1
 
Ashraqat min  aksi shamsil-ka`si anvorul-xudo,
Yor aksin mayda ko`r, deb jomdin chiqti sado.

G`ayr naqshidin ko`ngul jomida bo`lsa zangi g`am,
Yo`qtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g`amzudo.

Ey xush ul maykim, anga zarf o`lsa bir sing`on safol,
Jom o`lur getinamo, Jamshid ani ichgan gado.

Jomu may gar buyladur, ul jom uchun qilmoq bo`lur
Yuz jahon har dam nisor, ul may uchun ming jon fido.

Dayr aro hush ahli rasvo bo`lg`ali, ey mug`bacha,
Jomi may tutsang meni devonadin qil ibtido.

Toki ul maydin ko`ngul jomida bo`lg`ach jilvagar
Chehrayi maqsud, mahv o`lg`ay hamul dam moado.

Vahdate bo`lg`ay muyassar may bila jom ichrakim,
Jomu may lafzin degan bir ism ila qilg`ay ado,

Sen gumon qilg`ondin o`zga jomu may mavjud erur,
Bilmayin nafy etma bu mayxona ahlin, zohido.

Tashnalab o`lma,  Navoiy, chun  azal  soqiysidin
«Ishrabu yo ayyuhal-atshon» kelur har dam nido.

                                          2

Zihi husnung zuhuridin tushub har kimga bir savdo,
Bu savdolar bila kavnayn  bozorida yuz g`avg`o.

Seni topmoq base mushkildurur, topmaslig` osonkim,
Erur paydolig`ing pinhon, vale pinhonlig`ing paydo.

Chaman otashgahiga otashin guldin chu o`t solding,
Samandardek ul o`tdin kulga botti bulbuli shaydo.

Ne ishga bo`ldi beorom ko`zgu aksidek Majnun,
Yuzi ko`zgusida aksingni ko`rguzmadi Laylo.

Quyoshg`a gah qizormoq, goh sorg`ormoq erur andin,
Ki sun`ung bog`ida bor ul sifat yuz ming guli ra`no.

Nedin yuz gul ochar ishq o`tidin bulbul kibi Vomiq,
Yuzungdin gar uzori bog`ida gul ochmadi Uzro?

Kalomingni agar Shirin labida qilmading muzmar,
Nedin bas la`l o`lur Farhodning qon yoshidin xoro?

Jamoling partavidin sham` o`ti gar gulsiton ermas,
Nedin parvona o`t ichra o`zin solur Xaliloso?

Malohat birla tuzdung  sarvqadlar qomatin, ya`ni
Ki mundoq zeb birla ul alifni aylading zebo.

Qanoatning dalilin inzivo qilding, yana bir ham
Dalil ushbuki qoni` harfidin xalq aylading anqo.

Navoiy qaysi til birla sening hamding bayon qilsun,
Tikan jannat guli vasfin qilurda gung erur go`yo.

                                       3

Ey, mushafi ruxsoring azal xattidin insho,
Debochayi husnungda abad nuqtasi tug`ro.

Zarrot aro har zarraki bor, zikringa zokir,
Amtor aro har qatraki bor, hamdinga go`yo.

Mashshotayi husnungdurur ulkim, nafas ichra
Kun ko`zgusin oqshom kulidin qildi mujallo.

Kun shakli yuzung sajdasidin bo`ldi mushakkal,
Tun turrasi qahring yelidin bo`lda mutarro.

Sun`ung qilibon subhni ul nav` musha`bad,
Kim mehr o`ti og`zidin etar har nafas ifsho.

Go`yoki kuyar og`zi ul o`t xirqatidinkim,
Anjumdin o`lur obilalar girdida paydo.

Muhtoj sening dargahinga xusravu darvesh,
Parvarda sening ne`matinga johilu dono.

Gul yuzida bulbul sening asroringa notiq,
Sham` o`tida parvona sening husnunga shaydo.

Ushshoq aro, yo rabki, Navoiyg`a maqome
Bergilki, sening hamdinga bo`lsun tili go`yo.

                                4
Ey, hamd o`lub mahol fasohat bila sanga,
Andoqki, qurbi taqviyu toat bila sanga.

Topmoq ajib fikru taxayyul bila seni,
Etmak xayol aqlu farosat bila sanga.

Chun koinot zubdasi ojiz ko`rub o`zin,
Hamd eta olmas oncha fasohat bila sanga.

Izhori ajz bizdin adab tarkidur base,
Yuz ming qusuru nuqsu kasofat bila sanga.

Har tiyra ro`zgorki, vaslingg`a yo`l topib,
Sendin yetib charog`i hidoyat bila sanga.

Lutfung rafiqim o`lmasa, ne hadki, yetkamen
Boshtin-ayoq gunohu zalolat bila sanga.

Chun sendin o`zga yo`q panahim, qochmayin netay
Jurmu gunahdin ohu nadomat bila sanga?

Isyoni ko`p Navoiyningu yo`q uyotikim,
Istar yetishsa muncha xijolat bila sanga.

Lutf aylagilki, mumkin emas qilmasang qabul,
Etmak tamomi umr ibodat bila sanga.

                                  5

Yo rab, ulus nihoni emastur nihon sanga,
Ne dey nihon g`amimni, erur chun ayon sanga.

Qaysi makon aro seni istayki, kavnda
Sensiz emas makoniyu yo`qtur  makon sanga.

Amringdin ayru tilga takallum chu yo`q, ne ayb,
Gar hamd ayta olmasa bu bezabon sanga.

Ey kosh, topsa jonu ko`ngul oncha qurbkim,
Jonni ko`ngul, ko`ngulnn fido qilsa jon sanga

Zohir qilurda hojat erur hazratingda teng
Sultoni  asru soyili  bexonumon sanga.

Izhori ajz etarda janobingda birdurur
Neshi sinuq singak bila pili damon sanga.

Chun pashsha ojiz o`ldiki, yuz mencha qurbi bor,
Hayhot, agar yetarni men etsam gumon sanga.

Haq sirridin,  Navoiy,  agar istasang nishon,
Jahd aylagilki, qolmasun avval nishon sanga.

Yo rab, bu xasta ulcha tamanno qilibdurur,
Chun bor ayon sanga, nesin aylay bayon sanga?

                                  6

Ey, nubuvvat xaylig`a xotam bani Odam aro,
Gar alar xotam, sen ul otkim, bo`lur xotam aro.

Yuz eshiging tufrog`ig`a surta olg`aymenmu deb
Charx qasridin quyosh har kun tushar olam aro.

Anjum ichra orazing me`roj shomi uylakim,
Tushsa durri shabcharog`i har taraf shabnam aro.

Ne uchun kiymish qaro har yon solib jaybig`a chok,
Furqatingdin Ka`ba gar qolmaydurur motam aro?

Sof ko`nglida yuzung mehrini go`yo asramish,
Tush chog`i har kun quyosh aksi emas Zamzam aro.

Mash`ale bo`lmish malak ilgida ravzang boshig`a
Oy charog`i har kecha bu nilgun toram aro.

Qum emas Bathodakim, mehri jamoling hajridin
Zarra-zarra jismi bir-birdin to`kuldi g`am aro.

Yo`l emas, Yasribda yirtibtur yuzin tirnog` ila
Maqdaming to yetmadi ul vodiyi xurram  aro.

Itlaring maxsusu mahzundur  Navoiy, koshki,
Kirsa bu mahrum ham ul zumrayi mahram aro.

                                      7

Zihi javlongahing aflok uza maydoni «av adno»,
Buroqingg`a to`quz gunbaz bu to`qquz gunbazi xazro.

Qilib chun xay gulobe mil na`layning, bo`lub ondin
Malak ra`nolarining jabhasig`a charxi sandalso.

Esib rahmat nasimi chun damodam sunbulung sori,
Bo`lub ruhonilar jaybi labolab anbari soro.

Malak qolib  buroqingdin, emas vasfi falak sur`at,
Qamar yorub jamolingdin, emas na`ting qamar siymo.

Yuzungdin anjum, anjumdin quyosh nur iktisob aylab,
Aningdekkim quyoshdin oyu oydin qiyrgun g`abro.

Falak vodiylari qatьig`a azming chun surub markab,
Xirad paykiga ham avval qadamda ranj o`lub paydo.

Rafiqing toyir andoqkim Sulaymon ollida hudhud,
Buroqing soyir anjum shohi ostida sariroso.

Qilib bu sayr aro ma`shuq vasli ko`yida manzil,
Tilab sargashta ushshoqig`a ham rahmat evin ma`vo.

Navoiy xush ko`rar olamni oning yodidin, yo`qsa
Anga xoshok aro o`tdekdurur dunyovu mofiho.

                                    8

Zihi hiloling o`lub oy boshig`a tiyg`i balo,
Bir olma san ikki yorg`on senu quyosh maslo.

Tutub sanga chu mayi lutf soqiyi rahmat,
Shafoating urub ikki jahon eliga salo.

Risolating damidin shar` ko`zgusida jilo,
Siyosating o`tidin kufr rohibig`a jalo.

Ham ahli ravzag`a firdavs sensizin chahi vayl,
Ham ahli vayl ishi hajring o`tida vovaylo.

Xumor dofi`i bo`lg`aymu, soqiyi kavsar,
Bu dayr ichinda mayi ishqing ichmaganga to`lo.

Tilimda zikringu ko`nglumda xayolingdur, shukr,
Ki bori sensiz emas suhbatim xalovu malo.

Navoiy o`ldi base xoru past xas yanglig`,
Sening yo`lungda esa bas anga bu izzu alo.

                                 9


Har gadokim, bo`ryoyi faqr erur kisvat anga,
Saltanat zarbaftidin hojat emas xil`at anga.

Kim fano tufrog`ig`a yotib qo`yar tosh uzra bosh,
Taxt uza ermas muzahhab muttako hojat anga.

Shah yurub olam ochar, darvesh olamdin qochar;
Ham o`zung insof bergilkim, bu ne nisbat anga?!

Har ne shah maqsudidur — darveshning mardudidur
Ko`r nedur himmat munga, ne nav` erur holat anga.

Faqr ko`yi tufrog`in shah mulkiga bermas faqir,
Mulk, ko`rkim, teng emas tufrog` ila qiymat anga.

Shah sipah cheksa, faqir ahvolig`a yetmas futur,
Bu vale chekkach nafas, barbod o`lur hashmat anga.

Shoh emastur  bir nafas osuda do`zax vahmidin,
Ey xusho darveshkim, mardud erur jannat anga.

Shahg`a sidq ahli damidin mash`ali davlat yorur,
Mehrdekkim, subh anfosi ochar tal`at anga.

Shohg`a shahlig` musallamdur,  agar  bo`lg`ay mudom
Shohg`a tarkin qilib, darvesh o`lur niyat anga.

Mumkin ermas shahlar ichra buyla niyatlig`, magar
Shohi G`oziykim, muyassar bo`ldi bu davlat anga.

Shohlar darveshiyu darveshlar shohiki, bor
Shohlig` surat anga, darveshlik siyrat anga.

To shahu darvesh bo`lg`ay, aylagil, yo rab, ayon
Shohdin xizmat anga, darveshdin himmat anga.

Gar  Navoiy so`z uzatti, faqrdin ermas demang,
Bo`lmag`uncha hukm shahdin, qayda bu jur`at anga?

                                    10

Falak nilufaridin chashmayi mehr o`ldi gar paydo,
Yuzungda nildin ul chashma qilmish nilufar paydo.

O`qung ko`nglumga yetgach, qatra qonlar tomdi, kim ko`rmish
Nihol andoqki oni tekkach o`q, bo`lg`ay samar paydo.

Achig` so`z birla bel qatlimg`a bog`lar, turfaroq, bukim,
Nazarg`a ne og`iz zohirdur andin, ne kamar paydo.

Labi shavqi ichimda, yuzda qon yoshim, ajab ermas.
Yuzida la`l yutqonning bo`lur derlar asar paydo.

Ko`ngulni to parishon aylading, yuz barqi g`am sochti,
Nechakim o`tni qo`zg`arlar, bo`lur andin sharar paydo.

Yorutti vasl sham`i ahli hijron tiyra avqotin,
Mening shomimg`a, vahkim, qilmadi davron sahar paydo.

Ajal qasrin hakimi sun` bas mushkil tilsim etmish,
Ki har kim anda kirdi, bo`lmadi andin xabar paydo.

Masihodin dam urmangkim, habibim gardig`a yetmas,
Agar Jibrildek ilkidin oning bo`lsa par paydo.

Navoiy ishqin, ey zohid, sening panding ayon qildi,
Bale, ayb o`lmag`uncha oshkor, o`lmas hunar paydo.

                                        11

Manga ne manzilu ma`vo ayon, ne xonumon paydo,
Ne jonimdin asar zohir, ne ko`nglumdin nishon paydo.

Xirad maxfiy, badan foniy, ko`ngul g`oyib, tarab ma`dum,
Bori sahl erdi, bo`lsa erdi ul nomehribon paydo.

Shikebu aqlu hush itmish, qaroru sabru jon ketmish,
Ne g`am, gar bo`lsa ul oromi ruhu quti jon paydo.

Xayoli jonda paydodur, so`zi afg`onda paydodur,
O`zi ham vah, netay, ollimda bo`lsa bir zamon paydo.

O`lar holatdamen onsiz, tarabdin o`lmayin ko`rmay,
Demang, ta`jil ila ul umr bo`lsa nogahon paydo.

Qiyomat erdi ul mahkim, yuz ochti, ey musulmonlar,
Bo`lung voqifki, bo`ldi fitnayi oxir zamon paydo.

Kesar yuz sarvni har dam, qilur yuz naxlni xurram,
Taajjub, ko`rki, bu gulshanda ermas bog`bon paydo.

Hazar qilmoq qazo jallodidin bo`lmaski, yillardur
Qilur qatl, uylakim, ne tiyg` erur zohir, ne qon paydo.

