101

Zihi tiling «ana afsah» takallumida fasih,
Sen  amlah o`ldung,  agar dilrabolar o`ldi malih.

Tulu`i subhi saodat yuzung sabohatidin,
Zihi kamoli sabohat, zihi jamoli sabih.

Xamiri moyayi jismingdin ortqanni qazo
Iki  badanda qilib ruh, atadi Xizru Masih.

Falakni chok qilib o`tganingda gar ba`zi
Tavahhum ayladi, shaqqul-qamarda bo`ldi sarih.

Qadam quyosh uza qo`ydung uruj shomi, ne tong,
Xafingni gar yadi bayzog`a qilsalar tarjih.

Erur kalomekim, anda hurufi illat yo`q,
Qayu hadiski sendin bayong`a keldi sahih.

Emas Navoyiyu madhing demakka had, basdur
Anga bu qadrki, modihlaringg`a bo`lsa madih.

                                102

Badang`a kelmadi to azmi ko`yung ayladi ruh,
Ki ruh shaxsini ul g`amza aylamish majruh.

Hayotbaxsh esa ul Hur aksindin boda,
Mahalli hayrat emas, hur aksidindur ruh.

Qizardi lolavu sarg`ardi subh xijlatdin,
Bu lolalarki, uzoringda ochti jomi sabuh.

Vafog`a va`da qilibtur deb o`tma, ey qosid,
Xudoy uchun manga kayfiyatin degil mashruh.

Hayot yor visolidur, ey ko`ngul, yo`q, esa,
Seni firoqda faraz aylayinki, bo`ldung Nuh.

Buyurma tavba yana, nosihoki, mug`bachalar
Havosi qildi meni tavba, tavbasida nasuh.

Fig`onki, tiyra ko`ngul kunjida nihon rozim
Piyola sha`sha`sidin el ichra topti vuzuh.

Baso kishiki ishi masjid ichra band o`ldi,
Chu ochti dayri fano eshigin, yetishti futuh.

Navoyiyo, nedin ul g`amza tiyg` tortibdur,
Gar istamaski, ko`ngul saydin aylagay mazbuh.

                                 103

Ko`ngulni mug`bacha oldi, mug`ona tut aqdoh,
Ki yo`q saloh ila bo`lmog`liq emdi bizga saloh.

Bir oy firoqida bexudlug` istaram, to`la tut,
Agar qilib esang aflok jurmidin aqdoh.

Halol bo`ldi xaroboti ishq ahlig`a may,
Tutarbiz ahli vara`, kimki oni tutsa muboh.

Hayotbaxsh maying ruh emishtuk, ey soqiy,
Magarki vovini i`lol etib, qilibsen roh.

Yo`q ersa jismda ul hosil aylagan qondin,
Hakim ne uchun ajzosini dedi arvoh?

Saboh maykada bog`liqturu xumorim tund,
Taajjub etmang agar zikrim o`lsa «yo fattoh».

Ne erdi maykada g`avg`osi, raz qizin go`yo
Bu shom qildi Navoiyg`a piri dayr nikoh.

                                104

Nega ko`rguzdi sovug` ohu sarig` ruxsor subh,
Gar nihoniy  mehridin  mendek emas bemor subh?

Gar havoyiy bo`lmasa men telba yanglig`, bas, nedur,
Ko`nglagin chok aylabon bog` uzra majnunvor subh?

Mehridin mendek nihoniy toza dog`i bo`lmasa,
Yuzda nevchun kavkabi ashkin qilur izhor subh?

Dema shingarfiy bulut har yon erur qonlig` momuq,
Toza dog`idin erur mendek magar xunbor subh.

G`am tuni ohim sharoridin tutashti ko`kka o`t,
Kim aning otin qo`yubtur gunbazi davvor subh.

Kun shuo`iy xatlari ermaski, tutmish motamim
Yuzni anjum tirnog`i birla qilib afgor subh.

Soqiyo, tutqil sabuhiy bodakim, bu dayrdin
Biz ketib, bu nav` toli` bo`lg`usi bisyor subh.

Ey Navoiy, istasang bargu navo bu bog` aro
Guldek o`l roki` kecha, bulbul kibi bedor subh.

                               105

Ravzayu gul yettiyu ichmas ul oy gulgun qadah,
Ne ko`ngulxushlug` bila tortay meni mahzun qadah?

Yo meni mahrumg`a xunobayi hijron berib,
O`zga mahramlar bila ul oy ichar gulgun qadah.

Bori har taqdir ilakim, bor men labtashnag`a
Tutmas ermish zahri g`amdin o`zga dahri dun qadah.

Soqiyo, bu g`ussa daf`i mastu behudlug`durur,
Tut shafaqgun may to`la, gar xud erur gardun qadah.

Ravza oyin ko`rmay ilgingdin qadahni solmag`il,
Lek ol bayram hiloli ham ko`rungan tun qadah.

Jom erur men telbaga qonlig` ko`zumnung kosasi,
Lolalar sahroda bas, gar istasa Majnun qadah.

Chun fano dayrig`a kirdim, boda tut, ey piri dayr,
Zarf xoh eski safol o`lsun, vagar oltun qadah.

Yuz qadah qilg`il murassa`kim, chekarsen jomi marg,
Hech kim xud topmadi Jamshiddin afzun qadah.

Ey Navoiy, bizni yod etgaymu barqandon kuni
Ichsa jomi Jam tilab soniyi Afridun qadah?

                                      106

Gadoyi fahr ila so`z ayta olmas podsho gustox,
Shah ollinda nechukkim dam ura olmas gado gustox.

Ne quvvat birla shah gustox so`zlashgay aning birla,
Ki vahm etgay boshig`a soya solmoqtin humo gustox.

Uruj istar esang bu dayr ichinda foniy o`lg`ilkim,
Malak uzra qadam bosib o`tar ahli fano gustox.

Balo ichra daler urma qadam to oshiq o`lmaysen,
Samandar bo`lmag`uncha kirsa bo`lmas o`t aro gustox.

Ne muhriq vodiy ermish ishq ko`yi dashtikim, ul yon
O`ta olmas samum o`lmoq harosidin sabo gustox.

Shijoat birla kirmak kulbayi faqr ichra bo`lmaskim,
Bu vayronni qila olmas vatan har ajdaho gustox.

Chu topmas har neki taqdirdur bu dayr aro tag`yir,
Adab ermasturur qilmoq har ishni muddao gustox.

Ne nozik xo`yi bor ul dilraboningkim, niyoz ahli,
Shikoyatqa ne yetgaykim, dey olmaslar duo gustox.

Navoiy ishq istig`nosini to angladi, vahkim,
Qila olmas fig`on forig`, cheka olmas navo gustox.

                                107

Bahor sensiz o`lubtur manga ajab do`zax,
Qizil gul anda o`tu oq shukufalardur yax.

Bahor sensiz agar do`zax o`lsa, tong ermas,
Bihisht ichinda liqo bo`lmasa erur do`zax.

Xayoli xayli ko`zumga kelurgadur go`yo
Yuzumki yo`llar o`lubtur sirishkdin rax-rax.

G`arib kelmadi shirin labingdin achchig` so`z,
Emas g`arib, chuchuk meva bo`lsa xastag`a talx.

Ko`ngul fano kuchidin zo`rbozu istarkim,
Havos panjasini anglamish bag`oyat shax.

Navoiy egni yalangdur, demangki, bordur anga
Fano hasiri, balo xorasi nasij ila nax.

Magar shah ashhabi ollinda payk bo`ldi sipehr,
Ki qildi o`n kechalik oydin egnida nochax.

                                  108

Tong emas, gar bo`lsa har sarvi pariruxsor sho`x,
Lek erur sarvi pariro`yum mening bisyor sho`x.

Gar mening sho`xi sitamkorim parizod o`lmasa,
Mumkin ermas odamiy bo`lmog`lig` ul miqdor sho`x.

Turmasa qon bu kecha ko`ksum shikofidin, ne tong,
Kim erur ko`nglumga kirgan chobuki ayyor sho`x.

Vah, ne tong, har lahza betoqatlig`imkim, dilbarim
Bovujudi husn ham shirin erur, ham bor sho`x.

To yetishgay jonni kuydurgan ko`ngulga yuz balo,
Shukr etarmenkim, nasib o`lmish manga dildor sho`x.

Sho`xlardin tuz qadam qo`ymoq chu kelmas, voqif o`l,
Ham sitamgar chobukedur charxi kajraftor sho`x.

Gar desangkim, jong`a yetmay har zamon bir javrdin,
Ey Navoiy, pand eshit, yor istama bisyor sho`x.

                                     109

Vahki, hijron sharbatidin bizga bo`ldi kom talx,
Har kishi zahr ichsa bo`lg`ay kom anga nokom talx.

Hajr yetsa may bila dedim ovung`aymen, valek
Yorsiz bor ermish ichmak bodayi gulfom talx.

Shomi hajrimdin ne ogoh ulki, hijron tunlari
Tongg`a tegru to`kmadi  sho`robani bir  shom talx.

Sharbati sabr otini tutmangki, bir oy hajrida
Og`zima hayvon zulolin aylamish ayyom talx.

Og`zidin achchig` so`z aytib zohir etsa zahrchashm,
Ayb emastur,  pista sho`ru, tong emas, bodom talx.

Jomi hijron ichgali bildimki javring sa`b emas,
May necha talx o`lsa, ko`rmas oni zahroshom talx.

Nosabur o`lur ko`ngulga yetsa xunobi firoq,
Ne uchunkim talx may ichgandin o`lmas jom talx.

Umr shahdi bas chuchukdur, lekin oxir qilmasa,
Marg zahri birla oni dahri nofarjom talx.

Vasl jomidin Navoiy elga bo`ldi bahra no`sh,
Vahki, hijron sharbatidin bizga bo`ldi kom talx.

                                         110

Sen o`z xulqungni tuzgil, bo`lma el axloqidin xursand,
Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo`lmadi farzand.

Zamon ahlidin uz payvand, agar desang birov birla
Qilay payvand bori qilmag`il noahl ila payvand.

Ko`ngul komini qo`y, gar xud mening devona ko`nglumni
Toparsen uyla yuz parkandu sol har itga bir parkand.

Eshitmay xalq pandin, turfakim pand elga ham dersen,
Qila olsang eshitgil pand, sen kim — elga bermak pand?!

Bu foniy dayr aro gar shohlig` istar esang, bo`lg`il
Gadolig` nonig`a xursandu bo`lma shahg`a hojatmand.

Bo`lub nafsingg`a tobi`, band etarsen tushsa dushmanni,
Sanga yo`q nafsdek dushman, qila olsang ani qil band.

Shakar lablar tabassum qilg`onin ko`rgach ko`ngul berma,
Ki bedillarni achchig` yig`latur oxir bu shakkarxand.

Jahon lazzotini shirin ko`rarsen, lek bandingdur,
Giriftor o`lma, voqif bo`lki, qandu qaydur erur monand.

Ko`nguldin jahl ranji dof`i gar istasang, bordur
Navoiy bog`i nazmi shakkaristonida ul gulqand.

                                 111

Yop ul yuz oyinasin cheksam ohi dardolud,
Bu vajhdinki, qilur mayl xo`blar sori dud.

Jahonki, ohim ila tiyradur, emas mumkin
Bu shom daf`i yuzung subhi bo`lmayin mavjud.

Yuzungda har soridin egma qosh erur, yoxud
But ollida iki hindug`a voqi` o`ldi sujud.

May ichti deb meni yozg`urmang, ey musulmonlar,
Ki rahmatidin emas noumid gabru juhud.

Qadahki dayrdin istarmen, ushbu ko`zgudin,
Bilingki, mug`bacha aksi erur manga maqsud.

Qovarlar itlari ul ko`y aro fig`onimdin,
Ne itki ko`p ulusa el aro erur mardud.

Dedimki, sud qilay jon berib visoli uchun,
Navoyiyo, chu firoqida umr kechti, ne sud?

                                 112

Dudi oh ermas ko`ngul uyin qaro qilg`onda dard,
Chun yiqildi ishq zulmidin, havog`a chiqti gard.

Har taraf  azm etmaging  ko`p dardlar darmonidur,
Kelki, asru dardi dil izhor etarlar ahli dard.

Qaydakim tushsa nazar payki sirishkim bahridur,
Kim ko`rubtur suv uza bu nav` payki rahnavard.

Lola yanglig` bo`ldi gulgun bodadin ul yuz guli,
Vah, ne rangin ochilur ermish qizil suv ichsa vard.

Uyla chiqting sekretib shabrangu tortib tiyg`i kin,
Shahsuvori charx yuz qaytardi bo`lmay hamnabard.

Tez evur davringda, ey soqiy, sipehroso qadah,
Barham urmastin burun majlisni charxi tezgard.

Basdurur ul oyni ko`rgandin tanim titratmasi,
Ey Navoiy, chekmagil sen dog`i bir dam ohi sard.

                                       113

Qoshing mehrobini vasl  ahli etmish qiblayi maqsud,
Boshim yuz qatla ursam yerga hajringdin, manga ne sud?

