mast.

Labing haloki agar bodano`sh, agar toib,
Ko`zung xarobi agar hushyor erur, gar mast.

Labing xayolidan ar mastmen, ne tongki, erur
Bu may xayoli bila olam ahli aksar mast.

Navoiy usruk agar qilsa arbada, tong yo`q
Ki, shayn o`lur ishi, majnunni gar qilurlar mast.

78

Yo rab, ul oy husnining idrokin elga mubham et,
Ko`z bila ko`nglumni ul sirri-xafig`a mahram et.

Ko`yiyu qaddu labi yodin manga q0ilg`il fuzun,
Jannatu to`bi bila kavsar tamannosin kam et.

Diyda ko`rmak istasa aning yuzidin o`zga yuz,
Qiyrlar birla bu ikki suqba javfin mahkam et.

Gar ko`ngul vaslidin o`zga vasl surin istasa,
Qism anga hijron siyah cholida doim motam et.

Xotiri savdoi ar ul zulfdin o`zga havas
Qilsa, ani zulfdek oshuftaholu darham et.

Ruh ul qad jilvasidin o`zga qilsa orzu,
Hajr o`ti ichra anga do`zax azobin har dam et.

Ko`nglum o`ldi hajr o`tidin resh, ey soqiy, manga
Bodai kofurgun durdidin olib marham et.

Yo`q chu olam bog`ida bo`yi vafo, ey piri ishq,
Jilvagah bir jom ila ko`nglumga o`zga olam et.

Ishq jurmig`a Navoiyni qovarsen, ey pariy,
Qovma, javru zulm qil, devonavu rasvo ham et.

79

Harfi ishq o`ldi azaldin safhai jonimda sabt,
Har ne andin o`zga barcha lavhi nisyonimda sabt.

Dedim: ey ko`nglumga o`q urg`on, nedur otting, degil,
Dedi: boqkim, aylamishlar ani paykonimda sabt.

Qaysi shahlar boshi qasring davrida bormish desam,
Derki: boqqilkim, erur ul toqi ayvonimda sabt.

Bo`lsa tobe` Vomiqu Majnun, ne tongkim, aylamish
Ishq tug`rosin qazo kilki mening shonimda sabt.

Ishq avroqida, eykim, o`qiding yuz ming balo,
Yuz tuman oncha erur avroq hijronimda sabt.

Dardi ganji sharhini, eykim, tilarsen, qilmisham,
G`ussa nishi no`gi birla kunji vayronimda sabt.

Ne o`qirsen qissada Ya`qub huzninkim, erur
Oncha yuz bir oy g`amidin baytul-ehzonimda sabt.

Juzv-juzvimni ayiribkim parishon aylading,
Bordur aning sharhi ajzoyi parishonimda sabt.

Ishq tig`i yarasidin o`lganim tarixini,
Ey Navoiy, nazm aylab, ayla devonimda sabt.

80

Vahki chiqdi otlanib bir mast loyaqil yigit,
Sarvdek yeldin ot uzra har taraf moyil yigit.

La`li no`shi birla yuz yillig` o`lukka ruh baxsh,
G`amzae nishidin Masihu Xizirg`a qotil yigit.

Tig`i xunrezi ajaldek qatli om aylab valek,
So`rsa har jonib nechukkim umr musta`jil yigit.

Anglamonkim hurmu erkin, malakmu yo pariy
Kim, bashar jinsida andoq ko`rmaduk hosil yigit.

Ko`ngli qotig`liqdin elni o`lturur, rahm aylamas,
Olloh-Olloh kim ko`rubtur buyla sangin dil yigit.

Zahri chashmu tig`i qotil g`amzayi hunrez ila,
Kilg`uchi elga tiriklik rasmini mushkil yigit.

G`orati din qildiyu kofirlig` irshod aylabon,
Ahli kufr alfozi birla har zamon qoyil yigit.

Qaribon qilma yigitlar suhbatin har dam havas
Kim, qarini istamas bazm ahlig`a doxil yigit.