Sanga jon shavqidin berdi Navoiy, yo`q ajaldinkim,
Ajal topquncha ermas ul zaifu notavon paydo.

                                    12

Ham ramad tekkan ko`zungga jismi  bemorim fido,
Ham uchuq chiqqan labingg`a joni afgorim fido.

Ashkkim, andin tomar giryon ko`z oning sadqasi,
Qong`akim mundin chiqar, bu chashmi xunborim fido.

Ul ko`zu bu labg`a umrum bog`u gulzorindag`i
Nargisu gulbargi yo`qkim, bog`u gulzorim fido.

Ko`zu og`zingdin ketarga boru yo`q oshubu ranj,
Sabru, ishqim sadqa, ya`nikim yo`qu borim fido.

Gar ko`ngul ohu ko`zung ollinda loyiq bo`lmasa,
Itlaringga  bo`lsun, ey sho`xi sitamkorim, fido.

Jon agar  shirin labingg`a o`lgali darxo`r emas,
Ayla alfozing uchun, ey talxguftorim, fido.

O`zlugumnung qaydidin bir may bila qilding xalos,
Vah, ne dey, ey mug`, sanga but birla zunnorim fido.

Boda mir`otida shohid aksi zohir bo`lmadi,
Bodavu shohidg`a bo`lmay naqdi pindorim fido.

Ey Navoiy, demakim jonu ko`ngulni naylading,
Ayladim javlon qilib chiqqanda dildorim fido.

                                    13

Nuqtayi mushkdur bu yo xoli aning jabin aro,
Kufr savodini ne xush sizdi bayozi din aro.

Xotami la`l og`zidur, lek hadisi jon olur,
Zahr nihon qilibdurur la`li magar nigin aro?

Sajdadadur yuzum, vale jon aro ul sanam g`ami,
Bo`ynuma subhadur, vale butdurur ostin aro.

Jon ko`ngul necha dedi: asrali o`zni, kelgach ul,
Vah, yana qo`zg`alishtilar ko`rgach oni ichin aro.

La`li hadisida demangkim sifat uyla kirpigin,
Og`zima chunki sanchilur nesh bu angubin aro.

Aqlu havos erur adam, jonu ko`ngulga yo`q vujud,
Tafriqa tushgali menu ul buti nozanin aro.

Esti magar xazon yelikim, xam o`lub vido` uchun
Voqe`ayi firoq erur sunbulu yosamin aro.

Bu chaman ichra har gulekim ochilur, fig`onki, bor
Hodisa tifli muntazir uzmak uchun kamin aro.

Belingu inju tishlaring hasratida Navoiyning
Jismiyu ashki bordurur rishta duri samin aro.

                                     14

Ey, alifdek qomating mili buzulg`on jon aro,
Ganji husnung javhari bu xotiri vayron aro.

Kulmaging ichra malohat uyladurkim, sho`xlar
O`ynamoqdin yuz yoshururlar guli xandon aro.

Gar kalomingni Masih anfosi dedim, ey habib,
Ayb qilmakim, g`alat gohi tushar Qur`on aro.

O`qlaringdin jon toparmen, go`yiyo paykonlari
Suv icharda g`o`ta topmish chashmayi hayvon aro.

Xasta ko`nglum ohi ko`nglungga dedi qilg`ay asar,
Qayda o`ltursun vale bemor o`qi sandon aro?

Boshta gavhar go`yining fikridin ortar dardi sar,
Kimki kechti boshidin, go`y urdi bu maydon aro.

Uyki, o`ynab tebratur sokinga xotir jam` emas,
Ne ajab, gar amn yo`qtur gunbazi gardon aro.

La`ling olg`an ko`nglum ahvolin munajjim chun ko`rar,
Aytur ul ovvora bo`lg`on g`oyibingdur qon aro.

Ey Navoiy, ishq dardi ko`rgan el ko`nglin buzar,
Har xaroshekim unung zohir qilur afg`on aro.

                                      15

Mehnat o`qidin qabaqdek qolmisham afg`on aro,
Kim bugun chobuksuvorim yo`qturur maydon aro.

Tiyralikdin ko`r etibtur ko`zlarim har kungi gard
Kim, bor erdi to`tiyo bu diydayi giryon aro.

Senki bu maydonda yo`qsen, paykaredur joni yo`q,
Har pari paykarki markab sekretur javlon aro.

Garchi har sho`xe surar maydong`a o`q yanglig` samand,.
Chun sening raxshing emas, billah, o`qidur jon aro.

Ter oqizg`an ablaqingdekdur seni kelgaymu deb,
Har sari tushgan ko`zum yuz ming duri g`alton aro.

Onsiz urmish halqa chobuklar, ne yanglig` itmayin,
Kim ko`runmas zarra, xurshid o`lmasa davron aro.

Mehrdek kel tavsani gardunga mingilkim, sipehr
Past etarda farq yo`q xurshid ila Kayvon aro.

Kel quyosh zangin falakraftorlig` raxshingg`a os,
Kim to`zar ul zang navhang nag`masin afg`on aro.

Ey Navoiy, ket bu maydondinki ul hur o`lmasa,
Billah, o`lsam turmag`aymen ravzayi rizvon aro.

                                     16

Kimki ko`rsa mushki nob ul sunbuli serob aro,
Bir qaro tufrog` degaykim tushti mushki nob aro.

Qoshing ichra  rishtayi  jonimg`a  chirmang`on  ko`ngul
Ankabutedurki, aylabtur vatan mehrob aro.

Ul quyoshdin ayru ashkim yomg`urining barqidur
O`t tutashqan rishta yanglig` jismi pechu tob aro.

Ul labi unnobgun ko`nglumda ekkan tuxmi mehr
Ko`nglum ichra  yoshurun durdonadek unnob aro.

Uyqu saydi qasdig`a otqon toshingdindur nishon,
Ko`z qarosi demagil bu diydayi bexob aro.

Charxi doir bahridin el tutmasun sohil umid,
Kim qutulmas har kishikim, tushti ul girdob aro.

Gar Navoiy yodini qilmoq habib imkon emas,
Basdudur mazkur ham bo`lsa gahi ahbob aro.

                                 17

Vahki, rasvomen yana devonavu oqil aro,
Bul`ajab holim erur afsona har mahfil aro.

Muztar erdim hajridin, yor etgan ermish tarki mehr,
Mushkuledur ishqdin har dam manga mushkil aro.

Aqlu sabru hush itib, ko`nglumda qoldi dog`lar,
Korvon ko`chsa qolur o`tlar yeri manzil aro.

O`qlaring  mujgon  kibi giryon ko`zum  atrofida,—
Rost bordur ul qamishliqkim bo`lur sohil aro.

Kirpiging tushgan ko`ngul ichra xayoling, ey pari,
Go`yiyo Yusuf nuzul etmish chahi Bobil aro.

Qullug`ung dog`idin o`lsam, istamon ozodlik,
Kim bu tamg`odur nishone mudbiru muqbil aro.

Ko`yung-o`q istar Navoiy, nasya jannat ahli zuhd,
Muncha-o`q bo`lg`ay tafovut olimu johil aro.

                                    18

Zavraq ichra ul quyosh sayr aylamas Jayhun aro,
Axtari sa`de hilol ichra kezar gardun aro.

Anglamon Jayhunda ul oy kema birla sayr etar
Yo hilolu mehr aksin el ko`rar Jayhun aro.

Kemadin har dam chiqib rangin suv ko`zum qonidek,
Anda yor andoqki mardum diydayi purxun aro.

Borg`il, ey Majnunkim, ul oy zavraqidek tez emas
Jo`ngkim Layli  amoriysin chekar homun  aro.

Olma xum girdobidin bir lahza sog`ar zavraqni,
Bahri g`amdin istasang maxlas bu dahri dun aro.

Bahr mavjidin mushavvash bo`lmasun deb xotiring,
Mavj urar yuz bahri g`am bu xotiri mahzun aro.

Dur  bo`lur bahr  ichra pinhon, nazmidin shah madhida
Bahr yoshurmish Navoiy har duri maknun aro.

                                     19

Ey, alifdek rost qadding hasrati jonlar aro,
Jism ichinda jon kibi sen barcha sultonlar aro.

Qushg`a o`xsharkim, tikandur oshyoni, to ko`ngul
Tiyrboroni  g`amingdin  qoldi  paykonlar  aro.

G`am topar hajringda  ashkim ichra ko`nglum porasin,
Ish kuni topqan kibi el g`oyibin qonlar aro.

Chok ko`nglum xo`blar  ko`ngli aro topti shikast,
Vah, butun qolg`aymu yoruq shisha sandonlar aro?

Dog`lar ichra aliflar zor jismim mulkida
G`am sipohig`a, qilichlar bo`ldi qolg`onlar aro.

Elga ko`yungdur makon, men qulni qavmog`liq nedur,
Bulbul o`lsa, zog` ham bo`lur gulistonlar aro.

Ista yirtuq janda kiyganlarda ma`ni maxzanin,
Kim bu yanglig` ganj o`lur ul nav` vayronlar aro.

Atlasu zarbaft aro nodon aningdek hajv erur,
Kim xatoye safhada sabt o`ldi afshonlar aro.

Bu eshikni chun tilab keldi Navoiy tengridin,
Ul sababdin go`yiyokim qoldi darbonlar aro.

                                 20

Savodi xoli aning la`li ruhparvar aro,
Magarki mo`rcha nisfi uzuldi shakkar aro.

Ko`ngulda nuqtayi xoling xayoli to`sh-to`shdin
Yog`in asarlaridur nuqta-nuqta  axgar  aro.

Yuzungda qatrayi xay kasrati arosida xol,
Birisi munxasif o`lmish bu xayli axtar aro.

Kecha ne nav` yumay kirpiging xayolida ko`z,
Mangaki, igna butar tongg`a tegru bistar aro.

Bu o`tki mendadurur, do`zax ichra qochqay xalq,
Kiyursalar meni oshub birla mahshar aro.

Qadah keturki, falak javridin amon hirzi,
Zamona yozmadi juz davri jomu sog`ar aro.

Navoiy, ayla makon charx gulshanin, ya`ni
Ki chug`z bo`lma bu vayronayi muhaqqar aro.

                                   21

Ming zaxm urdi xanjari ishqing bu tan aro,
Bu tanni hajr tashladi yuz ming tikan aro.

Lek ul tikanlar uzra xayoling bila ko`ngul
O`ynar magar gul uzravu ag`nar suman aro.

Jism uyidin ko`ngul tilar ul  ko`yni, valek
G`urbat suubatin kishi bilmas vatan aro.

Ermas uchuq labingdaki, ul yuz Suhaylidin
Rang olmadi bu qatra aqiqi Yaman aro.

Jonim labing shahidi ekanga tonuq durur,
Har ol rishta qong`a bo`yalg`on kafan aro.

Bulbul ne kuymasunki, bir o`t yoqti qasdig`a
Har otashin gul ushbu vafosiz chaman aro.

Ko`rdung, Navoiy, ul sari zulf uzra yuz shikan,
Ko`r emdi, yuz shikasta ko`ngul har shikan aro.

                                   22

Necha ko`nglum yora bo`lsa, rahm qilmas yor anga,
Necha bag`rim to`lsa qon, boqmas dame dildor anga.

Bir yuguruk tifl erur kirpiklarim ichinda yosh,
Kim, yiqilib sonchilibtur har tarafdin xor anga.

Nomam eltur qush agar mazmunin eltib qilsa sharh,
Sochqay o`t qaqnus kibi ming chok o`lub minqor anga.

La`ling ollida chekar el jonini olg`ach ko`zung,
Vah, ne sharbatdur labingkim, jon berur bemor anga.

Aql evi sori inonin boshlamoq, nosih, ne sud,
Telbakim, dasht uzra markabdur buzuq devor anga.

Tortasen isyon yukin, xam qil qading toatg`akim,
Yuk og`ir bo`lsa, ruku` ul dam bo`lur nochor anga.

Umr g`aflat uyqusi birla tilarsen, kecha, oh,
Ko`z yumub-ochquncha kimning i`timodi bor anga?

Men xud o`ldum, ey sabo, ko`nglumni ko`rsang ko`yida,
Chiqma andin, deb nasihat qilg`asen zinhor anga.

Zor jismim tushgali hajr o`tidin g`am changiga,
Ey Navoiy, o`xshashur ham ud anga, ham tor anga.

                                   23

Ul parivashkim, bo`lubmen zoru sargardon anga,
Ishqidin olam manga hayronu men hayron anga.

O`qlaringdin har zamon taskin topar ko`nglum o`ti,
Bordurur bir qatra suv go`yoki har paykon anga.

Bir dilovardur ko`ngulkim g`am sipohi qalbida,
Ohi novak toza dog`idur  qizil qalqon anga.

Novakining parru paykonida rangin tus erur,
Yoki ko`nglumdin chu parron o`tti, yuqmish qon anga.

Nomayi shavqum ne nav` ul oyg`a yetgay, chunki men
El otin o`qur hasaddin yozmadim unvon anga.

Xizr xattingning ajab yo`q sabzu xurram bo`lmog`i,
Lab-balab chunkim suv berur chashmayi hayvon anga.

Ey xusho mug` dayrikim, ziynat bila rif`atda bor
Mehr anga bir shamsavu ko`k toqi bir ayvon anga.

Istamish bulbul vafo guldin, magarkim joladin
Bag`ri qotmish g`unchaning baskim erur xandon anga.

Qilmag`on jonin fido jonong`a yetmas der emish,
Ey Navoiy, ushbu so`z birla fido yuz jon anga.

                                     24

Sinsa ko`nglumda o`qung surtub isig` qondin anga,
Pay masallik chirmag`aymen rishtayi jondin anga.

Bodayi la`ling mizoji ruhparvardur base,
Go`yiyo mamzuj etibsen obi hayvondin  anga.

O`ti ko`nglum shu`lasin gah sokin etti, goh tez,
Gah o`tun bo`ldi, gahi suv urdi paykondin anga.

