HIKOYALAR

Abdurauf Fitrat - Musulmon Sevgisi
Abdulla Qodiriy - Uloqda
Abdulla Qodiriy - Jinlar Bazmi
Abduhamid Cho’lpon - Novvoy Qiz
G’afur Gulom - Mening O‘g‘rigina Bolam
Oybek - Fanorchi Ota
Abdulla Qahhor - Ming Bir Jon
Abdulla Qahhor - To’yda Aza
Abdulla Qahhor - O‘g‘ri
Mirkarim Osim - Shiroq
Nodirabegim Ibrohimova - Azon
Salomat Vafo Ustyurt
Salomat Vafo Tutilgan Oy
Said Ahmad Bir O‘pichning Bahosi
Said Ahmad Cho’l Burguti
Said Ahmad Qorako’z Majnun
Mirmuhsin Ona Qabriga Gul
Odil Yoqubov Yaxshilik
Pirimqul Qadirov Ilinj
Anvar Muqimov Qo’qon Shamoli
O’lmas Umarbekov Charos
Uchqun Nazarov Qish Nafasi
Erkin Samandar G’ayb Qushlari
Shukur Holmirzaev Cho’loq Turna
Shukur Xolmirzayev O‘zbek Xarakteri
Omon Muhtor Suratdagi Yo’lbars
O’tkir Hoshimov Tasalli
O’tkir Hoshimov Surat
O’tkir Hoshimov Xayollarga Bo’laman Tutqun
Erkin Malik Gul Ishqbozi
Xurshid Do‘stmuhammad To'xtaboyning boyliklari
Toxir Molik Tiriklik Suvi
To’g’ay Murod Bobosi bilan Nevarasi
Murod Muhammaddo’st Dashtu Dalalarda
Erkin A’zam Piyoda
Nurali Qabul Burgutlar Cho‘qqilarda Yashaydi
Dilbar Saidova Yig’i
Mirzapulat Toshpulatov Maydon
Normurod Norqobilov Oq Bo’yin
Abduqayum Yoldosh Yolg’on va Xaqiyqat
Zulfiya Qurolboyqizi Kuygan Shahar
Anvar Namozov Bir oqshom
Xurshid Davron Anqora Ustida Nurli Porlar Oy
Nasiba Abdullayeva Alla
Nargis Qosimova Qahrabo parchasi
Dilorom Dilxoh To‘lg‘onoy


1

Abdurauf Fitrat - Musulmon sevgisi

Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan g’azotlaridan biri tugagach, bir musulmon xotin tushib qolgan yaradorlarni izlab topmoqchi bo’ldi: o’liklar orasiga kirdi. U yon-bu yonni izlar chog’da “Oh… suv!..” degan bir tovush eshitdi. Bir yarador musulmonning suvdonini ko’rdi. Ozroq suv topib shu yaradorning oldiga keldi. Boshini astagina ko’tarib, suvni ichtirmoqchi bo’ldi. Yarador musulmon dudog’ini suvga yetkuzar chog’da boshqa yoqdan “Oh… suv!..” degan o’zga bir tovush keldi. Yarador suv keltirgan xotinga dediki:

- Bu suvni mendan burun shu tovush egasiga eltib ber. Bir yo’ldoshim yaralanib suvsab yotar ekan, men icholmayman.

Xotin suvni ikkinchi yaradorga olib bordi. U ham suvni ichayin deb turgan chog’ida “Oh… suv!..” degan yana bir tovush eshitdi, xotinga dediki:

- Shu yo’ldoshim suvsiz ekan, men icholmayman, ber suvingni shunga.

Xotin suvni uchinchi yaradorga yetkazdi. U suvni ichayotganda birinchi yaradorning “Oh… o’oldim… suvsizlikdan” degan tovushi keldi. Bu ham xotinga:

- Suvingni mendan burun shu tovush egasiga ber! – dedi va o’zi ichmadi.

Xotin yana qaytib birinchi yaradorning oldiga kelsa, bechoraning o’lib yotganini ko’rdi. Ikkinchi yaradorning oldiga bordi, u ham o’lib yotgan ekan. Uchinchi yarador ham suvsizlikdan o’lib qolmasin deya yugurib ketdi:

- Ey, voh!.. Bu ham o’lib qolibdi! – deb suvni to’kdi.

Musulmonlarning o’lim chog’ida ham bir-birlarini qanchalik sevishlarini o’ylab ko’z yosh qildi























2

Abdulla Qodiriy – Uloqda

I



Kecha dadamdan so’rab qo’yganim uchun bugun akam ham «kerak emas, borma» degan jekirishini qilmadi. Choyni naridan-beri ichib, otxonaga yugurdim.

Dadam bilan oyim:

— Oyog’ing olti, qo’ling yetti bo’lib qoldiyov! — deb kulishib qoldilar.

Qashlog’ichni oldim-da, qora qashqqamni yalang’ochlab uyoq-buyog’ini qashlab chiqdim. Jonivor tipir-tipir qiladi, bosh chayqaydi, yer tepinadi, dum silkitadi... Shuning bilan mening ko’nglimga: «Xudo xohlasa kelasi yilga bir uloqlar chopayki, hamma meni: «Turg’un chavandoz», deb atasin degan orzular tushadi.

Ulug’ hayitdagi hayitlikka oldirgan mo’g’ul egarcha bilan g’alaticha qilib toychamni egarladim. Tog’amga yalinib-yalpog’lanib oldirgan o’rus yuganni artib-surtib soldim-da, o’zim chetroqdan turib kam-ko’stini kuzatdim:

— Quyushqoni ham o’rnida, egar ham yaxshi qo’ngan, qorinbog’i ham jips, yugan ham to’ralarnikidek! Lekin umuldirig’ining yo’qligi biroz ko’nglimni g’ash qildi. Anchagina o’ylab turganimdan keyin, akamning yugan uchun asrab qo’ygan qayishi esimga tushib, sekingina yerto’ladan haligi qayishni olib chiqib, umuldiriq yasadim.

Endi toycham juda ham gijinglab, xuddi to’ralarnikidek bo’lib ketdi. Uyoq-buyog’ini supurgandan keyin ustunga qantarib qo’ydim. Endi qoldi: oq jujuncha kamzulimni, o’rischa shimni, amirkon etikni, baxmal to’ppini kiyish... Ana shundan keyin otga minsak chin to’racha bo’lamiz-da!

Oyimning bir qiziq odati bor: har qachon yangiroq kiyim kiymoqchi bo’lsam, ko’zini ola-kula qilib: «Qaqshag’ir, kir qilasan, to’y-po’yga borganda kiyarsan!» — deb qarg’ay boshlaydi. Ozgina «shayton yig’isi» qilmaguningcha ish o’nglanmaydi. Bu gal ham o’shandog’ yig’idan qilib olganimdan keyin, kiyimlarimni kiyib, shohi qiyiqchamni belimga bog’lab oldim. Oyimga bildirmasdan sekingina uyga kirib, dadamning kumush chopqon qamchisini ichimga tiqib, tashqariga chiqdim.

Xizmatchi go’sht keltirib turgan ekan. Otxonadagi qora qashqani ko’chaga chiqarib turishga buyurib, go’shtni oyimga kirgizib berdim-da, tashqariga qarab chopdim.

Oyim orqamdan:

— Kiyimlaringni kir qilma, toyingni qattiq choptirma, uloqchilar orasiga kirib, biror hodisaga yo’liqma, o’rtoqlaring bilan bir chetda turib tomosha qil! — deb javrab qoldi.

Xizmatchidan otni olib mindim. To’nimning etaklarini yig’ishtirib, qashqachamning choviga bir-ikki qamchi bergan edim, jonivor shataloq otib ketdi. Xizmatchining: «Ha, barakalla! Chavandoz!» degan tovushini eshitib, qattiqroq qamchilab edim, jonivor qashqacham ko’tarib ketayozdi.



II



Chuqur ariqdan toyimni sug’orib chiqayotganimda bir to’da uloqchi-chavandozlar uchrab qoldilar. Ularning ba'zilari akamning o’rtoqlari edilar, men bilan so’rashdilar. Ulardan biri akamning qayerdaligini so’ragan edi, men ertalab uloqqa ketganligini aytdim.

— Bizning Mahkamboy uloqqa juda ham ishqiboz-da! — dedi haligi yigit.

— Yo’l bo’lsin, boyvachcha? — deb so’radi mendan yana beri. Men uyalinqiradim:

— Uloqqa! — dedim.

— Barakalla, chavandoz! Barakalla, Turg’un chavandoz! — deyishdi ular. Ayniqsa meni «chavandoz» deb atashlari juda ham kayfimni keltirib, ichimdan: «Otangga rahmat», — deb qo’ydim.

Biz bir durkum otliq boramiz. Jonivor toycham boshqa otlardan qolishmaydi va goho ularning otlaridan o’tib ham ketadi. Toycham o’ta qolsa: Otingiz juda ham yo’rg’a ekan-da, boyvachcha», — deb menga piching otishadilar.

Ha kim har narsadan bahs qiladi, orada menga ham so’z qotib qo’yadilar. Men uyalaman. So’z urinib yana Mahkam akam ustida to’xtaldi:

Shu choqqacha ko’p uloqchi ko’rdim, lekin Mahkamdek uloqqa serzavqini ko’rmadim! — dedi bittasi.

— Mahkam boyvachchaning ota-bobosi uloqchi bo’iib kelgan-da! — dedi Sobir tegirmonchining o’g’li.

— Axir, o’n ikki yashar ukasini ko’rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi!

Bu so’zdan mening a'zoyi badanim jimirlashib ketdi va oz qoldiki kulib yuborsam.

— Dadam Mahkamning bobosining uloq chopshini gapiraversa kishi hayron qoladi, — dedi yana bir mo’ylovi shopdek yigit, — yuz, ikki yuz chavandoz ichidan yoppa-yolg’iz uloqni ajratib chiqar ekan-da!

— U vaqtning odamini uloqning piri desang-chi! — dedi Sobir tegirmonchining o’g’li.

— Oting yaxshi va bilagingda kuch serob bo’lsa, sen ham uloqning piri bo’lasan! — dedi yana biri.

Men bobomning maqtovini eshitib, kekkayib bormoqdaman... Shu paytda orqamizdan ot shatalog’i eshitilib, qayrilib qaragan edik, oldiga bir ola echkini o’ngargan, ko’kragi ochiq, yaktakchan, saman otliq bir yigitni ko’rdik. U bizga yetib to’xtadi va hamma bilan ot ustida turib so’rashdi.

— Bu hafta yordamlashasiz-da, karvon! — dedi kulimsirab To’g’on aka.

— Ha, bo’lmasam-chi, sizdek og’aynilarga ko’maklashmasam bo’ladimi! — dedi haligi yigit va to’zumsizlandi: — Qani, ildamroq yuringlar!

Yigit bilan birgalashib ketdik. Biroz borgach, bizning otimizning oyog’i bilan chavandoz yigitning sabri tugadi shekilli, otiga birdan shartillatib qamchi berdi va qushdek uchib ketdi. Biz, faqat uning: «Men tezroq boray», — degan so’zini eshitib qoldik.

Endi so’z haligi chavandozning oti to’g’risida boshlandi.

— Valadning oti juda ham chopqir-da, — dedi To’g’on aka, — uloqchi bo’Iganingga yarasha shundaqangi oting bo’lsa!

— Xuddi bodirafrafdek uchadi! — dedi mo’ylovi shopdek yigit.

Shu vaqt nima uchundir hamma birdan sharaqlab kulib yubordi. Kulgi sababiga tushunmasam-da, men ham ularga qo’shilib kulishdim.

— Bodirafrafmi, bodisarsar? — deb so’radi undan allakim.





III



Biz, akamga «Do’mburovot» guzarida uchradik. Akamlar samovarchiga palov damlab qo’yish uchun o’zaro pul yig’ib berishgandan keyin, biz yana yo’lga tushdik.

Dalaning ko’chasi qishdan boshqa vaqtda suv ko’rmagani uchun ikki gaz keladigan bilq-bilq guppon tuproq, yigirma-o’ttiz uloqchi birdaniga yo’l bosib, qaysi otini choptirib, qaysi Io’killatib boradi.

Ko’chani to’zon qoplagan, kishi kishini tanimaslik holga kelgan. Men bo’lsam uyga qaytib borganimda: «Kiyimlaringni pes qilibsan!» — deb oyimning qarg’ishidan qo’rqib boraman.

Talaygina yo’l bosgandan keyin uloq chopiladigan joyga yetdik. 0'zi, to’rt tarafi ko’z ilg’amaytirg’on darajada katta va sayhon bir yer ekan. Bu joyga juda ko’p xalq yig’ilgan, bundagi uloqchi otliqlar bilan tomoshachi yayovlarning had-hisobi yo’q.

Katta sadaqayrag’ochning tagida ikkita bordondek samovarga o’tin qalab qaynatadilar. Undan nariroqda bir-ikki kishi uch-to’rt qop bodringni bir-birisiga tirab qo’yib: «Mirza qiron bodiring! Kasir-kusir bodiring!» deb maqtashadilar.

Akamlar sadaning ostiga — samovarchining palosiga otdan qo’ndilar. Kun qizig’ida turish qiyin bo’lgani uchun, men ham toycham bilan sadaqayrag’ochning bir bag’riga borib turdim. Tevarakdagi kishilar bir menga va bir toychamga qaraydilar. Men uyalib toychamning yolini tarayman. Tevaragimdagi kishilar orasida vag’ir-vug’ur gap, to’zumsizlanib uloqning boshlanishini kutadilar. Birisi: «Bugun uloq qizimaydi», — desa, ikkinchisi: «Bekor aytibsan, bugun uloq juda ham qiziydi, chunki Salim bilan Murod chavandozlar kelar emish», — deydi. Yana biri: «Ha, ha! Agar Salim kelsa, uloq juda ham qizir ekan!» — desa, allakim: «Salimning oti qozoqi ot, qamchi ko’tarmaydi, hayt desa bas!» — deydi. Tag’in birov: «Ular uch kishi edi, ikki yildan beri biri ko’rinmay qoldi, ana o’shanisiga chavandoz bolasi bas kelolmas edi!» — desa, yana allakim: «o’lma, o’lma! Men ham shuni ko’pdan beri ko’rmayman, girdig’umdan kelgan, yerdan bichib olgandek yigit-a?» «BaIli, balli! Otangga rahmat, xuddi o’sha yigit, qancha so’rog’lasam hech kimdan daragini bilolmadim!»

Shu yigitning ustida anchagina janjal bo’lib oldi, biri: «o’lib ketgan», — desa, ikkinchisi: «Tirik!» — deb qichqiradi. Ularga yana birisi qarshi turib: «Ot bosgan, doktorxonada o’lgan!» — deydi, so’firoq bir odam: «Birovga yomon nafas qilmanglar!» — degan edi, allaqaysi kishi: «o’lsa o’lgandir, bunga nima janjal!» — deb qo’ydi, tag’in birov: «Bekor ham o’ltiribmiz-da!» — deb kuldi. Yana: «Sirasi-sirasi!» Tag’in shovqin-suron, yana: «Ha, ha!» Tag’in: «Yo’q, yo’q»...

Bir kishining: «Ana uloq keldi!» deb yuborishi bilan hamma tip-tinch bo’lib, uloqqa qarab qoldi. Yana bir ozdan keyin: «Ulog’i yosh ekan! Yaxshi chavandozga uchurvoq ham bo’lmaydi!» «Shunisi tuzuk, shunisi!» — deganjanjal boshlagan ham edi, maydonga ikki chavandozning ot o’ynatib kirishi hammaning tovushini o’chirib qo’ydi va sekin-sekin: «Salim chavandoz!» «Murod chavandoz!» degan shivirlashishlar eshitilib qoldi.

— Qorasi Salimmi, cho’tiri?

— Salimning bilagi kuchlikka o’xshaydi! Chavandozlaming birisi ko’k chovkar va ikkinchisi ola

otga mingan bahaybat chapani yigitlar edilar. Bular kelgandan keyin xalq chidamsizlanib qoldi:

— Ana endi chin uloq ko’rasan! — deyishadilar.

— Bukun qiyomat ulog’i bo’lar ekan! — deb boshlarini chayqatib qo’yadilar.

— Murodning otini ko’r, xuddi qanoti borga o’xshaydi.

— Ko’k chovkarni aytasanmi, to’ruqnimi?

— Har ikkalasiga ot yetmaydi, ikkovi ham yaxshi zot!

— Qulog’i chimirilgan ot chopqir bo’iadi!

— Quloqda gap yo’q, gap zotda!

— Yo’q, yo’q! Serkishnovda, o’zim sinab ko’rdim!

— Qora ot chopqir bo’ladi, deganlar, qorasi yaxshi, qorasi!

— Dadam rahmatlik ot olganda tuyog’iga diqqat qilar edi, gap tuyoqda.

Bahslashadilar, har kim o’z yonidagi bilan talashadi. Men ham shu to’g’rida o’ylab, ularning aytgan nishonlarini qora qashqamdan qidirib topsam suyunib, topmasam kuyunib turaman.

Mahallamizdagi o’rtoqlarimdan Nurxon, Haydar soqov, Shokir mishiqilar ham otlarini lo’killatib kelib qoldilar. Biz to’rtovimiz otlarimizni qator qo’yib, uyoq-buyoqdan gaplashib turdik. Nurxon dadasidan ola yo’rg’ani so’raganda qilgan bahonasini aytib kuladi. Haydar soqov saman otining yo’lda Shokir mishiqining baytaliga qarab kishnaganini aytib, Shokirni masxara qiladi. Kulishamiz. Shokir bo’lsa burnini torta-torta: «Uyalib ketdim, bundan so’g’un biya minmayman», — deb qizarib-bo’zardi. Otimning umuldirig’iga ularning havaslari kelib, bahosini so’rashdilar, men: «o’n besh tanga», — deb, kumush qamchini ham ko’rsinlar uchun o’ynagansimon egarning qoshiga «taq-taq» urib qo’yaman. Ular: «Qani, qani, kumushmi?» — deb qamchinni qo’limdan olib ko’radilar. Men sekingina boshimni qimirlatib, o’zimda allanima sezinaman. Ularning otlariga, o’zimnikiga, kiyimlariga, kiyimimga qarab, o’zimni ulardan allaqancha yuqorida ko’raman. Haydar soqov tutila-tutila... «Kelinglar, bir choptiraylik», — dedi. Nurxon ko’nmasa ham tortib olib ketishdi. Ulaming orqasidan Shokir ham baytalini yugurtirdi. Chidab turib bo’lmas ekan, ular orqasidan toychamga bir qamchi berib yuborgan edim, jonivor ikki yamlab bir yutub, o’n odimda ularni yo’lda qoldirib ketdi. Anchagina uzoqlashganimdan so’ng orqamdagilarga qaragan edim, hammaning ko’zida men ekanman. Yana qattiqroq haydadim. Qirning bir chekkasiga borib otimni to’xtatdim, talay vaqtdan keyin ular otlarini lo’killatishib yonimga yetdilar. Bu yerda otlarimizning chopqirligi to’g’risida so’zlashdik. Nurxon, otining chopmasligiga akasining issiq holda suv berganini sabab qilib ko’rsatdi. Haydar soqov bo’lsa Eson ko’knorining o’g’lini so’ka-so’ka:

— Bozorga un uchun borayotganimda bexos tom boshidan guvala tashlab yubordi. Shundan beri qamchi bilan yuz ming ursang ham jonivor qulog’ini chimirib, hurkib tura beradi! —

dedi.

Mening qashqacham to’g’risida, Haydar aytadi: «Sening, — deydi, — otingga hech ot bolasi yetmaydi!» — deydi. Nurxon aytadi: «Otdan sening baxting bor ekan, lekin, — deydi, — yem-hashakni o’zing ber, xizmatkorga ishonsang otingni buzib qo’yadi, o’rtoq, men senga bir aytib qo’ydim», — deydi.

Shu yerda uzoqqina so’zlashib turgandan keyin yana otni keyinga qarab qo’ydik. Tag’in ulardan o’zib ketdim. Xalqqa yaqinlashgandan keyin «meni ham tanib qo’ysinlar» deb qashqachamni ust-ustiga qamchilashim bormi, shamol-da, shamol... endi xalq bir o’zimga va bir qora qashqamga tikila boshladi. Men bo’lsam, «meni endi taniysizlar!» deb toyimning yolini qamchi sopi bilan tarab tura berdim.



IV



Tomoshachilar orasida yana ola-g’ovur qo’pti: «Ana, uloqning solig’ini yig’ayotibdilar!», «Uloq hozir boshlanadi!», «Murod chavandoz ham turdi!», «Salim qalpog’ini kiydi!», «Ro’zi qassob» uloqni bo’g’izlamoqchi, pichog’ini qayrayapti!», «Boyvachchalar ham qo’zg’alishdilar!», «Salim choponini yechmoqchiga o’xshaydi!», «Hay barkalla, shovvozlar!»

o’rtoqlarim bilan men ham uloqning tezroq boshlanishini kutmoqdamiz. Chavandozlarning qaysisi to’nini yechmoqda, ba'zisi otining ayilini tortmoqda va qaysi birovlar uloqning solig’ini bermoqda edilar. Akam ham shohi sallasi bilan beqasam to’nini menga berib, o’zi o’rtaga ot o’ynatib ketdi.

Uloqchilar birin-sirin o’rtaga g’uj bo’la boshlagan bo’lsalar ham, hanuz uloq o’rtaga kirmagan edi. Hamma tomoshachilar sabrsizlanib: «Shu tobgacha tuya bo’g’izlasa ham bo’lar edi, ulog’i yaxlab qoldimi?» — deyishadilar.

Oradan talay vaqt o’tgandan keyin, bo’g’izlangan ulog’ini oldiga o’ngarib Orif sarkor va uning orqasidan boyagi mashhur chavandozlar qalpoqni chakkaga qiya qo’yib, egarga qiyshiq o’ltirib o’rtaga kirdilar. Tomoshachilar uloqni ko’rganlari on: «Xoh, jonivor, bormisan!* deyishdilar.

Oradan allakim: «Uloqning qoni yaxshi yuvildimi?» — deb so’ragan edi, Orif sarkor:

— Xotirjam! — dedi va uloqni shalq etib yerga tashladi, so’ngra xalqqa yaqinroq kelib: «0g’aynilar! Bola-chaqalarni chetga chiqaringlar, ot oyog’ida qolgudek bo’lmasin, o’zlaring ham ehtiyotroq joyda turinglar, hayvon bilan bo’lgan ish qiyin!» — deb aytdi.

Orif sarkor xalqdan fotiha olib, otini yugurtirib to’daga ketdi. Tomoshachilar to’dadagi o’z yaqinlariga: «Bukun g’ayratlaringni ko’ramiz-da!» — deb baqirishdilar.

Uloq boshlandi...

Birisi oladi, ikkinchisi tortadi. Ikkinchisining yoniga uchinchisi va to’rtinchisi qo’shilib, birdan sakkiz tomonga tortqilashadilar, oraga chetdagi uloqchilar ham siqilishib kirib, yana uloqni buydalashadilar. Juda qiziq... har kim uloqni o’z taqimiga bosish harakatida, lekin uloqning dumidan, oyog’idan, yolidan tortuvchilar juda ham ko’p. To’dadan olib chiqish juda qiyin. Ba'zan uloqni to’dadan olib chiquvchi ham ko’rinib qoladi, biroq uning ketidan uloqchilar chug’ur-chuqdek yopirilishib o’n-o’n besh qadamda tutib oladilar. Yana tortish boshlanadi.

Bu yoqdagi tomoshachilar: «Taqimga bos, taqimga!», «Otning boshini qo’y, choviga qamchini shig’ab ber!», «Bo’sh kelma, mahkam tut!», «Yuganini bo’shat, qamchingni tishlab ol, yoningga alahsima!», «01ding, olding!», «Berma, chapga burul, chapga!», «Tut, qo’yma!», «Voy to’ymagur, berib yubording-a, o’z ko’nglingda sen ham uloqchisan-da!», «Oting harom qotsin, otmi, eshakmi — bu harom o’lguring?»... deb har xil tovushda baqirishadilar. Uloq yerga tushib ketib qolsa, tomoshabinlardan ba'zisi yugurib borib yerdan uloqni azod ko’tarib oladi, ukasimi, oshnasimi — ishqilib birorta yaqin kishisiga tutqizmoqchi bo’ladi. Lekin boshqa chavandozlar uloqni undan olmoqchi bo’lib ustiga duv yig’iladilar, u bermaslikka tirishadi, boshqalar o’rtaga sanjob qilib siqadilar. Bechora anchadan keyin oqsoqlanib yoki qo’lini silab o’rtadan arang chiqib ketadi.

Otasi bolasini, akasi ukasini tanimaydi, chang-to’zon, terlangan, pishilgan, har kim uloqni taqimiga bosish qayg’usida. Bosh yorilib, ko’z chiqqan bilan, otdan yiqilib qo’li singan bilan parvoyi-falak... Ishqilib, uloqni taqimga bosilsa bo’ldi... Taqimga bosish o’zi juda ham nash'alik-da!

Lekin taqimga bosish har kimga ham muyassar bo’lavermaydi, taqimga ko’proq bosuvchilar boyagi chavandozlar; azoblanib, o’layozib bo’lsa ham uloqni taqimga bosgach, otga qamchi berib ellik-oltmish odim nariga qochib boradilar-da, yana orqadagilar tarafidan o’ralib olinadilar. Yana tortish.

Uloq boshlanganidan biror soat vaqt o’tgan edi. Birdan uloqchilar suv quygandek tinchib, tortish o’rnida to’planishib qoldilar. Biz, otliq-yayov tomoshabinlar ham hammamiz o’rtaga yugurishdik. Men keyinroq borganim uchun otliq-yayov xalq o’rtani sirib olgan edi. Men chekkada qoldim. Har qancha urinsam ham o’rtaga kirishning epi bo’lmaganidan keyin odamlarning og’ziga qarab turdim. Lekin uloqchilar orasidagi hodisa hammaga ham noma'lum edi. Har kimning yuzida taajjub va bir-birisidan: «Nima gap?» — deb so’rashar edi.

Bir necha daqiqadan keyin: «Qimirlatmang, qimirlatmang!» — degan tovush eshitilib, xalq yana taajjubga tushdi.

— Nari bo’linglar, hovv! — deb o’rtadan birov baqirdi. Xalq bir chetlik bo’lib, yo’l ochdi.

— Nima gap, nima gap?

— Hech narsa emas... Esonboyni ot bosipti!

— Qo’rqinchli emasmi?

— Yo’q, sag’al.

Kishilar bir-biriga qarab: «Falokat-falokat», — deyishdilar. Nari tur-beri tur qilib, besh-olti kishi otga bosiriq bo’lganni o’rtadan olib chiqdilar. Kishilarning ko’magi ostida keltirib, sadaning ostiga yotqizdilar.

Darrov bir kishi aravaga yuborildi, bittasi o’ziga kelarmikan, deb o’lgudek bo’lib yotgan Esonboyning yuziga suv sepib ko’rgan edi, qimir etmadi.

— Besh-olti otning tagida qoldi-da, bechora!

— o’nta otning tagida qolsa ham hech gap emas-ku, biroq qaltisroq joyidan bosganga o’xshaydi...

— Umri boqi bo’lsa hech gap emas.

«Bechora bulturgi hayitda menga yarim so’m hayitlik bergan edi. Ilohi yaxshi bo’lsin», deb ko’nglimdan o’tkazdim.

Arava keldi. Esonboy akani aravaga yotqizdilar. Akam uch-to’rtta o’rtoqlari bilan arava yonida Esonboyni kuzatib shaharga jo’nab ketdi.

— Sho’r paxta qilsin, kepak qizdirib bossin, — deb xalq

chuvurlashib qoldi.

Ular jo’nagandan keyin uloq yana boshlanib ketdi. Men uloq tugaguncha tomosha qilib turdim. Lekin yaxshiki endi hech kimni ot bosmadi.



* * *

Kecha meni ot qoqqan ekan, o’rnimga kirishim bilan tirrakdek qotib uxlabman. Ertalab oyim: «Tur, tur tezroq, dadang kelsa nah o’ldiradi!» — deb ustimdan ko’rpamni tortib tishladi. Men uyquli ko’zim bilan: «Dadam bozor ketmadimi?» — deb so’ragan edim, oyim:

— Esonboyning janozasida! — deb javob berdi.

Mening uyqum o’chdi.















3

Abdulla Qodiriy – Jinlar Bazmi

(Mavhum hikoya)

Otam bu hikoyasini boshlagan vaqtda mening vujudimni qo'rquv o'rab olar edi-da, ichimdan: «Meni ham shunday jinlarga yo'liqtirma», deb tangriga yolborib qo'yar edim.

Kecha xolam bizning uyga mehmon bo'lib kelgan edi. Kechasi oshdan keyin otam, oyim, xolam uchovlari choy ichishib o'ltirar va o'tgan-ketgandan so'zlashar edilar. So'z aylanib kelib yana o'sha jinlar, parilar, devlar to'g'risida to'xtadi. Otam bo'lsa o'zi ko'rgan «jinlar bazimi»ni so'zlashdan yana tiyilolmadi. Otamning bu hikoyasi, yuqorida so'zlaganimcha, mening uchun ortiqcha vahimali bo'lganidan darrov o'rnimga kirib, ko'rpamga burkanib yotib oldim. Otam menga bir kulib qaradi-da, «jinlar bazimi»dan so'z ochdi:

— «Yangi uylangan vaqtlarim edi. Tiriklik bilan ovora bo'lib, bog'ning poyasiga o'z vaqtida qarolmadim. Bir kim payt topib boqqa bordim, tok juda ham o'sib ketgan, bardidan* hatto ikki qarichgacha o'sib chiqqan edi. Shuning uchun ishkomlarni shitobroq tikkaytirishga to'g'ri kelar edi. Boqqa bora boshlaganimning to'rtinchi kuni kechasi bir oz yomg'ir yog'ib chiqdi. Go'yo yomg'irni kutib turgan toklar yana ham o'sib ketdilar, sho'ralar bardi ustiga engashib, ishkom ustiga olmaganim uchun go'yo mendan arazlagandek ko'rinar edilar. Men nima bo'lsa ham poya ishini bugun bitirmoqchi bo'ldim. Ertaga tokni ochmasam, ham o'zim uchun, ham tok uchun jabr qilg'an bo'larman, deb o'yladim.

Istakni* ozroq olgan ekanman. Oxirpeshin* vaqtiga istak tamom bo'lib qoldi. Istak uchun bozorga boray desam bir ishkomgina yamoq qoldi, undan keyin bozordan qaytib chiqquncha kech ham bo'ladi. Nima qilish kerak? Uzoq o'ylab turmay, tut, qayrag'och va tol kabi daraxtlardan istak chilpidim. Chilpigan istaklarni yig'ishtirguncha ham bir choy qaynar vaqt o'tdi. Istaklarni belbog'imga qistirib ishkomga kirdim.

Qosh qorayib, qorong'i tushgan paytda arang poya ishidan qutuldim. Yuz-qo'llarimni yuvib, salla-choponimni kiyganimda obdon qorong'i bosgan edi. Bog' ishlagani kelgan qo'shnilardan hech birisi qolmagan, hamma shaharga jo'nab ketgan, ko'chada chigirtkalarning chirillashi, qurbaqalarning qurullashidan boshqa tovush yo'q edi.

Men bog'dan chiqqanda xufton bo'lmasa ham shunga yaqinlashib qolgan edi. Qorong'ida turtinib-surtinib yo'lga tushdim».

Otam xolamga xitoban dedi:

— «Siz bilasiz, bizning bog'ning tevaragi quyuq daraxtlik maydonlar bilan o'ralgan. Katta ko'chaga tezroq chiqib olish uchun men shu maydonlardan yurdim. Maydon nihoyatda qorong'i va vahimali edi. Lekin men qorong'ida beparvo borar edim, yolg'iz qorong'ida turtinib qiynalar edim. Katta ko'chaga chiqib olmog'im uchun orada bittagina Hamdam xumdonchining chakalagi qoldi».

Otam hikoyasini shu yerga keltirib taqagach, men ko'rpamga yaxshiroq burkanib oldim. Otam so'zida davom etdi:

— «Bir-ikki qadam Hamdam xumdonchining maydoniga tomon yurdim... Yiroqdan kelgan yorug'likni sezib, tevaragimga qaradim-da, hayron bo'lib qoldim... Qarshimdagi maydondan o'tkir nur sharpasi tushar edi. Bugina emas, kishilarning chag'ir-chug'ur so'zlashib kulushlari, gijdang-gijdang bilan childirma, ora-chora dutor, tanbur, g'ijjak kabi sozlarning zaif, ammo yurakni qitiqlayturgan tovushlari eshitilar edi.

Men tong qotib bir necha vaqt turib qoldim. Darhaqiqat, boyqushlar uyasi bo'lgan bir vayronada bunday voqeaning yuz berishi kishini albatta hayron qilar edi. Holbuki, men shu kun ertalab ham bu maydondan o'tgan edim. Bu yerda biror ziyofat bo'laturgan bo’lsa, erta bilan uning bir asari ko'rinar edi. Yosh-yalanglar kunduz kuni harakat qilganlar-da, xara-ko'chalar*, deb fikrimdan o'tkazdim.

Men bazm bo'layotgan maydon orqali o'tmoqchi bo'lib, devor nahrasidan* oshib tushdim... O'h-ho'-o'-o', maydon ichi kunduzgidek yorug', daraxt shoxlariga chiroqlar osilgan, yerlarga ipak gilamlar yozilgan. Bir chekkaga katta oq samovorlar qo'yilgan, bir tarafda katta qozonlar qurilgan, jaz-biz davom etar edi. Maydonning o'rta yerida yuz chog'liq yosh-qari kishilar qurshalib o'ltirib, dutor, tanbur, childirma, nog'oralar chalib bazim qilar edilar.

Shu choqda bir kishi oldimga yugurdi va bazmdagilarga qichqirib:

— Mana, O'sar aka ham keldi! — dedi.

Bazmdagilarning hammalari ham menga qaradilar.

— Keling, keling O'sar aka, poyadan qutuldingizmi? — deyishdilar.

O'sha onda ularga nima deb javob berganimni hozir eslayolmayman, chunki juda ham garangsigan edim.

Ular meni o'z ixtiyorimga qo'ymay, sudrab, tortib to'rga chiqardilar. Odatda majlisga kirib o'ltirgandan keyin fotiha o'qilar edi. Biroq ularning har turli savol va muomalalari bilan ovora boiib, fotiha o'qish ham yodimdan chiqqan. Bir oz esimni yig'ib olgandan keyin majlisdagilarni ko'zdan kechirib chiqdim. Ko'plarini qaysi joydadir ko'rgandek bo'laman... Aniqlab qarasam umrimda ko'rmagan-tanishmagan yot kishilarga o'xshaydilar. Faqat ularning men bilan xuddi tanishlarcha muomala qilishlari, otimni atab chaqirishlari, qilgan ishlarimni so'rab, hatto boyagi istak chalpib yurganimni bilishlari — meni juda ham ajabga qoldirgan edi.

Oradan kimdir, bilmadim, g'olibo majlisning boshlig'i bo'lsa kerak:

— O'sar akamga dasturxon yozilsin! — dedi. To'rda o'tirganlardan yana birisi unga qarshi chiqdi:

— Ilgari bir bazm qilib olaylik, so'ngra dasturxonga hammamiz baravar qaraymiz! — dedi va menga yuzini o'girib:

— Siz ham bazmni sog'inib qolgandirsiz. Ilgari bazm qilaylik-a? — deb so'radi.

Mening qornim och bo'lsa ham, mehmonligim vajhidan uning fikriga qo'shilishdan boshqa choram yo'q edi.

Sozandalar sozlarini to'g'rilay boshladilar. Sozlardan tanbur, dutor, g'ijjak, rubob, chang, nay va daf kabilar menga tanish bo'lsalar ham, yana men ko'rmagan va bilmagan bir qancha sozlar ham bor edi. Sozlar sozlandilar, bir xil bosiq og'ir mashq chalina boshladi.

Mashq sihrlik edi... Men yerga singib ketarlik darajada ezilmoqda, asirlanmoqda, ichimdan bir to'lqin kelib o'zimni qayerga urarimni bilmay entikmakka boshladim. Sozandalar hamon haligi bosiq mashqni sekin-sekin avjga chiqarib bordilar... Axir chidab turolmadim, piq-piq yig'lay boshladim. Nega va nima uchun yig'lar edim, buni o'zim ham bilmayman. Uzoq yig'ladim. Nihoyat mashq bitdi. Bitdi, lekin meni ham o'zi bilan birga bitirdi. Ikki tegirmon toshi orasida yanchilgan kishidek majruh edim. Qimir etgali majolim yo'q edi. Ko'zimni ochdim. Majlisdagilarning barchasi ham go'yo bir ko'zdan mening holimga kulib qarab turar edilar. Men o'z holimdan uyalib yerga boqdim.

Sozlar yana ikkinchi mashqni chalish uchun tayyorlanar edilar. Lekin men haligidek mashqni eshitishdan bezor bo'lgan edim. Yuragim gup-gup urib qoldi. Boyagidek mashqdan yana birini tinglasam ehtimol ajalimdan burun o'lar, yer bilan yakson bo'lar edim.

Ikkinchi mashq boshlandi. Mashq boshlanishi bilan butun vujudimga hayot suvi yugurdi. O'zimda allaqanday bir lazzat his qildim. Mashq g'oyatda shodlikli edi. Bu niashqqa ne deb ism berishni bilmayman.

Shu vaqt o'rtaga o'n besh-o'n olti yoshlik bir qiz kelib kirdi. Uning sochlari jingila-jingila, yuz va ko'zlari do'nduq, ustida yashil baxmaldan burma qilib tikilgan chiroyli delvagay kiyimi bor edi. Bir necha qadam chalishib o'rtada yurgan edi, oyog'idag'i qo'ng'iroqlari jing'irab ketdi. Qiz mashq bilan baravar o'ynay boshladi.

Mashq davom etar, go'yo nafis soz tovushining yeli o'yinchi qizni g'ayri ixtiyoriy bir harakatga keltirardi. Dunyoga bir shodlik, bir ruh yog'adi, go'yoki o'liklar tirilarlar, yerlar silkinarlar, tog'-toshlar kularlar, yulduzlar ucharlar, daraxt shoxlari titragandek bo'larlar.

Axir shodliklarim yuragimga sig'madi. O'z erkim bilan emas, allaqanday bir kuch o'tirgan joyimdan turg'uzib yubordi. Qizning yoniga kirib men ham o'ynab ketdim».

Oyim bilan xolam o'zlarini tutolmay kulib yubordilar. Mening bo'lsa ko'z o'ngimga dadamning o'ynagandagi ahvoli kelib to'xtagandek bo'ldi.

Dadam davom etdi:

— «Shunday, men o'ynay boshladim. Nima bo'lsa ham qiz bilan birdek o'ynamoqqa tirishaman. Qiz men bilan bir oz o'ynab turgandan keyin o'rtadan chiqib bir chetga ketdi. Lekin men o'yinni to'xtatmadim, to'xtatish xotirimga ham kelmagan edi. Kishilar qars urib turadilar va meni masxaralagandek qiyqirib, og'iz-burunlarini qiyshaytiradilar, lekin men ularga parvo qilmay, o'yinni davom ettiraman...

Bir vaqt allanarsaga turtinib yerga yiqildim. O'zimni o'nglab olib yana o'yinga harakat qilg'an edim, tag'in mukkamcha yiqildim.

Bir qancha vaqtdan so'ng o'nglanib o'rnimdan turdim va ko'zimni ochib tevaragimga qaradim...

Orada na kishilar, na sozlar va na boshqalar — hech kim, hech gap yo'q!.. Qop-qorong'i maydon, bir ariq ichida turibman...



* * *

Men dadamning bu ko'rgan hodisasini muallim afandiga so'zlagan edim, kuldi:

— Vahima, xayolat! — dedi.

— Chindan ham vahimmi, vahim bo'lsa kishida qanday voqi' bo'ladi? — deb so'ragan edim, afandim:

— Kelasi juma bolalar o'rtasida bu to'g'rida ma'lumot beraman, sen ham shu majlisda hozir bo'lsang vahimning qanday voqi' bo'lishini bilib olasan! — dedi.

Men albatta juma kuni maktabga borib afandimizdan vahimning kishida paydo bo'lishini eshitaman. Vaqtingiz bo'lsa juma kuni siz ham boringiz.



___________

* Bardi — qamish o'zagining tagida yer bag'irlab o'sadigan barglari, uni o'rib kelib, tokni yotqizib qo'ndoqlagandan so'ng sovuq urmasin uchun ustiga yopiladi.

* Istak — tol, tut, qayrag'ochning burab yumshatilgan ingichka novdalari, uni tok bag'azlarini bog’lashda oson ishlatiladi.

* Oxirpeshin — soat 4 lar atrofi, asr namozidan oldinroq payt.

* Xara-ko'cha — bekorchi.

* Nahra — rahna — devorning o'pirilgan joyi.

4

Abdulhamid Cho‘lpon. Novvoy Qiz

I



Qilg‘ilik qilinib, bechora qizning qizligi olinib, bo‘lar ish bo‘lib bitgandan keyin, ikkalasi jimjit bo‘lib ikki tomonga cho‘zilishdilar. Uyning ichi, tashqari hovli, ko‘cha-ko‘y xuddi tong otishidan sal burung‘i vaqtlarday — chuqur, vazmin va tinch bir jimlikka botqon edi. Ba’zi-ba’zidagina pastak piromondan bir juft er-xotin musichalarning kukulashlari, qo‘shni hovlidan yosh bolalarning o‘yin ustidagi shovqunlari, ko‘cha tomondan yakka-yarim yigitlarning kuchsiz va g‘amli qo‘shiqlari eshitilib qo‘yardi. Darvoza eshikning tor bir yorig‘idan uy ichiga jindakkina yorug‘lik tushar va u ham yolg‘iz qizning so‘lg‘in yuzini yoritardi.

So‘fining shomg‘a aytgan azoni O’lmasboyni qo‘zg‘otib yubordi. U sekingina turib, usti-boshini tuzatdi-da: «Qiz uxlagan bo‘lsa, uyg‘otib qo‘yayin!» deb uning boshiga keldi.

Qiz ko‘zi ochiq, ezilgan, behol... cho‘zilib, xayollanib yotardi. Oppoq oqargan yuzlarini sekingina O’lmasboyga burdi. Xoin erkakning marhamatsiz ko‘zlari bilan aldangan qizning so‘nik ko‘zlari bir-biriga yo‘liqishdi. Erkak mag‘rur. Zaharli va sovuq bir kulish bilan kuldi. Qiz juda og‘ir bir jirkanish bilan yuzlarini burdi. Yana jim bo‘ldilar.

O’lmasboy qizning yuzlariga mag‘rurlik nazari bilan yana bir oz qarab turg‘ach, sharpasiz qadam qo‘yib eshikli terazaga yaqinlashdi va uning bir qanotini sekingina ochdi. Uy ichi birdan yaraqlab ketdi. Qiz tezgina ochiq-sochiq yotgan yerlarini ko‘rpa bilan berkitdi-da, turib o‘tirdi. Shu choq eshikni ochqali borayotgan O’lmasboy bilan qizning ko‘zlari yana uchrashgan edilar. Qizga orqasi bilan turg‘on O’lmasboy yolg‘iz kallasinigina burib, haligi mag‘rur kulish bilan unga qaradi: qiz bu safar iztirob va qiynoq aralash bir yuz bilan to‘ppa-to‘g‘ri erkakning ko‘zlariga tikildi-da, bo‘shang bir ovoz bilan:

— Nima qilib qo‘ydingiz? — dedi.

Zaharli va mag‘rur kulishni yana bir oz kuchaytira turib O’lmasboy ham bezbetlarcha javob qaytardi:

— Maza bo‘ldi, qo‘ya bering...

Qiz bu so‘zdan keyin juda chuqur jirkanish bilan yuzini burdi va titragan lablari orasidan mana shu ikki og‘iz so‘zni zo‘rg‘a chiqara oldi:

— Maza bo‘lmay o‘lsin, ilohim!

O’lmasboy qizning bu so‘zini bir noz va qizlarga xos istig‘no deb anglagan edi. Shuning uchun xursand bo‘lib bir kuldi-da, eshikka qarab yurdi. Holbuki, eshikning bir qanoti ochilgan vaqtda qizning ko‘zlaridan yirik donali ko‘z yoshlari qatorlashib tusha boshlag‘an edilar...

O’lmasboy eshikning yonida turib, orqasiga ham qaramasdan:

— Turing, darrov usti-boshlarishizni tuzating. Xotinlar qovun saylidan kelishib qoladi. Mana men eshikka chiqib turaman! — dedi. Shu gapni aytib bo‘ldi-yu, oyog‘ini ostonaga qo‘ydi va tashqaridan turib eshikni ham yopdi.

Qiz kuyikib-kuyikib bir oz yig‘lagach, irg‘ib o‘rnidan turdi. Naridan-beri usti-boshlarini to‘g‘riladi. Asli o‘zi ham usti-boshlarini yechmagan, och bo‘rining changaliga ko‘chadan kslgan bo‘yicha tushib qolgan edi... Butun borlig‘ida to‘lib-toshgan iztirob va g‘azab, horg‘inlik va darmonsizlikni sezdirmas edi. Biri tokchada va biri yerda yotqon paranji-chimmatni tezgina qo‘lga oldi. Uydan yugurganicha chiqib ketmakchi bo‘lib o‘zini eshikka urdi. Eshik qulflanmag‘an edi. Darrov ochildi. Ochishi bilan eshikda O’lmasboy ko‘rindi. Shu qadar tezlik va shoshilishliq bilan uydan otilib chiqayotgan qiz qandaydir bir kuchning ta’siri bilan yetgan joyida to‘xtadi va ko‘z ochib yumguncha paranjisini irg‘itib uyga kirib keldi. Uning ketidan dumma-dum O’lmasboy ham kirgan edi. Ko‘zlari burung‘iday g‘ururli emas, mardlik aralash bir iztirob bilan juda «mo‘min va so‘fi» bo‘lib ko‘rinar edi.

— Ha, oyim qiz, yo‘l bo‘lsin? Jo‘nab yotibsizmi?

Qiz «oyim qiz» degan ikki og‘iz so‘zning bittadan ikkita nayza bo‘lib tanga botganini sezdi. U titradi, lablari yelga yo‘liqqan yaroqlarday dir-dir qaltiray boshladi. Ko‘ksi qisildi, dami og‘irlashdi, hansiradi. Shu holda bir oz bezgaklanib turgach, birdan baqirdi:

— Imonsiz!..

O’lmasboy bemalol kulib turib dedi:

— Oyim, sizga nima bo‘ldi? Musulmon, kalimago‘y odamni imonsiz deysizmi? Nima gunoh qildik?

Qiz qaltirab turib tokchadan bir piyola oldi va titragan qo‘li bilan O’lmasboyga qarab irg‘itdi. O’lmasboy salgina bir tomonga sing‘ayish bilan piyolani yonidan o‘tkardi-da, bu safar baland g‘urur bilan bir qah-qaha otdi.

Dengiz shu qadar buyukligi bilan hamma vaqt qirg‘oqlardan yengiladi. Achchig‘i kelganda, g‘azabi qaynaganda zo‘r-zo‘r to‘lqinlar kichik-kichik mavjlarni qirg‘oqning tosh-metin gavdasiga qarab otadi. Qirg‘oq, yuqorilarga ko‘tarilib ketgan marmar qirg‘oq, koshki pinagini buzsa! Bechora to‘lqinlar, mavjlar sinib mayda-mayda bo‘lib, yana dengizning ko‘ksiga tushdi. Dengiz ularni yana silab-sipab boshini bir yerga qovushtirib, to‘plab, yana qirg‘oqqa otadi. Yana bo‘linish, yana parchalanish... Tuganmas olishish!

Qiz — dengiz O’lmasboy — qirg‘oqning po‘lat taniga kichkina bir piyolani yolg‘iz bir daf’agina otdi. Shunda ham bu jonli qirg‘oq chap berdi-da, mo‘riga tegib parchalangan bechora piyola bo‘ldi. Shundan so‘ng qiz — dengiz o‘z ojizligini bildi va butun qahri va g‘azabini o‘z taniga singdirib olib, paranjisini boshiga tashladi-da, g‘izillab eshikka chiqdi.

Oh! Zindonga kirganlarning osonlikcha chiqishlari mumkinmi? Bo‘rining changaliga «omon» so‘zi aslida yozilganmi? Sher qo‘liga tushganni qo‘yib yuborish uchun yaratilganmi? Ajdar agar bor bo‘lsa, butun shuhratini marhamat orqasida chiqarganmi? Chuqur jarlar, yuksak qoyalar, vahimali uchurimlar... Odam bolasini yulib, ko‘tarib, yuksaklarga olib chiqmoq vazifasini ko‘radilarmi? Qilich o‘pish beradimi? Xanjar peshonangizdan silaydimi? Chayon nashtarga o‘xshash ignasi bilan chokingizni tikadimi? Yo‘q!..

Qiz uydan ikki-uch qadam jilgan edi... Orqadan o‘sha burung‘i kuchli hirs bilan kelib yopishdi. Omonsiz bilaklar shu qadar «yaxshi» ishlar edikim, qiz bechoraga na baqirish, na chaqirish, na qimirlash va na silkinish uchun ozgina bir imkon qolmagan edi.

Boyagi uyda, boyagi joyda, boyagi erkak boyagiday bosdi....

Qovun saylidan keladiganlar — kelmas bo‘lganlar, tan va tan bo‘laklari kuchli erkakning istaklariga tugal bo‘yin egib ketgan edilar...

Bu safar qiz tez qo‘zg‘aldi. Darrov turdi, ust-boshini tuzatdi, paranjini qo‘lga oldi va shamol tezligi bilan uydan chiqdi.

Orqasidan O’lmasboy g‘urur aralash qah-qaha bilan gapirib qoldi:

— Oyimtilla! Bekor ketayotirsiz! Bu kun xotinlar qovun saylidan kelmaydigan bo‘libdirlar. Qolsangiz tong otguncha bazm qilar edik. Maza bo‘lar edi...

Qiz ko‘cha eshikka yetganda ichkaridan O’lmasboyning baqirg‘oni eshitildi:

— Novvoy qiz! Non to‘la savating qolibdir!



II



Yarim so‘mga yetar-etmas pul bilan qiz bechora uyiga kelgan vaqtida onasi — kampir o‘lim to‘shagida yotgan edi. Oftobda qatiq ichishgan qarindoshlaridan bir kampir uch-to‘rt kundan beri kasalga qaraydi. Kasal bu kun xo‘rdasini ham ichmagan, uni qizga qoldirgandir. Bo‘lmasa, qiz balki issiqsiz qolardi...

O’lim oldidagi onaning bosh tomonida o‘tirib, quruq suvdan qaynatilgan bemaza xo‘rdani ichayotgan, shu kampirdan boshqa bu dunyoda hech kimsasi bo‘lmagan bechora qiz o‘ylaydi:

«O... bechora onam! O’lim oldida ham o‘z nasibasini menga beradi. Oh! Mundan keyin kimning nasibasi bilan to‘yaman!..»

O’y mundan nari o‘tgach, oysiz tunlarday borgan sari qorayadi. Ko‘chalarda sudralib, har bir yo‘liqqanga sotilib, «sevgan»dan o‘pish, «sevmagan»dan qo‘pol bir turtki yeb yashash ko‘z oldig‘a keladi.

So‘fi odamlarni «falloh» (qutulish)ga chaqirgan vaqtida kampir ham... uzildi. Endi qiz bechora hali qanotini rostlamay turib onasini va uyasini yo‘qotib qo‘ygan qushday bo‘lgan edi...

Ona o‘ldi.

Hech kim bilmasdan, sezmasdan ko‘mildi...

Kampirning hech kimi yo‘q edi. Lekin kampirning «har kimi» bo‘lganda ham uning ko‘nini ham bilmagan edi. U onasini o‘zining alamli ko‘nglida allaqachon... allaqachon ko‘mgan edi.

Keng yurt...

Ko‘p xalq...

Kampirning o‘lgani, ko‘milgani bir mahallaga ham bilinmagani bilan, qizning «allakim» bilan o‘ynashib yurgani hammaga bilingan, butun shaharga dovruq bo‘lgan edi.

Axir, qiz hech kim bilan o‘ynashgani yo‘q-ku! Uni: «Uyimda xatmi hojam bor, noningni tugal olaman, yur mening bilan birga», deb olib ketib, kuch bilan bosgan O’lmasboy edi-ku! Qiz besh-olti yil uyida non yopib sotib, birgina onasini boqqani holda, hech kimga qiyshanglab gapirmagan edi-ku! Qizda qilcha ham gunoh yo‘q-ku!.. Lekin bu haqiqatni O’lmasboyning uyidagi devor va terazalar bilan o‘sha yerda qolgan non savatidan boshqa kim biladi? Kim? Hech kim! U jonsiz narsalardan un chiqmasa, ovoz eshitilmasa, tovush kelmasa, nima qilaylik? Nima?..

Oradan rosa ikki yil o‘tmadi — bechora qiz ikki erga tegib chiqdi. Burunroq uning yoshlig‘i, husni, tozalig‘i, bir oz umidi bor edi, endi u narsalardan hech biri qolmadi. So‘nggi eridan chiqqan vaqtida ustida bir qator eski kiyimi, boshida «xudo urgan» bir paranji-chimmati qolib edi. Undan ikki-uch oy o‘tgach, paranji-chimmat ham tashlandi. Endi eski, yirtiq bir qator kiyim, ezilgan yurak, charchagan gavda, gangigan esgina qoldi...



III



Sud.

Ibratli sud.

Kichkina masjidning keng sahni odam bilan liq to‘lgan. Bizning kichkina «tarzan»larimiz — yosh bolalar, tegrasidag‘i daraxtlarning shoxlariga chug‘irchiqday yopishib olg‘onlar. Minglarcha xalq to‘plangan yerda — pastda shovqin kam, yuzcha «o‘zbek tarzanlari» to‘plangan joyda — yuqorida daraxt shoxlarida katta shovqin:

— Ahmad, qaerdasan?

— O... Yo‘lchi! Yo‘lchi hov! Yo‘lchi!!! Bormisan?

— Ergash! Bu yoqqa kel! Men bu yoqdaman!

— To‘xta, tush deyman! Tush! Bo‘lmasa, tepib yuboraman. Ayblanuvchi qassob O’lmasboy Abduqodir o‘g‘li, qishloqdan non olib kelgan bir qizning nomusini buzish bilan ayblanadi.

Sud tinch o‘tayotibdir.

So‘roqlar tugadi.

Shohidlar ham bir-bir o‘tdilar.

Ayblanuvchilar gapirdilar...

Oqlanuvchilar vaysadilar...

Allakimlar isbot qildi...

Allakimlar tondilar...

Aybdor so‘z oldi. Tondi, gapirdi, gapirdi, o‘zini okladi...

Uning so‘zi tugayozganda paranjisiz «papka» ko‘targan yosh bir xotin to‘g‘ri sud hay’ati yoniga keldi. U bezgakday titrardi.

Sud kishilari, oqlag‘uvchi, qoralag‘uvchi, shohid, tomoshachi... hamma, hamma unga tikildi. U bir oz hushsiz qarab turg‘ach:

— Menga so‘z!.. — deb baqirdi. Xalq qoralag‘uvchisi uqtirdi:

— Bu kishi xotinlar sho‘‘basining raisasi! Masala bir xotinning nomusi ustida bo‘lgani uchun munga so‘z berilsin!

U gapini tugatmasdan turib xotin baqirdi:

— So‘z!.. So‘z!..

Berdilar.

Yaqinga keldi. Hamma jim qoldi. Masjidning keng sahni to‘ldi, balki ko‘mildi...

Vaqt o‘tadi...

Hamma kutadi.

Xotin jim...

Hammani iztirob bosadi.

Bechora xotin qaltiraydi. «To‘xta parpirak»ning shoxidagi pachgiday qaltiraydi...

Boshladi. Birdan qattiq boshladi.

— Men novvoy qiz edim... Besh yildan beri non yopib, o‘zim sotib qari onamni boqar edim... Bir kun... Bir kun...

U yog‘ini ayta olmadi. Nafasi og‘ziga tiqildi, bo‘g‘ildi, badtar qaltiradi. So‘ngra birdan yovvoyi bir «dod» chiqarib yiqildi.

Pastdan ham bir xunuk «dod» chiqdi. Unda aybdor ham yiqildi. Ikkovini suyab olib ketdilar. Sud buzildi.

Yana sud bo‘lganda...

Dengiz — qiz qullarday jim turib so‘zladi.

Qirg‘oq — O’lmas tog‘larday tinch turib tingladi.

Qirg‘oq ag‘darildi.

Tog‘ yiqildi.

Dengiz mavjlari va to‘lqinlari quchog‘iga olib, ularni qirg‘oqlardan saqlash: qo‘riqlash qayg‘isiga botdi.





5

G‘afur G‘ulom - Mening O‘g‘rigina Bolam

(Voqeiy hikoya)



Otamizning o'lganiga anchagina yil o'tib ketdi. Bu yil - o'n yettinchi yilning ko'klamida onamizdan ham ajralib, shum yetim bo'lib qoldik. Biz to'rt yetimdan xabar olib turishga katta onam - onamning onalari Roqiyabibi kelib turibdilar. Bu kishini biz erkalab «qora buvi» deb ataymiz.



Oqshomlari buvim boshliq hammamiz oldi ochiq ayvonda uvunto'da[1] ko'rpa-yostiqlarga o'ralib, bittagina O'ratepaning kir ip sholchasi ustida uxlaymiz.



Sentabr oylarining oxiri, ilk kuz oqshomlaridan biri edi. Havo anchagina salqin. Biz yetimlar bir-birimizning pinjimizga tiqilib, bir-birimizni isitib uyquga ketganmiz. Oatorda eng so'nggi bo'lib, ona chumchuqday qora buvim yotardilar, u kishi saksondan oshib ketgan, noskash kampir edilar.



Bu oqshom uch xo'roz o'tgandan keyin, yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g'o'ng'ir-g'o'ng'ir ovozdan uyg'onib ketdim. Buvim kim bilandir anchagina baland ovoz bilan suhbatlashmoqda edilar. Hovlimiz, ota-buvadan qolgan, anchagina katta bo'lib, to'rtburchak tanobi hovlilardan edi. Gir atrofi imorat, shimol tomonda amakivachchalarimiz turishardi. Lekin ular yozda bog'ga ko'chib ketardilar. Hozir ular tomon bo'sh.



Buni qarang-a, bizning uyimizga o'g'ri kepti. Bizni ham odam deb yo'qlaydigan kishilar bor ekan-da, dunyoda? Ertaga o'rtoqlarimga toza maqtanadigan bo'ldim-da: «Bizning uyga o'g'ri keldi». G'urur bilan aytilsa bo'ladi. Lekin ishonisharmikan?



O'g'ri o'sha amakivachchalarning tomidan sekin yura kelib, buvimning to'g'rilariga kelganda aksa urib yuboribdi. Buvim esa yostiqni ko'kraklariga qo'yib, til tagidagi nos bilan o'ylab yotar ekanlar. Buvim «tuf» deb nosni tuflab, tomga qarab:



- O'g'rigina bolam, hoy o'g'rigina bolam, hoynahoy biror tiriklikning ko'yida tomga chiqqan ko'rinasan, axir kasbing nozik, tumov-pumovingni yozib chiqsang bo'lmaydimi, - debdilar.



O'g'ri tomdan turib:



- Axir, buvijon, siz ham birorgina kecha tinchingizni olib uxlasangiz bo'lmaydimi, bizning tirikchiligimizning yo'lini to'saverasizmi? - debdi.



Men gap shu yerlarga kelganda uyg'onib ketgan bo'lsam kerak. Qolgan gaplarni eshitganimcha qilib yozaman.



- Hoy, aylanay, o'g'rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko'zimga uyqu keladimi? Mana: olti oy bo'ldi, biror soat mijja qoqib uxlaganim yo'q. Kunduz kunlar garangday dovdirab yuraman. Biror yerga o'tib mizg'iganday qush uyqusi qilaman. Kechalari xayol olib qochib ketadi.



- Nimalarni xayol surasiz, buvijon? - bu gapdan keyin ustidagi to'nini turmuchlab[2] bo'g'otning ustiga yostiq qilib qo'yib, o'g'ri ham yonboshlab oldi.



- Nimalarning xayolini surardim. Shu to'rtta yetimning ertasini o'ylayman-da, bolam. Zamonni o'zing ko'rib turibsan, tiriklik toshdan qattiq, tuyaning ko'ziday non anqoga shapig'. Hali bularning qo'lidan ish kelmaydi. So'qqaboshgina aravakash tog'alarining topgani o'zining ro'zg'oridan ortib, bularga qut-loyamut[3] bo'lishi qiyin. Ro'zg'orda bo'lsa, ko'z ko'rib, qo'l tutguday arzigulik buyum qolgani yo'q. Bir chekkadan sotib yeb turibmiz. «Turib yeganga turumtog' chidamas», deganlar. Eh-ha, bu bolalar qachon ulg'ayadi-yu, qachon o'zining nonini topib yeydigan bo'ladi! Chor-nochor xayol surasan, kishi. Tag'in bu yetimlarning bittaginasi o'g'il, uchtasi qiz. Endi o'n to'rtdan o'n beshga o'tdi. Qizlari qurg'ur qachon bir yerga elashib ketadi-yu. O'zi o'rab, o'zi chirmab oladigan joy chiqmasa, bularga kimning ham ko'zi uchib turibdi deysan. Zamon qattiq, o'g'rigina bolam, zamon qattiq!



- To'g'ri aytasiz, buvijon, - dedi o'g'ri, - mening ham ikki bolam, xotinim, bitta kampir onam bor, bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak, deganlaridek, shularni boqishim kerak. To'rtta chavati non[4] topish uchun o'zimni o'tga, cho'g'ga, Alining qilichiga uraman. Bo'lmasa, ishlay desam bilagimda quvvat bor, aql-u hushim joyida. Menga hozir shu qilib turgan o'g'rilik kasbi yoqadi, deysizmi. Tuppa-tuzuk ayolmand kosibning bolasi edim. Zamon chappasiga ketdi. Kerinska poshsho[5] bo'lgandan keyin urush to'xtaydi, degan edilar. Hali-beri to'xtaydigan ko'rinmaydi. Hali ham zamon-zamon o'sha iligi to'qlarniki.



- Biror boshqa kasb qilsang bo'lmaydimi, bolam, - dedi kampir.



- Nima kasb qilay? Hamma kasblarning ham bozori kasod. Ota kasbim kavushdo'zlikni qilaymi? Avvalo shuki, kavush tikishga na charm bor, na sirach, na mix, na lok. Masallig'ining o'zi bitib chiqqan kavushdan uch baravar qimmat. Hammollik qilay desam, avvalgidek qoplab g'alla, qoplab sabzi-sholg'om oladigan badavlatning tuxumi qurigan. Tunov kuni shu mahallaning devkor etikdo'zlaridan Buvamat ota butun qolip-u shon-u so'zan, bigizlarini ulgurjisiga ikki pud jo'xori unga movoza qildi. Yaxshi qildi. Uning etigini kiyadigan o'zbek, qozoq, qirg'iz dehqonlari qayoqda deysiz, qolgan emas. Faqat ularning yetimlarigina shahrimizni to'ldirib yuribdi. Qaysi burchakka, qaysi chordevorga bosh suqmang, o'n beshta yetim yuvuqsiz qo'lini cho'zib: «Amaki, non bering», deydi. Non-a, o'zimnikiga topolmayman-u! Bitta man emas, buvi, mahalladagi hamma kosiblarning ahvoli shunaqa. Pichoqchilar ham, bo'zchilar ham, ko'nchilar ham, boringki, maktab domlalari ham, mullavachchalarning ham rangi pano. Bir qoshiq obi yovg'onga zor. Sanqib yuribdi.



- Huv, xudoyo urushi boshiga yetsin, qiyomat-qoyim degani shudir-da, a, o'g'rigina bolam-a. Ha, mayli, shu yetimlarning ham peshanasiga yozgani bordir. Xo'sh, endi o'zingdan so'ray. Axir, noilojlikdan-ku, shu harom yo'lga qadam bosibsan, o'ziga to'qroq, badavlatroq odamlarnikiga borsang bo'lmaydimi? Mana shu mahallada Karim qori degan chitfurush bor, Odilxo'jaboy degan pudratchi bor. Matyoqubboy degan ko'nchi bor. Bularning davlati-ku mil-mil. Beshikdagi bolasi ham chetiga bayt yozilgan chinni kosada osh ichadi. Shularning tomini teshsang bo'lmaydimi?



- Ey, buvim tushmagur, soddasiz-da, sodda, - dedi o'g'ri. - Boylarning uyiga tushib bo'ladimi, ularning paxsasi sakkiz qavat, eshiklari temirdan, har bittasining qo'rasida eshakday-eshakday ikkita, uchtadan itlari bor. Bu itlar hovli sahnidan bitta kapalak o'tsa, bir hafta vovullaydi. Odilxo'jaboyning g'ulomgardishida-chi[6], miltiq ushlagan gorodovoy turadi. Jonimdan kechibmanmi, o'ldirmaganda ham sibir qilib yuboradi.



- Bu gaping ham to'g'ri, o'g'rigina bolam. Ammo-lekin ehtiyot bo'l. El-yurtning oldida tag'in badnom bo'lib qolmagin, - dedi bizning kampir.



- Gapingiz to'g'ri, buvi, tunov kuni Orif sassiqning otxonasidan to'rtta tovuq, bitta xo'roz o'margan edim.



- Tovuq, xo'roz dedingmi? Ha, bu maxluqlari qurg'ur qaqaqlab seni sharmanda qilmadimi?



- Hamma ishning ham o'z maromi bo'lar ekan, buvi, tovuq olgani borganda cho'ntagimga bir shishaga suv solib olaman. Keyin qo'ndoqning tagiga borib, og'zimni suvga to'ldirib tovuqlarga purkayman. Tovuqday ahmoq jonivor olamda yo'q. Yomg'ir yog'yapti, shekilli, deb o'ylab, boshini ichiga tiqib, hap yotaveradi, keyin bitta-bitta hiqildog'idan tutib xaltaga solaman.



- Shunaqa degin, voy tavba-ey. Hamma hunarning ham o'zining murt gardoni[7] bo'lar ekan-da.



- Shunday qilib desangiz, buvijon, sirimning xashagi ochilishiga oz qoldi. Yo'q, ellikboshimiz Rahmonxo'jaga xo'rozni olib borib bergan edim, ishni bosdi-bosdi qilib yubordi. Rahmonxo'ja men bilan tuzuk, yaxshi odam. Bultur uni-buni sotib, sakson uch so'm pul jamg'arib: «Topganimiz shu, ellikboshi ota», deb pora bergan edim, rabochiyga ketishdan olib qoldi.



- Ha, ishqilib, bola-chaqasining egiligini[8] ko'rsin. Endi buyoqqa qara, o'g'ri bolam, hademay tong ham yorishib qolar. Ana, yorug' yulduz ham tikkaga kelib qoldi. Oshxonaning yonidagi tutdan sirg'alib pastga tush, o'tinimiz yo'q. Oshxonada bir zamonlar bog'dan kelgan bir-ikkita yong'oq to'nka bor, boltani olib, shuning bir chekkasidan ozgina uchirib ber, qumg'on qo'yaman. Kecha tog'ang berib ketgan zog'oradan ikkitasini olib qo'yganman, birgalashib choy ichamiz.



- Yo'g'-e, buvi, - dedi o'g'ri, - to'nka yorib-ku berarman, ammo choy icholmayman, chunki kun yorishib qolsa, meni tanib qolasiz. Juda ham yuzimni sidirib tashlaganim yo'q, andisham bor, uyalaman.



- Voy o'lay, qutlug' uydan quruq ketasanmi, bolam? Bir nima olib ket. To'xta, nima olib ketsang ekan, ha, darvoqe, oshxonada bitta yarim pudlik qozon bor. Allazamonlar uyimizda odamlar ko'p edi, katta qozonda osh ichardik. Xudoning g'ashiga tegdik shekilli, shundoq katta, gurkiragan xonadondan mana shu to'rttagina yetim qolib turibdi. Eh-ha, bular qachon katta qozonni qaynatar edi-yu... Shuni olib keta qol. Sotib bir kuningga yaratarsan, o'g'rigina bolam.



- Yo'q, yo'g'-e, buvi, yomon niyat qilmang. Ha-huv deguncha bu kunlar ham unut bo'lib ketadi. Yana katta oilalar jam bo'ladi. Hatto bu qozon ham kichiklik qilib qoladi. O'sha yetimlarning o'ziga buyursin. To'ylarida o'ynab-kulib xizmat qilaylik. Xayr endi, buvi, men ketaman, tog' tomon ham yorishib qoldi.



- Xayr, o'g'rigina bolam, kelib tur.



- Xo'p, ona, xo'p...



Men o'sha o'g'ri kishini tanir edim. Haligacha hech kimga kimligini aytgan emasman.





[1] Uvunto'da - eski, titilib ketgan.

[2] Turmuchlab - buklab.

[3] Lut-loyamut - yetarli ovqat.

[4] Chavati non - oshirilmagan xamirdan qilinadigan yupqa non.

[5] Kerinska poshsho - Rossiyada 1917-yilning fevralidan oktabr oyiga qadar hukm surgan muvaqqat (vaqtinchalik) hukumat boshlig'i.

[6] G'ulomgardish - hovli darvozasi yonida qullar yashaydigan kulba; bu yerda «yo'lak» ma'nosida ishlatilgan.

[7] Murt gardoni - hisob-kitobi, javobi.

[8] Egiligini - «rohatini», «orzu-havasini» ma'nosida.



































6

Oybek – Fanorchi Ota

Tor, qiyshiq ko’chaning o’ksik oqshomini Tursunqul akaning churuk daivozasi tepasiga o’tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi. Uni har kun kechqurun past bo’yli, burushiq yuzli bir chol kelib, yoqib ketar edi. Biz uni «Fanorchi ota», der edik. U juda yuvvosh, indamas kishiydi, kichkina narvonchasini chaqqon qo’yib, allaqanday ustalik bilan chiqar, qo’ltig’idan kir ro’molchasini olib, avaylab fanor oynalarini artardi. Fanorni yoqqach, yerga tushib, obkashdek bukilgan yelkasiga narvonchasini qo’yib birpasda ko’zdan yo’qolar edi.

Fanor qurilgan vaqtlarda butun mahalla quvonib, unga allaqanday mehr ila qaragan bo’lsalar-da, vaqat bu mehr uzoqqa cho’zilmagandi. Keyincha har kim unga parvosiz bo’la boshladi.

Ayniqsa, mahalla bolalari ila fanor orasida anglashilmas dushmanlik uyg’ondi. To’planishib, avvalo bir-birimizning do’ppimizni otishar, fanorga do’ppi kiygizgan o’rtoq merganligi ila kerilar edi. Keyincha bu ham bizni zeriktira boshladi. chunki piston qadalgan yoki har turli ipaklar bilan bezalgan do’ppini kiyib olib, fanor chiroyli bir tus olar, bizni xafa qilgandek bo’lar edi. Shuning uchun qo’limizga tosh, kesak olib, fanorga hujum qilishni o’rgandik. Bunda u juda kuchsiz edi: kichkina bir kesak yoki tosh parchasi bechora fanorning oyna ko’zlarini o’pirib tushirardi. Keyin-keyin Fanorchi ota haftada uch-to’rt marta unga «yangi ko’zoynak» taqib ketishga majbur bo’lardi. U ketdi, darrov biz yangi «ko’z»ini o’yib olardik. Shunday bo’lsa-da, Fanorchi ota «Lom» deb og’iz ochmasdi. Uning bu qilig’i bizga sira yoqmas, tutib olish uchun poylasa, hatto birontamizni tutib ursa ekan, der edik. Ammo shu tilaklardan bittasi ham yuzaga chiqmasdi.

Bir kun, namozshom vaqti, ko’chada bolalar ko’p edi. Ichimizda eng ko’p qo’rqmaydigan, eng battol Qosim cho’loq:

«Bolalar!» — dedi. Changga botgan yuzlarimiz yangi bir narsa kutib, uning ko’zlariga tikildik.

— Fanorchi ota keladigan vaqt yaqin. Sindiramiz. Nima qilar ekan? — dedi-da, qo’lga ilinadigan bir narsa qidira bosh ladi.

Qo’llarimizdan g’izillab uchgan tosh-kesaklar fanorning hamma ko’zlarini teshib o’tgan edi. Uzoqdan Fanorchi otaning bukilgan kichkina qomati yaqinlasha boshladi. Narvoncha yelkadan tushib, ta'zim ila devorga suyandi. Fanorchi ota uning ustiga chiqdi-da, «chirt» etib, gugurtni yoqdi: fanor to’rt tarafdan qulagan uy kabi ajava tusda, yana bir tomonga qiyshayib turar edi. Biz hammamiz kerilib turar edik. Ba'zilar «piq-piq» kulishdi. Chol kasal odamga o’xshab, sekin-sekin pastga tushdi. o’siq qoshlari tagida qisilib yotgan ko’zlari ila hammamizga yalingansimon qaradi-da, mayin bir tovush bilan:

— Tentak bolalarim, bu qanday gap? Fanorga tegmasanglar, bir narsa bo’ladimi? U yuqorida, sizlar pastda

o’ynay beringlar-da.

Bolalar jim bo’lgan edi.

— Sizlar hali yosh, ko’zlaringiz o’tkir. Qorong’i ham, yorug’ ham baravar. Xufton bo’lmasdan onalaringizning

quchog’ida pish-pish uxlab qolasiz hammangiz. Bizga o’xshash qari-qartanglar uchun chirog’ judayam kerak, — dedi.

Bolalarning ko’zi cholda edi.

— Tunov kuni kechasi qattiq yomg’ir yog’ib turgan edi. Bu yoqqa kelsam, ko’cha qop-qorong’u. Fanorning teshik oynasi dan shamol kirib o’chirib qo’ygan. Ana u ariqning bo’yiga bor ganimda bir nima suvni shapillatardi. Yopiray, nima ekan, deb fanorchamni ariqqa tutsam, mendan ham qari bir kishi ariq dan chiqolmay yotgan ekan. Darrov qo’lidan tortdim, bir amallab chetga chiqardim, hamma yog’i loy, jiq-jiq suv.

Bolalardan biri:

— Voy, boyaqish, soqoliyam, yuziyam loymi?

— Hamma yog’i loy bo’lgan... Keyin yetaklab uyiga eltib qo’ydim, — dedi chol.

Mening ko’zimga Fanorchi otaning degani shunday ko’rinib kelgandi, Qosim cho’loq:

— Yolg’on-yolg’on! — deb baqirdi. Bolalar birdan:

— Rost! — deb javob qaytarishdi.

— Kim endi sindirsa, shuni tutib beramiz otamga, — dedi Ahmad.

Fanorchi ota:

— Ha, barakalla, endi sindirmaysizlarmi? — dedi.

— Yo’q-yo’q, — javob berdik biz shu zamon. Kichkina narvonini yana yelkasiga ilib, chol qorong’ilikka

kirib yo’qoldi.

Shundan beri, haqiqatan, fanorga hech shikast tegmadi. Hozir shu fanorning o’rnida sim to’r bilan o’ralgan tuxumdan kattaroq elektr lampochkasi yonib turadi. Uning uchun na yoquvchi, na gugurt, na moy kerak. Hech bir bola tegajaklik qilib tosh ham otmaydi. Uning yorug’ida yurganda yoshligimning bir parchasini va Fanorchi otanigina xotirlayman.











































7

Abdulla Qahhor - Ming Bir Jon

Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanida, bahor kelganidan bexabar hanuz g‘aflatda yotgan o‘t-o‘lanni, qurt-qumursqani uyg‘otgan, avvalgidan ham yorug‘roq, avvalgidan ham issiqroq shu’la sochayotganday tuyuladi.

Kasalxonaga yaqinda tushgan Mirrahimov, jikkakkina kishi, o‘ziga juda ham katta ko‘k xalatga burkanib, yengchadan boshini chiqarib turgan sichqondek derazadan ko‘chaga qarab o‘tirgan edi, birdan tutaqib ketdi: shunday havo bo‘lsa-yu, oyoq-qo‘li butun odam ko‘chaga chiqolmay, derazadan mo‘ralab o‘tirsa!..

Mirrahimov jussasi kichkina bo‘lgani bilan tovushi juda yo‘g‘on va buning ustiga sekin gapirolmas edi. Hamshira yugurib kirdi, Mirrahimovning sog‘lig‘ini, kayfiyatini so‘radi, keyin dardni bardosh yengadi, bu xususda Mastura Alievadan ibrat olish kerak, degan mazmunda shama qildi.

Mastura Alieva sakkiz oydan beri palatasidan chiqmay yotgan og‘ir xasta, uni kasalxonada hamma bilar, ko‘p kishi kirib ko‘rgan ekan. Mirrahimovning odamgarchiligi tutib ketdi:

— Shu sho‘rlik ayolni bir kirib ko‘raylik! Uch kunligi bormi, yo‘qmi... Sob bo‘lgan deyishadi...

— Ha, ancha og‘ir,— dedi hamshira xo‘rsinib,— o‘n yil dard tortish osonmi!

Poygaxdagi karavotda kitob o‘qib yotgan Hoji aka degan xasta yo‘g‘on gavdasiga nomunosib chaqqonlik bilan boshini ko‘tarib, ko‘zidan oynagini oldi.

— O’n yil? O’n yildan beri kasal ekanmi?

— Ha, o‘n yil bo‘libdi. Bechora turmush qilganiga bir yil bo‘lar-bo‘lmas shu dardga yo‘liqqan ekan. Tomog‘idan hech narsa o‘tmaydi. Ovqatni qorniga quyishadi... Teshib qo‘yilgan... Ba’zan o‘zi quyadi, ba’zan eri.

Hoji akaning ko‘zlari o‘ynab ketdi.

— Eri? Eri bormi?

— Bor. Shu yerda. Besh oydan beri birga!

Hoji aka uzoq angrayib qolganidan keyin:

— O’n yil kasal boqib, yana kasalxonada ham birgami? — dedi.

— Shuni ayting,— dedi hamshira.— Doktorlarga yalinib-yolvorib palataga karavot qo‘ydirib oldi.

Hoji aka dardga bu qadar bardoshli ayoldan ham ko‘ra bunchalik vafodor erni ko‘rishga ishtiyoqmand bo‘lib qoldi-yu, xalatining belbog‘ini mahkam bog‘lab, shippagini kiydi.

— Qani, yuringlar, tabarruk odamlar ekan, bir ko‘rib chiqaylik.

Hamshira Mastura bilan uning eriga xabar bergani ketdi.

Xayal o‘tmay, qorni chiqqan Hoji aka oldinda, uzun koridordan o‘ninchi palataga tomon yo‘l oldik. Palata eshigi oldida bizni hindiga o‘xshagan qop-qora, katta-katta ko‘zlari yonib turgan bir yigit, aftidan, Masturaning eri kamoli ehtirom bilan kutib oldi va har qaysimizga ayrim minnatdorchilik bildirib, ichkariga yo‘lladi. Palataga kirdik. Shu payt oftob yana bulut ostiga kirdi-yu, palatani shom qorong‘iligi bosdi. Kattakon derazaning chap tomonidagi karavotdan zaif, yo‘q, zaif emas, mayin tovush eshitildi:

— Kelinglar... Rahmat! Odamga odam quvvat bo‘ladi, ming rahmat! Akramjon, kursi qo‘yib bering...

Oftob yana yorishdi. Masturani baralla ko‘rdik... Ko‘z o‘ngimizda xasta emas, o‘lik, haqiqiy o‘lik, sap-sariq teriyu suyakdan iborat bo‘lgan murda ichiga botib ketgan ko‘zlarini katta ochib yotar edi... Tobutda yotgan o‘likning qo‘limi, oyog‘imi biron sabab orqasida bexosdan qimirlab ketsa kishi qay ahvolga tushadi? Uning o‘lim pardasi qoplagan yuzida chaqnab turgan ko‘zlarini ko‘rgan kishi xuddi shu ahvolga tushar edi.

Boya bizni kutib olgan yigit — Akramjon kursi qo‘yib berdi. Mirrahimov ikkovimiz o‘tirdik. Hoji aka yo‘g‘on gavdasi bilan Masturani to‘sib tikka turib qoldi. Yonimdagi kursini surib Hojining etagidan tortay desam, qorni silkinyapti... Ajabo, bu odam nega kulayotibdi, deb aftiga qarasam... rangi bo‘z bo‘lib ketibdi! Uning qo‘rqqanini payqab, hamshira darrov yo‘l qildi:

— Ie, Hoji aka, sizga dori berish esimdan chiqibdi-ku, yuring! - dedi va Hojini yetaklab chiqib ketdi. Hoji koridorga chiqib yiqilarmikan, deb o‘ylagan edim, yo‘q, xayriyat, gumburlagan tovush eshitilmadi...

Hamshira yo‘l qilib Hojini olib chiqishga chiqdi-yu, lekin baribir, Mastura payqadi. Juda-juda xunuk ish bo‘ldi. Mirrahimov ikkovimiz nima deyishimizni, nima qilishimizni bilmay qoldik. Bu hol kasalga qanday ta’sir qildi ekan, deb sekin qaradim. Mastura qonsiz labida tabassum bilan eriga yuzlandi:

— Akramjon, daftaringizga yozib qo‘ying: uch mardi maydon meni ko‘rgani kirgan edi, bittasi arang qochdiyu, ikkitasi qochgani ham bo‘lmay, o‘tirib qoldi.

Mastura piqirlab kulib yubordi; yana kuldi, yosh boladay o‘zini tutolmay qiqirlar edi. Bu hazil va ayniqsa kulgi avval xunuk, odamning etini jimirlatadigan darajada xunuk eshitildi, keyin nuchuqdir, Masturaning yuzidan o‘lim pardasi ko‘tarilganday, hayot to‘la ko‘zlari o‘lik yuziga jon kirgizganday bo‘ldi. Mirrahimov Hoji akaning qilmishi to‘g‘risida uzr tariqasida bir nima demoqchi bo‘lib gap boshlagan edi, Mastura so‘zini og‘zidan oldi:

— Bunaqa narsa menga ta’sir qilmaydi,— dedi,— Akramjon, bularga tobut voqeasini aytib bering... yo‘q, yo‘q, o‘zim aytib beraman! Bunga besh yildan oshdi. Ko‘z oldimdan ketmaydi... Qalin qor yoqqan kun edi. Men derazaning ro‘parasida mana shu xilda yotibman, Akramjon paypog‘ini yamayotgan edi shekilli. Birdan ko‘cha eshigimiz ochildi-yu, qizil bir narsa kirdi, nima ekan deb qarasam - tobut! Akramjonning ikki o‘rtog‘i hovlimizga tobut ko‘tarib kirdi! Yuragim jig‘ etib ketdi... Voy sho‘rim, nahot o‘lgan bo‘lsam... To es-hushimni o‘nglab, Akramjonga bir nima degunimcha, boyagi ikkovi tobutni devorga suyab qo‘yib, uyga kirib keldi; uyga kirdi-yu, meni ko‘rib ikkovi ham boyagi Hoji akangizday shaytonlab qolayozdi. Akramjon hayron... Men ana ketdi, mana ketdi bo‘lib yotgan edim-da, o‘sha kuni ertalab birov avtobusda yig‘lab ketayotgan bir bolani ko‘rib, mening ukamga o‘xshatibdi-yu, shundan haligiday gap tarqalibdi... Tobutni buzib pechkaga qalashdi. Menga shu ham ta’sir qilgani yo‘q. Bunaqa narsalar o‘lim kutib yotgan kasalga yomon ta’sir qilishi mumkin, men hech qachon o‘lim kutgan emasman, kutmayman ham! U yog‘ini surishtirsangiz, men odam bolasining o‘lim kutishiga, ya’ni dunyodan umid uzishiga ishonmayman. Hatto tildan qolgan kasalning rozilik tilashib qaragani ham dunyodan umid uzgani emas, balki «rozilik tilashgani hali erta» dermikin degan umid bilan, dunyoda tengi yo‘q, timsoli yo‘q zo‘r umid bilan qaragani deb bilaman.

Akramjon Masturaning biz bilan yozilib o‘tirganiga qanchalik xursand bo‘lsa, toliqib qolishidan shunchalik xavotirda ekani ko‘rinib turar edi; shuning uchun Masturaga tez-tez dam berishni ko‘zlab, ko‘proq bizni gapirtirishga, o‘zi gapirishga harakat qilardi.

— Sizning nima dardingiz bor?- dedi Mirrahimovga yuzlanib.

Mirrahimov birdaniga uchta dardning nomini aytdi.

— Voy sho‘rim!..— dedi Mastura, — jindakkina joningizga-ya! Shu jussangizga uchta dard sig‘dimi?

Bo‘ldi kulgi! Ayniqsa, Mirrahimov zavq qilib kuldi. Kasallik, o‘lim to‘g‘risidagi gap tugab, xushchaqchaq suhbat boshlanishiga ilhaq bo‘lib turgan Akramjon Mastura boshlagan askiyani ilib ketdi; askiyaga juda usta ekan, olamda dard nima, o‘lim nima ekanini butkul unutib, rosa kulishdik. Afsuski, Mirrahimovning yo‘g‘on tovushi suhbatimizning buzilishiga sabab bo‘ldi: vrach koridordan o‘tib borayotib, uning beso‘naqay kulgisini eshitgan bo‘lsa kerak, eshikni ochib qaradi va Masturaga zehn solib, uning yuzida horg‘inlik ko‘rdi shekilli, bizni chiqarib yubordi. Akramjon ketimizdan chikdi, bizning bu iltifotimiz Masturaga qancha kuch-quvvat berishini aytib, ko‘nglida mavj urib, yosh pardasi bosgan ko‘zlarida ko‘rinib turgan cheksiz min-natdorchilik tuyg‘usini aytib bitirolmas, aftidan, Masturaning bir minutlik oromi uchun o‘ng ko‘zini o‘yib berishga ham tayyor edi.

Palatamizga qaytdik. Hoji aka karavotida yonboshlab, qand choy ichib, o‘zini yelpib yotar edi. Bo‘lib o‘tgan xijolatli ish to‘g‘risida u ham indamadi, biz ham indamadik. Hoji akaga bir nima deyish u yoqtsa tursin, Mirrahimov ikkovimiz ham kechgacha bir-birimizga so‘z qotmadik; aftidan, borlig‘imiz Mastura bilan band, quyunday charx urayotgan taassurotlar, fikrlar, tuyg‘ularni ifoda qilgani so‘z topolmas edik.

Kech kirdi. Hoji aka o‘rtacharoq xurrak tortib uyquga ketdi. Mirrahimov dam-badam u yoqdan-bu yoqqa ag‘darilar edi, nihoyat, mening uyg‘oq ekanligimni payqab, boshini ko‘tardi.

— Bu xotinning joni bitta emas, ming bitta! — dedi, — hozir tugab qolgan shamday lipillab yonayotgan joni basharti so‘ngan taqdirda ham, qolgan mingtasini yoqib keyin so‘nadi. Mana shu ishonch Masturaga o‘limni yo‘latmaydi.

Mirrahimov uzoqjim qolganidan keyin yana birdan:

— Eri-chi, eri? — dedi, — bu yigitning ham raftoridan, yigitlik umri ming bittayu, shundan bittaginasini Masturaga qurbon qilyapti.

Ertasiga Mastura haqida yana bir ko‘ngilsiz gap eshitdik: bechoraning tomog‘idan hech narsa o‘tmasligi ustiga qorniga tez-tez suv to‘planar ekan...

Kunlar o‘tib hammamiz tarqaldik. Mirrahimov o‘zining MTSiga, Hoji aka kurortga ketdi.

Oradan bir qancha vaqt o‘tgandan keyin shu tomonga yo‘lim tushdiyu, kasalxonani bosib o‘tolmadim; kirib tanish hamshiradan so‘rasam, Mastura bir soatdan keyin operatsiyaga yotar ekan. Doktorlar operatsiya stolidan turolmaydi, deb besh oydan beri uning ra’yini qaytarib kelishar ekan, oxiri bo‘lmabdi — Mastura o‘lsam tovonim yo‘q, deb tilxat beribdi.

Kirib ko‘ray desam, doktor ijozat bermadi. Mening yo‘klab kelganimni ko‘rsa, dalda bo‘ladigan biron so‘z aytsam, zoraki darmon bo‘lsa deb kutdim.

Vaqt-soati yettanda Masturani hamshira bilan Akramjon ikki tomondan suyab olib chiqishdi. Lekin eshikdan chiqishi bilanoq Mastura ikkovini ikki tomonga itarib o‘zi yurdi; bardam qadam tashlab, operatsiya zalining eshigini o‘zi ochib kirib ketdi. Akramjon, butun diqqati xotinida bo‘lgani uchun meni payqamadi. Mastura esa menga bir qaradiyu, tanimadi shekilli, indamadi.

Operatsiyaga doktorlarning ko‘ngli chopmagani, xastaning holi o‘zimga ma’lum bo‘lgani, Masturaning o‘limning yuziga bunchalik tik qaragani qorong‘ida qo‘rqqan kishi ashula aytganidek emasmikin, degan gap ko‘nglimdan o‘tgani uchun operatsiyaning natijasini kutmadim, kechqurun kasalxonaga telefon qilmoqchi bo‘lganimda, rostini aytsam, telefon trubkasini dadil ololmadim. Yo‘q, xayriyat, Mastura operatsiyadan bardam turibdi. Shunaqa deyishdi.

Shundan keyin men uzoq safarga ketdimu, Masturaning taqdiridan bexabar bo‘ldim, lekin uni tez-tez eslar edim; bu toqati toq, joni temirdan insonning tuzalib ketishini, yashashini, uzoq umr ko‘rishini uning o‘zidan ham ko‘proq tilar edim. Shuning uchun oradan uch yil o‘tgach, Akramjonni bir begona xotin bilan ko‘rganimda alamimdan dod deb yuborayozdim.

Paxta bayrami hech qaerda Mirzacho‘ldagidek qiziqo‘tma-sa kerak, chunki bu yerga resggublikaning turli oblastlaridan kelgan odamlar o‘z oblastining ashulasini, o‘yinini ham olib kelgan deyishadi.

Paxta bayramini yor-jo‘ralar bilan Guliston rayonida o‘tkazdik.

Akramjonni, boya aytganim xotin bilan shu yerda, Guliston rayoni markazining chiqaverishida ko‘rdim. O’rta bo‘yli, xushqomat, vujudidan yoshlik kuchi va g‘ayrati yog‘ilib turgan qop-qora juvon otda olma yeb, yo‘l bo‘yida turar, Akramjon o‘z otining ayilini qayta bog‘lamoqda edi. Akramjon meni ko‘rib qoldi-yu, juvonga bir nima dedi. Juvon darrov otdan tushdi. Ikkovi yugurib keldi. Ikkovi ham men bilan juda eski qadrdonday so‘rashdi. Biroq men, harchand qilsam ham, palatadan chiqib operatsiya zaliga kirib ketayotgan Mastura ko‘z o‘ngimdan ketmay, bular bilan samimiy ko‘risha olmadim: Akramjonni bir nav quchoqlagan bo‘ldim, juvonga esa qo‘limning uchini berdim.

Juvon:

— Amaki, meni tanimadingizmi?— dedi va xurjundan ikkita olma olib, birini menga berdi.

— Qaerdadir ko‘rganday bo‘laman, lekin...

Juvon qo‘lidagi olmani ustma-ust bir necha martaba tishladi va chala chaynab yutdi.

— Endi ham tanimadingizmi?— dedi.

Tanidim! Faqat ko‘zidan tanidim! Kulimsirab, olamga tabassum sochib turgan bu juvon o‘sha Mastura edi. Men nima deyishimni bilmay:

— Bu yoqda nima qilib yuribsiz? — dedim.

Mastura kuldi.

— Kuchimni, g‘ayratimni to‘la-to‘kis ishga solib yuribman, - dedi.

— Operatsiyaga kirib ketayotganingizda men yo‘lakda turgan edim, hayajonda bo‘lsangiz kerak, tanimadingiz...

— Yo‘q, amaki,— dedi Mastura bir oz xijolat bo‘lib,— kechirasiz, atayin so‘rashmagan edim... So‘rashsam, menga tasalli berar edingiz... O’sha tobda menga tasalli berib aytilgan har bir so‘z ishonchimga raxna, ko‘nglimga g‘ulg‘ula solishi mumkin edi.

Uzoq suhbatlashdik. Er-xotin otlarini yetaklab, meni talay yergacha kuzatib qo‘yishdi: so‘ng xayrlashib so‘l tomonga ot qo‘yib ketishdi.

Men sahroda lochinday uchib ketayotgan Mastura bilan Akramjonga uzoq qarab qoldim.

Ikkovi ufqqa yetganda, biri orqaga qaytdi, xayal o‘tmay yetib keldi.

Bu Mastura ekan, yo‘ldan bir necha qadam narida turib:

— Amaki, Hoji akamga salom ayting, — dedi va ufqda kutib turgan Akramjonga tomon ot qo‘yib ketdi.

Shaharga qaytganimizdan keyin Masturaning omonatini topshirish uchun Hoji akani topdim, lekin salomini topshirolmadim: Hoji aka bechora qazo qilgan ekan.



1956





8

Abdulla Qahhor - To'yda Aza

Zo‘ri behuda miyon meshikanad

Dotsent Muxtorxon Mansurov nihoyatda istarasi issiq, nihoyatda dilkash chol, shu qadar dilkashki, uni ko‘rgan kishi har faslning o‘z husn-latofati bor degan gapni yil fasllari to‘g‘risidagina emas, umr fasllari to‘g‘risida ham aytsa bo‘lar ekan, deb qolardi. Uning bitta-ikkita qora tuk chap berib qolgan oppoq cho‘qqi soqoli... Yopirimay, soqol ham odamga shuncha yarashadimi-ya!..

Cholni bunchalik istarasi issiq, dilkash qilgan, soqolidan tortib yurishigacha hamma narsasini, har bir harakatini chiroyli, yoqimli qilib ko‘rsatgan, ehtimol, uning odamoxunligi ham bo‘lsa. O’zi shunaqa bo‘ladi-ku: yaxshining yuzida zuluk ham xol bo‘lib ko‘rinadi.

Ammo, lekin Muxtorxon domla nafsambiriga odamning joni edi. Uning xushfe’lligi, to‘poriligi... mahallada katta-kichik hamma bilan salomlashar, yosh bilan yosh, qari bilan qari bo‘lib gaplashar, xursand kishi bilan chaqchaqlashib, xafa bilan dardlashar edi. Bu odam mahalla hayotiga, har bir kishining diliga kirib, shu qadar singib ketgan ediki, otpuskaga yo komandirovkaga ketsa butun mahalla huvillab qolganday bo‘lar edi.

Kunlardan bir kuni mahallada duv-duv gap bo‘lib qoldi: «Muxtorxon domla uylanarmishlar!..»

Domla bundan uch yil burun beva qolib, unga goh singlisi, goh uzatgan qizi qarab yurar edi. Uning niyatini eshitib mahallada xursand bo‘lmagan odam qolmadi.

Hech kim qarigan chog‘ida juftidan qolmasin. Osonmi, kishi nima bo‘lishini bilmaydi, bosh yostiqqa tegishi bor... Qari odamga mahram kerak...

Hali hech kim ko‘rmagan bo‘lsa ham, Muxtorxon domla yoqtirgani uchun juda aqlli, tamizli ayol chiqishi muqarrar bo‘lgan kelinni hamma g‘oyibona yaxshi ko‘rib qoldi.

— Mahallamizning tolei bor ekan, — deyishar edi. — Domla otaxonimiz edilar, kelinimiz bizga onaxon bo‘ladilar...

Mish-mish rost bo‘lib chiqdi: domla bozor qilishni, magazinga kirishni jinidan battar yomon ko‘rar edi, kimdir uni univermagda ochered turganini ko‘ribdi; ertasiga choyxona oldidan chamandagul to‘ppi kiyib o‘tdi.

Mahalla aktivlari kengashib, mahalla nomidan yaxshiroq bir to‘yona qiladigan bo‘lishdi. Ularning fikricha, bu narsa kuyovga ham, kelinga ham butun aholining hurmat va muhabbatini izhor qilishi kerak edi.

Shu orada domla qayoqqadir ketib bir haftadan keyin paydo bo‘ldi. Uning avtobusdan tushib kelayotganini ko‘rgan choyxonadagi odamlar hang-mang bo‘lib qolishdi; chol o‘lgur soqolini, shunday chiroyli soqolini, tag-tugi bilan qirdirib tashlabdi! Achinmagan, xafa bo‘lmagan odam qolmadi.

U biron yoqqa borib qaytganida choyxonaga kirmasdan, katta-kichik bilan ko‘rishib hol-ahvol so‘ramasdan o‘tmas edi, hozir choyxonaga yaqinlashganida ko‘chaning narigi yuziga o‘tib oldi-yu, yerga qarab, jadallaganicha o‘tdi-ketdi. Uning o‘zigagina emas, butun mahallaga fayz kirgizib turgan soqolini oldirgani, buning ustiga yana choyxonani chetlab o‘tgani ba’zilarni tashvishga solib qo‘ydi:

— Domlamizga nima bo‘ldi ekan? Domlamiz nega bunaqa bo‘lib qoldi ekan?..

Domlaga hech bir g‘ubor qo‘nishini istamagan boshqalar bu ikki gunohni bir-biriga yegizib, uni oqlashga tirishdi:

— Domlamiz biron xayolga borib soqolini qirdirganu hozir pushaymon, uyalganidan bizga ro‘para bo‘lmadi...

Oradan ko‘p o‘tmay choyxo‘rlardan biri qiziq bir gap topib keldi. Bu yigit domlani shaharning narigi chekkasidagi parkda ko‘ribdi. Domla, boshida chamandagul to‘ppi, egnida kalta va tor shim, katak ko‘ylak, yengini baland shimargan, bilagida kattakon tilla soat, o‘zi yakka pivo ichib o‘tirgan emish! Uning bunday odati yo‘q edi, shuning uchun yigit hayron bo‘lib bir oz qarab turibdi. Domla ikki shisha pivoning ustidan yuz gramm aroqni bitta otib o‘rnidan turibdiyu, gulchidan kattakon guldasta sotib olib, parkning orqasidagi jinko‘chaga kirib ketibdi. Bu gapni eshitib odamlarning dami ichiga tushib ketdi. Ba’zi birovlarning ko‘ngliga allaqanday jirkanch, domlaning sha’niga hech to‘g‘ri kelmaydigan gaplar keldi... Shunda mahallaning qariyalaridan Karim ota hozir ba’zi birovlarning ko‘ngliga kelgan gapdan ham xunukroq bir taxminni aytib qoldi:

— Xayr, ishqilib oxiri baxayr bo‘lsin, — dedi, — kelinimiz yoshga o‘xshaydi... Kiz bo‘lmasa deb qo‘rqaman!

Karim otaning bu taxmini, domlaning keyingi vaqtlardagi raftoriga qaraganda ehtimoldan uzoq bo‘lmasa ham, odamlarga qattiq malol keldi. Bir-ikki kishi Karim otaning dilini og‘ritdi.

Biroq, oradan ko‘p o‘tmay, Karim otaning taxmini to‘g‘ri chiqib qoldi: «Domla o‘zining studentkasi — yigirma yashar bir juvonga uylanayotgan emish» degan gap tarqaldi.

To‘yga yaqin qolganda kelin ko‘chaning boshidagi atelega ko‘ylak buyurgani kelgan ekan, nima bo‘lib bundan habar topgan ayollar ko‘rgani borishdi. Kelin, darhaqiqat, yosh, lekin xuddi qiziqchilikka semirganday yum-yumaloq; egnida yengsiz qizil ko‘ylak, boshida popushakning tojiga o‘xshagan, lekin qizil shlyapa; qo‘lidagi sumkasi, oyog‘idagi poshnasi bir qarich tuflisi ham qizil. Uni adovat va nafrat bilan boshdan-oyoq kuzatgan ayollardan biri, burilib ateledan chiqib ketar ekan:

— Xo‘rozqandga o‘xshamay o‘l! — dedi.

— Karigan chog‘ida xo‘rozqand yalamay domla ham o‘lsin! — dedi yana biri.

Bu laqab darrov tarqalib ketdi. Domlaga qo‘l urish bilan mahallaning fayzini o‘g‘irlagan, odamlarning dilini hamisha yoritib turadigan chiroqni so‘ndirgan bu ayolni ko‘rgan ham, ko‘rmagan ham toshni teshadigan bir g‘azab bilan yomon ko‘rar edi. Bu g‘azab odamlarning ko‘nglidagi domlaga bo‘lgan hurmat va muhabbat tuyg‘usini chirita boshladi. Bora-bora domla deganda odamlarning ko‘ngliga g‘ashlik tushadigan bo‘lib qoldi. Domla, shuni o‘zi sezsa kerak, mumkin qadar odamlarning ko‘ziga ko‘rinmaslikka tirishadigan bo‘ldi.

To‘y kelinnikida bo‘lib o‘tdi. Buni mahallada Karim otadan boshqa hech kim bilmay qoldi. Karim ota ham to‘yga emas, kabob pishirib bergani chaqirilgan ekan. Bundan xabardor bo‘lgan mahalla yoshlari uni hol-joniga qo‘ymay, choyxonaga olib chiqishdi va to‘y qanday o‘tganini gapirib berishga majbur qilishdi. Karim ota «birovning sirini aytmayman» deb avval tarxashlik qildiyu, bir-ikki savolga javob berganidan keyin qulfi-dili ochilib ketdi: ikki gapning birida peshonasiga urib, goh bo‘g‘ilib va goh qotib-qotib kulib, odamlarni kuldirib hikoya qildi.

To‘yga kelin tomondan ellikka yaqin, kuyov tomondan sakkiz kishi aytilgan ekan, ikkala tomondan hammasi bo‘lib o‘n bir kishi kelibdi. Bir dutorchi, ikki ashulachi va Karim ota ham shu hisobga kirar ekan. Soat oltiga belgilangan to‘y soat o‘ndan oshganda boshlanibdi. Kelin birpas boshiga oq ro‘mol yopinib o‘tiribdiyu, bir-ikki ryumka ichgandan keyin, alamiga chidolmay o‘yinga tushibdi. Domla chapak chalibdi, ashulaga qo‘shilibdi...

— Ha, aytganday, — dedi Karim ota piqirlab kulib, — domla sochlarini bo‘yatibdilar!.. Azbaroyi xudo, kuya tushgan po‘stakka o‘xshaydi!.. Mayli, bo‘yoq topilgan bo‘lsa bo‘yasin, lekin shu bo‘yoq bilan qilig‘ini ham bo‘yashga, sochiga mos qiliqlar qilishga urinsa uncha yaxshi chiqmas ekan.

Darhaqiqat, domlaning fikr-yodi o‘zini iloji boricha yosh ko‘rsatishda bo‘lib qoldi. U nima qilsa, nima desa shuni esdan chiqarmas, yosh ekanini ko‘rsatish uchun qulay kelgan hech bir imkoniyatni qo‘ldan bermas, «hali yoshsiz» degan kishiga jonini, jahonini berishga tayyor edi.

To‘ydan keyin oradan bir oy o‘tar-o‘tmas kelin g‘alati bir dardga yo‘liqdi: ba’zan kechalari hadeb chuchkiradigan bo‘lib qoldi; doktorga ko‘ringan ekan, doktor «bu dardning davosi — dengiz havosi» debdi. Domla ertasiga ertalabdan idorama-idora yugurdi, soat to‘rtga qolmasdan putyovka bilan poezd biletini keltirib kelinga topshirdi.

Kechqurun eshik oldiga ko‘kish taksi ko‘ndalang bo‘ldi. Domla, kuni bo‘yi yelib-yugurib holdan toyganiga qaramay, ikkita og‘ir chamadonni mashinaga o‘zi olib chiqdi va bagajnikka o‘z qo‘li bilan joyladi; o‘sha yengsiz qizil ko‘ylagini, qizil shlyapasini kiyib hovlidan yana xo‘rozqand bo‘lib chiqqan kelinga mashinaning eshigini ochib berdi, keyin chiqib yoniga o‘tirdi. Mashina jo‘nadi, jo‘nadiyu, tezlab do‘ngroq ko‘prikdan o‘tishda nima bo‘lib bagajnikning qopqog‘i bir ko‘tarildi-da, boyagi ikkala chamadon otilib chiqdi. Ikkala chamadon, xuddi bir-biri bilan chopishganday, irg‘ishlab-irg‘ishlab talay yergacha bordiyu, biri yo‘lning o‘rtasida, ikkinchisi tro-uarga chiqib to‘xtadi. Shofyor bundan kechroq xabardor bo‘ldi shekilli, mashina qirq-ellik qadam narida to‘xtadi. Mashina to‘xtashi bilan domla eshikdan otilib chiqdi, chamadonlarga qarab yugurdi va ketidan chopgan shofyor, choyxonadan yugurib tushgan uch-to‘rt kishining ko‘magini rad qilib, har birini bir odam zo‘rg‘a ko‘taradigan ikki chamadonni o‘zi yakka ko‘tardi va mashinaga tomon yurdi. U yarim yo‘lgacha chamadonlarni azod ko‘tarib, bardam qadam tashlab bordi-yu, undan nari rangi oqarib, tizzalari qaltirab tentiray boshladi; shundoq bo‘lsa ham, nomus kuchli, bir iloj qilib mashinaga yetib bordi; chamadonlarni qo‘ydiyu, birdan ko‘zlarini ishqab, mashinaga kirib ketdi. Shofyor chamadonlarni yaxshilab joyladi.

Mashina qo‘zg‘aldi, qo‘zg‘aldiyu, o‘n-o‘n besh qadam yurmasdan, birdan eshigi ochildi, xo‘rozqand dodlaganicha o‘zini yerga otib, ikki-uch yumalab ketdi. Odam yig‘ildi. Xo‘rozqandni ko‘tarib olishdi. Xo‘rozqand gapirolmas, dir-dir titrab, kishnaganday bir tovush chiqarar va qo‘li bilan mashinani ko‘rsatar edi.

Bir necha kishi mashinaga tomon yugurdi. Shofyor qo‘rqib, nima bo‘lganiga tushunolmay, bir chekkada turar edi. Odamlar mashinani ochib qarashsa, domla... o‘lib qolipti!

Ertasiga domlani ko‘mish marosimi bo‘ldi. Marosimga mahalladan odam ko‘p qatnashmadi, aftidan, domla ko‘p odamning qalbida bundan bir oy burun o‘lgan, ko‘plar o‘sha to‘yni domlaning janozasi hisoblashgan edi...

1956



































9

Abdulla Qahhor - O’g’ri

Otning o‘limi itning bayrami.

Maqol



Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish—uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi.

Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi. Qobil bobo yalang bosh, yalang oyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi; ko‘zlari javdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi. Xotinlar o‘g‘rini qarg‘aydi, it huradi, tovuqlar qaqag‘laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi.

Qobil boboning qo‘shnisi - burunsiz ellikboshi kirdi. U og‘ilga kirib teshikni, ho‘kiz bog‘langan ustunni diqqat bilan ko‘zdan kechirdi; negadir ustunni qimirlatib ham ko‘rdi, so‘ngra Qobil boboni chaqirdi va past tovush bilan dedi:

– Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi!

Uning og‘ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bag‘ishlagan edi, bu so‘zi haddan ziyod sevintirdi. Chol yig‘lab yubordi.

– Xudo xayr bersin... Ola ho‘kiz edi...

Odamlar, o‘g‘ri devorni qachon va qanday asbob bilan teshgani, ho‘kizni qaysi tomonga olib ketgani, uni qaysi bozorda sotishi mumkin ekanligi to‘g‘risida bahslasha-bahslasha tarqaldi. G’ovur bosildi. Qobil boboning kampiri yig‘idan to‘xtab, ellikboshini duo qila ketdi.

Ellikboshi o‘g‘ri teshgan yerni yana bir ko‘rdi. Qobil bobo qo‘l qovushtirib uning ketidan yurar va yig‘lar edi.

— Yig‘lama, yig‘lama deyman! Ho‘kizing oq poshsho qo‘l ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa, topiladi.

Ellikboshi ho‘kizni juda naqd qilib qo‘ydi – go‘yo u ko‘chaga chiqsa bas – ho‘kiz topiladi. Bu "xudo yallaqagur" shunchalik qilgandan keyin bir nima berish lozim-da. Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi. Bu odam ellikboshi bo‘lish uchun ozmuncha pul sochganmi? Mingboshining bir o‘ziga yetti yuz bog‘ beda, bir toy bergani ma’lum. Poshsholikdan oylik yemasa! Qobil bobo hamyonini qoqishtirib, borini ellikboshiga berdi, yana qancha duo qiddi. Ellikboshi beto‘xtov aminga xabar qil-moqchi bo‘lib chiqib ketdi.

Kechqurun Qobil bobo aminning oldiga boradigan bo‘ldi. Quruq qoshiq og‘iz yirtadi, aminga qancha pul olib borsa bo‘ladi? Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz. Chol-kampir kengashib shunday qarorga kelishdi: bu chiqim oxirgi va ho‘kizni bo‘ynidan bog‘lab beradigan chiqim, shuning uchun pulning yuziga qarash aqldan emas.

Qobil bobo ro‘para bo‘lganda amin og‘zini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin bag‘baqasini osiltirib kuldi.

— Ha, sigir, yo‘qoldimi?

— Yo‘q... sigir emas, ho‘kiz, ola ho‘kiz edi.

— Ho‘kizmi?.. Ho‘kiz ekan-da! Himm... Ola ho‘kiz? Tavba!..

— Bori-yo‘g‘im shu bitta ho‘kiz edi...

Amin chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga tiqib kuldi.

— Yo‘qolmasdan ilgari bormidi? Qandaqa ho‘kiz edi?

— Ola ho‘kiz...

— Yaxshi ho‘kizmidi yo yomon ho‘kizmidi?

— Qo‘sh mahali...

— Yaxshi ho‘kiz birov yetaklasa keta beradimi?

— Bisotimda hech narsa yo‘q...

— O’zi qaytib kelmasmikin?.. Birov olib ketsa qaytib kela ber, deb qo‘yilmagan ekan-da! Nega yig‘lanadi? A? Yig‘lanmasin!

Qobil bobo yerga qarab tek qoldi.

— Qidirtirsakmikin-a?—dedi amin chinchalog‘ini etigining ostiga artib, - suyunchisi nima bo‘ladi? Suyunchidan chashna olib kelinmadimi?

Aminning bu gapi Qobil boboga "Ma, ho‘kizing" degan-day bo‘lib ketdi.

— Kam bo‘lmang,— dedi pulni uzatib,— yana xizmatingizdaman.

— Men beto‘xtov pristavga xabar beraman. O’zi chaqirtiradi. Bir hafta o‘tdi. Bu bir hafta ichida kampir "duoning zo‘ri bilan qulf ochadigan" azayimxonga obdastagardon qildirgani qatnab yarim qop jiyda, uch yelpish tovoq jo‘xori, ikki kalava ip eltdi, ammo ish chiqmadi. Sakkizinchi kuni Qobil bobo yana aminning oldiga bordi. Aminning tepa sochi tikka bo‘ddi:

— Ha, ho‘kizni uylariga eltib berilsinmi?! Axir, borilsin, arz qilinsin-da! Fuqaroning arzga borishi arbobning izzati bo‘ladi!

Qobil bobo yor-do‘stlari bilan kengashdi — pristavga puldan boshqa nima olib borsa bo‘ladi? Ma’lum bo‘ldiki, uni begim deguncha kishining beli sinar ekan.

Uchta tovuq, garchi biri kurk bo‘lsa ham, Qobil boboning o‘zidan chiqdi. Yuzta tuxumni qo‘ni-qo‘shni, yor-birodarlar o‘zaro yig‘ib berdi. Ammo bu tortiq bilan tilmochdan nari o‘tib bo‘lmadi. Tilmoch tortiqni oldi va beto‘xtov pristavga yaxshilab tushuntirishni va’da qildi. Cholning butun bo‘g‘inlari bo‘shashib ketdi, keyin tutoqishdi, ammo go‘rda bir narsa deya oladimi! "O’ynashmagil arbob bilan - seni urar har bob bilan". "Yaxshilab tushuntirilgan" pristav bitta kulangir, bitta farangi tovuq, uch so‘m pulni olganidan keyin, Qobil boboning baxtiga, "beto‘xtov hokimga xabar beraman" demasdan, "aminga bor", deb qo‘ya qoldi. Amin "ellikboshiga borilsin", dedi.

— Gumoningizni ayting bo‘lmasa! — dedi ellikboshi tajang bo‘lib, - kim olganini men bilmasam, avliyo bo‘lmasam! Olgan odam allaqachon so‘yib saranjomladi-da! Uzoq demasangiz, erinmasangiz ko‘nchilikka borib terilarni bir qarab chiqing. Ammo terisi ko‘nchilikka tushgan bo‘lsa, allaqachon charm bo‘ldi; xudo biladi, kavush bo‘lib bozorga chiqdimi...

— Endi bizga juda qiyin bo‘ldi-da. Peshonam sho‘r bo‘lmasa... — dedi chol yerga qarab.

— Ey, yosh bolamisiz! Nega yig‘laysiz? Kap-katta odam... Bitta ho‘kiz bo‘lsa bir gap bo‘lar, xudo ajalga to‘zim bersin! Men qaynagamga aytayin, sizga bitta xo‘kiz bersin. Bitta ho‘kiz odamning xunimi?

Ertasiga ellikboshi Qobil boboni boshlab qaynatasi— Egamberdi paxtafurushning oldiga olib bordi. Paxtafurush cholning holiga ko‘p achindi va yerini haydab olgani bitta emas, ikkita ho‘kiz berdi, lekin "kichkinagina" sharti bor. Bu shart kuzda ma’lum bo‘ladi...



1936

10

Mirkarim Osim – Shiroq

Yoz boshlanib, Yaksart bo‘yidagi cho‘llarda o‘tlar qovjiray boshladi. Bu yerlarda yashovchi shak qabilalari sero‘t yaylovlarga ko‘chish taraddudiga tushishdi. Yangi yerlarga ko‘chish chorvachilar uchun bir bayramdek edi. Ular bahor mavsumida yashab o‘rganib qolgan yerlarini tashlab ketish oldidan bir-birlarinikiga qo‘noq bo‘lib borar, dorivor o‘tlarni yeb semirgan biyalarning sutidan tayyorlangan o‘tkir qimizlarni ichib mast bo‘lgan yigitlar qizlar bilan lapar aytishar, vaqtichoqlik qilishardi.

Biroq bu safar odamlarning ko‘ngliga qil sig‘mas, o‘tlovlardan na qo‘shiq tovushi va na qizlarning xushchaqchaq kulgisi eshitilardi.

Baland bir yerga qurilgan katta oq o‘tovni egnilariga yarg‘oq teridan kamzul, boshlariga uchi ingichka, uzun qalpoq kiygan qurolli soqchilar qo‘riqlab turardilar.

O’tov ichida esa shak qabilalarining oqsoqollari kengash qurib o‘tirardilar. To‘rga solingan ayiq terisi ustida chordona qurgan Rustak oqsoqollariga vaziyatni tushuntirardi:

— Eron shohi Darayavush O’kuzdan kechib, So‘g‘diyani bosib oldi. Eroniylar el-yurtni talab, erkaklarni qul, xotinlarni asir qilib olib ketayotirlar. Endi navbat bizga keldi. Darakchilarimiz shohning biz tomonga Ronosbat boshchiligidagi katta bir qo‘shinni yubormoqchi bo‘lganligidan darak berayotirlar...

Rustak — soch-soqoli oqargan, bir oz munkayib, cho‘kib qolgan suyaqdor chol. U bir vaqtlar keng yag‘rinli, baland bo‘yli pahlavon edi. Yakkama-yakka janglarda shak urug‘ining dushmanlaridan ko‘p bahodirlarni yer tishlatgan, uning nomi So‘g‘diyada ham, Eronda ham mashhur edi.

Hozir u shaklar va so‘g‘diyaliklarning ashaddiy dushmani bo‘lgan Eron shohi va uning qora niyatlari to‘g‘risida gapirar ekan, g‘azabdan nafasi tiqilar, ko‘zlari o‘t sochar edi. U gapni tutatib, dushmanni daf etmoq uchun qanday choralar ko‘rish kerakligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini aytishni urug‘ oqsoqollaridan so‘radi.

— Qo‘lidan ish kelmaydigan chollar, kampirlar, bolalik xotinlarni qo‘y va yilqilar bilan uzoq cho‘llarga yuborib, qolgan er va ayollarning barini qurollantirsak va dushman bilan bir tomchi qonimiz qolguncha urushsak, deb gap boshladi urug‘ oqsoqollaridan Saksfar. U oltmishga borib qolgan bo‘lsa-da, yoshlardek ikki beti qip-qizil, serg‘ayrat va tavakkalchi odam edi. — Urush kulfati benomuslik mashaqqatidan yaxshiroq. Zolim Eron shohiga qul bo‘lgandan ko‘ra jang maydonida o‘lgan afzal...

Rustak uning uzundan-uzoq gapini sabr bilan tinglab, boshini quyi solgancha o‘ylanib qoldi.

— Jangda mardlarcha o‘lmoq oson gap, lekin dushmanni yanchib tashlab, undan qasos olmoq qiyin. Biz mardlik ko‘rsatib, nomimizni qoldirish go‘g‘risida emas, balki el-yurtimizning erkini qanday saqlab qolish to‘g‘risida o‘ylamog‘imiz kerak, — dedi u qiziqqon Saksfarga qarab.

Oqsoqollar mum tishlagandek miq etmay o‘tirar edilar. Ko‘p mamlakatlarni bosib olib, jang maydonlarida ko‘p tajriba orttirgan, yaxshi kurollangan Eron qo‘shini bilan urushmoq juda qiyin ekanligi ularga ayon edi.

Boshliqlar bu mushkul muammoni yechish uchun bosh qotirib o‘tirganlarida, o‘tov eshigi oldida turgan qurolli yigit Shiroq degan bir cho‘ponning kirishga ijozat so‘rayotganini bildirdi.

— Shiroq!— deb qoshini chimirdi Rustak,— Kim u?

— Shiroq bizning urug‘dan. Butun umri cho‘ponlik bilan o‘tgan,— dedi Saksfar. — O’zi juda farosatli, dono, dostonchi chol. Eski chaldivorlardan chayon ushlab o‘zini chaqtiradi. Og‘riq sezmaydi. Aytishlaricha, yoshligida ilon uni chaqib olganda allaqanday giyohlarni surtib tuzalib ketgan emish. O’shandan beri ilon-chayondan qo‘rqmaydi.

— Andog‘ bo‘lsa, chaqir buyoqqa o‘sha cholni.

Eshikdan yoshi oltmishdan oshgan, tetikkina, barvasta bir chol kirib, ta’zim qildi.

— Ijozat bersanglar, men ham qatoringizga o‘tirib, o‘z fikrimni aytsam. Nima to‘g‘rida gaplashayotganingizni bilaman.

— O’tir, o‘tir, gapingga quloq solamiz, — dedi Rustak.

— Eron shohining askarlari Sirdaryo ostidagi qum donalaridan ham ko‘p, ularni jangga chorlab, yengish mahol.

Shunday bir hiyla topmoq kerakki, dushmanning oyog‘i toyib, halokat jarig‘a qulab tushsin.

— Qani, ayt, qanday hiyla o‘ylab topding?— deb so‘radi Rustak.

— Buni faqat senga aytaman. Oqsoqollar o‘tovingni tark etsinlar.

Rustak bu gapni eshitib aftlari burushib ketgan oqsoqollarga bir qarab oldi-da:

— Nima, sen shu ulug‘ zotlarga inonmaysanmi?— deb so‘radi.

— Inonaman, ular el g‘amini yeydigan halol odamlar, o‘lsalar ham dushmanga sir boy bermaydurlar. Ammo ularning yaqin do‘stlari, inilari, o‘g‘illari, xotinlari bor. Men aytgan gaplarni beixtiyor ularga aytib qo‘yishlari mumkin. Uyog‘i ma’lum, el og‘ziga elak tutib bo‘lmaydur. Oqsoqollar meni kechirsinlar...

Urug‘ boshliqlari birin-ketin o‘rinlaridan turib chiqib keta boshladilar.

Oq o‘tovdan nariroqda cho‘qqayib o‘tirgan oddiy ko‘chmanchilar Shiroqni yaxshi tanir, uning qo‘biz chalib aytgan dostonlarini ko‘p marotaba tinglagan, o‘zi ham dostonlarda madh etilgap sheryurak odamlardan biri ekanligini bilar edilar.

Oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin Shiroq o‘tovdan chiqdi. Uni ko‘rgach, ko‘chmanchilar dahshatga tushib o‘rinlaridan sakrab turib ketdilar. Keksa cho‘pon kesilgan iqki qulog‘i va burniga kuydirilgan namat bosib, sizib oqayotgan qonni to‘xtatishga harakat qilardi. Kutilmagan bu fojiadan g‘azablangan odamlar uning atrofini o‘rab oldilar va ustma-ust savol yog‘dira boshladilar:

— Quloq-burningni nega kesdilar?

— Sen sho‘rlik nima gunoh qilib eding?

Rangi murdadek oqarib ketgan Shiroq tishini tishiga qo‘yib, o‘zini bardam tutishga urinar, urug‘doshlarining savollariga javob bermasdi. Uni bir joyga o‘tqazib, kuydirilg‘an namat bilan qonini to‘xtatdilar. Cholning sahro shamoli va cho‘l quyoshidan qoraygan yuzida g‘azab alomati yo‘q edi. U o‘ziga kelgach, o‘rnidan turdi-da, kunbotish tomonga qarab ketdi. Hang-mang bo‘lgan kishilar uning orqasidan qaraganlaricha qotib qoldilar.

Dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi so‘g‘d xalqini itoatga keltirgan Eron shohi Yaksartning so‘l qirgog‘idagi ko‘chmanchilar ustiga yurish oldidan dam olmoqda. U yetti paxsa devor bilan o‘ralgan bog‘ o‘rtasidagi baland shiyponda o‘z a’yonlari bilan may ichib, shakarguftorlik qilib o‘tirardi.

Mulozimlardan biri shiypon yoniga kelib ta’zim qildi-da, quloq-burni yo‘q g‘alati bir chol shoh huzuriga kirishga izn so‘rayotganini bildirdi. Doro surishtirib, kelgan odamning shak qabilasidan ekanligini bilgach:

— Mayli, kirsin,— dodi.

Ikki qurolli mulozim boshlab kelgan Shiroq shohdan o‘n besh qadamcha berida to‘xtadi-da, yer o‘pdi va o‘rnidan turib, ta’zim qilganicha qotib qoldi.

Doro baland bo‘yli, qushburun, chiroyli odam edi. Uning ponaga o‘xshagan soqoli ko‘kragiga tushgan va mayin taralgan. Ustidagi to‘q qizil zarrin to‘ni yiltirar, qo‘lidagi uzun aso dastasiga qadalgan qimmatbaho toshlar qorong‘i kechadagi yulduzlardek charaqlar edi. Tosh qo‘g‘irchoqqa o‘xshagan ikki mulozim uni sekin-sekin yelpib turardi.

Doro kamon qoshlarini chimirib, baland ovoz bilan:

— Hoy odam, o‘zing kimsan, oting nima va qaysi urug‘dansan?— deb so‘radi.

— Otim Shiroq, o‘zim shak urug‘idanman,— javob qildi chol.

— Kelib mening istirohatimni buzmoqdan maqsading nadir?

— Maqsadim mulozamat kamarin belga bog‘lab, umrimni siz shahanshoh xizmatida o‘tkazmoqdir. Janoblariga xayrxoh bo‘lganim tufayli qabiladoshlarimdan qattiq sitam ko‘rdim. Ularga men: «Shohi Eron bilan urushaman, deb chiranmang, sizlarni bir hamlada zeru zabar qilgay, yaxshisi, itoat kamarin bog‘lab borib, ul zoti bobarakotning etaklaridan o‘ping», dedim. Bu gapdan xabar topgan hukmdorimiz Rustak g‘azabga mindi na mening quloq-burnimni kestirdi. Men endi sizning yordamingiz bilan undan o‘chimni olmoqchiman. Agar ijozati oliy bo‘lsa, yengilmas qo‘shiningizni yolg‘iz podachilar biladigan so‘qmoqlar bilan shak lashkarlarining orqasidan olib chiqar edim, keyin ularni qilich damidan o‘tkazmoq qiyin emas...

Shiroqning gapini eshitib, Doro o‘yga toldi. Agar jangovar shak qabilalari shu yo‘sinda yakson qilinsa, O’kuz bilan Yaksart o‘rtasidagi serunum yerlarni bosib olgan Eron lashkarlarining bexatarligi ta’min etilgan bo‘ladi. Ammo bu keksa cho‘ponni bir sinab ko‘rmoq kerak.

Shiroq shohning ishonchsizlik ko‘zi bilan qarayotganini fahmlab, o‘z so‘zippng to‘g‘riligini isbot qilishga kirishdi:

— Axir quloq-burnimning yaqindagina kesilgani ko‘rinib turibdi-ku! Biznikilar bekorga o‘z urug‘lariga bunday sitam yetkazmaydurlar.

U o‘ylab qo‘ygan dalillarini keltirib, uzundan-uzoq gapirdi va o‘zining Eron shohiga sodiqligini, shaklarga dushman ekanligini isbot qilishga tirishdi, so‘zining oxirida Quyosh tangrisini shafe keltirib ont ichdn.

Doro sarkardalari bilan maslahatlashib, shaklar ustiga qo‘shin yuborishga, Shiroqni esa yo‘l boshlovchi qilib olishga qaror berdi.

Eron askarlari yo‘l boshlovchining maslahati bilan yetti kunlik suv, oziq-ovqat va yem-xashak olib yo‘lga chiqdilar va daryoning chap qirg‘og‘idagi qum sahrolaridan borib shaklarga orqa tomondan hujum qilmoqchi bo‘ldilar.

Dastlabki kunlar yo‘l uncha mashaqqatli bo‘lmadi. Cho‘l o‘tlari endi qovjirab kelayotgan bo‘lsa ham onda-sonda buloqlar atrofida ko‘m-ko‘k o‘tloqlar uchrab turardi. Bora-bora cho‘l sahroga aylandi, odamlar va otlarning suvga ehtiyoji osha bordi. Afsonaviy otlarning taqalariga o‘xshab uyulib qolgan qumtepalardan oshib yoki chetlab o‘tish oson emas edi. Qora terga tushib hansiragan otlar oyoqlarini qumdan arang tortib olib, boshlarini quyi solganlaricha bitta-bitta qadam tashlab borardi. Sahroning berahm quyoshi yomon niyatda qolayotgan bu qurolli odamlarning boshidan olov sochar, ichlarini kuydirib, tashnalikdan lablarini qovjiratar, qumlar ustida jimirlab turgan qaynoq havo o‘pkalarini yondirardi.

Lashkarboshilarshshg toqatlari toq bo‘lib, shaklar lashkargohiga qancha masofa qolganini Shiroqdan surishtira boshladilar. U esa manzilga yaqinlashib qolganliklarini va yana ikki kun yurish kerakligini aytib, boshliqlarni yupatardi. Biroq sermashaqqat safarning yettinchi kuni ham shaklardan darak topmadilar. Hammayoq dasht-biyobon, odam yursa oyog‘i, qush uchsa qanoti kuyadi. Suv, oziq-ovqat, yem-xashak tamom bo‘lgan, oriqlab ketgan otlar yer iskab suv qidiradi, qovjiragan lablari shishib ketgan odamlar bir qultum suv uchun bir yillik umrlaridan kechishga tayyor!

Shiroqni o‘rtaga olib: «Bizni qaerga boshlab kelding, ablah!— deb qisti-bastiga oldilar. Askarboshilardan biri uni yoqasidan ushlab siltadi va haqorat qila boshladi. Shiroq yoqasini uning qo‘lidan qutqarib, namat qalpogini boshidan oldi-da, sorajin va keng peshonasidagi terini artdi. Uning qovjiragan lablari istehzoli tabassumdan yorishib, qiyiq ko‘zlarida o‘t chaqnab ketdi. Atrofini qurshab olgan g‘azabli chehralarga mag‘rur qarab turib, qalpog‘ini yerga bir urdi-da, qahqahlab kulib yubordi:

— Men yengdim, Doro qo‘shinini bir o‘zim yengdim! — dsdi u qichqirib.— Sizlarni aldab sahroning qoq o‘rtasiga olib keldim,— qo‘li bilan kunchiqish va kunbotish tomonni ko‘rsatdi. — Buyog‘i ham yetti kunlik yo‘l, buyog‘i ham. Istagan tomoningizga boravering! Mening go‘rim shu yerda,— deb oyog‘i ostini ko‘rsatdi.

U o‘z murodiga yetgani uchun muqaddas otash va suv xudosiga shukur qilib, allaqanday bir duoni o‘qidi. Darhaqiqat, u o‘z elini qullikdan qutqarib qolish uchun jonidan kechgan, yovuz dushmanni hiyla tuzog‘iga ilintirish uchun ming turli azob-uqubatni bo‘yniga olgan edi. Mana endi u niyatiga yetdi, dushman askarini halokat jari yoqasiga boshlab keldi. Endi dushman nima qilsa qilaversin!

U Rustakning huzuriga kirganida shunday degan edi:

— Agar msning bola-chaqam va nevaralarimni unutmasang, o‘z shirin jonimdai kechib, yurt boshiga kelgan baloni daf etardim. Dushmanni daf qilmoq uchun bir hiyla o‘ylab topdim. Umrim oxirlab qoldi, axir bu dunyodan ketmoq kerak. Men el-yurt uchun o‘limning shirin sharbatini ichmoqqa qaror qildim... Gapimga quloq sol...

Hukmdor uning gapini oxirigacha tinglab, fikrini ma’qullagan edi. Shunda u yonidan o‘tkir pichog‘ini olib, o‘z quloq-burnini kesgan va go‘yo o‘z eliga xiyonat qilgan bo‘lib, dushman orasiga kirgan edi...

G’azabdan ko‘zlari olayib, aft-basharasi bujmayib xunuk bo‘lib kstgan Eron sarkardalari Shiroqni o‘rab olib, uni ura boshladilar. Sarkarda Ronosbat dabdalasi chiqqan Shiroqni ular qo‘lidan qutqarib, bir chetga olib chiqdi-da, suv ichirdi, so‘ngra chodiriga olib kirib, uni yaxshilikcha yo‘lga solmoqchi bo‘ldi. Endi Eron sarkardasi shaklar ustiga yurish qilib, ularni tor-mor etishni xayolidan chiqarib tashlagan, u faqat qo‘shiiini halokatdan qutqarib qolishni o‘ylardi.

— Agar sen sahro quduqlari va chashmalarini bizga ko‘rsatsang, gunohingdan kechib, So‘g‘diyada istagan qishloqlardan birini senga in’om qilardik.

— O’z elimning dushmanlariga yordam uchun cho‘zadigan qo‘limni kesib tashlaganim ma’qul,— dedi u gapni qisqa qilib. Halokat yoqasida qolgan eroniylar achchiqlariga chiday olmay fidokor cho‘ponni chopib, qiyma-qiyma qilib tashladilar.















11

Nodirabegim Ibrohimova - Azon

Aeroport gavjum edi. Hamma qayoqqadir shoshar, negadir barcha shodon, titroq qoʻllari bilan hassasini tutgancha, xira tortgan koʻzlarini odamlarga tikib oʻtirgan bu chol bilan hech kimning ishi yoʻq edi. Ba’zi koʻngli boʻshlar esa uning yonidan oʻtayotib chaqa tashlab ketishardi, lekin chol tangalarga qarab ham qoʻymasdi. U bu yerga koʻp keladi. Ayniqsa, oxirgi paytlarda tongdan kechga dovur shu yerda. Quyosh nurlarini baland binolar ostiga ola boshlagach, istamaygina uyi tomon yoʻl oladi. Kelini Lizaga bildirmay xonasiga qamaladi. Tunlari esa xotiralar qiynaydi. Negadir otasi yodiga tushaveradi. «Iloyo, oʻzingdan qaytsin», deb oʻtkir nigohlarini tikkan edi u. Hartugul, otasiga uncha qiyin boʻlmagandi. Ismat «kerakli joylarga» otasining «qilmishlari» haqida yetkazdi: oʻtmish sarqitlari — bolaligida onasi uzun kechalarda mutolaa qilib beradigan dilgir gʻazallar, diniy oʻgitlar, hadislarni xufyona saqlashini sotib berdi. Tugʻri, oʻsha payt «sotdim» demasdi, nima boʻpti, otammi, boshqami, muhimi, davlatni bitta dushmandan tozaladim, deb oʻylardi. Partiyam uchun xizmat qildim, deb majlislarda koʻkragini kerardi, hammaga «namuna» boʻlardi. Otasini koʻp siquvga olishdi. Oʻrtaga onasini tiqishtirishgach, Mahkam ota indamay imzo chekdi. Ha, baribir otasiga oʻzi kabi qiyin boʻlmagandi, axir yonida hamdardlari bor edi. Onasi suyanch boʻldi, opasi, ukalari tirgak edi, yolgʻiz qoʻyishmadi to qamoqda vafot etguncha… Ismatni-chi? Yonida kimi bor? Xotinga yolchimadi. Toʻrt marta uylandi. Toʻgʻri, ular oʻzbek ediyu… lekin qandaydir Enaxonga oʻxshamasdilar. Enaxon boshqacha edi, Ismat buni kech angladi, juda kech…

Ismat boʻgʻilib derazani ochdi. Quyoshning chiqishini kuta boshladi. Shu payt qaerdandir azon ovozi eshitildi. Ismat avvaliga anglamadi. Keyin tuyqus esiga tushdi. Otasi azon aytardi. Oxirgi marta qachon eshitgandi? Ellik yildan oshdi-yov. Balki undan ham koʻpdir… lekin unutmapti, unutolmaydiyam. Ha, otasi masjidda azon aytardi. Ovozida yurakni entiktiruvchi bir nima bor edi. Keyin masjidlar yoʻqotildi. Ismat ham qanchasini aniqlab, buzdirtirib tashladi. Qizik, bu ovoz qaerdan kelayaptikin? Yo qulogʻiga chalinyaptimikin, bilolmadi…

Ismat birdan nabirasini koʻrgisi kelib ketdi. Yigirma yil burun ota-onasi uni harbiy internatga yuborishgandi. Avval koʻp kelardi. Ulgʻaygach, kelmay qoʻydi. Yaqinda uylandi, deb eshitdi. Lekin Liza buni toʻydan qaytgach aytdi. Ismat baribir xursand boʻldi. Avlodining davomchisi shu axir…

Ismat uchta xotinidan ham farzand koʻrmadi. Oxiri, sal yengiltakroq boʻlsa-da, toʻrtinchisiga uylandi. Undan oʻgʻil koʻrdi. Va koʻp oʻtmay xotini oʻgʻlini tashlab, Ismatning bor-budini shilib oʻynashi bilan qochib ketdi. Ismat oʻgʻli bilan shumshayib qolaverdi. Uni katta qilaman, deb kirmagan teshigi, qilmagan ishi qolmadi hisob. Oqibat nima boʻldi? Oʻgʻli ham onasiga tortdi. Dadasi topgan pulga ichadigan gʻirt takasaltang boʻldi. Harholda, Lizaga uylangach, sal odamga oʻxshab yashay boshladi. Ismat oʻgʻlini kam koʻradi. Oʻgʻli ham uni yoʻqlab xonasiga kirmay qoʻygan.

Ismat biladi… bu barcha gunohlari uchun berilayotgan jazolar. Bu dunyodagisi shu boʻlsa, oxirat haqida oʻylasa yuragi orqaga tortadi. U qoʻrqadi, juda qoʻrqadi… Ogʻir xayollar bilan tong ottirgan Ismat oʻsib ketgan soqolini siladi-da, qandaydir hafsala bilan qirtishlay boshladi. Keyin uniqib ketgan kiyimini alishtirdi, qoʻli bilan dazmol qilgan boʻldi. Va yana aeroport tomon yoʻl oldi. Nega bu yerga kelaveradi, oʻzi ham tushunmaydi. Balki turli davlatlardan turli xil odamlarning tashrifi, ularning oʻz yurtlari nafasini olib kelayotgani uchundir. Axir ular orasida Oʻzbekiston ham bor… Ismat doimiy oʻrindigʻiga choʻkdi. Qoʻliga kitobini olib, qiyshiq koʻzoynagini taqdi: soʻnggi paytlarda Mashrabni oʻqiydi. Asli oʻzining tilida bor-yoʻq kitobi ham shu. Ikki yil burun xuddi mana shu yerda bir oʻzbek otaxon bergan edi. Avvaliga chang bosib yotdi. Ammo keyinchalik bu misralarsiz turolmay koldi. Onasining ohangi yodiga tushaveradi. Sohir ovozda shu gʻazallarni oʻqir edi-ya…

— Otaxon, oʻzbekmisiz? — bir cholga, bir uning qoʻlidagi kitobga qarab turgan notanish yigit uning xayollarini toʻzgʻitib yubordi.

— Ha… — Ismatning yuragi tez-tez urib ketdi. — Oʻzbekman…

— Samolyotdan tushiboq, dunyoning u chekkasida oʻz yurting odamini uchratish… — yigit sevinib ketdi. Keyin qoʻlini uzatdi. — Ismim Azamat, ota, sizga Oʻzbekistondan alangali salomlar!

Ismat oʻrnidan turdi.

— Oʻzbekiston… mustaqil boʻldi, deyishadi, rostmi, oʻgʻlim? — Ismatning koʻzlari gʻiltilladi.

— Albatta. Anchadan beri bormagan koʻrinasiz?

— Ha… koʻp boʻldi.

Yigit juda odamoxun, xushchaqchaq ekan. Oʻzbekiston haqida ancha soʻzlab berdi. Keyin esa ketdi. Bu yerga ish bilan bir haftaga kelgan ekan. Ismat yana ogʻir xayollar ichida qoldi.

Bir hafta oʻtgach, Ismat yigit qaytar, deb sahardan beri odamlarni kuzatardi. Maqsadi, unga bir omonat gap yetkazish… Enaxon va oʻgʻli Abdukarimga…

— Ie, ota sizmisiz? — yon tomondan kelgan ovozdan Ismat quvonib ketdi. Bu Azamat edi.

— Oʻgʻlim, seni kutayotgandim. Yurtimga, bir odamga omonat gapim bor…

Azamat oʻylandi.

— Ota, oʻzingiz bora qolganingiz durustdir, balki. Ona yurtga ketish vaqti yetdi, endi erkinmiz. Men bilan keting, ota.

Ismat yerga qaradi.

— Ketolmayman, oʻgʻlim…

Azamat cholning yelkasidan tutdi.

— Oʻzim olib ketaman, otaxon. Savob ham kerak. Xarajatini oʻylamang…

Ismat yarq etib unga qaradi. Goʻyo hozir yurtini koʻradigandek yuragi hapqirib ketdi.

— Axir… oʻgʻlim, senga tagʻin ogʻirligim tushib…

— Omanatingizni oʻzingiz yetkazasiz, ota. Keyin qaytaman, desayiz oʻzim kuzatib yuboraman.

…Ismat samolyotda oʻtirar ekan, negadir tush koʻrayapman, deb oʻylardi. Nahotki… bir necha soatlardan soʻng…

— Ota, agar bobom hayot boʻlganlarida ularga yaxshi hamsuhbat olib kelayotganimdan quvonardilar…

— Ha, keksachilik, oʻgʻlim.

— Bobomni koʻrish nasib qilmagan-da, ota. Ular otam ikki yasharligida olamdan oʻtganlar. Xudoga shukur, buvim hayotlar. Bobom vafot etgach, turmush qilmay, otamni oʻstirdilar. Koʻp qiynalganmiz, deydilar. Hozir dadam ham, onam ham ularni yeru koʻkka ishonishmaydi. Yaqinda Hajga yuborishmoqchi…

— Niyatlariga yetishsin, — Ismat Enaxonni esladi. Qiziq, u turmushga chiqqanmikin? Shuncha bergan azoblariga miq etmay chidardi. Lekin bir kun gʻazabdan titrab pichirlagan: «Iloyo, mana shu qoʻllaringiz…». Yoʻq, qargʻamagandi, hatto gapini tugatmagandi ham. Oʻshanda Ismat Qur’oni Karimni uloqtirgandi!

— Farzandlaringiz bormi, ota? — iymanib soʻradi Azamat.

— Ha, bor… Ikki oʻgʻlim bor. Biri u yerda, biri bu…

— Diydor shirin-da, — Azamat shunday deya biroz oʻtib uyquga ketdi.

Ismat yana azobli xotiralar girdobida qoldi. Otasi qamalgach, hamma qarindosh-urugʻi undan yuz oʻgirdi. Faqat Enaxon negadir uni tashlab ketmadi. U qandaydir umid bilan yashardi. Erim bir kun iymonga kirar, derdi. Ba’zan yurak yutib «Ollohga shak keltirmang», deb Ismatga soʻz qotardi. Ketidan kaltak yerdi. «Agar tepadagilar eshitsa bormi, sen dinparastga qoʻshib meniyam yoʻq qilishadi. Kimsan Ismat Xoltoevning xotini shunday desa? Yigʻishtir safsatangni!». Ismatning «siri» baribir ochildi. Bir ikki gʻalamislar Ismat uyida Qur’onni saqlashini oshkor qilishdi. Ismatning oʻzi ham bilmasdi bu haqda. Enaxonga ona meros bu kitobni koʻrpa qatidan izlab topdi-da, xotinining qoʻliga osilib yolvorishiga qaramay, koʻchaga — daraxt yonidagi anhorga uloqtirdi. Boʻtana loyqa suv uni bir yamlab yutdi. Enaxon shunda tushundi: bari umidlari bekor ekan… Ismat baribir qutulib qolmasligini angladi. Endi uni tinch qoʻyishmaydi. Ishonishmaydi… shuncha yillik xizmatlari bir pul! U qochdi. Ha, bor pulini choʻntakka joylab hech kimga hech nima demay tunda uyidan chiqib ketdi. Darvozadan chiqar ekan, ichkaridan oʻgʻlining uygʻonib xarxasha qilganini eshitdi. Enaxon uni ovutdi. Ismatning negadir ichkariga kirgisi, oʻgʻlini bagʻriga bosgisi keldi. Lekin oyoqlari koʻcha tomon boshladi.

— Keb qoldik, ota, — Azamatning oʻktam ovozi Ismatni koʻzini ochishga majbur kildi. — Oʻzbekistondamiz!

Ismat negadir qoʻrqa boshladi, qoʻllari titradi. Onasi Ismat 4-5 yoshligida musichaga ozor berma, qoʻllaring qaltiroq boʻlib qoladi, deb uqtirardi. Ismat bu gaplarga amal qilardi. Oʻrtoqlari rogatkada musichaga tosh otganini koʻrsa, ular bilan yoqalashardi ham. Ha, qushlarga ozor bermasdi Ismat. Lekin… necha-necha oilalarning shoʻrini quritdi, qancha musichadek beozor bolalarni tirik yetim qildi.

Samolyot qoʻndi. Ismat Azamatning yordami bilan zinalardan pastga tusharkan, unutilib ketgan xavodan toʻyib simirdi. Atrofga qorongʻulik choʻkkan edi. Afsus, quyoshni koʻrmadi-da.

— Uyimiz olis emas, ota, yana biroz qiynayman sizni. Borgach damingizni olasiz. Hoynahoy hamma kutib oʻtirgandir. Ayniqsa, qizcham…

— Oilaliman, degin…

— Ha, bir oʻgʻil, bir qizim bor, xudoga shukur.

«Xudoga shukur»! bu jumlani qancha boʻldi eshitmaganiga. Onasi har gapining birida takrorlardi. Hatto bir kun Ismat daraxtdan yiqilib qoʻli singanda ham «xudoga shukur-ey, boshqa yering sinmapti», deb bagʻriga bosgandi. Ismatning koʻzlari namlandi. Mashinadan tushishgach, Azamat cholni suyab oldi. Ismat tinmay qaltirar, yuragi gup-gup urardi.

— Mana, keldik, ota…

Ismat qarshisidagi baland darvozali naqshinkor uyga qaradi. Qoʻngʻiroq chalingach, ichkaridan xushroʻy bir juvon koʻrindi.

— Assalomu alaykum, dadasi, yaxshi keldingizmi? — soʻng esa mehmonga yuzlanib u bilan quyuq salomlashdi.

— Vaalaykum assalom, yaxshi oʻtiribsizlarmi? — Azamat ichkariga kirgach, xotiniga imo qildi — «Yaxshilab dasturxon tuza!».

Kelin ularni mehmonxona tomon boshladi. U yerda Azamatning ota-onasi oʻgʻlini kutib oʻtirardi. Ularning xuddi ancha yillar koʻrishmagandek quchoqlashib diydorlashishlaridan Ismatning yuragi orziqib ketdi. Azamatning dadasi mehmonni toʻrga boshladi. Shu payt eshik ochilib, bir qoʻlida choynak koʻtargan kelin va uning yonida bir keksa onaxon kirib kelishdi.

— Buvijon! — Azamat ular tomon oshiqdi.

Ismat bu kampirni qaerdadir koʻrganday boʻldi. Biroq eslolmadi… Xonani kuzatar ekan, birdan koʻzi devorda osigʻliq turgan eski bir suratga — Enaxonning va oʻzining suratiga tushdi. Ismat karaxt boʻlib qoldi. Qoʻllari titrar, chuqur-chuqur nafas olar, atrofdagilarning gaplarini umuman anglamasdi. Shu payt tanish ovoz eshitildi.

— Keling, mehmon…

Ismat ovoz kelgan tarafga alangladi. Qarashi bilan esa Enaxonni tanidi. Avvaliga Enaxon ham biroz tikilib turdi. Soʻng birdan hushini yoʻqotib yerga yiqilayozdi. Azamat uni suyab qoldi. Hamma ular tomon oshiqdi. Enaxonni olib chiqib ketishdi, gʻala-gʻovurdan foydalangan Ismat esa sirgʻalib darvozadan chiqib ketdi.

Mahalla kimsasiz… Ismat sal narida oqayotgan kichik anhorchaga koʻzi tushdi. Oʻsha gunohiga guvoh anhor-ku! Ismat suv yoqalab ketaverdi. Qaerga va ne maqsadda, bilmasdi. Enaxonga atalgan omonat gapi esa tilida tinmay aylanardi:

— Meni kechir, Enaxon… kechir nobakor otangni, oʻgʻlim…

Ismat bir uy qarshisida toʻxtadi. Shu payt u yerdan azon ovozi eshitildi. Ha… bu yer masjid, xufton namoziga chorlov edi.

— Ota, sizmi, ota?! — Ismat azondan sehrlandi. — Haliyam shu yerdamidingiz, otajon? Nihoyat topdim sizni. Toʻxtamang, ota, azon aytishingizni qoʻmsab keldim…

Ismat yerga choʻkdi. Bir siqim tuproqni olmoqchi boʻlib yerga kaftini urdi. Biroq titroq barmoqlarini qancha jamlashga urinmasin, tuproq toʻkilib ketaverar, bari urinishlari zoe ketardi…









































12

Salomat Vafo – Ustyurt



Temir yo‘l va avtomobil yo‘llari kesishgan ovloq vokzal binosi ustida sahroninig quyoshi asta-sekin bota boshlagan edi. Atrofda qalin kiyingan xotinlar turli oziq-ovqatlar, gazaklar va sabzavotlar sotib o‘tirishardi. Sabzavotlar olisroqdan kelgan ko‘rinadi, negaki shimol taraflarda sabzavotlarninig yetishtirish muammo edi. Hali qorong‘i tushmagan bo‘lsa-da, trassadan o‘tayotgan katta mashinalar chiroqlarini yoqib olgan va «vag‘illab» signal beradi. Harakat bir zum to‘xtamas, go‘yo mashinalar daryosi oqayotgan edi. Maydon turli tarafdan kelib qo‘nib o‘tayotgan odamlarninig «vag‘ir-vug‘uri», sotuvchilarninig qichqirig‘i va mashinalar shovqiniga to‘la edi. Boshiga katta ro‘mol o‘rab olgan Yorqinoy atrfoda daydib yurgan daydi erkak va kunda-shunda xotinlarni quvardi. «Tur yo‘qol hammang, tekintamoqlar». Uning yelim qog‘ozdan qilingan uychasidan ikki uch daydi chiqib qochadi. «Bularga bir marta tishingni oqini ko‘rsatsang bo‘ldi. So‘ng xira pashshaday atrofingda aylanadi». Har xil bo‘yoqlarni yuziga chavplab tashlagan qiz pista po‘choqlarini «chit» etib tuflaydi. «Tur Gavhar, senam ishingni qil. San o‘tirganinigga bular yelim bo‘lib olishgan». Qiz o‘rnidan turib katta ko‘kraklarini kerib, hamuza tortib kerishadi. «Namuncha chap tarafing bilan turdingmi, hammani quvasan. Og‘ir kuningga yaraydigan bizlar bo‘lsak». Qiz Yorqinoyninig orqasida tahlanib yotgan qutilarga ishora qilib. «Uybay o‘lasanmi endi, Gavhar borsang-chi keyin kelasan. Hali pochin qilmadim. Ana Tohir akang kelayapti yangisini ergashtirib...» Gavhar hayron bo‘lganday yurib maydonning o‘rtasiga keladi. Tohirni ko‘rishi bilan yurishlari o‘zgaradi, harakatlarida noz-ishvaga o‘xshagan narsa paydo bo‘ladi.

Gavhar. Bormisiz Tohir aka, ja yangilarini topdingizmi deyman. Bizdan xabar olmay qo‘ydingiz.

Qirqlariga yaqinlashgan va olifta kiyingan Tohir qo‘l telefonida kim bilandir bog‘lanolmay xunobi oshadi. U qizga yalt etib qarab basharasini burishtiradi. Izidan kelayotgan Nuriyaga «tez yur» ishorasini qiladi va Gavharga «hali ham shu yerdamisan» deganday yuzlanadi. Yo‘ldan nimadir yegulik olgan Nuriya qo‘lidagi yaltiroq qutilarni ushlaganicha ildam yurdi.

TOHIR: «Ha yana nima kerak bo‘lib qoldi»? Oyoq ostida o‘ralashma dedim senga.. Bor yo‘lingdan qolma.

Gavhar maydon o‘rtasida turardi. Nedir najot istaganday yo‘lovchilarga paketli narsalar sotayotgan Yorqinoy tomonga qaradi.Chekkaroqda bir tuda yosh-yalanglar gulxan atrofida gitara chalib o‘tirardi. «Chyorniy glaza.. chyorniy glaza..». Gavharning ko‘zlari sovuq yaltiraydi.

GAVHAR: Anavi tasqarani qaranglar. O’zicha Tohir bilan yurib odam bo‘lib qolibdi. Sochini qaranglar, o‘zi olti tor sochi bor. Suvlab yaltiratib olganinichi.. Nuri hov Nuri avval uyingdagi anovi daydi akalaringni eplab olsang-chi?..

Nuriya Tohirninig biqiniga turtadi. Yonlaridan katta yuk mashinasi o‘tib ketadi. Erkak yigilib turgan uch-to‘rt nafar vokzal xodimlari bilan salomlashib to‘xtaydi. Sal narida qargalar ahlat titib «qag‘illashadi». Gavhar beixtiyor raqiblarininig orqasidan ergashadi.

TOHIR: Yo‘qolasanmi, yo‘qmi shu yerdan?. Yo o‘zim kovushingni to‘g‘irlab qo‘yaymi?. (urmoqchiday hezlanadi)

Gavhar maydon o‘rtasida to‘xtab qoladi. Nuriya erkakninig yonida allanarsani yegan kuyi yosh qizaloqlarday sakrab-sakrab o‘ynab borardi. Tohir ikki-uchta yuk mashinasi orasida turgan KAMAZ kabinasiga avval o‘zi chiqib qo‘lidagi pichokni otib yuboradi. So‘ng Nuriyani yuqoriga qo‘lidan tortib oladi. Ichkaridan kabinaninig pardasi berkitiladi. Gavhar mashina ko‘rinib turadigan joydagi yogochdan omonat qoqilgan o‘rindiqqa o‘tiradi va yerda tutab yotgan sigaretni olib chekadi. Yorqinoy yelim uyidan chiqib Gavharga qarab bosh chayqaydi. «Jinnisan» deb ishora qiladi. Gavhar ko‘zlarini qisgan kuyi sigaretni chekib olis-olislarga cho‘zilib ketgan Ustyurt kengliklariga hissiz tikiladi. Bayram arafasi bo‘lgani uchun turli-tuman yemaklar sotayotgan sotuvchi ayollarninig bozori qiziydi. Kattaroq chodirdan kabobninig isi va tutuni chiqadi. Kabobchininig qo‘shnisi bo‘lgan Yorqinoy ichkaridan katta ro‘mol o‘ragan boshini chiqaradi. Bozorchi xotinlarga xos shangillaydi.

YoRQINOY: Ey olsangchi …sizlarni dastingizdan boshqa birov savdo qiladimi yo‘qmi.. qo‘rangga nima balo ko‘mirninig o‘rniga tezzak(kappon) solganmisang. Tinmay sasitasan?. Tura..Nari turlaring senlaram.Uybay Gavhar or-nomusing bormi.. ne qilvotirsan u yerda..Ke bu yoqqa..