Ey Navoiy, nega bo`ldung telba deb ko`p so`rmakim,
Aqlu hushum qolmadi chiqqach bu loyaqil yigit.

81

Vah qayon bordi buzuq ko`nglumni zor etgan yigit,
Javr tig`i birla  ko`ksumni figor etgan yigit.

Orazin ochqanda ko`nglumni ochib gul-gul valek,
Kirpikidin onda yuzming xor-xor etgan yigit.

Necha ko`nglum toatu taqvokim aylab ixtiyor,
Jilva qilg`ach mast ani beixtiyor etgan yigit.

Bizni ishq oyinida rasvoyi olam aylabon,
Ofiyat ahli qoshida sharmisor etgan yigit.

Ishq tarkidaki yuz tadbir etib ko`nglum nihon,
Daf`ig`a yuz labu afsun oshkor etgan yigit.

Meni salohu ofiyat ishqingda tark etgan qari,
Sen jafoyu zulm qatlimg`a shior etgan yigit.

Tavba aylab erdim, ey zohid, netay tutti manga,
Lolagun may ber, uzorin lolazor etgan yigit.

Bilki ne ajzu niyoz oyinu rasm etgan qari,
Qolg`usi ne nozu istig`noyu sor etgan yigit.

Nosiho tarki junun qilmas Navoiy kelmayin,
Ishq dashtida ani devonavor etgan yigit.

82

Olami ishq ichra darding o`tdurur, hajring ham o`t,
Dardi hajring so`zidin ko`nglumda olam-olam o`t.

Dog`i ishqing uyladurkim hirqatin o`ksutkali,
Yoqsa bo`lg`ay ustiga aning nachukkim marham o`t.

Ne haroratdur, mayi ishqingda tokim ichmisham,
Ko`kka dudimni chekar, ko`nglumga solib har dam o`t.

Shu`lae tushmish firoqingdin hazin ko`nglumdakim,
Ashkdin to`ktim yeti daryo suyin, bo`lmas kam o`t.

Vah, ne muhlik hol erur jonimg`a la`ling hajrida
Kim, solur daf`ig`a anfosi Masihi Marьyam o`t.

Bu kecha voqif bo`lung evlardin, ey hamsoyalar
Kim, manga tushmish firoq otashgahidin mahkam o`t.

Hajr ko`nglum kishvarin bir o`t bila kuydurdikim,
Kildi ishq ahlig`a dudidin savodi a`zam o`t.

Dahr bo`stoni aro sunbul bila gul demakim,
Charx zulmi solmish anda dud birla darham o`t.

Ey quyosh, naylab Navoiy kuymasinkim, bor anga
Ishqing o`t, husnung ham o`t, lutfung ham o`t,
                                                                         qahring ham o`t.

83

Yor bo`lmoq tong emas men zori rasvo birla do`st
Kim, pariy gohi bo`lur majnuni shaydo birla do`sx.

La`lini sevdum, ko`zining qatlidin qayg`urmog`um,
Ne g`am o`lmaktin, kishi bo`lsa Masiho birla do`st.

Zulfi savdosi, bu savdoyi boshinda ko`pturur,
Bo`lsa savdo ahli, tong yo`q, ahli savdo birla do`st.

Sarv qadliq, guljabinlik do`stning hijronida
Bo`lmog`um ne gul bila, ne sarvi ra`no birla do`st.

Hajrdin olam qorong`udur vale, g`am yo`q, gahe
Jilva qilsa ul jamoli olamoro birla do`st.

Xizr yuz mehr ila tutqan jomi Jamdin yaxshiroq,
Tutsa may durdini yuz toroju yag`mo birla do`st.

Bo`lma dunyo do`st, gar istar esang osudaliq,
Lek har ne qilsalar, bo`l ahli dunyo birla do`st.

Ey Navoiy, necha dushman bo`lsa, yonma do`stdin,
Chun sanga bo`lmishtur ul yuz ming tamanno birla do`st.