Dardu g`am  bo`stonining tovusidur  ko`nglum  qushi,
Gul bo`lub jismimda kesgan na`l har yondin anga.

Ne kabutar yeta olur ul quyoshg`a, ne nasim,
Ey ko`ngul, holingni i`lom ayla afg`ondin anga.

Ko`zga to kirdi xayoling sovug` ohim vahmidin,
Bog`lamishmen qo`ryo har sori mujgondin anga.

Ey Navoiy, yig`lamoq ohimg`a taskin bermadi,
Vah, bu ne o`tturki, yo`q ta`sir to`fondin anga.

                                     25

Chin kiyigi desam ko`zin, vah nedurur itob anga,
Chunki qarosi ko`rguzur har sori mushki nob anga.

La`li labingda ter bo`lub obi hayot qatrasi,
Yoki Xizr suyi labing qatra bo`lub hubob anga.

Yopmadi ko`zni ashkkim, boqmasun o`zga yuzga deb,
Har sori ayn rashkidin yopti g`aming niqob anga.

Jismim agar kuyar, ko`ngul tolpinuri ajab emas,
Kimki uyiga tushsa o`t, yo`q ajab, iztirob anga.

Oqmadi xo`y uzoridin la`lig`akim, hakimi sun`
Ezdi hayot sharbatin, emdi urar gulob anga.

Zulfi xayolidin ko`ngul har yon etar havo, valek
Saydg`a ne xalos chun bog`lig` erur tanob anga.

O`zlukining hijobidin kimki o`zin xalos etar,
O`zga qayonki solsa ko`z, mumkin emas hijob anga.

Ahli mazallat ohining novakidin sipehr agar
Qochmadi, muncha bas nedur xam bo`lubon shitob anga?

Va`dayi vasl etib edi, tushda  ayog`in o`pmisham,
Dema, Navoiy, ul pari aylamasun hisob anga.

                                      26

Ko`rgali husnungni zoru mubtalo bo`ldum sanga,
Ne balolig` kun edikim, oshno bo`ldum sanga.

Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko`ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo`ldum sanga.

Men qachon dedim, vafo qilg`il manga, zulm aylading,
Sen qachon deding, fido bo`lg`il fido, bo`ldum sanga.

Qay pari paykarga dersen telba bo`ldung bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil, sanga bo`ldum, sanga.

Ey ko`ngul, tarki nasihat ayladim, ovora bo`l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo`ldum sanga.

Jomi Jam ichra Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo`ldum sanga.

G`ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo`ldum sanga.

                                   27

Qahring o`lsa barcha ishimdin malolattur sanga,
Lutfung o`lsa yuz meningdekdin farog`attur sanga.

Ey, meni sargashtadin gah forig`u gohi malul,
Qahring ul, lutfung bu, yo rabkim, ne odattur sanga?!

Lutfung ozi jon olur, qahring ko`pi ham o`lturur,
Bul`ajab holedurur, oyo, ne holattur sanga?!

Pand eshitmay sevdung oni, ey ko`ngul, chek dardu ranj,—
Ozdurur har lahza gar yuz muncha ofattur sanga.

Vahm et ohim o`tidin, ey gulki, davron bog`ida
Ko`z yoshimdin bu qadar lutfu tarovattur sanga.

Ey  quyosh,  mehr ahlini kuydurma  bu vodiydakim,
Garmro`lar ohidin muncha harorattur sanga.

Ey Navoiy, istama vasl ul quyoshdin zarradek,
Chun necha ul qilsa istig`no — haqorattur sanga.

                                  28

Iydi ruxsoring ko`rub, bo`ldi ulus hayron sanga,
Ey ulus iydi yuzung, jonim mening qurbon sanga.

Sham` emas yerdin, kavokib charxdin bayram tuni,
Kim erur yer-ko`k tuman ming ko`z bilan hayron sanga.

Iydgahda  gard emas, balkim  yetishgach maqdaming,
Qo`pti yerdin sadqa bo`lmoq istabon maydon sanga.

Xusravi  anjum  degaysen,  sekretur  ko`k  tavsanin,
Iydgahda kimki ko`rsa raxsh ila javlon sanga.

Chatr  shaklidin samoviy  barcha ofat daf`ig`a
Tengri aylabtur nasib o`z hifzidin qalqon sanga.

Notavon jismimg`a bayramliq bila ber suhbate,
Kim ko`ngul ummedvoru muntazirdur jon sanga.

Necha bayramlarda kiygan jandasin faqr ahlining
Xor ko`rma, eyki, xil`attur necha alvon sanga.

Iydgoh ahlin dame qilma parishon, ey sipehr,
Kim erur bu jam` bir-ikki zamon mehmon sanga.

Ey Navoiy, durri nazming xutbadek topqay sharaf,
Lutf ila qilsa nazar bayram kuni sulton sanga.

                                          29

Javru zulming garchi o`lmaklik nishonidur manga,
Chunki sendindur hayoti jovidonidur manga.

Ul parivash ishqidin, nosih, meni man` etmakim,
Telbalik vaqtiyu oshiqlik zamonidur manga.

To o`qubmen ishq harfin darsu takroru sabaq
Vomiqu  Farhodu Majnun  dostonidur  manga.

Muztaribmen charx yanglig`kim, nujumi tiyradin
Tanda har kun yuz tuman dog`i nihonidur manga.

Hech ranje zohir o`lmay men xud o`ldum, ey tabib,
Lek bilkim, qasdi jon etgan falonidur manga.

Eyki, dersen ishq aro o`lmoq ziyondur, umr sud,
Har ne sudedur sanga, nekim ziyonidur manga.

Ko`rmisham vojib baqosin ravshan andoqkim quyosh,
Toki imkon soya yanglig` ko`zda fonidur manga.

Bu fano dayrin baqosiz erkanin to angladim,
El surudi ishrati Motam fig`onidur manga.

Ey Navoiy, voizu firdavsi a`lo zikrikim,
Bog`i xuld ul huri paykar ostonidur manga.

                                       30

Ul malohat kunji hajrida buzug` maskan manga,
Uyladurkim jondin ayru yuz yarolig` tan manga.

Mehr ila mah partavidin ko`zni ravshan qilmadim,
Bo`lg`ali mehri ruxung mohiyati ravshan manga.

Bo`ldi ravzan-ravzan ul qotil xadangidin ko`ngul,
Jon qushi chiqmoqqa bir yo`l angla har ravzan manga.

Men o`larmen g`amdinu yig`lab kuyub boshimda sham`,
Dudidin chirmab haro har tun tutar shevan manga.

Rahm etib holimg`a dushman do`st bo`lmoq, vah, ne sud,
Do`st uchun rahm aylamay bo`lmishturur dushman manga,

G`am tuni zulmida xandon bo`lmadi holimg`a subh,
Subhdek, ne tongki, bo`lg`ay chok pirohan manga.

Ey Navoiy, ishq mushkil deb nechuk tarkin tutay,
Eyla gar bu ish hunar bo`lsa, bo`lubtur fan manga.

                                    31

Vahki, ishqing zohir etsam vahm erur o`lmak manga,
Gar nihon tutsam dog`i jon xavfidur beshak manga.

Kelgan ermish ul Masih o`lganlarin tirguzgali,
Men tirik, vah, yaxshiroq bu umrdin o`lmak manga.

Juzv-juzvimni, fig`onkim, munfak etti tiyg`i hajr,
Bir-biridin lek o`zidur juzvi loyanfak manga.

Ko`nglum o`tidin yig`och kuldur, boshoq bir qatra suv,
Nogah ul sho`xi jafokash otsa bir novak manga.

Oltun ezib, erib kuygan soyi xolis bo`lur,
Ne ajab, sorg`orsa yuz yetgan soyi emgak manga.

Chok aylarmen yaqo ul qoshi yoni ko`rgach-o`q,
Kim xadangin otsa hoyil bo`lmag`ay ko`nglak manga.

Boda hajridin oqarmish ko`zlarim, ey piri dayr,
Aylagil may shishasidin sindurub aynak manga.

Sarsari hijron, vujudum xirmanin andoq sovur,
Kim fano yo`lida sarsar bo`lmasun hamtak manga.

Ey Navoiy, gar manga ko`prak emas ummedi vasl,
Bas nag`o` ushshoqdin javri erur ko`prak manga,

                                   32

Agarchi yo`q talabingdin dame qaror manga,
Irodat emgagidur bu, ne ixtiyor manga?!

Visol davlatin ul kun o`zumga jazm ettim,
Ki hajr g`ussasin etti havola yor manga.

Chu yor ko`nglida bo`lsa, balo manga yovumas,
Bu vajh ilaki, temurdin bo`lur hisor manga.

Ne bilsun ul kishikim, chekmamish firoq tuni,
Ki ne sifat kechadur tiyra ro`zgor manga.

Qochib adamg`a boray-aqlu fahmu donishdin,
Vatan borinda bu yot el aro ne bor manga?!

Buyurmag`in yana sabr, ey tabib, tengri uchun,
Ki ushbu sharbat emas emdi sazovor manga.

Navoiydek qadidin qilsam o`lgali ohang,
Biyik maqom topibon yasang mazor manga.

                                    33

Lablaringdin garchi qon yutmoq damo-damdur manga,
Gar dame jomi visoling yiqsa, ne g`amdur manga?

Pand eshitmay, ko`rub oni, yuz balog`a uchradim,
Ko`zlarim chiqsunki, yuz muncha sazo kamdur manga!

Qofi shavqum sharhini tahrir qildim, vah, ne sud,
Kim  anga irsol uchun simurg` mahramdur manga.

Yor  mundoqkim nihondur ko`zdinu men telbamen,
Kim degaykim, fitna bo`lg`on nasli Odamdur manga.

Qora  chirmab yosh to`kub, afg`on qilurmen xomadek,
Etgali nolon ko`ngul  bu nav`  motamdur  manga.

O`zga yuzga boqma deb, har bir ko`zumga bosti muhr,
Iynak-iynak har qaro bir naqshi xotamdur manga.
 
Dahr aro tushgan havodis o`tidin moni` emas,
Ko`z yoshimdin garchi ko`z tushguncha bir namdur manga

Soqiyo, jomi jahonbin tutki, andin kashf etay,
Kim ko`p ish bu korgah vaz`ida mubhamdur manga.

Dilbari ollida Majnun naqdi jon sarf etmadi,
Ey Navoiy, ishq atvori musallamdur manga.

                                        34

To seningdek qotili xunxorae bordur manga,
Billah, ar o`lmakdin o`zga chorae bordur manga?

No`shi jon har bodakim ahbob ila no`sh aylading,
Garchi hargiz demading ovorae bordur manga.

Vasling iqboliyu men, hayhot, basdur bu sharaf,
Kim yiroqdin davlati nazzorae bordur manga.

Deb emish har kimda bor zaxme, otay marham bir o`q,
Shukr erurkim, har sari mo` yorae bordur manga.

Bordi ul xurshidu ashkim oqti, vah, toli` ko`rung,
Kim ne yanglig` axtari sayyorae bordur manga.

Sabr soldim ko`ngluma vasling tilab, vah, bot kelib,
Turfa ko`rkim, shisha ichra xorae bordur manga.

Dema ko`p, ey nafskim, dunyo arusin aqd qil,
Uyda ba`zidek sog`in makkorae bordur manga.

Dev urub ishqi majoziy ichra majnun aylagan,
Yova der, bukim pari ruxsorae bordur manga.

Ey Navoiy, kuymagimni qilmag`aysan man`, agar
Jon aro bilsang ne otashporae bordur manga.

                             35

Labing sori tokim nazardur manga,
Yosh o`rnida xuni jigardur manga.

Dema, mendin ayril, dog`i umr sur,
Ki ul umr o`lumdin batardur manga.

Tuganlar diram shaklidur zod uchun,
Adam sori chunkim safardur manga.

Qilur ayb oshiqlig`im barcha xalq,
Ulus aybi, vahkim, hunardur manga.

Tabibo, yana sabrdin dema so`z,
Ki bu sharbatingdin zarardur manga.

Dema, mayni tark etki, soqiy yuzi
Bu ko`zgu aro jilvagardur manga.

Chuchukdur qamish o`qlaring jonima,
Bu nay ichra go`yo shakardur manga.

Navoiy, ul oy hajrida tunu kun
Qotiq shomu tiyra sahardur manga.

                                 36

Shahr bir oy furqatidin baytul-ahzandur manga,
Bir guli ra`no g`amidin bog` zindondur manga.

Bazmi ishrat ichra siz may no`sh eting, ey do`stlar,
Kim nasib ul la`li lab hijronidin qondur manga.

Chiqti aqlu fahm ila sabru ko`ngul tan mulkidin,
Chiqmayin har lahza zahmat berguchi jondur manga.

O`qi baskim tandadur, tegmas tanimg`a o`zga o`q,
Ulki o`q deb nola qildim, emdi qalqondur manga.

Uyla rasvomenki, ko`yu ko`chada holim ko`rub
Ba`zi el giryonu ba`zi xalq xandondur manga.

Hajridin bag`rim suvdur, ul suv aro bolig` kibi
Dardu mehnat o`qidin bir necha paykondur manga.

Hur mujgonin agar surtay desa qilmon qabul,
Kim  ayoqda orzu xori mug`ilondur manga.

May ichib toatni favt etmangki, ul o`t tobidin
Necha boqsam bahra holo dog`i hirmondur manga.

Ey Navoiy, xalq der: jon ber, vayo kech ishqidin,
Garchi bu dushvor erur, lekin ul osondur manga.

                                      37

Menmudurmenkim sening vasling muyassardur manga,
Baxti gumrahdin qachon bu qissa bovardur manga.

Haq tonuqturkim, tiriklikdin manga sensen murod,
Yo`qsa olamning yo`qi-bori barobardur manga.

Ey ko`ngul, g`avvosi bahri vasl o`lubmen, ne ajab,
Kim nasib emdi o`shul  pokiza gavhardur manga.

Ne uchun bazmi visol ichinda ichmay bodakim,
Ko`ziyu og`zi bukun bodomu shakkardur manga.