Maydonda to‘planib turgan erkaklar sigaret chekib chayqalayotgan mashinaga imo qilib kulishib olisroqqa surilishadi.Gavhar o‘ljasini poylayotgan jondorday tek qolgan, sigaretini ham chekib bo‘lgan. «Sigaret chekasanmi?».Erkaklar biri olib, biri qo‘yib gap otadi.»Balki nos chekarsan. Bular eri bilan urishgan shekilli..». «E, xotinlarga ham osonmas kun bo‘yi sovuqda qotib o‘tirishadi». «Biz hali ikki soatga chidamayapmiz.». «Be..bularninig joni toshdan, sovuqda semirib ketadi bular». Aftidan ular ichib olgan qattiq-qattiq gapirishadi. Ogzi-burnidan tutun paravozday chiqqadi.QAlin kalta Po‘stin kiygan uch-to‘rtta erkak yegulik va ikki-uchta shisha aroqni ko‘tarib vakzal deb atalgan harobgina binoga kirib ketishadi. Kun botayotgani uchun sovuq kuchaygan.Gulhan atrofidagilarninig shovqini yanada kuchaygan. Shamolda yaydoq cho‘lda yantoqlar uchib yuradi. Gavhar kabinaga tikilib turadi-da, Ra’noning oldiga kelib o‘tiradi.O’ylangan kuyi qo‘lini tahlanib turgan kunjutli holvalarga cho‘zadi. Yorqinoy holvalarni uzoqiroq surib qo‘yib yupungina kiyingan yigitga baqiradi.»Hoy odam joningga Rahming kelsin sovuq o‘tadimi senga o‘zi. O’lasan sovuqda». U «morj-ku morj» deydi Gavhar. «E, bu morjmas morjninig skileti..».

Gavhar: - Anovi isqirt Nuriyani aytaman, shu qiz ilgari pochtaxonada ishlarmidi…Ukalari daydib har joyda yurardi. Hozir Tohir bilan qo‘l ushlashib Kamazinig ichiga kirib ketishdi.

Yorqinoy qo‘l silkiydi.»Qo‘y shu nas bosganlarni..gunohmiz ko‘payadi».

Vokzalga yopishtirib qurilgan sartaroshxonaninig kichik derazasidan «Oy..oy..» degan ovoz eshitiladi. Sartarosh Oliminig kichik boshi va bir burda yuzi ko‘rindi.

Olim. –Ra’noninig ichini yonishini bir ko‘rgin. O’lib ketyotir Tohirni rashk etib..

Maydonda yurganlar yalt etib Olimga qarashadi. Gavhar yerda yotan bo‘sh baklashkani derazaga otadi. Oftobga isinib o‘tirgan mushuk «mov» deb boshqa tarafga qochadi. «It. Xotinak».Yorqinoyninig chiroyli yuziga kulgu yoyiladi.»Qo‘y endi sen ham burningni tiqmA bularning ishiga..». Derazadan Olimninig savlatdor bir kishini sochini olayotgani ko‘rinadi.Olimninig nozik qo‘llarida ustara tez-tez harakatlanib ko‘pikli yuzni qirtishlaydi.

Olim. Shu Tohirga ham hayron qolaman. Bugun birov bilan yursa ertaga boshqa ayol bilan yuradi. Bir rus xotinga uylangandi. Xotini buni tashlab Rossiyaga qochib ketdi. Shuninig uchun boshqalardan alamini oladi shekilli…Soch-soqolini oldirayotgan kishi (Xudoberdi)norozi holatda boshini chayqaydi.

Xudoberdi. Qo‘ying shu yuviqsizlarni Olimboy. Har kimninig gunohi bo‘lsa olloh jazosini beradi. Bundaylarni o‘risninig shaharida ham ko‘p ko‘rdim. Yurtda oilasi bo‘laturib Kim o‘zi bilan kelgan erkakka erga tekkan. Kim o‘risdan Xotin olgan. Ey qo‘ying bularni… ro‘za ogzimni harom qilmay.

Olim jonsarak holatda derazadan qarab «bizding qizlar zo‘r savdo qilyotir..erkaklarga bir balo bo‘lganmi soqOli tizzasiga tushsa ham oldirishmaydi».

Olim. E..taqsir siz ro‘zasiz-ku…yana ovuldagilar bugun orzular amalga oshadigan kun deyishganiga o‘laymi..Tem bole Yangi yil..

Xudoberdi. Qadr kuni.. har kimninig ko‘ngli o‘zida..

Olim qo‘lida ustarasini ushlagaicha hoholab kuladi.

Olim. Unda Tohir ham zo‘r kecha qiladigan bo‘libdida, - chayqalayotgan kabinaga ishora qilib..

Xudoberdi ko‘zini ochmasdan «xudo hayringni bersin» deb ishora qiladi. Sartarosh bir joyda turolmay depsinadi.

Olim. Rossiyaga ketadigan poyiz kelguncha klentlarni ham topadi. Ishini ham bajaradi.

Yana hoholab kulib, chittakday sakrab derazani ochib Yorqinoyga baqiradi.Ichkariga mashinalar shovqin iva odamlarninig «baqIr-chavqiri» kiradi.

Olim. Yorqin anovilar hali chiqmadimi?.

Ra’no. Bilmiyman. Jumushingni qilsangshi…

Shu vaqt sartaroshxona eshigi ochilib ichkariga Gayrat kiradi.Uninig bir burda yuzida va yupun kiyimlar yopib turgan gavdasida jur’atsizlik balqib turadi. Yigitinig gavdasini qahraton sovuq surib olganday bir arashda novdaday ozgin edi.

Gayrat. Olim aka Yana suv olsam bo‘ladimi?. Qaynagan suvingiz yo‘qmi?.

Sartarosh unga yo‘liga ham ko‘z tashlab qo‘ymayydi. Kreslo atrofida tez-tez aylanib qorininig soch-saqolini olardi.

Olim. Sen ham odamga o‘xshab salom Ber propessor. Mana hori akang o‘tiribdi. Tem bole birga ketasizlar.Qaynagan suv nima qiladi menda.Nima men somavarmanmi?. O’zi qachon yuvinganimni eslolmayman-u..

Yigit qorini endi ko‘rganday qovushmaygina egiladi.

Nuriddin. Zdastvuyte.

Olim. O’la..odam bo‘lmay. Propessorninig o‘gli emish. O’risda yashadim deb. Tilingni ham unutdingmi?. Qori aka bu bir propessorninig o‘gli..Dunyoni o‘zgaritiraman deb rusga borgan. Kinomi..muzikmi allanimabaloda o‘qigan. O’ziyam sochiga jamalak taqib Moskvani changini chiqarib yuborgan. Oqibiat o‘zi o‘zgarib qaytgan.

Erkak «uff» tortib bo‘ynidagi sochiq bilan yuzini artadi.

Xudoberdi. Ko‘p gapirarkansan sen bola…bo‘ynimni kesib yuborma…Namuncha bir joyda turolmay echkiday ekansan.

Nuriddin. Eto – i yest kozyol – deydi uyqudan uygonganday tilga kirib. Sartarosh unga jo‘ja xo‘rozday xezlanadi.

Olim. Ho‘y senga kozyolni kimligini ko‘rsatib qo‘yaman..Hali Yana kirarsan peshonangga seni suv beraman..

Gayrat iljaygan kuyi uvni ko‘tarib yo‘qoladi.Eshik asabga tegadigan daajada giyqillab yopildi.

Xudoberdi. Suv masalasi qiyinmi bu yerda?..

Olim. Privoznoy.. O’zi bu Garrikni men odam qilganman. Bor dokumentidan va pulidan ajralib o‘risdan zo‘rga yetib kelgan bu yerga..

Mijoz jonidan to‘yganday ogir qo‘zgoladi.

Xudoberdi. – Olloh buyuk, kimsa nasibasi uzilmasa o‘lmas.

Nuriddin chang-chung va loyga belangan qizil mashinani yuvadi. Kapotdagi suv muz parchalari bo‘lib shitirlab to‘kiladi. Yorhinoy ko‘karib ketgan Gayratga achinib qaraydi.

Ra’no. – Hey, inson qo‘lingga bir qo‘lqop kiysang-chi.O’pkangni sovuq oldirasan.

Gayrat unga bir qarab qo‘yib Yana yuvishda davom etadi.

Yorqinoy prilavkasininig ostidan bir piyolaga aroq qo‘yib Gayratga uzatadi.Hali ham pilavkaniing bir chetida o‘tirgan Gavhar aroqni menga deb o‘ylab qo‘lini uzatadi. «San nima karomat ko‘rsatding?».

Gayrat ko‘kargan lablarini arang qimirlatadi.Butun vujudi sovuqdan tirishib kichrayib qolganga o‘xshardi. Uyalgan kuyi yerga qaraydi.

Gayrat. Yorqinoy Abdurashid aka pul bersa albatta qarzlarimni qaytaraman.

U yutoqib aroqni ichadi.Yorqinoy mayda-chuyda olib chiqish uchun yelim chodiriga kirguncha gapirib ketadi. «Berasan, berasan. Ikki oydan beri shu gapni eshitaman. O’lmasdan bahorga yetsang bo‘ldi. Berarsan. Bir kosa aroq bilan men kambagal bo‘lib qolmasman. Uydagi piyonistalarni o‘n yildan beri boqaman».Nuridin piyolani olib kelib Ra’noga beradi. «Spasibo».

Yuk mashinaninig eshigi «sharaqlab ochilib avval Tohirninig qizargan va bir qadar mamnun yuzi ko‘rinadi. U «tap» eti bega sakrab tushadi. Mashinasini kovlayotgan keng sayabonli shapka kiygan odam «zo‘r ekanmi?» dedi. Tohir kulganicha «hammasi bir go‘r» deb o‘tib ketadi.Maydonda shovqin-sur’on avjiga chiqqan. Sochlarini tuzatgan kuyi Nuriya ham unga ergashadi.Gavhar chayqalib o‘rnidan turib ularga qarab yurdi. Sartarosh deraza tomonga boshini cho‘zib «anna endi tomoshaninig kattasini ko‘radigan bo‘ldik».

Xudoberdi. Hoy musulmon juda galati odam ekansiz. Qo‘ying shularni o‘z holiga…Boshimga ehtiyot bo‘ling.

Yana bir to‘p Yangi yo‘lovchilar kelib maydonnig har tomoniga tarqab ketdi. Olim shirin ovqat yeyishga hozirlanganday quvonchdan gir-gir aylanadi.

Olim. Iya qori aka boshim yo‘qmi boshingizni kesib..

Tohir ikki –uchta odam bilan allanarsalarni kelishib oladi.Gavhar osoyishta holatda ularga qarab boraveradi.

Gavhar. Qichigan joylaring qondimi?. Baxtiqaro.Yuviqsiz.

Nuriya parvo qilmay sakrab-sakrab o‘tib ketadi.Undan atir aralash ter hidi «gupp» etib uradi.

Nuriya.Alam qildimi?. Yangisi turganda eski kalishni boshiga uradimi Toxir aka.

Qiz yurib borayotgan joyida birdan qotib qoladi.Atrofga Yana Yorqinoyninig do‘koni tomonga qarab oladi. «Nima deding?».

Gavhar. Kim eski kalish?.

Gavhar joyida qotib turadi.Nuriya qiyshanglab sakrab ilgarilaydi.Atrofdagilar, sotuvchilar qiziqsinib qaraydi.

Nuriya. Sen-da, kampir.

Vokzal maydonida yurgan yo‘lovchilar va bekorchilar asta yigila boshlaydi.

Gavhar. Ogzingga qarab gapir, jalab. Sani ayatadi kampir deb hozirdan soching tushib qolgan.

Nuriya. Ey suka hali shu gapingni, kal deganinigni Tohir akamga aytdim. Terigga samon tiqdiraman seni..

Bir sakrab Nuriyaninig qo‘lidan ushlab tortadi. Nuriya uni ko‘kragidan itarib yuboradi.Gavhar tisarilib borib o‘tib orqasi bilan yiqiladi. Olislab ketgan Tohir Nuriyaga «tez yur» ishorasini qiladi. Gavhar sakrab o‘rnidan turib Nuriyaninig izidan bir hatlab yetib uninig ko‘kragiga musht tushiradi. Vokzal maydonidagilar yigilib «Ur Gavhar, qolishma Nuriya» derdi.Olomon tamoshaga oshiqar, yolgiz Tohir maydondan uzoqlashib borardi. «Kim yutsa yuz dollor». «QAni gladiatorlar». «Yo‘o‘q bular amazonkalar».

Jismonan nozikroq va novacharoq Nuriyaninig labi yorilib qonga belangan edi.Sartaroshxonadan sochi chala olingan qori va qo‘lida mashinkasi bilan Olim boshini chiqaradi.

Xudoberdi. Insof qilinglar bandalar. Ajratinglar ularni ojiza-ku axir ular.Xarop bo‘ladi-ku axir ular.

Olomon xor bo‘lib baqiradi.

Sport do‘ppili yigit. Allaqachon harob bo‘lib bo‘lgan ular.Hech joningiz achimasin taqsir.

Shu payt Tohir vajohat bilan odamlarni yorib kiradi. Biron foeaninig sezganday derazada qorininig rangi oqaradi. Beihtiyor boshidagi ko‘piklarni artadi.Olomon «anna Tohir shef keldi». «Onadan tugilganiga pushaymon qildiradi».

Xudoberdi. Hey ukam shaytonga hay bering.

Tohir kelish bodiga Nuriyani bosib yotgan Gavharni otib yuboradi. Nuriyaning yuzga bir musht tushiradi.Qiz yiglab baqiradi.

Nuriya. Urushni anovi sterva topdi. Kampir..kal deydi.

Tohir shaht bilan Gavharni qo‘lidan tortadi.»Qo‘yib yubor meni iflos».

Xudoberdi boshini derazadan chaqiradi.»Tohirjon siz erkaksiz..».

Tohir yalt etib sartaroshxona derazasiga qaraydi. Va Gavharni o‘sha tomonga sudraydi. «Kim kal..unda men kal bilan yotgan ekanman-da. Senga ko‘rsatib qo‘yaman». Olomon ularaga ergashadi. «Ena..yordam beringlar». Qori «astafurullo» deb chekkaga chiqadi. «Keling, keling Tohir aka».

Tohir. Ber mashinkani bu yoqqa.

Orqadan qorininig «insof Ber..». «Qo‘yvor endi senga begona bo‘ldimmi?. Gunohim ne o‘zi?». Gahar sudralib izillab yiglaydi.

Tohir. Ey Olim xez ob ke sochiq-pochigingni. Bogla qo‘lini..

Olim mushukday epchillik bilan Gavharni qo‘llarini orqasiga tortib boglaydi.Gavharninig ko‘zidan bir tomchi yosh tushadi. Tohir mashinka bilan Gavharninig sochini «gart-gart»oladi. Yigilganlarninig dami ichiga tushib ketadi.Hamma orqaga chekinadi. Hatto Olim ham Allaqayoqqa goyib bo‘ladi. Odamlarninig ichiga kirib kelgan Oynur hamma narsani tushunadi. Indamay yerda yotgan sochlarni qo‘lidagi lattaga yigib soladi.

Oynur: -Kerakmidi shu sharmandalik senga. Anna izlaganingni topding. Oldin ham aytganman senga Tohirdan uzoq yur deb. U odammas hayvon. Hamma yogig balchiq loy. Yur bu yoqqa.

Ular yetaklashib do‘konlar ortidagi qora uyga kirishadi. Tashqaridan mashinalarninig signali va shovqini eshitilar. Hayot davom etardi. Gavhar qotib o‘tirar, yuzida bir tomchi yosh qotib qolgan edi.

Oynur. Gapir yuragingni och Gavhar, bunday o‘tiraversang ish topasan.Bilaman u seni qishloqdan olib kelgan, onangninig kasalligidan foydalangan..Harop qilgan ham shu. So‘yla jonim..

Qora uy eshigida bir narsa izlagan kuyi Xudoberdi qori kiradi. Sochi qirib olingan Gavharni ko‘rib qotib qoladi. «..qodir egam». O’rindiqdan do‘ppiga o‘xshagan narsani olib eshikka yo‘naladi. Ilaks to‘xtab Ra’noga shohi belbogini uzatadi.Izgirin yuzlarni chimchilaydi. Ra’no belbogni Gavharga boglab ko‘zyoshlarini artib tashqariga chiqishadi.

RA’NO: Qo‘y siqilma qishloqqa borib jigrlaringni ko‘rsang hali hammasi esingdan chiqib ketadi.Hali bola ekansan. Shu qo‘shmachidan oson qutulganingga shukur qil.



Boshiga katta rumol urab kaltak kutarib olgan yoshgina xotin allanarsani olib kochgan ikkita daydini kuvlardi. Sulokmonday va yuz-kuzini sokol bosgan daydilar orti-oldiga karamay kochishardi. Aybi daydi bulgani. Aybi uyi yukligi.. «Non deb kakshomoy ul. Ishla kutingni kiyna. Seni odam bulsin desam uydagi bilan birlashib olibsan».Xotin jaxl bilan llanarsalarni otmokchi buladi. »Ne beyte pojaluysta..umru.. ». Yalt etib usha tomonga karadim. Qali kirklariga xam chikmagan daydi Kir kullari bilan boshini berkitib utiradi. Xotin xam kulini kutarganicha turib koldi-da, sung orkasiga kaytdi. «Ichmay ul, buni tupa-tuzuk odamlarninig bolasi deyishadi. Ichkilikdan tushgan axvolini kara buni, zaxaringga yutguncha uyingga bor, Ishla..Men senlarni tuydiraymi..uyimdagi alkashni bokaymi..Uyimda xam bor bittasi bersang yeyman, ursang ulaman».

- Jenge, nega nervichit kilib yuribsiz, e kuying bularni suksangiz xam, ursangiz xam, suksangiz xam shu bular?.

Xotin boshini kutardi. Uninig chiroyli yuzi sovukda gezargan va koraygan edi. Karshisida turgan zamonaviy kiyingan, yosh erkakni kurib bir oz xayajonlandi. Sung kuzlari birdan jika yoshga tuldi.Kullarini kutarib rumolini tuzatgan va kuzyoshlarini artgan buldi.

- E, kurmaysanmi..esini yegan bular – ovozi pasayib- Bozorda mendan boshka odam bularga non pon beramaydi. Uyda ovkat ortib koladigan bulsa xam, itga bermay shularga olib kelaman. Bular xam odam bolasi deyman. E, anovi Pasha degani, xali kuvlab yurganim. Uyga borib ish-pish kilib turardi. Qa desa mendan berkitib uyda ichishadi.

Ugrilib Pasha tarafga karayman. U allakachon berkingan joyida chikib uziining kadrdon daydilar tudasiga kushilib shu yakindagi axlat uyimini titklab yurardi. Yonlarida turgan xaltalar shishalar va pivoninig tunka kutilariga tula edi. Olisda shafakninig sunggi kizilligi asta-sekin pastga enib borardi. Qavo sovuk va tinik bulgani uchun allakanday kushlarninig kanot kokib yurgani kuzga tashlanadi.

- Endi avtbus bulmasmikan. Nima deysiz jege? – dedim kasoskor ayolninig erta sula boshlagan yuzlariga tiilib.

Ayol bir oKrinib («yanga»degan suz yokmagadi)erga karab turdi.

- Men senga yanga emasman. Endi yigirma yettiga tuldim,-dedi kulgi aralash. - Sunggi avtobusning junab ketganiga ikki uch soatdan oshdi. Qaydovchilar karongi tushmasdan chuldan utib olishga shoshiladi. Yullar muzlagan shuninig uchun sekin yurishadi.Temirga ishonib buladimi, yarim yulga yetganda saxroda buzilib kolsa, xudo kursatmasin. Quv anovilar…- ayol kulini bostirma tomonga chuzib - ..xam chuldan utib uyiga yetib olish uchun birovi avtobus, birovi poyiz kutib utiribdi.

-Nimada ketsam ekan? – dedim minKirlab va ayolninig Kalati nigoxidan xayratda kolib.

Uninig korachuklaridan yakin karindoshnin, sevgilining nigoxida uchraydigan mexr va joziba porlab turardi.

–Tonggi turtda poezd buladi. Ushanda ketgin..odam xam kam buladi. Yotib choy ichib ketasan.

- Poezdda ertaga kechga tomon uyga yetib borarkanman.Bugun ketmasam bulmaydi.Aytguncha bayramingiz bilan. Ismingiz kim edi? - yana «jenge» deyishga tortinib.

Sotuvchi ayol oldidagi ichimlik va ovkatdan bushagan kosalarni yikan kuyi bir oz xayol surib koldi.Yana chiroyli nigoxlarini kadadi. Nazarida u nimadir demokchi bulardi-yu, aytishga torinardi.

– Raxmat. Olmagul - birdan uninig tund yuzi yashnab ketdi.- Bilmadim unda nima kilasan. Istasang bizning uyga borib ertalabgacha dam ol xorib kelgandirsan.

Ayolninig ochik kungilligi va mexmondustligi olis rus shaxarlarida ishlab kelgan menday odamning kalbini orziktirib yubordi.Shunda yurtimni va kishloKimni juda soKinganimni xis etdim. Uydagilarga olgan mayda-chuydalarim ichidan kichik bir atir va rangdor koKozli pechene olib ayolga uzatdim.

U xayron bulib, «sotishga narsa olmayman». «Men uni sizga, sovKaga berayapman». «Nega?». «Yaxshi va chiroyli ayolligingiz uchun», - «chiroyli suziga ataylab urgu berdim».

Uzimninig ustamonligimga xam xayron buldim. Yot shaxarlarda yashayverib xar kanday ayolni rom kilish kudratiga ega edim. Qozir nega shunday kilish kerakligini tushuntirib berolmasdim. Qoxladim, shunday kildim.

– Voy raxmat..raxmat – u guyo bir kalkib ketdi. - Meni karang sotishga emish..yuk..shu.., - u dovdirardi.Ayolninig kunglini egallash kanday oson ish. – sizga nima bersam ekan, kurinishingizdan ziyoli odamga uxshaysiz.

- Aslida xam ziyoliman-da, - dedim shuxlik bilan.

- Bildim, bildim. Shunga anovi odamlar bilan kiynalib kolma..ng dedim. Bugun erim xam uyda edi – ayol kizarib kuldi. «Ismingiz nima edi?».»Temur». «U yokda nima kildingiz?».

- Rossiyada bir turk urtoKim bilan universitetda ukigandim. Utgan yil Moskvaga ishga kelgan ekan. Shu chakirtirgan edi. Bir yildan beri usha yokdaman.

- Omadingni bersin. Lekin aksariyat borganlar kora ishlarda ishlashadi.

- Raxmat. Endi xar kimninig tuz nasibasi. Ushanga bayramga uyga yetib olay deb shoshayotgan edim.Yer yuzininig turli nuktalaridan Ustyurtga yetsak buldi. Uyga yetganimiz deb kelamiz. Shu yerga kelgada odamlar shishaga kamalgan xashoratday xarakatsiz koladi. Juda Kalati joy ekan nega xam bu tomondan yurdim. Sakkiz soatda uyingda bulasan deb chalKitishdi-da.Kirib kuraychi utirganlar nimada ketmokchi ekan.

Ayol indamadi. Lekin ketishimni xoxlamadi. Yerga karab ishlarini kilaverdi.Izimdan karab kolganini xis kildim. Nazarimda uninig yuragiga chug tashlagan edim. «Nima keragi bor edi. Uni boshka kurmasam, bilmasam. Negadir odamlarninig oldida uzimga buysunmay kolaman. Saxiyligimni kursatgim keladimiey. Boshka vaktlari aka-ukalarim bilan yuborgani pulim ustida kir-pichok bulaman. Ustyurtga xam pulni yaxshi kurganim va tejamkorligim okibatida kelib kolgan edim. Bu yerga yigilgan xudo urganlarninig bir yilda topadiganini ikki-uch oyda topishim mumkin». Uzmni koyigan buldim. Lekin endi befoyda edi.

Eshikdan kirib ostonada tuxtab koldim. Kadim zamonning chiroklaridan sal kuchlirok nur sochayotgan lompochkalar yorugida odamlar yuk va sumkalari bilan tikilib utirishardi. «Bugun saxrodan utadiganlar bormi?». Tikilib kolganlar birdan xarakatga kelishdi. «Avtobus keldimi?. Kaergacha boradi.Kancha deydi». Turda bir ikkitasi urnidan kuzgoldi. «Yuk, uzim ketmokchiman». «Eee..unda nega boshimizi ogritasan». Yana utirganlar, biror narsa yeyayotganlar va mudrayotganlar uz ishlari bilan Mashgul bulishdi. «Ke jura..». Ikki uchta yoshi kirklarga borib kolgan, sport duppisi kiyganlar yigilib gazeta ukib utirishardi. Sovuk bulsa xam xonaninig xavosi oKirlashib ketganini paykadim.Xonada sigaret va kirlanib ketgan paypok isi korishib ketgan edi. «Yeysizmi?». Barok kosh odam katta va serkadok mushtini chuzib turardi. U bir kaft yer YanKok tutardi. «Raxmat».

- Yaponlarga koyilman, - dedi yuzi chuzinchok ozKin odam gazetani buklab. – robotlarninig Yangi avlodini yaratishibdi. Odam kilgan xamma ishlarni bajararkan – xudi robotni uzi yasaganlay mAKrurlanib.

Kora paxtalik kiygan kishi engashib «ana ikkita tuz» deganicha gapga kuyshildi.

- Zur bulibdi-da. «Temir xotin» kinosidagi Kuchkorvoy aytgan ishni xam bajrarmikan Ortikvoy? – dedi shumlik bilan yer YanKok bergan odam.

- U nima ish bajargan edi? – dedim ataylabdan.

- Odamninig xar narsa bulgani yaxshi. Xotiinimni soKindim deb ochik aytavering? – dedi bilimdon Ortik. – Uzi Raxim aka sizga shunday gap bulsa buldi.

- Xotinini soKinishi tabbiy-ku, - dedim yana.

- Qa nima, robot Xotin buladigan bulsa, shu ishlarni xam bajarsin-da – gap suzlarga parvo xam kilmay.- Bizga uxshaganlar sovukda yotadimi pul ishlayman deb kakshab.Mana shunaka safarlarga birga olib chikadik. Kimmat bulsa pul tashlab xam olardik. Nima xotinmidi kizKansak, kunglimiz keng, biri mingga buladi. Yuvib tarab deganday, - kulgidan kotib Raxim.

- Rost agar shunday bulganda biz xam jon deb kushilardik. Urisninig shaxRida xam bir joyga borib yozilay desang. Pulingni xam olishadi. Kamiga kaltaklashadi.Yaponlarninig katta kuKirchoKi boshka gap. Ishni kilib sumkangga solib ketaverasan.

Xonadagilar «gurr» etib kulishadi.

- Zur nom kuydingiz «katta kuKirchok»- deyman kulib.

- Qey odam bulmay ullaring. Sizlarga Ayni desa. Kanaka odamizlar uzi, ne azob bilan birovninig eshigida kul bulib pul topasizlar.Topganingizni xotinlarga sarflaysizlar. Kelib uch kun tuy berasizlar. Bilmagan tanimagan odamlaringizga yedirasizlar.

- Uzi sen Ortik xech odam bulmaganding. Qamma ishning beliga teparding. Kursang.. kaymokday kaymokday, sochlari uzun rus kizlari bilan gaplashamiz. Yeymiz ichamiz ish usha joyga kelganida manovi Ortik allakaysi moKor bosgan kavakdan urmalab chikadi-da «bular spit bulsa-chi, boshkcha kasal bulsa-chi» deydi. Qey egangni…Shu bilan tamom..

Ortik pinagini xam buzmaydi gazeta ukib utiraveradi.Asta kulib kuyadi. Gazetani varaklayotgan vaktida «mani aytganimni kilmang edi. Uyingizga bola-chakangizninig oldiga soK-salomat kaytsin deyman. Kulingizni ushlamadim-ku».

Shu mAxal eshik ochilib toKora kutargan baland buyli,katta yokali Pustin kiygan misoli bir filday xotin burunlaridan buK chikarib paydo buldi.

«Issik gummalar borr..». «Uzingnikini xam kushib bersang bir toKora olardim». «Uchib utiring Raxim aka» degan Ortikninig past ovozi eshitildi.

– Ortik uzing xam yomon ishton biyti bulibsan. YiKishtiringlar mayda galarni bir gumma yeylik uladigan dunyoda. AchchiKi bormi…- deydi gummachi xotinga yuzlanib Raxim.

- Men xam yeyman, - deyman kulib.

- Nechta sizga? – Raxim xali xam kulganicha menga yuzlandi.

- Ikkita yetar,- deyman.

- Ikkita nima buladi. Biz Ortik bilan un dona olamiz. Bu juda lechebniy gumma-da molning upka , tumshuKi va burnidan pishirilgan.

- Qa mol burnini shunday kesib olib gummaga tikishgan - Ortik xam ochilishib. – Keling yakinrok utiring, - deb manzirat kiladi. – Rostdan xam juda kizdiradi yo ozgina ichvorsanmikan Raxim aka.

Barzangiday Raxim purijinaday sakrab tizzalab oladi.

- Voy Ortikboy uzingmisan uka. Kaerdan bunday saxiy bulib kolding. Mikroskoping kani yeguliklarninig sifatini tekshiradigan.Srogini kuradigan. Bormisan uka?.

- Qoy Suluv opa vodkalardan bormi yo tashkaridan olib kelaylikmi? – deydi maktovlardan iyib Ortik.

Kuli kuliga tegmay, oKzi burnidan buK chikarib, gumma sotayotgan Xotin «bor-da» deydi va «tak» etib ikki shishani stolga kuyadi.

- Voy Ortikboyjon uzing aklli yigitsan-da

- Iching zaxringizga endi uyga keldik – Ortik kulidagi gazetasini stolga dasturxon etib yoyib. – Uning nozik barmoklari musikchilarnikiga uxshab ketardi.

- Olinglar yigitlar- Raxim barcha tadbirkor odamlarday stol ostidan kolbasa, dudlangan gusht va tuzlamalarni olib kuydi. U abjirlik bilan kesib taksimchalarga taxlaydi. Men xam uyga deb olgan ozik-ovkatlarimdan chikarib kuyaman. Ichib yuborishadi. Ortikni kuzatib turdim: arokni burisha-tirisha zurKa yutdi. Pamidorni xidlagan kuyi yerga karab utirardi.

- Yevorda Ortik, xidlayverib pamidorni xam suldirib tashlading. Pamidor xam duyoga kelganiga pushaymon bulishdi.

YiKilganlar sharaklab kulib yuborishadi.

- Kani olinglar davra sovimasin, - deydi Ortik piyolani baland kutarib. – Yigit ulmaylik.

Raxim Ortika xayrat bilan tikiladi.

- Ey sen juda malades bola ekansan-ku, - deydi yelkasiga kokib. – Seni jimsi merov juda ishton biyti deb yurar edim.Tupa-tuzuk erkak ekansan-ku.

- Endi aka u yerda mast bulsangiz kup narsadan ayrilasiz. Ishdan xaydashadi. Pulingizni olishadi. Yoki tasaddifan urmonda muzlab kolishingiz mumkin. Endi xudoga shukur uydamiz. Ustyurt bizning vatan-da.Niyatimizni karang bayramda xammamiz uyda bulaylik deb shoshib kelib uchrashib utiribmiz. Qammamizni uyimizda intizorlik bilan kutib utirishibdi. Mana bu juramiz xam uzimizdan ekan.Kancha ishladingiz oKayni?.

«Be..Olib yuboringlar shuni endi. Maktagan vaktda maydalashmada..» deb xovlikardi Raxim.

- Uncha kup ishlolmadim. Uzi borganimga bir yil buldi – dedim minKirlab va bir oz extiyot bulib.

- Pullarinizni «Vestrn yunion» dan junatdingizmi:?. Foyizi katta emasmi?.

- «Vestrn yunion» dan. Qamma shundan yuborganiga foyizini surab xam utirmadim – dedi kulimga arok tulatilgan piyolani olib.

Ertalabdan buyon tuz totmaganim uchun boshim aylana boshlagan edi.

- Juda ezildinglar-da. Kani shuni olib yuboraylik – Raxim yov kuvganday shoshirib.

Ichib dasturxondagi ne’matlarni yeyishga tushishadi. Xona turida shovkin kutariladi. Ichib olgan yigitlar Suluv opa bilan kelgan yoshrok kizga tegishishardi.

«Shu kizingizni olib kochaman jenge».

-Kochirib kuymayman-da, muninig akalari va ularining chopoKon otlari xam bor.

«Be ot kolibdimi shu zamonda». «Iii..bi ovuldan ot bilan kattaymiz-da».. «Kalin beraman jenge.Bering shu kizdi. Kim bilan gaplashayotganinigizni bilasizmi?. Men kimsan Rustamboyman».

- Bilaman baringni ovzingo orok tiysa botir bulasin, boy bulasin – deydi yulovchilarninig bu taxlit kochirimlariga urganib kolgan Suluv beparvogina. – Ertaga kuchada kursang biring tanimoysan.

- Chuldan utadiganlar bormi? – deb bakirdi eshikdan kirgan va kosh kipriglarigacha kirov koplagan yigit.

Tutun va buKlarda arang kurinayotgan mast-alast olomon bosh kutaradi. Xira chirok yana xiralashgan edi.

«Anna xudo beraman desa, avtobus xam tayyor».

– Uchti yopik KAMAZ, odam boshiga olti mingdan besanglar besh soatda chuldan utkazib kuyamiz.

Yana xoadagilar vaKir-vuKur kilishdi.»Kuzovda upkangni shamollatasan». Kimlardir ichib «xoxolab» kulishadi.

- Ketdik. Fakat beshdan kiling. Un ikki kishimiz.Qar kalay pechkasi bor avtobus emassiz.

- Beshdan kutarmaydi. Benzinning uziga ketadi.Qoxlamaganlar pechkasi bor avtobusda ketaversin. Oltidan bulsa olib ketay. Bulmasa tongda poyizda ketaveringlar. Yangi yil utgandan yeyin uyda bulasizlar.

Yana odamlar doyaga turgan ipak kurtiday bosh kutarishdi. Yangi yil kirguncha uyga yetib borish Koyasi – eng oKrik nukta edi. Ortik kulida kolbasa va nonni bilan xaydovchiga tikilib koladi. Turdagi odamlar narsalarini yiKshtira boshlashadi. Raxim avval menga sung Ortika karaydi. Shishaninig ostida kolgan arokni shoshilinch uchga buladi.

- Ketik Ortik. Bu yerda emas mashinada uxlaymiz. Ikki xisob bir uttiz.

- Juda sovuk buladi-da, aka. Xudo saklasin biron kor xol bulsa chulda kul telefon xam ishlamas ekan – dedim men.

Raxim ikkala kulini beliga tirab uylanib turadi.

- Arokninig kuchi ketguncha uyda bulamiz – deydi ujarlik bilan u . – Ketdik bolalarimni juda soKidim. Ertaga xotiimning xam tuKilgan kuni.

- Mening onamning tuKilgan kuni. Buninig ustiga arokninig kuchi ketganidan sung odam battar sovukotadi – deydi uychanlik Ortik. – Lekin aka ishonib bulmaydi-da. Yulda mashina buzilsa yoki adashib kolsa-chi.

- Eee. Tursang-chi ana anovi sheriklarimiz turdi. Bitta uzimiz kolamizmi.Buzilsa shuncha erkak itarib xam boramiz. Mana Yangi sherigimiz Shuxratboy xam bizga kuyishiladi. TuKrimi?.

«TuKri» deyman bosh silkib.

Barcha mast-alaslar bir-birini suyab eshikka yurishadi. «Tuxta etigimni zamogini kutaray». «Kurtkam kolib ketibdi».

- Kim ketsa chikaversin.

- Suluv opa Yana ikkita arok Bering. Yulda Ortik muzlasa ostiga utin kalab gulxan yokaman. Eritib xotiining kuyniga solamasam bulmaydiganga uxshaydi.

Tashkariga chikishimiz bilan muzday chul xavosi yuzimizga sanchiladi. Qali xam katta trassada chiroKini yokan baxaybat yuk mashinalari va avtobuslar vaKillab utadi. Maydon chetiga tizilgan yelim koKozdan yasalgan uychalarda xira chiroklar yonadi. Mayda chuyda sotib utirgan xotinlar shu tarika jon saklayotgan edi. Uychaniig ichida chiroklar va shamlar yaltirab kurinadi. Birinchi chodirga bosh sukdim. Karasam kunduzi daydilarni kuvlagan ayol, kadrdon Olmagul radio eshitib utiribdi. «Oydinlar, oydinlar..bizdan salom bulsin oydinlar».

- KiraKuy, uyga bor desam bormading. Qavo sovub ketdi. Yana Raxmim kelib Pasha bomjni uyga junatdim, - deydi Olmagul yakiniga gapirganday kunglini ochib.- U axmok bulsa Yana kaytib kelibdi.Uyda arok kolmabdi shekilli… – oy tavokday yuzlarininig sovukdan kizargani uziga yarashgan edi.

- Ketadigan buldik, xayrlashay degandim.

Ayol Yana unKaysizlanib rumollarini katta va kupol kulari bilan tuzatgan buladi. Guyo jigari..yakin odami junab ketayotganday achinish bilan karadi.

- Avtobus keldima? - chiroyli va kisik kuzlarii tikib.

- Usti yopik yuk mashinasi bor ekan. Bir yigirma uttiz yigit junamokchimiz.

Tuykus Olmagulninig chiroyli yuzi tundlashdi. Tashkariga boshini chikarib bir karab kuydi. «Uylab suylaysenbe mashin yurganda sovuk un marotaba kuchli buladi. Kotib kolasan yoki Biron joyingni sovuk oladi. Anovi axmok Pavlik xam shu mashinda ketaman deb aytib ekan-da».

Yana boshini yelim koKozli uychasidan chikarib osmonga karab kuydi. Undan sham isi kelardi.

- Endi shuncha odam ketadadi. Shafyor besh olti soatda daryo buyiga chikamiz deydi.

U yana asabiylashib oldidagi narsalarni boshadan taxlay boshladi. Men bergan sovKalar ularninig orasida kurinmasdi.

- Uzing bilasan. Men bulganimda ketmasdim.Uch-turt soat sabr kilsang issik vagonli poezd keladi.

«Sheriklarimdan kolmay» deyman uz-uzimga. Yoki kolsammikan degan uy paydo buladi.

Yuk mashinasining ostiga temir koplangani uchun issikrok bulsin degan ma’noda ovuldan somon ortishibdi.

- Endi samonda aKanab uxlab ketadigan buldik. Tezrok kimirlanglar turroKidan joy olaylik issikrok buladi.

Mashina eshigini ochib bostirmaga yakin kelishi bilan yigitlar «tapir-tupur» chikib olishdi. «Kuy dedim ketmayman. Uzim bilaman» derdi mast yigitlar. »Eski yuldan yuramiz. Shunda turt besh soatda yetamiz». Kulida katta bir narsa kutargan Olmagul paydo buladi.

- Qov kora kosh yigit.. Shuxrat manovdi ol bovrim. Pasha bilan uranib ketasizlar. Galstuklaringni yechib sumada issik kiyim bulsa kiyib ol. Gde ti Pasha?.

«Bizga xam bir boking Suluvxon. Bizninig xam kora koshlarimiz bor. Bizga xam pustinmi kurpami bering».

- Zdes ya zdes – dedi karonKilikdan birov.

– Meni kurpa sexim bormi kizik ekansizlar. Qar kun kuch-kuronimni kutarib ot aravada zurKa kelaman. Dosvidaniya Pavlik. Gde ti bila bud zdorov.

- Raxmat, - Yana «opa yoki yanga» deyishga xijolat bulaman. – Voy-bu..buni Antraktidadagi ok ayiklar kiysa xam tempiraturasi chikib ketadikui. Raxmat. Yulim tushsa tashlab utarman.

«SoK bul» nazarimda xotinnig kuzlarida yoshmi, kirovmi yaltiraydi. Sunggi suzlarni ovozi bir oz kaltirab gapirdi choKimda.

Kudratli mashina vaKillab yulga tushadi. Burnimizga benzin va tutun xidi uradi. Barchamiz mast bulsak xam, «ovmin» deb kulimizni yuzimzga suramiz. Mashina yalanglika chikandan keyin uninig ming xil teshiklaridan kirgan shamol tinmay xushtak chala boshladi.»Xushtakvozlik buladigan buldi-yu» deydi Raxim yutalib.

- Qa sizga xukizday bukib ichmang dedimmi xozirdan yutalayapsiz.

- Yutialaman-da..yigirmata odam bir vaktninig uzida yel chikarayotgani keyin..Uzi xaydovchilar xammaga bittadan protivogaz berishi kerak edi. Ayniksa xozir ichilgan arokdan keyin.

Utirganlar xoxolab kulishadi. Shu mAxal burnimga arok isi va achchik rutubat isi uriladi.

- Karanglar telefonlar xam uxlabdi. Mana monitorida «net svyaz yozilgan».

- Brat zdorovo. Kalaysan?

- Zdorovo – karonKida uninig Pavlik ekanligini anglayman u barcha kozoklarday yakin kurib «senlardi».

- Yaxshi. Pasha nega bu axvolga tushib kolding. Jenge seni yaxshi odamlarninig bolasi bulgan deydi.

KaronKi SAxn sovuk shamollarda guvlayotgan motorga kushilib zulmat aro ilgarilaydi. Bir zumda yulovchilarninig ovozidagi shodonlikdan asar kolmadi. Sovuk badanimizni pichokday kesardi.

- Dolgo istoriya. Nemnoshko nalyte rassaju..- deydi pustin ostiga «xakim bor deganday »oyoKini tikib.

Mashina siltovida yengilgina sakrayotgan yoshgina yigitninig allakachon adoi tamom bulganini anglayman.»Baloni ichsin.. Shuninig sassik xikoyasini boshingizga urasizmi?» deydi Raxim uyku aralash tunKillab. Paypaslab arok shishalarini topaman.Qali ichishga ulgurmaganimiz uchun Raxim piyoladagi avrokni shishaga kaytarib solgan edi. Nixoyat yengilrok shishani chaykab kurib, Pavlininig bir oz kaltirayotgan kuliga tutkazaman.

«Ma xoxlagancha ich». «Eto nasvsem mne». «Na sovsem tebya». Mashina chaykaladi, Kijirlaydi, chul shamoli tinmay xushtak chaladi. Daydi xamroximninig ovozi eshitilmay.. «uvik..uvik» degan yutinishi kuloka chalinadi. U shishani paxolga «dupp» tashlab jimib koladi. «Qey urtok Pavlik Moroz uxlash yuk. Rasskaji pojaluysta..». «Ux sovuk utib ketdi-ku xamma yoKimdan. Xolodilnik xam issikrokdir.Shuxrat juda erinmagan banda ekansiz-da shuninig sassik xikoyasi nimaga kerak sizga». «E, aka sizga uxshab mazza kilib uxlasam edi..Mana soat endi undan oshibdi.Kasofat bateriyasi utirib kolyapti».»Kaerga kelgan ekanmiz»» deydi Raxim. «Saxroga. Kim biladi kaerga klganimizni..». «. Shamol Kuvillaydi, kiynalib ilgariyotgan mashina unkir-chunkirlarda koptokday sakraydi.»Kaysi axmok unga eski yuldan yur degan ekan».Olis-olislarda daydi chul shamollari kashkirlarga uxshab uv tortadi. Dikat bilan kulork solinsa, motor Kuvillashi orasida minglab ot tuyoklarining sasi kelganday buladi. «Pavlikninig:»A chyom..Da..da..»degan kayf va uyku aralash sasi uzuk-yuluk eshitiladi. «Moya mama Roza Xasanova v etix stepyax radilsya. Moskve VGK uchilsya i tam ostalsya..- nazarimda mudrab ketadi. Men daydi bir odamninig oKzidan chikayotgan gaplarga xayratda kolar edim. Olmagulning aytganicha bor ekan: «chindan yaxshi va xatto katta odamlarninig farzandi ekan». «Kaysi asrda tuKilgansiz Shuxrat..» - mashina silkinib-silkinib tuxtab koladi. Qamma nafasini ichiga yutib tashkariga kulok soladi. «O, xudoyim» degan nolalar eshitiladi.Kimdir kabinani «duk-duk» urib kuyadi. Motor Yana ut olib yurib ketadi. «Shafyorlar uxlab kolmadimikan uzi» deydi Ortik uziga gapirganday. «Potom roditeli rozashlis. Ya s materey ostalsya..uxxu.. ona muchilsya s moim vospitaniem. 1995 god v vremya se’yomok yeyo serdtse ostonavilas. Togda 12 bila mne. Potom otpravili syuda k step babushku..I nedavno ona toje umerla..».Pasha oKir xursinib burnini tortib kuyadi.Allanarsalarni shitirlatadi. «Shumkadam. Onasi xakida gapirishini karang.Magazinga borib keldim. U yerda setkam uzildi deganday. Voy kuchada ulgur..» deydi asablari kakshab Raxim. «Moskve mashenniku papal uxxu.. oni kvartira moya prodali..nachala pit spasti ot xoloda svoyo shukuru.I vot brojus kak svobodniy veter..». U yana shishani izlab topadi. «Ey svobodniy veter uchasanmi yukmi. Alkash, dangasa yaramas. Onasi ne azoblarda olgan kvartirasini alkashligi okibatida yukotibdi. Endi ulsang xam Moskvadan kvartira olomaysan».Daydi yana burnini tortib uzicha «ux»lagan buladi. «Raxim aka kuying endi. Qar kimninig xayotda takdir nasibasi bor». «E kuydim. Bu svobodniy veter ichmaganida takdir nasibasi boshkacha bulardi.» Raxim tizzasiga «shapillatib uradi. ».»Pashsha endi kayoka ketyapsan?». «Piteru..tam znakomiy yest».Uninig ovozi motorninig guvillashida uzuk-yuluk eshitiladi. «Znakomiy kto on toje bezdomniy».Pasha Raximdan xaykib bir muddat jim koladi. «Bezdomniy no on rabotaet dvornikom. U nee podvale tyopliy mesta yest». »Takoy mesto zdes polno j..Skolko let tebe?». «Tridtsat dva..Pravilno no zdns domoy gonyaet..tolko videli je..» «A tam iz doma vigonyaet da».Shamol xushtak chaladi, mashina kiynalib ilgarilaydi. «Voy..voy ..shuncha yoshmi bu..Man bir elligidan oshgan deb uylabman. Shuxrat xozir uchmasa pastga otib yuboraman. Burilarga yem buladi».»Kuying birovni uvoliga kolmang».» E bu spirtnoy svobodniy veterdi buri xam yemaydi. Yesa xam otravlenie bulib uladi» chidolmaydi Raxim. «Aka, nima deysiz» deyman asta.. Pavlikninig ovozi chikmay koldi.Mashinaninig ichi sovib yanada kuprok silkitadi. Raxim va Ortik tunKillay-tunKillay jimib kolishdi. Eshishikka yakinrokda yotganlar muzlaganday kotib kolishpadi. Odamlarning uxlab kolganini bilganday chul shamoli kuturib mashinaninig tunukasini dupuratar, Materialdan yasalgan tusiklarni «shaloplatib» urardi.Chul urtasida karonKilik baKrida ulkan mashinamiz Kuvillab ilgarilardi. Barcha erkaklarninig uyida archalar bezatilgan va bayram dasturxonlari yoyilgan. Kuchadan utgan mashinalarninig ovoziga kulok solishadi.»Karang otang..akang kelmabdimi?» deyishadi. Asta urmalab eshik tirkishidan tashkariga karadim. Pavlikninig kuchukboladay Kingshigan ovozi eshitildi. Atrof zim-ziyo olis-olislarda shafakninig okish bir bulagi kuzga tashlanadi. Uzimni jon xolatda orkaga oldim. Birdan eshik ochilib ketib tushib kolsam nima buladi. Yo sovukdan kotib ulaman, yo yovvoyi jonvorlaraga yem bulaman. «Ey xudo dunyoninig barcha avliyolariga iltijo kilaman. Bola-chakamiz xaki eson-omon yetib olaylik. Ming lan’at senga Raxim, nega xam mashinaga chikdi.». Yana urmalab kelib issik pustinning ostiga kirdim. Silkina-silkina chulninigmi, shamolinig «oxx»lariga va motorninig Kuvillashiga uzok kulok solib yotdim. Bundan un yillar oldin bir rus kizi bilan poezdda ketgandim. Uning buylari baland, moviy kuzlari sokin dengiga uxshardi. Yedik ichdik. Kechasi shu ishga ishora kilsam karshilik kursatmadi. Sung u bilan kovushdik.Vagon chaykalib allalardi. Umrimda birinchi marotaba begona ayol bilan kovushishim edi..Nega esladim yoki biron kungilsizlik yuz berarmikan?.

KuloKimga kirgan vaKir-vuKurdan uyKonib ketdim.Pavlik xuddi ulikday dong kotib yotar, yana turt beshta uykusi kattik odamlar birininig oyoKi, boshka birovininig yelasi ochilganicha kotib yotishardi.Kuzlarimni ishkalab pastga tushdim. Mashina tuxtab odamlar uykusirab, junjikib turishardi.Qavo juda sovuk bulgani uchun xammaninig burnidan paravoznikiday tutun chikardi. Chor atrof sarik tusda, olislardan shurxok yerlar kishdan kolgan kor bilan kushilib okarib kurinadi. Nazarimda dunyoninig chetiga chikanday edik. Bu yerda tsvilizatsiyaninig belgilari sifatida kachonlardir asfaltlangan endilikda butkul tuproka botib ketgan yul va boshimizda Kuvillab turgan yuksak chastatali elektr simyoKochari va kayoklargadir uzangan simlar bor edi. YiKilganlarninig avzoyiga kurib yuragim «shuvv» etdi. Biron kor-xol yuz berganini anglagan edim. Telefonimninig bateriyasi utirib kolgan edi.Bir soatlardan sung uydagilar uyKonib issikina sutli choy ichishadi. Bayramga tayyorlangan shirinliklar, kolbasa, dudlangan tovuk gushti va somsalar yeyishadi. Olislardan tong okara boshlagan edi. Miyamdagi «endi nima buladi» degan savol zurlik kilar, boshka narsalar xakida uylolasdim.

- Nimaga mazgini…..san a, nimaga mazgini komposirovat kilasan. Kulingdan kelmasa nega chikasan yulga iflos. Qozir urib basharangni yorib tashlayman, - Raxim boshchiligida ikki uchta yulovchi xaydovchi yigitlarni burchakka tikishardi.

Yigitlar bir chekkada Kujanak bulib utirishardi. Bosh kiyimini kimdir urib tushirgan sochlari shamolda tuzKirdi.

- Yarim tunda uxlab kolmay deb sherigim bilan almashgandim. Uykusirab kayrilib ketibman shekilli..

- Voy onangni..adashib ketibman demaydi.» ..kayrilib ketdim» deydi. Senga yigirma odamninig xayoti uyinchokmi..Nega kecha almashgan joyingga yana kaytib kelibman demaysan. It.

Biz tap-takir saxroninig urtasida turar e

Dik.

- Tuxtang Raxim aka, ataylabdan kilishmadi. Bu yerdan kutulishni uylaylik. Kani akalar nima kilamiz.

Uykusilikdanmi yiKidanmi kuzlari kizarib, ichiga boib ketgan xaydovchininig ovozi tamoman buKilib kolgan edi.

- Un un besh litr benzin koldi. Yuldan birinchi zopravkada kuyaman deb uylagandim.

- U..u..kani kuyganing?.

- Yigitlar, yigitlar endi foydasi yuk.

Qaydovchilar kontalash kuzlarini olis-olisga tikishadi.

-Sherigim bilan piyodalab katta yulni izlab kelsakmikan – deydi takdirga tan berganday.- Yana adashib yursak benzinni xam..

»Shuni oldinrok uylash kerak edi» degan gap suzlar eshitildi orkadan.

«Uxx» atrofdagi kayfi tarkaganlar kolgan-kutgan sigaretaralrini tutatib turishardi. Chekkada utirgan yigit telbalarday uz-uzidan boshini silkitardi. »Bugun mani tuyim..». «Nimaa?». «Mashinami yoki psix bolnisami». /ildirakka suyanib kuzlari uykusizlikdanmi yoki yiKidanmi kizarib ketgan yigitga karashadi. U uzok uf tortdi..«25 dekabrda uyga yetishim kerak edi. Vokzalda pasport, pul va telefonimni olib bir xafta kamab kuyishdi. Chikib un kun deganda yetib keldim. Ustyurtdan utsam buldi deb akalardan iltimos kilib mashinaga chikib olgan edim». «Erkak kishi uyalmaysanmi yiKlagani..yana uylanarmishlar».»Aka, yiKlamadim. Uydagilar xamisha gapining ustidan chikmaydigan odam deb xisoblashardi. Mana endi…»

Raxim bir chekkada boshini ushlab utirardi.Tap-takir sarKish cheksiz saxro odamni vaximaga solardi.Yakin orada kuzga tashlanadigan narsaninig uzi yuk. Chulninig ulkanligiga kiyoslaydigan xech narsa yuk. Uninig uzi shu xolicha – butun yer yuzidan iborat edi. Dunyoda saxrodan uzga nom yuk edi. Bu maxobat oldida inson irodasi deganlari bekor edi. Bu cheksizlik xar kanday narsani uz izmiga solardi. Bu yerninig aloxida konunlari va mezonlari bor edi. Ulchamlarninig nomi - esa saxro edi. Kuz ilKamas uzoklikda na tarakiyot va na xayot izlari kuzga tashlanardi.Olis-olislarga chuzilib ketgan elektr simlari kuchli shamolda «Kuvillab» guyo noma’lum yomonliklardan dapak berayotganday chaykalardi.

Bir paytlar uzimni xamma narsaga kodir odam xisoblardim. Lekin maxobatli tabiat va texnika oldida bir zarra xam emas ekanman.Ochlikdan kornim kuldirab ketardi. Shunda kadim sufiylar ochlikdan kutulish uchun kornini tortib boKlashganlarini esladim. Kamarimni tortibrok boKladim. «Shuvv» etib ichimga shamollar okib kirdi. OyoKim, barmoklarim muzlab kolayozgan edi. Aylana bulib «dup-dup» sakrayotganlar safiga kushildim. Gapirishga xam xolim kolmadi. Negaki bir tuxtamga kelmasak biron fojeaga uchrashimiz tayin edi.

- Unda benzin yetguncha ketaversakmisan? – minKirladi xaydovchi.

Sakrayotganlar birdan tuxtadi.

- Keyin duch kelgan joyda tunKiday kotib ulasanmi?.Telefon ishlamasa..

Shamol kuchayib yana minglagan xushtaklar ishga tushdi. «Qushtakboz shamol».Baxtsiz kuyovninig burnini tortib yiKlayotganini anik eshitib turardik. U xuddi otasidan gap eshitgan usmir yigitchaday xung-xung yiKlardi. Yana aylana bulib sakray boshladik. »Xudojon nima gunoximiz bor edi» deb nola kilardi mashinaninig orksida yana birov.

- Unda yulKun va saksovul kupirok joyda tuxta. Gulxan yokib jon saklab turamiz. Qozir vaktni utkazmasdan yozilib olinglar - dedi Ortik oKir xayolga chumib.

Odamlar sal naroka chikib zaruratini bajarishdi.Falokatda insonning eng nozik tuyKulari uyat va andisha yemrilib ketarkan. Ochlik bizni xayvonlarga yakinlashib kuygan edi.

Yana yurib ketdik. Nazarimda shamol kuchayib motorninig guvillashi xam zaifrok eshitila boshladi. Shamol xar kuchanganda birdaniga yigirmata odamni yuragi tuxtab kolganday buladi. Negaki mashina tuxtashi bilan manzilimizninig xam sunggi bulardi. «Naxotki shu yerlarda bir balolarga uchrasak. Naxotki uligimiz saxrolarda kolib ketsa». Men xali xam axvolimizga uncha ishonkiramay, Karib xolatimizni baxolay olmayotgandim. Agarda sovukda tunKib ulsak, uligimizni yovvoyi xayvonlar Kajirmikan?. Qali bekatda kish kattik kelganidan buri, tulki va yana allakaysi xayvonlarninig kuylarga xujum kilgani xakida eshitgandim. «Biz kupchilikmiz» yana dalda berdim uzimga. Nazarimda bizni kutkaruvchi samolyotmi yoki mashina yetib keladiganday edi. «Eng yomoni bizning adashib kolganimizni na u yokdagilar va na bu yokdagilar biladi. Baxtga karshi bugun xamma idorada-yu tashkilotlar va uylarda 20…yil bayram tayyorgarligi… ».Kasofat shamol Kuvillar, ignaday teshidan tuyaday sovuk kirib ochlikdan kakshagan vudjudimizni Kijimlardi. Oradan bir soatcha vakt utmay mashinamiz silkinib-silkinib uchib koldi. «Ana onangnikiga.. yetib keldinglar». «Uligimiz shu yerda kolib ketmasa buldi».

Yoshi kattarok yullovchilar sakrab tushib ketishdi. Kuzovga somondan kolgan bir dona buKdoy bashoKi ilinib turardi. Shart uzib olib oKzimga soldim. Nonning ta’mini xuzur kilib surib yotdim.Pavel urmalay-urmaylay yerga tushib ketdi. «Eto dorogo Pitera..» degan ovozi eshitildi. Daydiinig alaxsirashiga xech kim kulmadi. «Eto Moskva..Moskva.tush daydi kuzi.Yetib kelding». Barcha atrofga utin tergani tarkab ketishdi. Ular bir karashda inidan yegulik uchun tarkayotgan yaltirok kanotli chumolilarga uxshardi. «Uzoka ketib kolmanglar adashasizlar». «Utinni terguncha terib orkaga kaytinglar».

Shamol kuchaygandan kuchayib sarKimtir kulranglikdan iborat cheksizliklarda kuyun xosil kilib, utgan yilgidan kolgan yantok va kamishlarni uchirib yurardi.. Qamroxlarimninig barchasi kamonday engashib kolgan edi./am va yul azobidan bir burda bulib kolgan xaydovchilar mashinaning yumshok urindiklarini sudrab kelishdi. Kora moy izidan doK-duK bulib kolgan sholchani saksovulining egri tayoKiga ilib pana kilib kuyishdi.Burnimizga yoK va benzin isi urardi. TuKrisi usha xiddan, ya’ni xayotni esga soladigan xid bir oz kungimizni kutarardi. «Ustiga xam biron narsa topsak zur bulardi». Utinga ketganlarning besh-oltitasi kaytib, yarim soatda urina-urina olov yokdik. «Gugurt va utinni tejanglar». Ozik ovkat xakida gap bulishi mumkin emas edi. Qamma och edi.

- Qammamiz kancha edik. 23 nafarmi?. Unda nega 22 miz. Kim yuk bilasizlarmi?.

YiKilganlar bir-biriga karab jim kolishdi.Odamlarni bir-bir sanagan bulishdi.

- Mani sherigim Ernazar yuk. Lekin u oldindan ishlab yurgan odam. Qozir bir kuchok utin bilan kaytib kelsa kerak.

Qaydovchilarninig kattasi Ortika yuzlandi.

- Aka, sherigim bilan katta yulga chikib kelmokchiman.

Barcha sergak tortib xaydovchiga karashdi. Shamol xam kengliklar aroyunalishini ugartirganday buldi.

- Katta yul kaerda uzi?.

U sokoli usgan ozKin yuzini bekitib oldi.Shamol xam tuxtab odam bolasi nelarga kodirligini kurmokchi bulganday jim koldi.

- Xudoyim bir yul kursatar?.

Raxim va yana bir ikki barzangi urnidan sakrab turdi. Ortik «akalar jim» deganday kullarini kuksiga kuydi.

- Xudoyingni kanday yul kursatganini bir marta kurdik. Mana utiribmiz saxroda ulimimizni kutib.

Qaydovchi uykusizlik va Kamdan kizargan kuzlarini Raximga iltijoli tikdi. Nazarimda mijjalarida yosh yaltiradi.

- Endi mening xam sizlardan farkim kolmadi.Oddiy yulovchiga aylandim. Bunday utiraversak..- gapini davom ettirolmasdan kattik yutindi. - Xudo biladi kaerdaligimizni karonKi tushmasdan bir ilojini topsak degandim.

Barzangilar kul siltab mashinaninig orkasiga utib ketishdi.

- Ketavermaydimi, baribir xech baloni eplolmaydi. Ketgan kaytib keladimi uzi? – u Ernazarga ishora kilayotgan edi.

- Uchib utiring Raxim aka. U yokda ketaylik deb miyamni yedingiz. Endi xaydovchining asabida uynaysiz. Kanday odamsiz uzi?..Nima istaysiz? – dedi Ortik jaxldan buKrikib.

«Mama..mama..». Barchamiz yalt etib mashina tarafga karadik. Pasha sap-sarik kurtkada bukchayib bir burda bulib utirar, shamol yokalari va etaklarini uchirardi. Kuzovdan tushib xali bir kadam xam yurmagan bizninig «Pavlik bomoj» yiKlab utirardi.»Mama..mama..prosti menya..». Daydi yuvilmagan iskirt sochli boshini va yerni mushtlardi. Yelkalari titrab – titrab yiKlardi. Nazarimda juda ichkisi kelayotganidan jazavaga tushib, «arok» deyishni urniga, bizdan kurkanidan «mama» derdi. Uninig yonida na xaltasi va na tanish shishalar kurinardi. Ichkilikdan abgor bulgan yuzini va xiralashgan kularini tap-takir sarKish saxroga tikkanicha yiKlardi.Saxro xam ming yillik yolKizligi va Kamlari bilan bakrayib turardi. Ayni shu choKda unga inson va uninig Kami begona edi. U fakat aravasida uzining kushiklarini aytganlarnigina boshini silardi. Odam baribir begona edi.«Qa Pashajon endi enang yodingga tushdimi. ». Kulgan buldik. Qaydovchi sherigi bilan tupdan ajralib noma’lum manzil sari yulga tushdi. Ernazar xali xam kaytmadi. Bir uzi yulni izlab ketganmikan?. YiKilganlar kuzlari bilan kuzatib tursada, uzlarini kurmayotganday tutardilar. Ularninig safdan ajab ketayotgani kungllarni Kussaga tulirar va nazarida ular kutulib ketadigan va biz saxroda xalok buladiganday edik.

- Anovini karanglar. U nima ekan? – Raxim kunchikar tomonda arang kuzga tashlanayotgan narsaga tikildi.

- Miraj. Chulda, kumda shunaka narsalar uchraydi – dedi ilgari xam bu yerdan utgan odam.»Sarob degin». Mashina ortida Pashaninig ichikib yiKlagani xali xam eshitilib turardi. «Proklyatoe mesto. Nenaviju tebya, ne naviju..Eto step, veter proklyatie, bezsmislennoe nebo. Nenaviju tebya jizn. Mama umeret xochu..est xochu».

Barcha ochlikdan tirishib ulayozgan edi.Kimdir telefonini gulxanga tashlab ketibdi.Shu bilan xalos bulish xakidagi umid tuyKusidan kutulgan kurinadi. Utin xam tugadi. Utin bulgan takdirda xam uni yokishga biron kimsada istak yuk edi. KaronKilik kora lashkarday bosib kelayotgani bois barchaning ruxi tushib ketdi.Qaydovchilaring kaytib kelmagani odamlarninig xalos bulish xakidagi ishonchini sundirgan edi. Endi yokishga utin yuk, yerda kolish xam kurkinchli edi. Shuninig uchun barchamiz urmalab-urmalab asta sekin mashinaga chikdik. Samonlar muzlab oyok ostida ezilardi. Kuzovninig ichi muzxonaga aylangan edi. «Ernazar kaytmadi-ya». Shu suzdan sung mashina ichi yana xam sovub ketdi. «U adashib kolgan bulsa..Yo sovukotib uladi, yo xayvonlarga yem buladi».»Shafyorlar nima buladi». «Yulga chikan bulsa kelar. Adashgan bulsa..bilmadim». Chulninig telba shamoli butkul xukmron bulib olganday kuchayib «chiyillab xushtak» chalardi. Agar somon bulmaganda allakachon savuk kotib ulishimiz tayin edi. Nazarimda barchaninig koni kotib muzlab kolayotgan edi. Tashkaridan elas-elas yiKiga uxshagan sas chor atrofga trakalar edi.

- Birov yiKladimi? – dedim karoKilika karab.

- Ernazar kaytib keldimikan?.

Yana jim koldik shamol allakaydan odam yiKisini olib kelardi.

- Burininig urKochisi xam oy chikanda shunday uliydi – dedi kimdir.

Yana jim koldik. «..ama..aa» dega uzuk-yuluk sas eshitildi.

- E, bu bomojimizninig ovozi-ku – dedim.

- U kasofat kachon chika kolibdi?.

Eshik dukilladi. Bir muddatga tilimiz kalimaga kelmay koldi. «Otkroyte..».Yana jim koldik. Balki chul arvoxlaridir, Pasha tilida gapirayotgan. Muzlab kolgan eshikni zurKa kiynalib ochdik. Eshikdan olam-jaxon sovuk kirdi.Oy chikan, lekin xavo bulut edi. «yop..tezrok yop» deyishdi ichkaridagilar.

- Svoloch Raxim vibrasil mnya na ulitse..

U karshimda arvoxday kaltirab turardi.

--Sen kaerda eding? - dedim xayron bulib.

Ichkaridagilarninig norozi ovozi eshitildi.

- Kaysi gurdan keldi jondorga yem bulgur.

- Ya dumal v kabine teplo budet. «Nechego ne delal, tolko: Almagul dura skazala..potomu chto ona vodka ne dala ..» Ya golodna kak soboka – dedi xirillab.

- Qamma och ?..Bu bomoj sovukdan kanday saklanishni biladi.

- jimm..eshityapsizlarmi..- dedi birov astagina.

«Ey xudoyim oyoKim muzlab koldi. OyoKimdan ayrilib kolmasam gurga edi.»

- Odamning sasimi nazarimda kichkirik kuloKimga kirdi?

«Yord..amm» derdi zulmat kuynidagi ming yillik saxro , bor jur’atini yiKib. Olis – olislarda saxromi osmonmi «ox» chekardi.

- kurkinchdan vas-vas bulib ulmasak yaxshi edi.Bu temir kafasda..

- e, kar bulganmisizlar ana kulok solingar, Buri ulayapti-ku..

Birdaniga xamma jim bulib koldi.Zim-ziyo saxroninig urtasida bir mashina odam tuzoka tushgan sichkonday kamalib kurkinchdan kaltirardi. «Burilar kolgan ekan-a..».

- Bular odam isini oldi. Yoki..- uninig nima deyishini bilib turardik.

U gapininig davomida «burilar xaydovchilarni yoki Xudoynazarni yeb endi bu yoka kelmokda» demokchi edi.

Shu maxal kabina eshigi «sharaklab» ochilib ketganday buldi.

Kurkinch bilan saxroda kolib ketgan uch nafar sherigimizinig takdiri xakida uyladik. Kuz oldimga burilarninig konga botgan tumshuKi va junlari keldi. Inson konini ichgan jondorlarninig xukm va tantanaga tula vaxshiy ovozi chulu-saxrolar uzra muallak osilib turadi. «Uuu..uvv…uyimni buzgan senmi koch yulimdan ey ikki oyokli jonzot».Mutasil esadigan shamol,poyonsiz kengliklar ovoz maxobatini yanada oshiradi. «Aaa» degan sas eshitildi. Kuzovga temir daranglab urilib- urilib ketardi.

- Raxim-ku bu yuringlar. Bir narsa buldi – aftidan Ortikdan boshka xech kim kuzKolmadi. Odamlar kurkinchdan bujmayib kolishgan edi. Eshikni ochishimiz bilan sutday yoruKlikdan kuzimiz kamashdi.Oy bulutlar orasiga gox berkinib, gox chikardi. Yerga sakrashimiz bilan ikki uchta kora sharpa «shuv-shuv» yonimizdan utib ketdi. Oy momoninig raxmi kelganday bor nurini mashina ustiga tukardi. Yakinginada jondorninig xirillagani, Kingshigani eshitilib va «gusur-gusur» yugurib yurgan odam sharpasi kuzga chalindi.

- Raxim aka – deb xitob kildi Ortik.

«Temir.. kabina..olib ke» xalloslardi Raxim.»Mana onalaringni sani.. bir».

Temirninig yumshok narsaga tekkan buKik ovozi eshitilardi. Biz uzun uzun kutargichlar bilan mashinani daranglatib urardik. Sung Ortik karonKilik kariga yugurib ketdi.TuKrisi uninig ortidan borishga kurkdim.Shu maxal mashinaninig signali xam chalinib ketdi. Chuchib tushdim. Kimdir burilarni chuchitish maksadida jon-jaxdi bilan signal chalardi. «Bob..boboppp». Tovush butun borlik aro aks-sado berardi. Biz uz xolicha atrofga «SOS» chakiruvini tarkatardik. Lekin chakirikimizni xamma vaktdagiday xech kim eshitmas edi. Qayolimda buri kelib yopishadigan bulsa olishishga madorim yuk derdim. OchiKi kurkayotganimni tan olishim lozim edi. Sovukdanmi, kurkinchdanmi butun vujudim titrardi. Yonimdan «shuvillab» kora sharpalar uchib utdi.OxirroKida sekinrok chopayotgani itdan tikrok bir balo edi. Ularninig chuKday yonib kuzlaridan kurkinchli bir jondor ekanini angladim. Men burini shaxarda xayvonot boKida kurgan edim xalos. Raxim bilan Ortik xalloslab alanarsani sudrab kelishdi.

- Uldirdingizmi..buri ekanmi? – dedim xayratlanib Raximga.

Ikkalasi xam negadir jim edi. U narsani yerga kuyishgan edi: «shilk» etib tushdi.. Engashib karasam kop-kora bulib kurinayotgan narsa odam ekan. Beixtiyor bir-ikki kadam orkaga tisarildim. Shu paytgacha ulgan odamni bu kadar yakindan kurmagan edim.

- Bechora..shu yergacha kelgan ekan. Mashining tomi nikeldan emasmi, oy nurini kaytargan va olisdan xam yaltirab kuringan. Voy bechora yetib kelganda talashibdi…Nazarimda u kup yordamga chakirgan. Men borganda xam xali tirik edi.Nazarimda shu yergacha nimadadir kelgan. Otdami..aravada kelgan bulsa, ot burilardan xurkib ketdimi?. Buri razil xayvon uljasini tamoKidan osiladi – dedi Raxim buKik ovozda.

Yana jim oldik. Olisdan yana burilarning sasi eshitildi.

- kim ekan bu? – dedim

- Kimligini nima farki bor. Biznini birodarimiz. Bular kon isini oldi endi tong otguncha ketmaydi. Ulikni nima kilamiz. Bechoraya xali badani sovimabdi xam.

- Raxim aka..tuxtang bu ayol-ku..

- Ayol?. Esingni yedingmi ayol nima kiladi bu yerda?. Iya, rostdan ayol ekan. Yopiray?.

Qammamiz xayratlanib ulikni urab oldik va engashib taniydiganday karay boshladik.

- Raxim aka, - Raximniing mardligi uchun xurmat kilib unga murojat kildim. – Bu kechagi vokzaldagi ayol emasmi..Olmagul Pasha ikkalamizga pustin berib yuborgan.

- Ushami..- dedi engashib Raxim. – Voy bechora kechasi chulda kanday adashib koldi ekan.Yoki ovuli uzokmikan?.Kani Pashani chakiraylik bulmasa..

«Yo xudoyim ovuldan aravada kelaman» degandiya.

Daydi Pavel xuddi shuni kutib turganday zulmat kuynida paydo buldi. U jondorlarday tunda jonlanib ketgan edi.

- Ya vam zdorovo pomagla da.. Otzvuka ubejali tvari..- derdi kuvonib Pasha poyintar soyintar xolda.

- Pasha znaesh eta jenshina.. ti u nix bila?.

Pasha kop-kora xaykalday kotib turadi.

-- Otkuda edes jenshina. Razve kuzove jenshina bila?.

- E, gapni kupaytirma..bu kechagi vokzaldagi xotinmi? - Ortik yerda sochlari yoyilib yotgan xotinni kursatib.

Pasha sarxushlik umrida birinchi marta xushyor tortib:

- Da..da..a chto s ney?.

- Bu yoKi senga kerak emas, kasofat - kukragidan itraib Raxim.

- Oy radi xrista yego volki grezili.. o boje..

«Senam xudoni bilarkansan. Borgan joying palakat».

Bir zum chul xam odamlar xam sukutga chumdi.

Yukriga chikaramizmi? – dedi Ortik.

Ichkaridagilar bosh chikardi. «Tinchlikmi?». «Tinchlik».

Yana jim kolishdi. Burilarninig ovozi kuchayardi.

- Eshitayapsan-ku. Bular och bulsa daraxtga xam chikadi. – dedi yana Raxim Kussali ovozda.

- Unda ichkariga olaylik.

- E kuy shu xezalaklarni – «xezalaklarninig » ichida men xam bor edim. – ulik bilan bir joyda yotadimi shular.Yana chuldan topdik desak. Yuragi urishdan tuxtab kolar. Yaxshisi kabinaga olakolaman.

Biz Ortik bilan ulikni kabinaga kuyib yana mashinaga chikdik.»Baribir Pashaninig yuragi bor ekan. Signal chalishga akli yetganini kara. Rusda rus..» Raxim ulik bilan yolKiz koldi.»Uxlamanglar, gaplashib yotinglar muzlab kolasizlar».

Guyo kirishimiz bilan kuzov ichi sovub shamol yana xam kuchayib ketdi. Pustinga uralib somonga bikinib oldim. Asta sekin butun vujudimdan sovuk uta boshladi. QAli xam bu yerda yigirma odam nafas olayotganimiz uchun tashkaridan bir oz farki borday edi. «Bechora ayol kanday kilib chulga chikib kolibdi. Nega bu yerda paydo bulib oldi». Miyamda ming xil fikrlar aylanar, ich-ichimdan ayolninig falokatini uzimga boKlikligini xis kilardim.»Muzlamadinglarmi?. Pasha tirikmisan»?. Ovozim sovuk temirlarga urilib chil-parchin buldi. Yana shamol Kuvillab saxro urtasidagi inson yaratgan uyinchok ustida kaxr bilan raksga tushardi. Mashinani rostmona aKdarib yuboradiganday chaykardi. Issik xonam..shirin ovkatlar va kip-kizil bulib totli buy tarkatadigan nonlar bir-bir kuz oldimdan uta boshladi. «Bunday ulishni xoxlamayman..xoxlamayman». Kuzlarim sovukdanmi, uykudanmi toshday oKirlashib mudrab ketaman.

Yonginamda allanarsa daxshat bilan ulidi. Kurkinchdan kuzlarim ochilib ketdi. Mashina tomida bir narsa jundor panjalari bilan «shit-shit» yurardi. Uninig utkir tirnoklari temirga «chirt-chirt» urilardi.»U..uvv..uvv». «Kelinglar bu yerda Kalati ulja bor deb chorlar edi tuda boshi..». Chor- atrofda sukunat xukmron. Mashinadagilarning barchasi muzlab yolKiz uzim bu zulmat dunyosida kolib ketganday buldim. «Xudojonim uzing sakla..aziz avliyolar yordamga kelinglar..».. Men tinmay xudoga nola kilar va shuninig barobarida muzga aylanayotgan kuz yoshlarim..ya’ni muz parchalari yutardim. Birdan xayolimga Raxim keldi. «Ey xudo jinnilik kilib temir-semirni kutarib chikib ketmasa edi». Chunki mashina atrfida aftidan besh-oltita buri aylanardi. Ular xansirab kiska-kiska nafas olishar va ora-sira bir-biri bilan tishlashib kolishishardi. «Shitir..shitir». Aftidan jondor kovlab tushmok bulib temirni tirnalardi.Ana siyib xam yubordi. Balki buri temir tirnok bulganda xam kopotni tesholmasdi. Lekin usha paytda shunday ojiz va natovon ximoyasiz bir odam edim-ki, nazarimda buri xali zamon tomni teshib tushadiganday edi. Tom gusursur buldi. Afidan jondorlar bir-birini tishlar edi. Olis-olisda poezdninigmi alla kanday motorninig ovozi eshitlganday buldi. Kecha yulga chikan poezd Ustyurtga manzilga yakinlashib kolgan edi. Kaerdadir miltik otildi. Kuzov tepasidagi jondorlar bir zum tek kolib sung sharpasiz pastga «dup-dup» sakrashdi. Mening kavoklarim oKirlashib kularim yumila boshlagan edi. Chunki ikki sutka davomida uxlamayotganim uchun uyku ulkan kuchkilarday yanKliK bosib kelardi. Kuzim yumilib, nafasim ichimga tushib keta boshladi. Qaroratim kutarildimi, alaxsiray boshladim. «Qayr orzularim..xayr issik uyim. Qayr Olmagul.Seniig ulimingda aybim yuk. Lekin keyin angladim. Notanish odamga pustin xadya etgan odam. Uni zulmatlararo izlashga xam kodir ekan. Qayr Olmagul balki kurishib kolarmiz..Seninig ulimingda aybim yuk..». Sung xech narsani eshitmay koldim. Balki bu yoruK olamdagi eng sunggi fikrlarim, mexrga tashna kalbimning sunggi talvasalari edi.



2006 yil, Toshkent



16

Odil Yoqubov - Yaxshilik

Men har safar Munavvar kelinoyimni eslaganimda keyinchalik ro‘y bergan bu og‘ir voqea emas, dilimda sal ma’yus va iliq hislar uyg‘ongan yoz kuni esimga tushadi.

...Buvimning sersoya bog‘i qarindosh-urug‘larimizga, tog‘amning yor-birodarlariga to‘lgan: birov o‘choq qurmoqda, birov o‘tin yormoqda, birov hovliga suv sepib, so‘riga palos yozmoqda. Kechqurun to‘y!

Bu shodiyonadan hamma xursand, men ham yig‘ilgan bolalarga qo‘shilib shov-shuv ko‘taraman, dam shotutga o‘rmalab, kaptar uyalaridan tuxum qidiraman...

To‘satdan mirzaterakka chirmashib o‘sgan aymoqi tok orasidan buvimning boshi ko‘rinadi. U meni imlab chaqiradi, qo‘lidagi ro‘molidan do‘ppimga ikki-uch bosh chillaki uzum soladi:

— Bor, mehmonxonaga eltib ber. Tog‘ang bilan kelinoying... tatib ko‘rishsin.

Men do‘ppimni ko‘kragimga bosib mehmonxonaga qarab chopmoqchi bo‘laman, lekin buvim qo‘limdan ushlab to‘xtatadi, yon-veriga qarab sekin deydi:

— Mabodo... «o‘tir», deyishsa, o‘tirmagin tag‘in. Bir nafas bo‘lsayam birga bo‘lishsin. Ertaga... — Buvim, lablari pirpirab, gapirolmay qoladi, ro‘molining uchini ko‘ziga bosadi-yu, imo qiladi: — Bor!

...Tog‘am ertaga urushga ketadi. U kecha kechqurun kelinoyimni Toshkentdan «olib qochib kelgan». Qulog‘imga chalingan shivir-shivirlarga qaraganda, ular institutda birga o‘qishar ekan. Kechasi uyimiz xotin-xalajga to‘lib, kelinoyimni ko‘rolmagan edim, bugun ertalab podadan qaytayotib, buloq boshida ko‘rib qoldim.

Tog‘am buloq bo‘yiga cho‘nqayib, yuzini yuvar, kelinoyim esa egnida atlas ko‘ylak, boshida chetlariga gunafsha rang gul tikilgan ipak durra, yelkasida sochiq, qo‘lida chelak, uning yonida turardi.

Kelinoyim novcha, hatto tog‘amdan ham novcharoq, — men buni tog‘am yuvinib bo‘lib, qaddini rostlaganida payqadim, — uzunchoq yuzli, nozikkina qiz edi. Meni ayniqsa uning xiyol ma’yus qora ko‘zlari hayratda qoldirdi. Umuman uning butun vujudida, ochiq, muloyim chehrasida, o‘ychan tikilib turishida bo‘lakcha bir g‘amginlik bor edi.

Men ularga sezdirmay o‘tib ketmoqchi edim, tog‘am ko‘rib qolib, oldiga chaqirib oldi.

— Mana, tanishib qo‘ying, Munavvarxon, — dedi u.— Boya sizga aytgan jiyanim Mansurpolvon shu yigitcha bo‘ladi. Men ketganda birov sizni ranjitadigan bo‘lsa... shu yigitga aytib qo‘yasiz...

Kelinoyim chelakni chap qo‘liga olib, o‘ng qo‘lini menga cho‘zdi, qoshlarini chimirib, muloyim jilmaydi.

— Shunaqami? Tog‘angiz ketganda meni birov xafa qilsa... yon bosasizmi menga, Mansurjon?

Men qizarib nimadir deb, g‘udrandim. Mening o‘rnimga tog‘am javob berdi:

— Yon bosish ham gapmi, sizni ranjitgan odamning kallasini oladi jiyanim, labbay?

Kelinoyim menga qarab ko‘zini qisdi:

— Qo‘ying, hammani o‘zingizga o‘xshagan zo‘ravon deb o‘ylamang!

Tog‘am qah-qah otib kuldi. Men esam, ko‘nglim ajib bir hislarga to‘lib, o‘zimni boqqa urdim. O’shandan beri ko‘z oldimdan kelinoyimning o‘ychan chehrasi, qulokdarimdan erkalab aytgan gaplari ketmas edi.

... Qishloqi soddalikni qarang! Xayolimda hech narsa yo‘q, chopganimcha borib mehmonxonaning eshigini sharaqlatib ochibman! To‘rda o‘tirgan kelinoyim cho‘chib o‘girildi. Tog‘am boshini kelinoyimning tizzasiga qo‘yib, sochlarini o‘ynab yotgan ekan, o‘zini chetga oldi-yu, meni ko‘rib yana tishlarini yarqiratdi:

— E, senmisan, polvon? Ke?

— Ha, shu... buvimlar uzum berib yubordilar...

— Buvinglarmi? — yana kuldi tog‘am. — Qani, opke, uzum bo‘lsa, maza qilib tushiraylik bir.

Men uzumni ularning oldidagi dasturxonga qo‘yarkanman, kelinoyimning ko‘zlarida halqa-halqa yosh ko‘rdim. Uzumni qo‘yib, darhol orqamga qaytmoqchi edim, kelinoyim ko‘rsatkich barmog‘i bilan ko‘z yoshlarini sidirib tashladi-da, qo‘limdan ushladi.

— O’tiring, Mansurjon, birga uzum yeymiz.

Tog‘am ham istar-istamas taklif qildi:

— O’tir!

U bir bosh uzumni kelinoyimga tutarkan, menga ko‘zini qisdi:

— Bilasanmi, nimaga yig‘layapti kelinoying! To‘y eskicha bo‘lsin emish, chimildiqqa kirarmishlar...

— Ha, kirmoqchiman, — dedi kelinoyim.

— Ikki bukilib amma-xolalaringga salom bermoqchi emishlar...

Kelinoyim uchun, ingichka barmoqlari bilan uzum donalarini bitta-bitta uzib og‘ziga solarkan:

— Nega kulasiz? — dedi. — Umrimizda bir marta bo‘ladigan to‘y, hammasini ko‘rsam deyman. Oyim bechoraniyam xafa qilmang. Mayli, chimildiq tutishsin, «kelin salom» qilishsin, qizlar lapar aytishsin...

— Ana xolos! Sal kam oliy ma’lumotli kelinoyingning gaplariga qara!..

— Oliy ma’lumotli bo‘lsam nima bo‘pti? Axir siz ertaga urushga...

Kelinoyim gapirolmay yuzini chetga burdi.

— Xo‘p, xo‘p, taslim bo‘ldik, azizim! Mayli, chimildiqqayam kiring, amma-xolalarniyam xursand qiling. Faqat yig‘lamang, jonim. Qani, ko‘z yoshingizni arting, bir jilmaying!... — Tog‘am kulib kelinoyimning sochlaridan tortqiladi. Lekin u ham to‘lib turgani, o‘ziga dalda berish uchungina zo‘raki kulayotgani shundoq sezilib turardi... Ko‘nglim bir xil bo‘lib, sekin chiqib ketdim...

Oqshom to‘y bo‘ldi. So‘lim yoz kechasi qishloq bog‘lari ustida ma’yus kuylar, ayriliq hislariga to‘la hazin laparlar yangradi. Kelin kelayotganda (uni qo‘shnimiznikidan chiqarishdi), darvoza oldiga gulxan yoqishib yigitlar yo‘lga arqon tutishdi. Buvim, qo‘lida bir hovuchcha tanga, dam yig‘lab, dam kulib, kelinning bo-shidan pul sochdi. Qiz-yigitlar ayriliq va hijron alamini tamom unutmoqchi bo‘lganday, tong otguncha o‘yin qilishdi. Ertalab esa guzarga yig‘ilgan xaloyiq tog‘am boshliq o‘ttiz nafar yigitni ko‘z yoshi va duolar bilan kuzatib qolishdi...

Tog‘am ketgandan keyin kelinoyim o‘zini qayoqqa urishini bilmay, olamga sig‘may qoldi. U xuddi olis va notanish joyga tushib qolgan kiyik bolasiga o‘xshar, atrofida girgitton bo‘lgan qarindosh-urug‘lar bilan, hatto buvim bilan ham ko‘p yozilib gaplashavermas, aksariyat bog‘ni yolg‘iz kezar, katta-katta ko‘zlarini olis-olislarga tikib uzoq o‘yga cho‘mar edi.

Men ba’zan unga har xil kitoblar olib kelib berardim. U kitobni minnatdorchilik bilan olar, meni erkalar, lekin juda kam o‘qir, yo o‘qiy boshlasa ham yarmiga yetmasdanoq yopib qo‘yar edi. Faqat tog‘amdan xat kelgan kunlari ko‘zlari charoqlab, yashnab-yayrab ketar, katta bog‘ning goh u yeri, goh bu yeridan uning mayin xirgoyisi eshitilar edi...

Shu zaylda bir hafta o‘tdi. Keyin, o‘qish boshlanguncha (u maktabga ishga joylashgan edi), uyda «yuragim siqilib ketadi», deb dashtga, bug‘doy o‘rog‘iga chiqib ketdi.

Buvim qancha qistamasin, yalinib-yolvormasin, kelinoyim to o‘qish boshlanmaguncha dashtdan qaytmadi. Men har kuni bo‘lmasa ham, ikki-uch kunda bir xo‘tigimga minib, buvim bergan ikki-uchta to‘qach, qo‘rda ko‘milgan uch-to‘rtta jo‘xori so‘tasi, bir tovoq somsa va bir xurmacha qatiqni xurjunga joylab, dashtga, uning oldiga jo‘nardim.

Kelinoyim, og‘ir mehnatga o‘rganmagan shahar qizi emasmi, sal o‘tmasdanoq ozib-qorayib ketdi. Qiynalib qolgani shundoq sezilib tursa-da, buvimning «salomlariga» kulib javob berardi:

— Oyimlarni tinchitib qo‘ying. Mansurjon, «qiz-juvonlar orasida tuppa-tuzuk yuribdi», deng!..

Men unga dil-dilimdan xayrixoh edim. Qishlokda kecha-kunduz pochtachinig yo‘liga tikilib, o‘zi bilan o‘zi olishib yotgandan ko‘ra, bu keng dashtda hamdard, hamnafas tengdoshlari orasida hasratlashib, ular yig‘lashsa yig‘lab, kulishsa kulib yurgani yaxshi emasmi?

Dashtdagilarning ko‘pchiligi xuddi kelinoyimday hijron dog‘idan qalblari kabob yosh-yosh qiz-juvonlar edi. Ular, xuddi hamma alam, hamma iztiroblarini mehnatdan olmoqchi bo‘lganday, o‘chakishib, jon-jahdlari bilan ishlashar, kechalari esa tun yarmigacha keng dashtni zir titratib mungli laparlar aytishar, frontdagi yorlariga atab qo‘shiqlar to‘qishar, sodda, lekin bo‘lakcha bir samimiyatga to‘la xatlar yozishar edi... Kelinoyim qizlarning iltimosi bilan ba’zan ularga «chiroyliroq» xatlar yozib berar, ba’zan she’rlar to‘qir, shuning uchun ham hamma uni yaxshi ko‘rar edi.

Kelinoyim meni ko‘zi to‘rt bo‘lib qarshi olar, chunki tog‘amning xatlarini aksariyat men olib kelar edim.

Bunday paytlarda kelinoyim dag‘allashib qolgan kich-kina kaftlari bilan boshimni mahkam ushlab, ko‘ksiga bosar, peshanamdan o‘par, «Mening chin g‘amxo‘rim, xaloskorim!» deb erkalar, men esam uning yashnab ketgan chehrasini, sevinchdan chaqnagan tim qora ko‘zlarini ko‘rganimda boshim osmonga yetar, unga ko‘proq yax-shilik qilsam, uni ko‘proq quvontirsam der edim.

Kelinoyim shu ketgancha dashtdan o‘qish boshlanish arafasida qaytdi. Lekin o‘qish bir hafta davom etar-etmayoq maktab yopilib, hamma paxta terimiga chiqib ketdi. Xuddi shu orada, sentyabrning o‘rtalarida to‘satdan tog‘amdan xat uzilib qoldi.

Tog‘am so‘nggi xatida: «Erta-indin urushga kiramiz» degan edi, shu-shu xat to‘xtadi-qoldi.

Oradan o‘n besh kunlar o‘tganda tog‘am bilan birga jangga kirgan bir hamqishloq yigitdan xat keldi. U yigitning yozishicha, tog‘am yarador bo‘lib, uni gospitalga olib ketgan emish. Yigit buni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini aytgan va tog‘amning adresini so‘ragan edi. Bu xat qorong‘i tunda oftob chiqqanday hammaning dilini umidga to‘ldirdi, ko‘zlari yana pochtachining yo‘liga tikildi. Lekin oradan yaqin bir oy fursat o‘tdi hamki, tog‘amdan darak bo‘lmadi. Bu o‘rtada haligi hamqishloq yigitga — uning o‘zi ham yarador bo‘lib, gospitalga tushgan edi — qancha-qancha xatlar yozildi. U yigit tog‘am yarador bo‘lganini, sanitarkalar uni okopdan ko‘tarib olib chiqib ketganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini yana ta’kidladi. Lekin bundan nima foyda? Tog‘amdan hamon darak yo‘q edi.

Kelinoyim dastlabki paytlarda o‘zini ancha dadil tutdi, umidsizlikka berilmaslikka harakat qildi. Lekin kunlar o‘tgan sayin ezilib, axiri juda bo‘shashib ketdi. Ayniqsa, hamqishloq yigitning xatlariga qara-may, gospitaldan dom-darak bo‘lmagach, tamom ruhi so‘nib, ko‘ngli cho‘kib qoldi.

U daladayam qo‘li ishga bormay, allaqanday parishon yurar, arzimagan narsagayoq yosh boladay lablari titrab, ko‘ziga milt-milt yosh olar edi. Har kuni tushda, xuddi xat kelsa darrov xabar berishmaydiganday, meni uyga jo‘natar, so‘ng, rangi qochib, ko‘zlari mo‘ltirab, yo‘limni poylardi. Men uchun uning umid bilan javdirab turgan katta qora ko‘zlariga qarab «yo‘q» deb bosh chayqashdan katta azob yo‘q edi!

Odatda men uning ko‘zlariga qarashga jur’at etolmay olisrokdan indamay o‘tib ketardim, keyin uning tergan paxtalarini xirmonga tashirkanman yo ariq bo‘yidan sigirga pichan o‘rarkanman, axir bir kun tog‘amdan xat kelishini va men bu xatni uzoqdan ko‘rsatib, chopib kelishimni orzu qilardim. Yursam-tursam ko‘z oldimdan shu manzara ketmas edi: kelinoyim xatni ko‘rganda albatta quvonchdan yig‘lar, keyin kuladi, so‘ng meni quchoqlab bag‘riga bosadi va biz hozirgidan ham inoq va mehribon bo‘lib qolamiz!..

Men kelinoyim deymanu, biroq undan ham buvimga qiyin edi. Har kuni kechqurun kelinoyim daladan qaytishi bilan mehmonxonaga kirardi-yu, o‘zini sim karavotga tashlab yotib olardi, u ko‘zini shiftga, bir nuqtaga tikib soatlarcha yotar, buvim esa, usiz ham yuragi laxcha cho‘g‘, qanday qilib uning ko‘nglini olishni bilmay, ich-ichidan zil ketar, dam «noumid shayton, sabr qil, bolaginam!» deb koyigan bo‘lar, dam o‘zi bog‘ni gir aylanib, yum-yum yig‘lar, nazarimda, u hammadan ko‘ra kelinoyimning ketib qolishidan qo‘rqar edi.

Noyabrning o‘rtalari edi. Lekin hali sovuq tushmagan, kunlar ilk kuzdagiday iliq, daraxtlarning tagi xazondan gilam to‘shalganday qip-qizil, yalang‘och bog‘lar allaqanday ma’yus va sokin tuyuladi...

Ertalab tegirmonga borish uchun xo‘tigimni egarlayotib oshxonadan kelinoyimning xurram ovozini eshitib qoldim.

— Oyijon! Meni aytdi dersiz — bugun xat keladi, — der edi u. — Tush ko‘rdim. O’g‘lingiz ot o‘ynatib kepti.

— Inshoollo, aytganing kelsin, bolam...

Bir lahzadan keyin kelinoyim, ozg‘in yuzi allaqanday yorishib ketgan arpa aralash jo‘xori solingan to‘rvani buvim bilan ko‘tarishib chiqdi. Qopni xo‘tikka ortishga yordamlashar ekan:

— Tezroq qayt, jon qaynim, — deb kuldi. — Bugun qovoq somsaga to‘yib, bir yayraylik!..

Men ham ko‘nglim suv ichganday bo‘lib xo‘tigimni choptirib ketdim. Tush bo‘lmasdanoq jo‘xorini torttirib qaytib kelganimda uyda hech kim yo‘q edi. Unni oshxonaga tushirib, xo‘tigimni yetaklab soyga ketdim.

Soyga yaqinlashib qolganimda keksa shotut tagidagi ulkan qabr oldida o‘tirgan buvimga ko‘zim tushdi. Buvim bu qabrni avliyo der, har shanba uning ustidagi quloch yetmaydigan arxar shoxiga oq latta bog‘lab, kechalari uning mehrobiga moychiroq yoqardi.

Buvim, tagida namat, xuddi erkaklarday cho‘kkalab o‘tirar, lablari nimanidir pichirlar, aftidan, av-liyoga iltijo qilar edi.

Men buvimni ilgarilari ham bir necha marta shu ahvolda ko‘rgandim, lekin u odatda bomdod yo aksincha, namozshom paytlari shunday qilardi, bugun esa... tol tushda!..

Ko‘nglim bir xil bo‘lib soyga chiqdim, chiqdimu, yana dilim yorishib ketdi. Soyda, tollar orasidagi buloq bo‘yida kelinoyim qatiqlangan sochini suvga chayib o‘tirardi.

U meni ko‘rib beliga tushadigan mayin sochlaridagi suvni sidirib tashladi, tez turmaklab, o‘rnidan turdi.

— Darrov qaytib qolibsan, qaynim? Hozir qalampir solib shunaqa bir qovoq somsa qilayki, mazasi og‘zingda qolsin!

U tog‘orasini ko‘tarib boqqa kirib ketdi, men esa xo‘tigimni tushovlab soylikka qo‘yib yubordim-da, buloq bo‘yidagi qurib-qovjirab qolgan o‘tga cho‘zildim.

Qani endi kelinoyimning tushi o‘ngidan kelsa-yu, pochtachi menga bir xat tashlab ketsa! Men uni chopa-chopa kelinoyimga eltib bersam, uyimiz ustiga yig‘ilgan qora bulutlar tarqab, oftob chiqqanini ko‘rsam!

Sekin qaddimni rostlab boqqa qaradim. Shotutning tagida buvim ko‘rinmas edi. Men avliyo boboning qabri yoniga borishga iymanib, uning ro‘parasiga tiz cho‘kdim. Ko‘zlarim o‘z-o‘zidan yumilib, bolalikdagina bo‘ladigan bo‘lakcha bir samimiyat va ehtiros bilan pichirladim:

— E, qudratli, shafqatli, mehribon avliyo bobo! Tilagimni qabul qil! Kelinoyimning tushi rostga chiqsin! Mehribon buvim bilan kelinoyimning ko‘z yoshlarini quritgin, boshlariga tushgan g‘am-g‘ussadan soqit qil ularni, e, mehribon, qudratli bobo!..

Qulog‘imga «Pochtachi! Pochtachi!» degan ovozlar, kirganday bo‘ldi. Cho‘chib ko‘zimni ochdim. Qichqirayotganlar — soyda sigir boqib yurgan bolalar edi. Pochtachi — bilagidan snaryad parchasi uzib ketgan qo‘li qizil tayoqqa o‘xshab qolgan yosh yigit — shalpang quloq eshagini «xix-xix»lab soyning o‘rtasida biz tomonga qarab kelardi.

Vahimali, ayni zamonda kuz oftobiday iliq bir tuyg‘u vujudimni chulg‘ab oldi. Shu topda men pochtachi biznikiga yo‘l olganiga, tog‘amdan xat olib kelayotganiga zig‘irday ham shubha qilmasdim!

O’rnimdan sakrab turdim. O’sha vahimali va qaynoq tuyg‘uga bo‘ysunib boqqa otildim.

— Buvijon! Kelinoyi! Xat! Tog‘amdan xat!

Uydan oldin qo‘llari xamir buvim yugurib chiqdi, uning ketidan bir qo‘lida taroq, bir qo‘lida ko‘zgu, sochlari parishon kelinoyim ko‘rindi. Rangi devor, sochlari yozilgan, u yonimdan o‘tib, men ko‘rsatgan tomonga chopib ketdi, uning orqasidan xamir qo‘llari bilan yelkasiga tushgan ro‘molini to‘g‘rilay-to‘g‘rilay buvim yugurdi. Uchinchi bo‘lib men chopdim. Lekin pochtachining biz tomonga burilmasdan.qo‘shni boqqa o‘ta boshlaganini ko‘rdim, ko‘rdimu, allaqanday sovuq bir hisdan a’zoyi badanim muzlab, beixtiyor to‘xtab qoldim.

Buloq boshiga borib qolgan kelinoyim oftobda ko‘zgusini charaqlatib qo‘lini siltadi:

— Sho‘ttan uzata qoling xatni! Sho‘ttan... Ketma-ket buvim ham yetib bordi, hansirab-entikib dedi:

— Voy, qadamingga hasanot, pochtasi o‘g‘lim! Xatni berginu, o‘zing darvozadan aylanib kira qol. Qovoq somsa qilayotuvdim, nasibangni yeb, suyunchingni opket, bolam...

Pochtachi eshagini to‘xtatdi. Xuddi soqolini silamoqchi bo‘lganday qizil tayoqqa o‘xshagan qo‘lini qimirlatib qo‘ydi, so‘ng yuzini chetga burib po‘ng‘illadi:

— Qaysi xatni aytasiz?

— Xat-da, xat. O’g‘limdan kelgan xatni aytaman, bolam!

Pochtachi boshini ko‘tarmasdan:

— Nima qilay, — dedi sekin. — Xat o‘g‘lingizdan emas, gospitalning nachalnigidan ekan, xolajon. Biz uni... qishloq kengashining raisiga topshirdik...

Kelinoyim yalt etib menga qaradi. Uning ko‘zlarida shunday bir qo‘rquv, shunday bir dahshat bor ediki, men hech qachon o‘rni to‘lmaydigan yomon bir narsa ro‘y berganini his qildimu, o‘rnimda qoqqan qoziqday qotib qoldim. Buvim esa hamon hech narsaga tushinmay:

— Voy, tentak-ey, — dedi kulib. — Uning boshlig‘idan xat keladi-yu, qishloq kengashiga berasanmi, bolam?

Pochtachi xuddi poygadan qolgan chavandozday jon-jahdi bilan eshagini savalab yo‘liga ravona bo‘ldi. Buvim uning ketidan yugurmoqchi bo‘lgan edi, kelinoyim alam to‘la bir ovozda:

— Oyijon! — deb qichqirib yubordi. — Oyijon!.. Qo‘ying! Kerakmas! — U shunday dedi-da, menga o‘girildi, lablari titrab: — Topgan xushxabaring shu bo‘ldimi? — dedi-yu, nafasi yetmay tomog‘ini siladi.

Men uning titragan lablariga qaray olmay boshimni egdim.

— Kechirasiz, — dedim o‘pkam to‘lib. — Men... men yaxshi niyat bilan sizga yaxshilik qilsam deb...

— Yaxshilik! — kelinoyimning ko‘zlari oldin jiqqa yoshga to‘ldi, so‘ng birdan o‘t chaqnadi: — Topgan yaxshiliging shu bo‘lsa... Yo‘qol ko‘zimdan! Yo‘qol!

U bolta tekkan yosh niholday ikki bukilib, oyog‘i ostidagi tikonga tiz cho‘kib qoldi. Boyatdan beri hushini yo‘qotib, bir keliniga, bir menga qarab turgan buvim unga otildi, men esam o‘zimni daraxtzorga urdim...

Sal o‘tmay qishloq kengashidan odam chiqdi, bir lahzada xotin-xalaj yig‘ilib qiy-chuv, yig‘i-sig‘i boshlandi. Bir haftagacha buvimning uyidan odam arimadi, kechayu kunduz yig‘i tinmadi. Lekin hech kim, hatto buvim ham meni eslamadi. Men bir haftagacha dodimni aytadigan tirik bir jon topolmay o‘zim bilan o‘zim olishdim. Axir... men chindan ham kelinoyimni dil-dilimdan yaxshi ko‘rganim uchun, uni bir quvontirish uchun, unga yaxshilik qilish uchun shunday qildim-ku! Xuddi shu kuni, xuddi shu soatda qora xat kelganini qayoqdan bilay axir? Nahot kelinoyim buni tushunmasa?

Nihoyat, bir haftadan keyin buvim o‘zi meni chaqirib oldi. Men uning allaqanday cho‘kib qolgan jussasini, bir parcha bo‘lib qolgan yuzini ko‘rdimu, o‘zimni uning bag‘riga otib, yig‘lab yubordim.

Men buvimga ko‘nglimdagi bor dardimni aytdim. Kelinoyimning diliga ozor berish uchun emas, tog‘amdan kelganiga ishonganim uchun, azbaroyi kelinoyimni quvontirish uchun shunday qilganimni, kelinoyimni hamon yaxshi ko‘rishimni, kerak bo‘lsa undan jonimni ham ayamasligimni gapirib berdim...

Mehribon buvim! U mening iztiroblarimga tushundi. Kelinoyim bilan gaplashadigan bo‘ldi, yig‘lay-yig‘lay peshanamdan o‘pib, boshimni silab tinchitib qo‘ydi.

Bilmadim, buvim kelinoyim bilan gaplashdimi, gaplashgan bo‘lsa u nima dedi, lekin kelinoyim bir martaba ham menga qayrilib qaramadi.

Egnida ko‘k ko‘ylak, boshida ko‘k ro‘mol, u yaqin bir oy motam tutdi. Ko‘nglim xufton, men kechayu kunduz uning yo‘lini poyladim, bir og‘iz so‘ziga zor, uydan chiqqanida ko‘zlariga tikildim, lekin u har safar meni ko‘rganda uzoqdan teskari burilib ketar edi. Bir oydan keyin kelinoyim o‘z eliga ketadigan bo‘ldi. Qarindoshlarimizdan bittasi xo‘jalikdan arava so‘rab chiqdi. Men loaqal xayrlashar, aqalli yaxshi kunlar xotirasi uchun bir og‘iz bir gap aytar, degan umidda ertalabdan yo‘lini poyladim.

Yig‘i-sig‘idan yurak bezor, kelinoyim bilan buvimning xayrlashganini ko‘rmaslik uchun soy bo‘yiga, birinchi bor tog‘am bilan kelinoyimni uchratgan buloq boshiga borib turdim. Arava qo‘zg‘alib, buloqqa yaqinlashganida sekin yo‘lga chiqdim. Kelinoyim, egnida qora palto, boshida qora shol ro‘mol, pichan to‘shalgan shotili aravada menga teskari qarab o‘tirardi.

...Nahot kechirmasa? Nahot bir marta qayrilib ham qaramasa? Aqalli xayrlashmasa?.. «Kelinoyi! Menga bir qarang! Mening dardimga quloq soling! Nima qilay, shunday bo‘ldi!.. Xohlasangiz meni uring, o‘ldiring, biroq... bir og‘iz bir nima deng! Men sizni... shunday yaxshi ko‘raman, shunday yaxshi ko‘raman!..»

Oramiz yaqin qolganda meni ko‘rgan aravakash chol kelinoyimga bir nima dedi. Kelinoyim sekin burilib qaradi, qaradi-yu, yana teskari o‘girildi. Nazarimda, uning yig‘idan qizarib, shishib ketgan ko‘zlari qayta yoshga to‘lganday bo‘ldi.

Arava yonginamdan o‘tib ketdi. Men, dilim qon, unga iltijo qilganimcha orqada qoldim, Arava muyilishdan burilib ketdi, kelinoyim hatto qo‘lini ham siltamadi. U mening «yaxshiligim»ni kechirmagan, kechirolmagan edi.

1965 yil.







































13

Salomat Vafo - Tutilgan oy

“Olmay qadr qon bo‘lsin, bermay otasi o‘stirmay onasi o‘lsin!... ”

Cho‘lpon. «Oydin kechalarda».



Naqshinkor ustunlarning tilloviy tovlanishidan ko‘z qamashadi. Turli xil yaltiroq toshlar bilan bezalgan mehrob shaklidagi pechlar, xayoliy tasavvurlar jo bo‘lgan gulchin devorlar, aqlni o‘g‘irlaydurgon qon rangli gilamlar, mitti shamdonlardan iborat masrur qandillar osilgan sehrli bir ayvon, sehri bilan devorga suyanganicha qotib o‘tirgan bir go‘zalning xayolini buzishga ojiz. Enasi ko‘p umidlar bilan Oybibi deb nom qo‘ygan bu qizning yigidan qizargan ko‘zida, g‘amdan ko‘pchigan yuzida loqayd, beparvo bir tuygu qotib qolgan, xinador barmoqlarning nozik titrashidan, qora sochlari, kipriklarining og‘ir-og‘ir silkinishidan sovuq bir fojeaning sabolari esardi.

Oybibi charxi kajraftorning shafqatsiz do‘nishidan, kechagi sabohli kunning fojeaviy zulmatga aylanuvidan karaxt va jonsizday o‘tirardi. Ul baxtli sabohli kunda dunyoda Ozodbek degan, Turkiyada saboq olib qaytgan zakiy bir yigitning borligini bilgandi. Azbaroyi sevinganidan, suyunganidan uning boshiga kiyib olgan kiyimni ko‘rsatib xandon-xandon kulgandi. Ul baxtli kun Oybibi:

— Boshingizdagi nadur, Ozodbek og‘a, — dedi. Ozodbek o‘ng‘aysizlanib bosh kiyimini qo‘liga olib, o‘zi ham go‘yo bu narsani birinchi bor ko‘rayotganday hayron-hayron tikildi.

— Bu fasdur, Turkiyadagi turklarning milliy kiyimi.

Shunda qiz yanada qattiqroq kulib dedi:

— Siza o‘zimizning xorazmiy papaxlar va sheroziy cho‘girmalar ham dim yarashadi.

— Bilaman.

— Bilsangiz kiying-da.

— Endi kiyamiz-da.

Bir muddat yigit va qiz bir-biriga so‘zsiz tikilib, nigohlar ila ahdu-paymon qildilar.

— Odingizni kim qo‘yg‘on-a?

— Enam.

— Oybibi — Bibilarning oyi!

Oybibi o‘yida gavdalangan Ozodbekning aziz bo‘ylarini qo‘msab-qo‘msab, atrofida sho‘x-shodon yurgan boshqa qizlarning saslarini eshitmay, mahkuma yuzlarini ko‘rmay, endi ko‘z ochgan bo‘loqday ko‘zidan mildir-mildir yosh oqdi.

Ey, Ollo nahot endi yozig‘lig‘i shu bo‘lsa? Nahot saroy mahkumalarining qismati, shu nahs bosgan bolorlar1 orasinda kechayotgai umri bir xil, har tun boradigan yo‘llarining oxiri xonning, harom va faxsh girdobida g‘arq bo‘lgan to‘shagida tugasa?

Yo Ollo, kechagina ul baxtli kun Bibilarning oyi Ozodbek bilan sarrin-sarrin yellarga, bedana va bulbullarning sayroqi-sayroqi saslariga, beda va dala o‘tlarining go‘zal-go‘zal islariga to‘lgan keng dalada uchrashgan edi. Saraton qizning yuragiday yonib yotardi. Ko‘kda quyosh shu qadar katta edi-ki, Oybibining yuragida Ozoddan boshqa, butun yer yuzida esa quyoshdan boshqa nur sochguvchi, kuydurguvchi yo‘q edi. Zo‘r kurashdan so‘ng hijron jangida g‘olib chiqqan muhabbat qo‘shinlari, rashk va ayriliq o‘tlaridan gulxan yoqmoqliklari lozim edi. Nihoyat suyimli-suyimli, aziz-aziz diydorlashdilar. Bibilarning oyini sog‘inch va intizorlik unlariga to‘la tovushi qaltirab chiqdi.

— Assalom, — dedi bir baxtli lahzada.

— Valeykum assalom, — dedi qiz yuragining mangu kuydurguvchi quyoshi.

So‘ng yana odatiy so‘zsizlik davraga qalqib, yuz yillardan beri bir-birini izlab yurgan, intizor-intizor nigohlar uchrashdi.

— Turkiqda chiqqan «Qur’oni karim»ni keltirdim.

— Nichik, yaxshi, — qiz «Qur’oni karim» ni peshonasiga surib tavof qilib nari surdi.

— Ko‘rmaysizmi?! — Ozodbek hayrat va mehrga to‘la qorachuqlarini qizning oy yuziga tikdi.

— Axir, — negadir qiz gapirolmay ko‘zini yerga tikildi.

— Ustun...

Yigit uning, tahoratni yangilamoq kerak, degan andishali iddoasini tushunib, qiyiqchaga tugilgan bir tahlam suvratni qizga yaqinroq surib:

— Unda buni ko‘ring, — dedi.

Dizning taxyosi ostidan qochishga chog‘langan sochlari beda va ajiriqlar ustida yaqinda po‘st tashlagan ilonday yaltirab yotardi. Shoyi ko‘ylagining keng etagi tizzalari ustidan osilgan, oyoqlarining ostida, bahoriy chechaklar va kamalak ranglari mujassam gulchambarday yoyilib yotardi.

— Bu man, bu jo‘ram Sultonbey, — dedi Ozodbek Bibilar oyining yelkasi osha suvratlarga tikilib.

Qizning bo‘yinlaridan, sochlaridan bahoriy dala chechaklarining bo‘ylari anqirdi. Yigitning boshi aylanib, ko‘zlari suzilib, qizga bir so‘z dedi:

— Men Amriqo, Farang, Olmon yurtinda bo‘ldim, lekin hech yerda yurtimizday bexishtiy joy, inoshunday maftunkor chiroy ko‘rmadim, — dedi zo‘r hayajon bilan.

Yigitning dabdurustdan bunday deyishi Oybibiga ogir botdi, xayoli yomon narsalarga ketdi.

— Nachun bundin yomon gaplarni qiz bolaga oytasiz?! Hozir turaman-u, ketaman.

— Tovba qildim, dilim kasilsin.

Qizning jahlidan kulgusini zo‘rga bosgan Ozodbek, bugun ataylab kiyib kelgan Sheroziy papaxini to‘g‘irlab qo‘ydi. Shu on qo‘li muattar bo‘ylar taratib yer uzra yoyilib yotgan sochlarga tegib o‘tdi. Bir lahzada kelajakdan yaxgan kunlar tilagan ikki ko‘ngil, ikki havasmand oshiq bir-biriga so‘zsiz tikilib qoldi, go‘yo ikki yurakning qoni, harorati, ruhi quyulib kelib bir-biri ila qovushishga intilardi. Oybibi bugun o‘zgacha yasanib — oq yaktaq ustidan beqasam qalami chakmon kiygan yigitga bir chimrilib qarab, nozik bir ishtiboh ila soch o‘rimlarini orqasiga o‘tkazib yubordi. Ozodbek tumanlar ichra adashgan sayyohday mungli va najotli, aziz bir juft qora ko‘zga tikilib, nechundir yurak-yuragidan bir oromsiz hijron his qildi. Chiroyli yuziga tabassum bahor jilg‘alariday tez yoyildi, ixcham soqolini silab, borliqning kunduz dunyosida adashib porlayotgan munavvar yog‘duda oy tomon egildi.

— Sultonbey jo‘ramiz bahorda kelmoq va’da qilg‘on. Galsin, sizdi go‘rib bi-ir kuysin.

Bibilariing oyi qizarib, oy yuzini yashirmoq niyatida yana quyiroq engashdi.

— Bular Hofiz, Rumiy, Zamaxshariy va Najmiddin Kubro qulliyotlari. Tubandagi manim suvratlarim.

— Idoraviy marshruta dagani nadur?

Ozodbek bu gapni eshitib, belbog‘i ustiga qovushtirib o‘tirgap qo‘lini yoyib, hayron-hayron tikildi. Yuz ifodasi tez o‘zgarib so‘lg‘in tus oldi.

— Bu gap kitobda aytilg‘onmi? — deya qizning qo‘lidagi kitobga engashib qaradi.

— Behos yodima tushdi. Solijon og‘am jo‘ralari bilan shu xususda jo‘p so‘llashadi.

— Bu so‘zni aytmoqdan saqlanmoq lozim, aks holda og‘angizning hayoti xavf ostida qoladi. Savdogar, mulla-eshon, madrasa toliblari va yosh xivaliklar — idoraviy marshruta, ya’ni ta’sis kengashi harakatining asosini ta’min qiladur. Bu harakatga vaqtida Polvonhoji Yusuf o‘g‘li raislik qilg‘on. Xon esa harakatning dushmani yon berishni istamaydi chog‘imda, shusiz ham ko‘p zahmat va jabr chekkan millat va yurtning taqdirini, kelajagini saqlab qolmoq lozim. Yaxshisi mundin so‘ng so‘llamang bu xususda, — Ozodbek diqqat bilan tikiltb o‘tirgan qizga qarab olib. — Agar... shahodat va vakolat idoraviy-marshuruta a’zolariga berilsa — Urusiya tomonidan yaqinlashayotgan xavf ma’lum bir vaqtga kechikkan bo‘lardi. Illo, ular agar, bizga qo‘shilsangizlar qutilasizlar, kuragasangizlar yiqilasizlar» , demaydi. Ularning azaliy niyati — millat va din — Islomni oyoq osti qilmaydigan jumhuriyat barpo qilish. Qo‘ying-en, siyosat bilan erkaklar band o‘lsin.

Oybibi sahar chog‘i gulbargidan zamiiga tushgan shudryng jarangiday nozli-nozli kuldi. Qizarib lab ustidagi tuklari bilinar-bilinmas terlaganday bo‘ldi. Uzini o‘nglab olib, yigitga yurak-yuragidan o‘tadigap qilib, qiyo boqdi-da, bir so‘z dedi:

— Ularning dilini2 o‘rganish onson bo‘lmog‘ondir?

— Kimlarni?

— Turklarni!

— Oybibijon — o‘qig‘on qiz, nahot ular bilan bir tilda so‘llashimizni bilmasangiz.

— Ibiiy, xudo ursin, agar, xavarim yo‘qakan.

— Ont ichmang-ey, yomon bo‘ladi.

Aytganidan yomon bo‘ldi, yomon bo‘ldi, rang-ro‘im somon bo‘ldi, somon bo‘ldi, bog‘da bulbul o‘rnina boyo‘g‘li kuldi, u chekkan ohlar osmona uchdi, yerlara kirdi. Muzlagan ko‘ksida orzular o‘ldi, orzu daraxtining yashil yaprog‘i— xonning tosh saroyida so‘ldi.

Oybibi hanuz ko‘zlarini yarim ochgancha, kechagi kuni garq bo‘lgan, hasrat dengizining o‘pqonlarida, girdoblarida sarosar kezib yurardi. Hasrat dengizinnng adashgan tomchilari, borliq dunyoning kechasida adashmay porlayottan oy yuzini yuvib tushardi. Kimningdir qattiq turtuvidan seskangan Oybibi o‘ziga kelib, oldidagi bir toboq seryog‘ shavlani, so‘ng engashib turgan qoracha yoqimligina qizni ko‘rdi.

— Muncha yig‘lamasang, bari befoyda...

— Baribir xonniki bo‘lishing darak.

Shavla sovib, yog‘lari qotdi u yana hasrat dengiziga cho‘kib ketdi. So‘ng uni qadim sharq bozorlaridan sotib olgan tilsiz bir qulday, itoatkorligidan shod bo‘lib cho‘miltirishdi, yasantirishdi. Turfa xil zarrin liboslarga burkangan, o‘zining alamidan ozroq qimmatbaho toshlar va zebu-ziynatlarni osib ko‘zgu oldida turgan qizga har kim bir so‘z dedi:

— Mangloyi qora-ya, xon seni yeb qo‘yadi.

— Xiyla ishlat, xiyla.

— Mozoli so‘lla tez yuradi

— Og‘iri shugun.

Oybibini xilma-xil rangdor glamlar osig‘lig‘, baxmal ko‘rpachalar solig‘lig‘, juda katta shinam xonaga kirgizgan xotinlar kunduzgi arvoxday bir zumda g‘oyib bo‘lishdi. Xona to‘rida katta yasatig‘lig‘ kart, uning qarshisida ulkan tosh ko‘zgu joylashgan. Butun devorni qoplagan eroniy gilam ostiga cho‘g‘day yongan ko‘rpachalardan joy qilingan, noz-ne’mat to‘la xontaxta qo‘yilgan edi. Deraza rafiga qo‘yilgan O’sh sham xona ichiga ajib osoyishtalik va halovat bag‘ishlagan dunyoda hech qanday xavf va tajovuz yo‘qligidan dalolat berganday miltillab yonardi. Miyasiga, qochib ketsamchi degan o‘y kelib, deraza oldiga chopib bordi, Derazadan sal narida qorin quygan ikkita sarboz aylanib yurardi. Oybibi nomus va hijolatdan qo‘li bilan yuzini berkitdi, kaftlari nam buldi. Shu lahza tashqari eshikni ochilib yopilgani, gilamlarga bosilgan qadam tovushlari eshitildi Oybibi tislanib borib gilam qotilgan devorga suyuldi, ko‘zini yumib oldi. Deraza ortidagi allaqanday dunyodan suvning shildirashi, xaram qizlarining behayolik bilan hoholab kulgani elas-elas eshitildi. Shu lahza keluvchi belidan qattiq quchdi, qiz xushidan ketib yiqilmaslik uchun devorni ushladi. Yuziga issiq nafas urilib, dimog‘ida yoqimli islar qoldi.

— Go‘zingni och, qo‘rqma!

Oybibi ko‘zini ochib, o‘zi tasavvur qilgan sakson yashar badjahl chol o‘rnida, baland bo‘yli, kelishgan ozg‘in odamni ko‘rib, hayron-hayron tikildp. Qarshisida kulib turgan odam, elatdoshlarp aytgan minglab odamlar yostig‘nin quritgan qonho‘r Isfandiyorga sira o‘xshamasdi. Xalq qo‘shiq ham to‘qigandi:

Isfandiyorxon xon bo‘ldi, yegan-ichganimiz qora-qon bo‘ldi.

Amirona harakatga chorlovchi buyruqdan cho‘chib o‘ziga keldi.

— Barigal!

Ilon oldida jodulanib, dunyoning neligini unutgan bir jonzodday sudralib xonning oldiga bordi. Xon unga boshdan-oyoq tikilgach, ko‘ngli joyiga tushdi shekilli, yayrab, «o‘tir» deb imo qildi. Limmo-lim sharob to‘la xitoyi piyolani uzatdi. Oybibi bosh chayqadi.

— Ich. Ko‘rqmiydig‘on bo‘lasan.

Xon allanarsalarni o‘ylab, na’shali-na’shali kulib, bir qo‘zg‘olib qo‘ydi.

— Kim aytadi seni bekni qizi deb, bir kosa sharobni icha bilmasang.

Oybibining oy yuzi ichida qo‘zg‘olayotgan vulqonlar ta’siridan qizargan, o‘ljasini poylagan burgut kabi qotib o‘tirardi. Xon shod va ma’sud yonboshlab, ko‘rsatkich barmog‘idagi katta uzugi bilan sharob piyolani bir kuyga monand urib, «hay-y... hay-y... » degan ovoz chiqarardi. Xonaga shu yer jihozlariday og‘ir va mustahkam sukut cho‘kkan, gilamlar, yaltiroq darpardalar, yostiq jildlari, xonning boshdan-oyoq zarga botgap libosi — o‘zidan mudroq va erinchoq nur taratgan kuyi intizor bir osudalik bilan mudrab yotardi. Xonning kayfi, xumori qizitilgan tandirday tobiga kelgach, shirin bir xomuza tortib, sollona-sollona yurib tinmay bag‘riga chorlayotgan kartga borib og‘ir cho‘qdi.

— Qani, kel-chi!

Jodulangan jondoz, Bibilarning oyi, ko‘zida ongsiz va shuursiz purni alangalatib, uning ko‘zlaridan ayirmay, yoshligi, nomus-hayosi, ul yigitga ilingan orzumand kuni barbod bo‘ladigan kartga yaqinlashdi. Shunda u Isfandiyorning minglab odamlarning hayotini, qismatini, «jallod» degan so‘zni aytishi bilan yer bilan yakson qalin labini, shahvoniy xirs va tam’a o‘rnashgan qorachuqlarini, bir zamonlar uni ham dunyoning sho‘riga bir ona tuqqanligidan dalolat berayotgan terlagan manglayini juda yaqindan ko‘rdi. «Yot» degan buyruq yangrashi bilan, qonida ming yillik qasos va o‘chi kurtaklangan burgut kabi g‘animining ko‘ziga chang soldi. Erka xansiroqlar, nozli kulishlar va mahkumaning bokiralik nishonasini kutgan ko‘rpa-to‘shaklar, darpardalar, gilamlar, g‘alati noyob hodisadan silkinib-silkinib ketdi. Xonning har kun o‘n bora, balki yuz bora «jallod» chapagiga ochiladigan qo‘llarini qon aralashgan ko‘z yoshlari yuvib tushdi, yuvib tushardi.

— Maram!!!

Eshik ochilib, suyakdan quruq qolgan sadoqatli laychalar kirib, tosh ma’budaday qotib turgan Oybibiga tashlandi.

— O’ldir garni, qaynogon suv quyib o‘ldir!

Uni bir qop go‘shtday garib-u notavon etib, sudrab tosh hovliga chiqishayotganida, o‘yiga bedazorga qo‘nib orom olgan bir kun — ul baxtli kun keldi. Endi ul yerlarda yurmasligini bilib, Ozod degan yigitni qayta ko‘rmasligini sezib bo‘zlab yubordi. Uch-to‘rtta xotin och kalxatday yopirilib, qarg‘ab, tortqilab kiyimlarini yechdilar. Ko‘pol yapaloq toshlar ustida ozod turgan qizning nozik vujudi, gulbargiday musaffo badanini ko‘rmoqdan istihola qilganday oy yuzini berkitdi.

Tosh hovli odatdagiday, ertaning ozod o‘ylari bilan yashagan bir mahkumaning qo‘rqinchli, talvasali unlarini yutib yubordi.















































14

Said Ahmad - Bir O‘pichning Bahosi



Bugun jug‘rofiya o‘qituvchisi darsga kelmadi. Xomtok qilaman, deb so‘ridan yiqilib, oyog‘ini sindiripti. Ajoyib «xushxabar»dan keyin bir zumda sinf bo‘shadi-qoldi.

Bunday qulay paytdan foydalanay deb, Sotvoldi uyga emas, shahar markazidagi «Madaniy mollar» magaziniga qarab yo‘l oldi. Batareyasi o‘tirib qolgani uchun cho‘ntakda olib yuradigan sovun qutichasidek radiosi gapirmay qo‘ygan.

U do‘konga kelganda soat besh minuti kam bir bo‘lgandi. Eshikni tortdi, ochilmadi. Peshtaxta orqasida stakandan labini cho‘chchaytirib qaynoq choy xo‘playotgan sotuvchi Suydixon eshik tomonga imo qildi. Sotvoldi hali shoshganidan qaramagan ekan. «Pereriv» degan yozuv ilib qo‘yilganini endi ko‘rdi.

Suydixon atir shishasini chayqatib qopqog‘ini chiqardi-da, ikki qulog‘ining tagiga, tomoqlariga tegizdi. Keyin oynakka qarab sochlarini tuzatgan bo‘ldi. U eshikka chiqib, do‘konni qulflayotganida Sotvoldi iltijo qildi.

— Opajon, ikkitagina batareya kerak bo‘lib qoluvdi, bervoraqoling, katta tanaffus tugamay darsga yetib boray.

Suydixon uning gaplarini eshitmadi. Eshitsa ham parvo qilmay hammayoqni atir hidiga to‘ldirib, bir zumda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Eshik oldida sigareta, jevachka, «Snikers» sotib o‘tirgan kampir yoniga soch-soqoli o‘sib ketgan, belbog‘iga qilichdek pichoq osgan badxo‘r bir beso‘naqay yigit keldi.

— Bizzi xotin qani? — dedi u.

Undan saraton oftobida qolgan qozonsochiqning qo‘lansa hidi buruqsib ketdi.

— Abetka ketdi, — dedi kampir. — Voy bolam-e, yana ichibsan-da. Munaqa qilaversang, bir kun emas, bir kun xotining seni tashlab ketadi-ya!

Mast uning gaplariga parvo qilmay qo‘l siltadi.

— O’n so‘m qarz berib turing, xotinim kelganda beradi.

— Bermaydi. Tunov kuni olgan besh so‘mni zo‘rg‘a undirdim. Bundan buyon erim pul so‘rasa bermang, deb tayinlagan. O’zing binoyidek qo‘li gul qassobsan. Topish-tutishing ham ikki ro‘zg‘orga yetardi. Topganingni shu araq o‘lgur so‘rib tashladi.

Mast bir munkidiyu odamlar oqimiga qo‘shilib ketdi.

Qassoblarning xotinlariga oson tutib bo‘lmaydi. Har kuni bir o‘limdan qoladilar. Ayniqsa mast qassoblar tushlarida ham alahsirab mol so‘yadilar. Uyqusirab xotinini so‘yib qo‘yganlar ham ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun ham qassoblarning xotinlari kechasi pichoq, boltalarni bekitib qo‘yadilar.

Sotvoldi nima qilishini, qayoqqa borishini bilmay, hayron turardi. Sotuvchi opa bir soatsiz kelmaydi. U ko‘chaning narigi betidagi istirohat bog‘iga kirib muzqaymoq yemoqchi bo‘ldi. Aksiga olib, muzqaymoq do‘koni ham berk ekan. U bog‘ aylanib ancha yurdi. Anhor bo‘yidagi majnuntol tagida o‘tirib dam olmoqchi bo‘ldi. Bu yerdagi skameyka ham band. Ikki oshiq-moshiq bir-birining pinjiga suqulib, xo‘rsinib o‘tirishipti. Ular anhorga qarab o‘tirganliklari uchun orqada kim borligini bilishmasdi. Erkak bo‘ynini cho‘zib ayolning yuzidan o‘pdi. Ayol qiqirlab kuldi. Shunda yigit uni yelkasidan tortib o‘ziga qaratdi-da, yana cho‘pillatib o‘pa boshladi. Yigitning do‘ppisi skameyka orqasiga tushdi. Qo‘l uzatib olayotganda ko‘zi Sotvoldiga tushdiyu qimirlamay qoldi. Yerdan olgan do‘ppi xuddi bir tonnalik yuk bo‘lib tuyuldi. U do‘ppini nima qilishini bilmay baqrayib turaverdi.

U Sotvoldining dadasi To‘lagan edi. Ota-bola ancha paytgacha ko‘z urishtirib qolishdi. Oxirgi To‘lagan g‘azab bilan bolasiga o‘shqirdi:

— Maktabga bormay buyoqlarda nima qilib yuribsan, ahmoq?!

— O’zingiz ishga bormay, begona xotin bilan nima qilib yuribsiz? — dedi Sotvoldi ham bo‘sh kelmay. To‘lagan yonidagi juvonga qaradi.

— Siz ketavering, choyimizga pashsha tushdi. Bu ahmoq bilan o‘zim gaplashib qo‘yaman.

Juvon o‘rnidan turganda Sotvoldi uning yuzini aniq ko‘rdi. U «Madaniy mollar» do‘konidagi Suydixon edi. U betartib ochilib ketgan yoqasining tugmalarini qadab, ikki ko‘kragining tagini kafti bilan beozor ko‘tarib, Sotvoldiga yevorgudek bo‘lib qaradi. Keiin qizil qum sepilgan yo‘lkadan jahl bilan yurib ketdi. Ota-bola bog‘ darvozasigacha jim kelishdi.

— O’zing yaxshi bolasan-ku, oyingga aytmay qo‘yaqol, — dedi yalingan ohangda dadasi.

— Aytaman, — dedi qat’iy qilib Sotvoldi.

— Aytma, bolam, oyingni jahlini bilasan-ku.

— Baribir aytaman. Sizni bir karate qilib qo‘ysin.

Sotvoldining onasi rostdan ham ayollar o‘rtasida qarate bo‘yicha mamlakat chempioni edi. Oyog‘ining beti bilan iyakka tepsa, har qanday odam ham chirpirak bo‘lib ketadi.

— Jon bolam, aytma. Aytmasang, batarey olib beraman.

— Chirog‘ingizni pishirib yeng. Magnitofon olib bersangiz aytmayman.

— Voy-bo‘, juda qimmat narsa-ku. Bo‘pti, sen ketaver, kechqurun o‘zim olib boraman.

— Hozir olib berasiz.

— Obbo, judayam xirasan-da. Lo‘limisan, nima balo. Bola emas, shilimshiq, shilqim bir narsa ekansan. Bo‘pti, yur.

— Yaponskiysidan bo‘lsin...

To‘laganning tishlari qichirlab ketdi.

Xullas, Sotvoldi uyga yap-yangi magnitafonini ko‘tarib keldi. Ertasigayoq bu xabar o‘rtoqlarining qulog‘iga yetdi. Yetti-sakkiz bola har xil kassetalarni opkelib rosa baqirtirishdi.

Kechqurun Marhamatxon eriga hasrat qilib qoldi:

— Bolangizni tergab qo‘ying, uyimiz bozor bo‘lib ketdi-ku.

Tili qisiq To‘lagan o‘g‘liga go‘rni bir nima deyoladimi.

— Ha, endi, bir-ikki kunda ko‘ngliga tegadi, tinchib qolasan, — deb qo‘yaqoldi.

To‘lagan ishdan kelsa xotini to‘rsayib o‘tiribdi. Yaramas bola sirni ochib qo‘ygan shekilli, deb yuragi orqaga tortib ketdi. O’g‘lini chetga chaqirib, oyingga hech nima demaganmiding, dedi qo‘rqa-pisa.

— Yo‘q, — dedi Sotvoldi. — Endi aytmoqchi edim.

— Aytako‘rma. Aytsang kaltak yeysan, — dedi u bolasiga po‘pisa qilib.

— Video olib bersangiz aytmayman. Bo‘lmasa albatta aytaman.

To‘lagan dod deb yuboray dedi. Urmoqchi bo‘lib musht ko‘tardi, musht bolaning boshiga kelganda panjalari yoyilib ketdi. Boshini silay boshladi.

— Jon bolam, aytmagin.

— Aytaman.

— Bolam, bolajonim, do‘mboq bolam, oppoq bolam...

— Laganbardorlik qilmang, foydasi yo‘q.

Ichkari uydan Marhamatxonning ovozi keldi.

— Ota-bola nimani gaplashyapsizlar?

To‘lagan shoshib javob qildi.

— Futbolchi Mirjalol Qosimov to‘g‘risida gaplashyapmiz.

— Gap bitta, — dedi Sotvoldi. — Yo video olib berasiz, yo oyimdan kaltak yeysiz. Xohlaganingizni tanlang. Ammo-lekin ertaga kunduz soat nol-nol ikkida video stolimning ustida bo‘lsin, — dediyu chiqdi-ketdi.

To‘lagan peshonasiga shapillatib urganicha qoldi.

Ertasiga o‘qishdan vohlikkina qaytgan Sotvoldi soat ikki bo‘lishi bilan eshik oldiga chiqdi. Dadasi bilan ishlaydigan kishi mashinada hali karton qutisi ochilmagan video bilan ikkita kasseta olib keldi.

Sotvoldining yotog‘i har xil narsalarga asta to‘lib borardi. Aytgancha, u Suydining do‘koniga borib, bermasang, eringga aytaman, deb bitta fotoapparat bilan besh-o‘nta rangli plyonka undirib keldi. O’sha kundan boshlab Sotvoldining ko‘zidan vitrinada turgan video kamera ketmay qoldi. Baribir, shuni ham undiraman, deb diliga tugdi.

Bu bola er-xotinga juda qimmatga tushgandi. Negadir ularning bolalari turmasdi. Ikki-uch oygina yashab, ularni dog‘da qoldirib ketardi. Mana shu Sotvoldi dunyoga kelganda irim qilib bolani tug‘uruqxonadan o‘zlari emas, qo‘shnilari Anzirat xola olib kelgan va ikki kishi guvohligida ularga ming so‘mga sotgan edi. Nomining Sotvoldiligi ham shundan edi.

— Xotin, — dedi To‘lagan bir kuni. — Bir narsaga hayronman. Mening burnim yapasqi, sening iyaging past. Men bug‘doyrang, sen oppoqqinasan, bolamiz nechukkim qirra burun, qop-qora, sochlari jingala, xuddi Pushkinning bola paytiga o‘xshaydi. Mabodo tug‘uruqxonada birovning bolasiga ayriboshi qilib qo‘yishmaganmikin? Urug‘imizda bunaqangi basharali odam bo‘lmagan edi shekilli. Lo‘li-po‘lining bolasi emasmikin?

— E, gapingiz qursin...

— O’sha sen yotgan roddomda bironta lo‘li xotin tug‘maganmidi?

Marhamatxon o‘ylanib qoldi.

— Qaydam. Bir lo‘li xotin bola ko‘rdi, degandek gap bo‘lgandi shekilli.

To‘lagan ikki tizzasiga shapillatib urib, o‘rnidan turib ketdi.

— Ana, aytmadimmi? Bu bola lo‘li, qiliqlari ham lo‘licha. Dutor olib berdim, qaramadi, rubob olib berdim, ushlab ham ko‘rmadi. Childirma olib kelganimda qo‘limdan yulib oldi-yu, daranglatib chalishga tushib ketdi. Lo‘lilar childirmaga o‘ch bo‘ladi-da. O’n ikkiga endi kirdi, mo‘ylabi chiqyapti. Umuman, lo‘li bolalarning mo‘ylabi tez chiqadi deyishadi.

To‘laganning ko‘ngliga g‘uluv tushdi.

— Hamma ayb Anzirat xolada. Tug‘uruqxonadan qanaqa bolaligini surishtirmay, qanaqasini bersa indamay ko‘tarib kelavergan.

— O’lgan odamning orqasidan malomat qilmang, gunohga botasiz. Uyaling-e, o‘z bolangizdan tonmoqchisiz-a? Bolamiz, xudoga shukur, esli-hushli, oydek bola. Hali ko‘rasiz, bir-ikki yilda lochindek, qarchig‘aydek bo‘lib ketadi. Bu gapni bir aytdingiz, ikkinchi og‘zingizga olmang.

— Xo‘p, xo‘p, — dedi aytgan gapidan pushaymon bo‘lgan To‘lagan. — Bir aytdim-qo‘ydim-da.

Sotvoldi «Madaniy mollar»ga kelganda Suydining eri peshtaxtaga tiralib, ana yiqilaman, mana yiqilaman, deb arang turipti. Sotvoldi uni ko‘rib eski qadrdonlardek quyuq ko‘risha ketdi.

— Amaki, yaxshi yuribsizmi, ko‘rinmaysiz? Odamlar sizni juda zo‘r qassob, molni oyog‘ini boylamasdan so‘yib tashlayveradi, deyishadi. Shu rostmi?

— Rost, — dedi u.

Suydixonning bu xira, bezbet, shilqim bola erimga qadrdon chiqib qoldi-ku, hamma gapni aytib bergan bo‘lsa-ya, degan gap ko‘nglidan o‘tdi.

— Hoy, opovsi, er-xotin gaplashayotganda o‘rtaga tushmada, o‘rgilay. Hozir sen chiqib turgin, amaking ketganlarida o‘zim chaqiraman.

Sotvoldi mastga qarab, bo‘pti, amaki, hali gaplashamiz, deb tashqariga chiqib ketdi.

Kampir eshik oldida kasod bozoridan nolirdi.

— Shu bugun oltitagina jevachka sotdim. Manavi so‘qim yonimga kelib o‘tirib oladi. Bolalar uning vajohatidan qo‘rqib, yaqinimga kelishmaydi.

Kampirning hasratidan chang chiqardi.

— Bilasanmi, bolam, bu piyonista o‘lgir avvalgi xotinini so‘yib qo‘yib, o‘n ikki yil yotib kelgan. Shundan keyin ham ko‘zi ochilmadi.

Sal o‘tmay mast gandiraklab-gandiraklab, qo‘lida ikkita besh so‘mlikni g‘ijimlagancha chiqib vino do‘koniga kirib ketdi. Sotvoldi ichkariga kirdi.

— Amakingga hech narsa demadingmi? — dedi Suydi xavotirlanib.

— Endi aytmoqchiydim, gaplashgani qo‘ymadingiz-ku.

— Jinni-minni bo‘lganmisan, tunov kuni fotoapparat berganimda birovga aytmayman, deb so‘z berganding-ku, nega aynib qolding?

— Meni laqillataman, deb o‘ylamang. Bu bitta fotoapparat bilan bitadigan ish emas.

— Ha, nima bilan bitadi, bo‘lmasam? — dedi alam bilan Suydi.

— Jirillamang, eringiz avvalgi xotinini so‘yib qo‘yganini esingizdan chiqazmang.

Suydining ko‘zlari tinib ketdi. Bu bezbet bolani mima qilsa bo‘ladi. Urib bo‘lmasa, so‘kib bo‘lmasa. Aytgan parsasini bermasang, sharmandangni chiqarsa. E, xudo, qandoq baloga giriftor qilding meni.

— Ayt, yana nima deb kelding?

Sotvoldi biqiniga «Toshiba» deb yozilgan videokamerani imlab ko‘rsatdi.

— Voy, meni xonavayron qilasan-ku, bilasanmi, bu kamera necha so‘m turadi?

— Men bilishim shart emas, siz bilsangiz bo‘ldi-da.

— Aynanay, sendan, o‘rgilay sendan, sal arzonroq iarsa so‘ragin. Erim o‘lgir-ku, sovdadan pesh tushgan pulni pesh olib turipti. Endi sening qilig‘ing ortiqcha bo‘lyapti. Cho‘ntakda olib yuradigan tranzistor radio beraqolay.

— Uni keyingi kelganimda berasiz.

— Voy mengina o‘lay, hali yana kelaman degin.

— Albatta-da, — dedi Sotvoldi. — Tez-tez kelib turaman. Kamerani berasizmi yo bermaysizmi? Bitta gapiring. Hozir tashqariga chiqib kelay, amakim ketib qolmadimikin?

— Shoshma, — dedi Suydi jahl bilan, kamerani peshtaxta ustiga taqillatib qo‘yarkan. — Ma, ol, xudoyo xudovando shu kamera...

— Qarg‘amang. Jahlim yomon. Rozi bo‘lmasangiz, olmayman.

— Voy, noz qiladi-ya, bu bezbet.

Sotvoldi kamerani ko‘tarib chiqib ketarkan, Suydi orqasidan jovrab qoldi.

— Shu do‘konda ikkinchi qorangni ko‘rmay. Meni bo‘g‘izlab ketding! O’ldirding!

Uning bezovta ovozidan hushyor tortgan eri eshikka bosh suqdi.

— Nima gap,tinchlikmi?

— Do‘konda kalamush paydo bo‘libdi. Ko‘rib qo‘rqib ketdim.

— Kap-katta xotin kalamushdan qo‘rqqaningga hayronman.

Sotvoldining dadasi Suydixonni o‘pganga ham bir oydan oshdi. Bu orada Sotvoldi dadasidan motorli vslosiped, Suydixondan narxi palon pullik rangli televizor, dadasidan jez tugmali kostyum, Suydixondan qo‘ng‘iroq chaladigan elektron soat, dadasidan ko‘chada yurib ham gaplashadigan masofali telefon, Suydixondan kompyuter o‘yin undirdi. Bular hali holva. «Madaniy mollar»da ko‘zini o‘ynatib turgan butun dunyodagi jami teleko‘rsatuvlarnn bemalol oladigan sputnik antennasini mo‘ljallab qo‘ygan.

Biron hafta oralatib Sotvoldi o‘sha antennani undirgani «Madaniy mollar»ga borgan edi, do‘kon berk ekan. Nima qilishini bilmay o‘ylanib turgan edi, jevachka sotadigan kampir:

— Kutmay qo‘yaqol, bolam. Suydixon boyaqish hali-beri kelmaydi. Do‘kon pechatlangan. Reviziyadan qirq bir ming kamomad chiqdi. Uch kun ichida to‘lab qo‘ymasang, ishingni sudga oshiramiz, deyishipti. Bechora bo‘ynidagi o‘n olti qator marvaridlarini, bilaguzugu ziraklarini ro‘molchasiga tugib bozorga ketdi.

Tavba, Sotvoldining hisobiga qaraganda, kamomad o‘ttiz sakkiz ming bo‘lishi kerak edi-ku. Nega bunaqa ko‘p hisoblashdiykin...

Sotvoldi sputnik antennasidan umidini uzib, dadasining do‘koni tomon ketdi.

Kichkinagina tijorat do‘konida dadasi sherigi bilan janjallashayotgan ekan.

— Axir shu bir oy ichida 22 ming so‘m oldingiz. Avvalgi oyda olganlaringizni qo‘shib hisoblaganda 54 ming so‘m bo‘ladi. Bu do‘konni ochganimizda ikkalamiz 50 ming so‘mdan qo‘shgan edik. Endi siz bilan ora ochiq bo‘ldik. Sheriklikdan chiqdingiz, kalitni bering...

Obbo tulki-e, uch ming so‘m qo‘shib hisobladi-ya. Dadamning qancha olganini men bilaman-ku.

Sotvoldi qolgan gaplarni eshitmay orqasiga qaytdi. Mana, ikki oydirki, u na Suydixondan, na dadasidan biron nima undiradi.

Dadasi har kuni ertalab mardikor bozoriga chiqib ketganicha kechqurun qorong‘i tushganda horib-charchab qaytadi. Yostiqqa bosh qo‘yadi-yu, pish-pish uxlab qoladi.

Dadasiga rahmi kelgan Sotvoldi bir ko‘nglida: «Dadamni tilla magazinida ishlaydigan Dono xola bilan tanishtirib qo‘ysammikin», deb o‘ylab ham ko‘rdi. Marvaridlari shoda-shoda, uzuklari, ziraklari brilliant. Nimasi qiyin, gapga solib turib bitta o‘psa bo‘ldi. Eri badjahl melisa, to‘pponchasiyam bor. Buyog‘ini menga qo‘yib bersin. Eringga aytaman, desam, tamom. Boplayman.

Kunora daromad qilib o‘rgangan Sotvoldi «bechora» judayam siqilib ketdi. Oxiri velosipediga qo‘ng‘iroq olish uchun «Dinamo» magaziniga borgan edi, trotuarga taburetka qo‘yib jevachka, sigaret, lotoreya sotayotgan Suydixonni ko‘rib qoldi. Uning yonida eri yemga to‘ygan buqadek bo‘lib pishqirib, qilichdek pichog‘i bilan tirnog‘ini olib o‘tirardi.

Endi Suydixonning har bittasi teshikkulchadek keladigan tilla bilaguzuklari, shoda-shoda marvaridlari, brilliant ko‘zli uzugu ziraklari yo‘q edi. Kiyimlari ham, pardozi ham ilgarigicha emas.

U Sotvoldini ko‘rdi-yu, oyog‘i ostida yotgan yarimta g‘ishtni olib unga qarab intildi.

— E, o‘pmay dadang o‘lsin. O’ptirmay men o‘lay...

Sotvoldi odamlar oqimiga sho‘ng‘ib ketdi.















































































15

Said Ahmad - Cho’l Burguti

Cho‘l burgutini izlab Oltiariqdan Yozyovonga otda jo‘nadim. Hali quyosh botmagan, uning kechki qizg‘ish nurlari barglari sarg‘aygan o‘riklarni, terak uchlarini lovillab yondirayotgandek. Osmon ko‘m-ko‘m, ufqda xuddi atayin bo‘yab qo‘ygandek, qip-qizil bulut parchasi sudralib yuribdi.

Kanal ko‘prigidan oshib, cho‘l tomonga jilovni burdim. Ot negadir tixirlik qilib, yurmay turib oldi. Jonivor bir-ikki qamchidan keyin ham oldinga jilish o‘rniga orqasiga tisarilib, taysallardi. Jahl ustida qamchi bosmoqchi bo‘lib qo‘l ko‘targan ham edimki, kimdir qichqirdi:

— O‘g‘lim, jonivorni sug‘oring. Ko‘rmayapsizmi, suvga intilyapti.

O‘girilib qaradim. Suv labida belbog‘iga yuz-ko‘zini artayotgan oltmish yoshlardagi qariyaga ko‘zim tushdi. U shundoq yuvosh otni besabab qamchilaganimga achingandek, ildam yurib kelib jilovdan oldi. Pastga tushdim. U ot jilovidan ushlab, qirg‘oqqa yetakladi. Ot oldingi oyoqlarini loyga botirib, tumshug‘ini suvga tiqdi. U har zamon-har zamonda bosh ko‘tarib, menga qarab qo‘yadi-da, yana suvga intiladi. Uning bu harakati chanqaganimni bilmading-a, deb ta’na qilayotgandek tuyuldi. Jahl ustida qamchi bosganimda eti dirillab ketganini eslab, ko‘nglim ranjidi.

— Yo‘l bo‘lsin, safaringiz qay tomonga? — dedi chol otni qaytarib chiqqach.

— «Paxtakor»ning «G‘alaba» uchastkasiga.

— Undoq bo‘lsa, yo‘lni o‘ng tomonga soling.

Cholga minnatdorchilik bildirib, yo‘lga tushdim. Atrof biy dala. Quyosh botib, poyonsiz cho‘l birdan huvillab qoldi. Ufqdagi boyagi qizil bulut asta kengayib, birpasda butun osmonni egallab oldi-da, taqir cho‘lni qizg‘imtir xira parda orasiga o‘rab qo‘ygandek bo‘ldi. Kimsasiz cho‘lda Cho‘l burguti bilan uchrashuv haqida o‘ylab ketmoqdaman. Nazarimda, Cho‘l burguti deb atalgan kishi yuzlarini shamollar qoraytirgan, yaqinida turgan odamga ham xuddi olisdan qarayotgandek ko‘zlarini qisib, bo‘ynini bir tomonga egib boqadigan, birov bilan ko‘rishgani qo‘l uzatganda shamolga qarshi uchishga hozirlanib, qanotini yozib, oldinga intilib turgan burgutga o‘xshash bahaybat bir kishi bo‘lib ko‘rinardi. Mening bu fikrimni tasdiqlayotgandek, ot boshini silkitib qo‘yadi.

Kissamdan papiros olib, harchand gugurt chaqaman desam ham, eplay olmadim. Ot dupurini eshitib, jilovni tortdim. Yuz qadamlar chamasi orqada otliq kelardi.

— Gugurtni hovuchingizning orasiga olib chaqing, yigit. Cho‘l shamoli o‘jar bo‘ladi.

Cholni tanidim. U boyagi yo‘l ko‘rsatgan kishi. Otlarimiz baravarlashganda, jilovni bo‘sh qo‘yib yubordim.

— Xizmat, o‘g‘lim? Sizni Yozyovonga qaysi shamol uchirdi?

— Cho‘l burgutini ko‘rgani kelyapman.

— Ha! Ko‘rsa arziydigan yigit. Burgut deganicha bor.

— Taniysizmi uni?

— Bu atrofda uni tanimaydigan odam yo‘q. Bu cho‘llarda u yonboshlamagan tepa, otining tuyog‘i tegmagan soy qolmagan. Olov bola. Cho‘lda ot choptirib kelayotganini ko‘rsangiz to‘nining ikki bari shamolda hilpirab, xuddi burgut qanot qoqib uchib kelayotgandek. G‘ayratini aytmaysizmi, qoni tomiridan toshib chiqib ketayotgandek. Nimaga qo‘l ursa, gullatadi. Qo‘li gul deb shuni aytsa bo‘ladi. Kanalning berigi tomonidagi yerlarga ko‘zingiz tushdimi? Ha, balli. Burgut obod qilgan. Hozir o‘sha yerga klub qurilyapti. Juda gashtli yer bo‘lgan-da. Burgutning yigitlari shu atrofdan ellik gektar yer ochib, mevazor qilishdi. Uch yil bo‘ldi. Ha, uch yil bo‘ldi, cho‘lning qoq o‘rtasidan yer ochgani bola-chaqasi bilan chiqib ketganiga.

— Burgut asli shu yerlik yigitmi, yo ko‘chirmami? Chol ancha vaqtgacha jim qoldi. Tuyoq tovushiga quloq solib bir muddat yo‘l yurganimizdan keyin savolimga javob qaytardi.

— Burgut shu yerning bolasi. Yoshligida ham o‘t-olov edi. Frontga ketmasidan oldin qishlokdagi Oynisa degan bir qiz bilan don olishib yurgan edi. Ikkovi ahdu paymon qilishib, gapni bir joyga qo‘yishgan yili urush boshlanib, Burgut frontga ketdi. Shu ketgancha undan xat-xabar bo‘lmay qo‘ydi. Qiz kutib-kutib, oxiri o‘zimizning qishloqlik Nu’monjon degan bolaga tegdi. Oradan sal o‘tmay urush tugab, Burgut qaytib keldi. Qarasa, qiz erga tekkan. U chamadonini samovarda qoldirib, to‘ppa-to‘g‘ri Nu’monjonning uyiga bostirib bordi. Er-xotin hovlidagi so‘rida choy ichib o‘tirishgan ekan. Burgut, he yo‘q, be yo‘q, qizning qo‘lidan ushlab ko‘chaga yetaklab qolsa bo‘ladimi, ko‘chaga yig‘ildi odam, yig‘ildi odam! Qariyalar nasihat qilishdi, qani endi unga gap uqtirib bo‘lsa, yo‘q. O‘jarligi tutib, tavba, ikki yarim oylik kelinchakni o‘z uyiga yetaklab ketsa bo‘ladimi! Shu, desangiz, qiz ham jon deb turgan ekan, oldiga tushib, pildirab ketaverdi. Bir haftagacha Nu’monjon Burgutning uyi atrofida o‘ralashib yurdi. Eplolmadi. Rayonga borib, u yoq-bu yoqqa arz qilmoqchi bo‘ldi, bo‘lmadi. Zo‘rlikni qarang-a! Qishloqchilik emasmi, Nu’monjon soddalik qilib, kelin bilan hali ZAGSdan o‘tmagan ekan. Uning gapiga hech kim quloq solmadi. Tavba!

O‘sha kezlari Burgut bosar-tusarini bilmay, medallarini jaranglatib, o‘tganning o‘rog‘ini, ketganning ketmonini olib yurdi. Yo‘q, sal fursatda insofga kelib, ishga sho‘ng‘ib ketdi. Ammo lekin, dimog‘ baland. Birov buyurgan ishni qilmaydilar. Brigadirni pisand qilmay, bir chekkada o‘ziga yer ajratib olib, ketmon chopib yurdi. Ketmoni qanaqa deng, temirchining miyasini achitib, tepasida turib barkashdek qilib yasatib olgan. Raisimiz esli bola. Aldab-suldab Burgutni yo‘lga soldi. O‘zi ham yaxshi gap bilan ilonni inidan chiqazadigan xilidan. Kolxoz qizlari bir kuni qiziqchilikka ketmonining sopiga isiriq bog‘lab ketishibdi, degan bir gap ham bo‘lgan edi chog‘imda. O‘sha yiliyoq Burgut kolxozda nom chiqarib, Ikromjonning o‘rniga brigada boshlig‘i bo‘ldi. Kelasi yil, orden olib, qurultoyga ham borib keldi. Yopiray, qurultoydan keldi-yu, boshqa odam bo‘ldi-qo‘ydi. Cho‘lga ot solgani solgan. O‘ziga o‘xshagan yigitlarni ham cho‘lga boshladi. Rabbimsan, deb chunonam ketmon chopishdiki, hash-pash deguncha allaqancha yerni cho‘ldan yulib olishdi. Shu, nazarimda, Burgutning yuragi tanasiga sig‘mayotganga o‘xshaydi. Cho‘lni siqsam, tanobini tortsam, deydi. G‘ayratingga balli-e, azamat!

O‘tgan yili gektaridan qirq ikki yarim tsentnerdan paxta bergan brigadalar Burgut yer ochgan o‘sha cho‘ldan obro‘ topishdi-da.

— Nu’monjon nima bo‘ldi, keyin uylandimi?

— Ha, Burgut o‘g‘il bolalik qildi. To‘yiga ikki bo‘rdoqi yetaklab bordi. Kuyovnavkarda ham Nu’monjonning yonida o‘tirib, rosa qiziqchilik qilib, odamlarni kuldirdi. Hozir Nu’monjon Burgutning brigadasida.