84

Chu qildi jilvagar ul sho`xi no`shlab suvrat,
Meni zaifqa ko`rguzdi yuz ajab suvrat.

Jamoli suvratini safhada ko`rub, ittim,
Tushub jahonni kezarga qilib talab suvrat.

Ne nav` suvratidin ko`z olayki, ma`nidin
Bo`lurg`a bir xabar o`lmish manga sabab suvrat.

Nishot suvratidin topqamen dedim, vahkim,
Muyassar o`lmayin ul berdi yuz taab suvrat.

Firoq anduhida, soqiyo, qadah tutkim,
Bu ko`zgu ichra manga ko`rguzur tarab suvrat.

Ul oy jamoli aro zulfidin ajab qoldim
Ki, oy arosida qilmish ayon zanab suvrat.

Navoiy oso dardu fig`on ilan menkim,
Bulardurur manga zotiyu muktasib suvrat.

85

Ko`yi gardidin ko`zumni avval, ey hamdam, yorut,
So`ngra. marham aylabon ko`ksum shikofin dog`i tut

Gar unutti yor bu mahzunni, vahkim, ko`ngluma,
Bor ani har dam sog`nndirmoq desam, sen ham unut.

Qaddu ruxsoridin ayru dudu o`tdur, ey rafiq,
Dema sarvu gul bila bir lahza ko`nglungni ovut.

Zahri hajring birla chun yuz qatla qilding talxkom
No`shi la`ling birla ham bir qatla og`zimni chuchut.

Zulfi zanjiri jununum chorasidur, ey hakim,
Aqldinmu erdi bu devonag`a bermak o`gut.

Va`dai vasl ayladi ul oy, hamono kelgusi,
Tig`i hajridin shikof o`lg`on ko`ngul bu so`zga but.

Asru vahshiydur mening mushkin g`izolim, ey ko`ngul,
Chin kiyigi go`yiyo bermish anga tuqqonda sut.

Ey ko`ngul, davron elining tarki tut yo har nafas
Bag`ringga bir xanjari bedod yeb, xunoba yut.

Olam ahli, demangiz emdi Navoiykim, meni
Bir quyosh hajri havoni qilmish andoqkim bulut..

86

Bahor el gulga moyil, bag`rima yuz xor har soat,
Etib har xoridin ko`nglumga ming ozor har soat.

Bu aqshom notavon ko`nglumdin, ey ahbob, o`lung voqif
Ki, holidin borur za`f aylab ul bemor har soat.

Bo`lurmen uylakim, ko`rgan zamon vayron bo`lub ko`ngli
Boshimda yig`lag`ay ham yoru ham ag`yor har soat.

Emas vayronada har dam o`lardek holatim, vahkim,
Turubtur boshima yemrulgali devor har soat.

Damo-dam za`fim andindurki, mujgoning xayolidin
Jarohatlig` ko`ngulga sanchilur bir xor har soat.

Jununum har dam afzun bo`lsa, ey hush ahli,
                                                                           tong yo`qkim,
Ko`zumga jilva aylar ul pariy ruxsor har soat.

Mayi la`lingg`a ne kayfiyat erdikim, nasimidin
Bo`lurlar mastu bexud yuz tuman hushyor har soat.

Bu bazm ichra ne amnu ayshkim, har davr ayog`inda
Yiqar bir notavonni gunbadi davvor har soat.

Fano dayrida gar may vajhi yo`q, bas xirqavu daftar,
Meni mayxonadin sudratma, ey xammor, har soat.

Agar boshimg`a yog`sa tosh gardundin, tong ermaskim,
Borurmen ul pariy ko`yiga Majnunvor har soat.

Navoiy, to jahon ahlig`a sen vobasta, ko`ngronma,
Alar javridin o`lsa xotiring afgor har soat.

87

Tanimg`a berdi jon ul naxli qomat,
Dema qomat ani, degil qiyomat.

Vafog`a mayl qilmas naxli qaddnng
Ki, topmish javr aro ko`p istiqomat.

Yuz ochma, garchi tutqay ko`rsa ma`zur,
Meni ishqingda arbobi malomat.