Oyu xurshidingni yig` ey charxi gardunkim, bu dam
Hamdam ul oy chehralig` xurshid paykardur manga.

Sarvni o`rtab, sumanni yelga ber, ey bog`bon,
Kim bukun hamsuhbat ul sarvi sumanbardur manga.

Qo`rqaram hirmon sahobin yopmag`ay fahm etsa charx,
Kim shabiston mehr sham`idin munavvardur manga.

Ey Navoiy, hech bilmonkim topibmen vaslini,
Yo magarkim jumlayi olam musaxxardur manga?

                                        38

Ko`zlarimda ishqdin suv erdi uyqu o`rnida,
Turfa ko`rkim, hajrdin qon bo`ldi ul su o`rnida.

Kimgakim kirpik o`qin yog`dursa ul gul, rashkdin
Jismim ichra bir tikandur har sari mo` o`rnida.

G`ayr naqshidin qilibmen pok ko`nglum safhasin,
Tut ul oy ollida, ey mashshota, ko`zgu o`rnida.

Shahsuvorimning ayog`in o`pkali rozidurur
Oy bila kun har birisi bir tepingu o`rnida.

Iztirob etsa qoshing ko`rgach, ne tong, shaydo ko`ngul
Telba kim ko`rdi yangi oy o`ltururmu o`rnida?

Dahr bo`stoni aro barqu bulutdin anglakim,
Yig`lamoq yuz qatladur bir qatla kulgu o`rnida.

Ey Navoiy, dersen ul qomatni ko`nglungdin chiqar,
Ne nihol o`lturtayin ul sarvi diljo` o`rnida?!
 
                                     39

Behi rangidek o`lmish dardi hajringdin manga siymo,
Dimog`im ichra har bir tuxmi yanglig` donayi savdo.

Mazallat tufrog`i sorig` yuzumda bordur andoqkim,
Behida gard o`lturg`on  masallik tuk bo`lur paydo.

Oqartib ishq boshimni, nihon bo`ldi sarig` chehram,
Momug` ichra behini chirmag`on yanglig` kishi umdo.

Yuzumda tiyg`i hajring zaxmi har sori erur bevajh,
Behini tiyg` ila chun qat` qilmoq rasm emas qat`o.

Yuzum tufrog`dadur har dam qurug`on jism ranjidin,
Behiga sarnigunluk shoxi za`fidin bo`lur go`yo.

Bu gulshan ichra behbud istagan doim behi yanglig`
Kiyib pashminayi toat qadin ham asramoq avlo.

Navoiy gar quyosh noranjidin behrak ko`rar, tong yo`q
Behikim lutf qilmish mahdi ul`yo ismatud-dunyo.

                                    40

Yor aksi chunki aylar jilva may ko`zgusida,
May icharmenkim, yuzi bo`lg`ay yuzum o`trusida.

Ul sabohat birlakim kuldung, manga mehr o`ldi fahm,
Mehr fahm o`lmoq, tong ermas, subhning kulgusida.

Uylakim xayli hubob ichra tushar xas, bormen
Ashk aro sargashta ul sultoni husn o`rdusida.

Urdi olam buzg`ali bir-birga kirpik saflarin,
Fitnalar bedor qilmoq, ko`r, ul oy uyqusida.

Ne xato qilg`ay ko`ngullarga ko`zung mujgon o`qin
Har qayon chun boqsa, saydedur aning qobusida.

Navbahori dahrg`a qo`ymang ko`ngulkim, yo`q vafo
Ne guli bo`stonida, ne lolayi xudro`sida.

Shohlar pobo`sung etgandin, Navoiy, yaxshiroq
Kim boshingni xoki rah etsang aning pobo`sida.

                                     41

Kimsa hargiz ko`rmadi chun ahli davrondin vafo
Ulki davron ofatidur, ne tama` ondin vafo?!

Jonimu umrumdur ul oy, bevafo bo`lsa, ne tong,
Qayda ko`rmish kimsa hargiz umr ila jondii vafo?

Gar vafo qilsang erur, andinki, bordursen, pari,
Yo`qsa, kim olamda ko`rmish nav`i insondin vafo?

Vahki, davron ahlidin juz bevafolig` kelmadi,
Har nechakim ko`rdilar men zoru hayrondin vafo.

Chun  vafo  gulbargi davron  bog`ida  yer  topmadi,
Bejihatdur kimki istar bu gulistondin vafo.

Kimsa ko`nglin kimsadin istab vafo, oldurmasun,
Kim manga xud yetmadi ul ko`nglum olg`ondin vafo.

                                     42

Mir`oti husnung tiyradur bu ohi dardolud aro,
Ravshanlig`i mumkin emas chun sham` qoldi dud aro.

Butganga o`xshar degasen har yon qizil tol uzra barg,
Har soridin paykonlaring bu jismi xunolud aro.

Shomi g`am ohim dudidur, ul dud aro har yon sharar,
Bilgil, nuhusat anjumi bu shomi qiyrandud aro.

Xo`y qatrasidan g`arq erur xoling savodi, vah, netar,
Bir tiyra kavkab fitnasi yuz axtari mas`ud aro.

Ochting chu zulf, ul ikki ko`z har yon xadang otmoq, ne tong,
Kim qolmish ikki turki Chin hinduyi noma`dud aro.

Ul ko`y qasdi etmisham, ey voiz, oni man` etib,
Har dam dema jannat so`zin, so`z solmag`il maqsud aro.

Qochsa Navoiy shayxdin piri mug`on sori, ne ayb,
Kim bor tafovutlar base maqbul ila mardud aro.

                                      43

Er tutar ko`nglumda gardundin judo bo`lg`on balo,
Jondadur devona ko`nglumdin xato bo`lg`on balo.

Istamonkim ishq mendin o`zgani qilg`ay asir,
Hech kishiga bo`lmasun, yo rab, manga bo`lg`on balo.

Shod yuzlanmang, balolar, bizgakim, bo`lmas xalos
Bu ko`ngul zindoni ichra mubtalo bo`lg`on balo.

Xo`blardin har kishiga bir balo yetgan kuni
Bizga yetmish otidur javru jafo bo`lg`on balo.

Vaslida rashk o`lturur hajrida g`am, vahkim, manga
Vasl aro bo`lg`on balodur hajr aro bo`lg`on balo.

O`ltururlar hamdaming bo`lsam, o`larmen bo`lmasam
Bo`lmag`on, jono, sening birla balo bo`lg`on balo.

Nosiho, oshiqlig`imni man` qilding, bilmading,
Kim nasihat birla daf` o`lmas qazo bo`lg`on balo.

Chun balosiz kom yo`q, topmas baqo komin, magar
Kimki oni o`rtamas oti fano bo`lg`on balo.

                                   44

Orazu xolingni bir dam ko`rmasam, ey dilrabo,
Uyladurmenkim ko`runmas ko`zuma oqu qaro.

Hajr aro ra`no qading naxlin tilarmen tengridin,
Shomlar sham` istagandek xayr ahlidin gado.

Gar firoq ayyomining bilmon hisobin, ne ajab,
Kim yuzung hajrida kunduz kecha yanglig`dur mango..

Barq emas, olamg`a yuz qo`ymishdur ohimdin sharar,
Ra`d emas, gardung`a chirmanmish fig`onimdin sado.

Boshing ol, ket o`z payi vaqtingg`a, ey shaydo ko`ngul,
Kim emassen xasta jonning hech dardig`a davo.

Necha oqg`ay ko`z yoshim, yetkur g`uborin, ey nasim,
Farzi ayn erur yasharur ko`zga solmoq to`tiyo.

Umr yeldek o`tmagin debsen magar, ey bog`bon,
Kim yaqosi choksiz gul butmadi bu bog` aro?

Jon topay dersen sabuhiydin, vale g`ofilki, subh
Chok etib ko`nglak, sening holingga tutmishtur azo.

Ey Navoiy, xasta ko`nglumga madaddur novaki,
Rost andoqkim zaif elga berur quvvat aso.

                                    45

Ravshandururki,  mehr  yuzungdin olur safo,
Yo`qsa, ne zajh ila qamar andin topar ziyo?

G`arqi muhiti ishqing edi jon ila ko`ngul,
Ul damki, ruh emas edi tan birla oshno.

Gulda yuzung latofatidin range ko`rmasa,
Bulbulg`a ne edi bu fig`on birla, bu navo?

Bir zarra og`zi ramzini har kimki angladi,
Yo`li adam tariqiduru zodi rah — fano.

Ul zindadil hayoti abad vaslidin topar,
Kim neshi g`amni no`sh deru dardni davo.

Lomiki, vasl ayog`ig`a topmishtur ittisol,
Ul «lom»durki, o`rtag`a olmish oni «balo».

O`zdin qutul, Navoyiyu maqsadg`a yetki, qush
Etmas chamang`a, bo`lsa qafas ichra mubtalo.

                                46

Zor jismimg`a xadanging zaxmidin ortar navo,
Sozdekkim, teshsalar oni fuzun aylar sado.

Qaddi hajrida g`amim sham`ini har devorg`a,
Kim tayabmen sarv andomi bila bo`lmish qaro.

G`unchang anfosi nasimi zavraqi jon qasdig`a
Etkurur har dam adam daryosidin mavji fano.

Orzuyi vaslidin ranjur erur munglug` ko`ngul,
Qut uchun tazvir ila bemor bo`lg`ondek gado.

Nega  yig`lab anbariy zulfin kesar  hijron tuni,
O`lmagimni  anglabon gar  sham` tutmaydur  azo?

Hajr dardin ko`ngluma kam qildi xoling oqibat,
Dog` emish dardi shaloyin xastag`a oxir davo.

Ruhparvardur Navoiy ohu ul yuz shavqidin,
Ul sifatkim lolavu gul yuzidin kelgay sabo.

                                     47

Yor dardim so`rmayin ko`nglumni mahzun qildilo,
Jonim oshubini kam qilmoqdin afzun qildilo.

Bermayin zaxmin jigar qonig`a taskin gunae,
La`li kulmak birla ashkimni jigargun qildilo.

Daf`i savdo istadim la`li mayidin, bir yo`li
Ul pari savdozada ko`nglumni majnun qildilo.

Ey ko`ngulkim, sabr tog`in maskan etting oqibat,
Tund sayli ishq ul tog`ingni homun qildilo.

Besutung`akim sutun Farhod bo`ldi, qofi ishq
Ul sutunni Besutun ostidagi «nun» qildilo.

Nedur uchmoq joh ila, oxir falak Namrudning
Osmoni taxtu johin ganji Qorun qildilo.

Qatra xo`yliq orazing vasfin Navoiy qilg`ali,
Lutfi tab` abyoti nazmin durri maknun qildilo.

                                       48

Sorig` og`riq bo`ldum, ey soqiy, xazoni hajr aro,
Qoni asfar mayki, bor har qatrasi bir kahrabo.

Yuzu jismimdur sorig` barge qurug`on shox uza,
Shoxu bargekim qurub sorg`orsa, kim ko`rmish davo?

Ne marazdur buki, bir gulrux sharori ishqidin
Bo`ldi sorig` lola ko`zum oqiyu dog`i qaro,

Sud emish ko`z tushsa asfar jinsi sori, vah, qani
Sarvinozimkim, sorig` gul barg`idin kiymish qabo?

Sorg`orib qoldim havodis kojig`a hijrda kuni,
Bir sorig` qushdekki, kunduz qolg`ay ul qushlar aro.

Shom ila subh ar sorig` og`riq emaslar, bas nedur
Tun sochin yoyib, quyosh yirtib yuzin, tutmoq azo?

Dard tufroqqa nihon qildi Navoiy jismini,
Topibon bir shisha oltun dafn qilg`ondek gado.

                                     49

Ko`nglum o`rtansun agar g`ayringga parvo aylasa,
Har ko`ngul hamkim sening shavqungni paydo aylasa

Har kishi vaslin tamanno aylasam navmid o`lay,
Har kishi hamkim sening vasling tamanno aylasa.

O`zgalar husnin tamosho aylasam chiqsun ko`zum,
O`zga bir ko`z hamki husnungni tamosho aylasa.

G`ayr zikrin oshkora qilsa lol o`lsun tilim,
Qaysi bir til hamki zikring oshkoro aylasa.

Rashkdin jonimg`a har nargis ko`zi bir shu`ladur,,
Bog` aro nogah xirom ul sarvi ra`no aylasa.

Yo`q og`izdin nukta aytur mahvashimdek bo`lmag`ay,
Gar quyosh har zarrasidin bir Masiho aylasa.

Oqibat jonimg`a yetti, ey xusho mug`kim, meni
Bir qadah birla xarobot ichra rasvo aylasa.

Qelturung daf`i jununumg`a parixon, yo`q tabib,
Kim ul ansabdur pari har kimni shaydo aylasa.

Subhdek bir damda gardun qo`ymag`ay osorshsh
Nogah ahli sidq ko`ngli mehrin ifsho aylasa.

Dahr sho`xig`a, Navoiy, sayd bo`lma, nechakim
Kun uzori uzra tun zulfin mutarro aylasa.

                                  50

Qosidekim yordin bir so`z rivoyat aylasa,
Istaram so`rg`on soyi boshtin hikoyat aylasa.

Telbalar yanglig` gah o`z holimdadurmen, goh yo`q,
Ul paridin har kishi bir so`z rivoyat aylasa.

Ey ko`ngul, ohingni dersenkim suv aylar toshni,
Chin erur, gar ko`ngliga oning siroyat aylasa.

Jong`a basdur har nafas bir dog`, nevchun bo`lmasun
Qoni` ulkim, bir diram har dam kifoyat aylasa.

Topti Majnun shuhratu qoldi mening qissam nihon,
Kim o`lar har kim fasonamni bidoyat aylasa.

G`am sipah qasdimg`a tortibtur, ne bo`ldi piri dayr
Bir qadah birla bu mahzunni himoyat aylasa?

Ey Navoiy, faqrdin bebahradur yuz g`am yetib,
Solikekim shukr borinda shikoyat aylasa.