Ichimda ishqdin yuz barqu dam urmoqqa zahram yo`q,
Uy ichra o`t solib, vah, mushkil ermish asramog`lig` dud.

Yada toshig`a qon yetgach yog`in yoqqandek, ey soqiy,
Yog`ar  yomg`urdek ashkim  chun  bo`lur  la`ling sharobolud.

Chu qo`ydung dog`, tindurdung ko`ngulni darding istardin,
Diram birla gadoni uylakim qilg`ay kishi xushnud.

Junun bu bo`lsakim yog`di parivash tifllar toshi,
Munosibdur bu toshlar aql eshigin qilg`ali masdud.

To`kuldi gul, fig`on bas qildi bulbul, shukrkim, bori
Sening husnung mening ishqimda nuqson bo`lmadi mavjud.

Tunu anjum dema davrong`a rohat qilmasun deb mayl,
Qazo gulmixlar qoqti qilib gardunni qiyrandud.

Xarobotu munojot ahlining matlubi sendursen,
Manga ko`rsatmasang yo`l, naylayin, qay soridur behbud?

Navoiy, Ka`ba zikrin qo`yki, biz dayri fano istab
Zahabko vodiyal-maqsad, vajadno mohuval-maqsud.

                                      114

Ey orazi nasrin, sochi sunbul, qadi shamshod,
Bulbul kibi hajringda  ishim nolavu faryod.

Ko`zlaringga  sayd o`ldi  ko`ngul,  vah,  qutulurmu
Bir qushki, aning qasdida bo`lg`ay iki sayyod?

Ul maktab arokim o`qudung noz ramuzin,
Go`yoki vafo ilmin unutmish edi ustod.

Ashkimni ko`rub tez bo`lur ko`ngli jafog`a,
Ore, itimas chunki suyi bo`lmasa fo`lod.

Mingdin bir emas o`z yuragi zaxmlaridin
Har nechaki tog` bag`rini zaxm ayladi Farhod.

O`lukni kishi dafn eta olmas, vale har kun
Yuz tig` qilur dafn ko`zung bo`lg`ali jallod.

Gul yafrog`i tirnog`lar erur bu chaman ichra
Bulbul paru bolini yulub, bergali barbod.

Ne ayb, Navoiy kibi devonalig` etsa,
Har odamekim, bo`lsa aning yori parizod.

                                 115

Aylamas har nav`  bo`lsam ul buti ra`no pisand,
Bo`lmag`on ko`p yaxshiroq olamda mendek nopisand.

Umr o`tub, bir xizmatim ul oy pisandi tushmadi,
Vah, ne umr erur, ne qilsam aylagay, oyo, pisand?

Yor  agar  mushkilpisand o`lmish, ko`rung mushkilki, bor
Menda yuz mushkil ishu qilmas birin ammo pisand.

Ishqida qildim jahondin qat`u jondin ham, ne sud,
Chunki ul jonu jahonim aylamas qat`o pisand.

Ey ko`ngul,  kuydur tama` tuxmin, tamanno mazra`in,
Bu ekin nevchunki hargiz aylamas dono pisand.

Davlati faqr istagil, nevchunki bor ul ko`y aro
Sidq ila kirgach agar a`lovu gar adno pisand.

Chun fano sholini kiydim, atlasing yig`, ey sipehr,
Kim bu bozor ichra ermas hargiz ul kolo pisand.

Soqiyo,  bir  o`tki,  kul  qilg`ay  vujudim  xirmanin,
Aylamon hayvon suyinki, aylagay ihyo  pisand.

Bu ne aqlu zuhd bo`lg`ay, zohidokim, qilmag`ay
Men kibi olamda bir devonayi rasvo pisand.

Kech  bu  bog`u gullaridin ham,  Navoiykim,  emas
Ahli taxqiq ollida dunyovu mofiho pisand.

                                   116

Buki har yondin ko`kartibdur yuzumni  koji dard,
Jism uyi toqini oltun birla qildim lojuvard.

May yuzungda gullar ochti, qilma faryodimni man`,
Bulbul afg`oni, ne tong, gulshanda chun ochildi vard.

Bul`ajabliqlardurur ishq ichrakim, zohir qilur
Mehrdek o`tlug` ko`nguldin day yelidek ohi sard.

G`am toshi xokiy tanimdin har sori eltur g`ubor,
Boshima tufrog` sovurmog`din emas tegramda gard.

Ul quyosh zulfi xamidin chiqsa ohim to`lg`anib,
Bir quyun bil onikim, davri erur gardunnavard.

Eyki, istarsen o`zungni fard ul oy ishqida,
Avval oning g`ayri yodidin o`zungni ayla fard.

Ey  Navoiy, dardliq nazmingni dard ahli bilur,
Dardsiz dog`i bo`lur oni o`qug`ach ahli dard.

                                  117

Topqali xokiy tanimg`a novaki ishqing kushod,
Ko`nglum aytur xayr maqdam, jonim aytur xayrbod,

Xatmudur yoxud bayozida yuzining kilki sun`
Xo`blug` tug`rosini zangor ila qildi savod?

Xattining vasfin yozarmen kirpiku xoli bila,
Xat yozarda chun zaruratdur qalam birla midod.

Kirdi gar shaydo ko`ngul, ey ishq, nosih pandig`a,
G`am yema, devonalar xo`yig`a bo`lmas i`timod.

Bu nafaskim o`lgali yetmishbiz oning yodidin,
Ul Masiho bir iyodat birla qilmas bizni yod.

Ta`n qilmangkim, bo`lub oshiq, murode topmadi,
Kim erur bizga bu ishtin nomurod o`lmoq murod.

Ey Navoiy, g`am yema boshingg`a bo`lsun mustadom,
Ulki bordur vorisi taxti Jamu toji Qubod.

                                         118

Orazing mushtoqidur bu ko`zki bo`lmish dardmand,
Garchi bordur dardliq ko`zga yorug`luqdin gazand.

Dard o`tin yoqti ko`zumga hajrkim, ko`rdum yuzin,
Kuydurur albatta har doruki bo`lg`ay sudmand.

Bu qizarg`on ko`z aro mardum emaskim, el ko`zi
Tegmasun husnungg`a deb o`t uzra solibmen sipand.

Toki ul bemor ko`z oshuftasi bo`lmish ko`zum,
Istabon jinsiyat og`riq shevasin qilmish pisand.

Ko`zlarim la`ling`a hamrang o`ldi, vah, ne hol ekin,
Kim ul achig` yig`lag`on soyi bu aylar no`shxand.

Ko`zni bir iz tufrog`idin ravshan etkim, sud emas
Shofi kofuriy chekib, ofoq anga mushkin parand.

Ul quyosh hajrinda bilmonkim, Navoiy ko`ziga
Barcha olam tiyradur yo bog`lamishdur chashmband.

                                     119

Emas g`amimni yozar xatg`a zarafshon kog`az,
Ki shu`la chekti damimdin bitir zamon kog`az.

Sipehr davri bu sargashta ohidin bo`lmish,
Magarki oh quyun bo`ldi, osmon kog`az.

Tirilmisham bitigingdin,  qilurda muhr  magar
Labingg`a tegdiyu kelturdi tuhfa jon kog`az.

Uzoru la`li labing vasfini qachon yozdim,
Oqib ko`zum yoshi gulrang, bo`ldi qon kog`az.

Ochildi xasta ko`ngul ruq`asin yaramg`a yopib,
Yoruq bo`lur emish uy bo`lsa tobdon kog`az.

Ko`ngul shikofig`a kog`az aro erur marham,
G`amim so`rarg`a raqam qilsa dilsiton kog`az.

Yozar farishta quyosh safhasig`a vasfingni,
Magarki ul falakiy topmas obdon kog`az?

Ko`ngul sahifasin asra xutur bahridin,
Ki suvg`a zoyi` o`lur tushsa nogahon kog`az.

Xumor daf`ig`a qulluq xatin tilar soqiy,
Navoyiyo, dema hujjat ketur ravon kog`az.

                               120

Zuhdu toat shahdini ahli zamon ko`rmas laziz,
Har ne nofi`dur, marizi notavon ko`rmas laziz.

Zulmat ahli g`aflat istarlarki, olam komini
Uyqucha shabgir qilg`on karvon ko`rmas laziz.

Quti botin istakim, zohir g`izosi birla tab`
Bir zamon gar topsa lazzat, bir zamon ko`rmas laziz.

Or etar pashminadin ablah tilab zarrishtani,
Kim eshak halvoni andoqkim somon ko`rmas laziz.

Xar ne eldin qutqarur lazzatlig` uldurkim, faqir
Mehr qursin uylakim bir pora non ko`rmas laziz.

Yutmayin xunoba yetmas vasli oning, ahli ishq
Topsa kavsar sharbati andoqki qon ko`rmas laziz.

Topmayin lazzat Navoiy soldi ko`zdin ashkdek,
Bodani to  xusravi sohibqiron  ko`rmas laziz.

                             121

Ey, zotingga har necha qilib aql tafakkur,
Ul fikrga bo`lmay samare g`ayri tahayyur.

Yuz mehrga netsun chu erur mujibi hayrat,
Har zarraki tahqiqida aql etsa tafakkur.

Idroki kamolingni xirad haddi sog`ing`on
Har qatra  aro ayladi yuz bahr tasavvur.

Kavnayn adam bo`lsa, vujudungg`a ne tag`yir?
Gar mavj sukun topsa, tengizga ne tag`ayyur?

Qahring yo`q etar xalqnikim, turg`ali bo`lmas
Sarsar yo`lida pashsha guruhiga tahavvur.

Bu turfaki, daf`ini yarim pashshag`a qo`ydung,
Har pilnihodiyki sanga qildi takabbur.

Hajring tunida sham` kibi qoldi Navoiy,
Har tun, ne ajab, kuysa to`kub ashki tahassur.

                                   122

Sipehr  osiybidin  solim  qutulmog`liq ne imkondur,
Ki mehri tashtu tiyg`u kulgusi barqi duraxshondur.

Munungdek mehr ko`rgach, shod o`lub kulgan zihi g`ofil,
Bu yanglig` kulgu sori mehr solg`on asru nodondur.

Tengiz ko`nglida andoq mehrdin yuz shu`la paydodur,
Qiyo bag`rida mundoq kulgudin ming dashna pinhondur.

Hijoridin qiyodur anga yuz ming tiyg` ila ojiz,
Hubobidin tengiz yuz ming ko`z ila anga hayrondur.

Chekib qavsi quzahtin yo ko`ngullar qasdig`a oning,
Yog`in maddi xadangu qatra suvlar anda paykondur.

Bu yo birla aningdek o`qni yog`durg`ach, xaloyiqning
Hayoti qasrida har sori qilmoq rahna osondur.

Hayot ichra baqo chun mumkin ermas, Nuh bo`lsinkim
Ular holatda tug`may o`lgan o`g`li birla yaksondur.

Baqo sarchashmasi zulmatda derlar, yo`qki, ul zulmat
Sikandar ohi o`tidin yig`ilg`on dudi hirmondur.

Navoiy, o`rtabon o`zluk, qadam bu yo`lg`a qo`y, ya`ni
Ki har hamrohkim bo`lg`ay tajarrud moni`i yondur.

                                  123
 
Parim bo`lsa uchub qochsam ulusdin to qanotim bor,
Qanotim kuysa uchmog`din, yugursam to hayotim bor.
 
Chiqib bu dayrdin Isog`a nevchun hamnafas bo`lmay,
Bihamdillah, tajarrud birla himmatdin qanotim bor.

Xaloyiq suhbatidin ming g`amim bordurki, muft o`lg`ay
Agar ming jon berib bilsamki, bir g`amdin najotim bor.

Chekib ag`yordin yuz javru tortib yordin ming g`am,
Ne o`zga xalqdin g`ayrat, ne o`zumdin uyotim bor.

Kechib ko`zdin yozay bir xatki, dahr ahlig`a ko`z solmay,
Bu damkim ko`z savodidin qaro, ko`zdin davotim bor.

Tilar ko`nglum qushi anqodin o`tgay nori yuz vodiy,
Munungdek sayr etarga Qofdin ortuq sabotim bor.

Navoiy, bilki shah ko`ngli manga qayd o`lmasa, billah,
Agar kavnayng`a xoshok chog`lig` iltifotim bor.

                                  124

Kema og`zi demakim, ishqingda ko`ksum chokidur,
Bahr mavji yo`qki, ashkim selining ko`lokidur.

Suvda ermas mehr aksi, balki daryo jonig`a
Solg`on o`tlar xasta ko`nlum ohi otashnokidur.

Xas emas girdob arokim, boshingga evrulgali
Suv uza sargashta oshiq jismining xoshokidur.

Vahki, ul kishtida daryokash, manga xud yo`q hayot,
El degandinkim falonning kofiri bebokidur.

Ul balig` tutmoqqa solib shastu oning rashkidin
Suvdin  ayrilg`on  balig`  yanglig` ko`ngul  tobokidur.

Ko`rma faqr ahli sirishki bahrida har yon hubob,
Kim fano kavkablari, balkim balo aflokidur.