Ne g`am gar yuz meningdek o`lsa, yo rab
Ki, bo`lsun ul masihodam salomat.

Abad umricha bor ollida o`lmak,
Buyurma, ey nasihatgo`, nadomat.

Nedur, ey shayx, ushatmoq sog`arimni,
Butun qil, bor esang ahli karomat.

Navoiyni deding ko`yumdin o`tma,
Salomat bo`l, desang aylay iqomat.

88

Ey qoshing fitnavu ul nargisi shahlo ofat,
Yo`qtur ul ikkida juz fitnavu illo ofat,

Ne qadu, ne ko`zu ne g`amzaki, har dam andin
Yo balodur manga, yo fitnadurur, yo ofat.

Dema ra`no qad ila jilvasidin xolingni,
Jilva jonimg`a balo, ul qadi ra`no ofat.

Manga ne ofiyat o`lg`ayki, xayol etsam, erur
Yuzini yuz saridin jonima paydo ofat.

Muncha ofatki erur dahrda, sendin tushmish,
Yo`qsa olamda burun yo`q edi muncha ofat.

Soqiyo, bodaki, taqvoyu riyo ofatidin
Yaxshiroq, bo`lsa manga sog`aru sahbo ofat.

Vahki, kirpiklarining ofati ko`nglumga kirib,
Solmish ul kulba aro bu kecha g`avg`o ofat.

Foniy o`lg`il, tilasang vaslki, bu yo`lda erur
Xirqavu daftaru tasbihu musallo ofat.

Asl uldurki, sanamlar sori ko`z solmag`asen,
Ey Navoiy, tilasang ko`rmamak aslo ofat.

SE HARFINING SAMIN GAVHARLARINING
SAMARASI «BADOE`»DIN

89

Agar jahong`a falakdin g`ame bo`lur hodis,
Erur bu xastani g`amnok aylamak bois.

Magar o`lar kuni Farhod birla Majnunning
Balovu dardig`a ishq ayladi meni voris.

Firoq xirmani yig`dim, visol tuxmin ekib,
Zamona mazraida bormu men kebi horis.

Iyodatimdin ul oy gar qo`par, chiqar jonim,
Tirikmen ar bo`lur ul umr bir zamon mokis.

Tariqi ishqu muhabbat mangayu Majnung`a
Aningdek o`ldiki, topmas sipehr anga solis.

Sen ista fayzi fano dayr gungu lolidin
Ki, ishq darsini bilmas mujodilu bohis.

Erur Navoiyu ishq ichra ming balo, go`yo
Falak havodisi barcha anga bo`lur hodis.

90

Mening majnunlug`umg`a ishqu savdo gar erur bois,
Va lekin bu ikkiga bir pari paykar erur bois.

Dema bois nedurkim, talpinursen har kecha to subh,
Tikilgan kirpikingdin jong`a yuz nishtar erur bois.

Ko`ngulda otashin la`ling g`ami, ayb etma kuysamkim,
Tutashmoqqa tanim xoshoki ul axgar erur bois.

O`qungdin par chiqardim, ko`yunga qilsam havo, tong yo`q
Ki, uchmoq mayli qilmoqqa bu bolu par erur bois.

Firoqing biymidin yuz qatla jon bergay edim, lekin
Hayotimg`a umidi la`li jonparvar erur bois.

Chu mendin yuz evurdung, tong emas, boshingg`a evrulsam,
Bu sargardonlig`img`a  gardishi axtar erur bois.

Agar rahn o`ldi tasbihu rido mayxonada, ey shayx,
Icharga dayr piri ilgidin sog`ar erur bois.

Fano bahrig`a cho`mmoqdin g`araz tolibqa vasl o`ldi
Ki, g`avvos o`lmakiga g`arq o`lub, gavhar erur bois.

Navoiy jismining za`fig`a bois bo`ldi bedilliq,
Vale bedillig`in so`rsang, anga dilbar erur bois.