— Xotinini undan qizg‘anmaydimi?

— Avvallari qizg‘anardi. Hozir bir o‘g‘li, bir qizi bor. Nu’monjonga quda bo‘lamiz, deb tegishgani-tegishgan.

Cho‘l o‘rtasidagi yo‘l ikkiga bo‘linib, chol otining jilovini tortdi.

Cholning jilov tutgan o‘ng qo‘lining ikkita barmog‘i qo‘shaloq bitib qolganini ko‘rib qoldim.

— O‘g‘lim, men bu yoqqa ketaman. Endi yo‘lni otning o‘zi topib ketaveradi. Xayr, o‘g‘lim. Burgutga mendan duo deb qo‘ying.

Chol bilan xayrlashdik. To‘ppa-to‘g‘rimdan oy ko‘tarildi. Boyagi qizil bulutlar endi sarg‘imtil tusga kirib, ko‘z oldimda rangini o‘zgartiraverdi-da, birdan sinkaga solgandek zangori rangga bo‘yaldi. Oy juda tez balandlab, hamma yoqni havoyi bir tusga g‘arq qildi. Yerga ursa ko‘kka sachraydigan ajoyib tabiatli Cho‘l burguti bilan uchrashishga oshiqdim. Bechora ot yana bir marta qamchi yedi-yu, haloskori choldan ajraganiga afsuslangandek boshini sarak-sarak qilib, ildam yurib ketdi. Shu oy nuriga g‘arq bo‘lgan cho‘llarda Burgut parvoz qilib yurgandek, oy ham uning qadami tekkan yerlarni ko‘z-ko‘z qilmoqchi bo‘lgandek, yanada ravshanlashayotganga o‘xshardi.

Burgut haqida kitob yozib, uning butun qiliqlari, nuqson va fazilatlarini tasvirlab, mana shu bepoyon cho‘lning peshonasidagi asriy sho‘rni yuvib, zo‘r hosil olishiga o‘quvchini ishontirib bo‘larmikin?

Shunday xayollar bilan «G‘alaba»ga yetganimni bilmay qoldim. Hali atrofga devor olinmagan yangi uyda yoshi o‘ttiz beshlarga borgan, nihoyatda ko‘hlik bir juvon meni kutib oldi. Bu Burgutning xotini edi.

— Punktdalar, paxta jo‘natyaptilar, halizamon kelib qoladilar.

— Yaxshi uy bo‘pti, atrofga devor olsanglar juda shinam hovli bo‘ladi, — dedim.

Juvon kuldi.

— Rahimjon akangiz shundoq katta cho‘lga sig‘maydila-ru, hovliga devor olarmidilar.

Dahlizdan oyoq tovushi keldi. Birpasdan keyin past bo‘yli, ozg‘in, ko‘rimsizgina bir yigit kirdi. Bu yigit Burgutni yo‘qlab kelgan gumon qilib, yo‘l yurib charchaganimdan, u bilan bosh irg‘ab yengilgina salomlashib qo‘ya qoldim.

Juvon gap qotdi:

— Rahimjon aka, mehmon sizni yo‘qlab keptilar.

Gapning ochig‘ini aytsam, juda ham hafsalam pir bo‘ldi. Yo‘l bo‘yi ming xil xayollarga borib, afsonaviy pahlavonlarga o‘xshatib zavqlanib, havas qilib kelgan Burgutim har kuni ko‘rib yurgan oddiy kishilarday, jussasi ham, yuzi ham, ko‘zi ham, qarashlari ham oddiy, pachaqqina bir yigit bo‘lib chiqdi.

Burgut mening kayfiyatimni sezib turgan ekan shekilli, qo‘l berib ko‘rishayotganda panjalarimni shunday siqdiki, burgut changaliga tushgan jo‘jadek chiyillab yuborishimga oz qoldi.

— Juda soz bo‘pdi-da kelganingiz, gaplashib yotamiz. Buguncha ish bitdi. Endi otamlashsak bo‘ladi.

Osh ustida gapga solsam, o‘zi haqida uncha-muncha gapirib berar deb o‘ylagan edim. Yo‘q, u juda kamgap odam ekan. Uzi haqida bir og‘iz ham gapirmadi. Faqat «Daydi» kinofilmining ikkinchi seriyasini ko‘rmagani, u yog‘ida nima bo‘lishini bilmay qolganini afsuslanib aytdi.

— Cho‘lga qachon kelganingizni, qanday qilib cho‘lni obod qilganingizni aytib bersangiz?

U kuldi. Oriq panjalari bilan peshonasini uqalab, ko‘z qiri bilan menga qarab qo‘ydi.

— Qandoq desam bo‘larkin? Shundoq cho‘lga chiqdigu, bir tomondan traktor solib, ko‘pchilik bo‘lib ketmonni chopib ketaverdik. Shu!

Uning bu gapidan kamtarlik qilyapti, deb o‘yladim-da, yana so‘radim:

— Axir, shu ishlar osongina bo‘lmagandir?

— Mehmon degan unaqa sergap bo‘lmaydi, — dedi u ayyorcha kulib. — Ertaga o‘zingiz ko‘rasiz. Bolalar aytib berishadi. Charchagandirsiz, yoting.

Undan o‘zi haqida tayinli bir gap olish qiyin ekanligiga ishonganimdan keyin, yostiqqa yonboshladim. Cho‘l burguti chiroqni pasaytirib, narigi uyga chiqib ketdi.

Nazarimda, u uydan chiqdi-yu, qanot qoqib, oy nurida yashnab yotgan cho‘l osmoniga uchib ketgandek bo‘ldi.

Uyqum qochdi, fikr-xayolim Cho‘l burgutida. Nahotki, oddiy kichkinagina jussada burgut qalbi, burgut parvozi bo‘lsa? Nahot, u burgut yetolmagan fazolarda ucha olsa?

Shu kecha cho‘l tongi yorishib kelayotgan subhisodiqda, ulug‘ niyatlar insonni ulug‘ istiqbol sari qanotlantirishiga, Cho‘l burgutiga ham qanot bergan mana shu niyatlar ekaniga iqror bo‘ldim.



II



Ertalab nonushta vaqtida Nu’monjon kelib qoldi.

— Ha, To‘pponcha, nima qilib ivirsib yuribsan?

— Mashina qaysi uchastkaga borsin? Shuni so‘ragani kelgandim.

Burgut uning qo‘liga bir piyola choy tutqazdi.

— Hali tayinlagan edim-ku!

— Hojimuqon hali yo‘l ochmagan ekan, mexanik bormayman deyapti.

Ularning suhbatidan hech narsa tushunolmadim. Faqat Burgut to nonushtagacha cho‘lni shamoldek gir aylanib kelganini sezdim, xolos. Nu’monjon ketdi. Biz Burgut bilan tashqari chiqdik. Kecha qorong‘ida kelib cho‘lning nimaligini bilmagan ekanman. O‘n uchta yangi oq imorat. Nariroqda tepasi shiyponli idora, uylar oldidagi qator ekilgan yosh teraklarning bargi qahrabodek sap-sariq. Artezian qudug‘idan chiqarilgan suv bo‘y baravar balandlikdagi quvurdan shaldirab oqib yotibdi. Undan narida tepasi tol bilan omonatgina yopilgan saroy ichiga selitra to‘kib qo‘yilgan, ikki-uch bochka kerosin, qoplangan tsement, g‘isht, taxta, xodalar uyib tashlangan. Shiypon oldida Markaziy Farg‘ona steptorgining avtolavkasi turibdi. Uning bir g‘ildiragi o‘rniga g‘isht taxlanib, o‘qiga tirgovich qilib qo‘yilgan. Oq xalat kiygan sotuvchi vag‘illab turgan primus ustida bug‘ purkayotgan mis choynakka choy damlayapti.

Burgut lavkaga bosh suqib qaradi. Polkalarda son-sanoqsiz aroq, vinolar, pachka-pachka mayda tuz terib qo‘yilgan. Qizlarning sochiga taqiladigan har xil lenta, ustiga zar qoplangan sigara, yelpig‘ich, upa, fotouvelichitel kabi mollar to‘lib-toshib yotardi.

Sotuvchi nimadir demoqchi edi, Burgut qo‘l siltadi.

— Do‘konni bekiting. Tuz cho‘lda ham ko‘p. Upa qo‘yishga xotinlarning hozir qo‘li tegmaydi. Yelpig‘ichsiz ham shabada bo‘lib turibdi. Aroqni bo‘lsa kechqurun maydalasharmiz.

Burgut idora tomondan kelayotgan Nu’monjonni imlab chaqirdi:

— Bu kishini ola ket. Do‘konni kechqurun ochadi. Bir gramm tersa ham harna-da!

Burgut xijolat bo‘lgandek qoshini kerib menga qaradi.

— Mehmon, ishimiz qiziq bo‘ldi-ku. Sal bemavridroq kelib qoldingiz-da. Uyimiz betta bo‘lgani bilan, paxtamiz olti kilometr narida. Shu turgan yerimiz kelasi yilga borib cho‘lning tsentri bo‘ladi. Men bilan yursangiz, charchab qolasiz. Yaxshisi, To‘pponcha polvon bilan ketavering. Hojimuqonning yerida uchrashamiz.

Burgut otga minib qaygadir ketdi. Biz Nu’monjon bilan yo‘lga chiqdik.

Ot-arava, mashina shibbalab yuborgan tekis yo‘ldan sal yurganimizdan keyin orqamizdan sotuvchi yigit halloslab yetib keldi. To u kelguncha gapimiz qovushmay turgan edi. Gapni nima va kimdan boshlashimni bilmay jimgina borardim. Tanish-bilish yo‘q. Burgutdan gap aylantiray desam, Nu’monjonning ko‘ngliga qattiq botmasmikan, deb xijolatda edim. Toleimga sotuvchi sergapgina yigit ekan. Yo‘l bo‘yi og‘zi tinmay steptorgning inspektoridan shikoyat qilib bordi.

— Nafsi buzuq odam. Jindek cho‘zib qo‘ymasang, molning yaxshisini ololmaysan. Aka, o‘zingiz o‘ylang, kichkina do‘kon bo‘lsa, xaridorning soni yigirmadan oshmasa, bozor yaqin bo‘lmasa, axir, bola-chaqali odammiz.

Nu’monjon yumshoq ko‘ngil, qizdekkina yigit ekan. Uning qaddi-basti, xatti-harakatlari dehqondan ko‘ra sartaroshga ko‘proq o‘xshab ketardi.

Oyoq tovushlari yengil, gapi ham muloyim, qalin qora qoshlari ostidagi sarg‘imtil qo‘yko‘zi hamisha kishiga kulib turgandek. Uning shu topda yonimda pildirab borishi cho‘lda ketayotgan ojiz chumoliga o‘xshab, sira manzilga yetolmaydigandek ko‘rinadi. Buning nimasi to‘pponchaga o‘xshaydi, tavba.

Uzoqdan tutun burqsidi. Bu tutun bir zumda tarqab, uning o‘rnida yonboshlab qolgan terim mashinasi ko‘rindi.

— Bir balo bo‘pti, — dedi Nu’monjon besaranjom bo‘lib. — Burgutdan baloga qolamiz, qani, yuguringlar!

Uning muloyim qo‘yko‘zlari dumaloqlashib, bo‘rining ko‘ziga o‘xshab, ko‘kimtir tusga kirgandek bo‘ldi. U cho‘l o‘rtasida shamoldek oldinga yugurib ketdi, boya chumolidek uvoq ko‘ringan qizdek yigit, endi kiyikdek yel quvib oldinda uchib borardi.

Biz halloslab yarim yo‘lda qolib ketdik. Kechasi ko‘p chekkanimdan bo‘lsa kerak, yuragim gupillab urib, tilim og‘zimga sig‘may qoldi.

— To‘pponchaning o‘qiga o‘xshaydi-ya! — deya oldim entikib. — To‘pponcha polvon deganicha bor ekan.

— Bu Burgutning qo‘liga tushgan quyon — sher, chumoli - fil bo‘lib ketadi.

Mashina to‘xtagan yerga yetib keldik. Yomg‘ir suvi halqob bo‘lib qolgan chuqurlikda mashinaning bir g‘ildiragi botib qolibdi. Mexanik-haydovchi yarim soatdan beri chiqazolmay, motorni guvillataverib, yonilg‘ini tugatayozgan ekan. Nu’monjon sotuvchini orqaga qaytardi.

— Aravada yonilg‘i olib kel!

Yigit ensasi qotganidan gardanini qashib, kamhafsalalik bilan orqaga qaytdi. Nu’monjon esa etigini shaloplatib botqoqqa tushdi-da, xijolat bo‘lgandek menga qaradi.

— Mehmon, kemaga tushganning joni bir. Qani, potinkani yeching. Bir ha-halashib yuboraylik.

Tizzadan loy kechib uning yoniga bordim. Nu’monjon ingichka oyoqlarini yerga qadab, yelkasini mashina qanotiga tiradi.

— Qani, hayda!

Motor gurillab, mashina oldinga intildi. Intildi-yu, keyingi chap g‘ildiragi turgan joyida pildirab aylanib, aft-basharamga loy purkab yubordi. Nu’monjon bo‘g‘iq ovoz bilan yana bir marta «hayda» deb mashinaning chap qanotini ozod ko‘tardi. Mashina orqasiga tutun qaytarib, oldinga lapanglab siljidi.

Bu yigitda shuncha kuch borligiga hayron qoldim. Axir, u shuncha og‘ir mashinani yelkasi bilan itarib, yo‘lga chiqarib qo‘yganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rib tursam ham bunga sira-sira ishongim kelmasdi. Nahot, shu uvoqqina jussada shunchalar katta, ishonib bo‘lmas pahlavon kuch yashirinib yotgan bo‘lsa. Buni «To‘pponcha polvon» deb bekorga aytmagan ekanlar.

Nu’monjon to‘nining bari bilan yuz-ko‘ziga sachragan loylarni artib bo‘lib, menga iljayib qaradi.

Uning ko‘zlari biram muloyim, biram yoqimli. Har qanday tosh yurakni ham eritadigan ajoyib ko‘zlar edi!

Bu yigit men tasavvur qilgan cho‘l yigitlariga sira o‘xshamasdi. Nozik barmoqlari faqat dutor chertishga, sabza urgan mo‘ylovlari ostida kulishga hozirlanib turgan lablari faqat jonon qizlarning yuzidan bo‘sa olishga yaratilgandek ko‘rinardi. Kishining tashqi qiyofasi ba’zan intilishlariga, fikr-o‘ylariga qanchalik qarama-qarshi bo‘lishiga endi ishondim.

Mashina ortidan ergashib, tayin qilingan yerga keldik. Oppoq ochilib yotgan g‘o‘zalar orasidan «Alif-Laylo»dagi ko‘zachadan chiqqan Ahraman devdek baland, har yag‘riniga bittadan odam minsa bo‘ladigan o‘ttiz besh yoshlardagi norg‘ul yigit mashinaga qarab kelardi. Uning uzun chakmoni daraxtga sholcha yopib qo‘yganga o‘xshardi.

Qosh va kipriklari sariq, ammo o‘ziga juda ham yarashib tushgan mo‘ylovi, negadir, lokdek qop-qora edi. Mo‘ylovini bo‘yasa kerak, deb dilimdan o‘tkazdim.

— Hojimuqon shu bo‘ladi.

Hojimuqon ildam yurib kelib, xuddi yosh bolani ko‘tarishga chog‘langandek, engashib, ikki bukilib Nu’monjon bilan ko‘rishdi. Uning oldida Nu’monjon xuddi dadasiga talpingan yosh bolaga o‘xshab ko‘rinardi.

— Ha, To‘pponcha, muncha hayallab qolding?

Uning ovozi qulog‘imga momaqaldiroqqa o‘xshab eshitildi.

— Mashina loyga tiqilib qolgan ekan, chiqazguncha sal to‘xtalib qoldik.

Mashina yangi ochilgan yerdan egatga kirib ketdi. Hojimuqon devqadam bilan uning orqasidan ergashdi. Atrofga qaradim. Bu yerlar qaerdan suv icharkin, deb hayron bo‘lib Nu’monjondan so‘radim.

— Farg‘ona kanalidan olamiz. Suv masalasidan nolimasak ham bo‘ladi. Ariq qaziydigan yangi mashina chiqqan. Ovozini eshityapsizmi?

Nu’monjon kunbotar tomonga qarab quloq soldi.

— Kelasi yili huv o‘sha tomondan qirq gektar yer ochamiz. Shunda yerimiz Qo‘shoq otaning yeri bilan tutashadi.

Kecha otimni sug‘orib bergan cholning ikki barmog‘i qo‘shaloqligi, ayrilishga kelganda chol o‘sha tomonga burilganini eslab, Qo‘shoq ota degani shu kishi bo‘lsa kerak, deb gumon qildim.

Terim mashinasi egatning boshiga yetib, yangi ariqdan qaytdi. Brezent palatkadan chiqqan o‘rta yashar bir xotin sochini boshiga turmab, mashina ketida kelayotgan Hojimuqonga qo‘l siltadi. Keyin o‘sha tomonga g‘o‘za oralab, yugurib ketdi.

— Hojimuqonning xotini. Juda ham gapga bichganda. Qofiyali qilib gapiradi. Ammo Hojimuqon shu gavdasiga xotinidan o‘lgudek qo‘rqadi.

O‘sha palatkadan yoshi yigirma beshlardagi suluvgina bir ayol chiqdi-da, Nu’monjonga qaradi.

— Choy ichib olinglar!

Keyin u fartugini bo‘yniga ilib, boyagi xotinning orqasidan yugurdi.

— Bu kishi bizning «malikai dilozor» bo‘ladilar, — dedi Nu’monjon kulib.

— Siz ham xotiningizdan qo‘rqasizmi? Nu’monjon gardanini qashidi:

— Dunyoda xotinidan qo‘rqmaydigan odam ham bor ekanmi?

Palatkaga kirib, endi bir piyoladan choy xo‘plagan ham edikki, ot choptirib Burgut kelib qoldi. Vajohatidan hozirgina birov bilan urishib kelganga o‘xshardi.

— Ha, Burgut, turq-tarovating boshqacha, bir gap bo‘ldimi? — deb so‘radi unga piyola uzatarkan, Nu’monjon.

— Kartinkangdan o‘rgildim! Kechadan beri sarson qiladi-ya. — Uning gapiga tushunolmay bir-birimizga qarashib oldik.

— Sochiga taroq tegmagan, ikkita kalta shimlik olifta bir mashina ashqol-dashqol bilan kepti. Kartinkaga olaman deb, u yoqqa qarasam ham durbinini to‘g‘rilaydi, bu yoqqa qarasam ham durbinini to‘g‘rilaydi.

Kecha raykom binosi oldida kinoxronikaning mashinasini ko‘rganimni esladim.

— Tavba, oftob chiqayotgan tomonga qarab, chakkamga paxta qistirib, o‘ng qo‘limni ko‘tarib turganimni kartinka qilarmish. Kartinka qilsang, artisingni ola kelmaysanmi! Mehmon, siz bilan Yog‘och polvonning yerida uchrashamiz.

U choydan bo‘shagan piyolani pildiratib bir irg‘itib ilib oldi-da, xayr, deb chiqib ketdi. Bir ozdan keyin cho‘lning ufq bilan tutashgan yerida ot o‘ynatib ketayotganini arang ko‘zim ilg‘ab qoldi. Nu’monjon ham bo‘yniga fartuk ilib, mashina ololmay qolgan paxtalarni tera boshladi.

Paykal boshida yolg‘iz qolib, ko‘z ilg‘amas paxtazorda javlon urib yurgan terim mashinasini tamosha qilib turdim. Shamol qulog‘imga allaqaerda shudgor ag‘darayotgan traktorning ovozini o‘xtin-o‘xtin uchirib keladi. Ariq qaziyotgan mashinaning bo‘ri uliganidek o‘kirishini bir dam olib keladi-da, yana qayoqlargadir surib ketadi.

Ot solib o‘tgan fotihlarning, qo‘ng‘iroq chalib o‘tgan karvonlarning suroni uyg‘otolmagan asriy mudroq cho‘lni yangi odam jilovlagan po‘lat motorlarning zabardast turtkisi uyg‘otgan edi.

Sotuvchi yigit aravada bir bochka kerosin olib keldi. Ikkovlashib bochkaga rezinka ichak solib, baklarni to‘ldirib oldik.

— Mehmon, Burgut sizni Yog‘och polvonning yeriga olib bor, deb tayinladi.

Aravaga chiqayotganimda mexanik yigit bunkerni bo‘shatib, yonilg‘i olgani paykal chetiga chiqayotgan edi.

Egarga qiyshiq o‘tirib olgan yigit, yo‘l-yo‘lakay Burgutning yigitlarini ta’riflab ketdi.

— Burgutning yigitlari hali kurashda yelkasi yer ko‘rmagan polvonlar. Hozir bu polvonlarga Farg‘ona tomonda tarafkash yo‘q. Yog‘och polvon deb nom chiqargan Miraziz o‘tgan yili parkentlik polvondan yiqilib qoldi. Burgut shundan keyin Yog‘och polvonni brigadadan haydab yubordi. O‘sha polvonni yiqitib kelmaguningcha, ko‘zimga ko‘rinma, deydi. Yo‘q, bultur kuzdagi paxta bayramida Farg‘onada kurash bo‘lib, Yog‘och polvon o‘sha polvonni charxpalak qilib yerga urdi-yu, yuzi yorug‘ bo‘ldi.

— Burgut uni brigadaga qaytarib oldimi?

— Oldi. Lekin bitta shart bilan oldi. Ketmon ishlatmay, paxtani mashinada ekib, mashinada terish sharti bilan. Hali borganda ko‘rasiz. Har g‘o‘zalarki, bir tupidan bir ko‘rpalik terib olaverasiz. O‘zi ham antiqa odam. Hozir aytsam qizig‘i qolmaydi.

So‘nggi marta xirillab nafas olayotgan bemordek shikoyatomuz g‘iyqillab borayotgan arava ustida tevaragi ufqqa tutashgan cho‘lni tamosha qilib boraman. Bu uyqusi qochgan ko‘hna pahlavon cho‘l bilan bellashayotgan, xuddi shu cho‘ldek bag‘ri keng, ammo navqiron, har qaysisi alohida kitobga qahramon bo‘lsa arziydigan, biri biriga o‘xshamagan tabiatli yigitlarni ko‘rayotganimga, ular bilan hamsuhbat bo‘layotganimga ich-ichimdan sevinaman.

Bu uchrashuvlarda ularning qiliqlarini, bo‘y-bastlaridan tortib, ko‘z qarashlarigacha yodda saqlab qolmoq uchun tikilib-tikilib qarayman.

Cho‘l o‘rtasini devordek to‘sib o‘tgan do‘ngni oshib o‘tganimizdan keyin yo‘l gavjum bo‘lib qoldi. Har qadamda qurilish materiallari ortgan yuk mashinalari, ustiga bochka yuklangan brichkalar uzun yo‘ldan ketma-ket o‘tib turardi. Ora-sira mototsikl patillab o‘tib qoladi-da, cho‘l bag‘riga o‘kdek sanchilib, bir zumda yo‘q bo‘lib ketadi. Boya Hojimuqonning yerida eshitilgan gurillagan tovush shu tomondan kelayotgan ekan. Ekskavator halqumini cho‘zib, quyqa bosib qolgan zovurdan loy chiqazayotibdi. Cho‘lning qoq o‘rtasida yonboshiga tuproq purkab kanavokopatel ariq qazimoqda. Uning tovushi go‘yo bahaybat bir mushuk muttasil oyna timdalayotgandek qiyqillaydi. Onda-sonda kurib qolgan o‘tlarni chimdib yurgan poda uchrab qoladi. Yo‘l yoqasidan artezian suvi shildirab oqib yotibdi. Undan tushgan shaffof suv tsement hovuzchadan toshib, yo‘l chetida ko‘lmak hosil qilgan. Suv atrofida o‘sgan giyohlar hali ko‘m-ko‘k. Ko‘lcha yuzida ko‘y va echkilarning qumaloqlari suzib yuribdi.

Kolxoz podasi shu yerdan suv ichsa kerak deb o‘yladim.

— Cho‘l qishloqqa shu tomondan tutashadi, — dedi hamrohim, qamchi dastasi bilan uzoqda sarg‘imtil tusga kirgan daraxtlarni ko‘rsatib.

Rayon markazidan yo‘lga chiqqanimda, cho‘lga kolxoz yeridan o‘tib borsak kerak, deb o‘ylagan edim. Bu o‘yim yanglish chiqdi. Hamrohim egarga yana qiyshiq o‘tirib oldi.

— Cho‘l asli shu tomondan siqib kelinyapti. Boya siz ko‘rgan Hojimuqonning yeri kolxoz ochadigan qo‘riqning oxirgi nuqtasi. Undan u yog‘i boshqa kolxozning zimmasiga tushgan.

Birdaniga cho‘lning havosi o‘zgardi, erta kuz bo‘lishiga qaramay, esib turgan ilimiliq shabada o‘rniga qandaydir dimoqqa xush yoqadigan, bog‘lardan esadigan yoqimli shamol kela boshladi. Hozir biz bir tomoni hali bezrayib yotgan cho‘l, bir tomoni esa obod bo‘lgan yerning hududida turardik.

Etagi olislarga cho‘zilib ketgan cho‘l to‘quvchi dastgohidagi tandaga, yangi obod bo‘lgan joylar esa shu tandaning asta-sekin to‘qilib kelayotgan sergul matosiga o‘xshardi.

Shag‘al yotqizilgan yo‘lning ikki chetida hali usti yopilmagan bir qavatli binolar, xom g‘isht devoriga tol tashlab, ustidan tosh bostirib qo‘yilgan chala uylar, ba’zan shaxmat katagiga o‘xshagan tsement poydevorlar uchrab turardi. Bu yerlarda hali odam yashamay turib, yosh terak va qayrag‘ochlar allaqachon yerga parcha-parcha soya tashlab ulgurgan edi.

— Yog‘och polvonning yeriga yetib qoldik, — dedi hamrohim, ot jilovini o‘ng tomonga burib.

Biz yo‘l olgan so‘qmoqning boshi usti shox-shabba bilan yopilgan chaylaga borib qadalar edi. Chayla oldidagi xirmonda Burgut oftobga paxta yoymoqda. Taxminan o‘n besh gektar keladigan paxtazorning ikki tomonida ikki terim mashinasi gurillab yurib turibdi. To biz chaylaga yetib borgunimizcha yonimizdan o‘tib ketgan kul rang «Volga» mashinasi ustimizga chang yopirib, chaylaga yetmay to‘xtadi. Shamol changni bir zumda yerga yonboshlatib ketdi.

Mashinadan o‘rta yoshlardagi sal qorin qo‘ygan, qalin qoshlari ko‘zlarini tutib ketgan bir kishi tushdi. Orqa eshik ochilib, mo‘ylovli, ayolga o‘xshash bir yigit ko‘rindi. Uning sochi orqasidan taralib peshonasiga kelganda yana tepaga qaytarib yuborilgan edi. Uning bu qiyofasi menga popishakni eslatdi. Og‘zida mushtuk; egnida pochasi tor, kalta chiyduxoba shim. U fotoapparat tasmasini uzuk taqilgan barmog‘iga o‘rab olgan edi.

— Mana, o‘zingiz ayting, o‘rtoq partkom, sira u kishini ko‘ndirolmayapmiz, — der edi u qora qosh partkom yigitga.

— Xo‘sh, nima gap? — dedi partkom qanorga paxta joylayotgan Burgutning yaqiniga borib.

— Parvo qilmang, Mirjalil aka, mendan artist chiqmaydi.

— Yaxshi emas, atayin Toshkentdan kelishipti. Tez bo‘l, u yoq-bu yog‘ingni paratka qil. Qani, yanga, boyagi narsani bering!

Chayla orqasidagi bak ostiga o‘t qalayotgan Oynisa uning gapini yaxshi eshitmadi shekilli, o‘rnidan turib savol nazari bilan qaradi.

— Boyagi tugun qani?

Oynisa chayla tirgovichiga ilib qo‘yilgan kamzulining cho‘ntagidan shohi dastro‘molga tugilgan narsani olib, partkomning qo‘liga berdi.

Burgut to‘niga ilashgan paxta tolalarini kafti bilan sidirib bo‘lgach, do‘ppisini tizzasiga urib qoqdi. Uning bu harakatlarini kuzatib turgan baland bo‘yli, ozg‘in, qop-qora yigit gap qotdi:

— Qoshingga o‘sma qo‘yib qo‘yaymi? Yanga, upangizdan bering!

Bu gapdan Burgutning ensasi qotib, yer ostidan xo‘mrayib qaradi.

Partkom tugunchadan orden va medallarni olib Burgutning ko‘kragiga taqa boshladi. To Burgutning «pardozi» bitguncha, kalta shimli yigit «Volga»dan kino apparatini olib chiqib, ularning yoniga keldi.

— Shu kishi nima desa g‘iring demay bajarasan. Xarish otga o‘xshab taysallamay, hap tursang-chi!

Burgut bilan operator paxtazorga kirib ketishdi. Operator yo‘lda qo‘shaloq ochilgan paxtadan uzib olib uning chakkasiga taqib qo‘ydi. Butun kolxoz yigitlariga so‘z bermay cho‘lda javlon urib yurgan burgutsimon bu odam ayni zamonda operator qo‘lida ming ohangga tushar edi. Goh o‘ng qo‘lini ko‘tarib terim mashinasini boshqarayotgan mexanikka nimalardir deb qichqirar, goh kunchiqar tomonga burgutga o‘xshab tolpinib qo‘yardi.

Oxiri u «artist»likdan zerikdi shekilli, qo‘l siltab, jahl bilan paykalga qaytib keldi. Uning ketidan ergashib kelayotgan operator norozi ohangda nimadir dedi. Burgut yana qo‘l siltadi.

— Ikki kundan beri shu kishining ketida ovoraman. Yana jinday qolgan edi-ya!

— Burgutni bir kunda ovlab bo‘lmaydi. Ketidan ikki-uch kun cho‘l kezish kerak, yaxshi yigit, — dedi boyagi tarashadek qotma novcha yigit.

— Shuni aytmaysanmi, Yog‘och polvon.

Yog‘och polvonni darrov tanidim. Uning suratini o‘tgan yili fizkulturachilar gazetasida ko‘rgan edim. Respublika musobaqasida parkentlik polvonni yiqitib, O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Asad polvon Ibrohimov shu kishi edi.

Partkom terim mashinasining mexanigiga «birpas to‘xta» degandek ishora qilib, paykalga chaqirdi. Boshqalarni ham chayla oldida to‘pladi.

— Qo‘shoq otaning qirqmasi rosa bo‘lib beribdi. Mashinaga ikkita tashlab qo‘ygan edi, birga baham ko‘ramiz.

Shofyor har biri ko‘ydek keladigan ikkita cho‘l qovunini inqillab ko‘tarib keldi-da, tizzalab sholchaga dumalatib yubordi.

Dasturxon ustida Yog‘och polvonning ta’rifi boshlandi.

— Yog‘och — odam! — dedi jiddiy turib Burgut. — Lavzli odam u. O‘n sakkiz gektar yerni ketmon tegizmay mashinada qoyil qilib yubordi. Ko‘ryapsiz-ku, ikki mashinalab ham terib tamom qilib bo‘lmayapti.

Men ham gapga aralashdim:

— Bu kishi ham xotinlaridan qo‘rqadilarmi?

— Be, — dedi Yog‘och polvon qo‘l siltab, — gunoh qilgan yigit xotinidan qo‘rqadi-da! Biz hali gunoh qilganimizcha yo‘q. Nima deysan, Burgut?

Burgut boshini sarak-sarak qilib kuldi.

— Uch-to‘rt ulfat bir bo‘lib, gapdan gap chiqib, «kim xotinidan qo‘rqsa, o‘rnidan tursin» degan taklif tushibdi. Shunda hamma o‘rnidan turibdi-yu, bir polvon yigit joyidan qo‘zg‘almapti. Undan, nega turmading, 1 xotiningdan qo‘rqmaysanmi, deb so‘rashibdi. Polvon yigit nima depti, deng, xotinimning nomini eshitishim bilanoq ikki oyog‘im shol bo‘lib, o‘rnimdan turolmay qoldim, depti.

Qotib-qotib kuldik.

— Bizning Yog‘och polvon ham shunaqa polvonlardan, — dedi Burgut uning biqiniga turtib. — Ha, do‘st! Qoma-tingga qoyilman!

Yog‘och polvon qizarib ketdi.

— Hech-da, ichadigan vaqtimda, rost gapi jindakkina qo‘rqardim. O‘shanda ham hadeb mashmasha qilavergandan keyin yolg‘ondakasi qo‘rqqanga o‘xshab turardim.

Qovundan keyin bir piyoladan choy ichib, hamma o‘z ishiga tarqadi.

— Burgut, ertaga mashinaning birini Qo‘shoqvoy otaga yubor. Yog‘och polvonning paxtasi endi siyraklashib qolibdi. Mashina bekor turmasin. O‘n uchinchidan ko‘rak uzadiganini yuboraman.

Yog‘och polvon yerga bir ko‘z yugurtirib chiqdi-da, shundoq qilsak ham bo‘lar ekan deb partkomning so‘ziga rozi bo‘ldi.

Partkom ham, kinooperator ham ketdi. Burgut mashina orqasidan qarab turdi-da, iljayib qo‘ydi.

— Mehmon, biz chiqqan kartinkani Toshkentda ko‘radigan bo‘ldingiz. Biz tomonlarda ham ko‘rsatar, deyman. Qo‘shoqboy otani olganda juda intrsniy chiqardi.

Xirmonda shamollatilgan paxtalar qanorlanguncha shu yerda bo‘ldim. Qishloqdan paxta ortib ketgani mashina keldi. Yog‘och polvon qanorlarni xuddi yastuqdek yengil ko‘tarib mashinaga irg‘itar, Burgut esa ularni epchillik bilan tortib olib, g‘isht taxlagandek kuzovga joylar edi. Qanorlar bir-biriga minib lapanglab qolguncha taxlandi. Burgut yerga sakrab tushib, shofyorga darrov qaytishini buyurdi-da, ko‘kragida jaranglab turgan ordenlarni chiqazib, boyagi shohi ro‘molchaga tugib, xotiniga uzatdi.

— Olib qo‘y, plan to‘lgan kuni taqamiz endi.

— Endi menga javob bersangiz, Burgut, shu mashinada qishloqqa yetib olay, — dedim unga.

— Ie, biron kun qolmaysizmi? Ertaga Yog‘och polvonning to‘yini qilamiz. Oshini yeb ketasiz-da!

— Shu bachkanaliging qolmadi-qolmadi-da. Yog‘och polvon zarda bilan nari ketdi.

— Yog‘och paxta punktidagi laborant qiz bilan nari-beri bo‘lib yurar ekan. Xotini bilib qolib, uyiga kiritmay qo‘ygan edi. Rosa yigirma kundan beri cho‘lning qoq o‘rtasida majnun bo‘lib, ko‘ylak-po‘ylagini ham o‘zi yuvib yurgan edi. O‘tgan kuni qazili osh qilib berishni bo‘yniga qo‘yib, yarashtirib qo‘ygan edik! Nasibangiz qo‘shilmagan ekan.

— Bo‘lmagan gap, ishonmang bu gapga, mehmon. Sirtqi texnikumda o‘qiyman-da! Imtihonga yaqin qolganda laborant qiz, agrotexnikadan o‘zim o‘rgatib qo‘yaman, degan edi. Manovi bema’ni qayoqdagi gaplarni xotinimga aytib, urishtirib qo‘ysa bo‘ladimi. Ahmoq bo‘lib, yana o‘zi yarashtirib qo‘ydi.

— Qo‘y-e, — dedi Burgut menga ko‘z qisib qo‘yib, — bir balosi bo‘lmasa, shudgorda quyruq na qilur. Ha, do‘st! Pismiqsan, Yog‘och! Pismiqsan! — Burgut shu gapni aytib, tizzasiga urib, qotib-qotib kuldi.

— Mehmon, tag‘in shu gaplarni ham kitobga tirkab qo‘ymang.

Ular bilan samimiy xayrlashib mashinaga chiqayotganimda Burgut, papiros chekmang, mehmon, yo‘lda pojarniy shtraf qiladi, deb tayinladi.

Mashina havoni kesib, bir tekis yelib cho‘l o‘rtasida borar, men esa uchrashuvlardan olgan taassurotlarimni qay tartibda qog‘ozga tushirishni o‘ylab ketardim.

Mashina kecha Qo‘shoq ota bilan ajrashgan joyga kelganda quyosh etagiga botib, osmonning yarmi anor suvi sachragandek qip-qizil tusga kirgandi. Atrofda traktorlar, ekskavatorlar shovqin soladi. Ularning guldiraganini shamol cho‘l bo‘ylab aylantirib ketadi.

Xuddi tepamda bir cho‘l burguti bahaybat qanotini yozib, gir aylanib uchib yuribdi. Shovqinga to‘lgan cho‘lda makonini yo‘qotgan bu sahro sultoni, qo‘nalg‘a topolmay, osmonda charx urib kezardi. Cho‘lning asriy uyqusiny buzgan yer burgutlari endi uning ko‘hna maskanini egallagan edilar.

Burgut qizg‘imtir ko‘kda uzoq aylanib yurdi-da, oxiri bir-ikki marta umidsiz qanot silkib, quyosh botayotgan ufqqa qarab suzib ketdi.

1958 yil.













































































16

Said Ahmad - Qorako’z Majnun

Qur’oni karimdan:

«Sizlardan qaysi biringiz o‘z dinidan qaytsa va shu kofirligicha

o‘lsa, bas, ana o‘shalarning (qilgan savobli) amallari

xabata (bekor) bo‘lur, ular do‘zax ahlidurlar va u yerda mangu qolurlar».

(Baqara surasi, 217-oyat.)



Hadisi sharifdan:

«Jannatga kiradigan o‘n nafar hayvondan biri bu

«Ashobi kahfning vafodor iti dir». (Al-jome al-Kabir.)



Saodat aya bomdod namozini o‘kib, joynamoz poyida uzoq o‘tirib qoldi. Bundan uch yil oldin olamdan o‘tgan eri usta Turobga atab Qur’on tilovat qildi. O’ris shaharlarida daydib qolib ketgan o‘g‘li Bo‘rixonga xudodan insof tiladi. Baxti ochilmay, guldek umri xazon bo‘layotgan qizi Qumriga achinib, shu farishtaginaning yo‘lini och, deb Allohga iltijo qildi.

Kampir har sahar ichki bir ezginlik bilan shu gaplarni takrorlardi. U qo‘l cho‘zib, joynamozning bir burchini qayirib o‘rnidan turdi.

Sentyabr oyoqlab, suvlar tiniqqan, ariq tublaridan bola-baqra tashlab yuborgan piyolami, choynak qopqog‘imi, qoshiqmi shundoqqina ko‘rinib turibdi. Qirg‘oqlar zax tortib, ekin-tikin suv so‘ramay qo‘ygan palla.

Qo‘shni hovlilardan maktabga ketayotgan bolalarning injiqliklari, xarxashalari, onalarning yalinib-yolborishlari eshitilib turibdi. Kampir bu tovushlarga bir dam quloq tutib, boshini tebratib, kulib qo‘ydi.

Saodat yoshligida juda chiroyli qiz bo‘lgandi. Sochlari taqimini o‘pardi. Taraganda shamshod taroq ushlagan qo‘llari sochining uchigacha yetmasdi.

Yarmini qismlab turib, buyog‘ini tarardi. Opasi 6u sochlarni qirqta qilib o‘rganda, yana shunchasi ortib qolardi.

— E, soching qursin! — derdi opasi. — Qo‘llarim tolib ketdi, sochingni o‘rdirishga odam yollash kerak.

Ko‘chada amirkon mahsikovushni g‘irchillatib, sochlarini selkillatib yurganda qaragan ham qarardi, qaramagan ham. Yosh qizaloqlar orqasidan kelib, sochlarini ko‘ziga surtib qochishardi.

Mana, yillar o‘tib soch ham oqardi, siyraklashdi-yu, baribir o‘sha uzunligicha qoldi. Uchiga biror narsa taqmasa, hurpayib, bo‘yni, yelkalarini tutib ketadi. Shuning uchun ham u sochining uchiga o‘g‘ri tutar sandiqning kalitini osib ko‘yadi. Sandiqni ochayotganda kalitni yechib olmaydi. Sochi uzun bo‘lganidan tizzalasa kalit bemalol qulfga yetadi. Endi yangi uylarga sandiq urf bo‘lmay qoldi. Hamma uyni po‘rim javonlar bosib ketdi.

Bundan tashqari, qulfni daranglatib ochadigan kalitlarni yasaydigan ustalar qolmagan.

Kampirning sochlari hamon yoshligidagidek. Faqat yarmidan ko‘pi oqarib ketgan. Orqasiga tashlab qo‘yadigan, uchi birlashtirilgan ikki o‘rim sochining uchiga erining frontdan olib kelgan og‘irgina medalini osib qo‘ygan. Tayyor ilgagi ham bor, sochni pastga tortib turadi.

Hovlining yarmiga yaqin joyga tangadek oftob tushirmaydigan qari tut barglari sarg‘aya boshlagan. Qurigan shoxiga bahorda ilinib qolgan varrakning qamish qovurg‘alari skeletdek bo‘lib turibdi. Faqat uzun latta dumi shamolda ilondek to‘lg‘onadi.

Shu tut tagida bir oppoq it supurgi ustida uxlab yotibdi. Kichkinagina, belida belbog‘dek ikkita — biri qora, biri jigarrang chizig‘i bor. Xuddi kimdir ataylab bo‘yab qo‘yganga o‘xshab ko‘rinadi. Tumshug‘i bilan ikki ko‘zi qop-qora. Bir ko‘zining tepasida to‘mtoq qoshi ham bor. U kampirning oyoq tovushidan bir ko‘zini erinibgina ochdi-yu, chala yarim kerishib, yana uyquga ketdi.

— Ha-a, joningni huzurini bilmay o‘l-a! Supurginiyam harom qilding.

— Qo‘y, urishma, opasi, Qorako‘z hali bola-da!

— Nima deyapsiz, oyijon! Bu it o‘lgurga men nega opa bo‘larkanman?! — dedi Qumrixon nolib.

— Agar Qorako‘zni yana supurgi bilan ursang, unga kosov otsang, bilib qo‘y, ukalaringnikiga ketib qolaman.

— Voy, oyijon-ey, it o‘lsin, odamdan aziz bo‘lmay! Shu itni deb bizni tashlab ketmoqchimisiz? Qo‘ying-e!

— Shu bilan ovunib yuribman. Qayoqqa borsam, yonimda. Bir qadam nari ketmaydi. Menga ayt-chi, ukalaring, singillaring haftada bir xabar olsa oladi, olmasa yo‘q. Kasalxonada yotganimda shu itgina ko‘kragini qorga berib hovlida bir oy deraza tagida yotgan. Senlar qo‘ni-qo‘shnining qistovi bilan bir-ikki xabar oldilaring, xolos.

— Oyijon, qo‘ying endi... — dedi Qumri norozi bo‘lib.

Itning bir qulog‘ida, bo‘ynida, oyoqlarida qon qotib qolgan edi.

— Ahmoq! — dedi kampir. — Qayoqlarda sanqib yurganding?! Yana marjabozlikka bordingmi? Majnun bo‘lmay ketkur! Ahvolingni qara, xotin talashib rosa ta’ziringni yebsan-ku! E o‘lmagin-a, shilinmagan joying qolmapti... Endi o‘zingdan ko‘r. Majnun, yaralaringga dori surtaman. Illo, dod demaysan!

Qumrixon itning bo‘ynidan bosib turdi, kampir yaralariga yod surta boshladi. It g‘ingshiydi, ingillaydi. Qumrixonning qo‘llarini tishlamoqchi bo‘ladi.

— Ana, bo‘ldi. Endi ovqatingni beramiz.

Bir oydan beri o‘g‘li surunkasiga kampirning tushiga kiradi. Na yotishida, na turishida halovat bor. O’g‘lini o‘ylagani o‘ylagan. Yoshi saksonga yaqinlashib, kuch-quvvatdan qola boshlagan, bolamni ko‘rmay o‘lib ketaman-mi, deb kuyib-yonadi.

O’g‘li Bo‘rixon oltmish yettinchi yili armiyaga ketgan. Harbiy xizmati tugadi hamki uyga qaytmadi. O’sha yoqlarda uylanib, bola-chaqali bo‘lib, qolib ketdi. Ba’zi-ba’zida undan «Ya zdorov» degan ikki enlikkina xat kelardi. Yaqin o‘n besh yildirki, adresni unutib qo‘yganmi, ishqilib, shu o‘rischagina xat ham kelmay qo‘ygan.

Kampir qo‘ni-qo‘shnilarnikiga ham chiqmaydi. Uyda o‘tiraverib qon bo‘lib ketadi. Ba’zan kiyimboshlarini apil-tapil tugib — o‘g‘illari yo qizlaridan birinikiga otlanib qoladi.

Baribir borgan joyida ham halovat topmaydi. Qizi Kumrixonni o‘ylab qaytib keladi. Qumrixonning baxti chopmadi. Ikki bor turmush qildi, farzand ko‘rmadi, qaytib keldi. Biron joyda ishlab ovunay desa, hayhotdek hovliga, munkillab qolgan onasiga kim qaraydi. Aka-ukalari, singillari: «Opa, qo‘y, ishlama, tirikchiliging bizning bo‘ynimizda, onamga qara», deb qo‘yishmadi.

Kampirning o‘g‘illari, biznikida turing, oyi, deb xudoning zorini qilishsa ham, otang chiqqan uyni tashlab ketolmayman, men ham shu uydan chiqazilaman, deb ko‘nmadi.

Kampir juda dono xotin edi. Bolalarim haftada bir marta xabar olishsa, yetti kun uyim to‘ladi, albatta, ular quruq kelishmaydi, shu bahona Kumrining ham kuni o‘tadi, deya qadrdon uyidan jilmasdi. Onalar shunaqa — baxti chopmagan bolasi bilan birga bo‘ladi.

O’tgan yili o‘tli-shudli, har ish qo‘lidan keladigan nevarasi Anvarjon, tog‘amni topib kelaman, deb chiqib ketdi. Shu ketgancha yigirma kun deganda daragini topib keldi.

Bu gapdan xabar topgan qo‘shni xotinlar kampirni qutlagani kirdilar.

— Buvijon, tashvishlanmang, tog‘amning ishlari «besh». Ro‘zg‘ori but, tirikchilikdan kami yo‘q. Uchta 6olasi bor. O’zi o‘zbekchani esidan chiqarib yuboribdi. Men bilan o‘rischa gaplashdi. Bitta sog‘in echkisi, to‘rtta qanor qopdek cho‘chqasi, o‘ntacha cho‘chqachalari bor ekan. Qish zabtiga olganda shu mollarini ham uyiga opkirib olisharkan. Bo‘chka-bo‘chka samogon-aroq yasab, qishi bilan ichisharkan. Kishlokdagilar tog‘amni «Bo‘rixon» demay, «dyadya Borya» deb chaqirishar ekan.

Bu gaplarni eshitib, kampir yer yorilmadi-yu, kirib ketmadi. Bolasi tushmagur-ey, qo‘shni xotinlarning oldida shu gaplarni aytib o‘tiribdi-ya! Birovga so‘zini bermaydigan errayim kampirning shoxi sindi, ostona hatlamay uyda muqim o‘tirib qoldi.

Qachongacha chilla o‘tiraman, deb kampir bugun qizinikiga otlanib qoldi. Kampirning niyatini sezgan Qorako‘z ostonaga borib o‘tirib oldi. Yaqin bir oydan beri hech qayoqqa bormagan Qorako‘z o‘zida yo‘q shod edi. Boshini bir tomonga egib irg‘ishlar, tezroq chiqmaysizmi, degandek, har xil ovoz chiqarib g‘ingshirdi.

Kampir shoshilmasdi. Usma ekilgan bir bo‘yra yer oldida cho‘nqayib, o‘smalarning sersuv, bo‘liq barglarini tagidan kertib uzardi. Oxiri kafti o‘smaga to‘lgach, rayhonning gul otmagan shoxlaridan sindirib olib, o‘smaga qo‘shib dastro‘moliga o‘radi. U qiz nevaralariga, kelinu qizlariga albatta o‘sma olib borardi. Nihoyat, kampir

tugunni qo‘ltiqlab chiqdi. Korako‘z o‘tirgan joyidan bir sapchib ko‘cha tomon otildi. Kampir uning ketidan 6orarkan, xoy, muncha shoshasan, sekinroq, deb javrardi.

Korako‘z uning gapiga tushungandek, ko‘cha o‘rtasida to‘xtab orqasiga qaraydi. Kampir yetib kelguncha yayrab qulog‘ini qashlaydi. Bir qulog‘ini dikkaytirib, bittasini shalpaytirib erkalik qiladi. Orqa oyog‘ida turib bir-ikki aylanadi. Kampir yetib kelishi bilan yana uynoqlab yugurib ketadi. Yo‘lda uchragan mushuklarni tiraqaylatib quvib, nim qizil tilini osiltirgancha hansirab qaytib keladi. Daraxtlardagi musichalarga irg‘ishlab akillaydi. Arikdan shapillatib suv ichadi. Ba’zan yo‘l chetiga chiqib, paxsa devor tagini ho‘l qilib kaytadi. Velosiped minib o‘tgan bolalarga ergashib uzoqlarga ketib qoladi.

Kampir uning qiliqlariga andarmon bo‘lib yo‘l yurganini sezmaydi. Qorako‘z donlab yurgan tovuqlarni qaqag‘latib, to‘rt tarafga to‘zg‘itib yuboradi. Yo‘lda uchragan itlar bilan iskashib, quvlashmachoq o‘ynaydi. Ko‘cha betidagi uy ostonasida tinmay akillayotgan kalamushdek kuchukni tuprokka korishtirib bulg‘aladi. Ariq bo‘yidan qo‘porib tashlangan tungak soyasida yotgan bo‘ribosar itga xam zo‘rlik qilmoqchi bo‘lgandi, ta’zirini yedi. Bo‘ribosar uning gardanidan tishlab, uloqtirib tashladi. Yo‘l o‘rtasiga borib tushdi, tuproqqa qorishdi.

Kampir boshini sarak-sarak kildi.

— Hoy, jinni, senga kim qo‘yibdi otang tengi it bilan olishishni!

Korako‘z unga karay olmadi. Yo‘lning 6u yog‘iga ma’yus alpozda, yugurmay, ohista ketdi. Baribir Qorako‘z itda, itligini qiladi. Bir qora itning dumini hidlab, ochiq turgan eshikdan kirib ketdi. Bir ozdan keyin uning vangillagani eshitildi. Eshikdan chiqayotganda ichkaridan otilgan eski tufli qoq beliga tushdi.

Katta yo‘lga chiqishdi. Bu yo‘lning o‘ng yog‘i Chirchiqqa, chap yog‘i Toshkentga olib boradi. Oldinlab ketgan Qorako‘z, qayoqqa yuraylik, degandek, kampirga qaradi.

— Abdumalik akangnikiga boramizmi, Dilbar opangnikigami? Dilbar opang domda turadi. Itdan hazar qiladi. Seni uyiga kiritmaydi. Endi nima qilamiz? Mayli, shunikiga boraylik. Yotib qolmaymiz. Chiqqunimcha hovlida bolalar bilan o‘ynab turasan.

Qorako‘z bu gaplarga tushunadi. Har gal ko‘cha boshiga kelganda albatta kampir shu gaplarni takrorlaydi.

Olisdan baland imoratlarning qorasi ko‘rindi. Qorako‘zning sabri chidamadi. Ildamlab ketdi. Kampir unga yetolmay xalloslab koldi. Qorako‘z yugurib emas, g‘ildirab ketayotganga o‘xshaydi. Bir zumda ko‘rshtmay ketdi.

Uchinchi qavatning boloxonasida o‘ynayotgan bolalar Korako‘zni ko‘rib, buvim kelyapti, deb qiyqirishdi. Tapir-tupur qilib zinaning ikki poyasini bitta qilib, pastga yugurib tushishdi. Bittasi Korako‘zga konfet, bittasi sergo‘sht suyak berdi. Birpasda xovli bolalarga to‘lib ketdi. Qorako‘zning boshini, orqasini silashdi. U erkalanib turib berdi. Boloxonada Dilbarxon ko‘rindi. Onangiz kelyapti, degan xushxabar olib kelgan Qorako‘zga mehr bilan bokdi. Unga qand tashladi.

Nihoyat, hansirab kampir yetib keldi. Bolalarga qurt, yong‘oq, turshak ulashdi. Korako‘z ham umidvor bo‘lib qo‘liga qaradi.

— Senga yo‘q, bevafo! Meni yo‘lga tashlab ketgansan. Orqangdan halloslab yugurib, tilim og‘zimga sig‘may qoldi.

Qorako‘z gunohkorona bosh egib turdi. Kampir konfet tashladi. Qorako‘z ilib oldiyu quvonchdan hovlini shamoldek aylanib chikdi. Kampir kizi bilan kechgacha ezilib gaplashdi. O’g‘lini eslab ko‘z yosh xam qilib oldi. Kumrining betoleligidan, men bir balo bo‘lib ketsam, u sho‘rlik nima bo‘ladi, deb afsus-nadomatlar qildi. Gap orasida Qorako‘z esiga tushib, ovqat-povqat berdingmi, deb so‘rab qo‘yardi. Kampir asr namozini o‘qib, ketishga shoshildi.

— Endi ketay, shom namozini uyginamda o‘qirman.

— Ovqat qilyapman, oyijon, yeb keting. Bir kechagina yotib ketsangiz nima bo‘ladi. Uyingizni bo‘ri yeb ketarmidi!

Kampir tugunni qo‘ltiqlab pastga tushdi. Hovlida bolalar bilan yayrayotgan Qorako‘zning ketgisi kelmaydi. Bolalar tuflab uloqtirgan kaltakni o‘tlar orasidan topib keladi.

Kampir yo‘lga tushdi. Qorako‘z erkalanib, irg‘ishlab goh undan o‘zib, goh orqada qolib qulog‘ini qashlaydi.

Uyda Saodat ayaning yillab qalbida qalashib yotgan g‘uborlarini tarqatadigan, ko‘ksidan tog‘dek bosib yotgan armonlarni ushatadigan olamshumul bir yangilik kutib turardi.

U uyiga yaqinlashganda eshigi oldida u yoqdan-bu yoqqa shoshib yurayotgan odamlarni ko‘rib, yuragi xapqirib ketdi. Kadamini tezlatdi. Eshik oldida turganlar unga, qulluq bo‘lsin, sevinib qoldingizmi, qariganingizda dilingizga yorug‘lik tushgani muborak bo‘lsin, deyishardi.

Kampir xajga ketayotganlarga pensiyadan yiqqan pullarini «Hoji badal» uchun berib yuborgan edi. Haj kabul bo‘ldi, degan xushxabar kelgan bo‘lsa kerak, o‘zingga shukr, Allohim, deb ostona hatladi.

Shoxiga katta lampochka osilgan tut tagidagi supada yoshi oltmishlardan oshgan bir notanish edam o‘tirardi. Uning ko‘zlari... bundan o‘ttiz ikki yil oldingi Bo‘rixonning ko‘zlari edi. Kampir, voy bolam, deb unga talpindi. Supaga yugurib bordimi, uchib bordimi, bilmaydi. Bag‘rida o‘g‘lini ko‘rdi. Undan aroq va sham yoqilgan uyning hidi kelardi. Kampir buni sezmasdi. G’oyibining hozir bo‘lganidan mast-alast edi. Karaxt edi, baxtiyor edi. O’g‘lining boshlariga, yelkalariga ko‘z yoshlari to‘kilardi.

O’g‘li uning bag‘ridan chiqishga urinar, ammo kampirning qoq suyak, chayir qo‘llari uni bo‘shatmasdi.

— Nu zachem, zachem plachesh, mama, vot i priexal, xvatit, xvatit, — derdi o‘g‘li.

Ona bu gaplarni eshitmasdi. Eshitganda ham bari-bir tushunmasdi.

Kampir hushini yig‘ib, bolasini bag‘ridan bo‘shatdi. Serrayib turgan Kumriga:

— Nega baqrayib turibsan, Rahmon qassobni chaqir, bolamning oyog‘i tagiga og‘ildagi qo‘yni so‘ysin! Qo‘shnisinikida telefon bor, aka-ukalaringga, singillaringga, akam keldi, deb xabar qil! — dedi.

Qorako‘z kampirning oyog‘i tagiga o‘tirib olgan. Bu notanish odamga g‘ashlik qilib tinmay irillardi.

— Qayoqlarda yurganding? — dedi kampir o‘g‘liga. O’g‘li onasi nima deyayotganini tushunmay yelka qisdi. Tushunmadingmi? Sen boshqa odam bo‘lib ketibsan.

Kampir uning yuzlariga qarab ezilib ketdi. Qarib, adoyi tamom bo‘pti. Basharasiga ham o‘sha tomonlarning nuqsi urib, o‘zbekligi qolmabdi. Ellik bir yoshda yetmish yashar chol bo‘lib qo‘ya qopti.

Rahmon qassob allaqayoqqa ketib qolgan ekan, topib kelishdi. Ko‘cha tomonda qo‘sh mashinaning gurillagani, o‘g‘il-qizlarining ovozlari eshitildi.

Abdumalik qo‘y yetaklab kirdi. Qizlari, kuyovlari karton qutilarda, xaltalarda meva-cheva, olma-uzum ko‘tarib kirishdi. Bir zumda hovli gavjum bo‘lib qoldi.

Bo‘rixon ukalarini ham, singillarini ham tanimadi. Ular ham buni tanishmadi.

Bo‘rixon begona uyga kirib qolgan odamdek qovushmay turardi. U ukalariga, singnllariga nima deyishni bilmasdi. To‘g‘ri, nima deyishni bilardi. Ammo til bilmasa nima qilsin? O’ylab-o‘ylab, «Salyam!» dedi. Jigarlari kulishni ham, yig‘lashni ham bilmay hayron turib qolishdi.

Qassob og‘ildan kattakon, boquvdagi qo‘yni sudrab chiqdi. Bo‘rixonning oyog‘i tagiga yotqizib, ukam, qani bir fotiha bering, dedi. E, darvoqe, o‘zbekcha bilmasligingizni esimdan chiqaribman, qani, omin denglar, kampir enamizning umrlari uzun bo‘lsin, g‘oyiblari hozir bo‘lgani rost chiqsin, omin!

Qassob shunday deb qo‘yning bo‘g‘ziga pichoq tortdi.

— Nu zachem, zachem? — dedi Bo‘rixon. — ved barana jalko, vse ravno ya stolko myaso ne yem! U nas baranina ne yedyat.

To yarim kechagacha kampirning hovlisi to‘yxonaga aylanib ketdi. Tarqash paytida Abdumalik akasini mehmonga taklif qildi.

Hovli jimib qoldi. Qumri ona-bolaga supaga joy solib berdi. Kampir bolasiga tikilib mijja qokmadi. Bo‘rixon to‘ygunicha ichgan edi. Og‘zidan gup-gup aroq hidi kelib turibdi. Kampir ro‘molining uchi bilan burnini berkitgancha o‘tiribdi. Rostdan ham shu odam mening bolammi, deb o‘ylardi kampir. Qarib ketibdi, sochlari to‘kilib, boshining yarmi yalang‘ochlanib qopti. Ko‘p ichadigan odamlardagina bo‘ladigan zaxil bir befayzlik zohir edi uning yuzlarida. Ko‘zlarining tagi salqigan, tishlari tamakidan jigarrang tusga kirgan. U otasi o‘tgan uyda, tuqqan onasiga, jigarlariga begona bo‘lib beparvo yotibdi.

Saodat kampir uni chaqaloqligida xuddi shu supada beshikka belab tebratardi. Uch yoshga kirguncha shu supada bag‘rida olib yotgan edi. Bo‘rixon do‘mboqqina bola bo‘lgandi. Uni yomon ko‘zdan asrasin, deb kiyimlariga tumoru ko‘zmunchoqlar taqib qo‘yardi. Sultonimga atab unga kokil qo‘ygandi. Olti yoshga to‘lganda uni er-xotin Turkistonga olib borib hazrat Yassaviy maqbarasining shayxiga ataganlarini berib, kokilini kesdirishgan, qo‘y so‘yib xudoyi qilishgan edi.

Bo‘rixon u yonboshidan bu yonboshiga ag‘darildi. Shunda... shunda uning ustidagi oq choyshab sirg‘alib yelkalari, ko‘ksi ochilib qoldi. Kampir badanidan chayon o‘rmalagandek seskandi. O’zini orqaga tashladi.

Bo‘rixonning bo‘ynidagi zanjir uchida but yaltiradi. Kampirning ko‘zlari tindi. Bir dam uni shuur tark qildi. Telbadek sapchib o‘rnidan turdiyu ayvon tomonga chekindi...

Bo‘rixon armiya xizmatini o‘tagandan keyin ham uyga qaytmadi. O’rmon ichkarisidagi qishloq butxonasi qo‘ng‘iroqchisining erdan qolgan qiziga oshiqu beqaror bo‘lib qoldi. Qallig‘ining otasi, boshqa dindagi odamga qizimni bermayman, deb turib oldi. Qiz Bo‘rixonni xristian diniga kirishga undadi. Ishq-muhabbatdan ko‘zini parda bosgan Bo‘rixon hech ikkilanmay rozi bo‘ldi. Uni cherkovda cho‘qintirishdi. Keyin cherkov oqsoqoli kelin bilan kuyovga toj kiydirib, nikoh o‘qidi.

Ana shundan keyin Bo‘rixon xotini, qaynonasi bilan har kuni cherkovga borib cho‘qinadigan bo‘ldi. Qaynotasi o‘lgandan so‘ng uning o‘rniga cherkov qo‘ng‘iroqchisi qilib qo‘yishdi. Nimaiki ish bo‘lsa, barini u bajaradigan bo‘ldi. Piligi so‘xta bo‘lgan shamlarning uchini qaychilaydi, yonib tamom bo‘lganlarini almashtiradi.

1970 yilning kech kuzida bir musulmon bolasi dindan chiqdi...

Oh, otaginasi tirik bo‘lganda shu supa ustida bolta bilan chopib tashlardi-ya! Kampir ayvon tomon tisarilib borar ekan, ana shunday o‘ylardi. U ayvonga yetolmay hushidan ketib yiqildi. Qorako‘z uning atrofida ulib aylanardi. Qumri yotgan uyning eshigini timdalab, uni uyg‘otmoqchi bo‘ldi. Qumri uyqusini buzgan itni qarg‘ay-qarg‘ay hovliga chikdi. Qorako‘z uning etagidan tortib, kampir yotgan joyga sudradi. Qumri onasining behush yotganini ko‘rib qo‘rqib ketdi. Qarib, mushtdekkina bo‘lib qolgan onasini dast ko‘tarib ayvonga olib chikdi. Boshi ostiga yostiq qo‘yib, suv ichirdi. Yelkalarini uqaladi. Kampir ko‘zini ochdi. Hali tong yorishmay turib, Abdumalik mashinada kelib akasini olib ketdi. Unga Toshkentning mustaqillikdan keyingi manzarasini ko‘rsatmoqchi, Chorsu bozoridan uning bolalariga sovg‘a-salomlar olib bermoqchi edi.

Bo‘rixon uchun O’zbekistonda mustaqillik bo‘ldimi, bo‘lmadimi baribir edi. U o‘zga yurtning fuqarosi, o‘zga e’tiqodning sig‘indisi edi. Tug‘ilgan yurtga muhabbat tuyg‘usi uni tark qilganiga ko‘p yillar bo‘lgan. Ona tili qadim-qadim zamonlardayok unutilib ketgan Shumer tili qatori tumanlar orasida kolib ketgandi.

Ertalab kampir xech narsa bo‘lmagandek o‘rnidan turdi. Qumri qarasa, onasining kolgan kora sochlari xam bir kechada oqarib, ajinlari ko‘payib ketibdi.

Qumri onasining nega bunaqa bo‘layotganini bilib turardi. Boya akasi tong yorishmay xovli etagidagi yong‘oq tagida devorga karab cho‘qinayotganini ko‘rib hayronu lol qolgandi. Ayollar umuman titimsak xalq bo‘ladi. Akasi Abdumalik bilan hovlidan chiqib ketgach, ichkari uyda turgan chemodanini titkiladi. Shunda sariq baxmalga o‘ralgan bir narsaga ko‘zi tushdi. Ushlab ko‘rdi. Qutichaga solingan narsa to‘pponcha emasmikan, deb baxmal tugunni yechib qaradi. O’ xristianlarning muqaddas kitobi Ynjil edi. Uni ushlagan qo‘llari kuyayotgandek shoshib yana baxmalga o‘rab qo‘ydi.

Kampir bomdod namozini o‘qiyotib, har sajdaga bosh qo‘yganida joynamozga ko‘z yoshlari tomardi. U joynamoz burchagini qayirib, eriga atab Qur’on tilovat qildi. Baxti chopmagan Qumriga bag‘ishlab shu farishtaginaning yo‘lini och, deb Allohga iltijolar qildi. G’oyibdan hozir bo‘lgan o‘g‘lining nomini tilga xam olmadi.

Saodat aya shu bolasiga to‘lg‘oq tutayotganda oftob charaqlab turardi-yu, yomg‘ir sharros quyayotgan edi. Derazadan hovliga qarab turgan doya xotin: «Bo‘ri bolalayapti», degandi. Shuning uchun ham o‘g‘liga u Bo‘rixon dsb ism qo‘ygandi. Oradan ellik bir yil o‘tib, 6u bolani men emas, bo‘ri tukqan ekan, degan xayolga bordi.

— Oyi, kiyinasizmi? Abdumalikning mashinasi hozir kelib qoladi. O’g‘lingiz tayinlab ketgan.

— O’zing boraver, men shu yerda qolaman, — dedi kampir.

— Axir, akam, kechqurun poezdga chikadi. Xayrlashmaysizmi?

— O’zi kelgan, o‘zi ketaveradi. Mashina kelsa, chemodanini tashlab qo‘y. Bu uyga endi qaytib kelmasin, — dedi kampir kat’iy qilib.

— Oyijon-ey, juda qahringiz qattiqda! Bugun ketadi, qaytib ko‘ramizmi-yo‘qmi, bolam-bo‘tam, deb kuzatib qo‘ya qolsangiz nima qiladi-ya! — dedi zorlanib Qumri.

— Bu bolani men emas, bo‘ri tuqqan... Bir marta dadam qani, deb so‘ramadi-ya! Qandoq ota edi-ya rahmatli.

Ko‘chadan mashina ovozi keldi. Qorako‘z o‘qdek otilib chiqib ketdi. Bir ozdan keyin kampirning nevarasi Abdunabining atrofida gir aylanib kirib keldi.

— Iya, xali ham kiyinmay o‘tiribsizmi? Uyimiz qarindosh-urug‘larga to‘lib ketdi. Dadamning o‘rtoqlari xam kelishgan. Qani, bo‘la qolinglar!

— Men bormayman, — dedi kampir. — Qumri boradi. Chemodan o‘lgurni ola ketinglar.

— Iya, qiziq bo‘ldi-ku! Amakim bugun ketadilar-ku!

Kampir indamay uyga kirib ketdi, keyin derazadan boshini chiqarib:

— Sen boraver, bolam. Men bilan o‘tirib qon bo‘lib ketding. Jigarlaring bilan birpas yozilib kelasan, —dedi Qumriga.

Mashina ketdi. Kampir hayhotdek hovlida bir o‘zi qoldi. Uning ko‘ksiga allaqaydan kelib tushgan bir parcha muz kechadan beri erimay, vujud-vujudini qaqshatardi.

U uyga kirib tugun ko‘tarib chiqdi. Undan Bo‘rixonning go‘dakligida, bolaligida kiygan kiyimlarini olib qaradi.

Ilgari kampir ba’zi-ba’zida 6u kiyimlarni hidlab yig‘lardi. Endi ko‘ksidagi muz uni yig‘lashga qo‘ymadi. U hovli o‘rtasiga xazon to‘plab gugurt chaqdi. Gurillab yonayotgan gulxanga Bo‘rixonning kiyimlarini birma-bir tashlay boshladi. Gulxanda Bo‘rixonning bolaligi yonardi. Qorako‘z gulxan atrofida aylanar, goh alanga taftiga chidolmay nari ketardi. Bir bo‘xcha kiyim zum o‘tmay yonib kulga aylandi. Shamol kuyindilarni hovlining to‘rt tarafiga uchirib ketdi.

Qumrining ko‘ngli bir nimani sezdimi, ko‘cha boshiga yetmay mashinadan tushib qoldi. Uyga kelganda, onasi kaftini iyagiga tirab, qimirlamay o‘tiribdi. Qorako‘z uning xayollariga sherik bo‘lgandek, u ham old oyoqlariga dahanini qo‘ygancha ko‘zlarini yumib, qimirlamay yotibdi. Qumri u yoq-bu yoqqa qaradi. Hovlidan kuygan latta xidi kelyapti. Qo‘shnilardan birortasi eski-tuskilarni yondiryapti shekilli, deb o‘yladi. Hovlining supradek joyi qorayib qolganini ko‘rib hayron bo‘ldi. Yaqin bo-rib qarasa, qoraygan yerda bolalar ko‘ylagiga qadaladigan o‘n-o‘n beshta qovjiragan tugma sochilib yotibdi. Qumri nima bo‘lganini bildi. Ichidan zil ketdi.

— Oyi, — dedi u, — nima ovqat qilib beray? Ertalab ham hech narsa tatimadingiz. Bunaqada toliqib qolasiz-ku.

Kampir boshini sarak-sarak qildi.

— Ishtaham yo‘q, bolam. Ichim to‘la muz. Tanamga asta tarqalyapti.

Qumri ko‘rkib ketdi.

— Ko‘p kuyinmang endi, bo‘lar ish bo‘ldi. Xudoning irodasi bu.

— E, qizim-a, bola tug‘magansan-da, bilmaysan!

Kampir qiziga hech qachon «tug‘magansan» deb aytmagan. Aytsa, ta’na qilayotgandek bo‘lardi. Qizining shundoq ham dardi ichida. Bu gapni begona aytsa chidash mumkindir. Ammo o‘z onang aytsa, yuragingni kimga ochasan? Qumri onasining gapini malol olmadi.

— Farzand dog‘i yomon bo‘ladi, bolam.

— Axir akam tirik-ku, shukr qilmaysizmi? Kampir uning gapini cho‘rt kesdi:

— U yo‘q endi!

Kampir so‘zini oxiriga yetkaza olmay yonboshiga behush yiqildi. Qorako‘z bezovtalanib sapchib turib ketdi. Kumri onasini ko‘tarib, ko‘rpacha ustiga yotqizdi.

Eshik taqilladi. Qorako‘z darvoza tomon yugurdi. Qumri onasi bilan ovora edi. Hovliga mahalla machitining imom-xatibi bilan mutavallisi kirdi. Kampirning ahvolini ko‘rib, bir-biriga qarab olishdi.

— Qizim, — dedi mutavalli, — bemavrid kelib qopmiz. Onaxondan suyunchi olmoqchi edik.

Ular ayvon oldiga kelishdi. So‘nggi nafasini olayotgan kampirga:

— Onajon, kecha muborak haj safaridan qaytdik.

Sizning hajingiz qabul bo‘ldi, — deyishdi.

Imom-xatib Saodat ayaning «Hoji badal» bo‘lgani to‘g‘risidagi hujjatni uzatdi. Kampir qo‘lini ko‘tara olmadi. Ko‘zini arang ochib, o‘zingga shukur, Allohim, deya oldi, xolos. U qiziga bir nima demoqchi bo‘lgan edi, tili kalimaga kelmadi.

Kumri uning nima demoqchiligini bildi. Yugurib uyga kirdiyu ikkita ohorli to‘n ko‘tarib chikdi.

— Oyim shu kunga atab saqlab yurgan edilar.

U shunday deb ikkovining yelkasiga to‘n tashladi.

Kampir ikki kun shu alpozda yotib, sal o‘ziga kelgandek bo‘ldi. Tilga kirdi.

Aslini olganda, uning umri tugagan edi. Bu xushxabar uning tugab borayotgan umriga umr ulagan edi. Bu hol shamning o‘chish oldidan bir lop etishiga o‘xshardi.

— Ukalaringni, singillaringni chaqir! Vasiyat qilib

qo‘yay. Sen qo‘rqma, qizim. O’lim haq. Bu jon degani Allohning tandagi omonati. Undan qochib qutulib bo‘lmaydi. Puf etadi-yu, chiqadi-ketadi.

Kampirning bolalari yetib kelishdi. Qumri onasining orqasiga yostiq qo‘yib berdi. Qator o‘tirgan bolalariga, nevaralariga qarar ekan, kampir mamnunlik bilan:

— Xudoga shukr, tobutim oldida boradigan hassakashlarim ko‘p ekan, — dedi. — Eshitinglar, bolalarim. Abdumalik, endi bularga sen ota o‘rnida otalik kilasan. Qumri, qizim, endi sen mening o‘rnimga qolasan. Abdunabini shu hovlida uylantiringlar. Yilimni kutib o‘tirmay to‘y qilaveringlar. Shundoq qilsalaring, arvohim shod bo‘ladi. Abdunabi kelin bilan Qumrining oldida qolsin. Shu uy uniki. Onam go‘rida tinch yotsin, desanglar Qumrini aslo yolg‘izlatib qo‘ymanglar.

Kampirning lablari quruqshadi. Qumri piyoladagi suvga paxta botirib og‘ziga tomizdi.

— Shoshib turibman, bolalarim. Meni otalaring oldiga olib ketishga kelishyapti. Endi buyog‘ini eshitinglar. Hamma tadorigimni ko‘rib qo‘yganman. Yilim o‘tguncha bo‘ladigan marosimlarga yetarli pulni Qumriga berib qo‘yganman. Qizim, qulog‘imdagi ziragimni, mahsi-kovushimni g‘assolga bergin. — U endigi aytmoqchi bo‘lgan gapidan iymandi shekilli, jilmaydi. — Azaga kelgan xotinlar oldida xunugim chiqib yotmayin, qoshimga o‘sma...

Kampir shu jilmaygancha ichidagi muz erimay osongina jon berdi.

Hovliga tumonat yig‘ildi. Unga «Hoji ona» deb janoza o‘qishdi. Tobutni ko‘tarishayotganda Qorako‘zni qabristonga bormasin, yomon bo‘ladi, deb qo‘shnining hujrasiga qamab ketishdi.

Kampirning qirqi o‘tgandan keyingina hovlidan odam oyog‘i tovsildi. Egasi ketib fayzi yo‘qolgan hovlida Qumri va Qorako‘z mung‘ayib qolishdi.

Bir kun Qorako‘zning mijjalarida yosh ko‘rib Qum-rining yuraklari ezilib ketdi. Qorako‘zga qo‘shilib u ham yig‘ladi. Asta qo‘l yuborib, uning boshlaridan siladi. Oldin bu itni jinidan ham yomon ko‘rardi. Necha marta kosov bilan urgan. Oyog‘i ostida o‘ralashganda tepib yuborgan. Qorako‘z ham uni unchalik suymasdi.

Ana endi ikki munglig‘ bir-biriga qarab yum-yum yosh to‘kishyapti.

Korako‘z endi kechalari daydib ketmay qo‘ydi. Har kuni xali tong yorishmay turib (kampir bomdodga turganda) uyg‘onib ketardi.

Kampirshshg bolalaridan nkkitasi Toshkentda, bittasi Chirchiqda, ikkitasi Kibrayda yashaydi. U tong otgandan to kun botguncha xammasining uyiga borardi. Kampirni topolmay, xorib-charchab qaytib keladi.

Bugun xam tong sahardan Korako‘z chikib ketdi. Pildiragancha Chirchiq tomonga yo‘l oldi. Kimyogarlar shaharchasida kampirning kenja qizi turadi. O’g‘li magnitofon jinnisi. Hammaning ovozini tasmaga yozib yuradi. Shu yil bahorda buvisining ovozini xam bildirmay yozibdi. O’shanda kampir supada o‘tirib, allaqayoqlarda daydib kelgan Qorako‘zga tanbeh berayotgan edi.

Korako‘z Kimyogarlar shaharchasining eng chekkadagi «dom»ga yetib kelganda kampirning nevarasi shisha bankada sut olib kelayotgan edi. Qorako‘z unga dumini likillatib yaltoqlandi. Unga ergashib uchinchi qavatga chiqdi. Uyga kirmay qaytib tushdi. Bir ozdan keyin kampirning ovozi eshitila boshladi. Qorako‘zning kulog‘i ding bo‘ldi. Yaqin ikki oydan beri yo‘qotgan qadrdon kishisining ovozini eshitib yig‘layotgandek g‘ingshidi. Qorako‘z uchinchi qavatga otilib chikdi. Eshikni timdalab vovulladi. Yana qaytib tushdi. Boloxonaga qarab vovullayverdi, vovullayverdi...

Magnitofondan kampirning ovozi kelardi.

«Qorako‘zgina, qayoqlarda sanqib yuribsan? Hech uyda o‘tirasanmi-yo‘qmi? Qorning xam ochgandir? Tentakkina. Gapimga quloq sol, nega beozor musichani quvasan?..»

Qorako‘z akillar, yerni timdalab orqasiga tuproq otardi. Shu hovlida kecha to‘y bo‘lgandi. Shirakayf yigitlar mikrofonni baland qo‘yib, hech kimni uxlatmagan edi. Uyquga to‘ymagan odamlarga tong mahali akillayotgan itning bu qilig‘i malol kelardi. Quturgan bu it qayoqdan paydo bo‘ldi, uni yo‘qotish kerak, deb o‘ylashardi.

Qorako‘z odamlarni jonidan bezor qilib, tinmay vovullar, u yokdan-bu yoqqa yugurib, akillagani akillagan edi.

— Daydi itlarni tutadiganlarni chaqirish kerak, — dedi birinchi qavat boloxonasiga choyshab yopinib chiqqan kasalmand bir kishi.

— Quturgan bu, bolalarni tishlab olmasin-da! Uni otib tashlash kerak! Hoy, kimning miltig‘i bor? — deb asabiy qichqirdi uchinchi qavatdan bittasi.

Kampirning ovozi hamon eshitilib turibdi. Qorako‘z akillashini qo‘ymaydi.

Shu payt to‘rtinchi qavatdan kimdir varanglatib o‘q uzdi. Qorako‘z vangillab yonboshiga ag‘darildi. Orqa oyog‘ini bir-ikki silkitib jimib qoldi.

Magnitofon tasmasi hamon aylanardi.

«... Qorako‘z o‘lmagur, Majnungina, yana qayoqqa ketyapsan? Ma’shuqalaring oldigami? Kelinni qachon ko‘rsatasan? Laylingni bir olib kel, ko‘ray...»

Qorako‘z kampirning ovozi kelayotgan boloxona tomonga yuzini burgancha jonsiz yotardi.

1999 yil, yanvar

























































17

Mirmuhsin - Ona Qabriga Gul



...Deraza pardalari osha keng, ko‘rkam xonaga tashlab qo‘yilgan qizil gilamlardagi oftob asta-sekin surilib, karavotdagi paryostiqchaga yetdi. Yumshoq to‘shakka cho‘kib, pishillab uxlab yotgan to‘rt yashar Erkin har gal mana shunday, oftob yuzlariga tushmaguncha uyg‘onmasdi.

Ammo bugun tong otmasdanoq cho‘chib uyg‘onib ketdi. Yonidagi oyijoni yotadigan karavotga erkalanib qo‘l uzatdi. Oyijoni o‘rnida yo‘q! U surilib borib oyijonini achomlamoqchi bo‘ldi. Topolmadi, karavot bo‘sh edi. Erkinning kichkinagina yuragi shig‘illab ketdi. Vahima bosdi. Ha, oyijoni yo‘q, u o‘lgan. Erkin karaxt, u yoq-bu yoqqa atangladi. Pastda, ko‘rpacha ustida buvisi uxlab yotardi. U oyijonining bo‘m-bo‘sh karavotiga, atlas ko‘rpaga xomush tikildi. Oyijoni mana shu karavotda, oyoqlarini pastga tushirib o‘tirgancha tizzasidagi Erkinni bag‘riga bosardi. Qayta-qayta o‘pardi. Uning bo‘ynidagi tilla zanjirni Erkin o‘ynar, yuzini oyijoni ko‘ksiga surkardi, pishillardi, qiliqlar qilardi. Hozir u oyijonisini juda ham sog‘inib ketdi. Nima qilish kerak? U oyijonisini ko‘rmasa bo‘lmaydi! U bo‘g‘ilib, yig‘lagisi kela boshladi. Yana xomush tortdi. Yana yig‘lagisi kelib qo‘llari bilan ko‘zlarini ishqaladi. Bu dunyoda uning o‘zi yolg‘iz qolganday tuyuldi. U hozir o‘zini oyijonisi bag‘riga otgisi, uning tizzalariga boshini, yuzlarini surib, erkalangisi kelib ketdi. Ammo qani u oyijonisi? Qayoqqa ketdi? Qachon qaytib keladi? Muncha uni sog‘intirmasa?! Oyijonisi shu karavotda kasal bo‘lib yotganida, uning boshini silab turib aytgan so‘zlari birdan yodiga tushdi: «Erkinjon, meni sog‘inganingda qabrimga gul olib borib qo‘ygin. Men seni juda ham ko‘rgim keladi. Men seni sog‘inaman... Gul olib kelib qo‘ysang, men seni ko‘rgandek bo‘laman.

Katta yigit bo‘lib uylansang, albatta, xotining bilan birga kelgin. Men sening xotiningni ham juda ko‘rgim keladi, tushundingmi?» Erkin o‘shanda bosh qimirlatib tushunganini bildirgan edi...

Nega uning oyisi o‘ldi? O’lmasa nima qilardi? Nahotki, kasal bo‘lgan odam o‘lib ketaversa! Boshqalar ham kasal bo‘ladi-ku? Nega uning oyijonisi bunday qildi? Bu to‘g‘ri emas! U juda yaxshi oyijon edi. U hech kimni urishmagan. U hech kimni xafa qilmagan. Shundoq yaxshi oyijoni nega o‘ladi?! Erkin bu voqeaga hech tushunmasdi. Oyijonisiz bu dunyoda yurishning unga nima keragi bor? Erkin juda xafa bo‘ldi. Uning kichkina yuragi vayron bo‘lib, dardu dunyosi qorong‘i bo‘lib ketdi.

Karavotda yolg‘iz, karaxt o‘tirgan Erkinjonning o‘pkasi to‘ldi. U yana o‘zini tutdi: uning oyijoni har narsaga arillab yig‘laydigan bolalarni yomon ko‘rardi. U hoziroq oyijoni bag‘riga otib erkalanishni qo‘msadi. Ammo, qani u oyijoni? Chiroyli karavotu gilamlar, devordagi palagu billur qandillar ko‘ziga juda yomon ko‘rinib ketdi. Uning hech narsaga qaragisi kelmasdi. Unga hech narsaning keragi yo‘q! Unga faqat o‘zining oyijonisi kerak!

Erkinjon boshini quyi solib, karavotida indamay o‘tiraverdi. Devordagi oyijoni bilan dadajoni tushgan suratga qaradi. Unga bu surat ham kerak emas! Unga oyijoni kerak! Erkin beixtiyor xo‘rsindi. Hammayoq jim-jit, derazalar qorong‘i...

Hali yigirma yetti yoshga to‘lmagan Ra’no (u haqiqatan ismi jismiga monand juvon edi) og‘ir dardga mubtalo bo‘lib, operatsiya qilindi. Bu, oting qurg‘ur dard uning jismida paydo bo‘lganini o‘zi ham sezmay qolibdi.

Og‘riqlardan keyin u ikkinchi bor jarroh kursisiga yotdi. Bu ish uch-to‘rt oy ichida bo‘ldi. Oxiri u o‘z uyida yotajagini aytdi. Vrachlar ham shuni ma’qul ko‘rishibdi. Keyingi kunlarda unga faqat og‘riqni bosadigan, uxlatadigan doridan ukol qilishardi. U kun bo‘yi karavotida taqdirga tan berib yotar, ba’zi kunlari yostig‘i tagidagi daftarchaga nimalarnidir yozib qo‘yardi. Shunday go‘zal Ra’no ozib-to‘zib ketgandi... Qani u ko‘kraklaru, bellar! Xonatlas ustida yal-yal yonib, qanchalab ko‘zlarni kuydirishlar qayoqda qoldi! Uzun sochi beliga tushib, kulgan dudoqlaru bodom qovoqlar, qanot qoqib turgan qaldirg‘och qoshlar qani? U sarnigun, karavotda yotardi. Har qanday beqiyos husn ham vaqtincha ekanligini endi payqadi. Sal-pal tishi og‘rib, isitmasi chiqqanida oh-voh qilib doktor ustiga doktor chaqirtirgan Ra’no, hozir beomon dard changalida taqdirga tan berib, o‘limini kutib yotardi. Bu ruhiy holatni sezgan eri, ota-onalari uning yoniga kirganlarida ohu nadomatlarini sezdirmasalar ham tashqarida ich-ichlaridan ezilib, yig‘lashardi. Shundoq qizlari o‘lib ketaveradimi! Dod degilari kelardi. Ra’noni o‘limi oldidagi favqulodda jasorati yetmish-saksonga kirganlarni ham o‘ylatib qo‘ydi. Yoki kishi o‘lim changaliga tushib, bundan chiqib ketish iloji bo‘lmagach, shunday bahodir bo‘lib ketarmikan? Bu hol hammada ham bo‘laverarmikan?

Ichib-chekib, vaqtida ovqatlanmay isqirt yuradiganlar emas, saranjom, ozoda, o‘ziga qaraydigan Ra’no bu rak degan dardi bedavoga uchraganiga kishilar hayron. Bu o‘zi qanaqa dard? Vrachlar aytadigan hamma yomon narsalardan Ra’no qochar edi, u dono vrachlar o‘ylagan sog‘lom kishi edi. Buni qarangki, bu dard shu gulga yopishib, uni xazon qildi.

Tashqarida tong otib, sal-pal kun yorishib kelardi. Bu payt ayvonda yurib, plitada unga sut pishirib keladigan oyijonisi birdan ro‘parasidan chiqib kelayotganday, Erkin to‘xtab qoldi. «Erkinim, jonim bolam, o‘tir, mana bu sutni ich!» — degan ovoz qulog‘iga eshitilib ketganday bo‘ldi. U alanglab turib qoldi. Hamma uxlar, faqat u uyg‘oq edi. Hoziroq paydo bo‘lib qoladigan oyijonisini kutdi. Lekin oyijoni oshxonadayam, hovlidayam, ayvondayam ko‘rinmaydi. Keyin u zinapoyalardan tushib, gulxonaga bordi. Hovli o‘rtasida ochilib turgan gullarning eng chiroylisidan ikkitasini uzib olib, ko‘cha eshikka qarab yurdi. Uii hech kim payqamay qoldi. U bir oyog‘iga botinka, ikkinchisiga shippak kiyib olgan, har doim oyijoni kiygizib qo‘yadigan matroscha ko‘ylagini kiygan, yoqasi tugmasini ham solib ulgurmagan, do‘ppisini ham qidirib o‘tirmagan edi. Shu ahvolda ikki dona gulni ko‘tarib oyijoni oldiga jo‘nadi. U na kiyim, na botinkani bilardi. U yuzini ham yuvgani yo‘q, uning hech narsaga qaragisi kelmasdi. U faqat oyijonini ko‘rgisi kelardi. Unga boshqa hech narsa kerak emas edi.

Erkin jim-jit, kichik ko‘chadan katta ko‘chaga o‘tib, asfalt yo‘lakda keta boshladi. Uning qo‘lida ikki dona gul, oyijoni oldiga borardi. U o‘sha kuni katta mashina ustida, oyijonini olib ketishayotganda shu ko‘chalardan o‘tib, tramvay-trolleybuslar yuradigan katta ko‘chalar bo‘ylab ketgan edi. U go‘yo hamma yo‘lni biladiganday, tongotarda asfalt yo‘l chetida borardi. Katta ko‘chaga chikqaniga qadar uni hech kim ko‘rmadi. Faqat burchakdagi teraklar tagida ikkita laycha chopib yurganini ko‘rdi. Ular o‘z o‘rtoqlariniki ekanligini bilardi. Katta ko‘chada supurgisini yelkasiga tashlab ketayotgan kishini ham ko‘rdi. Bu odamni tanimadi. Undan so‘ng, g‘izillagancha bir mashina o‘tdi. Tramvay ham o‘tdi. Erkin ularga bir qarab qo‘ydi-yu, yo‘lida davom etaverdi. U charchaganiga ham qaramay oldinga intilardi, bir oyog‘ida shippak bo‘lgani uchun qadamini tezlatishga qiynalar, shippagi ba’zan oyog‘idan tushib qolardi. Asli shu ikkovini ham tashlab chiqsa bo‘lar ekan. U tramvay yo‘lini kesib o‘tib, kattakon bog‘, suv to‘la katta hovuz yoniga kelganida tong yorishib, yo‘laklarda odamlar ko‘paya boshladi. Mashinalar ham g‘iz-g‘iz o‘ta boshladi. Gul ko‘targan, yoqalarining tugmasi solinmagan, boshyalang bolaga ko‘zi tushganlar hayron bo‘lib kulib ketishardi. Sumka ko‘targan bir ayol jadal ketayotgan yo‘lida bir lahza to‘xtab, Erkinni kuzatdi, keyin yelkasini qisib, yana yo‘lida davom etdi... Erkin katta ko‘prikdan o‘tib ketayotganda orqasida kelayotgan papka ko‘targan ko‘zoynakli bir odam yonma-yon kelib, murojaat etdi:

— O’g‘lim, qayoqqa ketyapsan?

Erkin u kishiga bo‘zrayib qarab turdi-yu, indamadi.

— Kimning bolasisan?

— Dadamlarni.

— Nega sening yoningda hech kim yo‘q?

Erkin indamadi. U odam ham, bu bola shu yerdagi ko‘p qavatli uylardan chiqqan bo‘lsa kerak, deb o‘yladi. U ham tez-tez yurib ketdi. Nariroq borib, gul qirqayotgan keksa kishiga uni ko‘rsatib, bir nima deb ketdi. Yoqavayron, «mitti matros» chol yoniga yaqinlashganda u so‘radi:

— Hey bola, qayoqqa ketyapsan?

Erkin unga ham javob qilgisi kelmadi. Nima ishi bor? U tramvay yo‘liga tushayotgani yo‘q-ku! Agar u tramvay yoki mashina yo‘lida yurganida uni chaqirib olsalar bo‘lardi. U qo‘lidagi ikki dona gulni ushlaganicha, boshini baland ko‘tarib ketaverdi.

— He bola buyoqqa kel! Men senga gul beraman.

— Menga gul kerak emas, — dedi Erkin kattalardek. U qo‘lidagi gulni cholga ko‘rsatdi.

— Meniki yaxshiroq, mana buni ham ola ket!

Erkin nariroq yurib, o‘ylamsirab to‘xtadi. Cholning guli yaxshi bo‘lsa, uni ham olish kerak. Oyijoniga eng yaxshi gullardan olib borishi kerak! Erkin orqasiga qaytib, bog‘bon chol yoniga keldi.

— Ma, ol, bolam! — chol Erkinga darhaqiqat yana to‘rtta ajoyib «prezident» atirgulidan berdi. Ikkitasi qizil, ikkitasi oq. Chol Erkinga boshdan-oyoq tikilib, yana so‘radi:

— Erta-saharlab qayoqqa ketyapsan, bolajonim?

— Oyijonimning yonlariga.

— Oyijoning qayoqdalar?

— O’lganlar...

— E, bundoq degin, — bog‘bon chol yuziga fotiha tortdi. Bu bola onasini qidirib, ichikib, tentirab yurganini payqadi. Tentakroqmikan, degan xayolga ham bordi. U sog‘inch achangasida ketayotganini sezdi. Nahotki shundoq bolaning tentirab ko‘chaga chiqib ketayotganini hech kim payqamagan bo‘lsa!

— O’g‘lim, u yer uzoq, hozir uyingizga qaytib keting! Ertaga dadangiz bilan birga borasiz!

Erkin boshini sarak-sarak qildi.

— Adashib qolasiz, bolam! — chol atay «siz»lardi.

— Oyijonimning oldilariga boraman!

— Yo‘q, qayting!

Chol ushlab qolishdan qo‘rqib, qushdek uchishga tayyor turgan Erkin birdan chopib, o‘zini odamlar ichiga urdi. U yana yo‘lida davom etaverdi. Odamlar ichiga kirgach, bir oyog‘iga botinka, bir oyog‘iga shippak kiygan «matros»ni ko‘plar payqashmadi. U katta hovuz va ko‘kka otilib turgan favvoralar yoniga keldi. Bir lahza uning xayolini maydondagi kaptarlar tortdi. Ularga angrayib turdi-da, yana birdan xayoliga oyijoni keldi. U yana gulini ushlaganicha odamlar orasiga kirdi. Oyijonining ovozi qulog‘iga eshitilgandek bo‘ldi. U yoq-bu yoqqa alanglab, yo‘lida davom etdi. Bir muddatdan so‘ng yo‘l chetidagi magazin oynalari ichiga terib qo‘yilgan sut shishalariga qaradi. Ichkisi kelib yutindi. Gastronom ichkarisiga kirib, sut, pishloq sotayotgan oq xalatli semiz, do‘mbillagan xotinga tikildi. Sotuvchining qo‘li qo‘liga tegmas, chek olib odamlarga sut, kefir berardi. Semiz xotinning ko‘zi Erkinga tushdi. «Onasi bilan kelib, bu yerda adashib qolgan...» bolaga o‘xshatdi.

— Hey bola, nima qilib yuribsap?

Erkin indamadi. U ko‘zini sut-pishloqdan uzmasdi. Sotuvchi ayol matroscha kiyinib, dildirab turgan do‘mboq bolachaning boshdan-oyog‘iga razm soldi:

— Oying bilan kelganmiding, dadang bilan kelganmiding? Adashib qoldingmi?

Erkin boshini sarak-sarak qildi.

— Nima kerak senga?

Sotuvchi xotin oq bulochka ustiga ikki bo‘lak yaproqlangan pishloq qo‘yib Erkinga uzatdi. Yarim stakan sut ham berdi. Erkin stakanni olib, sut ichdi-da, ochiqib non bilan pishloqni yeya ketdi. U juda mamnun, oq xalat kiygan yaxshi xotinga iljaygandek bo‘lib gastronomdan chiqdi. U non chaynab, yana yo‘lida davom etdi. U yana ko‘prikdan, tramvay, trolleybuslar boradigan chorrahadan o‘tib, keng asfalt yo‘lda qadam tashlay boshladi. Uning qorni to‘ydi. Lekin oyoqlari chalishib, charchagandek bo‘ldi. Shu orada yo‘lka chetidagi o‘rindiqqa o‘tirib, bir lahza dam olgisi keldi. U o‘tirib orqasiga suyandi. Katta yo‘lda g‘iz-g‘iz o‘tayotgan mashinalarga, yo‘lakdagi odamlarga tikildi.

Bir muddatdan keyin boshi qiyshayib, uxlab koldi. U juda ham charchagan ekan, mashinalar shov-shuvini sezmay, ko‘lidagi gullarni mahkam ushlagancha qotib uxlab yotardi. Saldan keyin o‘z karavotida yotgandek oyoqlarini uzatib cho‘zildi. Yo‘lovchilar gul ushlab uxlab yotgan bolaga tikilishar, birov iljayib qo‘yar, birov bezovtalanardi. Ehtimol, bechora bola betob bo‘lib qolgandir, a? Betob bo‘lsa pishillab uxlamasdi. Shu atrofdagi shopmo‘ylovli militsioner ham bola yotgan skameyka yoniga kelib unga tikildi. Bolani daf’atan uyg‘otib yuborgisi kelmadi. U sekin skameykaning bir chekkasida undan ko‘zini uzmay, qo‘riqlaganday o‘tirdi. Allaqanday ekskavatorning shaldirab, yerni larzaga solib o‘tayotgani Erkinni uyg‘otib yubordi. U ko‘zini ochib, tepasida militsioner turganini ko‘rdi. Uyalinqirab, boshini ko‘tardi.

— Ha, o‘g‘lim, adashib qoldingmi? Kimning bolasisan?

Erkin nima deb javob berishini bilolmay, serrayib turardi.

— Uyingga olib borib qo‘yaymi? Uying qayoqda?

— U yoqda, — dedi Erkin ko‘chani narigi tomonini ko‘rsatib.

— Yur, olib borib qo‘yay.

— Yo‘q. Men oyijonimning oldilariga ketyapman.

— Oyijoning qayoqda?

— O’lganlar.

Militsioner o‘ylamsirab, bolaga tikildi. Bolaning ichikib uydan chiqib ketganini fahmladi. — Nima qilish kerak? — deb labini tishladi. Erkinga gap kotdi:

— Yur, men ham o‘sha tomonga ketayotgan edim olib borib qo‘yaman. Mening ham sendek o‘g‘lim bor.

Ular o‘n besh daqiqa yo‘l yurib, militsiya idorasiga kelishdi.

Erkin bu yerdan ham juftakni rostlamoqchi bo‘lgan edi, iloji bo‘lmadi. Uni navbatchi militsioner yonidagi stulga o‘tqazib qo‘ydi. Oradan yarim soat vaqt o‘tar-o‘tmas otasi mashinasini eshikda qoldirib, xonaga hovliqib kirdi. O’g‘lini ko‘rib uni dast ko‘tarib bag‘riga bosdi. Ko‘ziga yosh olib:

— O’g‘ilginam, — deya oldi.

Erkin ham yig‘lamsirab unga tiqilinch qilishga tushdi.

— Adajon, oyijonimning oldilariga boraylik.

— Bo‘pti! O’g‘lim, bo‘pti boramiz, — dedi u o‘g‘lini bag‘riga qayta-qayta bosib, keyin xijolat aralash militsionerga murojaat etdi:

— Men erta bilan barvaqt aeroportga, mehmonlarni kutgani chiqib ketgan edim, buvisi bilan qolgan edi. Yaqinda boshimizga baxtsizlik tushgan... Kechirasiz... — dedida, unga tashakkur aytib chiqib ketdi.

Ular mashinalarida uyga qaytib kelib, bunda «tug‘ib o‘tirgan» buvini tinchitishdi. Ota Erkinga ham tasalli berdi. Birpasdan so‘ng oyijoni yoniga olib borishini aytdi. Otaning gaplariga Erkin itoat saqlab, oyijoni yoniga borishga boshqatdan tayyorgarlik ko‘rdi. Yuzlarini yuvdi, yangi kiyim, botinkalarni topib berishdi. U qornini ham to‘ydirib, eshikda turgan mashinalariga hammadan avval chiqib, o‘tirib oldi. Uning barcha harakatlarini kuzatib turgan otasi ko‘zlariga yosh oldi... Kichik bola uchun onaning o‘limidan og‘ir baxtsizlik yo‘q, derdi ota o‘ziga o‘zi.

Bir soatlardan keyin ular yana hovlidagi gullardan qirqib, kattagana guldasta yasab, mashinada qabristonga jo‘nashdi.

Hali marmartosh qo‘yilib, atrofi panjara bilan o‘ralmagan, tuproq uyilib, ketmon bilan tekislab qo‘yilgan yangi bir qabr tepasiga borib, ota-bola bosh egishdi. Qabr ustiga guldastani qo‘yishdi. Erkin dadasi yonida yangi qabrga tikilib turardi. Qani uning oyijoni? Nahotki uni atlas ko‘ylaklari bilan shu tuproqqa ko‘mishgan bo‘lsa? Axir uning paltosi etagiga ozgina tuproq tegsa ham cho‘tka bilan erinmay tozalardi. Uning chiroyli yuzlari, oltin ziraklari, nozik oppoq qo‘llari nahotki shu tuproq tagida yotgan bo‘lsa? Erkin xomush turardi.

— Oyijonim buyoqqa chiqmaydilarmi? — Erkin dadasiga murojaat etdi.

— Yo‘q, — dedi dadasi g‘amgin. U o‘g‘lini ovutish niyatida yolg‘on gapirmadi. Ota-bola qabristondan chiqib, uyga qaytib kelishdi. Lekin ertasiga u shamolladimi, isitmalab kasal bo‘lib qoldiyu tepasiga kelgan dadasiga ham, buvisiga ham, boshqalarga ham oyijon, deb qo‘l cho‘zib talpinar edi. Isitma ichida qo‘lida atirgul, oyijonini qidirardi.

Erkinning dovdirab, ichikib yurgani Humoyunlar xonadonini larzaga soldi. Buvasiyu buvisi, ammalari Erkin atrofida girdikapalak bo‘lib qolishdi. Xotini qazosidan keyin, «etti»ni o‘tkazib Humoyun xizmatga bordi. Ilgari xushomad qilib yuradigan ba’zi juvonlarga ham ortiqcha so‘zamollik yo‘q, qaragisi ham kelmasdi. Uning ko‘z oldida oyijonini yo‘qotgan ma’yus Erkin turar, bu mitti bolaning dardu dunyosi qorong‘i, hech narsasi qolmaganday ko‘rinishi yuragini ezardi. U na ota va na buvisi, hech kimning gapiga quloq solmasdi. Unga o‘zining oyijoni kerak. Oyijonini topib berishlari kerak! Qani uning oyijoni?! Nahotki uning oyijonini ko‘mib kelishdi! Nahotki oyijoni uni bag‘riga bosmaydi! U, Humoyunning ko‘ziga oyijonisiz yashay olmaydiganday ko‘rinardi.

Advokat Farrux Do‘stmuhamedovlar oilasi motamsaro, bir kichik jon butun bir xonadonni larzaga solardi.

Oradan uch yil o‘tdi. Erkin ham maktabga bordi. Ammo hamon Humoyun uylanmay yurardi. Uning ko‘z oldida hamon o‘sha Ra’no... Yer sovuq, kishi qazo qilgach, qolgan qadrdonlari yuragida uning mehri sekin-asta soviydi, derdilar. Bu to‘g‘ri emas ekan. Humoyun yuragida Ra’no muhabbati hamon yashardi. U, Ra’noni ancha vaqt ketidan yurib, yaxshi ko‘rib olgan edi. Nazarida yana bir boshqa kishini Ra’nochalik sevishga qurbi yetmaydigandai tuyulardi. Biron kimsa yuragida g‘alayon uyg‘otolmasdi. Humoyun uch yildan so‘ng birinchi marta Onaxonni ko‘rib, yuragi jiz etib ketdi. Uning ro‘parasida Ra’no turganday bo‘ldi. Uning bir yeri Ra’noga o‘xshashib ketardi. Ovozi o‘xsharmikan? Humoyun o‘ylanib qoldi.





































































































18

Odil Yoqubov – Yaxshilik



Men har safar Munavvar kelinoyimni eslaganimda keyinchalik ro‘y bergan bu og‘ir voqea emas, dilimda sal ma’yus va iliq hislar uyg‘ongan yoz kuni esimga tushadi.

...Buvimning sersoya bog‘i qarindosh-urug‘larimizga, tog‘amning yor-birodarlariga to‘lgan: birov o‘choq qurmoqda, birov o‘tin yormoqda, birov hovliga suv sepib, so‘riga palos yozmoqda. Kechqurun to‘y!

Bu shodiyonadan hamma xursand, men ham yig‘ilgan bolalarga qo‘shilib shov-shuv ko‘taraman, dam shotutga o‘rmalab, kaptar uyalaridan tuxum qidiraman...

To‘satdan mirzaterakka chirmashib o‘sgan aymoqi tok orasidan buvimning boshi ko‘rinadi. U meni imlab chaqiradi, qo‘lidagi ro‘molidan do‘ppimga ikki-uch bosh chillaki uzum soladi:

— Bor, mehmonxonaga eltib ber. Tog‘ang bilan kelinoying... tatib ko‘rishsin.

Men do‘ppimni ko‘kragimga bosib mehmonxonaga qarab chopmoqchi bo‘laman, lekin buvim qo‘limdan ushlab to‘xtatadi, yon-veriga qarab sekin deydi:

— Mabodo... «o‘tir», deyishsa, o‘tirmagin tag‘in. Bir nafas bo‘lsayam birga bo‘lishsin. Ertaga... — Buvim, lablari pirpirab, gapirolmay qoladi, ro‘molining uchini ko‘ziga bosadi-yu, imo qiladi: — Bor!

...Tog‘am ertaga urushga ketadi. U kecha kechqurun kelinoyimni Toshkentdan «olib qochib kelgan». Qulog‘imga chalingan shivir-shivirlarga qaraganda, ular institutda birga o‘qishar ekan. Kechasi uyimiz xotin-xalajga to‘lib, kelinoyimni ko‘rolmagan edim, bugun ertalab podadan qaytayotib, buloq boshida ko‘rib qoldim.

Tog‘am buloq bo‘yiga cho‘nqayib, yuzini yuvar, kelinoyim esa egnida atlas ko‘ylak, boshida chetlariga gunafsha rang gul tikilgan ipak durra, yelkasida sochiq, qo‘lida chelak, uning yonida turardi.

Kelinoyim novcha, hatto tog‘amdan ham novcharoq, — men buni tog‘am yuvinib bo‘lib, qaddini rostlaganida payqadim, — uzunchoq yuzli, nozikkina qiz edi. Meni ayniqsa uning xiyol ma’yus qora ko‘zlari hayratda qoldirdi. Umuman uning butun vujudida, ochiq, muloyim chehrasida, o‘ychan tikilib turishida bo‘lakcha bir g‘amginlik bor edi.

Men ularga sezdirmay o‘tib ketmoqchi edim, tog‘am ko‘rib qolib, oldiga chaqirib oldi.

— Mana, tanishib qo‘ying, Munavvarxon, — dedi u.— Boya sizga aytgan jiyanim Mansurpolvon shu yigitcha bo‘ladi. Men ketganda birov sizni ranjitadigan bo‘lsa... shu yigitga aytib qo‘yasiz...

Kelinoyim chelakni chap qo‘liga olib, o‘ng qo‘lini menga cho‘zdi, qoshlarini chimirib, muloyim jilmaydi.

— Shunaqami? Tog‘angiz ketganda meni birov xafa qilsa... yon bosasizmi menga, Mansurjon?

Men qizarib nimadir deb, g‘udrandim. Mening o‘rnimga tog‘am javob berdi:

— Yon bosish ham gapmi, sizni ranjitgan odamning kallasini oladi jiyanim, labbay?

Kelinoyim menga qarab ko‘zini qisdi:

— Qo‘ying, hammani o‘zingizga o‘xshagan zo‘ravon deb o‘ylamang!

Tog‘am qah-qah otib kuldi. Men esam, ko‘nglim ajib bir hislarga to‘lib, o‘zimni boqqa urdim. O’shandan beri ko‘z oldimdan kelinoyimning o‘ychan chehrasi, qulokdarimdan erkalab aytgan gaplari ketmas edi.

... Qishloqi soddalikni qarang! Xayolimda hech narsa yo‘q, chopganimcha borib mehmonxonaning eshigini sharaqlatib ochibman! To‘rda o‘tirgan kelinoyim cho‘chib o‘girildi. Tog‘am boshini kelinoyimning tizzasiga qo‘yib, sochlarini o‘ynab yotgan ekan, o‘zini chetga oldi-yu, meni ko‘rib yana tishlarini yarqiratdi:

— E, senmisan, polvon? Ke?

— Ha, shu... buvimlar uzum berib yubordilar...

— Buvinglarmi? — yana kuldi tog‘am. — Qani, opke, uzum bo‘lsa, maza qilib tushiraylik bir.

Men uzumni ularning oldidagi dasturxonga qo‘yarkanman, kelinoyimning ko‘zlarida halqa-halqa yosh ko‘rdim. Uzumni qo‘yib, darhol orqamga qaytmoqchi edim, kelinoyim ko‘rsatkich barmog‘i bilan ko‘z yoshlarini sidirib tashladi-da, qo‘limdan ushladi.

— O’tiring, Mansurjon, birga uzum yeymiz.

Tog‘am ham istar-istamas taklif qildi:

— O’tir!

U bir bosh uzumni kelinoyimga tutarkan, menga ko‘zini qisdi:

— Bilasanmi, nimaga yig‘layapti kelinoying! To‘y eskicha bo‘lsin emish, chimildiqqa kirarmishlar...

— Ha, kirmoqchiman, — dedi kelinoyim.

— Ikki bukilib amma-xolalaringga salom bermoqchi emishlar...

Kelinoyim uchun, ingichka barmoqlari bilan uzum donalarini bitta-bitta uzib og‘ziga solarkan:

— Nega kulasiz? — dedi. — Umrimizda bir marta bo‘ladigan to‘y, hammasini ko‘rsam deyman. Oyim bechoraniyam xafa qilmang. Mayli, chimildiq tutishsin, «kelin salom» qilishsin, qizlar lapar aytishsin...

— Ana xolos! Sal kam oliy ma’lumotli kelinoyingning gaplariga qara!..

— Oliy ma’lumotli bo‘lsam nima bo‘pti? Axir siz ertaga urushga...

Kelinoyim gapirolmay yuzini chetga burdi.

— Xo‘p, xo‘p, taslim bo‘ldik, azizim! Mayli, chimildiqqayam kiring, amma-xolalarniyam xursand qiling. Faqat yig‘lamang, jonim. Qani, ko‘z yoshingizni arting, bir jilmaying!... — Tog‘am kulib kelinoyimning sochlaridan tortqiladi. Lekin u ham to‘lib turgani, o‘ziga dalda berish uchungina zo‘raki kulayotgani shundoq sezilib turardi... Ko‘nglim bir xil bo‘lib, sekin chiqib ketdim...

Oqshom to‘y bo‘ldi. So‘lim yoz kechasi qishloq bog‘lari ustida ma’yus kuylar, ayriliq hislariga to‘la hazin laparlar yangradi. Kelin kelayotganda (uni qo‘shnimiznikidan chiqarishdi), darvoza oldiga gulxan yoqishib yigitlar yo‘lga arqon tutishdi. Buvim, qo‘lida bir hovuchcha tanga, dam yig‘lab, dam kulib, kelinning bo-shidan pul sochdi. Qiz-yigitlar ayriliq va hijron alamini tamom unutmoqchi bo‘lganday, tong otguncha o‘yin qilishdi. Ertalab esa guzarga yig‘ilgan xaloyiq tog‘am boshliq o‘ttiz nafar yigitni ko‘z yoshi va duolar bilan kuzatib qolishdi...

Tog‘am ketgandan keyin kelinoyim o‘zini qayoqqa urishini bilmay, olamga sig‘may qoldi. U xuddi olis va notanish joyga tushib qolgan kiyik bolasiga o‘xshar, atrofida girgitton bo‘lgan qarindosh-urug‘lar bilan, hatto buvim bilan ham ko‘p yozilib gaplashavermas, aksariyat bog‘ni yolg‘iz kezar, katta-katta ko‘zlarini olis-olislarga tikib uzoq o‘yga cho‘mar edi.

Men ba’zan unga har xil kitoblar olib kelib berardim. U kitobni minnatdorchilik bilan olar, meni erkalar, lekin juda kam o‘qir, yo o‘qiy boshlasa ham yarmiga yetmasdanoq yopib qo‘yar edi. Faqat tog‘amdan xat kelgan kunlari ko‘zlari charoqlab, yashnab-yayrab ketar, katta bog‘ning goh u yeri, goh bu yeridan uning mayin xirgoyisi eshitilar edi...

Shu zaylda bir hafta o‘tdi. Keyin, o‘qish boshlanguncha (u maktabga ishga joylashgan edi), uyda «yuragim siqilib ketadi», deb dashtga, bug‘doy o‘rog‘iga chiqib ketdi.

Buvim qancha qistamasin, yalinib-yolvormasin, kelinoyim to o‘qish boshlanmaguncha dashtdan qaytmadi. Men har kuni bo‘lmasa ham, ikki-uch kunda bir xo‘tigimga minib, buvim bergan ikki-uchta to‘qach, qo‘rda ko‘milgan uch-to‘rtta jo‘xori so‘tasi, bir tovoq somsa va bir xurmacha qatiqni xurjunga joylab, dashtga, uning oldiga jo‘nardim.

Kelinoyim, og‘ir mehnatga o‘rganmagan shahar qizi emasmi, sal o‘tmasdanoq ozib-qorayib ketdi. Qiynalib qolgani shundoq sezilib tursa-da, buvimning «salomlariga» kulib javob berardi:

— Oyimlarni tinchitib qo‘ying. Mansurjon, «qiz-juvonlar orasida tuppa-tuzuk yuribdi», deng!..

Men unga dil-dilimdan xayrixoh edim. Qishlokda kecha-kunduz pochtachinig yo‘liga tikilib, o‘zi bilan o‘zi olishib yotgandan ko‘ra, bu keng dashtda hamdard, hamnafas tengdoshlari orasida hasratlashib, ular yig‘lashsa yig‘lab, kulishsa kulib yurgani yaxshi emasmi?

Dashtdagilarning ko‘pchiligi xuddi kelinoyimday hijron dog‘idan qalblari kabob yosh-yosh qiz-juvonlar edi. Ular, xuddi hamma alam, hamma iztiroblarini mehnatdan olmoqchi bo‘lganday, o‘chakishib, jon-jahdlari bilan ishlashar, kechalari esa tun yarmigacha keng dashtni zir titratib mungli laparlar aytishar, frontdagi yorlariga atab qo‘shiqlar to‘qishar, sodda, lekin bo‘lakcha bir samimiyatga to‘la xatlar yozishar edi... Kelinoyim qizlarning iltimosi bilan ba’zan ularga «chiroyliroq» xatlar yozib berar, ba’zan she’rlar to‘qir, shuning uchun ham hamma uni yaxshi ko‘rar edi.

Kelinoyim meni ko‘zi to‘rt bo‘lib qarshi olar, chunki tog‘amning xatlarini aksariyat men olib kelar edim.

Bunday paytlarda kelinoyim dag‘allashib qolgan kich-kina kaftlari bilan boshimni mahkam ushlab, ko‘ksiga bosar, peshanamdan o‘par, «Mening chin g‘amxo‘rim, xaloskorim!» deb erkalar, men esam uning yashnab ketgan chehrasini, sevinchdan chaqnagan tim qora ko‘zlarini ko‘rganimda boshim osmonga yetar, unga ko‘proq yax-shilik qilsam, uni ko‘proq quvontirsam der edim.

Kelinoyim shu ketgancha dashtdan o‘qish boshlanish arafasida qaytdi. Lekin o‘qish bir hafta davom etar-etmayoq maktab yopilib, hamma paxta terimiga chiqib ketdi. Xuddi shu orada, sentyabrning o‘rtalarida to‘satdan tog‘amdan xat uzilib qoldi.

Tog‘am so‘nggi xatida: «Erta-indin urushga kiramiz» degan edi, shu-shu xat to‘xtadi-qoldi.

Oradan o‘n besh kunlar o‘tganda tog‘am bilan birga jangga kirgan bir hamqishloq yigitdan xat keldi. U yigitning yozishicha, tog‘am yarador bo‘lib, uni gospitalga olib ketgan emish. Yigit buni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini aytgan va tog‘amning adresini so‘ragan edi. Bu xat qorong‘i tunda oftob chiqqanday hammaning dilini umidga to‘ldirdi, ko‘zlari yana pochtachining yo‘liga tikildi. Lekin oradan yaqin bir oy fursat o‘tdi hamki, tog‘amdan darak bo‘lmadi. Bu o‘rtada haligi hamqishloq yigitga — uning o‘zi ham yarador bo‘lib, gospitalga tushgan edi — qancha-qancha xatlar yozildi. U yigit tog‘am yarador bo‘lganini, sanitarkalar uni okopdan ko‘tarib olib chiqib ketganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini yana ta’kidladi. Lekin bundan nima foyda? Tog‘amdan hamon darak yo‘q edi.

Kelinoyim dastlabki paytlarda o‘zini ancha dadil tutdi, umidsizlikka berilmaslikka harakat qildi. Lekin kunlar o‘tgan sayin ezilib, axiri juda bo‘shashib ketdi. Ayniqsa, hamqishloq yigitning xatlariga qara-may, gospitaldan dom-darak bo‘lmagach, tamom ruhi so‘nib, ko‘ngli cho‘kib qoldi.

U daladayam qo‘li ishga bormay, allaqanday parishon yurar, arzimagan narsagayoq yosh boladay lablari titrab, ko‘ziga milt-milt yosh olar edi. Har kuni tushda, xuddi xat kelsa darrov xabar berishmaydiganday, meni uyga jo‘natar, so‘ng, rangi qochib, ko‘zlari mo‘ltirab, yo‘limni poylardi. Men uchun uning umid bilan javdirab turgan katta qora ko‘zlariga qarab «yo‘q» deb bosh chayqashdan katta azob yo‘q edi!

Odatda men uning ko‘zlariga qarashga jur’at etolmay olisrokdan indamay o‘tib ketardim, keyin uning tergan paxtalarini xirmonga tashirkanman yo ariq bo‘yidan sigirga pichan o‘rarkanman, axir bir kun tog‘amdan xat kelishini va men bu xatni uzoqdan ko‘rsatib, chopib kelishimni orzu qilardim. Yursam-tursam ko‘z oldimdan shu manzara ketmas edi: kelinoyim xatni ko‘rganda albatta quvonchdan yig‘lar, keyin kuladi, so‘ng meni quchoqlab bag‘riga bosadi va biz hozirgidan ham inoq va mehribon bo‘lib qolamiz!..

Men kelinoyim deymanu, biroq undan ham buvimga qiyin edi. Har kuni kechqurun kelinoyim daladan qaytishi bilan mehmonxonaga kirardi-yu, o‘zini sim karavotga tashlab yotib olardi, u ko‘zini shiftga, bir nuqtaga tikib soatlarcha yotar, buvim esa, usiz ham yuragi laxcha cho‘g‘, qanday qilib uning ko‘nglini olishni bilmay, ich-ichidan zil ketar, dam «noumid shayton, sabr qil, bolaginam!» deb koyigan bo‘lar, dam o‘zi bog‘ni gir aylanib, yum-yum yig‘lar, nazarimda, u hammadan ko‘ra kelinoyimning ketib qolishidan qo‘rqar edi.

Noyabrning o‘rtalari edi. Lekin hali sovuq tushmagan, kunlar ilk kuzdagiday iliq, daraxtlarning tagi xazondan gilam to‘shalganday qip-qizil, yalang‘och bog‘lar allaqanday ma’yus va sokin tuyuladi...

Ertalab tegirmonga borish uchun xo‘tigimni egarlayotib oshxonadan kelinoyimning xurram ovozini eshitib qoldim.

— Oyijon! Meni aytdi dersiz — bugun xat keladi, — der edi u. — Tush ko‘rdim. O’g‘lingiz ot o‘ynatib kepti.

— Inshoollo, aytganing kelsin, bolam...

Bir lahzadan keyin kelinoyim, ozg‘in yuzi allaqanday yorishib ketgan arpa aralash jo‘xori solingan to‘rvani buvim bilan ko‘tarishib chiqdi. Qopni xo‘tikka ortishga yordamlashar ekan:

— Tezroq qayt, jon qaynim, — deb kuldi. — Bugun qovoq somsaga to‘yib, bir yayraylik!..

Men ham ko‘nglim suv ichganday bo‘lib xo‘tigimni choptirib ketdim. Tush bo‘lmasdanoq jo‘xorini torttirib qaytib kelganimda uyda hech kim yo‘q edi. Unni oshxonaga tushirib, xo‘tigimni yetaklab soyga ketdim.

Soyga yaqinlashib qolganimda keksa shotut tagidagi ulkan qabr oldida o‘tirgan buvimga ko‘zim tushdi. Buvim bu qabrni avliyo der, har shanba uning ustidagi quloch yetmaydigan arxar shoxiga oq latta bog‘lab, kechalari uning mehrobiga moychiroq yoqardi.

Buvim, tagida namat, xuddi erkaklarday cho‘kkalab o‘tirar, lablari nimanidir pichirlar, aftidan, av-liyoga iltijo qilar edi.

Men buvimni ilgarilari ham bir necha marta shu ahvolda ko‘rgandim, lekin u odatda bomdod yo aksincha, namozshom paytlari shunday qilardi, bugun esa... tol tushda!..

Ko‘nglim bir xil bo‘lib soyga chiqdim, chiqdimu, yana dilim yorishib ketdi. Soyda, tollar orasidagi buloq bo‘yida kelinoyim qatiqlangan sochini suvga chayib o‘tirardi.

U meni ko‘rib beliga tushadigan mayin sochlaridagi suvni sidirib tashladi, tez turmaklab, o‘rnidan turdi.

— Darrov qaytib qolibsan, qaynim? Hozir qalampir solib shunaqa bir qovoq somsa qilayki, mazasi og‘zingda qolsin!

U tog‘orasini ko‘tarib boqqa kirib ketdi, men esa xo‘tigimni tushovlab soylikka qo‘yib yubordim-da, buloq bo‘yidagi qurib-qovjirab qolgan o‘tga cho‘zildim.

Qani endi kelinoyimning tushi o‘ngidan kelsa-yu, pochtachi menga bir xat tashlab ketsa! Men uni chopa-chopa kelinoyimga eltib bersam, uyimiz ustiga yig‘ilgan qora bulutlar tarqab, oftob chiqqanini ko‘rsam!

Sekin qaddimni rostlab boqqa qaradim. Shotutning tagida buvim ko‘rinmas edi. Men avliyo boboning qabri yoniga borishga iymanib, uning ro‘parasiga tiz cho‘kdim. Ko‘zlarim o‘z-o‘zidan yumilib, bolalikdagina bo‘ladigan bo‘lakcha bir samimiyat va ehtiros bilan pichirladim:

— E, qudratli, shafqatli, mehribon avliyo bobo! Tilagimni qabul qil! Kelinoyimning tushi rostga chiqsin! Mehribon buvim bilan kelinoyimning ko‘z yoshlarini quritgin, boshlariga tushgan g‘am-g‘ussadan soqit qil ularni, e, mehribon, qudratli bobo!..

Qulog‘imga «Pochtachi! Pochtachi!» degan ovozlar, kirganday bo‘ldi. Cho‘chib ko‘zimni ochdim. Qichqirayotganlar — soyda sigir boqib yurgan bolalar edi. Pochtachi — bilagidan snaryad parchasi uzib ketgan qo‘li qizil tayoqqa o‘xshab qolgan yosh yigit — shalpang quloq eshagini «xix-xix»lab soyning o‘rtasida biz tomonga qarab kelardi.

Vahimali, ayni zamonda kuz oftobiday iliq bir tuyg‘u vujudimni chulg‘ab oldi. Shu topda men pochtachi biznikiga yo‘l olganiga, tog‘amdan xat olib kelayotganiga zig‘irday ham shubha qilmasdim!

O’rnimdan sakrab turdim. O’sha vahimali va qaynoq tuyg‘uga bo‘ysunib boqqa otildim.

— Buvijon! Kelinoyi! Xat! Tog‘amdan xat!

Uydan oldin qo‘llari xamir buvim yugurib chiqdi, uning ketidan bir qo‘lida taroq, bir qo‘lida ko‘zgu, sochlari parishon kelinoyim ko‘rindi. Rangi devor, sochlari yozilgan, u yonimdan o‘tib, men ko‘rsatgan tomonga chopib ketdi, uning orqasidan xamir qo‘llari bilan yelkasiga tushgan ro‘molini to‘g‘rilay-to‘g‘rilay buvim yugurdi. Uchinchi bo‘lib men chopdim. Lekin pochtachining biz tomonga burilmasdan.qo‘shni boqqa o‘ta boshlaganini ko‘rdim, ko‘rdimu, allaqanday sovuq bir hisdan a’zoyi badanim muzlab, beixtiyor to‘xtab qoldim.

Buloq boshiga borib qolgan kelinoyim oftobda ko‘zgusini charaqlatib qo‘lini siltadi:

— Sho‘ttan uzata qoling xatni! Sho‘ttan... Ketma-ket buvim ham yetib bordi, hansirab-entikib dedi:

— Voy, qadamingga hasanot, pochtasi o‘g‘lim! Xatni berginu, o‘zing darvozadan aylanib kira qol. Qovoq somsa qilayotuvdim, nasibangni yeb, suyunchingni opket, bolam...

Pochtachi eshagini to‘xtatdi. Xuddi soqolini silamoqchi bo‘lganday qizil tayoqqa o‘xshagan qo‘lini qimirlatib qo‘ydi, so‘ng yuzini chetga burib po‘ng‘illadi:

— Qaysi xatni aytasiz?

— Xat-da, xat. O’g‘limdan kelgan xatni aytaman, bolam!

Pochtachi boshini ko‘tarmasdan:

— Nima qilay, — dedi sekin. — Xat o‘g‘lingizdan emas, gospitalning nachalnigidan ekan, xolajon. Biz uni... qishloq kengashining raisiga topshirdik...

Kelinoyim yalt etib menga qaradi. Uning ko‘zlarida shunday bir qo‘rquv, shunday bir dahshat bor ediki, men hech qachon o‘rni to‘lmaydigan yomon bir narsa ro‘y berganini his qildimu, o‘rnimda qoqqan qoziqday qotib qoldim. Buvim esa hamon hech narsaga tushinmay:

— Voy, tentak-ey, — dedi kulib. — Uning boshlig‘idan xat keladi-yu, qishloq kengashiga berasanmi, bolam?

Pochtachi xuddi poygadan qolgan chavandozday jon-jahdi bilan eshagini savalab yo‘liga ravona bo‘ldi. Buvim uning ketidan yugurmoqchi bo‘lgan edi, kelinoyim alam to‘la bir ovozda:

— Oyijon! — deb qichqirib yubordi. — Oyijon!.. Qo‘ying! Kerakmas! — U shunday dedi-da, menga o‘girildi, lablari titrab: — Topgan xushxabaring shu bo‘ldimi? — dedi-yu, nafasi yetmay tomog‘ini siladi.

Men uning titragan lablariga qaray olmay boshimni egdim.

— Kechirasiz, — dedim o‘pkam to‘lib. — Men... men yaxshi niyat bilan sizga yaxshilik qilsam deb...

— Yaxshilik! — kelinoyimning ko‘zlari oldin jiqqa yoshga to‘ldi, so‘ng birdan o‘t chaqnadi: — Topgan yaxshiliging shu bo‘lsa... Yo‘qol ko‘zimdan! Yo‘qol!

U bolta tekkan yosh niholday ikki bukilib, oyog‘i ostidagi tikonga tiz cho‘kib qoldi. Boyatdan beri hushini yo‘qotib, bir keliniga, bir menga qarab turgan buvim unga otildi, men esam o‘zimni daraxtzorga urdim...

Sal o‘tmay qishloq kengashidan odam chiqdi, bir lahzada xotin-xalaj yig‘ilib qiy-chuv, yig‘i-sig‘i boshlandi. Bir haftagacha buvimning uyidan odam arimadi, kechayu kunduz yig‘i tinmadi. Lekin hech kim, hatto buvim ham meni eslamadi. Men bir haftagacha dodimni aytadigan tirik bir jon topolmay o‘zim bilan o‘zim olishdim. Axir... men chindan ham kelinoyimni dil-dilimdan yaxshi ko‘rganim uchun, uni bir quvontirish uchun, unga yaxshilik qilish uchun shunday qildim-ku! Xuddi shu kuni, xuddi shu soatda qora xat kelganini qayoqdan bilay axir? Nahot kelinoyim buni tushunmasa?

Nihoyat, bir haftadan keyin buvim o‘zi meni chaqirib oldi. Men uning allaqanday cho‘kib qolgan jussasini, bir parcha bo‘lib qolgan yuzini ko‘rdimu, o‘zimni uning bag‘riga otib, yig‘lab yubordim.

Men buvimga ko‘nglimdagi bor dardimni aytdim. Kelinoyimning diliga ozor berish uchun emas, tog‘amdan kelganiga ishonganim uchun, azbaroyi kelinoyimni quvontirish uchun shunday qilganimni, kelinoyimni hamon yaxshi ko‘rishimni, kerak bo‘lsa undan jonimni ham ayamasligimni gapirib berdim...

Mehribon buvim! U mening iztiroblarimga tushundi. Kelinoyim bilan gaplashadigan bo‘ldi, yig‘lay-yig‘lay peshanamdan o‘pib, boshimni silab tinchitib qo‘ydi.

Bilmadim, buvim kelinoyim bilan gaplashdimi, gaplashgan bo‘lsa u nima dedi, lekin kelinoyim bir martaba ham menga qayrilib qaramadi.

Egnida ko‘k ko‘ylak, boshida ko‘k ro‘mol, u yaqin bir oy motam tutdi. Ko‘nglim xufton, men kechayu kunduz uning yo‘lini poyladim, bir og‘iz so‘ziga zor, uydan chiqqanida ko‘zlariga tikildim, lekin u har safar meni ko‘rganda uzoqdan teskari burilib ketar edi. Bir oydan keyin kelinoyim o‘z eliga ketadigan bo‘ldi. Qarindoshlarimizdan bittasi xo‘jalikdan arava so‘rab chiqdi. Men loaqal xayrlashar, aqalli yaxshi kunlar xotirasi uchun bir og‘iz bir gap aytar, degan umidda ertalabdan yo‘lini poyladim.

Yig‘i-sig‘idan yurak bezor, kelinoyim bilan buvimning xayrlashganini ko‘rmaslik uchun soy bo‘yiga, birinchi bor tog‘am bilan kelinoyimni uchratgan buloq boshiga borib turdim. Arava qo‘zg‘alib, buloqqa yaqinlashganida sekin yo‘lga chiqdim. Kelinoyim, egnida qora palto, boshida qora shol ro‘mol, pichan to‘shalgan shotili aravada menga teskari qarab o‘tirardi.

...Nahot kechirmasa? Nahot bir marta qayrilib ham qaramasa? Aqalli xayrlashmasa?.. «Kelinoyi! Menga bir qarang! Mening dardimga quloq soling! Nima qilay, shunday bo‘ldi!.. Xohlasangiz meni uring, o‘ldiring, biroq... bir og‘iz bir nima deng! Men sizni... shunday yaxshi ko‘raman, shunday yaxshi ko‘raman!..»

Oramiz yaqin qolganda meni ko‘rgan aravakash chol kelinoyimga bir nima dedi. Kelinoyim sekin burilib qaradi, qaradi-yu, yana teskari o‘girildi. Nazarimda, uning yig‘idan qizarib, shishib ketgan ko‘zlari qayta yoshga to‘lganday bo‘ldi.

Arava yonginamdan o‘tib ketdi. Men, dilim qon, unga iltijo qilganimcha orqada qoldim, Arava muyilishdan burilib ketdi, kelinoyim hatto qo‘lini ham siltamadi. U mening «yaxshiligim»ni kechirmagan, kechirolmagan edi.

1965 yil.













19

Pirimqul Qadirov – Ilinj

Mening ikki opam urush davrida Vatan himoyasi yo‘lida

halok bo‘lgan erlariga sadoqat saqlab, boshqa turmush qurishmadi.

Biri ikki o‘g‘ilni, biri uch farzandni otasiz o‘stirib odam qilishdi.

Bunday onalar har bir qishloqda, har bir shaharda bor.

Men shu hikoya orqali ularning hammasiga cheksiz

ehtiromimni izhor qilmoqchiman.

Muallif



Kechasi soat ikkilarda darvoza taqilladi. Ayvonda yotgan Alisher qattiq uxlab qolgan ekan, tezda uyg‘onmadi. Darvoza qattiqroq taqillagandan keyin ichki uyning eshigi g‘iyqillab ochildi-yu, Iqbol opa ayvonga chiqdi. Alisher endi uyg‘ondi va sapchib o‘rnidan turdi. U qorong‘ida apil-tapil kiyinar ekan, darvoza tomonga:

— Hozir! — deb qo‘ydi.

Iqbol opa ichki bir titroqni bosishga tirishib:

— Tezroq qara-chi, dadang emasmikan? — dedi. Alisher uyquli tovush bilan qaytarib so‘radi:

— Kim deysiz?

— Dadang!

Alisher taajjub bilan:

— Qiziqsiz-a, oyi! — dedi-da, ayvondan tez tushib, darvozaxonaga qarab ketdi.

Alisherning dadasi Umarjon aka urushda bedarak yo‘qolib ketganiga o‘ttiz yildan oshib boryapti.

Iqbol opaning eng qo‘rqqan narsasi — «qoraxat». Bedarak yo‘qolish, har qalay, undan beriroqday tuyuladi. U erining to‘satdan kirib kelib qolishini kutadi, kechalari darvoza taqillab qolsa, yuragi hapriqib, bolalarga «dadanglar emasmikan?» deyishini qo‘ymaydi.

Alisher ham kichikligida oyisiga o‘xshab, doim dadasining yo‘liga ko‘z tikib yurar edi. Lekin yoshi ulg‘aygandan keyin otasining tirik qolganiga shubha qila boshladi. Agar u tirik bo‘lsa, o‘ttiz yildan beri suyukli xotinini, gulday farzandlarini qidirib topib kelmasmidi?! Yoki dunyoning narigi chetida bo‘lsa ham bironta darak, biron enlik xat yubormasmidi?!

— Bu urushda nimalar bo‘lmagan! — derdi Iqbol opa o‘g‘liga. — Dadanglar yarador paytida asir tushgan bo‘lsa, chet mamlakatlarga olib ketib qolishganmi? Boshiga biron ko‘rgilik tushgan bo‘lsa, «bolalarim isnodga qolmasin», deb ataydan jim yurganmikin? Biror kun o‘zini oqlaydigan yaxshi ish qilsa, yo‘li ochilib, kelib qolarmikin?

Bu taxminlar Alisherda murakkab, chigal o‘y-xayollar uyg‘otar edi. Alisher bu chigalliklardan bezganda dadasining jang maydonida halok bo‘lganini isbotlashga intilardi. U Moskvada bedarak yo‘qolgan jangchilarni qidirish bilan shug‘ullanadigan maxsus idora borligini eshitib, o‘sha yerga bir necha marta xat yozdi. Otasining so‘nggi suratlari, xatlari, adreslaridan nusxalar ko‘chirtirib yubordi. Kidiruv goh yurishib, goh to‘xtab, bir necha yilga cho‘zildi. Nihoyat, bultur kuzda Moskvadan kelgan javobda Umarjon Rahimov xizmat qilgan o‘qchi rotaning ko‘pchilik jangchilari G’arbiy Ukrainaning Ternopol shahri uchun olib borilgan og‘ir janglarda halok bo‘lganligi aytilgan edi. Umarjon Rahimov ham shular qatorida halok bo‘lgani taxmin etilgan, lekin buning aniq hujjatlari topilmagan edi. Chunki Ternopol bir marta ozod qilingandan keyin yashirin bosmachi — benderachilarning xiyonati tufayli shahar yana vaqtincha dushman qo‘liga o‘tgan, o‘shanda juda ko‘p hujjatlar nest-nobud bo‘lib ketgan edi.

Hujjatlar bo‘lmasa, balki tirik odamlar bordir? Alisher endi shu savol bilan Ternopol shahar idoralariga, hatto yoshlar tashkilotlariga — yosh iztoparlarning otryadlariga xatlar yozdi. Natija chiqmadi. Kelgan javoblarning birida bu chigal muammoni xat orqali hal qilish qiyinligi, bedarak yo‘qolgan jangchilarning belgilarini yaxshi biladigan odam o‘zi kelsa biron daragini topishi mumkinligi aytilgan edi.

Kim boradi? Iqbol opa o‘ttiz yil fabrikada ishlab, yaqinda pensiyaga chiqqan. Lekin uning sog‘lig‘i yomon. Qand kasali darmonini ketkazib qo‘ygan. Qon bosimi oshib ketgan. Shu ahvolda borsa-yu, to‘satdan erining qabrini topsa, so‘nggi ilinjidan ham ayrilib, adoyi tamom bo‘lmaydimi?

— Men o‘zim boraman, — dedi Alisher. Bunga opasi Mahfuza ko‘nmadi:

— Sen dadamni eslolmaysan. Chaqaloq eding. Odamlar biron belgisini so‘rasa nima deysan! Men dadamni ko‘rganman. Men bora qolay...

Mahfuza jo‘nab ketganiga, mana, sakkiz kun bo‘ldi. Shuning uchun darvoza taqillaganda Alisherning xayoli darrov opasiga ketdi.

Darvozaxona yo‘lagini oqish «Zaporojets» band qilib turar edi. Alisher mashinaning chap yoniga o‘tib, qorong‘ida elektr chiroqning tugmasini paypaslab topdi. Yo‘laqda chiroq yongandan keyin tashqaridan keksa bir odamning:

— Telegramma! — degan xirqiroq tovushi eshitildi.

Alisher darvozaning bir tabaqasini ochdi-da, chiroq yorug‘ida telegrammaning kvitantsiyasiga qo‘l qo‘yib berdi.

Bu orada Iqbol opa ham ro‘molini boshiga solib, ayvondan darvozaxona oldiga tushib keldi.

Alisher qatlab bekitilgan telegrammani chiroq yorug‘iga solib, sabrsizlanib ochdi.

«Qidirganim topildi. Kievdan kechki reys bilan uchaman. Toshkent vaqti bilan soat uchda kutib ol. Mahfuza».

«Topildi» degan so‘z Alisherni entiktirib yubordi. U oyisiga tomon o‘girilib, ko‘zlari yaltirab:

— Opam!.. — dedi.

— Nima depti? Dadangni daragini topibdimi?

— Topganga o‘xshaydi!

— Voy xudoim-ey! Qaerda yurgan ekanlar? Nega shu vaqtgacha kelmas ekanlar?!

Iqbol opa erining tirik topilganiga ishonib gapirmoqda edi. Alisher buni sezib birdan xavotirlandi. Balki Mahfuza otalarining... qabrini topgandir. Opa-uka so‘ngga paytda otalarining halok bo‘lganiga shubha qilmay qo‘yishgan edi-ku. Axir tirik odam shuncha yildan beri Ternopolda jim o‘tirarmidi? Lekin oyisi buni o‘ylamadi. Agar u «tirik topilibdi» deb astoydil ishonib qolsa-yu, keyin buning aksi bo‘lib chiqsa, kasali battar og‘irlashadi.

— Oyijon, siz darrov ishonavermang!

— Ha, nega endi?

— Sal o‘ylab ko‘ring axir... Opam kelsin, anig‘ini aytadi.

— Qachon kelarkan?

— Tungi uchda. Hozir necha bo‘ldiykin?.. O, qirq minut qolipti!.. Men tezroq chiqishim kerak!

Alisherning yoshgina xotini ham uyg‘ondi va shosha-pisha kiyindi. «Zaporojets» vag‘illab, darvozaxonadan ko‘chaga orqasi bilan yurib chiqdi. Iqbol opa o‘g‘li bilan kelinini aeroportga kuzatdi-yu, ayvonga qaytib keldi.

Bir-biridan kichik uch bola ayvonda pishillab uxlab yotibdi. Osmonda kemtik oy suzib yuribdi.

Iqbol opa o‘zi turadigan ichkari uyga kirdi-yu, to‘rdagi eski sandiqning oldiga bordi. Sandiqning ustida qatlanib turgan baxmal ko‘rpalarni pastga olib qo‘ydi. So‘ng tokchadagi mixga osig‘liq kalitni olib, sandiqning qulfiga soldi.

Sandiq mayin ohang chiqarib, jiringlab ochildi-da, uning ichidan qalampirmunchoqning hidi keldi. Umarjon aka qalampirmunchoqni yaxshi ko‘rardi. Ba’zida uning bir-ikki donasini og‘ziga solib, tishlarining orasida aylantirib yurar, gapirganda nafasidan ham qalampirmunchoqning hidi kelardi. Shu esida turgan Iqbol opa uning kiyimlarini, xatlarini qalampirmunchoq bilan birga saqlar edi.

Mana, Umarjon aka bundan o‘ttiz yil oldin kiygan sariq jujuncha kitel-shim, yoqasi bilan yengiga iroqi kashta tikilgan ko‘ylak, xrom etik... Umarjon aka frontdan yozgan xatlarida: «Ikki yosh bolani boqish senga oson emas, uydagi buyumlarni ayama, kerak bo‘lsa, mening kiyimlarimni ham sotib, yegulik ol, omon bo‘lsak narsa topiladi, o‘zingni, bolalarni ehtiyot qil!» deb tayinlar edi. Iqbol opa o‘zining seplarini, taqinchoqlarini sotganda ham, erining hamma kiyimlarini asrab yurar, har yili bir-ikki martadan shamollatib, yana taxlab qo‘yardi. Alisher bo‘y yetib katta yigit bo‘lgunicha jujuncha kitellar, yoqasi kashtalik ko‘ylaklar modadan qoldi. Hozir me’mor bo‘lib, loyihalar chizib yuradigan Alisher otasining xrom etigini ham kiymadi. Tavba, hozirgi ziyolilar nega etik kiyishmaydi? Umarjon aka ham o‘qituvchi edi-ku. Maktabda botanikadan dars berar edi, lekin etik kiyib yurar edi.

Mayli, sandiqdagi kiyimlar rasmdan chiqqan bo‘lsa ham, agar Umarjon aka kelsa, Iqbol opa bularni eriga albatta kiydiradi. Sandiqda chiroyli bir nay ham turibdi. Qashqar g‘arovidan ishlangan bu nayning nafis kumush halqalari o‘ziga nihoyatda yarashgan. Nayning bir uchidagi kumush qubbachasi mayda ko‘kish feruza bilan bezatilgan.

Umarjon aka shu nayda ba’zan «Navo»ni, ba’zan «Dugoh»ni, ba’zan Iqbol opa otini bilmaydigan g‘alati kuylarni chalardi. Shunda butun borliq zavqqa to‘lib, erib ketganday bo‘lardi. Hozir ham go‘yo nay birdan tilga kirdi-yu, uni chalayotgan eri Iqbol opaning ko‘zi oldida gavdalandi. Umarjon aka nayning teshigiga labini to‘g‘rilab, og‘zini xiyol ochib, kuy chalganda uning oppoq tishlarida akslangan nurning shu’lasi kumush halqachalarda bilinar-bilinmas jilvalanardi. Hozir mana shu jilo nayda yana ko‘rinib ketganday bo‘ldi. Umarjon aka nayda chalgan kuylar endi go‘yo Iqbol opaning qalbidan eshitila boshladi. Uning ko‘nglida ham mana shu nay pardalariga o‘xshash nafis, go‘zal torlar bor edi-yu, buni faqat Umarjon aka chala olardi.

Eri urushga ketgandan beri Iqbol opa bu nayni hech kimga bergan emas. Nay o‘ttiz ikki yildan beri sukut saqlaydi. Iqbol opaning qalbidagi muhabbat tuyg‘usi ham hamon Umarjon akaga muntazir...

Umarjon aka shu kiyimlarini kiyib, nay chalib yurgan paytlarida yigirma uch yashar yigit edi. Iqbol opa esa endi yigirmaga kirgan kelinchak edi.

O’sha mas’ud damlari mana shu kiyimlarning qatida, qalampirmunchoqning hidiga qo‘shilib, nayning sirtida jilvalangan shu’lalarga aylanib, hamon tirik turibdi. Rost, Iqbol opa hozir pensiyaga chiqqan, nevara ko‘rgan kayvoni. Lekin uning qalbida o‘ttiz ikki yillik hijronning haqqi turibdi, shuncha yillarning sarflanmagan nafis tuyg‘ulari qatlanib yotibdi. U bir lahzaga bo‘lsa ham yana yigirma yoshga qaytishni xohlaydi, suyukli eri bilan birga o‘ttiz-qirqlardan takror o‘tishni istaydi.

Faqat bu istakning amalga oshishi uchun Umarjon aka qaytib kelishi kerak. Zora hozir bolalari bilan boshlashib kirib kelsa!

Mahfuza telegrammada «topdim» depdi-ku. Dadasini topmasa shunday dermidi?

Iqbol opaning qalbida shuncha yildan beri yashab kelgan ilinj ishonchga aylandi. U elektr dazmolni qo‘ydi. So‘ng Umarjon aka kelsa kiyadigan narsalarni sandiqdan olib, dazmollay boshladi...



* * *



Sahar pallada ko‘chada «Zaporojets»ning motori vag‘illagani eshitildi. Iqbol opa shosha-pisha hovliga chiqqan edi, darvozadan Mahfuza kirib keldi. Ona-bola kuchoqlashib ketdilar. Iqbol opa qizining yuziga yuzini bosdi. Shunda Mahfuzaning yuzi ko‘z yoshidan nam ekanini sezdi-yu, yuragi «shig‘» etdi.

— Qalay borib kelding? Dadangni topdingmi, yo‘qmi?!

— Daraklari topildi, oyi...

Alisher mashinasini darvozaxonaga kirgizib, undan tushdi-da:

— Yuringlar, uyga kirib gaplashaylik, — dedi.

Uning ko‘rinishi ham allanechuk ma’yus edi. Opasi samolyotdan tushgandan beri aytib bergan hodisalar, o‘ttiz yil oldingi shafqatsiz urushning tafsilotlari uni dahshatga keltirgan edi...

Ternopol shahri benderachilar yordamida ikkinchi marta fashistlarning qo‘liga o‘tgan kuni kechasi Umarjon aka olti xonali bir uyga o‘z bo‘linmasi bilan bekinib olib, oxirgi nafasi qolguncha jang qilgan. U bu uyda turadigan ayollar bilan bolalarni orqa tomondagi derazadan tushirib, qochirtirib yuborgan. Bo‘lmasa, ular ham bitta qolmay halok bo‘lar ekan. Chunki fashistlar Umarjon akalar bekingan uyni og‘ir tank bilan qulatib, ustidan bosib o‘tgan...

Ternopol dushmandan ikkinchi marta ozod qilinganda xarobalar ostida jon bergan jangchilar jasadi kavlab olinib, birodarlar mozoriga dafn etilgan, ammo ularning ko‘plarini tanib bo‘lmagan, nomlari aniqlanmay qolgan...

Faqat Umarjon aka orqa derazadan qochirib qutqargan bolalardan biri uni yaxshi eslab qolgan. Shu uyda bir necha vaqt birga turganlarida Umarjon aka o‘zining o‘zbekistonlik ekanini, Toshkentda bir o‘g‘il, bir qizi borligini aytgan, bu gap bolaning yodida qolgan. Hozir bu bola — qirq yoshdan oshgan o‘qituvchi ekan. Ternopollik iztoparlar Toshkentdagi Alisherning xatini olib, uning otasiga oid xujjatlarni qidirib yurganlarini shu maktabda ishlaydigan haligi o‘qituvchi eshitib qoladi.

Koramag‘izdan kelgan, qoshlari ingichka, qiyiq ko‘z Mahfuza otasiga juda o‘xshash edi. U otasini qidirib borgandan keyin, haligi o‘qituvchi bir qarashdayoq Umarjon akani eslaydi. Hatto uni jangchilar «Umar» deb atagani ham endi yodiga tushadi. Umarjon aka derazadan qochirib, qutqarib qolgan ayollardan yana biri shu shaharda yashar ekan. Keyin hammalari harbiy komissariatga borib, Umarjon Rahimovning qanday halok bo‘lgani, o‘limi oldidan qanday jasorat ko‘rsatgani va qaerda dafn etilgani haqida guvohlik beradilar. Umarjon aka shahar markaziga — ulug‘vor marmar obida qo‘yilgan sakson kishilik birodarlik qabriga dafn etilgan ekan. Lekin uning kimligi, qanday halok bo‘lgani haligacha aniqlanmagani uchun marmarga yozilgan nomlar orasida uning nomi yo‘q edi. Mahfuza shahar tashkilotlariga uchrashib, marmar obidaga otasining nomini yozdirib qaytdi...

Hozir aeroportdan kelayotib, u buning hammasini ukasi Alisherga aytib berar ekan, ko‘ziga qayta-qayta yosh oldi. Alisher unga:

— O’zingizni bosing, opa, oyimga yomon ta’sir qiladi, — deb bir necha marta aytdi.

— Qandoq qilay? Ternopolda yurganimda ham hech ko‘z yoshimni to‘xtatolmadim. Ko‘chadagi odamlardan uyalganimdan qora ko‘zoynak taqib yurdim. Ba’zida ko‘zoynakning tagidan ham yosh oqib tushayotganini sezib, ro‘molcha bilan artib olaman.

— Lekin... haligi... — Alisherning ham o‘pkasi to‘lib, zo‘rg‘a gapirdi: — haligi... xarobalar ostida qolib ketganlarini oyimga aytmang.

— Jinni bo‘pmanmi?..

Hozir Mahfuza oyisi bilan ichkari uyga kirganda sandiq yana ochilganini, dadasining yoqasi kashtalik ko‘ylagi silliq qilib dazmollab qo‘yilganini ko‘rdi-yu, telegrammada «topdim» deb yozganidan pushaymon bo‘ldi. Iqbol opa undan xushxabar kutib, ko‘zlari javdirab turibdi. Mahfuza oyisini quchoklab, yig‘i aralash:

— Oyijon, sizga kuvvat bersin, mard bo‘ling! — dedi.

Iqbol opaning rangi oppoq bo‘lib ketdi. Qizining quchog‘idan sirg‘atib chiqdi-da, bo‘shashgan, siniq tovush bilan:

— Nima... Dadang... endi yo‘qmi?.. — dedi.

— Nega?.. Dadamning ruhlari hamisha tirik! Dadam oxirigacha mardona turib bergan ekanlar. Qancha bolalarni onalari bilan qutqarib qolgan ekanlar.

Iqbol opa ingragandek bir tovush bilan:

— Men-chi? — dedi. Meni bu bevalikdan endi kim qutqaradi?

Iqbol opaning ogzi birdan quruqshab, boshi gir-gir aylana boshladi. Oyisining kasalini yaxshi biladigan Mahfuza:

— Oyijon, buncha qattiq olmang, o‘zingizni bosing! — deb uni sekin divanga o‘tqazdi.

Iqbol opa dazmollab qo‘yilgan yoqasi kashtalik ko‘ylakka qaradi. Endi buni hech kim kiymaydi! Shuncha yildan beri sandiqda asralgan etik ham hech kimga kerak emas! Kumush halqali nayni Umarjon aka endi hech qachon chalmaydi... Bu dahshatli o‘ydan Iqbol opa yig‘lamoqchi bo‘ldi, lekin ko‘ziga yosh kelmadi. Tomog‘idan bir narsa bo‘g‘ib olgan, havo yetishmayotgandek qiynalar edi.

Alisher tez oshxonaga chiqib, bir piyola suv olib kirdi. Mahfuza oyisiga suv ichirdi. Keyin uni karavotga yotqizdi.

Kelinlari shifokor edi, darrov shpritsni qaynatishga qo‘ydi. U qaynonasiga ukol kilib o‘rganib qolgan edi. Avval qon bosimini tushiradigan, yurakni tinchlantiradigan ukol qildi. Keyin nonushtaga yaqin insulin ukol qildi.

Iqbol opa uch-to‘rt kun o‘tgandan keyin xiyol o‘ziga keldi-yu, Mahfuzadan so‘radi:

— Dadangning surat-puratlari yo‘q ekanmi?

— Suratlarini topolmadim.

Uzoq jimliqdan so‘ng Iqbol opa yana so‘radi:

— O’z qo‘li bilan qabrga qo‘ygan odam bor ekanmi?..

— Bilmadim... Men unaqa odamni ko‘rganim yo‘q.

Alisher oyisining bu savollari tagida qandaydir ma’no borligini sezdi. U erining o‘lganiga yana shubha qilmoqda edi. To‘g‘rirog‘i, «Umarjon akam bir kun emas, bir kun kelib qoladi», degan o‘ttiz yillik ilinj Iqbol opaning qalbida yana uyg‘onmoqda edi. Bu ilinjning tagida qanchalik katta mehr, qanchalik cheksiz sadoqat borligini Alisher endi sezmoqda edi. Buning hammasi — hayot-mamot urushida bizga g‘alaba keltirgan ulug‘ tuyg‘ulardan ekaniga cham uning endi aqli yetdi. Shuning uchun onasining qalbidagi ilinjni asrab-avaylagisi keldi.

— Kim biladi oyi, «o‘ldi» deb qoraxat kelganlarning qanchasi, tirik qolgan-ku. Balki dadam ham to‘satdan kelib qolarlar...

Bu gaplar Iqbol opaga yoqib, yostiqdan boshini ko‘tardi, zaifgina kulimsirab:

— Tavba! — deb qo‘ydi. — Fabrikada... askarlarga kiyim tikib yurganimda bir juvon bilan o‘rtoqlashib qolgandik. Ikkovimiz ham ilg‘or bo‘lib, gazetalarda rasmimiz chiqqan edi. Shu dugonamga bir kun qoraxat keldi... Bechora eridan ayrilib rosa yig‘ladi, aza tutdi. Bolasi yo‘q edi... Urushdan keyin boshqa erga tegdi... Bir kuni eshitsam, urushga ketgan eri tirik ekan, to‘satdan kirib kelibdi... Dugonam pushaymon. Armon qilib yig‘laydi...

Shu-shu Mahfuza ham, Alisher ham otalarining o‘limini onalarining oldida tilga olmaydigan bo‘ldilar. Iqbol opa bir hafta ko‘rpa-to‘shak qilib yotdi. Kelini unga har kuni kerakli ukollarni qilib, issiq-sovug‘iga qarab turdi. Keyin u o‘rnidan turib ketdi.

Bir kuni yarim kechada yana darvoza taqilladi. Iqbol opa buni yana o‘g‘lidan oldin eshitdi-yu, Alisherni uyg‘otib:

— Qara-chi, dadanglar emasmikan? — dedi.