Ey Navoiy, kema tiyri ko`ksum ichra hajr o`qi,
Kema og`zi go`yiyo ishqida ko`ksum chokidur.

                                        125

Zaxmim achitqon dam-badam ul la`li shakkarxand erur,
Vah-vah, tuz ermish ulki, men qildim gumonkim qand erur.

O`tsang g`amim sahrosidin, qonlig` ko`ngul ajzosidin,
Har lola bargin anglakim bir dog`liq parkand erur.

Ko`yungda mung`lug` jong`a tan yuz zahm ilandur xirqae,
Marham bila qo`yg`on momuq har yon anga payvand erur.

Majnun ko`ngul qilmas havo har yon o`qungdin go`yiyo,
Kim bu temur birla yig`och hibsig`a oning band erur.

Boqqach quyosh ruxsorig`a  andin qilurmen ko`z yoshi,
Kim ul musofir oyima husn ichra bas monand erur.

G`am barqiyu mehnat tuni zoyanda  bo`lsa ishqdin,
Tong yo`qki, o`tqa gah sharar, gohi tutun farzand erur.

Dunyo arusi zulfini tutqon ne ogah faqrdin,
Ganj istamas ulkim yilon tutmoq bila xursand erur.

Ming nola tortib ko`rmay ul gul vaslin oxir o`lganim,
Bu bog`ning bulbullari gar bilsalar xush pand erur.

Ko`z uchi birla boqtingu qiyding Navoiy ko`nglini,
Bilding onikim bir qiyo boqmoqqa hojatmand erur.

                                   126

El tilidin jonima gar yuz balo mavjud erur,
G`am yemon, gar ul qizil til tiyg`i xunolud erur.

Yuz uza siymin zanaxdoningda xatti mushkbo`y
O`tqa qo`yg`on olmadin go`yoki chiqqon dud erur.

Jon berib oldim jununi ishq to bo`ldum fano,
Olloh-olloh, ul ne xush savdo, bu ne xush sud erur?!

Hajr bedodidin ul yuz shavqi ortar har necha,
Kim xazon osiybidin gul yafrog`i nobud erur.

Kisvatidur xilqatim ishq ofati shaxsig`akim,
Rishtayi jon anda toru tori jismim pud erur.

Qilmading ahdingg`a  bir ahdeki, qilg`aysen vafo,
Bevafolar ahdi mundoq go`yiyo ma`hud erur.

Mehr isi bu mijmari feruzadin ko`z tutmakim,
Barcha qad shamshodi bu mijmar ichinda ud erur.

Eyki, qadding bo`ldi xam, olam bila qil xayrbod,
Kim xam etmak qad hamisha lozimi padrud erur.

Ey Navoiy, ermas ul zolim ko`zi uyqudakim,
Zulm eshigi shohi G`oziy adlidin masdud erur.

                                  127

Yig`lasam, ko`nglumga ishim ohi dardolud erur,
O`tqakim yomg`ur yog`ar, oning nishoni dud erur.

La`li  shavqidin ko`ngul xursand erur xunob ichib,
Telbaga rangin suv bersa, may debon xushnud erur.

Yuz ayog`i tufrog`idin olmon ushbu vajh ila,
Kim necha tufrog` ichinda tursa oltun, sud erur.

Chiqmas ohim shiddatidin ul mahi xirgahnishin,
Sham`g`a fonus yeldin asramoq maqsud erur.

Vaslin istab ko`p inoldim, qovdi ko`yidin meni,
Bo`lsa mubrimsheva, albatta, gado mardud erur.

Talx maydin, soqiyo, topti chuchuk jonim hayot,
Ey baso makruhkim, zimnida bir behbud erur.

Telba itdekdur Navoiy ul parivashsiz, ne tong,
Og`zidin gar o`t sochib, a`zosi gardolud erur?

                                128

Ulki yuz mehnatg`a jonim ishqidin pomol erur,
Anga rahmu manga toqat yo`q, ajoyib hol erur.

Zeb erur husn ahlig`a ahli nazar nazzorasi,
Ko`zki bulbul tikti gul ruxsori uzra xol erur.

Xatti shavqidin to`kuldi jismim ul yanglig` qurub,
Kim so`ngaklarda qalam ko`rgan sog`ing`ay nol erur.

La`lidin kom olmag`uncha bilmadim shirinlig`in,
Bargi gul zanbur komi ichra kirgach bol erur.

Gulxani majnundek ohim chiqqoch, oqg`an yoshlarim
Telba keynidin yugurgan go`yiyo atfol erur.

Bu chaman gulbargi xushrang o`lsa, mayl etmangki, ul
G`oza bulbul qonidin surtarki, lavni ol erur.

Ey Navoiy, kimgakim bir jur`a chekti jomi vasl,
So`ngra hijron zahridin yuz jomi molomol erur.

                                       129

Yo`q ajab, la`lingdin ar bexudlug`um oyin erur,
Chunki usrukrak bo`lur har mayki lab shirin erur.

Raz qizi to pardadarlik aylagay talbis uchun,
Shisha me`jardur angavu mavji oning Chin erur.

Qon  yoshim  ta`siridin  sorig`  yuzumning safhasi
Kog`azedurkim, hino suyi bila rangin erur.

Muhlik o`tumni damingdin tez qilma, ey Masih,
Kim bu o`tqa motam ashki suyidin taskin erur.

Ul pari  ishqida  ashkim lahv tuxmidur demang,
Kim malak tasbihig`a bu donadin tazyin erur.

Olmayin  yerdin  qadam sayri  maqomot  aylamak,
Chang piridin bu bazm ahlig`a xush talqin erur.

Sizu vasl, zy aysh ahlikim, Navoiy jonig`a
Anduhi hijron azal devonidin ta`yin erur.

                                   130

To labing shavqida jismim garqayi xunob erur,
Har junun toshi angakim tegdi, la`li nob erur.

Gar asir o`ldum, tong ermaskim, ko`ngulnung lomidek
Mubtalo ko`nglumda zulfi toridin qullob erur.

Qaddi yodeklarni zor etmish hiloliy jom uchun,
Egma qoshingkim o`zi roki`, o`zi mehrob erur.

Ko`z qarosin yub, sorig` orazni beqadr etti ashk,
Go`yiyo har vajh ila ayn ofati siymob erur.

G`am tuni gar tobsiz jismim kuyar, vah, ne ajab,
Kuydururlar kecha ko`prak rishtakim betob erur.

Har taraf na`lu alif jismimda go`yo ishq aro
Xatti idborimni vozih qilg`ali i`rob erur.

Sendadur maqsud ganji, lek jismingdur tilism,
Vahki,  bu ganj ul tilism ichra  ajab noyob erur.

Ey Navoiy, jism aro jon rishtasin tutqil aziz,
Kim bori lo`livashim la`bi uchun asbob erur.

                                    131

Ul pari ko`ngli uchun ruhum asiru zor erur,
Bul`ajab toshi qanotsiz qushg`a badraftor erur.

Har kecha qon birla jismim safhayi taqvimdek
Go`yi anjum tirnog`idin sarbasar afgor erur.

Kofiri mastedur ul ko`zkim, kamandi zulf anga
Eshibon yonida qo`yg`on rishtayi zunnor erur.

Baxtim uyqusidin  afg`onlar chekardin go`yiyo
Har kecha ko`z yummay anjuj to sahar bedor erur.

Yangla ko`nglum vasl topti, rahm qil, ey ohkim,
Tund yeldin yangi butgan yorag`a ozor erur.

Qatlima ul ko`z savodi hay`atidin bag`rig`a
Bir qaro tosh bog`lag`on qon qilg`uchi xunxor erur.

O`qusam nomangni pechu toblig` behud tanim
Go`yiyokim nomani chirmab yiborgan tor erur.

Chun quyoshdek yerga kirgung, ne asig` gar yuz quyosh
Masnading toqida har yon shamsayi devor erur?

Tirguzub, debsen, Navoiy jonig`a minnat qo`yay,
Gar sen o`ltursangki, ul jon birla minnatdor erur.

                                     132

Ko`ngulki, ishqida dersen balo ne bo`lg`usidur?
Nekim bo`lur sanga bo`lg`ay, mango ne bo`lg`usidur?

Ul oy jamolig`a ishqim xud ortadur har dam,
Bu ishda oqibatim, vahki, to ne bo`lg`usidur?

Dema, ne bo`lg`usi ul zulf qaydida ko`nglung,
Asiru volavu shaydo, yano ne bo`lg`usidur?

Firoq dardig`a debsen davo ne bo`lg`ay ekin,
Bu dardg`a ham o`zung de, davo ne bo`lg`usidur?

Bihishti mehnat emas, bo`lsa va`dayi diydor,
Visol umidi bor ersa, jafo ne bo`lg`usidur?

Bu yo`l musofirining holi, ohkim, mutlaq
Bilinmadiki ne o`ldi, vayo ne bo`lg`usidur?

Navoyiyo, dema, foniy bo`lub visolg`a yet,
Mangaki hajr chekibmen, fano ne bo`lg`usidur?

                                133

Jafo qilur bari gulchehralar, vafo qilako`r,
Vafo ham elga qilursen, vale mango qilako`r.

Ne telbaniki muqayyad tilarsen, ey gardun,
Aning salosili zulfig`a mubtalo qilako`r.

Desang hijobni olg`aylar, ey ko`z, ollingdin,
Ne gard oning yo`lidin qo`psa, to`tiyo qilako`r.

Tajallo istasang ul yuzdin o`rtabon jisming,
Kuli bila ko`ngul oyinasin jilo qilako`r.

Umidi vasl ila ko`yungga bordi xasta ko`ngul,
Yigitliging haqi, ul hojatin ravo qilako`r.

Biyik nishiman erur, ey ko`ngul, visol avji,
Talab qanoti bila ul taraf havo qilako`r.

Navoyiyo, chu alamsiz murod mumkin emas,
Desangki vasl topay, hajr o`tig`a yoqilako`r.

                                   134

Jonim oromi uchun qosidki jonondin kelur,
Go`yo jonparvar nasime obi hayvondin kelur.

Noma qosid ilgidin, qosid habibim ollidin,
Mujdayi jon yeldinu yel mohi Kan`ondin kelur.

Va`dayi vasliki, jonondin kelur hijron kuni,
Tindurur ko`nglumni so`z yanglig`kim, ul jondin kelur.

Gavharedekdurki, chiqmish xomasining no`gidin
Noma uzra shodlig` ashkimki mujgondin kelur.

Shodlig`din jon nisor etsam, ne tongkim, bu xabar
Ham ko`nguldin, filmasal, ham ko`nglum olg`ondin kelur.

Vahki, mazmunidur  ahli dard sargardonlig`i,
Har balo maktubikim, bu charxi gardondin kelur.

Deb emish nomamg`a qilmaydur Navoiy jon nisor,
Anda jon bo`lsa, qachon bu nav` ish ondin kelur?!

                                       135

Tutulmish erdi g`azabdin ulusni qildi asir,
Quyosh tutulsa, bale, fitnadur anga ta`sir.

Agarchi yoda girih bo`lsa, o`qi tuz chiqmas,
Qoshi girih bila zulm o`qin etmadi taqsir.

Ko`ngulni ko`zlaring oldi, ne tong, iki bo`lmak
Bir ahli dinni iki mast kofir etsa asir?

Ko`rub yuzida g`azab, zulfi sori qochti ko`ngul,
Ko`ngulga soya kerak itik o`lsa mehri munir.

Xadangging o`tti ko`ngul pardasig`a yetmas ekach,
Ne haddi man`, xususan, qazo o`qig`a harir.

G`am o`lsa solma girihlar qoshingg`akim, qilmas
G`aliz o`lub bu qaro man`i xomayi taqdir.

Navoyiyo, sanga bu so`zda shubhae bo`lsa,
Qadah keturki, xututida ko`rguzay bir-bir.

                            136

Voyki, bag`rim yana hajr o`qidin yoradur,
Har nafas ul yoradin jon o`zidin boradur.

Jonima ofat labi, hajri balo, ohkim,
Baxtima bir hukmi bor la`l, vagar xoradur.

Dard sipehri tanim to`zg`anu o`tgan o`qung
Lam`ayi paykon bila sobitu sayyoradur.

Ko`yida topmoq seni mumkin emas, ey ko`ngul,
Anda chu sen telbadek yuz tuman ovoradur.

Charx arusig`a yo`q g`ayri yamonliq shior,
Aqdig`a mayl etmakim, shohidu badkoradur.

Vo`smasi qavsi quzah, g`ozasi gulgun shafaq,
Zulfu yuzi tunu kun, ko`rki, ne makkoradur.

Ishq ajab dard emish, dardg`adur chora sabr,
Vahki, Navoiy base oshiqi bechoradur.

                               137

Telbarab itgan ko`ngul yodimg`a kelsa gohlar,
Yig`lab el ko`ngli buzulg`udek chekarmen ohlar.

Utti xo`blar oy kibi, yo`qtur aroda ul quyosh,
Vahki, ul badmehrni ko`rmon, o`tadur mohlar.