91

Va`dai vaslidin etsa ul so`zi shirin hadis,
Garchi yolg`on aytur, ani sog`inurmen chin hadis.

Istasam vaslini, der g`am tog`i qoz tirnog` ila,
Buyla hargiz qilmadi Farhod ila Shirin hadis.

Chunki har bir nukta dersen, sochilur yoqutu la`l,
Olloh-Olloh, kim deb erkin bu sifat rangin hadis.

Bazmi ayshida hadisimni demang, ey do`stlar
Kim, erur g`am mujibi nekim qilur, g`amgin hadis.

Gar takallumdin o`lukni tirguzurlar xo`blar,
Barchasig`a mahvashim go`yo qilur talqin hadis.

Ishq sirrin sharh qilmoqdin chu qosirdur bayon,
Bas kerak oshiq demakni qilmasa oyin hadis.

Darsi ishqingni, Navoiy, uyla der ushshoq aro
Kim, degay ilm ahlig`a Sayid Jamoliddin hadis.

JIM XARFINING JAMILALARINING
JILVASI «BADOE`»DIN

92

Ey jahon mulki xiroji sanga bir gavhari toj,
Mulklar shohi qo`yub dargahinga toju xiroj.

Tuzubon adl, ko`ngul mulkini obod etting,
Mulk ma`mur bo`lur, adlg`a shah bersa rivoj.

Tengriga gavhari zoting edi kulli maqsud,
Sun` daryosin azal subhi qilurdin mavvoj.

Ehtiyoj aylabon izhor quyosh ra`yingg`a,
Xalq andoqki quyosh nuriga bo`lg`ay muhtoj.

Paykaring tufrog`ig`a xayli maloyik homil,
Taxti izzu sharafingg`a to`quz aflok davvoj.

Chun chiqib taxti xilofat uza haqdin, bo`lubon
Hukmi gardankashiga mulkdin amri ixroj.

Buyla mardud hadisin nega qilding maqbul
Kim, tanazzulg`a badal bo`ldi sanga ul me`roj.

Ne tag`oful edikim, uyla aduv makr bila
Xoksor etti seni, mulkunga solib toroj.

Ro`zg`oring qorarib zulmati isyon ichra,
Zor eding, afv ilki tutmasa ollingga siroj.

E`tiroz etma, Navoiyu fuzul o`lmaki, haq
Xalq etib sevdi, yana dard berib qildi iloj.

El ne bilsun ne edi haqqa bu ishda hikmat,
Mehr nurin ne bilur shapparaki tiyra mizoj.

93

Telba ko`nglum po`yasig`a anbarin banding iloj,
Xasta jonim za`fig`a la`li shakarxanding iloj.

Solib erdi choklar bag`rimg`a tig`ing har taraf,
Bo`ldi mujgon o`qidnn har sori payvanding iloj.

Muhlik o`ldi shavq, yo sur tig`, yo qil jilvakim,
Bu ikidin o`zga topmas orzumanding iloj.

Hajr qatlidin meni tirguzdi la`li, ey Masih,
Ojiz erding, sen nafas asra, gar o`rganding iloj.

Yuzu la`li hajridin bemor o`lubmen, ey hakim,
Umr zoe` qilma, qilmas chunki gulqanding iloj.

Dardi hajrim sa`b erur — kel, ey ajal, boshimg`akim,
Vasldin ayru emas ma`lum monanding iloj.

Ko`nglung, ey bulbulki, yuz parkand erur, gar kelsa gul,
Barg-bargidin topar parkand-parkanding iloj.

Murshidesen bas ajab, ey ishqkim, matlubning
Vaslidin ham istamas mehnatqa xursanding iloj.

Ul pariy hijronida bo`lg`on Navoiy nosihe,
Aylay olg`aymu junun mag`lubig`a panding iloj.

94

Ey, soching oshuftasi yuz xayli savdoiy mizoj,
Ko`rmaduk zanjir ham savdog`a bois, ham iloj.

Vasl ishida asru nozukluk tushubtur, ey ko`ngul,
Kim erur ham nozuk ul gulchehra, ham nozuk mizoj.