                                   51

Bag`ir xunobidin za`f o`ldi g`olib xasta jonimg`a,
Og`ir erdi g`izo, avd etti zahmat notavanimg`a.

Labing hajrida jismim konidin har pora la`ledur,
Ko`ngul zaxmida yaxshi boqsalar bir qatra qonimg`a.

Adam durjiki og`zing huqqasidur, marhame ondin,
Davodur g`unchadek ko`nglumdagi dog`i nihonimg`a.

Sarig` yuzumdin el yig`lar, magarkim o`lmagim yetti,
Kim mundog` xosiyat baraks bo`ldi za`faronimg`a.

Salohim pardasi kuydi ul o`tlug` yuz xayolidin,
Fig`onkim, oyni yod etmak zarar qildi katonimg`a.

Ul oy kulbamga keldi jondurur xunob ila ohim,
Bu tortig`lar murattab  aylamishmen mehmonimg`a..

Qaroru aqlu hushum ishqing o`ti birla churkandi,
Samum esdi balo dashtida ozg`an karvonimg`a.

Zamon  avroqiyu ishqim edi Farhodu Majnundin,
Falak bir-ikki fasl etti izofat dostonimg`a.

Navoiy, Zuhra udin motamim tutqonda kuydurdi,
Falak sori erishib borg`on uchqunlar fig`onimg`a.

                                   52

Ne navo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas to`ti takallum shakkaristondin judo.

Ul quyosh hajrida qo`rqarmen falakni o`rtagay
Har sharorekim, bo`lur bu o`tlug` afg`ondin judo.

Dema, hijronimda chekmaysen fig`onu nola ko`p,
Jism aylarmu fig`on bo`lg`on nafas jondin judo?

Bo`lsa yuz ming jonim ol, ey hajr, lekin qilmag`il
Yorni mendin judo yoxud meni ondin judo.

Hajr o`lumdin talx emish, mundin so`ng, ey gardun, meni
Aylagil jondin judo, qilg`uncha jonondin judo.

Vasl aro parvona o`rtandi, hamono bildikim
Qilg`udekdur subh ani sham`i shabistondin judo.

Bir iyosiz it bo`lub erdi Navoiy yorsiz,
Bo`lmasun, yo rabki, hargiz banda sultondin judo.

                                        53

Zihi  visolingga  tolib tutub o`zin  matlub,
Muhabbatidin otingni habib atab mahbub.

Urujung aqshomi bo`lmay to`quz sipehr hijob,
Yuzung xijolatidin mehr o`lub vale mahjub.

O`t ichra tushsa bo`lur nisbati samandardek,
Kishiki, ishqing o`tig`a o`zin qilib  mansub.

Iting hisobig`a kirgan hisob vaqtida,
Agarchi jurmi erur behisob, emas mahsub.

Kitobat etmaganingdin qalamda nol ermas,
Ki tushti ko`ngli aro tob uylakim maktub.

Libosi motam aro qoldi to abad soya,
Ki mehrdin nega yoningda bo`lmadi mashub.

Muti`i amring agar podshoh, agar soyil,
Gadoyi xonung agar hushmand, agar majzub.

Ajab yo`q, olsa ko`ngul hushin ul iki gisu,
Bu bo`lsa silsila, ko`p telbani qilur mag`lub.

Tilasa ravzani zohid, Navoyiyu ko`yung,
Ki har kishi ani istarki, bor anga marg`ub.

                                     54

Sochsa anjumdin falak boshingg`a yuz ming durri nob,
Jolayi g`am, bilki, yog`durg`ay bir ofatliq sahob.

Ne g`araz bu jolani yog`dursa andin o`zgakim,
Umr naxlin sinduro`b, tan gulbunin qilg`ay xarob.

Ro`ziy ortug` bo`lmag`in har kimki bilgay charxdin,
Zol yanglig`durki roziq charxini qilg`ay xitob.

Ofarinish bahridin gardun hubobi besh emas,
Bormu imkon kimsaga bir qatra suv bermak hubob?

Bo`lsa erdi qudratikim lahzae tobqay qaror,
Tunu kun tinmay bu nav` etgaymu erdi iztirob?

Ul dog`i o`z holig`a hayron erur andog`ki men,
Anda ham sargashtaliq andoqki menda pechu tob.

Jismi oning ham havodis zarbasidin nilgun,
Topmayin maqsudini mendek necha aylab shitob.

Qudrat ilgida bo`lub ul ham zabun andoqki men,
Olmay ul mendin hisob, andoqki men andin hisob.

Ey Navoiy, solik ersang haq vujudin bil vujud,
Mosivollohni adam, vallohu a`lam bis-savob.

                                     55

Ikki o`tlug` nargisingkim qildilar bag`rim kabob
Biridur ayni xumor ichinda, biri masti xob.

Tiyg` tortib dam ola olmay yetishting boshima,
Go`yiyo xurshid yanglig` yo`lda ko`rguzdung shitob.

Ofarinish baski ahvolimg`a yig`lar har kecha,
Ashk daryosi erur gardunu kavkablar hubob.

Tolpinurmen ashk aro har damki tishlar la`lini,
Kim tengizga tushsa, jon vahmidin aylar iztirob.

Ranju za`fim bo`lmish andoqkim, so`ra kelgan ulus
Holim aylarlar savol, ammo eshitmaslar javob.

Necha tasbihing hisobi, zohido, ich bodakim,
Senu mendeklarga xud bu korgahda ne hisob?!

Gar karam daryosining mavji budurkim, chog`ladim,
Qoni o`z bo`ynig`a kim ishratdin etsa ijtinob.

Ich, Navoiy, mayki, fahm ettuk tabibi ishqdin:
G`ussavu g`am zahrig`a taryok emish yoquti nob.

Xossa bazmikim quyosh jomin shafaq rohi bila
Elga tutqay xusravi anjumsipohi Jamjanob.

                                      56

Qoshu ko`zungni munajjim chunki ko`rdi beniqob,
Dedi: ko`rkim, qavs burjidin tug`ubtur oftob.

Bir labing jon oldi andoqkim, birisi bilmadi,
Emdikim bildi, arolarinda bordur shakkarob.

Gar falak qoshing bila bahse hilolidin qilur,
Bir desa payvasta, jono, eshitur ikki javob.

Gul kibi yuzungda ter fard etti hushumdin meni,
Garchi behush elga hush uchun muqavviydur gulob.

Kim sirishkim ko`rdi, ma`lum etti ishqim hosilin,
Dona birla uylakim el naqdini aylar hisob.

Garchi ishq o`tida ko`nglumni o`qungg`a shishlading,
Garm bo`lmakim, hanuz ne six kuymish, ne kabob.

Ne chamandur buki, hasrat suyiyu dard o`tidin
Parvarish topmish qayu bir guldakim bor obu tob.

Gar Navoiyning kuyuk bag`rida qondur, ne ajab,
Xomso`z o`lur yolin uzra tushub kuygan kabob.

                                     57

Etti hajr ayyomi, qatlimg`a nedur har dam itob?
Men xud o`lgumdur yaqin, ey umr, ko`p qilma shitob!

Elga mehringdin kuyarmen, menga qahring sahl erur,
Do`zax ahlig`a erur jannatni ko`rmaklik azob.

O`lturur chun hajr, beparvolig`ing ortuqsidur,
Dard muhlikdur, ne hojat sharbat ichra zahri nob?

Nevchun eldek yo`q manga mehringki, sarvu gul uza
Tushsa, xoru xasni ham mahrum qo`ymas oftob.

Bodpoying yo`lida xoki tanim gard ayladim,
Vahki, ul gard-o`q murodim yuziga bo`ldi hijob.

Ashk suvidin qading sarvini qildim sarbaland,
Vahki, ham ul suvdin umidim uyin qilding xarob.

Ul quyosh hajri meni o`lturgali bas, ey sipehr,
Sen quyosh tiyg`in chekib, qilmoq ne hojat iztirob?!

Bu chamanda suv masallik pokravni charxdin
Ko`rmadikkim, ko`ngli sinmay qoldi andoqkim hubob.

Chun Navoiydin uzuldung, bor savob o`lmak anga,
Jonidin mahjur o`lar vallohu a`lam bis-savob.

                                     58

Eyki ruxsoring erur xo`bu xating ham marg`ub,
Xo`blardin neki bosh ursa, erur beshak xo`b.

Toki sevdum seni, javringni dog`i sevmishmen,
Har ne mahbub qilur, bordurur ul ham mahbub.

Rishtayi jon bila nomang boshini chirmar edim,
Ul sharar tori bila kuymasa erdi maktub.

Xasta dillarg`a ne jon olg`uchi yuzdur ulkim,
Qolibin qildi tihi ko`rgach oni ahli qulub.

To labing volihi bo`ldum, tilamon obi hayot,
Suvni naylar kishikim, bodag`a bo`lg`ay mag`lub?

Ahli ishq ichra manga yoqma vara` tuhmatini,
Zohido, qilma hunar ahlig`a bizni ma`yub.

Istasang mulki baqo, salb qil o`zlukni burun,
Ki suluk ichra fano ahlig`a budur uslub.

Ey Navoiy, tilasa shoh mushavvash raqaming,
Har ne matlub anga, bizga ham uldur matlub.

                                   59

Tiyg` ila xoki tanimni har taraf yording kelib,
Naqdi jon olmoqqa bu tufrog`ni oxtording kelib.

Keldingu ko`nglumni yuz chok etmaguncha bormading,
Ba`d umre, ey sitamgar, yaxshilar bording kelib.

Jon senga qurbonki, olib jon ko`ngul afg`onidin,
Ham o`zungni, ham meni, ham elni qutqording kelib.

Qatl bas erdi, tanim ul ko`ydin sudratmaging
Ortug` erdi, ey jafojo`, haddin o`tkording kelib.

Ey ko`ngul, ozdur senga bu hamki, ul oy ko`yidin
Man`lar qildim, vale yuz qatla yolbording kelib.

Soqiyo, yetkurmish erdi jonni og`zimg`a xumor,
Jon fidong o`lsunki, bir may birla qoytording kelib.

Zuhd etib erdi Navoiyni xarob, ey mug`bacha,
Tengri yoringkim, fano dayrig`a boshqording kelib.

                                    60

Chobukekim, har taraf maydon aro aylar shitob,
Barqi lomi`dur samandi, gardi andoqkim sahob.

O`qi rashkidin erur ko`ksum aro ko`nglum qushi
Ul kabutarkim, qabaq nchinda qilg`ay iztirob.

Otsa o`q ul qoshi yo yuz pech urar jon rishtasi,
Kim manga hirmonu oning o`qig`a yetgay tanob.

Nogahon otqaymu deb bir o`q qabaq shakli bila
Boshi ustiga kelur maydonda har kun oftob.

Ul quyoshdin boshqa kim otqay qabaq, vah, ko`rmaduk
Axtari Sa`deki, har dam zohir etgay bir sahob.

Jon berurmen qayrilur chog`da ko`rub belida pech,
O`lsa tong yo`q ulki, joni rishtasig`a tushsa tob.

Kimki sarkashrak — havodis o`qig`a ko`prak hadaf,
Ushbu holatni qabaq ahvolidin qilg`il hisob.

Ey Navoiy, chun o`qi har dam falak mayli qilur,
Sen oti gardiga qoni` bo`lki, bordursen turob.

                                       61

Havo xush erdiyu ilkimda bir qadah mayi nob.
Ichar edim vale g`amdin qadah-qadah xunob.

Ki hozir erdi o`shul sarvi nargisi maxmur,
Valek rag`mima qilmas edi qadahg`a shitob.

Manga ne zahrae ulkim, desamki, bir qadah ich,
Ne onsiz ichgali may, ne qaroru toqatu tob.

Bu g`ussa birla ichim qon bo`lub nechukki qadah,
Ko`zumga har nafas ashk evrulub misoli hubob.

Chu angladiki, borur ixtiyor ilgimdin,
Kulub qadah kibi lutf ayladiyu qo`ydi itob.

Qadahni ichtiyu yuz loba birla tutti manga,
Ki oning ichgani-o`q qildi meni mastu xarob.

Chu soqiy etti qadah ko`zgusida jilvayi husn,
Ne ayb, oshiqi mayxora ko`ngli bo`lsa yabob?

Navoiy, vasl bihishtida shukr qil bu nafas,
Ki yona chekmagasen hajr do`zaxida azob.

                              62

Labingdin xasta jonkim bo`ldi betob,
Emas betob, anga erur shakarxob.

Yoshimdii obro`yum bordi, bildim,
Ki ravnaqsiz qilur oltunni siymob.

Qoshing hajrida har na`leki kessam,
Kelur payvasta, jono shakli mehrob.

Qilich bog`i beling quchqan hasaddin
Ko`zumga ajdaredur shakli qullob.

Ko`zum ollindadur la`ling xayoli,
Emas kirpiklarim ustida xunob.

Firoq ilgi, fig`on, jon rishtasidin
Chiqorur tordin andoqki mizrob.

Falak boshingg`a qoplab it terisin,
Sen oni jahldin deb kishu sinjob.

Ajab yo`q, odamiyliqni unutsang,
O`zungni telba it charmida asrob.

Navoiy, ranj ko`rma, og`zin istab,
Kim ul bir javharedur asru noyob.

                                63

Bovujudikim adam bo`ldum g`amidin qayg`urub,
Hech og`zining so`rog`in la`lidin topmon so`rub.

Jonki, qat-qat qon bo`lubtur dog`i ishqing ketmagay,
Lola bargidek ani bir-bir sovursang kuydurub.

Novaking ko`nglumda qilmish xona, bovar qilmasang,
Ko`ksuma ilgingni kelturkim, turubtur bilgurub.

Ishqidur jon pardasida, ravshan ettim, do`stlar,
Necha kuygaymen harir ichinda o`tni yoshurub?

Barqdek po`yamni ayb etmang, salomat ahlikim,
Mundoq o`tekim tutashibdur manga, bo`lmas turub.