Xo`blar zulfu zanaxdonig`a bording, ey ko`ngul,
Hozir o`l, tundur qarong`u, yo`lda bordur chohlar.

Gar musavvir chizsa devor uzra ul gul xirmanin,
Jav-bajav mendin nishon bergusi bir-bir kohlar.

Ey ko`ngul, Farhod ila Vomiq dog`i Majnun qani?
Bo`lmag`il g`ofilki,  bir-bir  bordilar hamrohlar.

To`kti qon gulgun libosin kiygach ul xo`blar shahi,
Qon to`kar ermish qizil to`n kiysa, beshak, shohlar.

Ey bahori husn, eshitsang gar Navoiy ohini
Kerak, albatta, xazon yelin sog`insang gohlar.

                                 138

Yuz tuman mehnat o`ti anduhlig` jonimdadur,
To havodin sarzanish sarvi xiromonimdadur.

Hojatim budur, xudoyokim, karomat qilg`asen,
Notavon jonimg`a har zahmatki jononimdadur.

Dard menda sendin ortuq bo`lsa, jono, ne ajab,
Kim sening jismingdadur, zahmat mening jonimdadur.

So`rdum og`zi ta`mi talx ermish, ajab yo`q o`lmagim
Menki, bu yang`lig` achig` ta`m obi hayvonimdadur.

Ey Masiho, subhi ayshim tiyra bo`lmish, go`yiyo
Zarrae betoblig` xurshidi tobonimdadur.

Dahr bog`i ichra barbod o`lmag`on gul chiqmadi,
Yo`q ajab, gar yeldin osibe gulistonimdadur.

Ey Navoiy, so`rmading dersen malul o`lg`anda yor,
Sog`inursen go`yiyokim baxt farmonimdadur.

                                   139

Kirdi siymobiy libos ichra yana ul guluzor,
Ul quyoshdekkim, anga moni` bo`lur abri bahor.

Ul bulut yanglig` libos uzra sizilg`on xatlari
Bor aningdekkim, yog`in tushgay bulutdin tor-tor.

Bu libosi siymgun ichra sening nozik taning
Ul kumushdekdurkim, ul siymob aro tutqay qaror.

Mehri ruxsoring libosi siymgundin mutlaqo
Ul quyoshdurkim, qilur ko`zguda aksin oshkor.

Bo`ldi siymobiy -libosing rangi baskim, ayladim
Ko`z sahobidin boshingg`a ashk siymobin nisor.

Tanni chun siymob etar bu charxi axzar oqibat,
To`n agar siymobiy o`lsun, gar yashil, bir hukmi bor.

Ey Navoiy, kisvati gar obgundur, ne ajab,
Bu yaqindurkim, bo`lur suv ichra durri shohvor.

                               140

Furqatingdin za`faron uzra to`karmen lolalar,
Lolalar ermaski, bag`rimdin erur pargolalar.

Dur tishingdin donayi sabrim qolur bebar desam,
Kulub ayturkim, ekinning ofatidur jolalar.

Bargi gul uzra yopishibtur shakar har soridin,
Yo magar-la`ling uza qaynabturur tabxolalar?

Tola-tola nay o`qung ko`ksumda go`yo sindikim,
Tevrulubtur notavon ko`nglumda bir-bir tolalar.

Fitnalik to`qquz falaq girdingda, jono, turfadur,
Kim ko`rubtur bir quyosh davrinda mundoq holalar?

Bordilar ahbobu men yig`larmen o`z ahvolima,
Korvondin qolg`on it yanglig`ki, qilg`ay nolalar.

Ko`hi g`am bo`ldi Navoiy, lolalar gulgun sirishk,
Tog` agar budur, bale, ashk o`lg`usidur lolalar.

                                     141

Ul  malohat sham`idin  mundoqki jismim  yonadur,
Har bir uchqun g`am shabistonida bir parvonadur.

Shomi hajrim sharhin el afsona qildi, ohkim,
Uyqug`a solg`on qaro baxtimni bu afsonadur.

G`ayrkim, mahv o`ldiyu sensen buzug` ko`nglum aro,—
Chug`z itib, tovus yer tutmish, ajab vayronadur.

Ko`ksum ichrakim, g`amingdin nordek bo`ldi inkof,
Go`yiyo har bir bag`ir pargolasi bir donadur.

Ko`yida so`rsang ko`ngullarni unutma, ey sabo,
Mening ovoramnikim, ham xasta, ham devonadur.

Charx shabgardig`a go`yo naqdi umringdur g`araz,
Tegrangga har tunki ikki bukrayib aylonadur.

So`rma hajringda Navoiy yorinu sarmanzilin,
Yor anga darding, vatan bir kunji mehnatxonadur.

                                     142

To xayoling gah ko`ngul, gah ko`z aro mehmon erur,
Ko`z bila ko`nglum arosinda hasaddin qon erur.

Ko`ngluma paykonlaringdin qatra-qatra suv emas,
Holima ko`zdek biaynih ul dog`i giryon erur.

G`arqamen ashk ichrakim, ishqing tanimni o`rtamas,
Yo`qsa, o`t kim ko`rdikim, xoshok aro pinhon erur?

Hajr o`qidinkim erur bag`rim aro yuz ming to`shuk,
Har to`shuk bir ko`zdururkim, holima hayron erur.

Husn maydonida ul ko`z chobukedurkim, anga
Xoli mushkin go`yu zulfung anbarin chavgon erur.

Dahr bo`stonida bosh chekkan nihol atrofida
Shox emas, novak degil, yafrog` emas, paykon erur.

Tiyg` ila dushvor aylabsen Navoiy qatlini,
Chehradin burqa`ni olg`ilkim, base oson erur.

                                      143

G`unchayi xandon bila husnung guli xurram bahor,
Xatting andoq sabzakim, bo`lg`ay anga hamdam bahor.

Yuz uza terdin xating gar bosh chekar, ey gul, ne tong
Sabzag`a boisdurur chun bo`ldi ersa nam bahor.

Shodlig`din gulshani vaslingda yig`lab cheksam oh,
Yopma yuzkim, gulga bo`lmas yel-yog`indin g`am bahor.

Orazim aksi yuzung oyina tushgan turfadur,
Kim ko`rubtur ham xazon bir oyda bo`lg`ay, ham bahor?!

Voykim, bir gul xazong`a soldi ayshim gulbunin,
Ushbu fasl ichraki topmish jumlayi olam bahor.

Barqu sel ermas, fig`onu ashk erur, bukim, har el
Gul yuzung ko`rgach tutar o`z holig`a motam bahor.

Qasdi bulbul ko`ngli qaydi bo`lmasa, nevchun solur
Bog` sho`xi sunbuli zulfig`a pechu xam bahor?

Gul emas, bu bog` torojig`a iynak la`ldin
Ayladi oviza mehri davryg`a xotam bahor.

Ey Navoiy, chin bahor erkin bu, yoxud ko`rguzur
Bog`i xulqidin ulusg`a dovari a`zam bahor.

                                     144

Vahki, ko`nglum g`ussasi har lahza qasdi jon qilur
Hajrim anduhi buzug` sabrim uyin vayron qilur.

Ko`p madaddur hajr anduhida sovug` ohlar,
Kim singursa men kibi o`ziga qasdi jon qilur.

Necha yillik mehnatim ishq ichra bilgay oshiqe,
Kim hadisin yor ila ag`yordin pinhon qilur.

Jonni istarmen chiqarsam uyidin, ko`zlarni ham,
Ko`nglum ul damkim xayolin lahzae mehmon qilur.

Asradim jon ichra mehrin, bilmadim oxir nafas
Ul Masiho o`lmagim anglab, o`zin nodon qilur.

Faqr yo`linda irik pashminadin or etmakim,
Har taharrukdin taayyun bandini suhon qilur.

Soqiyo, holimni bilding, emdi tutqil bodakim,
Bu suubatlarni bexudlug` manga oson qilur.

Rostlarg`a charx agar har lahza qilmas sarzanish,
Sham` bas har tun nedin yig`lab-kuyub afg`on qilur?

Daf` etar dardin Navoiyning o`shul maykim, mudom
Xusravi Xusravnishon soqiylari ehson qilur.

                                         145

Tararda uhdaliq zulfin musalsal ayladi chinlar,
Girih «mim», ikki zulfi ikki «lom», iynak tarog` «sin»lar»

Girihlar zulfida go`yo hisob asrabdur ul kofir,
Olurda zuhdu tahvo ahlidin toroj etib dinlar.

Eshib, nevchun fig`ong`a soldi zulfidin ko`ngullarni,
Qaroru sabr naqdin olg`ali gar aylamas qinlar.

Ne yuzdur, olloh-olloh, boda tobidinki, har soat
Ochar nasrinlar uzra gul, sochar gul uzra nasrinlar.

Kelur ul sarvkim, gullar mullavvan qildi gulshanni,
Kirarda shah nechukkim mulk eli bog`larlar oyinlar.

Desam husn ahlini ko`rmangki, zolimdurlaru qotil,
Qo`ngul aytur: ko`ray, shoyadki mundog` ermas erkinlar?

Erur mahzun ko`ngullar zulmati zulfida zor andog`,
Ki shomi hajrida ishq ahlidin har sori g`amginlar.

Ne yellanmakdur, ey shah, mo`r xaylidek chirikdinkim,
Sulaymondek bu vodiy ichra barbod o`ldi chandinlar!

Navoiy, bo`lmayin zoru zaif o`lmas navo topmoq,
Bu ermish piri chang avtoridin dayr ichra talqinlar.

                                          146

Ollim ul but sajdasidin resh erur, holim budur,
Toati maqbulum uldur, dog`i iqbolim budur.

O`qlaridin qushdek o`ldum jong`a ul ko`y orzu,
Uchmog` istarmen, vale ko`rkim, paru bolim budur.

Bas, g`aniymen ko`hi g`am birla junun toshi aro,
Iynak-iynak taxti johim; ulduru molim budur.

Yor shavqidin o`lar holatdadurmen, ey tabib,
Ne ilojing bor, mening xud za`f ahvolim budur.

Cho`mg`ali qo`ymas quruq naydek so`ngaklar ashk aro,
Turfa ko`rkim, bahri bepoyon aro solim budur,

Topmayin dunyoda kome, dinni barbod ayladim,
Hayf do`zax ham manga, billah gar a`molim budur.

Ey Navoiy, gar o`larda jon talashsam, qilma ayb,
Dermen ul oyni ko`rub: jon bersam, ihmolim budur.

                                    147

Tirguzur har dam raqiblarniyu mani o`lturur,
O`t yoqib el jonig`a, mening ichimni kuydurur.

Ko`nglum ahvolin sabodyn so`rdum ersa dedikim:
«Telbalardek bir pari ko`yida sargardon yurur».

Ul quyosh yuziga boqqan soyi ortar ko`z yoshim,
Mehr tobidin agarchi har nima o`ldur qurur.

Qon yoshim rangi yoshurdi xotami la`l og`zini,
O`ynamoqda yoshlar andoqkim uzukni yoshurur.

Senki yo`qsen, mohruxlar jilva aylarlar, valek
Kecha ishnar qurt nuri mehr chiqqach bilgurur.

Ul quyosh hijronida har tun iki munglug` ko`zum
Tongg`a tegru subhidam yo`lig`a boqib telmurur.

Tuzluk aylab sham`dek, vah, bilmadimkim, bu nihol
Mehnat o`ti gul ochar, yosh qatrasi bar kelturur.

Bul`ajablig`lar bahori ishq aro ko`rkim, meni
Gah bulutdek yig`latur, gohi choqindek kuldurur.

Zuhd ohangin Navoiy har nechakim soz etar,
Bir navo birla mug`anniy yona yo`ldin ozg`urur.

                            148

Yana sensizin munisim g`am bo`lubtur,
Ko`zumga yurak qoni hamdam bo`lubtur.

Qarorib ko`zum dam-badam zor yig`lar,
Anga shomi hajringda motam bo`lubtur.

Yaramdin chekarga o`qin sa`y qilmang,
Ki paykon so`ngak ichra mahkam bo`lubtur.

Ichimdin nechuk tortqaylar o`qinkim,
Ko`ngul qo`ymasu jon madad ham bo`lubtur.

Ko`ngulga yoqar kirpigingning xayoli,
Mening zaxmima nesh marham bo`lubtur.

G`uborin tilab yig`lama har dam, ey ko`z,
Ki ashkingdin-o`q yer yuzi nam bo`lubtur.

Bu gulshan aro barg to`tilarig`a
Xazon tifli bas boisi ram bo`lubtur.

Vafo shaxsining farqini charx tiyg`i
Iki bo`ldi, vahkim, biri kam bo`lubtur.

Emas g`am yukidinki, qoshingni ko`rgach,
Navoiy sujud etgali xam blubtur.

                       149

Ko`zung ne balo qaro bo`lubtur,
Kim jong`a qaro balo bo`lubtur.

Majmu`i davoni dard qildi
Dardingki, mango davo bo`lubtur.