Darvozani qo‘shnilardan biri taqillatgan ekan. Alisher qaytib kelib, pidjagini yelkasiga tashladi-da:

— Akbarning xotinini to‘lg‘oq tutib qolibdi, tug‘ruqxonaga olib borishim kerak ekan, — dedi.

Iqbol opa sekin bir «uh» tortdi, lekin o‘zini bardam ko‘rsatib:

— Mayli, bolam, tezroq olib bora qol, — dedi.

Alisher darvozani ochib, mashinasini ko‘chaga olib chiqar ekan, ko‘nglida yorug‘ bir tuyg‘u paydo bo‘lganini sezdi. Hozir unga ham go‘yo otasi urushda o‘lmagandek, erta-indin darvozani taqillatib kelib qoladigandek tuyulardi...























































20

Anvar Muqimov - Qo’qon Shamoli



Qo‘qon shamoli qishda qutirib ketadi. Tomlarda, daraxtlarda, simyog‘ochlarda uvillaydi, o‘kiradi, chiyillaydi. Daraxtlarni egadi, bukadi, «qars-qars» sindiradi. Elektr simlarini uzadi, o‘t chiqaradi. Hammayoqqa dahshat soladi. Shivalab yog‘ayotgan qorni o‘z mayliga qo‘ymay to‘zg‘itadi, olis-olislarga uchirib borib pastqamliklarga, zovurlarga, burchak-burchaklarga tiqib tashlaydi...

Ayozli kun o‘tadi, tig‘li tun o‘tadi, biroq bu beshafqat shamolning adog‘i ko‘rinmaydi.

O’shanda ham qahraton qish, qorli bo‘ron edi. Latifjonning onasi Jannat xola bir haftadan beri ana ketdi-mana ketdi bo‘lib yotardi. Latifjon umrida birinchi marta ishga bormadi. Surunkasiga uch kun bormadi. Singlisi Sharifa, xotini Zulayho bilan birga onasining qoshida bo‘ldi. Kolxoz hayotiga doir ba’zi zarur ishlarni telefon va hol so‘rab keluvchilar orqali bitirib turdi.

Jannat xola kechga yaqin tildan qoldi. O’zining pastak tomli suyukli hujrasida sandalning to‘r tomonida qizil ko‘rpa orasida shipga qarab jim yotibdi. Terisi suyagiga borib yopishgan, chakka suyaklari bo‘rtib chiqqan. Burishgan yuzlari, oriq, kichkina qo‘llari qonsiz, oppoq. Cho‘kib ketgan nursiz ko‘zlari bolalariga tikiladi. Cheksiz mehr bilan, tengi yo‘q bir qizg‘anish hissi bilan tikiladi. Go‘yo Parvardigor bulardan xolani emas, xoladan bularni tortib olayotganday...

Jannat xola ertalab tuppa-tuzuk edi. Dastlab chorak piyola sut ichdi. Xolaning jondan aziz sakkizta kitobi bor edi. Varaqlari sarg‘ayib, jildlari qayta-qayta ta’mir qilingan kitoblar. Hammasini bir-bir o‘pib, peshonasiga bosdi. So‘ngra Sharifa uning buyrug‘i bilan kitoblarni oq, odmi ro‘molga tugdi. Latifjon shoti keltirdi. Tugunni shiftga — kampirning qoq peshonasiga osishdi.

— Rahmat, bolalarim, rahmat, — dedi xola. — Umrlaring uzoq bo‘lsin. Keyin xola Bedilning bir baytini yedtsan o‘qidi. Navoiyning «abadul-abad» ekanligi haqida gapirdi. So‘ng zukko afandi va nodon podsho haqida latifa aytib, hammani kuldirdi. Magnitofondan Munojot Yo‘lchievaning lentasini qo‘ydirib eshitdi. Munojotni suydi, alqadi. Tushga yaqin tarvuz so‘radi.

— Attang, tugagan edi-yu, — dedi Sharifa ko‘rqa-pisa.

— Topamiz, topamiz, buvijon, — xitob qildi Zulayho va eriga qaradi.

— Ha, tugagan ekan, nega oldinroq aytmaysizlar shuni, — jerkidi Latifjon va tashqariga otildi. — Hozir...

— Qo‘yaqol, bolam, — zorlandi bemor. — Shu zahar ayozda...

Latifjon yo‘q bo‘lib ketdi va bir yarim soatlarda ikkita ko‘m-ko‘k tarvuz qo‘ltiqlab kirdi.

— Mana, buvijon, — dedi va etigining qo‘njidan pichoq olib, tarvuzlardan birini shartta ikkiga bo‘ldi. Qonday qizil go‘shtini palaxsa-palaxsa qilib tashladi. Keyin mayin jilmaydi. — Qumga ko‘mishgan ekan, azamatlar, yozdagiday turibdi.

Zulayho tarvuz etidan maydalab, kampirning tishsiz og‘ziga solib turdi.

— Endi bas, — dedi xola bir ozdan so‘ng. — Barakalla, bolalarim. Qolganini o‘zlaring yenglar, narigi uyga opkirib, bolalaring bilan yenglar.

Ayollar, «Rahmat», «Rahmat, sizning yeganingiz — bizning yeganimiz», deb tek o‘tirishaverdi. Bunga kampirning jahli chiqqan bo‘ldi.

— Gapim o‘tmaydigan bo‘lib qolibdi-da, — dedi.

Ayollar, «Kechirasiz, buvijon», deya o‘rinlaridan turdilar va bir palladan tarvuzni ko‘tarib, xonadan chiqdilar. Latifjon eshikni zich yopdi-da, onasining yoniga kelib o‘tirdi. «Amringizga muntazirman», deganday uning og‘ziga tikildi.

— Fursat borida gapirib olay, bolam, — dedi xola uzoq o‘ylanib yotgandan keyin.

— E, unaqa demang, — cho‘chib tushdi Latifjon. — Sog‘ayib otday bo‘lib ketasiz. Hali sizni Kavkazga olib boraman deb yuribmanu.

Bu tasalli Jannat xolaga yoqmadi.

— Bilib turib yolg‘on gapirmagin-da unaqa, — dedi. — Yolg‘onchilik yomon narsa. Kampir tez-tez kiprik qoqib, jim qoldi. So‘ng:

— Yoshimni yashadim, oshimni oshadim, — dedi zaif bir tovushda. — Mana yetmish yettiga kirdim. Otang hayot bo‘lganda ikki kam saksonga borardi. Urush yedi rahmatlikning boshini.

— Xuddi shunday, buvijon, — past tovushda xitob qildi o‘g‘li. Xola picha dam olgach:

— «El-yurtni yashnataman degan odam, avvalo, o‘zi yashnaydi», degan ekan bir donishmand, — dedi. — Mana, sen ham yashnab, yashnatib yuribsan. Bundan keyin ham yashnagin, iloyim.

Latifjon qulluq qildi.

— Xo‘p, buvijon, xo‘p.

— Keyin singling bilan xotiningni e’zoz qilgin. Alomat juvonlar, jahonga bergisiz juvonlar.

— Xo‘p, buvijon, hamma aytganlaringizni qilaman.

Kampir jimib qoldi. Uning ikki ko‘zidan ikki dona yosh yaltiradi.

— Qirq olti yillik qadrdonim eding, — dedi ona ovozi qaltirab. — Qirq olti yil hidladim seni. Lekin... to‘ymadim, sira-sira to‘ymadim...

Latifjonning tomog‘iga bir nima tikilganday bo‘ldi.

— Buvijon... — dedi qaqshab va kampirga tashlandi, yuzlaridan, peshonasidan «cho‘lp-cho‘lp» o‘pdi.

Haligina bo‘lib o‘tgan edi bu suhbat. Shunday bir yaxshi gaplashib o‘tirgan odam to‘satdan tildan ajrab o‘tirsa-ya.

Yarim kechadan o‘tdi hamki, shamol qahridan tushmaydi. Och bo‘riday uvillaydi, erinmay qor to‘zg‘itadi. Kampir qizil ko‘rpa orasida kichkina bo‘lib, go‘yo shu shamoldan boshqa hech qanday voqea ro‘y bermayotganday osoyishta yotibdi... Boshida Sharifa, o‘ng tomonida Latifjon, chap tomonida Zulayho, uchovining ham ko‘ngli vayron. Sharifa bilan Zulayho ovoz chiqarmay kuyunib yig‘layapti. Dam-badam yelkalari tikuv mashinasining «boshi»dagi sakragichday «dik-dik» qilib qoladi. Latifjon jim, dam onasiga, dam uzluksiz chayqalib turgan lampochkaga qaraydi. Chakkasiga ombur solingan odamday betoqatlanadi, panjalarini qisib ezadi, qayiradi... Bir payt tashqarida nimadir taraqlaganday bo‘ldi. Latifjon sergaklandi. Nima ekan? Narigi uyda bolalar yotgan edi, o‘shalarmikan?

Latifjon hovliga chiqdi. Taraqlagan darvoza ekan. Ana, yana taraqladi. Latifjon o‘rnidan turib, eshikka chiqdi. Bilqildoq qor uyumlarini kechib, darvoza tomon bordi. Darvozaxonaning chirog‘ini yoqdi.

— Kim? — dedi baqirib.

— Men, men, Xursandman, — g‘uldiroq ovoz keldi ko‘chadan. — Bemahalda sayyoq yurgan Xursand jinningman.

Xursandali pastroq tovushda kimgadir, «Unday bo‘lsa, mayli, rahmat, katta rahmat», dedi. Yengil mashina jo‘nab ketdi.

Latifjon darvozani ochdi. Hakiqatan Xursandali ekan. Sherigi ham bor. Xursandali Latifjonning qalin do‘sti. Sayyor muxbir. Latifjon singari xushchaqchaq yigit. Marg‘ilonlik.

Ular uzoq vaqt ko‘rishmagan edilar, kuchoqlasha ketishdi. Latifjon haydovchi yigitni tutib qolmagani uchun Xursandalidan o‘pkalandi. So‘ngra darvozani shamolga qarshi zo‘r berib itarib yopdi, sharaqlatib qulfladi. Bungacha Xursandali Qo‘qon shamoli sha’niga malomat gaplarni yog‘dirib tashladi.

— Buncha ham burunga o‘ch ekan Qo‘qon shamoli, — dedi so‘ng. — Bir chaqib to‘ymaydi, ikki chaqib to‘ymaydi... Burunni sug‘ursang chiqsa ekan, ro‘molchaga o‘rab cho‘ntakka solib ko‘ysang, mana bo‘lmasa deb!

Latifjon samimiy kulib yubordi. Keyin:

— Senikidaqa ellik oltinchi razmerli burun biz tomonlarda kam-da, — dedi hamon kulib. — O’shaning uchun salmoqdor burun uchrab qolganda, bir burunxo‘rlik qilib olaylik deydi-da.

— Shunaqa, — dedi Xursandali kulgidan keyin jiddiy. — Yoz bo‘lsa chivin ko‘z ochirmaydi. Anovi xartumli chaqadigani bor-ku, o‘sha. — Endi hamrohiga karab davom etdi. — Bularning chivinlari ko‘p «odamoxun» bo‘ladi. Gulzor yoki biror ariq yoqasida o‘tirib qolsangiz, «Qandaysiz in-i-i-imm!..» deb kelaveradi birin-ketin. Beparvo qoldingizmi — tamom! «Hurmatingizni o‘rniga qo‘yadi-da», qizil xaltachani ko‘tarib jo‘nab qoladi xayr-ma’zurni nasiya qilib. Ne chog‘li «izzat-ikromga sazovor bo‘lganingizni» keyinroq, badaningizning biror punkti jizillaganda bilasiz...

Mehmon bilan Latifjon yana kulishadi. Xursandali esa, tishining oqini ham ko‘rsatmadi.

— E, yuringlar-e, ichkarida gaplashaylik, — dedi Latifjon ularni darvozaxonaning shundoq biqinidagi mehmonxonasiga boshladi. — Juda sovqotib qolibsizlar-a?

Mehmonlar telpak va paltolaridagi qorlarni qoqib, zinada tepina-tepina ichkariga kirishdi. Latifjon kunduzi quruq xodachalarni maydalab qo‘ygan edi, darrov o‘shani keltirdi. Hol-ahvol so‘rab yurib, pechkani lovillatib yubordi. Pechkaning yoniga stol qo‘ydi. O’tirishdi.

— Bay, bay, bay, o‘t-a! — Xursandali kaftlarini olovga toblab, bir-biriga ishqadi. — Bo‘ylaringdan akang aylangur, o‘t-a!

— Ko‘chada ko‘p turib qoldilaringmi? — so‘radi Latifjon.

— Uch zum. Shamolga betkay o‘zi darvozang. Yana bir zum turganimizda, muzlab haykalday ag‘nab tusharmidik. Yaxshi uyg‘oq ekansan.

Latifjon kechikib javob qildi:

— Idoradan hozir keldim.

— Raislik ham qiyin-da. Shunday sovuqda. Shamolni qara-ya, — Xursandali sherigiga bosh qimirlatdi. — Qo‘qon shamoli mana shunaqa bo‘ladi.

— Yomon ekan, — deb qo‘ydi mehmon yigit sekin.

Xursandali yurgan yo‘lida latifa to‘qib, latifa aytib yuradi. Latifa qahramoni ko‘pincha o‘zi bo‘ladi.

— Juda yomon, — dedi u va darrov lof-latifa boshladi. — Bir kuni bolalar hovlida o‘ynab yurishardi. Ha, u vaqtlarda Beshariqda turardik. (Bu gapi g‘irt yolg‘on edi.) Men sigirlarga tert qorayotgan edim. Shamol to‘satdan «g‘uv» etib qoldi. Turib borib, uch bolani ikki qo‘ltiqqa urib, uyga chopdim. Ostonadan o‘tayotganimda «tars-turs» etganday bo‘luvdi, tashqariga chiqsam, sigir ham yo‘q, g‘unajin ham. Shamol arqonlarini «shart-shurt» uzib, uchirib ketibdi ikkovini ham!

Mehmon zavq bilan kuldi. Kulgiga Latifjon qo‘shildi. Xursandali jiddiy, ko‘rsatkich barmog‘i bilan ta’kidlab vahima qildi.

— Bir hafta deganda arang topdim. Qarangki, osmonu falakda uchirib borib, Xo‘jaqishloqning baqateragiga osib ketibdi, battol! Borsam, sigirposhsho sevimli qizi bilan, «Ne kunlarga qoldik biz-e!» degan ashulani vang qo‘yib, osilib yotishibdi baqaterakning ustida! O’t o‘chiruvchilarga yalinib yurib, arang tushirib olibman bechoralarni.

Yana kulgi ko‘tarildi. Xursandali «kuyunib» ketdi.

— Xe, o‘l, bu kuningdan battar bo‘l, shamol, deyman! Shu ham ishmi? Xo‘p, ana, kasbing sigir uchirish ekan, qurib ketganmidi menikidan boshqa sigir?! Mana, haromxo‘rlarnikini uchir, poraxo‘rlarnikini uchir, chayqovchilarnikini uchir! Kelib-kelib menikini uchirasanmi? Qalam uchini yalab, zo‘rg‘a tirikchilik qilayotgan faqir bir gazetachinikini uchirasanmi? Yo bo‘lmasa hammanikini baravar uchir — osmon mol bozoriga aylanib ketsin!

Xo‘p kulishdi.

— Ha, aytmoqchi, sizlarni bir-birlaringga tanishtirmabman-ku, — Xursandali peshonasiga «shaq-shaq» urdi. — Kalla yo‘q-da menda, kalla. Bu kishi buxorolik do‘stimiz bo‘ladi. Ismi shariflari Aminjon Ne’matov. Moskvada tanishganmiz. Qo‘li gul jurnalist.

Latifjon qo‘llari ko‘ksida, labida tabassum bilan, gavdasini oldinga va orqaga tashlab uch-to‘rt bor tebratdi.

— Juda yaxshi, juda soz. Bahonada yana bir do‘stning sohibi bo‘lib oldik.

Mehmon hafsala bilan taralgan bo‘liq, qop-kora sochini silab, «Rahmat, rahmat», deb ko‘ydi.

Latifjon jilmayib o‘tirardi-yu, fikri-zikri ichkarida edi. Rov kirib chiqmoqchi bo‘lib o‘rnidan turdi.

— Men hozir...

— Nima «hozir»? — Xursandali uning yelkasidan bosib o‘tqazib qo‘ydi. Xursandalining durustgina kayfi bor edi. Bunday paytlarda aytganini qildirmaguncha qo‘ymasdi. Buni Latifjon yaxshi bilardi. Shu tufayli ortiqcha tirqishlik qilmadi. — Oldin tanishtirish marosimi tugasin, keyin kirarsan dasturxonga. Xo‘-o‘sh... Aminjon bir ish bilan kelib qoldi. Buyoqlarda birinchi marta bo‘lishi ekan. Hamzaobodni, So‘xni tomosha qildirdim. Rishtonni ko‘rsatdim. Oltiarikda yaxshigina o‘tirgan edik, birdan sen esimga tushib qolding. Tuman kattatari ko‘p qarshilik qilishdi. «Yo‘q» deb turib oldim. «Latifjonning ishqi tushdimi — tamom», dedim. Mashina to‘g‘rilab berishdi, mana, keldik. Bir tomoni shamolga rizqimiz tortib turgan ekan. Ertaga Qo‘qonni ko‘rsatamiz. Xudoyorxonning o‘rdasi, adabiyot muzeyi, Muqimiy, Furqat muzeylari — hech qaysisi qolmaydi. Mashina «gum»dir?

— Ha, «gum».

— Birga boramiz-a?

Latifjon hayallab javob berdi:

— Mayli, boraveramiz.

— Malades-s. Xo‘roz yigit mening do‘stim. — Xursandali Latifjonni «cho‘lp» etkazib o‘pib oldi. So‘ng o‘z peshonasiga yana shapaloq tushirdi. — Haqiqatan ham kalla yo‘q menda. Shishaga yaqinroq yuramiz-da, o‘sha chirmoviq quritib turadi xotirani. Hali nima deyotgan edim? Ha, tanishtirish marosimi ketayotgan edi. Bu — qadrdon do‘stim Latifjon bo‘ladi. Haqiqiy latif yigit. Shu kolxozga rais, o‘n to‘qqiz yildan buyon rais! O’zi Mehnat Qahramoni, orden-medallardan bir choyshabcha bor. Uning buvisi mening ham buvim. «Buvijon», deyman uni. Aytmoqchi, buvijonim qanday? Kirib ko‘rmabman-a, darrov. E, xomkalla. Avval o‘sha kishini ziyorat qilish kerak edi-ku. Yuringlar, ko‘rib chiqaylik.

Xursandali o‘rnidan turdi. Latifjonning rangi oqarib ketdi. Otashkurakni olib «tuppa-tuzuk» yonib turgan olovni tuzatishga behuda urinib, uzoq jim qoldi. Nima qilish kerak? Bu taklifga ko‘nsinmi? Ko‘ngan taqdirda... Yo‘q, bo‘lmaydi. Yo‘qsa, haqiqiy ahvolni aytib qo‘yaqolsinmi? Yo‘q, yo‘q. Shunday dilbar, shunday yayrab-yashnab o‘tirgan yigitlarning ko‘nglini vayron qilmaydi. Qahqaha to‘lgan mehmonxonani azaxonaga aylantirmaydi...

Latifjonning holatini ko‘rib, Xursandali tashvishga tushib qoldi.

— Ha, ranging o‘chib ketdi? — dedi. — Tinchlikmi? Astag‘firillo, — Latifjon pechkaning eshigini yopib, Xursandaliga astoydil tikildi. — Buvim Xonobodga, Sharifanikiga ketgan. Boramiz desang, mashina chaqiraman, boramiz...

— E, shunday demaysanmi. Men... Ha, mayli, unday bo‘lsa, ertaga, Qo‘qonga ketaturib tushib o‘tarmiz.

Xursandali kampirdan ko‘ngli tinchib, yana gapga tushib ketdi.

— Ajoyib buvi, — dedi Aminjonga qarab. — Bayt ham bitadi. Ancha she’ri tuman gazetasida bosilgan ham. Do‘ppi tikishda unga teng keladigani yo‘q. Bir kuni kelsam, menga atab do‘ppi tikib ko‘yibdi. Lovillaydi. Qarasam, ikkita qachampirnusxa guli ustida arabcha yozuvi bor. Nozik pushti ipak bilan tikib yozibdi. Nima debdi deng? «Xursand otamga, shirin bo‘tamga», debdi. Qoyil koldim.

Xursandali zavq-shavq bilan gapiryapti. Latifjon Aminjon singari «Hm, o-o», deb o‘tiribdi-yu, ich-ichi qaqshab ketayapti. Yuragining qa’ridan dard sizib chiqib, ikki marta xuruj qildi. Ikki marta tomog‘ida tutib qoldi. Mehmonlarning payqab qolishidan qo‘rqib, pechkaning eshigini ochdi, gurillab yonayotgan olovni zo‘r berib puflay ketdi. So‘ng o‘zini o‘nglab oldi-da, keskin harakat bilan o‘rnidan turdi.

— Xo‘sh, nima deysizlar, osh qildiraymi, shavla? — dedi. Xursandali besh panjasi bilan o‘zini «so‘ydi».

— Mana shunday, — dedi. — Hech narsa kerak emas. Faqat «Ona yuragi» kerak. Shuni aytib bersang bas. — Xursandali mehmonga boqdi. — Arman shoiri Isaakyanning «Ona yuragi» she’rini eshitganmisiz? Bu she’rni Latifjondan eshiting-qo‘ying. Vodiyda yo‘q bunaqa shirin aytadigani.

Latifjonning yuragi «shuv» etib ketdi. U bu she’rni chindan ham juda o‘rniga qo‘yib o‘qiydi. Lekin hozir mutlaqo o‘qiy olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib:

— Xo‘p, xo‘p, bajonidil, — dedi zo‘r berib iljayib. — Ammo bitta shartim bor: oldin choy damlab chiqaman. Tomoqni «yog‘»lab turmasam, she’r yaxshi chiqmaydi,

— Mayli, mayli, — dedi Xursandali va Aminjonga gap uqtira ketdi. — O’zi bu bolada tug‘ma talant bor. Shoda-shoda talant. Go‘yo tabiat fazilatlar sandig‘ini jaranglatib ochgan-u, «Ol, Latif, ol, keragicha olaver», degan. Bu ham misqollab emas, etak-etaklab olavergan, ochko‘z. Jussani qarang, jussani! Minorai Kalonday keladi. Shu jussa bilan o‘yinni shunaqa ezadiki. Mukarramxon bo‘lib keti-e, deyman. Mahallaning to‘yida o‘yinni o‘zi boshlab beradi. — Juda maddoh bo‘lib ketding-da, — dedi Latifjon. — Bas endi.

Biroq Xursandali bunga e’tibor bermadi.

— Ashulani ayting, ashulani, — dedi Aminjonga qarab. — Tanburni yig‘latib «Sayding ko‘yaber, sayyod» yoki «Cho‘li iroq»ni olganida Orif Alimahsumov yoqa ushlab qoladi.

Latifjon pechkaga ikkita og‘irroq o‘tin tashlab, tashqariga otildi. Ellik-olmish metrlik masofani ellik-oltmish qadam qilib, qor uyumlarini pisand qilmay, hovlini ikkita uchburchakka teng bo‘lib kesib o‘tdi. Oyog‘ini «tap-tup» yerga urdi. Yuragi orziqib, hujra eshigini tez, lekin avaylab ochdi. Uning orqasidan shamol ham urib kirdi va yaraqlab turgan chiroqni olib borib shiftga qadadi. Latifjon darrov eshikni yopdi.

Kampir ancha so‘lib qolibdi. Shafqatsiz o‘lim tobora yaqinlashmoqda edi. Jannat xola o‘g‘lini ko‘rib, boshini sal qimirlatib qo‘ydi. Latifjon hech narsa deyolmadi, beixtiyor boshini qimirlatdi va tek turib qoldi.

Sharifa kampirning boshida, onasining oppoq sochini panjalarida mayin tarayapti... Zulayho kampirning yonida, qaynonasining qoqsuyak qo‘lini chap qo‘li kaftiga qo‘yib olib, o‘ng qo‘li bilan asta-sekin silayapti... Ikkovi ham tebranib, unsiz faryod chekyapti. Ba’zan yelkalari «dik-dik» qilib qoladi...

Latifjon onasining oldiga tiz cho‘kdi. Kampirning o‘ng ko‘zidan bir tomchi yosh sizib chiqibdi-yu, to‘xtab qolibdi. Latifjon shoshib ro‘molchasini oldi-da, engashib yoshni avaylab artdi. Latifjon qaddini rostlamoqchi edi, onasi o‘ng qo‘lini asta ko‘tarib, uning bo‘yniga tashladi. Chap qo‘lini ko‘tara olmadi. Zulayho solib qo‘ydi uni erining bo‘yniga. Kampir yuziga o‘g‘lining yuzini uzoq bosib yotdi.

«Buvijonim, — ko‘nglidan o‘tkazdi Latifjon. — Meni kechiring. Yaxshi e’zozlay olmadim... Eh, onam, g‘animat onam».

Latifjon «Ona yuragi» she’ridagi bir bema’ni qizning muhabbatiga sazovor bo‘laman deb, o‘z onasining ko‘ksiga xanjar sanchgan va yuragini sug‘irib olgan yigitga la’natlar o‘qidi. Yurakning yiqilgan o‘g‘ilga aytgan so‘zlarini dilida takrorladi: «Jonim, bolam, yomon yiqilmadingmi, sog‘mi o‘t-bo‘ting?»

Latifjonning ko‘zlaridan yosh quyuldi. Yelkalari «dik-dik» sakradi. Nihoyat, kampir qo‘llarini tushirdi. Latifjon boshini ko‘tarib o‘tirdi. Ona-bola bir-biriga so‘zsiz tikilib qolishdi. Kampirning yupqa, kuruq lablari xiyol qimirladi, lekin og‘zidan hech qanday tovush chiqmadi. Latifjon og‘ir qo‘zg‘aldi. Choynakka termosdan choy quydi.

— Hozir kelaman, — dedi xasta tovushda. Jannat xola «mayli» deganday bilinar-bilinmas bosh qimirlatdi. Latifjon tashqariga chiqib, qor bilan yuzini yuvdi. Artdi.

Latifjon kirganda, mehmonlar gramplastinkadan askiya eshitishib, sharaqlab kulib o‘tirishardi. Latifjon ora-sira kulgiga qo‘shilib choy quydi. Xayriyat, askiyaga ovunib, «Ona yuragi»ni unutishibdi. She’rni qayta tilga olishmadi. Askiya tugagach, Xursandali ana shu askiyachilarning qaysinisi qaerlik ekanini, ularning kimlarni mot qilganliklarini gapirishga tushib ketdi. Latifjon mehmonlarga joy qildi. So‘ngra:

— Sizlar bemapol gaplashib o‘tiringlar, — dedi mehmonlarga. — Men o‘tin-po‘tin tayyorlab qo‘yayin. Basharti, dam olish istagi tug‘ilsa, ana joy, marhamat qilib yonboshlayverasizlar.

Mehmonlar ertalab uyg‘onib qarashsa, qor tinibdi-yu, shamol hanuz qahridan tushmabdi. Ular choydan so‘ng Qo‘qonga otlanishdi. Darvozaxonada «Volga» mashinasi muntazir edi. Latifjon haydovchi yigitni mehmonlarga tanishtirdi.

— Mana, Odiljon, — dedi, — kechgacha xizmatlaringda bo‘ladi. Xursandali ko‘zlarini katta ochdi.

— Ha, o‘zing bormaysanmi? — dedi niqtab.

Latifjon sariq etigi bilan qorni asta tekislagan holda bir lahza sukut qildi. So‘ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi.

— Kechirasizlar, — dedi mehmonlarga gunohkorona boqib, — borolmaydigan bo‘lib qoldim. Kichkina uzrli ish chiqib qoldi.

— Nima ekan u «kichkina uzrli ish»? — jerkib so‘radi Xursandali. Latifjon ko‘zlarini uqalab, ancha jim qoldi. Keyin:

— Shu, shu... volidamiz... haligiday bandalikni qildilar yangatda, — dedi sekin. — Omonatini topshirdi.

Xursandali ko‘z va og‘zini katta ochib, taxta bo‘lib qotib qoldi. Latifjon qalqib chiqqan ko‘z-yoshlarini yashirish uchun yuzini chetga burdi.

— Nega? Nega? — ovozi boricha qichqirdi Xursandali va savoliga javob ham kutmay, hayqirib Latifjonga tashlandi. Kuchoqlab yuz-ko‘zlaridan o‘paverdi, o‘paverdi... Ikki juft azamat yelka tinimsiz silkinaverdi, silkinaverdi...

Shamol esa hanuz darg‘azab: qor uyumlarini bearmon to‘zg‘itadi, daraxt shoxlarini xivich qilib olib, shifer va tunuka tomlarni ayovsiz savalaydi, savalaydi...









21

O’lmas Umarbekov – Charos



Erta tong edi. Endigina ko‘tarilgan oftobning iliq nurlari derazalarga tushib, uylarni yorita boshlagan edi. Ishga vaqtliroq borish, to‘g‘rirog‘i, oltin kuz havosidan to‘yib nafas olish ishtiyoqida uydan chiqdim. Bir oz etni junjitadigan shabada esardi. Kechasi yomg‘ir yog‘ib o‘tibdi shekilli, asfalt yo‘lka nam.

Muyulishdan o‘tib katta ko‘chaga chiqqanimda ko‘k darvoza oldida turgan bir bolaga ko‘zim tushib qoldi. Oyog‘ida, dadasiniki bo‘lsa kerak: katta kalish. Bir tomonga qiyshayib ko‘zlariga tushib turgan qalpoq ham o‘ziniki emas edi. Yaqinroq bordim. Bola ko‘zlarini ko‘chaga tikkancha, ishtaha bilan qars-qurs qilib allanarsa yerdi. Havasim kelib ketdi.

— Nima yeyapsan, oshna! — dedim yoniga yaqinlashib.

— Uzum, — dedi bola qalpoq ostidan ko‘zlarini menga tikib. Keyin qo‘ynidan bir nima oldi. Bu — yetilib turgan katta bir bosh qora charos edi. — Oling.

U shunday dedi-da, og‘zini katta ochib iljaydi. Sovuqdanmi yo uzumning rangidanmi lablari ko‘m-ko‘k ko‘karib ketgan edi.

— Oling, — dedi bola yana. Lekin o‘zi javobimni kutmasdan bir g‘ujum uzumni og‘ziga tashladi-yu, bir-ikki karsillatib yutib yubordi. Tamshanib qo‘ydim. Yo‘lga tushdim. Ammo, yo‘lning yarmiga yetganimda bolaning qo‘lidagi charosdan, shunaqa yetilgan timqora charosdan biram yegib kelib ketdi! Qani endi bir boshi bo‘lsa-yu, xuddi shu boladek kars-kurs suvini sachratib yesang?!

Bolaligimizda ko‘pincha shunday qilardik. Bizning qishloq bog‘ qishloq edi. Kattabog‘ deb bekorga atashmagan. Qishloqning orqa tomonida, es-es bilaman, katta uzumzor bor edi. Atrofi pastak paxsa devor bilan o‘ralgan bu uzumzorning yuz xil rangdagi uzumlari hammaning havasini keltirar, o‘tgan ham, ketgan ham suq bilan qaramay iloji yo‘q edi. Biz, bolalar uchun esa, uzumzor sirli bir dunyo edi. Hammamizning uyimizda husaynimi, buvakimi yo boshqa xil uzum istalgancha bo‘lsa ham, shu bog‘dagi uzumlardan ko‘zimizni uzolmasdik. Hammanikida uzumdan ko‘p barg bo‘lsa, bu bog‘ning ishkomlarida barg deyarli yo‘q edi. Po‘sti shilingan oppoq tol poyalariga oq, qizil, sariq, qora marjonlar go‘yo g‘uj-g‘uj qilib osib qo‘yilgandek edi.

Bir kuni o‘qishdan qaytayotib, bolalardan besh-oltita sho‘xrog‘imiz bir joyga yig‘ildik-da, o‘g‘irlik qilishga qaror qildik. Ikki kishi soqchilik qiladigan, qolganlarimiz boqqa tushadigan bo‘ldik.

Kitob-daftarlarni kichik bolalardan berib yuborib, poylay boladik. Ko‘chada hech kim qolmadi. Hamma yoq jim-jit. Sekin devorga yaqinlashdik-da, bitta-bitta boqqa tushdik. Uzum! Og‘zimiz ochilib koldi. Bir chekkadan uzib ketaverdik. Bir qo‘l bilan yulib qo‘ynimizga solamiz, bir ko‘l bilan og‘zimizga. Birpasda qo‘ynimiz to‘lib ketdi. Kimdir cho‘ntaklariga, do‘ppisiga ham solib oldi. Endi ketamiz deb turgan edik, uzokdan:

— Ho‘-ho‘-ho‘y! Kim bor? — degan ovoz eshitib qoldik-ku!

Sheriklarim tapira-tupuriga olib qochib qolishdi. Men bo‘lsam uzumni ko‘p yeb qo‘yganimdanmi, yo qattiq qo‘rqib ketganimdanmi, qimirlolmay qoldim. Nima qilishimni bilmay ko‘zimni chirt yumdim-da, joyimda turaverdim. Qancha turdim, bilmayman. Ko‘zimni ochsam, ro‘paramda qizil etik, oq yaktak kiyib, ustidan ko‘k qiyiqni bog‘lab olgan baland bo‘yli bir chol jilmayib turibdi. Qaltirab ketdim.

— Qo‘rqma, qo‘rqma, bolam, — dedi u mayin tovush bilan. — Uzum kerak ekan, aytmaysanmi, o‘zim uzib berardim.

Bunday muomalani men sira kutmagandim, yig‘lab yubordim. Ko‘zimdan oqqan yoshni artish uchun qo‘limni ko‘targan edim, ko‘ylagim ishtonbog‘imdan chiqib ketib, qo‘ynimdagi uzum yer bilan bitta bo‘ldi. Ammo, chol e’tibor bermadi. Ko‘rgan bo‘lsa ham o‘zini ko‘rmaganlikka solib meni yupata boshladi.

— Yig‘lama, nega yig‘laysan, tentak, — dedi u boshimni silab. — Bir bosh olibsanlar, ikki bosh olibsanlar, nima bo‘pti? Kamayib qoladimi? Qara, bu uzumlarni! Qancha axir. Hammaga yetadi. Qani, bu yoqqa yur!

Chol qo‘limdan ushlab yetaklab ketdi. Bog‘ning o‘rtasidagi ishkomga kirdim. Ishkom to‘la yong‘oqdan-yong‘oqdek keladigan qora charos edi.

— Tuzukmi? — dedi chol menga qarab va kulib qo‘ydi. Ko‘kragiga tushib turgan qalin oppoq soqoli silkinib ketdi. — Tuzuk bo‘lsa, shundan uzib beraman.

U qiyig‘iga osib qo‘ygan pichog‘ini qinidan sug‘urib uzum uza boshladi. Birpasda yaktagining ikkala bari to‘lib ketdi.

— Mana, bolam, ol. O’rtoqlaringga ham olib bor.

Men apil-tapil uzumni qo‘ynimga solib, ko‘chaga yugurdim. Rahmat aytish ham esimdan chiqibdi. Eshik tagiga yetganimda orqamga bir qarab qo‘ydim. Chol menga tikilganicha jilmayib turardi.

Shu-shu, deyarli har kuni boqqa charos yegani kirib turadigan bo‘lib qoldim. Ammo bu uzoqqa bormadi. Shaharga ko‘chib ketdik.

Mana, shundanberi qancha yil o‘tib ketdi. Hozir qishloq qalay ekan? O’sha mashhur uzumzor-chi? Bormikan hali ham? Bog‘bon chol-chi? Bu xayollar menga tinchlik bermay qoldi.

Oradan ikki-uch kun o‘tmay, Kattaboqqa qarab yo‘l oldim. Eski qishloq o‘z o‘rnida edi. Ammo o‘zgarib ketibdi. Chiroyli uylar, yangi ko‘chalar tushibdi. Anhor yoqalab, qishloqning orqa tomoniga o‘tdimu sevinib ketdim. Uzumzor, o‘sha qadim uzumzor, avvalgiday yashnab turardi. Devor ham o‘sha devor, faqat tekis qilib suvab qo‘yilibdi. Tagida uch-to‘rtta bola yong‘oq o‘ynab o‘tiribdi. Boqqa qaradim. Yuz xil rangdagi uzumlar oppoq tol poyalariga atayin terib qo‘yilgandek g‘uj-g‘uj edi.

— Oshna, — dedim, bolalardan bittasini chaqirib. — Menga qara, bu uzumchi ota shu yerdamikanlar hozir, bilmaysanmi?

Bola g‘alati nazar bilan qaradi-da, do‘q aralash so‘radi:

— Siz kimlari bo‘lasiz?

— Hech kimlari. O’zim shunday ko‘ray deb keldim.

— Uzumchi buvam yo‘qlar. Bultur o‘lganlar. Seskanib ketdim. Butun vujudimni titroq bosdi. Menga hayron bo‘lib tikilib qolgan bolalarga e’tibor bermay, sekin orqamga qayta boshladim. Lekin yurolmadim, to‘xtab koldim. Qancha turdim, bilmayman, bir mahal orqamdan:

— Qani, hoy bolalar! Bolalar-ov! — degan ovoz eshitildi.

Shartta uzumzor tomonga o‘girildim. Devorning orqasida oppoq yaktagining etagiga to‘latib uzum solib olgan bir yigit jilmayib turardi. Men to o‘zimni o‘nglab olgunimcha bolalar etakni bo‘shatishdi, yigit uzumzor ichida g‘oyib bo‘ldi.

— Kim bu? — so‘radim haligi boladan boqqa ishora qilib.

— Uzumchi buvamning o‘g‘illari.

Yuragim o‘ynab ketdi. Bog‘ tomonga yugurdim. Devorga yetganimda chaqirmoqchi bo‘lib og‘iz juftladimu, lekin darrov aynadim. Oyog‘iga qizil etik, yaktak ustidan ko‘k qiyiq bog‘lab olgan baland bo‘y yigit ishkomlar orasidan bitta-bitta qadam tashlab borardi. Unga tikilar ekanman, yoshli-gimning shirin xotirasi — uzumchi boboni ko‘rgandek bo‘lib ketdim.

1962































22

Uchqun Nazarov - Qish Nafasi



Safar aka dori olib aptekadan chiqqanida, qosh qoraya boshlagan, chala oy bir quloch ko‘tarilgan, siyrak bulutlar orasidan yulduz mo‘ralar, narsalar, odamlar sharpaga o‘xshar, simyog‘och chinnisi yiltirar, kech kuz bo‘lishiga qaramay, havo iliq edi.

Safar aka, filtrsiz sigaret tutashtirib necha dona qolganini ko‘zdan kechirdi, tugmasini qadadi, zinadan tushdi. Qishlog‘i besh chaqirim narida edi, yayov ketdi — o‘tkinchi mashinaga qo‘l ko‘tarsa, to‘lashga puli qolmagan edi. Uch kun avval yog‘ib o‘tgan yomg‘ir tuproqni shibbalagan, yo‘ldagi xalqoblarda oy jimirlar, uzokda it hurar, yo‘l oxirida mashina chirog‘i sarobga o‘xshar edi.

Safar akaning xotini Nasibaoy, ikki hafta burun ariq bo‘yida kalish yuvaturib, boshi aylandi, o‘tirib qoldi. Kelini Oyxon, bolasini qo‘yib, qaynonasi pinjiga kirdi, ayvonga yetakladi. Nasibaoyning oyog‘i chalishar, arang bosar, og‘ir edi. Oyxon qaynonasini dahlizdagi so‘riga yotqizdi, qanaqadir dori berdi. Qishloq hamshirasi ukol qilib, dori yozib ketdi. Safar aka xotinining betobligiga o‘tkinchi deb qaradi, doriga bormadi, qatiq ichirdi. Katta o‘g‘li To‘qash ish qidirib, Samaraga ketgan, kichik o‘g‘li Pozil harbiy xizmatda edi. To‘qash yarim yildan beri bedarak, xat yozmas, kelini tumtayar, qaynona-qaynotasi bilan qovusha olmas, boshi katta, eti ushoq bolasidan bo‘shamas, injiq bola xarxasha qilar, hech kimga bormas edi. Oyxon qaynonasiga uncha qaray olmaganidan xijolat tortdi chog‘i, bolasini do‘xtirga ko‘rsatish bahonasi bilan ikki kishloq narida turadigan onasinikiga ketdi. Hamon undan darak yo‘q. Safar aka yo‘l-yo‘lakay qudasinikiga kirib o‘tmoqchi, kelinini oldiga solib ketmoqchi bo‘ldi, biroq oyog‘i tortmadi -qorong‘i tushgan, bu paytda kirib borish bemavrid ko‘rindi. O’zi qaytar, deb o‘yladi Safar aka, dorini tezroq olib borishi zarurroq edi. U hovliga kirib borganida, bitta ham chiroq yoqilmagan, uyi huvillagan, qop-qorong‘i edi. Safar aka ayvon chirog‘ini yokdi. Xotini, ko‘rpaga o‘ranib, miq etmay yotar, erining sharpasiga ham e’tibor bermadi.

— Nasiba, — dedi Safar aka, bemor xotini ustida to‘xtab. Xotini arang tovush berdi. — Dori olib keldim. Ichib ol, ko‘zing moshdek ochiladi.

Nasiba qimir etmay ingradi.

Safar aka bir dona dorini xotinining og‘ziga tiqdi:

— Shim, — dedi.

Xotinining chap tomoni shol edi, indamadi.

Kechagi go‘ja sovuq edi, isitish uchun Safar aka kosani olib, hovliga tushdi, o‘choqxona tomon yurdi. Oy ancha ko‘tarilgan, bulut qochganida Safar akaning soyasi aniqlashar, qadamiga ilashar edi.

O’choqxonaning usti qamish, atrofi ochiq edi, g‘o‘zapoya arang o‘t oldi, Safar aka qozon qopqog‘ini olib, go‘jani to‘kdi; nam g‘o‘zapoyaning olovi past, tutuni achchiq edi, ovqat isigunicha, yarim soatcha vaqt o‘tdi; Safar aka go‘shtsiz go‘jani kosaga suzib, qozonga suv quydi, qopqog‘ini yopib qo‘ydi.

Nasibaoy bir-ikki qoshiq go‘ja ichdi, tamshandi, boshini burdi. Safar aka xotinining boshini yostiqqa qo‘ydi. Uning chiroyli ko‘zlari hozir behol, xira, o‘zi darddan majolsiz edi. Dori ta’sir qilar, deb o‘yladi Safar aka va yechinib, chiroqni o‘chirdi, nariroqdagi o‘ringa kirdi, sigaret tutatdi.

Nasibaoy dalada chopiq-yagana qilar, shomda uyiga qaytar, keliboq o‘choqqa unnar, ovqatidan dixlofos hidi kelar, ketmoni oydinda yarqirar, o‘zi, hamiri ko‘tarilgunicha, bolalari kiyimini yuvib, dorga osar, tandirga olov yoqar, zuvala qilar, non yopar, apil-tapil yuvinib kelganida, eri uyquga ketgan bo‘lar, sahar payti Safar xotiniga yopishar, ish bitgach, Nasibaoy tashqariga oshiqar, shosha-pisha nonushta hozirlar, bitta non solingan to‘rvasini ketmonga ilib, dalaga ravona bo‘lar, bolalarni eri uyg‘otar, maktabga jo‘natar, keyin tabelchilik qilish uchun xirmonga yo‘l olar edi.

Shu alfoz yigirma besh yildan ortiq vaqt o‘tdi. To‘ng‘ich o‘g‘li To‘qash o‘rta maktabni tutatib, mexanizatorlikka o‘qidi, Oyxonga uylandi, farzand ko‘rdi. Safar bilan Nasibaoy nevarali bo‘lishdi; faqat nevarasi nimjon edi, raxit, deyishdi. Kenjasi Pozil bir yil avval, maktabni bitiriboq, harbiy xizmatga ketdi — dadasi bilan xayrlashmadi ham — Safar aka Nasibaoyni urib, ko‘zini momataloq qilgan edi.

— O’g‘ling qaramadi ham, — dedi Safar aka, o‘g‘lidan yozg‘irib.

— Onasini urdingiz, qaraydimi? — dedi o‘shanda Nasibaoy, tumtayib va momatalog‘ini siladi. — Haliyam shishi qaytmaydi. Kelinlik paytimda ham urgansiz — qizitilmagan yog‘da osh qilipsan, deb. Sal narsaga urar edingiz.

— Ha, endi o‘zbekchilikda urib turish kerak-da, odat, — degan o‘shanda Safar aka. — Urmasang, odam sanashmaydi. Hamma uradi.

— Odatingiz qurib ketsin, — degan Nasibaoy, zarda qilib. Nuqul boshimga, yuzimga urasiz, ko‘chaga chiqa olmay qolaman. Ichsangiz — tamom, janjal chiqarasiz. Bolalar bezillashadi. Ketsam, ota-onamdan andisha kilmay, yalinib borasiz. Ular tanbeh berish o‘rniga meni oldingizga solib, haydashadi. Yuzimni tang‘ib, ketmon chopaman.

— Boshqalar-chi? Urishmaydimi? Asad polvon xotinini urib, to‘rtta tishini sindiripti — yuripti Mohiraoy, tilla tish qo‘yib!

— Uring siz ham! Tilla tishga qurbingiz yetsa! Mol sotib, to‘y qildingiz. Bir oylik kelin oldida urdingiz, qo‘lingiz sinsin...

«Qanday paytlar edi», deya, o‘sha zamonlarni qumsab, o‘yladi hozir Safar aka, va sigaretini tortdi. Qorong‘ida sigaret cho‘g‘i yallig‘landi, burni yiltiradi.

— Urgan bo‘lsam — yaxshi ko‘rganimdan, — dedi Safar aka, birinchi marta shu iborani tilga olib. — Qizg‘anardim-da. Sharip, xotining chiroyli, deganida, seni urganman, qizg‘anib. Haqiqatda, chiroyli eding. Aslida, tayloqligi uchun Sharipning tumshug‘iga tushirishim kerak edi, o‘zimni tutdim, seni o‘ynashga chiqarishlari mumkin edi... Paxtazorda seni bo‘lg‘alaganim esingda bormi? Yetilgan payting edi, qochgansan. Xirmondagi juvonlar kulishgan, o‘shandan keyin uyingdagilar rozi bo‘lishgan. Sevmasam, urarmidim?

Nasibaoy miq etmay yotar, aftidan, xotini ham o‘sha totli damlarni xotirasidan o‘tkazayapti, deb o‘yladi Safar aka.

— To‘qashni tuqqaningda, qanaqa shodlik bo‘lgan edi, esla. Kancha nom qidirganmiz. Dadang, «To‘qash» qo‘yinglar», degan, unaganmiz. «To‘qash» nima ma’noni bildiradi?

Xotini javob bermadi. Safar aka dori kor qilgan bo‘lsa, uxlayapti, deb o‘yladi, ko‘rpaga o‘ranib, jun tiqilgan bolishga lunjini bosdi, xo‘rsindi, ko‘zi ilina boshladi.

Safar aka uyg‘onganida, tong g‘ira-shira, qushlar chug‘urlar, ko‘chadan o‘tayotgan poda mollar ma’rashi eshigilar edi. Safar aka, kerishib, o‘rnidan turdi, yuvinib, yelkasiga yupun chopon tashladi, yovg‘on xo‘rda qilishga kirishdi. Xo‘rda suzilgan kosaga yog‘och qoshiq solib, xotini oldiga kirdi, Nasibaoyni uyg‘otdi. Xotini qimir etmadi. Safar aka Nasibaoyning peshonasiga kaftini bosdi — peshonasi sovuq edi. Safar aka xotinini asta silkitdi — sado chiqmadi. Iyagini tang‘ib, yoniga o‘tirdi — halqumi bo‘g‘ildi. Baralla yig‘lashdan uyaldi, chopon etagi bilan yuzini to‘sdi, yelkasi qaltiradi.

Nasibaoyni peshinga chiqarishdi.

Oqshomda. Safar aka marhumaning boshiga bordi — go‘ri nam edi. Qarg‘a qag‘illar, o‘ti sarg‘aygan mozor bo‘sh edi.

Safar aka yarim soatcha cho‘nqayib o‘tirdi — endi u tanho edi.

Ikkala farzandi onasi dafnida bo‘lishmadi. Buyurmadi. Pozil kelganida, shinelini tashlab, qabristonga chopdi. Qaytib kelganida, ko‘zlari qizargan edi. Dadasiga ro‘yxush bermadi. Onasining ajalini dadasidan ko‘rdi, chog‘i. O’zini bu uyda begona sezdi, uch kundan keyin, qismiga jo‘nadi.

Kelini Oyxon raxit bolasi bilan kasalxonada, ma’rakaga qatnasha olmadi. Kasalxonadan chiqsa, bu yagona erkak qolgan uyga keladimi, yo‘kmi - gumon edi. Eri bo‘lmagach, huvillagan hovlida nima qiladi?

Safar aka darvoza yonidagi xodada kun bo‘yi o‘tirar, endi ta’ziyaga hech kim kelmas, Safar aka uyiga kirishga botinmas, xotinining sharpasidan cho‘chir, choponiga o‘ranar, mudrar edi.















23

Erkin Samandar - G’ayb Qushlari



Shayxning karomatlari Jo‘ji qulog‘iga chalingan, hali Urganjga yurish boshlamasidan oldinoq uning sehrlaridan xabar topgan edi. Daryoni ters oqizarmish, devlarni jilovlay olarmish, o‘zganing qo‘lidagi yopig‘ kitobni betma-bet o‘qirmish qabilidagi gaplarni avom tarqatgan deb birda ishonsa, birda ishonmas, ammo buyuk Hoqonning man-man degan shamanlari shayxning ilmiga tan berishlarini ko‘rib dilidagi gumon o‘rnini ishonch egallay boshlagan edi.

Urganj qamali boshlanib, uning darvozalariga yaqin yo‘lash mushkulligini va qap’a devori ustida har gal shayx paydo bo‘lganida cherik beixtiyor orqaga serpilishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgach, bu ishonch diliga tag‘inda maxqamroq o‘rnashdi.

Qamal roppa-rosa yetti oy davom etdi. Chigirtkadek besanoq, qo‘shin yordamga kelgachgina qal’a darvozasi yemirilib, jang shahar ichkarisiga — mahalla-maydonlarga ko‘chdi. Har bitta mahallaning olinishi bitta qat’ani egallashdan ham mushkulroq kechganini ko‘rganida Jo‘ji tag‘in shayxning karomati haqida o‘yga toldi. Karomat deganda u inson botinidagi haybatning zoxiriga ko‘chib, odamlarni mutaasir etishini tushunar, xorazmliklarning yengilmasligini esa ana shu haybat ularning joy-joniga singdirilganida deb bilardi. Go‘yo har bir urganjlikning yuragiga shayx haybati jo bo‘lganday, shu haybat uni arslonga aylantirganday edi. Qani endi Jo‘jining qo‘lida ham shunday bir shayx bo‘lsayu, u har bir mo‘g‘ulning qalbiga arslon haybati va jur’atini joylab bersa...

Urganj deyarlik taslim etilib, qo‘shin Najmiddin Kubro xonaqosiga yaqinlashib borayotgan hozirgi asnoda bu orzu Jo‘ji qalbini tag‘in egallab oldi. Vaqt borida shayxga odam yuborib, agar u rozi bo‘lsa, boshini omon saqlab qolishni niyat etdi.

Ammo Jo‘jining niyati uning ukasi Chig‘atoyga yoqmadi.

— Shayx bizga aslo el bo‘lmas, — dedi u tundlik bilan. — Oning boshin kesmoq lozim.

— Boshdan boshning farqi bordur, — dedi Jo‘ji qizishib, — shayxning boshi ertan bizga asqatar.

Chig‘atoy bari bir o‘z aytganida turib oldi.

Bundan bir oycha muqaddam ham aka-ukaning orasida gap qochgan, Jo‘ji qancha avramasin, Chig‘atoy so‘zidan qaytmagan edi. Unda bahsga Chig‘atoyning jahdi, to‘g‘onni buzib, Urganjni suvga bostirish vasvasasi sabab bo‘lgan edi.

— Faqat shul yo‘l bilangina bu qaysar qal’ani taslim aylamoq va jazolamoq mumkin. — Chig‘atoyning oxirgi uzil-kesil so‘zi shu bo‘ldi.

— Yo‘q, dedi Jo‘ji. — Urganjni aslo suvga bostirmagayman, menga xaroba emas, balki boy va suluv qal’a darkor.

Jo‘jining bunday deyishi besabab emas edi, yurish oldidan Chingizxon unga Urganjni taslim et, u seniki bo‘lur, degan edi. Jo‘ji o‘sha kundan boshlab dovrug‘i yetti iqlimga ketgan davlatli va savlatli qal’aga egalik qilishni orzu etardi, axir. Chig‘atoy bo‘lsa...

Aka-uka o‘rtasidagi baxsni oxir-oqibat Chingiz o‘zi hal qildi.

— Urganjni Jo‘ji ham emas, Chig‘atoy ham emas, balki kenja o‘g‘lim taslim etur, — dedi u va shohzoda O’qtoyni xos qo‘shin bilan Urganj ustiga yo‘lladi.

Natija Jo‘ji o‘ylaganidek bo‘lib chiqdi, qal’ani ostin-ustun qilmay qo‘lga kiritishmoqda, buni otasining aqli va O’qtoyning uddaburronlgidan deb bilardi u.

Hozirgi bahsni ham O’qtoy to‘g‘ri yechadi degan umidda uning ko‘zlariga boqdi Jo‘ji.

O’qtoy amr etdi.

— Shayxga odam yuboring, ul zot oyoq ostida qolib ketmasun, qayga istar, onga ketsun.

Jo‘jining yuzi yorishdi. Zimdan Chig‘atoyga ko‘z tashladi. Uning yalpoq burni tag‘inda ichga botganday edi. Bu paytda hazrati shayx Najmiddin Kubro ochiq ayvonda yolg‘iz o‘ltirgancha og‘ir o‘yga tolmish edi. Savash ketayotgan guzar va maydonlardan qasir-qusur tovushlar, otlarning bezovta kishnashlari, na’ra va figon, adam va armonga, vahshat va nafratga to‘la nolalar eshitilib turardi. Bu qonli nidolar shayxning dil yaralarini tirnash barobarida so‘nggi mudhish voqealarni eslatib, xayolini uzoqlarga olib ketar edi. Shu asno shayx uzoq o‘ltirdi. Mahzun xayollar qa’rida daf’atan boshdan-oyoq oq-oppoq kiyingan, oq soqoli ko‘ksini qoplagan nuroniy siymo tag‘in yuz ko‘rsatdi. Xuddi bundan olti oycha muqaddam bo‘lganidek hozir ham uning muloqot istayotgani mungli yuz-ko‘zlaridan ochiq-ravshan ko‘rinib turardi.

O’shanda, birinchi mulokot paytida u (Xo‘jai Xizr) saltanat tanazzuliga ishorat aylagan, bunga sabab tarzida mamlakatda sodir etilgan sahv-gunohlarni, buzuqliklarni shayxning ko‘zlariga bir-bir ko‘rsatib bergan edi. Ahli musulmonning bir-birini qirishlari, saroydagi fisqu fasod, urug‘-aymoqlar o‘rtasidagi qon to‘kishlar, Chingizxonning hiyla-nayranglaridan esi og‘ayozgan Xorazmshohning ketma-ket sahv-xatolari oqibatida toju taxtda ro‘y bergan parokandalik xuddi ko‘zgudagidek aniq-tiniq ko‘ringan, saltanatdan omad ketganiga ishorat etilgan edi-da.

Mo‘g‘ullar qal’aga bostirib kirgan, yoshu keksani bir yoqdan qoniga belayotgan hozirgi asnoda Xo‘jai Xizr tag‘in paydo bo‘lib, shayxga dedikim, muridlaringga shahardan chiqib ketmoqlikka izn bergan eding, ammoki, ketganlardan qolganlar ko‘p bo‘ldi, endi olar shahidlik liboslarin kiygaylar.

Ko‘p iztirob bulutlari orasida kyoza-keza muroqaba holatidan chiqib olgan shayxi kabir beixtiyor osmonga ko‘z tashladi. Shundoq ediki, muroqabadan so‘ng shayxning ilk nazariga tushganlar tengsiz kuch-qudrat kasb etmay qolmas, ilojsizga iloj, ishonchsizga ishonch enmog‘iga shubha bo‘lmasdi. Bu gal shayxning nazari sa’vaga tushdi.

Sa’vani bir qarchig‘ay shiddat bilan quvib borar, ora daqiqa sayin qisqarib, qochayotganning madori quriyotgani va quvayotganning jahdiga jahd ko‘shilayotgani shayxga ayon bo‘lib turar edi. Shayx holdan toygan sa’vaga nazar solganlari asno manzara o‘zgardi, avvalinda ikkita qush o‘rtasidagi oratiq ochilib, sa’va o‘z raqibidan uzoqlasha boshladi, so‘ngra shaxd bilan orqasiga o‘girildi-da, daf’atan qarchig‘ay ustiga bostirib kelaverdi. Uning zabtiga dosh berolmagan qarchig‘ay orqasiga qayrilib qochaboshladi. Sa’va uni bir zumda quvib yetdi-da, zarb bilan qanotiga chang soldi. Ko‘p o‘tmay qarchig‘ayning qanotlari qayrildi. Sa’va uning kekirdagiga og‘iz solib, bo‘ynidan omburday qisgancha pastga o‘qday otildi va ko‘z ochib-yumguncha ayvon tepasiga kelib jonidan judo bo‘lgan qarchig‘ayni shayxning oyoqlari ostiga tashladi. Erkin-erkin silkinib oldi-da, yana yuqorilab ketaboshladi.

Ayyun oldidagi hovuz bo‘yida bu xolatni shayxning bir kism muridlari kuzatib o‘ltirgan edi, yaxshilikka yo‘yib, murshidga ta’zim bajo etgani ayvonga kirishmoqchi bo‘lib turganlarida mo‘g‘ul elchisi kelayotganidan xabar topishdi. Shayxni bundan ogoh etdilar. Sal fursatdan so‘ng shayx va elchi bir-biriga ro‘baro‘ bo‘lishdi.

Najmiddin Kubro o‘z holati va kiyimlarini o‘zgartirishga ulgurgan, go‘yo dorilomon zamonu shayx hozir jome’ masjidiga borib va’z aytadiganday vazmin va purviqor qiyofada o‘ltirar, orikdan kelgan, qotma, echkisoqol elchi esa bundan taajjubga tushganini bilintirmaslikka urinsa-da, ijirg‘anganini yashirolmay tajang holda shayxdan uch qadamcha narida tik turar, orqasida o‘z qorovullari taroq tishlaridek bir tekis tizilishgan edi. Sassiq ter hidi shayxning dimog‘iga urilar ekan, ko‘ngli ayniy boshlaganini yashirib, xo‘sh, nima demoqchisan, deganday unga ko‘z qirini tashladi.

— Buyuk shahzoda istayurki, shayx oyoq ostida qolmasun, — gap boshladi bo‘g‘iq ovozda elchi, — dedikim, shayx aytsun, neki ixtiyor aylar, bajo etilur.

Taajjub, yog‘iy qal’a ahlini molday so‘ysayu uning shayxiga «marhamat» ko‘rsatishga jur’at aylasa, xalq boshqayu shayx boshqa, deb o‘ylarmi, bu nokaslar?!

Shayxning yuzida istehzo paydo bo‘ldi. Lekin savolga yarasha javobi deganday bosiqpik bilan elchiga yuzlandi.

— Men bir o‘zum emasman, sheriklarim bordur.

«Marhamat»ni shayx bajonidil qabul qiladi, deb o‘ylagan shekilli, elchi o‘ylanib qoldi va boshi qotib xo‘jayinlari oldiga jo‘nadi.

Muridlar ustozga savol nazari bilan boqdilar. Ularning ko‘nglidan nimalar kechayotganini hazrat ko‘rib-anglab turardi. Muridlarning kunglida savol hozirgina aytilgan «sheriklarim bordur», degan so‘zdan tug‘ilganini, buni turlicha anglash, elchining taklifiga qo‘yilgan shart deb ham, ayni paytda raddiya deb ham tushunish mumkin edi.

Ularni arosatga solguvchi boshqa bir jihat yo‘q emasdi. Bundan bir oycha muqaddam, Urganjni ortiq himoyalashning mushkulligi ayon bo‘lib qolgach, shayx turli qal’a va kentlardan kelib o‘z huzurida muqim makon tutgan muridlariga shaharni tark etishga izn bergan, ular esa uchqur otni hozirlab, ustozni olib ketish tadorigini ko‘rishgan, piri murshid bu taklifni qat’iyan rad aylagan edi. Ustozning bir so‘zliligini bilsalar-da elchiga berilgan javobdan muridlar biroz taajjubga tushgan edilar. Ularning ko‘nglini aniq ko‘rib turgan shayx na bir so‘z der, na botinidagini zohiriga chiqarar edi.

Sukut to elchi ikkinchi bor kelgunigacha davom etdi. Muridlar uning qaytib kelishi haqida o‘ylab ko‘rmaganlari yuz-ko‘zlaridaga taajjubdan sezilib turardi. Murshidi a’zam bo‘lsa elchining takror kelishi, nima deyishini oldindan bilgani sabab so‘zla, deganday unga sinchkov nazar tashladi. Elchi dedi:

— Shahzoda ma’lum etadurlarkim, yuz kishingizni olib istagan tomonga ravona bo‘lgaysiz.

Shayx yuzida tag‘in faqat muridlargagina ayon bo‘lgan istehzo ko‘rindi. Ular bildilarki, hazrat taklifni rad aylagay. Ammo ular o‘ylaganday bo‘lib chiqmadi. Murshid yana elchini gangitib qo‘ydi.

— Yuz kishi dersiz. Odamlarim ondin ko‘pdur.

Elchi tag‘in orqasiga qaytib ketishga majbur bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay qaytib keldi-da:

— Xo‘p, ming kishini yoningizga oling, — dedi go‘yo katta iltifot ko‘rsatganday kerilib.

Ersa shayx dedi:

— Yo‘q, men yurtimni, xalqimni tashlab hech qayon ketmasmen. Yaxshi-yomon kunida birga bo‘lgan xalqim ila bir tomchi qonim qolgunicha birga bo‘lurmen! Shu vatanda tug‘ilibmiz, shu vatanda o‘lurmiz!

Bu gapdan, tabiiyki, elchi g‘azabga mindi va xonaqohdan o‘qday otilib chiqib ketdi.

Muridlar hazratning niyatini endi aniq bildilar va bir kuni asqatar deb tog‘dan keltirib qo‘yilgan toshlarni, yarog‘larni qo‘lga olaberdilar.

Hazrat bu paytda yetmish besh yoshda edi, lekin g‘o‘ch yigitlarday o‘rnidan dast turib, kamarni belga mahkam bog‘ladi.

— Azizlarim, — dedi muridlariga, qarindosh-urug‘lari, yori-birodarlariga qat’iyat bilan, — ayonki, yog‘iy so‘zun qabul aylab, vatandin chiqib ketar bo‘lsak, jonimiz omon qolgay va begona ellarda bo‘lsa-da o‘zumizga yarasha martaba topgay erdik. Ammo vatansiz martaba martaba, yurtsiz hayotdin hayot bo‘lgaymi?! Magaram o‘z elimizda qolur esak, yog‘iyga xizmat yelkamizga tushmay qolmagay. Bizim yelkamiz tog‘ni ko‘tarur, ammo bu isnodni ko‘tara bilmas. O’z yurtingda o‘zgaga tobe bo‘lub yashagandin o‘lgan yaxshidur!

Muridlaru xeshu aqrabolar javob berdilar:

— Ul hayotdin o‘lim afzaldur, hivz-ul vatan, min al-iymon! Vatanni muhofaza aylamoqlik iymon belgisidur, degan yuqoridagi ahdu paymon hazrat o‘zi asos solgan Kubraviya tariqatining asl mag‘zi edi, barchasi unga sodiq qoldi, ko‘plar savash maydonida shahid ketdilar, qolganlar, mana, o‘limni bo‘yinlariga olib, jangga kirmoqlikka izn kutib turmoqdalar.

Ularning shiddatlarini ko‘rib shayxning ko‘nglidan bir fikr kechdi. Qani Xorazmshohda, oning atrofidagilarda ham shunday iymon, e’tiqod bo‘lsaydi, a’yonlar bir-birlarining tagiga suv quyish o‘rniga yog‘iy ildizlarin quritmoqlikka jahd aylasalar, Jaloliddin Manguberdiga imdod qilsalar erdi, vatan bundoq kunfa-yakun, xalq bundoq xoru zabo‘n bo‘lmas, bil’aks, yog‘iyga sichqonning ini ming tanga bo‘lg‘ay erdi!

Jaloliddinni o‘ylar ekan, shayxning ko‘ngliga ishonch to‘lkini indi: Inshoolloh, Jaloliddin Manguberdi yog‘iyning dodini bergay, jasur avlodlar vatanni dag‘i ozod va obod aylagaylar!

Shu o‘y bilan hazrat o‘z diliga tugib qo‘ygan niyatini amalga oshirishga kirishdi. Ichkari kirib sarosimada o‘ltirgan ayollar holidan xabar oldi, mo‘ltirab turgan bolalarning boshlarini siladi. Vodarig‘, hademay bu farishtalarning-da boshlarida yang‘oq chaqurlar, qay birlarini qatl aylab, qay birlarining qo‘l-oyoqlariga qullik zanjirlarini bog‘lamoq bo‘lurlar. Ammo yog‘iy anglamaski, olarning qariyalaridin tortib norasidasigacha bosh egib yashamoqlikdin tik turib o‘lmoqlikni afzal bilurlar!

Valitarosh o‘z diydasida halqalangan yoshni jigarporalaridan yashirdi, ayollarning kurblari bunga yetmadi, ular ko‘zlaridan duv-duv yosh to‘kib, hazrat etagini so‘nggi bor peshonalariga surtdilar. Ko‘rdilarki, uning qo‘yinlari va hamyonlarida ham toshlar bo‘rtib turadur.

...Shayxning uzil-kesil javobidan keyin O’qtoy va Chig‘atoylar shayx endi o‘zidan ko‘rsin deb otga minaverishdi. Jo‘ji ham noiloj uzangiga oyoq qo‘ydi.

Shayx xonaqohga qamalib oldi, qopularni buzamiz, deb o‘ylashgan edi. Biroq o‘zlari tomon qilich yalang‘ochlab kelayotgan bir qism otliqlarni ko‘rib, bu shayx va uning odamlari ekanligini sezishdi.

Ora tobora qisqarib, qirq-ellik chog‘li otliq yuzlagan qo‘shin domiga tushayotgan asnoda yana bir mo‘‘jiza Jo‘ji qalbini larzaga soldi. Osmoni falakda lak-lak qushlar paydo bo‘lib, maydon uzra uvvos solgancha tinmay charx uraboshladi. Mo‘g‘ullar shuncha jang qilib bunday holga duch kelishmagani sabab hayratlanib ko‘kka o‘q uzaboshladilar. Lekin o‘qlar qushlarga yetib bormas, ora-chira borganlari ham nishonga tegmas edi.

Ikki tomon bir-biriga yaqinlashib qoldi. Qilichbozlikka chog‘langan mo‘g‘ullar daf’atan tosh bo‘roniga duch keldilar. Toshning bunday zarb bilan otilishini umrida ko‘rmagan mo‘g‘ullar sarosimaga tushib birin-ketin otdan qulay boshladi.

Chiyillagan qushlar qo‘shin ustiga tobora yaqinlashib kelar, to‘p-to‘p otliqlarga chang solmoqchi bo‘lar, qanotlaridan chiqqan tovushlar o‘q va kilich saslariga, otlarning hayqirig‘iga qo‘shilib, dahshatli sadoga aylanar edi.

Jo‘jining ko‘zi o‘ng qanotda shiddat bilan qilich sermayotgan yoshi ulug‘ suvoriyga tushib qoldi, viqoridan bildiki, shayx o‘sha. O’sha! U go‘yoki zabardast yigitga mengzab na’ra tortar, o‘ng qo‘lida qilich o‘ynasa, so‘l qo‘li bilan qo‘ynidan tosh olib tinmay raqibiga otar, qilichi mo‘ljalga, toshi nishonga tegmay qolmas edi. Jo‘jining ko‘nglida birdan bu shayx jodu bilan qo‘shinning ko‘zini bog‘lab qo‘ygan degan xayol keldi. Keldiyu hayrati nafratga, qiziqishi g‘azabga aylandi. Xos cherigini uning ustiga tashladi.

Kamon o‘qining zahmi va qilich zarbidan oxiri shayx quladi, qulayotib mo‘g‘ul tug‘chisi qo‘lidagi bayroqqa chang soldi, uning bir parchasini yirtib — uzib oldi.

So‘nggi nafasda ko‘kka nazar tashlagan shayxi kabir o‘z boshi uzra charx urayotgan sonsiz-sanoqsiz qushlarni ko‘rdi, ularning orasida hali o‘z nazari tushgan qushni, qarchig‘ayni qiyratgan sa’vani ilg‘ab oldi, go‘yo o‘sha bitta sa’va yuztaga, mingtaga aylangan, ularga lochinlaru burgutlar qo‘shilib, dunyodagi jami qushlarga sado berayotganday, bari qanot sohiblarini o‘z saflariga chorlayotganday edi. Shayxning ko‘zlarida so‘nggi bor umid uchqunlari yiltiradi.

Mo‘g‘ul shahzodalar Najmiddin Kubro jasadi ustida paydo bo‘ldilar. Uning panjasidagi tug‘ parchasini olishga buyruq berdilar. Jallodlar qancha urinmasinlar, uni olabilmadilar. Shayx barmoqlarini kesgachgina uzuq-yuluq nimtalarni yig‘ishtirib ololdilar. Bu endi bayroq emas edi...

Qushlar yuqorilab ketaboshladi. Gala-gala, aylanib-aylanib uchaboshladi. So‘ngra galalar birlashib, ko‘k yuzini qoplab oldi. Kutilmaganda yomg‘ir quya boshladi. Bu haqiqatan ham yomg‘irmi yoki ko‘qda charx urayotgan kushlarning ko‘z yoshlarimi yoxud oq qushlar timsolida manguberdilar ko‘ksidan otilgan qasos yog‘inlarimi, mo‘g‘ullar farqiga bormadi.











































24

Shukur Xolmirzaev - Cho‘loq Turna



Cho‘loq turna tuxumdan kech chikdi. Chiqqanidan keyin ham o‘ng oyog‘ini ololmay ancha yotdi, tipirchiladi, tukdan iborat qanotchalarini qoqdi. O’zini paydo qilgan tuxum po‘chog‘iga tizzasidan pasti yopishib qolgan edi. Nihoyat, undan xalos bo‘ldi-yu, o‘ng tomonga mayishib, atrofiga mayda shag‘al toshlar terib qo‘yilgan, qumga qattiqroq bosilgan tuya izidek uyasida bir-ikki aylandi. So‘ng ma’yus, ojiz ovoz chiqarib, boshini zo‘rg‘a ko‘tarib, anchagacha qaltirab turdi.

U nafas olar — yangi olam havosidan nafas olar, badaniga yangi olamning — iliq bahor quyoshining nurlari singar, shuning uchun qaltirar, hali bu hayotga ko‘nikmagan edi.

Bir payt yon tomondagi qalin shuvoqlar ortidan qattiq va dahshatli «qaq-qaq» etgan tovush eshitildi. Turnacha qattiq qimirlab, yana shikastlangan oyog‘i yoqqa yiqildi. Yana ancha tipirchilab yotdi. Endi, bu tipirchilashida o‘zini o‘nglab olishdan ko‘ra qandaydir sirli xavfdan yashirinishga intilish bor, chunki jajji turnacha onasining ovozidan buni his etgan edi.

Haqiqatan ham Ona-turna qalin shuvoqlar ortida uchta jo‘jasini ergashtirib, yerda sochilgan o‘t-o‘lanlar urug‘ini terib yeb yurar ekan, olisda makkor tulkini ko‘rib, shunday shovqinli ovoz chiqargan edi.

Tulki cho‘loq turnachaning isini olib yaqinlashgan, Ona-turna buning uchun emas, yo‘q, — u endi tuxumdagi naslidan voz kechgan, — yonidagi jo‘jalari va o‘zini o‘ylab shovqin ko‘targandi.

Tulki dumini xoda qilib qochib qoldi. Ona-turna bolalarini ergashtirib, tag‘in uyasi yonidan, g‘oyat ustalik bilan «yasagan» uyasi yonidan o‘tarkan, uyoqqa beixtiyor qarab, Cho‘loq turnachani ko‘rdi. Bo‘ynini g‘oz cho‘zib, ko‘ksidagi echki soqoldek osilgan qora patlarini sel-killatib, uning qoshiga keldi. Tumshug‘i bilan turtgan bo‘ldi. Ixcham, ingichka oyokdarini ildam ko‘tarib, ustidan o‘tdi. So‘ng bo‘ynini gajak qilib, bolasiga birpas tepadan qarab turdi-da, tag‘in uning ustidan hatlab, narida alang-jalang bo‘lib, har tarafga talpinayottan sog‘ jo‘jalari yoniga ketdi.

Cho‘loq turna daf’atan ustida paydo bo‘lgan soyadan najot kutib unga intilgancha qolaverdi.

Bu holni kuzatgan inson hayron qoladi: Ona-turnani shafqatsizlik qildi, deb o‘ylaydi. Aslida bunday emas: illo, bu tur qushlarning ham o‘ziga yarasha mehr-shafqati bo‘ladi. Bo‘ladi-yu, lekin o‘zga qonun bu hisdan ham ustun turadi. Bu — yashamoq qonuni, zurriyot qoldirish va uning sog‘lom kamol topib, o‘zining ushbu ishini istiqbolda takrorlashiga bo‘lgan tabiiy va tug‘ma ehtiyoj qonunidir. Shuning uchun ular zurriyotni buzadigan va istiqbolda yashashi og‘ir bo‘lgan farzandlaridan osongina voz kechishadi.

Cho‘loq turnaning mayda shag‘al toshchalar ustidan o‘tishi ham mashaqqatli bo‘ldi. Shundan keyin ham anchagacha yoniga ag‘anab yotdi. Nihoyat, o‘zini o‘nglab, ne bir his-sezgi bilan quruq yerga tumshug‘ini urdi.

U ovqatga muhtoj — yangi olamda xo‘rak topish shu tarzda sodir bo‘lishini tuyg‘u bilan tuygan edi.

Ona-turna bolalarini hamon ergashtirib, ba’zan g‘ut-g‘ut ovoz chiqarib don yeyishga undar, ular donlashar ekan, u benihoya uzun bo‘ynini cho‘zib, atrof-tevarakka qarab turardi. Nihoyat, olislarga chigirtka va kamyob o‘t barglarini izlab ketgan Ota-turna ham uchib keldi. Keng qanotlarini yoniga tap-tap urib, uzun oyoqlarini cho‘zib yerga qo‘ndi. U qo‘nishi bilan Ona-turna parvoz qildi. Ota-turna esa bolalari o‘rtasiga kirib, g‘ut-g‘ut deya yerga qusdi. Turnachalar ota jig‘ildonida hazm bo‘lmagan, ho‘l, yutumli xo‘rakni cho‘qib-cho‘qib yemoqqa tutindilar.

Nihoyat, u jo‘jalarni ergashtirib, atrofiga toshchalar terilgan uyasiga keldi va Cho‘loq turnachani ko‘rib, bo‘ynini cho‘zdi. Keyin, uni oyog‘ida turtib ko‘rgan bo‘ldi. Keyin, parvo qilmay, uyaga o‘tdi-da, qanotlarini yoyib, asta pasaya boshladi. Turnachalar chiychiylashib, otaning issiq patlari ostiga kirib olishdi.

Cho‘loq turna otasi sharpasidan ham o‘ziga yaqinlik, boshpana hissini tuygan, aka va opalari ovozidan ham asti hayiqmagan edi. U ham ne bir issiq talpinish ila uyaga intildi. Bir amallab toshchalardan o‘tdi. Va dumalab-turib, issiq qanot tagiga suqildi.

Ehtimol, Cho‘loq turna uyaga kirolmaganda, Ota-turna unga parvosiz qolaverar edi. Biroq, endi uning harakatda ekanini sezib, qanoti ostiga kirishga qarshilik qilmadi.

Otaning bag‘ri — tashqaridagi iliq oftobdan ham yoqimli edi. Eng muhimi — Cho‘loq turnachaning qaltirashi bosilgan, uning vujudiga bir bexavotirlik va ishonch kirgan edi.

Ona-turna kelganda, Ota-turna tag‘in bolalarini qanoti ostidan chiqardi. Cho‘loq turnacha onasi jig‘ildonidan tushgan xo‘rakni ko‘rib, unga intildi. Aka-opalari qatori yeb oldi. Keyin, albatta, qorni to‘ymay, uzoq chiychiyladi. Keyin onasining ham bag‘riga kirdi.

Ona-turna ham boya e’tibor etmagan jo‘jasini endi e’tibor bilan yumshoq patlari ila bekitib oldi.

Kun botishi oldidan Ona-turna yana oyoqqa turdi. Yana bolalarini yantoqzor ortiga boshladi. Endi Cho‘loq turnacha ham ulardan ortda qolmay ergashdi. Endi Ona-turna ikki marta to‘xtab, uning yetib kelishini kutdi. Nihoyat, Cho‘loq turnacha ham onasi g‘utg‘utlab chaqirgan yerdan don terib yedi.

So‘ng Ona-turna kattakon yovshanning kungay tomo-niga yonboshlab, yumshoq, iliqqina qum-tuproqni qanotlari va oyoqlari ila tita boshladi, keyin unga bag‘rini berib yotdi. Cho‘loq turnacha ham aka va opalariga o‘xshab qum-tuproqqa yotdi. Tuproq iliq, yoqimli — bunda quyosh tafti-yu ona-ota bag‘ridagi haroratdan ham ziyodroq bir nima bor edi.

Ota-turna tevarakda mag‘rur kezib, atrof-olislarga ko‘z tashlab yurar, goho o‘z-o‘zicha «qaq-qaq» etib yangroq tovush chiqarib qo‘yar edi. U har tovush chiqarganda Ona-turna boshini bir ko‘tarib qarar, so‘ng yana xotirjam bo‘lardi.

Turnalar bir xil tovush chiqargani bilan ma’nosi ko‘p bo‘ladi, zero ularning inson qulog‘iga bir xil bo‘lib eshitiladigan ovozlarida turfa ohanglar bor.

Yovshan va yantoqlar to‘p-to‘p bo‘lib o‘sgan, ulardan xoli maydonlar tap-taqir bo‘lgan bu keng makonda ko‘p marta quyosh chiqib, ko‘p marta botdi. Havo tobora isib, o‘t-o‘lanlar sarg‘aydi. Yerlar tors-tors yorildi.

Bu turnalar bola ochib, kuz shamollari esa boshlaguncha turishadigan makon edi. Zero bunda Cho‘loq turnachaning ota-onasi va aka-opalaridan ham o‘zga turnalar oilasi ko‘p va ularning har biriga tegishli, o‘zlariga xos tug‘ma qonunlariga ko‘ra chegaralangan yerlari bor edi. Bu makonda albatta ularning g‘animlari, kushanda va do‘stlari ham bor edi. Masalan, eng ashaddiy dushmanlari tulki ila shaqol. Lekin bu ajoyib qushlar yashash uchun shunday kurash tarziga bo‘ysunar edilarki, ular g‘animlariga qarshi o‘z qurollari bilan kurashishni ham bilishar edi. Birgina «qaq-qaq» etgan tovush manman degan tulkining esxonasini chiqarib yuboradi. Shaqol ham toqat qilolmaydi bu tovushga va bu yirtqichlarning har ikkisi ham bu ovozlarning egasi g‘oyatda nozik, mutlaqo beozor qushlar ekanini sira aqlga «sig‘dirolmaydi», chunki bu yirtqichlarni qadim-qadimdan xuddi mana shunday tovushlar dahshatga solib kelgan, bu tovushlar chiqqan joydan qochish — ular uchun yashash uchun kurash edi.

Tabiat naqadar dono!

Turnalarning uyalari nima uchun bu qadar sodda-ibtidoiy: qumga qattiq bosilgan tuya izining o‘zi. Tag‘in ochiq yerga qo‘yishadi. Atrofi nega kichik toshlar

bilan qurshaladi? Bu uyalarda yana bir g‘aroyibotni ko‘rish mumkin: qaysi turna tuxum qo‘ysa, tuxumlari bilan yonma-yon ikki-uchta ot tezagini ham keltirib qo‘yadi. Ular nega kerak?

Turna o‘t-o‘lan orasiga in qo‘ysa — dahshat! Chunki aksar yirtqichlar o‘zlariga yemishni o‘sha o‘t-o‘lanlar orasidan izlashadi. Xolis, tekis yerdan-chi? Yo‘q. Lekin birda-yarim yo‘lakay turna uyasi ustidan o‘tib qolishi mumkin. Shunda ular Ona-turnalar qo‘ygan tuxumlarni ko‘radimi? Ko‘radi. Lekin nega chaqib yeb ketishmaydi? Chunki tuxumlarning rangi ot tezagidan farq qilmaydi. Ot tezagida nima bor ularga! Uya atrofidagi toshchalar nega kerak? Cho‘l shamollari tuxumlarni dumalatib ketmasligi uchun kerak.

Yashash sharoitining o‘zi jonli-jonivorlarni ham qanday yashamoqni o‘rganib yaratgan.

Kuz shamollari…

Turnalar bezovta bo‘lib yig‘ila boshladi. Olis-olislardagi turnalar oilalari ham sayhonlik ustida parvoz qila-qila pastda ko‘ringan bu to‘plarga kelib qo‘shilar edi. So‘ng qanotlarini tap-tap urib yugurishgan, bir-birini quvlashgan, oyoqlarini ko‘tarib, qanotlarini silkitishgan.

Yosh turnachalar ham ularga taqlid qilishadi. Lekin ular ko‘proq uchishadi, illo ularni ko‘proq uchishga ota-onalari majbur etishadi: yerda uzoq qolishsa, ayamay cho‘qishadi. Goho bu sahro turnalarning «qaq-qaq» ovozlaridan larzaga keladi. Ovozlar uzoq-uzoqlarga ketadi va kunora yiroqlardan yangi-yangi turnalar oilasi kelib qo‘shiladi.

Goho bu olatasir to‘p ufqlar ortiga — olis Janubga, ulargina sezishi mumkin bo‘lgan iliq taft kelayotgan yokdarga qarab turishadi. Shunda shimoldan esadigan shamol ularning yollari, soqollari va qanotlarini hurpaytiradi.

Bir safar turnalar galasi taqir maydonda uzoq yo‘rg‘alab qaqillashdi. So‘ngra shunday tapir-tupur qanot qoqib havoga ko‘tarilishdiki, taqir yer changib, yovshanu shuvoqlar boshi shamol esgandek egildi. Tala-to‘pda yerga talay patlar uchib tushdi. So‘ng qushlar havoda «gilamcha» bo‘lib aylana-aylana ko‘tarila bosh-ladi. Osmoni falakka chiqqanda ham aylanishar, bu aziz sahro ustida parvona bo‘lgandek aylanishar, endi ularning ovozlari tamom o‘zgacha: qandaydir mungli va porloq, endi ovozlar bir-biriga jo‘r bo‘lib chiqar edi: qur-ey, qur-ey.

Ovozlar elas-elas eshitila, turnalar nuqtalar misol ko‘rina boshladi. Keyin birpas parokanda bo‘lishdi-da, uzun saf tortishdi va asta Janubga qayrilishdi.

Cho‘zilgan ipga tizilgandek bo‘lib, sahro osmonidan uzokdashib ketishdi.

Turnalar!…

Ularning yaralishlari, yashash tarzlaridan kelib chiqqan alohida uchishlar bor: yerga qo‘nish yoki yerdan ko‘tarilish paytida «gilamcha» bo‘lishadi, olislarga parvozda «arg‘amchi»ga aylanishadi.

Zero olis parvoz paytlarida ipga tizilgandek uchishmasa, ming-ming chaqirim yiroqdagi manzillariga emas, uning yuzdan biriga ham yetishlari gumon, ular yo‘llarda qolib yoxud nomaqbul joylarga qo‘nib, halok bo‘lishar edi. Holbuki unday bo‘lmaydi hech: tabiatning o‘zi ularni shunday uzoq masofalarga uchishga qodir qilib, qanotlarini katta va qamrovli, a’zolarini g‘oyat kichkina va yengil qilib yaratgani ustiga uchish tarzlarini ham shunga xos holda ijod etgan.

Turnalarda ham, albatta, yo‘lboshchi bo‘ladi. Biroq u ham olis safarda hammavaqt safning oldida bora olmaydi. Chunki ro‘paradan esuvchi shamol, dovullar, hatto havoning muallaq holati qarshiligi ham uning kuchini kesib qo‘yadi. Shuning uchun yo‘lboshchi turna ham yo‘lakay «dam oladi», ya’ni ortidagi turnaga o‘rnini bo‘shatib, eng orqaga o‘tib turadi. Bu tur uchishda hikmat bor: ro‘paradan esgan shamolu havo oqimi safda eng ko‘p oldingi turnaga ta’sir etadi. Orqadagilar… bu qarshilikni juda oz sezib, go‘yo havo qarshiligi «yo‘q» bo‘lgan bir bo‘sh quvurda ketayotgandek bo‘lishadi. Turnalarning olislarga ucha olishlari siri shunda.

So‘ngra ularning uzun, ingichka tumshuqlari ham havo oqimini kesish va uning ta’sirini kamaytirishga qo‘l keladi. Ingichka oyokdari dumlari tomonga cho‘zilib, go‘yo bir juft dum patiga aylanib qoladi.

Pastga tushayotganda bu xil uchmoqqa hojat qolmaydi.

U ancha ochko‘z, ammo bari bir zaif bo‘lib o‘sdi. Aka-opalari parvoz mashqini olayotganda, u ham albatta safga qo‘shilar, lekin, birlamchi, tez charchar, so‘ngra yerga qo‘nish ham uning uchun xiyla azob edi: qiyshayib qolgan oyoq yerga to‘g‘ri tushmay, Cho‘loq goho yiqilib ketar, parvoz oldidan ham tez yugurib olishda shu oyoq xalal berardiki, shuning uchun u ko‘pincha yerda bo‘lishni afzal ko‘rardi. Shuning uchun o‘zga turnalardan zaifu ularga qaraganda xiyla etli bo‘lib o‘sdi. Biroq «qabilasi» udumi, yashash sharoiti talabi bilan ular xulqida paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarni bexato o‘zlashtirdi. Unda barcha turnalardek bo‘lguvchi tug‘ma hislar kamol topdi: u ham tulki uchraydimi, shaqol uchraydimi, dahshatli «qaq-qaq» tovush bilan ura qochiradigan bo‘ldi; olis ko‘llarga borib suv ichib kelish va foydali o‘tlarni ota-onasi yordamida topishni o‘rgandi, ba’zan o‘zi ham ichki — tabiiy hissi bilan topib yedi.

Ba’zan safdan ortda qolgan paytlarida — qorong‘i tushgan, yulduzli kechalarda ham o‘z qarorgohlarini adashmay topib kelardi. Bu xususda u o‘tkir edi, eng yaqin yo‘llarni kashf etar edi.

Mana, u ham Janub sari, xuddi ohanrabodek o‘ziga tortayotgan sirli manzil sari «qabilasi» safida uchib bormoqda. Oldindagi turnalarning yon-veridan esayotgan shamol unga ham oz-moz ta’sir etadi, qanotlarini yalab o‘tadi. Pastlik!.. U hech qachon bunchalar» balandda parvoz etmagan edi. Lekin bu uchishning gashti bo‘lak ekan… Buning ustiga, olisda sirli makon bor. O’shanga yetishlari kerak.

U makonning juda ham azizligini hozkroq sezmoqda!

Shu alfozda borar ekan, o‘ngu so‘lidan oppoq bulutlarning suzib o‘tayotganini ko‘rdi. Bulutlar unga tanish edi. Bahor chog‘laridan tanish… Biroq o‘shanda ular yuksaklikdan patlarni yumshatib ho‘l qiladigan yomg‘ir yog‘dirib o‘tishgan edi. Cho‘loq turna aka-opalari bilan qo‘nishib, ularni pastdan kuzatishgan, so‘ng oftob charaqlab chiqqanda, patlarini uzoq titib-to‘zg‘itgan edi. Ular goho suvdoqqa borib cho‘milgandan keyin ham iliq qumloqda turib, patlarini shu xilda quritishar edi. Endi esa Cho‘loq turna o‘z safdoshlari bilan o‘sha bulutlar ichidan suzib o‘tmoqda. Lekin u bundan vahimaga tushayotgani yo‘q, aksincha — bu g‘aroyib makonda erkin-erkin quloch otmoqda.

Bir payt yaydoq, bulutsiz, niliy bo‘shliqqa chiqib olishdi. Turnalar kiftiga iliq oftob nurlari tegdi. Ammo olg‘a uchganlari sari Cho‘loq turna havoning keskin sovib borayotganini payqadi. Pastda… pastlikda oppoq tog‘lar ko‘rinar, ular ham Cho‘loqqa tanish edi: bir vaqtlar ularni yonlab uchgan, lekin o‘shanda hech ham bunchalik sovuqni sezmagandi. Havo sovigandan-sovidi. Turnalar esa tobora tezroq uchishar, chamasi mana shu tez harakat ularni sovqotishdan saqlamoqda, ba’zilarining qanotlariga qirov ham qo‘ngan edi.

Havo tag‘in asta-sekin ilidi. Tog‘lar orqada qoldi.

Shu tarzda borishar ekan, Cho‘loq turna safning ancha oldiga o‘tib qolgan edi. Endi shamolning ta’siri kuchaya boshladi. Chunki yo‘lboshchi turnagina emas, uning ketidagi bir necha turnalar ham «yo‘lboshchilik» vazifalarini ado etib, hordiq uchun safning quyrug‘iga o‘tishgan, shunga ko‘ra Cho‘loq turna karvonning o‘rtasidan oshib qolgan edi.

Cho‘loq pastlikda qandaydir tanish yirik qushlarni ko‘rdi. Ular o‘z sahrolarida ham ba’zan uchrab qolar, biroq makonlariga yaqin yo‘lamas edi. Yo‘lamas edi-yu, Cho‘loqning o‘zi ham bu qushlardan ehtiyot bo‘lishni tuyar edi.

Ular — burgutlar edi.

Karvon tag‘in yuksala boshladi. Cho‘loq turna bir necha marta quyiga qaradi. Ne bir tuyg‘u ila safdan ajralgisi ham keldi-yu, xuddi safga ko‘zga ko‘rinmas zanjir bilan bog‘langandek, uchishda davom etdi.

U uchishi kerak edi. U uchishi kerak!

Faqat olg‘a uchishi! Sirli, ohanrabo manzil tomon uchishi kerak! Nima bo‘lmasin, qanday to‘siqlar uchramasin, bari bir uchishi shart! Uchishi…

Etakda daraxtzor qishloqlar ko‘zga tashlana bosh-ladi va bir mahal Cho‘loq turna shundoq biqinlarida gala-gala qaldirg‘ochlarning ham parvoz etib borayotganlarini ko‘rib qoldi. Keyin esa bir necha qaldirg‘och lip-lip eta olg‘a o‘tdi-da, g‘oyib bo‘ldi.

Cho‘loq turna tag‘in ham safning oldiga chiqib qoldi.

Qaldirg‘ochlar ham yashash qonunlari, avlodlari udumi hukmida ayni shu pallada janub sari yo‘lga chiqishgan edi. Turnalar karvoni oldiga o‘tib olgan uch-to‘rtta qaldirg‘och esa dam olmoqchi, ya’ni karvonboshilar kiftiga qo‘nishgan, shu sabab ular tezroq charchab orqaga o‘tishgan edi.

Qishloqlar ham ortda qolib ketdi. Cho‘loq turna endi safning boshida uchmoqda. Oldindan shovullab esayotgan shamol daf’atan ta’sir etib, uning bor quvvatini so‘rib olmoqda edi. Cho‘loqning ko‘zlari tinib keta boshladi. Lekin uchmoqda. Qaerga… O’sha sirli makonga! Cho‘loq turna u aziz makonni umrida ko‘rmagan esa-da, uni biladi: u oldinda!

Karvon bir maromda ketayotgan edi. Cho‘loqning parvozi susaygani sari orqadagi turnalar bir-biriga juda yaqin kelib qola boshladi. O’rtadan yo‘lboshchi turnaning «quvq» etgan tovushi Cho‘loqqa yetib, u ixtiyorsiz bir tarzda o‘rnini ketidagi turnaga bo‘shatdi-da, chetlanib, safning orqasiga o‘tdi. Saf yana olg‘a intildi. Cho‘loq dumda turib uchar edi endi…

Ular shu alfozda uchib, tunni ham o‘tkazishdi.

Cho‘loq turna karaxt bo‘lib qolgan, u bir necha marta karvonning boshiga chiqib, shu zahotiyoq orqaga o‘tib olgan, bu orada yo‘lboshchi turna bir necha marta «quvq-quvq» deb ovoz chiqargan, endi bu xil ovoz o‘zga turnalardan ham eshitila boshlagan edi.

Cho‘loq orqada… orqada qola boshladi. U bor kuch-quvvati ila qanot qoqadi. Lekin tobora orqada qoladi.

Karvon olg‘a ketmoqda! Turnalar karvonining qonuni qat’iy: ular ortga burilishmaydi: ular ortda qolayotgan safdoshlariga yordam ko‘rsatisholmaydi ham — bu hol ularga shunchalar aniqki, hayot tarzlariga ay-lanib ketgan.

Safga yaroqsiz turna ham taqdirga tan bermog‘i kerak. Lekin o‘jar, qaysar Cho‘loq buni his etsa-da, o‘zini dahshat qo‘yniga — yolg‘izlik qo‘yniga tashlagisi kelmaydi: butun bori-borlig‘i bunga qarshilik qiladi. Ammo kuch-quvvat bunga imkon bermaydi: Cho‘loq turna bu holidan hayratlangan kabi tag‘in qanot qoqadi.

Karvon olislab ketdi. Cho‘loq yolg‘iz qoldi. Endi uning oldida havo qarshiligini kesguvchi kuch yo‘q, hozirgi mo‘‘tadil havo oqimi ham unga kuchli dovuldek ta’sir etar edi. Cho‘loqning tezligi battar kesilib, pastlay boshladi. U nolali ovoz chiqarar, karvon esa uzoqlashgani ustiga, tag‘in balandlab uchmoqda edi.

Cho‘loq pastlab borayotgan esa-da, o‘sha sirli yurtga qarab uchardi. Pastlab-pastlab ham uchaverdi. Lekin kuch-quvvat uni tark eta borishi, shamol uni orqaga suraverishi oqibatida u deyarli harakatsiz bir holga tushdi.

Unda yashashga intilish hissi o‘zga bir tarzda junbishga keldi. U qo‘nishi kerak. Qandaydir sahroga o‘xshash yerga, yovshan-yantoqlar o‘sgan yerga qo‘nishi kerak… Lekin oldindagi vatan!.. O’sha vatan uning uchun hayot edi: asl hayot o‘shanda edi!.. Endi esa u hayot Cho‘loqni inkor etdi. Cho‘loq boshqa hayotga ko‘nikishi kerak. U qo‘nishi kerak, qo‘nishi… Cho‘loq turna endi temirqanot bo‘lgan palapondek hamon olg‘a intilib, past-past yashil daraxtlar ustidan uchib o‘tdi. Keng o‘tloqlar ham ketinda qoldi. Yiroqda taqir bir maydon ko‘rindi. Turna unga intilib borarkan, qarshisida saf tortgan teraklarga yetganda, tag‘in o‘z-o‘zidan pasayib ketdi-yu, ularga shatir-shutur etib urildi. Qanoti qiyshayib, xazonlar ustiga tushdi. Yana o‘ng tomoniga yiqilib, shu bo‘ii tek qoldi.

Bir mahal uning tingan ko‘zlari atrofni ko‘rdi. Turna apil-tapil qanotini o‘nglab oldi va atrof manzarasidan dahshatga kelib, «qaq-qaq!» deb ovoz chiqardi.

U endi o‘zga hayot qo‘ynida edi…



1978





































































25

Shukur Xolmirzayev - O‘zbek Xarakteri



Men bir voqeani aytib beray.

Ikkinchi kursda paxtaga bordik. O’sha Bo‘ka rayoniga. Chetdagi bir kolxoziga. Mana shu o‘zimizning Surxon vohasiga o‘xshab ketadigan joylar ekan: har qadamda qiyoqlar o‘sgan. Bog‘-bog‘ yosh qamishning tagi bilan o‘tqazib qo‘yganday. Yeri jiqqa ajriqzor. Mol o‘tlaydigan, bolalar chillak o‘ynaydigan yer-da!

Qadrdon, men uning o‘zimga, mana shu ko‘ngil qurg‘urga yoqqan joyini aytdim: bunaqa joylar yoqadi-da!

Xullas, ana shu ajriqzordan sal o‘tgandan keyin qishloqcha boshlanadi. Yigirma-o‘ttiz xonadon tursa kerak. Tomlari bari — loysuvoq, devorlari guvala. Biz borganda jami tomlarga pichan uyulgan, yomg‘ir yog‘ib o‘tgan payt edi, pichanlar sap-sariq. Ba’zisining ustida yosh bolakaylar o‘tirardi.

Bizni ko‘rib qiyqirib yuborishdi. Bechoralar... Toshloq ko‘chada mashinamiz to‘xtadi. O’qituvchilar o‘zaro kelishdilar. Bizni shu yerdan burib, pastlikka endirib ketishdi.

Bitta brigadirning bitmay qolgan peshayvonli imoratiga joylashadigan bo‘ldik. Buyam shunchaki somon suvoq qilingan. Deraza-romlari yo‘q. Yer zax. Odatdagi... baraklardan farqsiz edi. Farg‘onalik, toshkentlik bolalar orasida mendan yoshi ulug‘lari ko‘p edi: birlari armiyani bitirib kelgan, birlari texnikumni... Biz endi, o‘zingiz qatori o‘nni bitiriboq, universitetga kira qolgan edik. Shuni aytish kerakki, savod masalasida ham ulardan kam emas, ba’zan balandlik ham qilib qolardik: harqalay o‘nni bitirib, to‘g‘ri universitetga kirgan bolamiz. Bilimlar hali svejiy... Bundan tashqari, o‘zingizga ma’lum, kamina kutubxonaning, ayniqsa, fundamental kutubxonaning faol o‘quvchilaridan.

Lekin uyatchanligimiz ham bor. Baribir ularga — vodiylik, toshkentlik bolalarga nisbatan qishloqimiz-da, to‘g‘risi. Balki «uddalik» bobida ham ancha jo‘n edik.

Yo‘q? E! Sizni o‘sha uyga joylab qo‘ysa, nima qilardingiz? Kolxoz idorasidagi bug‘altirning xonasidan pechni qo‘porib kelarmidingiz? Kelolarmidingiz? Yo‘q. Deraza o‘rniga nima tutar edingiz? To‘l... Uni qaerdan topardingiz? Ana shunday... Men endi «udda» deyapman, gap shundaki, o‘sha paytda ular menga hatto olg‘ir bo‘lib ko‘ringandi... Ha-da, uy isib qolgandan keyin albatta yoqadi!

O’rmon degan bir kurskomimiz bor edi. Novcha, oriq yigit. Uch yil universitetga kirolmagan. Sibirga pomidor, piyoz oborib sotgan. Poezddagi sarguzashtlarini eshitsangiz, hee... Pishiq. bolalar-da! Komsorgimiz ham Azimjon degan yigit edi. Nuqul Remark bilan Xemingueyni o‘qib: «Bizning yozuvchilarimiz yolg‘onchi», deb yurardi. Men? Albatta unga qarshi turardim!..

Shunday qilib, joylashib oldik. Yerga poxol to‘shadik, ustiga chodir yoydik. Keyin, ko‘rpa-to‘shakni yozdik. Choynak, chelak ham topib kelishdi.

Kech bo‘lib qolgan edi. Bilasiz, dastlabki kecha uxlash qiyin. Latifa aytishardi bolalar: «Siz ko‘rgan o‘sha afandi, siz bilgan o‘sha afandi...»

Bolalar darhol to‘rni, yon tomonlarni egallab olishgani uchun menga eshik og‘zidagi joy tekkan edi, bilmadim, kechasi eshik ochilib ketganmi, sahar tursam, burun bitib qolgan.

Havoda zildek og‘ir, qoramtir bulutlar aylanar, lekin etakdagi paxtazor yaqqol ko‘zga tashlanar edi. Ikkinchi terimdan chiqqan. Ko‘p g‘o‘zalar barg to‘kib, sarg‘ayib qolgan.

Ayvon ustuniga suyanib, tomosha qila boshladim: paxtazor chetida tutlar. O’sha tutlar... U yer-bu yerda chug‘urchuqlar galasi uchadi. Tutzorning narigi tomonida bo‘zrang bir uzun imorat ko‘rinardi. Uning oldida bakni qaynatishyapti shekilli, bak karnayidan qizil alanga chiqib qolardi.

Keyin, shundoq pastlikdagi — paxtazorni bizdan ajratib turgan ariq bo‘yidagi yolg‘iz kulbaga ko‘zim tushdi. Uning ham tomiga pichan bosilgan. Pichan ustida chumchuqlar g‘ujg‘on: chiriq-chiriq... Ariq bo‘yida esa bir qoraqalpoq kursdoshim, ha, o‘sha — Saparboy maykachan bo‘lib chopib yuribdi.

Bet-qo‘lni yuvgani pastga endim.

— Yechin. Yugur. Fizkultura qil! — dedi Sapar.

— E, piskulturam chiqib turibdi, — dedim. Shunda qarasam, haligi kulba... odam yashaydigan uycha ekan. Men, bilmadim, uni bostirma deb o‘ylabmidim, hayron qoldim. Kichkina derazasi bor.

Uychaning oldida esa, bilasizmi nima, o‘rmak... o‘rmak tikilgan. Bir ayol katta taroq bilan gursillatib urib, kalavani qatimlar orasidan u yoq-bu yoqqa otib, sholcha to‘qiyapti. Sekin unga yaqin bordim: bu manzara ham bizning ko‘ngilga yaqin-da, qadrdon!

Ayol sharpamni sezib, boshidagi gardi ro‘molini peshonasiga tushirdi.

— Salom alaykum, hormang, opa? — dedim.

— Keling, uka, — dedi u. — Xush kepsizlar... Yaxshi joylashib oldinglarmi?

— Ha, rahmat. Juda-a yaxshi joylashdik... Shu uyda yashaysizlarmi ?

— Ha, — dedi u. — Xo‘jayin molga ketgan. «Molga ketgan!»

— Mol ham boqasizlarmi? — dedim.

— Ha, kolxoz bir otar berib qo‘ygan.

«Bir otar!» O, Toshkentda bu so‘zlarni eshitmaysiz-da, mexribonim. Ana shunday qilib, bularga birdan ko‘nglim ilidi.

— Echkimi, qo‘ymi? — dedim.

— Aralash.

Qarasam, uychaning nari tomonida uzun qo‘ra bor. Tevaragi shox-shabba bilan o‘ralgan. Sekin o‘tdim. Qiy hidi... Ha-ha-ha! Qo‘raning engaragidan qaradim: yetmish-sakson mayda mol sig‘arkan... Men nimagadir, bu yerlarda ham odamlar faqat paxtani biladi deb o‘ylardim. Endi deng, mol tufayli paxtayam ko‘zimga yuz chandon yaxshi ko‘rinib ketdi.

Buning ustiga, havo yumshoq. G’o‘zalar yuvilgan, namxush. Barglari, poyalari sariq. Ariqchada tiniq zilol suv oqyapti... O! O’sha paytlar Bo‘kadayam suvlar toza bo‘lgich edi. Ximikatlar ham kam sepilardi, nazarimda. Lekin men bu tomonlariga e’tibor qilmaganman... Chunki o‘zimiz tarafdayam ximikat, suv notoza, ul-bul degan gaplar kam bo‘lardi.

Xullas, men Surxonning bir burchagiga kelib qolgan edim.

Shu payt uydan — yotog‘imizdan bolalar ham birin-ketin ko‘zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi. Ba’zisi Saparga qo‘shilib chopishga tushdi. Ba’zilari paxtazorga oralab ketishdi. O’rmon aka o‘rmak to‘qiyotgan ayolning qoshiga keldi.

— Qalaysiz, opa? Hormang!

— Bor bo‘ling, uka... Kelib zap ish qildilaring-da...

— Ha, endi, sizlarga yordam bermasak bo‘ladimi? Ko‘k choy bormi? Qurug‘idan.

— Bor, bor. — Ayol etagini apil-tapil tushirib, taroqni tashlab, kulbaga kirib ketdi. Oyog‘ida eski kirza etik, uzun sochlari uchida sochbog‘. Rangi o‘ngib ketgan ko‘ylagi g‘ijim. Sal o‘tmay bir banka bilan bir parcha gazeta ko‘tarib chikdi. Gazetani O’rmonga berib, ustiga bankani engashtirdi. Bir hovuchlar choy to‘kildi. O’rmon:

— Bo‘lar, rahmat, — dedi.

— Kerak bo‘lsa...

— Kerak bo‘lsa, yana so‘raymiz...

— Bemalol, og‘ajon. He, paxta, paxta... Mana, sizlar ham o‘qishlarni qoldirib, ota-onalaringni tashlab keldinglar. Baraka topinglar. Rahmat...

— Endi, terish kerak-da! — dedi O’rmon aka... — Ha, paxtaning kilogrami necha tiyindan?

— Shu, o‘n tiyinmi, besh tiyinmi, men ko‘pam farqiga bormayman.

— E! Unday bo‘lmasa kerak! — dedi O’rmon aka. Keyin kuldi. — Yaznamiz (pochcha) bilsalar kerak?

— Ha. U kishi biladilar.

— Yaxshi... Sizlar ham biron yoqdan kelganmisizlar deyman?

— Yo‘-o‘q, biz shu yerning odami.

— Bundan boshqa uchastkalaring ham bordir-da?

— Yo‘q, og‘ajon. Bori shu... Buyam yaxshi. O’zimiz uch jon. Jiyaningiz otasi bilan ketgan... Cho‘pon bo‘laman deydi. Halizamon kep qoladi. Choyni qaerda ichasizlar?

— Choyni? Hm, buguncha endi yotoqda. Keyin yana o‘ylab ko‘ramiz.

Men O’rmon akani hozir qitmir, suqatoy qilib ta’riflayotganga o‘xshayman. Yo‘q, bir hisobda u o‘zicha haq edi: bizniyam o‘ylardi, harqalay.

Shundan keyin terimga jo‘nadik.

Kun chiqib, uyam sarg‘ayib nur sochyapti. Biz etaklarni bo‘yinga ilib, xuddi oshhalolga borayotgan podachiday ketyapmiz. E, do‘stim, menga mana shunday kun zarda berib chiqayotganda namxush so‘qmoqlardan yurish ham yoqadi-da!

Tepangda chug‘urchiqlar o‘ynaydi. Oyog‘ingga ho‘l yaproqlar o‘ralashadi. Unda-bunda xirmon joylardan bug‘ ko‘tariladi. Ko‘rganmisiz? G’o‘zaning qavachog‘i yonishga mahtal bo‘ladi. Uzoq vaqt uyulib yotsa, tutun ham chiqib ketadi.

O’sha kuni terdik. Uyat o‘limdan qattiq... El qatori terdim. Lekin burun ochilmadi.

Qaytayotganimizda haligi kulba biqinida qozon qaynayotgan ekan. Endi Azimjon aka qozonga yaqin borib, hidlab ko‘rdi-da:

— Osh, — dedi bizga qarab.

— Hu, — dedi O’rmon aka, — qozoni kichik ekan-da.

— Yuring, yuring.

— Shoshmang. Ho, xo‘jayin!

Uychadan kalovlanib, qotma, qora choponining tirsaklari yirtilib paxtasi oqqan, soqoli o‘siq, chuvak yuzli yigit chiqdi. Xuddi o‘ngirini bosib oladigandek surilib-shoshilib kelib, biz bilan bir-bir ko‘rishdi.

— Xush kepsizlar, xush ko‘rdik! Qani, uyga marhamat!

— Oldin yuvinib olaylik-chi, — dedi O’rmon aka. — Aytmoqchi, bir ukamizning tomog‘i shamollab qopti. Burning ham bitgan-a? — deb so‘radi mendan. — Shu, shu... Dori-pori topiladimi? Medpunktlaring markazda ekan, bu yer — Kamchatka.

— E, topiladi-da. Dori topiladi! — Yigit etigini qo‘lantayoq kiyib chiqqan ekan, oyog‘idan tushib qoladigandek talpanglab uyga kirdi.

Keyin bir bog‘ ituzum olib chikdi.

— Shu bo‘ladi, tomoqqa bog‘lasalar, — dedi.

— Bo‘ladi, bo‘ladi! — dedim. — Ozginasi bo‘ladi.

— E, ozginani nima qilasan? — dedi O’rmon aka. — Hali yana kerak bo‘ladi.

Ituzumni olib yotoqqa keldim. Unga tikilaman: tanish-da bu o‘simlik ham! Qadrdon, bizdayam bir momo bo‘lgich edi. Bobomiz bosmachilarning otlariga xashak bergani uchun «xalq dushmani» deb otilib ketgan, undan qolgan o‘n bir kursoqni boqaman deb umrini toq o‘tkazgan kampir edi. Ularniyam birin-ketin yaratganiga topshirib, bizning maymoq ota bilan qolgan...

O’sha kampir davolardi shunaqa ituzumlar bilan... tomoqlarimizni. Tildan tersak chiqsa, oq gulbutani quritib-ezib, kukunini separdi. Hech narsa ko‘rmagandek bo‘lib ketardik.

Omborimizda mana shunday ituzum bog‘laridan yog‘och qoziqlarga osib qo‘yardilar.

Biz ham devordagi bir mixga osib qo‘ydik. Keyin mevasidan bir hovuch olib, bo‘z etakning chetidan bir parchani yirtib, mevani ezib-ezib tomoqqa ko‘tardik.

Ertasi ko‘zimiz charaqlab ochilib, terimga chiqib ketdik.

Bizga choy qaynatiladigan bak ortidagi kulbalarning orqasida hududsiz dalalar bor, biz o‘shayokda paxta terardik. Har joy-har joyda mitti-mitti shiyponchalar qo‘nqayib turardi. Yeri zax, devorlari qabarib ketgan, atrofida tuproq o‘ynab yotar, unda sichqon-kalamushlarning izlari ko‘p edi.

Biz goho o‘shanday kulbachalarga kirib dam olardik.

Men, men o‘zim o‘shanaqa joylarda izg‘ishni yaxshi ko‘rardim. Shunday shiyponchalarning yaqinidan albatta biron ariq o‘tgan bo‘lar, uning qirg‘oqlaridan qamishlar g‘ovlab ko‘tarilgan, qamishlar ichida turfa tikanlar qizil, sariq bo‘lib gullagan, o‘shalarning ham yolg‘iz tomoshachisi biz edik.

Ba’zan egatlar ichida tarvuz, qovun palaklari chiqib qolardi. Albatta, bitta-ikkita burishgan, tirishgan tuynak bo‘lardi. Ammo uni yorib yesangiz, mazasi... tilni yoradi. E, azizim, menga — bir faqir studentga shunday tuyulgan-da! Bo‘lmasa ichi tushgan, ayniy boshlagan tarrakning nimasi shirin? Balli, odam degan munday injiq bo‘lmaydi: boriga qanoat qilish kerak...

Terimda esa, hamma vaqt qorningiz to‘ygan qo‘zining qorniday bo‘lmasligi o‘zingizga ma’lum... Bir tuyur go‘shtu makaron solinib qaynatilgan sho‘lan-sho‘rva mana shunday... joningizga tegib ketadi: rahmat.

Hozir paxtani yomonlash, uning mehnatini olamdagi eng og‘ir mehnat deb atash modada. Bir hisobda, haqiqatdan ham, shunday. Biroq, terim paytidagi romantika!

Tonglarni eslang! Tuprog‘i nam tortgan so‘qmoqlarni. Yiroqda arava yo‘ldan ko‘tarilgan changni ufkdan endi bosh ko‘tarayotgan quyosh yog‘dulariga yo‘g‘rilib, zarrin bir to‘zonga aylanib turishlarini eslang! Buning ustiga, o‘sha paytda: «Eng ulug‘ ishni men qilyapman! O’zbekning milliy iftixori uchun kurashyapman!» deb o‘ylab tursangiz. Bitta o‘rtog‘ingiz o‘yinqaroqlik qilib, kamroq paxta tersa, ko‘zingizga yov bo‘lib ko‘rinsa...

Bitta go‘zal, nozik qiz ipakdek barmoqlari chanoqlarga tilinib, qoni chiqib, doka bilan bog‘lab olib, endi zo‘rg‘a terayotganini ko‘rsangiz: «E, shaharlik oyimqiz! Soyapar-da, soyapar!» deb ichdan haqorat qilar edingiz!

Ha-da, avvalo, o‘zim haqimda gapiryapman! Yo hikoyamni tugatib qo‘ya qolaymi? Mayli...

Rasvo bo‘lib, shalabbo bo‘lib yotoqqa yetib keldim. Ertasi saharlab turish kerak, terimga chiqish kerak. Yomg‘ir, qor — paxtaning oldida kapeyka!

Kiyim-boshni yuvib, pechga tutib sal-pal quritdim. Keyin bir dono o‘rtoqning maslahati bilan: «To‘shakda qurib qoladi», deb kiyib yotdik. Ertasi rasvogarchilik.

— Juda nozik ekansiz-da, shoir, — dedi O’rmon aka.

Nozik, xayolparast odamlarni «shoir» deb atash o‘shanda rasm bo‘la boshlagan edi. Qandaydir redaktsiya xodimidan chiqqan deyishadi bu gapni... Bizning tarix-arxeologiya gruppamizdagi studentlar orasidayam redaktsiyalar bilan yaqin yigitlar bor edi. Kamina ham redaktsiyalar bilan bog‘liq gaplarga qiziqardim.

Men kecha «anavi qizlar» yotog‘idan kelayotganimda loyga belanganimni ayta boshlagandim, Azimjon aka dakki berdi:

— Ayrilganni ayiq yer, bo‘linganni — bo‘ri! Siz ketvoribsiz! Biz rosa izladik.

— E, u joy o‘zi...

Saparboy — haligi qoraqalpoq yigit menga yaqin edi. Kim biladi, Surxondagi ayrim elatlarni o‘zlariga yaqin olishadimi, deb o‘ylardim. Endi albatta bu narsani yaxshi bilamiz... O’shanda shunchaki do‘st, hamfikr edik. Shu yigit:

— Qol, sen uchun ikki fartuk paxta terib beraman, — dedi.

Ikki fartuk paxta — bu olamjahon mehnat! Bu — kamida ikki-uch ming marta egilib-ko‘tarilish degani. Yana qancha mashaqqati bor... Ko‘nglim buzilib, unga nima minnatdorchilik bildirishni bilmay qoldim. Boshim aylanar, ichim o‘z-o‘zidan yonib ketayotgandek edi. Azimjon aka ham peshonamga qo‘l qo‘yib:

— Qoling. Mumkin emas. Jon ham kerak, — dedi.

Qarang, odamlar qanday realist.

Qoldim. Bolalar ketishdi. Uyda yotib qolgan bemor uchun ham shart shu edi: u yoq-bu yoqni supurib-sidirib qo‘yishi kerak. Birato‘la qutulay deb uyni supurdim. Ayvonlarniyam tozaladim. Axlatni imorat orqasiga o‘tkazib to‘kib qaytayotgan edim, bir manzarani ko‘rib qoldim.

Jo‘xoripoya chetida, yovvoyi supurgi panasida bitta o‘n-o‘n bir yoshlardagi bolakay qo‘lchalarini tizzasiga tirab nari tomonga qarayapti. U yoqda bo‘lsa, paxsa devorga taqab to‘kilgan somon ostida bir sariq it yotibdi.

Men ham qiziqib, bolaning yoniga bordim. Shunda it g‘ingshib, sapchib turdi-da, devordan oshib o‘tdi. Saldan so‘ng mushtdek kuchukvachchani tishlab, buyoqqa sakrab o‘tdi. Yerga qo‘yib yaladi. Yana yotdi.

— Qiziq-a? — dedim.

Bolakay cho‘chib tushdi. Aft-basharasi kir, telpagining qulog‘i peshonasiga tushgan edi.

— Ha, — dedi u tashvish bilan. — Bu yer ko‘cha, opketishadi bolalar... Men bolasini hovliga o‘tkazib qo‘yaman, bu uyasiga olib o‘tadi. U yoq yaxshi-ku?

Men xo‘rsindim.

— Ming qilsayam o‘zining uyi-da... Sen kimning o‘g‘lisan?

Odamzod qiziq-da, a? Uning kimga o‘g‘il bo‘lishini menga nima ahamiyati bor deng?

— Botir cho‘ponni, — dedi.

— Ha-a, ordeni bormi?

— Yo‘q. — U g‘amgin tortib qoldi. — Eshimboyning ordeni bor. Lekin qo‘yi kam...

Ana, yosh bolalar ham o‘sha maxinatsiyalarni bilardi.

— Hechqisi yo‘q, — dedim. — Seni otang ham oladi. Botirboy zo‘r cho‘pon! A, uylaring shu devor orqasidagimi?

— Ye-e! — dedi u ustimdan kulganday. — Ana-ku! Sizga otam ituzum berganda, men derazadan qarab turib edim... Yana kerakmi? Ko‘zingiz yoshlanib ketyapti!

— Yo‘q. Ituzum bor, — dedim. — Aka-ukalaring ham bormi?

— Ukam o‘ldi. Doya kampir chala tug‘ilgan, dedi. O’ldi. Ko‘mib keldik. Kichkina edi.

— Attang, — dedim.

Shu yerga kelib joylashgandan beri haligi ayol bilan erining yashash sharoiti, yotish-turishini ham ko‘rib turardim: ayol tong otmasdan uyg‘onardi: sigir sog‘adi, erini kuzatadi, keyin o‘rmak to‘qiydi... Kun ko‘tarilaverganda, ariqning u betidagi paxtazorga tushadi: kechgacha bir qopni tikka qilib qo‘yadi. Kechasi ham allamahalgacha ularning kulbasidagi yolg‘iz derazadan ariq bo‘yiga nur tushib turardi.

O’rmon aka bilan Azimjon aka, tag‘in uch-to‘rt bolalar ularning choyini ichib chiqqan, bir-ikki marta ovqatlarigayam sherik bo‘lgandi.

Shu narsalarni o‘ylab: «Ishi og‘ir, bola tashlagandir-da», deb o‘yladim.

Bilasizmi, ey qadrdon, ko‘zimiz ochiq bo‘lgani bilan ojiz ekanmiz-da: siz ham shunday g‘arib kulbalarda yashayotgan dehqonni, paxtakorni ko‘rgansiz. Albatta... Lekin buni tan olmas edik-a? Qanday ablah ekanmiz!

Tavba, buni tan olishdan uyalar edik. Birovlardan ham yashirar edik.

Shoshmang-shoshmang, bu yerda gap bor: bu narsa — faqat qo‘rquvdan deb o‘ylaysizmi?

Gumonim bor. Bechora o‘zbekni bilasiz-ku: o‘zi yemasdan mehmonga tutadi...

Kambag‘alligini yashiradi. Qiziq-a? Holbuki kambag‘al odam o‘z holatiga ko‘nikkan bo‘ladi. Yashirmaydi. Biznikilar negadir... Xuddi juda boy edi-yu, birdan kambag‘al bo‘lib qolganday: shuning uchun o‘kinch bilan buni yashirishga intilayotganday tuyuladi menga... Balki boshqa — bizning aqlimiz yetmaydigan sabablar bordir?

Bolaning ismi Abduqodir ekan.

Birga-birga ayvonga keldik.

— Itga tegma, — dedim. — Senga o‘zingning uying yaxshi, unga o‘ziniki yaxshi.

— Bu yerdan yomon bolalar o‘g‘irlab ketadi. Sotadi, — dedi Abduqodir.

— Kimga sotadi?

— Sotadi-da... Bitta gektarchi karis oltita kuchukni sotib olib ketgandi.

— O’qiysanmi?

— Beshinchida... Tushdan keyin maktabga boramiz. Hey keyinroq ko‘rak chuviymiz.

— O’qish nima bo‘ladi?

— To‘xtaydi! — deb kuldi u. — Kelasi yildan paxtaga chiqamiz!.. Men hozir ham paxta teraman. Opamga terishaman... Kitob? O’qiyman. «Robinzon Kruzo» bor. Bitta felsher tashlab ketgan. O’tgan yili... Ukamni ko‘rgani kelgandi... Men yig‘ladim. Keyin shu kitobni berdi. Yaxshi kitob!

Azizim, men ham xuddi shu bolakayning yoshida o‘qigan edim o‘sha kitobni. Siz ham...

Biografiyamiz qanchalar yaqin-a?

Hikoyamni cho‘zib yuboryapmanmi? Shoshib qaerga borasiz, qadrdon? Goho miriqib gaplashib, o‘ylashib olish ham kerak-ku? O’sha damlarni qaytadan yashab, a?

U xotiralar odamning yuragini tozalaydi. Shundoq ham fisqu-fujurga, keraksiz koni ziyon o‘ylarga to‘lib ketgan bu ko‘krak... Sigaretdan cheking.

Shunday qilib, Abduqodir bilan jo‘ra bo‘lib qoldik.

Tutzor ortidagi barakda qizlarimiz ham turardi. Ulardan ham ikkitasi kasal bo‘lgan ekan, doktor keldi. Meniyam ko‘rib, analgin-panalgin deganlaridan berib ketdi.

Uch kun qattiq yotdim.

To‘rtinchi kun edi, shekilli, ayvonga chiqayotsam, Botir cho‘pon bitta tarvuzni qo‘ltiqlab pastga tushib ketdi. Shu kuni tushdan keyin, havo ochilib, kun yana qizidi.

Kechga tomon yana uyni supurib bo‘lib, ayvonda ustun tagida cho‘nqayib o‘tirgandim. Abduqodir yarim palla tarvuzni ko‘tarib, pishnab chiqib kela boshladi.

O’zi bitta tarvuz olib tushishgan edi...

— Sizga. Yeng, — dedi. — Otam berdilar. Opam, yesin dedilar... Keyin kechqurun uyga kirar ekansiz.

— Yemayman. Rahmat. Qornim to‘q, — dedim.

— Yo‘q. Yeysiz! — dedi u men bilan urishadiganday. — Siz kasal. Bu tarvuz yaxpsh ekan.

— Yemayman.

Abduqodir turdi-turdi-da, tarvuzni shartta yerga qo‘yib, chopib tushib ketdi.

Bolalar terimdan qaytgach, haqiqatdan ham Botir cho‘pon chiqib kelib, bizlarni uyiga aytdi:

— Kelinglar, ukalar. Bir osham osh qilgan edik. Sizlarga rahmat. Bu yerda ota-onalaring yo‘q...

— E, uyingizga sig‘maymiz-ku? — dedi O’rmon aka.

— Ko‘ngil keng bo‘lsa, bemalol sig‘ishamiz, — dedi cho‘pon. — Tushinglar.

— Biz axir yigirma kishi!

— Bo‘lmasam, yigitlar, o‘ntamiz bugun mehmon bo‘lamiz. O’ntamiz keyin! — dedi O’rmon aka.

Meni qo‘ymay olib bordilar.

To‘rt kishi zo‘rg‘a sig‘adigan xona edi. Burchakda g‘ishtin pech. Oqlangan. Lekin choyning dog‘i, yog‘ to‘kilgan. Yerga ikki qavat palos solingan. To‘rda bir taxmon yuk. Ensiz-ensiz ko‘rpachalar solingan. Tiqilishib o‘rnashdik.

Botir cho‘pon iljayib, quvonib dasturxon yozdi. Qo‘sh-qo‘sh yopgan non qo‘ydi. Bir taqsimcha oq qandni sochib tashladi. Keyin ikki hovuch jiyda bilan mayiz ham sochdi. Keyin kattakon xum choynakka ko‘k choy damladi.

Ikki tovoq palov hash-pash deguncha yo‘q bo‘ldi. Keyin bosib-bosib choy icha boshlashdi.

Men... qanday o‘tirganimni bilmas edim. Kasallikdan tuzalmaganim, injiqlik ham sababdir... Lekin bir burda non yeyishga istihola qilardim.

Bu oila — kambag‘al oila edi.

— Ha, paxtalar ham oyoqlab qoldi... Qani, bu yashash qalay endi? — dedi O’rmon aka. — Yig‘ayapsizlar deyman-a? Ha-ha-ha! O’zbekning odati shu-da: bolamga bo‘lsin, deydi...

— Ha, endi bizning otalar ham qilgan-da, — dedi Botir cho‘pon. — Opangizga uylantirib qo‘yishdi. Elni oldidan o‘tdik. To‘y deganday, xarajati bor-da...

— Lekin bizni aldashyapti, cho‘pon aka! Kunlik meh-natimiz ovqatimizni qoplamaydi. Bir kiloga o‘n tiyin to‘laydi. Hozir o‘n kilo terish o‘limdan qiyin.

— Ha, endi chidaymiz-da, og‘ajon. O’zimizni paxta, o‘zimizni hukumat.

— Hey, tushunmay qolaman-da, bu ishlarni!

Ayol meni kuzatib turgan ekan.

— Shu ukamiz hech narsa tatimadi-da, — deb qoldi. — Yo bizni pisand qilmayaptilarmi?

— E, nimaga... — Olovim chiqib ketdi. — O’zim shu...

— He, ishtahasi yo‘kdir-da, — dedi O’rmonjon aka. — Bo‘lmasa ovqatdan ham tortinadimi odam!

— Ha, ishtaham yo‘qroq... — dedim.

Tezroq chiqib ketgim kelardi. O’rmon akaning gaplari, so‘roqlari jonimga tekkan edi... Nima? E, qadrdon, meni nahot tushunmaydi deb o‘ylaysiz? Ha-ha! O’rmonjon akayam o‘zicha haq edi... Masalaning boshqa tomoni ham bor: biz o‘zimiz ham qornimiz to‘yib yashamasdik. Bittasi yarim kilo qand obkelgan bo‘lsa, boshqa bittasi o‘g‘irlardi, birovning kosasidagi go‘shtni birov... Aytishga til bormaydi. Tutab ketasan, kishi.

Nima qilishim kerak bo‘lmasa? Xadeb qo‘l uzataveraimi? Qo‘ying bu gaplarni.

Og‘a! O’sha sharoitda siz ham mendan o‘zgacha tutmasdingiz o‘zingizni!

Shu-shu, bularning uyiga qayta kirmadim. Cho‘pon gapiradi, xotini aytadi, o‘g‘li chaqiradi. «Xo‘p» deyman. Paysalga solaman.

Ularning kulbasiga kun ora kirib chiqadigan, dasturxonini quritadigan bolalar ko‘zimga yomon ko‘rinib qoldi. Asta-sekin ular bilan ham hamdardlikni uza boshladim.

Shunda, siz tasavvur ham qilolmaydigan bir voqea sodir bo‘ldi.

Surunkasiga yomg‘ir quya boshladi. Ikki kun ovqatsiz qoldik. Shundoq ham ko‘p bolalar qarzdor bo‘lishgan edi.

Asta-sekin elchilarimiz qishloq ko‘chalarida izg‘iydigan odat chiqarishdi: kechasi bir mahalda o‘ntalab, o‘n beshtalab qovun-tarvuz ko‘tarib kelishadi.

Ertasi shtabda janjal: kimdir hovlisiga o‘g‘ri tushganini aytib shikoyat qilib kelgan...

Ana, o‘g‘rilikkayam o‘rgana boshladik.

Ammo eng katta o‘g‘irlik... Kechasi dovul bo‘ldi. Bir payt eshik qattiq ochilib, shalabbo bo‘lgan Botir cho‘pon ko‘rindi.

— Mollar chiqib qochdi! Yordam beringlar!

Qo‘y-echkilarni nima hurkitgan — bilmay qoldim.

Boshqalar qatori chiqib, izlab ketdik. Qishloq ko‘chalarda deng, it ko‘p. Balki bo‘ri oralagandir? Yomg‘ir bo‘lsa chelaklab quyayapti... E, ko‘p izladik. Dabdalamiz chiqib, qo‘y-echkilarning bir bo‘lagini paxtazordan, besh-oltitasini ko‘chadan, ayrim xonadonlardan topib keldik.

Cho‘pon eshik og‘zida fonar yoqib, ko‘zlari javdirab turibdi. Nuqul rahmat deydi. Ayol alqaydi. O’g‘ilchasi xursand... Lekin bitta qo‘zi topilmagan edi.

— Uni o‘zim topaman. Sizlar dam olinglar endi... Topsam, o‘zimning ikki qo‘yimdan bittasini so‘yib, qovurib beraman sizlarga, — dedi Botir cho‘pon.

— Shunday qiling-e, bir go‘shtga to‘yaylik, aka! — dedi O’rmon aka.

Biz yotoqqa qaytdik. Endi... yana burnim bitdi desam, sizniyam g‘ashingiz keladi.

Mayli, bunday deyin: shu kecha besh-oltita yigit ham qattiq shamollagan ekan.

Soat ikkimidi-uchmidi, nafasim qaytib, uyg‘onib ketdim. Eshik qiya ochiq, g‘uvillab shamol kirayotgan ekan. Tagidan tortdim, yana ochildi. Tob tashlaganmi, nima balo. Irg‘ib turib tutqichdan ushlaganimni bilaman, birov eshikni naryoqqa tortdi. Men buyoqqa. Qo‘rqdim. Keyin lang ochib yuborgandim, Azimjon aka turgan ekan.

— E-e! Baqqa ke. Ustingga bir narsa il, — dedi u kishi.

Choponni yelkaga tashlab chiqsam, ustun yonida O’rmon aka, Mirzag‘olib degan polvon yigit ham turishibdi.

Mirzag‘olibning ham yoshi mendan ulug‘, «Rais» degan laqabi bor, o‘zi ehtiyotkor, «qirqoyoq kiradi» deb, kechasi qulog‘iga paxta tiqib yotadi.

Azimjon aka eshikni zichladi-da:

— Yur. Gap bor. Bo‘lgan ish bo‘ldi... Sen sho‘rlik ham bir maza qil, — dedi.

— Lekin guldurgup, — dedi O’rmonjon aka.

Ularga ergashib, yo‘lga chiqdim. O’rmonjon aka oldinga tushdi. Yomg‘ir tingan, ammo sovuq kunlardan darak beradigan shamol esar, u ust kiyimlarimiz o‘ngirlarini ochar, bag‘rimizga o‘zini urar edi. Endi itlarning tovushi ham o‘chgan.

Biz yo‘l yoqasidan orqaga — qishloqqa bizni olib kelgan «tomon»ga ketardik.

Ancha yo‘l yurib qo‘ydik. Dimog‘im ham ochildi ancha. Bir-ikki marta:

— Qayoqqa boryapmiz o‘zi? — deb so‘radim.

Ular aytishmadi. Keyin bo‘lsa... Xursand bo‘lib ketdim... ha, zimziyo tunda qandaydir sirli ish bilan qayoqqadir ildamlab ketishning ham zavqi bor-da!

He, qishloq orqada qolib ketdi... Boshda aytganim — qiyoqlar bog‘-bog‘ qilib yerga o‘tqazib qo‘yilganday ajriqzorga yetib keldik. Bu tomonda bir-ikkita it uchradi, qochib ketishdi.

Biz O’rmonjon akaning orqasidan boryapmiz. Ayrim joylardagi qamishlar yondirilgan ekan: namiqqan kulning hidi anqiydi. Namchil yer g‘ij-g‘ij etadi.

Alqissa, qamishlar odam bo‘yi o‘sgan, jangalga o‘xshash yerga borib qoldik. Shunda bir qo‘zichoqning ojiz ma’raganini eshitdim. Ammo hali gap nimadaligini, bu safardan murod neligini bilmasdim. Oqibat, qamishlarga oraladik va O’rmonjon aka qo‘l fonarini yoqdi. Zumdan keyin biz to‘rtovlon oyoqlari kuliklab bog‘lab, yotqizib qo‘yilgan qoragina, jiqqa ho‘l bo‘lgan, ko‘zlari yiltirab zo‘rg‘a ovoz chiqarayotgan qo‘zichoq tepasida turardik.

— Xayriyat, — dedi O’rmonjon aka. — Men daydi itlardan qo‘rqqan edim... Ergashvoy, chorvani bilasan, it ham qo‘zichoqlarni yeyishi mumkin-a?

— Shunday voqealar bo‘ladi, — dedim. — Lekin, bu kimning qo‘zisi?

— Bizniki... Bizniki endi. Mirzag‘olib, boshlang endi! Mana, mening pichog‘im o‘tkir. Lekin suyakka urmang.

Juda jo‘n ekanman deyman-da!

— Vey, shuni so‘yasizlarmi? — depman.

— Bor. Hey u yerdan yo‘lga qarab tur!

— Yo‘q, axir bu kimniki? Balki kolxozniki, balki... E? Botir akaning yo‘qolgan qo‘zisi emasmi?

— Obbo, senga nima deyapman! — deya O’rmonjon aka yelkamdan ushlab orqaga burdi. — Bor-da endi! Kolxozning yonini oladiganni ko‘rdik! Kolxoz... Padariga la’nat! Bizni ochdan o‘ldiradi! Botir ham bir qo‘zidan ayrilsa, ochdan o‘ladigan kimsa emas!

— Axir, insoflaring...

Shu gap bilan bu yigitlar tarbiyalanib qolarmidi? Yo‘q! Men o‘shanda faqat nafratlanar, nochorlikdan fig‘on chekar edim.

To‘g‘ri, qishloq tomonga bir-ikki qadam bosdim. Lekin chamasi, kursdoshlar orasida yolg‘izlanib qolish, ming bir ta’nalarni eshitishdan ham qo‘rkdim, shekilli.

Bundan tashqari, anglab olmagan esam-da, bu yigitlar to‘qlikka sho‘xlik qilmayotganlarini ham tushunib turardimki, garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo‘lmasa ham, ko‘nglimga tasalli, o‘z-o‘zini aldash deysizmi — shularning biri edi.

Xullas, men o‘sha qo‘zining go‘shtidan bir bo‘lak yemagan esam-da, baribir o‘g‘irlikka sherik bo‘lgan edim.

O’rmonjon akayam, Azimjon akayam bir haftalargacha mendan xavfsirab ola qarab yurishdi.

Men ular bilan gaplashmay qo‘ygandim, xolos.

Nima dedingiz?

Ha, o‘sha yerda so‘yishdi, Mirzag‘olib so‘ydi. Hash-pash deguncha terisini pshlib, kalla-pochasini otvorishdi. Keyin bir to‘p qamishni yondirib, qo‘riga jigarini pishirib yeyishdi.

Yemadim dedim-ku. O’zimni ishtahasi yo‘qqa urdim-da... Juda bo‘lmagandan keyin: «Hammalaringdan jirkanaman!» deb chetga chiqdim. Keyin kutdim.

Be-e, cho‘ponga borib siz ham aytmasdingiz. Keyin ketdim. Yotoqqa kirib yotdim...

Nuqul yig‘lagim keladi, ukkag‘ar. Botir akaga, ayoliga achinardim. Keyin, yigitlarimizgayam achindim... Ha! Ular qachon kirib yotishganini bilmayman. Biroq uch-to‘rt kun go‘sht qovurib yeyishdi. Yo‘q... Qizlar yotog‘ida yeyishdi. Endi, ular ham jannatda emas edilar-da, qadrdon.

Siz yozuvchilar, injiq odamsizlar. Yaxshi odam deganda, albatta sutdek oq, musichadek beozor odamni tushunasizlar. Holbuki, unaqalar hayotda yo‘q: undaylar, menimcha, g‘oya... xolos. Ha-ha-ha. Sizning gapingiz ham «Kommunistik jamiyat odamining axloq kodeksi»ga o‘xshab ketadi.

Kodeks chiqdimi, demak, bas, odamlar unga amal qiladi: risoladagidek bo‘ladi, deb hisoblashadi ba’zilar. Bular — chipuxa gaplar.

Kunlar o‘tdi.

Qor uchqunlay boshladi... Bizning, o‘zingiz bilgan tog‘larda bunday paytlar izg‘ishlarimiz, sayru sayohatlar — endi ertak edi. Biz sovukda tors-tors yorilgan ko‘saklarning paxtasini suvga ivitib olgandek sug‘urib olardik.

Ha, ikki kishi arqon bilan g‘o‘zalarning bir chetdan surib, qorini tushirardi. Keyin diqillab egatga kirardik. «Oq oltin»ni terardik. Bu qurmag‘ur «oq oltin» etakka tushgach, tugilib, mushtdek bo‘lib qolardi. Jiqqa ho‘l-da.

A? Qanday qilib quritib topshirishlarini bilmayman. Lekin bir-ikki xonada uyulib, sasib yotganini ko‘rganman.

Keyin ko‘sak terish boshlandi.

Endi, bizning qadrdonlar — O’rmonjon aka, Azimjon aka, Mirzag‘olib, tag‘in ularning safdoshlari — bari sal sovuq o‘tdi deguncha, yo vaqtida bak qaynamasa, Botir cho‘ponning kulbasiga kirib tiqilib olishardi.

Cho‘pon bilan xotini esa... xursand!

Biz endi yakkamoxov bo‘lib qolgandik. Yo‘q, sira kirmadim. Qanday qilib kiraman!

Bu yog‘iga quloq soling.

Qaytadigan bo‘ldik. O’zingiz bilasiz, bunday kunni hech bir o‘qituvchi, brigadir aytmaydi... Negaligini hamon tushunmayman. Balki terimdan sovub qoladi, deb o‘ylashadimi.

Lekin, kulgili joyi shundaki, bolalar baribir bilishadi. Botir cho‘pon ham bilgan ekan. Erta jo‘naydigan kunimiz o‘zlari xotinlari bilan kelib qoldilar. Yotoqqa... Men qandaydir xavotirga tushgan bo‘lsam kerak, har holda.

— Assalom alaykum, kelinglar, mehmonlar! — deb yubordi O’rmon aka.

Azimjon akayam bolalarga to‘shakcha solishni buyurdi. Botir cho‘pon qulluq qilib, xuddi kirib o‘tirmasa— biz u dunyo-bu dunyo yuz ko‘rmas bo‘ladigandek, ta’zimlar bilan yana uyiga aytdi:

— Shu, labz ekan, ukalar... Tilga olib qo‘yib edik. Bitta qon chiqaramiz deb... Shunga qadam ranjida qilsangizlar. Mana, opalaring ham iltimos qilyapti, — dedi.

Men tamom bo‘ldim.

— E, qandoq bo‘larkan... — dedi O’rmonjon aka. — Qo‘zingiz topilsa, boshqa gap edi...

— Ha, o‘sha kecha biz ham yaxshi izlamagan ko‘rinamiz, — dedi Azimjon aka ham. — Andak xijolatdamiz.

— E, og‘alarim-ey, — deb kuldi cho‘pon. — Biz xijolatda edik. Ishonasizlarmi, biz?.. Endi, gapni ko‘p chuvaltirmaylik, ukalar. Qo‘zi topildi hisob. A, xotin? He, Shodito‘qaydan topdik. Ul-bulni... O’zimiz tusmollagan edik daydi itlarga yem bo‘lgan-ov, deb... Endi bizni xursand qilamiz desanglar, ketar jafosiga bir mehmonimiz bo‘lasizlar...

Keyin, o‘zlari ham endi terimga chiqmasliklarini, faqat g‘o‘zapoya yulishlari va uyda o‘tirib, ko‘sak chuvishlarini aytdi.

— Qishlog‘imizda ikkita grek bor, — dedi xotini keyin. — Bir chelak haligiday suvdan ham oldik.

Hayronmisiz, qadrdon? Men ham hayronman! Albatta.

Shu kechasi bir mahalgacha kulbada o‘yin-kulgi qilib o‘tirishdilar. Tashqarida ham davom etdi. Men o‘zimni uxlaganga solib yotar edim. Yigitlar kelib, chiroqni yoqishgach, men to‘g‘rimda to‘ng‘illay-to‘ng‘illay, o‘tirishdi.

Ko‘pchiligining kayfi bor edi. Kayfdagi odamning gapiga ishonish qiyin-u, lekin... ha-ha, o‘sha, xuddi o‘ylagan gapingiz bo‘ldi: pushaymonlik... E, biri qo‘yib, biri oladi, biri qo‘yib, biri...

Chamasi, hammasining og‘zi tekkan ekan o‘sha go‘shtga.

Azimjon akaning bir nidosi yodimda qoldi:

— Biz ablahmiz! — dedi ingrab. — Ko‘ra-bila turib ablahlik qilamiz. Biz qanaqasiga o‘zbekmiz-a? Ana ularni o‘zbek desa bo‘ladi. Nima deding, O’rmonjon?

— Biz ancha buzilganmiz, — deb po‘ng‘illadi O’rmon aka. — Lekin hayotning o‘ziyam majbur qiladi-da, kishini.

— Ularni majbur qilmayapti-ku?

— Nimaga?

— Shu, endi... Balki pul yig‘ib berarmiz-a?

— Bo‘lsa!

Keyin yana men haqimda gapirishdi. Bittasi, ovozidan bilolmadim, tik turgancha:

— Shu Ergashvoyning ichiga tepsang-da — dedi. — Ko‘zimga itdan battar ko‘rinyapti... Endi, bir umr kulib yuradi bizdan, yaramas. Yovvoyi...

— Parvo qilma, — dedi O’rmonjon aka. — Bunaqalar hayotda bo‘ladi...

Men bu hikoyani o‘zimni maqtash uchun aytmayapman. U yog‘ini so‘rasangiz, hozir ulardan ham beshbattar bo‘lganman: haqqimni yedirmayman. Har qanaqa avtoritetni odam demayman... Shu-shu. Hozir hammamizning ko‘zimiz ochilib qolgan...

Ha, ertasi... laylak qor yog‘ib turardi. Xuddi tog‘larda yog‘adigandek!

Ko‘chada avtobuslar tizilib ketgan. Yigitlarning boshi osmonda. Nihoyat, universitet auditoriyalariga qaytishadi!

Ayvonda turgandim. Xaltam yonimda. Shu Botir cho‘pon bilan xotiniga bir yaxshi gap, minnatdorchilik bildirgim kelardi. Men ularni juda yaxshi ko‘rib qolgandim-da!

Ha, kelib qolishdi.

— Xush ko‘rdik! Sizlarga ming-ming rahmat, O’rmonjon! — dedi Botir cho‘pon. — Azimjon, sizgayam...

Hammalaringizga. Qaranglar, bir mayizni qirq bo‘lib yeganday yashadinglar... Sizlarning qadringizga yetolmadik biz.

U kishi hamma bilan qo‘l berib xayrlashdi-da, menga qolganda, burilib ketdi. Shunda ayoli ham xo‘shlasha boshladi. Qadoq qo‘llarining uchini berib xo‘shlasha-xo‘shlasha menga yetganda, uyam burilib ketdi.

Men titrab-qaqshab ularning oldiga bordim.

— Botir aka, opa... men sizlarni juda yaxshi ko‘raman, — dedim. — Xafa bo‘lmangizlar.

— Yo‘q, siz bizni yaxshi ko‘rmaysiz, — dedi xotini. — Boshdan yomon ko‘rib edingiz.

— Rost, uka. Pisand qilmadingiz bizni, — dedi shunda cho‘pon ham. — Anavi yigitlar boshqacha...

— Axir men sizlarni juda-juda hurmat qilaman.

— Bekor gap, — dedi ayol.

— Ha, — dedi eri.

Abduqodir menga yotsirab qarab turardi.

— Shunaqa.

Xo‘sh, bu yerda nimani ko‘rding, nima xulosaga kelding, deb so‘rarsiz?

Men bu yerda... oddiy-jaydari, sodda o‘zbekning kengligi, to‘poriligini ko‘rdim.

Ishonasizmi, avtobusga o‘tirganimdan keyin sovuq oynadan laylakqorga qarab yig‘lar edim: ana shu o‘zbeklarning bag‘ri kengligi uchun, ne-ne qiyinchiliklarga, faqirlikka qaramay, fe’li tor bo‘lmagan, ajib-afsonaviy mehmondo‘stligi instinkt kabi mavjud qolgani uchun... ichimda, ich-ichimdan quvonib yig‘lardim.

Uzr, suhbatimiz «o‘zbek xarakteri» haqida edi. Sizlar aytgan zo‘r-zo‘r hikoyalardayam haqiqat bor. Ammo mening bu jo‘ngina, oddiygina hikoyam — ko‘nglimdan o‘tgan narsa edi, azizim. Shuning uchun buning menga ta’siri mutlaqo bo‘lakcha.

1988





































































26

Omon Muhtor - Suratdagi Yo’lbars



Rustam uydagi o‘ziga tegishli darsxonani yig‘ish¬tirayotgan edi, turli qog‘ozlar orasida eski bir devor-kalendarga ko‘zi tushdi. Kalendar uyga qaerdan, qanday kelgan? Eslamadi. Plakat shaklidagi katta, qalin qog‘ozning pastki qismida bundan ancha burungi yilning oy va kunlari belgilangan, yuqori qismida yo‘lbars surati bosilgan edi.

Rustamni surat beixtiyor qiziqtirganidan, u dar¬hol qaychi olib, pastdagi yozuvni qirqib tashladi, suratning o‘zini esa quyi devorning to‘riga yelimlab qo‘ydi.

Keyin, qilgan ishidan mamnun bo‘lib yozuv stoli orqasida o‘tirganicha, ro‘paradagi shakl-shamoyilni tomosha qila boshladi.

Rustam – shaharda tug‘ilib, shaharda o‘sgan yigit, – tirik yo‘lbarsni hech qachon ko‘rmagan, bolalik yillari «Hayvonot bog‘i»da «mushuksimonlar oilasiga mansub» deb ataladigan sirtlonni, sherni, qoplonni sim-to‘r oldida turib ko‘rgan, lekin yo‘lbarsni ko‘rmagan, bitta-yarim kitobda suratiga ko‘zi tushgan, xolos. Sirasini aytganda, u yo‘lbars bilan arslon, qoplon bilan sirtlonning unchalik biri-biridan farqini ham bilmaydi. Mabodo boya qalin qog‘oz pastida nomi «Qizil kitob»ga kirgan yo‘lbars, deb ta’kidlanmagan bo‘lsa, Rustam suratdagi hayvonni sher deb ham o‘ylashi mumkin edi.

Surat yaqindan turib olinganmi yoki kattalashtirilganmi, harholda, yo‘lbarsning osti qizarib turgan yo‘g‘on burni va ochiq-yirik ko‘zlari qaraganing zahoti diqqatingni tortar edi. Rustam suratga tikilganicha, ko‘nglida vahmmi-qo‘rquv tuydi. Shu bilan birga, ajab¬landi. Odamlar «ongsiz hayvon» deyishadi. Buning ustiga, yirtqich. Ammo basharasida, ayniqsa ko‘zlarida shu qadar ko‘p ma’no borki! Ana, senga tik qadalgan ko‘zlarda bir hushyorlik va bir ehtiyotkorlik, bir shiddat g‘ururi va bir bayonsiz hasrat-mung muhrlangan!

Rustam «tomosha»ni tugatib, stol ustida yotgan kitobni erinib varaqlay boshladi. Ertaga seminar! Tayyorlanish kerak! Bu dunyoda talabalarning to‘qson foiziga seminaru imtihonlar doim bemavrid, o‘z vaqtidan oldinroq kelgandek bo‘lib tuyuladi. Hayajonlanib-shoshganing zo‘riqqaningdan kallangga bir gap kirmaydi.



* * *



Yo‘q, u asta-sekin dunyoni unutib ishga kirishib ketdi.

Oradan oz vaqt o‘tdimi, ko‘pmi, bexosdan nazarida, bir narsa yerga to‘p etib tushgandek bo‘ldi. O’rnidan sapchib turib qarasa, stoldan narida, xona o‘rtasida mushukdek ag‘darilib boshini qiyshaytirgan yo‘lbars yotibdi. Rustam devorga qaradi, devordagi surat yo‘q¬ol¬gan edi.

– Ie, sen suratdan chiqib pastga tushdingmi? – dedi Rustam hayron bo‘lib.

Uni battar hayron qoldirib, yo‘lbars odamga o‘x¬shagan tilda:

– Anchadan buyon tuz totganim yo‘q. Qornim och, – dedi.

Rustam hovliqib oshxonaga bordi. Oyisi ovqatga unnayotgan ekan.

– Uyda go‘sht bormi, oyi?

– Go‘shtni nima qilasan?

– Kerak.

Rustam muzlatgichni ochdi, taxminan ikki kiloga yaqin go‘sht bor ekan, idishi bilan ko‘tarib darsxonaga qaytib keldi. Yo‘lbars endi o‘rnidan qo‘zg‘olib cho‘kka tushgan, havo yetmayotgandek og‘ir nafas olayotgan edi. Lahza ichida yarim chaynab, yarim yutib go‘shtni yeb qo‘ydi. Keyin, kerishib-siltanganicha, eshikka yo‘naldi.

– Qayoqqa?

– Biroz yugurish kerak. Hazmi taom, – dedi yo‘l¬bars.

Rustam endi yo‘lbarsni o‘ziniki deb bilganidan, yolg‘iz ko‘chaga chiqargisi kelmadi. Apil-tapil kiyinib, eshikka yo‘naldi.

Yo‘lbars yo‘lakdagi zinalarni ko‘rdimi-ko‘rma¬dimi, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Rustam «ketib qoldi» deb o‘yladi. Biroq pastga tushsa, hovlida yugurib yurgan ekan. Shu soniyada boshqa bir holatdan Rustamning kapalagi uchdi.

Ularning uyi va ro‘paradagi uyning to‘rttala qa¬vatida ham barcha derazalar lang ochilgan, chala kiyingan erkaklar-u, sochlari g‘ijimlanganmi-to‘zgan xotin¬lar saf chekkan edi. Rustamni ko‘rib erkak-ayol ba¬ravar ayyuhannos sola boshlashdi:

– Odamlarda uyat yo‘q. Katalakdek uyda mushuk tutishgani go‘rga, it ham boqishayapti...

– It nima, toshbaqadan ilongacha uyga olib kirishgan...

– Mana, yirtqichlarga navbat yetibdi. Xo‘p, senga katta hayvon kerak bo‘lsa, masalan, tuya yoki filni yetaklab yurmaysanmi?

– Biz bundan buyog‘i qo‘rqib, qafasdagi qushdek, uydan chiqolmay o‘tirar ekanmiz-da?

Rustam payqadi – dahshatli joyi, uning jonajon oyisi ham deraza oldida paydo bo‘lgan, bir yolvorib, bir baqirayotgan edi:

– Otang bilan qo‘shmozor bo‘lgur, jon bolam. Kap-katta yigitsan. Bu hayvon uyga qayokdan kelib qoldi?

Rustamni g‘am bosdi. Bir tomondan, qutidek terib chiqilgan ko‘pqavatli uy sharoitida atrofdagilar bilan hisoblashmay ish tutish yaxshi emas. Lekin ikkinchi tomondan, seniki bo‘la boshlagan hayvonni «ortiqcha ekansan» deb yoningdan haydab yuborish kerakmi?

U nima qilishini bilmay, o‘zini yomg‘ir ostida ketayotgan yoki to‘g‘rirog‘i, toshbo‘ron qilinayotgan kishidek sezib, hovlidan katta yo‘l tomon yurdi. Bir mahal yo‘lbars ergashib, yonida borayotganini ko‘rdi. Inson va hayvon – ikkovlon ko‘cha aylanib qaytib uyga kirishadimi? Yo‘lbarsning sayr qilishdan tashqari, ko‘chaga chiqishdan biron maqsad-muddaosi bormi? – Rustam tasavvur qilolmayotgan edi. Umuman, uyga ham, hovliga ham avvaldan sig‘magan, sig‘maydigan maxluqning bundan keyingi taqdirini o‘ylab, qandaydir chora topishga to‘g‘ri kelmasmikan? – u tashvishlanayotgan, bu ham unga noma’lum edi.

Ayni yoz. Tush payti. Oftob lovullab yonayotgan, o‘t purkayotgan edi. Bunday pallada odamlar aksari uyida eshikni berkitib yotishga urinadi. Ko‘chaga chiqqanda ham, soya-salqin bir joyda orom olishga harakat qiladi... Shunga qaramay, ko‘chada odam ko‘p, arava minganlar o‘z yo‘liga, piyodalar g‘ujg‘on o‘ynagan.

Rustamning yonida yo‘lbarsga ko‘zlari tushib, ular to‘p-to‘p har yoqqa qocha boshlashdi. Keyin, atrofdagi uylardan turli idora binolarigacha hammayoqda yana derazalar lang ochilib, erkak-ayol ayyuhannos solishga tushdi. Keyin, bir mashina qurollangan askar keldi.

– Qochishim kerak. Bular uchragan hayvonni tinch qo‘ymaydi, – dedi yo‘lbars odamga o‘xshagan tilda Rustamga.

Keyin, yugurib-sakrab, shamoldek uchib, askarlar miltiq o‘qtalishga ulgurmay, allaqayoqlarga ketib qoldi... «Hayvonot bog‘i»ga borib o‘zi «taslim» bo‘ldimikan? U yerda ovqat bor, jon ham saqlash mumkin. Biroq erkinlikka o‘rgangan hayvon uchun u yer – odamlar uchun qamoqxonadek gap. Balki biron yalang sahroga yoki biron sokin to‘qayzorga va yoki biron tog‘lardagi o‘rmonzorga borgandir? Odam bolasi yoningdagi hayvon qayoqqa ketgani-yu, qaerda yurganini

bilmaysan!