Istama tahsinki, shokirmen ne kelsa ollima,
Shukr qilmay, naylay olursen qazoni yozg`urub?

Chun Navoiy jonig`a marham erur paykonlarnng,
Kosh, yoqsa marhami o`qung yonimg`a o`lturub.

                                   64

Xoki poyi bo`ldi joni xoksorim qon yutub,
Kim chiqib la`lini o`pgay rishtayn zulfin tutub.

Zulfin ochqonda zanax chohig`a tushgay ming ko`shul,
Qo`ymasa ul choh uza ruxsori sham`in yorutub.

Ishq muhriq dashtini qatь aylamak dushvor erur,
Kirmasam ohim yeli birla havosin sovutub.

Kuygali moyilmenu hajrig`a yo`q, vahkim, meni
Ayladi rozi isitmoqqa o`lumdin qo`rqutub.

Der emish, bir kun kelib ko`ngli yarosin butkaray,
Kelsa butgil, ey ko`ngul, bu so`zga xud bo`lmas butub.

Dahr bo`stonida qilmoq sayr aylab hoyu huy
Harza kezmakdur hayoting qushlarini hurkutub.

Jomi vaslingdinki, elni tirguzursen,  bil yaqin,
Kim Navoiy o`lgusi xunobayi hijron yutub.

                                      65

Sen labing so`rg`on soyi men qon yutarmen, ey habib,
Sen may ichgilkim, menga xuni jigar bo`lmish nasib.

Dedilar, ahbob dardig`a habib aylar davo,
Vahki, men kuydum, muhabbatdin emas voqif habib.

Ko`yungga kirgach ko`ngul qoshingg`a mayl aylar, bale,
Go`shayi mehrob etar payvasta manzilgah g`arib.

Chehra sorg`org`on soyi ortar ko`ngulning nolasi,
Bor ajab voqi` xazon faslida nolon andalib.

Xossalillah sharbatimni zahri qotil birla ez,
Chun ish ondin o`ttikim, kelgay Masihim, ey tabib.

Necha ul oy mehridin shaydo ko`ngulni ovutay,
Telbaga yolg`on hikoyat birla  bergandek firib.

Mayg`a rahn o`lmay fano dayrida tasbihu rido,
Piri dayr etmas havola elg`a zunnoru salib.

Nafsing etsa sho`xlug` charx emgagidin qil adab,
Tiflni andoqki zajr aylar falak birla adib.

Ey Navoiy, zulmidin dermenki ishqin tark etay,
To nazardin g`oyib o`ldi, yo`q yana sabru shikib.

                                    66

Vah, ne qotildur, kelur oyini zulmu kin solib,
Oshiq o`lturmak uchun har qoshig`a yuz chin solib.

Chun o`tub ishq ahlidin — oshubi sabru fahm o`lub,
Chun yetib zuhd ahlig`a — toroji aqlu din solib.

Har tarafkim gom urub — yuz porso yo`lin urub,
Har  qayonkim ko`z solib — yag`movu qatloyin solib.

El sorikim yuzlanib — qindin chiqarib tiyg`i kin,
Chun manga markab surub — boshimg`a tiyg`i kin solib.

Bu sorig` ruxsora birla qon yoshimdin yod qil,
Ichsang oltun jom ichinda bodayi rangin solib.

Sensizin, ey umr, chun mumkin emas oromu sabr,
Borma har dam bizni mundoq bedilu g`amgin solib.

Bog`i husnungkim, gul ochti rang-rang, ey mug`bacha,
Go`yi ichting mayg`a  bargi lolavu nasrin solib.

Shar`siz xoshok aro xashxoshdekdur, ey hakim,
Ko`kka chiqsang jaybing ichra subhayi parvin solib.

Dardu g`am qolib, Navoiy joni chiqti oqibat,
Hajr elidin xonumonin bordi ul miskin solib.

                                   67

Yuz to`shuk ko`ksumni o`rtarsen jafodin qon qilib,
Xalq kuydurgan kibi zanbur evin vayron qilib.

Javhari ishqing yoshurg`ach o`rtadim ko`nglumga dog`,
Uylakim qo`yg`ay nishon el naqdini pinhon qilib.

Ko`hi ohandek g`aming ko`nglumdin olg`on ne osig`,
Kim yana jonimg`a otding barchasin paykon qilib.

Yuz o`luk tirguzdi la`lingg`a yetishgan jomi may,
Go`yiyo berding oning har qatrasin bir jon qilib.

Aqlu din naqdin o`g`urlar go`yi ul ayyorvash,
Buki behush aylar elni husnig`a hayron qilib.

Bo`lubon har sham`g`a parvona, kuyma, ey ko`ngul,
Ishq o`tlug` zulmatida o`zni sargardon qilib.

Ey Navoiy, dema la`lin tishlar el qatlig`a yor,
Balki elga jon bag`ishlar bizga qasdi jon qilib,

                                     68

Yuz so`zumdin biriga bermas javob ul no`shlab,
Og`zini yo`qtur desam, voqi`ki, hech ermas ajab.

Nuqtayi xoling nedin shirin labing ustidadur,
Nuqta chun ostin bo`lur har qaydakim yozilsa «lab».

Vasl ne yanglig` muyassar bo`lg`usidur, chun erur
Dilbarim nozikmizoju men bag`oyat beadab.

Gar quyosh derlar yuzungni, garm bo`lub chekma tiyg`,
Elga jurme yo`q, inar chun osmondin har laqab.

La`ling olsa choklik bemor ko`nglumni, ne tong,
Ey malohat naxli, chunkim xastasiz bo`lmas rutab.

Zindadil Majnunning o`lmish ko`ngli chun Laylig`a hay,
Bas, ne osig` oni haydin qovlamog`liq, ey arab?!

Tolib ulkim topmasang dog`i bu baskim, aylamas
Bir nafas g`ofil seni matlub yodidin talab.

Qahr barqi birla rahmat yomg`uri gar buyladur,
Emmin ermas Bu-l-Alo, navmid emastur Bu Lahab.

Gar navo topsa Navoiy lablaringning zikridin,
Tong emastur, chun mudom afzun bo`lur maydin tarab.

                                         69

Xanjaring jonimg`a yetti ko`kragimga sanchilib,
Novaking yonimg`a o`lturdi iyodatg`a kelib.

Qirib o`tgan o`qlaring jon pardasin resh etgali
Safhadekdurkim, qirilg`ay sahv xatlar yozilib.

Yugurar har kirpigimga ortilib bir qatra yosh,
Sho`x yoshlardekki o`ynarlar chubuq markab qilib.

Ushbu hijron kechasin tush ko`rsam erdi nogahon,
O`lgay erdim vahmdin, albatta, zahram yorilib.

Na`lim ichra dog` uchun qo`yg`on fatilam dud ila
Dard o`choqida tutaydur anduh o`ti yoqilib.

Ul quyosh birla borur el soyadek, men xoksor,
Vahki, qolurmen izining tufrog`idek ayrilib.

Sirri vahdat chun fano dayrida sig`mas lafz aro,
Nevchun,  oyo,  xonaqah  ichra  tuganmas  aytilib?

Nuktayi tavhidni bilgan qila olmas bayon,
Kim bayon qildim desa, bilginki, qilmaydur bilib.

Ey Navoiy, mayda soqiy la`lidin ermish furug`,
Kayfiyatni chunki fahm etting, netarsen oyilib?

                                       70

Ko`z yoshim bo`ldi ravon bir nargisi jodu ko`rub
Tifl yanglig`kim yugurgay har taraf ohu ko`rub.

Qoldi hayron zohid ashkimda ko`rub har yon hubob,
Rustoyidekki hayrat aylagay o`rdu ko`rub.

Jon aro tig`ing ko`rub ko`nglum qushi tuzdi navo,
To`tiedekkim takallo`m aylagay ko`zgu ko`rub.

Vodiyi ishqing makon  qildi ko`ngul ko`rgach yuzung,
El biyobon ichra manzil aylgandek su ko`rub.

Jonda o`z dog`in ko`rub oshiqlig`imni angladi,
Ul kishidekkim tonig`ay o`z qo`lin belgu ko`rub.

Boda tutqach dema behud bo`ldi kim ul ko`zgudin,
Bordi hushum yor husni jilvasin o`tru ko`rub.

Ey Navoiy, daf` o`lur holin ko`rub ko`hi g`amim,
Fil yanglig`kim hazimat aylagay hindu ko`rub.

                                      71

Xasta jonim za`fin angla ko`nglum afg`onin ko`rub,
So`rma ko`nglum yorasin, fahm et ko`zum qonin ko`rub.

Vaslida la`li uza holin ko`rub kuygan kibi
O`rtanurmen jonda emdi dog`i hijronin ko`rub.

Vodiyi sabrimdag`i xori xashak qildim gumon,
Ko`nglum atrofida har yon no`gi paykonin ko`rub.

Angladim qilmish ko`zi olg`on ko`ngul saydig`a qasd,
Har tarafdin chirga tuzgan xayli mujgonin ko`rub.

Eru ko`kta istabon paydo emas Xizru Masih,
Qochtilar go`yo dudog`ing obi hayvonin ko`rub.

Jism bog`ida ravon shakle tasavvur qildi aql,
Bo`stoni husn aro sarvi xiromonin ko`rub.

Shabnam ermas, nargis ashkidur, nedin qon yig`lamas
Ko`z yumub-ochquncha gulshan umri poyonin ko`rub?

Charxdin sidq ahli motam ichradur, fahm aylagil,
Har sahargah subhnung choki giribonin ko`rub.

Nomasin, vahkim, ochib  solmoq nazar mumkin emas,
Chun Navoiy hushi zoyil bo`ldi unvonin ko`rub.

                                      72

Ichsangiz may suyidin ishrat uyin obod etib,
Jur`ae ham quyg`asiz tufroqqa bizni yod etib.

Soz eting avval g`amimdin nag`makim, barasl erur
Uy imorat aylamak xoro bila bunyod etib.

To havoyiymen ul oy hajrida andoqkim bulut,
Toqqa har dam yuzlanurmen yosh to`kub, faryod etib.

Va`dayi vasl etsa ul Shirin sanam, g`am tog`ini
Qozg`amen tirnog`larimni teshayi Farhod etib.

Ul  quyundurmen  fano dashtidakim,  bo`ldum  adam,
Har ne borimni boshimdin chivurub, ozod etib.

Har zamon ko`nglum qatiq ermas, dema, ey siymbar,
Yoshurun qolmas bilur ichra nihon fo`lod etib,

Voqif o`lkim, dahr dehqoni sening qasdingdadur,
Ismin oning gul qilib, otin munung shamshod etib.

Mayg`a targ`ib etmaging kofiydurur, ey piri dayr,
Mundin o`zga ishni naylarsen manga irshod etib?

Istama la`lin, Navoiykim, marazda emganur
Tab`ini sihhatlig` el sharbat bila mu`tod etib.

                                     73

So`zi hajring ichra har dam za`flig` jismim yonib,
O`tqa tushgan  qil  masallik o`rtanurmen to`lg`anib.

Ochqil o`tlug` orazing, ey sham`kim, parvonadek
O`rtanay boshing uza bir necha qatla aylanib.

Solg`asen olamg`a o`t, gar gul sovug`i tobidin
G`unchadek gulshang`a chiqsang` hullalarg`a chirmanib.

Biym erurkim ofarinishdin chiqarg`aysen damor,
Bazmdin usruk chiqib maydong`a chopsang otlanib.

Yor ila xo`y aylag`an ko`nglum erur ul nav` qush,
Kim kishidin ayrila olmas kichikdin o`rganib.

Qabrim uzra qo`yg`asiz tosheki, za`f ayyomida
Ul pari ko`yida yotmishmen boshimg`a yastanib.

Moldin umrungg`a osoyish agar yetmas, ne sud,
Nuh umri hosil etsang, ganji Qorun qozg`onib?

Ey Navoiy, tushta gar ko`rmak ani mumkin esa,
Barcha gar xud so`ngg`i uyqudur, netarsen uyg`onib?

                                     74

Qon yoshim yo`lungda tommaydur ko`zum giryon bo`lub,
Kim ayog`ingg`a tushubtur ko`z qarosi qon bo`lub.

G`unchadek ko`nglum chekar ul g`arq o`lub xunob aro,
So`z deganda og`zing ikki la`l aro pinhon bo`lub.

So`rsa Majnun ishq dashtida meni, ayt, ey rafiq,
Kim quyundek itti bu vodiyda sargardon bo`lub.

Hajri ko`nglumni bo`zub, g`am seli hamvor etti, voy,
Kim asar ham yo`qtur ul ma`muradin vayron bo`lub.

Tiyg`i xud o`tti, suubat ko`rki, muhlik yorasi
Bu zamon boshimg`a qolibtur baloyi jon bo`lub.

Har zamon  og`zing xayoli sanchilur ko`nglum  aro,
Go`yiyo bu g`uncha oni zaxm etar paykon bo`lub.

Charx ushshoq ohi o`tidin magar vahm ettikim,
Qubba qildi mehrini o`z hay`ati qalqon bo`lub.

Hashr xurshidig`a moni` fikr qilmassen, ne sud,
Atlasi gardunsaro pardangg`a shodurvon bo`lub.

Ey Navoiy, foniy o`l yor istasangkim, xo`b emas
Jonni sevmaklik bahona o`rtada jonon bo`lub.

                                 75

O`lukni tirguzur la`ling Masihoso kalom aylab,
Takallum choshnisin sharbati yuhyil-izom aylab.

Azalda la`lingga sayd etgali ko`nglum qushin go`yo
Qazo sayyodi jonlar rishtasidin yoydi dom aylab.

Chamanda tozalig`din har quruq shoxe erur Xizre,
Magarkim andin o`tmish obi hayvonim xirom aylab.

Agar harf o`lsa mudg`am, vahki, xoling nuqta idg`omin
Ayon qildi ko`zumnung mardumi ichra maqom aylab.