Ishq ichra oning fidosi yuz jon,
Har jonki sango fido bo`lubtur.

Begona bo`lubtur oshnodin,
Begonag`o oshno bo`lubtur.

To qildi yuzung havosi jonim,
Yuz sori ango havo bo`lubtur.

Boqiy topar ulki bo`ldi foniy,
Rahravg`a fano baqo bo`lubtur.

To tuzdi Navoiy oyati ishq,
Ishq ahli aro navo bo`lubtur.

                                     150

Ko`k g`azoli chunki kofur uzra mushkafshon bo`lur,
Kavkabafshon ko`zlarimdin ul quyosh pinhon bo`lur.

Mung`ayib andog` sinug` ko`nglum buzulurkim, sipehr
Bul`ajab holimg`a yuz ming ko`z bila hayron bo`lur.

Gah yurub, gah o`lturub, bir lahza tutmasmen qaror,
G`ussa bandidin bari olam manga zindon bo`lur.

Gah ko`ngul o`ti urar ko`ksum shikofidin alam,
Gah bag`ir pargolasi ko`z yo`lidin g`alton bo`lur.

O`lturur uy saqfig`a ohim tafidin qatralar,
Yo mening holimg`adurkim tomu tosh giryon bo`lur.

Eyki istarsen salomat, ishq ko`yin so`rmag`il,
Kim bu yo`lg`a har kishikim tushti, sargardon bo`lur.

Istaganga do`st komin istabon kuymak, ne tong,
Gar tutun sunbul, o`tun ashjoru o`t rayhon bo`lur.

Ichni uryon qilki, toshing zebi man`i faqr emas,
Faqr emastur gar iching mamlu, toshing uryon bo`lur.

Ey Navoiy, ishq man`in elga irshod aylading,
Olloh-olloh, bu ne makru hiylavu doston bo`lur?!

                                       151

Vahki, maydon azmig`a sekretti ul chobuk suvor,
Kimdururkim asrag`ay emdi inoni ixtiyor?

Qoshu yuzungdin agar ortar jununim, ne ajab,
Telbalikka ham yangi oydur madad, ham navbahor.

Chok eting ko`ksumki, chiqsun o`tlug` ohim  shu`lasi,
Bir nafas bo`lg`ayki, bu anduh o`ti topqay qaror.

Aqlu fahm oshuftahol o`ldi yigit joning uchun,
Kim yana uydin munungdek chiqmag`il oluftavor.

Bir zamonlig` hajr chun ming yilcha bor, o`lsam, ne tong
Chunki bo`lmas hech kishining umri ming yil poydor.

Soqiyo, chun ichkumizdur oqibat jomi ajal,
Boda tut ondin burunkim, bizni o`lturgay xumor.

Orazi bog`idag`i ter ko`nglum o`tin qildi tez,
Markabi na`lidag`i o`t jonima urdi sharor.

Ey Navoiy, shukrkim, maydong`a ul shah qo`ydi yuz„
Kim yo`lida qolmadi navmid joni xoksor.

                                    152

Vahy nozil bo`ldi yoxud yorning payg`omidur,
Kim g`amim taskini g`amgin xotirim oromidur.

Safhayi kofur uza  mushkin rahamkim  aylamish,
Go`yiyo subhi saodat uzra davlat shomidur.

Hajridin jonim  arosig`a agar xud kirmadi,
Nega shakli jon aro kirgan alif andomidur?

Kirdi jonu jismg`a xat safhasin ko`rgach, magar
Elga jon bermakka mehr uzra Masih arqomidur?

Va`dayi vasl erdi mazmun, gah o`lukmen, gah tirik
Anglamon, qotilmudur bu mujda, ruhafzomidur?

Vodiyi hayratda qolg`onlarg`a jon hirzi uchun
Ruq`ayi maqsud komil nutqi yo i`lomidur.

Ey Navoiy,  nega surtub ko`zga, solmay jong`akim,
Ham ko`zumnung nuri, ham ozurda jonim komidur.

                                153

Ikki ko`zumki dardu balo jo`yboridur,
Ohim buxori ustida abri bahoridur.

Ushshoq tiyra axtari har yon shafaq aro
Go`yo sipehr sabzasining lolazoridur.

Bilmay deding, uzulmish ekan subhayi aqiq,
La`ling g`amida hon kibi ashkim qatoridur.

G`am gulshanida qaddim erur ul yig`ochkim,
Paykonu bori hajring oning bargu boridur.

Har kimki Yusufum g`amidin o`ldi dasht aro,
Har tun magar bo`ri ko`zi sham`i mazoridur.

Bu dasht tufrog`in dema mushkinki, har ovuch
Bir mushkbo` g`azola tani xoksoridur.

Bergil, tutub piyola Navoiyg`a ruhkim,
Jonin yeturgan og`zig`a la`ling xumoridur.

                                       154

Barmog`i hayrat bilakim la`li xandon ichradur,
Ul «alif» yanglig` dururkim filmasal «jon» ichradur.

Xoni husni zavqini bilmakka yoxud barmog`i
La`li xandon ichra zrmaskim, namakdon ichradur.

La`li bir so`z birla yuz yilliq o`lukni Xizr etar,
Go`yiyo Ruhulloh ushbu obi hayvon ichradur.

Munfaildur yuzu zulfidinki, titratgay nasim,
Jilvagar tovuskim firdavsi rizvon ichradur.

Orazing hajrinda har qonlig` ko`zumdur lolae,
Dog`lar ko`znung qarosin, anglakim, qon ichradur.

Tutma ulfat bog` arokim, sarsari daydin durur
Emin ul qushkim, aning ma`vosi vayron ichradur.

Ey Navoiy, birga yuz jomi balo turmish to`la,
Har nechakim sog`ari ishrat bu davron ichradur.

                                        155

Qoshing ko`zdin nihon, andin nihonroq xoli mushkindur,
Bu oning nuqtasidur, go`yiyo ul nuni tanvindur.

Ko`ngul zulfung g`amidin toza-toza dog` ila go`yo,
Ki nisfi qonu nisfi mushk bo`lg`on nofayi Chindur.

Itingning goh izi, gah panjasidindur dimog`im xush,
Bu birdur mushki biyd, ul bir anga go`yoki nasrindur.

Nedin bilmon yuzum sorg`ordi muhriq ishq tobidin,
Yuzi o`tqa yaqinroq bo`lg`on elning chunki rangindur.

Ichimda  andoq o`tdurkim, tugan jismimda kuydursam,
Anga bu o`tdin andoqkim, sudin bu o`tqa taskindur.

Yuzungga boqsa bo`lg`ay oyu kuncha nuri o`ksulsa,
Yaqin ermas bu ham, astag`firulloh, balki taxmindur.

Qizil to`n birla chiqti, lolaruxlar ne ko`rungay, vah,
Bu guldin xil`at etgan sarv, alar har yon rayohindur.

Jahon makkorasi dilkashdur, ammo kimki aqd etsa,
Ipak jon rishtasi yormoq, anga din naqdi kobindur.

Qoshing mehrobig`a, ey mug`bacha, yuz qo`yg`ali qo`ykim,
Bu toat dayr piridin manga ishq ichra talqindur.

Yuzung ko`rmak tilab tinmas Navoiy ko`ngli solmoqdin,
Xudoy uchun olib burqa`ni, oning ko`nglini tindur.

                                  156

Qatlima tiyg` o`lgalikim charx ishi ozordur,
Mavji ashkim aksidin po`lodi javhardordur.

Ko`k tegirmon toshi aylandurmoq istar boshima,
Dema oyu kun boshim uzra bukim sayyordur.

Ishq dashtida quyun ermaski, men devonag`a
Dasht aro sargashtalik xattin sizar pargordur.

Dard tog`ida choqinlar dema, de o`tlug` kamand,
Kim solurda bo`ynuma charx ilgidin takrordur.

Rahm qil, gardunki, bir dilxastadin maqdur emas
Chekmagi gar mehnatu bedod bu miqdordur.

Muncha dardu g`ussadin  maxlas topar yer istasang,
Ey Navoiy, bilki, ul yer kulbayi xammordur.

Ey xusho xumxonakim, qilg`onni anda tarki hush,
Ko`k xumidin har nekim kelgay, farog`i bordur.

                                   157

Nuqtayi xolingki ko`zdin doimo  ma`dum erur,
Nuqtayi xol ermas ulkim, nuqtayi mavhum erur.

Tong emas, ul nuqta gar ko`zdin nihondur, vah, ne tong
Mardumin  ko`rmakligidin  ko`z  agar  mahrum erur.

Baski, xoli ko`zdadur bo`lmish jahon bir safhakim,
Raml mashqi yanglig` anda nuqta-o`q marqum erur.

Axtari baxtimdurur ul xol,  yo`qsa  ko`rmaduk
Kavkab andoq tiyrakim, hurshid uza ma`lum erur.

Xoli ruxsoring kumish masnadda Hinduston shahi,
Ollida saf tortibon xat tobi`u mahkum erur.

Eyki, maydin xoli ermas deb meni ta`n aylading,
Bori ko`rguz onikim bu dayr aro ma`sum erur.

Dog`i pinhondur Navoiy ko`nglida, ey lolarux,
Nuqtayi xolingki ko`zdin doimo ma`dum erur.

                                  158

Har labing o`lganni tirguzmakda, jono, jon erur,
Bu jihatdin bir-birisi birla jonajon erur.

Jonim andoq to`ldi jonondinki, bo`lmas fahmkim,
Jon erur jonon emas yo jon emas, jonon erur.

Bo`lsa jonon, bordurur jon ham, chu jonon qildi azm,
Jon ketib jonon bila, jondin menga hijron erur.

Jon manga jonon uchundur, yo`qki jonon jon uchun,
Umr jononsiz qotiq, jonsiz vale oson erur.

Borsa jon, jonon yitar, gar borsa jonon, jon ketar,
Kimsaga  jononu jonsiz umr ne imkon erur?

Xushturur jonu jahon jonon bila, jonon agar
Bo`lmasa jon uylakim o`lmak jahon zindon erur.

Jonim ol, ey hajru jononsiz manga ranj istama,
Chunki jononsiz Navoiy jonidin ranjon erur.

                                 159

Har qachonkim kemaga ul oy safar raxtin solur,
Mavjluq daryo  kibi  oshufta  ko`nglum qo`zg`olur.

Yig`lama, ey ko`z, nedin sohilg`a chiqmas kema deb,
Ko`z yoshim daryosidur har sorikim el ko`z solur.

Titrabon siymobdek ko`nglum, yetar jon og`zima,
Tund yel tahrikidin har damki daryo chayqolur.

Sabr ko`nglumda, ko`ngul ul oyda, ul oy kemada,
Vahki,  borib, telmurub ko`z, mung`ayib jonim qolur.

Dam tutulg`ondin o`lar eldek yetibmen o`lgali,
Surmasun deb kemasin baskim nafaslar asrolur.

Kirma  savdo  bahrida olamdin istab sudkim,
Siym naqdi tushsa, lekin umr naqdi siyg`olur.

G`arq etar bahri fano g`am zavraqin, ey piri dayr,
Ilgiga chunkim Navoiy boda kishtisin olur.

                                  160

Jon berur elga agarchi labidin qon tomadur,
Vah, dema qon tomadur, balki chuchuk jon tomadur.

Noz o`qi birla ko`zum mardumin etding majruh,
Ashki gulgun  dema, zaxmidin  aning qon tomadur.

Vah, yaram ichra ne qondur  buki, devona ko`ngul
Topsa taskin — turadur,  aylasa  afg`on — tomadur.

Go`yiyo fitna sahobidin erur seli balo,
Raxshidin qatraki javlon aro har yon tomadur.

Tomchidek ashkim emas, ko`nglum o`ti daf`i uchun
Gah badan kulbasini qilg`ali vayron tomadur.

Vahki, gul sham`in o`churmaklik uchundur, gar xud
Qatra o`rnig`a bulutdin durri g`alton tomadur.

La`li vasfida  Navoiy so`zidin obi hayot
Qilsa paydo oqadur, aylasa pinhon tomadur.

                               161

Xolu xating xayolidin, ey sarvi guluzor,
Gohi ko`zumga xol to`shubtur, gahi g`ubor.

Yuzungda xol safhada tomg`an kibi qaro,
Xoling malohati tuz erurkim qaroda bor.

Jonimni o`rtagan yuzu xolingni bilmasang,
Ut shu`lasida ayla gumon bir o`chuk sharor.

Bilmon, ko`ngulda xollaringning xayolidur,
Yo kirpiging tikanlarin aylabsen ustuvor?

Har dam ko`ngul haloku ko`zum tiyra bo`lmog`in
Bilgay birovki, yori erur sho`xu xoldor.

Mashshotayi qazo bezamish xolu xattini,
Beixtiyorliqda manga bormu ixtiyor?

Miskin Navoiy xoli labing ko`rsa jon berur,
Boqsang ne bo`ldi surati holig`a, ey nigor?!