* * *



Rustam sarosimalanib, uyga qaytishni mo‘ljal¬layotgan edi, shu asnoda birov og‘ir panjasini uning yelkasiga qo‘ydi. Burilib qarasa, bir kunlar dadasi ishlagan, xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmaganidan halokatga yo‘liqqan qurilish idorasi boshlig‘i – Farmon aka degan kishi. O’shanda, dadasi o‘lganida, bu odam ularning uyiga kelgan, bir bog‘lam pul ham keltirgan, o‘zicha g‘amxo‘rlik, mehribonlik ko‘rsatgandek bo‘lgan edi.

– To‘xta! Obbo! Rustamboy emasmisan? – dedi boshliq jiyanini uchratgan tog‘adek iljayib. – Yur. Mening uyim shu yaqin joyda, ko‘rib qo‘y.

– Boshqa kun, amaki, – dedi Rustam.

– Yur. Yur. Uyalma. Uyni ko‘rib qo‘ysang, kerak bo‘lganida kelaverasan.

Rustam iloj-noiloj Farmon akaning izidan yo‘l¬ga tushdi. Chindan dam o‘tmay serhasham bir hovliga kirib borishdi. Farmon aka oldi ayvon imoratga imo qilib kiraver, deganicha o‘zi boshqa binoga kirib ketdi.

Rustam qisinib ayvonga ko‘tarildi. Eshikni ochib ichkari kirdi.

Kirdi-yu, tosh qotdi.

Xona o‘rtasida, YAL-YAL gilamlar orasida po‘stak qabilida tulup – haybatli io‘lbarsning boshi bilan birga shilingan terisi yotar edi.

Bu – boshqa bir yo‘lbars (balki, arslon, balki, qoplon) edi. Lekin Rustam o‘zi hozirgina ko‘chada yo‘qotib qo‘ygan, shunga qaramay, uniki bo‘lib qolavergan yo‘lbars...

qaysidir sahrodami,

to‘qayzordami,

tog‘lardagi o‘rmondami

otib o‘ldirilgan, so‘yilgan –

o‘sha yo‘lbars bo‘lib tuyuldi.

«Yo‘lbars bolasini tutmoq uchun yo‘lbars uyasiga kirmoq kerak». Bir kitobda buni maqolmi, iborami debdi. Birovning bolasini tutmoq, uyasiga kir¬moq¬¬¬¬¬dan dah¬¬shatliroq hol bormi? Odamlar qay¬¬si ma’noda to‘¬qi¬gan bo‘l¬sa ekan?

Yer yuzidagi tabiiy zilzila-yu, toshqinlar, yon¬g‘inlar, insonga tegishli portlatishlar, bosqinlar va bulardan allaqayoqlarga qochib borayotgan katta-kichik himoyasiz hayvonlar – ular orasida yo‘lbars ham, Rustamning xayolida yaxlit manzara kasb etdi.

Rustam xonadan yugurib chiqib, ko‘chaga otildi. U hech kimga ahamiyat bermay, o‘zining ahvoliga ham parvo qil¬¬¬may ko‘chada ko‘zlaridan yosh oqib, shamoldek uchib, unsiz yig‘lab borar edi.



* * *



Shu alfozda uyga qaytib keldi. Darsxonaga kirib, har qachongi o‘rnini egalladi. Oradan qancha vaqt o‘tdi, bilmaydi, eshik taqillayotgandek bo‘ldi. Birov qo‘ng‘iroq tugmasini bosmagan, eshikni ham yuqori qismi emas, pastki qismini bir maromda to‘q-to‘q urishdan tinmayotgan edi. Rustam ajablanganicha borib eshikni ochdi. Yo‘lbars qaytib kelibdi. Jonivor bosh urib «eshik qoqayotgan» ekan.

– Hech yerga sig‘mayapman. Charchadim, – dedi.

– Kel. Kir. Ey... – dedi Rustam hayajonlanib-suyunib.

Yo‘lbars ichkari kirdi. Xona o‘rtasida cho‘zilib, og‘zini katta ochganicha xirillab esnadi.

Rustam o‘z o‘rniga o‘tib o‘tirgach esa... shiftga tomon yengil bir sakrab... devordagi qalin qog‘ozga joylanib oldi.



"Yoshlik" jurnalining 2010-yil, 8-sonidan olindi.































27

O’tkir Hoshimov – Tasalli



Qabriston jimjit. Faqat yo‘lakning ikki chetida saf tortgan mirzateraklar qabr ustiga bosh eggan farzandlardek onaga orom tilab alla aytadi. Ularning mungli shivirlashi tilovat sadolariga qo‘shilib, yurakni ezuvchi ohangga aylanadi... Oq surp yaktak kiygan, mosh-guruch soqoli o‘ziga yarashgan go‘rkov yuziga fotiha tortib o‘rnidan turadi:

— Bo‘ldi endi, bolam! Bunaqada o‘zingizni oldirib qo‘yasiz. Dunyoning ishlari shu ekan, iloj qancha? — U bir zum indamay qoladi-da, qo‘shib qo‘yadi: —Volidai mehriboningiz xo‘p yarlaqagan odam ekanlar. To‘shakda yotmabdilar, birovga zoriqmabdilar... Bunaqa beozor o‘lim har kimga ham nasib etavermaydi.

Nami qurib ulgurmagan tuproq uyumiga tikilgancha o‘ylayman.

Ehtimol shundaydir. Onam bu dunyoda kamsuqumgina yashardi. Hech kimga ozor bermasdi. Hech kim bilan hech nimani talashmasdi. Ehtimol, tabiatning eng shafqatsiz elchisi bilan ham olishib o‘tirishni xohlamagandir. Ehtimol...

— Ko‘rdingizmi, — deydi qariya o‘ychan ohangda,— o‘sha kuni kechasi bilan jala quyib chiqdi. To qabrga qo‘ygunimizcha tinmadi. Qo‘yishimiz bilan charaqlab oftob chiqdi. Bunaqa ruhi pok odamlar kam bo‘ladi, bolam, men bilaman-ku.

Ehtimol shunday hamdir. Balki, odamlarning dardiga sherik bo‘laverib ko‘nikib ketgan bu nuroniy qariya kerakli paytda har kimga ana shunday tasalli so‘zini aytar. Rahmat senga, otaxon. Ertami-kechmi har kimning ishi tushadigan mana shu qo‘llaring uchun rahmat. O‘rtanib turgan yurakka suv sepa biladigan mana shu hamdard qalbing uchun rahmat. Faqat... Hamma gap yomg‘irda bo‘lsa, yana aqalli uch kungina onamning umri cho‘zilsa-yu, keyin yomg‘ir emas, muttasil tosh yog‘sa ham rozi edim...

Bir hafta bo‘ldiki, do‘stlarim, tanish-notanishlar eshikdan ma’yus kirib kelishadi. Do‘stlarim jimgina o‘tirib, jimgina chiqib ketishadi. Boshqalar ohista so‘raydilar:

— Necha yoshda edilar?

Men aytaman... Aytamanu o‘ylayman: onaning yosh-qarisi bo‘ladimi? Mehrning yosh-qarisi bo‘ladimi? Shafqatning-chi? Sadoqatning-chi?

Ilgarilari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo‘lmas ekan. Ona — ona ekan. Unga boshqa sifat kerakmas.





































28

O’tkir Hoshimov - Surat

Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi:

— O‘tirsang-chi, bolam. Birpas o‘tirgin.

— Bo‘ldi, ketdim.

— Shoshma, bolam. — Onam ko‘zimga odatdagidan boshqacha, qandaydir mung bilan termildi. — Gap bor.

Tipirchilab soatga qaradim: hali benzin olish kerak, ishga borish kerak, keyin nashriyotga o‘tish...

— Nima edi?

Onam ko‘zimga hamon ma’yus termilib o‘tirardi.

— Suratga tushaylik, — dedi to‘satdan.

Ajablandim.

— Nega?

— Yaqinda men o‘laman.

Onam bu gapni xuddi: «Qo‘shninikiga chiqib kelaman», degandek ohangda aytdi. Kulib yubordim.

— Qo‘ysangiz-chi, oyi.

Shunday dedim-da, chiqdim ketdim.

Oradan ikki hafta o‘tdi-yu... Kechalari uyg‘onib ketaman, o‘ylayman. O‘ylayman: sen nomard, sen ahmoq nimaga, nimaga o‘shanda kulding? Suratga tushishga vaqting yo‘qmidi? Kerak bo‘lsa topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bog‘da, ko‘chada... Nima, sen kinoyulduzmisan? Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda... Faqat... Onang bilan tushgan surating yo‘q!























































29

O’tkir Hoshimov – Xayollarga Bo’laman Tutqun

«Ko‘rmay desam, ko‘zim ko‘r emas,

Yurmay desam, oyog‘im butun.

Ammo qalblar ortiq jo‘r emas,

Xayollarga bo‘laman tutqun».

Mirtemir



U ketdi... Yaproqlari oqshom shabadasida ohista silkinib turgan bir tup o‘rik tagidan burilib o‘tdi-yu, muyulishda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Qarg‘ashoyi ko‘ylagining etagini, o‘ng bilagiga ilib olgan qizil sumkachasinigina ko‘rib qoldim. U ketdi... Quloqlarim ostida anhorning qiqir-qiqir kulgisi-yu, xo‘rsinishga to‘lgan qiz yig‘isi qoldi.

U ketdi-yu, ko‘z o‘ngimda iztirobga to‘lgan, ham yaqin, ham uzoq siymosi qoldi.

...Ko‘zlarimda yosh qalqidimi?! Yo‘q-yo‘q, axir nega endi? U ketdi. U ketdi-yu, xayolimda ham shirin, ham achchiq, ham quvnoq, ham alamli uzuq-yuluq xotiralar qoldi...

...O’shanda men birinchi kursda o‘qirdim. Birinchi imtihonni topshirgan edim. Qiziq, yoshlik ekan-da! Birinchi kurs talabalarining hammasida bo‘ladigan odat menda ham bor edi. O’zimni juda bilimdon, yuqori kursdagilardan ham, goho domlalardan ham ko‘proq narsani biladigan kishi hisoblardim. Ha, men mag‘rur edim. Buning ustiga birinchi imtihondan a’lo baho oldim. Men shod edim, allaqayoqlarga uchgim, baland-baland parvoz etgim kelardi. Gavjum yo‘lkalardan borarkan man, hech kimni ko‘rmas, hech nimani sezmas edim.

Trolleybusga chiqdim. Bo‘sh o‘rindiqqa o‘tirib kitob varaqlay boshladim. Kitob o‘qirdimu satrlar mazmunini o‘zim ham tushunmasdim. Xayollarim olislarga yetaklab ketardi meni.

Yonimga kelib o‘tirgan qizga parvo ham qilmabman. Bir vaqt u piq etib kulib yubordi.

- Odamga qaragingiz ham kelmaydimi, Erkin aka? Cho‘chib o‘girildim.

- Ie, Xolida... — xijolatdan qip-qizarib ketgan bo‘lsam kerak, Xolida yashnab-yashnab kulib yubordi.

Noqulay ahvolda iljayib, unga razm soldim. Hech o‘zgarmabdi. Doim nimanidir kutganday bolalarcha javdirab turuvchi charos ko‘zlari ham, chehrasiga allaqanday soddalikkami, bo‘shanglikkami o‘xshash ifoda beruvchi qalinroq lablari ham o‘zgarmabdi. Bu o‘sha Xolida edi. Bundan yarim yilcha avval o‘zim bilan bir partada — o‘rta maktab partasida o‘tirgan Xolida edi. Hech o‘zgarmabdi... faqat meni «aka» deb ataganiga hayron bo‘ldim. Maktabda bo‘lsa har doim «He bola» deb chaqirardi, shayton qiz!

Xayolimni yig‘ishtirib olmasimdanoq Xolida yana hujumga o‘tdi:

- Ja, talaba bo‘lib... a? O’qishlar yaxshi ketyaptimi?

- Hm, — dedim so‘zimning yarmisini yutib. Men uni «siz»-lashimni ham, «sen»lashimni ham bilolmay, bir zum istihola qilib turdim-da, faqat, gapirish uchungina so‘radim: -Siz qaerda o‘qiyapsiz, Xolida?

Bilmadim, Xolida savolimni eshitmadimi yoki e’tibor bermadimi, yuzini chetga burib, u yoq-bu yoqqa alanglay boshladi. Oldinroqda turgan ayolni chaqirib joy berdi. Men ham darrov turib ketdim. Ikkovimiz yonma-yon turib, anchagacha jim ketdik. Keyin Xolida yana avvalgiday jilmayib so‘radi:

- Shunday qilib, jurnalist bo‘lar ekansiz-da... Ko‘rsam maylimi? — Xolida qo‘limdagi kitobni oldi.- Lui Aragon! Yaxshi yozuvchi bo‘lsa kerak-a?

Men indamay bosh silkib qo‘ydim. Xolida kitobni varaqlarkan, ichidan zachyot daftarim chiqib qoldi. U menga yov qarash qildi. Quyuq qoshlari bir to‘lg‘anib qo‘ydi.

- Ruxsatsiz ko‘rsam xafa bo‘lmaysizmi?

Men, avvaliga, mayli, dedim-u, keyin birdan uning Qo‘llariga yopishdim. Surat! Axir daftar ichida o‘zining surati bor-ku! Ko‘rsa nima xayolga boradi? Bitiruvchilar kechasi o‘tkazilgan kuni sinfdoshlarimiz bilan surat almashgandik, negadir Xolidaning suratini o‘shandan beri yonim-da olib yurardim. Nimaga shunday qilayotganimni o‘zim ham bilmasdim. Faqat... faqat Xolidaning menga boshqacharoq qarab yurishini bolalar shama qilishardi o‘shanda. Menda ham shu qizga nisbatan mehrmi, allaqanday his uyg‘ongandi. Lekin nima uchundir shu topda unga suratini ko‘rsatgim kelmadi.

- Xolida, kechirasiz, mumkin emas, — dedim sun’iy iljayib. Zachyot daftarimni cho‘ntagimga solib qo‘ydim.

- Kechirasiz... Sizning ichki ishlaringizga aralasha olmayman. - Xolida hazillashyaptimi, chindan gapiryaptimi bilolmadim. Oraga tushgan sovuq vaziyatni yo‘qotish uchun tayinliroq so‘z qidirar, ammo tilim kalimaga kelmasdi. Trolleybus Xadraga yaqinlasharkan, «Vatan» kinoteatrining katta-katta afishalari lip etib ko‘rinib o‘tdi.

- Yaxshi kino ketyapti... Tushamizmi?

Men bu gapni ham faqat oradagi o‘sha noqulay vaziyatni buzish uchun aytdim. Dabdurustdan kinoga taklif qilishim Xolidani o‘ylantirib qo‘ydi. Men uning yo‘q deyishini kutib turardim. Ammo yo‘q demadi. Yelkasini uchirib Qo‘ydi.

- Bilmasam.

- Bo‘pti, yuring! — dedim quvonib...

Kinodan chiqib, zinalar yonidagi pastak archa tagida bir oz turib qoldik.

- Erkin aka, bilasizmi... - Xolidaning yonoqlari qip-qizarib ketdi. Bir o‘rim sochining uchini tutamlab turib, tutilib-tutilib gapirdi, - bilasizmi... Man... sizga xalaqit bermaymanmi?

Shu topda u ko‘zimga juda sodda, juda pok, shu bilan birga allaqanday sirli ko‘rinib ketdi. Bu savol oldida o‘zim ham esankirab qoldim.

- Yo‘g‘-e, nimaga endi?..

- Bo‘lmasa... kelar haftaning shu kuni, shu soatda, shu yerga kelsam yo‘q demaysizmi?..

Xolida battar qizarib ketdi. Quyuq qayrilma kipriklari yuziga to‘kildi.

- Xolida, kelasizmi, rostdan kelasizmi? - dedim sevinib.

- Men ketdim! Xayr!

Xolida yerdan ko‘z uzmay keskin burildi-da, kelib to‘xtagan trolleybusga qarab yugurdi. Sariq jemperiga quyib qo‘ygandek yarashib tushgan bir o‘rim yo‘g‘on qo‘ng‘ir sochining silkinib borayotganini ko‘rib turdim. U trolleybus zinasiga oyoq qo‘yarkan, menga bir o‘girilib qaradi. Nazarimda muloyim, juda muloyim jilmayib qo‘ygandek bo‘ldi. Shundagina men uni kuzatib qo‘yishim kerakligini tushundim. Axir biz u bilan yonma-yon mahallada turamiz-ku! Ammo men kechikkan edim. Trolleybus bir silkinib yurib ketdi. Turgan joyimda serrayib qoldim. Hozirgina bo‘lib o‘tgan gap-so‘zlar quloqlarim ostida dilrabo kuy sadolaridek jaranglar, shu kuy meni bir umr sarxush qilib qo‘yayotganday bo‘lardi.

Kelasi uchrashuvgacha shu kuy og‘ushida yashadim.

Chorshanba kuni Xolidani xuddi o‘sha yerda, kinoteatr zinalari yonidagi pastak, xonaki archa tagida kutib oldim. Xolida bu safar o‘ziga sal oro bergan, boshini yaqinda yuvgan bo‘lsa kerak, uzun sochlarining nami hali qurimagan edi.

- Bugun kinoga tushmay qo‘ya qolamiz, xo‘p? - Xolida qoshini chimirib, chiroyli jilmayib qo‘ydi.

- Ixtiyoringiz...

Hali oqshom qo‘nib ulgurmagan katta ko‘chadan O’rdaga — Anhor tomonga yurib ketdik.

- Uydagilar yaxshi o‘tirishibdimi, Xolida? - dedim uning qadamiga qarab ohista borarkanman.

- Rahmat...— Xolida anchagacha jim qoldi... Anhor ko‘prigidan o‘tib daraxtzor orasiga kirdik. Oqshom eng avval shu yerga qo‘nadi. Daraxtlarning tekis shovillashi anhorning bezovta to‘lqinlari ovoziga qo‘shilib, beozor, orombaxsh sukunatni chuqurlashtirayotgandek bo‘lardi...

- O’tiramizmi? — Anhor labida turgan pastak skameykaga imo qildim.

O’tirdik. Anhorning tub-tubidan qaynab chiqayotgan suvga tikilgancha qoldik. Anchagacha ikkovimizdan ham sado chiqmadi.

- Erkin aka, siz meni odobsiz qiz deb o‘ylayapsizmi? — Xolida javdiragan ko‘zlarini ko‘zimga qadadi.

Hayron bo‘ldim.

- Nega endi?

Xolida anchagacha indamadi.

- Rost-da... O’zimdan-o‘zim sizga... - Xolida boshini yana-yam quyiroq egdi. Qiynalib-qiynalib gapirdi. - Lekin nima qilay? Faqat, faqat siz meni haydamasangiz bo‘ldi...

Butun vujudimni hali hech sezilmagan, hali hech sinab ko‘rilmagan allaqanday yoqimli titroq qopladi. Hali ishq nimaligini bilmagan yurakda nozik, juda nozik, shamchiroqdek bir o‘t - sevgiga chanqoq o‘t yiltillab turarkan. Mayingina muhabbat shabadasi bir marta, faqat bir marta siypalab o‘tsa, bu uchqun lovillab ketarkan.

- Xolida, axir nega unday deysiz? Axir men sizni... sizni... Xayolimni yolg‘iz siz olib qo‘ydingiz-ku, axir! Menga nasib bo‘ladimi, yo‘qmi, deb xavotirlanib o‘zim ham topolmay yurgan aziz bir narsani qiz muhabbatini taqdim qilasizu...

Men yana ancha-ancha gaplarni aytgim, yuragimdagi hislarimning hammasini to‘kib solgim kelardi-yu, ammo shu hislar oldida o‘zim ojiz edim...

- Rostmi? Shu gaplaringiz rostmi? —Xolida qayrilma kipriklarini ko‘tarib ko‘zlarimga tikildi.

Entikib ketdim.

- Nahotki menga ishonmasangiz? Xolida sekin bosh silkidi.

- Ishonaman... Lekin... Keling, endi bir-birimizdan sir yashirmaylik. Xo‘p?

- Sizdan nimani ham yashiray?

- Yolg‘onmi?-Xolida ayyorliq bilan qoshini uchirib qo‘ydi,-Huv, anunda, zachyot daftaringizni nega tortib oldingiz?

- Unda... unda sizning suratingiz bor edi, Xolida!

- Rostmi?-Xolida yana o‘sha bolalarcha soddalik bilan ko‘zlarini javdiratdi...

Shu kuni ikkalamiz uygacha piyoda qaytdik.

Men Xolida bilan xayrlashgan daqiqadan boshlaboq yuragimda so‘nmas bir o‘t alangalana boshladi. Bu o‘t hech to‘xtamas, visol damlari yaqinlashgan sayin kuchayar, faqat o‘zini ko‘rsam sal bosilardi-yu, xayrlashishimiz bilan yana lovillardi.

Bu o‘t ikki yilgacha, yo‘q-yo‘q, undan keyin ham, shu kungacha ham hech pasaymadi. Lekin, netayki, goho taqdir sening izmingga emas, sen taqdirning izmiga bo‘ysunishga majbur bo‘lib qolarkansan...

...Ikkinchi kursning oxirgi imtihonini topshirgan kunim Samarqandga—viloyat gazetasiga uch oylik praktikaga ketish oldidan Xolidani uchrashuvga taklif qilgandim. Ammo u kelmadi. Har gal besh minut kuttirib qo‘ysa, alamimni papirosdan olardim. Bu safar papiros ham dosh berolmadi. Xuddi o‘sha Anhor bo‘yidagi pastak skameyka yonida bir soat turdim. Yuragimni chulg‘agan shubhalar chigallashib ketdi-yu, shahar ko‘chalarida anchagacha aylanib yurdim. O’sha tanish xiyobonlar, o‘sha sokin anhor, juft-juft bo‘lib sayr qilib yurgan o‘sha sevishganlar bir dardimni o‘n qilardi.

Xayolimda ikki savol, ikki muammo hukmron edi: Xolidaning oldiga boraymi, yo‘qmi? Ehtimol, unga bir nima bo‘lgandir? Yo‘g‘-e, axir kuni kecha o‘zim ko‘rdim-ku! Agar u shunchaki noz qilayotgan bo‘lsa-chi? Shu topda uning uyiga, ostonasiga bosh urib boramanmi?

...Yo‘q, yo‘q, bari bir muhabbat ustunlik qildi. Xolidalarning ko‘chasiga qanday qilib borib qolganimni o‘zim ham bilmayman. Ularning uyi tor ko‘chaning ichida edi, ammo nechanchi eshik ekanini bilmasdim. Har safar uni kuzatib qo‘yganimda ko‘cha boshida xayrlashardik. Xolidaning o‘zi ham uyalardi shekilli, ko‘cha ichiga kirishimni xohlamasdi.

Bir lahza ikkilanib turdimu ko‘cha ichiga kirdim. Lekin yigirma qadamcha yurar-yurmas to‘xtab qoldim. Ikkala tavaqasi lang ochib qo‘yilgan eshikdan bir qo‘lida belkurak, bir qo‘lida kattakon paqir ko‘tarib Xolidaning akasi chiqib keldi. Men uning otini ham bilmasdim. U bizdan uch yil avval maktabni bitirgan, hozir allaqanday idorada ishlayotganini eshitgandim. U menga qayrilib qaramay, paqirga simyog‘och tagiga uyib qo‘yilgan ko‘mirni olib sola boshladi.

Yaqinroq kelib salom berdim. U belkurakni tashlamay, engashib turgan ko‘yi yelkasi osha menga qaradi. Qaradi-yu, birdan qaddini rostladi. Jingalak sochi ter aralash peshonasiga yopishib qolgan, ko‘mir tegib qorayib qolgan maykasi ham ho‘l bo‘lib ketgandi. Bilmadim, salomimni eshitmadi-mi, alik olmadi. Yaxshilab tanib olmoqchi bo‘lganday menga uzoq tikilib qoldi. Keyin peshona terini shaxt bilan sidirib tashladi-da, ko‘zimga tikilib turib so‘radi:

— Xo‘sh, xizmat?!

Birdan esankirab qoldim. Uyalib ketdim. Nima deyishimni bilmay to‘g‘risini aytib qo‘ya qoldim:

— Xolidaxon bormilar?

— Akasi kerak emasmi, akasi! — uning rangi o‘chib, belku-rak ushlagan qo‘li asabiy qaltiray boshladi. Meni yeb yubormoqchi bo‘lganday, tishlarini g‘ijirlatib ta’kidladi.— Qadamingni bilib bos, bola! Qizlarga osilgandan ko‘ra burningni eplasang-chi! Kimsan o‘zing! Dadangga o‘xshagan sartarosh bo‘lasan-da!.. Esing borida tuyog‘ingni shiqillatib qol, ha!

Ko‘z o‘ngim qorong‘ilashib, butun vujudim lovillab yona boshladi. Quloqlarim shang‘illab ketdi. Inson uchun bundan ortiq haqorat, bundan ham uyatli narsa bormi? Xayolimda eng muqaddas narsa deb yurgan uy shumi hali? Yuragimning eng chuqur joylarida izzatini ardoqlab yurgan kishilarim shu bo‘ldimi?

Yo‘q, men unga bir og‘iz ham gapirmadim. Gunohkor odamday boshimni quyi solgancha burildimu madorsiz oyoqlarimni sudrab bosib yurib ketdim.

Io‘q, men endi bu ko‘chaga hech qachon qadam bosmayman, hech qachon!.. Yaxshi ko‘rish — yalinish, yolvorish degan gap emas! Men Xolidaning oldida gunohkor emasman. Yalinmayman ham... Ertasiga ertalab Samarqandga jo‘nab ketdim. Ketdim-u, xayolim shu yerda — Xolida bilan qoldi. O’zimcha bu bema’nigarchilik uchun Xolidaning mendan kechirim so‘rashini ko‘tardim. Rostdan ham bir haftaning ichida Xolidadan ketma-ket ikkita xat oldim. Ikkala xatning ham mazmuni bir xil edi. «Men siz bilan uchrashishim kerak. Tezroq kelib ketmasangiz bo‘lmaydi», debdi. Qayoqqa boraman? Yana o‘sha uygami?! Kimning oldiga boraman? Meni shunchalik haqorat qilgan odamning oldigami? Nimaga boraman? Yalinish-yolvorish uchunmi?

...Xolidaga xat yozish uchun uch marta qo‘limga qog‘oz-qalam oldim-u, ammo yozolmadim. Har safar qalam ushlasam, ko‘z oldimda uning akasi jonlanar, nazarimda, menga nafrat bilan tikilib turar, ayamay haqorat qilardi.

Bari bir bo‘lmadi. Oradan ikki oycha o‘tganidan keyin Xolidaga xat yozdim. Yozishga yozdim-u, o‘zimdan-o‘zim afsuslanib qoldim. Xatimga javob kelmadi.

Qaytib borganimdan keyin Xolida bularning hammasi uchun mendan uzr so‘raydi, deb yurgandim. Yo‘q, butun xayolim puchga chiqdi. Praktika tamom bo‘lay deb qolganda, sobiq maktabdosh do‘stim Javdoddan xat keldi. Xat juda qisqa edi.

«Xolidadan umidingni uz! Erga tekkaniga o‘n besh kun bo‘ldi. Akasining o‘rtog‘iga tegibdi...»

Xatni burda-burda qilib uloqtirdim. Bevafo! Yaramas! Sotqin! Yana qay so‘z bilan atay o‘shani?

Yo‘q, mening nafratlashga, la’natlashga ham holim qolmagandi. Kipriklarimni to‘sgan yosh pardasi tomog‘imni bo‘g‘ib qo‘ygandi.

Bari bir endi ishlay olmasligimni tushundim. Lash-lushlarimni yig‘ishtirib uyga qaytdim.

Avtobusdan tushishim bilan ataylab Xolidalarning ko‘chasiga burildim. Negadir uni shu yerda, shu ko‘chada uchratishimga ishonardim. Ha, yanglishmabman. Men uni ko‘rdim. Faqat uzoqdan, orqasidan ko‘rdim. U ko‘cha eshik oldida to‘xtagan yap-yangi «Volga» mashinasining yonida xayol surgandek qimirlamay turardi. Kulrang makentosh ustidan qo‘ng‘ir sochlarini tashlab olgan.

Birovdan cho‘chigan odamdek to‘xtab qoldim. Ichkaridan oq ko‘ylak ustidan qora galstuk taqqan novchagina yigit chiqdi. Bilagidan ushlab Xolidani mashinaga o‘tqazdi. Keyin o‘zi rulga o‘tirdi-da, haydab ketdi.

Chamadon bandini jon-jahdim bilan qisganimdan barmoqlarim qirsillab, o‘ng qo‘lim titray boshladi. Molpa-rast! Amalparast!

Yana qancha turganimni bilmayman. Quyosh tikkaga kelib ayovsiz qizitardi. Asfaltdan ko‘tarilgan chuchmal hovur ko‘nglimni behud qila boshladi.

- Mayli,-dedim o‘zimni yupatib, - Xolida kuyunishga, o‘rtanishga ham arzimaydi o‘zi. Mening unga olib beradigan mashinam yo‘q-ku axir?

Bu so‘zlar bilan yupana olmasligimni bilsam ham, o‘zimni ovutishga tirishar, ammo o‘zimni ovutishga, Xolidani unutishga qancha urinsam, uning xotirasi qalbimga shuncha mahkamroq o‘rnashib borardi. Men uchun faqat bir narsa ayon edi: Xolida - bevafo qiz!

...Shu kungacha men faqat mana shu fikr bilan yashadim. Ammo, bugungi voqealar butun fikrimni ostin-ustun qilib yubordi. Ko‘zim moshdek ochildi.

...Bugun ham Xolidani xuddi o‘sha birinchi safardagi kabi trolleybusda uchratdim. Eshikdan kirishim bilan orqa deraza yonida turgan Xolidaga ko‘zim tushdi-yu, yuragim jiz etib ketdi. Indamay konduktorning yoniga o‘tib oldim. Endi pul uzatayotgan edim, orqadan Xolidaning tovushi eshitildi:

- Ikkita bilet bering...

Titrayotgan qo‘llarimni yashirish uchun shimimning cho‘ntagiga suqdim. Yo‘q, yuragimni rashk emas, g‘azab ham emas, alamli bir iztirob chulg‘ab olgandi. O’girilib qaramaslikka harakat qilib indamay turaverdim. Ammo Xolidaning o‘zi qarashga majbur qildi meni.

- Erkin aka, sizga ham bilet oldim.

Yelkam osha nazar tashladim. U haliyam o‘zgarmabdi. Faqat ko‘zlari, bolalarcha javdirab tikiluvchi ko‘zlari endi ehtiyot bilan boqardi kishiga. Rangim o‘chib ketganini o‘zim ham sezib turardim.

- Rahmat! Hisobni to‘g‘rilab qo‘ymoqchi bo‘libsiz-da... — Birdan Xolidaning ham rangi o‘chdi. Burni qisilib, lablari pirpirab uchdi. Ikki tomchi yosh ko‘zlaridan duv etib yumalab tushdi-yu, keyin yelkalari silkinib-silkinib, unsiz yig‘lay boshladi.

Dovdirab qoldim. Odamlarning bizga hayron bo‘lib tikilayotganini ko‘rib, trolleybus to‘xtashi bilan Xolidani sudrab tushib ketdim.

- O’zingizni bosing! - dedim quruqqina qilib. U yoq-bu yoqqa alanglab, tushgan joyimizni tanidim: O’rda ekan. Xolidani qo‘yib yubormay, Anhor bo‘yiga olib tushdim. Sarg‘ish qumni yalab oqayotgan suv qirg‘og‘iga yetib kelganimizdan keyin qo‘lini qo‘yib yubordim.

— Yuvinib oling...

Xolida ho‘l qumda chuqur-chuqur iz qoldirib suv bo‘yiga cho‘nqaydi. Yuvinib bo‘lgunicha skameykada o‘tirdim. Deyarli hech narsa o‘zgarmagan. Oqshom sukunatini chuqurlashtirib shovil-layotgan daraxtzor ham, ohista oqayotgan anhor ham, muyulishdagi bir tup o‘rik ham - hammasi o‘sha-o‘sha. Pastak skameyka ham o‘z o‘rnida turibdi.

Faqat, faqat bir narsa yetishmaydi. Qani o‘sha belanchakka solib allalaganday shirin hislarga yetaklagan suhbatlar? Qani o‘sha yigit qalbimning ilk muhabbat cho‘g‘ini alangalatgan ehtirosli so‘zlar, qani? Qani o‘sha bolalarcha ma’sumlik bilan javdiragan ko‘zlar, qani? Nahotki hammasi yoshlikning sirli so‘qmoqlarida to‘zonli bir iz qoldirib o‘tmishga singib ketgan bo‘lsa?

Xolida hamon cho‘nqayib o‘tirganicha suvni shapillatib yuvinar, yelkasidan oshib tushgan sochining uchi to‘lqinlar yuzida o‘ynab ho‘l bo‘lib ketgandi. Men bo‘lsam uning ko‘z yoshlari suvga qo‘shilib oqib ketayotganini his qilib turar, o‘zim ham yuragimni o‘rtab yuborayotgan hislarimni bazo‘r to‘xtatib o‘tirardim.

Nihoyat, Xolida qizil sumkachasidan shoyi ro‘molcha olib yuzlarini arta-arta yonimga kelib o‘tirdi. Anhorga tikilgancha o‘tiraverdim.

— Gapiring, Erkin aka! — dedi u qizarib ketgan ko‘zlarini menga tikib.

— Nimani?

- Bir yigitga ko‘ngil qo‘yib, boshqasiga tegib ketgan qiz qanday ta’nalarga loyiq bo‘lsa, shularning hammasini gapi-ravering...

— Sizga aytadigan gapim bitta — baxtli bo‘ling.

- Kim?

- Siz... o‘rtog‘ingiz...

- Yana qanaqa tilaklaringiz bor?

Xolidaning bu gapi ta’na bo‘lib eshitildi. Yuragimdagi iztirob o‘rnini g‘azab egalladi.

— Bo‘lgani shu! — dedim cho‘rt kesib.

Xolida anchagacha javob bermadi. Anhor qattiqroq shovillay boshladi. Xiyobon tepasida chiroqlar lip-lip etib birin-ketin yondi.

Kutilmaganda Xolida horg‘in kulib qo‘ydi.

- Qaysi kuni tush ko‘ribman: ikkalamiz shu yerda... yo‘q, bu yerda emas, boshqa joyda - kattakon anhor bo‘yida turganmishmiz. Yuvinaman deb egilsam, boshimdan ro‘molim sirg‘alib tushib, suvga oqib ketibdi. Huv birda menga ko‘k shoyi ro‘mol sovg‘a qilgandingiz-ku, ana o‘sha ro‘molmish... Qo‘limni cho‘zsam, hech yetmasmish...

«Erkin aka, qarang-qarang, ro‘molim oqib ketyapti», desam indamay turaverdingiz. «Jon Erkin aka, tutib bering ro‘molimni! Axir uni o‘zingiz olib bergansiz-ku... Qarang, endi uni boshqa odam tutib oladi», desam, arazlab burilib ketibsiz. Birpasda sizni ham, ro‘molimni ham yo‘qotib qo‘yibman... Uyg‘onsam, yostig‘im ho‘l bo‘lib ketibdi... - Xolida lablarini qimtib boshini quyi soldi. Shamol turdi. Yaproqlarning yerdagi soyasi titray boshladi. Anhorga to‘kilgan chiroq nurlari chil-chil bo‘lib ketdi. Xolida birdan boshini ko‘tarib, ko‘zlarimga ayanchli tabassum bilan tikildi.

- Esingizdami, Erkin aka, birinchi marta shu yerda, shu skameykada o‘tirib gaplashgan edik. Qiziq, biron marta bir-birimizning qo‘limizni ham ushlamaganmiz... — U birdan qo‘limdan ushlab oldi. Qo‘llarining yengil titrayotganini sezib turardim. Vujudimni tentaklarcha bir ehtiros qoplab oldi. Birpasda mast odamdek ko‘z o‘ngim qorong‘ilashdi.

Qiziq, nima demoqchi u? Axir bu... bu... Bordi-yu, payti kelib mening xotinim ham birovga shunday gaplarni aytsa...

Xolidaning qo‘lini shaxt bilan siltab tashladim. Siltab tashladim-u, uyatdan, alamdan, iztirobdan dodlab yuboray dedim. U ko‘zlarimga shunchalar ma’yus, shunchalar alamli o‘kinch bilan tikilib qoldiki, ko‘zimni qaerga yashirishimni bilmay qoldim.

Yo‘q, bunaqa tikilganidan ko‘ra ayamay tarsakilab yuborgani, dod solib yig‘lagani, odamlarni boshiga yig‘ib, meni badnom qilgani ming marta afzal emasmidi? Men undan nima bo‘lsa ham bir narsa kutardim, ammo u hamon haykaldek qotib turardi. Anchadan keyin u havo yetishmagandek en-tikib-entikib gapira boshladi:

- Siz meni... O’shanaqa... yomon xotin deb o‘ylayapsizmi? Shunaqami?

Xolida bu so‘zlarni shivirlab aytdi. Ammo shu to‘rt-besh og‘iz so‘z quloqlarimni batang keltirib, chippa bitirib qo‘ygandek bo‘ldi.

- Rost... - Xolidaning ko‘zlarida yosh yiltilladi. - Rost. Majburan qurilgan turmush xiyonat qilishga olib kelsa ehtimol. Lekin men o‘z nomusimni hech nimaga, sizning muhabbatingizga ham alishmayman...

Men nimadir demoqchi bo‘ldim. Ammo so‘z topolmadim. Xolida ham menga navbat berib o‘tirmadi.

- Siz meni... meni xiyonatchi, bevafo deb o‘ylaysizmi?

O’zingiz-chi... o‘zingiz nega menga shunaqa... beparvo qarab keldingiz?

Xolida yuzimga dadil tikilib, mendan javob kutdi. Endi u yig‘lamasdi. Men bo‘lsam shu topda bir nima deyishga ojiz edim.

- O’sha... hammasi uchun bitta men aybdormanmi? Yo‘q, muhabbatimizning uvolini ikkalamiz baravar bo‘lishib olamiz! —Xolidaning ko‘zlari o‘t bo‘lib chaqnab ketdi. Ammo bir lahzadayoq yana o‘shanday ma’yus bo‘lib qoldi. - Agar meni chindan... rostdan ham yaxshi ko‘rganingizda yozgan xatlarimga javob bermasmidingiz? Mening nima uchun o‘qishga kirolmaganimni, uydagilar bunga yo‘l qo‘yishmaganini bildingizmi? Oxirgi marta uchrashuvga borolmay qolgan kunim uyga sovchi-lar kelganini bildingizmi? O’shanda yordam berdingizmi menga? Yo‘q... - Xolida birdan o‘ksib-o‘ksib yig‘lab yubordi. -O’sha kuniyoq singlimdan uyingizga xat berib yuborgandim. Akam eshik oldida ko‘rib qolib, xatni tortib olibdi... Hammasini eshitdim... O’sha kuni siz uyga kelgan ekansiz. Akam sizni xafa qilib yuboribdi. Siz bir gap bilan arazlab ketdingiz. Men sizga ishonardim... O’zimga ishongandek ishonardim. Siz bo‘lsangiz... Men bir yo‘la hammasidan ayrildim... Agar chindan yaxshi ko‘rsangiz shunaqa qilarmidingiz... Keyin... keyin men hech kimga ishonmay qo‘ydim. Endi menga baribir edi.

Xolida chuqur iztirob bilan yig‘lar, uning har bir so‘zi yuragimni tilimlar, har tomchi yoshi qalbim yarasiga tomar edi.

- O’tinaman, yig‘lamang!- dedim titrab-qaqshab.- Xolida, yig‘lamang! Yig‘lamang!

Xolida chuqur uf tortdi.

- Mayli, Erkin aka, hammasi shirin tushdek o‘tdi-ketdi. Endi hecham qaytib kelmaydi. Faqat, sizdan bir iltimos... Endigi muhabbatingizni - boshqalarga nasib bo‘ladigan muhabbatingizni ehtiyot qiling...

Xolida sekin o‘rnidan turdi. Qizil sumkachasini bilagiga ildi-yu, menga uzoq tikilib qoldi.

- Erkin aka, esingizda bo‘lsin. Men bari bir sizni yaxshi ko‘raman. Umrimning oxirigacha yaxshi ko‘raman. Eshityapsiz-mi, oxirigacha, oxirigacha... - U yana yig‘lab yubordi. Keyin asta burildi-yu, uzoq kasaldan turgan odamday gandiraklab-gandiraklab yurib ketdi.

Qayoqqa? Nimaga? Nahotki men yoshligimning, butun umrimning oltin daqiqalari bilan abadiy vidolashsam! Nahotki u butun orzu-umidlarimni o‘zi bilan umrbod olib ketsa?

Dahshat ichida o‘rnimdan sakrab turib ketdim.

- Xolida!

Men butun xiyobonni yangratib hayqirib yubordim deb o‘ylagandim, yo‘q, bu so‘z yuragimning tub-tubidan bo‘g‘iq, alamli bir nido bo‘lib chiqdi. Muyulishdagi o‘rik yonida unga yetib, bilaklaridan mahkam ushlab oldim. U ham, men ham terak bargidek qaltirardik...

- Xolida! Jonginam. Qorako‘zim. Siz... Siz...

Men nima qilayotganimni o‘zim ham bilmas, nimadir degim, allanimalar deb hayqirgim kelardi. Xolida ko‘zlarimga xotirjam tikilib turib, past, ammo qat’iy ohangda gapirdi:

- Qo‘lingizni torting! Men birovning xotiniman.

- Xolida, axir tushunsangiz-chi! Men...

Xolida qo‘limdan beholgina, siltanib chiqdi-yu, yaproqlari oqshom shabadasida ohista silkinib turgan o‘rik tagidan burilib, muyulishda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Qarg‘ashoyi ko‘ylagining etagini, o‘ng bilagiga ilib olgan qizil sumkachasini ko‘rib qoldim.

U ketdi... U ketdi-yu, ham shirin, ham achchiq, ham quvnoq, ham alamli uzuq-yuluq xotiralar qoldi menda.

Shu xotiralardan boshqa nimam ham bor mening? Axir men muhabbatimni ehtiyot qilolmagan, asray olmagan, yolg‘iz yaxshi ko‘rish bilan kifoyalanib yurgan odamman-ku! Shu baxtimni avvalroq asrasam bo‘lmasdimi!

...Ko‘zlarimda yosh qalqidimi? Yo‘q-yo‘q. Nega? Endimi?

1964

















































































30

Erkin Malik - Gul Ishqbozi

Hoji ota sheriklari bilan nahor oshidan chiqib, kelgan joylarining bundoq rejasini olsa, kampiri davolanayotgan kasalxona juda yaqin ekan. Kampiri tushmagur ko‘rgani boraman desa, nuqul unamaydi. «Uyalarmish. Tavba, u uzatilmagan qiz-u, men uylanmagan yigitmidim, odamlardan uyalib. Gapini qaranglar».

Otaning sho‘xligi tutdi. Moshinadan tushib qoldi. Tushdi-yu, kasalxonaning haybatini ko‘rib, xato qilganini biddi. Kampirini qaerdan topadi? Na bo‘limini va na yotgan xonasini bilsa. Obbo... Hali darvozasi ham ochilmapti.

Quyosh endi tig‘ urib kelardi. Xayolida kasalxona g‘arq uyquda yotgandek ko‘rindi. E, so‘rab-so‘rab Makkani topishganida, bitta kampirimni topolmaymanmi? Alloh o‘zi mehribon...

G’ayrati qo‘zidi otaning. Bundoq qarasa, darvoza yonidagi kichkina eshik ochiq ekan. Daydi itlar kirib ketganidan bildi. Hoji ota ham o‘sha eshikdan kirib bordi. Qorovul dong qotib uxlab yotardi. Uyg‘otishga ko‘zi qiymadi. Bir odam qo‘lida ketmon bilan gul sutorib yurardi. Ota o‘sha yoqqa qarab yurdi. Haligi odam yerdan tosh olib, itlarni tirqiratdi. Ko‘zi otaga tushib qoldi-da:

— U, boboy, — dedi baqirib, — uyingizda eshik bormi, kirgandan keyin yopadi-da.

Tavba, ota kasallarni uyg‘otib yubormay deb hassasini yerga yumshoq bosib kelyapti-yu, buning shang‘illashini qarang. Na salom bor, na alik.

— Uzr, o‘g‘lim, men itlardan keyin kirdim, bu eshik shundoq ochiq turarkan deb o‘yladim.

— Yotibdimi anovi shishib... Qorovulmish, he, o‘rgildim...

— Ma’zur tutasiz, o‘g‘lim, kattalar bo‘limi shu yoqdami?

— Ha, borovring.

— Ayollar bo‘limi qaysi tomonda?

— Ayol-erkagi yo‘q, bari aralash-quralash.

Hoji ota ko‘p qavatli binoning marmar zinali eshigiga borganida ichkaridan bir xotin chelak ko‘tarib chiqib qoldi.

— Assalomu alaykum, qizim, — dedi dili yorishib, — Men kampirimni qidirib...

Otaning gapi og‘zida qoldi.

— Kirovring, aytishadi, — dedi ayol beparvogina. Tavba, odamlarga bir narsa bo‘lganmi o‘zi, na salom berishadi, na salomga alik olishadi-ya. Ayb o‘zida, saharmardondan kelib nimaydi, birovning dardi erta kirsa, kech chiqmas.

Shu payt zinada oyoq tovushi eshitildi. Hoji ota shu tarafga o‘girildi, bir, ikki qadam yurdi ham. Bir yosh qiz tepadan yugurib tushdi-da, otaning yonidan «lip» etib o‘tdi-ketdi. Ota og‘zini ochgancha qolaverdi. Nimadir tepaga chiqdi. Ota tavakkal deb tepaga ko‘tarildi. O’ng tarafdagi eshik ochiq ekan. Bo‘sag‘adagi lattaga oldin poyabzalini, keyin hassasini artib, gilam poyandozni bir-bir bosib, to‘rga qarab yuraverdi. Shu payt o‘rtaroqda oq xalatlik ayol ko‘rindi. U otaning yaqin kelishini chidam bilan kutib turdi.

— Assalomu alaykum, — dedi ota shipshigandek qilib, — men kampirimni qidirib keluvdim, — deb ismi va familiyasini aytdi.

— Unaqa xotin bizda yo‘q, boshqa bo‘limdan qidiring, — dedi ayol sovuqqina kilib. Shu payt otaning ko‘zi guldonga gul qo‘yayotgan bir erkakka tushdi. U otaga yelkasi osha qarab turardi. So‘ngra u ildam yurib keldi-da, hoji ota bilan kutilmaganda qadrdonlardek so‘rashdi.

— Ko‘zimga issiq ko‘rinyapsiz, mabodo Chinozdanmasmisiz?

Ota kulib, «yo‘q» degandek bosh chayqadi. Lekin yigitning samimiy iltifotidan, kimgadir o‘xshatganidan xursand bo‘lib ketdi.

— Mabodo Xizrmasmisiz? — deya yana murojaat qildi yigit, keyin zina tomon boshladi. Quchog‘ida bir dasta gul.

Ota yigitga qiziqsinib, boshdan-oyoq sinchiklab qaradi. «Hoynahoy shu yerning bog‘boni bo‘lsa kerak. Anovi sherigi gullarni sug‘oryapti. Bunisi kasallarning bahri dili ochilsin deb guldonlarga gul qo‘yib chiqyapti. Tavba, unisining muomalasi qandog‘-u, bunisiniki qandoq?»

— Xizrmisiz deganimga hayron bo‘lmang, — dedi yigit tabassum bilan, — men har kuni uyqudan oldin tushimga Payg‘ambarimiz (alayhissalom) kirsinlar, deb, Xudoyimga yolboraman, keyin erta bilan yana yolboraman, bugun Xizr bilan ko‘rishtirgin, deb. Xizr buva ham odamning ko‘ziga eski qadrdonidek issiq ko‘rinar ekan-da. Chinozdanmisiz deb so‘raganim, o‘zim chinozlikman.

Chol ovozini balandlatmay kuldi.

— Siz ham menga bir zumda o‘g‘limdek bo‘p qoldingiz, shu ikkovimizdan birimiz Xizrmiz-ov?

— Siz shu yerda o‘tirib turing, men manovi gullarni guldonlarga qo‘yish bahonasida, opoqimning qattaliklarini bilib kelaman, — dedi yigit.

Hoji ota yengil so‘lish olib, o‘rindikqa o‘tirdi. Bir beminnat dastyorni ro‘para qilib qo‘ygan Allohga shukrona aytdi. Ko‘p o‘tmay yigit qaytib keldi.

— Qarang, — dedi o‘sha samimiyat bilan, — opoqim bizzi bo‘limda ekanlar. Navbatchi xotindan so‘rab bildim. Yuring...

Yigit otani eshigi ochiq turgan bir xonaga boshladi.

— Qani, otam, o‘tiring, menga bir duo bering, bugun tushdan keyin ketaman, lecheniyalarim tugadi, — dedi u otani yuqoriga o‘tkazib.

— Ie-e, siz bu yerda ishlamaysizmi? Men sizni...

— Yo‘q, men gul ishqiboziman, — deya ustoli ustidagi kitobga o‘xshagan narsani olib, otaga namoyish qila boshladi yigit. — Qarang manovi gullarni, bari hovlimda o‘sadi. Bular mening o‘g‘il-qizlarim. Bular ham gul-da, a ota, — deya qiqirlab kuldi yigit. — Bola gul deganlar-ku. Men afg‘on urushida bo‘lganman. Tirik borsam, faqat gulchilik qilaman, deb niyat qilgan edim. Axir bizda gul yaxshi kunlarga olib boriladi-da, nima dedingiz, ota? U yoqlarda gul ko‘rmadim, bechoralar urishovrib gul ekishni ham eslaridan chiqarib yuborgan ko‘rinishadi.

Ota albomdagi gullarni ko‘rib, yigitning bolalardek beg‘uborligidan zavqlandi, ta’sirlandi. Keyin uni duo qildi.

Yigit ko‘rsatgan boshqa bir xonadan kampirini topdi. Kampiri xonada yolg‘iz ekan. Bahavo ayvonchaga chiqib, suhbatlashib o‘tirishdi. Bir mahal pastdan gul ishqibozining ovozi yangradi:

— Assalomu alaykum, otaxon, assalomu alaykum, opoqi, qalay mazza qilyapsizlarmi?

Ota, «ha» degandek yigitga ko‘l siltab jilmaydi.

— Hah, o‘lsin, tomi ketgan, — deb kampiri yuzini teskari burdi. — Ertadan kechgacha salom berovrib, mulozamat qilovrib kasallarning joniga tegib ketadi. Odam degan sal og‘ir bo‘lsa-da...

Ota ichida «qaniydi hammaniyam shunaqa tomi ketsa» dedi-yu, kampirini topgunicha bo‘lgan sarguzashtlarini aytib o‘tirmadi.





31

Xurshid Do‘stmuhammad - To'xtaboyning boyliklari

— Zulfi-i! Ho, Zulfiyaxon! Chiqaqoling, sevinchli xabar kep qoldi!

— Hozir, ona, hozir chiqaman.

Zulfiyaning tovushi qo‘ng‘iroqdek jaranglab chiqqan bo‘lsada, uning o‘zi hiyla parishonxayol edi. Kundoshlarining yonida sir boy bermaydi, shu bois qanday bo‘lmasin chehrasidan tabassum arimaydi. Ularning ra’yiga qaramog‘i lozim, ulardan hushyor yurmog‘i lozim, ular bilan orani buzmasligi shart... ammo-lekin har nima qilganda ham ayol ayolda: Zulfiya ikkala kundoshidan o‘zining yoshligi, qolaversa... sambit novdaday raso bo‘y-basti, suqsurday chiroyi bilan boyga suyukliroq ekanligini ham yaxshi his qiladi, vaqti-bevaqt shu borada tili uzunligini ko‘z-ko‘z qilish ilinjida kiborli yurishlaru, bepisand boqishlar qilib qo‘yar, uning bunday qilig‘idan Adolatning ich-eti qirilib tushayotganini sezib, quvonchidan qarsak chalib yuborishdan bazo‘r o‘zini tiyar edi. O’rni kelganda Adolat ham yaxshillatib ignasini sanchib olar, Zulfiyaning tug‘masligini kishi bilmas pichinglar bilan betiga solar edi.

Tavba... Zulfiya qizlik chog‘i o‘zidan ikki yosh katta Adolat bilan Oliya otinda tahsil olgan, negadir u bilan janjallashgani-janjallashgan, otin oyi, «Ho-oy, Zulfi, ho-oy Adol, nima balo, kundoshmisanlar, yumdalashganing yumdalashgan!» deya chakak qokqani qoqqan edi. Farishtalar «omin» degan ekan, taqdir ularni bir erga xotin qildi...

Ular orasidagi pinhona «jang»lar bir safar oshkor to‘qnashuvga aylandi. Nima bo‘ldiyu, uyda o‘zlaridan boshqa hech zot yo‘qligidan foydalanishdimi, ikki kundoshning dilidagi tiliga ko‘chdi: Zulfiya boyning suyukli kenja xotini ekanini pesh qildi, Adolat uning tirnoqqa zorligini «fosh» qildi. Shunda Zulfiya kundoshining bu boradagi sevinchini ham chippakka chiqardi:

— Kuz kelsin, qo‘chqorday o‘g‘il tug‘ib bermasam, otimmi boshqa qo‘yaman! Ha-a, alamingdan yorilib o‘larsan, o‘shanda!..

Adolat hang-mang bo‘lib qoldi, ishonib-ishonmay kundoshining qorniga angraydi, so‘ng o‘zining g‘aflatda qolganini sezdi shekilli, bir narsani shoshilinch olib chiqqani zipillab yurib uyiga kirdi. Allanimalar deya vaysadi-vaysadi-da, oxiri yigg‘amsirab qarg‘adi:

— Yo‘qol, mahallangga yo‘qol!

Zulfiya dabdurustdan qarg‘inishning ma’nosiga tushunmagan bo‘lsa-da, bo‘sh kelmadi. Deraza yoniga yaqinlashdi-da, ovozini baralla qo‘yib alamini oldi:

— Ja, bilging kelayotgan bo‘lsa, tarozini obke, toj-taxtimizzi bir tortib ko‘ramiz! Yo‘qol kimligini o‘shanda bilasan! Hu-u, zoti past!..

Bu janjal Maktabxon onaning qulog‘iga qaydan yetdi — Zulfiya o‘ylab-o‘ylab topolmadi. Ona Adolatga nelar deb tanbeh bergan-bermagani unga qorong‘i, lekin bir oqshom suhbat orasida Zulfiyaga yotig‘i bilan nasihat qildi:

— Zulfiyaxon, bolam, kibor — kibrdandir, kibr — haromdir... Ilohim, Boy og‘amizniig davlati ziyoda bo‘lsin, manashi «Nasyonal» mehmonxonasining barcha jihozini Polshadan keltirdilar... Hammamizga yetib ortadi... Xonadonimizga harom oralasa barchamiz ko‘r bo‘lamiz.

Zulfiya odam bo‘yiga ikki baravar keladigan toshoynadan o‘ziga qarab turgan oppoq, yuzi xiyol cho‘ziq, rangi tiniq, qorni do‘ppaygan qo‘hlik juvonni bosh-oyoq kuzatib turib, o‘sha-o‘sha, Adolat bilan qaytib qirpichoq bo‘lmaganiga ichdan sevindi. Moviy ko‘zlarida yiltillay boshlagan yoshni shoshilib artdi.

— Kichik oyi-i!

— Chiqvomman, Salomatxon, — dedi Zulfiya Adolatning ikkinchi qizini ovozidan tanib.

Zulfiya og‘ir-vazmin qadam bosib ayvonga chiqqan edi, Salomat yugurib kelib uning qo‘lidan tutdi.

— Otamchi, hayitga yangn ko‘ylak tiktiringlar deb gazlama daftarini kiritibdilar. Voy, shunaqayam ko‘pki-i!..

U xabar berdi-yu, sabri yetmay yana yugurib, bosh ko‘tarmay daftar varaqlab o‘tirgan Muborak opasining tepasiga bordi.

Zulfiya Maktabxon onaning chap tomoniga borib ohista cho‘qdi.

— Muborakxon, qizim, daftarni berchi, avval biz ko‘rayli, keyin san singling bilan tanliysan.

Muborak daftarni Maktabxon opaga uzatdi. Ona daftgarni bir boshdan varaqlay turib, «Mana, mana-a» deb qo‘yar, uch-to‘rt varaq o‘tgach, «Yoqadimi, taalanglar» deb ikki biqiniga sukilib o‘tirgan kundoshlariga qarab qo‘yardi.

— Ovvoloom sizga tanliymiz, opa, — dedi Adolat to‘ng‘ich kundoshning hurmatini saqlab. — Ke, Mubor, silar ham tanlashasilar.

— O’ng qo‘l vazirlarga xon atlas yarashadi-da! — dedi kulgisini yashirib Muborak.

To‘xtaboy, «Maktabdosh — o‘ng qo‘l vazirim»degashni xonadon azolarining kattayu kichigi eshitgan, shu bois Muborak shunga shama qilayotganini sezgan kundoshlar orasida yengil kulgi ko‘tarildi.

— O’rischa tahsilga qatnab tiling chiqib qoldi-ya, sen qiznng! — Dedi Maktabxon ona ko‘zoynagi ostidan kiziga hayrondaka o‘qrayib.

Muborak katta onasining jig‘iga tegishni davom ettirdi:

— Xon atlas bo‘lganda ham ko‘sh etakli bo‘lsa, xo‘p, yarashadi-da!

— Ke-ke, oldin senga tanlaymiz, — dedi Maktabxon ona yon berib. — Anuv, do‘pir-do‘ng‘iringni chalish uchun ham alohida ko‘ylak so‘rarsan?

— Bo‘lmasa-chi! — Muborak shunday deb yugurib keldi-da, katta onasi bilan kichik onasi orasiga suqulib daftarga engashdi. — Zulfi onam menga mosini tanlab beradilar!

Zulfiya gapga chechan, endi-endi o‘ris tilini o‘rganayotgan, hatto Varshavadan maxsus keltirilgan pianinoda ko‘y chalishni mashq qila boshlagan bu quvnoq qizni astoydil yaxshi ko‘rar, u ham boshqalarga aytilmaydigan sirlarini kichik onasi — Zulfiya bilan baham ko‘rar edi. Shunaday bo‘lsada, hozir Maktabxon onaning hurmatini saqlash lozimligini unutmadi.

— Opa, o‘tgan hayitda xonatlas tanlagan ediz, bu safar o‘qlog‘i shoyidan tiktiring. Sizga chunonam yarashadiki!.. Nihol-niholligidan bo‘lsa yana yaxshi!.. Adolatxon opam xonatlas kiysinlar.

— Be-e, menga kim qo‘yibdi xonatlasni, — e’tiroz bildirdi Adolat, — odmiroq bo‘lsa ham mayli.

— Kamsuqumliging qolmadi-qolmadi-da, Adol, kimsan To‘xtaboyvachchaga qator-qator o‘g‘il-qizzi tug‘ib bergan xotin bo‘lsang, boy ota hayit bahona daftarni kiritibdilar, chertib-chertib tanlab-tanlab kiyamiz-da! Uchovimiz bir sidra xonatlas, bir sidra och pushti shoyi bor-ku, mana, rangini qaranglar, cho‘g‘day yal-yal yonib yurasizlar!..

— Men hozir ko‘ylak tiktirmay turaqolay...

— Voy, nega tiktirmas ekansiz?! — suhbatga aralashdi Salomat.

Zulfiyaning muddaosini tushungan Adolat qizini beozor, yengilgina jerkidi:

— Sen aralashmay o‘tir. — Shunday deb qalin daftarning har varag‘ita yopishtirilgan biri biridan rangdor va chiroyli gazmol namunalarini yonidagilarga ko‘z-ko‘z qila boshladi: — Avval hammasini bir boshdan ko‘rib chiqaylik, yagqinda xorijdan yangilarini olib kelishdi deb eshituvdim...

— Olmon shoyisi degan edilar — uning gapini to‘ldirdi Zulfiya.

— Mana, manavi emasmi? — ko‘ylaklik tanlashda uloqni o‘z ixtiyori bilan yoshlarga topshirgan Maktabxon ona, och havorang gazmol parchada yopishtirilgan varaqni ko‘ziga yaqinlashtirib qaradi. — Qurmagurlar-ey, buncha nozik ishlashmasa! Shishaga o‘xshaydi-ya!..

— Shunisi sizga yarashadi, Zulfiyaxon, — dedi Adolat.

— Moviy ko‘zlar, moviy libosla-ar!.. Kundoshlar, ularga qo‘shilib qizlar Muborakning xirgoyisini eshitib kulib yuborishdi. Zulfiya o‘zining ko‘m-ko‘k havo rang ko‘zi beg‘araz kulgiga sabab bo‘lganidan erkalanib asta jilmaydi.

Xuddi shu qah-qah kulgi ustiga eshik ochilib ichkarida To‘xtaboy paydo bo‘ldi. Birinchi bo‘lib Muborak ona bilan Salomatxon dik etib o‘rnidan turdi, Adolat boy tomon bir qadam peshvoz yurib to‘xtadi, Zulfiya o‘rnidan og‘ir qo‘zgalib qad rostlagan Maktabxon onaning panasiga o‘tib yer chizgancha turaverdi. Boyning doimo vazmin, bosiq, ayni choqda jiddiy qiyofasidan uning azvoyini birdan anglab bo‘lmas, ba’zan fe’li aynibroq turibdimi yohud xushnudmi — shularnida farqlash qiyin kechar, odatda birinchi gapini eshitib u kishining kayfiyati aniqlab olinmaguncha kattayu-kichik churq etib tovush chiqarmas edi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Boy xontaxta ustida ochiq qolgan daftarga ko‘z qirini tashab qo‘ydi-da, labining bir chekkasida kulimsirab, dedi:

— Silar ko‘ylaklik tanlaguncha hayit o‘tib ketar hali...

To‘xtaboy to‘sattan boshlab kelgan izvoshga chiqib joylashib o‘tirib olganicha xayolga toldi. Xayol olib qochib hatto qo‘sh otning tuyoqlariga taraqlab urilishini ham, jonivorlarning suvliqni chaynab asabiy kishnashini ham eshitmadi. Izvosh Maskovdan tashqariga chiqayotgandagina tek qotib o‘tirgan ko‘yi so‘z qotdi:

— Boradigan joyimizni tushuntirdingmi? Gumashta yigit xo‘jayinning avzoyiga qarab damini ichiga yutib o‘tirgan jammi, boydan sado chiqqan zahoti jonlanib tilga kirdi:

— «Novo Varvarevsk» desam o‘nta izvoshchi «K dachu Mirkamilya? Ya, ya otvezu!» deb hoziru nozir bo‘lib turibdi, boy ota!

Uncha-bunchaga quvonchini ham, ranjiganini ham namoyon qilavermaydigan To‘xtaboy hayajondan qalqib tushdi. «Dacha» emish, hukumati surgunga jo‘natib qo‘yibdiyu, bular «dacha» deydi. Mirkomilboy Maskovga kelganiga ikki oy bo‘ldimi-yo‘qmi, izboshchilar ismi-sharifigacha xabar topibdi»...

To‘xtaboy Mirkomilboyning «dacha»sida uch kun qanday o‘tib ketganini ham payqamadi. Nazarida, Mirkomilboy uni sovuq qarshilaganday tuyuldi. Andijonlik boyning dimog‘dorligi avvaliga uning hamiyatiga tegdi, biroq keyin To‘xtaboy shaytonga hay berdi: «Yurtidan badarg‘a qilinib surgun muddatini shu zax va mog‘or hidi anqib turgan o‘rmonda o‘tkazayotgan odamdangina qilamanmi!.. »

Mirkomilboy ham To‘xtaboyni birrov kelib iziga qaytadi deb o‘ylagan ekanmi, ikkinchi kunga qolganini ko‘rib uning yelkasiga qoqib, bag‘riga bosib minnatdorchiligini yashirmadi:

— Rahmat, To‘xtajon, uka! Musofirchilikda yoningda dushmaning bo‘lsayam hamyurting bo‘lsin ekan. Siz esa o‘zimizdan... Shundan picha qiynalish bor, xolos...

— Xudo xohlasa bundan qiynalmaysiz, taqsir, — dedi To‘xtaboy ham Mirkomilning bilagidan tutib.

— Joy... mana, bemalol, — dedi Mirkomil qator ketgan ikki qavatli taxta uylarga ishora qilib. To‘xtaboy hazilga yo‘ydi:

— Nima, «Surgun qilinganlar kelaversin» demoqchimisiz, taqsir?

Mirkomil shundagina gapining teskari ma’nosiga e’tibor qildi va odaticha xas qoshini chimirib, lablarini qimtib kuldi.

To‘xtaboy Mirkomilning nihoyatda ziyrak va hushyor odamligini yaxshi bilsada, Novo Varvarevskka kelishining uchinchi kunidagi suhbat asnosida hayratidan yoqa ushlab qoldi. Mirkomilboy bilan necha martalab quyuq mehmondorchilikda bir dasturxondan ovqat yegan, necha martda u bilan ikki-uch kunlab bir poezdda hamroh bo‘lgan, Mirkomilning bosiq va tagdor gap-so‘zi, qochiriqlari, tanbehu nasihatlari ikki-uch og‘izdan oshmas edi. Mana endi, musofirchilik boismi yoki bo‘lak sabablari bormi — boy picha so‘zamollashibdi...

— Bizning Turkiston boylarimiz uzoqni ko‘ra bilishmaydi. Qaysi savdogar, qaysi toparmon-tutarmonga qaramang, bizdan paxta, pilla jo‘natadi, Rossiyadan va hokazo o‘zga yurtlardan esa gazmol, ustbosh olib boradi. Kamina ham kimsan Mirkomilboy bo‘lgunicha Anjanu Farg‘onaning paxtasini sotmagan sortimiz qolmadi. O’zlarini ham bilamiz, Rossiyadan gazmol, telpak, mo‘yna obborib sotadilar.

Mirkomil shunday deb taqqa to‘xtadi-da, To‘xtaboy tomon o‘g‘irildi. So‘zida davom etdi:

— E’tibor bersinlar-a!.. Biz xom ashyoni ikki qo‘llab kepak narxiga sotamizu, bular o‘la qolsa ham xomashyo sotmaydi — tayyor buyum sotadi, buyum! Deylik, mo‘ynaning xomini so‘rangchi, o‘sha shoyi gazlamalarning shoyi ipagini so‘rab ko‘ringchi, ikki dunyoda ham bermaydi! Chunki, bularning kallasi siz bilan menikidan durustroq ishlaydi!..

Bu gaplar To‘xtaboy uchun favqulodda yangilik bo‘lmasa-da, negadir eti jimirlashib ketdi, boshini ko‘tarib qaraganda ham uchlari ko‘rinmaydigan tik daraxtning motor bosgan tanasidan sovuq ufurdi — ham alam, ham g‘azabdan labi gezardi.

— Men London, so‘ng Porijga o‘ynagani borganim yo‘q, — so‘zlarini yanayam chertib-chertib gapida davom etdi Mirkomil. — O’sha yurtlardan yigiruvchilik, to‘qimachilik uskunalarini undirgani bordim. Gaplashdim. Kelishdim ham.

— Naqadar ulug‘ ishlar boshlabsiz, taqsir! — Hayratini yashirmay dedi To‘xtaboy va bir zum sukut saqlab birdan shashtidan tushdi: — Biroq, siz bilan biz ulug‘ muddaolarni ko‘zlasan-u, o‘ris hukumati o‘z holimizga qo‘ymayotgani chatoq-da...

Mirkomil javob qilmadi. U xiyol burilib ro‘parasidagi daraxtning quchoq yetmas tanasiga qaradi, ko‘kimtir po‘panak bosgan, tik, nihoyatda baland... yiqitay desa, naqadar baquvvat, shox-butoqlarni sindiray desa naqadar qo‘l yetmas...

Boy labini tishladi, nafratda aftini bujmaytirdi, uzoqdan ko‘rgan odam uni kulyapti deb o‘ylashi mumkin edi.

— A, biz siyosatchi bo‘lmasak!.. Tujjor odamni o‘z holiga qo‘y, qiztaloq!

— Tujjorlik ham siyosat ekan-da, aslida taqsir. Savdogarchilik qilavuribmizu, zamonning toshu tarozisini hisobga olmabmiz, aka, aslida...

Mirkomil hang-mang bo‘lib qoldi. Uning hayrati To‘xtaboyning hozirgina hayratlanishidan o‘n hissa oshib tushdi. Bir necha soniyada juda-juda ko‘p voqealar xamr ichidan chakmoq yashinga uchib o‘tdi. U butun umr o‘zini yirik bir savdogargina hisoblab kelar, kezi kelganda «mening siyosat bilan ishim yo‘q» degan joylari bo‘lgan, endi... necha bor taftishu tergovga chaqirilishi, qiyin-qistovga olinishi, surgunga jo‘natilishi, izidan soyadek ayg‘oqchilar ergashib yurshni... bular siyosat bo‘lmay, nima?!. Nega shu choqqa dovur kimsan Mirkomil shularni o‘ylamadi, nega...

— To‘xtaboy!..

Boyning bu taxlit murojaatini kutmagan To‘xtaboy «yalt» etib suhbatdoshiga qaradi. U xudo yarlaqab savdogarchilik yo‘lida izzat-obro‘ topgan va shuning barobarida... aziyatlar chekkan Mirkomilga ich-ichidan achindi. To‘xtaboy xayolga tolganidan Mirkomilboy qanday qilib mavzuni o‘zgartirib yuborganini sezmay qoldi.

— Shunday ishlar boshlash harakatida yuribmizu siz qayoqdagi Zaxaruv, Kitoplarga kuningiz qolib siqilib o‘tiribsiz.

Basharti shu topda, «Iya, boy aka, shulardan ham xabaringiz bormi?» desa To‘xtaboy juda past ketgan bo‘lar edi, shu bois «bilsang-bilibsan-da»degan mazmunda atay churq etmadi. Uniyag ustomonligini payqagan Mirkomilboy ham «indamansan-a-indamaysan» degan ma’noda pchingini atay qariyb takrorladi:

— Nima qilib, o‘sha o‘ris bilan nemis juhudining qarmog‘iga otilib o‘tiribdilar, To‘xtajon?

To‘xtaboyning nazarida Mirkomil «To‘xtajon» deganda hozirgina «To‘xtaboy» deb yuborgannning alamiga «jon»ga qattiqroq urg‘u berdi. Endi eslasa, boy unga sira «To‘xtaboy»» deb murojaat qilmagan ekan. Vaholanki, To‘xtaboy qaerda bo‘lmasin Mirkomilning yoshiga, davlatiga, o‘ziga nisbatan eniga ham, bo‘yiga ham yirikligini tan oladi, hurmatini joyiga qo‘yadi. Biroq, Mirkomilning, «To‘xtaboy» deyishga tili bormaydi.

Bundan gina-qudratning o‘rni emas edi.

— Vekseldan kuydim...

— «Nasyonal»ni topshirdilar?..

— «Nasyonal» ketdi...

— Ayting... Yana?..

— «Nasyonal»ga qo‘shni ko‘chadagi ikki qavatli do‘kon... .

— Yana?..

— Yana...

— Toshkanni ham tashlab chiqibdilaru!..

To‘xtaboy yer tepinib yubordi. Azbaroyi manglayidan ter chiqib ketdi. Haqiqatan ham Mirkomilboyning tili achchiq edi. O’ylab ko‘rsa, shunday — kimsan To‘xtaboydek dasti daroz boy mehmonxonasiz, ulkan do‘koni, rastalari ketgani yetmaganday bola-chaqasiyu, uch xotinini qo‘kon aravaga yuklab yetti pushti yashab o‘tgan ona shahrini tashlab jo‘nab yuboribdi.

Shu tobda To‘xtaboy, «Ajab, taqsir, bu haqda qaydan xabar topdingiz?» deb savol qotganida ancha soddalikka yo‘l qo‘ygan, qrning ostida chuvalchang g‘imirlasa sezadigan Mirkomildek boy oldida juda-juda qadri tushib ketgan bo‘lur edi. Yaxshiki, To‘xtaboy ham anoyi emas, «bozor ko‘rgan» boylardan... — U ajablanganini sezdirmadi, Sezdirmadiyu... to‘ng‘ich xotini Maktabxonning tosh yutib sabr qilganlarini esladi.

Adolat, «Sho‘tta qop ketamizmi, endi!» deb ochiq bosh ko‘tardi, Zulfiya noroziligini, «Toshkentdagi uyimiz yaxshi edi-da...» deya izhor qildi, xolos. «Sabr qilinglar, Xudo xohlasa qaytamiz» deb tasalli berishga berardiyu, Xudo qachon xohlashini taxminan bo‘lsada, bilmas edi, To‘xtaboyning jim qolishi hiyla cho‘zilganini Mirkomilboy uniig izza bo‘lishlikka yo‘ydimi, uning ko‘nglini ko‘tarishga urindi:

— Sabrlisiz, To‘xtajon, uka... O’zbek sabrga tug‘ilgan... Sabr, sabrning tagi oltin... Sabrning... sa... Aytmoqchi, «Nasyonal»da tug‘ilgan o‘g‘ilchaning otini Sobirjon qo‘ygan edingiz, kattakon yigit bo‘b qolgandir?

Endi To‘xtaboy chinakamiga hang-mang bo‘lib qoldi. Endi u hayratlanganini yashirmadi. Dunyoning tashvishini boshida ko‘tarib yurgan, Andijon yigitlarini mardikorlikdan olib qolish ilinjidagi sa’y-harakatlari va boshqa tuhmatlar evaziga mana shu qora o‘rmonga surgun qilingan Mirkomilboydek odamning To‘xtaboyni, uychang singaniyu, oila a’zolari bilan To‘qmoqqa ko‘chganigacha, «Nasyonal» mehmonxonasidagi uyingda uch yil muqaddam tug‘ilgan o‘g‘liga Sobirjon deya ism qo‘yganinn esda saqlab yurishdan bo‘lak tashvishi yo‘qmi?!. «Kelin onamiz farzandli bo‘lishni besh yil kutibdilar, mehmonning otini Sobirjon qo‘yaqolaylik», — degan edi go‘dakning qulog‘iga azon aytgan qori domla. To‘xtaboy rozi bo‘ldi, aytgan edi Zulfiya ham e’tiroz bildirmadi o‘shanda...

Mirkomil To‘xtaboyni yana o‘yga toldirib qo‘yganidan ichida sevindimi yoki unga achindimi, yupatishga o‘tdi:

— Savdo-sotiq ishi shu, taqsir. Bugun chikka, ertaga pukka. Bu yog‘i yolg‘iz yaratgan egamizga ayon, uka... O’zbekning To‘xtaboyini veksel minan sindirgan juhudlarniig belini biz pul bilan, tadbir bilan bukamiz. Inshoalloh, Sobirjonning sunnat to‘yini o‘zingiz qurgan «Nasyonal» da o‘tkazamiz... To‘ybolaga atab «Nasyonal»li hovlisiga o‘z qo‘lim bilai to‘riq yetaklab kiraman, inshoalloh!..

Bu mehribonlik qiyofasidan badjahl va qattiqqo‘l ko‘rinadigan, aslida diydasi bo‘sh To‘xtaboyning ko‘nglini to‘ldirib yubordi— u so‘zsiz va nesiz Mirkomilga termildi. Mirkomil mazmundor va salobatli bosh irg‘ab ko‘zlarini yumib qo‘ydi va quyuq o‘rmon qo‘ynidagi kimsasiz yolg‘izoyoq yo‘l ustida turgan ko‘yi baralla gapirdi:

— Tadbirli odamlar qarab turmaydilar, To‘xtaboy, uka. Biz ham anoyi emasmiz!..

Ko‘qon aravada ketayotgan Maktabxon ona yo‘lovchilarning g‘o‘ngir-g‘o‘ng‘irini eshitadi-yu soyabon ichidan tashqariga mo‘raladi-da, «Mirobodning guzari» dedi. Aravaning silkinishi maqomiga garq bo‘lib xomush xayol surib ketayotgan Zulfiya boshini ko‘tarmadi.

Ko‘chada it huridi. Maktabxon opaning tizzasiga boshini qo‘yib yotgan to‘rt yoshli Solihjon «Kuchu, kuchu!» degancha «dik» etib sakrab turdi, Maktabxon ona hech bir so‘z aytishga majoli qolmaganday Solihjonning qo‘lidan tutdi. Zulfiya boyagi-boyagi— bir nuqtaga tikilgancha ko‘zini uzmadi. «Yig‘layapti» deb o‘yladi Maktabxon ona. Boyagi itning hurishiga daydi itlarning vovullashi qo‘shildi. Solihjon yana soyabon ichidan tagi-qariga chiqishga intildi. Onasining, katta onasaning avzoydan og‘ir ko‘ngilsizlik yuz berganini o‘zicha taxmin qilib turli xayolga borayotgan Sobirjon «O’tir!.. » dedi tovushini balandlatmay, ukasining qo‘lidan tortib.

Yo‘lovchilar qo‘ng‘ir-qo‘ng‘iri ortda koldi. Aravaning tunuka qoplangan yog‘och g‘ildiragi yo‘lning o‘nqir-cho‘nqiridan taraqlab-gichirlab, turtilib-urilib, karvonning, «Ha, chuvv-e!» degan asabiy hayqirishi tez-tez eshitila boshlandi.

— Qayoqqa kelyapmiz, kotta oyi?..

Maktabxon ona tashqariga yagga bir ko‘z tashladi-da, yelka qisdi:

— Tanimadim. Bu ko‘chadarni ko‘rmaganman...

Arava siltandi, gupchagi qattiq gachirladi, bir oyog‘i zum ko‘tarilib qaytib taraqlab tushdi. Soyabonning gardishi singuday qisirladi. Zulfiya yig‘lab yubordi. Sobirjon onasini ovitmoqchi bo‘lgandek uinig yelkasini siladi. Solihjon onasi ne sababdan yig‘lab yuborganiga aqli yetmasdan jim bo‘lib qoldi.

— Solihjon, ukangni mahkam ushla, bolam. Yo‘l chatoqqa o‘xshaydi, ag‘anab tushmasin tag‘in!

To‘rt yoshli Solihjon yo‘lning notekisligidan emas, balki undan dahshatliroq bir xavf-xatarni ko‘rgandek o‘zini onasining pinjiga tashladi. Nihoyat, Zulfiya tilga kirdi. U boshini ko‘tarmay, so‘radi:

— Qayoqka borishimizni aytdilarmi?..

— Qayoqka borayotganimiz yolg‘iz Yaratganga ayon... Shom namoziga azon yeshitilib oqshom pardasi yaqinlashayotganidanmi yoxud Maktabxon opaning o‘ychan bir kayfiyatda bergan javobining mavhum ligidanmi — kichkina soyabon ichi tuyqus qorong‘ilagadi.

Zulfiya aravadan tushganda ham atrof nim korong‘iligidan hayron bo‘ldi. Ko‘cha tor, ikala tomondagi guvalak devar qo‘qon aravasiga g‘ildiraklaridan pastroq edi. Ularga hech kim peshvoz chiqmagan edi. Faqat kimningdir «Buyoqqa» degan qariyb shipshigani tovushi eshitildi-da aravadan bo‘gchasini ko‘ltiqlab birnnchi tushgan Maktabxon opa ortiq iltifot kutmay tor va ichakday uzun yo‘lka bo‘ylab yurdi. Zulfiya aravadan turganda kamdir Solihjonni ko‘tarib oldi — tor yo‘lakning korong‘iligidan tashqari uning yurakni siqib yuboradigan biqiqligidan Zulfiya nafasi qaytib, chachvonning bir chekkasinn ko‘tardi. Adog‘ida qo‘sh qavatli, pastak eshik ko‘rib turgan yo‘lak nazarida juda uzunday tuyuldi, Zulfiya boshini ko‘tarib tepaga qaradi — ko‘k daraxt shoxlari orasidan qoramtir osmon parchasi qo‘rindi. «Hartugul, osmon ko‘rinar ekan», dedi Zulfiya yengil nafas olib. Biroq bu yengil tortishi uzoqqa cho‘zilmadi — u eshik ostonasidan ichkariga bir qadam qo‘ydiyu, betiga urilgan zimistonning quyuqligidan hushini yo‘qotayozdi. Ko‘z oldi qoroyug‘ilashdi. To‘xtadi. Temirday qattiq qo‘l ko‘ksidan itarganday bo‘ldi, u ortik oyog‘ini siljitolmay qoldi.

— Buyoqqa, Zulfioy, buyoqqa!..

Zulfiya Nasvali buvinng ovoziii tanidi eshitdi, lekin buvining o‘zi ko‘zga ko‘rinmadi. «Yuldosh-ku!» deb yubordi Zulfiya ichida.

— Yuring, opa, — degan ovaozi keldi Sobirjonning. Zulfiya shundagina tor, shifti past, zim-ziyo yo‘lakda milt-milt qilib jon saqlayotgan shu’lani ko‘rdi-da, oyog‘ini birdan yerdan uzdi. Shu’la ko‘ringan tomonga ikki qadam qo‘yganda Nasvali buvi:

— I-i, Zulfioy, uyoqqa emas, buyoqqa, buyoqka, — dedi shoshib uning bilagidan tutib.

Inson zoti abadul-abad yilt etgan bo‘lsa-da yorug‘lik sari intilishshi bu choq Zulfiya xayoliga keltirtmadi albatta, biroq u odamlar odamlarni faqat yorug‘lik tomon da’vat qiladilar, boshlaydilar deb ishonar, shunday o‘ylar edi. Ammo-lekin To‘qmoqdan ne shodiyonayu, ne yorug‘ niyatlar bilan yo‘lga chiqgan bo‘lsa ne shodu hurramliklar bilan Toshkentga yetib kelganlari va u lahza sayin o‘zlarini qarshi olayotgan yovuz va dahshatli qorong‘ilik ichiga kirib ketishayotganini ich-ichidan tuyib yuragini birovga solayotgan og‘riqdan o‘zini qo‘yarga joy topolmayotgan edi.

U shu xayollarda Nasvali buvining yetovida paypaslanib-amallab narvonga oyoq qo‘ydi. Bir pog‘ona ko‘tarildi. Yana narvon qattiq g‘ichirladp. Zulfiyaning yuragi orqaga tortib ketdi — narvonga chiqishdan oldin ko‘ziga ko‘ringan shu’lani izladi. Tpnolmadi. Paranjisining etagini yig‘ib oyog‘ining ostiga qaramoqchi bo‘ldi.

— Onangni qo‘lidan tort, — dedi tepada Maktabxon ona.

— Ona, qo‘lizzi bering, — dedi Sobirjon.

Zulfiya «hozir» dedi-da, narvoidan yana ikki-uch pog‘ona ko‘tarildi. U onda-sonda tushida shunday ahvolga tushar — nihoyatda tor va qorong‘i oraliqdan qisilib o‘rilib-sirg‘alib nafasi qaytib o‘tib olgunicha joni halqumiga kelar — tushidagi azobdan kun bo‘yi o‘ziga kelolmay yurardi.

Hozir o‘ngida xuddi o‘shanday ahvolda qoldi. U o‘g‘lining madadida narvonning yuqori pog‘onasidan ikki-uch bo‘yra kattaligidagi tor sahnga oyoq qo‘ydi. Ketidan izma-iz chiqqan Nasvali buviga ham, Maktabxon onaning, yana bir notanish ayolning qimtinib ichkariga taklif qilayotganiga ham e’tibor qilmay chachvon va paranjini qo‘liga olganicha osmonga qaradi. Turgan joyida o‘girilib alangladi. Yulduz ko‘rinmaydi.

— Namuncha yulduz qidirib qoldiyz, Zulfixon? Zulfiya Maktabxon onaning irodasiga, har qanday vaziyatda erkakshodalik bilan o‘zini yo‘qotmay, hatto hazil-mutoyibaga o‘rin topiishga hayron qolar, uning bu fazilatidan o‘rnak olishaga nntilar edi. Binobarin, shu topda o‘ziga yoqmasa-da, loaqal onasidek maslahatgo‘yi bo‘lib qolgan to‘ng‘ich kundoshniig hurmati uchun mutoyibaga yarasha javob berigaga urindi:

— Yulduz ko‘rib qolaylik, deyapman, opa. Topsam sizga ham ko‘rsatmoqchi edim...

Shunday dediyu, hazili hazildan ko‘ra ko‘nglidagi qo‘rquv-xatarning darakchisi bo‘lib qolganini keyin sezdi.

— Umidsizlanmang, Zulfiyaxon, umidsizlanmang. Boy otangiz omon bo‘lsalar ko‘chimiz ko‘chada qolmaydi, inshoalloh.

— Xudo xohlasa shunday bo‘ladi, — unga ilova qildi Nasvali buvi.

Ikki kundosh, ikki o‘g‘ill, Nasvali buvi, mezbon ayol ichkariga kirib fayzsiz xonada kigiz ustiga to‘shalgan quruq dasturxon tegragiga omonatgina o‘tirib yuzga fotiha tortishdiyu, mezbon ayol oyoq uchida yurib tashqariga chiqdi. Nasvali buvi gapga tushdi:

— Boya meni shetga tashlab ketishdi. Supurdim. Hammayoq ozoda. Hay, Sobirjon bolam, ukangga ehtiyot bo‘l, hovlichaning chekkasiga bormasii, xo‘pmi?.. Yeri o‘pirilgan ekan...

Zulfiya cho‘chib yonida jimgina o‘tirgan Solihjonni bag‘riga bosdi. Oilaning haqiqiy a’zosi bo‘lib ketgan, yoshu keksa birdan hurmat qiladigan Nasivali buvining so‘zini bo‘lmay, o‘zini, Maktabxon onani tashvishlantira yotgan habar haqida biron yangi gap eshitish umidida kampirning og‘zini poyladi. Nasvali buvi davom etdi:

— O’zlari joy topishga ketdi. So‘ng, otasharavada kelayotgan yuklarni kutib olishga borar ekan.

— «Nasyonal»ni, uyimizni nega olibdilar?! — sabri chidamay so‘radi Zulfiya.

— Zaxarup ogan, maskovlik boy... Maktabxon ona uniig gapini bo‘ldi:

— Zaxarup emas, hukumat ogan.

— Hukumat?!. Hukumat qanday oladi?— tushunmay so‘radi Zulfiya.

— Sho‘ro degan hukumat kepti. Hamma katta imoratlar, hamma katta uy-joylar endi o‘sha sho‘roning qo‘liga o‘tarmish.

— Voy, sho‘rimm!.. Bizchi?!.

Zulfiyaning ayanchli tovushiga zid o‘laroq Maktabxon onaning dadil, bosiq tovushi eshitildi:

— Bir kecha ming kecha emas, kimsan To‘xtaboyning bolalarimiz — xudo xohlasa ko‘chada qolmaymiz...

... «Ko‘chimiz ko‘chada qolmaydi», «xudo xohlasa ko‘chada qolmaymiz»... Zulfiya yo‘lda obdon toliqqan ekaniga qaramay allamahalgacha mijja qoqmadi. To‘qmoqda ikki yoz yashab, nihoyat, Toshkentga qaytish daragini eshitgandagina sevinishlari, ko‘ch-ko‘ronni ortishayotganda, avval aravalarga, To‘qmoqdan Pishpekka yetgach, aravalardan vagonga ortishganini— o‘shandagi entikishlari bu qadar chippakka chiqadi deb o‘ylamagan edi. Kishining xayoliga kebdi deysiz! Orada To‘xtaboy necha yil Toshkentga qaytmadi, Maskovga bordi, «Nasyonal»ni, uy-joy, do‘konlariing barini qaytib qo‘lga olgashini aytib dasta-dasta suyuichilar ulashdi. Mana endi, sho‘ro... Zulfiyaning o‘ylovi «qoqildi». U eslashga urindi: «Sho‘ro»midi?.. Sho‘ra»mi?

Sho‘-ra... Yo‘q, Yo‘-g‘a, yo‘g‘-a, Sho‘-ra... Sho‘-ro... Ha-ha, sho‘ro-sho‘ro! Oting kursin-a!.. Ho‘ra bo‘lsayam, sho‘ra bo‘lsayam biroviing joyiga ko‘z olaytirdimi, bas, bir go‘rda!.. »

Zulfiya u yon boshidan bu yon boshiga ko‘p ag‘darildi , alhol, ko‘zi ilinay deganda, kornidagi gumonasi qimirlab yana uyqusi qochdi. G’imirlash alomati sezilgan ung biqinini avaylab siladi. To‘qmokda, zoriqqan chog‘lari yaxshi niyatlar bilan ko‘ylakchalar, qalpoqchalar tikkanini esladi. «Bunisi qiz bo‘ladi, Zulfiya» dedi Maktabxon ona. Nasvali buvi ham shu gapni tasdiqladi. Dunyodan farzand ko‘rmay o‘tayotgan Maktabxon onaning, hatto oila qurmagan Nasvali buvinnng bu qadar samimiy iiyatlarini eshitib, Zulfiya g‘alati bo‘lib ketdi. «Mayli, qiz bo‘lsa, yana yaxshi», dedi. Shu «taxmin-yangilik»ni To‘xtaboyning qulog‘iga shipshiganida, boy, «O’g‘ilmi-qizmi — xayrli bo‘lsin», dedi-qo‘ydi. Nahotki, boy o‘shanda manavi ahvolni sezgan bo‘lsa!? Xotin, bola-chaqasi shunday kunlarga qolishini — ona shahriga kelib kimsasiz, ovloq ko‘chadagi pastqam va fayzsiz bolxonada tunash mumkinligini sezsa boy To‘qmoqdan ko‘ch-ko‘ronini ortib yo‘lga chiqarmidi!..

Zulfriya shundagina To‘qmoqda vaqtincha qolgan Adolatni esladi. «Yaxshiyamki, u kelmagan ekan. Bir etak bola bilan qaerga sig‘ardi?» Faqat...

Ko‘ch-ko‘ronni saramjoylayotib Adolat tushmagur qizil kigizga o‘ralayotgan tugunlar orasiga Zulfiyaga qarashli bo‘hchani ham irg‘itib yubordi. Yomon niyatda qilgani yo‘q. Birok, Adolat bo‘hchani nrg‘itib yuborganiga ko‘zi tushdiyu, Zulfiyamnng yuragi juvillab, achishdi. O’zi bilai aravada olib ketish iiyatida bo‘hchani qaytib olishga jazm qildiyu negadir qaytdi. Kundoshi yomon xayolga bormasin degan o‘yda, qaytdi. Aslida olsa bo‘larkan... unda qornidagi, mana, hozir ketma-ket «to‘polon» qilib oromini buzayotgan, tug‘ilajak qizalog‘iga atalgan shirin-shirin ko‘ylakchalar, qalpoqchalar bor edi...

Zulfiya xayolini olib qochayotgan shaytonga hay berdi. O’zini chalg‘itdi. Homilasini tinchlantirish niyatida qornini siladi-siypadi, siladi-siypadi... Bir tekisda nafas olib shirin uxlayotgan Maktabxon onasiga, yonma-yon yotgan o‘g‘illariga havasi kelib, Xudodan xayrli tonglarda xayrli yangiliklar bilai uyg‘otishini so‘rab-yolvorib og‘ir uyquga ketdi.

Zulfiyaning duolarini Xudo inobatga oldi — u tiniqib uxladi, bir payt uyg‘ondiyu, qaerda yotganini dabdurustdan eslay olmadi, ko‘zini pirillatdi, so‘ng derazadan ko‘rinayotgan qo‘shni tomni qoplagan oppoq qorni ko‘rdiyu, tongdan oqlikni ko‘rganidan sevinib ketdi. Ruhini qamragan bir shodlik qanotida parvoz qilguday qanotlarini yozib o‘rnidan turmoqchi edi, tashqaridan g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovoz keldi. U o‘rnidan irg‘ib turib deraza yoniga bordi. Maktabxon ona zinada, Nasvali buvi qalin yoqqan qorga tizzasiga qadar botib hovlichada qaqqaygan ko‘yi zina tepasida sovuqdan diydirab gapirayotgan honadon sohibasining og‘ziga baqrayib qolishgan edi. Uy bekasi xuddi og‘ir ayb qilgan odamday gunohkorona bir mung bilan boshini ham qilgancha gapirdi:

— Sahar kelib aytishdi. . Pishpekdan kevotgan qizil vagondagi ko‘chni hukumat kimoshdiga sotib yuboribdi. Boy ota o‘shani surishtirgani ketibdilar...

…Eski paranji yopingan kimsa muyulishdan o‘tib kunbotardagi Allon masjidi tomon boraturib yo‘lning loyligidan qadamini sekinlatdi, bunday paytda odatda odam yo‘lovchilar bosib iz qoldirgan quruqroq joylarnn mo‘ljalga olib qadam tashlaydi, biroq kimsa odimnni sekinlashtirganiga qaramay aksincha na loy-nako‘lmak demay kechib ketaverdi. Tashqaridan kuzatgan kishi paranjili kimsani ko‘zi ojiz deb o‘ylab uni yetaklash uchun ko‘makka oshiqishi tayin edi. Ko‘cha kimsasiz, hademay masjiddan qaytadigan namozxonlar uy-uyiga kirib ketsa bu pilch-pilch loygarchilikda to bamdodga qadar loy-suv kechib ko‘chada yurish hech kimga zaril kelgani yo‘q!

Paranjili kimsa o‘ng yoqdagi ikki tavaqali, keng darvoza ro‘parasiga kelganda qariyb to‘xtadi, yaqinlashmay turib darvozaga razm soldi — orqasiga birrov o‘girilib ko‘z yugurtirdi-da, o‘zini qiya ochiq eshikka urdi.

Yo‘lak keng, oyoq ostiga musulmon g‘ishti yotqizilgan— ozoda edi. Ko‘laga tezgina hovliga o‘tib, chapga — derazasidan g‘ira-shira shu’la ko‘rinayotgan ravon tomonga yurdi, yaqin qolganda atay tomoq qirib yasama yo‘taldi.

Sandal chekkasida allaqachon uyquga ketgan o‘g‘ilchasini yonboshlaganicha hamon allalab xayolga tolgan Zulfiya yo‘talni eshitib sergak tortdi.

— Adam! — dedi sandalning boshqa tomonida ko‘rgani beliga dovur tortib yotgan Solihjon yoshiga xos bo‘lmagan ehtiyotkorlik bilan shipshb.

— Ovozingni chpqarma!— Zulfiya shoshilib sandal ustidagi pilikni puflab o‘chirdi-da, o‘g‘lining ehtiyotkorligi maqomida shivirladi. Va qad rostlab kavshandozga chiqdi. Solihjon otasini paranjini boshidan olib tashlashini kutmay quchoqlab oldi. Ota-bola sog‘inchlariga zid o‘laroq sas-sado chiqarmay quchaqlashib o‘pishar, Zulfiya esa dam sayin xavotiri ortib ko‘zlari devor osha ko‘chani kuzatar edi.

— Tinchmisilar?.. Sobirjon qani?.. Osimxon uxlayaptimi?..

Zulfiya erining savoliga javob qaytarib ulgurmadi.

— Sobirjonni Xayrinisa bilan Maktabxon onadan xabar ogani ketuvdi... Qora qozonni qaynatib o‘tiribmiz... O’zingiz tuzukmnsiz?.. Opam, bolalar yaxshimi?.. Xo‘rda boridi...

— Qornim to‘q, — dedi To‘xtaboy xotinining taklifiga ortiqcha iltifot qilmay. — Solihjon! Bozorga opchiqadigan ul-bullaring qoldimi?

Zulfiya qorong‘ida erining ko‘z yoshlarini kuzatdi, To‘xtaboy o‘g‘liga qarata so‘z boshlagan bo‘lsada, o‘zi jonsarak, dumaloq do‘ng peshonasidan, picha bukri va uchli burnidan hovur ko‘tarilayotgandek tuyuldi nazarida.

— Olma sotvommiz... Bargakdan oz qoldi.

— Durust. Onang bilan sanga ishondim, o‘g‘lim. Onangni, singillaringni ehtiyot qilinglar. Tuzikmi?.. Man... ma, Zulfi, rasamadi minan sarflab turarsan, tuzikmi?.. Man...

— Qachon keldiyz? Toshkenda besh-olti kun bo‘larsiz? — Senlardan xabar olishim xavfli bo‘lib qoldi.

Uzoq kemay qolsam Sobirjon yo sen — Solihjon, Abdulhay amakinga yo bo‘lmasa Sag‘bondagi Do‘st tog‘a borku, maxsido‘z, o‘shangga uchrang. Durustmi!.. Orttirganimmi o‘shalarga qoldirib ketaman.

— O’zingizga qarang. Uyoqda... ko‘pchiliksizla... To‘xtaboy kenja ayolining tantiligidan, tanti bo‘lmasa-da, bu qadar zushdaligidan ko‘ngli ko‘tarildi.

— Bezovta qilishmayaptimi?— so‘radi u.

Zulfiya eriiing tovushida zardayu alam aralash adolatsizlikka nisbatan nafrat ohangini sezdi.

— Boy nalogchilarning nafsi to‘gaydiganga o‘xshamayotti-da. Hay, sabr qip turaylik, ularga boqqan baloyam bordir...

To‘xtaboy ehtiyotkarlikni unutib baralla tomoq qirdi — odatda u negadir jahlini ichiga yutgan kezlar shunday qilar edi.

Boy ortiq gapirmadi. U hamon bilagida ushlab turgan paranjini o‘ng-tersini paypaslab qarana boshladi, Kavshandozdan o‘tdi-da, emaklab cho‘zilganicha borib, uxlab yotgan Osimjonning peshonasidan o‘pdi. Qansharidagi xolini siladi. So‘ng qiblaga yuzlangan ko‘yi cho‘k tushib duoga qo‘l ochdi. «O’zingga topshirdim»» degani eshitildi, xolos. So‘ng, tezda turdi-da, «Bor, ko‘chaga qarachi, hech kim yo‘qmi?» dedi o‘g‘liga. O’zi Solihjonning izidan kela turib paranji yopindi.

... Taqdir ne kunlarni ravo ko‘rmadi unga! Esini tanibdiki, o‘zini tijoratga urdi, shu yo‘lda mashaqqqat chekdi, yutdi-yutqazdi, yutdi-yutqazdi — kimsan To‘xtaboy degan nom orttirdi. Biri biridan go‘zal otlarini minib gijinglatib o‘tganida yoshu qari hurmatini bajo keltirishar edi. Sag‘bondan Piyozbozorga qadar, Beshyog‘ochdan Kalasga qadar — uni tanimaydigan odam yo‘q. Eski shahar bozorida qator-qator rastalarda, Yangi shaxarda ikki qavatli do‘konlarda To‘xtaboyga qarashli mol-hollar sotilar, Yangi shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shgan «Nasyonal» uning faxri, izzat-obro‘si edi — bari-baridan ayrildi. Uch xotin, o‘n bir o‘g‘il-qiz uning ship-shiydon etilgan qo‘liga qaradi-qoldi...

Xudo shohid, To‘xtaboy qo‘ldan ketgan hech bir narsaga yurak-bag‘ri o‘rtanib achinmadi. «O’zi bergandi — o‘zi oldi» degan gapni bot-bot takrorlar, uning bu gapini eshitgan sayin Zulfiya tugul, hatto og‘ir-vazmin Maktabxon ona ham ba’zan tutaqib ketar, «o‘zi oldimi, Sho‘ro oldimi!» deb alamidan dardini to‘kib solardi.

— Yo, boqiy!..

Bu xonadonda To‘xtaboyga tik qarash uyoqda tursin, uning so‘zini ikki qiladigan odam bo‘lmagan, xususan, boy shu jarangdor kalomni tilga ko‘chirgach kattayu kichikning uni o‘chdi.

— Sen ham, — dedi To‘xtaboy Maktabxon onaga, so‘ng Zulfiyaga gapirdi: — Sen ham, anavi, manavi — hamma-hammasi foniy — omonat. Yolg‘iz Boqiyning o‘zi boqiy! Tuzukmi?. Moldavlatimning bari yo‘qdan bor bo‘ldi — mana endi, barcha-barchasi bordan yo‘q bo‘ldi — fiysabililloh, rizoman, tuzukmi?! Sho‘roga shu kerak ekan — ikki qo‘llab topshirganim bo‘lsin!

— Sho‘ro uzoqqa bormaydi, deyishvotti, baraka topgur...

Hamma qolib Nasvali buvi oraga suqilganidan To‘xtaboying o‘zi ham hayron bo‘ldi — buviga, xotinlariga — Sobirjon bilan qizi Hayrinisa ham bor edi shekilli — bolalariga birma-bir qarab chiqdi-da, ham jahl, ham bosiqlik bilan dedi:

— Sho‘ro ham boqiy emas, illo shuni unutmalaring, u — yuz qovun pishig‘idan so‘ng yo‘qoladi. Tuzukmi?!.

Boyning bu iqrori xonadon a’zolarining boshiga bir necha yillardan buyon ustma-ust tushayotgan dardu sitamlaru, ayriliqlar, to‘zonday sochilib ketishlardan mag‘lublikni tan olguvchi fatvoday gumburladi.

«Yo, boqiy, antal boqiy!.. Yo, boqiy, antal boqiy!.. Yo, boqiy!.. »

Tilidan shu muborak kalima tushmay qolgan To‘xtaboy taqdir zarbalarining bittasigagina chidolmas — o‘z mahrami — sha’riy xotinidan xo‘jako‘rsinga ajrashib, o‘z pushti-kamaridan bo‘lgan bolalarini o‘g‘rincha, bu yetmaganday— paranji o‘ranib kirib ko‘rsa, birrov kirib chiqishini birov payqasa, Zulfiyaga, bolalariga zug‘um battar zo‘rayishini o‘ylab allanecha kungacha xavotirda yursa...

U Kaykovus anhori ustidan o‘tgach ko‘prikdan pastlikka enib tolzorga yetganda ro‘parasidan yugurgilab kelayotgan o‘n-o‘n bir yoshlar chamasidagi qizaloqni ko‘rdi. Qizaloq ro‘moli bilan bosh-ko‘zini to‘sib, tugunchani qo‘ltig‘iga mahkam qisganicha to‘xtab qoldi. Uzun-uzun kipriklari ostidagi, biri-biridan chiroyli ko‘zlari jovdirab qizaloq nima qilarini bilmay taraddudlanib qoldi.

Boshqa payt To‘xtaboy gap so‘zsiz o‘gib ketaverar, tolzor tevaragida doimo gavjum bo‘ladigan supada o‘tirganlar orasidagi «xolis»larga gap topilishini istamas edi.

Bu safar u odatini kanda qildi.

— Mohich, ke, qizim.

Mohinisa ko‘cha-ko‘yda otasi duch kelib qolsa u kishini tanimaganday o‘tib ketish shartiga qattiq rioya qilishi zarurligini unutmagan, shu bois, otasining bu qabil qarshi olishiga tushunmayroq turgan edi.

— Yo, boqiy!.. — To‘xtaboyning lablari asabiy pichirladi. Uchdi. — Ke, qizim. Ertalabdan qattan kevosoan? Onang durustmi? Okalaringchi?.. .

— Hm... dedi Mohinisa hamma savolga javoban.

— Buncha yupun kiyinmasang, Mohich?..

To‘xtaboy ortiq javob kutmadi, uzun chakmonining ichki cho‘ntagidan bir «aft parvarda oldi-da, qizining jajji hovuchiga soldi.

— Ujang yig‘lamayaptimi?

— Yo‘-o‘. .

— Bir, boraqol. Ehtiyot bo‘l, ona qizim... To‘xtaboyning tomog‘iga allanarsa qadaldi. Qayrilib qiziga qaramaslikka urinib yo‘lida davom etdi. U Toshkentga bu safar kelganidan buyon kunlari nihoyatda bebaraka o‘tdi. Uylagan hech bir rejasi unmadi. Eski do‘kondor tanishi ikki to‘p shoyini boshqaga pullab yuboribdi — savdo ahli orasida bunaqangi labsizlikni To‘xtaboy ko‘rmagandi — o‘shani amallab To‘qmoqqa yetkazib olsa u yerdagi bolalariga choychaqa chiqardi. Yana uch-to‘rt kun kutay desa Adolat tez-tez ko‘rpa-to‘shak qilib yotib oladigan bo‘lib qoldi— ko‘ngli shundan alag‘da. Shuncha kun Toshkentda yurib Maktabxondan xabar olmadi. To‘g‘ri, Maktabxon — ukasi Asqarxonnikida, uning issiq-sovug‘idan xavotir olmasa ham bo‘ladi, shunday bo‘lsada, yo‘l usti kirib chiqish ilinjida ikki qayta Beshyog‘ochga o‘tdi, chalg‘ib, qaysinisikiga kirish fursatini topmadi.

«Yanagi kelishimda ko‘rib chiqaman», deb diliga tugdi To‘xtaboy. Og‘zi qurishdi. Zo‘r berib yutundi — lablarini bazo‘r namladi. Zargarlikka olib boradigan ko‘cha yonida o‘tayotganida, «Tog‘a, ho‘, tog‘a!»» degan chaqiriqni eshitib to‘xtadi.

— Buncha tez yurmasangiz, tog‘a, izingizdan yetolmayapman-a.

To‘xtaboy kulimsirab kelib ko‘rishgan Abdumalik jiyanining qo‘ng‘iz mo‘ylabiga, ityoqa, oq ko‘ylagiga razm solib xayolini jamladi.

— E, jiyan, Obida opam tuzukmilar? Bolachaqalar omonmi?

— Durust, durust. Kepsiz, deb eshitdim. Qayoqlarda yuriysiz, o‘zi?!. To‘qmoqday joydan kelib biznikiga kirmasangiz?..

To‘xtaboy siniq jilmaydi. Jiyani ahvolni bilib turib gina qilayotgan edi.

— Bir birovimiznikiga yashirinmay-netmay, bexavotir kirib... — To‘xtaboyning lablari bir-biriga chippa yondashdi, gapini davom ettirish uchun chiranib og‘iz ochdi: — Kirib chiqadigan paytlar ham kelar, jiyan...

— Inshoalloh, etganingiz kelsin. Man...

To‘htaboy gapini aytib olishga oshiqayotgan odamday jiyanining so‘zini bo‘ldi:

— Tinch bo‘lsanglar, bas. Gina-kuduratlar ham o‘shanda yarashadi...

— San buyoqqa ketvossan shekili? — To‘xtaboy shunday deb o‘ng tomonda yuqorilashib ketgan tor tuproq ko‘chani ko‘rsatdi. Bexosdan qalqib ketgan odamday tomog‘ini kirib yo‘taldi. — Yo‘lingdan qolma, jiyan.

— Man... — Abdumalik tog‘asining o‘ychan, hatto ma’yus ko‘rinayotganini sezdi, to‘xtab-to‘xtab gapirayotganiga e’tibor qildi, shundan u kishini yolg‘iz qoldarib ketgisi kelmay g‘udrandi.

— Tushunaman, jiyan, tushunaman. Xijolatvozlikni xayolingga keltirma, akosi.

. b. . boraver...
Abdumalik tog‘asining xuddi tomog‘i og‘riyotgan odamday qiynalib yutunayotganini, qayta-qayta tamshansa-da, ovozi quruq chiqayotganini, shu bois gapirishga qiynalayotganini endi payqadi. «Mazangiz yo‘qmi?» deb so‘ramoqchi edi, To‘xtaboyning qat’iyat bilan «Boraver» degan amrini inkor qilolmadi. Noiloj, tog‘asining betiga qaramay xayrlashdi va tor ko‘cha tomon qadamini jadallatdi. To‘xtaboy ham o‘z yo‘lidan qolmadi. U bu yo‘llarda yolg‘iz yurgan odam emas, albatta yonveridan hamrohlar arimas edi. Endi... u picha yurgach, negadir orqaga o‘girildi, chamasi Abdumalikdan bir nimani surishtirgisi keldi, hatto tovush berib chaqirmay niyatida lab juftladiyu, ovozi chiqmadi. Abdumalikni to‘xtatsa, Chig‘atoydaga tushaverishdagi Somon bozor choyxonasida bir nafas gurunglashsa... Abdulhayni so‘rasa... Aytmoqchi, Abduvalining taqdiri nima kechdi?.. Olmoniyaga ikki-uch yillik o‘qishga jo‘nayapman deb ketganicha, mana, o‘n yildan oshdi-yov!..

Qiziq, Qayumxon pochcha badjahl, serzarda, fikri-xayoli savdogarchilikdagi odam. Lekin o‘g‘illariga ilmga tashnalikni qaerdan yuqtirgan?.. Kenjasi Abduvali o‘qishdan boshqa narsani bilmaydi. U-o‘, o‘qiganga nima yetsin! Dunyo — o‘qiganniki!.. Utlibil ilma minal mahdi, alal lahdi. Darvoqe, o‘sha — xufton uyiga oxirgi yashirincha kirib chiqayotib o‘g‘li Solihjon shoshilinchda maslahat so‘radi:

— Ada, o‘qisam degandim...

Uyog‘ini aytolmadi. Uyog‘ini To‘xtaboy ham aytolmadi. Nima desin?.. Kimsan To‘xtaboyvachchaning o‘g‘lini sho‘ro o‘qitarmidi!. Boyning farzandlariga sho‘ro ilmni ravo ko‘rmaydi. Uz kuchiga ishonmagan hukumat fuqarosi ilmli bo‘lishidan cho‘chiydi. To‘xtaboyni juda yaxshi biladi. Shunday bo‘lsada, ko‘cha eshik tagida Zulfiyani chaqirdi.

— Onasi — dedi burungi qat’iyatli ovozda tayinlab. — Bolalarni o‘qitish payida bo‘linglar. Sobirjon o‘qisa ukalarini ham izidan yetaklaydi. Qayum pochchaga olib bor. Abdulhayga, Abdumalikka maslahat sol — yordamini ayamaydi ular. Tuzukmi?..

Ammo-lekin... sho‘roga ilmli odam kerak emas. Abduvali musofir yurtlarda kimsan Vali Qayumxon bo‘lib yuribdi, erta birisi kun To‘xtaboyning o‘g‘illari o‘z yurtida musofir — begona bo‘lib qolmasmikan? Yo, boqiy, antal boqiy!.. Yo, boqiy!..

To‘xtaboy Qayumni bozori muyulishidagi choyxona yonidan o‘tayotganda so‘rida o‘tirgan besh-olti choyxo‘rga qaramadi, ko‘z qirini tashlaganida Sahiy tayibning yonida Abdumalik orqasini o‘girib turganday tuyuldi — To‘xtaboy parishonxayolligidan unga e’tibor qilmadi.

Har safar Pichaqchilik muyulishidan o‘tgach To‘xtaboy yo‘lni o‘ngdan solar, shu ko‘chada yashovchi, yaratganning o‘zidan bashqa hech bir jonzotu jondordan hayiqmaydigan Tuobil hojini o‘chratsa picha gurunglashar, Alisher Mahsumning hasratlariga quloq tutar edi, bu safar ham shunday qildi - bir oz yursa izvoshlar bekatiga yetar, u yerdan Piyonbozyurga borar, va’dalashgan tanishlarini ko‘rgach, u yerdan To‘qmoq qaytadi deya yo‘lga ravona bo‘lardi. Faqat u bir qancha odimni og‘ir o‘y ostida o‘tdi va... iziga qaytdi. Iziga qaytib, o‘ng yoqqa burilganda, hozir o‘zi kelgan so‘l tomonda ko‘ringan uch yo‘lovchidan biri o‘zini duch kelgan eshikka urdi. To‘xtaboy unday sharpaga e’tibor qiladigan ahvolda emas edi.

Shu topdagi vaziyatdan kelib chiqsa, u o‘zi qurdirgan jome’ masjidiga qadam bosmasligi kerak — qanday bo‘lmasin To‘xtaboy boyligini unutgan faqir va bechora odam qyyofasida yurmog‘i lozim, u boy emas, masjid qurdirmagan, mehmonxana bunyod etgan emas, har hayit arafasida Piyonbozorda yetim-esirga beminnat osh-non ulashgan emas, qatar-qator do‘konlari ham yo‘q... bular mayli-ya, bari-baridan qo‘lning kiri yanglig voz kechdi, mol-mulkning bahridan o‘tish-mumkin, lekin uning boyligi... bitmas-tuganmas orzuniyatlari, biri birndan arzanda uch ayoli, biri biridan shakar o‘n bir o‘g‘il-qizi qayda qoldi?.. Maktabxon ukasinikida, Adolat To‘qmoqda, Zulfiya Gulbog‘ o‘rnidagi hovlida-jo‘jabirday jon... «Xudo sizzi yetkazdi, To‘xtajon, — degan edi o‘lim to‘shagida yotgan Zulfiyaning otasi — Islom sarroj ko‘zlaridan yosh duvillab — Qizim halolingiz. Oilamga bosh bo‘ling — ko‘chada qolishmasin... »

To‘xtaboy istamagan edi ularning ko‘chada qolishini... «Yo, boqiy! O’zint boqiy!.. Yo, boqiy!.. »

To‘xtaboy namoz payti emasada masjid darvozasidan kirib bordi. So‘l tomondagi pastak uy tevaragini supurayotgan daroz, hirsday baquvvat, echki soqol qorovul chol uni ko‘rib hang-mang bo‘lib qoldi. Mum tishladi.

— Assalomu alaykum rahmatu va barokatuh!.. To‘xtaboy qorovul cholga emas, masjidga, bu muborak maskanning zaminu-eru qaddi-bastiga salom bergan edi. U to‘g‘ri xonaqohga yo‘l oldi, mehrobga ikki-uch odim qolguncha bir maromda vazmin yurib bordi — tashqaridan uni kuzatib turgan qorovul chol go‘yo To‘xtaboy hozir masjidni orqalab ketadigandek talvasaga tushdi, dod-voy solib boshiga haloyiqni yig‘moqchidek lapanglab ko‘chaga yugurdi — To‘xtaboy esa mehrab poyida peshonasini sajdaga qo‘ydi...

— Yolg‘iz o‘zing boqiysan, Egam!.. Foniylar uzra boqiylik yolg‘iz senga yarashadi!.. Qodirsan!.. Zakiysan!.. Odilsan, odil!.. Odillikda bokiysan!.. boqiy!.. Antal boqiy — o‘zing boqiy!.. Yo, boqiy!..

... Qorovul chol hovliqib chorig‘ini surgab to‘rt-besh bekorchini boshlab kelganda To‘xtaboy Kallaxonadan o‘tib Mahsido‘zlikka, undan osha Xadraga yetayozgan — yo‘l-yo‘lakay nimaiki ko‘rgan bo‘lsa, kim bilan uchrashib, kim bilan gaplashgan bo‘lsa — bari-barini unutgan, qay o‘y-qay xayolda ketib borayotganini sezmas, mehrobga yuzma-yuz cho‘k tushib iltijo qilayotganda ovozi ravonlashganini, sira qiynalmay tupuk yutganini, mana endi, bahorning namochil kunida og‘zi yanayam qurishib borayotganini o‘ylamas, fikri-o‘yida yursa-yuraversa, yo‘li adog‘ bo‘lmasa, jon-joniga tutash bo‘lib ketgan Toshkent ko‘chalaridan aylanib-o‘rgilsa... shu ketgancha To‘qmoqning biqinidagi sermavj Chu daryosiga sho‘ng‘isada, hovurdan chiqsa, haroratlari bosilsa, muzday va tezoqar suvni sipqorsa, tashnaligi qonib hushi joyiga kelsa va hamma-hammasi qayta boshdan boshlansa... bolaligi, o‘smirligi, tijorat yo‘liga kirishi, uylanish, bola-chaqa orttirish, dovrug‘ taratish manchman degan o‘ris, nemis, juhud boylariga izzat-ikrom ko‘rsatish... bor-budidan ayrilish, asl boyliklari bo‘lmish ayollariyu farzandlaridan mosuvo bo‘lish... Chuning suvi tezoqar-da!.. Muzdakligi yaxshi, o-oh!.. Tez oqishi undan yaxshi. Shiddat bilan oqadi. Odamning umriga o‘xshaydi — to‘xtash neligini bilmaydi, oldinga, oldinga, oldinga...

— Hoy, amaki!..

— Qoching-g!..

— Tog‘a-a-a!!!

To‘xtaboy ustiga bostirib kelayotgan tramvayni ko‘rdiyu, uning vahimasini fahmlab ulgurmadi — beixtiyor boshini siltab tortadi, vagonning tumshug‘i chirillab betini yalab o‘tdi. To‘xtaboy to‘xtamadi — yana bir qadam oldinga tashladi, tashladiyu, tramvay vagonining «dumi» zarb bilan urib uni shu yo‘lga ag‘dardi.

To‘xtaboy shahar o‘rtasida yerga uzala tushib yotadigan inson emas edi, zero, u lahzalar ichida hushini yig‘diyu, irg‘ib turmoqchi bo‘ldi, oyog‘i o‘ziga bo‘ysunmadi, qo‘li bilan tiralib qaddini rostlamoqchi edi — kafti arang ko‘tarilib ko‘ksiga yetdi , xolos. Yo‘lovchilar yugurib kelib uni o‘rab olishdi. Qiy-chuv qo‘pdi. Ayollardan biri ho‘ngrab yubordi. Odamlar orasidan yorib o‘tgan ityoqali oq ko‘ylak kiygan, qo‘ng‘iz mo‘ylabli yigit engashib, entikib To‘xtaboyning boshini bilagiga oldi. Qaltiroq qo‘llari bilan yoqa tugmalarini yechishga tutindi.

— Yo, boqiy...

Rangi dokaday oqarib ketgan To‘xtaboy go‘yo foniylar orasidan boqiylik istaganday so‘nib borayotgan ko‘zlarini arang ochib tepasida gavjumlashayotgan basharalarga alangladi, qiynalib tamshandi, notanish chehralar orasidan ityoqa ko‘ylak kiygan qo‘ng‘iz mo‘ylabli yigitni topdi, bor quvvatini ko‘zlariga jamlab unga tikildi, lekin u yigit mubham bir xavotirda o‘zini izma-iz kuzatib kelayotgan jiyani — Abdumalik ekanini tanimadi...

* * *

O’rta yoshlardagi daroz bo‘yli go‘rkov uzun qo‘llarini lahaddan cho‘zib oppoq kafanga o‘ralgan mayitning oyoq tomonidan oddi, so‘ng belbog‘ichini kafti aralash o‘radi, avaylab pastga tushirdi.

... U kecha shom chog‘i, «To‘xtaboy bandalikni bajo keltiribdi!» degan xabarni eshitganda ajablanib yoqa tutdi. «Essiz, shunday odam ha ham o‘tibdi-da!» dedi bosh chayqab. Bosh chayqay-chayqay, marhumning haqqiga duolar o‘qiy-o‘qiy qabrni hozirladi, lahad tuprog‘ini ixlos bilan chuqurroq, kengroq oldi. Tuproq tortayotib manglayiga nimadir ilashdi — lahad shiftida bir qarich chiqmaydigan qilday ingichka ildiz osilib turgan ekan. Uni yulib tashlash niyatida tortdi — ildiz uzilmadi, «zarari yo‘q» degan o‘yda ishini bitirdi, tashqariga chiqayotib ildizning muzdek uchi yana peshonasiga tegdi, bu safar u ketmonni ishga soldi — kalta sonli ketmonni ikki daf’a sirmadi hamki, ildiz uzilmay tebranib turaverdi. Shunda... tebranishdan to‘xtamagan ildizning u uchida bir tomchi suv simobday yiltirab ko‘rindi. «Ajabo!» Go‘rkov tushunolmay bir zum hayalladi. Chinchilog‘ining uchida tomchini «ilib»» oldi-da, labining chekkasiga tekkizdi, tekkizdiyu, hayrati chandon ortdi: «Tovba! Bu qadar suyuq, bu qadar tiniq, bu qadar totli!.. »

... «O-omin! Savol-javobingizni Allohning o‘zi oson qilsin!». Go‘rkov shivirlab yuziga fotiha tortgach, lahaddan sirg‘alib chiqdi, yuqoridan qo‘lma-qo‘l uzatishayotgan guvalani lahad og‘ziga tera boshladi. So‘nggi ikki-uch guvalani qo‘yishga ulgurmay qorong‘ilashib borayotgan lahadga beixtiyor qaradi. Qaradiyu... mayitning qoq labi ustiga tomgan ildiz shirasi paxtaday oq kafanlikdan shimilib o‘tayotganini ko‘rdi...













32

Toxir Molik - Tiriklik Suvi



Xarbiy xizmatdan qaytgan Rustam ikki oy badalida ham biror ishni ketidan tushmadi. U ishni bunday deb, bu ishni unday deb, dalada ketmon chopishga esa bo‘yni yor bermay yurganida qishlog‘iga ilon ovlovchilar ko‘noq bo‘lishdi. Shularning yumushi unga bir oz ma’qul ko‘rindi-yu, ertasigayoq kumga chiqib ketdi.

Uch kun tentirashib ilon deganning urug‘ini ham uchratisholmadi. Toza xunoblari oshib, so‘ngti barxanni mo‘ljal qilib chiqishdi. Ro‘paralarida ko‘m-ko‘k maysaga burkangan yalanglikni ko‘rib, hayratdan dong qotishdi. Yalanglik o‘rtasidagi quduqqa yaqinlashganlarida Rustam:

— Kurib qolgan quduqlarda ilon ko‘p bo‘ladi, — deb qo‘ydi.

— Rostdan-a, — dedi oq qalpog‘ini qiyshaytirib kiyib olgan past bo‘yli, kaldirg‘och mo‘ylovli yigit uni mazax qilib. — Bir tushib chiqmaysanmi bo‘lmasa?

Rustam uning masxaralaganini bilib, burgut qarash qildi.

— Qo‘rqadi, deb o‘ylayapsiz shekilli? Men shu yerlarda o‘sganman. Arqonni bering!

— Shoshilmang, avval dam olvolaylik, — dedi guruhboshi.

— Men charchaganim yo‘q.

Rustamning ahdi qat’iy ekanini bilib, unga kerakli anjomlarni berishdi. U arqonga osilib pastga tusha boshladi. Chiroq nurini quduq tubiga yo‘llab, kulcha bo‘lib yotgan ilonni ko‘rdi. «Aytmovdimmi? U olifta nimani biladi? O’zi umrida birorta ilon ushlaganmikin? Hozir shu ilonni olib chiqib basharasiga otaymi! Ikkinchi mayna qilmaydigan bo‘ladi...» Rustam shu xayol bilan asta quduq tubiga tushdi. Nimagadir ilon qimirlamadi. Nahotki, uning sharpasini sezmagan bo‘lsa? Rustam endi ilonga qo‘l yuboraman deganda, bexosdan ko‘zi tinib, oyoq-qo‘lidan jon chiqqanday bo‘ldi. «Havosi yomon ekan, ko‘nikib qolaman», deb o‘yladi u. Ammo ahvoli yaxshilanish o‘rniga battar bo‘ldi. Go‘yo kimdir qulog‘i ostida shivirladi. Nafasi qaytdi. Arqonni tortib, yordam so‘rashga hamrohlaridan uyaldi. Birdan qulog‘i qattiq shang‘illay boshladi. U holsizlanib, devorga suyanib qoldi...



* * *



...Nogahon ko‘tarilgan shamol Gurganjni chang-xasga ko‘may dedi. «Xudovandi karimning bu qahri»dan talvasaga tushgan Xorazm fuqarosi oqshomga yaqin yana bir ofatga ro‘para bo‘ldi — qora bulut yanglig‘ chigirtka yog‘di. So‘ngra kulrang bulut osmonni butkul to‘sib, qilt etmay turib oldi. Gurganj ahli havoning dimligidan bo‘g‘ilayozdi.

Husayn xafaqon xastaligiga mubtalo bo‘lgan zodagonga muolaja shartlarini bayon qilar chog‘ida shoh Ma’mundan chopar keladi. Bevaqt chorlovning boisidan garang hakim saroyda jam bo‘lgan baytulhikma ahlini ko‘rgach, yanada hayratlandi. Chorlaganlar Xorazmshohning hukmiga muntazir turardilar. Davlatpanoh uzoqlamadi. Tillarang to‘n kiyib, zarhal salla o‘ragan shoh Ma’mun ostonadan ko‘ringani hamon barcha salomga egildi. Shoh hech kimni ko‘rmaganday nigohini o‘zgartirmasdan taxt sari yo‘naldi. Joyiga o‘rnashib olgach, alik nishonasini bildirib, kaftini biroz ko‘tardi. Shundagina ta’zimdagilar e’tiborlariga ko‘ra cho‘g‘dan rang olgan gilamlar ustiga chordana qurdilar. Davlatpanohning so‘z aygmoqqa hushi yo‘q edi. U baroq qoshlarini chimirgani holda, ahli fazlu kamolning har biriga alohida-alohida boqdi, Xorazmshoh bag‘rida nechukdir tashvish bor ekanini fozillar payqagan, shu bois toqat bilan vujudlarini quloqqa aylantirib, bir-birlari bilan pinhona, savolomuz nigoh urishtirib o‘tirar edilar.

Fozillar Xorazm davlatining panohi Abu Abbos Ma’munning bunday ruhiyatidan nihoyatda kam ogoh bo‘lar edilar. Aksar hollarda, shoh e’tibori va donishligini namoyon etib, riyoziyot bobidami, yoinki, ilmi nujum xususidami so‘z ochib, fuzalolarni bahsga chorlar edi. Bu safar esa barchani hayrat botqog‘iga botirib, so‘z aytmoqqa shoshilmay o‘tiribdi.

Nihoyat, davlatpanoh tomoq kirib, so‘z aytdi, barchaning nigohi taxt sari qadaldi.

— Bu tong tangri taoloning yetuk hikmati ila Yaminuddavla va Aminulmilla sulton Mahmud G’aznaviy ibn Sabuqtagin nomasi qo‘limizga yetub keldi. Shu noma bois ahli risolatni yo‘llab, siz mo‘‘tabar donishlarni chorlab kelturdim. Ollohga ming karra shukrlar bo‘lsinkim, davlatimning ustuvorini mustahkam etdi. Ahli parxoshning na’rasidan g‘animlar titraydi. Fuqaroning nasibasi butun. Tangri taologa shukrlar qilishdan o‘zga yumushim yo‘q. Yana ming bor shukrkim, Olloh ahli ayyom, ahli binish, ahli botin, ahli davron, ahli idrok, ahli fununni Xorazm davlatining panohiga jamuljam etdi. Tangri taolo qudrati bilan Gurganjda baytul-hikma qaror topdi. Ollohga ijobat bo‘lgan muammolar bahs etildi. Ollohning inoyati bilan siz muhtaram donishlarni qanotimizga jam qilgan edik. Tangri taoloning yetuk hikmati va to‘liq qudrati ila izmingizni yana o‘zingizga qaytaramiz. Yaminuddavla va Aminulmilla sulton Mahmud G’aznaviy ibn Sabuqtagin noma bitib, ahli funun, ahli donishni panohiga chorlayajagini bayon etibdilar. Inshoolloh, allomai zamonlar sulton Mahmud qanotida ham har biri e’tiboriga monand o‘rin egallagay. Choparga hukmimni ayon etmay turib, siz muhtaram donishlarni nomadan ogoh etmakni, alalxusus, inon-ixtiyorlaringiz o‘zingizda ekanini anglatmakni ixtiyor etdim. Erta namozshomdan so‘ng huzurimda yana jamuljam bo‘lib, ixtiyorlaringizni bayon etmakka shaylaningiz.

Xorazmshoh shunday deb shaxt bilan o‘rnidan turdi-da, eshikka yo‘naldi. So‘zning bu qadar keskin uzilishini kutmagan ahli funun irg‘ib turib, ta’zimga chog‘landi. So‘ng bir-biriga so‘z aytmay, saroyni tark etdi. Chorsuda yo‘llari ayri bo‘lgan fozillar turli ko‘chalarga kirib, saroydan yiroqlashdilar. Xonalari bir dahada ekani sabab bo‘lib, Husayn, Muhammad va Abu Saxl hamrohliqda ketdilar. Bir necha eshik yurdilar hamki, sado chiqarmadilar. Husayn odob yuzasidan Beruniyning so‘z ochishini kutardi. Abu Saxl esa bu ikki allomai zamonning qarorini bilishga oshiqardi. Beruniy xonasiga yetgunga qadar ham og‘iz ochmadi. Faqat xayrlasha turib, Husaynning savol nazarini uqdi.

— Husayn, inim, mendan hozir javob kutmang. Bir nima demaklikka aqlim qosirlik qilib turibdi.

— Siz buyuk idrok egasi bo‘lganingaz holda nahot bizni raqabga aylantirib ko‘yganlarini fahmlamadingiz? — dedi Husayn hayajonini bosolmay.

— Raqabga dedingizmi? Beruniy qo‘lini eshik halqasidan olib, o‘yga toldi. — Inim, fikringazda jon bordek. Birok, Olloh idrokni allomaning o‘ziga, iznini esa davlatpanohga topshirgan ekan, nachora?

— Chora yo‘q deng?

— Biz davlatpanohning marhamati bilan idrokimizni ro‘yo qila olamiz. Shunday ekan, Gurganjda yashamoq afzalmi yoinki G’aznada, degan muammo balki bekorchidir?

— Fikringizni kabul etolmaganim uchun aybsitmang. — Husayn shunday deb ta’zim qilib xayrlashdi-da, yo‘liga ravona bo‘ldi. Abu Saxl unga ergashdi.

Beruniy bu ikki olimning hayajoni va xavotirini anglab, ularning izidan uzoq qarab qoldi.

Husayn yenida hamrohi borligini ham bir on unutib, shahdam odimladi. So‘ng asabiy ravishda Abu Saxlga o‘girildi:

— Nechuk Olloh idrokdan qismagani bois idroksizlarga bir umr qullukda o‘tmog‘imiz lozim ekan? Axir shams qorongulikning quli emas, yorug‘lik shahanshohi-ku?!

— Abu Rayhon haq gapni aytdilar. Qismatimizga shu yozilgan ekan, ilojimiz qancha.

— So‘zingiz fikringizni oshkor qilyapti. Demak, siz ham G’aznaga borishga rizosiz?

Abu Saxl miyig‘ida kulib, qo‘lini Husaynning yelkasiga tashlab, yo‘l boshladi.

— Siz kabi zukko hakim bu qadar asablarga erk beradi desa, hech kim ishonmaydi.

Husayn shundagina hamrohidan besabab ranjiganini anglab xijolat tortdi.

— Bugungi chorlovning ma’nisini durust anglamabsiz, — dedi Abu Saxl bosiq ohangda. — Daapatpanoh ham bizdan voz kechishni xush ko‘rmaydilar. Baytul-hikmaga putur yetsa, davlatlaridan nur ketishini fahmlaydilar. Ammo, ilojlari yo‘q. Mahmud G’aznaviy istagiga qarshi borolmaydilar. Aminulmilla behad qudrat sohibi.

— Ha, balli. Men ham shuni aytaman. Bu yorug‘ dunyo ustuvori idrok emas, qudrat. Qudrat mavjud yerda alloma ham, donishu fozil ham beqadr. Fuqaro esa qaddi dol bo‘lib, ro‘shnolik ko‘rmaydi. Men hak-taologa birovni birovdan kam kilma, deb munojot etaman. Inshoolloh, osmon aylana-aylana bizni shunday kunga ro‘para etar.

— Inshoolloh.

— Birodar, davlatpanoh ixtiyorimizni o‘zimizga bergani bilan, G’aznaga bormog‘imizga majbur etadilar. Abu Rayhon: «Gurganjda makon topdik nima-yu, G’aznada topdik nima?» dedilar. Menga kolsa ham farqi yo‘q. Magar, men inson bolasiman. Odamiy g‘ururim hamisha bo‘ynimni egik olib yurishimga izn bermaydi. Tuprog‘imga e’tiqodim osmon qadar. Magar, gururim undan ham ulug‘. Shu bois o‘z yurtimga sig‘madim. Endi, bu yer ham...

— Jurjoniyada odillik hukmron, deb eshitaman.

— Husayn Abu Saxlning nima maqsadda bunday deganini anglab, yalt egib unga qaradi. Quloqlariga bir dam ishonmay turdi. Chunki Abu Saxl unga nisbatan Beruniyga yaqin yurar, ko‘p bahslarda Beruniyni yoqlar edi. Endi nima uchundir Beruniy fikriga zid ravishda G’aznaga borishga hushi yo‘q ekanini shama kilyapti.

— Fikrim ojizlik qilmasa...

Husaynning so‘zi og‘zida qoldi. Abu Saxl niyatini oydinlashtirdi:

— Ha, aynan uqdingiz. It kim durust suyak tashlasa ketaveradi. Odamzod unday qilmaydi. Maslahatimga ko‘nsangiz, Gurganjdan chiqaylik.

— Ijtinob etmak deysizmi?

— Tun bo‘yi tanangizga bir o‘ylang. Ma’qul bo‘lsa, bomdoddan so‘ng kaminaning kulbalariga tashrif buyuring. Yo‘l tadorigini cho‘zmaylik...



* * *



...Namozshomdan so‘ng Xorazmshoh xuzuriga kirgan allomalarning aksari G’aznaga bormoqqa rizo ekanliklarini bildirdilar. Al-Beruniy baytul-hikma ahli orasida Ibn Sino bilan Abu Saxlning yo‘qligidan hayron bo‘ldi. Saroydan chiqar mahali esa bu ikki allomani sipohlar qurshovida ko‘rib, hayrati yanada oshdi.

Sipohlar tutqunlarni shohga ro‘para qildilar. Davlatpanoh Ibn Sinoning qattiq-qattiq aytgan gaplarini toqat bilan eshitdi. G’azabdan tutaqsa ham jazoga hukm etmadi. Har ikkovini uylariga qo‘yib yuborishni buyurdi. Allomalar bu odillik boisidan garang bo‘lib, xonalariga qaytdilar.

Tun yarimlaganda Ibn Sino eshigini kimdir asta taqillatdi. Alloma qo‘liga shamdon oldi-da, sarpoychan chiqib, eshikni qiya ochdi. Notanish chehrani ko‘rib ajablandi.

— Taqsir, meni davlatpanoh ixtiyori bilan yo‘lladilar. Tong bilan safarga chiqib, sizlarni Jurjoniyaga boshlab ketaman. Yo‘l jabduqlari hozirlandi. Hamrohingizni ogoh etmagingiz lozim ekan.

Husayn tushimmi-o‘ngimmi, deb garangsib turib qoldi. So‘ng: «Davlatpanohning so‘z aytmagani zamirida shu sir bor ekan-da», deb qo‘ydi ko‘nglida. Keyin notanish kimsani ichkariga taklif qilib, o‘zi shoshib xonaga kirib ketdi.

...Quyosh ko‘tarilganda ikki tuya va uch otdan iborat kichik karvon Gurganjdan ancha ilgarilab, tobora sarhadsiz kumlik bag‘riga kirib borardi. O’zini Ro‘zimuhammad deb tanitgan raxilko‘sh, kamgap odam edi. Allomalarning suhbatiga jimgina quloq tutib, berilgan savollarga kisqagina javob qilib qo‘ya qolardi.

Allomalar: «Ishimizni Xudo o‘ngladi», deb bejiz quvonishgan ekan. Safarning ikkinchi kuni sahroda quyun ko‘tarildi. Go‘yo yeru osmon qo‘shilib ketdi. Otlar o‘zlarini har yon urib, jilovni uzib qochdilar. Yo‘lovchilar bir-birovlarini yo‘qotib qo‘ydilar. Bo‘ron tuni bilan tinmadi. Tongga yaqin hammayoq birdan jimib qoldi. Go‘yo hech narsa sodir bo‘lmaganday, quyosh ohista charaqlab ko‘tarildi.

Qumga ko‘milayozgan Ibn Sino qaddini tiklab, ust-boshini qoqdi. Atrofga alanglab, hamrohlarini izladi. Tirik jon ko‘rinmadi. Ovoz bermoqchi edi, tovush chiqmadi. Tishlari orasida qum g‘ijirladi. U tiz cho‘kkancha tek turib qoldi. Ibn Sino endi qay tomonga borishni bilolmay garang edi. Kunchiqarni mo‘ljal qilib ketaverishni ham, hamrohlarini izlashni ham bilmasdi. U bir qarorga kelmay, barxan tepasiga ko‘tarila boshladi. Shundagina o‘zidan o‘ttiz qadamlar narida jon sharpasini sezdi. O’sha tomonga yugurib, panjalari bilan qumni ocha boshladi. Holsiz gavdasini rostlayotgan Abu Saxlni tanib bag‘riga bosdi, yaratganga shukrlar qildi.

Allomalar kun tekkaga kelgunga qadar ham Ro‘zimuhammadni izladilar. So‘ng, undan umidlarini uzib, mashriq sari yura boshladilar. Oqshomga borib, sillalari qurib, bir-birlariga suyanib qoldilar. Horigan odamlarga tun salqini xush yoqib, qum yumshok tushakday tuyulib, qattiq uyquga berildilar. Tong bilan yana sudralib, yo‘lga tushdilar. Birinchi barxanga chiqdilaru hayratdan to‘xtab qoldilar: ro‘paralarida atrofi barxanlar bilan o‘ralgan, yashil maysaga qoplangan kaftdek yalanglik yastanib yotardi. Ikkovlon sarobmikin, deb ko‘zlarini uqalashdi. Ko‘rganlari haqiqat ekaniga ishonch hosil qilgach, odimlarini tezlatdilar.

Yalanglikni qoq markazi quduq... Kuduq yonida ikki ayol yotibdi. Qadam sharpasini eshitgan yoshroq. juvon irg‘ib turib, yuzini yashirishga harakat qildi. Keksaroq ayol esa qimirlamadi.

— Bizdan hayikmang, — dedi Ibn Sino ularga yaqinlashar ekan. — Bo‘ronda adashib qoldik. Halovatingizni buzmang. Chanqog‘imizni bosgach, yo‘limizdan qolmaymiz.

Juvon javdiragan ko‘zini yerga qadagancha, qimir etmay turaverdi.

— Volidangiz xastamilar? — deb so‘radi Abu Saxl. Juvon yana indamadi.

Ibn Sino uning fe’lidan hayron bo‘lib, bir oz qarab turdi-da, bukchayib yotgan keksa ayolga yaqinlashib, cho‘nqaydi. Kampirning bilagiga qo‘l yubordi. Shu zayl uzoq o‘tirdi. So‘ng, bilakni qo‘yib, o‘rnidan turdi.

— Yurak urishi bejo. Ko‘p alamlarni ichiga yutgan chamamda, — dedi u Abu Saxlga yaqinlashib.

Shundagina yosh juvon tilga kirdi.

— Biz cho‘rilarmiz, — dedi-yu, yana lab tishlab jimidi.

— Bu yerga qanday kelib qoldilaring? — deb ajablandi Abu Saxl. — Yo ozodlik istab ijtinob etmakni xayol qildilaringmi?

— Biz... men... u kishi... — juvon so‘z topolmay taraddudlandi.

— So‘roqqa tutishga fursat yo‘q... Muolajani o‘ylaylik, — dedi Ibn Sino juvonning og‘irini yengil qilib.

— Muolaja? — Abu Saxl kulimsiradi. — Bor-burdimizdan ajrshggan bo‘lsak, xizriobimiz bormiki...

— Yo‘q bo‘lmasa, bor qilmog‘imiz darkor. Xastani tashlab ketolmaymiz-ku!

— Abu Saxl e’tiroz bildirishga ulgurmay, Ibn Sino juvonga murojaat qildi.

— Bu yalanglik meni taajjubda qoldirdi. Siz ko‘pdan beri shu yerdamisiz?

— Yo‘q. Bo‘ron boshlanishidan oldin qo‘qqis chikib qoldik.

— Bu yerda bo‘lmadimi?

— Ajab... Ajabtovur bo‘ldi. Atrofda girdikapalak to‘zon uchdi. Bu yerga xas ham qo‘ngani yo‘q.

— Ajab... Chindan ham ajabtovur, — Ibn Sino shunday deb quduq yoniga bordi. Pastga qarab ovoz berdi: aks sado chiqdi. Cho‘kka tushganicha maysalarni hidladi. So‘ng birini yulib olib, Abu Saxlga yakinlashdi. — Mana bu giyoh baland tog‘larda bo‘lguvchi edi. Bu yerda o‘sishi taajjub. Yurak xastaligiga davo bu. Siz aytgan ihyoyi amvot xizriobni shundan tayyorlash mumkin. Agar biron ilon tuta olsak edi...

— Zahri lozimmi?

— Zahridan ham qoni bilan yog‘i lozim. Terisi ham. Xudoyimning bandalari ko‘p yillardan beri tiriklik suvini umid qiladilar, rivoyatlar to‘qiydilar. Mening nazdimda tiriklik suvini mavjud etmoq mumkin. Biz duch kelgan yer aynan g‘ayrioddiy tuyulyapti. Inshoolloh, shu sharoitda niyatimiz ro‘yob bo‘lsa.

— Inshoolloh.

— Men quduqqa tushaman.

— Nechun?

— Kuduq tublarida ilon bo‘ladi.

— U holda men tushay. Bolaligimda ko‘p ilon tutganman. Xayriyatki, quduq chetida qaysi bir dono qoldirgan jun arqon bor edi.

Abu Saxl belini arqon bilan mahkam bog‘lab, pastga tushdi. Ko‘p o‘tmay kuduq tubidan uning «Torting!» degan ovozi keldi. Ibn Sino holdan toyganini ham unutib, bor kuchi bilan arkonni torta boshladi.

Abu Saxl ust-boshi bir ahvolda, o‘ng qo‘lida yarim qulochli ilonni lapanglatganicha, chikib keldi.

— Xayriyat, ishimizni Xudo o‘ngladi. Shuning o‘zi karaxt yotgan ekan, — dedi ilonni hakimga uzatib.

— Picha ushlab turing, — dedi Ibn Sino, so‘ng etigini chaqqon yechib, pichoq bilan tagcharmini ko‘chirdi. So‘ng qo‘njini ikkiga bo‘lib; dasturxonday yozdi. Tagcharmning bodomday yerini o‘yib, chuqurcha qildi. Shundan keyingina ilonning boshini kesdilar. Oqqan qon chukurchani to‘ldirgach, qornini yordilar. Ibn Sino giyohning ildizini kavlab maydaladi. Avval ivib qolgan qonga aralashtirdi, so‘ng yoqqa bulab ilon terisiga o‘rab ko‘ydi.

— Oqshomga qadar oftobda toblanib tursin, — dedi Ibn Sino, so‘ng yana kampir yoniga borib, bilagini ushladi.

Osmon musaffo, quyosh charaqlagan bo‘lsa-da, yalanglik u qadar issiq emasdi. Ular tashnalik azobidan qutuldilar. Oqshomda Ibn Sino ilon po‘stini ochdi. Tayyorlangan dori za’faron tusga kirgan edi.

— Xizriob degan edingiz? — ajablandi Abu Saxl uni ko‘rib.

— Ha, bir oz quyuqlashdi. Bizga archazorning buloq suvidan lozim edi. Afsus, magar inshoolloh, bu ham xizriobdan qolishmas. — Ibn Sino shunday deb dorining bir ulushini pichoq uchida ilib olib, juvonga tutdi. — Mana shuni yutsinlar, qoldirmasinlar.

Juvon itoatkorlik bilan kelib, pichoqni dastasidan oldi. Kampirga yaqinlashgach, tiz cho‘kib, bir qo‘li bilan boshini ko‘tardi. Kampir yamlanib, dorini yutdi. Ibn Sino dorining qolganini yana ilon po‘stiga o‘rab qo‘ydi.

Bu orada yalanglikka hukmini o‘tkaza olmagan quyosh mag‘ribga bosh qo‘yib, alamdan barxanlar uchini kuydirib yuborish qasdida o‘t ufurdi. Ammo bu o‘tli nafas ham yalanglikka yetib kelmadi. Aksincha, yengil shabada turdi. Atrofga qorong‘ilik cho‘ka boshladi. To‘lin oy ko‘tarildi. Shunda kampir o‘z-o‘zidan qaddini tikladi. Notanish kimsalarni ko‘rgach, taajjublanib juvonga qaradi.

— Sizning joningizni so‘rab olishdi, — dedi juvon pichirlab. Kampirning turganini bilib allomalar unga yaqinlashib, salom berishdi.

— Mana shu zotni duo qiling, — dedi Abu Saxl Ibn Sinoni ko‘rsatib. — Sizga xizriob bergan odam shu Abu Ali ibn Sino degan allomai zamonni eshitganingiz bormi?

— Biz bu dunyoda faqat to‘ramnigina bilamiz. Bo‘lak zotlarni eshitmaymiz, — dedi kampir siniq ovozda.

Ibi Sino izn so‘rab, uning bilagini ushladi. So‘ng, «Xudoga shukr» deb o‘rnidan turdi.

— Taxminim ijobat bo‘ldi. Tiriklik suvini xuddi shu yerda tayyorlamoq kerak, — dedi u Abu Saxlga. Keyin kampirga yuzlandi: — Bilishimcha, cho‘ri ekansiz?

— Ollohdan yashiradigan sirimiz yo‘q. Qochib ketyapmiz. Ammo sababini so‘ramang.

— Kay tomonga borishni niyat qilgansiz?

— Olloh nasib etgan tomonga.

— Tongda biz Jurjoniya sari otlanamiz. Ma’qul ko‘rsangiz, qanotimizga olamiz.

— Marhamatlaringizga shukr. Biz taqdirimizni Xudoga topshirganmiz. Yo‘limiz bo‘lak.

Kampir boshqa so‘z aytmadi.

To‘lin oy tikkaga keldi. Ayollar quduqning bir tomonida, allomalar ikkinchi tomonida pinakka ketdilar. Ibn Sino bir tush ko‘rdi. Ko‘z oldida avval xushro‘y qiz namoyon bo‘ldi. So‘ng qizni bandi qilib haydadilar. Qora soqol, badbashara odam qizni bag‘riga oldi. Keyin sahro... Hududsiz sahroda ikki ayol. Biri o‘sha xushro‘y qiz. Yo‘q, endi u kiz emas, homilador ayol. Biri o‘rta yosh, yelkador xotin. Homilador ayol qumga cho‘zilib qoldi. Ko‘zi yoridi. Yelkador xotin uni turg‘izib nari boshladi. Ona bolasiga talpindi. Ammo yelkador xotinning zarbi bilan yiqildi. Keyin yelkador xotin chaqaloq ustiga qum sepa ketdi. Ibn Sinoning yuragi hapriqib uyg‘ondi. Kalima keltirdi. O’rnidan turib atrofga alangladi. Keyin yana joyiga cho‘zildi. Ko‘zi ilindi. Yana tush ko‘rdi. Yana sahro. Yana ikki ayol. Biri kampir. Kim u? Tiriklik suvidan bahra olgan kampir-ku?! Hamrohi... Ha, shu juvon. Ajab! Nimalar bo‘lyapti! Juvon homilador. Ana, ko‘zi yoridi. Endi kampir go‘dakka qum sepadi... Evoh! Yo‘q. Bunday bo‘lmadi.Kampir chaqaloqni qo‘liga oldi. Suyub ko‘kragiga bosdi... Kimdir ingradi. Yana ingradi. Ibn Sino uyg‘onib ketdi. Ingrayotgan Abu Saxl ekan. Nima bo‘ldi, xastalandimikan? Ibn Sino uning bilagini ushladi. Yo‘q, xastalik ishorasi sezilmadi. Noxush tush ko‘rayotgan bo‘lsa ehtimol. Ibn Sinoning uyqusi uchib, o‘rnidan turdi.

— Uyqungiz uchdimi, to‘ram?

Ibn Sino kampirning xasta ovozini eshitib, unga o‘girshgdi.

— Ha... O’zingiz-chi, yana xastalik azob berdimi?

— Yo‘q, to‘ram, tanamga jon bilan quvvat ham oqib kirdi.

— Unda nimaga uxlamayapsiz?

— Xudoga shukr qilib yotibman.

— O’zgalardan sir yashirish Xudoga xush yoqmaydi. Nima uchun bosh olib ketish boisini aytmadingiz?

— Bu bandalar biladigan sir emas.

— Ammo men barisini bilaman. Siz ulug‘ gunohga qo‘l urgansiz. Begunoxdarni tiriklay qumga ko‘mgansiz.

— Yo‘q! — ayolning bag‘ridan otilib chiqqan faryod qumliklarga singdi. Juvon cho‘chib uyg‘ondi.

— Yo‘q, — dedi kampir, bu safar pichirlab, — Xudo shohid, men bunday qilmadim. — Kampir piqillab yig‘lay boshladi. Juvon uni bag‘riga oldi. — Xudo shohid. Men bunday qilmadim... Avliyo ekansiz, sirimni bilibsiz, ammo men bunday qilmadim... Men olti bola ko‘rdim. Oltovloni shu kumda qolgan. To‘ramning hukmi bilan cho‘rilardan zurriyot qolmas edi... Oltovlonim qumda... O’zim ham qumda qolishim kerak. Zarinani olib ketinglar, to‘ram. Avliyo ekansiz, bu juvonning dardi ichida, bolasini Xudoyim ko‘p ko‘rdi. Oltovlonim kumda qolgan. Qariganimda to‘ram gunohga botirmoqchi bo‘ldi. Yalmog‘izni egam chaqirgan edi. Zarinaga doyalik qilishni menga yukladi. E, Xudoyim, qaysi gunohlarim uchun meni bu jazolarga mustahiq etding. Oltovlonim kumda qolsa-yu, yana men birovning bolasini tiriklay ko‘msam-a?! Yo Xudoyim, menga shuni ravo ko‘rdingmi, a?! Oltovlonim chaqirayotgan edi, to‘ram, nimaga menga xizriob berdingaz. to‘ram, avliyo ekansiz...

Ayolning nolalarini to‘xtatib bo‘lmadi. Tongga qadar uning ko‘z yoshi ham oqib quridi.

Saharda Abu Saxl ilon po‘stiga o‘ralgan «tiriklik suvi»ni quduq tubiga qo‘yib chiqdi.

Zarina kampirni yolg‘iz tashlashga unamadi.

Ibn Sino va Abu Saxl Jurjoniyani qoralab, yo‘lga tushdilar. O’lar holda bo‘lib qolgan allomalarni Jurjoniya sarhadlariga yaqin yerda karvon qutqarib oldi.

Jurjoniya podshohi allomalarga lutflar ko‘rsatdi. Ibn Sino quvvatga kirgach, podshoh ko‘magida kichik karvon tuzib, ajabtovur yalanglik sari yurdi. Ammo qancha izlamasin, na quduqni, na yalanglikni topdi. U ko‘p afsuslar bilan iziga qaytdi. Tib qonunlariga tartib berar mahalida bu voqeani afsus bilan eslab, o‘chirib tashladi.

Alloma sahrodagi jonlanishdan, har uch yuz yilda bir marta yalanglik yuz ochishidan bexabar o‘tdi...



* * *



Rustamning qulog‘i shang‘illashdan to‘xtab, bir oz o‘ziga keldi. Chiroq nurini kulcha bo‘lib yotgan ilonga tutdi. Ilon qimir etmadi. Rustam chaqqonlik bilan uning bo‘ynidan ushlab dast ko‘tardi. Shunda ham ilonda tiriklik belgisi sezilmadi. Birdan Rustamning ko‘zi ilon kulcha bo‘lib yotgan yerdagi mushtday narsaga tushdi. Ilonni o‘lik gumon qilib tashlab yubordi-da, engashib qaradi. Ilon po‘sti. Kimdir hafsala bilan nimanidir o‘rab qo‘ygan. Rustam qiziqib uni oldi. Po‘st ham, ichidagi narsa ham qurib, qog‘oz kuliday bo‘lib qolgan edi. Ko‘liga olishi bilan to‘zib ketdi. Hafsalasi pir bo‘lgan Rustam qo‘lini qokdi, arqonga tirmashib yuqoriga chiqa boshladi. Chiqar mahali ilonning qimirlaganini, hozirgina to‘zigan narsaga tilini tekkizganini sezmadi.

— Hech narsa yo‘q, — dedi yuqorida u loqaydgina. — Bitta ilon o‘lib yotibdi, xolos.

— Balki karaxtdir?

— Nima, men o‘lik ilonni ko‘rmaganmanmi? — dedi Rustam. Ammo quduq tubida o‘zidan ketay deganini aytmadi. Unga boshqa gapirishmadi. Shu yerda chodir tikishdi. Oqshomga yaqin quduq bo‘yida tranzistor eshitib yotgan Rustam baqirib yuboray dedi. Hali tortib olinmagan arqonga o‘ralib chiqayotgan ilon esa unga baqrayib qarab qoldi...















































































33

To’g’ay Murod - Bobosi bilan Nevarasi

Oyoqlariga qizil botinka, ustiga ko‘k ishton-ko‘ylak, boshiga eski ola do‘ppi kiyib olgan uch yashar nevara, hammadan oldin o‘rnidan turib, ayvonga chiqadi. Dasturxon atrofida o‘tirganlar unga parvo ham qilmaydilar. U dahlizda birpas tik turadi. To‘g‘ridan qaraganda xuddi vaqtincha o‘rnatib qo‘yilgandek ko‘rinadigan katta-katta quloqlarini ko‘rganlar nevarani tog‘asiga o‘xshatadilar. Quralay ko‘zlarini, bir oz yapasqidan kelgan burnini, keng va do‘ng, hali g‘am nimaligini bilmagan yaltiroq peshonasini ko‘rganlar esa uni otasiga o‘xshatadilar.