Ne bo`lg`ay tiyra bo`lmay ro`zgorimkim, ochib gisu
Qaro shomimni muhlik aylading subhumni shom aylab.

G`araz ul yuzni mastur asramoqdurkim, hakimi sun`
Ulusqa oh etar qismat ani oyinafom aylab.

Chu haq dargohidin mardud etar, naylarsen, ey zohid,
Qabuli xalq uchun ortqusi toat iltizom aylab.

Yoshingni dona, bag`ringni suv qilkim, tutti faqr ahli
Hidoyat qushlarin bu donavu suv birla rom aylab.

Navoiy kunda chun bir qursi maqsum ortmas, ne yeud,
Falakdek bo`lmog`ing sargashta tun-kun ihtimom aylab.

                                    76

Tuganmas mehri yo`q hajrim tuni sharhin savod aydab
Varaq aflok o`lub, ul tun savodin-o`q midod aylab.

Ulusni oqizur ashkim, falakni kuydurur ohim,
Chekib un yig`lasam g`am shomi ul mahvashni yod aylab.

Murodi nomurod o`lmoqdin ortug`roq emas mumkin,
Murodin gar topar ul sho`x bizni nomurod aylab.

Inonib vaslig`a hajrin unuttung, ey ko`ngul, lekin
Qutulg`aymu o`lumdin umrig`a el i`timod aylab?

Meni xud ul pari hajri qilib sahroda sargardon,
Chekib bechora Layli ohu Majnun e`tiqod aylab.

Sovurg`il aql evin, gardun, meni majnun qachon o`lsam,
Tanim tufrog`iyu ohim yelidin girdibod aylab.

Ayog` yolang borib qilding imorat Ka`bani go`yo,
Ayog`ing o`pmaki birla buzuq ko`nglumni shod aylab.

Boshim ham zuhd uyotidin quyi tushmush, ham andinkim
Borurmen dayr sori xonaqahg`a xayrbod aylab.

Navoiy ko`nglini ko`p mehr ila oldi ul oy andoq,       
Ki olg`ay mushtariy qalloshlar molin muzod aylab.

                                        77

Mendin ul chobukning, ey payki sabo, maydonin o`p
Ko`yiga boshim niyozin yetkurub, chavgonin o`p.

Bodpoyi sayrig`a hamtaklik aylay olmasang,
Erga mendin yuz qo`yub ko`rgan soyi javlonin o`p.

Gar ayog`i raxshining o`pmak muyassar bo`lmasa,
Ko`z solib har yerdakim topsang ayoq bosqonin o`p

Qoshi yosi g`amza o`qin otsa, vah, men xastadin,
Ko`zlaringga  surtubon suvforini, paykonin o`p.

Kulsa la`li, vahki, qolmas menda bir o`pguncha hush,
Hashv erur, ko`nglumki, aytursen labi xandonin o`p.

Pok etak istar esang, bir pok etaklik istabon,
Xoki na`laynig`a yuz qo`y, go`shayi domonin o`p.

Ey Navoiy, Ka`bayi maqsud vaslin istasang,
Shohi G`oziy qasrining dargohi oliy shonin o`p.

                                     78

Qasri johingg`a sipehr avjida ayvon bo`ldi tut,
Ham sipehr osiybidin yer birla yakson bo`ldi tut.

La`li rummoniy tilarsen dam-badam ziynat uchun,
Qatra-qatra bag`ring andin nordek qon bo`ldi tut.

Naf` chun kuymaktin o`zga ko`rmagung parvonadek,
Bir quyosh har tun sanga sham`i shabiston bo`ldi tut.

Dayr qasdi qilmag`il har lahza oshiq bo`lg`ali,
Qasdi dining qilg`asen bir nomusulmon bo`ldi tut.

Istading dunyo arusin tushtagi mahbubdek,
Topmas erkach kom la`lidin, pushaymon bo`ldi tut.

Sho`xlar qoshin tilarsen, lek andoqkim hilol
Jong`a yetganda ko`rungach ko`zga pinhon bo`ldi tut.

Bir mug`anniydin navo topmoq tilarsen changdek,
Egri qad birla ishing faryodu afg`on bo`ldi tut.

Ko`si shavkat yetti do`zaxqa eshik qoqmoq durur,
Bas yeti iqlim mulki uzra sulton bo`ldi tut.

Ey Navoiy, o`zni jam` et, yo`qsa olam maxzanin
Qon yutub jam` aylabon o`lgach parishon bo`ldi sut.

                                    79

Ey ko`ngul, ul ahdi yolg`on mehr shartin qildi tut,
Ahdini poyoniga yetkurmayin ayrildi tut.

Xanjari hijron bila oxir kesar chun rishtani, .
Mehr torin rishtayi joningg`a mahkam qildi tut.

Chun mayi vasl o`zgalar ichmakka bois bo`lg`usi,
Har nafas xunobi hijron yutmog`ingni bildi tut.

Yo eshitmas, yo eshitgach zulmin aylar birga yuz,
Holing ul zolimg`a yuz ming qatla bas aytildi tut.

Dema, sanchib neshi hijron, yetkuray no`shi visol,
Chun bu no`shung o`lturur, ul nesh ham sanchildi tut.

Motam ashki durri chun tufrog`ingga sochilg`usi,
Gavhari anjum falakdin boshingga sochildi tut.

Ey Navoiy, kisvati faqr ista, yo`qsa charxning
Atlasin  kiyding, gumon zt oqibat eskildi tut.

                                     80

Kelgil, ey qurbon ko`ngul, ul qoshi yo mehrin unut,
Chun vafodin tortilur, sen ham borib bir go`sha tut.

Chunki ul bizni unutmog`ni sog`indi yaxshi ish,
Sen dog`i, kel, bir nafas oni sog`inmog`ni unut.

Ul quyosh har dam bo`lur bir zarra birla garm mehr,
Mehr sham`in sen dog`i bir o`zga oy birla yorut.

Hayf erur har sho`xi ra`no yuziga chun pok ishq,
Shavq o`tin, kel, sen dog`i-bu ishvagarlardin sovut.

Ey pari, bir telba gar ovora bo`ldi g`am yema,
Odamiyvashlar bila nozuk mizojingni ovut.

Gar ko`zum yoshig`a ul gul multafit bo`lmas, ne g`am,
Gul bulutdin tozadur, serob emas guldin bulut.

Dahr bog`ida giyohi mehr hargiz butmadi,
Gar desangkim ko`rmayin bemehrlik bu so`zga but.

Shahdi ishqing zahr etar gardun, sen ushbu jomdin
Xoh komingni ochit, xohi mazoqingni chuchut.

Tark qil, sen ham Navoiydek havosin, ey ko`ngul,
Yoki har dam bir taraf maylin ko`rub, xunoba yut.

                                   81

Ohkim, ul oshno begona bo`ldi oqibat,
Hajridin behudlug`um afsona bo`ldi oqibat.

Aqlu donish lofini urg`on ko`ngul yig`lay yuruy,
Ul parivash hajridin devona bo`ldi oqibat.

Qatra-qatra shodlig` ashkini sochtim vaslida,
Barcha hijron qushlarig`a dona bo`ldi oqibat.

Borg`ali ul husn ganji g`am buzug` ko`nglumdadur,
Ajdaho evi bizing vayrona bo`ldi oqibat.

Mastu behudlug` emish hajr anduhining dofi`i,
Bas muqimiy manzilim mayxona bo`ldi oqibat.

Soqiyo, may tutki, hajr anduhidin men telbani
Forig` etgan sog`aru paymona bo`ldi oqibat.

Chekma un, ohim ko`r, ey Majnunki, bulbul ko`p fig`on
Chekti, o`rtangan vale parvona bo`ldi oqibat.

Butg`a gar bosh qo`ymadim, ko`rgilki, dinim tuhfasi
Dayr piri ollida jurmona bo`ldi oqibat.

Deding o`lgilkim, Navoiy, seni gah-gah tirguzay,
Hech bilmonkim sanga, jono, na bo`ldi oqibat?!

                                     82

Yoshurun dardimni zohir qildi afg`on oqibat,
Asrag`on rozimni yoydi  seli mujgon oqibat.

Yoshurub erdim bag`ir chokini, vahkim, qildi fosh
Har taraf ko`zdin tarashshuh aylagan qon oqibat.

Tiyg`i hajringdin nihon ko`ksum shikofin, ohkim,
Elga ravshan ayladi choki giribon oqibat.

Voykim, ko`ksum shikofidin ulusqa bo`ldi fahm
Ishq o`ti bag`rimg`a qo`yg`on dog`i pinhon oqibat.

Shavqidin dam urmayin bedodig`a xursand edim,
Vahki, bo`ldum hajridin rasvoyi davron oqibat.

Gar budur kofir ko`zu zunnor zulfi, ey faqih,
Bo`lg`udekmen dayr aro mastu parishon oqibat.

Ishq ko`yida jununumni munodiy ayladi
Dahr toshidin munaqqash jismi uryon oqibat.

Dahr bo`stoni aro sarkash nihole ko`rmaduk
Soya yanglig` bo`lmag`on yer bilan yakson oqibat.

Ey Navoiy, davlati boqiy tilarsen vaslidin,
Oni kasb etmak fano bo`lmay, ne imkon oqibat?

                                   83

Jahdim andoqdur yetishgaymenmu deb vaslingg`a bot,
Kim qabul etmon og`ir deb chiqsa egnimdin qanot.

Sabr tog`i birla qilmoq po`ya bo`lmas, ey ko`ngul,
Tashla ul yukni yetishmak istasang vaslig`a bot.

Shahsuvorimning buroqi po`yasidin qoldi barq,
Kim aning fe`li shitob ermish, munung rasmi sabot.

Ko`p Masihodin dam urma, qil hayotingni tufayl,—
Angakim topmish Masih oning tufaylidin hayot.

Mehr yuz ko`rmay o`chashti pardadin chiqqach yuzung,
Olg`ali qo`ymas sorig` yuzin qaro yerdin uyot.

Chun yuvdi ko`zlar savodin ashk, yorut yuz ochib,
Kim diramsiz elga boy el farzdur bermak zakot.

Ey Navoiy, xoki poyi vasfida shirin so`zung
Bor biaynih to`tiyo ichinda solg`ondek nabot.

                                     84

Tiyra kulbamg`a kirib, jono, o`lumdin ber najot,
Zulmat ichra Xizrg`a ul nav`kim obi hayot.

Soda ko`nglum ichra la`lingning xayoli tushgali
Shishaedurkim, aning ichiga solmishlar nabot.

Orazing mehrida  og`zingdur gadolig` qilg`onim,
Haq seni xurshid qilmish, zarrae bergil zakot.

To ko`nguldin bosh chiqarmish har taraf paykonlaring,
Qush bolasidek bo`lubturkim, bo`lur temurqanot.

Vasl umidig`a tilarmen umr, lekin voykim,
Sensizin ko`rsam tirikmen, o`lturur meni uyot.

Istasangkim, ul quyosh chiqqach sanga qilg`ay tulu`,
Ey ko`ngul, g`am seli yetgach, tog`dek tutqil sabot.

Ishqing o`tin gar Navoiy desakim aylay raqam,
So`zidin kuyar qalam, qurur qaro, erir davot.

                                  85

Ko`zum ucharki, humoyun yuzungni ko`rgay bot.
Biaynih anga kirpiklar o`lmish ikki qanot.

Bezansa dardu balo shohidi halokim uchun,
Mijam tarog`durur, eski to`ganlarim mir`ot.

Labing xayolida  ashkim erur hayot suyi,
Firoqing ichra qororg`on ko`zum anga zulmot.

Zakot o`lur edi yuzung jamoli naqdig`a mehr,
Tajammul ahlig`a yuzdin bir o`lsa erdi zakot.

Desangki, jonima o`t solmag`aysen, ey soqiy,
Takallum etma  mayolud lab  bila,  hayhot!

Qolurlar og`zin ochib ishq ahli po`yamdin,
Sog` elga kulgu erur telba aylagan harakot.

Labingki jon beradur  ahli dard qoni uchun,
Navoiy qonig`a gar mayl etar, mumiddi hayot.

                                    86

Ey ko`ngul, yor o`zgalar domig`a bo`ldi poybast,
Senga mushkil holatu bizga qotiq ish berdi dast.

Vasl torin chekti ul, men dog`i chektim, ohkim,
Rishtani urdiyu bo`ldum  hajr  tufrog`ig`a past.

Necha bosh qo`ydum yo`lig`a, vahki, qildi poymol,
Za`fliq jismimg`a zulfi toridek solib shikast.

Zahra yo`q, mujib so`rarg`a bo`lmasun, yo rab, kishi
Muflisu oshiq, sevar dildori mustag`niyu mast.

Soqiyo, bu ishga behudlug`din o`zga yo`q iloj,
Mujda mug` ko`yiga yetkurgilki, bo`ldum mayparast.

G`arq o`lay may bahri ichra rost ul g`oyatqacha,
Gah solib bo`g`zum aro chekkay ajal qullobi shast.

Ey Navoiy, jurm uzri dashtida qil po`yakim,
Yaxshi ermas zuhd zanjirig`a bo`lmog` poybast.

                                     87

Subh erur soqiyu  men  maxmurmen, sen  mayparast,
Tut quyoshdek jomni, moni` nedur bo`lmoqqa mast?

Tiyra shomi hajr aro, vah, asru ko`p chektuk xumor,
Mast o`loli bu nafaskim vasl subhi berdi dast.

Kun biyiq chiqquncha ho`yu nolani past etmali,
Ko`p biyik chiqqay bu kunkim, bo`lg`abiz biz yerga past.

Anjuman ahli yuzin gul-gul qiloli may bila,
Mehrdin topquncha anjum gullari bir-bir shikast.

Charx motam yetkurur, biz dog`i oncha yig`lali,
Kim kuhan g`amxonasi ul seldin qilsun nishast.

Gar shafoatg`a maloyik kelsa nomahram debon,
Mehr shaklidin falak yo`lin qiloli xorbast.

