Naql qilishlarcha, Arslonbob Payg’ambar
alayhissalomdan olgan xurmoni Yassiga kelib,
uni Yassaviyga topshirdi.

Madinada Payg’ambar bo’lib Muhammad –
aylayhi vassalam nomlari oyat –
kabi yangraganda tillarda, balqdi –
Bizda – Turkistonda Qul Xoja Ahmad –

Sultoni orifin – Yassaviy bobo
Va hanuz hayratvor u tuzgan navo.
She’rmi yo hikmatmi manzumalari –
Ilohiy shakli tarz, ilohiy ma’no.

So’zga sig’mas ular, lekin sig’dirgan,
Bamisli osmondan osmon yog’dirgan.
Jaholat tomonga yuz burgan elni
Iymonu e’tiqod sari og’dirgan.

Alloh ijodidir o’zi betimsol,
Kechgan hayoti ham ijodi misol.
Olis Turkistonni Madina bilan
Hamda o’zi bilan bog’lagan alhol.

Bog’lagan kelajak bilan ham, albat,
Bog’lagan o’zin ham Qul Xoja Ahmad.
Shunda davramizga yuribdi ruhi,
Tinglar so’zlarimiz xotirjam g’oyat.

Negaki, biz to’g’ri yo’ldamiz butun,
Negaki yo’l ochiq toza qalb uchun.
Negaki, Payg’ambar baxsh aylagan ul –
Xurmo yoshlarimiz og’zida bu kun.

Shimgan banda borki kuchlidir, demak,
Elu yurt oldida burchlidir, demak.
Burchin his etganni, olg’a ketganni
Parvardigor O’zi qo’llaydi beshak.

Powered by OrdaSoft!