Nevara zinapoyadan avaylab tushadi. Orqasiga bir qarab qo‘yadi. Mayda-mayda qadamlar bilan hovli eshigi oldidagi mototsiklning yoniga borib turadi. Esida bor, otasi bilan mana shu muloyim o‘rindiqqa o‘tirgan, o‘shanda bu mototsikl degani qattiq ovoz chiqarib yurib ketgan, nevara qo‘rqqanidan otasini mahkam quchoqlab, ko‘zlarini yumib olgan edi. Mana, u bugun ham mototsiklga minadi, o‘zining minmoqchi ekanligini bildirish uchun orqa o‘rindiqqa qo‘lini tekkizib turadi. Hademay otasi ham keladi, so‘raydi:

— Yo‘l bo‘lsin?

— Men ham boraman.

— Qayoqqa?

— Ishga.

— Ha-a. Direktorimiz kecha pedsovetda seni so‘rayotgan edi, nega ishga kelmayapti, deb, — deydi otasi hazillashib.

Nevara otasi ayttan so‘zlarga deyarli tushunmaydi. Hatto ayrim so‘zlarni birinchi eshitishi. Ammo shunday bir narsani payqab qoladiki, kimdir: xolasimi, ammasimi uni kelsin debdi. Boradi, boradi.

Shu payt otasi bir narsani tepadi, pat-patlagan tovush chiqadi. Nevara bir cho‘chib tushib, kipriklarini pirpiratadi.

Agar olib ketmasangiz, yig‘layman, degandek, lab-larini buradi, yelkasini silkib, boraman, deydi. Ota-si parvo qilmay ketadi. Pat-patning orqasidan tutun chiqadi, nevara tutun ichida qoladi. Ana endi, u yerga ag‘anab, alamidan chiqquncha yig‘lamoqchi bo‘ladi. Ammo... bobosi yomon. Yumshoq tuproqqa ag‘anab, mazza qilib yig‘lab olishga qo‘ymaydi. Nevarasini qo‘lidan yetaklab ichkari olib kirib ketadi. Har qalay yomon bo‘lsa ham o‘zi bilgan odamlar ichida bobosini yaxshi ko‘radi. Shu daqiqadan boshlab bobosini avvalgiga qaraganda ham ko‘proq yaxshi ko‘radi. Sababki, bobosi hozirgina unga tokchadan shokolad olib berdi.

Nevarasining ko‘ngli nimanidir istaydi. Bir kuni bobosi uni qaergadir olib borgan, u yerda katta-katta uylar bor, odamlar ko‘p ekan, ko‘chalarda olma, bodringlarni odamlar hammaga ko‘rsatib o‘tirar ekan. O’shanda bobosi unga shirin suv olib bergan edi. Nevarasi hali-hali eslab lablarini yalab qo‘yadi. U hozir, yana shu yerga olib boring degisi keladi, lekin aytolmaydi, qaerga borganini o‘zi ham bilmaydi. Bobosining tizzasiga o‘tirib olib xarxasha qiladi.

— Jim o‘tir, jim. Qara, anavuni qara. Eh-he, bo-

lalarni qara, — deydi bobosi burchaqda turgan televizorga ishora qilib.

Nevarasi bu yarmi shisha katta qutining televizor deb atalishini yaqindagina bildi. Ammo haligacha uning nomini aytolmaydi. Bobosi televizorda qiziq tomosha ko‘rib kulib yuboradi. Nevarasi nima gapligini payqasa-da, bobosiga qo‘shilib kuladi. U tomoshaga qarab o‘tirib, hayron bo‘ladi: buncha ko‘p odamlar qanday qilib shu kichkina qutining ichiga sig‘adi?..

— Bobo, bu odamlar qaerda?

— Televizorning ichida-da, ulim.

— Shuning ichida uyi ham bormi?

— Bor, ulim, bor. Hammasi bor.

— Ularning shokoladiyam bormi?

Mittigina nevarasi o‘zicha, kishilar uchun eng shirin va kerakli narsa shokolad deb biladi. Shuning uchun hamma narsani avvalo shokoladga taqqoslab ko‘radi. Nevarasining savoli javobsiz qoladi, televizorda hech narsa ko‘rinmay qolgani uchun bobosi uni o‘chirib qo‘yib, hovliga chiqib ketadi. Nevarasi qo‘li bilan devorga suyanib o‘rnidan turadi. Ko‘rsatkich barmog‘ini og‘ziga tiqib, boshini chapga sal qiyshaytirib, televizorga birpas qarab turadi. So‘ng asta-asta kelib, televizorning orqasidan ichiga qaraydi — yo‘q. Chakkasini televizor yoniga tekkizib quloq soladi — yo‘q. Haligi odamlar yo‘q. Hozirgina shuning ichida edi... Qayoqqa ketdi ular?..

U hayron bo‘lib, uy ichiga nazar soladi. Pechka oldida turgan kichkina mashinasini ko‘rib qoladi. Mashina oldiga boradi. Shu yerda turgan singlisining qo‘g‘irchoq qizini oyog‘idan sudrab kelib mashina ustiga o‘tirg‘izadi. Mashinaning uzun iplaridan sudrab hovliga chiqadi, chekkaroqda bir nimalar qilib o‘tirgan bobosiga qaraydi. Bobosi deraza yasayapti. Oldida ustalar uchun kerakli asboblar, har xil hajmdagi yog‘ochlar sochilib yotibdi. Vaqt-vaqti bilan yog‘ochga chizadi-da, so‘ngra kichkina qalamini qulog‘i ustiga qistirib qo‘yadi. Buni ko‘rgan nevarasi zavq bilan kuladi va o‘zi ham shunday qilish uchun qalam qidiradi, biroq topolmaydi. Mashinasini sudrab daraxtlar orasiga qarab ketadi.

Bobosi ko‘z ostidan nevarasiga qarab qo‘yadi. Yana ishini davom ettiradi. Bobosi pensiyaga chiqqaniga ikki oycha bo‘ldi. Hukumat uni taqdirladi. U pensiyaga chiqmasdan oldin qachon pensiyaga chiqib mundoq dam olarkanman, deb o‘ylardi. Ish deganlari jonimgayam tegdi, deb qo‘yardi. Mana, orzusiga yetdi. Ammo o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi. Nima ish qilishini bilmaydi. Ishlab o‘rgangan odam — hadeb yotavergisi kelmaydi. Hovlini kuzatib, ko‘ziga yomon ko‘ringan narsalarni — devorning ko‘chgan joylarini, buzilgan derazalarni, eshiklarni tuzatadi. Toklarning uchini kesadi. Xullas, hovlidagi beo‘xshov narsalarni o‘xshatmasa ko‘ngli orom olmaydi. Bobosi, «Manavi Ismoil... E tavba-e, qirq yil Sovet hukumatiga xizmat qilib, minglab odamlar bilan til topishdimu, ikki oydan buyon shu tirmizak bilan kelisha olmayman-a!..»

Bugun ikki kundirki, bobosi tovuq katagiga eshik tayyorlaydi. U qo‘lidagi yog‘ochni qarichlab ko‘radi, adashib ketadi. Yana qarichlab, bu safar qalam bilan boplab belgi qo‘yadi. Kesmoq uchun arrani oladi. Bobosi: «Bekor pensiyaga chiqibman. Ishdaligimda kuniga kamida o‘n kishi meni so‘rab turardi. Endi esa hech kimning men bilan ishi yo‘q». Bobosi yana ko‘p narsalarni o‘ylaydi... Nevarasining daraxtlar tarafga o‘tib ketganini eslaydi, xabar oladi. Xotirjam bo‘lib, ishini davom ettiradi. Nevarasiga achinadi: «Bunga kiyin. Birga o‘ynaydigan bolalar yo‘q. Uydagilar meniyam tashlab ketadi, uniyam tashlab ketadi. Ye ikkalang birga o‘ynayver, deganlarimikan bu... Io‘g‘-e..»

Do‘mboqqina nevarasi o‘yindan zerikadi. Mashinasini sudrab kelayotib, tovuq katagiga qarab, ichida tovuq borligini ko‘radi. Chap oyog‘ini yerga tap etib urib «kisht», deydi. Tovuq shunda ham indamay yotaveradi. Nevarasi: «Hamma tovuqlar hovlida o‘ynab yuribdi, bu tovuq nega bir o‘zi o‘tiribdi ekan?..»

Qo‘g‘irchoq qizning qo‘lini sug‘urib olib tovuqqa otmoqchi bo‘ladi, lekin ololmaydi. Yerdan mayda tosh olib otadi, tovuq qoqoqlab katakdan chiqib ketadi. Nevarasi tovuq yotgan joyda oppoq tuxum turganini ko‘radi. Qo‘lini uzatadi, yetmaydi. Urmalab katakning ichiga kirib ketadi. Tuxumni mashinasiga solib, bobosining oldiga oboradi.

— Bobo, tovuq tug‘di, mana.

— Yaxshi bo‘pti.

— Tuxumi issiq ekan.

Bobosi va nevarasi qo‘l ushlashib tok vayishi ostiga boradilar. Jajjigina nevarasi tokda osilib turgan uzumlarga qaraydi. O’z qo‘llari bilan olib yemoqchi bo‘ladi. Xuddi bobosidek qo‘lini uzumlarga cho‘zadi. Eh-he, hali juda uzoq, juda...

Bobosi nevarasiga boqib, beixtiyor o‘zining bolaligini eslaydi.. Ko‘nglida nevarasiga nimadir... nimadir paydo bo‘ldi... Nevarasining beg‘ubor peshonasi va tiniq yuzlariga uzoq boqib qoladi...

1966 yil























34

Murod Muhammaddo’st - Dashtu Dalalarda

Xadicha ketdiyu ko‘nglidan halovat ham ketdi. Uy bamisoli o‘lik chiqqanday huvillaydi. Polvonning yuragi toriqdi — uyni tark etdi, boqqa olib tushadigan qiяlikdagi bobosidan qolgan yerto‘lani o‘ziga boshpana qildi. Odamlarning kulishini bilardi, ammo uydagi hamma narsa Xadichani esga soladi: ostonaga qadami tekkan, devorga yelkasi — chidab o‘tirishi qiyin bo‘ldi.

Yerto‘la eski bo‘lsa ham havosi quruq edi. Yeri naq metin — cho‘kich tegsa, chaqin chiqadi. Qoratoyni ham ichkari olib kirdi. Bechora it ochiqqa o‘rgangan edi, yerto‘laga ko‘nikolmadi, uch-to‘rt kecha uvlab chiqdi, lekin — yo‘q, keyin-keyin egasining holiga tushundi chog‘i, poygakka to‘shalgan poxol ustida indamay yotadigan bo‘ldi.

Yerto‘la avvaliga sal vahimali ko‘rindi. Shifti past, agar chiroq bo‘lmasa, naq lahadning o‘zginasi…

Asta-sekin yerto‘laning go‘rsimon ekaniga ham ko‘nikdi. Yomg‘irli bir tunda uyqusiz yotib, uzoq o‘yladi, o‘zining tirikligini o‘yladi, yonida iti Qoratoy borligini, Xadichaning ketganini… Bir o‘zi ketsa go‘rga edi, qizchani ham yetaklab ketdi. Shu tariqa, xayoli to‘rt яshar qizchasi Chamanga og‘di, qizim hozir Sho‘rquduqning ko‘chasida bemalol o‘ynab yurgandir, deb o‘yladi, hatto uning qo‘lchalarini tuproqqa belab qichqirayottanini eshitganday bo‘ldi. Yarim tun ekani, tashqarida yomg‘ir sharros quяyotgani — barisi bekor edi. Xo‘rligi keldi, o‘zidan xafa bo‘ldi, keyin poygakda xumday boshini yerga qo‘yib mudrayotgan itiga so‘zlandi: mening holim shu, Qoratoyjon, xotin ketdi, har kim o‘z yo‘liga ekan…

It otini eshitib, ko‘zlarini ochdi: Polvon gapirib yotaverdi. Go‘yoki bor alami tanidan hovurdek ko‘tarilib, butun yerto‘lani to‘ldirayotganday edi. Qoratoy egasining qarashiga chiday olmadi, poxol ustida g‘ujanak bo‘lib, яna ko‘zlarini yumdi.

…Kunlar shu zaylda o‘taverdi. Singlisi Adolat har kech sigir sog‘ar mahali holidan xabar olib turardi. Akasining o‘rligini bilar, shu sababli unga ko‘pda aql bo‘lavermas edi. Lekin, axiyri u ham chidab turolmadi.

— Mengaяm oson tutmang, aka, — dedi. — Jo‘jabirday jonman, qaysi birovlaringga qarayman? Odamlarga kulgi bo‘ldik, aka, bu kuningizdan o‘lganingiz behroq edi!..

Har safar singlisi kelganda miq etmay yotadigan odam, bu gal ilkis qo‘zg‘aldi:

— Men o‘lsam tinchiysanmi, Adol?

— Qaytib oldim, aka, — dedi u. — Tillarim qirqilsin, aka, qaytib oldim!…

— Senga og‘irim tushgani rost, — dedi Polvon. — Sal sabr qilgin, singil, men avval old-ortini bir o‘ylab olay…

O’shandan beri Adolat qorasini ko‘rsatmaydi. Olib kelgan narsasini ham yerto‘ladan tashqariga, eski toltovoqning ostiga qo‘yib ketadi.

Kunduzlari bir nav — yolg‘izlik ko‘p bilinmaydi. Ertalab qo‘liga gavron olib cho‘lga chiqib ketgani bilan to shomgacha podaga andarmon bo‘lib yuradi. Baxtiga, sherigi Hasanboy kamgaproq odam, bir marta uylanib, yil o‘tmay ajrashgan. Polvonning xotini ketib qolganiga ko‘p ham ajablanmaydi.

Kunduzlari bir nav, jami azob shomdan keyin, ifti past yerto‘laga qaytgan mahali boshlanadi.

Xadicha yoningda yotganida o‘lim yodingga tushsa ham qo‘rqmaysan: xotining bor, bolang bor, tepangda — xudo, e, bir gap bo‘lar-da, deb o‘ylaysan. Xadicha bo‘lmasa qiyin ekan. Endi uning siyog‘i ham esdan chiqqanday: bechora salga shamollardi, shamollab dimog‘i chippa bitganida pishqirib bezor qilardi, huda-behuda chiroq yoqardi, ivirsib g‘ashingga tegardi, lekin bari borligi durust edi — ovunarding, istagan paytingda qo‘l uzatsang yetadi, g‘ingshisa g‘ingshir, iloji yo‘q o‘rtada non singan, nikoh o‘qilgan; bag‘ringga bosib yuzi ko‘zidan muchchi olgan chog‘laringda bechora kichrayib qolardi, u-ku kichkina, lekin sen ham o‘zingni pardek yengil sezasan; dimog‘ingda sutning hidi, qayoqqadir uchib ketgilaring keladi; doim ko‘klam bo‘lsa, ko‘kalamzor bo‘lsa, яlang oyoq, яlang bosh, pardek yengil Xadichani ko‘tarib hovlidan chiqsang, keyin shu ko‘targancha ketsang, hech kimdan uяlmasang, ketsang, yo‘lingda birov uchramasa, ketsang-da, qayoqqa ketayotganingni o‘zing ham bilmasang!



***



U xotinini umrida bir marta — chimildiqda amallab ko‘tarib olgan, xolos. Faqat, ba’zan poda ketidan yurganida xayoli og‘ib, uni ana shunday ko‘tarib chopmoqni istaganlarini eslaydi. Chimildiqda ikkita ayol etagidan bosib turgan, bittasi — Xadichaning o‘rtancha ammasi, shunchaki etakdan bosmay, naq taqimiga qistirgan. Polvon unda yosh edi, birmuncha sho‘xligi ham bor, kishibilmas timirskilanib turib, Xadichani qo‘ltig‘idan shartta ko‘tardi. Ammo g‘aflatda qoldi, kapadek bo‘lib ag‘darilib tushdi. Uni rosa kulgi qilishdi. Xotin-xalaj baralla kuldi. «Mana senga, Oybuvi, mana senga kuyovning zo‘ri», deyishdi. Zo‘ru nozo‘ri kimga kerak — shunchaki gap bo‘lsa bas, hamma og‘ziga kelganini aytadi, hammaning dimog‘i chog‘. Polvon chimildiq ortidan mast odamday gandiraklab chikdi, chiqdiyu ko‘chada sho‘rquduqlik yigitlar bilan o‘ralashib turgan jo‘ralarini ko‘rdi. Kuyovning o‘zi chiqqach, sho‘rquduqlik bittasi battar avj qildi: «Senga Xatcha hayf, Polvon, — dedi. — O’zimizdan ortib qolgani yo‘q edi, qulog‘ini tishlab qo‘yuvdik, haliяm tashlab ketaber!…» Polvonning yomon ajinasi tutdi, lekin urishgani jo‘ralari qo‘yishmadi, neki harbu zarb bo‘lsa, o‘zlarini balogardon qilishdi… So‘ng, Sho‘rquduqdan chiqar mahal, ko‘chaning adog‘ida, ular tushgan ulovga tosh yog‘ildi. Polvon sal enkayib, kelinning boshida turdi, lekin Xadicha shusiz ham bexatar edi. Ust-boshi qalin, yumshoq — unga hech ziyon yetmadi. Birgina G’uchchi cholga tosh qattiqroq tegdi, bechora yilqichi, alami tutib, ovozining boricha aytib qo‘яberdi: «Nokas sho‘rquduqlik, mening aybim nima? Chimildiqqa kirgan menmi?!» Uning baqirganiga birov parvo qilmadi. «Yor-yor-yoron-ey!» deb qo‘shiq aytishdi. Uni Sho‘rquduqdan qo‘shilib chiqqan kelinning xeshlari boshladi. Galatepaliklar avvaliga iymanibroq turishdi, keyin ular ham qo‘shildi, to o‘zlarining sarhadlariga yetguncha bo‘kirib borishdi: «Tomda tovuq yotadi, yor-yor-yoron-ey, oyog‘i sovqotadi yor-yor-yoron-ey!..» Yolg‘iz Polvon qo‘shiq aytmadi. Indamay keldi. G’alati edi. Yonida — Xadicha, hali yuzini tuzukroq ko‘rolgani ham yo‘q, uяtu qo‘rquvdan bir burda bo‘lib o‘tiribdi, ulov har silkinganda yelkasi tegadi, xuddi bir яshin urganday, o‘t, olov, qiyomatning naq o‘zi!.. Keng bir dala, Yo‘l, ulov… E, Xudo, ulov degani muncha imillamasa!.. Bir yoqda qo‘shiq, bir yoqda G’uchchi chol, haliяm so‘kinяpti: sho‘rquduqlik nomard chiqdi, ko‘chada ro‘para bo‘lolmadi, orqadan tosh otdi… Endi G’uchchiga qiyin, endi uning g‘urrasini Galatepa rosa bir oy kulgi qiladi, ajab bo‘pti, xo‘b bo‘pti, sen cholga kuyovnavkarlikni kim qo‘yibdi; e, enalari o‘lsin, nimasini eslaysan, Polvon, eslagulik joyi qoldimi! Yoningda Xadicha yotsa tuzuk, Polvon, hali bu ko‘rganlaring oz, Polvon!..



***



Xadicha bir sidra kiyimini tugun qilib, poygakda qotib turdi, bechora biror sado chiqishini kutdi, lekin Polvon er bo‘lib bir narsa demadi. Xadicha dahlizga chiqib яna birpas turdi, hovliga chiqib hovlida turdi, ilindi, qaytarib olar-ku, dedi, ammo Polvon teskari-to‘ng bo‘lib yotaverdi, so‘ng, Xadicha darvozaga yetganda chidab turolmadi, qizchasi Chamanni qo‘lidan sudrab chiqdi: «Ma, muniяm obket, pishirib yeysanmi, isqotingga qo‘яsanmi!..» Musht yeganda yig‘lamagan ayol, buni eshitib yomon bo‘shashdi, ko‘ziga yosh oldi: «Hah, falak!— dedi. — Mayli, ketsam ketayin, beqadr bo‘ldim, mayli, Xudodan toping». Shu gapni aytdiyu qizini yetakladi-ketdi. Qancha yotganini bilmaydi, bir payt chiqib qarasa, Xadicha uzoqlabdi, Sho‘rquduqning yo‘lida qizini iяrtib ketяpti. Polvon Toshgazagacha izma-iz bordi, lekin ularning qayrilmaganini ko‘rib shartta to‘xtadi, avvaliga g‘azabi yo‘q, ichi to‘la alam, chakmonining bariga bir urdi: «Hay, mayli, ketsang ketaber, Xatcha, Sho‘rquduq borasanmi, nariroqqa o‘tib ketasanmi, bir boshimda bir kunim, men ham sensiz uloqib ketmasman!…»

Orqaga qaytdi. Hovlida o‘tirib, zambilg‘altakning bo‘shagan tirsagini sozladi, chalg‘ining tig‘ini peshladi, o‘zini yupatdi, hatto sal ovunganday ham bo‘ldi, keyin, kech tushganda qarasa, taqron joyda toq o‘zi o‘tiribdi, dardlashgudek mahrami yo‘q, yig‘layin desa, ko‘r bo‘lgur ko‘zga yosh kelmaydi. Notavonligini endi sezdi, alamidan xotin bechoraning uyda qolgan kiyim-kechagini hovliga olib chiqib oshpichoq bilan qiymaladi, kultepaga eltib ko‘mdi. Yo‘q, bu bilan hav tinchimadi, kultepaga o‘zini eltib ko‘msa ham tinchiguday emasdi. Bezovta, beorom, miяsiga qurt tushgan qo‘chqordek hovlini gir aylanib yugurdi. Aylanaturib darvozaga ro‘para bo‘ldi-yu, uni lang ochiq ko‘rdi. Ko‘chaga chiqdi. Sho‘rquduqqa yo‘l tutmay, to‘g‘ri Salim saqichnikiga burildi. Borsa, Salim hovli o‘rtasida sandal qo‘yib, oldida mag‘zava to‘la tog‘ora, bir parcha pishiq g‘isht bilan tovonining yemini qirtishlab o‘tiribdi. Polvon tog‘orani bir tepib ag‘dardi, so‘ng Salimning yoqasidan oldi. O’rtaga Maxfirat tushmaganda oxiri yomon bo‘lardi. Salim uning qo‘lidan yulqinib uyga chopdi, zum o‘tmay otasidan qolgan qo‘shtig‘ni ko‘tarib chiqib, Polvonga o‘qtaldi: «Ket, bo‘lmasam otaman!» Mahfirat miltiqqa ko‘kragini tutdi: «Avval meni otasan!..» Polvon uni chetladi: «Qo‘y, singlim, ering hazillashяpti». Yo‘q, xotin aytganidan qolmadi, eridan miltiqni yulqib olib, hamsoяning hovlisiga otdi. Polvon boshqa musht ko‘tarmadi, g‘azabini ichiga yutib, tashqari chiqdi. Haяl o‘tmay, ortidan Salim saqich ham chiqib keldi, qachon yirtib ulgurgan bo‘lsa ham, egnidagi kiyimning butuni yo‘q, yenglariyu ishtonining baloqlarigacha ro‘dapoday osilib yotibdi, boshidan tuproq sochganmi, aft-basharasining kulga yumalagan toyxardan farqi kam, chiqasolib Nizomboy milisaning uyiga jo‘nadi. Polvonning xayoli qochdi: bu nomard boshini yorishdan ham toymaydi! E, opketsa, opketar, nima, ortingda yig‘lab qoladiganing bormi! Mayli, oxirigacha nomardlik qilaversin, Nizomboyga chaqadimi, boshqa qiladimi, mayli, shu nomardning ham xusuri qonsin!..

O’zi keyingi paytlar Salim saqich bilan oshnachilikni bas qilmoqchi edi. Bir-ikki bor atay so‘kishgani chog‘lanib bordi. «Zora so‘kishib qolsagu ora ochilib, yuzko‘rmas bo‘p ketsak», deb o‘yladi. Yo‘q, so‘kish ham oson emas ekan, odamning yuzidan o‘tishi qiyin bo‘ldi.

Ikki piyola aroq ichguncha har ne janjalga xezlanib o‘tirdi. Keyin sal kayfi oshdi. Salim saqichga rahmi keldi. «Bu dayus sil, qon tuflab yurib, o‘zini o‘nglaguncha ozmuncha urindimi», deb o‘yladi, qiynaldi.

Salim Kattaqo‘rg‘ondan murch, saqich, hushtak, hatto okak odam nomus qiladigan narsalargacha olib kelib otardi. Keyin ana shu attorlikdan tushgan sarmoя bilan boshqa bir ishni kasb qildi. Kechqurunlari, kishloqda ismi do‘kon yopilgan mahal, so‘rab kelganga bir so‘m ustamasi bilan aroq sotadi. Hozir endi tuzuk bo‘lib qolgani — yuziga qon yugurgan, yo‘tali yo‘q, gaplari ham dadil.

Oxirgi gal Salim saqich unga nasihat qilgan bo‘ldi:

— Bu ishingni qo‘y, bola, sen ko‘p ichaverma.

Polvon uning nasihati astoydil ekaniga ishonmadi, kuldi. Salimning esa jahli chikdi.

— Men bir oti yomon odamman, Polvon ukam, — dedi u, — Eshitsang, o‘zing uchun eshitasan, eshitmasang — otangning go‘riga!..

— Gaping o‘zi qiziq-da, Salim — deb e’tiroz qildi Polvon. — O’zing quyib berasan-u, ichmagin, deb aytganing nimasi? Keyin, oshna, Xudo bo‘lsang ham, ota-buvamni o‘rtaga qo‘shma, tepada tinch yotsin, men hali o‘zimdan qolganim yo‘q.

— Holingga boqmaganing yomon, — deb kuldi Salim saqich. — O’zingcha ne xayollarga borib yuribsan! Aytib qo‘яy, menga ko‘p shox qilaverma, bo‘lmasa, naq changingni chiqaraman! Sen bu yokda ichib yurasan, xotinchang Sho‘rquduqqa bir oylab o‘tlagani ketadi!..

Polvon Salimni jag‘iga bir urib ko‘rpachaga qulatdi. Lekin u taslim bo‘lmadi, tishining orasidan sizayotgan qonni kafti bilan sidira turib, яna gapirdi:

— Sen bu yoqda, u naryokda… Enasinikida o‘sma qo‘yib o‘tiribdi, deb o‘ylaysanmi!..

— Bas qil!…

— Bo‘pti, men bas qildim, lekin sen ham o‘zingga ehtiyot bo‘l, Polvon ukam! Kuchingni xotinga ham ko‘rsatib tur!.. — Salim saqich pixillab kuldi.

Polvon tag‘in musht ko‘tardi, lekin urmadi, shartta joyidan turib jo‘nadi. Yo‘l bo‘yi Xadichani o‘yladi. Buzuq desa, buzuqligiga ishonmaydi, tuzuk desa, erta bahorda Sho‘rquduqqa ketib, rosa ikki hafta o‘sha yokda qolgani rost. «Sattorqulning xotini tug‘ibdi», degan edi. Bunisini Polvonning o‘zi ham bilardi. Sho‘rquduqqa borganida bidillab qarshi oladigan tojik qiz — Sattorqulning xotini keyingi safar undan tortinibroq turgan edi. O’choqning boshidan beri kelmagan. O’zi oriqqina, shundan, qorni batgar do‘shyib ko‘ringan edi.

Uning-ku, bo‘shangani rost, lekin Xadichaning o‘sha yerda bunchalik qadalib qolganiga nima deysan?.

Uyga qaytib, xotinini burovga oldi. Xadicha qasam ichdi, qizini, enasini, Xudoning o‘zini guvoh qildi. Lekin Polvon ishonmadi. Ishonay dedi-yu, ko‘nglida tutun qolarini sezdi. Kayfi bor edi, chekayotgan azobi bol tuyuldi — xotiniga ishonmadi.

Bir kuni azonda podani cho‘lga haydab ketaturib, Toshgazaning so‘l betida qirg‘iydek qo‘qqayib o‘tirgan Nazar Maxsumni ko‘rdi. Hayron bo‘ldi: Maxsum-ku o‘zidan tinchigan odam, choshgohdan oldin qorasini ko‘rsatmaydi — bugun bunday o‘tiribdi? Qichqirib salom berdi. So‘rashay desa — uzoq, salomini kifoя bilib, яna podaga andarmon bo‘ldi, haydayverdi. Bir vaqt Nazar Maxsum kulrang toyxarida orqadan yetis keldi va yonma-yon ketaverdi.

— Nevaramning to‘ypga bir kelasiz-da, Polvon boy, — dedi u. — O’zingiz kelib bir davra qursangiz Odam yuboraman.

— Ko‘p qatori borarman, — dedi Polvon. — Lekin, Maxsum buva, o‘zingiz bilasiz, men olishadigan polvon bo‘lmasam, otamning qo‘yib ketgan oti…

— Olishmasangiz ham bir keling, — dedi Nazar Maxsum. — Nevaramning to‘yini bir ko‘ring. Yaxshg yigit, boshqalarning bolasiga o‘xshamaydi, asli palagi toza-da, Polvonboy. Usta Xoliyor vahima qilib yubordi, «Muningiz bir alpomish yigit, muni ko‘rpachaga qanday ag‘natamiz?», deydi…

— O’sarqulni bilamiz, Maxsum buva, — dedi Polvon. — Tuzuk bola.

— E, past ketdingiz, tilla-ku, tilla! — dedi Nazar Maxsum. — O’zingiz qalaysiz, Polvonboy? Xotiningiz ketibdi, deb eshitib edim, shu gaplar rostmi?

— Ertaga qirq kun bo‘ladi, — dedi Polvon.

— Chillasi chiqarkan-da, — dedi Nazar Maxsum. — Bekor qipti, Polvonboy, sochi uzunlik qipti, endi sizday yigitni topolmaydi, Taloq-palog‘ini aytdingizmi ?

— Ko‘zim qiymaяpti, Maxsum buva. Aytsammi deyman-u, qurg‘ur ko‘z qiymaydi.

— O’ychining o‘yi bitguncha tavakkalchining ishi bitadi, — dedi Nazar Maxsum. — Sho‘rquduq borяpman, agar talog‘ini aytsangiz, men o‘zim opketardim.

— Dabdurustdan bo‘lmas, — deя mulohaza qildi Polvon. — Buning bir xil qoidalari bo‘lardi, shunday aytib yuborgan bilan…

— Bo‘laveradi, — dedi Nazar Maxsum. — Endi, o‘ylab o‘tirasizmi, Polvonboy, magarkim, yuzingizga oyoq qo‘ydimi, endi o‘ylash yo‘q! Bu o‘zi bir chuvalgan savdo, talog‘ini aytasizu shartta qirqasiz — davosi shu!

Polvon qanday «xo‘p» deb yuborganini bilmay qoldi.

— Bitta «xo‘p» bilan ish bitmaydi, — dedi Nazar Maxsum uning nodonligidan ranjib. — «Taloq qildim», deb ayting.

— Taloq… — dedi Polvon.

— Bo‘lmaydi, qattiqroq, — dedi Nazar Maxsum. — Yana ikki marta ayting, qoidasi shu.

— Taloq, taloq!

Qahri qo‘zib turgan edi, taloq aytib ham hovri bosilmadi. Alamidan orqaroqda borayotgan sigirning kuymichiga gavron bilan tushirdi, keyin birdan ko‘zlari tindi, bo‘shashdi, yolg‘izoyoq yo‘lning chetiga behol o‘tirib qoldi…

Bir zamon qarasa, sigirlar yo‘ldan chiqib, lalmi yo‘ng‘ichqaga oralab ketibdi. Nazar Maxsum ham olisda, xuddi yov quvganday ortga qarash yo‘q, toyxarini qichib borяpti. Polvon bir kasofatni sezgandek bo‘ldi, lalmi bedaga urib ketgan podani ham unutib, Nazar Maxsumning ortidan chopdi. Quvib yetib, yo‘lini to‘sdi:

— Kimga mo‘ljal qilib borяpsiz, Maxsum buva?

— Mo‘ljalim yo‘q, Polvonboy, hech mo‘ljalim yo‘q, — deя Nazar Maxsum taysalladi, ko‘zlarini olib qochdi. — O’rolni aytganday bo‘lishuvdi, lekin men ko‘nmadim, meniki bir savob…

— Savobingizning uyi kuysin, — dedi Polvon. — Vakolatimni qaytib bering!

— Ana, oling, Polvonboy, — dedi Nazar Maxsum aqli shoshibroq. — Ana, oling vakolatingizni, men bir savob ish, deb edim, mayli, o‘zingiz borib ayting.

Mo‘ljalni xato olgan ekansiz, — dedi Polvon.— Qo‘яdigan xotinim yo‘q!

— Xo‘p, xo‘p, Polvonboy, bizniki tig‘iz emas, dedi Nazar Maxsum. — Lekin siz ham bir o‘ylang, hozir menga zug‘um qilяpsiz, ertaga o‘g‘lim Sanaqudbek kelganda nima javob aytishingizniяm bir o‘ylang.

— O’rolga Sananing xotinini obbering! — dedi Polvon. — Uyga qayting, Maxsum buva, Sho‘rquduqqa keyinroq borasiz.

Nazar Maxsum itoat qildi — toyxarini orqaga burdi. Polvon bedaga oralagan sigirlarni bir amallab to‘da qildi-yu, ovloq bir kamarga qamab, o‘zi Sho‘rquduqqa jo‘nadi.

Darvoza ochiq edi. Har gal bemalol kirib boraveradigan odam, bugun taqillatgani ham jur’at qilmadi — turaverdi. Xayriяt, hovlida Xadichaning o‘zi ko‘rindi, ajablandi, qo‘lidagi cho‘ltoq supurgini tashlashni ham unutib tashqari chiqdi. Arazi tarqamagan chog‘i: salom bermadi, xuddi begonaday, ko‘zlari yerda, og‘zini ro‘mol bilan to‘sdi… Polvon achchiqlanmadi, qaytaga — xo‘rligi keldi, xotini o‘ragan bir so‘mlik gardi ro‘molu uning kir unnagan ko‘ylagi sabab bo‘ldimi yoki qo‘lidagi cho‘ltoq supurgimi, ishqilib, unga betlab qaray olmadi, uяldi, o‘zini nomard, noinsof sezdi.

— Obketay deb keluvdim. Xatcha, — dedi sekin, ovozini o‘zi ham tanimay.

— O’ldirib qo‘яsan, — dedi Xadicha, — Men-ku, borarman, lekin sen tentak o‘ldirib qo‘яsan.

Shunday deb yig‘ladi. Polvon unga jo‘яliroq gap topib berolmadi. «Rost, — deb o‘yladi, — bu borsa, яna jinim qo‘zib, яna so‘ksam, ursam, xotin degan nar-saning nima holi bor, o‘ldirib qo‘яman».

Xadicha ichkari kirib, Chamanni yetaklab chikdi. Qizcha qo‘rqib qolgan ekan — otaga qarab talpinmadi.

— O’lmasang, manavi norasida odam bo‘lganda tushunarsan, topisharsan, — dedi xotin. — Meni o‘z holimga qo‘y endi.

Polvon birdan sergaklandi: Xadicha xotin boshi bilan boяdan beri sensirayotgan ekan.

— Sensirama, Xatcha, — dedi u. — Toza tomiring suvga yetgan bo‘lsaяm sensiramay gapir!

Xadicha sho‘rlik to‘lib turgan ekanmi, battar ters keldi:

— Qo‘lingdan kelganini qil! — Bu gapni aytishga aytdi-yu, ortga tislandi. Polvon angrayib turib qoldi.

— Sen u yokda odamga o‘xshab gapirarding, Xatcha, — yedi U bir vaqt o‘ziga kelib. — Kimning darsini olding, nega unday gapirasan?

Xadicha indamay yerga qaradi. Ukasi Sattorqul darvoza orqasiga kelib bekingan ekan, shartta otilib chikdi.

— Ket! — dedi u ko‘kragini kerib. — Esing borida ket, bo‘lmasa yomon qilaman!

Polvon uni taniyolmay qoldi. Yigitning kayfi buzuq, mo‘ylovining uchlarigacha titrab turibdi, indamasang, uradigan shashti bor. Polvon, bir ko‘ngli, gardaniga solay, deb o‘yladi, lekin shaytonga hay berdi: qo‘y, baravar bo‘lib o‘tirma, bir kun tuz ichgats joyga qirq kun salom, qo‘y, Polvon, o‘zingni bos!

Orqasiga yurdi. Satgorqul izidan qolmadi.

— Ket! — deb baqirdi u tag‘in. — Qaytib shu ko‘chada qorangni ko‘rsam, oyog‘ingni urib sindiraman!

Polvon bo‘g‘ilibroq kuldi. O’zining ne alfozda ketayotganini o‘yladi: yelkalari qisiq, qaddi bukik, bo‘yniga mugpt tusharini kutgandek. Uяt, uяt, ne kunlarga qo‘yding, Xatcha? Sendan shuni kutib edimmi, Xatcha? Ko‘rgan birov nima deb o‘ylaydi, enag‘ar Xatcha?! Yer bilan bitta qilding-ku!..

Nomus zo‘r chikdi, chidolmadi, taqqa to‘xtadi. Sattorqul ham to‘xtasa durust edi, ammo u to‘g‘ri bostirib keldi, musht ko‘tardi, lekin ulgurmadi, o‘zi zarbdan yerga ag‘darilib tushdi. Polvon uni bilagidan dast ushlab, siltab turg‘azib qo‘ydi, lekin gap qotmadi, yo‘liga ketaverdi.

Yegan mushti alam qilgan ekan. Sattorqul яrim yo‘lda, adirdagi tuяquduq yonida quvib yetdi. Yolg‘iz emas, qavatida яna ikki otliq, biri — Ahmad shayton, unisi — yuqori labi kemtik, jikkakroq odam.

Etik qo‘njiga qo‘l yuborsa nomardlik bo‘ladi, gavron ham poda qamalgan kamarda qolgan — bir o‘zi uchovini daf etarga holi kelmadi. Bir nafasda qo‘llarini orqasiga qayirib boylashdi, so‘ng haligi labi kemtik yigit bexosdan taqimiga tepdi — Polvon chalqancha qulab tushdi. O’rnidan turmoqchi bo‘lib uringanida, Sattorqul kelib, yelkasidan etigi bilan bosdi:

— Xatchaning talog‘ini aytasan! — dedi u. — keyin, mayli, tusagan yog‘ingga ketaber. Aytsang — bo‘shatamiz.

— Hozir bo‘shat, — deя Polvon qaynisiga emas labi kemtik yigitga yuzlandi. — Bo‘shatib qo‘yib gaplash.

Polvonning o‘ziga bepisand qaragani Sattorqulga alam qildi:

— E, beshbattar bo‘lmaysanmi!.. — Etigining uchi bilan Polvonni yuztuban ag‘darib tashladi va яg‘rini aralash qamchi tortdi. O’rmasi mayda ekan — badanni tig‘dek kuydirib o‘tdi.

Polvon iяgini zarang yerga tiragan ko‘yi qotib yotaverdi. Avvaliga og‘riqni sezib turdi, qamchi har tushganida eti ko‘pchib-qabarib chiqayotganini ham bildi, lekin birpasdan so‘ng eti o‘lib, quloqlarida qamchining havoni vizillatib chizayotgan tovushigina qoldi.

Ishongisi kelmadi. Tinchgina molini haydab ketayotib edi, yo‘lda Maxsum uchradi, taloqni olib ketmoqchi bo‘ldi, uni iziga qaytarib, o‘zi keldi, mana endi, manavi zarang yerda, tuяquduq yonida, qo‘llari bog‘liq, qimir etgani imkoni yo‘q, yer bilan bitta… Tush ko‘rяpman, deb o‘yladi u, hammasini tush ko‘rяpman, seniяm tush ko‘rяpman. Sattorqul inim, podachining tushi qursin, bir xil tushlarimda meni ilon chaqadi, tishi etigimdan o‘tib boldirimga sanchiladi, dod deyman. Dodlaymanu uyg‘onib ketaman, seniяm tush ko‘rяpman, Sattorqul inim, яxshi qilmading, inim, mayli, qattiqroq ur, toki men uyg‘onib ketay… Yolg‘izlik yomon, inim, sizlar uchov, men bir o‘zimman… Sen ham harsillab qolding, charchading, inim, mayli, qamchini labi kemtik jo‘rangga ber, u ham ursin, ayt, qattiqroq ursin, o‘rmasi har sermab o‘tganida яg‘ri nimdan parcha-parcha et uzib olsinu men uyg‘onib ketay, tushdan forig‘ bo‘lay, yonimda Xatchani ko‘ray, tushimda bo‘lsaяm uni uyga obketay, mayli, uraber, inim, яra-chaqa bo‘lsa bitib ketar, to‘xtama, nega to‘xtading yoki menga rahming keldimi, inim?..

Chidab yotdi. Ingramadi. Bir mahal havo dim tortganini sezdi. Dim, epkinsiz, quyuq. Yelkasidan chiqqan ter ko‘zyoshiday issiq… Termi bu, qon emasmi?.. Qip-qizil, ko‘zyoshiday jizillatadi, sarg‘ish chakmonni bag‘ir tusiga bo‘яb borяpti…

Ko‘zlarini yirib oldinda bir juft toshtovon etikni ko‘rdi. Ag‘darma ko‘n, choklari pishiq, jiyrilgan joyi yo‘q, faqat nag‘ali yeyilibdi, qushning tiliday yupqa, bugun-erta uziladi…

Etiklar qimirladi. Polvon yotgan joyida bir-ikki silkinib tushdi. Keyin etiklar яna manglay tarafiga o‘tdi. Polvon tag‘in ularga tikildi, biroq etiklar tutqich bermadi, soniя sayin kichrayib, uzoqlashib boraverdi. Ko‘zlarini yumarkan, chuqur tin oldi, iljaydi: etiklar qochdi, qochdi!..

… Sahar mahali kunbotar tarafda yilqi kishnadi. Sayxonlikdagi яntokdarni shitirlatib salqin shamol turdi. Polvon unga yuz tutdi — uzoq, to sal tetik tortgunicha. So‘ng yilqi ovozi kelgan yoqqa qarab o‘rmaladi.

Ko‘p sudraldi. Tizzalari, tirsaklari zirapchaga to‘ldi. Taqirga yetganida qurigan loy qisir-qisir sina boshladi. Bir payt barmoqlari balchiqqa tegdi. Chanqoq xuruj qildi: balchiqni siqimlab og‘ziga solib shimidi. Suv chiqmadi hisob, tomog‘iga tiqilib, nafasini qaytardi. Yana oldinga o‘rmaladi. Biror besh daqiqa o‘tib, uzatgan qo‘li suvga tegdi. Polvon ikki-uch to‘lg‘onib olg‘a jildiyu betini suvga botirdi, so‘ng tirsaklariga taяnib, tili bilan яlashga tutindi. Ko‘nglida g‘alati bir g‘urur uyg‘ondi, o‘zining miskinligidan, manavi qora balchiqqa belanib yotganidan, suvni kuchukka o‘xshab shaloplatib ichayotganidan shodlandi, sovuq tomchilarning chanqoq vujudi bo‘ylab bir maromda taralayotganiga quloq soldi…

Xadichani Sho‘rquduqdan berida, poda yotar joyda topdi. Ustida o‘sha kir ko‘ylagi bilan gardi ro‘moli, etagida qo‘ng‘iz kavlab ketgan besh-olti g‘ovak tezak (shuni bahona qilib chiqqan), birov urganmi, o‘zi yig‘laganmi, ko‘zlari qizargan…

Polvonni avvaliga tanimadi, yo‘q, tanidi-yu, ko‘zlariga ishonmadi, qo‘rkdi, qo‘li bilan yuzini pana qildi — qamchidan to‘sganday.

— Talog‘imni aytdingizmi? — deя sekin, xo‘rlanib, kelar baloni daf etolmasligidan qo‘rqqandek so‘radi: ko‘zlari mo‘ltiradi, etagidagi tezak yerga to‘kildi.

— Aytardim, Xatcha, — dedi Polvon. — Aytardim, lekin endi bo‘lmaydi, ilojim yo‘q, aytsam — qo‘rqoqqa chiqaman. Chidaysan endi, Xatcha…

Xadicha yig‘ladi. Ko‘zlarini artarkan, ro‘moli boshidan sirg‘alib tushdi, sochlari yelkasiga yoyildi.

— Boraymi? — deb so‘radi. — Urmaysizmi?..

Polvonning xo‘rligi keldi: seni urgan qo‘l sinmaydimi, Xatcha?..

Xadicha яqinroq keldi, erining usti-boshiga chaplangan loy va qonni artmoq bo‘lib qo‘l cho‘zdi, ammo botinmadi, yovuqlikning o‘zi mahobatli bir devor misol ko‘z oldini to‘sdi — qo‘llarini tortdi, ko‘ngliga яna qo‘rquv oraladi.

Polvon hayratlandi: senga shunchalik ko‘ngil qo‘yib edimmi, Xatcha? Kel, qo‘llarimda azod ko‘taray seni, o‘n besh kunlik oyday quchog‘imni to‘ldir. Xatcha, meni qattiq-qattiq chimchila, zora seni tush ko‘rmagan bo‘lsam!..

U ayolni dast ko‘tarib oddi. Xadichaning bilaklari bo‘yniga chirmashgan zamon majoli qochdi, gandiraklab ketdi, lekin sal o‘tib bilaklarning kuydirguvchi taftiga ko‘nikdi, charchog‘u og‘riq unutildi, go‘yo tani ham unut bo‘ldiyu uning o‘zi bo‘yniga chirmashgan bilaklarga aylandi… Faqat yuraklarning ola-tasir urgani seziladi, go‘yo butun dashtu dalalar ularning dupuriga to‘lgan… Seni shunchalar sog‘inib edimmi, Xatcha? Ko‘ngildagi kinu g‘azabim qani? Nega yig‘laysan, Xatcha? Sen ham sog‘indingmi? Sog‘inganing rostmi, Xatcha? Biror narsa de, shubhalaring bekor de, Xatcha, ko‘nglimni qabartma, belimni bukma, gavharni toshga urmaylik, Xatcha!..

Ayolning yuziga tikilib, gumoniga tasdiq izladi. Lekin Xadichaning turgan-bittani — yuzu ko‘zi, bo‘yniga chirmashgan bilaklari, yoqasiga qadalgan qator sadaf tugmalarigacha iffatga yor, shubhaga zomin edi.

Xadicha erining ko‘zlarida bir og‘riq ko‘rdi, ammo so‘z so‘ylarga majoli yetmadi, bo‘g‘ziga tiqilgan achchiq xo‘rsiniqni ichiga yutdiyu uning tarashadek qotgan jun chakmoniga betini burkadi…















35

Erkin A’zam – Piyoda

Bu o‘rtada kim yomon desangiz — Berdiboy yomon! Berdiboy bemehr, Berdiboy otabezori, onabezori, Berdiboy ukalarini xushlamaydi, ularga yov, ota uyidan ham qochgani qochgan — yomon-da Berdiboy! Nomi yomonga chiqqan. Azaldan. Eskilik sarqiti u. «Hoy, shoshmanglar, birodarlar, unchalik emasdir-ov, nima, enasi buni yomonlikka tuqqanmi, buniyam ko‘nglida biron dardi-da’vosi bordir, aytsin, eshitaylik!» deydigan mardumi musulmon qayda! Alam qilar ekan: axir, u ham odam, shu zamonning odami, shu havodan nafas oladi, ikkita munchoqdek-munchoqdek qizalog‘i bor; birovdan kamdir, birovdan ziyod ro‘zg‘or qilsa, hech kimdan non-osh so‘ramasa, ba’zilarga o‘xshab piyoda yurmasa — eskiroq bo‘lsa hamki, mayli-da, tagida uch oyoqli ulovi tayyor! Faqat, faqat...

Mana, u odatdagidek, bozor-o‘charini kajavaga joylab, endi mototsiklini o‘t oldirmoqqa chog‘langan edi, kimdir chaqirib koldi:

— Xo‘v Berdiboy!

Ukasi, to‘rtinchi sinfda o‘qiyotganida tug‘ilgan, o‘n yoshlar kichik bir tirmizak — Samandar; qavatida o‘ziga o‘xshash ikkita shotiri, yuqori guzardan velosiped surib kelyapti.

Berdiboy yonbosh bo‘lib mototsikl egariga suyanarkan, g‘ijindi: «Parda Qurbonning tarbiyasi-da!»

— Sanam o‘qishga ketyapti! — dedi Samandar shaytonaravasidan tushar-tushmas, bir oyog‘ida hakkalab.

— Suyunchi beraymi shunga?!

— Toshkentga! — Samandar battar g‘ashiga tegmoqchidek tirjaydi. Berdiboy g‘azabini yashirolmadi:

— Otang-chi, Parda Qurbonning o‘zi-chi, o‘qishga bormasmikan u?!

— Otam supada eski kitob o‘qib o‘tiribdi, — deb javob qaytardi bola parvo qilmay.

— O’qisin, ko‘proq o‘qisin — imoniga foyda!

Berdiboy mototsiklini tarillatib bozor darvozasidan chiqdi-yu, katta ko‘chada qatorlashib o‘tayotgan mashinalar bahona, ikkilangancha turib qoldi. Nihoyat, bir qarorga kelib, bundan uch oy avval «qaytib qadam bossam!..» deya qasam ichib ketgan uylari tarafga soldi yo‘lni.

Bostirma tagida, bo‘yin-boshini kattakon eski sholro‘mol bilan tang‘ib, qo‘lida rapida, ikki yuzi tandirdan yangi uzilgan kulchadek qizarib-bo‘g‘riqib non yopayotgan onasi uni:

— Ebi, o‘zimdi sahroyi ulimmi? Araz-durazing arib-tarqab keldingmi, bolam? — deya, yaxshi tanimagan bo‘lib chap kaftini peshonasiga soyabon qilgancha, kulimsirab qarshi oldi. — Ke, ke. Qizginalaring chopib-chopqillab yuribdimi? O’zingdi tan-joning sog‘mi? Oyro‘zingdi vaqti xushmi? Tiniq kampir qalay? O’tirgandir keng yaylovda kengash qurib?

— Yaxshi, hammaginasi yaxshi, oy kulganday! — dedi Berdiboy sabrsizlik bilan. — Bu, Sanamingiz o‘qishga ketarmish, deb eshitdikmi, apa?

— Uzangi shaylab turibdi-ku, akasi, bilmasam. Shunga to‘rttagina kulcha qilib beray, yo‘lda yeb ketar deb, mana, ertalabdan beri sabil qolgur tandirga bosh suqib yotibman.

— Toshkent deganlari anoyi shahar emas, apa...

— Nima qilay? Yo‘liga xoda solay desam, bu qilobining fe’lini bilasan, keyin uyda qolib suyagimni oqartiradi. Qo‘y, ulim, sen aralashma, borsa borsin, o‘qisa o‘qisin! Binoyiday bitirib kelayotganlar kammi! O’ziga insof bersin, de. Zamonasi ekan, nachora! Mana, o‘qimay men nima bo‘ldim? Kunim — kir yuvishu non yopish!

— Apa-a, Toshkent katta shahar, deyapman!

Bu safar onadan sado chiqmadi, U indamay, birin-ketin tandirdan uzgan patirlariga kosadagi suvdan sepib, nariroqqa — yirtiq dasturxon to‘shalgan xontaxta ustiga qalashtirib tashlayverdi.

— Ha, avval borib anov odam bilan so‘rash, — dedi bir mahal.

Samandarning aytgani to‘g‘ri chiqdi: Parda Qurbon uzumlarini chumchuq cho‘qib bitirgan ishkom tagidagi supada, po‘stakni chappa tashlab, qansharida ko‘zoynak, xirmondek bo‘lib kitob mutolaa qilib yotardi.

— E-ha, Berdiboy, — deya og‘ir qo‘zg‘alib, istar-istamas qaddini rostladi u. — Keling. Bolalar yuribdimi? Momangiz damlimi?

— O’tiribdi. Eski kasali — kechasi oyog‘i og‘riydi.

— Ihm, ihm. Cho‘rt, borish kerak ekan-da bir.

Koshki bu odam bilan tuzuk so‘rashib bo‘lsa, so‘zlashib bo‘lsa! Yuz og‘iz gapirsangiz ham javob shu — «Ihm, ihm. Cho‘rt, cho‘rt».

Nimadan so‘z boshlashni bilmay Berdiboy beixtiyor tomorqaga nazar soldi. Qarovsiz, hammayoq qarovsiz! Olmalarning tagi yumshatilmagan, shoxlari sinib, mevalari yerga to‘kilib yotibdi — molga yem. Devor tagida o‘sgan ikki tup anor — beboshbog‘ gangib yurgan ikki qo‘tir echkiga tayyor ermak. Hovliga tutash keng sayhon suvsizlikdan tors-tors yorilib, ajriqzorga aylangan...

— Anovi yerni chopib, biron nima ekish kerak edi, — dedi Berdiboy azbaroyi gapni yurishtirib olish maqsadida.

— Ihm, chopish kerak, ekish kerak, — deya ma’qullab ko‘ydi ota.

Kim chopadi, kim ekadi? Erkashotirlari har yoqqa to‘zib ketgan, boyagidek ko‘cha changitib, noma’qulning nonini ko‘zlab yuribdi. Bir umr cho‘t qoqqan odamning o‘zi bo‘lsa, endi mana, muk tushgancha eski kitoblarni hijjalab yotibdi — oxiratning tashvishu hisob-kitobi bilan mashg‘ul, bu dunyoni suv bossa bosaversin! Erta bir kun boshiga salla o‘rab, soqolini ko‘kragiga tushirib namozxonlar qatoriga kirsa ham ajab emas. Anov boloxonada ulfati Barot Qosim bilan bir yonboshlaganda yarim qo‘yning go‘shtiniyu necha-nechalab shishaning tusini o‘chirgan davrlari esida yo‘q...

— Ota, bu Gulsanam... — deb g‘udrandi Berdiboy.

— O’qishga ketyapti u. Toshkandga, — dedi Parda Qurbon kitobidan ko‘z uzmay. Shoshma, g‘urur bilan aytdimi shu gapni?

— Maylimi? O’zi boshyalang yurardi...

— Boshyalang? Qachon? Yo‘g‘-e, Berdiboy, unday demang!

Bu yog‘ini pardozlab o‘tirmadi Berdiboy — borini tiliga chiqardi-qo‘ydi:

— Er bo‘lsa shu yerdan ham topilar edi...

Ota ajablangan kabi unga bir o‘qraydi-yu, indamadi, tag‘in kitobiga egilib oldi.

— Berdiboy, o‘zingizning singlingiz-a!.. — dedi saldan keyin.

Nos yaxshi-da bunday paytda, tilning tagiga tashla-ab, karu gung bo‘lib o‘tiraverasiz! Aytgichingizni bo‘lsa aytib oldingiz!

— Mana men, akajon!

Berdiboy yalt etib ayvon tarafga karadi. Deraza tagida yotib hamma gapni eshitgan chog‘i, panjaraga suyangancha, hech narsadan tap tortmaydigan bir vajohat bilan sho‘x-shaddod Gulsanam turardi. Boshyalang! Ana, ko‘rdinglar, musulmonpar, aytmabmidim!

— Yo‘l bo‘lsin, singlim? — dedi Berdiboy nosini tupurib.

— Toshkentga!

— Toshkentda pishirib qo‘ygan ekanmi?!

— Sizga sallalik, Oyro‘zi chechamga paranjilik opkelmoqchiman!

— Xo‘sh, qanday o‘qishga ekan? — dedi Berdiboy uning kesatig‘ini eshitmagandek, atay merovsirab. — O’qib kim bo‘lasiz endi?

— Xudojnik-modeler! Bichiqchi rassom.

Bu so‘zlarni Gulsanam shunday ohanjamali talaffuzda, shunday burab aytdiki, tilginasini sug‘urib olgisi keldi Berdiboy.

— Devor ag‘nasa, ichkari ag‘nasin, — dedi maqol-matalsiz gapirmaydigan ona tandir boshidan turib orachi-murosachilikka tusharkan. — Mayli, akasi, o‘zimizdan ham chevar chiqsin-da. Bir ko‘ylak tiktirish — falon pul! Kelib xotiningga, kizaloqlaringga chiroyli-chiroyli narsalar tikib beradi.

— U yoqda kimnikida turasan? — deya so‘rog‘ida davom etdi Berdiboy.

— Kimnikida bo‘lardi, akam-chi, Muzaffar akamnikida!

— Ha, Xudo uribdi!

— Bu nima deganing, ulim! Bir qorindan chiqqan ukang-a! — dedi onasi supaga yaqinlashib. — Uyat bo‘ladi. O’zingnikini yomonlasang, yotning mehri qochadi, deydilar. — U qo‘lidagi ko‘pchib-singib pishgan nondan bir chimdim uzib og‘ziga soldi-da, chala yozig‘liq dasturxon ustiga qo‘ydi: — Ol, nondan ol.

— So‘ng Gulsanamga o‘girildi: — Sen, qiz, bunday aytishib o‘tirguncha, kirib taraddudingni ko‘r! Akangdi odatini bilasan: Tiniq kampirdi o‘gitini yeb, o‘gitini ichib katta bo‘lgan bu sahroyi ulim!

Yo‘q, Gulsanam zahrini so‘nggi tomchisigacha to‘kmasa, naq o‘lib qolardi!

— Siz, aytaymi... — dedi u Berdiboyga chaqchayib qarab, — o‘tgan asrdan qolgan odamsiz, akajon!

— Bo‘pti! Bu zamonda akalik qolmabdi, ukalik qolmabdi. Buni surishtirmoqchi bo‘lgan odam o‘tgan asrga qaytishi kerak ekan, bo‘pti, qaytamiz! — dedi Berdiboy g‘aribnolalik bilan. — Otang rozi, enang rozi, biz nima der edik, singlim? Biz bu uydan etak silkiymizu chiqamiz-ketamiz-da!

— O’tir, o‘tir! Qo‘zilaring qo‘lingta qaraydi, ikkita issiq patir o‘rab beray, — dedi onasi kiftidan bosib. So‘ng yarim hazil, yarim chin ohangda ginaxonlik qildi: — Doim kelib uyimga bir g‘avg‘o solib ketasan-a, ulim? Hah, sening kindikkinangdi kesgan kampirdi kapaginasi kuysin!

«Kindikkinangdi kesgan kampir...» Momamni aytyapti. Yoqtirmaydi, o‘lgudek yomon ko‘radi uni. Kelinligida ko‘p sitam o‘tkazgan emish-da. Shu yalmog‘iz kampirdan qutulay, ham ota-onamga yaqin bo‘lay, deya qistayverib, axiyri, shahardan uy-joy qildirgan otamga. Biz bo‘lsak qolaverganmiz u yoqda — yolg‘iz kampirning qo‘lida, «yalmog‘iz» kampirning qo‘lida... sahroyi bo‘lib, o‘gay bo‘lib! Endi bular — shaharlik! Endi bularning oti — Muzaffaru Samandar, Gulsanamu Gulandom! Bizniki bo‘lsa... Berdi, Berdiboy! Kim berdi, nima berdi, nega?.. Endi apam bu yerni «uyim, mening uyim» deb gapiradi.

Parda Qurbon bo‘lsa miq etmaydi, «ha, uying, sening uying» degandek, quloq qoqmay o‘tiraveradi. Chunki ro‘zg‘orning tizgini, jami bordi-keldisi apamning qo‘lida! Bu ishlarni ko‘ring, e, dod-ey!

— Yo‘q! — dedi Berdiboy shitob bilan o‘rnidan turib. — Men ketdim! Boshingizga yostiq qiling patiringizni! Uyimda non yetarli, shukr! Bu yerda bizning bir chaqalik qadrimiz yo‘q ekan, bildik! Endi yelkamning chuquri ko‘rsin uyingizni!

— Berdiboy, ihm, Berdiboy! Cho‘rt, cho‘rt... — deya bazo‘r, tanbalona bir qo‘zg‘alib qo‘ydi ota.

— Sizdi bilamiz, yana hech nima ko‘rmaganday, labingizga kesak surtib kirib kelasiz uyimga — sizdi bilamiz! — dedi ona zaharxanda bilan.

— Kelsam!..

— Berdiboy! Cho‘rt, cho‘rt...

— O’tgan safar qasam ichmay, suv ichib edingizmi? Yashang!

O’tgan safar... Berdiboy to‘lib-toshib kirib kelgan edi bu uyga. Muzaffarboy kepti, ukasi kepti! Toshkentda, institutda domlalik qiladigan ukasi! Xotini bilan kepti. Bir izzatiga yetish kerak! Toki, kelinlari qoyil qolsin, «erimning shunday akasi bor ekan», desin! Berdiboy mototsiklda markazga tushib bozor oraladi, uyiga borib semiz bir qo‘yni yotqizdi. Mehmonlarni olib ketgani kelsa, hovlida qandaydir qiz yuribdi... Boshyalang, sochi qirqilgan. Egnida yupqagina, piyozning po‘stidan ham yupqa-e, yengsiz bir ko‘ylak, lozimdan-ku darak yo‘q. Kelinlari shu emish! Onasini chetga tortib: «Apa, ayting, — dedi, — boboydi oldida buytib yurmasin!» «Uylama, ulim, boboy qaramaydi». «Qaramasayam...» Anovi arzanda Muzaffarlari-chi, Muzaffarlari? «E, Berdiboy-e, qip-qizil chudaksiz-da!» deydi kulib turib. Xotinini uyga olib kirib och biqiniga solishning, «aka, to‘g‘ri aytasan», deyishning o‘rniga!

Onasi rost aytadi: o‘shanda, arazlab ketayotganida ichgan qasami — qasam bo‘lmay, suvmidi?! Hah, xom sut emgan banda!

Berdiboy darvozadan chiqqach, hayratidan yoqa ushlab qoldi. Yo tavba, rostdan shu xotin tuqqan onasimi? «Ket! Jo‘na! Yana shu uyda qorangdi ko‘rsam!..» dedi-ya!

...Rajab bodining hovlisi temirchilar guzarida edi. Berdiboy mototsiklda bog‘-bog‘ot oralab topib bordi. Devor kemtigidan ovoz berib so‘radi: «Toshkentdan billa o‘qigan jo‘ralari kelgan, o‘shani olib qayoqqadir ketdilar», deb javob qildi xotini.

«Eh, qo‘limga tushasan-ku hali!» dedi ichida Berdiboy titrab.

Gap shundaki, avval-boshlab Safar shilpiqning temir-taqaga o‘ch kenjasi Rajab bodi Toshkentdan shunday bir antiqa tomosha topib keldiki, kuy-qo‘shiqdan tashqari, shappotdek joyidan kino ham ko‘rsatar ekan. Qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y oqshomlari bodining ayvonini to‘ldirib tekin kino ko‘rgani to‘planardi.

Keyin bunaqa matah ko‘paydi, rasmga kirdi.

Keyin... qiz-juvonlar hayo atalmish dahmazaga qo‘l siltab, ko‘chada ishvakorona qadam tashlaydigan bo‘lishdi; yigit-yalangning sochi yelkasiga tushdi, surnaypocha shimu zaifona guldor ko‘ylak kiymagani qolmadi; Ashur novvoyning kelini uch go‘dagini chirqiratib, «Sevaman! Sevsam nima qilay?» deya shahrisabzlik dorboz bolaga ergashib ketdi. Keyin bir kuni mulla Shodining sochi taqimini o‘padigan, qushdek hurkak, qo‘ydek yuvosh qizi Gulchehra ko‘chaga velosiped minib chiqdi, keyin — eh!..

Berdiboyning hayoti o‘shanda buzildi — yettinchi sinfdan beri Gulchehraga oshiq edi! (Qishloqda oyog‘idan chayon chaqib, shahar maktabiga o‘qishga o‘tganidan beri!)

Shu-shu, Berdiboyimizning ashaddiy g‘animi — Rajab bodi. Televizor degan baloni o‘sha yaramas topib kelgan-da. Berdiboyning barcha «fojia»siga esa ana shu badbaxt sandiq aybdor, shu aybdor!

Rajab bodi qo‘liga tushsa!.. Biroq, tushganda nima deyishi, nima qilishini o‘zi ham bilmasdi.

Rajab bodi qo‘liga tushmadi — uyida yo‘q ekan. Berdiboyning o‘zi bo‘lsa, mana qariyb ikki soatdan buyon do‘ngning ustida boshiga mushtlab o‘tiribdi. Mototsikli buzilib qoldi... Rayon veterinariya shifoxonasiga kirib yumushlarini bitirdi-da, shitob bilan markazdan chiqib qishloqqa haydadi. Yo‘lning yarmiga kelib, mana shu do‘nglikka o‘rlayotganida la’nati arava pat-pat etdiyu o‘chdi-qoldi. Qani endi o‘t oldirib bo‘lsa! Qilmagan hunari qolmadi: nishablikka endirib ko‘rdi, «sham»larini qaytadan artib qo‘ydi, moylarining yo‘lini ko‘zdan kechirdi, tozaladi — qayoqda! Axiyri, bir ish chiqishidan umidini uzib, kajavadagi xurjundan ikki dona bodring oldi-da, karsillata-karsillata do‘ngga chiqib o‘tirdi. O’tgan mashinaga qo‘l ko‘taradi, hayqirib ovoz beradi — birovi burilib qarasa-chi! Nomusulmonlar! Xurjunni yelkaga tashlab piyoda jo‘nayveray desa — manzil olis, xurjun zildek! Kuyovlik chog‘lari — markazdagi veterinariya idorasida ishlardi u paytlar — mana shu o‘n besh chaqirim yo‘ldan goho yayov qatnardi. Qalliq o‘yinga oshiqardi! Xayolida o‘tgan kechasining zavqi, nash’asi, yutinib-tamshanib ketaverardi. Endi qayga shoshadi — o‘sha uy, o‘sha xotin!

Berdiboy tilining tagiga nosni tashlab, shu sabilning kayfini surib, xo‘rsina-xo‘rsina o‘tiraverdi. Bugun chap yoni bilan turganmidi, hamma ishi chappa ketyapti-ya? Umuman, nimaga bunday bo‘lyapti? Bari chatok, bari teskari, buzilganmi, bir balo... ilgarigidek emas!

Yo‘q, birdan o‘zgardi hammasi, birdan! Go‘yo u talay muddat — bir yilmi, besh yilmi g‘aflat uyqusida yotdi-yu, uyg‘onsa — mana shu ahvol! Go‘yo uning bir yilmi, besh yilmi ko‘zi ko‘rmay, qulog‘i eshitmay koldi-yu, bir kuni tuzalsa hammasi boshqacha! Odamlar qandaydir o‘zgarib qolgan, lafzu liboslari antiqa, dunyolari antiqa — tanib bo‘lsa, o‘lay agar, mana jon! Qarasa — mulla Shodining qushdek hurkak, qo‘ydek yuvosh qizi Gulchehra boshyalang, sochini kungurador turmaklab, ko‘chada velosiped minib yuribdi! Kuppa-kunduzi! Yo pirim-ey! To‘rt yil ikkovi bir partada o‘tirgan qiz! «O’v, esing joyidami, Chehra! Bu nima yurish? Boshingni yop!» desa, «E, bor-e, tezagangni ter!» deydi!

O’shandan boshlab Berdiboy battar aynidi: neki yangilikni ko‘rsa g‘ijinadigan, dushman ko‘zi bilan qaraydigan bo‘lib qoldi. O’zi-ku azaldan shunday ori nozik, irimchi; xudojo‘y kampirning tarbiyasida yurib, yigit yoshida bamisoli sakson yashar xurofotparast cholning o‘zginasiga aylangan. Ona rost aytadi: «Tiniq momoning o‘gitini yeb, o‘gitini ichib katta bo‘ldi». Qishloq xo‘jalik bilim yurtida o‘qib yurgan kezlari ham kursdoshlari unga olaqarg‘adek, orqavarotdan kulib qarashardi. Harbiy xizmatdan qaytib o‘qishga kirgani uchun u hammaga — aka, yurish-turishiyu o‘zini tutishi anovi yengiltak zumrashalarga o‘xshamas, muallimlar ham unga «Berdiboy aka» deb murojaat qilishar edi. «Aka»lik huquqidan foydalanib, u duch kelgan bolani tergagani tergagan edi. Kaltaroq ko‘ylak kiygan qizni ko‘rsa-ku, jon-poni chiqardi: «Tizzangni yop-e, sharmanda!»

Buxgalterlik bo‘limida Musallam degich sal shaddodroq, ammo ofatijon bir pari bor edi. Shu qiz Berdiboyga qandaydir suykalgandekmi bo‘lib, iliq-intiq nigohlar tashlab yurardi. Nihoyat bir kuni u o‘rtaga odam qo‘yib, dardini yetkazganida, Berdiboy ko‘pchilikning oldida baralla: «Ih, shu jiblajibonni olaman deb kim o‘lib boryapti!» dedi. Bu gapni eshitgan barcha qiyqirib yubordi. Keyin bilsa, kursdagi jami yigit o‘sha qizga xushtor, xushtori nimasi, birgina boqishiga intizor ekan. Keyin bilsa, uni shunchaki laqillatishgan, mayna qilib kulishgan ekan. O’sha qizning o‘zi ham!..

Ay, Gulchehra, Gulchehra! Ay, esini yegan qiz! Nega o‘sha sabilni minding? Nega boshingni ochib yurding — tundek qora zulflaringni Berdiboydan o‘zgalar ham ko‘rsin, debmi?.. O’shanda boshginangga ro‘molginangni o‘rab, halimdekkina bo‘lib yursang, o‘sha, erkakka chiqargan matahga oyoq oshirib minmasang - zaifalik o‘rningni bilsang, qiz bolaga nomunosib o‘sha makruh gapni og‘zingga olmasang... qo‘ling uzayib, oyoqlaring qisqarib qolarmidi, zolim qiz?! Mana, endi Berdiboydan hol so‘ra!..

Gulchehra unday-bunday shaharda emas, naq Toshkentda o‘qidi. Kelgan-ketganlarida uchrashib qolishsa, Berdiboyning yonidan xuddi arazlagandek tumshayib, dimog‘ bilan o‘tardi. Keyin-keyin ko‘rganda esa, «ha, sinfdosh!» deya qandaydir xazil aralashmi, mazax aralashmi muomala qilishga o‘tdi. U endi erga tekkan, Toshkentning koq belida yashar, chamasi, bir paytlar televizordan ko‘rib maftun bo‘lgani — xilvat xiyobonlaru o‘zining ho‘v o‘sha sunbul sochlaridek qirqkokil majnuntollarga batamom yetishgan edi.

Televizorda nima ko‘p — ko‘zni quvnatib, havasni qo‘zg‘aydigan yaltiroq tomosha ko‘p! Ayniqsa, sokin Anhor bo‘ylarida qo‘ltiqma-qo‘ltiq, navozish ila kezib yurgan yoki so‘lim majnuntollar tagida sirli roz aytishib o‘tirgan «baxtiyor yoshlar»ni ko‘rgandan keyin bu juvonmarglarning fe’li buziladi-da. Fe’li buzilsa ham-ku mayli... Toshkent deganlari nuqul ana shunday quvnab-yayrab sayr qilib yuradigan shahar ekan-da, deb o‘ylaydi. Shulardan qaerim kam? Oh, Toshkent! Men ham borsam, shularday bo‘lib yursam!.. Mana, chamadon tayyor, pishang berguvchi dugonalar ayyor: hech nimang kam emas, o‘rtokjon, o‘lsang o‘liging ortiq ulardan, yur, ketdik! Xullas, bechora ota-onani qon qaqshatib yo‘lga tushadi. Ana shunda, ana shunda: «Esingni yig‘, hoy qiz, o‘sha sen havas qilgan tomoshagullarning xiyobonu majnuntoldan boshqayam dardlari bordir!» deb yo‘liga ko‘ndalang bo‘ladigan sherimard aka kerak!

Bunday akaga qo‘l siltasa, uni hatto masxara kilsa-chi?! E, unaqa singilning boridan yo‘g‘i!.. Ketsa ketsin, daf bo‘lsin, izi o‘chsin, nomi o‘chsin! O’qib kelib bu kishim yana ko‘p nagmalar ko‘rsatmoqchi bu yerda — «xudojnik-modeler» emish-a! Axir, shahar senga ammangning uyimi? Yaxshi bor, yomon bor. Yomon ko‘p! Ko‘za kunda emas, kunida sinadi, singlim! Bilib bo‘ladimi, bo‘yni yo‘g‘on biror nomard bosh-ko‘zingni aylantirsa... begona yurtlarga tushding-ketding-da. Ota-onangni, jigargo‘shalaringni ko‘rgani kelsang yiliga bir kelarsan. Tobora uzoqlashasan, begonalashasan. Begona — sangi devona, debdilar. Keyin, kimga xatlab beribdi bu dunyoni? Hozir beg‘am-beparvo kitob varaqlab yotgan otang bir kuni paq etib... Yetib kelguningcha «etti»si o‘tadi, jon singlim! «Otam»lab armonda qolaverasan! Bunisi ham mayli, deylik. Falokat bosib, biror la’nat orttirsa-chi — isnod, yetti pushtingga yetadigan isnodga botasan! Ey, nima jin urgan-a bu odamlarni? Ko‘ra-bila...

Berdiboyning vujudi zirqirab ketdi. Og‘riqdan, ojizlikdan bo‘kirgudek nola qilib yubordi u. Nolasi tevarak-atrofga taraldi. O’zining tevarak-atrofiga, xolos.

Berdiboy goho o‘zicha orzu qilardi: qani edi, aka-ukalar barimiz bir joyda, masalan deylik momamning bog‘ida — dashtda yashasak, bir qo‘ra, bir qo‘rg‘on bo‘lib! Topgan-tutganimizni kechqurun bir qozonga solsak, birga yesak, birga tursak! Mayli, boboy yotsa yotaversin bizning davrimizda davron surib — yangi kitobini o‘qiydimi, eski kitobini o‘qiydimi, o‘zi biladi. Ota bo‘lib boshimizda tursa, dasturxonimizning to‘rini to‘ldirib o‘tirsa — kifoya, shuning o‘zi katta davlat bizga. Apam, xayr, chidar uch-to‘rt kun, nima momamni bog‘lab beribdimi bu dunyoga, o‘zining ham oldingi shashti yo‘q... Singillar ham shu yaqin-atrof xesh-hamsoyaga uzatilgan bo‘lsa — issiq-sovug‘u yaxshi-yomon kun degan gaplar bor. O’, qani bunday bo‘lsa! Ana o‘shanda mehr-oqibat ham, og‘a-inichiligu ota-bolalik deganlari ham boshqacha bo‘lardi.

...Yo‘q, Berdiboy, bu tushingizni suv allaqachon oqizib ketgan! Bilasizmi, biz bugun qanday zamonda yashayapmiz? Endi bizning har birimizga alohida bir qo‘rg‘on kerak! Devorlari shunday baland, o‘zi shunday pinhon qo‘rg‘onki, na otdan bo‘ylab bizni ko‘ra olasiz, na osmondan qarab! Bu shunday bir qo‘rg‘onki, goh yuksak yulduzlar orzusida, goh zamindagi mayda bir havaschalar ilinjida o‘rtanib, ba’zan o‘zimiz ham o‘zimizni yo‘qotib, topolmay sarson yuramiz...

Ammo, qo‘rg‘onimiz muttasil xarakatda — ulkan bir kemaning bag‘rida u. Kemadan tushib qolib bo‘lmasa — jon shirin, dunyo qurg‘ur umidli...

Berdiboy tirishib-toriqib shahar tomonga nazar soldi: nega bordi o‘zi shu yoqqa? O’qishga ketadigan bo‘lsa ketardi, qorasi ko‘zdan yitardi! Bunday alamu azob ham kam edi.

Asta-sekin tevarakni shom qorong‘isi chulg‘ab, shahar tarafda chiroqlar miltillay boshladi. Elektr chiroqlar. Go‘yo shular ham paydar-pay ko‘z qisib, uni masxara kilardi. Battar alami jo‘shdi Berdiboyning. Yaqin yillargacha momosining uyiga chiroq o‘tkazilmagan, bunga istak ham, ehtiyoj ham yo‘q edi. Uylanganidan so‘ng xotini qo‘ymadi. «Chilla» kezlari edi... «Kechasi tashqari chiqqani qo‘rqyapman», deb turib oldi. Ilgari Berdiboy uyiga elektr o‘tkazsa, xuddi o‘zigagina mahram qandaydir muqaddas sir olamga oshkor bo‘ladigandek, osuda-osoyishta hayotiga allaqanday g‘animlar bostirib kiradigandek bo‘lib tuyular edi. Axir, hamma baloni shu boshlab keldi-da! Shu bo‘lmasa, radio o‘qirmidi, televizor ko‘rsatarmidi! Shu bo‘lmasa... Berdiboyning boshida bunaqa savdolar ham yo‘q edi. Shu bo‘lmasa, tankayu raketa degan vahimalar ham bo‘lmasdi. Nega shularni o‘ylab chiqardi ekan odamzod? O’ziga o‘zi balo orttirguncha, tinchgina kunini ko‘rib o‘tiraversa nima qilardi?..

Yovuz bir kayfiyatda edi hozir Berdiboy! Qo‘yib bersaki, olamdagi jami elektr chiroqlarniyu radio-televizorlarni sindirsa, majaqlasa, yanchib tashlasa!.. Lekin — odamlar-chi, shularni o‘ylab topgan odamlar-chi?! E, hammasining bo‘lgani bo‘lgan, endi o d a m qilib bo‘lmaydi bularni!

Osmonni larzaga solib, yashil-qizil chiroqlarini lipillatgancha samolyot uchib o‘tdi. Qorong‘ida allaqanday parranda, to‘rg‘aymikan, naq Berdiboyning tepasida charx urib aylandi, qanotlarining epkini ham sezilgandek bo‘ldi. Uch-a, qirg‘inga uchragurlar, uch!

Berdiboy jahl bilan og‘zidagi nosni tupurib, o‘rnidan turdi. Yugurgudek halloslab do‘ngdan tushdi, mototsiklining oldiga bordi. Ko‘ziga u hozir bir uyum keraksiz temir-tersakdek xunuk, dardisar ko‘rinib ketdi. Turib-turib, alamidan shartta burildiyu kajavasidagi xurjunni chetga olib qo‘yib, mototsiklni surib bordi-da, sel o‘pirgan soylik — arnaga itarib yubordi. Negadir, kutganidek qattiq taraqlamadi, bir o‘ram sim toshga borib tushgan kabi sado berdi, xolos.

Asli, almisoqdan qolgan bu shalaqaravaning sog‘ joyi yo‘q, sovxoz necha yillar burun uni hisobdan chiqarib tashlagan, Berdiboy u yoq-bu yog‘ini yamab-yasqab, bozor-o‘chargayu qozon-tovoq orasida minib yurar edi. Ajab bo‘ldi, shu bahona qutuldi-qo‘ydi!

Berdiboy og‘ir bir xo‘rsindi-da, xurjunini yelkalab yo‘lga tushdi.

Tun zim-ziyo, milt etgan shu’la yo‘q, to‘rt taraf biydek dasht, manzil olis, yelkasida zildek xurjun, turtina-surtina bir odam piyoda ketib boradi.

Uzoq yo‘l yurdi u, yo‘l yursa ham mo‘l yurdi u. Yura-yura shunday bir go‘shadan chiqib qoldiki...

...«Ajinalar» hech ajablanmay, hatto allanechuk xushhollik bilan qarshi olishdi uni, davraga taklif qilishdi. Hammasining kayfi bor, uning ham qo‘liga darhol piyola tutqazishdi. Notanish bir hayajon ichida, o‘ylab ham o‘tirmay ichib yubordi u. Xiyol boshi aylanib, o‘zini unutgan ekanmi, asta yoniga cho‘kkan sharpadan sapchib tushay dedi. Sochlari to‘sdek, yarimyalang‘och bir «ajina». Badaniyu yuz-ko‘zida tomchilar mildiraydi — hozirgina anovi suvdan chiqqan. Ie, Rajab bodi ham shu yerda yuribdimi?! Ha, ana, bir dasta kabob ko‘tarib kelyapti. Davradan chetroqda, ikki toshning orasiga bosh suqqancha, ko‘zlari yoshlanib tutun puflayotgan maykachan kimsa shu ekan-da. «Toshkentdan billa o‘qigan jo‘ralari kelgan». Davraning izzatli joyi - ko‘rpacha ustida yostiq quchoqlab siporoq o‘tirgan anovi notanish yigit o‘sha, Toshkentdan kelgan mehmon bo‘lsa kerak. Boshqalari ko‘ziga birmuncha issiq ko‘rinadi, chamasi, rayon markazidan chikqan yosh-yalang...

— E! Parda Qurbon bobomizning ulimi? — dedi Rajab qo‘lidagi kabobni o‘rtaga qo‘yarkan, unga ko‘zi tushib. — Qalaysiz, Berdiboy? Yo‘l bo‘lsin? Munchoqligami? Kech yo‘lga chiqibsiz-da? Bunday, piyoda? Kamnamoroqmi o‘zi keyingi paytda? Haliyam qishloqda — Munchoqlida? Bo‘limda? Zootexnik?.. Ha-a, malades!

Berdiboy uning birorta so‘rog‘iga churq etmadi, xo‘mrayib o‘tiraverdi. Rajab ham javob kutmadi — o‘z savollariga o‘zi javob qaytargan edi.

— Bittadan olsak! — dedi u so‘ng mehmonga qarab takalluf bilan.

— Ixtiyori ba shumo, deydilarmi...

Quyildi. Hammaga. Berdiboyga ham. Ichdilar. Hamma. Berdiboy ham.

— Sovuqmasmikan? — deb so‘radi mehmon boya suvdan chiqib kelgan «ajina»dan. — Men ham bir tushsammi devdim.

Yelkasiga sochiq tashpab o‘tirgan «ajina» dik etib joyidan turdi:

— He, shu shaharliklar nozik bo‘ladi-da! Turdik! Hamma! — U sochig‘ini toshning ustiga otib, patira-putur suv oralay ketdi.

— Turdik!

Dasturxon boshida Berdiboyni yolg‘iz qoldirib, barcha o‘rnidan qo‘zg‘aldi.

Rajab bodi bo‘shagan sixlarini ko‘tarib «ko‘ra»si tomon ketdi.

Gulxan shu’lasida yalt-yult tovlanayotgan mavjlar, yarimyalang‘och ko‘lankalar. Shalop-shulup, shatir-shutur. Zim-ziyo tunni boshlariga ko‘tarib qiyqirishadi, bir-birlariga suv sepib qochishadi... Ajinabazm, tus ajinabazm!

Berdiboy nima kilib o‘tiribdi bu yerda? Qanday kelib qoldi u?

Yelkasida zildek xurjun, qorong‘ida tusmol bilan qadam tashlab boraverdi, boraverdi — hech yo‘lning adog‘i yo‘q. Yura-yura shunday bir manzaraga duch keldiki, qarab ko‘zlariga ishonolmadi. Soylikka o‘xshash o‘zan. Allaqayoqdan g‘uldiragancha bir quvur suv otilib chiqyapti. Gulxan, qandaydir ko‘lankalar, g‘ovur-g‘uvur... Berdiboy hangu mang bo‘lib qoldi. Nima, adashdimi? Bolaligidan buyon kezaverib tovonlari to‘zigan bu dashtu adirda sira bunday manzilni ko‘rmagan, bunaqa manzaraga ham uchramagan edi. Yo, ajinalarmikan? O’xshaydi, Ana — suv, gulxan... Momam aytar edi: ajina qorong‘i bir xilvat joyda, yolg‘iz paytingda uchraydi, deb. To‘g‘ri aytib ekan: mana, qorong‘i xilvat joy, bir o‘zim... Uni qo‘rquv bosdi, tizzalarining ko‘zi qaltiray boshladi. So‘ng, o‘zini dadillikka olib, do‘ngning tepasiga chiqdi-da: «Ho‘-o‘v!!» deb ovoz berdi. «Nima-a?» degan ovoz qaytdi pastdan. Odamga o‘xshaydi-ku! «Ki-im?» dedi Berdiboy endi dadilroq. «Ajinalar! — dedi haligi odam. Keyin uni cho‘pon gumon qildimi, chaqirdi: — Keling, boybobo, kelavering!» Berdiboy asta do‘ngdan enib, gulxanga yaqinlashdi. Qarasa — bir to‘p yigit-yalang; ziyofat avjida, davra chortang? Chetroqda ikkita «Jiguli» ham turibdi...

Dasturxonga fotiha qilgandek kaftlarini yuziga tortib, Berdiboy sekin joyidan ko‘zg‘aldi. Vazmin odimlab Rajabning tepasiga bordi.

Mana, o‘sha Rajab bodi, qon-qiyomat dushmaning! Qo‘lingga tushdi nihoyat! Gapir gapiraringni, qil qilaringni!..

— Buytib yurguncha, uyginangizga borib, xotinginangizdi oldida televizoringizni ko‘ri-ib o‘tirmaysizmi? — dedi Berdiboy achchiqqina ohangda chimdib.

— Televizorda nima bor, Berdiboy, dunyoning bor gashti mana shunda-ku! — dedi Rajab uning pichingiga mutlaqo beparvo, allaqanday beg‘araz bir samimiyat va hushchaqchaqlik bilan. — Ko‘raman desam, ana — televizor moshinada!

— So‘ng u kaftining ko‘zi bilan chap qovog‘ini ishqay-ishqay qaddini rostlarkan, cho‘milayotganlar tarafga qarab qichqirdi: — Chori-i, telikni qo‘y — futbo-ol!..

Berdiboyning ko‘ziga Rajab bodi sirli odam bo‘lib ko‘rindi. Boyagi shashtiyu g‘azabini bir zumga unutib, daf’atan unga havasi kelib ketdi. Bir hisobda shuniki maza! Yashashni biladi bu: o‘zi oddiy o‘qituvchi, maktabda fizikadan dars beradi-yu, bir qarasangiz — doim qo‘lda nimadir yasab, temir-tersakning ichida yuradi, bir karasangiz — mana bunday dala-dashtda bir chimdim go‘shtni deb tutun puflab yotadi. Alomat! Shu yerga ham olib kelibdi-ya televizorini... Erinmagan banda!

— Siz nima deysiz gapimga, Ravshanjon?

— To‘g‘ri aytasiz, dunyoning lazzati mana shunda, mana shunday ajoyib o‘tirishlaru ajoyib joylar, ajoyib kengliklarda! — dedi kattakon sochiqqa o‘rangancha junjikib ularga yaqinlashgan mehmon yigit. — «Piknik» deyishadi buni, chinakam piknik bu! Bizni ham ana shu narsa boshlab keldi-da bo‘tga, Rajabvoy! Umuman, hozir butun dunyoda tabiatga keskin qaytish jarayoni boshlangan. Masalan, tsivilizatsiyaning cho‘qkisiga yetishgan Frantsiyadek mamlakatda ham hozir uyda non yopish rasm bo‘lgan emish. Do‘konning nonidan ko‘lbola nonni afzal ko‘risharkan-da. Bu hatto antiqa bir mashg‘ulot, antiqa bir... taom, tansiq taom hisoblanar ekan!

— Ho‘-o‘, kelinglar! Futbol!.. — deb baqirdi Chori.

Cho‘milayotganlar apir-shapir suvdan chiqib, artina-kiyina davraga oshiqishdi. Yerga to‘shog‘lik sholchaning bir chekkasida vag‘illab yotgan mo‘‘jazgina bir qutiga hamma mahliyo! Bir to‘pni deb shuncha odam u yoqdan-bu yoqqa yugurgani yugurgan!..

Murodi hosil bo‘lmay pisillab qolgan Berdiboyni yana boyagi badbin, yovuzona kayfiyat chulg‘agan edi. Davrani chetlabroq jilarkan, televizorga yaqinlashganda u, xuddi qoqilib ketganga o‘xshab, uni sekingina bir tepib o‘tdi.

— O’, o‘, Berdiboy, nima qilyapsiz! — deya chinqirdi o‘rnidan sapchib turgan Chori. — Ko‘z bormi?! Yo kayfingiz oshdimi?

Berdiboy pinak buzmay, borib xurjunini yerdan ko‘targan edi, Rajab uning oldiga keldi.

— Ha, Berdiboy? O’tirmaymizmi? Nima, yo oborib qo‘yaymi? — dedi u qorong‘ilikda turgan mashinasi tomon ishora qilib.

Berdiboy ilkis uni ko‘kragidan qattiq itarib yubordiyu bir siltashda xurjunni yelkasiga olib, burilasolib jo‘nab qo‘ydi.

Kutilmagan zarbdan ag‘anab, yerga o‘tirib qolgan Rajab negadir xaxolab kula boshladi. So‘ng orqadan uning gapi eshitildi:

— Mana shunday kelib-kelib turi-ing, Berdibo-oy!..

Yana o‘sha zim-ziyo tun, yana o‘sha to‘rt tarafi biydek dasht, yana o‘sha zildek xurjun, x u r j u n — turtina-surtina piyoda ketayotgan bir odam... Bir olam!

Berdiboy qayoqqa qarab borayotganini o‘zi ham bilmas, negadir bu haqda o‘ylamas ham, nuqul halloslab-harsillab oldinga intilgani intilgan edi. Anchadan so‘ng qir bo‘yida qandaydir chiroq miltillab, chaylaningmi, kapaning qorasi ko‘rindi. O’sha tomonga burildi u...

Kapadan shabpo‘shini kaftiga urib qoqa-qoqa, yarg‘oqbosh bir qariya chiqdi:

— Keling, mehmon. Baxayr?

Salom-alik qildilar. Muddaosini aytdi Berdiboy.

— Munchoqdidanman, deng? Kimdi uli bo‘lasiz?.. He, u bizning oshna-ku! Frontga birga jo‘naganmiz. Ko‘p og‘ir, ba’mani odam. Hay, uyga kiring, yotib keting. Eski oshnamizning uli ekansiz... Borishim shart, deng? He, bir kecha o‘n kecha bo‘lama, borasiz-da shu uyingizga ham!.. Ulov desangiz, anov «pat-pat»ning moyi sob bo‘lgan, hafta beri — yotibdi. Nima? Eshak-peshak deysizmi? Eshak nima qiladi bizda, og‘am! U jonivor ham qirilib bitdi hisob. Padang tomonlarda qolmagan bo‘lsa bitta-yarimi... E, ulariyam bir...

Qariya bilan xo‘shlashib, u ko‘rsatgan yo‘l bo‘ylab qorong‘ilikka sho‘ng‘irkan, taajjubdan Berdiboyning boshi qotdi. Bu yerlarni Oqqo‘ton deydimi u. Chillai chor mahalligidan mana shu dala-dashtda o‘sib, bunday joyni eshitmagan ham ekan, bunaqa yerlarni ko‘rmagan ham. Bugun o‘zi u bir baloga uchrabdi: nuqul adashadi, nuqul...

Bir mahal uzoqdan nimadir yiltilladi. Yonarqurtdek bir nima. U yaqinlashib kelaverdi, kelaverdi. Kattalashdi. Odamga o‘xshaydimi... Odamning ko‘zi shunday yonarkanmi qorongida?! O’ziyam bahaybatroq ko‘rinadi. Orqasida dumsimon nimadir yerga surgalib kelyapti. Ana, yoli ham bor. Ot ekan-da, kalla! Ie, ot ikki oyog‘ida yuradimi? Qanaqa maxluq bu o‘zi — vishillaydi? Motorning tovushiga ham o‘xshaydimi? Benzin hidi kelyapti, ha, ha! Mototsikli... Yo pirim, bu nima balo bo‘ldi?!

Balo, balo!

Berdiboy shunda sezdi: qandaydir soylikka tushib qolibdi. Ikki yoni tik jar. Boyagi soylikning adog‘i emasmi? O’shanga tus beradi...

«Balo» hamon bostirib kelmoqda edi. Orqaga qochay desa — u yog‘da anovilar, oldinga yuray desa...

U asta-asta o‘rlikka tomon tislanaverdi — «balo» to‘g‘ri unga qarab kelaverdi, u tislanaverdi — «balo» bostirib kelaverdi...

Bu paytda...

Erini kuta-kuta zerikkan Oyro‘zi, katta qizini Tiniq momoga tashlab, kichkinasini ko‘tarib, eri bultur qorbo‘ronda adashib halok bo‘lgan beva qo‘shnisinikiga televizor ko‘rgani chiqqan, mana, hozir ro‘zg‘or yumushlaridan horigan xotinlar o‘tirgan joylarida pinakka ketishgan, tomoshalari poyoniga yetib, ekranda «qorbo‘ron» bo‘lib yotar edi.

...Gulsanam esa, chamadonchasini kiftiga qo‘yib, mulla Shodining nevarasi bilan markazga qarab chopdi. Tonggi avtobusga ulgurishlari kerak!





















































36

Nurali Qabul - Burgutlar Cho‘qqilarda Yashaydi

Sharshara dovonidagi hasharchilar o‘tovda tunab, ertasi ertalab Supa tekisligi orqali Baxmalga o‘tmoqchi edik. O’ylaganimizdek quyosh botar-botmas dovonga yetib kelib, uch yuz metrlar chamasi balandlikdan tushadigan sharsharani tomosha qildik.

Uzoq yo‘l yurib charchagan ekanmiz, shekilli, hammamiz barvaqt yotdik. Bunday havoda ikki soat uxlasang, bas, qushday yengil tortasan kishi. Men yarim kechadayoq toza havodan to‘yib uyg‘ondim. Tong yorishmay turib tashqariga chiqdim-da, sharshara tomon yurdim. Qarshimdagi qoyadan bir to‘p kaklik parillab osmonga ko‘tarildi. Ularning sayragan ovozi tog‘u toshda aks sado berib, darani yoqimli kuy egalladi. Kakliklar galasi qoyaning sharshara boshlanadigan joyiga borib qo‘ndi. “Ertalabki suvga tushibdi”, deya xayolimdan o‘tkazdim.

Sharshara hayotning davomiyligini, inson qayerda va qanday holatda yashamasin, dunyoning hech kim o‘zgartira olmas qonunlari barcha uchun barobar ekanligini ta’kidlamoqchidek, tinimsiz sharqiraydi. Qoyalar bag‘rini yaxshilikka burkab turgan necha yuz yillik vazmin archalar ham sharsharaning falsafasini ma’qullagan kabi qo‘l qovushtirib jimgina turishibdi.

Suvga qongan kakliklar galasi yana osmonga ko‘tarilganda quyoshning ilk nurlari tog‘ etaklariga yoyildi. So‘ng tepalik va qoyalar ham sarg‘ish yashil rangga bo‘yalib, tasvirlab bo‘lmas, tikilib to‘ymas go‘zal qiyofaga kirdi. “Ro‘zi Choriyevni olib kelish kerak ekan, hali uning bunaqa ranglarni ishlatganini ko‘rmaganman”, degan o‘y xayolimdan kechdi. Dovonga olib keladigan ilonizi tog‘ yo‘lida yengil avtomashina qorayib ko‘rindi. Kecha bizga hamroh bo‘lib kelgan rahbar kishining mashinasi: haydovchisi qozon patir bilan kuvida pishilgan sariyog‘ olib kelgani ketgan edi.

Pastga qaytib tushganimda sheriklarim hali uyqudan uyg‘onishmagan, haydovchi bilan hasharchilardan biri nimanidir o‘rtaga olgancha tikilib turishar edi. Ajabo, burgut!.. Bir zum joyimda tik turib qoldim.

– Qanotidan o‘q tegibdi, – dedi haydovchi yigit menga gunohkorona tikilib. – Mirzaqo‘zi otib tashlab ketgan ekan, olib keldim.

Javob qaytarmadim. Otilgan, yarador bo‘lgan qush va hayvonlarni ko‘p ko‘rganman. Lekin burgutning ham shu ahvolga tushishi mumkinligini o‘ylab yoki tasavvur qilib ko‘rmaganman. Balki istamagandirman. O’q burgutning chap qanotiga tekkan, uzun va chiroyli qanoti endi unga bo‘ysunmas, to‘zib shalvirab yotardi. Vujudi og‘riqdan burishgan. O’tkir tumshug‘i atrofidagi ajinlar osilib, uni shu qadar qayg‘uli va ayanchli qiyofaga solib qo‘ygan ediki, uzoq va befarq qarab bo‘lmasdi. U yurishni unutgandek yer bilan bitta bo‘lib yotar, ikki ko‘zi olis va qorli cho‘qqilarda edi... Ahyon-ahyonda biz tomon sergak o‘girilib, nafrat bilan boqardi.

– Uni qo‘yib yuborish kerak, – dedim bo‘g‘zimga allanima tiqilib.

Yigit burgutni ko‘tarib pastlikka qarab ketgan yo‘lning chetiga olib borib qo‘ydi. Tosh yo‘l ustida burgut ikkalamiz qoldik. O’zimni panaroqqa olib, uni kuzata boshladim. U yo‘lning chap tomonidagi qumli qiyalikka chiqmoqchi bo‘lib urinar, ammo silliq qumloqdan sirg‘alib yana yo‘lga yiqilib tushardi. Negadir pastlikka qarab ketgan tekis yo‘ldan yurmas edi. Xiyol vaqt bir joyda qotib turgach, ilk qadam bosgan chaqaloqdek quyi tomon lapanglab bir-ikki yurdi-da, taqqa to‘xtadi.

Tog‘u toshda yoqimsiz aks sado berib, olashaqshaqning tovushi eshitildi. Zum o‘tmay u burgutning oldida paydo bo‘ldi. Yo‘l chetidagi xarsangdan xarsangga sakragancha gir aylanib, burgutning xatti-harakatlarini kuzata boshladi. Bu kattakon va beso‘naqay qushning oyoqda zo‘rg‘a turganiga ishonch hosil qilgach, yaqinroq bordi. Yoqimsiz tovush bilan baralla qichqirib, uni mazax qilishga tushdi. Burgutning tepasida charx urib gir aylanarkan, dumi bilan uni bir-ikki turtib ham o‘tdi. Uning betinim shaqillashidan darak topgan ikkita olashaqshaq va yana allaqanday qushchalar qayerdandir paydo bo‘lib qoldi. Ular endi bir to‘p bo‘lib yarador burgutni oshkora mazax qilishardi go‘yo. Burgut esa olis va qorli cho‘qqilarga tikilgancha qotib qolgan edi. Bu holatga uzoq tikilib o‘tirib bo‘lmasdi...

Burgutni ko‘tarib qoyaning etagiga olib kelib qo‘ydim-da, sekin uzoqlashdim. U anchagacha yarador qanotini yozib yotdi. Mening ko‘zdan g‘oyib bo‘lganimga ishonch hosil qilgandan so‘ng o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Yarador qanotini yig‘ishtirib olishga bir urindi-da, cho‘qqiga qarab shu qadar tez yurib ketdiki, xiyol shalviragan chap qanotini hisobga olmaganda unga o‘q tegmagandek edi. Archalarni panalab, men ham cho‘qqi tomon borardim. Kichikroq bir xarsangga chiqqanda, u yarador va qonli qanotini cho‘qiy boshladi. Ajabo! U alamdanmi, ochlikdanmi, og‘riqning zo‘ridanmi, o‘z go‘shtini o‘zi cho‘qirdi...

U yana cho‘qqiga qarab yura boshladi. Men uni kuzatib qoldim. Ana, u archalar panasida ko‘zga ko‘rinmay ketdi. Lekin u olis va qorli cho‘qqilar tomon dadil borardi. Men buni yurak-yurakdan his etib turardim. Men uning shijoatidan ikki haqiqatni uqdim: agar u tuzalsa, o‘sha cho‘qqidan yana beg‘ubor va cheksiz samoga ko‘tariladi. Uni otib yarador qilgan, shu mudhish qilmishi bilan o‘zini g‘olib bilgan o‘tkinchi bag‘ritosh odamning ustidan qanotlarini keng yozib uchib o‘tadi. Bo‘ronlarga ko‘ksini tutib, cho‘qqilarni tutashtiradi... Mardlik va g‘oliblik timsoli bo‘lib qorli tog‘lar boshida parvoz etaveradi.

Lekin... lekin u tuzalmasligi ham mumkin. Yarador qanoti gazak olib, o‘zidek mag‘rur cho‘qqilar bilan abadiy vidolashishi ham mumkin. Nazarimda, u buni his etib borayotgandek... Bunday hol esa u faqat cho‘qqiga chiqqandan so‘nggina yuz berishi kerak... Buning uchun kuch-quvvati borida, o‘z etini yeb bo‘lsa hamki, cho‘qqiga chiqishi kerak... Shuning uchun u favqulodda dadil ilgarilab borardi. Eng muhimi, cho‘qqida o‘lsa – o‘ligini olashaqshaqlar ko‘rmaydi...

Men yana bir haqiqatni ayon sezib turardim: burgutlar faqat yuksaklikka qarab yurar ekan... Ular cho‘qqilar uchun yaratilgan. Cho‘qqilarda esa faqat burgutlar parvoz etadi!



“Kitob dunyosi”, 2013 yil 13 fevral 3 (150) -sonidan olindi.













37

Mirzapulat Toshpulatov - Maydon

— Hoy, odamlar! Aziz polvon o‘zini yiqitgan polvonga qizini berarmish!

— Qizining o‘zi ham shunday deb turganmish. Rozimish.

— Juda qiziq bo‘pti-da. Xuddi ertaklarga o‘xshaydi-ya!



* * *



— Odamlar-o, odamlar, eshitmadim demanglar! Aziz polvonnikiga to‘yga-oov...

Hamma hayron: Aziz polvon qiziga qalliq tanlash uchun kurashli to‘y qilsa, o‘zi kurash tushsa...

— Asli, qizini erga bermoqchi bo‘lgan ekan, qizi: «Unda kurashli to‘y qiling, kim meni yiqsa, o‘shanga tegaman», deb oyoq tirab olibdi. Otasi: «Ko‘nsang ham, ko‘nmasang ham, meni yiqitganga beraman», deb turib olgan ekan, qizi rozi bo‘ptimish.

— Lekin qiziyam o‘zi qizmisan-qiz-da. Ko‘rganmisan, xurliqo, pari nusxa-da.

— Ha, kurashmisan, kurash bo‘ladi-da!

— Aziz polvonni yiqitadigan mard bormikan o‘zi.

— Uning bilan belashish uchun Farhoddek botir kerak.

— Xuddi, ertakning o‘zi-ya.

— Ertaklar bekorga to‘qilmagan-da, oshna.

— Zarjahon rivoyatini eshitganmisan?

— Yo‘q...

Aziz polvonning qishlog‘i-yu yon-atrof qishloqlarda shu taxlid gaplar aytilardi. Unut bo‘lgan rivoyat yoddan ko‘tarilganda shu polvonlarni eslashardi.

— Hamma biladigan Zarjahonni eshitmabsan-a. Eshit bo‘lmasa, xumkalla, bu rivoyat ajdodlarimiz haqida. Ular kurashni sevishgan. Ayollari ham jasur bo‘lgan. O’shal uchun ularga yov yaqin yo‘lamagan. Bilib qo‘y, bu rivoyat o‘zimizning ona Zarjahon haqida. Yaxshilab eshit. Balkim, bola-chaqangga so‘zlab berarsan. Bu rivoyatni «Ona botir», «Ona oqil» hakida qo‘shiq ham deb yuritishadi. Xatoga yo‘l ko‘yma-ya, avlodlar qahriga uchraysan...

Nasaf qishlog‘i. Telba daryo — Qashqa. Saroy qabilasining sardori yorug‘ dunyodan ko‘z yumdi. Ahli aholi bir hafta ko‘k kiyib, sadr tepdi... Yig‘idan ko‘zlari qizardi. Uning yaxshiligi uchun ham dildan yig‘lab sadr tepishdi. Mehr olamida beqiyosligini, mardlar maydonida tengsizligini, adolatparvarligini aytib yig‘lashdi. Ammo, u tirilib kelmadi. Shul bois, qabila ulug‘lari kengashga yig‘ilishdi. Biri u, biri bu dedi. Bir qarorga kelolmay, uch kun tortishishdi. Axiri, «sardorning qizi Zarjahon kimni o‘ziga loyiq topsa, o‘shal bosh bo‘lsin», degan qarorga to‘xtashdi.

Zarjahonni chaqirishib, kengash qarorini aytishdi.

Qiz o‘ylanib javob qildi:

— Ey ulug‘lar, agar sizlar shuni qaror qilibsizlar, men rozidurmen. Faqat shartim bor.

— Qani-qani, eshitaylik-chi, — deyishdi kengash ahli. Qiz ularga yana ta’zim qilib shartini aytdi.

— Otaxonlar, men tanlagan yigit el-ulusga bosh bo‘larkan. Unda aql-zakovat birlan uni sinamog‘im kerak.

— Xo‘sh-xo‘sh, qizim, — deyishdi o‘tirganlar.

— Shartim shu: meni yikib, ikki savolimga javob berganga xotin bo‘laman. Shart hammaga ma’qul tushdi.

— Ha, qizim, to‘g‘ri gapni aytding. El boshida bosh bo‘lib turgan odam zo‘r va oqil bo‘lmog‘i kerak, — deyishdi-da, shu zahoti qizning shartini elga e’lon etishdi.

Elning manman degan polvon, mard yigitlari qur atrofidan joy olishdi. Zo‘rlarning zo‘rin, qizning kurash tushishin ko‘rmoqqa tumonat tomoshabin ham qur atrofiga cho‘kdi.

Qur o‘rtasida davra. Davraga sochini gurmaklab, jomakor kiyib olgan Zarjahon chiqdi. Go‘yo oymisol davrani yoritdi. Go‘zalligin ko‘rgan bulbullar sayrab yubordi. Odamlar hayajondan «voh» deb, polvon bo‘lmaganidan ming bir afsus tortishdi. Qiz kurash tushdi, manman degan polvonlarni bo‘yi barobar ko‘tarib otdi. Qiz bolaning shunchalar qudratliligidan, «yo tavba», deya yoqalarini ushlashdi. Tomoshabin ko‘p, kurashadigan yo‘q. Bori ham tugadi. Boshi qotgan bakovul davra aylanib Zarjahonning cho‘poni oldida to‘xtadi.

— Hoy yigit, kelbatingdan tog‘ hurkadi, bir baxtingni sinasang-chi? — dedi.

Yigit o‘ylanib, istiholaga borib, davraga chiqdi. Zarjahon ham davraga chiqdi. Atrofda sukunat, butun borliq sukunatda. Uvillab, pishqirib esadigan bo‘ronlar ham jimgina tomoshabinga aylangan. Ular bel ushlashdi: tog‘lar uchrashdi. Na’ra tortib osudalik bag‘rin tig‘lashdi. Ammo, bir-birini yiqolmadi. Kurash uzoq davom etdi. Qiz qoldan toydi: charchadi. Yigit chinordek, Alpomishu Farhoddek davrada turaverdi. Qizning jahli chiqdi.

— Hoy, yiqitadigan bo‘lsang, yiqit-da, endi, — dedi.

— Go‘zallarning go‘zali, men seni qay yuz bilan yiqaman.

Zarjahon birdan yengil nafas oldi. Kengash yoniga borib yengilganini tan oldi.

— Unda savolingni ber, kechiktirib nima qilasan, — deyishdi. Qiz birinchi shartini aytdi.

— Gavhar og‘irmi, yer?

— Gavhar yukini yer bosar.

— To‘g‘ri, — dedi Zarjahon. — Dunyoda eng aziz narsa nima?

— Yer bilan quyosh!

— Bu ham to‘g‘ri, — deb o‘z hayotini yigitga chambarchas bog‘labdi. Buni eshitgan olam dunyoga yangi bir tadbirni qo‘llabdi. Janglarda shohlar kurash tushisharkan. Qaysi yiqilsa, yiqitganga itoat etib, farzandi yoki aka-ukalaridan garov qoldirib qaytarkan. Aziz polvonning va qizining sharti to‘g‘ri bo‘pti, shunga qaragan-da, — dedi rivoyatini tugatayotgan kishi.



* * *



Aziz polvonning bog‘i etagidagi kenglikda tomoshabin qur tikib o‘tirdi. Moyli kunjara kallalari davrani yoritdi. Jumagulning otasi yakka-yu yagona qiziga zo‘rlarning zo‘ridan kuyov tanlashga kirishdi. Davraga talabgorlar bitta-bitta yeng shimarib chikishdi. Aziz polvon aziz edi. Nomi elga mashhur edi. Odamlar uni Hasan ko‘lvor deya atashardi. U tuyani yiqitgan, otni tishida ko‘targan polvon. Uning bilan olishish uchun Alpomish misol yigit kerak edi.

Aziz polvon qancha-qancha polvonlarni yiqitdi. Navbat Hut polvonga yetdi. Zo‘rlar bilan zo‘rlar kurashganda ularning shamolidan bo‘ron hurkar, deyishadi. Zo‘rlar tantiligi, sofligi, qudratliligi bilan zo‘r. Ular maqtanishmaydi, so‘zlaridan qaytishmaydi. Ikkalasi uzoq olishishdi. Odamlar Hutni Alpomishga, Azizni Hasan ko‘lvorga kiyoslashib rosa tomosha kilishdi. Aziz polvon charchadi. Hut uni bo‘yi barobar ko‘tarib yiqitmay yerga tik qo‘ydi.

Xut Jumagulga shunday uylangandi.

Jumagul polvon qizi. U qurni, polvonlar kurashini xush ko‘radi. Ular bilan Zarjahon g‘ururlangandek, g‘ururlanadi. Ammo u ayol, ayollar ko‘zlari yorigan xonadonni sevadilar. Ular bolalari-yu erlarini iloji bo‘lsa yonlaridan yiroqlatmasalar. Ayollar osudalik, go‘zallik timsolidirlar! Jumagul ham o‘sha ayollarning biri: tanholikni yomon ko‘radi.

Osmon betini qamrab olgan bulutlar kechga borib tarqadi. Ko‘qtsa chaman yulduzlar porladi. Kuni bilan ko‘z ochirmay yoqqan qor yer bag‘rini oppoq harirga burkadi. Havo musaffo. Qishloq sokin. Sovuqdan junjikkan itlarning hurishi ham eshitilmaydi.

Jumagul bolalarini uxlatib, hovliga chiqdi. Darvoza tirqishidan ko‘chaga ko‘z tashladi. Hech kim, biron jonzot yo‘q. O’choqqa olov yoqib, qumg‘on qo‘ydi. Namiqqan o‘tin buruqsadi. Nihoyat, sharqirab qaynadi. Jumagul iliq choyni to‘kib yangidan damladi. Uchinchi bor eriga atab choy damladi. O’choqdagi qo‘rni sandalga solib, choydishni bir chetiga qo‘ydi. Sandalga tashlangan cho‘g‘dan iyaklari, burnilari ustidan ter rezalar yiltilladi.

Jumagulning fikri xayoli eri Hutda. Uning raqiblari bir necha bor Jumagulga: «eringga ayt polvonlikdan kechsin: bo‘lmasa chuvrindilaring bilan chirqirab qolasanlar», deb po‘pisa qilishgan. Jumagul erining oyoqlariga yiqilib iltijo qildi, o‘tinib so‘radi. Lekin bo‘lmadi. Qaysi ayol tul qolishni istaydi. Hech qaysisi. Erlar ular uchun hayot ustuni. Shu ustunga suyanib yashaydi. Qora kuchlar Jumagulni ustunidan ayirishmoqchi. Hut buni bilsa-da, davrani, kuchlilar, mardlar maydonchasini tark etolmaydi. Polvonlar uchun kurning havosi o‘zgacha, hayotlarining bir bo‘lagi. Jumagul buni bilmaydi. Bilish uchun kurashib ko‘rmog‘i kerak.

Hutning otasini raqiblari o‘ldirib ketganini eslab, Jumagulning eti zirqirab ketdi. «Ey, xudoyim, balo-qazolardan o‘zing asragin», deb pichirlagancha, xayol og‘ushida uyquga ketdi.

Eri Hut bilan kechasi qaerdandir kelishmoqda edilar. Qarshisidan qora libosli kishilar chiqib, o‘rab olishdi.

— A-ha, qo‘lga tusharkansan-ku, bachchag‘ar! — dedi otda turgan shopmo‘y-lovlisi. — Xotining o‘lja. O’zing quzg‘unlarga yem bo‘lasan!

U bir imo qilgan edi, yonidagi sheriklari Hutga tashlanishdi.

— Dod!.. Voydod!..

Jumagulning jon achchig‘idagi qichqirig‘idan uxlab yotgan bolapar uyg‘onib ketishdi. To‘ng‘ichi Najim piyolada suv tutdi. Jumagulning vujudi ko‘rqinchli tushdan dag‘-dag‘ titrardi.

— Bosinqirabman, qo‘rqmanglar, bolalarim, — deya ularning ustiga ko‘rpa tashlab, tashqariga chiqdi. Qora tunda, achchiq izg‘irin iliq harorat ustidan g‘olib chiqib, tantanavor vizillardi.

Vohaning hamma tomonlaridan nomi ketgan polvonlar kelgan. Kurash uchun ajratilgan maydonda odamlar qur atrofini to‘ldirishgan. To‘rt-besh joyda moyga shimdirilgan kunjara kalla yonib turibdi. Qur atrofidagi gulxanlarga yorilgan to‘nkalar qalangan. Tarafkashlarning: «Bo‘sh kelma, Hut! Barakalla, Hut!» — degan qiyqiriqlari yangraydi.

Polvonlar sovuqni pisand qilmay raqibi ustidan g‘olib chiqish uchun bir-biriga hamla qilib, chalishga yeki yelka qilib yiqitish ishtiyoqida yonishadi. Ustlaridagi jomakorlariyam chidash bermay, shir-shir yirtiladi. Boyvachchalar pul chiqarib: «Hut yiqitadi, o‘zini tutishini qara, kelbatiga qara! Alpomishni o‘zi-ku!» — deb tikishadi. Tortishuv, tikishlar g‘olibni olqishlash bilan tugaydi. Hut raqibini dast ko‘tarib otdi. Gurs etgan tovush yerni zirillatib yubordi-yov! «Balli Hut!», «Otao‘g‘il!», «Halol!», — degan baqiriqlar yeru ko‘kni tutdi.

Hut katta qo‘chqorni yelkasiga tashlab, qurni bir aylanib hamqishloqlari oldiga kelib o‘tirdi.

Yiqilgan polvon chamasi Hutdan yoshi katta edi. O’rnidan turib, uning oldiga kelib qo‘l cho‘zdi.

— Qoyilman, polvon. Shu paytgacha yag‘rinim yerga tegmagandi, — deb Hutning qo‘lini xomush siqib orqasiga qaytdi.

Davra bakovuli:

— Hut, sen bilan bellashishga G’uzor begining o‘g‘li Safarniyoz polvon talabgor, — dedi. Hut davraga chiqib, qariyalardan fotiha so‘ragancha tiz cho‘kdi.

— Omin, Olloh omadingni bersin! — deya fotiha berishdi qariyalar. Hut qoida bo‘yicha davrani uch aylandi-da, qaddini rostlab, zabardast, oftobdan qoraygan, og‘ir mehnatda qadoq bo‘lgan qo‘llarini raqibi Safarniyozga uzatib bordi. Qur atrofi tinch, olam tinch. Go‘yo butun borliq sukunat-la tomoshabinga aylangan.

Safarniyoz ham ancha nom chiqargan polvonlardan. Faqat g‘irrom, shuhrat quliga aylangan polvon. Otasiga qarashli yerlarda bo‘ladigan kurashlarda birinchi tovoq zoti uchun kurashadi. Oladi ham. Bekning o‘g‘li, hamma-hamma narsa u tomonda. Shuning uchun ham oladi. Ha, birinchi zotni u oladi. Hut bilan ilk bor bellashmoqda. Hutdek dovrug‘i viloyatni tutgan polvon bilan olishib, olamga dovrug‘ solmoqchi. Qolaversa Hut Safarniyozga bek otasi yuz-xotiri uchun yiqilib berar, degan o‘y-xayol ham yo‘q emas. Ana, ushlashdi. Safarniyoz qoqma berdi. Hut buni kutmagan edi. Haqiqiy polvonlar birinchi qafasda kuchlarini chamalashadi, yiqitishga chiranishmaydi.

Xut tizzada turib qoldi. Safarniyoz esa unga yopishib, yiqitishga urinadi. Polvon qahrlandi. O’rgimchakdek yopishayotgan raqibining ikki qo‘lini siqib ushlab, bir qop unni yelkasiga olgandek keng yelkasiga olib o‘rnidan turdi. Safarniyoz chillak oyoqlarini tipirchilatar, qo‘lini esa Hutning qadoq barmoqlari ostida, go‘yo boylangandek sezardi. Zo‘rning zo‘ri — zo‘r bo‘ladi. Qahri kelsa — sher bo‘ladi. Buni bilmagan Safarniyoz qaytanga o‘zga xayollarga borar, tan berishni esa istamas, g‘ijinib, ko‘zlari xonasidan chiqib ketgudek bo‘lib: «Qo‘yvor, yalangoyoq», deb tipirchilardi.

Hut uni yelkasiga ko‘tarib davra aylantirdi-da, qurning o‘rtasiga tosh irg‘itgandek itqitib yubordi.

Safarniyozning malaylari uning ko‘nglini ovlash bilan ovora: Biri changini qoqardi, biri issiq choy tutardi, oddiy tomoshabinlar ofarinlar aytardi.

Davraga tovoq keltirildi. Bakovul tovoqlarning zotini chiranib ayta boshladi:

— Birinchi tovoq — nortuya, ikkinchi tovoq — ho‘kiz, uchinchi tovoq - qo‘chqor, yonida ikki kiyimli olachasi bilan. Zo‘r oladi, yiqilgan keyingasida olar. Hoy talabgorlar, qani yuragida o‘ti, belida quvvati toshganlar, zoti g‘olibniki, tomoshasi bizniki, olinglar!

Davrada jonlanish boshlandi. Ammo Hut nomidan tovoqni olib keladigan tarafkashlari jim edi. Tarafdorlaridan biri tovoqni polvon nomidan olishi kerak. Hozir Hut uchun tovoq olib keladigan Hamro bobo ham jim. U bek o‘g‘lining dushmaniga aylanib qolishidan hadiksirab jim o‘tirardi.

Ikkinchi tovoqni Hamro bobo Nazirqulga, uchinchisini To‘ychining hamqishlog‘i Qodir polvonga oldi. Nazirqul zotni halollab oldi. Qodir esa Temir polvonga boy berdi. Birinchi tovoq hali ham yetimcha bo‘lib turavergach, chorjo‘ylik Tanti polvon tarafdorlari oldi. Tanti davrani uch aylanib, o‘rniga borib o‘tirdi. Hech kim davraga chiqavermagach, bakovul o‘rtaga chiqib:

— Talabgor bo‘lmasa, nortuyani Tanti polvonga beramiz! — deya e’lon qildi. Tomoshabinlar birinchi tovoq zotini shunday berilishini istashmaydi. Birinchi tovoq kechaning yulduzi, bahodiri. Uning qanday olinishini orziqib kutishmoqda. Agar hozir bakovul: «Zotni ber Tantiga, talabgor yo‘q» desa bormi, hamma alamzada bo‘ladi. Kurashning oxirigacha o‘tirishganiga ming afsus chekadilar. O’zlari olisholmaydi, lekin olishadiganlarni: «Nega palonchi chiqmadi, ko‘rqdi, bachchag‘ar. O’sha ham polvon bo‘libdimi. Kelib-kelib, chorjo‘ylik polvonga berib yuborishdi-ya zotni enag‘arlar-a», deb so‘kinisha-so‘kinisha uylariga qaytishadi. Hozir ichlarida so‘kinib, ich-ichidan o‘zlarini polvon bo‘lmaganliklariga ichikib o‘tirishibdi.

— Talabgor bo‘lmasa, zotni keltir, Aliqul! Ho, Tanti polvon, tuyani keltirgunlaricha davrani yana bir aylanib qo‘ying!

Qoidaga muvofiq, Tanti polvon davrani yana bir g‘olibona aylanishni bajo keltirishi kerak edi. Odamlar oxiri, so‘nggi umidlari bilan Hut polvon tomonga boqishmoqda.

Tanti davrani aylanmadi. U davrani tik kesib o‘tib, Hut o‘tirgan joyga bordi: uning karshisida to‘xtadi.

— Hormang, Xut polvon, sizning dovrug‘ingizni eshitib Chorjo‘yday joydan kelgandim, bellashmoq uchun. Nahotki shuncha yo‘l bosib kelganim havoga uchsa, oringiz kelmaydimi? Sizni oriyatli polvon, deb eshitgandim...

Tantining oxirgi so‘zlari Hutga qattiq botdi shekilli, oshiqmaygina jomakorini kiyib beliga belbog‘ini boylab, o‘rtaga chiqdi. Tomoshabinlar jonlanishdi. Dillari yorishdi. Ikkala polvon ham dovrug‘ solgan polvon. Hut voha polvoni. Tanti, zo‘rlarni eshitib, topib olishadigan — sayyor polvon. Ular sekin ushlashishdi: sinashda bo‘lishdi. Birinchi qafas tugab, ikkinchi bor ushlashishdi. Tanti ichkaridan chalib qayirmoqchi bo‘ldi. Hut uning chilini qayirib, qo‘shpoycha usulini qo‘lladi. Kurash qiziganda-qizirdi. Oltinchi qafas ushlashishdi, charchashdi. Tanti tezkorlik, tuya chil qo‘lladi. Tomoshabinning butun vujudi diqqatga aylangan, hech birining yiqilishini xohlamasdi. Zo‘rlarning yiqilishi yomon — qayg‘uli. Ularning olishishi shuning uchun yoqadiki — mardona olishishadi. Mardlar nomard bo‘lmaydi. Shu boisdan ikkisining ham yiqilishini istashmaydi. Mayli, ikki polvon olishaverishsin, tong otib, kun botguncha, haftalab, yillab olishishsin, kur atrofidagilar tomoshadan horishmaydi, o‘tiraverishadi. Faqat, davrada polvonlar — mardlar bo‘lishsin. Tomoshabin horimaydi: faqat o‘rtada polvonlar bo‘lishsin! Ikkalasi ham hunar va quvvat bilan belashishmoqda. Tomoshabin hayajonlar to‘lqiniga garq. Tanti yelka kilmoqchi bo‘ldi, bo‘lmadi. Hut eng oddiy usul — qayirmadan uni yiqitdi. Eh, qanday ko‘rgilik, shunday polvon yiqilsa-ya...

Odamlar «halol», «halol» deb baqirishmadi.

— Halol... — deyishdi o‘kinchli ohangda. Axir ular hech birining yiqilishini istashmagan-da... Nachora, buni kurash deydilar. Mardlar qudratini maydon ko‘rsatur!

Yiqilgani Safarniyozga juda alam qildi. Shu yiqilishda, bekning o‘g‘li degan nom ham obro‘, hurmat taxtidan yiqilib, tuproqqa qorishib ketgandek tuyulaverdi. Dili xufton bo‘lib uyiga qaytdi. Ich-etini yeb o‘zini qo‘ygani joy topa olmadi. U shunday chora izlardiki, bu bilan polvonlik obro‘sini, bekning o‘g‘liligi obro‘sini saqlab qolishi kerak edi. Lekin Hutning dovrug‘i atrof-viloyatni tutgan, yiqita olmasligiga aqli yetardi, ammo chora topishi kerak!..



* * *



...Kurashdan so‘ng uzoq yo‘l bosib charchab horib kelgan Hut, uyida bek va boyvachchalarning zulmidan Toshkentga qochib ketgan Ermatni ko‘rib charchog‘i ham esidan chiqib, dasturxon oldida gaplashib turardi.

— Obbo Ermatjon-ey, rosa dunyo kezibsizda-a, erta-indin hurlik bo‘ladi, degin. Yelkamizga quyosh nuri tushadigan bo‘ptida-a.

— Ha, Hut aka, shunday. Yaxshi kunlar boshlanadi...

— Aytganing kelsin, uka. Bosh omon bo‘lsa, ko‘rarmiz. — Hovlidagi ot tuyoqlarining dupurini eshitib, o‘rnidan turdi. — Hozir, Ermatjon, bir qarab kelay-chi, kim ekan, — deb yelkasiga to‘nini yelvagay tashlab tashqariga chiqdi. Hovlida saman otli, beliga xanjar taqqan Safarniyozni ko‘rarkan, nimaga kelganini darhol sezdi, lekin bosiqlik bilan so‘radi:

— Xush kelibsiz, xizmat, boyvachcha.

— Gaplashgani keldim.

— Xo‘sh-xo‘sh, boyvachcha?

Safarniyoz qo‘ynidan oltinga to‘la hamyonni olib, Hutning oldiga irg‘itdi.

— Ol! Bir umr yeb yotasan. Lekin bilib qo‘y, evaziga ertangi kurashda yiqilib berasan. Birovga og‘zingdan gullasang, ko‘rasan!

— Arpa do‘g‘ingni enangga qil, bachchag‘ar! Puling o‘zingga buyursin! Polvonlar ahli kuchini, insof va vijdonini pulga sotishgan emas. Sotishmaydi ham, boyvachcha!

— Tanangga o‘ylab ko‘r, bir marta yiqilsang, osmon o‘pirilib yerga tusharmidi! Tag‘in boshingga otangning kuni tushmasin.

— Er yigitning gapi bitta bo‘ladi!

— Voy yalang oyoq. Tiling burro-ku itvachcha!

— Nima deding haromtomoq, — deb yubordi. Uning qahri qo‘zg‘agandi. Kuch-qudrati etiga sig‘may ketdi. Zo‘rlar — bahodir. Ularning qahri toshmasin, toshgandan keyin...



* * *



Qishloqliklar yozning ne’matini yig‘ishtirib, yelkalaridan tog‘ ag‘darilgandek, yengil tortishdi. To‘ylar boshlandi. Ko‘chalarda aytuvchilar ko‘rinib qoldi.

— Odamlar-ov, odamlar, eshitmadim demanglar, Valinikiga to‘yga-ov. Jappi-jamoa to‘yga-ov...

— Zo‘r kurash bo‘larkan, Valining to‘yiga Tanti polvon kelganmish. Hut bilan yana bir bor kuch sinashmoqchi bo‘p kelganmish...

— Polvon degan ana shunday bo‘lsin-da. Qandini ursin. Shuncha yo‘ldan kepti-ya.

— Asl polvonlardan ekan-da, hammaning og‘zida shu gap.

Hut polvon kenja o‘g‘ilchasini ko‘tarib, non yopayotgan xotini Jumagulning atrofida uymalashadi. U hayajonda, o‘zini qo‘ygani joy topa olmaydi. Yuragi tez-tez uradi. Nega? Yuragiga taskin axtaradi. Axir bugun yana o‘sha Tanti bilan bellashadi. Hazil gap emas. Tanti qudratli, oriyatli polvon. Oriyatli bo‘lmaganda, Chorjo‘yday joydan kelarmidi. Albatta, bu kurash og‘ir ko‘chadi. Tantini eshitishsa, odam ham tumonat kelsa kerak. Bo‘lari-bo‘lar. Endi maydon ko‘ryaptimi. Qolaversa, avval yiqitgan, kuch sinashta bo‘lgan. Lekin bir yil ichida qanday o‘zgarish bo‘lishi mumkin, shunisi qorong‘i. Tanti bir yil huzur-halovatini, tinchini yo‘qotib yashagan. «Yelkam yerga tegmagandi, qoyilman», deb tantilik qilib tan berganu... Bo‘lmasa, birinchi kurashdayoq yetib kelarmidi. Mayli, ko‘rsin. Hutning bilaklari hut sovug‘ida qotgan. Yelkalari, yag‘rini xutning korida ishqalangan. Hut — hut oyining qori ustida tug‘ilgan, u Hut. Hech narsani pisand qilmaydi. Hali uning qoni qaynaydi. Kuchini sig‘dirolmaydi. U sig‘dirolmaydi. U bugun bellashadi, yulduzlar charaqlab, oy chiroy ochganda, og‘zidan bug‘ hovurini purkab olishadi. Qorong‘i tushdi, yulduzlar miltirab, oy qiyo boqtsi.

— Bo‘p qoldingmi, xotin. Bunchalik kamsuqum bo‘lmasang, — dedi Hut.

— Hozir, otasi. Uchta non qoldi. Pushti sovutlik qip turibdi. Biroz kizarsin. Sizga mana bu nonni ataylab singa qilib pishirdim, bolalar bilan suvga bo‘ktirib yeb turing, quvvat bo‘ladi.

— Bor ekansan-ku, xotin. Shu bir og‘iz so‘zingai qachondan beri atrofingda uymalashib, intiq bo‘lib kutib turgandim-ku.

Hut polvon xotinidan biron bir iliq so‘z eshitmasdan ko‘chaga chiqolmaydi. Unga ham qiyin, unga erining davru davroni, keltirgan zotlari kerakmas. Kechqurunlari uyda o‘tirishini xohlaydi. Hut bo‘lsa, to‘yma-to‘y yuradi. Shu bugun oxirgi marta kurash tushishi, zotini xudoyi qilib beradi-da, davrani tark etadi. Hut shu xayollarni dilidan bir-bir o‘tkazib, to‘yxonaga yo‘l oldi. Ana qur: qur atrofida tumonat tomoshabin, davrani yoritib turgan moyli kunjara kallalar, tumonat tomoshabin... Uni davra ahli intizorlik bilan kutishmoqda. Balki kechikib kelganini qo‘rqoqlikka yo‘yganlar ham oz emasdi. Qurga yaqin otdan tushdi. Kimdir yugurib kelib:

— Polvon, kuttirib qo‘ydingiz-ku. Odamlar «kelmaydi», deb turishgandi. Kelganingiz xo‘p yaxshi ish bo‘ldi-da. Otning jilovini menga bering, boylab kelaman.

— Yangangiz non yopayotgandi, sal qarashib hayalladim. Tovoqlar qo‘yildimi?

— Yo‘q, endi.

Hut odamlarni oralab qurning bir chetiga cho‘qdi. Davrada shivir-shivir boshlandi.

— Ana, kelmaydi deganding, keldi-ku!

— U qochadiganlardan emas!

— Zotni Tanti olarmikin, Hut?

— Albatta, Hut oladi-da!

— Tanti ham uzoq yo‘ldan bekorga kelmagandir.

Hut miyig‘ida kulib qo‘ydi. Davrada olishayotgan yigitlarni kuzatayotgan bo‘ldi. Lekin odamlar davrada chiranib olishayotgan o‘spirinlarni emas, unga qarab turishganini sezib, xijolat bo‘ldi. «Nega bu ahvolga tushdi, hech qachon yuragi bunchalik tez urmagandi-ku! O’zi nimalar bo‘lmoqda, xuddi birinchi marta davra ko‘rayotganga o‘xshaymana-a», deb o‘zini-o‘zi koyigan bo‘ldi.

Qur bakovuli tovoqlarni qo‘ya turib:

— Birinchi tovoq, — o‘ng qo‘lidagi tovoqni baland ko‘tardi. — Besh yashar novvos, bir arabi gilam bilan. Ikkinchi tovoq — uch yashar novvos, uchinchi tovoq — bir qo‘chqor, yigirma chervoni bilan.

Ikkinchi-uchinchi tovokni olganlar davrada kurashni boshlashdi. Oho, biri halolpadi. Uchinchi tovokni ham olishdi. Tanti oldi. Tanti polvon belbog‘ini yelkasiga tashlab davrani uch bor aylanib joyiga borib o‘tirdi.

Tanti ozgan, sochiga oq oralagan, «bechoragina odamga o‘xshab qaribdi», — xayolidan o‘tkazdi, Hut. — Bir yilda shuncha-ya, — deb bilinar-bilinmas pichirladi. Tantiga, rahmi kelganday bo‘ldi. — Ammo, buni kurash deydilar. Davraga polvonlar, yuragida o‘ti borlar chiqadi. Qolaversa, u mening rahm-shafqatimga muhtoj emas. U olishadi. Ha, olishadi». Hut yechina boshladi. Hammaning ko‘zi unda. Go‘yo uni endi ko‘rishayotganday. Hut davraga chiqdi, qomatini kerib, tog‘dek soya solib aylana boshladi.

Tanti ham davraga chiqdi. Bir aylanib Hut bilan ko‘rishdi.

— Omonmisiz, polvon?

— Shukr. O’ziz omonmisiz?

— Shukr.

Ular uzoqlashishdi. Uch marta qurni aylanishib, bir-biriga yaqinlashishdi. Havasmand polvonlardek jilpanglashmadi. Sekin ushlashishdi. Hammasi burungi kurashdek boshdan qaytarila boshladi. Bir-birini silkishib qo‘yvorishdi. Ikkinchi bor ushlashishdi, bel siqishishdi, qayirib ko‘rishishdi, natija bermadi. Uchinchi bor ushlashishdi. Hut o‘rama chil qidtsi. Tanti qayirib tashladi. Atrof suv sepganday jimjit. Yulduzlar-da, oy-da, tun-da, jim: butun borliq tomoshabin. Qayta-qayta ushlashishar, ammo natijasiz. Tun yarimdan oqqan. Ana, Hut yana, yana qushpoycha usulini qo‘lladi. Buni raqibi kutayotgandi. Chunki Tanti xuddi shu usuldan yiqilgan. Shul bois bu usulga imkon tug‘dirgandi. Tanti qarshi hujumga o‘tdi. Raqibni ikkala qo‘lini yonboshga olib o‘ng tomondan chaldi. Hut chinor qulaganday quladi. Tanti uning ko‘kragidan bosib o‘tirib ham olmadi. Turg‘azib, changini qoqib qo‘ydi. Hutni peshonasidan sovuq ter chiqib, yo‘ldan adashgan yo‘lovchidek joyini topolmasdan boshqa tarafga borib qoldi. Gurra kulgi ko‘tarildi. Boshi aylanib, atrofni ko‘zlari ilg‘amasdi..



* * *



Hut mag‘lublikning achchiq alamini yutib, tarkidunyo qilib, uydan chiqmay yotib oldi. To‘y-ma’rakalarga ham chiqmay qo‘ydi. Uyning zanjirband quliga aylandi-qo‘ydi. Hech kim bilan ko‘rishishni istamaydi. U faqat o‘zidan-o‘zi koyindi. Axir Hut kurash atalmish maydondan tantana bilan chiqib ketmoqchi edi-ku! U axir zotini xudoyi to‘y qilib berib, maydon atalmish kurash maydonini g‘oliblik to‘yi bilan tark etmoqchi edi-da. Bo‘lmadi... Axir u yiqilishini xayoliga ham keltirmagandi-ku! Yotish-turishida-da halovat yo‘qolgan. Ko‘ziga shunday yorug‘ jahon tor ko‘rinsa-ya. Bu qanday ko‘rgilik. Shu alfozda ancha kunlarni halovatsiz o‘tkazdi.

Yurtga bahor shabadasi epkin-epkin esa boshladi. Sekin-sekin kunlar iliy boshladi. O’t-o‘lanlar asta-sekin yer yuzini qitiqlab chiroy ochdi.

Daraxtlar o‘zgacha bir libos to‘qiy boshlagan kunlarning birida Ermat pirqa kirib keldi.

— Hormang, polvon.

— Keling, Ermatjon, keling. Ammo, kesatmang, polvonligimning nimasi qoldi. Polvon deysiz.

— Ie, hali siz, bir yiqilib bo‘ldi bizniki, deydiganlar turidanmisiz? Hayf sizga-ey, yerlarni ham chopmabsiz. Bo‘ldi qiling endi tuxum bosib yotishni. Ana, Tantini polvon desa bo‘ladi. Sizdan yiqilgandan keyin tinim bilmay past-baland joylarni ketmonlab tekislab yer ochib, odamlarga beribdi. Yozi bilan yangi uy qurayotganlarga loyini tashib beribdi. Ana, chiniqish qanday bo‘ladi, bilib qo‘ying, — deb chiqib ketdi.

Hut o‘tirib o‘ylab-o‘ylab, belni olib yer chopishga tutindi. Kechgacha yerini yumshatib chiqdi. Ertasi yana qayta chopib chiqdi. Ishtahasi ochilib bir lagan oshni ko‘rdim, demaydigan bo‘ldi. Ekin ekdi. Hovlida ish tugadi hisob. Mayda-chuyda ishlarga uning toqati toq bo‘ladi. Ikki-uch kun yana tajang bo‘lib yurdi.

— Otasi, uyda buncha siqilib o‘tirmay, ko‘cha-kuylarni ham aylanib ko‘ysangiz-chi, — deb ping‘illadi xotini.

— Ha, badingga urib qoldimmi? O’zing xohlarding-ku, uyda o‘tirishimni. Mana, o‘tiribman. Niyatingta yetding.

— Niyat qilmay ketay. Sizni rangazga qarayverib, ziq bo‘p ketdim. Qaytam kurashib turganingiz yaxshiykan, otasi.

Hut xotini bilan ortiqcha tortishmadi, yelkasiga ketmon bilan qopni tashlab qishloqdan uncha uzoqda bo‘lmagan to‘qayzorga yo‘l soldi. Yetib kelib, aylanib chiqdi. Ketmon bilan qopni bir chetga qo‘yib, bilakday-bilaqtsay yulg‘unlarni sug‘urib ko‘rdi: qudrati yetarkan. Bu ish uning har kungi mashg‘ulotiga aylandi. Ertasi bilakdan yo‘g‘onini, indini undan yo‘g‘onini...



* * *



Kuz keldi. Daraxtlar barg to‘kib, o‘tlar kuridi. Uy mo‘rilaridan tutun o‘rladi. Suv yuzasi muzqaymoqdan to‘n kiydi. Hut polvon kurash — maydon ishtiyoqida yona boshladi. U tushi-yu o‘ngida Chorjo‘yda Tanti bilan olishayotganday. Tanti uni kutib, «Eh, kdnaqa polvonsan-a, yiqilib ham oring kelmaydimi», deb Chorjo‘y to‘ylarida Hutni yo‘qlatayotganday bo‘lib tuyulaverardi. Uyqusida yana oromi yo‘qoldi. Xotiniga gap solgandi, rozidek ko‘rindi. Qishloqning ikki polvonini kabatiga olib Chorjo‘y qaydasan, deb otlarini g‘irotdek yeldirib, qomat kerib yo‘l oldilar. Uch kunda Chorjo‘yga yaqin bir qishloq choyxonasiga kelib tushdilar. Choyxonada keksa-yu yosh choyxo‘rlar iliq-issiq choy sipqaradilar. Uch musofirni ko‘rishib, yonlaridan joy berishdi. Piyolada choy tutishdi:

— Yaxshi yetib keldinglarmi, mehmonlar? Bemalolroq o‘tiringlar, bolalarim, — dedi mo‘ysafid chol uchovini qo‘yarda-qo‘ymay yoniga o‘tqazarkan. — Uzoq yo‘l bosganga o‘xshaysizlar. Qaydan bo‘lasizlar?

— Qarshining yonidagi Saroy degan qishloqdanmiz, otaxon, — atrofdagilar Qarshini eshitib mehmonlarga yaqinroq surilishdi.

— Mehmon, unda siz Hut polvonni bilasizmi?

Hut choy icha turib:

— Ha, — dedi. Sheriklariga jim o‘tiringlar, ma’nosida qarab ko‘ydi. Savollar yomg‘iri boshlandi.

— Mehmon, shu rostmi, otlarni yelkasida ko‘tarib o‘ynatadi, deyishadi.

— Odamning soniday daraxtlarni bir tortishda sug‘urib olarmish. Hut davrada devdek kelbatli bo‘lib ketarmish.

Hut polyun mig‘iyida kulib qo‘ydi. Choyxonachi cholni yoniga chaqirib, oynadan ko‘rinib turgan tanasi uch yashar bolaning beliday keladigan daraxtni ko‘rsatib:

— Otaxon, o‘sha tutni menga berolmaysizmi? — dedi.

Choyxonachi, buning aqli joyidami, tomdan tarasha tushganday daraxt so‘raydi-ya, deb ijirg‘anib aftini burishtirdi.

— Kerak bo‘lsa olaqol, mehmon.

Hut tashqariga chiqib ketdi. Choyxonachi Hutning sheriklariga yuzlandi:

— Uning akli joyidami?

— U Hut polvonning o‘zi, — deyishlari bilan gurr etib o‘rinlaridan turishdi: tashqariga otilishdi. Hut tut daraxtini yaxshilab quchoqlab ushladi.

— Yo pirim! — deya na’ra tortdi. Go‘ro‘g‘lidek hayqirdi, Alpomishdek tashlandi, Farhod tusiga kirdi. Ana kuch, ana qudrat! Hut polvon daraxtni tag-tomiri bilan sug‘urdi...

— Balli-ey!

— Hut polvon degancha bor ekan!

Polvon nafasini rostlab, kaftini qoqib, joyiga kelib o‘tirdi. Choyxonachi chol:

— O’g‘lim, kechir meni. Jinday og‘ir gapirdim, — deb kechirim so‘radi.

— Hechqisi yo‘q, otaxon.

O’tirganlardan ba’zilar uylariga borib, bolalarini olib kelib, polvonga silatishdi — polvon bo‘lishini niyat qilishdi. Birovlar shunday polvon ajdodidan bo‘lmaganidan ichikishdi. Havas bilan boqishdi. Alpomish, Go‘ro‘g‘li, Farhodga qiyoslashdi. Ular ham bo‘lgan bo‘lsa, Hutchalik bo‘lgandir-da, — deb xayollaridan o‘tkazishdi.

— Aybga buyurmaysiz, polvon, qaerga yo‘l tutasiz? Agar bemalol bo‘lsa, qoling. Bugun qishlog‘imizda katta kurash bo‘ladi. Polvonlarga xat bitilgan. Sizga ham, — dedi bir mo‘ylovdor dehqon.

— Akaxon, men jon deb qolardim. Men Chorjo‘yga Tanti bilan bellashgani borayotirman. Undan yiqilganman o‘tgan yili. Mabodo u kelsa, men ham qolaman.

— Ha, polvon, Tanti polvon Chorjo‘y o‘lkasini faxri. Kamtar edi, mard edi, yetim-esirlar boshini silardi. Xudo ko‘p ko‘rdi. Rahmatli yomonlarning o‘qidan o‘ldi, — dedi yig‘lashdan beri bo‘lib.

— Eh, attang, rahmatli bo‘ldi deng-a. Eh, attang-a! Bu yorug‘ dunyo beozor bo‘lib ko‘ringani bilan shafqatsiz ekanda-a? Eh, attang, Tanti do‘stim-a...











































37

Normurod Norqobilov - Oqbo’yin

Tovuq patini o‘ynashda davom yetdi. Patni yertalab topgan, nimaligiga aqli yetmay boshi garang yedi. In yonidagi chirik xashaklar ustida cho‘zilib yotgan ona it bezovta g‘ingshiganidan so‘nggina qadam tovushlari kelayotgan tomonga o‘girildi. Besh odimcha narida uy yegasi – Sodiq aka bilan norg‘ul bir odam – Karim podachi, yegnida yag‘iri chiqqan paxtalik, oyoqlarini kerib turardi. Undan go‘ng, pichan, silos va yana allambalolarning hidi anqirdi.

Oqbo‘yin bu xil tashriflarga ko‘nikkan, har keldi-ketdidan so‘ng og‘a-inilaridan birortasi g‘oyib bo‘ladi, keyin onasi tuni bilan g‘ingshib chiqadi. Boshda ular o‘nta yedi. Uchtasini, urg‘ochi yekan, birinchi haftadayoq gumdon qilishdi. Bu gal navbat qaysi biriga yekan?

Karim podachi oyoqlari ostida o‘ralashayotgan inisi — Oqto‘shni qo‘liga olib, obdon paypaslab ko‘r­di, panjalarini diqqat bilan ko‘zdan kechirdi. Yoqtirmadi. Oqto‘sh nari ketishni xayoliga ham keltirmay, tag‘in suykala boshlagandi, Karim podachi yetigi uchi bilan turtib yubordi. Joni og‘rigan Oqto‘sh angillaganicha onasi tomon pildillab qochdi.

Inisi Oqbo‘yinga yoqmaydi, o‘lgudek yaltoq, ko‘ringan qoraga suykaladi. Akasi Malla yesa tamomila aksi – tajang, salga zardasi qaynab darhol «yoqa bo‘g‘ishadi». Hozir ham u in to‘riga biqinib olib, Karim podachiga adovatli tikilib turardi.



— Anovi turqi sovuqni ober-chi, — dedi podachi Mallani ko‘rsatib.

Sodiq aka Mallani inidan tortib chiqardi-da, unga uzatdi. Karim podachi uni uzoq tutib turmay, darrov yerga qo‘ydi.

— Bunisi qopag‘on bo‘ladi, - dedi Malla tishlagan barmog‘iga puflab. Podachining yezg‘ilashlari Oqbo‘­yinga yoqmadi. Ammo tabiatan bardoshli uchun boshqalar kabi to‘polon qilmadi. Temirdek qattiq barmoqlariga tish botirishdan o‘zini tiyib, jimgina turib berdi.

Karim podachi — sinchi, itni farqlay biladi. Umri fermada o‘tgan bu odam itni ishqibozlik uchun yemas, zarurat yuzasidan asraydi. Negaki, qish kezlari qir oshib keladigan bo‘rilardan kuygan — jondor desa yetmish yetti tomiri tortishadi, bo‘rilarga yemish bo‘lgan tomday-tomday novvoslari ko‘z oldiga kelib, ichi-tashi baravar yonadi. Avvallari ahvol aytarli darajada yomon yemasdi, salgina po‘pisa-yu qutqu bilan jondor otini daf yetmoq mumkin yedi. Ammo uch yil burun Yoldor degan bir mahluq paydo bo‘ldi-yu podachidan halovat ketdi. Arloni bo‘ri itlarni pisand qilmaganidek, miltiqqa ham osongina chap berardi. Tunlari bo‘ri poylayverib, biqinini shamollatib qo‘yganidan so‘ng, Karim podachi qopqon qo‘yib ko‘rdi. Biroq Yoldor qolib, qopqonga ferma tevaragida aylanib yuradigan daydi yeshak­lardan biri tushdi. Yetni dorilab yo‘lga tashladi. Yoldor yemas, iti zaharlanib o‘ldi. Keyingi asragan iti yesa g‘oyat keraksiz chiqdi. Yoldorning qorasini ilg‘ar-ilg‘amas yeshik tirnab, g‘ingshigancha ichkariga intildi, ba’zida qishloqqa qochib qolardi. Bu qish o‘rtasi bu hol yana takrorlangach, Karim podachi jahl ustida itni otib o‘ldirdi. Chunki Yoldor to‘dasi boshqa mol quriganday, uning tanasini bo‘g‘izlab ketgandi-da. Shundan buyon podachi yaxshi it qidirib yuradi. Xuddi shunday it hozir uning qo‘lida yedi. Bu kuchuk arloni it naslidan. Bunaqasi mingdan bitta chiqadi. Nasib yetsa, uzog‘i bilan yana to‘rt-besh oydan so‘ng bu atrofda unga teng keladigani bo‘lmaydi. Jondor zoti borki, ovozini yeshitishi bilan qir boshida mixlanib qolaveradi. Karim podachi ich-ichidan xuruj qilib kelayotgan quvonchini bazo‘r yutib, uy yegasiga yuzlandi.



— Shunisini tanladik.

— Yo‘q. Bunisi o‘zimizda qoladi, — dedi Sodiq aka qat’iy bosh chayqab. — Qanjiqni yo‘qot­moq­chimiz…

— Bir qo‘y qo‘zisi bilan.

Sodiq aka Oqbo‘yinga qiziqish bilan tikilarkan, tog‘asi haqligini angladi. Ichida uning topqirligidan qoyil qoldi. Tog‘asi mehmon bo‘lib kelgan kuni kuchukvachchalar yendi oyoqlagan yedi. Tog‘a qanjiqni yo‘qotib, arlon it asrashni maslahat berarkan, kuchukvachchalarni choponi bariga solib, tomorqa adog‘iga oborib tashladi. Issiq joyidan qo‘zg‘atilgan kuchukvachchalar notanish joyda nima qilishlarini bilmay paypaslanib turishganida, Oqbo‘yin to‘dadan ajralib, sal narida bezovta g‘ingshib turgan onasi tomon intildi. «Mana shunisini asra, - dedi tog‘a. – Bundan zo‘r it chiqadi. Qolganlari bir pulga qimmat. Sodiq aka uchun hamma it bir it yedi. U bu borada hovli itsiz bo‘lmasligi kerak degan aqidaga bo‘ysunib ish tutardi. Tog‘aning gapidan so‘ng Oqbo‘yinga nisbatan qiziqishi ortganday bo‘ldi. Bir tomoni mehmon hurmati uni asramoqni ko‘ngliga tugdi. Podachining gapidan keyin Oqbo‘yinga qiziqishi o‘n chandon ortdi. Axir hech zamonda it savdolashilganmi? Qishda bir chaksa qorni birovga ravo ko‘rmaydigan shunday bir odam qo‘y va’da qilyaptimi, demak bu kuchukda bir gap bor. Turishini qara, pinak buzmaydi-ya.

— Ana bor, ikkita qo‘y.

— Aka, bilasiz men bitta gapiraman.

— Obbo, qo‘rang to‘la molmidiki, it asraysan.

— Yaxshi it hammagayam kerak.

— Buni asrab naf ko‘rmaysan. Rashkim yomon, birda bo‘lmasa, birda otib o‘ldiraman.

— Yarashadagan gapni qiling, aka.

— Otmagan taqdirdayam baribir Xidir xira otib ketadi.

— Otib ko‘rsin.…



Savdosi pishmagan Karim podachi itni yerga qo‘yarkan, zarda bilan biqiniga tepdi. Zarb kuchli bo‘lmasa-da, bu xil muomala Oqbo‘yinga yomon ta’sir qildi. Irillash barobarida akilladi. U o‘z qadr-qimmatini yaxshi bilardi. Bu jihatdan otasi Olaparga tortgan yedi. Olapar qo‘shni qishloqlik Abdurayim ovchining iti. Kuzda u bu tomonlarga qadam qo‘yganda, uning haybatli, ko‘rkam kelbatini ko‘rib, butun qishloq lol qolgandi. Olapar hovliga boshqa itlar kabi devor oshib yemas, to‘g‘ri darvo­zadan kirgan. Uy yegasining do‘q-po‘pisasiga zig‘ircha ye’tibor bermay, bamaylixotir yurib, tomor­qaga o‘tgan, kartoshkapoyada, o‘n chog‘li it qurshovida «nozlanib» yotgan qanjiqni bir zumda o‘ziniki qilib olgan.

Hali hech kimdan bu xil muo­malani ko‘rmagan Oqbo‘yin g‘azab va alamdan beixtiyor akillab yuborgandi. Akillagan sari izzat-nafsi allanechuk orom topib, ovozi o‘ziga xush yoqdi. Karim podachi Mallani qo‘yniga solib, yeshik ortida ko‘zdan yo‘qolmaguncha u tinchimadi.

Shu kundan ye’tiboran u hurishni o‘rgandi.

Oqbo‘yin dilxiralikni tez unutdi. Tag‘in tovuq pati bilan andarmon bo‘ldi. Ilgari bir nima bilan o‘ynashganda irillardi, yendi bo‘lar-bo‘lmasga akillashni odat qildi. Yepkin tovuq patini havolatganda, akillagancha ortidan quvlaydi, sakraydi, tappa bosadi, panjalari bilan piypalaydi va oxir-oqibatda hafsalasi pir bo‘lib, yendigina boshqa narsaga alahsimoqchi bo‘lganida, birdan tovuq patiga «jon» kiradi, shabadada «qanot qoqadi». Oqbo‘yin tag‘in unga tashlanadi. Tutadi, piypalaydi. Nimaligiga aqli yetmay garang bo‘ladi.



Chor atrofi baland devor bilan o‘ralgan tor joyida uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar to‘lib-toshib yotibdi. Shulardan biri burchakdagi teshikdan tez-tez mo‘ralab turadigan kattakon kalamush yedi. Oqbo‘yin unga nisbatan yaxshi munosabatda yedi, og‘a-inilariga tegajoqlik qilgandek, u bilan o‘ynashgisi keladi. Ammo kalamush kuchuk yaqinlashishi bilan ura qochadi. Yana biri ahyon-ahyonda tom boshida paydo bo‘ladigan targ‘il mushuk yedi. Mushuk oliftanamo qadamlar bilan devor ustidan yurib keladi-da, tomga sakrab, soatlab o‘ziga oro beradi. Yeng qizig‘i devor boshida o‘qtin-o‘qtin ko‘rinish beradigan babaq xo‘roz. U o‘ziga hayratomuz tikilib turgan Oqbo‘yinga boshini u yon-bu yon burib anchayin qarab qo‘yadi-da, qanotlarini tap-tap qoqqanicha, birdan qichqirib qoladiki, sho‘rlik Oqto‘sh qochaman deb o‘mbaloq oshib tushadi. Oqto‘sh jur’atsizligiga yarasha o‘lgudek bo‘shang – salga dodlaydi. Oqbo‘yin xuddi mana shunisiga ishqiboz, uni yerga bosib yezg‘ilashni yaxshi ko‘radi. Onasining xotirjam boqishlarida o‘z qilig‘iga rag‘bat sezgan sayin g‘ayrati yanayam jo‘shadi, oqibatda, onasi o‘rtaga tushishga majbur bo‘ladi. Qilg‘iliqni Oqbo‘yin qilib, gapni Oqto‘sh yeshitadi, bo‘shashmay, ket, lapashang!