Tong emas, bo`lsa Navoiy mast to shomi abad,
Kim azal subhida bo`lmish qismati jomi alast.

                                  88

Junun toshi urub har yon yangi dog`imni afgor et,
Ichimda loladek ishq ichra toshimni namudor et.

Chu majnun qilding emdi, ey mug`anniy, go`sha tobingni
Ko`ngul savdosi taskini uchun bo`ynumg`a tumor et.

Desang, ko`nglum qushi aylab havo, chekkay navoyi ishq,
Xadangingning parin aylab qanot, paykonni minqor et.

Soching kufrida o`lsam qabrim uzra qo`yma xirqamni,
Chekib har torini bir barhaman beliga zunnor et.

Ko`ngul ayvonida ohim yelidin pardayi ishqing,
Desangkim, uchmasun, mujgondin atrofig`a mismor et.

Desang, og`zin ko`ray, ey aql, markaz nuqtasin ista,
Vale shart ushbukim, avval quyosh davrini pargor et.

Imorat tarhidur na`lu alifdin har taraf ko`ksum,
Vafo qasrin qo`parsang bu binolar uzra devor et.

Erur maqsad yiroq, vodiy uzun, tun tiyra, yo`l bo`rtoq
Bu yo`lda salb etib o`zluk yukin, o`zni sabukbor et.

Navoiy o`lsa tirguzgil yuziga yuz qo`yub, ya`ni
Yuziga suv urib, ul uyqusidin oni bedor et.

                                    89

Vujudum o`rtading, ey ishq, emdi tarkim tut,
Xudoy uchunki, meni qayda ko`rdung, anda unut.

Ko`ngulni vasl charog`i bila, deding, yorutay,
Tutashti chun bizing uy, emdi o`zga uyni yorut.

Chu vasl kuymak ila hosil o`lmadi, ey ko`z,
Tahassur ashki bila shu`laliq ko`ngulni sovut.

Jununi daf`ig`a ko`nglumni dog` etay debsen,
Bu dog` sahldurur, hajr dog`idin qo`rqut.

Buxori ohim erur loyiq anglag`il, ey ashk,
Bahori husnig`a nogah keraklik o`lsa bulut.

Ne voqi` o`lsa chu taqdirdin emas xorij,
Bas o`ktadur qiluridin kishiga bermak o`gut.

Navoyiyo, bu o`tar olam ichra besh kun qil
O`zungni may bila mashg`ulu ishq birla ovut.

                                 90

Qachonki ul buti shirinkalom qildi hadis,
Xavosi sharbati yuhyil-izom qildi hadis.

Masih dam ura olmas anga uruj tuni,
Magar bizing mahi ulviyxirom qildi hadis.

Qayonki yozdi hadis, o`ldi sayd el go`yo,
Nuqtani dona, xututini dom qildi hadis.

Labidin ayru tushub so`g uchun kitobatdin,
Ne tong, libosin agar mushkfom qildi hadis.

Chibinni shahd nechukkim yig`ar, takallumdin
Ramidalarni nafas ichra rom qildi hadis.

Zihi takallumi mu`jiznizomkim, kelgach
Arab fasihlarig`a harom qildi hadis.

Ulusni tutti Navoiy so`zi, aning birla
Magar Rasuli alayhis-salom qildi hadis.

                               91

Agar jahong`a falakdnn g`ame bo`lur hodis,
Erur bu xastani g`amnok aylamak bois.

Magar o`larin Farhod birla Majnunning
Balovu dardig`a ishq ayladi meni voris.

Firoq xirmani yig`dim visol tuxmin ekib,
Zamona mazra`ida bormu sen kibi horis?

Iyodatimdin ul oy gar qo`par, chiqar jonim,
Tirikmen ar bo`lur ul umr bir zamon mokis.

Tariqi ishqu mehnat mangavu Majnung`a
Aningdek o`ldiki, topmas sipehr anga solis.

Sen ista fayzi fano dayr gungu lolidin,
Ki ishq darsini bilmas mujodilu bohis.

Erur Navoyiyu ishq ming balo, go`yo
Falak havodisi barcha anga bo`lur hodis.

                                    92

Nutqi jon bermak qilur ul la`li xandon birla bahs,
Rost Isodekki qilg`ay obi hayvon birla bahs.

Yor derkim, bahs qil ernim bilakim, ne uchun
Ko`nglung olib qasdi jon etti, qilay jon birla bahs.

Ey ko`ngul, gar aql etar man`i junun, qilma jadal,
Ayb erurkim ahli donish qilsa nodon birla bahs.

Jonni jonon gar tilar, billahki, minnat jong`adur,
Har nechuk hukm etsa tegmas jong`a jonon birla bahs.

Nosiho, qilma jadal ayril kiyiklardin debon,
Olimi shahr etmagay guli biyobon birla bahs.

Faqr ko`yida musallam tut ne qilsang istimo`,
Orif ermas har kishikim qilsa irfon birla bahs.

Ey Navoiy, har nechuk zulm etsa chek, dam urmag`il,
Kim gado haddi emas hech ishda sulton birla bahs

                                     93

Mening rasvolig`img`a bodayi gulgun erur bois,
Mayi gulgun icharga soqiyi mavzun erur bois.

Parivashlar jafosig`a gina bil telba ko`nglumdin,
Bukim tosh yog`durur atfol, anga Majnun erur bois.

Falak bejurm erur, g`am kelsa bu mahzun sorikim, huzn,
Topib o`z jinsini kelmakka bu mahzun erur bois.

Sovursam ko`kka tufrog` dard vodiysida, tong yo`qki
Quyundek buylakim sargashtamen, gardun erur bois.

Ne tong, bu telba og`zida so`zi doim ul oyningkim,
Pari vaslig`a aksar el aro afsun erur bois.

Labing jonbaxsh ayog`din boshingga, qotil, ne ayb, o`lsam,
Tirilmaklikdin o`lmaklikka chun afzun erur bois.

Raqibingg`a desam la`nat, yori borkim senga nohaq,
Mening qonimni to`kturmakka ul mal`un erur bois.

Rido dayr ichra rahn etganga chun qilding g`azab, ey shayx,
Yana yozg`urma borsam ul sari marhun erur bois.

Navoiy boda ichmas, lek chun soqiy qadah quydi,
Ul ofat shakl erur mujib, bu dilkash un erur bois.

                                   94

Buzuq ko`ngulga fano bo`lsa kom cheksun ranj,
Ki ranj chekmasa hargiz muyassar o`lmas ganj.

Agar kishiga chekib ranj ganj bo`ldi nasib,
Desa  bu ganjni  asray, yo`q andin ortuq ranj.

Kishiki naqdini vazn aylabon qilur madfun,
Bu g`ussasanjdur, olg`on kishi farog`atsanj.

Yilon kibi, ne ajab, ganj asrag`on kishining
Hamisha komida gar zahr erur, tanida shikanj.

Zamona johi uchun har g`ululayi tashvish,
Ki kelsa ko`ngling evini anga qilursen ganj.

Desangki, fard o`lay eldin, ko`ngulni xoli tut,
Ki toq derlar agar ganj sori otsang ganj.

Boshi quyidurur ozoda savsan ollida,
Chu nargis o`ldi chaman maxzanida naqdul-farj.

Tarig` kibi suyulur talxkomliq birla,
Tarig`-tarig`ki yig`ishturdi  oltunin noranj.

Itur ko`ngul haramidin xavotir asnomin,
Navoiy, o`lsa maqoming Madina, gar Afranj.

                                95

Ey, gadoyingning gadoyi barcha ahli taxtu toj,
Kim gadoyingdur, anga yo`q taxt ila toj ehtiyoj.

Ko`zlaring oz jurm uchun qilsa itob ermas ajab,
Bor muayyankim, bo`lur bemorlar nozikmizoj.

Gar sanubar tuzmamish sarving xilofin ko`nglida,
El chinor ilgi bila nevchun urar yuziga koj?

Eyki, ko`nglumni buzub, dersen, xayolimni chiqar,
Hech kim vayronadin ganj istamas hargiz xiroj.

Sen jafo qilg`ach, ko`ngul jon birla tarkim tuttilar,
Bo`lsa shah zolim, el  ichra zulmg`a ermish rivoj.

Hajrdin dod istadim, deding, sabur o`l, voykim,
Toza dog`img`a yonar o`t birla aylarsen iloj.

Chun fano gardi yopar, ne sud taxtu johingga,
Ko`kning anjumdin mukallal atlasin qilsang duvoj.

To gadoyingdur, Navoiy taxt ila toj istamas,
Ey, gadoyingning gadoyi barcha ahli taxtu toj.

                                      96

Ko`ngullar nolasi zulfung kamandin nogahon ko`rgach,
Erur  andoqki qushlar qichqirishqaylar  yilon ko`rgach.

Ko`ngul chokin ko`zumda ashki rangin elga fosh etti,
Balig` zaxmini fahm aylarlar el daryoda qon ko`rgach.

Ko`zum qon yosh to`kar, netib ko`ngul zaxmin yoshuraykim,
Toparlar yerda zaxmin sayd qonidin nishon ko`rgach.

Bo`yolg`on qon aro jon pardasi yetgach g`ami hajring,
Ko`ngul bog`ida bargedurki, ol o`lmish xazon ko`rgach.

Xadanging zaxmi ichindin balolarni yug`on yoshim
Erur tifleki, olg`ay qush bolasin oshyon ko`rgach.

Ko`ngullar naqdini toroj etarga yopmog`ing burqa`
Aningdekdurki, yuz bog`lar qaroqchi karvon ko`rgach.

Yuzin zulf ichra to ko`rdum, o`lub vaslig`a yetmasmen,
G`alat ermish yuz urmoq kecha o`tni har qayon ko`rgach.

Erur chun olam ichra joh foniy, yaxshi ot boqiy,
Bas, el komin ravo ayla o`zungni komron ko`rgach.

Navoiy, xurdayi nazmingni andoq aylading tahrir,
Ki sochqay xurda boshing uzra shohi xurdadon ko`rgach.

                                      97

Girih-girih chu tugarsen — yetar ayog`ingga soch,
Girihlarin chu ocharsen — tushar quloch-quloch.

Ko`ngulni qiydi itik g`amzasiyu qilmadi rahm
Qiyo-qiyo boqibon ul ikki ko`zi qiymoch.

Chamanda kecha yotib mast orazin yopmish,
Qo`p emdi, tong yeli, ul gulni lutf birlan och.

Qading chamanda ko`rub bog`bon agar sarvin
Ko`ziga ilsa, hamono keraktur anga yig`och.

Junung`a tushti sanubar qadingdin uylaki suv,
Bo`lub ayog`ig`a zanjir uzaldi boshida soch.

Sipehr na`l ko`rub ko`ksum uzra mehrobe,
Balo o`qig`a hamonoki ayladi omoch.

Navoyiyo, der esang ko`rmayin vafosizliq,
Tavaqquf etma, zamon ahlidin vafo kibi hoch.

                             98

Ko`rub dardim, tarahhum qilmading hech,
To`kub ashkim, tabassum qilmading hech.

Firoqing o`ti ichra necha yig`lab,
Fig`on chektim, tarahhum qilmading hech

Jahong`a ohu ashkim soldi oshub,
Bu to`fondin tavahhum qilmading hech.

So`zung shavqidin erdim xasta umre,
So`rarg`a bir takallum qilmading hech.

Musallam ishq, ey ko`nglum, sengakim,
Ko`rub zulmin, tazallum qilmading hech.

Muhabbat ahli qismin nevchun, ey charx,
Qilib mehnat, tana`um qilmading hech.

Navoiy sori, ey davri muxolif,
Navo savtin tarannum qilmading hech?!

                                   99

Jamolin vasf etarmen hamdamim ul guluzor o`lg`och,
Quruq shox uylakim gullar qilur zohir bahor o`lg`och.

Qoshin ko`rgach hasaddin istaram el ko`zi bog`lang`ay
Nechukkim ko`z tutarlar el yangi oy oshkor o`lg`och.

Junun ermas kiyiklar suhbati dermen manga shoyad,.
Bir o`q tekkay g`alat ul qoshi yo garmi shikor o`lg`och.

Havas ishq aylagan ozoda kechgil bu xayolingdin,
Ki chiqmas bu tikan ko`nglungda nogah ustuvor o`lg`och.

Dey olmas dard ila ittim, vale bilgilki, chekmishmen
Bir ohe, barcha olam g`ussa dudi birla tor o`lg`och.

Qilib man`i jununum ul pari ko`yiga yuzlangan,
So`zi hashv o`lg`onin fahm aylagay beixtiyor o`lg`och.

Qani Hotam, qani Qorun, qani Jamshidu Afridun?
Bas, ehson qil sanga gardundin adno e`tibor o`lg`och?

G`ururi jahl jomi birla mast o`lmaki, o`lmakdur,
Maozallah, bu mayg`a charx davridin xumor o`lg`och.

Navoiy sham`dek yig`lab-kuyub holimni sharh aylay,
Ul oy bazmida bir to`n rost oshiqlarg`a bor o`lg`och.

                                    100

Husni ortar yuzda zulfin anbarafshon aylagach,
Sham` ravshanroq bo`lur torin parishon aylagach.

Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading?
Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach?

Tiyg` ila  paykonlaring yetti ko`ng`ul  bo`lg`och xarob,
Suv quyub tuxm ekting ul kishvarni vayron aylagach.

Qon emaskim yopti gulgun hulla jannat xozini,
Ishqmu tanni shahid aylarda uryon aylagach?

Oshkor aylab yuzin ko`zumni hayron ayladi,
Yoshurun oldi ko`ngul ko`zumni hayron aylagach,

Jonda qo`yg`och naqdi ishqin qildi ko`nglumni halok,
O`lturur mahramni sulton ganj pinhon aylagach.

Ey Navoiy, ishq agar ko`nglungni majruh etmadi,
Bas, nedurkim qon kelur og`zingdin afg`on aylagach?
Powered by OrdaSoft!