                                   162

Chiqti ov azmig`a javlon aylab ul chobuksuvor,
Jon nisor ul sayd uchunkim, jon anga qilg`ay nisor

Bu edi qasdimki, bir kun saydi fitrok aylagay,
Qilg`anim umre kiyiklar birla suhbat ixtiyor.

Chun kiyik qatlini istar, koshki ruhum uchub,
Bir qatil etgan kiyik jismi aro tutqay qaror.

Toki yetkursam rikobig`a  boshimni, koshki,
Qilsa shaxsimni qazo it shakli birla oshkor.

Qomati hajrida har yon yoradin qonlig` ko`ngul
Bir kiyikdekdurki, o`q zaxmi bila bo`lmish figor.

Go`r uchun ochmoq nedur har lahza bahromi kamand,
Chun seni Bahromdek aylar ajal go`ri shikor.

Ey Navoiy, ul quyoshning soyasida ko`r itin
Komronu yo`q sanga ollida itcha e`tibor.

                                     163

Bargi gul yuzinda la`ling rashkidin xunoblar,
G`uncha ko`ngli ichra og`zing hasratidin toblar.

Safhaedur orazim debocha ishq avroqig`a,
Qon yoshimning xatlari shingarf birla boblar.

Ashkim artilg`on uchun xam bo`lmamish kirpiklarim,
Kim yasabdur ko`z xayolin chekkali qulloblar.

Hajridin ko`zlargakim ashk evrulur, ul ashk emas,
Kim erur dardu balo daryosig`a girdoblar.

Aybim etmang, bosh ko`tarmaydur debon xumxonadin,
Qilmayinmu sajda topsam  bu sifat mehroblar?

Hajr  aro ikki ko`zum ichra  belingning naqshidur,
O`tkarur tunni xayol aylab kecha bexoblar.

Ro`zgorin qildi mazlum ohining dudi qaro,
Ko`rma.zolim xilvatining ko`rgasin sinjoblar.

Terga botqon garmro`lardin magar daf` aylamish,
O`zluki chirkin taharrukdin irik moshoblar.

Do`stlar, miskin Navoiy tiyra shomin yod eting,
Yor ila jomi hiloliy cheksangiz mahtoblar.

                                 164

Ul quyoshkim saltanat avji uza tobon erur,
Barcha shahlar jism erur, ul barchasig`a jon erur.

Ul malaksiymo qudumidin qiyomat ko`rki, bog`
Zebu oyin birla rashki ravzayi rizvon erur.

Umri jovid elgakim bermish aroda ul Masih,
Yuz tuman ming Xizr aro bir chashmayi hayvon erur.

Ollida sochiqmu erkin yoki gullar bargidin
Sarv boshig`a sabo har lahza siymafshon erur?

El Navoiydek tana`um birla bo`lsa, ne ajab,
Chun borig`a iftixor ul xusravi davron erur.

                                   165

Telba ko`nglum, vahki, har soat birov sori borur,
Man` qildim ersa bag`rim og`rig`udek yolborur.

Qo`ydum ersa kelturur munglug` boshimg`a yuz balo,
Qo`ymasam jong`a zarar yetgudek o`zidin borur.

Qo`ymasam — bu, qo`ysam— ul, vah, bo`lsa yuz jonim fido
Ul kishigakim, hazin jonimni andin qutqorur.

Aql vasvosini qo`ysam avlo ulkim, men dog`i
Boshim olib ketgamen har sorikim, ul boshqorur.

Soqiyo, bir nav` men labtashna yo`qkim og`zima,
Har yaram og`zig`a quysang bir qadahni sipqorur.

Ikki yuzluk bo`lmakim, bu bog`ning ra`no guli
Gar qizorur bir yuzi, lekin yana bir sorg`orur.

Kulda pinhon o`t kibi topmas Navoiy ko`nglini,
Har nechakim ishq kul qildi vujudin oxtorur.

                            166

Ul oyki, jafo nardini xo`blardin utubtur,
Yo rab, ne balo, mehru vafoni unutubtur?!

Og`zing bila pista o`chashur puchlug`idin,
Bilmonki, o`shul og`zi ochuq qayda butubtur?

Har dam qizig` ohim tafidin muztar o`lurmen,
O`tlug` nafas, ey voyki, ko`klardin o`tubtur.

Yillar labi la`ling g`amidin joni hazinim
Hasrat suyini xuni jigar birla yutubtur.

Ul nargisi bemor ila ul g`unchayi xandon
Ko`zumni o`l aylabturu og`zim qurutubtur1.

Aksini ko`ngul ko`zgusida ko`rdumu o`ldum,
Kim g`ayrin aning eviga nevchun yovutubtur?

Hijron kuni ishq ahlini o`rtarga magar charx
Otashkadasida shafaq o`tin yorutubtur.

Bulbul kibi xushgo`y Navoryni qilib xor,
Ul gulni ko`rung, jonibi badgo`y tutubtur.

                                       167

Barcha xo`blarning qadu ruxsoru xattu xoli bor?
Lek ulkim bizni behol aylar, o`zga holi bor.

Yuzum oltundekdurur, bu vajhdinkim holiyo
Siymbarlar ul kishiningdurkim, oning moli bor.

Kirgali ko`nglum aro bir-bir o`qung bo`lmish tanim
Ul qalamdekkim, oning ichida tuz-tuz noli bor.

Sunbulung tushsa oyog`ing ostida, ne aybkim,
«Gul» bila «xurshid»ning ostida «lom»u «dol»i bor.

Ul sababdin, zohido, mashg`ul emasmen zuhd ila,
Kim ko`ngulning mutribu may birla ko`p ashg`oli bor.

Odam o`lmishmenki, ishq ahli manga avlod erur,
Yo`qsa, yoshdin mencha kimning yuz sari atfoli bor?

Gavhari maqsud chun vobastayi tavfiq erur,
Desa bo`lmaskim, munung sa`yi, oning ihmoli bor.

Ey Navoiy, topmasang kome labi jonbaxshidin,
Sening uchun bo`lsun oning g`amzayi qattoli bor.

                                  168

Chorayi kor istabon bechoraliq ko`nglum tilar,
Xonumon tarkin qilib, ovoraliq ko`nglum tilar.

Istaram ollingda qilsam sajdavu o`psam labing,
But parastish aylabon, mayxoraliq ko`nglum tilar.

Bag`rimu ko`ksum bila ko`nglumni qilding yoraliq,
Joni ham bu hol birla yoraliq ko`nglum tilar.

Oshiq ishi chun savodul-vajhi fid-dorayn erur,
Bu malomat ko`yida yuz qoraliq ko`nglum tilar.

Qasdima har yondin ul ko`y itlarin qo`y, ey raqib,
Kim  salomat pardasin yuz  poraliq ko`nglum  tilar.

Tan g`uborin jon yuzidin raf` qil, ey dardkim,
Ko`zni ul yon gah-gahi nazzoraliq ko`nglum tilar.

Ey Navoiy, nechakim ko`nglumga tushgan dard uchun
Chora istarmen, vale bechoraliq ko`nglum tilar.

                                 169

Har o`qi ul qoshi yoning elnikim qurbon qilur,
Rost bir o`qdurki, qurbon ko`nglum ichra sanchilur.

Istasa vaslin ko`ngul, ko`z rashkdin qon yosh to`kar,
Ko`z yuzin ko`rgach, ko`ngul yuz nola g`ayratdin qilur.

Tiyg`i ko`ksum chok etib, ko`nglumni ochsa, ne ajab,
Kim ravon suvdin hamisha xalq ko`ngli ochilur.

Garm o`lub, har yon ul otash porakim novak otar,
Rost o`tdekdurki, girdidin shararlar ayrilur.

Yuzni o`n tirnog` ilakim g`ussadin qildim figor,
Dona erkin ko`z yoshimkim, har dam anda sochilur.

Boda ichkim, charx jomi sirrini Jam qilmadi,
Garchi ul yuz Jam kibi mayxoraning davrin bilur.

Oh o`tidin shikva gar aylar Navoiy, ayb emas,
Telbalarning har nekim og`zig`a kelsa aytilur.

                                 170

Yo rab, bu ne guldurkim, boshig`a chechak sanchar,
Gah egri qo`yar bo`rkin, gah belga etak sanchar.

Ko`nglumga chekib novak, oj ayladi payvandin,
Har zaxmki ul teshti, el anga so`ngak sanchar.

Boshimg`a havas la`ling, olamni vido` ettim,
Chiqsa kishi majlisdin, boshig`a gazak sanchar.

G`am kulbasida, jono, ul xastag`a rahm etkim,
Tebransa bag`ir og`rir, dam ursa yurak sanchar.

Qullobi muhabbattur sargashta ko`ngullarga,
Chun qush solib ul chobuk, boshig`a gajak sanchar.

Har kavkab uchin gardun nesh etti shuo`idin,
G`am shomi vafo ahlin har nav` kerak sanchar.

Sanchilg`on ajal xori ishq uchrasa bilgaysen,
Kim jong`a balo neshin hajr o`zgacharak sanchar.

Jismin chu Navoiyning` paykoni temur qildi,
Bilmonki, sinon emdi bag`rig`a netak sanchar?

                                 171

G`aming o`qiki, ko`ngullar uyin nishona qilur,
Mening chu xokiy tanim ichra yetti, xona qilur.

Labing bahonasiz el qonini to`kar har dam,
Manga chu yetti ish, albatta, bir bahona qilur.

Ko`ngul berurda  fusunlug`  ko`ziga  bilmas edim,
Ki el ichinda meni oqibat fasona qilur.

Ko`ngulda javhari paykoniniki yig`mish jon,
Ajab emaski, bu vayronani xazona qilur.

Desaki, mehrgiyohin ko`kartayin gardun,
Zamona ahli vafo ko`z yoshini dona qilur.

Halok domi yoyar subhxez qushlar uchun
Sahar yeliki, chaman sunbulini shona qilur.

Nasib bulbul uchun xori g`amdurur, ul ham
Navoiy nag`masi birla magar tarona qilur?

                                172

Dureki, mening jonima ofat yetilibtur,
To`bi kibi qad birla qiyomat yetilibtur.

Ushshoh ko`zidin duru gavhar oqizurg`a
Bir bahri jafo, koni malohat yetilibtur.

La`ling mayikim, so`rg`ali devona bo`lubmen,
Shirin ko`runur, lek bag`oyat yetilibtur.

Ishqing chamanida ne tarab shoxiki ektim,
Har birisi bir naxli nadomat yetilibtur.

Yuz zarracha sargashtaligim bo`lsa, ne tongkim,
Yuz mehrdin ul sho`x ziyodat yetilibtur.

Bu bog` aro holmaydur ajal yelidin ozod
Har gulgaki, savsan kibi qomat yetilibtur.

Hijron g`amidin vahm etu shukr ayla, Navony,
Bu lahzaki, vaslig`a salomat yetilibtur.

                                       173

To bo`ldi ko`ngul ul ko`zi usrukka giriftor,
El ko`ziga sog`men, vale o`z-o`zuma bemor.

Tongdin tanim oqshomg`acha tosh zaxmi bila resh,
Tundin badanim tongg`acha tish zaxmidin afgor.

Kulbamning emas xishtlari darzeki, ochmish
Holimg`a fig`on qilg`ali og`zin daru devor.

Xalq ichra ko`ngul ishqini fosh ayladi ohim,
Uy ichida o`t bor ekanin dud etar izhor.

Ul but g`amidin kofiri ishq o`lg`ali ko`nglum
Jon rishtalarin jam` qilib bog`ladi zunnor.

Xush gulshan erur dahr, budur aybiki, anda
Payvasta xazon yelidin ozurdadur ashjor.

Yor ollida gar bor-yo`q ersa, ajab ermas,
Ag`yor chu bor anda, Navoiy, sanga ne bor?!

                                  174

Yuz olmon yo`lidin qatlimg`a chun tashrif yor eltur,
Namoz ichra o`lumluk maks etardin ro`zgor eltur.

Qachonkim masti loyaqil chiqar, vahkim, anga bermon
Ko`ngulni ixtiyorim birla, ul beixtiyor eltur.

Itiga to``ma darboyist bo`lg`ay deb qayon borsa,
Ko`ngul saydini fitrokig`a aylab ustuvor eltur.

Mening majnunlug`umni ul pari ishqida man` etmang,
Ki aqli kulni savdo dashtig`a devonavor eltur.

Shabistoningda anjum mahramu kun bo`lg`ali mahrum
Bu gul-gul ochilib har kecha, ul bir xor-xor eltur.

Nasimi subh xayli  sunbuli zulfungni  tarqatqach,
Savodi tuncha mushki sudadin har yon g`ubor eltur.

Yuzu zulfung tilab bog` ichra ohim otashin guldin
Uzar yafrog`lar o`tdin dud andoqkim sharor eltur.

Meni mayxonag`a bording debon yozg`urma, ey zohid,
Ki usruk shahnadek ul yon qazo ilgi tutor, eltur.

Qazo narrodi ko`k tosida oy-kun ka`bataynidin
Dushash naqshi bila el umri naqdi har ne bor eltur.