Dardi hajrim arz qilsam, derki, sabr et, voykim,
Zahr ila muhlik marazg`a ko`rmaduk hargiz iloj.

Tig` tortib tojvarlar, boshig`a chun chopti raxsh,
Tandin uchti, vahki, har yon boshu boshtin uchti toj.

Zulmunga bo`lsam zabun yuz vajh ila, ne aybkim,
Sen g`anisen — men gado, sen shah — men ahli ehtiyoj.

Tuz bo`yung oqu qoralik, dolu gul tundin erur,
Uyla o`qkim, obno`s o`lg`ay anga payvand oj.

Kishvari ishq ichra zolim shahdur ul sultoni husn
Kim, ko`ngullar mulkidin jon naqdini olur hiroj.

Arsh qandili gumon qil shishadek sofiy ko`ngul,
Urmag`il damkim, topar yeldin xalal ravshan zujoj..

Ohi muhlikdur, Navoiy ko`ngli zaxmi islanib,
El o`lar, topsa havog`a chun ufunat imtizoj.

95

Emas la`ling qatili jong`a muhtoj,
Ko`zungnung kofiri imong`a muhtoj.

Labing muhtojidur ko`nglum, nachukkim,
Skandar chashmai hayvong`a muhtoj.

Chu maydon ichra surdung, bas bu ofat,
Emas nazzora gar javlong`a muhtoj.

Tilar ko`nglum o`zin ishqing shahidi
Ki, bor ul g`amzai fattong`a muhtoj.

Qochar ko`nglum qushi tan kulbasidin,
Agarchi chug`z erur vayrong`a muhtoj.

Yuzung qursi qamar, muhtoj anga men,
Gado andoqki bo`lg`ay nong`a muhtoj.

Fano mayxonasida qil gadolig`,
Desangkim, bo`lmayin sultong`a muhtoj.

Anga muhtojroq menmen, agarchi
Erur ko`p gar boqar har yonga muhtoj.

Navoiy jong`a muhtoj ermas, ammo
Erur yuz jon bila jonong`a muhtoj.

CHIM HARFINING CHOBUKLARINING
ChEHRAKUSHOYLIG`I  «BADOE`»DIN

96

Ko`zi qatl etti, ko`nglum ichra zulfi mubtalo bo`lg`ach
Ki, qush bismil uchundur, bastai domi balo bo`lg`ach.

Etib munglug` ko`ngul vaslig`a hech o`z holini bilmas,
Ajab ermas gado o`zni itursa, podsho ko`rgach.

Ne so`rdung bir yo`li nogah qorarg`an ro`zgorimni,
Bu hol o`ldi bir oy hijronidin shomim qora bo`lg`ach.

Qachon bo`ldung demang begona aqlu, hushu taqvodin,
Muni so`rmog` ne hojat, ul parig`a oshno bo`lg`ach,

Maloyik xayli jonidin to`la bo`ldi falak javfi
Jahonda ul pari vaslig`a jon naqdi baho bo`lg`ach.

Ulusqa tiyri boroni baliyat yog`di, ul oyning
Sipohi husn aro mujgoni novak, qoshi yo bo`lg`ach.

Xijolatlar kelur Farhodu Majnun ruhig`a har dam,
Mening ishqim so`zidin xalq ichinda mojaro bo`lg`ach.

Zamon ahli vafosizliq bila gar qildilar qatlim,
Farah topqay magar ruhum, alar da`bi vafo bo`lg`ach.

Chu ketti bargu gul, bulbul navodin qoldn, ko`rgilkim
Navoiydek emish ul dog`i bebargu navo bo`lg`ach.

97

Turra marg`ulin ochib ruxsori mah siymog`a soch,
Tun savodi anbarin mehri jahon orog`a soch.

Sarvi gulro`yim qilur gulgashti gulzor, ey nasim,
Dam-badam sarig`, qizil gul, ul guli ra`nog`a soch.