Gohida shu ish ustida uy yegasining o‘rtancha o‘g‘li Rasul kelib qoladi. Ana unda ko‘ring tomoshani. Rasul ularni atay o‘chakishtiradi, ya’ni Oqbo‘yinni Oqto‘shni tagiga bosib g‘ashiga tegadi. Bundan Oqbo‘yinning g‘azabi shu qadar qo‘ziydiki, tutqundan bo‘shashi bilan sakrab turib, hech bir gunohi yo‘q inisini tishlab – tortqilay ketadi. Natijada, Oqto‘sh tashqariga chiqolmay soatlab biqinib o‘tiradi. Onasi in og‘zida cho‘zilib intiqom o‘tida yonayotgan Oqbo‘yinni ichkariga yo‘latmaydi, hovuridan tushishini kutadi. Oqbo‘yin alamidan Mallaga yopishadi. Ammo Malla bo‘sh keladiganlar xilidan yemas, «mushtga musht bilan» javob beradi. Ayniq­sa, kechagi janjal yomon bo‘ldi. Rasulning qutqusi bilan u Mallani yendi tagiga bosgan yedi, kutilmaganda o‘ng oyog‘i akasining jag‘lari orasiga tushib qoldi. Jag’ yemas, misoli qopqon, qani qo‘yvorsa. Angillab yubordi. Rasul uni yerdan ko‘tarib bag‘riga bosdi. Lat yegan oyog‘ini silab-siypadi. Mallani yesa tepib haydadi.

Rasul boshdanoq Oqbo‘yinga ayricha mehr qo‘ygan. Oqbo‘yin buni o‘zicha his qilgan sayin tantiqligi ortadi. Aslida, yeshikdan kirib keladiganlar orasida yeng g‘amxo‘ri ham Rasul yedi. Shu bois, bolaning kelishini Oqbo‘yin ilhaq kutadi. Kelavermasa, yeshik yoniga borib, tashqariga mo‘ralaydi. Tirqishdan keng hovlining bir burchagi – o‘choq boshi ko‘rinadi, xolos. U yerdan kunda uch mahal yaloqqa to‘kiladigan ovqat hidi keladi.

Tovuq pati joniga tekkach, Oqbo‘yin yeshik yoniga bordi. Tirqishga tumshug‘ini suqib g‘ingshidi. Tanish hiddan darak yo‘q, qadam tovushlari ham yeshitilmaydi. Rasul kelmaguncha, u yeshikdan nari ketmadi, goh g‘ingshib, goh akillab uni yo‘qlab turdi.

Nihoyat bu kech uning sabr kosasi to‘lib toshdi. Ortiq bardosh berishga o‘zida bo‘lak kuch topmadi. Supada uxlab yotgan bolani ko‘zi qiyib-qiymay, devor oshib ko‘chaga chiqdi. Ko‘chadan dalaga. Katta ariq bo‘yiga yetib bir zum to‘xtadi. Ariqdan nariyog‘i Mallaning tasarrufidagi yerlar. Xuddi shuni ta’kidlagandek fermaxona tomondan Malla hurdi. Ovozida yakka hokimlikka da’vat qorishiq. Aynan shu narsa Oqbo‘yinni fermaxona tomonga tortardi.

Tun oydin. Malla qishloqdan uzilgan qorani uzoqdanoq payqadi. Ovoziga hayrat indi. Qiziq, uning yeriga qadam qo‘ymoqqa jur’at yetgan kim bo‘ldi yekan? Azbaroyi tutaqqanidan bo‘g‘ilib qolayozdi. Quturib olg‘a intilarkan, yarim yo‘lga yetmay, beixtiyor to‘xtadi. Qaysi ko‘z bilan ko‘rsinki, qarshisidan hov birda oyog‘ini sindirgan bahaybat mahluq kelardi. Malla talvasada turib qoldi. Zora qaytib ketsa degan umidda Malla yer tirnab jon-jahdi bilan hurdi. Biroq raqibi pinak buzmadi, loaqal irillashni o‘ziga yep ko‘rmadi.

Malla nima qilarini bilmay tahlika og‘ushida turarkan, shu payt fermaxona tomondan yeshikning g‘ijirlab ochilib-yopilgan yelas-elasi yeshitildi. Shunda u birdan yengil tortdi. Raqibi ko‘ziga ortiq dahshatli ko‘rinmay qo‘ydi. Nima qilishini u yendi yaxshi biladi. Oqbo‘yinni chalg‘itib, fermaxona biqinidagi uycha yaqiniga olib borsa bo‘ldi, qolganinini Karim podachi yeplaydi. Hafta burun qo‘shni qishloqdan uloqib kelib qolgan kattakon sariq itnnig kuni ham shu tariqa bitgan yedi.



Malla kalta-kalta hurish bilan podachini voqeadan ogoh yetganicha sekin-asta chekina bordi.

Oqbo‘yin – sodda, firibni sezmadi. Intiqom tuyg‘usi vujudini shu qadar zabt yetgan yediki, pastak yeshikning qiya ochilganini ko‘rsa-da, ye’tibor bermadi. Mallani devorga siqib borarkan, odatdagidek, hamla chaqnab, o‘q ovozi qarsilladi. Yag‘iriniga cho‘g‘dek qadalgan zarbdan Oqbo‘yin yiqildi. Dimog‘iga o‘sha tanish miltiqdori hidi urilishi bilan dahshatga tushib, sakrab turdi. Og‘riqdan ham ko‘ra kutilmagan bu hodisadan qo‘rqib ketgan Oqbo‘yin raqibining ayovsiz talovlari ostida sharmandalarcha qochdi.

Badanidagi tish izlari tez bitib ketdi-yu, lekin o‘q teshgan jarohatiga qurt tushib, behad azob cheka boshladi. Ovqatga qaramay qo‘ydi. O‘n kun ichida avvalgi kelbatidan asar ham qolmadi.

Ota hali qaytmagan, onaning it bilan ishi yo‘q, yolg‘iz Rasulgina uning dardiga sherik, o‘zi bilganicha, qo‘lidan kelganicha muolaja qilardi. Oldiniga kul sepib yurdi, kul ham foyda beraver­magach, allaqayerdan bir shisha quyuq qoramtir, qo‘lansa dori topib keldi. Ammo doriniyam yordami tegmadi. Itning ahvoli kundan-kunga yomonlasha bordi. Oxir-oqibat Rasulning mol do‘xtiri – Salom pakanaga borib yalinishdan o‘zga chorasi qolmadi.

Salom do‘xtirni tomorqasidan topdi. U ikki ishyoqmas o‘g‘lini piyoz o‘toqqa qo‘yib, o‘zi kartoshka chopayotgan yekan. Otaning kayfi buzuq, bolalarining qovoqlari qizargan, kattarog‘ining yalong‘och sonida chiviq izlari shundoqqina ko‘zga tashlanib turardi.

Rasul yaqinroq borishga yuragi betlamay turganida, Salom do‘xtir uni ko‘rib qoldi.



— Nima kerak?

Rasul qimtinibgina unga yaqinlashdi.

— Kuchugimiz o‘lyapti, - dedi tomog‘iga yig‘i tiqilib.

— Nima qilay shunga? – Salom do‘xtir hayron bo‘ldi.

— Tuzating. Tuzatib bering.

— A! – hayratdan Salom do‘xtirning qoshlari chimirildi. Bu bolaning yesi joyidami o‘zi, degan ma’noda unga boshdan-oyoq tikildi. Shu damgacha unga hech kim itim kasal deb kelmagan. Allaqanday o‘laksa uloqchasi og‘riganda uning yeshigiga tanda qo‘yadigan odamlar iti dardga chalinganda parvo qilishmas, nari borsa, joni qiynalmasin, deya biror jar-parga chiqarib otib tashlashardi.

— Agar xo‘p desangiz, yevaziga piyozingizni o‘tab beraman, - dedi Rasul yalinchoqlik bilan.

Salom do‘xtir yendi unga ayricha qiziqish bilan tikilarkan, dimog‘ida hi-im, deb qo‘ydi.

— Tuzating, har kuni daladan sigiringizga o‘t yulib kelaman.

Salom do‘xtir ish desa tom oshib qochadigan o‘g‘illaridan kuygan yemasmi, bolaning bu gapi favqulodda mehrini qo‘zg‘atib yubordi.



— Anovilarga qarashib yubor-chi, keyin bir gap bo‘lar, - dedi kulimsirab.

Rasul hash-pash deguncha ikki pol piyozni o‘tab tashladi.

— Ana, ko‘rdilaringmi, qanaqa ishlash kerak,- dedi Salom do‘xtir o‘g‘illariga xo‘mrayib. Kimsan xola hayron: «Tovba, it molmidiki, do‘xtir ko‘rsa. Shu Salomniyam yosh bola fe’li bor-a».

Rasul do‘xtir aytganday qilib itning oyoqlarini kullakladi. Oqbo‘yin qarshilik ko‘rsatmadi, zero bunga holi ham yo‘q yedi. Taqdiriga tan bergandek, bir alpozda g‘ingshib yotaverdi.

Salom do‘xtir itning tum­shug‘ini tasma bilan sirib bog‘lagach, kattakon qora sumkasini ochdi. Boshda jarohatni obdon ko‘zdan kechirdi, so‘ngra qo‘lidagi yaltiroq tig‘ni shartta yaraga botirdi. Oqbo‘yin boshini ko‘tarib turmoqqa intildi.

— Lalaymay, boshidan tut! – deya buyurdi Salom do‘xtir. – Ustiga minib ol!

U imillagancha yaradagi qurt va sochma o‘qlarni bittalab terarkan, Oqbo‘yin ustidan Rasul­ni itqitib yubormoqqa intilar, to‘lg‘anar, ingrar, g‘ingshir, Salom do‘xtirga yeb-yutib qo‘ygu­dek tikilardi.

Nihoyat Salom do‘xtir jaro­hatini bog‘lab, o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Peshona terlarini bilagi bilan sidirarkan, chog‘roqqina shisha­dagi qoramtir dorini bolaga tutqazdi.



— Kunda uch mahal surasan. Aytgancha vaqti-vaqti bilan yarasiga siyib tursang ham bo‘ladi. Ha, nimaga ishshayasan? Voy-bo‘y, uyalib ketdilarmi? Seni qarayu, buning nimasi uyat. Agar bilsang, siydik yeng yaxshi malham, tez qotiradi. Jarohatiga tili yetganida sen bilan menga kuni tushib turmasdi, yalab-yalqab o‘zi tuzatib olardi.

Hafta o‘tib, jarohati xiyla bitgan Oqbo‘yin oz-ozdan ovqat yeydigan bo‘ldi.

Quvvatga kirgan sari o‘sha mash’um kecha xotirida tobora ravshanroq jonlana borib, Mallaga nisbatan adovati behad kuchaydi. Boz ustiga, keyingi vaqtlarda Malla battar haddidan oshgan, gohida uning ovozi shundoqqina qishloq yonidan, ko‘chalardan yeshitilib qolardi. Shunisi qiziqqi, uning sasi chiqishi bilan qishloq itlarining ovozi mayin tortar yoki butunlay o‘char, hatto yaltoqli akillashlarni ham yeshitish mumkin yedi.

Mallaga nisbatan zimdan kuch to‘play boshlagan Oqbo‘yin yendigi uchrashuv so‘nggisi bo‘lishini ich-ichidan sezar va shu kunning kelishini betoqat kutardi.

U zoriqib kutgan vaqt yetib kelganida, barglar sarg‘ayib, havo salqin tortgandi. Yendi Rasul hovlida yemas, uyda uxlardi. Shunga qaramay, Oqbo‘yin tunlarini deraza ortida o‘tkazardi. Yeski odatini hanuz tark yetmagandi u. It bir nimaga odatlandimi, uni hech kanda qilmaydi.



Bugun u derazada shu’la so‘nishi bilan devor oshib ko‘chaga chiqdi. G‘o‘zapoya g‘arami yonida qo‘shni it – To‘rtko‘zga ro‘para keldi. To‘rtko‘z g‘ajib turgan suyagini tashlab, dumini likillatgancha uni do‘stona qarshiladi. Yaltoqlanib iskalandi. Oqbo‘yin uni yoqtirmasdi, ortidan yergashgandi, irillab berdi: yo‘qol ko‘zimdan! To‘rtko‘z g‘ingshib qoldi. Oqbo‘yin ariq bo‘yiga yetib cho‘nqaydi. Muzdek yelga yuz tutib, hid oldi. Mallaning makkorligi yesida. To‘g‘ri bosib borishga yuragi chopmadi. Tadbir qidirdi. Ammo ming bosh qotirmasin, miyasiga jo‘yali bir fikr kelmadi. Alamidan uvlab yubordi. Uzoqdan Malla hurdi. Shundan so‘ng Oqbo‘yin tavakkaliga olg‘a yurdi. Saldan keyin o‘zi tomon shiqib kelayotgan Mallani ilg‘adi. Vujudi g‘azabga to‘lib, qadamini tezlatdi. Biroq Malla yugurib kelayotgan joyida taqa-taq to‘xtadi. Oqbo‘yin ildamroq harakat qilgandi, u shartta iziga burildi-da, qocha boshladi. Oqbo‘yin xatosini tezda fahmlay qolmadi. Qachonki, Malla o‘tgan galdagidek kalta-kalta hurganicha kimnidir ko‘makka chaqirayotganini anglagachgina, yana firib ishlatayotganini payqadi. To‘xtadi. Malla yesa yer tirnab hurgancha jig‘iga tegishda davom yetdi. Oqbo‘yin ilgari borishga yuragi betlamay birpas hardamxayol turarkan, noiloj iziga qayrildi. Oqbo‘yin o‘girilishi bilan yana ura qochdi. Quvib yetolmasligiga ko‘zi yetgach, Oqbo‘yin qishloq tomon yurdi. Malla ketidan qolmadi, chotidan olgudek bir vajohatda yergashib kelaverdi. Shunda Oqbo‘yinning ko‘ngliga shumlik oraladi. Avvaliga lo‘killadi, so‘ng chinakamiga qochgan bo‘ldi. Ariqqa yuz odimcha qolganda, Oqbo‘yin shartta iziga burildi-da, yashin tezligida unga tashlandi. Malla o‘zini o‘ng­laguncha bo‘lmay, Oqbo‘yinning o‘tkir tishlari bo‘g‘ziga qadaldi. Qaynoq qon hididan qutirib ketgan Oqbo‘yin zumda uni g‘ajib tashladi. Keyin sal chetlanib, raqibining jon talvasasida to‘lg‘anishlarini g‘olibona kuzatib turdi. Mallaning so‘nggi nolasi qanchalik ayanchli bo‘lmasin, ko‘nglida unga nisbatan tariqcha shafqat sezmadi. Qaytanga g‘alabadan sarmast holda jasad atrofini uch qur aylanib chiqdi. So‘ngra qishloqni boshiga ko‘tarayotgan ariq bo‘yidagi itlar to‘dasiga ye’tibor bermay, bir-bir bosgancha tepalik sari yurdi. Shunga qaramay, ko‘nglining bir cheti hanuz xira yedi. Zafar zavqidan to‘la bahramand bo‘lishga nimadir xalaqit berardi. Nimaligini bilmagan sayin xunobi oshib, oxir-oqibat uvlab yubordi. Uvlash barobarida fermaxonaga ko‘zi tusharkan, shundagina nimadan dilgirligini anglab yetdi.



Fermaxonada shunday bir kuch yashirin yediki, Oqbo‘yin shakl-shamoyilini to‘la tasavvur yetolmasa-da, qarsillagan ovozi, ko‘z olguvchi shu’lasi, yoqimsiz hidi, kuydiruvchi zarbidan g‘oyat darajada dahshatli narsa yekanini fahmladi. Uning nimaligini ko‘rmasdan, bilmasdan turib bundan keyin biron daqiqa ham xotirjam yurolmasligini his yetgan sayin tashvishi ortib, ko‘ngli g‘ussaga to‘lib borardi. Qiziq, nima yekan?

Oqbo‘yin tabiatan qanchalik jasur va dovyurak bo‘lmasin, uzoq ikkilanishdan keyingina bir qarorga keldi. Tepalikdan tushib har bir qadamini o‘ta yehtiyotkorlik bilan bosgancha fermaxona tomon yurdi. Fermaxonaga yaqinlashgach, cho‘zilib yotga­nicha tevarak-atrofni uzoq ko‘zdan kechirdi. Qator darchali oppoq devor bo‘ylab, dar­chalardan biriga yaqinlashdi. Ochiq deraza raxiga panjalarini qo‘yib, ichkariga mo‘raladi. Dimog‘iga o‘tkir shiptir hidi urildi. U bu yerda uzoq qolmadi. Devor yoqalab uycha tomon bordi. Yarim yo‘lga yetmay yanada sergak tortdi. Tumshug‘ini cho‘zib havoni iskadi. O‘sha tanish miltiq dori hidi uycha tarafdan kelmoqda yedi. Shu kech Karim podachi o‘q yasay turib, bir chimdim dorini yoqib ko‘rgandi. Tekshirmasa bo‘lmaydi, namiqqan dori pand berib qo‘yishi mumkin… Oqbo‘yin hidga yergashib yeshikkacha keldi. Bu yerda dori hidi boshqa hidlarga qorishib ketgandi. Ichkaridan yeshitilayotgan xurrak ovozini tinglagan sayin o‘sha sirli va dahshatli kuch butun borlig‘i bilan ko‘z o‘ngida gavdalana boshladi. Sirli kuch hech kutilmaganda odam bolasi bo‘lib chiqqanidan Oqbuyin o‘zida yo‘q quvonib ketdi. Odam bolasi bilan tenglashib bo‘lmasligini u allaqachon anglab ulgurgan. Dunyoda insongina istagan ishini qila oladi - xohlasa, bo‘yniga zanjir soladi, xohlasa, oyoqlarini kulluklab, yetini burdalaydi. Xohlasa... Xullas, yeng yaxshisi, ular bilan pachakilashmagani ma’qul. Tegmasang, tegmaydi.

Oqbo‘yin yo‘lni to‘g‘ri Sariqtepaga soldi. Osmon to‘la yulduzlarga boqqanicha o‘zga ohangda uvillab yubordi. Pastda qorayib turgan qishloqdagi itlarning uni o‘chdi. Loaqal birortasi po‘pisaga hurmadi. To‘rtinchi yo beshinchi ulishidan so‘ggina To‘rtko‘z yaltoqlanib javob qaytardi. Keyin unga boshqa itlar qo‘shildi. Go‘yo ular yangi «hukmdor»ni olqishlashar yedi.

... Uzoq cho‘zilgan qoraso­vuqdan so‘ng yerga birinchi qor tushdi.

Oqbo‘yin yomg‘ir nimaligini biladi, tumanni ko‘rgan, lekin bunisiga aqli yetmadi. Iskab ko‘rdi, yalab ko‘rdi… keyin ko‘nikdi. Ilk qor quvonchidan u ham bebahra qolmadi. Hovlida Rasul bilan rosa to‘polon qildi.

Biroq kechga borib yuragi o‘z-o‘zidan bezovta bo‘la boshladi. O‘yin ko‘ngliga sig‘may, bo‘yniga osilgan Rasulni siltab tashladi, ko‘p tirg‘almay nari tur, shusiz ko‘nglim siyoh. Rasul qorda cho‘zilib yotarkan, unga hayratomuz tikildi. Itni birinchi marta o‘ta bezovta va jonsarak holda ko‘rayotgan yedi. Oqbo‘yin oshirib yuborganini sezdi shekilli. Yarashuvdan so‘ng bola uni chanaga qo‘shdi. Avval hovli yuzida uchishdi, keyin ko‘chaga chiqishdi. Boshda bu yumush Oqbo‘yinga g‘alati tuyulgan bo‘lsa-da, so‘ng-so‘ng juda qiziqib qoldi. Rasulning mayliga bo‘ysunib, bolalarning ko‘zini o‘ynatib, qishloq ko‘chalarini bir aylanib chiqdi. Yevaziga bir changal qand bilan siylandi.



Kechki ovqatdan keyin Oq­bo‘yin odatdagi joyiga – deraza tagiga uzala tushdi. Qor yum­shoq, havo iliq yedi. Oqbo‘yin ko‘zlarini bir nuqtaga tikkancha, ichkaridan yeshitilayotgan sho­vurga quloq tutib yotarkan, birdan sergak tortdi. Ustiga qo‘ngan qorni silkib tashlab, oyoqqa qalqidi. Nafasini ichiga yutib, quloqlarini ding qildi: ko‘p o‘tmay cho‘ziq ulish ovozi yana takrorlandi. Oqbo‘yin itnikiga o‘xshab-o‘xshamay ketadigan bu nido zamirida yurakka vahima soluvchi nimadir borligini ilg‘ar-ilg‘amas, qishloq itlari jazavaga tushib qolishdi. Oqbo‘yin boshini bir yon qiyshaytirib, itlar ovoziga diqqat qilarkan, ularning ovozida bezovtalik sezdi. Bunga sari goh aniq, goh yelas-elas yeshitilayotgan ovoz yegasi tasavvurida g‘aroyib va dahshatli mahluqqa aylana bordi. Qo‘rquv bilmas yuragiga qiziqish oraladi. Shu qiziqish halpida devor oshdi. Ko‘cha va daladan o‘qdek uchib o‘tib, tepalikka intildi. Chor atrofga alanglab, havoni iskadi. Qor hididan bo‘lak hidni tuymay, norozi g‘ingshidi. Shu dam hazin ulish yana qaytarildi. Oqbo‘yin uning qaysi tarafdan kelayotganini anglab ulgurmay, kun botish tomondan yana biri quloqqa chalindi. Dasht oppoq qor, Oqbo‘yin ikki qishloq oralig‘idagi do‘ngda qorayib turgan sharpani bazo‘r ilg‘adi.

U o‘sha tomonga yugurmoqchi bo‘lgan joyida beixtiyor to‘xtadi. Qorani Olapar deb o‘yladi, shuningdek, dov to‘kib borishga o‘zini haqsiz sezdi. Nimaga deganda, do‘nglikdan naryog‘i Olaparga daxldor. Bu haqda Olapar o‘tgan gal o‘ta jiddiy bir tarzda ogohlantirganki, uning o‘sha paytdagi holati hanuz Oqbo‘yinning ko‘z o‘ngida, yeslasa yeti junjikadi.



Ikki haftacha burun sutdek oydin tunlarning birida Oqbo‘yin o‘z tasarrufidagi yerlarni aylanib yurib, tasodifan otasiga duch kelib qoldi. Olapar do‘ngda qir tarafga tikilgancha cho‘nqayib o‘tirgan yekan. Oqbo‘yin avvaliga ye’tibor bermadi. Qurigan oqquraylar oralab do‘nglikka ko‘tarilarkan, to‘satdan mixlangandek qotib qoldi. Qaysi ko‘z bilan ko‘rsinki, qarshisida o‘zi o‘ylaganchalik jo‘ngina it yemas, bahaybat maxluq savlat to‘kib turardi. Jismi go‘yo po‘latdan quyilgandan, har mo‘yidan kuch yog‘iladi. Ko‘z­larida yesa na g‘azab, na adovat – jiddiy osoyishtalikdan o‘zga narsa aks yetmasdi. O‘z kuchiga behad ishongan jonivorgina mana shu tarzda xotirjam boqa oladi. Oqbo‘yin olg‘a borishniyam, chekinishniyam bilmay turganida notanish itning jiddiy nigohlarida, kimsan, bu yerga qanday kelib qolding, degan ma’noni uqdi. Bu xil sokin va bosiq muomala kamdan kam itning qo‘lidan keladi. Bunday damlarda aksariyat itlar darhol po‘pisaga o‘tadi, kuchi yetsa-yetmasa hamla qilmoqqa tirishadi.

Oqbo‘yin tabiatan og‘ir yemasmi, jizzakilik qilmadi. Kalta akillash bilan javob qaytardi. Notanish itning kalomi unikidan ham qisqa bo‘ldi: «Vov!» Bu tarzdagi muloqot odamlarga bir xil tuyulsa-da, ovozning baland-pastligiga qarab, turli ma’noni anglatadi. Deylik, agar it boshini xiyol quyi yegib, vov desa, qani, jo‘nab qol, degan ifodani bildiradi. Yohud, ko‘kka tumshuq cho‘zib, shu xilda hursa, qani, yaqinroq kel, turqingni bir ko‘rib qo‘yay, degani bo‘ladi. Shundan so‘ng bir-biriga yaqin kelib, obdon iskanishadi. Bu vaziyat o‘ta xavfli. Biron tomon jindek qo‘pollikka yo‘l qo‘ysa, tamom-o‘rtada naq qirg‘inbarot yuz beradi.



Haytovur, ular o‘rtasidagi bu holat tinch va osoyishta o‘tdi. Tabiiy, tomonlar qon-qarin­doshligini bilishmadi, ammo kuch-quvvatda bir-biridan aslo qo­lishmasligini anglashdi. Shuning uchun ham Olapar hissiyotga yerk bermay, do‘ngdan nariga o‘tish yaxshilikka olib kelmasligini bosiqlik bilan anglatib bildirdi. Bu bilan qanoatlanib qolmay, yer tirnab belgi yasarkan, tuprog‘ini bu tomonga sochdi. Oqbo‘yin ham rizolik alomatida tirnalgan yerga panja botirib, u tarafga tuproq to‘zg‘itdi.

Shundan keyin ular tinchgina ayrilishdi. Do‘ngning uchdan ikki qismi Olaparning chekiga o‘tdi.

Hozir Olapar do‘nglikning o‘ziga tegishli tomonida turardi. Hovliqishu jazavaga tushishga asosi qolmagan Oqbo‘yin noiloj yerga cho‘karkan, birdan sergak tortdi. Yendi ko‘lanka ikkitaga aylangan va ular do‘ngning berigi betida g‘imirlashardi. Buni ko‘rgach, Oqbo‘yin ular tomon o‘qdek uchdi, yarim yo‘lga yetmay, hali o‘zi uchun butunlay notanish bo‘lgan hidni tuydi. Ajabsinib to‘xtadi. Havoni qayta-qayta iskadi. Yo‘q, bu Olaparning hidi yemas. Unda nimaniki bo‘ldi yekan? Oqbo‘yin yugurishda davom yetarkan, azbaroyi g‘azablanganidan, jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi, ya’ni odatiga xilof ravishda hurdi. Turgan gap, bo‘ri zoti itning qanaqaligini ovoziga qarab biladi. Kuch jihatdan ustun bo‘lgan itga hech qachon ro‘baro‘ kelishmaydi. Ularning makkor­ligiyam shunda. Yovuzligi tufayli hujum qilsa, makkorligi tufayli jon saqlaydi.



Oqbo‘yin soyga yenib, yalan­glikka ko‘tarilganda, do‘ngda jon asari ko‘rinmasdi. U chopib borayotgan joyida baland-baland sakrab, tevarakka alanglagancha raqiblarini qidirdi va qir tomon yo‘rtib ketayotgan ikki qorani ko‘rdi. Yo‘lni o‘sha tarafga soldi. Yetolmadi. Bo‘rilar qir oshib, ko‘zdan yo‘qoldilar.

Shundan ye’tiboran, Oq­bo‘yinning notinch va behalovat tunlari boshlandi. Bo‘rilar kunda bo‘lmasa-da, kunaro qishloq tomon yenishar, bir kechasi yesa ikki birday iti bor qo‘tondan uch-to‘rt qo‘yni bo‘g‘izlab ketishdi. Oqbo‘yin o‘zi sezmagan holda dashtning haqiqiy qo‘riqchisiga aylandi. Har kech derazadan shu’la so‘nar-so‘nmas, dashtga chiqib ketar va tong-azonda bir ahvolda qaytar yedi. Hovliga kirishi bilan deraza tagiga kelar, nafasini ichiga yutib, ichkariga quloq tutar va Rasulning bir maromda pishillashini yeshitgandan so‘nggina ko‘ngli xotirjam tortib, pinakka ketardi.



Oqbo‘yin bo‘rilar bilan quv­lashaverib, ularning yo‘lbo­shchisini yaxshi tanib oldi. U Karim podachini qon qaqshatgan o‘sha yirik Yoldor bo‘ri yedi. Makkorlikda uning oldiga tushadigani yo‘q yedi. Raqibini chalg‘itish uchun u shunday hiylalar o‘ylab topardiki, oqibatda, Oqbo‘yin laqillab qolaverardi. Masalan, bo‘rilar qo‘ton ora­lagan kecha Yoldor yeng yepchil sheriklaridan birini Oqbo‘yinga ro‘para qilib qo‘ydi-da, qolganlari bilan suvsiz soy o‘zanidan pisib kelib, bir necha sovliqni tinchitib ketdi. Bu paytda Oqbo‘yin qirdagi bo‘ri bilan andarmon yedi.

Oqbo‘yinning bo‘rilarga nis­batan g‘azabi boshda shunchaki o‘chakishish tufayli yedi. Qachonki, jar tubida yeshak jasadiga duch kelgandan keyingina unda nafrat uyg‘ondi. Kuni-kecha fermaxona tevaragida o‘ralashib, mollarning nishxo‘rdiga qanoat qilib yurgan bu beozor, beziyon jonivorni xomtalash ko‘rib, dastlab g‘oyat hayratga tushdi. Negaki, umri bino bo‘lib hali biron tirik jonni bu ahvolda ko‘rmagan yedi. Boshiyu qovurg‘alarini demasa, sho‘r­likdan hech vaqo qolmabdi.



Oqbo‘yin jasadga yaqin kelmay, uning atrofini aylanarkan, bo‘ri hidini ilg‘ab, battar taajjublandi. Ishongisi kelmay g‘ingshidi. Shu choqqacha bo‘rilarni qishloq itlari kabi ojiz va qo‘rqoq sanab kelardi. Ko‘rdiki u o‘zga hid istab, harchand iskalan­ma­sin, bo‘ri hididan bo‘lak hid ololmadi. Qorasini ko‘rishi bilan shataloq otib qochadigan raqiblarining yirtqichligiga to‘la amin bo‘lgach, u alam bilan uvlab yubordi. Tumshug‘ini ko‘kka cho‘zib-cho‘zib uvlarkan, tuyqusdan nigohidan qo‘rquv va dahshat ifodasi qotib qolgan jasad ko‘ziga tushib, beixtiyor yeti seskandi. Yesida, bunday nigohlarga ko‘p bor duch kelgan, lekin Mallani hisobga olmaganda, birortasiga ziyon yetkazmagan, po‘pisa bilan cheklangan, xolos.

Tirik jonni Oqbo‘yin ikki toifaga ajratadi: biri beziyon jonivorlar, odam bolasi ham shunga kiradi, ular hatto tishlashga arzimaydi. Ikkinchisi – Mallaga o‘xshash badxulq mahluqlar, ularni yo mahv yetmoq lozim, yo bo‘ysundirmoq. Aks holda huda-behuda jig‘ingga tegaverib, tinchingni buzadi. Yoz bo‘yi qilgan beminnat mehnati yevaziga yegasi uni qish oldi ko‘­chaga haydab yuborgandi.



Oqbo‘yin xumday boshini oyoqlari ustiga qo‘yganicha jasadga tikilib yotarkan, agar ojiz bo‘lgan taqdirida o‘zining ham qismati mana shu tarzda yakun topishini to‘la his qildi. Uyga qaytgisi kelmay, bo‘rilar izidan tushdi. Qir bag‘ridagi tepalikda izlar shu darajada chalkashib ketgan ediki, u qay tarafga yurarini bilmay, garang turib qoldi. Cho‘nqaygan ko‘yi atrofni kuzatarkan, tong g‘ira-shirasida Qorovultepadan pastga yenib borayotgan Olaparni ko‘rdi. Bo‘rilar kelib uning ham tinchi buzilgan yedi.

Yoldor har qancha ustamonlik qilmasin, baribir Oqbo‘yin uning yo‘nalishini aniqlashga muyassar bo‘ldi. Bo‘rilar qirdan jar ichi bilan yenib kelishardi-da, tepalikda to‘xtashardi. Xiyla taradduddan so‘nggina biron manzilni qora tortishardi. Ularning yurishi Olapardan ko‘ra Oqbo‘yinning chekiga ko‘proq to‘g‘ri kelardi. Tunlari uzluksiz davom yetayotgan bu jangu jadaldan odamlar mutlaqo bexabar, itlar yesa ogoh, ammo ko‘makka chiqishga birortasi ham jur’at yetmasdi. Xanuz ahdidan qaytmagan Karim podachi Oqbo‘yinni yo‘q qilish payida tunlari miltig‘iga to‘ng‘iz o‘qi joylab qo‘yishni kanda qilmasdi.



Tunlari besamar izg‘ishlar joniga tegib, Oqbo‘yin yo‘l poylamoqqa ahd qildi. Tabiiy, u qurbonlar uchun yemas, raqiblarining behad surligidan, boz ustiga, qanchalik yelib-yugurishiga qaramay, osongina laqillatib ketishlaridan alamda yedi. Oqbo‘yinda tabiiy kuch, jasorat bisyorlikka bisyor yediyu, lekin hiyla kam, Yoldorning xilma-xil nayranglari oldida dovdirab qolardi. Ana shunday kezlarda u butun quvvatini ovoziga beradi, ya’ni biror tepalikka chiqadi-da, cho‘nqaygancha osmonga qarab uliydi. Yoldorni nomarddan olib, nomardga solgancha, uni ochiq jangga chorlaydi. Turgan gap, Yoldor uning nodonligidan bo‘rilarcha kuladi, gohida yesa bu xil vaziyatdan ustalik bilan foydalanadi.

O‘tgan kuni shunday bo‘ldi. Qishloq yaqinidagi tepalikda tumshug‘ini ko‘kka cho‘zib obidiyda qilayotgan Oqbo‘yin tuyqusdan javob chorlovini yeshitib qoldi. Avvaliga quloqlariga ishonmadi. So‘ng nafasini ichiga yutib, vujudi quloqqa aylandi. Sal o‘tmay nido yana takrorlanadi. Ovoz kelayotgan tomonni ha deganda aniq­layver­magach, Oqbo‘yin shamolga yuz o‘girib, havoni iskadi. Dimog‘iga oq­shomda bolalar jar ichida yoqqan gulxandan qolgan kuyindi hidi urildi. Bir ozdan so‘ng uning o‘rnini silosning o‘tkir hidi yegalladi. Tepa yetagidan o‘tgan yo‘ldan silos to‘la qop ortilgan yeshagini qichab borayotgan ko‘lankaga nazar solarkan, Oqbo‘yin norozi g‘ingshidi. Qishloq tomondan jur’atsizgina hurayotgan itni tiriklayin yeb-yutib qo‘ygudek yedi.



Nihoyat navbatdagi chorlov­dan so‘ng ovoz yegasi Qoravultepadaligini fahmladi. Tepagacha bo‘lgan masofada chuqur jarlik, past-baland do‘ngliklardan iborat keng dasht yastanib yotardi.

Azbaroyi hovliqqanidan Oqbo‘yin so‘qmoqni adashtirib qo‘yib, tir jarlikdan quyiga uchib tushishga bir bahya qoldi. Jar labida bazo‘r to‘xtarkan, qop-qora bo‘shliqqa ko‘zi tushib, yuragi orqasiga tortib ketdi. Ortiqcha shashqaloqlik yaxshilikka olib kelmasligini angladi. Qolgan masofani ko‘pda o‘pkasini qo‘ltiqlamay, xiyla xotirjam bosib o‘tdi. Oshiqib nima qiladi, axir raqibi qochayotgani yo‘q, aksincha jangga chorlamoqda-ku. Ammo uning ahvolini ham tushunmoq kerak, negaki, chorlov hech kutilmaganda yuz beradi-da. U bunday bo‘lishini kutmagan, kutmagani uchun ham intiqom zavqidan yuragi toshib borardi.

Ammo manzilga yetib kelarkan, birdan hafsalasi pir bo‘ldi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, tepalikda uni Yoldor yemas, yirik bir maxluq kutib turardi. Butun g‘azabi Yoldorga qaratilgani tufayli Oqbo‘yin to‘dadagi boshqa bo‘rilarga nisbatan aytarli darajada adovat sezmasdi. Tunlari dashtda qora quyunday izg‘ib yuradigan to‘da orasidan faqat Yoldornigina ko‘zi ko‘rar, shuningdek, to‘dani harakatga keltiruvchi asosiy kuch Yoldor yekanini, agar u mahv yetilsa, qolganlari qaytib bu tomonlarga dorimasligini his yetardi.



Bo‘rilar ko‘pchilik bo‘lishiga qaramay, unga yuzma-yuz kelishdan mudom qochishardi. Aslida bunga ularning jur’atsizligi yemas, Yoldorning tadbirkorligi sabab yedi. Zo‘r oldida dum qisishdek itlarga xos zaiflik bo‘rilarga ham yot yemas. Keksa makkor bo‘ri har qanday to‘qnashuv o‘zining halokati bilan yakunlanishini, Oqbo‘yinning o‘tkir tishlari, bo‘g‘ziga qadalishi bilan sheriklari tumtaraqay bo‘lishini yaxshi biladi. Boz ustiga, Oqbo‘yin tabiat saxiylik bilan in’om yetgan kuch-qudratga yega. Bunday itlar yuzdan, hatto mingdan bitta bo‘ladi. Odamlar ularni alohida ye’zoz va hurmat bilan «arslon» yoki «sirtlon» deb ataydilar. Bo‘ri zoti ulardan iloji boricha uzoqroq yurishga harakat qiladi. Yoldorning surbetligiga kelsak, gap shundaki, Oqbo‘yin hali xom, hayotiy tajribasi kam, agar oyoq ildam bo‘lsa, hozircha uni istagancha laqillatish mumkin. Ammo keyinchalik bu tomonlarga, yaxshisi, dorimagani ma’qul. Negaki, vaqt o‘tgan sayin u tobora pishib yetilib boradi. Ana unda har qanday ayyorlik zig‘ircha ish bermay qoladi. Oqbo‘yin otasidek kamhafsala yemas, Yoldor Olaparning ana shu kamchiligidan foydalanib, goh-gohida uning yerlariga ham bosh suqib turadi. Yaxshiyamki, bo‘rilarning baxtiga ikki qo‘chqorning boshi bir qozonda qaynamaydi. Qaynasa bormi?



Quvg‘inga uchragan kezlari Yoldor tabiatning bu qadar tentakligidan xafa bo‘lib ketardi. Mislsiz kuch-qudratini Oqbo‘yinga berguncha o‘ziga bermaydimi. Bu ne holki, besh birday jondor allaqanday bir itdan qochib yursa. Aslida Yoldor tabiatning bu ishidan nolimasa ham bo‘ladi. Tabiat kuch-quvvat bobida Oqbo‘yinga qanchalik himmat qilgan bo‘lsa, makkorligu tadbirkorlik, ziyrakligu hushyorlik borasida Yoldordan ham o‘z sahovatini ayamagan yedi. Yoldor shu xususiyatlari tufayligina o‘z rizqu ro‘zini terib yurardi. Masalan, u qopqon degan narsani yuz odimdan sezadi. Temir iskanja qanchalik ustalik bilan ko‘milmasin, unda o‘tirib qolgan turli hid yuzada qolaveradi-da. Ovchi masalasiga kelsak, Yoldor qadam olishidanoq uning qanday odam yekanini bilib oladi. Xashaki itlarni pisand qilmaganidek, havasmand ov­chilardan ham sira cho‘chimaydi. Yomon ko‘rgani – sirtlon it. Agar oyoqlari yepchil bo‘lmasa, bu balodan qutulmoq mushkul. Shuning-chun uchrab qolsa, ularni kuchukvachchaligidayoq gumdon qilishga harakat qiladi. Bu damgacha to‘rttasini quritdi. So‘nggisini o‘tgan ko‘klam boshida daf yetgandi.

O‘sha kezlari Yoldor to‘dasi bilan tog‘da izg‘ib yurardi. Tunlardan birida tog’etagidagi qishloqqa yenayotib, itlar shovqini orasidan ingichka, o‘ktam ovozni ilg‘ab qoldi. Sezdi. Shu yaqin orada bo‘lg‘usi kushandasi voyaga yetmoqda. Agar hozir harakatini qilmasa, keyinchalik bu yerlardan qadamini uzishga to‘g‘ri keladi. To‘xtab, ovozga quloq tutarkan, qorin g‘amini unutdi. Sheriklarini archazorda qoldirib, yolgiz o‘zi qishloqqa yendi. Itlarning diqqati archazorga qaratilganidan foydalanib, tor ko‘chaga sho‘ng‘idi. Qishloq mast uyquda. Kelayotgan balodan butunlay bexabar, ovoziga zo‘r berib akillayotgan qop-qora kuchukvach­chani u osongina topdi. Avvaliga pastak devor osha hovlini obdon ko‘zdan kechirdi. Keyin yengil sakrab, toshsupa ustiga tushdi. Kuchuk­vachcha akillagancha uy tomon tislandi. Yoldor shoshilmay oldinga yurdi. Bunday paytda oshiqishni yomon ko‘radi. Intiqom daqiqalarini iloji boricha uzoqroq cho‘zishga harakat qiladi. Axir vaqti kelib, tengsiz qudratga yega bo‘ladigan jimitdek vujudning qaynoq qonini hovliqmay, oshiqmay ichmoqqa nima yetsin. Ammo uch-to‘rt odim o‘tmay, ko‘ngli andak xatar sezgandek bo‘ldi. Qadamini tezlatdi. Kuchukvachcha uydan oshxona tomonga qochdi. Yoldor ikki sakrashda unga yetdi-da, yag‘rini aralash bo‘ynidan xippa tishladi. Tishlari orasida nozik suyaklar qisirlab, kuchukvachcha angillab yubordi. Xuddi shu payt uy yeshigi sharaqlab ochildi-da, ostonada yarim yalang‘och miltiq tutgan odam paydo bo‘ldi. Yoldor o‘ljasini og‘zidan qo‘ymay, yashin tezligida hovlini kesib o‘tib, devorga sakradi. Ulgurmadi, miltiq varanglab, quymichiga urilgan kuchli zarbdan ko‘cha yuziga ag‘darilib tushdi. Hartugul oyoqqa qalqishga kuch topti. Qishloq itlari yes-hushini yig‘ib olguncha bo‘lmay archazorga yetib olishga ulgurdi.



Oqbo‘yinning qishlog‘i tog‘dan ancha berida, ko‘klam keldi deguncha bo‘ri zoti bu tomonlardan oyog‘ini uzadi. Aks holda u ham Yoldorning nazaridan chetda qolmagan bo‘lardi.

Oqbo‘yin raqibiga yetmay, taajjub og‘ushida xiyla berida to‘xtadi. Jangga chorlagan shumi yo boshqasimi degan xayolda tevarak-atrofga ko‘z yugurtirdi. Og‘ir tun pardasi ostida mudrayotgan dashtda begona qorani ilg‘amagach, fursatni qo‘ldan boy bergisi kelmay, darhol hujumga shaylandi. Biroq raqibi allaqachon tepadan yengan, ortiga qaray-qaray dasht bo‘ylab yo‘rtib borardi. Ularni kam deganda yuz yellik odim masofa ajratib turardi. Oqbo‘yin oyog‘iga zo‘r berdi. Shu tobda u yirtqichlik mayliga berilgan azbaroyi intiqom o‘tidan yonganidan ko‘ziga jondordan o‘zga narsa ko‘rinmas, tezroq raqibiga yetishu tomog‘idan xippa bo‘g‘ib, jon talvasasida tipirchilashini tomosha qilishdan boshqasini o‘ylamasdi. Ammo qanchalik harakat qilmasin, oraliq masofa qisqaray demasdi.

Bo‘ri yo‘lni o‘ngga solib, qir tomon qochdi.

Ular shu tarzda quvlashib, birinchi, ikkinchi, nihoyat uchinchi qirni ham bosib o‘tdilar, lekin oraliq deyarli o‘zgarmasdi. Oqbo‘yin jon olish qasdida harchand urinmasin, raqibi ham jonini asrash g‘amida undan jadalroq harakat qilardi.



Uchinchi qirdan narisi Oqbo‘yinga notanish joylar. Oqbo‘yin u tomonlarda biror marta bo‘lmagan. Shuning-chun qadamini sekinlatib, xarsangtoshga yetganda to‘xtadi. Bir oz nafas rostlab iziga qaytdi. Ikkinchi qirga yetmay raqibi ortidan qolmay kelayotganini payqadi. Qayrila solib yana quvladi. Bu safar to‘rtinchi qir yetagigacha quvlab bordi. Keyin bu hol yana bir bor takrorlangach, Oqbo‘yin tag‘in hiylaga yo‘liqqanini angladi. Ammo u kechikkan, Yoldor sheriklari bilan tovuqboqarning yechkisini allaqachon tinchitib bo‘lgandi. Oqbo‘yin ularga jarda duch keldi. Qorni to‘q raqiblari, odatdagidek, u bilan pachakilashib turmay, jar yoqalab qochib qolishdi. Oqbo‘yin birinchi qirda qolib, alamidan sahargacha uvlab chiqdi.

Tongga yaqin qishloqqa yenarkan, fermaxona yonidan o‘tayotib, Oqbo‘yin birdan hushyor tortdi. Yeshikda timirskilanib yurgan Karim podachi uni ko‘rib uychadan miltiq ko‘tarib chiqqandi. Yegasidan pishang olgan kattakon ola it (Mallaning o‘limidan so‘ng podachi uni qo‘shni otardan olib kelgandi) vovullagancha unga tomon yugurib kelardi. Oqbo‘yin unga ye’tibor bermay, so‘lga burildi-da, o‘q yetmaydigan joygacha yo‘rtib berib, so‘ng bamaylixotir yo‘lida davom yetdi. Og‘zidan o‘t purkovchi qora kaltak uzoqdan xavfsiz yekanini u allaqachon fahmlab yetgandi.



Karim podachi itning yo‘liga astoydil ko‘z tikmayotgan bo‘lsa-da, jonini olmoqdan aslo voz kechmagan yedi. Ko‘r yemas, Oqbo‘yinning xatti-harakatlarini ko‘rib, bilib turardi. Bilgani uchun ham ich-ichidan zil ketar, shunday bir it o‘ziniki bo‘lmaganidan yuragi kuygani kuygan yedi. Hozir ham Oqbo‘yinning ortidan havas bilan qarab qolarkan, akillay-akillay iziga qaytib, oyog‘i ostida o‘ralasha boshlagan itining biqiniga jahl va zarda bilan tepib yubordi. It vangillagancha fermaxona ortiga qochdi. Podachi qolgan alamini yog‘och oxurni suzib sindirgan buqadan oldi – kurak ikki bo‘lak bo‘lguncha savaladi.

Oqbo‘yin xavfli joydan uzoqlashar yekan, daf’atan xayoliga kelgan o‘ydan sergak tortdi. Yoldorning izidan bekordan bekorga izg‘iyvermay, biror pana-pastqamda poylab qo‘lga tushirsa-chi? Ana Karim podachi uni qanchalik yomon ko‘rmasin, biror marta ortidan quvlaganini yeslayolmaydi, doim mushukday poylagani poylagan.

Oqbo‘yin aynan shunday fikr yuritmagan bo‘lsa-da, podachining harakatlari sabab raqibini quvlab yurmay, poylab qo‘lga tushirmoq lozimligini anglab yetdi. Qayerda poylashni yesa u yaxshi biladi. Ayniqsa, tom boshida targ‘il mushukning qilig‘ini kuzatgandan so‘ng, fikri yana qat’iylashdi.



Mushukka u tasodifan alahsidi. O‘sha kuni qornini to‘ydirib, oftobro‘yada cho‘zilib yotgandi. Somonxona yonida chumchuq poylayotgan targ‘ilga ko‘zi tushib qolib, qiziqsingancha uning harakatlarini kuzata boshladi. Tomning nishabi hovliga qaragani uchun undagi narsalar yaqqol ko‘zga tashlanib turardi. Og‘ilxona tomidagi pichan g‘arami yonida donlab yurgan chumchuqlar mushukni sezmay qolishdi. Targ‘il o‘qdek otilib, ulardan birini tutib oldi. Ikki soat ichida bu hol yana takrorlandi.

Yertasi u chiroq o‘chishini kutmay dashtga chiqdi-da, hech qayoqqa alahsimay, yo‘lni katta jarga soldi. Uzun jarlik bu yerda ikkiga bo‘linib, bir uchi qirga borib taqalardi. Yoldor to‘dasini xuddi shu jar ichi bilan boshlab kelardi-da, shu atrofdagi tepaliklardan biriga ko‘tarilib, bir muddatlik ken­gashdan so‘ng biron manzilni qora tortardi.



Oqbo‘yin jar tubidagi qalin yulg‘unzorga yaqinlasharkan, ko‘z ostiga olib qo‘ygan yerida Olaparni ko‘rib hangu mang turib qoldi. Olapar kalta g‘ingshib, tajo­vuzkorona irilladi. Bu safargi g‘ingshishi ham yerkalanish, ham zorlanish ohangiga yo‘g‘rilgan bo‘lib, u Yoldordan shikoyat qilgan yedi. Oqbo‘yin ham xuddi shu tarzda javob qaytargach, ikkisi bir muddat iskashdilar. So‘ng Oqbo‘yin uning yoniga cho‘zildi. Ortiq bir-birlari bilan ishi bo‘lmay, tor so‘qmoqqa tikilib qolishdi.

Shu tariqa ular do‘stlashishdi. Ularning totuvligi vaqtincha yedi. Negaki, Olapar aqlli it, bunday paytda ishonchli sherik ziyon qilmasligini yaxshi bilgani uchun noiloj ro‘yxushlik bergandi. Boshqa vaqt uni yaqiniga ham yo‘latmagan bo‘lardi. Vujudidan kuch yog‘ilib turgan bu navqiron it unga sira yoqmasdi. Nimaga deganda, u boshqa itlar kabi yaltoqlanmas, joyi kelsa, haqini talab qilishdan ham qaytmasdi. Kim biladi, yerta-indin… bu tentakdan har narsani kutish mumkin.



Olapar ko‘z qirida sherigini kuzatarkan, ichida unga nisbatan hasadga o‘xshash nimadir tuydi. Qulog‘idan g‘archcha tishlab olishdan bazo‘r o‘zini tiyib, tag‘in yo‘lga ko‘z tikdi.

Tun yarmidan oqqanda Olapar to‘satdan bezovtalanib qoldi. Oqbo‘yin uning nimadan xavotirdaligini boshda tushunmadi. Tevarakka alang-jalang boqib, nima gap degan ma’noda sekin g‘ingshidi. Olapar qulog‘ini ding qilgancha yulg‘un novdalarining tebranishini kuzatar va tinmay havoni iskardi. Shundagina Oqbo‘yin qarshi tomondan yesayotgan shamol yo‘lini o‘zgartirganini payqadi. Mabodo Yoldor ularning hidini olsa, o‘laqolsa, bu tomonlarga yo‘lamasligini Olaparning xatti-harakatiga qarab angladi. Olaparning bezovtaligi mana shundan yedi.

Nihoyat bebosh shamol tag‘in yo‘nalishini o‘zgartirib, qarshidan yesa boshladi. Olapar tinchlandi, hatto Oqbo‘yinni beozorgina tishlab qo‘ydi. Pistirmada yotganda shamol asosiy rol o‘ynashini Oqbo‘yin shundagina bildi. Olaparning tishlashini ko‘pda yoqtirmay, ko‘ngilga og‘ir botmaydigan tarzda irillab, sal nari surilib yotdi.



Oradan ikki soatlar chamasi vaqt o‘tgach, shamol jondor hidini olib keldi. Hidni ilg‘ashlari bilan har ikkisi ham singib ketgudek yerga qapishdilar. Paxmoq junlari hurpayib dahshatli tusga kirdi.

Ko‘p o‘tmay muyulishda Yoldor ko‘rindi. Ortidan bo‘y-bastiga qarab yana to‘rt sherigi qator kelishardi. Aftidan qorinlari xiyla to‘q shekilli, qadam olishlari lanjroq, hatto uzoq-yaqindan yeshitilayotgan hamjin­­s­larining uvlashlariga ham ko‘pda ye’tibor berishmasdi. Saf oxirida kelayotgan jussasi kichikroq bo‘rining nimadandir beto­qatlanishini hisobga olmaganda, to‘da tinch va sokin vaziyatda olg‘a siljirdi.

Ammo pistirmaga yetmish-sakson odim qolganda Yoldor kutilmaganda sergak tortdi. To‘xtadi. Cho‘nqaydi. Tumshug‘ini ko‘kka cho‘zib, iskalandi. O‘tgan kuni Oqbo‘yinni ahmoq qilgan suyagi buzuq bo‘ri unga baqamti kelgach, ikkisi nima haqdadir uzoq kengashdilar. So‘ngra shamolda vahimali shovullayotgan yulg‘un­zorga tikilgancha turib qolishdi. Ularning nimadandir hadik olgani aniq yedi.



Yirtqichlar tabiatan juda bardoshli bo‘lishadi. Ana shu xususiyatlari tufayligina ular ko‘pincha hayotlarini xavf-xatardan asrab qolishadi. Ozgina shosh­qaloqlik yoki yehtiyotsizlik hamisha o‘lim bilan tugaydi. Yoldor ko‘ngil bezovtaligini aniq idrok yetolmagani uchun ham sabr qilishga qaror qilgandi. Bu yerda aql-idrokdan ham ko‘ra sabr-toqat ko‘proq ish beradi. Yulg‘unzorda mabodo ovchi bekingan bo‘lsa, baribir o‘zini bildirib qo‘yadi. Yoldor buni ko‘p sinagan. Agar it bo‘lsa, agar shunga jur’ati yetsa hademay irillagancha yugurib chiqadi. Qo‘pol bu jonivorlar kutishdan ko‘ra qutqu solishni afzal bilishadi. Ammo Yoldor bu gal adashgandi. Yulg‘unzor Olaparga yemas, Oqbo‘yinga yaqinligi tufayli hatto hurishga yerinadigan Olaparning bu yerga kelishini tasavvuriga ham sig‘dirolmasdi.

To‘g‘ri, u bekorga vaqt yo‘qotmay, yulg‘unzorni aylanib o‘tishi ham mumkin yedi. Unda ko‘ngliga shubha solgan xatar jumboqligicha qolib, keyin yuragi g‘ash tortib yuradi. Bundan tashqari, yana o‘tib-qaytishi bor. Agar xavfni bugun aniqlamas yekan, yertaga bu yerlarga qadam bosmoqni o‘ylamasa ham bo‘ladi. Chunki bir xavfdan bo‘ri zoti xiyla yet tashlaydi. Baxtga qarshi shamol ham uning zarariga ishlamoqda yedi.



Shu dam jussasi kichikroq yosh bo‘ri betoqatlanib oldinga o‘tgandi. Yoldor yumma talab berdi. Sherigi yesa beboshning yelkasidan g‘archcha tishlab chetga uloqtirdi. Odobsizligi uchun boplab ta’zirini yegan sho‘rlik g‘ingshiy-g‘ingshiy joyiga borib turdi .

Yoshlik – g‘o‘rlik, deb bejiz aytilmagan. Ayni paytda Oqbo‘yin ham o‘zini zo‘r-bazo‘r tiyib turardi. Agar qavatida Olapar yotma­ganida, u allaqachon hujumga o‘tgan va har galgidek besamar quvlashlar bilan tong ottirgan bo‘lardi.

Nihoyat, Yoldor joyidan qo‘z­g‘aldi. Yulg‘unzorda xavf yo‘qligiga imoni komil holda oldinga yurdi. Yosh bo‘ri uning ortiqcha yehtiyotkorligidan kulganday uvlab qo‘ydi.

Tepalikka olib chiqadigan so‘qmoq shundoqqina itlar yashiringan joydan o‘tardi. Mushaklari tarang tortilgan Oqbo‘yin sherigiga qararkan, uning oshiqmayotganini ko‘rib, hayron bo‘ldi. Agar bu hol yana bir daqiqa cho‘zilsa, u ortiq bardosh berolmasligini sezdi. Haytovur, Olaparning qaddi yerdan bir yenlik uzildi. Azbaroyi zo‘riqqanidan paylari bo‘rtib, yelkasiga tegib turgan yulg‘un novdasi titrab ketdi. Bu orada Yoldor juda yaqin kelib qolgan yedi.



Oqbo‘yin sakramoqqa yendi chog‘lagan ham yediki, oldinroq harakat qilgan Olapar uni turtib o‘tib, Yoldorga o‘qdek tashlandi. Oqbo‘yin sal narida sarosimada turib qolgan bo‘rilardan biriga hamla qildi. Bu o‘sha – suyagi buzuq ulkan bo‘ri yedi. Raqibi harchand chap berishga harakat qilmasin, bo‘g‘zini Oqbo‘yinning o‘tkir tishlaridan asrab qololmadi. It zumda uning bo‘g‘zini yorib tashladi. Oqbo‘yin yerda cho‘zilib qolgan bo‘riga qayrilib boqmay, ikkinchisiga tashlandi.

Ota-bola yulg‘unzorda uch bo‘ri jasadini qoldirib, ikki bo‘rini qirgacha quvib borishdi.

Uchinchi qordan so‘ng havo xiyla yumshab, hafta o‘tmay tizza bo‘yi qordan asar ham qolmadi. Qish o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, kutilmaganda kunbotishdan yesgan iliq shabadadan yer selgib, dala-dasht nimyashil tus oldi. Havoda ko‘klam hidi anqiy boshladi. Ammo bu holdan bolalarni demasa, kattalar mutlaqo quvonmadi. Negaki, havo shu tarzda yana uch-to‘rt kun turib bersa, dov-daraxtlar yoppasiga gulga kiradi-yu, navbatdagi qordan so‘ng hammasi yer bilan bitta bo‘ladi. Ko‘p­chilikning tirikchiligi bog‘dagi meva-cheva bilan. Ammo havoning keskin ilishi odamlarga ta’sir yetmay qolmadi: magazin oldi yosh-yalanglar bilan gavjumlashdi, chollar juvozxona qoshidagi odatdagi joyini yegalladilar, kampirlar urchug‘i-yu po‘stagini sudrab uydan supaga ko‘chdilar. Bolalarni-ku, qo‘yavering, shum­takalar daladan beri kelmay qolishdi. Oqbo‘yindan bo‘lak jamiki tirik jon iliq oftob nuridan bahra olmoqda yedi.



Shu kunlarda Oqbo‘yin mo‘jazgina yog‘och uychasida, qalin to‘shalgan poxol ustida dard azobini tortib yotardi. Yulg‘unzordagi zafari yevaziga u Karim podachi tomonidan to‘ng‘iz o‘qi bilan siylangandi. Yirik pitra o‘ng yelkasini titib yuborgandi.

Yulg‘unzor voqeasidan keyin Oqbo‘yinning shuhrati kutil­maganda oshib ketdi. Hammasiga Mamarajab juvozkash sababchi. U hafta, o‘n kunda bir Toshlisoyga qatnab turardi. Toshlisoyliklar boshqa yekinlar qatori zig‘ir, kunjut ham yetishtirishadi. Tutingan jo‘ralari juvozkashni yil-o‘n ikki oy zig‘ir bilan ta’minlab kelishadi. Albatta, tekinga yemas, ammo bozor bahosidan ancha past, buning ustiga mag‘zi to‘q, siqsang g‘archcha yog‘ chiqadi. Xullas, qishda nima ko‘p, to‘y ko‘p. To‘y oshi zig‘ir yog‘siz bo‘lmaydi. Mamarajab juvozkash zig‘ir umidida tong-saharlab yo‘lga chiqqandi. Katta yo‘ldan aylanib yurishga yerinib, ot boshini so‘qmoqqa burdi. Aslida doimo qatnaydigan yo‘li shu yedi-yu, lekin qish kezlari jar oralab, dasht oralab yurishdan o‘zini tiyib kelardi. Bu safar nima falokat bosib, shu yo‘ldan yurmoq istab qolganiga hanuz aqli yetmaydi. Jarga yetmay tong bo‘zardi, oydin kunda dashtda jondor nima qiladi, degan o‘yda yulg‘unzorga qadam qo‘yarkan, shu atrofda o‘ralashib yurgan Oqbo‘yinga ko‘zi tushib, yanada dadil tortdi. Ammo yulg‘unzorga kirar-kirmas birdan oti taysallab qolsa bo‘ladimi. Indamasa, iziga burilib qochadigan. Agar juvozkash itni ko‘rmaganida, otning ra’yiga qaragan bo‘lardi. Hozir yesa qahri qo‘zib ketdi. «Kelib-kelib itdan hurkasanmi. Harom qotgur», deya otni achchiq qamchi ostiga oldi. Tayoq jonidan o‘tgan sho‘rlik jonivor pishqira-pishqira noiloj oldinga yurdi. Otning qilig‘idan jahli chiqqan juvozkash uni maqtab sotgan Abdujalil qovchunni ham, uning gaplariga laqqa tushgan o‘zini ham changitib so‘kib borarkan, daf’atan ko‘zi tushgan manzaradan yesi og‘ib qolayozdi. Qaysi ko‘z bilan ko‘rsinki, bir yemas, uch bo‘ri cho‘zilib yotardi. Albatta, juvozkash ularni tirik gumon qildi. Shu sabab, beixtiyor ishtonini ho‘llab qo‘ydi. Uzoq yili dashtda bo‘rilarga yem bo‘lgan qaynisining fojiasi xayolidan chaqmoq yan­glig‘ o‘tarkan, ko‘ziga kenja nevarasi ko‘rinib ketdi. Uni qaytib ko‘rolmasligini o‘ylab, bo‘g‘ziga yig‘i tiqildi. Kalimaga tili kelmay, valdir-vildir qilarkan, yirtqichlarning harakatsiz yotganini payqab, u qor ustidagi qon izlarini, bo‘rilar tanasidagi jarohatlarni ko‘rdi. Shunda ham yaqinroq borishga yuragi betlamay, ot boshini ortga burdi. Hozirgina, juvoz haydamay men o‘lay, zig‘ir moy yemay odamlar o‘lsin deb turgan odam, yendi rasvo bo‘lgan ishtonidan boshqasini o‘ylamasdi. Bo‘rilarni o‘lik ko‘r­ganidan xudoga ming karra shukrlar qilardi.



Mamarajab juvozkash yo‘l-yo‘lakay Qahhor ovchi yeshigini qoqmasdan o‘tolmadi. Axir ko‘rgani hazilakam voqea yemas, buni birovga aytmasdan bo‘­larkanmi! Gap orasida, yuribsan-da, ovchiman deb, surishtirib kelsa bir itchalik chog‘ing yo‘q, deya Qahhor ovchini chaqib olishdan ham qaytmaydi. Uyiga yetguncha yana besh-olti kishidan «suyunchi» oldi. Qahhor ovchi itga meng­zalishidan xafa bo‘lib turmadi. Boshqa paytda-ku bu gapi uchun cholning yoqasini yirtgan bo‘lardi-ya, lekin hozir bunaqa past-baland gaplarga ye’tibor berib o‘tirishning vaqti yemasdi. Cholning qorasi o‘chishi bilan yulg‘unzorga jo‘nadi. Yo‘lda bo‘ri terisidan tushadigan foydani xomcho‘t qilib, dimog‘i chog’ bo‘ldi.

Bu yorug‘ olamda ovchi xalqidek hangomatalab odam kam topiladi. Qahhor ovchi terilarni ortmoqlab qishloqqa qaytarkan, ko‘ringanga Oqbo‘yinni tarifu tavsif yetib borardi. Oqshom Yerkin puchuqning maslahat oshida ham jag‘i tinmadi. Mamarajab juvozkash uni ma’qullab turdi. Gurungda it yegasining qanchalik bahri-dili ochilgan bo‘lsa, Karim podachiniki shunchalik xufton tortdi.

Oxiri bo‘lmadi, qarasaki, Qahhor ovchi hali-veri tinadigan yemas, podachi burchakdagi pechka qavatida issiq va maqtovdan terga botib o‘tirgan it yegasiga shum qarash qilib, ovchiga yuzlandi.



— Qahhorvoy, ishqilib, teri yaxshi pul bo‘ldimi?

— Bir navi. Nima yedi?

— Hammasini cho‘ntakka urgan chiqarsan?

— Nima, ko‘chaga tashlab qo‘yishim kerakmidi?

Karim podachi javobga shoshilmadi. Bolishni biqiniga tortib, yonboshlarkan, qanshari ostidan unga kinoyaomuz tikildi.

— Ko‘chaga tashlama, uvol bo‘ladi. Lekin teri puli it yegasiga tegishli yekanini unutganing chatoq bo‘pti. Hech bo‘lmasa, unga ulush berishing kerak.

Davraga sukunat cho‘kdi.

— Mayli, biz rozi.

O‘rtada o‘t chiqarish payida turgan podachi it yegasining bu gapini yeshitib, afti tirishdi. Nordonroq gap aytmoqchi bo‘lib so‘z qidirarkan, oraga Mamarajab juvozkash suqildi.

— Unda teri pulida mening ham haqim bordir-a, Karimboy? Axir ularni birinchi bo‘lib men ko‘rdim-ku!

— Bo‘lmasam-chi, - dedi ovchi qutquli ohangda.

— Hay, unda biz ham kechdik, olgan puli haloli bo‘lsin, - juvozkash shunday deya Karim podachi tomon o‘girildi. – Siz, Karimboy inim, buytib yo‘q yerdagi gapni kovlamang. Uyat bo‘ladi. Go‘ng titmoq tovuqqa yarashadi. Yurak yutib boribdimi, qandini ursin. Mana, biz yaqinigayam yo‘lolmadik-ku…



— Yendi siz… ayolmijoz odamsiz-da, boboy, - dedi podachi kulib. – Hech zamonda yerkak kishiyam o‘lgan jondordan qo‘rqadimi?

— Til qurg‘ur besuyak, og‘izga kelganini aljimang, inim, - dedi juvozkash og‘rinib. – Shu-u, sizga qarab turib fikr qilsam, Sodiqboyni iti sizdan yesliroqmi, deyman…

— Mengzamang, boboy!

— Unda siz ham sal yega bo‘ling. Tengquringiz yemasman! Ko‘p oldida buytib behurmat qilmang.

— Aqling-ku bilmadim-a, - deya gapga aralashdi Sodiq aka, - lekin sodiqlikka sodiq. Rasul degan ulimizga ko‘p qattiq mehr qo‘ygan, jonivor. Yotar joyin bo‘lak dema­sak, ikkisi doim birga. Qachon qa­rama, yetaklashib yuradi. Tunov ku­ni nega molni tagini tozalamading, deb uldi ozgina burovga oluvdim, irillab tarafini olib qolsa bo‘ladimi. Bolaga qo‘l ko‘tarsam, oladigan shashti bor. Qo‘rqdim urishga.



— Unaqa itni bahridan keching, Sodiqvoy, - dedi Yerkin puchuq. – Har mo‘yi tillaga teng bo‘lsayam, keching bahridan. Ko‘ngil bo‘shlik qilmang, oxiri yomon bo‘lishi mumkin. Hozir men sizga bir voqeani aytib berayinu xulosasini o‘zingiz chiqaring. Shaharda bir no‘g‘ay oshnam bor. Hov birda, katta uldi to‘yida ichib olib, ajab bir qiliqlar qilgan norg‘ul yigit-chi. Ana o‘sha jo‘ram itga juda ishqivoz yedi. Bir nemis ovcharkasi bo‘lgichi yedi. Odamday yesli. Kelvati naq yeshakday kelardi. Shu deng, bir kuni oshnam uyiga ko‘proq otib boribdi. O‘ziyam ko‘p ichardi, dayus. Ichib olib nuqul qo‘shiq aytardi. O‘sha kuni xotini sho‘rlikning kayfi buzuqroq yekanmi, oshnamni bir-ikki silkibdi. Turtkilab-surtkilab uyga olib kirmoqchi bo‘libdi. Jo‘ram ham ko‘nmabdi, xotini qistab qo‘ymabdi. Orada yelkasiga bir-ikki musht tushiribdi. Naryoqda kuchugi yotgan yekan, xotin yeriga qo‘l ko‘targan hamon sakrab turib. Shappa tomog‘idan opti. Yegang o‘lgur it kishiga avvalo mehr qo‘ymasin, mehr qo‘ymasin, mehr qo‘ydimi, qattiq qo‘yadi.

— Xotindan gapir. Xotin nima bo‘ldi?

— Nima bo‘lardi, balnisaga yet­may uzildi. Oshnam itni chavaqlab tashladi. Mana shunaqa gaplar.

— Itni do‘st deymizu, lekin ming qilsayam, hayvon-hayvon-da.

— Bunaqa yekan, it asrab nimaga kerak?



— Ie, hamma it bir xil deb o‘ylaysanmi? Mana, o‘zimizning ko‘ppaklar. Biror gap bo‘lsa, dumini qisib qochishdan boshqasiga yaramaydi.

— Lekin Sodiqniki sara it…

— Sodiqvoy, haligi gapingiz chin bo‘lsa, bu itni tezda yo‘qoting. O‘rniga yuvoshroq ko‘ppak asrang. Aytib bo‘ladimi, tag‘in….

— Haq gap…

— Yo‘qotib nima qiladi, - dedi Karim podachi gapga suqilib. – Undan ko‘ra menga beraqolsin.

— Tushingizni suvga ayting, - dedi it yegasi tumshayib.

— Bekorga harom qotmasin, deyman-da, uka.

— Kim yekan o‘sha harom qotiradigan?

— Xidir xira qo‘zg‘oladigan vaqt yaqinlashyapti.

— Tegib ko‘rsin!

— Chiranma. Qo‘lida qog‘ozi bor uning. Bet bo‘laman deb tag‘in melisaga tushib yurma.

— Qog‘ozini og‘ziga urib, ketiga tepib haydarman.

— Ko‘ramiz.

— Menga qarang, - it yegasi podachiga qattiq tikildi. – Qog‘ozi bor o‘sha nomard nega sizning itingizga tegmaydi, a? Yo itingizda shoxi bormi? Balki oyi bordir? Yo har safar tomog‘ini moylab yuborasizmi?



— Mening itim kolxoz mulkini qo‘riydi, nodon.

— Nima, meniki ammamning chorbog‘ini qo‘riyaptimi?! Kechalari dashtdan beri kelmaydi. Gir aylanib qishloqni qo‘riydi. Uch birdan jondor buning isboti. Qog‘ozi bor o‘sha ukag‘arga bu gaplarni aytsak, tushunar, axir. Kallasi bordir, ho‘l-quruqqa barobar o‘t qo‘ymas. Gapning sirasini aytsam, hadigim sizdan. Bilaman, anchadan buyon tish qayrab yuribsiz. Tag‘in uyalmay-netmay menga ber deganingizga o‘laymi!

— Sen bola, ko‘-o‘p achchivumni qo‘zitma! – g‘azabdan podachining rangi bo‘zarib ketdi. – Surishtirib kelsak, o‘sha axta bo‘lgir kuchugingni bo‘ynida itimning xuni bor. Otish kam, yetini nimtalasam, arziydi. Xudo nasib yetsa, bu ishni qilaman ham.

Sodiq aka boshmaldog‘ini barmoqlari orasidan chiqarib, qo‘lini podachi tomon cho‘zdi.

— Mana qilasiz!

— Karim podachi qo‘lidagi piyolani shaxd bilan otdi. Piyola tokcha qirrasiga tegib, sindi. Sodiq aka dasturxondagi chinni kosalardan birini qo‘liga oldi. Podachi irg‘ib o‘rnidan turdi.

— Qoch, yo‘limni to‘sma! – dedi oraga tushganlardan birining ko‘kragidan itarib. – Ketaman! Qolsam yomon bo‘ladi! Manovini tikkalay so‘yib qo‘yishim mumkin. Qo‘yvor qo‘limni! Qo‘limni qo‘yvor, deyapman!

— Sodiq seniyam yosh bola fe’ling bor-a, - dedi Qodir traktorchi uning qo‘lidan kosani tortib olarkan, biqiniga turtib. – Axir it sigir yemas-ku, buncha iching kuymasa, berib yubor. Bermasang, baribir boshini yeydi.



Kinoyani payqab, kimdir kuldi, unga boshqalar qo‘shildi.

Bu paytda Karim podachi ayvonda to‘ng‘illab, yetigini qidirardi.

U to‘g‘ri fermaxonaga keldi-da, oldindan tayyorlab qo‘yilgan bir juft cho‘chqa o‘qni miltiqqa joylab Oqbo‘yin tunlari chiqib ulib o‘tirishni xush ko‘radigan tepalik sari yurdi. Tepalikning qulayroq joyiga pistirma qo‘ydi. Bolalar kovlab tashlagan chuqurlardan biri unga juda qo‘l keldi. Boshqa vaqt allaqanday itni deb zax yerda dumalab yotmagan bo‘lardi. Lekin janjal tufayli anchadan buyon dilida tugib yurgan niyatini bu tun qanday bo‘lmasin amalga oshirmoqqa qat’iy jazm qildi. Buni qarangki, Oqbo‘yin ham ko‘p kuttirmadi. Itning ko‘rkam kelbati tepalik ustida, yulduzli osmon qo‘ynida paydo bo‘lganida, Karim podachi yendigina ikkinchi yonboshiga ag‘darilgan edi.



Aytish kerakki, u darhol miltiqqa yopishmadi. Sovuqdan uvishgan barmoqlarini og‘ziga olib borib, nafasi bilan isitarkan, itga mahliyo termulib qoldi. Oqbo‘yin haqiqatan ham mahobatli yedi. Podachi umr bino bo‘lib, hali bunaqasini ko‘rmagandi. Shu damgacha zehn solmaganini qarang. Adovatli nigoh go‘zallikni sezmaydi. Podachi ham shu damgacha itdagi ko‘rkni payqamagan, uni bemisl qudrat timsoli sifatidagina bilar, aynan shu xususiyatiga oshiq yedi. Ayni paytda podachi ruhida qarama-qarshi hislar tug‘yon ura boshladi. Otay desa, shunday it uvol. Bunaqasi onda-sonda bir dunyoga keladi. Otmay desa, ichi kuyib o‘ladigan. U g‘ayrishuuriy holatda miltiqni changallab, tepkini bosdi. Oqbo‘yin kutilmagan kuchli zarbdan dumalab ketdi. Intiqom lahzasidan quturib ketgan Karim podachi hayallamay ikkinchi tepkini bosdi. Navbatdagi o‘q shundoqqina boshi ustidan vizillab o‘tishi bilan Oqbo‘yin jon achchig‘ida qocha boshladi. Hovliga yetib kelganida badanidagi o‘q hali sovub ulgurmagan, og‘riqdan ham ko‘ra tashnalikdan ko‘proq azob tortmoqda yedi. U ariq chetiga oyoq qo‘yib, yupqa muzni panjasi bilan urib sindirdi-da, yutaqib suv icha boshladi. So‘ng suvga qonib, kemtik tagiga kelarkan, sillasi qurib borayotganini his yetdi. Devor oshishga qurbi yetmay, g‘ing­shi­gancha darvoza tomon sudraldi.



Sodiq aka itni yertalab darvoza tagidan topti. Oqbo‘yin chala o‘lik holda yotardi. Agar u yulg‘unzorda shuhrat qozonmaganida, Sodiq aka uni ikki dunyoda ham Salom do‘xtirga bosh urib bormagan, o‘z navbatida Salom do‘xtir ham uni sidqidildan muolaja qilmagan bo‘lardi. Suyagiga ziyon yetmagan yekan, jarohati tez bita boshladi.

Sodiq aka bu bedodlikka befarq qaramadi. O‘sha kuniyoq suyil ko‘tarib fermaxonaga bordi. Ammo podachi uni yozgi qo‘radan beriga o‘tqazmadi.

— Yana bir qadam bossang, otaman! – dedi miltiq o‘qtalib. – Bu senga oz! Shoshmay tur, hali senga shimildiriq ko‘rsatish qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yaman!

Jarohati bitgan sayin Oqbo‘yinning favqulodda ishtahasi ochila bordi. Avvallari ovqatga qiyo boqmaydigan jonivor yendi go‘yo o‘sha damlarning hissasini chiqarmoqchiday, yalog‘iga to‘kilganni ko‘rdim demasdi. Keyinchalik uyda beriladigan ovqatdan nafsi qonavermagach, u dala-dashtga chiqib o‘laksa qidiradigan bo‘ldi. Yoldorning o‘limidan so‘ng bo‘rilar bu tomonlarga dorimasligi sababli dashtdan o‘laksa deyarli arimasdi. Faqat qishloq itlari ahyon-ahyonda…. Ammo Oqbo‘yin tezda ularni tartibga solib qo‘ydi. Qarg‘a-quzg‘unlarni demasa, uning nasibasiga sherik bo‘lishga jur’at yetadigan jonivor yo‘q yedi. Boshda Oqbo‘yin qarg‘a-quzg‘unlar bilan ham obdon talashib ko‘rdi. Yeplayolmadi. Bu qanotli maxluqlarni bir tomondan haydasa, ikkinchi tomondan yopirilardi.



Shu tariqa, Oqbo‘yin bo‘rilarcha yashay boshladi. Bu xil hayot yoqib qolganidan, yendi ilgarigidek mut­tasil Rasulning ortidan yergashib yurmas, yertalablari bolani maktab­gacha kuzatib boradi-da, keyin to‘g‘­ri dashtga chiqib ketardi. Dashtdan gohida juda kech qaytadi. Ammo Rasuldan ko‘ngli andak bezovtalansa, hayallamay qishloqqa yuguradi.

Rasul koptok talashib urushgan kuni ham shunga o‘xshash voqea yuz berdi. Bu paytda Oqbo‘yin jarda sang‘ib yurardi. Ko‘ngli o‘z-o‘zidan bezovtalanavergach, qishloq tomon chopti. U tepalik ustida paydo bo‘lganida, Rasul bolalardan biri bilan yoqa bo‘g‘ishardi. Oqbo‘yin! – dedi birov baqirib. Bolalar quyundek yelib kelayotgan itni ko‘rishlari bilan tumtaraqay bo‘lib ketishdi. Maydonda it bilan Rasul qoldi.

Bugun ham u bolani maktab­gacha kuzatib bordi-da, muyulishda mashina kutib turgan odamlar yonidan mag‘rur yurib o‘tib, dashtga chiqib ketdi. Ikki kundan buyon kamardagi harom o‘tgan sigir bilan band yedi. Go‘sht hidini uzoqdan sezib, tamshangancha qadamini tezlatarkan, uch-to‘rt it o‘laksani bamaylixotir xomtalash qilayotganini ko‘rdi. Oqbo‘yin g‘azabdan quturgan ko‘yi olg‘a intildi. Changaliga tushgan itni tilka-pora qilmoq qasdida yelib borarkan, baribir nafs degan balo ustunlik qildi, qochmoqqa tushgan itlarning izidan quvlab yurmay, xo‘rakka tashlandi.

* * *



...Oqbo‘yin bu vaqtda hovlida yedi. Yaloqdagi ovqatni pok-pokiza tushirib bo‘lgach, oftobro‘yoda birpas cho‘zilib yotdi. So‘ng yendi Qoplonning oldiga jo‘nay deb turganda, darvozadan Rasul kirib keldi. Itni ko‘rgan bolaning ko‘zlari shodlikdan chaqnab ketdi. Kelasolib Oqbo‘yinning bo‘ynidan quchdi. Yerkaladi. Keyin qulog‘idan tortqilab o‘pka-gina qildi.

— Ha, daydi! Qayerlarda sanqib yuribsan, Qorangni ko‘rsatmay qo‘yding? Hozir bir adabingni beraymi- a?!

Oqbo‘yin bolani sog‘ingan, yumalab, sakrab, bir zum o‘ynashgan bo‘ldi. Keyin darvozaga yo‘naldi.

— Ha-a, hali yana qochmoq­chimisan? Qochib bo‘psan, daydi!

Rasul itning qulog‘idan tutib, uychasi tomon sudradi. Oqbo‘yin buni odatdagi hazil deb bilib, unga itoat yetdi. Qachonki ko‘zi yerda chuvalanib yotgan zanjirga tushgachgina bolaning maqsadini angladi. Boshini keskin silkib, qulog‘ini bo‘shatdi-da, ortiga qayrildi. Rasul uning bo‘ynidan mahkam quchib, tutib qolmoqchi bo‘ldi. Kuchi yetmadi. Oqbo‘yin bolani hech bir qiyinchiliksiz darvozagacha surgab bordi.



Ostonaga qoqilib tushgan bolaning alami qo‘zib, yerdan kattakon tosh oldi, lekin urishga qo‘li bormadi. Toshni mahkam siqqancha Keldiyor maxsumning hovlisi tomon yo‘rtib ketayotgan Oqbo‘yinning ortidan qarab qolarkan, ko‘ziga yosh quyildi. So‘ng, daf’atan, otasining, iliqish davrida it zoti hamma narsani unutadi, ammo bu vaqtincha, keyin yana yes-hushi joyiga keladi, degan gapi yesiga tushib, xiyol yengil tortdi. Ichida Keldiyor maxsumning itini boplab so‘kdi.

Oqbo‘yin Keldiyor maxsumning tomorqasiga o‘tib, Qoplonni joyidan topmadi. Yerkalab chaqirishlari ham javobsiz qolgach, u hid olib izidan tushdi. Iz uni to‘g‘ri fermaxonaga boshlab bordi. Yozgi qo‘ra chetida cho‘nqayib turgan Qoplonni u uzoqdan ko‘rdi. Yuragi hapqirib, qadamini tezlatarkan, fermaxona ortidan panshaha ko‘tarib chiqqan Karim podachiga ko‘zi tushib, sarosimada qoldi.



Oqbo‘yinning bu qadar tez paydo bo‘lishini kutmagan podachi avvaliga shoshib qoldi. So‘ng qo‘lidagi panshahani go‘ngtepa chetiga sanchib, uycha tomon oshiqdi. Ichkariga kirib miltiqni qo‘liga oldi. Tepkisini ko‘tarib, ortiga o‘girilgan joyida shoshqaloqligi o‘ziga yerish tuyulib, miyig‘ida iljaydi. Tepkini tushurib, miltiqni devorga suyadi. Timirskilanib yurib, bir burchakda yotgan yeshak to‘qimini qidirib topdi. To‘qimni tagiga qo‘yib, yeshik yoniga joylashib o‘tirdi. Yeshikni qiya ochib miltiqni tizzasiga oldi. Oraliqdan yozgi qo‘ra bemalol ko‘zga tashlanib turardi. Oqbo‘yinning haliveri itga yaqin kelmasligini bilardi. Ko‘ngliga hadik oralagan itning joyidan jilishi qiyin, shuningdek, ming po‘pisa qilganing bilan uzoqlashib ham ketmaydi. Fursat poylab atrofda aylanishib yuraveradi. Ayniqsa, miltiq o‘qini tatib ko‘rgan itlar bu borada juda omilkor bo‘lishadi. Ammo shunga qaramay, manaman degan itning ham sabr-bardoshi bir-ikki soatdan ortig‘iga yetmaydi. Iliqish ta’siri ostida ular bora-bora xavf-xatarni unutib qo‘yadi. Podachining umidi mana shunda yedi. Ikki soat yemas, ikki kun poylashga ham rozi yedi u. Yaqin keltirmasdan turib, Oqbo‘yinni bir yoqlik qilish juda qiyindek tuyulardi. Otib o‘ldiradiyu, jasadini fermaxona ortidagi xandaqqa tashlab, ustidan tuproq tortib yuboradi. Qani, yegasi da’vo qilib ko‘rsin-chi!



Oqbo‘yin uychadagi taraddudni sezganday hamon joyida qotib turarkan, Qoplonning nolakor g‘ingshishidan so‘ng, sekin-asta olg‘a siljiy boshladi. Manzilga yuz odimcha qolganda, podachining o‘t solguvchi kaltagini yeslab, tag‘in to‘xtadi. Alamli g‘ingshidi.

Oradan yarim soatlar chamasi vaqt o‘tgach, podachi zerika boshladi. Boz ustiga, hali mollarning yarmiga yemish tashlanmagan yedi. Bir xayoli, bu ahmoqona ishga qo‘l siltab, yumushiga unnamoqchi ham bo‘ldiyu, lekin yuragi kuyishib yurishini o‘ylab, fikridan qaytdi. Tirqishdan mo‘ralab, masofani chamaladi. U tili tagiga nos tashlab, gardanini qirt-qirt qashirkan, to‘satdan ko‘zi fermaxona devoriga suyog‘liq turgan zarang podatayoqqa tushib, o‘zida yo‘q quvonib ketdi. Avvalroq shu narsa xayoliga kelmaganidan ichida o‘zini boplab so‘kdi. Axir, Oqbo‘yin sherigining azobiga chidash berolmaydigan yovqur tabiatli itlar toifasidan-ku. Bunday paytda u o‘lsa o‘ladiki, lekin hech balodan qaytmaydi.



Karim podachi tashqariga chiqdi. Borib tayoqni oldi. Yo‘l-yo‘lakay ustidagi paxtaligini yechib tashlab, Qoplonning yoniga bordi. Miltiqni simto‘r devorga suyab qo‘yib, itni kaltaklashga kirishdi. Qoplon yuvosh va nozik it - zarb kuchli bo‘lmasa-da, dunyoni boshiga ko‘tarib vangillay boshladi. O‘zini chor tomonga otib, qutulmoqqa urindi. Biroq tizimcha kalta, kaltak yesa uzun yedi.

Qoplonning kaltak ostida qolganini ko‘rib, g‘azabdan Oqbo‘yinning yesi og‘ib qolayozdi. Ammo miltiqdan qattiq yurak oldirgan, ko‘nglidagi qo‘rquv hissini yengishga qurbi yetmadi. G‘ingshidi. G‘ingshigancha yer bag‘irlab beixtiyor oldinga siljidi.

Podachi o‘zini har yonga urib, tayoqdan qochishga urinayotgan Qoplonni kaltaklashda davom yetarkan, ora-sira Oqbo‘yinga ko‘z qirini tashlab qo‘yardi. Oqbo‘yinning chumchuq poylagan mushuk singari yer bag‘irlab g‘alati alpozda harakatlanayotganini ko‘rib kuldi, uni tez qutirtirmoq niyatida Qoplonni battarroq tayoqlay boshladi.



Ammo shu payt kutilmagan hodisa yuz berdi: kaltak jonidan o‘tgan Qoplon tuyqusdan podachiga tashlanib, o‘ng bilagidan g‘archcha tishlab oldi. Karim podachi ingrab yubordi-da, o‘zini bir odim ortga oldi. Tirqirab qon oqayotgan bilagiga razm solib turib, tutaqib so‘kindi. Keyin tayoqni ikki qo‘llab tutib, sho‘rlikni chinakamiga kaltaklashga tushdi. G‘azabdan quturib ketgan podachi Oqbo‘yinni juda kech payqadi. Na’raga o‘xshab ketadigan ovozni yeshitgandan so‘nggina o‘girildi, o‘girildi-yu, shu daqiqani kutgan bo‘lishiga qaramay, o‘qdek uchib kelayotgan Oqbo‘yin­ning vajohatini ko‘rib, dabdurustdan vahimaga tushib qoldi. Tayoq bilan himoyalanmoqchi bo‘lgan joyida miltiq yesiga tushib, qurolga yopishdi. Shoshganidan miltiq tepkisi qolib, qo‘ndog‘ini paypaslay boshladi. Nihoyat, tepkini ko‘tarib, miltiqni Oqbo‘yinga to‘g‘riladi. Juda yaqin kelib qolgan Oqbo‘yin ayni shu damda naq odam bo‘yi sakrab, yashin tezligida unga tashlandi. O‘qi xato ketdi. Yelkalariga tig’ yanglig’ botgan tirnoqlar zarbidan dodlab yubordi. Jon achchig‘ida pichog‘iga yopisharkan, qaynoq nafas aralash ko‘z o‘ngida bir lahzaga yalt yetgan oppoq o‘tkir tishlar tomog‘iga sanchilganini his yetdi. Ko‘z oldi tumanlashib, hushini yo‘qotdi.

Oqbo‘yin raqibini mag‘lub yetganiga ishonch hosil qilgach, murdadan chetlandi. Tuproqqa yotib turganday ilkis silkindi. So‘ngra betinim g‘ingshiyotgan Qoplonning yoniga borib, arqonni qon yuqqan o‘tkir tishlari orasiga oldi.

Fermaxonaga yem olib kelgan To‘qli shofyor Karim podachining hali butunlay sovub ulgurmagan jasadini uchratganida, itlar dala tomon ketib borishardi. To‘qli shofyor murda yuziga belbog‘ini yopib, mashinasini qishloqqa burdi.

Yertasi Xidir xira boshliq to‘rt otliq itlarni kamardan topishdi. Oqbo‘yin qochmadi. Orqa oyog‘ini sudrab bazo‘r odimlayotgan Qoplonning girdini aylanib, tahdidli irilladi.

Zum o‘tmay kamarni miltiq ovozi tutdi.



38

Abduqayum Yoldosh - Yolg’on va Xaqiyqat



O‘zbekovullik Rayimberdi cho‘loqning kenja o‘g‘li G‘oziqul o‘qishni bitirganidan so‘ng shaharda qolib ketdi.

Vaholanki, O‘zbekovulda ota-onaning oxir-oqibat kenja o‘g‘il bilan yashashi rasm bo‘lgandi.

Rayimberdi cholning ham ko‘nglida shunday niyat bor edi. Shu bois ota katta o‘g‘illarining har biri alohida uy-joy qurib olishiga qo‘lidan kelgancha ko‘maklashdi.

G‘oziqul o‘qib yurgan chog‘lari shaharga oliftalarcha kiyinib, qishloqni bosgan tappi isidan burnini jiyirib bo‘lsa hamki, onda-sonda kelib turardi.

Yigit salgina maqtanishni xush ko‘rardi.

O‘qishi borasida ham tengdoshlariga yoinki o‘zidan kichik yoshdagilarga allanechuk maroqlanib, lazzatlanib hikoya qilishni boplardi:

Dars deganlarini teshib qo‘yganman! derdi gapga biyron talaba odatda darrov jo‘shib ketib. Domlalar ham buni yaxshi biladi. Shuning uchun baholarimni avtomat qo‘yib qo‘yaverishadi.

Tabiiyki, yoshlar bor joyda gap aylanib qizlarga kelib taqaladi-da.

G‘oziqul bu sohada ham suyagi yo‘qligini pesh qilishni boplardi.

To‘rttasi bilan yuraman, derdi u suhbatdoshlarining burniga to‘rt panjasini urib yuborguday taqab. Hammasining figurasi dahshat!

Birontasiga uylanasizmi? deb so‘rardi ilonning tiliday ingichka bo‘yin taqib olgan shaharlik talabaning og‘iz ko‘pirtirishlariga mahliyo bo‘lib qolgan sobiq sinfdoshlardan biri gapdon tengdoshini “sen”lashga istihola qilib.

Ana shunda G‘oziqul deganlari lablarini g‘alati burishtirib-qiyshaytirib, qoshlarini chimirar, o‘zicha aqlli yoki ma’nodor gap qilmoqqa urinar va bir muddatlik sukunatni o‘tkazgach, alal-oqibat:

Yo‘q, derdi soxta tantana bilan. Ularning barisi “Yursang mayli, lekin tegmaymiz!” deb aytgan.

Albatta, bu qadar chuqur hikmatli e’tirofning mag‘zini chaqishga qishloq yoshlarining salohiyati yetmasdi. Shu sabab navbatdagi savol o‘rtaga tashlanardi:

Nega?

G‘oziqul savol berguvchiga “Shuni ham bilmaysanmi?” degandek mazaxomuz qarar va sira e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan ohangda shartta aytardiki:

Bir maza qilib qolishmoqchi bo‘lishgan-da!

Talaba bu bilan nima demoqchi yo bo‘lmasa o‘sha “yuradigan” qizlar nimani bir maza qilishmoqchi buni tushunish mushkul edi. Lekin ortiqcha savol berish ham o‘ng‘aysiz.

Rayimberdi cholning o‘ziga qo‘yishsa-ku, o‘qishini bitirgan zahoti o‘g‘lini dikonglatib sudrab kelardi-ya shahardan. Lekin kutilmagan bir hodisa bo‘lib qoldi.

Endi o‘qishini tamomlagan G‘oziqul lotereyaga “Neksiya” yutib olibdi!

O‘ziyam G‘oziqul deganlarini oynai jahonda bir oycha reklama qilishdi-yov.

Kech tushaversa bo‘ldi, televizor atrofiga yig‘ilib olganlardan birontasi “Hozir G‘ozi chiqadi” der va shu gap aytilar-aytilmas, ekranda paydo bo‘lgan “Reklama” yozuvining ortidan kamera qarshisida sal o‘ng‘aysizlanib turgan G‘oziboy ko‘rinardi.

Darvoqe, omadli yutuq sohibi mikrofonga qarab:

Men, G‘oziboy Rahimberdiev, bozorda ikkita lotereya sotib olgandim... deb gap boshlardi.

Balki shu sababli bo‘lsa kerak, O‘zbekovulda odamlar endi baxtli talabani “G‘oziboy” deb atay boshlashdi.

Xullas, G‘oziboy televizorda ko‘rinaverib charchamadi, odamlar Rayimberdi cholni tabriklab charchashmadi.

“Neksiya” yutgan G‘oziboydan esa darak bo‘lavermadi. Shu sabab, el-yurtning gapidan uyaldimi, Rayimberdi chol bir qo‘chqor so‘yib, ovulning katta yoshli erkaklarining barini dasturxonga chorladi.

Rayimberdi chol o‘jargina edi. Shu bois, bir do‘q bilan uchar qushday shaharga intilayotgan katta o‘g‘illarining popugini pasaytirib qo‘ydi:

Ota kerak bo‘lsa o‘zi keladi, aka kerak bo‘lsa o‘zi keladi.

Shunda to‘ng‘ich o‘g‘il Norbo‘ta ozgina e’tiroz bildirishga urindi:

Guppi bolangizni do‘st-jo‘ralari eritib yurgan har kuni.

Rayimberdi chol bir muddat o‘ylanib qoldi, so‘ng:

Har kuni eriyverishga pul qayda, agar moshinni sotmasa... dedi.

Bu gapni eshitgan akalarning ichidan qirindi o‘tdi, ammo ota huzurida ortiqcha mahmadonalik qilishdan o‘zlarini tiydilar.

G‘oziboy qirqinchi kuni qishloqqa oppoq “Neksiya”da kirib keldi.

Quchoqlashib so‘rashishlaru qutlovlardan keyin ota hayron bo‘lib so‘radi:

Pravang yo‘q edi-ku, bolam, mashinani qanday haydab kelding? Yo‘lda gai-pai...

Bunga javoban G‘oziboy odatiga ko‘ra bepisand qo‘l siltadi:

E, hozirgi zamonda pul bo‘lsa samolyotni ham haydab ketsa bo‘ladi, ota...

Quvonib ketgan Rayimberdi chol boqib yurgan kattagina qo‘chqorini so‘ydi, el-yurtni uyga chorladi. Bu safar dasturxonga aroq-vino ham qo‘yildi.

Kelganlar biri-biridan shirin qadah so‘zlari aytishdi, Rayimberdi cholni, G‘oziboyni qutlashdi. Ko‘pchilik bilan to‘qishtirib ichaverib, anchagina kayf bo‘lib qolgan G‘oziboy chayqalib-gandiraklab hovli o‘rtasida turgan oppoq mashinasi yoniga bordi-da, kutilmaganda kapotga bor kchi bilan daranglatib urdi va:

Bu... deya bo‘kirdi, bu mashina otamning xizmatida bo‘ladi. Bir umr...

Mehmonlar “oh-voh”lar bilan o‘z hayratlarini izhor etishdi, ko‘ngli bo‘shab ketgan Rayimberdi chol ko‘zlariga yosh oldi...

Ishqilib, hammayoq “sen je, men je” bo‘lib ketdi.

Mehmonlar tun yarmida tarqalishdi.

Ertasi kuni peshinga qadar kun taftida pishillab uxlagan G‘oziboy bir amallab ko‘zlarini ochdiyu, oftobadagi ilimiq suvda shosha-pisha yuzini yuvgach, hovlidagi chorpoyada yonboshlab yotgancha bir umr o‘zining xizmatida bo‘ladigan oppoq “Neksiya”ga ko‘zlarini qisib, zavqlanib qarab o‘tirgan otaning huzuriga bordi.

Odatdagi salom-alik, “Yaxshi yotib turdingmi?” “Rahmat”lardan keyin dabdurustdan G‘oziboy dangaliga ko‘chdi:

Ota, uch yuz mingcha pul kerak.

Ota sergak tortdi.

Tinchlikma, bolam?

Oformleniyaga, chexolga. Agar yana yuz ming bo‘lsa signalizatsiya o‘rnatsayam bo‘ladi.

Rayimberdi chol o‘zicha mulohaza qildi. “Oformleniya, chexol kerak... Lekin mashina qishloqda bo‘lsa, signalizatsyai nimaga kerak?”

Uyda buncha naqd pul yo‘q edi.

Ota uch o‘g‘lining har biridan bittadan qo‘yni deyarli majburlab oldi. Ayniqsa Norbo‘ta qattiq qarshilik qildi.

To‘yga deb bittagina qo‘y boqayapman, uniyam bersam, o‘zim nima qilaman? deb oyog‘ini tirab turib oldi.

Shunda Rayimberdi chol uni jerkib berdi:

Bitta qo‘y shuncha aziz bo‘ldima? Ertaga moshin uyda tursa yurasan maza qilib.

Xayriyat, bu dastak o‘jar o‘g‘ilning shaxtini sal so‘ndirdi. Bundan mamnun bo‘lgan otaning o‘ziyam bitta qo‘y qo‘shdi. So‘ng bu qo‘ylarni yangi mashina ortib bozorga olib borishga ko‘ngli bo‘lmay, qishloqda molni ko‘tara savdo bilan oladigan Said dallolni chaqirdi. Dallol otaning mo‘ljalidan ancha past narxni aytdi.

Savdolashish boshlandi.

Nihoyat, bir to‘xtamga kelindi.

Baribir pul uch yuz mingga yetmadi. Qolganiga chol-kampir pensiyasidan o‘limlikka deb yig‘ib yurganini qo‘shishdi.

Shoyi belboqqa tugilgan pulni e’tiborsizlik bilan yukxonaga tashlab qo‘ygan G‘oziboy rahmat aytgan bo‘ldi va mashinani qishloq yo‘lidan changitib haydab ketdi.

Rayimberdi chol oppoq “Neksiya” ortidan uzoq qarab qoldi. Go‘yoki mashinani so‘nggi bor ko‘rib turganini ko‘ngli sezganday...



* * *

Vaqtning bu qadar oshiqib chopqillashini!

Ovulda birdan G‘oziboyga aylangan kenjatoy hov o‘sha mashinani rasmiylashtirishu o‘rindiqlarga g‘ilof o‘rnatish uchun uydagilar ne mashaqqatlar ila topib bergan uch yuz ming so‘mni olib ketganidan keyin naq olti oy qorasini ko‘rsatmadi.

Ota, akalar bir oy kutishdi, ikki oy. Oxiri xavotirlana ham boshlashdi. Ammo G‘oziboyi tushmagur ovuldan shaharga borib o‘qiyotgan talabalardan salom aytib yuborishni kanda qilmasdi.

O‘sha talabalarning aytishicha, G‘oziboy “Ishlarim besh!” degan emish. Yaxshigina ishga kiribdi, ovuldagilarning tushiga ham kirmagan maosh olayotgan emish. Yaqinda esa chet el safariga ham borishni mo‘ljallab turgan ekan...

Bu xabarlarni eshitib otaning sal ko‘ngli joyiga tushganday bo‘ladi.

Ammo to‘ng‘ich Norbo‘ta hech bu gaplardan qanoat hosil qilmaydi. Kunda bo‘lmasa ham, kun ora kelib gap orasida kenjatoyning vafosizlik qilayotganini qistirib o‘tib ketadi.

Shahar ko‘rgan echkidan qo‘rqish kerak, derdi odatda Norbo‘ta gap ohangiga ozgina vahima aralashtirgan holda. Buningiz soddagina bola, birontasi boshini aylantirib, “Neksiya”ni maza qilib minib yurgandir. Biz bo‘lsak bu yerda, chang ichida bitta eshak aravaga zor bo‘lib... Necha marta to‘y-ma’rakaga borishga ham birovga sarg‘aydik...

Otaning ham ko‘nglida bir niyati bor edi. G‘oziqul kelsayu, chol-kampirni oppoq “Neksiya”ga mindirib olib, bir Buxoroyi sharifga ziyoratga olib borib kelsa. Axir, Buxoro aziz-avliyolar o‘tgan joy. Ana, qishloq mullasi Ashur ko‘sa ham bir janoza mahali gurung orasida aytib o‘tib ketdi-ku: “Buxoroni ziyorat qilish yarim hajga barobar”, deb. Shunday ekan, o‘zingning mashinangda, yumshoqqina o‘rindiqlarga yastanib olib, beminnatgina borishga nima yetsin.

Chol aynan shu sababli ovuldagi tengdoshlari o‘rataga pul tashlab, Buxoroga borib kelish uchun eskigina “Paz” avtobusini kira qilishganida qo‘shilmay turib oldi. Tengdoshlar hadeb zo‘rlayverishganida esa sog‘lig‘ini bahona qildi. Holbuki, yetmish beshga kirib Rayimberdi chol sal oqsab yurishini aytmasa (bu ham bolalikdan qolgan, bug‘doy o‘rar mahali o‘zining jo‘rasi Saydazim sariq adashib o‘roqni uning boldiriga sanchib olgan) biron marta sog‘lig‘idan shikoyat qilmagan, do‘xtirlarga chopmagan.

Saydazim jo‘rasi sariqligidan tashqari, quvgina ham edi. Shu sababli u Rayimberdi cholni ayab o‘tirmadi, gap bilan uzib oldi:

Olisdagi “Neksiya”dan, jo‘ra, yaqindagi “Pazik” yaxshi. Tushunganskiy?

Rayimberdi chol bamisoli gunoh ish uchstida qo‘lga tushganday qizarib ketdi, so‘ng bir amallab o‘zini qo‘lga olarkan, sir boy bermaslikka uringan ko‘yi hazin ohangda gapirishga urindi:

Gap sog‘liqda, jo‘ra. Sog‘lig‘im to‘g‘ri kelganda-ku, Buxoroga piyoda borishgayam tayyor edim-a...

Saydazim sariq jo‘rasiga istehzo bilan qarab turdi-turdi-da, so‘ng yana nishini sanchdi:

Bu ketishda hali piyodayam borolmay qolasan-ov...

Har ne bo‘lganda ham o‘ttiztacha chol eski, shalaq, buning ustiga qo‘lansa isi salonga urib turadigan avtobusda Buxoro shahriga, muqaddas joylarni ziyorat qilishga borib kelishdi. Ana shundan keyin Saydazim sariq naq bir hafta ovulda hech kimga gap bermadi. Ayniqsa Rayimberdi cholning oldida ko‘rganlariga qo‘shib-chatib rosa maqtandi.

Rayimberdi chol bu gaplarni qulog‘ini ding qilib eshitdi, og‘zidan suvi kelib eshitdi. Qariyaning Buxoroga juda-juda borgisi keldi. Ammo o‘ylay-o‘ylay, oxiri o‘g‘lini kutishga qaror qildi. Axir, lafz halol. O‘g‘li o‘shanda, otasi o‘g‘li mashina yutib olgani bois el-yurtga dasturxon yozib, borini to‘kib solganida hammaning ko‘z oldida kapotni mushtlab “Bu mashina otamning xizmatida bo‘ladi. Bir umr...” degandi axir. O‘sha huzurbaxsh daqiqalarni eslasa qariyaning ko‘ngli yumshaydi, tomog‘iga mushtday bir nima kelib tiqiladi, yetmshi ikki tomiriga iliq bir nima yugurganday bo‘ladi.

“Ko‘lik yoshlarga yarashadi, deya o‘ylardi otaxon bunday paytlari. Mayli, bolalar minib yuraversin. Chol-kampirni bir Buxoroga olib borib kelsa bo‘ldi-da...”

Rayimberdi chol do‘st-tengdoshlari oldida sog‘lig‘idan shikoyat qilib, xatorlikka yo‘l qo‘ygan ekanmi, ishqilib, keyingi kunlarda chindan ham oyoq bo‘g‘imlarida og‘riq paydo bo‘ldi, boshi ham sal harakat qilsa aylanadigan bo‘lib qoldi. Buning ustiga o‘qtin-o‘qtin peshonasida sanchiq turadi.

Qariya buni charchaganlikka yoxud shamollashga yo‘ydi. Shu sabab badaniga erinmay qo‘y yog‘idan surtib chiqdi, oyoq bo‘g‘imlariga sho‘r paxta bosdi, kunda-kunora uyda isiriq tutatkizib turdi.

Mana shunday kunlarning birida G‘oziboy uyga salgina uringanligi sezilib turgan kul rang “Matiz”da kirib keldi.

Rayimberdi chol indamadi, ammo ko‘zlarining paxtasi chiqib ketgan Norbo‘ta dam sayin otasining yoniga kelar va vishillab:

Ana, aytmabmidim! deb ketardi.

To‘ng‘ichiga qarab o‘qrayib-o‘qrayib qarab qo‘yayotgan chol nihoyat bir piyola choydan keyingina til uchida turgan savolni berdi:

Bolam, moshining o‘zgarib qolibdima?

G‘oziboy pinak buzmay, shu zahoti javob qaytardi:

“Neksiya”ni arendaga berdim. O‘zim hozircha “Matiz”ni ermak qilib yuribman.

Prava oldingma?

O‘g‘il yana beparvo qo‘l siltadi:

Pulingiz bo‘lsa, ota, hozirgi zamonda samolyot haydasangiz ham bo‘ladi. Gailarning ham otasi pul-da, ota...

Gapga hech sabri chidamay, joyida irg‘ishlaguday bo‘layotgan Norbo‘ta aralashdi:

Arendaga bersang shu yerdayam shopirlar bor edi.

Bu savolga ham oldindan javob tayyorlab kelgan ekanmi, G‘oziboy akasi gapini tugatmasdan og‘zidan olib yoqasiga yopishtirdi:

“Neksiya” shaharning mashinasi, aka. Bu yerning shopirlari, bu yo‘llarda uni uch kunda rasvo qilishadi.

Darhaqiqat, ovulga olib keluvchi yagona yo‘l yil bo‘yi o‘nqir-cho‘nqir bo‘lib yotar edi.

Norbo‘ta nimadir deb e’tiroz bildirmoqqa og‘iz juftladi, ammo to‘ng‘ichidan oldin ota tilga kirdi:

Bolam, biz chol-kampirni bir Buxoroga olib borib kelsang. Aziz joylarni ziyorat qilib kelsak...

Qachon?

Ota shoshib qoldi, so‘ng o‘ylanib turib javob qaytardi:

Iloji bo‘lsa, juma kunlari...

Bo‘ldi, gap yo‘q, dedi G‘oziboy ishonch bilan. Juma bo‘lsa juma-da. Kelamanu, olib ketaman. Sizlar tayyor bo‘lib tursalaringiz... Faqat... shu yerga kelganda o‘g‘il o‘ylanib qoldi: shu “Matiz” sal jyostkiyroq-da. Men sizlarni “Neksiya”da olib borib kelaman. “Neksiya” yumshoq bo‘ladi, qiynalmaysizlar...

Yana ko‘ngli bo‘shashib, ko‘zlariga yosh qalqqan ota belidagi belbog‘ining uchini mijjalariga bosdi:

Umringdan baraka top, bolam...

Bo‘lmasa sizlarga o‘zim xabar qilaman, dedi G‘oziboy ishbilarmonlarga xos ko‘tarinki ohangda. Sizlar tayyor bo‘lib turasizlar...

Oqshom, yotish oldidan G‘oziboy otasiga yaqin kelib, shivirladi:

Ota, biron ikki yuz mingcha pul kerak bo‘lib qoldi.

Tinchlikma? xavotirlanib so‘radi Rayimberdi chol.

Tinchlik, ota, tinchlik. Aytdim-ku, yaxshi joyga ishga kirdim deb. Bir-ikki so‘m tashlasam, chet elga borib ishlab kelishim tezlashadi.

Otaga bu taklif unchalik yoqinqiramadi, ammo g‘ashi kelganini sezdirmaslikka urinib, asta so‘radi:

Chet elga borish shartma? Ishing yaxshi bo‘lsa... Bo‘lmasa shu yerga qaytib kelsang ham bo‘lardi. Rayondan bir ish topilar...

G‘oziboy keskin bosh chayqadi:

Bu yerning ishi menga to‘g‘ri kelmaydi, ota. Undan keyin, shaharda bir yilda topganimni chet elda bir oyda topaman, ota.

O‘zi qanchaga bormoqchisan?

Uch oy, ko‘pi bilan to‘rt oyga...

Chol ikkilanib qoldi.

Bu yoqda enang qarib qoldi...

Uch oyda qaytaman dedim-ku... Ishlagan pulimga ikki xonalimi uy olsam, sizlar ham borib maza qilib yashayverasizlar...

Rayimberdi chol uzoq mulohaza qildi. Oxiri o‘qigan-bilgan o‘g‘li bejiz bunday qarorga kelmagan, degan o‘yga bordi-da, o‘g‘illarini maslahatga chaqirdi.



G‘oziboy hovlida, chorpoyada pishillab uxlab yotgan mahali ichkarida qizg‘in bahs ketmoqda edi.

Bir so‘m ham bermayman! dedi Norbo‘ta pishqirib. Buningiz “Neksiya”da, “Matiz”larda yallo qilib yursin-da, biz bu yerda eshak aravagayam zor bo‘lib... Bermayman. Pulning o‘zi yo‘q. Bo‘lgandayam bermasdim!

Qolgan ikki o‘g‘il otaning og‘ziga qarashdi.

Nihoyat, Rayimberdi chol to‘ng‘ichini jerkib berdi:

Ukang chet elda ishlab, pul topbi kelsa yomonma? Shahardan uy olsa yomonma? Bizning uydan ham o‘qimishli odam chiqsin-da. Bolalaring katta bo‘layapti, ertan-bir kun o‘qiyman deb qolsa, ukangning uyiga bemalol boraverasan...

Eshigini tepib ochib kirasiz, deya ota fikrini davom ettirdi ukalardan biri.

Norbo‘ta ikkilanib bosh chayqadi.

Hay bilmadim-ov... Avvallari bozor ko‘rgan echkidan qo‘rq, deyishardi. Endilari shahar ko‘rgan echkidan qo‘rq, degan gap bor... O‘qimishli bo‘laman desa shu yerdayam bo‘laverardi. Shuning uchun shaharda yashash shartma?..

Xullasi, deya mashvaratga yakun yasadi Rayimberdi chol, uchalang bittadan qo‘y berasan.

Qo‘y! Qanaqa qo‘y! fig‘oni falakka chiqdi Norbo‘taning. Uyimda bitta echkiyam yo‘qligini o‘zingiz ya’shi bilasiz-ku.

Bo‘lmasa bitta qo‘yning pulini berasan, deb turib oldi ota.

Ota amri vojib.

O‘g‘illar aytilgan miqdorni topib kelishdi.

Yetmaganiga ota o‘zi bilan kampiri pensiyasidan o‘limlikka deb yig‘ib yurgan oxirgi pullarni qo‘shdi.

Ertalab, shoyi belboqqa tugilgan pulni G‘oziboyga tutqazarkan, ota ilinj ila eslatdi:

Chol-kampir bir Buxoroni ziyorat qilib kelsak...

Kenjatoy otasiga ajablanib, ko‘zlarini katta-katta ochib qaradi:

Aytdim-ku “Neksiya”da olib borib kelaman deb. O‘zim xabar qilaman, tayyor bo‘lib tursalaringiz...

Iloji bo‘lsa, juma kuni... dedi yuragi hapriqib ketgan ota.

Bo‘ldi, gap yo‘q. O‘zim biron studentdan aytib yuboraman...

G‘oziboy xuddi o‘tgan galgiday pul to‘la belbog‘ni yukxonaga e’tiborsiz tarzda tashlab qo‘ydi-da, motorni o‘tt oldirdi.

Negadir g‘azabi qaynab ketayotgan Norbo‘ta asta ukasining yoniga borib, tishlari orasidan shivirladi:

Bizdi hech bo‘lmasa rayonga oborib ke, uka. Bir bozor qilib qaytaylik...

G‘oziboy shoshib bilagidagi soatiga qaradi. So‘ng afsuslanib bosh chayqadi:

Jon deb borardim-u, aka, soat uchda muhim yig‘ilish bor-da. Yetib bormasam bo‘lmaydi. Kelasi safar “Neksiya”da oborib kelaman.

“Neksiya”ng arendada emasmi? ijikilab so‘radi darg‘azab aka.

G‘oziboy pinak buzmadi:

Xohlagan paytimda olib turaman, deb shart qo‘yganman. O‘sha kunlar uchun pul to‘lamaydi-da.

Norbo‘ta bir joyi og‘rib ketganday aftini bujmaytirdi:

Ko‘ziga qarab haydasin... Birovniki deb duch kelgan yerga ketavermasin...

Buni o‘zim kontrol qilib turibman, aka...

Shu bilan xayrlashishdi.

“Matiz” qishloqning sertuproq yo‘lidachang bulutini osmonga ko‘targancha yelib ketdi.



* * *

Kutish azobini boshidan o‘tkazgan odam yaxshi biladi.

Rayimberdi chol bir juma kutdi, ikki juma, uch juma...

Har juma ertalab ota kishi bilmas kiyinib oladi. Mabodo G‘oziboy “Neksiya”da kelib qolsa, shoshib qolishdan cho‘chiydi-da. Buning ustiga, mashinani kutdirib qo‘yishdan istihola qiladi. Kampiriga nima? Ustiga bitta yangi ko‘ylagini tashlaydi, oyog‘iga kalishini iladi bo‘ldi-da, shu bilan tayyor. Rayimberdi chol esa... Oppoq yaktak-ishton, hattoki mayka ham yuvilgan, toza, har payshanba kechqurun Norbo‘taning xotini dazmollab beradigan kamzul-shim... Kamzulning ko‘krak cho‘ntagidan soatning zanjiri chiqib turadi. Cho‘ntakda dazmollangan ro‘molcha. Massi-kalish yaltiraydi. Ba’zan hattot oqsoqol mo‘ylovini ham yaltiratib, moylab oladi. Axir, hazil gapmi chol-kampir Buxoroyi sharifga borishadi, hazrat Bahouddin Naqshbandning oshyoniga... Bunday ziyoratga yetganlar bor, yetmaganlar bor... Buxoro ziyorati yarim haj savobini ado etmoq bilan barobar...

Rayimberdi oqsoqol juma kunlari peshinga qadar tahoratini yangilayverib, qishloq chekkasiga ko‘z tikaverib charchaydi. Tushga borib cholning kayfiyati tushadi. Ovqat ham yemaydi. Bir piyola ko‘k choyni naridan-beri ichgan bo‘ladi-da, asta uyga kirib ketadi va kishi bilmas kiyimlarini almashtirishga tushadi.

Ammo buni ko‘pchilik biladi...

Hatto boshida Norbo‘ta otasigai zaharxanda aralash:

Kelmaydi, uningiz kelmaydi, deb aytishdan o‘zini tiyib turolmasdi.

Yo‘q, bora-bora o‘g‘il otasining azoblanayotganligini sezdi chog‘i, ortiqcha gap-so‘zdan o‘zini tiyadigan bo‘ldi. Buning o‘rniga juma kunlari sahardan otasini ergashtirib qishloq chekkasidagi machitga qatnaydigan bo‘ldi.

Otamning harna chalg‘igani yaxshi, dedi Norbo‘ta xotini birdan o‘zining taqvodor odamga aylanib qolganligidan hayratlana boshlaganini ko‘rganida. Bo‘lmasa o‘zini o‘zi yeb qo‘yadi...

Kunlar, shu jumladan jumalar ham o‘tib borardi...

Oxiri Norbo‘ta bir mashina topib, otasini Buxoroga olib borib kelmoqqa jahd qildi. Ammo Rayimberdi chol ko‘nmadi. Sabab ham asosligina bo‘ldi: “G‘ozi eshitsa otam meni kutmabdi-da deb xafa bo‘ladi...”



* * *

Odamlar bor: yemaydi, ichmaydi, ishlamaydi, ammo qo‘shnisining uyida nima bo‘layotganligini miridan-sirisiga qadar aniq-tiniq bilmasa kechasi uxlay olmay chiqadi.

Shunday qishloqdoshlardan ba’zilari shaharni erinmay izg‘ib, G‘oziboyni topib olishibdi.

Chet eldagi xizmat yuzasidan berilgan savollarga yigiti tushmagur kiprik qoqmay javob berib tashlabdi:

Sal kechikib turibdi. Lekin ishlarim besh! Yaqinda ikki xonali uy oldim!

“Ikki xonali uy” xabari G‘oziboyning qishloqda to‘kilay deb turgan obro‘sini birmuncha ko‘tarib qo‘ydi. Buni eshitgan Rayimberdi chol ham yengil tin oldi: “Har qalay, shaharda bejiz yurmagan ekan-ku...”

Ammo keyingi xabarlar ko‘ngilni quvnatadigan darajada emasdi.

Shahardagi bozorda kelib-kelib Saydazim sariq uchratib qolibdi G‘oziboyni. Sal chapaniligi bor emasmi, chol birdan tutaqib baqira boshlabdi:

Hey bola, yo‘lingga sarg‘ayib qarayverib otangning ko‘zlari teshilib ketdi-ku! Bir taksi bilan bo‘lsayam oborib kel chol-kampirni Buxoroga!

Bunga javoban G‘oziboy ajablanib:

Taksi nimaga kerak, “Neksiya”m bor-ku, debdi.

Endi ajablanish navbati Saydazim sariqqa kelibdi:

Mashinang bo‘lsa obor-da, nega achchiq ichakday cho‘zib yuribsan?

Oboraman! debdi G‘oziboy sira shubhaga o‘rin qoldirmaydigan ohangda. Bu hafta vaqtim yo‘q, ammo keyingi hafta albatta oborib kelaman...

Go‘yo ishni o‘zi bitirganday xursand bo‘lib, terisiga sig‘may ketgan Saydazim chol qishloqqa kelasola Rayimberdi jo‘rasidan suyunchi olgani chopadi.

Rayimberdi chol ikki haftacha hayajonlanib, o‘zidan o‘zi miyig‘ida iljayib, ko‘zlari chaqnab, ko‘chalarda qaddini kerib yurdi. Shu o‘n to‘rt kun mobaynida oqsoqol biron marta sog‘lig‘idan shikoyat qilmadi.

Ammo va’da qilingan jumada kelmadi G‘oziboy... Tabiiyki, hammamiz ham tirik insonmiz, ish-pishimiz chiqib qolishi mumkin.

Ammo keyingi juma ham qorasini ko‘rsatmadi G‘oziboy... Hattoki undan keyingisida ham...

Rayimberdi chol birdan cho‘kib qoldi.

Bamisoli ichidan bir nima “cho‘rt” etib uzilib ketganday birdan qaddi bukildi. Ko‘zlaridagi o‘t so‘ndi.



* * *

Ilk bor va’da qilinganidan keyin oradan roppa-rosa o‘ttiz to‘qqiz juma o‘tgandan so‘ng (Rayimberdi chol erinmay sanab yurgandi) keldi G‘oziboy.

Bu safar u eskiroq, rangi to‘q ko‘k “Jiguli”da edi.

Ota haydovchilik guvohnomasi xususida so‘rab o‘tirmadi.

Norbo‘ta tergov qilishni boshlab yubordi, ammo biron savoliga jo‘yali javob ololmadi.

G‘oziboy nuqul “ishi besh”ligini pesh qilardi. Bunga sayin to‘ng‘ich akaning jig‘ibiyroni chiqardi.

“Neksiya” qani? derdi u fig‘oni falakka chiqib. Agar moshin arendada bo‘lsa, puli qani? Nega pachaq bir “Jiguli”da yuribsan? Shuncha paytdan beri nega shopirlikka o‘qib olmading?.. va hokazo.

Axiyri xotini orqali savollarini takrorlagan Norbo‘ta “shaharlik echki” G‘oziboyning yaqinda katta bir odamning (yigit nechukdir “ko-otta” debdi) erkatoy qiziga uylanayotganini, ammo vaqtinchalik o‘sha yerda yashab turishini ma’lum qildi.

Ichkuyovmi? qotib qoldi Norbo‘ta. Esi joyidami buning? Otasi, onasi, uchta akasi bari birday tirik turib bu ichkuyov bo‘ladima?

Ushbu serg‘azab savolga “Bu vaqtinchalik. Tez orada ishlarim “besh” bo‘lib ketadi, ana undan keyin alohida yashayveramiz” degan dudmalroq javob bo‘ldi.

Jahl ustida aka asosiy savolni bermaganligini G‘oziboy odatdagidek qanaqadir muhim ishlar uchun ikki yuz ming sum olib ketgandan keyingina angladi. Ammo endi kech edi. Shunday qilib, “To‘y qachon? Qachon sovchilikka boriladi?” degan savollar ochiqligicha qoldi.

Xo‘sh, qanaqa muhim ishlari uchun xarajat kerak ekan kenjatoyga? To‘g‘risi, buni Rayimberdi chol unchalik tushunmadi. Lekin o‘g‘lining jon kuydirib bir nima tushuntirishlariga jimgina quloq solib, hattoki bosh irg‘ab, ma’qullab o‘tirdi. Aftidan, G‘oziboy qaydadir do‘kon ochmoqchimi-ey, qurilish firmasi tashkil qilmoqchimi-ey. Ishqilib, tez orada ishlari “besh” bo‘lib ketar ekan, ana shunda hammasini qo‘shib, ortig‘i bilan qaytararkan.

Rayimberdi chol indamay o‘rnidan turdi, kichkina xonaga o‘tib, o‘limlikka deya so‘nggi oylar ichida yig‘ilgan ellik besh ming so‘mni olib kelib xontaxta ustiga qo‘ydi.

Qolgan yuz ellik ming so‘mcha pulni uch aka bir amallab topib keldi. Qaerdan izlashdi, kimlarning ostonasiga bosh urib borishdi, ne sarmoyadorlarning yuziga qarab sarg‘ayib o‘tirishdi noma’lum, ammo otaning bir amri ila ularning har biri bir kechada ellik ming so‘mdan pul olib kelib berishgani rost.

Bu gal akalar kenjatoyni kuzatgani chiqishmadi. Ular ayniqsa og‘zi yomon Norbo‘taning biron nima deb yuborishidan cho‘chishgandi.

Doimiy odatiga kanda qilmagan holda shoyi belbog‘ga o‘ralgan ikki yuz ming so‘mni yukxonaga bepisand tashlab qo‘ygan G‘oziboy to‘satdan bir nima esiga tushganday otasi tomon o‘girildi va shosha-pisha:

Ota, dedi, bu hafta vaqtim yo‘q. Lekin keyingi jumalarga tayyor bo‘lib tursalaringiz, enam ikkalangizni Buxoroga, ziyoratga olib borib kelaman. Bu, shunday deya o‘g‘il motori ishlab turgan “Jiguli”ga ishora qildi, juda jyostkiy. Bo‘lmasa jon deb shunda oborib kelardim. Shuning uchun yaxshisi “Neksiya”ni bir-ikki kunga olay-da...

Mayli, bolam, mayli, dedi Rayimberdi chol negadir o‘g‘liga qaramaslikka tirishib. O‘zing qarab ko‘r, imkoniyating bo‘lsa, ishingdan gap tegmasa...

Bu gapga javoban o‘g‘il yayrab kuldi:

E, qiziqsiz-a, ota, ish tugarmidi...

Agar iloji bo‘lsa... ota soqolini tutamlab o‘ylanib qoldi. So‘ng dona-dona qilib, ammo shundayam o‘g‘liga emas, noma’lum nuqtaga tikilgan ko‘yi gapirdi: agar iloji bo‘lsa, shu yerga qaytib kelsang yaxshi bo‘lardi. Enang ikkalamizning besh kunligimiz borma-yo‘qma... To‘yingni ko‘rsak... O‘zing tepkilab ko‘marding... Mayli, nima bo‘lsa o‘tdi...

O‘g‘il otaning gap ohangidagi allaqanday siniqlikka e’tibor beradigan ahvolda emasdi. Shu sababli shosha-pisha gapni bo‘ldi va ko‘zlari chaqnab, ko‘tarinki ruhda dedi:

E, ota, hali hammasi zo‘r bo‘lib ketadi. Shu ishlarni bitirib olay, keyin bir katta hovli olaman. O‘sha yerda hammamiz maza qilib yashaymiz. Mana ko‘rasiz... O‘limni esa o‘ylamanglar. Hali nevaralaringizning to‘yini o‘tkazib berasiz, deb yuribmizu...

Har qalay, G‘oziboy Norbo‘ta ta’biri bilan aytganda shahar ko‘rgan echkilardan edi. Shu bois gapga usta edi.

Lekin bu safar Rayimberdi o‘ziga xo‘rozqand va’da qilingan yosh boladay shodlanib jilmaymadi, aksincha, indamay turdi-turdi-da, oxiri chuqur bir xo‘rsinib olgach, qo‘llarini fotihaga ochdi:

Yo‘ling oydin bo‘lsin, bolam... Eson-omon vataningga yetib ol...



* * *

Eson-omon shaharga yetib olgan G‘oziboy shu bilan o‘n olti hafta suvga tushgan toshday izsiz g‘oyib bo‘lib ketdi.

Endi Rayimberdi chol juma kunlari ertalabdan hayitlikka olib boriladigan bolakayday entikib-shodlanib kiyinib olmaydi. Qariya endi juma kunlarni boshqa kunlardan farqlamay qo‘ygan.

Ammo farzand baribir farzand-da. Ota ham shu muddatdan keyin shaharda o‘qiyotgan talabalardan so‘rattirdi, ularning uyiga nevaralirini yubordi, kerak bo‘lsa Norbo‘tayu qolgan ikki o‘g‘liga ham zug‘um qildi, xullas, G‘oziboy haqida biron yangilik eshitishga astoydil urindi.

Nihoyat, ko‘plashib qilingan sa’y-harakatlar oqibati o‘laroq, dastlabki ma’lumotlar kela boshladi.

Taassufki, bu xabarlarda kishini shodmon etguvchi unsurlar kamroq edi. Bil’aks...

Chunonchi, uzunquloq gaplarga qaraganda G‘oziboy o‘sha ikki xonali uyida bir ayol bilan birga yashayotganmish... “Jiguli”ni ham tashlab, ishga poyi-piyoda qatnayotganmish... Garchand uchrab qolgan tanishiga “ishim besh” deb og‘zini to‘ldirib maqtangan bo‘lsa-da, rangi ro‘yidan, ayniqsa, ust-boshidan bu chiranishga arzigulik alomat topish mushkul emish...

Bu gaplarni eshitib ota xavotirga tushdi. Ilk bor qon bosimi ko‘tarilib ketib, shifoxonaga bordi, biron o‘n besh-yigirma kun achchiq dorilardan ichib yurdi, yumshoq joyiga o‘n-o‘n beshta ukol oldi.

Axiyri ota chiday olmadi. Nevaralarini zing‘illatib, dalada ketmon chopib yurgan Norbo‘tani toptirib keldi.

To‘ng‘ich o‘g‘il halloslab hovliga kirib kelgan zahoti ota achchiq ustida unga qarab o‘shqirdi:

Bir onaning qornidan talashib tushgan iningga joning achiydima sen bolaning?

Norbo‘ta gapning bu qadar g‘azabli buromadidan battar dovdirab, otasiga hayron termulib qoldi.

Rayimberdi chol kecha olgan pensiyasini chorpoya chekkasiga qo‘ydi-da, o‘sha g‘azabkor ohangda farmon berdi:

Bor, izla, top! Ahvoliga qara! Toza qiynalgan bo‘lsa ko‘chirasola kel shu yerga! Ochdan o‘lmaydi!

Gap kim haqida ketayotganligini anglagan Norbo‘ta itoatkorona bosh egdi-da:

Xo‘p, ota, boraman, dedi. Izlayman, topaman. Lekin endi u echkingiz qishloqqa qaytmas-ov. Shahar ko‘rdi-da...

Ota betoqat qo‘l siltadi.

Qaytmasayam omon yursa bo‘ldi. Qiynalib qolgan bo‘lsa yordam ber. Ukalaringga ayt. Uch-to‘rt so‘m obor.

Norbo‘ta aftini burishtirdi:

Bu yebto‘ymasingizga qancha kerakligini juda yaxshi bilamiz... Nima, bizning pul ishlab chiqaradigan stanogimiz borma? Yo “Neksiya”mizni arendaga berib qo‘yibmizma?..

Shunga qaramay, saharga qadar bir amallab yana ikki yuz ming so‘m pul topildi.

Tongda Norbo‘ta “Qaydasan, G‘oziqul!” deya yo‘lga tushdi.



* * *

Norbo‘ta ertasi kuni kechqurun bola-chaqasiga, ukalaring bolalariga, ota-onasi ikki sumka shirinlik, mayda-chuyda sovg‘a ko‘tarib kelib qoldi.

Odatga ko‘ra, to‘ng‘ich o‘g‘il avvalo otasining yoniga borib, salom berdi.

Hol-ahvol so‘rashuvdan keyin ota Norbo‘taga tik qarab turaverdi. Bu unsiz nigohdagi savolni ilg‘agan to‘ng‘ich o‘g‘il bidirlab ketdi:

E, sharoiti zo‘r ekan! Isiq suv, sovuq suv, gaz. Tok o‘chmaydi. Zo‘r. Kelin bilan G‘oziqul bir-birini sizlab gapiradi... Axiyri otasining ko‘zlari g‘azabdan chaqnab ketganini ko‘rgan Norbo‘ta shosha-pisha izoh berdi: Endi, uylanmasa bo‘lmaydigan bo‘lib qolgan ekan-da... Lekin kelin buni sizlaydi, bu uni... Zo‘r...

Ajabki, o‘g‘il iloji boricha ko‘proq va tezroq, imkon qadar quvnoq ohangda gapirishga urinardi-yu, lekin buni o‘zi istaganchalik eplolmas, ustiga-ustak nuqul ko‘zlarini otasining nigohidan olib qochardi...

Boraver... dedi oxiri ota qo‘l siltab.

Yengil nafas olgan Norbo‘ta onasining huzuriga oshiqdi.



* * *

Oradan ikki haftadan ko‘proq vaqt o‘tdi.

Bir kuni Rayimberdi chol nevarasini yuborib, Norbo‘tadan G‘oziqulning adresini so‘rattiribdi. “Xat yozib yuboraman”, degan emish.

Norbo‘ta bir qog‘ozga manzilni yozib berdi.

Ertasi kuni Rayimberdi chol hov bir paytlardagiday, ertalabdan ko‘chalik kiyimlarini kiydi. Keyin pochtaxonaga borib o‘zining va kampirining pensiyasini oldi.

Shundan keyin Rayimberdi cholni bekatda ko‘rganlar o‘zlaricha qariyani tuman markazidagi katta machitga borayapti shekilli, deb o‘ylashdi. Axir kun juma edi-da...

Ammo qariya yo‘lni shahar tomon soldi.



Rayimberdi chol avtobusdan tushgan zahoti oldiga yugurib kelib, eski tanishlardek quyuq salom bergan taksichiga hayron bo‘lib tikilib turdi-da, so‘ng manzil yozilgan qog‘ozni ko‘rsatdi.

Manzilni o‘qigan haydovchi o‘ylanib qoldi. Keyin:

Gadoy topmas joy-ku, ota, dedi. Shaharning narigi chekkasi. Mayli, olti ming bering, oborib qo‘yaman.

Rayimberdi chol kulimsiradi:

Qishloqdan shu yergacha olti ming sarflamadim...

Endi bu yer shahar, otaxon, bo‘sh kelmadi taksichi yigit tilla tishlarini namoyish etib kularkan. Mayli, sizning hurmatingizga to‘rt yarim mingga oborib qo‘yaman. Hurmatingiz bor, otaxon...

Rayimberdi chol ma’qullab bosh irg‘adi.

G‘oziqulning uyi haydovchi aytganchalik juda olisda emas ekan. Ko‘pi bilan yigirma daqiqada yetib kelishdi.

Oqsoqol shoshilmasdan besh qavatli uyning beshinchi qavatiga ko‘tarildi.

Eshikni, darhaqiqat, qorni qappaygan bir juvon ochdi.

Ota salom berdi. So‘ng, juvonning o‘ziga chaqchayib qarab turganini ko‘rgach:

Men G‘oziqulning otasiman, dedi xijolatomuz jilmayib.

Juvon shosha-pisha salom berdi va o‘rdakdek lapanglagan ko‘yi ichkariga kirib ketarkan, yo‘l-yo‘lakay:

G‘oziboy aka! Qishloqdan, deya ovoz berdi.

Ichkaridan maykachan, kalta ishton kiygan G‘oziqul yugurib chiqdi.

Ota-bola quchoqlashib ko‘rishishdi.

Odmigina, devorga yopishtirilgan gul qog‘ozlari ko‘chib tushgan xona. Burchakda ikki kishilk divan. O‘rtada mo‘’jazgina xontaxta. Shu xontaxtaga boyagi juvon harsillab-pishillab kelib dasturxon tuzagan bo‘ldi. Buni ko‘rib Rayimberdi chol xijolat chekdi.

Dasturxonga ota olib kelgan mayiz, konfet, pechene, hattoki qishloq nonlaridan ham qo‘yilganiga qaraganda...

Bu orada hol-ahvol so‘rashishlar tugadi.

O‘zingning ishing qanday, bolam? deb so‘radi ota asta.

Bu so‘roqda nechukdir iztirob va ayni paytda hadik ham borday edi. Ammo otasini ostonada ko‘rgan zahoti qo‘rqib ketgan G‘oziboy buni ilg‘amadi va odatiga ko‘ra kekirdagiga zo‘r berdi:

Ishlar “besh”, ota! Nasib qilsa bir-ikkita ishlar bitay deb turibdi. Qo‘limga katta pul tushadigan. Ana o‘shandan keyin maza qilib yashaymiz. Katta bir hovlini mo‘ljallab yuribman, o‘shani sotib olsam, enam bilan sizni ham ko‘chirib kelaman. Hammamiz tugal bo‘lib...

Ota indamay dasturxonga qarab o‘tiraverdi. Faqat zehn solib qaragan odamgina qariyaning rangi yanaga qorayib ketganini, ko‘zlariga alam yoshi inganini payqab olardi. Lekin G‘oziboy ba’zan hatto o‘zi ham mutaassiblarcha ishonib qoladigan havoyi rejalarini bayon qilib berish bilan ovora edi.

Ehtimol, hammasi odatga ko‘ra shu bilan tugashi ham mumkin edi. Ya’ni, o‘g‘il og‘iz ko‘pirtirib maqtanadi, ota ezilib, iztirob chekib uyga qaytadi...

Ammo kutilmaganda...

Kutilmaganda oraga boyagi, xona bilan oshxona o‘rtasida o‘rdakdek lapanglab yurgan juvon aralashib qolsa bo‘ladimi!

Buni hech kim, ayniqsa ota kutmagandi!

Voy, voy, voy, dedi juvon masxaraomuz ohangda. Qanaqa hovli, bizam bilsak bo‘ladlimi? Mosh sig‘magan orqangizga loviyani tiqib nima qilasiz?

O‘chir... ing! dedi ko‘zlari ola-kula bo‘lib ketgan, rangi quv o‘chgan G‘oziqul tishlari orasidan.

Endi o‘chirmayman! dedi juvon shartta. Sizning yolg‘on gaplaringizga uchib, shuncha pisib yurganim yetar!

Mutlaqo tuyqusdan Rayimberdi cholning ko‘nglidan “Bular rostdanam bir-birini “siz”larkan”, degan fikr o‘tdi. So‘ng esa birdan sergak tortdi.

Bo‘ldi! derdi bobillab juvon. O‘lar bo‘lsam o‘lib bo‘ldim! Otam qirq yillik rais, yiqqanining o‘zi yotib yesak qirq yilga yetadi, degandingiz! Akamning ikkita mashinasi bor, degandingiz, keldi, ko‘rdik akangizni ham! Og‘zidan siz ikki yil burun sotib yuborgan “Neksiya” tushmaydi. Qishloqda bir suruv qo‘yim bor degandingiz. Men bo‘lsam shu holimda, juvon qappayib turgan qorniga ishora qildi, kartishka bilan karamdan boshqa narsani ko‘rmayman. Ertaga bolangiz bir narsa bo‘lib tug‘ilsa, bilib qo‘ying, ikki qo‘lim yoqangizda ketadi... Oltin tog‘lar va’da qilgandingiz, o‘zingizning bo‘lsa bitta kichkina to‘y qilishga qurbingiz yetmadi... Nima, to‘rt bolali bo‘lganimda qilasizmi o‘zingiz va’da qilgan katta to‘yni?.. O‘lar bo‘lsam o‘lib bo‘ldim-ku! Sharmandai sharmisor qildingiz-ku ota-onamning, qarindosh-urug‘larimning oldida! Hech vaqoyingiz yo‘q ekan, hech bo‘lmasa ularning oldida tilingizni tiyib yursangiz bo‘lmasmidi! Nima qilasiz qop-qop va’dalar berib. Va’dani siz berasiz, mazaxga men qolaman...

Juvon izillab yig‘lab yubordi.

Adoyi tamom bo‘lgan, sholg‘omi chiqib ketgan G‘oziqul yerga qarab qoldi.

To‘satdan Rayimberdi chol ohista yo‘taldi. So‘ng favqulodda xotirjam ovozda, juda ham sokin bir tarzda asta-sekinlik bilan kelinini gapga tutdi va o‘zini qiynab kelgan ba’zi savollariga qisman bo‘lsa-da javob oldi.

Darhaqiqat, G‘oziqul mashina yutib olganidan keyin uni yuvishga, maishatga shu qadar zo‘r berganki, oxir-oqibat bo‘ynigacha qarzga botib, mashinani sotishga majbur bo‘lgan. Keyin “Matiz” mashinasini ijaraga olib, taksichilik qilib kun ko‘rmoqchi bo‘lgan. Ammo haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi bois, mirshablarga tushaverib bor-budidan ham mahrum bo‘lgan.

Qishloqqa haydab borgan ko‘k “Jiguli” esa, ota gumon qilganiday, birovniki, to‘g‘rirog‘i, kelinning ukasiniki ekan...

Kelinning ismi Hilola ekan. U tibbiyot kolejida o‘qib yurganida G‘oziqul bilan tanishib qolganu, uning qop-qop va’dalariga uchib...

Kelin ho‘ngrab yig‘lab yubordi:

Bir oy bo‘ldi, ostona hatlab ko‘chaga chiqolmayman. Qarz so‘rayverib, qo‘shnilarni bezor qilib yuborgandik. Endi ularni qaytarish kerak. Qaysi pulga? Do‘xtir bo‘lsa “Toza havoda sayr qil”, deb urishadi meni. Ko‘chaga chiqsam, qo‘shnilarning ta’na-malomatidan havo ichimga zahar bo‘lib quyiladi... Uyda yuragimni hovuchlab o‘tiraman. Eshik “tiq” etsa qaltirab qolaman. Qaynog‘am kelgan kuni, kelin Norbo‘tani nazarda tutayotgandi, uyning egasi kelib bir janjal qildi, bir janjal qildi. Uch oylik ijara pulini to‘lamagandik. Haliyam o‘g‘lingizning yonida puli bor ekan, borini chiqarib berdi...

Rayimberdi chol o‘g‘liga savolomuz qaradi.

Biroq G‘oziqul boshini yerdan ko‘tarmasdi.

Uning o‘rniga ham o‘ksinib hiqillayotgankelin javob berdi:

Uymi? Uyda ijaraga turamiz? Bu kishim qaysi puliga olsin uyni? Bu kishiniki faqat og‘izda...

G‘oziqul sakrab o‘rnidan turdi va “tars-turs” yurgancha ayvonga chiqib ketdi.

Kelin yana izillab yig‘lashga tushdi.

Ota bosh egib qoldi...



* * *

Rayimberdi ota ertalab yonidagi bor pulini kelinning qo‘liga tutqazdi, o‘ziga faqat yo‘lga yetadigan pul qoldirdi, xolos.

Shu kuni peshindan keyin ota qishloqqa kirib keldi.

Vahimaga tushgan o‘g‘illar ona boshchiligida uy yonida turishgan ekan.

Otaning qaerdan kelayotganligi ayon edi...

Rayimberdi chol bir hafta-o‘n kun pul izladi, uch o‘g‘liga do‘q urdi, po‘pisa qildi, hovlidagi qo‘y-mollardan sottirdi, ishqilib, bir milliondan ko‘proq pul yig‘di. Yana to‘rt yuz ming so‘mcha pul qarzga topildi.

Xullas, Norbo‘ta borib, kelinning qo‘liga bir yarim million so‘mni berib keldi.

Ota talabiga ko‘ra, Norbo‘ta G‘oziqulni qishloqqa ko‘chib kelishga rosa undagan. Ammo “shahar ko‘rgan echki” bo‘lmish G‘oziqul bo‘y bermagan. Hamishagiday:

Yaqinda ishlarim “besh” bo‘lib ketadi. Ana o‘shanda qishloqqa “Mersedes” minib boraman, deb turib olibdi.

Kelin esa ochiqdan-ochiq:

Qishloqqa bu ahvolda borishga uyalaman, debdi.



* * *

Rayimberdi ota yanada cho‘kdi.

Farzandlar uni shifoxonaga olib borishdi.

Ota tuman shifoxonasida qiynalib jon berdi... To so‘nggi soniyaga qadar otaning tobora nursizlanib borayotgan ko‘zlaridan yosh arimadi...

Har nechuk, yuborilgan odamlar G‘oziqulni topib kelishdi.

G‘oziqul akalari qatori bel boylab, aso ushlab “Voy, otam”lab turishga yaradi.

Mayitni joylab kelishganidan so‘ng Norbo‘taning uyida bir g‘unajin so‘yilib, ovulning oqsoqollariga bir kosadan sho‘rva berildi.

Hayot shafqatsiz. Odamlar ham.

Balki bunda bir hikmat bordir, har nechuk, qabristondan qaytgan odamlar marhum haqida emas, ko‘proq kundalik tirikchilik tashvishlari haqida gaplashishardi.

E, ishlar bilan bo‘lib sal kechikib qoldim-da, deb qoldi bir payt G‘oziqul sal balandroq ovozda. Ko‘pchilik u tomonga “yalt” etib qarashdi. Bo‘lmasa keyingi juma yumshoqqina “Mersedes” mashinasida kelib, otam bilan enamni Buxoroga, ziyoratga olib borib kelmoqchiydim. Og‘aynilarga tayinlab qo‘ygandim. Barisi tayyorgarlik ko‘rib, kutib turishgandi...

Nechukdir bu gaplardan so‘ng xonaga o‘lik sukunat cho‘kdi. Oqsoqollardan ko‘pchiligi allanimadan xijolat chekkanday bosh egib, dasturxon popugidan ko‘z uzmay o‘tirishardi.

Shu “Mers”ni o‘zim olmoqchiman, deya gapida davom etdi G‘oziqul. Yaqinda bir katta ish qildim, qo‘limga katta pul tushadigan. “Ko‘k”idan...

Norbo‘ta avval tomoq qirdi. So‘ng alaqanday jerkigan ohangda:

Uka, deb chaqirdi.

G‘oziqul sergak tortib shu tomonga qaradi.

Seni so‘rashayotgandi, dedi Norbo‘ta tashqariga ishora qilib.

Shu yerdayam topib olishadi-ya, dedi iljayib G‘oziqul shoshib o‘rnidan turarkan.

Norbo‘ta ukasi bilan izma-iz chiqdi.

U yoqda, dedi u G‘oziqulga do‘ng ortini ko‘rsatib.

G‘oziqul hayron bo‘lib shu tarafga yurdi.

Norbo‘ta ukasining ortidan keldi. Uning qo‘lida bir tuguncha bor edi.

Mana, dedi u tugunchani ukasining qo‘liga tutib. Bu yerda ikki yuz ming. Otam oxirgi kunlari tildan qoldi. Agar gapirganida shunday vasiyat qilishi aniq edi. Shaharga bor. Kelinning ko‘zi eson-omon yoriganidan keyin qishloqqa ko‘chib kelinglar. Ana joy, ana uy. Biz ham qarab turmaymiz. Xohlasang fermerligimni ol. Endi shaharda uytib yurish senga yarashmaydi...

Aka, siz tushunmayapsiz-da, yaqinda ishlarim “besh” bo‘lib ketadi...

Ammo Norbo‘ta ukasini gapirtirgani qo‘ymadi. U qo‘li bilan qishloq o‘rtasidagi bekatga ishora qildi.

Hozir esa bor. Yarim soatlardan so‘ng avtobus o‘tadi. Shaharingga jo‘na. Negadir hozir seni ko‘rgim kelmayapti... Hozir ketsang, hammamizga yaxshi bo‘ladi... Keyingi bozor xudoyi qilamiz. Kelsang yaxshi bo‘ladi...

Kelaman, dedi hovliqib G‘oziqul. Albatta kelaman...

G‘oziqul tugunni bag‘riga bosgancha, akasining fikridan aynib qolishidan cho‘chiganday bekat tomon tez-tez yurib ketdi.



G‘oziqul yakshanba kuni xudoyiga kelolmadi. Bir talabadan “Zarur ishim chiqib qoldi. Lekin tez orada “Mers”da boraman”, deb aytib yuboribdi...























39

Zulfiya Qurolboyqizi - Kuygan Shahar

Kampir yetmishlarga borgan, cho‘pday ozg‘in, iyagi ertaklardagi yalmog‘iz kampirning iyagiday oldga turtib chiqqan, lablari hayotning sho‘rish azoblarini tatib ko‘raverganidan tirishib-burishib qolganday so‘lg‘in va quruq, burni so‘ppaygan, kirtaygan ko‘zlari chuqur botgan – ma’yus boqar, ammo jahli chiqqanida nafaqat ko‘zlari xunukdan xunuk chaqchayar, balki butun yuzida qo‘rqinchli ifoda paydo bo‘lardi, qoqsuyak gavdasi esa xiyol egik, lekin juda serharakat, chaqqon, kiyimlari esa hamisha toza va ohorli edi.

U g‘ira-shira qorong‘ida achigan-chirigan hidlar anqigan meva-cheva bozoriga odatdagiday hammadan oldin keldi. Bir qo‘lida qo‘sh termos va boshqa qaqur-ququrlari ortilgan yap-yangi aravacha, ikkinchi qo‘lida kattagina to‘rvaxalta. Tez yurganidan harsillab nafas olardi. Kampir aravachani tortib kelarkan, qaddi yanada egilar, shuning uchun ham ko‘ylagining old etagi uzunroqday ko‘rinardi.

Kampir yetib kelganida oltmishlarga borgan, soch-soqoliga oq oralay boshlagan qorovul endigina katta jigarrang temir darvozani ochib, atrofni ko‘zdan kechirayotgan edi. U tong yorishmasdan bozorda paydo bo‘lgan kampirga ko‘zi tushib, norozilik bilan g‘o‘ldirab qo‘ydi:

– Saharlab balo bormikin bu qari qarg‘aga.

Yaxshi hamki kampirning qulog‘i sal og‘irroq, aks holda bechora qorovulning soch-soqolidan asar ham qolmasmidi? Biroq kampir qorovul bilan so‘rashmasdan o‘tmaydi.

– Yaxshi yuribsanmi, Boltavoy? Bola-chaqang omonmi?

– Ha, omon, omon. Omon bo‘lmay nima... – yoqtirmayroq javob berdi qorovul. – Faqat siz qachon mening ismim Boltavoy emasligiga ahamiyat berarkansiz?

– Mening uycham ham omonmi, Boltavoy?

– Omon, omon. Ana, qo‘qqayib turibdi. Eshik-derazalari berkitilgan bo‘lsa, kim ham teginardi?

– Ha, yaxshi...

Kampir bir oz yurgach, chapga burilib, g‘ira-shirada oqarinqirab turgan uychaga yaqin keldi.

Qishda qalin paltosining, yoz bo‘lsa ko‘ylagining ustidan mudom kiyib yuradigan yengil kamzuli cho‘ntagidan kalit chiqarib, eshikni ochdi, ichkariga kirdi.

Zum o‘tmay, xuddi kampir kelishini kutib turganday bozor birdan jonlandi. Darvozadan turli kishilar, sotuvchilar, oshxona egalari, bozor xodimlari kirib kela boshladi. Kechasi uyum-uyum qoplari ustida tunab qoladigan dehqon-sotuvchilar negadir har doim hammadan keyin, bozorda shovqin-suron qo‘pganidan so‘ng erinibgina uyg‘onishadi.

Bu vaqtda kampir biriga choy, yana biriga achchiq qahva damlangan termoslari yonida kela-kelguncha shaqir-shuqur qilgan chashkalarini chayishga ulgurib, har doimgi mijozlarini kutib olishga shay turardi.

– Roziyaxon, mana qahvangiz, – kampir qaynoq hovur ko‘tarilayotgan chashkani qirq besh-ellik yoshlardagi ayolga uzatdi. – Kecha bundan keyin sal quyuqroq damlang, degandingiz, mana, aytganingizday damladim.

Kartoshka-piyoz qoplarining ustida o‘tirgan Roziyaxon deganlari – uning ismi aslida Salimaxon, lekin kampir uni har doim Roziyaxon deb ataydi, u to‘ladan kelgan, bilaklari lorsillagan, oytovoqday yuzida ko‘zlari bir chiziqday bilinib-bilinmay turgan, shartakiroq ayol, – yoyilib iljaygancha kampirning qo‘lidan chashkani olarkan:

– O’zimning aqlli opoqimdan aylanay! – dedi go‘yo qarshisida yetmish yashar kampir emas, yetti yashar bola turganday erkalab. – Oh, oh, hidini qarang, hidini... Ertaga yana shunaqasidan bo‘lsin, xo‘pmi?

– Xo‘p.

Salima-Roziya choychaqa uzatdi.

– Endi boraqoling. Siz bilan valaqlashishga vaqtim yo‘q.

Kampir xursand bo‘lib pulni oldi, sanamasdan cho‘ntagiga solib qo‘ydi-da, aravachasini sud-rab yo‘lida davom etdi.

Ikki-ikki yarim soat ichida mijozlarini choy va qahva bilan siylab chiqqan kampir choshgohgacha – yana choy tarqatish vaqti bo‘lguncha bekor turmaslik uchun o‘ziga ish qidira boshladi. Ahvol deyarli har doim shunday: sotuvchilarni choy va qahva bilan siylab bo‘lgach, u aravachasi bilan birovlarning yukini tashiydi, kartoshka-piyoz saralaydi, juda bo‘lmasa som-sapazlarga yordamlashib, choychaqa ishlaydi. Yoki bir chekkaga o‘tib ishtiyoq va diqqat bilan aravasini tozalab, u yer-bu yerini ko‘zdan kechirgan bo‘ladi. Ishqilib bekor turmaydi-da.

Faqat choshgohdagi “chaypite”dan keyingina kampir bir oz nafas rostlash va gurunglashish uchun tanish mijozlaridan birining oldiga kelib dardlashib o‘tiradi.

– Uf, charchadim, Jamila, judayam charchadim... – deya zorlandi u odatdagiday horg‘inlik bilan. – Bolalarim qachon katta bo‘lisharkin-a?! Ishonasanmi, kechqurunlari oyoqlarim shunaqa qaqshaydiki! Ayniqsa boshim shunday og‘riydiki, xuddi qizilishton tumshug‘i bilan daraxtni to‘qillatib urganday bir shovqin quloqlarimda g‘uvillab ketadi...

Savdo tig‘iz bo‘lishiga qaramay, kampirni eshitish uchun hamisha vaqt topadigan, ko‘ngli bo‘sh, rahmdil olma sotuvchi ayol – darvoqe uning ismi Sojida, lekin kampir unga Jamila deb murojaat qiladi, – achinayotganini sezdirmasdan:

– Qizingizning bo‘yi cho‘zilib qopti, xudo xohlasa hademay yoningizga kiradi, – dedi xayrihohlik bilan. – Ko‘pam o‘zingizni urintiravermang, charchab qolasiz.

– Charchasam go‘rga, – dedi kampir. – Charchasam nima bo‘pti, bir yumalab uxlab olsam, hammasi o‘tib ketadi. Mendan ko‘ra, bolalarimga qiyin. Ular mensiz qiynalib ketishdi. Axir o‘zingizdan qiyos-da, tong saharlab bozorga kelib, qosh qorayganda uyga borasiz. Bola bechoralar nima yeb, nima ichib o‘tirishibdi... Bir yerlari og‘rib qolsa, kimga aytishadi... Kim ularning jonlariga oro kiradi?.. Kecha kenjatoyim Farruxning qorni og‘rib qopti. Bechora bolam tushgacha to‘shakda buralib yotibdi... Men bundan bexabar...

– Noila qaramabdimi ukasiga? – so‘radi Jamila-Sojida.

– Qaragan. Qizim boyoqish ukasiga mehribon. Dori beribdi, qornini jun ro‘mol bilan bog‘lab qo‘yibdi. Lekin Farrux tinchlanavermagandan keyin ukasiga qo‘shilib yig‘labdi-da bechora...

– Ha, tirikchilik-da endi... Iloj qancha...

– Tirikchilik ham o‘lsin. Ertadan kechgacha bozorda izg‘ib yurganimga yarasha, durustroq topsam edi.

– Siz yaxshi topasiz, opoqi. Hadeb o‘zingizni qiynayvermang.

– Be, qayoqda... Kecha kun bo‘yi pattachilar quvg‘inida yurdim. U yoqqa o‘tsam ham, bu yoqqa o‘tsam ham ketimdan qolishmadi. Oxiri bozordan haydab chiqarishdi. Qanaqadir tekshiruvchi kelarmishmi-ey. Siz eshitmadingizmi?

– Yo‘-o‘q... Eshitmadim...

– Sizga yaxshi, har qalay bozorda o‘z joyingiz bor. Shuning uchun ham sizga indashmaydi. Bizga o‘xshaganlarni esa kun bo‘yi ortimizdan quvishadi, yaramaslar.

– Sizziyam uychangiz bor-ku...

– Be... Bu uychani Narimon boyvachcha in’om qilgan. Savob uchun degandir-da. Lekin u yerda o‘tirgim kelmaydi.