Navoiy qatlig`a chun va`dae qilding, vafo qilkim,
Yo`lungda telmurub umredururkim intizor eltur.

                               175

Fig`onki, yor vafo ahlig`a sitam qiladur,
Niyozu ajz gunohig`a  muttaham qiladur.

Naimi vaslida xo`y aylagan ko`ngullarni,
Asiri hajr etibon, mubtaloyi g`am qiladur.

Raqib behuda taqriri birla yuz taqsir
Zaif g`amzadalar otig`a raqam qiladur.

Ne hukm qilsa vafo xayli jurmida g`am emas,
Bu zulm erurki, jafo ahlini hakam qiladur.

Uz ilgi birla gar o`ltursa bok yo`q, vahkim,
Raqib ollida aftodavu dijam qiladur.

Muhabbat ahlini «vo hasrato»ki ko`p o`rtab,
Alarning ohi o`tidin haros kam qiladur.

Chu gul vafosiz erur, necha asrasa, vahkim,
Ko`ngul qushi bu gulistondin emdi ram qiladur.

Zamona o`q kibi tuzlarni sindurub yodek,
Alarki egridurur, shahg`a muhtaram qiladur.

Navoiy o`lgay edi bo`lmasa umidi visol,
Bu qasdlarki, anga hajr dam-badam qiladur.

                             176

Sarig` libos aro ul no`shlabki xandondur,
Erur Masihki xurshid ichinda pinhondur.

Libosu jism ila ul guluzor ko`rguzdi
Xazon ichida bahoreki, aql hayrondur.

Libosi o`t kibi asfar, tani hayot suyi,
Ajoyib o`tki, arosinda obi hayvondur.

O`shul dur orzusidiki, zarvaraq kiymish,
Yuzumning oltunida durrsh ashk g`altondur.

Firoq dashtidag`i lolalar sarig` butmish,
Magarki dog`lari barcha dog`i hijrondur.

Yuz ul etakdin agar olmasam, ne tongki, somon
Chu kahrabog`a yetar, qo`ymog`i ne imkondur?

Sarig` yuzumdek etib subh o`zin sog`indikim,
Sovug` nafas bila mehrin yoshurmoq osondur.

Navoiyg`a berur el pandu ul muni derkim:
Sarig` libosi falon sho`xning yee chaspondur?

                                    177

Ulki, onsiz xasta ko`nglumnung yuz ohu voyi bor,
Hajridin yuz ming meningdek o`lsa, ne parvoyi bor?

Charx tong otquncha yig`lar mehrin eldin yoshurub,
Go`yo ul sargashtaning ham bir musofir oyi bor,

Ganji husnung yanglig` o`lmish maxzani mehrim mening,
Kim necha isrof birla xarj qilg`on soyi bor.

Zahri hijronkim chekarmen, ta`mini bilgay magar
Bedilekim, bir vafosiz kofiri xudroyi bor.

Ishq mulkidin xabarlar topsa Layli, tong emas,
Kim aning Majnun kibi payki jahonpaymoyi bor.

.Mehrning ko`rma shafaq ichra shuo`iy xatlarin,
Kim sipehr osiybidin mujgoni xunpoloyi bor.

Hajr aro qildi Navoiy qoshlaring ko`nglida naqsh,
Razm elidek ish kuni qurbonda ikki yoyi bor.

                                   178

Voyu yuz ming voykim, tarki muhabbat qildi yor,
Bilmayin qoldim menu qilmay xabar ayrildi yor.

Bordi o`qdek tezu yodek qomatim yod etmadi,
Ishq aro go`yo mening egriligimni bildi yor.

Chun gadolar birla shahlar qilmas ermish yorlig`,
Men gadoni ko`zga, bas, nevchun burundin ildi yor?

Pand eshitib,. do`stlar, hech kim bila yor o`lmangiz,
Kim mening bag`rimni tiyg`i hajr birla tildi yor.

Mendin ayrilg`on balovu dard uchunmu yig`layin?
Yo angakim, boribon ag`yor ila qotildi yor?

Yig`lashib g`am shomi zohir aylasunlar dard uyin
Kimgakim baytul-hazanda sham`dek topildi yor.

Ey Navoiy, yor uchun tortar eding g`urbatda ranj,
Yo`lg`a tush, emdi ravonroqkim, azimat qildi yor.

                                      179

Har qayon boqsam ko`zumg`a ul quyoshdin nur erur,
Har sori qilsam nazar ul oy manga manzur erur.

Chun masal bo`ldi soching zulm ichra, yoshurmoq ne sud,
Mushk isin yoshursa bo`lmas,— bu masal mashhur erur

Telbararmen to ani ko`rmon, ajoyibdur bukim,
Ul pari devana ko`zidin dog`i mastur erur.
 
Chun mudom erning mayi koshindadur kofir ko`zung
Nedin erkinkim dame usruk, dame maxmur erur.

Dilrabolar dog`n jonim safhasida go`yiyo
Dard eli ishqim uchun muhr aylagon manshur erur.

Par urub boshingg`a tutma avjkim, har necha mo`r,
Kim qanotlong`oy, qachon uchmoq anga maqdur erur?

Gar Navoiy siymbarlar vaslin istab ko`rsa ranj,
Yo`q ajab, nevchunki xom etgan tama` ranjur erur.

                                       180

Er bordiyu ko`nglumda aning nozi qolibtur,
Andog`ki qulog`im to`la ovozi qolibtur.

Ko`z xonasini qildi barandoxta bu ashk,
Ko`z bordi, vale xona barandozn qolibtur.

Ko`nglum qushi to sunbulunguz domig`a tushti,
Bulbul kibi har gul sori parvozi qolibtur.

Ul qush safar aylab, ne tarab gulbunin ochqay,
Kim bog` aro bir sarvi sarafrozi qolibtur.

Men ishq ramuzin demay o`ldum, nazar etkim,
Farhod ila Majnunnung o`kush rozi qolibtur.

Taqlid qilib ko`ngluma ishq ahli chekar oh,
Ul ittiyu el ichra sarovozi qolibtur.

Hijronu visolin ko`pu oz dema, Navoiy,
Yuz shukr, dekim: ko`pi borib, ozi qolibtur.

                                      181

Ul  malaksiymo parikim, xalq aning hayronidur,
Jonlar oshubi, vale oshufta jonlar jonidur.

Tifl avroq ichra bir-bir bargi gul tergan kibi,
Nomayi hijron aro tim-tim sirishkim qonidur.

Ko`rsa jon zaxmida qonlig` marhamin aylar gumon,
Kim  buzulg`on ko`nglum o`tidin qizil paykonidur.

Yuzungga may gullari yuz fitna qildi, go`yiyo
Fitna har gulkim ochar, yuzung aning bo`stonidur.

Bormudur ko`nglumda kesgan ham alif, ham na`lu dog`,
Yo bu mir`ot ichra solg`on aksi husnung onidur?

Dahr toroji qilur uryon chaman ra`nolarin,
Eldin un chekmas yig`ochlarkim chaman afg`onidur.

Ey Navoiy, bilki, tong otquncha yig`lar har kecha
Charxdek har kimki bir badmehr sargardonidur.

                           182

Shahsuvorim har qachon javlon qilur,
Mahvnlub, bilmon o`zumni, haq bilur.

Anga har ko`zkim tushar, kirpiklari
Xasta ko`nglumga tikandeq sanchilur.

Ochilur ko`nglum samandi sayridin,
G`uncha yanglig`kim sabodin ochilur.

Ayrilur go`yo quyoshdin bir shihob,
Oti na`lidin har o`tkim ayrilur.

Oh tortarda magar jon pech urar,
O`q otarda har qachonkim qayrilur.

Tavsani gardunni markab qilmakim,
Er bila rokibni oxir teng qilur.

Tez etar tig`ing Navoiy ishqini,
Garchi o`t o`char, agar suv yeochilur.

                                 183

Qaysi bir ko`kning yuzungdek mehri olamtobi bor?
Qaysi gulshanning jamolingdek guli serobi bor?

Zulfidin, ey zaxmliq ko`nglum, qutulg`ung yo`qturur,
Kim sening har halqayi zulfungda bir qullobn bor.

Zulfu yuzidin dam urmang, tun bila kun chashmasi,
Kim bu sunbul birla gulning o`zga obu tobi bor.

Ne uchun har dam sarig`roqtur yuzumning oltuni,
Bovujudikim yuzimda ashkdin siymobi bor.

Sajda gar aylar malak, ne tongkim, ul oy qasrining
Kungiri shaklidin atrofida ko`p mehrobi bor.

Davlati zohirki mahbub aylading, tark aylakim,
Qaydingga zulfini dolu lomidin asbobi bor.

Yuzu la`liigdin Navoiy bexud o`lsa, so`rmag`il,
Bir itingdurkim, sahar vaqtida shakkarxobi bor.

                             184

Yo`lida kosh meni pora-pora qilg`aylar,
Ki xalq holima bir-bir nazora qilg`aylar.

Bu holatimni ko`rub bori ishq asirlari,
Vafosiz elni sevardin kanora qilg`aylar.

Vasiyatim buki, ko`nglumni ko`rgach-o`q ahbob,
Tutub yuzini hamul lahza qora qilg`aylar.

Bu dard ilaki o`larmen, maraz chu zohir emas,
Tabiblar bu balog`a ne chora qilg`aylar?

Tamug`ni ravza sog`ing`aylar ahli hashr ul kun,
Ki telba ko`nglum o`tin oshkora qilg`aylar.

May ichki, anglamag`aylar bu dayrdin ramze,
Gar ahli zuhd yuz yil istixora qilg`aylar.

Sabo, degilki, Navoiyg`a tortsunlar xat,
Alarki ahli vafoni shumora qilg`aylar.

                                    185

Xasta ko`nglum azm etar ul sorikim jonon borur,
Dam-badam jonim chiqar, go`yo bu ham ul yon borur.

Ko`nglum ichra to`qtamas la`ling xayoli bir zamon,
Ne ajab, o`lsam, bu zaxmimdin chu har dam qon borur.

Ondakim sensiz yetar beshak fig`onim, ey quyosh,
Men bora olmoy, netay, ul yerdakim afg`on borur.

Qomating jon qasdi etsa, kirpigingdur rahnamoy,
Har qayon o`q borsa, oning ollida paykon borur.

Yod etarlar vodiyi ishq ahli Majnun sayrini,
Bexabar har yon quyundekkim bu sargardon borur.

Yo`ldin oxir  surma «sultonmen»  debon darveshni,
Yod et ul yo`ldinki ham darveshu ham sulton borur.

Hajridin andoq zaif o`lmish Navoiy, ey pari,
Kim qayonkim borsa, sendek xalqdin pinhon borur.

                                     186

Ko`nglumni figor ettingu jonimda balodur,
Bilmon yana, ey sarv, boshingda ne havodur?

Boshingg`a girih, yuzungga ter, oldingga sandal,
El jonig`a ul shaklni bilmon, ne balodur?

O`z darding unut bo`lg`ay agar shammae bilsang,
Hajring tuni ichra bu uqubatki mangodur.

Jon evrulubon boshingga, sen chirmab o`zungni,
G`uncha kibikim girdida sargashta sabodur.

Ko`nglum solibon nabz kibi borur ilikdin,
Nabzing sori ko`rsamki, tabib ilgi borodur.

Afg`onki, xazon mehnatidin qolmadi solim,
Har sarvi gulandomki bu gulshan arodur.

Yo rabki, Navoiy g`amu dardig`a davo ber,
Kim yor salomatlig`i dardimg`a davodur.

                                187

Ko`zum yoshiki, yurak qonig`a tutosh ko`runur,
Berur qonimg`a tonug`luq, agarchi yosh ko`runur.

Labini so`rg`ali aqlim junung`a bo`ldi badal,
May ichsa tez o`lur el, sog`da gar yovosh ko`runur.

Shikasta ko`ngluma oz g`am bo`lubturur kulliy,
Kesak qanoti sinuq qush ko`ziga tosh ko`runur.

Ne kunki yuzini ko`rsam, tushumga kirsa, ne tong,
Quyoshqa boqsayu ko`z yumsa ham, quyosh ko`runur.

Ne rud oqizding ulus qonidinki, tegrangda
Nazarg`a soy toshidek necha boqsa, bosh ko`runur.

Mug` eshigin turadek yop yuzingg`akim, gardun,
Quyosh sinoni chekib tavrida savosh ko`runur.

Navoiyning bu namozi ne nav` ekin, yo rab,
Ki sajda vaqti ko`ziga ul egma qosh ko`runur.

                                         188

Vaelidin gar bargi guldur hajrdin gar no`gi xor
Chunkim erur yor uchun xushtur kerak yor o`lsa bor.

Yor agar xud yordur bo`lsun bari ofoh xasm,
Tengri yovar bo`lsa, e`do qasdig`a ne e`tibor?

El yamon-yaxshi degandin xurramu g`amgin emon,
Chun erur yor ollida mofiz zamirim oshkor.

Har muhabbat tuxmikim ektim vafo bo`stonida,
Vahki, bo`ldi barchag`a hajru malomat bargu bor.