Yig`lama, ey ko`zkim, ul oy bo`lg`usidur mehmon,
Gar socharsen yuz guhar, ul gavhari yaktog`a soch.

Yordur sham`i shabistonim bu aqshom, ey sipehr,
Axtaringning durlarin bu bazmi mehrosog`a soch.

Tashnag`a ber fayz, ey abri karamkim, yo`q osig`,
Gar suni yuz qatla daryodin olib, daryog`a soch.

Dayr aro din ahlining ko`ngliga zulfi bo`ldi qayd,
Bulajab zunnordur, ul dilbari tarsog`a soch.

Zuhd elin may birla rasvo aylading, ey mug`bacha,
Jur`ae ham netti rahm aylab meni rasvog`a soch.

Yo`q u dunyoda vafo, ey sarsari dashti fano,
Gardi nisyon sovurub, dunyovu mofihog`a soch.

Ey Navoiy, umri jovid aylar ersang orzu,
Bas hayoting naqdini ul la`li ruhafzog`a soch.

98

To`lg`adi sabrim, qo`lin zohir qilib dildor kuch,
Garchi nozukdur va lekin bor anga bisyor kuch.

Ishq uylarni yiqar, oshiqqa kin qilmoq nedur,
Mo`r xaylig`a qachon pil aylamish izhor kuch.

Qosh agar budur, sening yoyingni chekmak sa`b erur,
Kimsa ilgida chu maqdur ermas ul miqdor kuch.

Ko`zlaring bedodi jon birla ko`ngulga tong emas,
Ne ajab, din ahlig`a gar ko`rguzur kuffor kuch.

Za`f aro ul ko`ydin sudrar qo`lum tortib raqib,
Banddin oyirg`udekdur qilsa nohanjor kuch.

Soqiyo, men xastadin badmastlig` ermas ajab,
Ko`rguzur ko`prak zaif elga mayi xammor kuch.

Ishq aro andoq zabundurmenki, aylarlar manga
Ham gado, ham shoh kuch, ham yoru ham ag`yor kuch.

Sog` ekanda hajr aro kuch birla o`zni asraram,
Lek may ichkanda aylar yig`lamoq bisyor kuch.

Kuch bila o`lturdi ul zolim Navoiy xastani,
Necha torta olg`ay oxir bir zaifi zor kuch.

99

Chiqti bog`lab yana ul kofiri xunrez qilich,
Mast har sari surar raxsh, chekib tez qilich.

Qilichin ko`rdumu jonimg`a tarab yuzlandi,
Turfadur qon to`kub o`lmoq, tarabangez qilich.

Qatra qonlarki, tomar tig`idnn, uchmoq gulidur
Ki, shahidin qilur ul g`amzag`a xunrez qilich.

Har qayon tig` solur, ko`nglum osig`lig`dur anga,
Buyla qatl ahlida kim ko`rdi dilovez qilich.

Lam`ayi tig`i dema, barq choqilg`an kebikim,
Go`yiyo keskali ilgidin etar xez qilich.

Ishq aro ajzini ko`rgilki, o`larga Farhod
Xasmi fartut tilin ayladi Parvez qilich.

Shah Navoiy tilidek tig` ila ko`p mulk ochti,
Tortmish ochqali Bag`dod ila Tabriz qilich.

100

Chiqti jon, qoshima jonon kirgach,
Kim halok o`lg`on ekin jon kirgach?

Keluringga yasadim ko`nglum uyin,
Yasalur kulba, chu mehmon kirgach.

O`zni asrarmenu ko`nglum chekar oh,
Nogah ul sarvi xiromon kirgach.

Ohdin shu`la yetishkandek erur,
O`qidin ko`ngluma paykon kirgach.

Yuz junun shu`basi aylar paydo,
Ul pariy ko`ngluma pinhon kirgach.

Dahr uyi ichra iqomat tilama,
Chiqmamoq anda ne imkon, kirgach.

Borma ko`yiga, Navoiyki, qochar
Yor, sen telbai uryon kirgach.
Powered by OrdaSoft!