– Sizlar ham patta olsangiz yaxshi bo‘lardi.

– Be, o‘zi arzimagan choychaqa ishlasam, bu pulga patta olamanmi, ro‘zg‘orga ishlatamanmi?

– Ha, mayli... Hali hammasi yaxshi bo‘ladi, kuyinmang.

Kampir bir lahza jim qoldi. So‘ng mahzun ohangda dedi:

– Ha, yaxshi bo‘lib ketar. Lekin ungacha yeta olarmikinmiz?.. – kampir chuqur xo‘rsindi. Mung‘ayib qoldi. Shunday kezlarda u allaqachon umrini yashab bo‘lgan, qurib-qovjiragan bo‘lsa-da, daraxt shoxida ilinib, amal-taqal jon saqlab turgan yaproqqa o‘xshardi.

– Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo‘ladi, – dedi Sojida-Jamila.

Kampir Jamila-Sojida bilan xayrlashdi.

Vaqt tushga yaqinlab qolgandi.

Bozorda kampirning choy va qahvasiga o‘rganib qolgan sotuvchilar ancha-muncha edi. Ular kampirning o‘zidan ko‘ra, yoshini hurmat qilishar, allaqanday tushuniksiz, qachonlardir bo‘lgan-bo‘lmagani noma’lum voqealar haqidagi hikoyalarini sabr-toqat bilan eshitishar, eski-yangi pul aralash qaytim qaytarganida indamay olishar, Sojida-Jamilaga o‘xshaganlar kampir yig‘laganda qo‘shilishib yig‘lashar, boshqa odamga, ya’ni necha yillardan buyon kampirning xotirasidagina yashayotgan, hozirda bor-yo‘qliklari ma’lum bo‘lmagan odamlarga evrilganlaridan og‘rinishmas, lekin hech qachon nasiyaga choy ham, qahva ham olishmasdi. Mobodo nasiyaga choy yoki qahva so‘raguday bo‘lishsa, ular qanchalik qadrdon bo‘lib qolganlariga qaramasdan, kampir bunga aslo rozi bo‘lmasligini juda yaxshi bilishardi.

– Xafa bo‘lmang, singlim, mijozim bo‘lsangiz ham nasiyaga berolmayman. Uyda uchta bolam ochdan och o‘tirishibdi! Men ularni mana shu choychaqa bilan boqishimni bila turib, nasiyaga so‘ragani uyalmaysizmi?! – deya bobillab berardi kampir nasiya so‘rovchining ko‘ziga tik qarab.

Ba’zida u birdan bozordan g‘oyib bo‘lib qolar, oradan uch-to‘rt soatlar o‘tgach, goh mahzun tortgan, gohida yig‘lab, ko‘zlari qizargan holda yana paydo bo‘lardi.

– Xolidaning ahvolidan xabar olgani bordim, – derdi u doimiy hamsuhbati Sojida-Jamilaning oldiga kelib. – Bechora bir ahvolda yotibdi... Achinib ketdim... O’lib qolsa, bolalarining ahvoli nima bo‘ladi?..

Kunlarning birida esa...

– Xolida sho‘rlik olamdan o‘tibdi! – degan xabar bilan keldi yuragi yorilguday bo‘lib. – E Xudoyim!.. Endi nima bo‘ladi? – Keyin birdan qoni qaynab ketdi: – Hammasiga eri Shokir piyonista aybdor! Uni sud qilish kerak! Osish kerak uni!

Bozorda yangi paydo bo‘lgan kishilar dastlabki kunlar choy sotib tirikchilik qiladigan kampirning bip-binoyiday usti-boshiyu xorijiy arava va termoslariga qarab turib hayron bo‘lishadi, bu nomutanosiblikning tagiga yetganlaridan keyingina kampirga ham, uning almoyi-aljoyi gaplariga ham ortiqcha e’tibor bermay qo‘yishadi.

Ammo bu yerdagilarning hammasi ham go‘yo o‘tmishdan tushib qolganday kechgacha bozorda tentirab yuradigan, hech kim mushugini pisht demasa-da, mudom pattachilardan o‘zini olib qochishga urinadigan, bozor mutasaddilari u bilan xushmuomalada bo‘lishsa ham negadir ulardan norozi bo‘lib, bir nimalar deb qarg‘anib yuradigan, allaqanday tushuniksiz, qachonlardir bo‘lgan-bo‘lmagani noma’lum voqealar haqida gapiraverib charchamaydigan kampirni hurmat qiladi deb bo‘lmasdi. Uni yoqtirmaydiganlar – ayniqsa ovozini uzoqdan eshitishi bilan asabi bu-zilib ketadiganlar, ko‘zini shamg‘alat qilib, ustidan kuladiganlar, ortidan tosh otadiganlar ham talaygina edi.

– Zarilga zaril, anavi shumkampirga nima zaril ekan, jonini buncha qiynab?! Uyida mazza qi-lib o‘tirmaydimi?! Agar mening o‘g‘lim amaldor bo‘lganidami!

Hali aytganimizday, kampir bunday ivir-shivirlarni hadeganda eshitavermaydi, ammo eshitib qolsa bormi, hech kimni ayab o‘tirmaydi. Uning tili zahar edi:

– Ha, og‘zingdan qoning kelgur! Men bilan nima ishing bor?! Nima, bozor sening mahringga tushganmi yoki uni Narimon boyvachchadan sotib olganmisan?!

Gap otgan odam vazminroq bo‘lsa yaxshi, kampir ko‘p shang‘illamaydi, aytadiganini aytadi-da, aravachasini sudragancha yo‘lida davom etaveradi. Lekin raqib asabiyroq, janjalni pulga sotib oladiganlar toifasidan bo‘lsa bormi, bozorga o‘t ketdi deyvering.

– Nimalar deb valdirayapsiz? Narimon boyvachcha deganlari kim o‘zi? Bozorkom Sodiq boyvachcha-ku! Siz qaysi zamonda yashayotganingizni bilasizmi o‘zi?!

Janjalkashning shu uch og‘iz gapi yetarli, kampir birdan quturib ketadi:

– Hoy, manjalaqi, nima, meni esdan og‘ib qolgan deyapsanmi?! Bozorning xo‘jayini Narimon boyvachcha ekanligini bilmasang, yur, o‘zim ko‘rsatib qo‘yaman!

Kampir aravachasini uloqtirib yuboradiyu, janjalkash tomon xezlanadi.

Allakimlar hay-haylashib, ularni ajratib qo‘yishsa olam guliston, bir zumda ko‘zlari qonga to‘lgan kampir hansiray-hansiray nari ketadi. Aks holda u yiqilib qolguncha, erkak-ayol demasdan yoqasiga chang solib, ayyuhannos ko‘tarishi turgan gap. Allakimlar bozor ma’muriyatiga kampirning ustidan shikoyat ham qilishadi, lekin u yerdagilar negadir ming‘irlashdan nariga o‘tishmaydi. Kampirning tanobini tortib qo‘yish eslariga ham kelmaydi. Qay bir yili esa... he yo‘q, be yo‘q, bozor ma’muriyati kampirga bemalol o‘tirib savdo qilishi uchun barcha sharoitlari muhayyo bo‘lgan uycha sovg‘a qildi. Ammo kampir uychada bir soat ham o‘tirib savdo qilmadi.

Shuning uchun ham bozordagilarning ko‘pchiligi kampirdan bezib qolishgan. Ayrimlarning uni ko‘rgani ko‘zi yo‘q. Ba’zilar undan ochiqdan ochiq nafratlanishadi.

– Tur, yo‘qol, esi past kampir! Kim seni chaqirdi bu yerga?! – deb haydashadi ular tap tortmasdan.

Ammo kampir ham indamay ketadiganlar xilidan emas.

– Og‘zingdan qoning kelgur, nega meni haydab solyapsan?! Nima, senga xalaqit beryapmanmi? Yo oldingdagi oshni olib qo‘ydimmi?!

Shunday kezlarda qaerdan bo‘lsa ham yetib kelgan Sojida-Jamila kampirning joniga oro kirar, uni bu yerdan uzoqroqqa olib ketardi.

Bir kuni bozordagilar – aftidan ular yangi sotuvchilar edi – kampirni rosa mayna qilishdi. Chunki u bir zamonlar zolim podshoh zulmidan qochib, g‘orga berkingan hamda Tangrining amri bilan uyquga ketgan va uch yuz yildan keyin uyg‘onib, bozorga chiqqan sadoqatli va dunyobexabar yigitlarga o‘xshab, allaqachon muomaladan chiqqan eski pullar bilan savdo qilayotgandi-da.

– Daqqiyunusdan qolgan pullarni boshimizga uramizmi?! Bu kampirning tomi ketib qolgan. Uni allaqachon jinnixonaga topshirib yuborish kerak edi!

Kampirning g‘azabi qaynab ketdi. Toji yulib olingan xo‘rozday jahd bilan olishuvga shaylandi. Lekin “...jinnixona” degan so‘zni eshitib beixtiyor qaltirab ketdi va shashtidan tushdi.

– Bu odamlar aqldan ozib qopti... – deya g‘udrandi u yo‘lda ketib borarkan.

Keyin ajablangancha Sojida-Jamilaning oldiga bordi.

Sojida-Jamilagina kampirning qalbiga yo‘l topa oladi, u pul almashganini aytganidan keyin kampir bir nimalarni fahmlaganday bo‘lib:

– E-ha, gap bu yoqda ekan-da, – deb qo‘ydi. – Men dunyobexabar...

Kampir jimib qoldi.

Lekin zum o‘tmay Sojida-Jamilani savolga tutdi:

– Pul qachon almashdi o‘zi?

Bunday kezlarda nima deyishni yaxshi biladigan Sojida-Jamila shu zahoti javob berdi:

– Kuni kecha.

– Ha, shunaqa deng.

Kampir bir zum o‘ylanib turdi, so‘ng afsuslanib:

– Kecha televizor ko‘rsam bo‘larkan... – deb qo‘ydi.

Sojida-Jamila indamadi.

Kampir yana bir zum o‘ylanib turdi-da, so‘ng:

– Hozirgi odamlarning shunchalik qahri qattiq-ki, bu ahvolda yigirma yildan keyin nima bo‘larkin?.. Bilmadim... – dedi asta o‘ziga o‘zi gapirganday.

Sojida-Jamila iztirob ichida:

– Allaqachon yigirma yil o‘tib bo‘lgan-u... – deya shivirladi.

Kampir o‘rtog‘ining gapini anglamadi.

– Keling, bir pas dam olvoling, – Sojida-Jamila kampirning halidan buyon qarshisida tik turganiga ahamiyat bermaganidan xijolat tortib, unga joy beradi.

Shunda kampir birdan o‘ziga kelib deydi:

– Voy, bezovta bo‘lmang, o‘rgulay. O’zingiz bemalol o‘tiravering joyingizda. Men qarib boryapmanmi? Endi ellikning boshini tutgan odamga bu yurishlar nima!

Ba’zida, dardlashadigan mijozlari bozorda ko‘rinmay qolsa yoki tayinli bir ish topolmagan kunlari kampir zerikkanidan odamlarning asabiga tegib, kechgacha bozorda behudaga izg‘ir, hech yerda to‘xtamas, aravasini shaldiratib sudragancha go‘yo bir narsani qidirayotganday rastalar orasida aylanib yuraveradi, yuraveradi; savdo tig‘iz paytlari olomon uni u yoqdan-bu yoqqa surib tashlar, birovlar atay turtib o‘tar, lekin kampir hech narsani sezmas, ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar, o‘z maromida davom etayotgan hayotni his qilmas, qaerdadir uzoqda, hammadan, hamma narsadan uzilib qolganday, gangiragancha kezib yuraveradi; gohida esa duch kelgan odamning ishiga bur-nini tiqar, suhbatlariga aralashar, oralarida gap qochganidan keyin xuddi bu yerdagilar uni bozordan siqib chiqarishga urinayotganday tuyulib, qattiq jahli chiqib ketar, keyin xato ustiga xato qilib qo‘yar, ongini qurshagan zulmat pardasiga tobora chuqurroq kirib borardi... oqibat shu darajaga yetadiki, hech kim kampirni eplay olmay qoladi; kampir o‘tmishda hech qachon jur’at qila olmagan ishni qilar, isyon ko‘tarar, nihoyat qidirib yurgan odamini topganday, o‘zi itdan ham battar yomon ko‘radigan birorta pattachining yuziga boplab tupurar, yillar davomida o‘zini ezib tashlagan olamjahon be’mani so‘zlar uyumini yuragidan itqitib tashlardi. Bunday kezlarda uning telbadan farqi qolmasdi.

Shunda kimdir kampirning uyiga xabar beradi shekilli, o‘n daqiqa o‘tar-o‘tmas yetib kelgan “jip”dan ikkita barvasta yigit tushadiyu jazavasi qo‘zib, ayyuhannos ko‘tarayotgan kampirni avaylab ikki qo‘ltig‘idan olishib, bozordan chiqib ketishadi...

Yo‘q, u telba emasdi. Uning xotirasi inqirozga uchragan, necha yillardan buyon ko‘rlik dunyosidan ham battarroq bir zulmat ichida, olamdagi o‘zgarishlardan bexabar, na kechaning, na bugunning farqiga bormasdan, yolg‘iz, hattoki yolg‘izdan yolg‘iz, hududsiz zulmat ichida yashardi. Ong-shuurida hayotining faqat eng og‘ir damlari – yigirma yil muqaddam, bozorda choy sotib tirikchilik o‘tkazgan davri – xuddi halokatga uchragan vaqtning bir parchasiday qotib qolgan; yoshi bir yerga borgan, ro‘zg‘orning barcha tashvishlaridan qutilgan bo‘lsa-da, hamon ilgariday, ya’ni oilaning butun tashvishlari o‘z gardanida bo‘lgan vaqtlardagiday kuyib-pishib yurar, holdan toyib yotib qolguncha bozordan beri kelmas, lekin hech qachon birovning moliga ko‘z olaytirmas, o‘zi o‘qimagan va ongiga sig‘dira olmagan sonmingta dunyoviy qonunlardan faqat bittasini – “Halol yasha”, deganini juda qattiq ushlab olgan, xuddi bitta to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tinimsiz borib-kelayotganday yashar, kelajak esa... nazarida juda uzoqda, hech yetib bo‘lmaydiganday tuyulardi; jismi kundan kun qurib-qovjirab borar, go‘yo tiriklayin murdaga aylangandi, ammo bir kun bozorga chiqmasa farzandlari och qoladiganday mudom qo‘rqib yashardi, vaholanki o‘zi qo‘rqqan dahshatli narsa allaqachon yuz berganini, u bozorda yurganida uyi yonib ketganini, qizi bilan kichik o‘g‘li olov ichida qolib nobud bo‘lganini, faqat bir o‘g‘li omon qolganini, dugonasi Xolida piyonista erining kaltagidan keyin o‘nglana olmay, jinnixonada yotganini, qo‘shnilari uning bolalarini yetimxonaga topshirib yuborishganini eslay olmasdi...

Xullas, kampirning xotirasida na o‘tmish bor, na kelajak.... faqat bugunni – bir lahzalik umrni yashab qolish bilan cheklanardi.

Gohida esa beixtiyor eski uyiga borib qoladi.

Yonib ketgan hovli qayta ta’mirlangan, lekin endi bu yerda begonadan begona kishilar yashaydi, ular kampirga yaxshi muomala qilishadi, go‘yo muruvvat ko‘rsatayotganday unga uy ichiga kirishga ruxsat ham berishadi. Kampir nega bu yerga kelganini, nima majbur qilganini sezmagan, anglamagan holda xonalarni bir-bir aylanadi, har bir xonaning har bir burchagi kampirning xotiralarini o‘zida saqlaydi, zero xotiralar yonmaydi, ammo bu xonalar kampirning o‘zi singari qizg‘anchiq, xotiralarni unga bermaydi, biroq u ketayotganida ortidan mung‘ayib qarab qolishadi...

Kampir yana xotiralarining siniq parchalari sochilib yotgan bozorga qaytadi.

– Yerning qoq qirrasida turganga o‘xshayman, – deydi u o‘ychanlik bilan shu kuni Sojida-Jamilaga. – Yerning qoq qirrasida. Pastga enkaysam tamom... hammasi tugaydigandek... Nega bunday, bilmayman.. O’lay agar bilmayman. Senda bunaqa bo‘lmaydimi sira?

Sojida-Jamila mahzun bosh chayqaydi.

Kampir mushtini iyagiga tiragancha jim qoladi. Shu turishida u naq qari qarg‘aning o‘zginasi edi.

Allakim, bu sotuvchimi yoki xaridorlardan, noma’lum, – o‘tib ketayotib tasodifan kampirni turtib yuboradi, keyin shosha-pisha uzr so‘raydi, ammo allaqachon g‘isht qolipdan ko‘chgandi, kampirning chatnab turgan asablari o‘t tushgan quruq giyohdek birdan pov etadi...



* * *



Tinchlantiruvchi ukoldan keyin kampir odatdagiday uch-to‘rt soat dong qotib uxladi. So‘ng hech narsa bo‘lmaganday, tiniqib uyg‘ondi. Uyg‘ondiyu soatga qaradi, keyin shosha-pisha o‘rnidan turdi.

– O’lsin... Uxlab qopman...

Kampir g‘udrangancha dahlizga chiqdi.

Bu yerda unga o‘ttiz yoshlardagi juvon peshvoz chiqdi.

– Yaxshi yotib turdingizmi, oyijon?

– Rosa uxlabman-da o‘ziyam, – dedi kampir unga javoban. – Sal vaqtliroq uyg‘otsang bo‘lmasmidi?

– Yaxshilab dam olvoling dedim-da...

– Dam olmasam go‘rga, darrov termosga choy damla.

– Oyi, kech bo‘lib qoldi...

– Kechki bozorga chiqaman.

– Oyi... iltimos, buguncha chiqmay qo‘ya qoling.

– Nega chiqmayman? Oyog‘imni uzatib uyda yotsam, tirikchilik nima bo‘ladi?

– Ertaga chiqa qolasiz. Hali Roziya opoqi aytdi, bugun bozor vaqtli tugabdi. Qandaydir tekshiruvchilar kelarmishmi...

Kampir birdan hushyor tortdi.

– Tekshiruvchilar?

– Ha.

Kampir o‘ylanib qoldi.

– Roziya bejiz xabar bermagan. Yaxshisi chiqmay qo‘ya qolay. Senam uyingga keta qol, Manzura. Qaynonangdan baloga qolma tag‘in.

– Qaynonamning zug‘umidan qochib kelib siznikida yashab yuribman-ku, qayoqqa boraman?

– Ha, aytgancha... xayolimdan ko‘tarilibdi... Qaynonang o‘lmadi, sen qutulmading.

– Ovqat tayyor, suzaveraymi?

– Noila bilan Akbar qani? Farrux hali maktabdan kelmadimi?

– Ular oshxonada, sizni kutib o‘tirishibdi.

– Menam hozir boraman.

Kampir hovliga chiqdi.

Naqshinkor panjarali, marmar zinalardan bir-bir bosib tusharkan, atrofga hayrat bilan boqdi.

Hovli juda hashamatli edi.

Ammo kampir hech qachon bu yerda o‘zini o‘z uyida yashayotganday his qilmasdi. Bu uydagi yarqiroq hayot uning ko‘zlarini qamashtirar, go‘yo kelajakka sayyohat qilganday, ba’zida yoqimli tush ko‘rayotganday bo‘lardi xolos. “Qachon o‘z boshimga uy bitadiyu, bu yerdan tezroq daf bo‘larkinman?..” – deb qo‘yardi u gohida siqilib ketganidan. O’zining bunday hashamat ichida yashayotganining sababini gohida bozorkom Narimon boyvachchaning iltifoti sifatida qabul qilardi, gohida esa ijarada turibman, deb o‘ylardi.

Atrofidagi narsalarga tikilib o‘tirib kampir gohida birdan o‘zini ko‘lankalar vodiysida yurganday his qilar, g‘alati kayfiyat chulg‘ab olar, hayotining og‘ir damlarini qayta va yana qayta yashayotganday allanimalar tanish tuyular, lekin mavjud olam bilan o‘zi o‘rtasida qandaydir o‘tib bo‘lmas to‘siq borday, to‘siq osha nazar tashlashga nimadir izn bermayotganday, allaqanday sharpalar ko‘z oldidan birma-bir o‘tishga shaylanib turganday bo‘lar, yuragi sanchib ketar, o‘zini chuqurga tushib ketganday his qilar, mudom g‘uvillagan shamol esib turadigan chuqur... kampir chuqur devorlariga tirmashib, yuqoriga chiqishga urinar, ammo g‘uvillagan shamol ovoziga qo‘-shib, urinishlarini ham allaqayoqlarga olib ketar, kampir esa chuqurda tinim bilmay aylanaveradi, aylanaveradi, xuddi bozorni aylanganday, lekin ko‘p o‘tmay ertangi tirikchilik haqida o‘ylab darrov o‘zini alahsitar, ammo nima uchun bezovta bo‘lganidan sira ham tashvishlanmas, qo‘rquvga tushmas, qalbi dahshatli yong‘indan keyin qurib-qaqshab yotgan qo‘rg‘onday yana huvillab qolardi. Kim bilsin, ehtimol u ozgina bo‘lsa ham qo‘rqqanida, sergak tortganida, hayotga qaytarmidi, lekin u qo‘rqmasdi, taajjublanmasdi, hatto o‘ylab ham ko‘rmasdi, – xuddi yerga urug‘ sochib qo‘ygan-u, lekin keyin hammasini unutgan dehqonday, – aftidan shuning uchun ham tobora zulmat qo‘yniga kirib borardi...

Yarim soatlardan keyin kampir namxush yuzini silagancha oshxonaga kirib keldi.

– Ura, buvim keldilar!

Sakkiz yoshlardagi bolakay yugurib kelib kampirni quchoqlab oldi.

– Buvi, deysanmi, Farrux? Qachon aqling kiradi sening? – kampir yengilgina tanbeh berdi bolakayga.

Keyin birin-ketin salom bergan qizcha bilan yigitchaga qarab:

– Noila, bugun yopgan noning tandirdan tushib qolmadimi? – deb so‘radi.

– Yo‘q, mana, ko‘ring, bugun juda chiroyli non yopdim... o-oyijon... – qizcha ko‘zlari javdiragancha bir juft nonni uzatdi.

– Ha, yaxshi, ancha qo‘ling kep qopti. Endi bozorda shoshilmasdan, xotirjam yursam bo‘larkan. Sen-chi, Akbar, Samadning do‘konidan un olib keldingmi?

– Ha, olib keldim, – deb javob berdi Akbar chetga qaragancha.

– Durust...

Shundan keyingina kampir nabiralari, e, farzandlari bilan o‘tirib ovqatlandi. Keyin bolalar televizor ko‘rishdi. Televizorning ekrani juda katta, uydagi boshqa jihozlar kabi juda hashamatli va noyob edi.

Kampir yumshoq divanning chekkasida hashamatu boylik ichra bir siqimgina bo‘lib o‘tirarkan... yana o‘zini begona uyga kirib qolganday va qorong‘ida – bir vaqtlar orzu qilgan, lekin yetisha olmagan notanish buyumlar ichida turtinib-surtinib yurganday his qilgancha ertangi bozor va tirikchilik haqida o‘ylardi: “Manzura endi qaynonasinikiga ketmaydigan bo‘lsa, undan foydalansam nima bo‘pti? U har kuni somsa yopib beraveradi, men choy va qahvaga qo‘shib sotaveraman. Axir endi oilamiz ancha kattaydi, uniyam boqishim kerak-ku! Lekin uni bozorga yo‘latmayman!”

Tong otmasdan kampir yana bozorga otlandi.

– Oyi, endi shu ishni bas qila qoling, iltimos.

Qirqlarga borgan, bashang, uyda ham galstuk taqib yurishni unutmaydigan, basavlat yigit engashib shoshilgancha termoslarini aravaga yuklayotgan kampirning oldiga keldi.

– Meni oyi dema, deb necha marta aytganman, Davron! Baribir o‘g‘lim bo‘lolmaysan, – kampir ishidan bosh ko‘tarmay javob berdi. – Yaxshisi uy top. Qachongacha onang jiyanim bechorani xo‘rlaydi, azoblaydi!

– Yaxshisi siz dam oling, oyi! Agar xohlasangiz, shu bugunoq sanatoriyga yuboraman.

Kampir o‘z mashg‘ulotidan bir lahza ham chalg‘imagan holda to‘ng javob berdi:

– Men hali oyog‘imni uzatib, dam oladigan kunlarga yetganim yo‘q.

– Yetgansiz, oyi. Yetgansiz! – baqirib yubordi yigit iztirob ichida.

Kampir ilkis boshini ko‘tardi. Nigohlari qattiq, lekin ma’nisiz edi.

– Menga baqirma! – dedi u keskin ohangda. – Men odamlarning kaltagini yeyish, haqoratlarini eshitish uchun tug‘ilmaganman!

– Oyi!.. – Yigitning yuzi qorayib ketdi.

– Aql o‘rgataverib toza jonimga tegib ketding. Yaxshisi xotiningni olib uyimdan chiqib ket! Qachongacha senlar uchun ham ijara puli to‘layman?!

Kampir shunday dedi-da, aravasini sudragancha ko‘cha eshik tomon yo‘l oldi.

Yigit bir zum o‘ylanib turdi, so‘ng ikki hatlashda kampirni quvib yetdi va uni dast ko‘targancha xonaga olib kirdi-da, eshikni qulfladi.

– Eshikni och! Och deyapman! – eshikni mushtlagancha baqirdi kampir. – Agar hoziroq ochmasang, Narimon boyvachchaga aytib, urug‘ingni quritib yuboraman hammangning! Och! Och, deyapman!

Kampir qo‘liga ilingan narsani eshikka ura boshladi.

Yigit quloqlarini bekitgancha, eshikka suyanib turar, ko‘zlari jiqqa yosh edi.

– Qo‘ying, uni qiynamang, – dedi xotini yaqin kelib. – Oyim shu holicha yashasagina o‘zini yaxshi his qiladilar.

– O’ylab gapiryapsanmi?

– Xotirasi o‘ziga qaytsa, nima bo‘ladi, bilasizmi?

– ...

– Noila bilan Anvar qani, deb so‘rasalar, nima deb javob berasiz? Ularni topib berolasizmi?

– O’chir!

Juvon jim bo‘ldi.

– Jonimdan to‘yib ketdim! – shivirladi yigit asabiy tarzda. – Bozordagilarning shikoyatidan jonim hiqildog‘imga keldi! Qachongacha ularning oldida tilim qisiq, iltimoslariga yo‘q deyolmay yashayman?!

– Nachora... Lekin...

– Bir hafta uy qamog‘ida o‘tirsalar, bozorni eslaridan chiqarib yuboradilar. Bor, sen ishingdan qolma.

– Eslaridan chiqarmaydilar, kasal bo‘lib qoladilar!

– Nima bo‘lsa bo‘lar!

Xotin nari ketdi.

Yigit ichkariga quloq tutdi. Kampir birdan jimib qolganidan xavotirlandi.

– Oyi...

Ichkaridan javob bo‘lmadi.

Yigit bir zum ikkilanib turdi, so‘ng asta eshikni ochdi. Devorga qapishib turgan kampir shu zahoti o‘zini eshikka urdi.

Kampirning bunday shumliklariga o‘rganib qolgan yigit ham bo‘sh kelmadi, eshikni yopib, qulflashga ulgurdi.

– Meni qo‘yib yubor! Qo‘yib yubor! – jazava ichida qichqirdi kampir o‘g‘liga yopishib. – Agar hoziroq qo‘yib yubormasang, bolalarimning uvoliga qolasan!

– ...

– Agar eshikni ochmasang, o‘zimni derazadan tashlayman, – kampir deraza tomon yurdi.

– Bilganingizni qiling.

Yigit paytdan foydalanib o‘zini tashqariga oldi.

Yana eshik qulflandi.

Zum o‘tmay kampir shunday ayyuhannos ko‘tardiki, ancha-muncha odamning asablari dosh berishi qiyin edi. Ammo yigit chidadi, stol qirrasini mahkam ushlagancha, bir nuqtaga tikilib turaverdi.

– Akbar! Meni qutqar, bolajonim! Ular meni o‘ldirib qo‘yishadi! – qichqirdi kampir eshikni mushtlab. – Meni qutqar, Akbar! Noila, qaerdasan, Noila?!. Ular meni o‘ldirib qo‘yishadi... Tiriklay ko‘mib yuborishadi... Onangdan ayrilding, bolam...

Bir chekkada turgan juvon chiday olmay eshikka yaqin keldi.

– Agar eshikni ochsang... – yigitning ko‘zlari tahdidli boqdi.

– Qanaqa odamsiz... Axir bunaqada...

Yigit jahl bilan xotinining ustiga bostirib keldi. Juvon qo‘rqqanidan g‘ujanak bo‘lib oldi. Lekin zum o‘tmay qaddini tiklab, eriga lablarini qimtigancha qahr bilan qattiq tikildi.

Yigit unga qo‘l ko‘tarmadi. Ammo...

– Menimcha oyimni haddan ortiq erkalatib yubordim. Ko‘ngillariga qarayverganim uchun ham o‘g‘lim bor ekan, nimaiki qilmayin odamlar ko‘taraveradi, degan fikrga kelib qolganlar. Yetar, shuncha vaqt odamlarga masxara bo‘lganlari!

Juvon erini birinchi marta ko‘rib turganday hayrat bilan boqdi.

Keyin:

– Shu gaplarni siz gapiryapsizmi, – deya e’tiroz bildirdi. – Qanaqasiga... oyim sizni o‘g‘lim deydi? Axir u kishi sizni tanimaydilar-ku!

– Yo‘q, – keskin bosh chayqadi yigit. – Odam aqldan ozgan taqdirdayam bunchalikka bormasligi kerak. Axir onamni qancha davolatdim. Vaqt va tibbiyot harakatga keltira olmaydigan xotira bo‘lmasligi kerak!

– Bo‘lishi mumkin...

– Menimcha oyim atay qiladilar... O’z kasaliga bog‘lanib qolganlar.

– Yo tangrim, – deb yubordi juvon beixtiyor.

– Axir qachongacha, ona o‘z o‘g‘lini tanimaydi? – dedi yigit kutilmaganda yig‘lamsirab. – Axir qachongacha... Qachongacha... o‘tmish bizni ta’qib qiladi?!. Axir hayot bir odamga shunchalik ham azob beradimi?! Kecha yo‘q... Erta yo‘q... Faqat bugun bilan odam qanday yashaydi? Bugun ko‘rib turganlariga qarab qanday xulosa chiqaradi? Axir qachongacha xuddi aktyorlarday o‘z uyimizda rol o‘ynaymiz?! Men Akbarman, lekin Davron degan yigitning rolida chiqishim kerak har kuni, har soniyada sahnaga! Bu azob-ku, azob! Bu ahvolda qanday yashaydi odam?! – yigit devorni mushtladi. Uning yuzi qorday oqarib ketgandi.

– Oyim yashayaptilar-ku...

– Men yashay olmayapman! Men! Men! – yigit boshiga mushtlay boshladi.

Juvon yugurib borib stakanda suyuqlik olib keldi.

– Ichib oling. Tinchlanasiz...

Yigit stakanni bir ko‘tarishda bo‘shatdi. Zum o‘tmay u sal o‘ziga keldi.

Biroq...

Kampir endi dod solishga o‘tdi.

– Hoy odamlar, yordam beringlar! Sizlarda insof bormi o‘zi?! Bir bechora ayolni xo‘rlayotgan zolimdan shunchalik ham qo‘rqasizlarmi?! – kampir ko‘cha tomondagi derazaga tirmashar, uni ochmoqchi bo‘lar, alhol ochardi ham, lekin... endi temir panjaraga urilgan barmoqlari zirillab ketardi, biroq kampir bunga parvo qilmas, u joni og‘riyotganini sezmasdi. – Bir bechoraga yordam beradigan mard bormi bu dunyoda?! Zolimlarning dastidan kuyib ado bo‘ldim-ku...

Eshik baribir ochilmadi.

Kampir ezilib yig‘lay boshladi...



* * *



Kampir kasal bo‘lib qoldi. Uy qamog‘i uning asablariga yomon ta’sir qilardi. U o‘zini eshik-derazalarga ura-ura, nihoyatda holdan toygan, aft-angoriga qarab bo‘lmasdi. Qo‘llari shilingan, yuzi, peshonasi momataloq bo‘lgan...

Endi u o‘zini u yoq-bu yoqqa urmasdi, faqat deraza oldiga borib qo‘llarini ikki yoniga kergancha daraxtga aylanardi.

– Qarg‘a... Qarg‘a... Kel, shoxlarimga qo‘nsang-chi, – kampir o‘zini ulkan daraxtday his qilardi. – Kela qol. Nega jim turib qolding? Kel, kela qol... Lekin bilib qo‘y, boshimga qo‘nmaysan!

Kampir xiyol egildi, go‘yo shoxlarini pasaytirdi. Ammo kutilmaganda... qarg‘a uning shoxlariga emas, miyasiga kirib oldi.

– Ha, yaramas! Yana eski joyingni topib oldingmi? Kisht! Kisht... Obbo, yana qag‘illashni boshladi! Mana bu yerimda qarg‘a qag‘illayapti, – ko‘rsatkich barmog‘ini chekkasida aylantirib, g‘udrangancha uy ichida yura boshladi kampir. – Qarg‘a... Qarg‘a... Yo‘q, men qarg‘aman... Men qarg‘a... Xuddi ertayu kech daraxtda qimir etmay o‘tiradigan qarg‘a... O’zicha hammaga kerakman, deb o‘ylaydi. Aslida hammaning joniga tegib ketgan! He, noshud... Namuncha qag‘illaysan?! Bunaqada miyamni teshib qo‘yasan-ku!

Kampir o‘rnidan turolmay, yotib qolganidan keyin eshik ochildi. Juvon unga g‘amxo‘rlik qila boshladi.

Ammo kampir hadeganda o‘ziga kelavermagach, do‘xtir chaqirishdi.

Uni ko‘rdiyu kampir yana shaytonlay boshladi:

– Voy-dod! Anavi alvasti sochimni olgani keldi. Kiyimlarimni yechib, kalta xalat-ishton kiydiradi. Meni yashirib qo‘yinglar! U meni opketib qoladi! Tezroq yashir meni, bekit. Ko‘zga ko‘rinmaydigan yerga bekit! Qariganda sharmanda bo‘lmayin... – kampir yostiq bilan boshini bekitdi.

– Oyi... – yigit onasiga yaqin keldi.

Kampir kutilmaganda irg‘ib o‘rnidan turdiyu xona ichida chir aylanib qocha boshladi, hech kim – na doktor, na... yig‘lamoqdan beri turgan o‘g‘il uni tutishga jazm etishdi.

Ammo kampir baribir xonani gir aylanib yuguraverdi, yuguraverdi. To holdan toyib qolguncha... va uzun ko‘ylagining etaklariga o‘ralib yiqilib tushmaguncha...

– Iltimos, meni kasalxonaga opketmang, – deya yalina boshladi u yerda cho‘zilib yotgancha do‘xtirga qarab, ko‘zlari qopqonga tushishdan xavfsirayotgan jonivorning ko‘zlariday taka-puka edi. – Men jinni emasman. Aqlim joyida. Lekin Xolidaning ahvoli og‘ir. Siz o‘shani oldiga boring. Uni davolash kerak...

– Mayli, Xolidaning ahvolidan xabar olaman, – dedi do‘xtir necha marta aytgan so‘zlarini yana takrorlarkan. – Yo‘l-yo‘lakay Qodir aravakashniyam ko‘rib o‘taman.

– Baraka toping, iloyim...

– Lekin avval sizga...

– Yo‘q! Yo‘q! – doktorning qo‘lidagi shpritsga ko‘zi tushgan kampir tipirchilay boshladi.

– Oyi! – yigit kampirning bilaklaridan mahkam tutdi.

Kampirning yuzi ayanchli burishib ketganini ko‘rgan juvon uni quchoqlab oldi. Keyin eriga yovqarash qilib dedi:

– Joni og‘rib ketdi axir!

Yigit ichida qattiq o‘kindi, qo‘lini sal bo‘shatdi, lekin gap ohangini o‘zgartirmadi:

– Agar hoziroq ukol olishga rozi bo‘lmasangiz, o‘zim kasalxonaga oborib tashlayman! Tushundingizmi, oyi?! – yigitning iztirob to‘la nigohlari onasining ma’nosiz nigohlariga qadaldi.

Bir lahza... atigi bir lahza kampir ko‘lankalar vodiysidan qaytganday bo‘ldi, hozirgi ahvolidan uyalganday o‘g‘liga xijolatli nazar tashladi. So‘ng...

– Ukol olsam, obormaysanmi? – dedi boyagiday yalinchoq ohangda.

– Yo‘q.

– Aldayapsan! – kampir qattiq siltanib qo‘lini tortib olishga urindi.

– Oyi! – yigitning nafaqat ko‘zlaridan, balki badanidagi har bir mo‘yidan uchqun sachrab ketganday bo‘ldi. – Oyi, hammamizni qiynab yubordingiz-ku! Bo‘ldi-da endi! Sizning dastingizdan qachongacha yuzim shuvit bo‘ladi?!

Kampir birdan g‘alati bo‘lib ketdi. Hatto tok urganday seskanib tushdi.

– Qiynab yubordim?.. – takrorladi u yigitga qarab. – Nega?... Sizlarni qiynab yubordimmi?.. Axir men ertayu kech... bozorda yursam... ishlab... pul topib... O’ylovdimki... hech kimga og‘irligim tushmaydi... Yo o‘zim sezmagan holda yuzingizni shuvit qilib qo‘ydimmi?.. Lekin nega...

– Bas qiling, oyi! Bas qiling. Siz topgan pullarning keragi yo‘q! Eshityapsizmi, keragi yo‘q! Mog‘or bosgan pullaringiz ana, hamyoningizda turibdi allaqachonlardan beri...

– Nega?.. – kampir ajablandi. – Yana pul almashdimi?

– Oyi! Agar hoziroq bas qilmasangiz... o‘zimni bir balo qilib qo‘yaman!

Kampir qo‘rqib ketdi. Qarshisidagi yigitga qo‘rqinch ichida bir necha soniya tikilib turdi. Nimadir o‘z maromidan chetga oqqanidan yigitning qattiq jahli chiqayotganini ilg‘aganday bo‘ldi, ammo nima? Kampir zo‘r berib o‘ylamoqchi bo‘ldi, lekin hech narsani anglay olmayotganidan qiynalib, yuragi siqilib ketdi.

Keyin hiqqillab yig‘lagancha:

– Akbar... Noila... Farrux... – deya bolalarini yo‘qlay boshladi.

– Oyi! Ular sizning nabiralaringiz! Nega tushunmaysiz?

– Nabiralarim?! – kampirning ko‘zlari chaqchaydi. – Nabiralarim... – deya takrorladi keyin. – Mening bolalarim qani unda? Akbar... Noila...

– Oyi!

Yigit butunlay o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, u nima qilayotganini bilmas, o‘zini butunlay jahlning ixtiyoriga topshirgan, hadeb kampirni siltalar, bir nimalar deb baqirardi.

Juvon chidab turolmadi, erini itarib yubordiyu jon holatda kampirga yopishib oldi.

Do‘xtir shosha-pisha yana bitta shpritsni doriga to‘ldirdi.

– Oyi, oyijon, bizni kechiring, – dedi juvon kampirni quchoqlab. – Bizni kechiring... Bizdan xafa bo‘lmang...

– U xafa bo‘lmaydi, – dedi yigit xirqiroq ovozda. – Xafa bo‘lishni bilmaydiyu..

Juvon shahd bilan eriga tik qaradi:

– Oyim idrok qila olmasligi mumkin, lekin xafa qilishganda ko‘ngillari og‘riydi. Axir u kishida ham yurak bor!

– E, yurak hech qachon aql berolmas ekan! Mana, isboti... – dedi yigit to‘ng‘illab, u yana asabiylasha boshladi.

Shu chog‘ do‘xtir gapga aralashdi:

– To‘g‘ri, yurak aql bera olmaydi, ammo miya ham yurak bo‘lolmaydi.

Yigit indamadi. U deraza oldiga borib orqa o‘girdi.

Doktor kampirga yuzlandi.

– Tayyormisiz, onaxon?

O’zini hayotga bog‘lab turgan narsa chil-chil bo‘lgandek, parishon tortib qolgan kampir avval hammaga bir-bir qarab chiqdi, besaranjom, bezovta nigohlari bir muddat o‘g‘liga tikilib qoldi, keyin indamay bilagini tutdi.

Nihoyat u tinchlandi, lekin darrov uxlab qolmadi. Bir muddat qo‘llarini ko‘ksida chalishtirgancha, shiftga tikilib yotdi, so‘ng qorachiqlari sekin yonga enib, yana yigitga qadaldi va asta-sekin kipriklari jipslasha boshladi, lekin ko‘zlari butunlay yumilmadi, xuddi ko‘z qiri bilan o‘g‘liga qarab turganday qotib qoldi... Ammo yigit onasi tomonga qayrilib qaramadi.

– Akbar Turdievich, – dedi keksa doktor dorilarini sumkasiga joylarkan yigitga zimdan qarab. – Nima qilasiz, o‘zingizni ham, kampirni ham qiynab? Yaxshisi kampirni kasalxonaga yotqizish kerak.

– Yo‘q!

– Tushunmayman, nega... Nima uchun... har doim...

– Onamni bir marta kasalxonaga yotqizishgan, – javob berdi yigit. – O’shanda sochini olmoqchi bo‘lishgan... va yana... Men u vaqtlarda yosh bola edim... Shundan beri onam kasalxonadan qo‘rqadi.

– Endi... unday bo‘lmaydi. Va’da beraman...

– Yo‘q!

– Bilasizmi...

– Doktor, – so‘zni kesdi yigit. – Nega bunday, a? Nega?.. Nahotki xotirani qaytarib bo‘lmasa?

– Bu savolingizga tibbiyot nuqtai nazaridan juda ko‘p marta javob berganman, – dedi doktor. – Ammo aytilmagan bir gap qoldi.

– Xo‘sh?

– Hayot haddan tashqari chidab bo‘lmaydigan darajaga yetganida, Tangrining o‘zi bandalariga muruvvat ko‘rsatadi...

– Muruvvat?! Hali bu... muruvvatmi?! – yigitning yuziga zaharxanda va istehzoga to‘la tabbassum yugurdi.

– Telbalik ham insonni ko‘p azoblardan qutqaradi.

Yigitning yuzida azobli va istehzoli tabassum yanada bo‘rtdi:

– Avval xarob qilib, keyin...

Do‘xtir ketdi.

Yigit karavotga yaqin kelib, pishillab uxlayotgan kampirning qo‘lini qo‘liga oldi.

– Oyi... Oyijonim-a...

Tongga yaqin ko‘zi ilingan yigit bexosdan uyg‘onib karavotga qaradi. Kampir u yerda yo‘q edi.

Yigit alam bilan peshonasiga mushtladi.

Kampir shu kuni ham, ertasiga ham uyiga qaytmadi.

U g‘oyib bo‘lgandi...

Qidiruvlar natija bermadi.

Kampir yo‘qolgan xotirasi singari izsiz yo‘qolgandi...









































40

Anvar Namozov - Bir oqshom

Nogahonda eshik taqillab, er-xotin bir-biriga qarab olishdi. Axir, hech kimni kutmaganlaridan ke­yin ko‘ngilga xavotir oralaydi-da! Ijara haqi yaqinda to‘langan, uchastka noziri bilan ham allaqachon kelishib qo‘yilgan. Qishloqdan tashrif buyuradiganlar kelgan, desang, ular telefon orqali avval ogohlantirib qo‘yishardi.

Aksiga olib, bu eshikning ko‘zchasi yo‘q. Avvalgisi harna yaxshi edi: er-xotin avval mo‘ralab, notanish-betayinlar bo‘lsa, nafas olmay turishardi. Kelgan odam ming‘irlab-ming‘irlab orqasiga qaytardi.

– Oching, nega qarab turibsiz? – dedi Zohida, eshik yana taqillagach.

Said xohlab-xohlamay eshik tomon yurdi. Keyin dadillangan holda, o‘zicha kulgan bo‘ldi: “Nimadan qo‘rqaman, birovning oldida tilim qisiq joyim bormi?” Ammo baribir eshikni ochishga yuragi betlamay turdi. Bu orada eshik taqillamay qo‘ygani bois u sekin tashqariga quloq tutdi.

– Obbo, Zohida, ochsang-chi! – degan ovozi keldi ayol kishining. – Sovqotib ketdim.

Said Zohidaga norozi qarab qo‘ydi-da, ortiga qaytdi.

– Voy, Xosiyat-ku! – yodiga tushdi Zohida ko‘ngli yorishib. – Maktabdagi sinfdoshim. Bugun boraman, devdi-ya!.. Hozir, hozi-i-i-r!

Eshik ochilib, Xosiyat gurillab ichkariga kirdi.

– Buncha pod’ezdlaring sovuq, – dedi u Zohida bilan ko‘risharkan. – Qalaysan? Yaxshimisan? Eshikni ochishing ham qiyin bo‘ldi. Namuncha!.. To‘xta, ering uydami?

– Ha, uyda, ichkarida, – deb yotoqqa imo qildi Zohida. Keyin kuldi: – Nega angrayib qolding? Yoki shu sovuqda u kishini ko‘chaga chiqarib yuboraymi? Kirgin, paltongni menga ber.

– Uyda bo‘lsa, yaxshi, – dedi quvnoq ovozda Xosiyat. – Chiqarib yuborish shart emas. Tanishamiz, gaplashamiz. Ko‘ray-chi, dugonam ishonchli qo‘llardamikan?

Bu gaplarni eshitgan Said noiloj yotoqdan chiqib, Xosiyat bilan ko‘rishgan bo‘ldi. Xosiyat ko‘hlikkina ekan. Qoshlarini erinmay tergan, ingichka lablarini qimtib turadi.

Hol-ahvol so‘rashdilar. Keyin mehmonxonaga kirishdi.

Zohida dasturxon tuzaguncha Said Xosiyat bilan ro‘parama-ro‘para o‘tirdi.

– Dugonamni ilib ketgan siz ekansiz-da! – ha­zilomuz dedi Xosiyat. – Qancha-qancha yigitlarga chap berib, sizga qolganda bo‘yin egibdi-da!

– Ha, shunaqa, – deb qo‘ydi Said.

– Biz Zohida bilan bitta partada o‘tirganmiz, – gapni ilib ketdi Xosiyat. – Nuqul undan ko‘chirardim. Yaxshi o‘qirdi-da! Eng a’lochi bo‘lgan. Shuning uchun yonidan jilmasdim. Ko‘chiraverardim-ko‘chiraverardim, ammo baribir ablah o‘qituvchilar bilishardi. Men qo‘l ko‘tarsam, jerkib berishardi. Ayniqsa, ximiyadan Ablaev bor edi. “Formulani sen o‘zing yechsang, doskaga chiqaraman”, derdi.

– Yaxshi edi rahmatli, – dedi qo‘lida choy bilan qaytib kirgan Zohida.

– E, yaxshi emish! Yaxshi bo‘lsa, darsga mast bo‘lib kelarmidi!

Said hayron bo‘lib xotiniga qaradi.

– Bir marta ichgan, – Zohidadan oldin javob berdi Xosiyat. – Beshta qizidan keyin o‘g‘li tug‘ilgandi-da! Rosa bolajon edi. Quvonib ketib, ertalabgacha yuvgan... Direktor haydab yubordi. Xosiyat, dasturxonga qara, ol, yeb o‘tir.

Xosiyat eshik tomonga alanglab so‘radi:

– Aytganday, bolalaring qani?

Zohida ham, Said ham nima deyarlarini bilmay qolishdi. Ikkalasi uchun eng yomon savol shu! Boya so‘rashayotganida ham Xosiyat, “bolalar yaxshimi?” deganida sezdirishmagandi. Endi yana so‘rab o‘tiribdi.

Xosiyat mulzam tortib, avval Zohidaga, so‘ng Saidga qaradi.

– Endi, – dedi Zohida past ovozda.

– Ha, hali yoshmiz, o‘n gulimizdan biriyam ochilmagan, – dedi Xosiyat ularni xijolatdan qutqarish uchun. – Voy, yoshsizlar, demoqchi edim. Mening esa o‘n gulimning hammasi ochilib bo‘lgan. Gapim to‘g‘rimi, Said aka? – shunday deb Xosiyat kulib yubordi.

– Yo‘g‘-ey, uncha… emas, – dedi Said nima deyarini bilmay.

Xosiyat ham, Zohida ham kulib yuborishdi.

Yana biroz o‘tirgach, Said sekin o‘rnidan turib, yotoqqa kirib ketdi. Dugonalar esa anchagacha suh­batlashib o‘tirishdi…

Ertasi kuni Said Xosiyat haqida eshitib, baq­rayib qoldi. Jahli ham chiqdi.

– Sen hali… hali oqpadar qizlar bilan dugona bo‘lib yuribsanmi? – deb so‘radi.

– Dugonam emas, o‘zi aytdi-ku, bitta partada o‘tirganmiz, – o‘zini oqlagan bo‘ldi Zohida. – Ancha vaqt yo‘qolib ketgandi, endi paydo bo‘libdi. Bularning oilasi o‘shandayoq ko‘chib ketishgandi.

– Nega… nega otasi oq qilgan? – qiziqdi Said.

– Bir yigit bilan qochib ketgan. Ancha vaqt o‘sha­nikida yashagan. Ehe, necha yillar bo‘ldi bunga.

– Endi shaharga kelibdimi? Seni qanday topibdi?

Zohida nima deyarini bilmadi, chaynalib qoldi. Said esa, bir gap bordek, qoshlarini chimirib, undan javob kutdi. Diqqat bo‘la boshladi.

– Sen mendan sir yashiradigan bo‘ldingmi, tushunmadim?

– Yo‘q, nega yashiraman? Kecha tug‘ruqxonaga borgandi, meni ko‘rib qoldi. Shu yerda ishlashimni eshitib, quvonib ketdi. Avvaliga nima uchun borganini aytmadi…

– Keyin-chi?

– Keyin… bolamni oldirmoqchiman, dedi. Kecha...

Said bir zum karaxt bo‘lib qoldi. Qarshisida turgan inson xotinimi yo boshqa ayolmi, anglay olmadi. Ko‘zlari pir-pir ucha boshladi.

– Sen… sen hali shunday…

– To‘xtang, men uning gapini aytdim, xolos.

– Yo‘q, sen o‘zing tirnoqqa zor bo‘la turib, shunday ishlar bilan shug‘ullanasanmi hali? – Said bu so‘roqni shunchalik sokinlik bilan berdiki, Zo­hi­daning lablari titrab ketdi.

– Men bunday ish qilmayman, – dedi u kiprik­larini pirpiratib. – Bolangni abort qildirguncha menga ber, dedim.

– Aldama, – ovozini balandlatdi Said.

– Aldaganim yo‘q, – astoydil gapirdi Zohida. – Faqat… sizga qanday aytishni bilmay turgandim.

Said asabiylashib xonada u yoqdan-bu yoqqa yura boshladi:

– Men senga o‘zi tushunolmayapman. Otasi oq qilgan qizni biznikiga taklif qilsang, tag‘in uning tug‘ilajak bolasini asrab olmoqchi bo‘lsang… Boshimizga uramizmi?! Kim biladi, qaerdan orttirgan uni. Shuncha yil tug‘ruqxonada ishlab, bitta chaqaloq topolmay, kuning shunga qoldimi? Axir, senga necha marta aytdim, hatto bitta ayolga pul ham bergandik. Tuqqanidan ke­yin ko‘nmadi, deding. Mehribonlik uyiga ham bordik, xo‘p, mayli, bu boshqa masala... Mana endi oqpadar dugonangning nayrangiga uchib o‘tiribsan. Nimalar bo‘lyapti, Zohida?

– Agar siz o‘sha paytda bo‘lganingizda… – xo‘rsinib qo‘ydi Zohida. – O‘zimni tutib turolmadim, axir! “Bolamni oldiraman”, deydi-yu, menga o‘xshagan bolaga zor ayol bu gapga chidab turolarmidi!

Xona bo‘ylab yurishdan to‘xtagan Said xotiniga qarab qoldi. U Zohidani tushunadi, uning dardini, his-tuyg‘ularini juda yaxshi anglaydi. Necha yillardan buyon xotiniga yelkadosh-ku! Ammo hozirgi vaziyatda… Ayol – ayol-da! Ertani o‘ylamaydi. Ertaga anovi betayin Xosiyat bularning boshiga tashvish keltirmaydi, deb kim kafolat beradi?!. Qolaversa, yana o‘sha gap: bolaning zuvalasi qanday pishgani noma’lum-ku! Nomahramdan qanday zurriyod dunyoga kelishi ayon-ku!

Said xotiniga shu haqda aytdi.

– Mayli, o‘sha bola kerak emas ham deylik, – dedi Zohida bosiqlik bilan. – Keyin bir umr pushaymon bo‘lmaymizmi? Axir, Xosiyat abort qilishini bila turib, indamay tursak, gunohga botmaymizmi?.. Bolada nima ayb?

Said bu gaplarni eshitib, ichi muzlab ketdi. O‘yga botdi…

Chiroqni o‘chirib uxlagani yotganlarida ham u mijja qoqmay yotardi. Allamahalda ko‘zi ilindi.

Ertalab nonushta paytida u botinib-botinolmay xotiniga yana shu haqda gap ochdi:

– Kechagi gaplaringni rosa o‘ylab ko‘rdim, Zohida. Faqat bitta masalani yaxshilab mulohaza qil: bu Xosiyating shu yerda ekan, keyin bolasini pesh qilib, bizga halovat bermaydi. Nima deysan, to‘g‘rimi?

Zohida javob o‘ylab topolmay, yelkasini qisdi.

– Menga qara, o‘zi eri bormikan?

– Men ham so‘radim, – javob berdi Zohida. – Nuqul gapni aylantirdi. Eri haqida hech nima demadi. Ikkita qizi bor ekan. Qarindoshlar qishloqqa olib ketishgan, dedi… Ishqilib o‘ziga aytib qo‘ymang.

– E, nima, men u bilan gurunglasharmidim!.. Xo‘p, dasturxonga fotiha o‘qiylik… Sen men bilan birga ketasanmi?

– Alfiya xoladan xabar olaymi, devdim. Zerikib qolgandir. Aytganday, bugun navbatchiman, esin­gizda-ya?

– Ha-ha. Xolaning choy-noniga ham sekin nazar sol… Bo‘pti, men ketdim.

Said ishga bora-borguncha nima qilish mumkinligini o‘ylab ketdi. Uning ko‘ngli allaqanday g‘ash, Xosiyatning bolasini oldirmoqchi bo‘lgani, Zohidaning o‘sha bolani asrab olish haqidagi taklifi Saidning xayolini berk ko‘chaga kiritib qo‘ygan edi. To‘g‘ri, Zohidaning gapida jon bor, biroq keyin o‘sha bola Said bilan Zohidaning farzandiga aylanadi, bir umr yonlarida bo‘ladi. Tayini yo‘q zurriyod!

Ikki kun mobaynida Said ana shu o‘ylardan xalos bo‘lolmadi. Hamkasblarining gapiga ham tuzuk-quruq javob bermadi. Aslida, jilla qursa, Mahkamga ko‘nglini yormoqchi, maslahat olmoqchi edi. Botinolmadi. Zohidaga ham hech nima demadi. Hammasini vaqt hukmiga tashladi. Shu bois Xosiyat haqida ham xotinidan so‘ramadi, Zohida ham shu o‘y-xayollarda shekilli, lom-mim demasdi.

Uchinchi kuni ishdan qaytganida Alfiya xola, Xosiyat va Zohida suhbatlashib o‘tirishganining ustidan chiqdi. Saidning kayfiyati buzilsa-da, sezdirmaslikka harakat qildi. Alfiya xola uni rosa alqab gapirdi.

– Baraka topgin, Saidjon. Umring uzoq bo‘lsin. Xayriyat, sizlar borsizlar. Necha marta kasal bo‘ldim, necha o‘limdan qoldim. Bilmadim, holim nima kechardi... Ishlaring yaxshimi, bolam? Savob ish qilasizlar, qanchalab kasallarga davo berasizlar.

– Rahmat, yaxshi, – dedi Said. – Ishimiz shu-da, Alfiya xola.

– Daromad ham bo‘layotgandir? – hiringlab kuldi Xosiyat.

Said indamadi. Bir piyola choy ichgach, ularni xoli qoldirdi. Xiyol o‘tmay, ortidan Zohida chiqdi.

– Alfiya xola nima deydi? – deya so‘radi shunchaki yo‘liga Said.

– Ikkalasi rosa til topishib olishdi, Xosiyat ham rosa qotiradi-da, – dedi Zohida.

– Menga qara, haligi gapni… Hech kim bilan mas­lahatlashmaymizmi? Har holda, qari bilganni pa­ri bilmaydi, deydilar.

– Menga qolsa, qishloqdagilar bilmagani ma’qul, yana o‘zingiz hal qiling. Vahima qilib yuborishadi-da!

– Buning nima deyapti?

– Kim?

– Dugonang-da!

– Bugun keldi, boya. Gap ochmayapti. Mengayam so‘rash noqulay. Tilim bormayapti.

– Yaxshi... Bo‘pti, boraqol, noqulay bo‘lmasin…

Ko‘p o‘tmay, Xosiyat Said va Zohidani hayron qoldirdi: u ko‘ch-ko‘ronini ko‘tarib kelib, Alfiya xolanikiga joylashibdi.

“Bechoragina ekan, rahmim keldi, – debdi Alfiya xola Zohidaga. – Rosa yig‘lab-siqtadi. Hech kimi yo‘q yetimman, dedi. O‘zi ijaraga qo‘yadigan odatim yo‘q, ammo, to‘g‘risi, bu qizga achindim. Sizlarni ko‘p gapirdi, shunday ekan, ishonmay bo‘larkanmi? Harna, issiq-sovug‘imga qarab turadi, qachongacha sizlarni bezovta qilaman. Bolalarim tirik bo‘lsa ekan, tarallabedod yashasam”.

Saidning ichidan zil ketdi. U vaqti kelib kampirning uyi o‘zlariga qolishi mumkinligi haqida ham o‘ylagan edi. Aftidan, Xosiyat ham shu haqda faraz qilib ko‘rgan. Ammo nima uchun Alfiya xola yaxshilab sinab ko‘rmay turib, uni uyiga qo‘ydi ekan? Pishiqqina edi-ku kampir! Nachora, zo‘rdan zo‘r, pishiqdan pishiq chiqar ekan.

– Bu dugonang hali ko‘p tashvish keltirmasa edi, – deb qo‘ydi Said xomush tortib.

Xosiyatning aslida qaerda ishlashini ham bilib bo‘lmaydi. Ba’zida kunduzi ham “Zohida, shu yerdamisan?” deb kirib kelaveradi. Alfiya xolaning injiqliklari haqida gapirib, noligani-noligan. Zohida bola haqida gap ochgan ekan, “axir, kelishdik-ku, shu bola sizlarniki”, deb o‘zining qorniga shapatilab qo‘yganmish.

– Ie, Said aka, siz ham ichasizmi? – deb kuldi Xosiyat boshqa kuni qah-qah urib.

Said biroz shirakayf bo‘lib kelgan edi. Bosh irg‘ab qo‘ydi. Nazarida Xosiyat unga ko‘z qisib qo‘ygandek, tamanno qilgandek tuyulib ketdi. Tuyuldimi yoki u rostdan ham shunday qildimi, ong-shuuriga sig‘dirolmadi.

– Voy, bu kampir rosa chatoq-da, – deb o‘girildi Xosiyat Zohidaga. – Shuncha aldab so‘rasam ham uyning hujjatlarini ko‘rsatmayapti. Men shoxida yursam, u bargida yurarkan. Erta-indin o‘ladigan odam savob ish qilib ketsa bo‘lmasmikan-a, tavba?!

Said ko‘z ostidan xotiniga qaradi, Zohida esa Xosiyatga bildirmay erining qo‘lini qisib qo‘ydi. O‘zingizni bosing, degani edi bu.

– Ichi to‘la gap, – so‘zida davom etdi Xosiyat. – Bolaligini eshitaverib-ku, quloq-chakkalarim og‘rib ketdi. Keyin to‘yini to‘rt soat gapiradi. Urushda o‘lgan eri-ku, alohida mavzu. Go‘yo bu dunyoda ulardan boshqa sevishganlar bo‘lmagan.

– Alfiya xola – yaxshi kampir, – deb qo‘ydi Said.

Xosiyat unga norozi boqdi-da, o‘rnidan turdi:

– Xo‘p, endi men bora qolay. Yaxshilab ovqat­lan­tirmasam, ko‘ngli og‘riydi. Axir, yaxshi kampirlarga yaxshilab qarash kerak, aks holda uyidan haydab yuborsa, qaerga boraman?..

Keyinroq Said xotinidan Xosiyatning Alfiya xolaga vasiylikmi, allambalo bo‘lish uchun hujjatlar to‘g‘irlab yurganini eshitdi. Indamay qo‘l siltab qo‘ydi.

– Yana bitta xabar bor, – dedi Zohida kulgichlari o‘ynab. – Aytaymi?

– Ayt-da, – Said ham kulimsiradi.

– Bir ayol chaqalog‘ini tashlab ketmoqchi. O‘zim ko‘rdim: qizaloq ekan. Biram shirin, biram shirin.

Said shoshib qoldi. “Yo‘g‘-ey”, – dedi faqat. O‘sha chaqaloqni o‘zi ham ko‘rgisi keldi. Xuddi o‘zining bolasidek yuragi hapriqdi. “Endi Xosiyatning bolasini olmaymiz, xayriyat”, – dedi ichida. Bu gapni tiliga chiqara olmadi. Shunga qaramay, hushyor Zohida Saidning ko‘nglidagini o‘qigan edi.

– Agar o‘sha qizaloqni olsak, Xosiyatga nima deyman? Boshim qotib qoldi.

– E, Xosiyat bilan nima ishing bor? G‘irt tov­la­machi-ku u! Ko‘z ochib-yumguncha naq burningning tagiga kelib oldi-ya, ayyor! Bolasiyam o‘ziga o‘xshagan bo‘ladi-da!

– Nima bo‘lgandayam Xosiyatga aytib qo‘yganman-ku!

– Menga qara, har holda tug‘ruqxonangdagi o‘sha chaqaloq tayinli onadan tug‘ilgan bo‘lsa kerak?

– To‘g‘ri, ammo…

– Yur, ketdik, – dedi kutilmaganda Said.

Zohida savol alomati bilan unga hayron bo‘lib tikildi.

– Aylanib kelamiz, Zohida.

Kech tushgan bo‘lsa-da, er-xotin rosa sayr qilishdi. Teatr, kinodan ko‘ra, har ikkisiga ham ko‘cha aylanish ma’qul edi. Sovuqdan junjikkan Zohida talabalik davridagi kabi Saidni mahkam qo‘ltiqlab olgan edi.

– Menga qarang, yo boshqa ijara uy topamizmi? – dedi Zohida.

Said xotinidan bu taklifni kutmagan edi. Na­hotki azbaroyi Xosiyatni deb shu qarorga kelgan bo‘lsa? Zohidaga shu haqda aytdi.

– U topaman, desa, seni ishxonangdan ham topib olaveradi, – dedi qo‘shimcha qilib. – Seniyam bezoringni chiqarib yuborganga o‘xshaydi. Endi undan qutulish qiyin, Zohida.

Zohida birdaniga yurishdan to‘xtadi:

– Ammo u bolasini oldiradigan bo‘lsa, gunohi mening bo‘ynimda bo‘ladi.

– Qo‘ysang-chi, nega buncha kuyinaverasan? – dakki berdi Said. – Sen, yaxshisi, o‘sha qizchani o‘yla. Balki ertaga ishxonangga borarman, menga ko‘rsatarsan uni.

– Hali emas, – dedi Zohida. – Navbatchiligimda borarsiz, kechqurun hech kim bo‘lmaydi. Ayrimlar gap-so‘z qilib yurmasin. Ayollarni bilasiz-ku!

Xosiyat haqida ham gaplashishdi. “Bir so‘kib bersam, ostonamizdan boshqa hatlab o‘tmas”, dedi Said. Zohida bosh chayqadi. Xosiyatning anoyi emasligini aytdi. Said jiddiy o‘ylanib qoldi: rostdan ham mana shu Xosiyatni deb ko‘chib ketishadimi? Ijarama-ijara yurish joniga tekkan, axir!

Zohidaning navbatchiligi kuni Said kechqurun borib, qizaloqni ko‘rdi. Hatto qo‘llariga olib erkaladi. Chaqaloqdan qandaydir muattar hid kelayotgandek, boshi aylanib ketdi. U Zohidaga qarab, battar to‘lqinlanardi. “Bolam, bolajonim”, derdi Zohida quvonchdan ko‘z yoshlarini tiya olmay. Ammo haliyam qizaloqning oyisi uzil-kesil qarorga kelmayotganmish. Agar hozirdan shunday qilayotgan bo‘lsa, ertaga bir-ikki oy, boringki, besh-olti yil o‘tib, bolasini so‘rab kelsa, nima bo‘ladi?

– Tilxat olsak bo‘ldi-da, to‘g‘rimi? – shunday deb Zohida najot ko‘zi bilan eriga qaradi.

– Bilmasam, – dedi Saidning ruhi tushib.

U allamahalda ortiga qaytdi. Yo‘l bo‘ylab negadir yig‘lagisi keldi. Shuncha yillardan buyon bolasi yo‘qligi uchunmi, boz ustiga bola asrab olishda ham to‘siqlar uchrayotganidanmi, o‘zini omadsiz, chorasiz sezdi. Farzandlari yo‘qligi uchun ham bu er-xotin ko‘pchilikka qo‘shilolmaydi, boshqalarning oldida aybsiz aybdor – tillari qisiq. Yuraklarini hovuchlab turadi: “Ishqilib bolalarni so‘rab, mulzam qilishmasin”. Qachongacha? Qachongacha, axir! Tabiblarga, shifo mas­kanlariga, taniqli vrachlarga ham borishdi. Ayb kimda – birovi erda, deydi, ikkinchisi xotinda, deydi.

Ajralish haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Said bilan Zohida bir-birlariga shunchalik o‘rganib qolishganki, ularning ruhiyati ham, vujudi ham jips­lashib ketgan, go‘yo. Agar Said Zohidani tashlab ketsa, Zohida bir haftagina yashashi mumkindek tuyuladi. Tuyuladi emas, shunday bo‘ladi ham. Said bunga ishonadi. O‘zi-chi? O‘zi ham shu! Ammo bu bilan kimning ham ishi bo‘lardi!.. Odamlarni sendan ko‘ra, sening bolang, aniqrog‘i, sening bolalik bo‘lganing qiziqtiradi. Bolang bo‘lsa, seni tinch qo‘yadilar, aks holda gap-so‘z uchun sabab, vaj izlayveradilar. O‘zlaricha achinadilar, afsus chekadilar, hatto shunday qismatga duchor qilmasligi uchun yoqalarini ushlaydilar, shukr qiladilar.

“Mayli, bizning ham farzandlarimiz bo‘lar ”, – dedi alam bilan Said o‘ziga o‘zi.

Shu topda uning ijara uyga qaytgisi kelmasdi. Zohidaning oldida yana ozroq qolsa bo‘larkan. Uni ham og‘ir xayollarga tashlab keldi. Dalda berish kerak edi aslida. Er-xotin shuning uchun er-xotin-da! Biri tushkunlikka tushsa, ikkinchisi yupatmog‘i kerak, yoki aksincha. Biroq o‘zing bir og‘iz yupanchga muhtoj bo‘lib turganingda boshqaga qanday taskin bera olasan?

Mehribonlik uyidan bola olmoqchi bo‘l­gan­la­rida… O‘shanda muassasa rahbarini uchratganla­rida hammasi yaxshi tugar edi – tadbirga ketgan ekan. Zohidani hamma bolalar qurshab olishgan, u o‘zini yo‘qotib, barini birma-bir quchoqlar, ko‘z yoshlarini tiya olmasdi. “Hammangizni olib ketaman, hammangizni”, derdi titrab. Keyin esa birdan mazasi qochdi. Zohidaga ruhiy siqilish mumkin emas edi. Said uni uyga olib ketdi. Zohida bir haftacha ko‘rpa-to‘shak qilib yotdi. Kechasi-yu kunduzi alahsirab chiqdi. Ijara uyning egasi ham qo‘rqib ketgandi o‘shanda. “Olib bormang unaqa joylarga, ko‘rmayapsizmi, xotiningiz ko‘tarolmaydi”, – degan edi Saidni urishib.

Bir haftadan keyin ham Zohidaning boshi og‘rib yurdi. Sal-pal o‘ziga kelgach, “Boraylik”, – dedi eriga. Said u-buni bahona qilib, boshqa kunga qoldiraverdi. Bir kuni esa chiday olmay, o‘shqirib berdi, “bormaymiz, boshqa joydan topamiz”, – dedi. Zohida yetimxonani gapirmaydigan bo‘ldi.

Ha, Zohidani avaylashi shart. Said shu haqda o‘y­larkan, uyga kirgach, unga qo‘ng‘iroq qilish haqida o‘yladi. Ishqilib uxlab qolmagan bo‘lsin. “Navbatchi hamshira Zohida Salimova uncha-munchaga uxlamaydi”, – dedi ovoz chiqarib.

Uyga kirgach, Said erinibgina ust-boshini almashtirdi. Keyin xotinining raqamini terdi. Zohida darhol qo‘ng‘iroqqa javob berdi. “Uxlamadingizmi haliyam?” – deb so‘radi. “Seni yaxshi ko‘raman”, – dedi Said. Zohida kuldi. Xayrli tun tiladi.

Said o‘ringa cho‘zilar-cho‘zilmas, eshik taqilladi. “Xosiyat, – deb o‘yladi u darhol. – Unga nima kerak?”

Indamay yotaverdi. Eshik yana taqilladi. “Zohida, och, Alfiya xolaning mazasi qochib qoldi”, – degan ovozi eshitildi Xosiyatning.

Said sakrab o‘rnidan turib, eshikni ochdi. Tash­qarida yupungina o‘rangan Xosiyat turardi.

– Nima bo‘ldi? – dedi Said oyog‘iga poyafzal ilarkan.

– Hozirgina uxlab qoldi, dori berdim. Xirillab yubordi, Said aka. Birorta tinchlantiruvchi doringiz yo‘qmi? – Xosiyat taklifni kutmay, o‘zini ichkariga urdi. Saidning dimog‘iga gup etib aroq hidi urildi.

– Ko‘ray-chi, bo‘lishi kerak, – dedi Said, keyin dah­lizdan ichkariga kirib, dorilar qutisini kavladi. – Faqat boshog‘riq dori bor ekan.

Xosiyat uning ortidan kirdi:

– Beravering, bo‘ladi. Bu bosh nimalarni ko‘r­magan. Ichim yonyapti, Said aka. Boya kampir bilan birga ovqatlangandik. Bilmadim, biror masalliq aynigan ekanmi, ko‘nglim behuzur bo‘lyapti. Maylimi, shu yerda besh daqiqa o‘tirib, o‘zimga kelib olsam?

Said nima deyarini bilmadi.

– Bering dorini. Sovuq choy ham bor ekan, – Xosiyat dorini og‘ziga tashlab, bankadagi choyni ko‘tardi. O‘ziga kelgandek bo‘ldi. – Zohida qani, uxlayaptimi?

Said yotoq tomonga qaradi-da, “ha” degandek bosh irg‘adi.

– Tavba, men nima tashvishdaman-u, u esa uxlash bilan ovora, – Xosiyat oromkursida o‘tirganicha boshini orqasiga tashladi. Ko‘zlarini yumgan ko‘yi anchagacha jim o‘tirdi, keyin esa kuldi: – Nega aldaysiz, Said aka, xotiningiz bugun navbatchi-ku! Shunchalik qo‘rqasizmi Zohidadan?

Said qovog‘ini uyib indamadi.

– Men uxlashim kerak, ertaga ishga boraman, – dedi keyin.

– Haydab chiqaryapman, deng? Yaxshi. Zohida menga qanchalik yalinganini bilasizmi? Men bolamni oldirmoqchi edim. Menga ber, deb iltimos qildi. Siz esa bir iltifot ko‘rsatishni bilmaysiz. Mendan xafa bo‘lmang, men ochig‘ini gapirishni yaxshi ko‘raman. To‘g‘ri, salgina mastman, nima qilay, shunaqaman-da! Anovi kampir bilan oz-ozdan ichdik. To‘g‘ri, men sal ko‘proq ichdim. Keyin uxlab qolibman. Tursam, allaqachon ovqatini yeb bo‘libdi ochofat. Qisqasi, men bir ish qilgandim-da, lekin bu haqda sizga aytmayman… Mana endi kampir uxlab yotibdi. Men esa zerikib ketdim… Zo‘rsiz-a, Said aka, Zohida shu yerda emish! Koshki sizga aldash yarashsa! Siz bir muloyim, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan odamsiz. Hatto aldashni ham bilmaysiz. Bittasi bor edi menda, xuddi sizday. Birinchi oilasiga qaytdi… Voy, ichim yonib ketyapti. Nima bo‘ldi menga?..

– Mastsiz, bora qoling.

– Said aka, nima desangiz, deng, men mana shu kresloda yotaman, turishga madorim yo‘q.

– Xosiyat, – asabi qaynab dedi Said, uning ko‘zlari achishar, uyqusi kelayotgandi. – Yaxshi emas.

– Ketaymi? – Xosiyat zo‘rg‘a o‘rnidan turdi va gandiraklab shartta Saidni quchoqlab oldi. – Agar hozir baqirsam, butun qo‘ni-qo‘shni yig‘iladi.

Saidning unga bir musht tushirgisi keldi. O‘zini zo‘rg‘a bosdi. Xosiyatning qo‘llarini bo‘ynidan olmoqchi edi, u battar quchoqladi.

– Menga nima berdingiz, Said aka? – dedi Xosiyat uning naq quloqlari tagiga shivirlab. – Zahar emasmi?.. Mayli, siz menga zahar bersangiz ham roziman.

– Bas qiling, – do‘q urdi Said. – Bu uyni nahsga botirmang.

– Said aka, jonim, – Xosiyat shunchalik ehtiros bilan gapirdiki, Saidning hislari jo‘sh urib ketdi. U hech nima gapirolmadi. Xuddiki tili tanglayiga yopishib qolgandek edi. Xosiyatni itarib tashlashga na kuch, na-da… xohish qolgan edi unda. Ko‘zlarini yumib oldi. Toki manovi taviyadan qutilmaguncha ko‘zlarini ochmaslikka qaror qildi. “Nima bo‘lsa bo‘lar”, – dedi. Ana shunda... ana shunda oniy lahzalarda ko‘z o‘ngida avval Zohida, so‘ng ikki soatcha burun qo‘liga olgan chaqaloq namoyon bo‘ldi. Bu paytda Xosiyat uning sochlarini silab, o‘pa boshlagan edi. Said ko‘zlarini ochib, uni g‘ayritabiiy kuch bilan itarib yubordi. Xosiyat orqasi bilan tisarilib borib, oromkursiga o‘tirib qoldi. U Saidga shu qadar qahr bilan qaradiki, ko‘zlarida sovuq o‘t yaltirab ketdi. Said bu nigohga dosh berolmay, ko‘zlarini olib qochdi. U qo‘rqib ham ketgan edi. “Oqpadarlarning ko‘zi shunaqa bo‘larkan-da”, – dedi ichida.

– Yaxshi, siz ketmasangiz, men ketaman, – dedi Said ovozi titrab.

– Qayoqqa? – zaharxanda qildi Xosiyat. – Zohidaning oldigami? Qo‘rqoq! Mal’un!

Said boshqa xonaga o‘tib, tezda kurtkasini kiydi va dahlizga chiqdi.

– To‘xtang, Said aka, menga yordam bering, ichim yonyapti, – dedi Xosiyat.

– Menga desa, o‘lmaysanmi! – Said shunday deb eshikni taraqlatib yopgancha chiqib ketdi.

U katta ko‘chagacha xotinining huzuriga borishni o‘ylab chiqqan edi, keyin cho‘ntaklarini paypaslab, yonida puli yo‘qligi yodiga tushdi. Boshqa shimida qolib ketibdi. Telefoniniyam olmabdi. Shunga qaramay, u yo‘lovchi mashina o‘tishini kuta boshladi. Aksiga olib, birorta ulov ko‘rinmasdi. “Xosiyat uydagi bor pulni o‘marib ketsa-ya”, – deb o‘yladi birdan. Nima qilish kerak? Militsiyaga aytgani ma’qulmikan? Qaerda o‘zi melisaxona?..

Yo‘lda mashina ko‘rinavermagach, Said uzoq o‘ylab, iziga qaytdi. U sovuqdan junjikib ham ketgan edi. Hozir ichkariga kiradi-yu, Xosiyatning yoqasidan olib, eshikdan chiqarib yuboradi. Baqirsa, baqiraversin. Bir amallab uni chiqarish kerak, vassalom!

Said vajohat bilan uyga kirdi. Dahlizdan ichkariga hatladi-yu xonadagi oromkursida Xosiyatni bir ahvolda ko‘rib, kapalagi uchib ketdi. Xosiyatning jag‘i qiyshaygan, qo‘llari shalvirab tushgan, ko‘zlari yarim ochiq holda edi. “Nahotki, o‘lgan bo‘lsa?!” – deb o‘yladi Said rangi oqarib. Keyin botinib-botinmay, Xosiyatni sekin turtdi. Xosiyatning boshi chap tomonga og‘ib tushdi.

Said joyida o‘tirib qoldi. U ayni damda nima qilish kerakligini sira-sira idrok qila olmasdi. Xosiyatga qarashga-ku, yuragi betlamadi. O‘ylab-o‘ylab, Zohidaga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘ldi. Uni ko‘z oldiga keltirdi. Keyin shashtidan qaytdi. Zohida Saiddan besh battar qo‘rqib ketadi. Zohida Xosiyatdan ko‘ra uning qornidagi bolasini o‘ylab, ich-etini yeydi.

“Xosiyatni yo‘qotish kerak”, – degan qarorga keldi Said. Shundan so‘ng bor jur’atini yig‘di-da, uning jasadini sudrab, eshikkacha olib bordi. Dahlizda qoldirib, avval tashqarini qarab keldi. Keyin sud­rab chiqardi va Alfiya xolaning eshigi oldida suyab, tezda ortiga qaytdi. Ostonadan kira solib, eshikni yopib qulfladi. Qalt-qalt titragancha tashqariga quloq tutib turdi. Pod’ezdda o‘lik sukunat hukmron edi. Shundan so‘ng yotoqqa kirib, divanga cho‘zildi. Ustiga ko‘rpa tortdi. Garchand uy issiq bo‘lsa-da, Said hanuz qaltirardi. “Meni qamashadi, – deb o‘ylardi u. – Zo­hidaga nima bo‘ladi? Zohida kim bilan yashaydi?..”

Said tonggacha goh eshik oldida tashqariga quloq tutdi, goh yotoqqa qaytib, o‘zini uxlaganga solib yotdi. Erta azonda, nihoyat eshik taqillagach, yuragi qattiq ura ketdi. Eshikni ochishdan avval vannaxonaga kirib, yuz-qo‘lini yuvar ekan, oynaga qarab, ko‘zlari qip-qizarib ketganini ko‘rdi. So‘ng hayajonini zo‘rg‘a bosib, eshikni ochdi. Tashqarida militsiya xodimlari, tibbiy nazoratchilar kuymalanishardi. Xosiyatning jasadi hanuz eshikka tiralgancha yotardi. Said hech gapdan xabari yo‘qligini aytar ekan, hayajoni kuchaydi. Baxtiga tergovchilardan biri tanish chiqib qoldi.

– Ha, do‘xtir, xuddi o‘lik ko‘rmagandek qo‘rqib ketdingiz? – dedi u.

– Axir... shundoq eshiging qarshisida yotgandan keyin... – deb ming‘irladi Said.

– Kampirga nima bo‘lgan, hayronman, u – behush. Og‘zidan ko‘pik kelgan, – hayron qoldirdi tergovchi. – Kechasi baqir-chaqir bo‘lmadimi, eshitmadingizmi mabodo?

– Eshigimizni rosa taqillatishdi, ochmadim, – dedi Said ko‘zlarini olib qochib. – Kecha kech kelib, uxlab yotgandim. Birorta mast-alast deb o‘yladim.

Tergovchi Xosiyatning jasadiga qarab, bosh qash­lagancha dedi:

– Buni tanirdim, axloq militsiyasida ko‘rganman... Mabodo kampir qo‘shmachilik qilmasmidi?

Said bosh chayqadi...

Alfiya xolani ham, Xosiyatning jasadini ham olib ketishdi. Said xotini ishdan qaytguncha uydan chiqib ketishga oshiqdi. Eshikni qulflab-qulflamay ishga yugurdi...

Mahkam uni ko‘rib, hayron bo‘ldi. Nima gapligini so‘radi. Said esa uni tinch qo‘yishini iltimos qildi. Keyin xonasida bemorlarni qabul qilar ekan, telefonidan ko‘z uzmadi. Negadir Zohida qo‘ng‘iroq qilmadi. Sabri chidamagan Saidning o‘zi unga sim qoqdi. Zohida uxlayotgan ekan, shekilli, telefon go‘­shagini ancha ke­yin ko‘tardi. Said uning hech nimadan xabari yo‘qligini bilib, ko‘ngli sal taskin topdi.

Tushdan keyin esa u javob olib, uyga ketdi. Baribir qo‘li ishga bormayapti, nima qiladi o‘tirib? Ko‘z o‘ngidan Xosiyatning yarim ochiq ko‘zlari ketmasdi. Hammasi haqida Zohidaga aytib bermoqchi bo‘lar, keyin yana bu fikridan qaytardi. Baribir Zohida Saidning aybi yo‘qligini tushunarmikan? Ehtimol, uni xiyonat qilganlikda ayblar?!.

Zohida eshikni ochar ekan, Said uning jiqqa yosh ko‘zlarini ko‘rib shalvirab qoldi.

– Tinchlikmi? – dedi zo‘rg‘a ichkariga kirarkan.

– Nimalar bo‘lganini bilasizmi?.. – o‘pkasi to‘lib turgan Zohida ho‘ngrab yubordi. – Xosiyat... Xosiyat Alfiya xolaning ovqatiga... margimush solgan ekan. Bilmasdan o‘ziyam yegan, shekilli, o‘lib qolibdi. Alfiya xolani esa zo‘rg‘a saqlab qolishibdi.

Azbaroyi asabbuzarlik, uyqusizlik tufayli ruhi va vujudi toliqqan Said bu xabardan xafa bo‘lishni ham, quvonishni ham bilmay dahlizda o‘tirib qoldi...

Xiyol o‘tmay, eshik taqilladi...



“Yoshlik” jurnali, 2014 yil, 1-son











41

Xurshid Davron - Anqora Ustida Nurli Porlar Oy



Kech tushib, kuni bilan olamni buzgan shovqin-suron tindi. Motamsaro oy yorug’i yoritib turgan Chubuk daryosi bilan Qizilchako’y oralig’idagi janggohdagi sukunatni faqat o’liklar bilan aralash-quralash bo’lib yotgan yaradorlar va jon berayotganlarning ingroqlari, egasiz qolgan, besaranjom va uyum-uyum murdalardan hayiqib, yurishga yo’l topolmay bezovtalangan hurkak otlarning notinch kishnashlari buzardi.

Bu keng maydonda qandaydir bir soya jonsiz jasadlar orasidan zo’rg’a qadam tashlab, tentirab yurardi. Bulutlar changalidan yulg’inib chiqqan oy shu’lasi ustiga tushdi-yu, soya qiyofasi yorishdi. U o’g'li jasadini izlab yurgan Ona – turk onasi edi. Ona ko’zlaridan oqayotgan shoshqator tomchilar oy nurida yaltirab tovlanardi. U farzandi ismini aytib chaqirar, farzandiga atagan shirin so’zlarini aytib bo’zlardi. Uning bu bo’zlashlari bir-biri bilan urushib, bir-birini chavaqlagan va qiynalib jon berayotgan har ikki taraf navkalari uchun yaqin va tanish edi. Bechora ona tilidan ko’chgan so’zlar har ikki tomon anglaydigan tilda – turk tilida edi. Bir tilda so’zlashgan, ammo hukmdorlari til topolmaganlari uchun bir-birlariga tig’ o’qtalgan navkarlar dunyodan ko’z yumish oldidan quloqlariga eshitilgan ona nolasi ostida, uzoqlarda qolgan volidalari nomlarini tilga olib, jon berardilar.

Ona janggohda uzoq tentirab yurdi. Uzoq vaqt uning nolasi oy nuri chulg’agan maydon uzra goh kuchayib, goh pasayib jaranglab turdi.

- O’g'ilginam!.. O’g'lonim!.. Qutlug’begim!.. – xitob qilardi onaizor yig’i va qayg’udan zaiflashgan titroq tovush bilan. Ba’zan yurakni ezuvchi yig’i onani bo’g'ib, so’zini bo’lib qo’yardi. Shu kuyi u janggohni uch aylandi.

Shu payt ona qulog’iga ingragan tovush eshitildi. Dam o’tmay ingragan tovush yana eshitildi, ingragan odam endi qandaydir bir so’zni aytganday bo’ldi. Ayol tovush chiqarib, juda sekinlik bilan uning nomini aytganini eshitdi.

Ayolning avzoyi badani titrab ketdi, peshonasidan marjon-marjon sovuq ter chiqdi, dahshatdan ko’zlari qinidan chiqib ketay dedi. Kimdan so’rayotganini o’zi ham bilmasdan, baland ovoz bilan so’radi:

- Kim u?!.. Meni chaqirayotgan kim?

Javob eshitilmadi. Ammo dam o’tmay…

Ona dong qotib qoldi, ko’zlari dahshatdan kengayib ketdi. U o’g'lining tovushini tanigan edi.

- Ena!.. Enajon! – dedi o’g'lining tovushi.

- Yo tavba! Yo Xudoyim!.. – Esini yo’qotgudek holatga tushgan ona baqirib yubordi. – Nahotki?! …

Nahotki, bu sen bo’lsang, o’g'lonim, Qutlug’begim?!

Ona tovush kelgan tomonga bir daqiqa angrayib qaradi-da, keyin birdan murdalar ustidan hatlab, esini yo’qotgan telbadek talmovsirab yugurib ketdi. Nihoyat, o’sha joyga yetib borib, o’g'lining tovushi bir-birining ustida qalashib yotgan jasadlar orasidan chiqayotganini bildi. So’ng ancha zo’r berib, o’g'li tanasini uyum ostidan tortib oldi. Oy nuri bolasining yuzini yoritdi. Ko’zlaridan shashqator yosh oqib turgan onaizor qattiq ho’ngrab yubordi:

- Bu qanday ko’rgulik bo’ldi? Kim seni bu holga soldi?

U birdan g’azab bilan qaddini rostlab, qo’lini ko’tarib kimgadir tahdidona baqirdi:

- Ming la’nat senga! Ming la’nat!

O’g'lining qattiq ingrab yuborgani onani hushiga keltirdi. U o’g'li ustiga egilib, uning yuz-ko’zidan o’parkan, siniq tovush bilan bo’zladi:

- Tirikmisan, bolam, tirikmisan?!.. Xudoyimga ming qatla shukur, ming qatla shukur! Hozir men yaralaringni bog’layman… uyga olib boraman…

Onaning o’tli lablarining tegishidan va bo’zlashidan jon berayotgan o’g'li bir oz hushiga kelib, so’nayotgan ko’zlarini sal ochdi-da, zaif tovush bilan shivirladi:

- Sovuqqotyapman, onajon… Tezroq meni uyga olib bor…

So’nggi so’zlarni aytar-aytmay uning tovushi tobora xirillab, zaiflasha boshladi, onasini ko’rib ko’nglida uyg’ongan quvonch hayajondan uning madori butunlay quridi.

- Onajon! – dedi u zo’rg’a tovush chiqarib. – Men… men… o’layotibman…

Ona birdan farzandi olamdan ko’z yumayotganini angladi.

- O’lmay tur, bolam… – deb bo’zladi ona, — Meni yolg’iz tashlab ketma… Sensiz men qanday yashayman?!..

O’g'il so’nggi marta ko’zlarini ochib onaga tikildi va qo’llarini volidasiga cho’zgan holda birpaslik talvasadan keyin jon berdi. Yig’lashga ham madori qolmagan ona o’g'li jasadini mahkam quchoqladi.

Anchadan keyin jasadni bir amallab yashilrang jun choyshabga o’radi va bor kuchini to’plab, uni sudrab keta boshladi.

U keksaligiga qaramay hali baquvvat edi. Yig’lab-bo’zlab jasadni sudrab borarkan, goh birdan to’xtab qolar, nimalarnidir o’z-o’ziga telbahol uqtirar va yana turli alpozda yotgan murdalar oralab yo’l bosardi.

U yana to’xtadi, yana o’z-o’ziga so’zlay ketdi:

- Men seni otang bilan bobong yoniga qo’yaman, o’g'lim! U yer yaxshi, qishlog’imiz ko’rinib turadi. Men ham hovlimizdan turib mozoringni ko’rib turaman… Ko’ramanu, seni eslayman, yig’layman, duolar aytaman… Senga bolalik chog’laringda…

Shu payt ona yonida kimdir ingrab yubordi. Ona turgan joyida atrofga alangladi-yu, qarshisida unga katta-katta ko’zlarini qadab turgan jangchini ko’rdi. Ona bir zum oy nuri zo’rg’a yoritib turgan jangchi yuziga razm solarkan, dong qotdi. Yigit o’g'liga o’xshab ketardi. O’shanday quyuq qoshlar, o’shanday qirra burkn, o’shanday qalin lablar, o’shanday navjuvon, o’shanday kelishgan… YO rabbim, ular ikki tomchi suvdek bir-birlariga o’xshar edilar! Faqat ona bu ingrab yotgan yigitning ust-boshidan uni turkistonlik ekanini fahmladi. Qachonlardir uning ota-bobolari yashagan Turkistondan… Balki bu yigit bobosi ona yurtimiz deb rivoyat qilgan Nurota tog’laridandir?! Nega u o’z xeshlari boshiga qilich ko’tarib keldi?!

Shularni o’ylarkan, ona yigitga nisbatan na qahr, na nafrat tuydi. Faqat unga rahmi keldi, xolos. Turkistonlik jangchiga yaqinlashgan ayol egilib yigitning yarasini ko’zdan kechirdi. Yelkasi chopilgan, ko’p qon yo’qotib uzoq hushsiz yotgan, rang-ro’yi qordek oppoq yigit onadan ko’zini uzmasdi. U o’zini dunyoga keltirgan onasini ko’rib turardi. Qarnob dashtida cho’ponlik qiladigan otasi qaerda ekan? U go’yo isitmalab yotibdi-yu, onasi unga parvona bo’lib turibdi. U jilmayib onasini ovutishga urindi:

- Dashtda qorbo’ronda adashib qolibman, ena!.. Kim meni uyga olib keldi?.. Enajon, ichim yonayapti, suv ber… Qo’rqma, ena, qo’rqma, men albatta tuzalib ketaman!..

Otamga aytmadingmi?.. Aytma… Halizamon otdek bo’lib ketaman… O’zim otamga aytib beraman… Ichim yonib ketyapti!.. Ena, deyapman… Suv ber! Qarab turavermay, suv bersang-chi!..

Ona turkistonlik yigitning alahsirayotganini sezdi. “Yarasi og’ir”, — deb o’yladi ayol. So’ng yelkasidagi junro’molni olib yigitning ustini yopdi. Bir zum yarador qoshida o’yga botib turdi-da, yana o’g'li jasadi o’ralgan choyshabni sudrab yo’lga tushdi. Bir necha qadam yurar-yurmas, yigitning tovushini eshitib, to’xtadi.

- Ena, deyapman!.. Ena, suv ber!..

Jang maydonining chetida uning aravasi turardi. Ho’kiz qo’shilgan aravani ona qo’shnisidan so’rab olgan edi. Ona bir amallab o’g'lining jasadini aravaga ortdi.

So’ng xivchin bilan ho’kizni haydagan bo’ldi-yu, qo’li qotib qoldi. U yana turkistonlik jangchini… o’g'liga o’xshab ketadigan yigitni ko’z o’ngiga keltirdi. Nihoyat, keskin burilib, ortiga qaytdi. Yigit hamon alahsirab yotar, hamon onasidan suv berishni o’tinardi. Ona junro’mol bilan yigitning yelkasini tang’ib bog’ladi, so’ng o’zi bilan olib kelgan qo’y terisini yerga yoyib yigitni unga sudrab olib o’tdi.

“Uyga olib borib, liboslarini almashtirish kerak! Bo’lmasa, qo’shnilar uni o’ldirib qo’yishlari turgan gap… Yarasi og’ir, ammo tangri marhamat qilsa, tirik qolishi mumkin. bechoraning onasi hozir nima qilayotgan ekan-a?” – o’ylardi to’lin oy yorug’ida qo’y terisi ustida yotgan yigitni sudrab borarkan.

Bir necha daqiqadan keyin birida hayot so’ngan, boshqasida hayot ilib turgan ikki jangchi tanasi ortilgan arava Qizilchako’y tomonga qarab yo’l oldi. Aravaga qo’shilgan ho’kizni dunyoning eng mahzun onasi yetaklab borardi.

Oy to’lin, tong yaqin, ona qayg’usi nihoyasiz edi…



42

Nasiba Abdullayeva - Alla

Boboyor “Armiyadan o‘ris xotin olib kelibdi”, degan gap u darvozadan kirmasdanoq qishloqqa tar­qab ulgurdi. Birov hayron, birov ishonmagan. Qishloqning xotinlari Salima boybichchaga to‘zim tilashsa, oqsoqollar Shermurod mulloga achinib soqol silashadi.

Abdulla rais ham jo‘rasidan xabar olgani, ham askar to‘yning daragini bilgani kirdi. Hech nima bo‘lmaganday salom-alik qilgach, gapni uzoqdan bosh­­­ladi.

– Dashtig‘ozda Choriboy nevarasining sunnat to‘­yiga aytib ketdi, ko‘pkari ham berayotganmish, sizni ham chaqirdimi?

Mulla Shermurod boshini irg‘ab qo‘ydi.

– Bozor kuni Salim dallolnikida hashar ekan, kenjasiga imorat ko‘tarmoqchi, – qalin soqolini bar­­moqlari bilan taradi Abdulla rais.

Jo‘rasi bir nuqtaga termulib miq etmay o‘ti­raverdi. Abdulla rais chidolmadi.

– E, bo‘ldi-da endi, baqrayib o‘tiraverma. Ne­­­varang bir yoshlik qipti-da, balki bu poshikas­ta qishloq sharoitiga ko‘nikmay hafta o‘tar-o‘tmas jo‘­nab qolar.

Shermurod xo‘rsindi.

– Bu bola meni yerga kirguday qildi. Ne-ne niyatlar bilan Qur’onni yodlatdim, qiroatni o‘rgatdim. Qudrat hojining betiga qanday qarayman endi. Nevarangni o‘zim kelin qilaman, Boboyor armiyadan kelsa to‘yni boshlaymiz deb qancha joylardan qoldirib edim.

– Jo‘ra, hozirgi yoshlarga bir nima deb bo‘­ladimi, peshonasiga shu qiz yozilgandir-da. Hojini esa o‘ylama, o‘zim sekin tushuntiraman. Endi, qo­vog‘ingni och bunday. Askar to‘yni boshla, nevarang eson-omon kelganiga shukur qil. U qiz ham birovning jonday farzandi, bolasini uzoq yurtga yuborib o‘zlari qon yutib o‘tirgandir.

– E, detdomda o‘sgan, ota-onasining tayini yo‘q ekan, yur desa ergashib kelavergan, – dedi mulla tutoqib.

– Endi, ular o‘zi shundayroq-da, – jo‘rasini ovutgan bo‘ldi, rais. – Mayli, men turay, tuxum bosib o‘tiravermay mahalla-ko‘yga chiq.

Abdulla aka choponi barini silkitib o‘rnidan turdi.

Rais ketgach mulla kampiri Tunuq momoga:

– Anov xotinli boybachchani chaqir, gapim bor, – dedi.

Tunuq momo o‘g‘li Shomurodga im qoqdi.

– Otang Boboyorjonni so‘rayapti.

Otasining vajohatidan nimadir qarorga kelganini sezgan Shomurod:

– Ota, nevarangiz bir bolalik qipti, meniyam boshim qotgan, poshikastani bir o‘zini orqasiga qay­tarib yuborsak qanday bo‘ladi? – dedi sekingina.

– E, chaqir ulingdi!

Boboyor bobosining boloxonasiga kirishdan oldin chuqur-chuqur nafas oldi.

Mulla nevarasining chayir gavdasi, kuchli mus­kullariga qarab yoshligi esiga tushib, biroz ko‘ngli yumshadi. Yoshlikda, ba’zan qilayotgan ishini aqli bilmaydi.

– Ha,chidolmadingmi, ketishingdan oldin aytsang uylantirib qo‘yardik, begona bir qizni benikoh uyga yetaklab kelishga uyalmadingmi?

– Unga qo‘limniyam tekkizganim yo‘q, ko‘ngil millat tanlamas ekan, nikohimizni o‘zingiz o‘qisangiz, bobojon, – dedi qizarib Boboyor.

Mullo bir oz jim o‘tirgach:

– Nikohingni o‘qiganim bo‘lsin, lekin mening ko‘zimga ro‘mol, lozimsiz ko‘rinmasin, – dedi.

Boboyor suyunib ketdi.

Hafta oxirida ovul-hamsoyani chaqirib askar to‘y bahona kichikroq to‘y berishdi, kelin-kuyovning nikohi o‘qildi.

Mullo ancha paytgacha Qudrat hojidan qochib yurdi. Oxiri Abdulla raisdan bo‘lar ish bo‘ldi, ne­varasining ishi deb jo‘rachilikdan kechmayman, men­dan qochmasin deb ayttirib yuborgach, choyxonaga chiqdi. Jo‘rasining ko‘zi-ko‘ziga tushgach “bizning aytganimiz har doim ham bo‘lavermas ekan”, dedi sekingina, Qudrat hojiga qo‘lini uzatib.

Shomurodning to‘ng‘ichi Shodiyorga tomorqaning to‘ridan imorat ko‘tarishgan. Boboyor harbiydan ke­lishi bilan uylab Shodiyorni ko‘chirishni o‘ylab turishgan edi. Ammo “bu chulchut ro‘zg‘orni eplaydimi-yo‘qmi, Shodiyorni hali ko‘chirmaymiz” deb turib ol­­di Salima boybichcha.

– Bilmasa, o‘rgat, qara, chaqqongina ekan, – Shomurod xotiniga norozi bo‘lib qaradi, – uyam kelining.

Salima uni qozon-tovoqqa yaqinlashtirgisi kel­madi. Ular harom-halolning farqiga bormaydi de­di eriga. Ammo ering sevdi, eling sevdi deganday o‘g‘lining ko‘ngliga qarab, sekin-asta unga yon bera boshladi. O‘ris kelinning ismi Sveta ekan. Boboyor o‘zbekchasiga Oydin bo‘ladi degach, Oydin deb chaqira boshlashdi. O‘ris kelin ochiqqina, pishir-kuydirga usta ekan. U nonushtaga har kun quymoq pishirib qo‘yadi. Tushlikka albatta biror tansiqqina taom tayyor. Shodiyorning xotini ham ovsinining tiliga tushunmasa-da bir pasda inoqlashib ketdi.

“Mama, mam” degan so‘zlari Salima boybichchaga ham yoqimli eshitila boshladi. Hech ro‘mol o‘rab ko‘rmagan bu antiqa kelinchak uni eplashni ham bilmasdi. Goh yerda, goh hovlidagi gullarning novdasiga ilashib qolgan ro‘molini qayinsinglisi Ro‘zigul topib kelar, u kulganicha qayta o‘rashga tushar edi.

Beshinchi sinfda o‘qiydigan Ro‘zigulga o‘ris che­chasi yoqib qolgan edi. Maktabga ketgunicha sochi­ni chiroyli turmak qilar, unga ruscha qo‘shiqlar o‘r­ga­tardi.

Besh-olti oydan so‘ng Oydin ham binoyiday o‘zbekcha gapiradigan bo‘ldi. Boshida Oydin mulla bobodan o‘zini olib qochib yurdi. Uydagilarning boboga hurmati baland ekanligini ko‘rib oilada u “glavniy” ekanligini bilib oldi. Qaynonasi Salima boybichchadan ham vaqtliroq turib oftobani iliq suvga to‘ldirib qo‘yadigan bo‘ldi.

Oydin erta tongda bog‘dan chiroyli gullardan uzib keldi, bankadagi suvga solayotib, tongning totli havosidan to‘yib nafas olarkan, negadir qo‘shiq kuylagisi keldi. Hovlini supurayotib xirgoyi qila boshladi. Oftoba ko‘tarib tahorat olishga ketayotgan mulla bobo uning xirgoyisini eshitib bir pas turib qoldi. Abdulla raisning “uyam birovning jonday farzandi” degan gapi yodiga tushdi. Bechora, ota-onasiz o‘sgan, shuning uchun Boboyorga mehr qo‘yib ergashib kelgandir, deb unga ichi achiganday bo‘ldi.

O‘sha kuni nevarasini chaqirib, markazga oborib kelinni aylantirib kel, deb qoldi.

Boboyor xotini bilan tumanga tushdi, do‘kon ay­landi, kinoga tushdi. Er-xotin sho‘x-shodon uyga qaytishdi. Salima boybichcha kelini ko‘hlikkina ekanligini payqadi.

Kelin yanayam ochilib ketdi. Opoqqina sabil, bo‘y-basti ham kelishgan, kiyim yarashadi. San­diq­dan xon­atlas olib qizi Ro‘zigulga tutqazdi.

– Oydin chechang bilan Sharbat tikuvchiga olib bor, zamonaviy qilib tikib bersin, yengi uzungina bo‘lsin.

Tongda Salima boybichcha kelinining bog‘ oralab yurganini ko‘rdi.

– Ha, sahar mardon yana gul uzib yuribsanmi?

– Net mama, kisliy olma yegim keldi.

– Bog‘da qizil olmadan ko‘pi bormi, olaver.

– Net, mama, kisliy olma yo‘k, – dedi Oydin

– Nega yo‘q ekan, ana, – qip-qizil olmani uzib keliniga tutqazdi.

– Net, mama, kisliy – tuzli olma, – tushuntirishga harakat qilardi Oydin.

Tuzli olmasi qanaqa ekan. Salima boybichcha keliniga termulib turdi-da, keyin tushunib yetdi.

– Ibi, sho‘r olma yeging kelyaptimi, to‘xta, u bog‘ to‘ridagi hali shira kirmagan qarolidan bir nechtasini uzib keliniga tutqazdi.

– Mama, zo‘r, zo‘r.

Oydin maza qilib qarolini yeyotganini ko‘rib kulimsiradi.

– Ena, Oydin kelinning gumonasi borga o‘x­shay­di, chevara ko‘rasiz, – dedi qaynonasiga og‘zi qu­log‘ida Salima.

Shodiyorning xotini tushganiga ikki yil bo‘l­sa-da, hali farzandi yo‘q. Salima boybichcha siqilib yurib edi, biroz ko‘ngli yorishdi. Ammo bu gapni qaynonasidan boshqa hech kimga aytmadi. Katta kelini Masturani olib do‘xtirga jo‘nadi. Ezilib yurgan bo‘lsa-da, Mastura sirtiga chiqarmas, do‘xtirga ko‘rinishdan ham uyalib yurgan edi. Sezdirmasa-da, qaynonasining ishidan xursand bo‘ldi.

Do‘xtir xotin keliningizning sog‘ligi joyida, biroz davolanishi kerak deganini eshitib Salima boybichchaning ko‘ngli ko‘tarildi, nimaga vaqtliroq kelmadik, dedi ichida. Tuman dorixonasidan do‘xtir aytgan dori-ukollarni oldi.

– Oydinning o‘zi ukol qilib qo‘yadi, do‘xtir deb yurmaysan, – dedi Masturaga. Oydin hamshiralikka o‘qigan ekan, qishloqdoshlarning ukolini qiladi, qanday dori ichish kerakligini aytadi. Tunuq momoga ham qon bosimi ko‘tarilganda kiyiko‘t choy damlab beradi. Momo ba’zan uzundan-uzoq duo qiladi. Biriga tushunib, birga tushunmasa-da, Oydin momo unga yaxshi gaplar aytayotganini sezadi. Salima boy­bichcha do‘xtir ham o‘zimizdan chiqdi, deydi faxr­lanib.

Kuzga kelib Oydinning ko‘zi yoridi. Chaqaloq oppoqqina, bo‘limlikkina. Tunuq momo uni beshikka belab berdi. Oydin bolaning qo‘l-oyog‘i bog‘liq yotganiga rahmi kelib yechib olishga harakat qildi, ammo momo urushib berdi:

– Otasi ham mana shu beshikda katta bo‘lgan, ana bip-binoyidayligi uchun orqasidan dunyoning u bur­chidan ergashib kelding-ku. Buyam beshikda yotib qo‘chqorday jigit bo‘ladi hali.

Bola hadeb tagini ho‘l qilib bezovta bo‘l­mas­ligini ko‘rib beshik qulayligiga tan berdi Oydin.

Shermurod mullo chevarasining qulog‘iga azon aytayotib otasining Yo‘ldosh jebachi degan polvon bobomiz o‘tgan degan gapi yodiga tushdi. Ajabmas, urug‘ surib bu ham polvon jigit bo‘lsa. Unga Yo‘ldosh deb ism qo‘ydi.

Chillasi chiqquncha chevarasiga Tunuq momo qa­radi. Bir kuni tunda Oydin uyg‘onib ketdi. Tunuq momo beshik tebratib alla aytardi.



Quchog‘imni to‘ldirgan, allayo alla,

G‘amlarimni o‘ldirgan, allayo alla.

Otasining polvoni, allayo alla,

Enasining o‘g‘loni, allayo alla.



Goh yig‘i, goh o‘langa o‘xshash bu ajoyib qo‘shiqdan Oydinning qalbida tushuniksiz bir his paydo bo‘l­di. Allasiz o‘tgan bolaligi yodiga tushdi, yuragi to‘ldi, ko‘zidan duvillab yosh oqa boshladi. Ammo endi uning farzandi har kun alla eshitishini o‘y­lab ko‘ngliga yorug‘ bir nur indi.



“Yoshlik” jurnali, 2014 yil, 11-son





























43

Nargis Qosimova - Qahrabo parchasi



Nilufar bexosdan uyg‘onib, qaerdaligini ancha vaqt tushunmay, bir muddat turli xil ranglarda tovlanayotgan shiftga tikilib yotdi. Kecha nima bo‘lganligini eslashga harchand urinmasin tarqoq, bir -biridan ikki musbat zaryad singari qarama-qarshi tomonga qochayotgan fikrlarini jamlay olmadi. Olis-olisdan bundan yetti yil ilgari ajrashib ketgan erining istehzo bilan tirjaygan basharasi ko‘rinib: «Mensiz bir o‘zing yashab ko‘r-chi, ko‘raman holing ne bo‘lar ekan? Tilanchilik qilasan, ikki bolang etagingga yopishib, chang kechib yurasan hali» degan so‘zlari yana bir bor jaranglaganday bo‘ldi.

Nilufar boshini to‘lg‘ab go‘yoki, tirjaygan basharani ko‘z oldidan haydadi. Sakkiz yillik turmushi davomida haqorat-u, kaltakdan deyarli boshqa narsani ko‘rmay, ajrashib, endigina tinch yashayotganida bot-bot uni ta’qib etayotgan erining xunuk tirjaygan basharasi ba’zida unut bo‘layotgan xotiralarini yana esga solar, shunday paytlarda ayol Xudodan faqatgina o‘sha qora kunlarni yodiga solmaslikni so‘rar edi. Bashara uzoqlashib, qor pardasi ichida g‘oyib bo‘ldi, ammo tanasidagi horg‘inlik, boshining lo‘qillab og‘rishi yumgan ko‘zlarini yana qayta ochishga majbur etdi. Tashqaridan eshitilayotgan shovqin Nilufarni sergaklantirdi. Xuddi dengizning shovullashiga o‘xshaydi-ya! Bu yerda dengiz nima qiladi? Nilufar yana uxlashga harakat qildi. Bu hammasi qulog‘ining orqasida paydo bo‘lgan shishdan. Kechasiyu, kunduzi azob berib, endigina izga tushayotgan shirin hayotiga zahar soldi. Boshidagi la’nati og‘riq paydo bo‘lganidan buyon biror bir boshlagan ishini oxiriga yetkaza olmaydi. Ertalablari xuddi kechasi bilan ketmon chopgan odamga o‘xshab charchab, jiqqa terga botib uyg‘onadi.

Nilufar sekin o‘rnidan turib yonidagi karavotda yotgan o‘g‘lining ustini yopib qo‘ydi. Endigina sakkiz yoshga to‘lgan o‘g‘ilchasi sovqotib g‘ujanak bo‘lib olibdi. Boshqa karavotda yotgan qiziga termular ekan, boshida paydo bo‘lgan og‘riq bilan ko‘nglida paydo bo‘lgan xavotir yanada kuchaydi. Unga biror kori hol bo‘lsa, hali bu shafqatsiz hayot ta’mini tatib ko‘rmagan norasidalarining ahvoli nima kechadi? Yolg‘iz o‘zi yalab-yulqab katta qilayotgan farzandlari uchun uch joyda ishlaydi. Birovdan kam bo‘lmasin, o‘ksimasin deb istagan narsalarini olib berishga harakat qiladi. Shuncha yelib- yugurganiga yarasha Xudoyim unga yana ozgina umr, baxt bersa nima qilardi-ya?!

Nilufar yana o‘z o‘rniga cho‘zilar ekan, boya qulog‘iga chalingan shovqin yana takrorlandi. Qiziqib, deraza pardasini chetga surdi. Vo ajabo! Oy nuriga cho‘mgan borliqda bepoyon dengiz yastanib yotar, ketma-ket o‘rmalab kelayotgan to‘lqinlar qirg‘oqdagi toshlarga urilib, ularning ustida qolayotgan oq ko‘pik bir daqiqadan so‘ng jimirlab so‘nardi..

Nilufar tush ko‘rayapman shekilli deb o‘ylab, asta o‘zini chimchilab ko‘rdi. Yo‘q, bu tush emas edi. Demak, aqldan ozayapti. Axir u shahar chekkasidagi to‘rt qavatli uyda yashaydi. Kecha kechqurun ishdan qaytayotganida axlatga to‘lgan kichkina arig‘u ko‘p qavatli uylar oldida savlat to‘kib turgan azim qayrag‘ochlarning tagida oyoqlari qiyshayib, yog‘ochlari chirigan o‘rindiqdan boshqa hech narsa yo‘q edi. Bu dengiz qayoqdan paydo bo‘ldi. Doimo dengiz qirg‘og‘ida o‘zining katta uyi bo‘lishini orzu qilardi. Nahotki, orzusi ro‘yobga chiqayotgan bo‘lsa?!

Pishillab uxlab yotgan farzandlarini uyg‘otmaslik uchun ilgakda turgan charm kurtkasini tungi ko‘ylagi ustidan yelkasiga tashladi-da, asta tashqariga chiqdi. Tashqarida xaqiqatdan ham dengiz mavjlanardi. Oyog‘idagi kalishini yechib, suv yuvgan iliq qumga qadam bosgan Nilufar hamma narsani bir zumda unutdi. Achchiq hayotining bitmas-tuganmas tashvishlari, sog‘lig‘ining yomonlashgani – barchasi unut bo‘ldi. U baqirib kulgisi, ashula aytgisi, yosh qizaloqlarday yalang oyoqlarini yuvayotgan to‘lqinlar ichida yugurgisi kelardi. Sohil bo‘ylab ketar ekan, oy nurida yaltiragan allanarsa diqqatini tortdi. Engashib uni qo‘liga oldi. Qahrabo parchasi ekan. Bolaligida rahmatli buvisi o‘z sevgisiga yetisha olmagan go‘zal qizning suv parisiga aylanib, bir umr qirg‘oqda qolgan yori ishqida ko‘z yosh to‘kkanligi haqida ertak aytib bergandi. Suv parisining ko‘z yoshlari qahraboga aylanar, to‘lqinlar esa ularni qirg‘oqqa chiqarib tashlashar ekan. Bir kuni qahrabo parchasini topib olgan yigit zargarga olib borib undan uzukka ko‘z yasatibdi. Har doim uzukka qarasa, qahraboda sevgilisining aksini ko‘rar ekan…

Nilufar kaftidagi qahrabo parchasi oy nurida goh och sariq, goh qizg‘ish rangda tovlanishini tomosha qilar ekan, buvisini, buzilgan turmushini eslab og‘ir xo‘rsindi. Qahraboni avaylab ko‘ylagining etagiga artib, kurtkasining cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Oyoqlariga kelib urilgan yangi to‘lqin ayolni cho‘chitib yubordi. Axir, farzandlari uyda yolg‘iz qolishdi-ku, uyg‘onib qolishsa, qo‘rqib, yig‘lashsa-ya? Nilufar kalishini qidirib orqaga yugurar ekan, hozirgina o‘zi chiqqan uyini topa olmay xunobi oshdi. Kalishi qoldirgan joyda yotar, ammo ko‘p qavatli uylar, o‘zining mavzesi yo‘qolgan edi. Ularning o‘rnida bolaligi o‘tgan, tomi tunuka bilan qoplangan uyi qad ko‘tarib turardi. Dadasi vafot etganidan buyon yoqilmaydigan chiroq uning xonasini yoritib turganini ko‘rib, hovli tomon shoshildi. Darvoza ochiq, zinada mudrab yotgan kuchugi uni tanib, dumini likillatganicha oyoqlariga surkaldi.

– Tuzik, Tu-uzik, o‘zingmisan?

Nilufar kuchugini erkalab, sovuq burnidan o‘pib qo‘ydi. Otasi vafotidan so‘ng yolg‘iz ukasi xotinining «talabi» bilan hovlini ikkiga bo‘lib, o‘rtadan devor urgan, yetmish besh yoshga kirib, kelin olib qo‘lidan bir piyola ham choy ichmagan onasi va singlisidan ayri bo‘lib olgan edi. O’zi-chi, o‘zi. Boshqa shaharda nasibasini terib yuribdi. Onasi va singlisidan faqatgina telefon orqali xabar oladi. Hozir esa…o‘sha mash’um devor yo‘q, hammasi otasi hayot paytidagidek.

Nilufar atrofga boqib har doim tunda qulflanadigan dahliz eshigini tortdi. Ochiq ekan. Dada-sining xonasiga kirar ekan, shiftgacha kitob terilgan javonlar, deraza yonidagi yozuv stoli oldida o‘tirgan dadasini ko‘rib qotib qoldi. Birdaniga sog‘inchdan, boshiga tushgan qiyinchiliklardan o‘pkasi to‘lib, ko‘zlari namlandi.

– Nega yolg‘iz kelding, bolalaring qani?

Dadasi qo‘lidagi ruchkani qog‘oz ustiga qo‘yib, qayrilib Nilufarga qaradi.

– Assalomu-alaykum, dada… Siz…

– Bolalaring yoniga qayt. Ularni yolg‘iz qoldirma, keyinroq gaplashamiz. Hali buning vaqti emas, o‘zim seni olib ketaman.

Dadasi yana qog‘oz ustiga engashib allanimalarnidir yozishga tutindi.

– Dada..

– Bora qol… Keyin gaplashamiz, mening bu uyda ancha ishim bor ekan, qaytmasam bo‘lmadi…

Nilufar quyilib kelgan ko‘z yoshini yengi bilan artdiyu, qo‘lini tushirganida qop-qora pod’ezdda, xonadonining eshigi oldida turganini ko‘rdi. Asta eshikni ochib uyga kirdi. Hammayoq suv quyganday jim-jit. Bolalari hamon uxlashardi. Sukunatni faqatgina oshxona devoriga osilgan soatning chiqillashi buzardi. Ustidagi kurtkasini yechib, allaqachon sovugan joyiga cho‘zilar ekan, xo‘rsinib ko‘zini yumdi.

… – E, Xudo, bolalar, tez turinglar, maktabga kechikasizlar.

Nilufar bolalarini gap bilan shoshirar ekan, ularga nonushta tayyorlab, shu orada o‘g‘lini ki-yintirishga, qizalog‘ining sochini o‘rib qo‘yishga ham ulgurdi. Kechga borib sekinlashgan vaqt aksiga olib ertalab yugurib ketadi. Soat to‘qqizda o‘zining universitetdagi darsi boshlanadi. Bir soat oldin uydan chiqmasa, ulgurmaydi. Farzandlarini kuzatib, xontaxta ustida sochilib yotgan ma’ruza matnlarini sumkasiga soldi. Tezda kiyinib, sochini taradi. Sumkani yelkasiga ilib, aksiga olib doimo shoshilganida yo‘qolib qoladigan kalitini qidira boshladi. Kurtkasining cho‘ntaklarini titar ekan, nihoyat kalitni topdi. Shoda kalitlarni olishi bilan, ular orasidan nimadir yerga tushib ketdi. Eshikni qulflab, tushgan tanga bo‘lsa kerak deya engashganicha qotib qoldi. Nilufarning oyoqlari ostida tunda sohil bo‘yidan topgan qahrabo parchasi yotardi.



















44

Dilorom Dilxoh - To‘lg‘onoy



O‘tov gulladi...

Shu o‘tovga To‘lg‘onoy kelin bo‘lib tushdi.

Osmonda oy qo‘tonladi...

Oy o‘ziga o‘tov tikib atrofi aylana oq gardish – nur bilan o‘raldi: aylana o‘tovda kelin, aylana gardishda oy qoldi. Oyning-ku belgisi elga ayon, shu oy yog‘in yog‘maydi. Ammo To‘lg‘onoy biram ko‘ngli to‘lib yig‘ladi, biram yig‘ladi, qurimagur chechalarning amali ozdi. Ozmaylar ketsin, To‘lg‘onoyning munchoqlari uzildi, alami ichda bo‘lib ko‘ngli buzildi.

Ertalab kuyov Rahmonberdi otasiga duch kelib, ko‘zi-ko‘ziga tushganida shoshib salom berish o‘rniga alik oldi. Otasi – G‘affor mulla bosh chayqab “Esingni yig‘ib ol!” degandek tomoq qirib qo‘ydi.

Kelinning uyalgani-ku bezagi, kuyovning uyalgani yomon ekan. Xullas, Rahmonberdi o‘zini, aybdor ko‘zini chetga olib toqqa yo‘l oladigan bo‘ldi. Oldiga haydab solgani qo‘y-qo‘zi, orqasida bir ko‘zi, unga shu yaqin tog‘ning yo‘li ham olis tuyuldi. Keta turib kelin salomdan quruq qolganini bildi.

To‘lg‘onoy Rahmonberdining askar bo‘lib qayt­ganini eshitib ko‘ngil qo‘ydi, yaltiroq tugmasidagi yulduzini ko‘rib suydi. Shu-shu Rahmonberdining otini aytolmagan yangalari uni “askar” deydigan bo‘lishdi.

Yangi kelin ertalab qaynotasining oldiga kelin salomga kirdi. Qaynotasi:

– Shu kenjam, shu kenjamga ataganimning hammasi seniki, – deb kampiriga bosh sermab imo qildi. Saydinoy momo tishlari kemtik bo‘lsa ham ko‘nglining kemtigi to‘lib, – Mana bu senga qay­notangdan, – deb kelinining ipak ro‘moli us­tidan yana bir ipak shohi ro‘mol tashladi. Kelin yanga kelinning nomidan qay­notasining ostiga shohi atlas ko‘rpa tashlab, yonboshiga bir juft yostiq qoldirdi. Ana ko‘ring ovozaning balandini. Saydinoy momo hali-hamon faqat cholining oldidagina itoatgo‘y bo‘lib o‘tirardi. Tashqariga chiqib chimildiq tushirish bahona kelgan qishloq ayollarini ko‘rib yana ovozi balandladi:

– Hay! Qaynotasining atagani qaynotasiniki! Endi, meni ataganimni eshitinglar, – dedi:

– Kenjamga keng to‘shimni, baxt qushimni atadim. Eshiting, kelin!

Kelin To‘lg‘onoy yangasi qo‘lidan tutgan ko‘yi egilib-egilib salom qildi. Qaynonasi esa bor ataganini baralla aytayverdi:

– Mana shu qo‘sh o‘tov, keng yaylov, mana shu qa­rindosh-urug‘, yon berib yondoshgan hamsoyalar ham, o‘choq-tandir, qozon-tovoq, echki-uloq, kuviyu ayron, oling-a, bostirmali qo‘yning qo‘rasi ham sizniki, – dedi.

Gapni yig‘ilib kelgan xotin-xalajning ichidan odatdagidek Maxfirat momo oldi:

– O‘zingdi menam bir oy deysan, o‘zingdan kecharing yo‘q, suprani keliningning qo‘ltig‘iga qistir, shu yolg‘iz ulingga kuyishmasang bo‘lgani, – dedi.

Saydinoy momo o‘zi ayron suvga botirib iylagan oq teridan tikkan suprani kelinining qo‘ltig‘iga qistirarkan: – Xudoga shukur, o‘g‘lim bir o‘g‘il bo‘l­gani bilan musofirchilikni ko‘rib qaytdi, shular tinib-tinchib, o‘zidan ko‘paysa bo‘lgani, o‘zimdi cholimdan qo‘ymasin! – dedi.

Bu gapga xotinlar qotib kuldi, gapga gap qo‘sh­gan­larning bo‘lari bo‘ldi.

Visol vosillik tilab oradan chillali qirq kun o‘tdi. Tun cho‘kkanida bir o‘tovda kelin-kuyov, bir o‘tovda chol-kampirning gangir-gungur suhbati qizidi. Kelin-kuyov visolga, chol-kampir dunyoga to‘ymasday bo‘ldi. Ammo tashqarida otlarning dupuri eshitilib ularning suhbati bo‘lindi.

– Ahay! Bemahalda kelgan kim bo‘ldiykan? – dedi G‘affor mulla yelkasiga yaktagini tashlab.

Otliqlar to‘rt kishi edi. “Tog‘dan enib tushgan cho‘ponlar bo‘lsa kerak” deb o‘ylagan Rahmonberdi ham yanglishgandi. Ular o‘ziniki bo‘lsa ham o‘zagini kesadigan, har gapi qishning bo‘roniyu, yozning garmselidek esadigan Qodir “quloq” bilan Rahmonqul kesov edi. Kesovning kesovligi o‘t titib yonmagan olovni yondiradigan, odamlarning xonumonini kuydiradigan besar edi. Besarning besarligi gavdasida boshi bo‘lmaganida. Qodir quloqning quloqligi esa fisqu fasodchiligi yetmaganday, g‘imirlagan zamonda g‘imirlab turgan narsa uning nazaridan chetda qolmasdi. Ularning yonida kelgan ikki otliq ham otining qorasidan tanish, tanishligi elga yuqmas edi.

– Sen! – dedi Rahmonqul kesov salomdan oldin alami o‘t olgan odamdek.

– Rahmonqul aka! – dedi Rahmonberdi qo­ron­g‘uda qo‘tonga kelgan bo‘ridek qonsirab turgan Rahmonqulning avzoyini ko‘rib.

G‘affor mulla qorong‘uda kelganlarni taniyolmadi. Ularning hovlidagi itning bezovtalanib hurishiga qo‘shilib ot ustida tasirlab turgani mullani esankiratib qo‘ygandi. Zamonning zaylini bilgani uchunmi bu miltiq tutgan mirshablarning “tashrif”i yaxshilik alomati emasligini ko‘ngli sezdi. Ota emasmi, o‘zini emas, o‘g‘lini o‘ylab boshi g‘uvillab ketdi. O‘g‘lining kelganlar bilan nima haqida gaplashayotgani ham negadir shu tobda qulog‘iga kirmasdi:

Bu safar G‘affor mullani ko‘rib oldindagi qorabayir otda kelgan semiz mirshab – Qodir quloq gap boshladi,

– Ha mulla bova, xattotligingizni bilardik, ammo xattot xato qilsa bilasiz, o‘ylab yozish kerak, o‘ylab! – dedi u bo‘g‘izlangan jonliqday tomog‘i xirillab.

– Otam! Otam savodli odam, – dedi Rah­mon­berdi ko‘nglida allanechuk g‘urur uyg‘onib. Xas­po‘shchi xasni ham puflamay olov oldiradi degani rost ekan. Yaltoqligi yaltirab turgan Qodir quloq ot ustida ishshayib o‘tirgan joyida dadillanib Rahmonberdiga:

– Menga qara, askarlikda otangga xat yozib turganing rostmi? – dedi.

– Ha...

– Otang arab yozuvida ham o‘qib, ham yoza oladi, shundaymi?

– Ha endi, eskining odami-da, ozgina eskichadan xabari bor.

Bu safar u mirshabning qulog‘iga vahimali nima­lar­nidir shivirladi. Rahmonberdi ularning gap­la­­rini, bu vahimali shivirning sababini bilishga qanchalik harakat qilmasin, hovlidagi itning hu­­ri­­shidan bezovtalanib depsinayotgan otlarning tuyoq to­vushidan hech narsa eshitolmadi. Nihoyat semiz mir­shab­­ning imosi bilan u tilga kirdi.

– Senga bir-ikkita savollari bor ekan mirshab akani, biz bilan ketsang, ertalab qaytasan, – dedi.

G‘affor mulla kar odamdek battar toqat­sizlanib o‘g‘li Rahmonberdini yoniga imlab chaqirdi.

– O‘g‘lim, “kel-keli” kelgan ko‘rinadi, nima bo‘l­sa ham enang bilan kelinga bildirmay tur, ertalab birga qaytarmiz, qaytmasak... – dedi G‘affor mulla bu safar chuqur xo‘rsinib vazminlik bilan. Shundagina Rahmonqulning oyoq-qo‘llari bo‘shashib, gap nimadaligini bilib xurjuni og‘di.

– O‘rtoq m-mirshab! Bu qanaqasi? Men askar­lik­­da medal olganman. Vatan uchun halol xizmat qil­gan­man! – dedi ovozi dadillanib.

Yana tilmoch bilan mirshab shivirlashdi:

– Yaxshi! – dedi mirshab bu safar biroz ko‘ngli yum­­­shagandek.

Yana tilmochning tili chiqdi, yana tilmoch o‘rtada xas­­po‘shchi dallol bo‘ldi: – Shuning uchun ham seni cha­qi­­rishayotgan ekan, shuncha yerdan kelganning izzatini qil-da o‘zing ham, – dedi tilmoch tog‘liklarning jo‘­mard­ligini bilgani uchun ham.

G‘affor mulla o‘tovga qaytganida Saydinoy momo bir muddat cholining avzoyini ko‘rib devorga osilgan xurjunga qarab oldi. Bu bejiz emasdi, chunki G‘affor mulla oq yaktagining shimarilgan yengini tushirganida albatta choponinini kiyardi. Choponini kiysa xurjunni egniga olib, otini shaylab yo‘lga otlanardi.

– Bovasi? – dedi nihoyat Saydinoy momo haddi sig‘ib.

– Kampir, o‘zing endi bu yog‘iga bosh bo‘p tur, Rah­monberdi ertaman keladi, – dedi G‘affor mulla qo‘l­­­lari betasbeh, tasbehning tilovatini takrorlab. Ammo orqasiga o‘girilib qaramadi. Bir umr qiladigan ishini ipidan ignasigacha xotiniga aytib o‘rganmagani uchunmi, dardini dasturxon qilishni o‘ziga ep ko‘rmadi.

Rahmonberdi esa To‘lg‘onoy bilan shoshib xayrla­shib yo‘lga otlandi. Muddaosi shoshib yana ortiga qay­tish bo‘lgani uchunmi, shu tobda u faqatgina ketishga shoshilardi.

Shu kecha ota-o‘g‘il to‘rt otliga ergashib, bo‘z otiga mingashib ketgan kun kim bundan xabarli, kim bexabar qoldi. Tongda Shamolli qishlog‘ining shamollari bezovta esganida ayni bahor fasli edi. Bahor mum tishladi, ammo hali ayozning savollari ko‘p edi. Qaysi javobli, qaysi bejavob bo‘ldi, ammo, ota-bolaning jon joyidan tutdi. G‘affor mulla bilan Rahmonberdining bir aybi savodi borligida bo‘ldi. Otasiga askarlikdan yozgan bir xat xatga tashladi, xatga emas, o‘tga tashladi. Ikki birday ayol boshegasiz qoldi. Qishloqdagilarning ham biri haddi sig‘ib so‘rasa, biri so‘rolmadi. Onalar qo‘liga kitob olgan bolasiga:

– Savodlining savdosi shul bo‘lsa, ovuzdan yodlaganing yaxshi, – deb bolasining qo‘lidan kitobni tortib oldi.

Otalar kuyinib: – Shunday deysan, ovuzdaginiyam ovuz minan yetkazar ko‘p. Indama, molding hisobinimas, elding hisobin ham bilsin, – dedi.



* * *

To‘lg‘onoyning yuragi to‘lib ketdi. Yugurib o‘z o‘tovi tomon chopdi. Yangi kelin emasmi, ko‘z yoshini qaynonasi­ga ko‘rsatishdan uyaldi. Ko‘z oldiga Rahmonqulning keng yelkalari, suqsurday sumbatini keltirib ko‘z yoshlaridan ham ginador bo‘ldi. “Nega yig‘larkanman, axir kelaman deb ketdi-ku. Xudo yig‘laganga ko‘z yosh berarmish. Men... men baribir kutaveraman. Askarlikdan yulduz op kelganman desa mirshab deganlari ham ko‘p tutib turmas, odamlar aytaveradi”. Shu xayol bilan u o‘rnidan siltanib turdi. Shu dalda bilan yana o‘tovdan otilib chiqdi. Shirin bir xayol orqasiga qarashga undaganida esa rango rang kigiz gilamlar bilan bezatilgan o‘z uyi ham ko‘ziga rangpar ko‘rinib ketdi.

Saydinoy momoni ham bu safar dardman deganning saydini siyladi. Yuragini sozding terisiday iyladi. Oftobro‘yada o‘tirib, o‘zidan o‘tganini o‘zi bildi. “Ay bovasi, Rahmonberdini Xudodan tilab oluvdik. Hech nega kuymadim, bolam deb kuydim. Ayolning ko‘ngli bolasida bo‘larkan. Men-ku yoshimni yashadim, bechora kelin, buyam kelin bo‘lmay kelisop bo‘ldi. Bir so‘zli odamiydingiz, “ertaman qaytaman” deganingiz shunday bo‘lishini bilganimda ulimdi sizga qo‘shmasdim. Peshonaga har ne sig‘arkan. Shu enish peshonadan bovuringdi berganing, suyanib turganing sirg‘alsa yomon ekan. Borsa kelmas degan joylar borligini eshitganim boridi. Kelmasi shu bo‘lsa, ketarim nima, bilmayman” dedi.

O‘tovdan narida, bir gujumshoxning orasida ola­qush yoqimsiz sayradi. Yana Saydinoy momo buning sayrovi nimadan darak ekan deb gumonda qoldi. Salqigan qovoqlari salqib bo‘ynigacha tushdi. O‘tirgan joyida oftobda qizib oyog‘ini kuydirayotgan kovushini yechib, eshitilar-eshitilmas qo‘shiq xirgoyi qildi:



Olaqush ola ekan,

Sayrashga balo ekan.

Balosi ne bilguncha

Bilmagan avlo ekan.



Enani yaratguncha,

Toshni yarat, Xudoyim.

Shu olaqush bilarma

Judalar bo‘ldi judayim...



Jotqan elda gap jotmadi. Birov “Mulla bova minan uli Rahmonberdini sim panjaraga xuddi kaklikday sop qo‘yipti. To‘qay qishloqdan ham To‘qli polvonni so‘rovga olib ketgan emish. Haliyam so‘rovi tugamay so‘rap yotganmish” desa, birov “Polvonning aybi ne ekan, askarga borip otasiga xat yozmagan bo‘lsa?”, dedi.

“Shunday deysiz, Polvonning uyiga bir mehmon kelgan ekan, oti atoqli mehmon ekan o‘ziyam. Ilm deganning barini suv qilib ichgan ekan. Shu kelgan mehmon polvonning boshini yep ketipti. Shundaychiqin mehmon kutguncha kutmagan avlo ekan. Lokigin, polvon so‘zidan qaytmay “Mehmon meniki” deb mehmon kutar aybini tan opti. Ammo shu so‘rov deb sirovi kelgan chiqar...” deyishdi.

Birovlar birov bo‘ldi, ular ham birovdan o‘t­ganini bilmadi. Shu orada yo‘l qaray, yo‘l qaray ikki ayol bir o‘tovni Vatan qildi. Qaynona kelinini, kelin qaynonasini ayadi. Tunda o‘tovda yongan chiroq shu’lasi To‘lg‘onoyning yuzidan sirg‘alib tushdi. Shu’la Saydinoy kampirning qat-qat ajinlariga singidi. Shu kecha tuni bilan chiroq shu’lasi betovush, besas oqdi.

Kun qizib ayollarning ham ichi qizidi. Ayolning dardi o‘rmak bo‘ldi. Qishi bilan yigirib chiqqan jun kalavalarini uch ayol, to‘rt ayol bo‘lib rang solingan qozonga solib tur-turiga, rang-rangiga qarab bo‘yaydigan bo‘lishdi. To‘lg‘onoyning ichida bir rang yo‘q, bir rangi sarg‘ayib kutgani, olacha gilamga atalgan iplarni qozonga solib kavlay boshladi. Qozondan ovqatning emas, ivigan junning hidi ko‘tarilganda To‘lg‘onoy o‘xchib ketdi.

– Yo‘g‘-ey, – dedi bir devor qo‘shni Salima o‘choqqa o‘tin qalay turib. – A, bu kelin ukamni kelganda suyuntiradigan ko‘rinasiz.

To‘lg‘onoy o‘zi ham hayron: – Yo‘g‘-ey, nimalar deyapsiz?.. Axir, axir...

– Gap shunda-da! Shu axirdan keyin bo‘p qolgan bo‘lsa ajabmas.

To‘lg‘onoy qo‘shni ayolning gapidan uyalib ketdi, qozondagi ip yuzlarining qizilidan battar qizilga bo‘yalib ketdi.

Ayollar bir-birlariga shivirlashib, To‘lg‘o­noy­ning gumonasi gumon bo‘ldi.

Bu orada Saydinoy momoning ko‘nglini buzib, kelinli uyga eshik qoqib To‘lg‘onoyga sovchi keldi. Saydinoy momo boshiga tushgan savdoni bilib ham yuzing, ko‘zing demay kelgan sovchilarni ham yaxshi gap bilan kuzatdi. Ammo To‘lg‘onoyga sezdirmadi. Tag‘in ichiga sig‘dirolmay bu gapni To‘lg‘onoyning otasiga eshittirdi. To‘lg‘onoyning otasi Mardi juvozchining bu gapni eshitib ori keldi. Ammo u ham xotiniga sezdirmadi. Alamdan, “Endi kelsa o‘zimning oldimga jo‘nating, bunaqalarni juvozga solib moyini chiqaraman” dedi.

To‘rt oyda To‘lg‘onoy to‘lin oydek to‘lishdi. Endi uning gumonasi gumon emas, chin bo‘ldi. Momo kelinining orqasidan qarab “ulga o‘xshamaydi, bu qorin solmay bel buvini kengish tortdi, ey Xudoyim-ay jonimdi emrantirib, tanamdi shunday serbaltirguningcha, ko‘zimning kosasida qo‘rg‘oshin qaynatsang roziydim” dedi. Ko‘nglining bir chekkasida umid uchqunladi. To‘lg‘onoyning ko‘zi ham bu safar farzand yo‘lida bo‘ldi. Ammo uni dunyoga keltirganida eri Rahmonqulning quvonchi nasib qiladimi-yo‘qmi, o‘zi ham bilolmay hasrat chekardi. Uning jerigi ham, o‘yi ham, kutgani ham eri bo‘ldi. Savdoli qul bek bo‘lsa ham, biy bo‘lsa ham, erkagu ayol bo‘lsa ham sinaladigan zamon edi. Yomg‘irday yog‘ilgan bu xo‘rlik To‘lg‘onoyning o‘ba-jo‘basidan o‘tdi.

Har chiqqan yangi oyga aytilgan tilak to‘lishib, yaxshi-yomon kunni bo‘lishib oradan to‘qqiz oy o‘tdi. Oyning bir dili emas, yuzi ham dog‘li bo‘ldi.

To‘qqiz oyda to‘qqiz oy kutgan To‘lg‘onoy og‘ir-og‘ir odimlab yuzlari qizarsa-da to‘lg‘oqdan darak bo‘lmadi. Bundan ko‘ngli hadik olgan Saydinoy momo keliniga tuyaning yungini chayib ichirdi. Otning yuganidan o‘tkazib, baxshiga bag‘ishlab tovuq bilan qoqtirdi. Xullas, o‘ninchi oy ham oyto‘lg‘oq tutsa tutdiki, og‘ir oyog‘i yengil bo‘lmadi. Doyalik qiladigan Xadicha kampirning ikki bukilib, egilgan arpaday to‘kilib kelib ketishidan-da tinim bo‘lmadi. Kutganda to‘lg‘oq ham kelmadi. Shunda ham To‘lg‘onoyning xayoli Rahmonberdida bo‘ldi. Bir kuni Rahmonberdining kuyovlik to‘nini yopib uyquga ketib To‘lg‘onoyning bo‘lari bo‘ldi. Shu to‘nning islarimi yo sog‘inch hislarimi To‘lg‘onoyning belidan oldi. Tanasiga bor azobni soldi. Dod solganida esa imillasa ham ishini bilib qiladigan Xadicha kampirning oyoqlari qaltiradi.

Saydinoy momo uyga kirganida Xadicha kampir chaqaloqni yo‘rgaklab, qo‘lini yuvib dasturxon boshiga keldi. Saydinoy momo bezabon bo‘ldi, nabirali bo‘lsa ham so‘rarga haddi sig‘madi. Yoshini yashab, oshini oshagan kampir emasmi, Saydinoy momo Xadicha kampirning dasturxonga uzanishidan hammasini bilib oldi. Xadicha kampir beqasam dasturxonning burchini ham ochmay, dasturxonga qo‘lini ham tekkizmay parvardaga uzandi.

To‘lg‘onoy ingrandi. Saydinoy momo esa: – Nima ham derdim, – deb Xadicha kampirning yoniga sidirg‘a matoni qo‘yib qo‘lini duoga ochdi. Qizaloqni beshikka solib ismini Sanobar qo‘yishdi.

Qizaloq, oti Rahmonberdining qizi bo‘ldi, o‘g‘il bo‘lmasa ham orqasida izi bo‘ldi. U ham emaklay turib o‘zi bilmay oyoqlari orasidan yo‘l qaradi.



* * *



Ertalab Sanobar uyqudan turib tomga qarab:

– A-ha-a! – dedi, – Men seni oltinga aylanib qo­ladi desam, qizg‘aldoqqa aylanib qolibsan-da?..

Bu olti yoshli Sanobarning kecha tomga otgan tushib qolgan tishi edi. Sababi bu paytda qishloqdagi odamlar qish kirib pastdagi guvala uylarga ko‘chib o‘tishgandi. Mardi juvozchi esa hamisha odamlar qo‘y-qo‘zilarini yo‘lga solib tog‘ning biqiniga ko‘cha boshlaganida ham negadir ko‘chishga shoshilmasdi. “Moyim tomchilab, toqqa tirmashib nima qildim. El-elat bodom to‘nini yelkasidan sidirganda baribir oldimga keladi” derdi. Mardi juvozchini ja moyini oqizib maqtamasak ham gapi odamga moydek yoqadigan odam edi. Kampiri Hulkar momo ham, ne qilay bolamning taqdiri ekan, qizimga suyanch bo‘lay deb o‘zini tutdi. Ammo qudasi G‘affor mulla bilan kuyovi so‘rovdan qaytmagach ancha cho‘kib qoldi.

Mardi juvozchi beega bo‘lmasin deb uyining yonidan bir kulba soldirib Saydinoy momoni, qizi To‘lg‘onoy va nabirasini ko‘chirib keldi. Bir ko‘chgan ikki talansa, Saydinoy momo bilan To‘lg‘onoy yetti talandi. Talangani hamma shirin orzular, totli kunlar o‘sha tosh quduqli hovlida qolib ketgandek edi. Quduq ham og‘zi yopib tashlangani uchun ko‘rquduq bo‘ldi. Ko‘rquduqning ichi to‘la sir bo‘ldi. Sirligi G‘affor mullaning o‘zi bir paytlar aytib yuradigan “yiqqan-tergani” – sahifalari sar­g‘ayib ketgan hamma kitob­lari shu quduqqa tashlangandi. O‘qiganning ko‘zini ochgan quduq ko‘r bo‘ldi. G‘ilofli-yu g‘ilofsiz kitoblarning hammasini shu quduq bag‘riga oldi.



* * *



– E-ena-a!.. – dedi Sanobar momosi tomon yig‘­lab, oyoqyalang chopib kelarkan. O‘tirgan joyida o‘choqday o‘molib yerga singiguday bo‘lib o‘tirgan Saydinoy momo nabirasining yig‘i tovushini eshitib ichi tandirning ichiday to‘kildi: – Voy! Qizi tushmagur, – dedi Saydinoy momo o‘rnidan turish uchun go‘shti suyagiga osilib qolgan qo‘llariga tayanib.

Sanobar yetib kelib o‘tirib yig‘ladi, yerning tup­rog‘ini oyog‘i bilan sidirib, tepib yig‘ladi. To‘l­g‘onoy tandir boshidan beri kelolmay ko‘ngli hadikda bo‘ldi.

– Ena! Yolg‘on aytipsiz! Hammasi yolg‘on ekan!

– Bovurimga kel, – dedi hali-hamon gap nimada­ligini anglolmayotgan Saydinoy momo nabirasiga qo‘­lini cho‘zib.

– Bormayman, anov Sadir “guppi” bobong bilan otang quloq bo‘p ketgan dedi! Shundaymi?!

– Nima?.. – bu safar Saydinoy momoning tayangan qo‘li ham madamay qalt-qalt titrardi. – B-bekor aytipti, shu Sadiram alpovuzmi deyman-da. Yana shunday desa, otam suvlar tinisa qaytadi, yulduzlarini yana ko‘ksiga taqib yuradi degin...

– Suv tinisa, suv tinisa... – Momosining gapidan qizaloq Sanobarning ichida yana alam qo‘zg‘oldi, – Doim shunday deysiz, buloqlar ham, soydagi suvlar ham tiniq. Qachon loyqa suv ko‘rgansiz – bilmayman. Ayting! Shunday katta odam qanday qilib jimjiloqday quloqqa aylanib qolishi mumkin?..

To‘lg‘onoy chorasiz bir qaynonasiga, bir qiziga qarab, ro‘molining burchi bilan og‘zini yopib yerga termuldi.

Sanobarning tim qora shahlo ko‘zlaridagi so‘­roqlar Saydinoy momoning kirtaygan mungli ko‘z­lariga yana mung ulashdi.

– Berman ke, bo‘lmagan gap. Odam quloq, “qu­loq”! odam bo‘lganmas. Sadirding qulog‘ini o‘zim cho‘­zib qo‘yaman. O‘yin bolasi desang, bular o‘yindan ham o‘t chiqaradi. Ey Xudoyim-ay, – dedi Saydinoy momo nihoyat oriq tizzalariga Sanobarni olib chuqur xo‘r­sinarkan.

– Odamlar bolaning oldida nimani gapirish kerak, nimani gapirmaslik kerakligini bi­lishmaydi-da, bolam, – dedi.

Sanobar esa bolalarcha ko‘nglidagi gina nima ekanligini adashtirib bu safar savol mavzusini o‘z­gartirgandi.

– Kecha siz oltinga aylanib qoladi degan tishim ham oltingamas, qizg‘aldoqqa aylanib qopti.

Saydinoy momoning ham bu safar xayoli chal­g‘igandi: – Sabr qilsang, oltinga aylanadi qizim...

– Qizg‘aldog‘-a?

– Hm...

To‘lg‘onoy o‘zini eshitmaganga olib bu paytda bir juft issiq nonni bag‘riga bosib ota uyiga yo‘l olgandi. Qiz bo‘lib ilingani shu bo‘ldi. Mardi juvozchi ona-bolaning gurungiga o‘zini parvo qilmaganday ko‘rsatsa-da, To‘lg‘onoyga:

– Egang ketsayam egalisan, qizim. Oldimga kelding degani orqada turgan ro‘zg‘oringni unutish degani emas, kech kirdi, uyingga bor, – dedi.

Chiqqan qiz emasmi, To‘lg‘onoy otasining bu gapidan chirqirab, qirq bo‘g‘ini zirqirab qaytdi. Uyiga yetib kelganida esa o‘zi hatlagan ostonadan ko‘z yoshi hatlamadi.



* * *



Kuta-kuta kun ko‘rmagan Saydinoy momo kun­chuvoqda jon berdi. Qaynonasining ochiq qolgan ko‘z­larini To‘l­g‘onoy kaftlari bilan yopib qo‘ydi. El yig‘ladi...



* * *



– Hey Sanav!

– Nima deysan?

– Meni bilasan-a?

– Sen o‘zingdi bilmaganga ayt!

– Otang bilan bobong nima gap olganini bilarsan!

– Sen ularning soyasiga yetmaysan.

– Soyasiga yetmasam senga yetarman.

– Qiz otim bilan qasam ichirma, qasam ichsam, sen qora yerga yetasan!

– Endi o‘zingdan ketding! – dedi Sadir oldinga emas, orqaga tislanib tixirlik qilayotan otini qam­chilab.

– Hih! – dedi Sanobar oldiga solib kelayotgan si­girni yo‘lga solib xo‘shlab: – Molcha fahming bo‘l­ma­sa ham qiyin ekan. Sumakburun!

Sadir orqada qolib burnini ushlab ko‘rdi. Alamidan burnini tishlaguday bo‘ldi. Uzun burni-da bo‘y bermadi.

To‘lg‘onoyning qirqqa kirmay ko‘kayi qirqildi. Kutishning oxiri bo‘lmadi. Bo‘ychan emasmi, suyagi so‘rrayib, yelkasi churrayib qoldi. Uning husnu jamoli Sanobarga o‘tgandek edi: Sanobar o‘n oltida bir qiz bo‘ldi. Bo‘yiga sanobaru shamshodlar, jannatning to‘bisida havas qilgulik bo‘ldi. Yulduzi – yuzi issiq bo‘ldi. Sochining tolimidan-da sovchilari ko‘p bo‘ldi. Ammo ko‘nglida qolgan bolaligidagi ginasi uchun yangi raisning o‘g‘li Sadirni uncha xushlamasdi.

– Rayis deganini endi bildim. Bechora kolxozning qo‘ylariga kelgan ofat bu, – dedi u sigirni yog‘och qoziqqa bog‘lab kelgach onasiga yuzlanib.

– Qizim...

– Rost aytayapman, Shuvoqqiyada bo‘ri bo‘g‘izlab ketibdi deyishgan qo‘ylarni ham shu Abdi rais...

– Sen bularga qiziqma, qiz bolasan, – dedi To‘l­g‘onoy savoqcho‘pni qo‘liga olib tashqariga otlanarkan.

– Baribir shu Sadirga...

– Seni bermayman qizim, so‘zi yuqmasning o‘ziyam yuqmaydi. Sening palaging toza.

– Palagim? Unda handalak ekanman-da?

– Ha! – To‘lg‘onoy qizining bu toshib, shoshib gapirgan gapiga miyig‘idan kulib qo‘ydi. Hovliga chiqib ichini dard savalab turgan To‘lg‘onoy paxtaga jun qo‘shib savaladi. Uning qil sig‘magan ko‘ngliga qizi Sanobar tufayli orzu-havas sig‘di. Ammo el ichida so‘rovga ketgan degan gap ham yomon ekan. Aybi yo‘qni aybdor qildi. Bu safar yozuvni – xatni bilganlar anchayin boshqacha, Abdi raisga o‘xshab haromi halolga yotadigan edi.

Tun yarmida To‘lg‘onoy qizi Sanobarning yelkasiga ko‘rpani tortib yopib, yangi chiqqan oyga tilak qildi: “Men ko‘rmaganimni shu qizim ko‘rsin endi. Otasi qaytar, Xudogayam shak keltirmayin. Qaynonam, otam, orqasidan onam ketdi. Ukam yaxshi bo‘lgani bilan, ishqilib kelinga turttirmaygina shu qizimni egali qilsam, armonim yo‘q edi” dedi. Oy – oyni tingladi.

Ertalab yo‘l so‘rab kirgan ikki ayol aslida manzilni bilib topib kelgan sovchilar edi. To‘lg‘onoy oq oralagan sochlarini tuzatib, ro‘molini qayta tugib sov­chilarni uyga olib kirdi.

– Egachi, shu desangiz, bizam eshitib, bilib, – deb gap boshladi ayollardan biri ko‘z ostidan ikkinchi ayolga qarab olib, –qizingiz borligini eshitib kelgandik.

– Sizlarni tanimayroq turibman, – dedi To‘l­g‘onoy eshik tomonga ko‘z tashlab.

– Biz, Salay nahalchining ayoli Gulzebar opani tanirsiz, shu kishi otamning ammavachchasi bo‘ladi.

– Endi teng-tenggi bilan deganday, – deb gapni ilib ketdi ikkinchi ayol.

– Bilmadim, hali qizimni kichkina deb yursam, sovchilar ham... – dedi To‘lg‘onoy oy bag‘ridan sitilib uchgan yulduzini ko‘zi qiymagandek.

Bu orada devor panalab o‘choqqa unnagan Sanobar hovli yuzida ham o‘zini yashirarga joy topolmasdi. Gurung-gurungga ulanib nahalchining xotini Gulzebar kampirning maqtalmagan bironta qarindoshi qolmadi. Mulla avlod ham, tik so‘zli ham, aytganidan qaytmaydigan ham xullas ularning urug‘i bo‘lib chiqdi.

– Fa-qa-at, beayb parvardigor deganlaridek jiyanimizning bir aybi bor. Tilsiz-zabonsiz, bersangiz shunday yigitga berasiz qizingizni.

To‘lg‘onoy bu “tilsiz, zabonsizlik”ni so‘kish bil­maydigan, mo‘minqobil yigit o‘rnida qabul qi­lib jilmayib bosh irg‘ab qo‘ydi.

– Shuning uchun ham elga el bo‘lib, tiliga til bo‘lib o‘zimiz keldik. O‘sha otdan yiqilganidan beri hassatayoqqa suyansa suyandiki, birovga tiz cho‘kkan emas, – dedi bu safar anchadan beri mum tishlagandek jim o‘tirgan ayollardan biri.

To‘lg‘onoy ichidan bechidam bo‘ldi, oti sovchiligi uchun izzatini qilib, labini tishlab, yoqasini ushlab gap boshladi: – Bu, nima deganingiz? Hali jiyaningiz?..

To‘lg‘onoyning bu savolidan qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar deganlaridek ayol tutoqib ketdi: – Aytdimku sizga! Til-zabonsiz deb. Gung bo‘lsa nima qilibdi? Hassa tayansa nima qilibdi?! Oti chiqqanmas sizlarga o‘xshab, – dedi. To‘lg‘onoy ayolning bu gapidan gangib qolgandi,

– Oti chiqqan, bu nima deganingiz? – dedi To‘lg‘onoy ona ko‘ngli o‘rtanib. Kimni, qizimnimi?

– E-e-e, kim qizingizni oti chiqqan dedi?! Ota­sining oti chiqqan demoqchi egachim. Xuddi o‘zingizni bilmaganday o‘salga olib turganingizni-chi, hali bu gap elda yotganmas! Shuning uchun ko‘rpangizga bili-ib turib oyoq uzating demoqchi edik, – dedi ayol yoziqlik dasturxon burchini o‘zidan qayirib.

To‘lg‘onoy birda o‘zini birlayolmadi. Bir gap aytay desa, oti elchi! Shunda u ham ota, ham ona bo‘lib bir gap aytdi:

– Kelgan oyog‘ingizga gul bitsin. Faqat, mening sizga beradigan qizim yo‘q. Ajr xudodan! – dedi-yu, ham izzat, ham izza o‘rniga ko‘zini chetga oldi. O‘ziga kelganida esa bo‘xcha ko‘targan ikki bo‘xchaday ayol tashqarilab ostona hatlagandi.

Kun kelib ochilgan bo‘xcha – tugun bilan Sanobarning baxti ochildi. Sanobar tog‘asining oyog‘iga bosh urib yig‘ladi. Uning begunoh ko‘z yoshlari tog‘asining tizzalariga tomdi.



* * *


Kutishning qirq yili o‘tib, qirq birida To‘l­g‘onoy yerdan balandladi. Oy osmoniga ketdi. Tobuti yelkada bo‘ldi. Sanobar bo‘zlab qoldi...

Shu orada el ichida “To‘qli polvon oqlanibdi” degan gap tarqaldi. Ammo oqlangan odamning qo­rasini hech kim ko‘rmadi.

To‘lg‘onoyni olib ham yerning bag‘ri to‘lmadi. O‘r­kach-o‘rkach qabriston ustida yana oy shu’lalandi. U yana to‘lib-to‘lib, osmondayam bechidam bo‘lib kutdi.

Ishonmasangiz oy chiqqan tunda osmonga qarang, u hali-hamon o‘z yorini kutmoqda...



“Yoshlik” jurnali, 2014 yil, 5-son
Powered by OrdaSoft!