Ey Navoiy, boda ich, dardu balodin g`am yema,
Chun sanga homiydurur shohanshahi jam iqtidor.

                                189

Bag`rimni tiyg`i hajr ila yuz pora qildilar,
To yor ko`yidin meni ovora qildilar.

Butkudek erdi vasl ila ko`nglum jarohati,
Hijron qilichi birla yana yora qildilar.

Mazmuni o`lmaku oti hijron g`ami degan,
Yuz ming jafoni jonima yakbora qildilar.

Turg`on yoshim oqizdilar ul oy firoqida,
Sobitlarimni kavkabi sayyora qildilar.

Voiz uni surud erur ishg`oli ayshig`a,
Qismat ko`yinda oniki mayxora qildilar.

May tutki, jom davridin-o`q toptilar iloj,
Jam`iki charx davrini nazzora qildilar.

Yo rab, ne dey alarniki, miskin Navoiyni
Behushu aqlu bedilu bechora qildilar.

                                   190

Ulki, yuz mendek jahonda volavu shaydosi bor,
Nechakim bordur niyozim, oning istig`nosi bor.

Dam-badam ko`nglum berib jon naqdin istar vaslini
Olloh-olloh, telba ko`nglumnung ajab savdosi bor.

Ko`nglagim qonliq tuganlar o`rnidin oy-oy erur,
Ul katondekkim, yuzida har taraf tamg`osi bor.

To o`qung yomg`ur kibi keldi, ko`zum bo`lmish sadaf,
Bovujudi ulki durdin yuz sari daryosi bor.

Jon berib, darding olib ko`ksumda asrarmen, ne ayb,
Asrasa sanduq aro ulkim samin kolosi bor.

Bo`lma emin charxdin bir dam muraqqa`po`sh deb,
Kim quyoshdin bu muraqqa` ichra o`tlug` tosi bor.

Itlaring bo`lmish Navoiy ko`ngli uchun mehmon,
Bu kecha ul ko`y aro, ko`rkim, ajab g`avg`osi bor.

                                    191

Jonda ishqing bo`lg`usi, to tanda jon bo`lg`usidur,
Tanda jondek jon aro ishqing nihon bo`lg`usidur.

To tirikdurmen ichiga jola tushgan g`unchadek,
Xasta ko`nglum durri ishqingg`a makon bo`lg`usidur.

Dardu ishqing dog`i ul soatki o`lsam jon aro,
«Jon»ning ikki nuqtasi yanglig` nishon bo`lg`usidur.

Qildi ashkimni shafaqgun hajr bepoyon tuni,
Hullasin chek tongning, ey gardunki, qon bo`lg`usidur.

Ul Masih anfosi jonbaxshu labi hayvon suyi,
Olloh-olloh, necha  jonim  notavon  bo`lg`usidur?

Mehr sham`i dudidin qissamni yoz, ey charxkim,
Ziynati avroqing ushbu doston bo`lg`usidur.

O`qidin ko`nglung qachong`a tegru zaxm o`lg`ay demang,
To bu qush bo`lg`usidur — ul oshyon bo`lg`usidur.

Gul qulog`in chun og`ir qilmish kirib shabnam suvi,
Necha, ey bulbul, ishing doim fig`on bo`lg`usidur.

Ey Navoiy, ko`kka tegru dardi ohimdin shikanj,
Etgali ul oyg`a go`yo nardbon bo`lg`usidur.

                                     192

Har niyozu ajzkim bu joni noshodimda bor,
Vahki, yuz ming oncha noz ul sarvi ozodimda bor.

Va`dayi mehru vafog`a munkir o`lma, ey pari,
Kim necha majnunu volamen, vale yodimda bor.

O`tidin Majnunning, ey roviy, ne hayrat qilg`amen,
Menki yuz parvona andog` mehnatobodimda bor?

Ko`ngluma ko`hi g`amu mujgonlaring kirmish, vale,
Ne g`am ul tog`din, bu metinlarki Farhodimda bor.

Ishq durrin ko`rguzur qotiq g`amim, vahkim, erur
Dardu g`am daryosi ul javharki po`lodimda bor.

Kesgali hushu xirad naxlini erur arrae,
Har xaroshekim junun sharhida faryodimda bor.

Dayr piri o`zlukum qaydin ketardi, vah, ne tong,
Gar duosi har sabuhiy vaqti avrodimda bor.

Ey Navoiy, telbaratmishdur meni ifrot ila,
Baski mufrit odamiylig`lar parizodimda bor.

                                     193

Kecha har kavkab ko`rungach, yodima oyim kelur,
Oy chu tole` bo`ldi — mehri olamoroyim kelur.

Zuhdu taqvo, butrashingkim, bu kecha may ichgali
Baytul-ahzonimg`a sho`xi bodapaymoyim kelur.

Bu sorig` rangini ko`rmaski, qilg`ay ko`ngli rahm,
Baski, yuzga qonlig` ashki chehraoloyim kelur.

Vah, ne hijrondur bukim, aylay desam zikri visol,
Dam-badam og`zimg`a ohi mehnatafzoyim kelur.

Shayx ibriqu ridosin chun ko`rarmen, yodima
Dayr  aro paymona birla bodapoloyim kelur.

Ozimi dashti fano bo`ldum, kelur Majnun dog`i,
Gar qadam tez urmon ondindurki, hampoyim kelur.

Ko`zlaru jonu ko`ngulda manzil et orosta,
Ey Navoiykim, bukun mahbubi xudroyim kelur.

                               194

Yana g`arib gule jonima jafo qiladur,
Yana ajab tikane ko`nglum ichra sanchiladur.

Yana bir o`zgacha ishq ikki ilgi zo`ridin
Bag`ir bila yuragim bir-biridin ayriladur.

Qaladi, vahki, o`tundek so`ngaklarimni sipehr,
Bu yangi o`tqaki tan kulbasida yoqiladur.

Firoq kojlari birla, vahki, ne o`tlar
Bulutdek ashkfishon ko`zlarimga choqiladur.

Sirishk ayladi xokiy tanimni andog`kim,
Qadam qo`yay desa, uyqu ko`zumga yoyiladur.

Qochar bu telba ko`ngul, yana voqif o`l, ey aql,
Ki tolpinur ko`pu ko`ksum shikofi ochiladur.

G`arib qissa erur ishqkim, tuganmadi hech,
Agarchi bo`lg`ali olam binosi aytiladur.

Navoiy, ahli junun qaydi yor zulfi emish,
Xirad tanobini uz, band agar bu silsiladur.

                                195

Xoli hijronida ko`nglum dardi beandozadur,
Dog`din borg`ach qaro tashvishi oning tozadur.

Tushta Yusuf hay`atin ko`rdum habibim yodidin?
Go`yi ul qolab bu ruhi mahz uchun andozadur.

Zahmim og`zi butmasidin uyqum uchmish, ey rafiq.
Go`yiyo bu o`zga uyqu keltirur xamyozadur.

G`amzasi jallodida holin ko`ngulning bilmadim,
Ey sabo, tengri uchun ko`yida ne ovozadur?

La`li vasfin yozmisham jon safhasidin daftare,
Har taraf jon rishtasi birla anga sherozadur.

Zaxmidin qon ko`p oqib yoxud junundindur, bukim,
Ul pari ko`yida har dam telba ko`nglum ozadur.

Itlari qut etsun o`lturgach Navoiy qonini,
Barcha gar har qatra bir jannat gulig`a g`ozadur.

Voqif o`lkim, beshayi jahl ichra jisming hujrasi
Nafs sayyodi havo saydin tutarg`a kozadur.

                                  196

Ikki zulfung xasta ko`nglumga qarong`u kechalar,
Za`fdin bexudlug`um uyqu anga bu kechalar.

To giriftor o`ldi zulfing domig`a ko`nglum qushi,
To`lg`anib jismim, ko`zumdin uchmish uyqu kechalar.

Qayda bo`lsun uyqukim, oqizmish uyqu xaylini,
Tinmayin oqqan sirishkim qonidin su kechalar.

Har ne nav` o`lsa o`tar kunduz ishi, lekin bo`lur
Hajr dardidin xarob ahvolim asru kechalar.

Tiyra shomim shiddatin, ko`rgilkn, charxu subhdin,
Holima gah yig`lag`udur, goh kulgu kechalar.

Subhdek sof istasang ko`nglungni, andin charxdek
Tiyralik chirkini siymin ashk ila yu(v) kechalar.

Ey Navoiy, charx yanglig` istar o`lsang subhi vasl,
Tongg`acha ashk axtarin to`kmay bo`lurmu kechalar?

                                      197

Donayi ashkimki yog`mog`lig` bila afsonadur,
Tuxmi mehrin ekmak uchun ham yog`in, ham donadur,

Ishqi komil bo`lsa, ma`shuq arg`uvon xad bo`lmasun,
Kahrabo sham`ig`a har kah barg bir parvonadur.

Shishadek ko`nglumki to`lmish bodayi hajring bila,
Go`yiyokim o`lmagim uchun to`la paymonadur.

Ishq atfoli ko`rub kog`azda Majnun suratin,
Qildilar g`avg`o gumon aylabki bu devonadur.

Vasldin qolg`an buzug` ko`ngdumni, ey hajr, asrakim,
Ganj aro yillar nihoniy asrag`on vayronadur.

Dahrning begonavash zolig`a bo`lma oshno,
Kim seni to oshno etti o`zi begonadur.

Ul sanam ko`yida kunduz gum kecha soyir ko`ngul,
Shapparedurkim, anga kunduz maqar butxonadur.

Ey Navoiy, mujibi sargashtalik ermish junun,
Ichgali bu mayni har soat boshim aylonadur.

                              198

Lolagun to`n ichra, yo rab, ul g`azoli Chin erur
Yo ko`zumnung mardumi qon yosh ila rangin erur.

Bilmon, oyokim, shafaq ichra erur zarrin g`azol
Lolagun to`n ichra yoxud ul g`azoli Chin erur?

Aylamish guldasta band sun` to`nu jismini,
San`atikim, arg`uvon bargi aro nasrin erur.

Qadmudur bu yo erur shingarf ila yozg`on alif,
Belmu yo toreki, la`l ichra anga taskin erur.

Ko`nglum ichra soldi ul to`n aks yoxud bo`ldi qon,
Xalq ko`nglin qon etarga, vah, bu ne oyin erur?

Bir qadah gulgun may, ey soqiy, to`la tutkim, ko`ngul
Ul buti gulgunqabo bedodidin g`amgin erur.

Ey Navoiy, qatl uchun gar xud qizil to`n kiydi yor,
Basdur ul to`n rangi, ne muhtoji qatlu kin erur?

Dema tog`u lola dahr ichra — ajal qaploni bil,
Kim kiyiklar qonidin boshdin-ayog` rangin erur.

                                       199

Kunduz ul xurshidi raxshondin ko`zumda yosh erur,
Kecha holim zulfi savdosi bila chirmosh erur.

Olmag`on din naqdi birla yiqmag`on mehrob yo`q,
Ey musulmonlar, ne kofir ko`z, mufattin qosh erur?

Chok ko`ksumdin ichimga solib ul oy ko`nglidek
Asraramkim, ham ul-o`q boshimg`a urg`on tosh erur.

Rahm emas, berahmliqdur surmasang boshimg`a raxsh
Kim bu ko`p qatla oning pomoli bo`lg`on bosh erur.

Ishqi sirrin necha ko`nglum ichra pinhon asrasam,
Ham ko`ngul o`ti zabona chekkach elga fosh erur.

Qaysi gul bazmiki suvg`a, yo`qsa yelga bormadi,
Bu chamanda to bulut saqqo, sabo farrosh erur.

Masjid ichra istamang zuhdu riyo ahli aro,
Kim Navoiy dayr ichinda doxili avbosh erur.

                                  200

Qoshing avji malohatning yangi tuqqan hilolidur,
Qading naxli latofat bog`ining navras niholidur.

Fido jonim qading naxligakim, garchi erur navras,
Vale andomu ra`noliqda haddi i`tidolidur.

Nazokat gulshanida toza gulbun qomating shibhi,
Oning tab`ida muzmar g`uncha yo`q og`zing misolidur.

Chuchuk lafzing Masihoning tufuliyatdag`i nutqi,
Beling jonbaxshliqta ko`ngliga kirgan xayolidur.

Ne tong, ko`nglum agar majruh o`lub, qon borsa zaxmidin,
Ki uzgan g`unchadek bir tiflvashning poymolidur.

Yuru, ey Xizrikim, hayvon suyidur zahr agar ichsam,
Bu damkim, jomim ul sho`x itlari sing`on safolidur.

Xalo mavjud emas suv zarfidin chiqqach havo to`ldi,
Havoyiy ishqdin mamludur o`zdin kimki xolidur.

Navoiy ashkidek ul sho`x agar tinmas, ajab ermas,
Qilurlar po`ya yoshlar to yugurmak ehtimolidur.

Fano dayrin tilarmen men, vale uchmog`ni zohidkim,
Mening komim qadah durdi, aning kavsar zulolidur.
Powered by OrdaSoft!